CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿 @canadali Channel on Telegram

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

@canadali


Kanada davlatiga o'qish, ishlash va yashash istagida bormoqchi bo'lgan yurtdoshlarimiz uchun...
Menga shaxsan bog'lanish uchun: @Mr_Ali_Canada
Xizmatlar: www.canadali.net
Instagram: https://instagram.com/kanadalik_uzbek

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿 (Uzbek)

CanadAli Telegram kanali Kanada davlatiga o'qish, ishlash va yashash istagida bormoqchi bo'lgan yurtdoshlarimiz uchun yaratilgan. Bu kanalda Kanada haqida foydali ma'lumotlar, ko'rishga loyiq joylar, ish imkoniyatlari va yashash bo'lgan joylar haqida so'zlanadi. Eger siz ham Kanada davlatiga qiziqqan bo'lsangiz yoki o'zni yaxshi o'rganish, ish topish yoki yashash uchun Kanada qiziqqan bo'lsangiz, ushbu Telegram kanali siz uchun. Kanalda siz kanadaliklarda yashovchi shaxslar bilan bog'lanishingiz, so'zlanishingiz va tajribalaringizni almashingiz mumkin. Kanalda o'z mavqezingizni topishingiz, foydali ma'lumotlar olishingiz va yangi do'stlar edinishingiz mumkin. KanadAli kanaliga birga kelganlar, Kanada haqida ko'proq bilim va tajribaga ega bo'lishadi. Kanal bilan bog'lanish uchun: @Mr_Ali_Canada. Batafsil ma'lumotlar uchun veb-saytimizga murojaat qiling: www.canadali.
et. Instagram sahifamizni ham kuzatib boring: https://instagram.com/kanadalik_uzbek

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

16 Feb, 04:00


Kanadada ish bormi o'zi? Ishsizlik darajasi qanaqa hozirgi kunda?

Yanvar oyida Kanada mehnat bozori 76 000 ta yangi ish o'rinlariga ega bo'ldi va xabaringiz bor kuchli mehnat bozori har doim iqtisodiyot uchun ijobiy belgi hisoblanadi. Qaysi sohalarda eng ko'p yangi ish o'rinlari bo'yicha o'sish kuzatilganini ko'rib chiqamiz.

Hozirga kelib butun Kanada bo'ylab ishsizlik darajasi 6.6% ni tashkil qilmoqda umumiy hisobda butun mamlakat bo'ylab. Ketma-ket uchinchi oydirki, ushbu davr mobaynida jami 211 000 ta yangi ish o'rinlari tashkil qilindi.

Quyidagi bir qancha sohalarda ish o‘rinlarining sezilarli o‘sishi kuzatilmoqda:

Ishlab chiqarish: +33 000 ish o'rni (+1,8%)
Professional, ilmiy va texnik xizmatlar: +22 000 ish o'rni (+1,1%)
Qurilish: +19 000 ish o'rni (+1,2%)
Turar joy va oziq-ovqat xizmatlari: +15 000 ish o'rni (+1,3%)

Hududiy jihatdan, ish o'rinlari o'sishi Ontario (+39,000 ish o'rni; +0,5%), British Columbia (+23,000 ish o'rni; +0,8%) va New Brunswick (+2,900 ish o'rni; +0,7%) qo'shimcha yangi ish o'rinlari ega bo'ldi.

Umuman olganda, Kanada mehnat bozori barqarorlikni namoyish etishni boshladi, ko'plab sektorlar va mintaqalarda barqaror ish o'rinlari yaratilishi ishsizlik darajasining pasayishiga yordam bermoqda.

Bundan biroz avval, aniqrog'i 5-6 oy avval Kanada mehnat bozoriga tashqaridan juda ko'p yangi chet elliklar kirib kelgani munosabati bilan ish uchun raqobat oshib ketgan edi. Natijada esa ishsizlik biroz oshib umumiy miqdor 7 foizdan ham oshib ketgan edi. Endi esa Kanadaga viza berish soni qisqartirilgani munosabati bilan ichkaridagi vaziyat jilovlanmoqda.

Ajab emas saylovlardan keyin immigratsiya siyosati yana qayta ko'rib chiqilib, ichki iqtisodiy holat o'nglangach, tashqaridan chet elliklarni olib kelish soni yana oshishni boshlasa. Sababi nafqaga chiqib ketayotganlar soni yiliga o'rtacha 300-400 ming oralig'ini tashkil qiladi va ularning o'rnini ham kimdir egallashi kerak baribir.

Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada
Telegram kanalga ulanish uchun: 👉
https://t.me/CanadAli

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

11 Feb, 14:36


Bola puli deb 3600 dollardan ko'proq summani Kanada hukumati biryo'la to'lab berdi va yana oyiga 725 dollardan to'lab borishlarini ma'lum qilishdi.

Qanday qilib deysizmi? Ushbu postda batafsil tushuntiraman.

Kanadaga vaqtincha viza (student, ishchi vizalari) bilan kelganingizdan so'ng 18 oy o'tgach, farzandingiz uchun Canada Child Benefit (CCB), oddiy tilda aytganda "bola puli"ga ariza bersangiz bo'ladi. Bunda siz yillik soliq davri, ya'ni yanvardan aprelga qadar albatta o'z daromadlaringizni soliq deklaratsiyasida taqdim etgan bo'lishingiz kerak.

Odatda farzandning onasiga bola puli to'lab beriladi va uning miqdori oila jami rasmiy daromadi miqdoriga bog'liq bo'ladi. Qanchalik ko'p summa ishlab topsangiz shunchalik kam, qanchalik kam daromad qilsangiz shuncha ko'p to'lab berishadi. Har qanday viza bilan kelishingizdan qat'iy nazar Kanada ichida qonuniy 18 oy yashasangiz bo'ldi, bola puliga ariza berish huquqi paydo bo'ladi. Mazkur summa bola 18 yoshga to'lgunga qadar har oy to'lab boriladi. Summani bolaning kundalik xarajatlariga ishlatish yoki voyaga yetgunga qadar jamg'arib qo'yish tavsiya etiladi, lekin buni hisobini hech kim nazorat qilmaydi. Agarda mazkur summalarni noqonuniy yoki g'irromlik yo'li bilan olmasangiz albatta.

Bola puli uchun CRA accounti orqali ariza beriladi va uning uchun kerakli hujjatlar ro'yxati so'raladi. Jarayon juda oson va tez. Ortiqcha qog'ozbozliklar mavjud emas, mahalladan spravka olib keling kabi... 😄

Mening ham farzandimga dastlabki 5 oy uchun 3600 dollardan ko'proq to'landi, keyingi oylar uchun oyiga 725 dollardan to'lab borilishi belgilandi. Shunchaki respect! Bola rivojlanishi uchun davlat tomonidan har qanday taraflama yordam berilar ekan. Farzand bu davlatda qadrlanadi va uning kelajagi uchun ota-ona bilan bir xil qayg'uradi. Buning uchun turli ijtimoiy dasturlar mavjud: masalan bepul sifatli ta'lim, bepul tibbiyot, bola puli, kelajakda bola oliy ta'limda o'qish istagini bildirsa turli grantlar, subsidiyalar va xokazo.

Keyingi postlarda qanday qilib farzandimni oyiga deyarli ming dollarlik bog'chaga mutlaqo bepul joylashtirganimiz haqida kontent qilaman.

Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada
Telegram kanalga ulanish uchun: 👉
https://t.me/CanadAli

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

03 Feb, 02:03


Kanada hukumati chekka hududlarga borib yashash istagi borlar uchun yangi dasturni e'lon qildi. Undan tashqari fransuz tilini B1 darajada bilganlar uchun ham qo'shimcha programma ishga tushdi.

"Rural Community Immigration Pilot" deb nomlangan bu programma Kanadaning uzoqroq va qishloq hududlarida doimiy yashashni xohlaganlarga mo'ljallangan bo'lib, borib olib 3-4 yil yashab, keyin ma'lum bir asosni ko'rsatib boshqa katta shaharga ko'chib ketish imkoniyatidan ham mahrum qilmaydi.

Nima uchun bu dastur ishga tushdi? Sababi ko'plab immigrantlar katta shaharlarga intiladi va chekkaroq hududlar aholi kamayib ketmoqda. Biroq 2024-yil oxirigacha 8500 dan ortiq nomzod chekka hududlar uchun tanlab olingan. Bu safar ham ular soni 10 mingdan oshiq bo'lishi kutilmoqda.

Shu maqsadlar uchun jami 14 ta hudud tanlab olindi va ushbu hududlarga yetishmayotgan ishchilarni olib kelishga asosiy e'tibor qaratilmoqda.

Kim ariza bera oladi?
1) Mazkur hududlarda ish taklifi olsangiz;
2) Oxirgi 3 yil ichida o'z kasbingizda, qaysi davlatda bo'lsa ham kamida 1 yil ishlagan bo'lsangiz.
3) Ingliz tilini o'rtacha darajada bilsangiz.
4) Kamida o'rta ta'lim darajasi (11-sinf attestat, kollej yoki litsey diplomi) bo'lishi.

Qaysi hududlar tanlab olindi?
Ontario
provinsiyasi: North Bay, Sudbury, Timmins, Sault Ste. Marie, Thunder Bay, Steinbach;
British Columbia provinsiyasi: West Kootenay, North Okanagan Shuswap, Peace Liard;
Alberta provinsiyasi: Claresholm;
Nova Scotia provinsiyasi: Pictou County;
Manitoba provinsiyasi: Altona/Rhineland, Brandon;
Saskatchewan provinsiyasi: Moose Jaw;

Fransuz tilini B1 darajada bilganlar uchun hududlar quyidagilar:
British Columbia
provinsiyasi: Kelowna
New Brunswick
provinsiyasi: Acadian Peninsula
Ontario
provinsiyasi: Sudbury, Timmins, Superior East Region
Manitoba
provinsiyasi: St. Pierre Jolys

Yaqin orada har bir hudud o'z vebsaytini ishga tushiradi va maxsus vakansiyalarni e'lon qiladi. O'sha vakansiyalarga rezyume topshirib ish taklifini olishga muvaffaq bo'lsangiz, oila bilan birgalikda doimiy yashovchi sifatida ko'chib borishga imkoniyat ochiladi. Turmush qurmagan bo'ydoqlar uchun ham bundan mustasno emas albatta. Vakansiyalar ochilishi bilan bu haqda e'lon qilaman va o'z omadingizni sinab ko'rsangiz bo'ladi.

Dasturda qatnashmoqchi bo'lganlar @Mr_Ali_Canada akkaunt orqali telegramdan shaxsan bog'lanishlari mumkin.

Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

31 Jan, 04:30


2025-yilda 🇨🇦 Kanadaga kelish usullarida nima o’zgardi?

Kanada oxirgi 2 yilda haddan tashqari ko'p chet ellikni qabul qilgani uchun ba'zi muammolarga duch keldi. Natijada esa hozirda vizalar sonini qisqartirishni boshlagani sir emas. Lekin bu bilan boshqa davlatlardan hech kimni mamlakatga qabul qilmaydi deyish xato. Imkoniyat hamisha mavjud. Keling raqamlarga to'xtalamiz. Student viza, ishchi viza, turist vizasi va doimiy yashovchi statusi misolida.

2025-yil uchun Kanada 305 mingdan ortiq yangi student viza berishni reja qilgan. Yaxshiroq o'qishga kirib, bu davlatga kerakli sohalarni (masalan tibbiyot, qurilish, IT, transport va qishloq xo’jaligi) tanlab, mutaxassis yordamida yoki o'zingiz mustaqil hujjatlarni tayyorlasangiz student vizani olish imkoni hamisha saqlanib qolaveradi. Muhimi yil oxiriga borib ajratilgan kvotalar tugab qolmasidan ertaroq harakat qilish zarur. Agarda viza rad etiladigan bo’lsa taslim bo’lmasdan yana harakat qilishni ham o’ylab ko’rish zarar qilmaydi.

Bu yil uchun 82 mingta ishchi xorijdan olinadi va ularning asosiy qismi ish haqi yuqori bo'lgan malakali ishchilar va qurilish sohasida kerakli bo'lgan kadrlardan olinadi katta ehtimol bilan. Aslida ishchi vizaning umumiy soni ko’p, lekin asosan Kanada bilan shartnomasi bor davlatlar va shu davlatda o'qishni bitiradiganlarga 367 mingta ishchi viza beriladi.
Turmush o'rtog'i student viza olganlar esa kasbidan qat'iy nazar ochiq ishchi viza olish uchun mana shu kvota doirasida nomzod bo'la olishadi har doimgiday. Sharti shundaki turmush o’rtog’ingiz 16 oydan kam bo’lmagan magistraturaga kirishi, unday bo’lmasa xamshiralik yoki ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrga qabul qilinishi kerak.

Turist viza masalasi nima bo'ladi endi? 2026-yilgi futbol bo'yicha jaxon chempionati arafasida o'yinlarga chipta olishga erishsangiz bu vizaga yaxshi imkoniyat albatta. Shuningdek nomingizda biznes bo’lsa konferensiyaga borishni asos qilib, viza tarixingiz ko’p bo’lsa sayohatga yoki Kanada hududida yaqin qarindoshingizni ziyorat qilib kelish, bundan tashqari sportchi bo’lsangiz sport musobaqasida ishtirok etish asosi bilan ham visitor vizaga urinib ko’rsa bo’ladi.

Doimiy yashovchi statusi bu yil 395 mingta nomzodga berilishi belgilangan va ularning katta qismi allaqachon Kanadaga kirib yashayotganlarga beriladi. Lekin fransuz tilini yaxshi biladiganlar uchun 30 mingga yaqin kvota yoki tibbiyot sohasida ishlasangiz ingliz tilini bilish darajangiz baland bo’lsa yoki texnik kasb egalarida (masalan engineer, arxitektor) ham imkoniyat bo'lishi kutilmoqda Express Entry balli tizimida. Chunki aynan shu yo’nalishlarda o'tish bali nisbatan pastroq bo’lishi mumkin. PNP ya’ni chekkaroq provinsiyalarga PR (doimiy yashovchi statusi) uchun imkoniyat faqat Kanada ichida yashayotganlarga nasib qilishi ehtimoli yuqori. Chunki bu hududlardan ish topish ichkaridagilardan ortmaydi.

Xulosa shundaki, urinib ko'rmasangiz hech nima o'zgarmaydi, agar o'xshab qolsa nimaga endi harakat qilib ko'rmaslik kerak?

Kanada vizasiga hujjat topshirish uchun amaliy-huquqiy yordam: 👉 www.canadali.net
Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: 👉
@Mr_Ali_Canada
Telegram kanalga ulanish uchun: 👉
https://t.me/CanadAli

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

26 Jan, 06:11


Yap-yangi kvotalar e'lon qilindi 2025-yil 🇨🇦 Kanada student vizalari soni bo'yicha.

Demak raqamlar bilan tanishamiz:
PAL talab qilinadigan va magistratura bo'lmagan o'qishlar uchun deyarli 243 mingta;
Magistratura va Doktorantura uchun 73 mingdan ortiq;
PAL talab qilinmaydigan holatlar uchun 48 mingdan ortiq.

Har bir provinsiya bo'yicha beriladigan student vizalar soni:
Ontario - 116.700 dan ortiq (523 ta oliygoh uchun)
Kvebek - 72.900 dan ortiq (413 ta oliygoh uchun)
British Columbia - 53.500 dan ortiq (263 ta oliygoh uchun)
Alberta - 32.600 dan ortiq (170 ta oliygoh uchun)
Manitoba - 10.000 dan ortiq (44 ta oliygoh uchun)
Nova Scotia - 8200 dan ortiq (40 ta oliygoh uchun)
Saskatchewan - 8.800 dan ortiq (33 ta oliygoh uchun)
New Brunswick - 6.400 dan ortiq (39 ta oliygoh uchun)
Newfoundland va Labrador - 4600 dan ortiq (29 ta oliygoh uchun)
Prince Edward Island - 1200 dan ortiq (19 ta oliygoh uchun)
Yukon - 300 dan ortiq (1 ta oliygoh uchun)
Northwest Territories - 200 dan ortiq (1 ta oliygoh uchun)
Nunavut - 200 dan ortiq (1 ta oliygoh uchun)

Rasmiy manba 👉 2025
Xulosa: Student vizalari soni qisqartirilgan bo'lsada bu raqamlar baribir anchagina katta. Nasib qilsin bu yil student vizani mo'ljal qilganlarga! Omad!

Kanada vizasiga hujjat topshirish uchun amaliy-huquqiy yordam: 👉 www.canadali.net
Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: 👉
@Mr_Ali_Canada
Telegram kanalga ulanish uchun: 👉
https://t.me/CanadAli

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

18 Jan, 06:42


Kanada 🇨🇦 uchun turist viza anchagina qiyinlashgan bo'lsada, nasib qilgan bo'lsa natija chiqaveradi.🔥Student vizada nima gaplar?

Xabaringiz bor, ayni paytda Kanada hukumati viza berishda qisqartirish siyosatini boshlab yuborgan. Lekin kimnidir rizqi qo'shilgan bo'lsa, mana bu yurtdoshimiz Akbaraliga o'xshab omadi chopaveradi. Ancha vaqt kutdi o'ziyam natijani. Angliyadan student bo'lib topshirgan edi.

Chet elda, ayniqsa rivojlangan davlatlarda (Yevropa, Koreya, Yaponiya, Singapur, Xitoy, va boshqalar) o'qib yoki ishlab yurganlar o'sha yerdan turib Kanadaga viza uchun harakat qilsa, viza olishda imkoniyati O'zbekistonda turib topshirganlarga qaraganda ko'proq bo'ladi. Lekin bu degani O'zbekistondan topshirsa natija bo'lmaydi degani emas.

2025-yil bahor faslida student viza uchun topshirganlarda ham natijalar ko’payib qoladi degan umiddamiz. Student viza uchun ham 300 mingdan ortiq kvota ajratilgan 2025-yil uchun. Naxot shular orasida 500-600 ta yurtdoshimizga o'rin ajratilmasa, axir bu adolatdan bo'lmaydi. Ayniqsa hindlarga student viza kamaygan paytda. Shunday ekan harakatdan to'xtamaslik kerak. Ba'zan kamayib, ba'zan ko'payib turadi o'zi har qanday davlatda viza berish soni ham.

Agarda sizga ham Kanada vizasiga hujjat topshirishda amaliy huquqiy yordam zarur bo’lsa, bizga www.canadali.net sayti yoki telegram orqali aloqaga chiqishingiz mumkin.

Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada

Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

15 Jan, 05:30


Kanadaga 🇨🇦 ishchi viza bilan borsa bo'ladimi rasmiy ish topmasa ham?
Turmush o'rtog'imni student vizaga topshirmoqchi bo'lsam, lekin unda faqat o'rta maxsus ma'lumoti bo'lsachi? Ya'ni, magistraturaga kirish imkoni mavjud bo'lmasa ham imkon bormi?


Ko'pchilik so'raydi, qanday qilib ishga borsak bo'ladi Kanadaga deb. Lekin oldindan aytish kerakki, ayni hozirgi kunda bu davlatga ishga ketish anchagina qiyin, ammo juda qiyin bo'lsada ba'zi yo'llar mavjud albatta ish topmasdan turib ham.

Kanada avvaldan kelajakda o'ziga mos kadrni tayyorlab olish uchun ularni o'qitish usulidan foydalanadi. O'qishga kelgan studentlar kontrakt to'laydi va iqtisodga hissa qo'shadi, ularning turmush o'rtoqlari esa ishlab soliq to'laydi va budjetga foyda keltiradi, oila mahalliy sharoitga moslashadi va yaqin kelajakda o'qishni tugatib ishlab qolishadi, oxir oqibat "doimiy yashovchi" statusini qo'lga kiritishadi. Bu azaldan ishlab kelayotgan sxema. To'g'ri, oxirgi paytda, ayniqsa oxirgi 2 yil ichida bunday usuldan foydalanganlar soni nixoyatda ko'payib ketdi. Shu jumladan yurtdoshlarimizning ko'pchiligi ham shu usuldan foydalanib mamlakatga kirib olishdi va boshida tavakkal qilib to'g'ri ham qilishdi.

Endi esa hamma raqamlarda qisqartirish ketyapti, ammo har kimni nasibasi o'zi bilan. Ko'p "otkaz" chiqishni boshlasa, kam nomzod topshirishni boshlaydi, qarabsizki kimdir yana yutadi bundan. Vizalar sonida pasayish va ko'tarilish doimo bo'lib turadi. Bir narsani unutmaslik lozim, 2025-yil uchun 300 mingdan ortiq student viza kvotalari ajratilgan Kanada hukumati tomonidan. Nima deb o'ylaysiz, bu yil nechta O'zbekistonlikka student viza nasib qilar ekan? O'tgan yili mingdan ortiq edi, bu yil kamaysa kerak baribir, lekin katta raqamlar haliyam.

Masalan oldindan ma'lum bo'lgan usullardan biri bu turmush o'rtog'i student vizaga topshiradigan holatda o'ziga ishchi viza so'rash huquqi. Odatda asosan magistratura yoki doktoranturaga o'qishga kirganlar uchun bu usul qo'l kelsada, lekin ba'zi yo'nalishlar borki, turmush o'rtog'i bakalavrga o'qishga kirsa ham ishchi viza so'rash huquqi mavjud. Bu yo'nalishlar quyidagilar:

Bachelor of Nursing
Bachelor of Education
Bachelor of Engineering

Doctor of Dental Surgery
Bachelor of Law or Juris Doctor
Doctor of Medicine
Doctor of Optometry
Doctor of Veterinary Medicine

Pharmacy

Nega aynan bu yo'nalishlarga magistr bo'lmasa ham imkoniyat berilgan? Chunki mazkur yo'nalishdagi mutaxassislar hozirda Kanada mehnat bozori uchun haqiqatda kerakli bo'lgan kadrlar va ularga ehtiyoj katta. Shu yo'nalishlardan birida bakalavr o'qimoqchi bo'lgan nomzodlarning turmush o'rtoqlariga ishchi viza berilishi ham ularni qo'llab quvvatlash hisoblanadi. Ayniqsa xamshiralik yo'nalishida bakalavr qilib olish ham viza chiqishida, ham keyinchalik ishlab qolib ketishda va qolaversa yaxshi daromad topishda ham juda yaxshi strategiya bo'ladi nazarimizda. O'ylab ko'rish kerakdir balki...

Kanada vizasiga hujjat topshirish uchun amaliy-huquqiy yordam: 👉 www.canadali.net
Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: 👉
@Mr_Ali_Canada
Telegram kanalga ulanish uchun: 👉
https://t.me/CanadAli

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

09 Jan, 05:05


Kanada 🇨🇦 nega bizga bepul stomatologiya xizmatini ko'rsatdi yoxud nega tish shifokorlari xizmati bunchalik qimmat?

Bu Kanada tibbiyoti rosa "vahimachi" bo'lar ekanda o'ziyam. 😀Ayniqsa stomatologlar. Kuni kecha 2,5 yoshli o'g'limni tishlariga ozgina kariyes tushgani uchun vaqtida oldini olish kerak va sut tishlarini asrash kerak deb ba'zi bir tishlariga "plomba" qilish amaliyotini o'tkazishdi. Yukon viloyatida bolalar uchun "Dental program" mavjud. Unga ko'ra barcha bolalarni stomatologiya bilan bog'liq xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi. Dastlab xususiy klinikaga yuborishdi ko'rik uchun. Bir dollar ham to'lamadik tekshiruv uchun. Aslida juda qimmat turadi bunday xizmatlar. Undan so'ng plombalash amaliyotini belgilab berishdi. O'sha kungi ahvolni ko'rsangiz, Kanadada tibbiyot xodimlari yetishmaydi degan gaplar rostmi o'zi deb o'ylab qolasiz. Bitta yosh bolakay uchun 6 ta xamshira. Biri qon bosimini o'lchasa, biri vaznini, yana biri yurak urishini o'lchaydi. Odam xijolat ham bo'lib ketadi bularni yelib yugurgani va muomalasiga. Ishini yaxshi ko'rsa kerakda oyligi yuqori va stressdan yiroq bo'lgani uchun. Aytgancha Yukonda xamshiralar soatiga o'rtacha 50 dollar ish haqi oladi va yana turli tuman bonuslar va imtiyozlarga ega. Qizig'i barcha xamshira va yordamchi shifokorlar Kanadalik oq tanli aholi, lekin bosh stomatolog yo Pokistonlik yoki hind edi ko'rinishi va ingliz tilidagi aksentidan.

Bola xarxasha qilmasin deb muzlatkichni ham to'ldirib qo'yishar ekan, olma sharbati, sut, yogurt va hokazolar bilan. Xonadagi barcha tibbiy jihozlar toza va ozoda. Bosh xamshira yoki shifokor erinmasdan har bir masalani uzoq tushuntiradi. Shoshilmaydi, bolani kasallik tarixi bazada turibdi tayyor. Nimaga allergiyasi bor, qanaqa vitaminlarni qabul qiladi va boshqa barcha ma'lumotlar kiritib qo'yilgan. 3 soat davomida barcha muolaja qilinib iliq xayrlashishdi. Mana shu jami jarayon 2100 Kanada dollari atrofida baholandi va bizga hech qanday hisob-kitob uchun kvitansiya berilmadi, chunki yuqorida aytganimday hamma xarajatni davlat budjetidan to'lab berishadi. Ha, Kanada stomatologiyasi qimmat. Shuning uchun ham bu kabi xizmatlarni odatda ish beruvchi sug'urtasi yoki shunaqa davlat dasturlari qoplab beradi.

Nima uchun Kanada stomatologiyasi qimmat? Birinchidan stomatolog bo'lish ancha vaqt oladi va o'qish qimmat. Avvalo bakalavr darajasi va yana 4 yillik Doctor of Dental Surgery programmasini bitirish kerak. Klinikalarda eng so'nggi modeldagi apparatlardan foydalaniladi va tabiiyki ular juda qimmat turadi. Mutaxassislar soni ko'p emasligi ham ular qadrini oshiradi. Kanada xalqi tishlarini kasallanmasligi uchun yaxshi parvarish qiladi va natijada stomatologlar uchun ish hajmi yuqori bo'lmaydi.

Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉https://t.me/CanadAli

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

02 Jan, 02:04


Bolalar rivojlanishi uchun kichik e'tibor yoxud nega Kanada 🇨🇦 500 dollarni shunchaki berdi?

Xabaringiz bor, Kanada davlatida tug'ilish darajasi yuqori emas. Shuning uchun ham farzandingiz bo'lsa davlat ularga har taraflama g'amxo'rlik qilishni o'z burchi deb biladi. Aynan yosh avlod uchun turli darajadagi imtiyozlardan biri haqida aytib bermoqchiman, lekin ular son-sanoqsiz aslida. Xattoki xabarimiz ham yo'q ba'zilaridan. Sekin sekin bilib boryapmiz va foydalanishga harakat qilyapmiz.

Yaqindagina Yukon viloyatida mavjud bo'lgan va mahalliy hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan kichik bir dasturga ariza berib ko'rdim. "Kids Recreation Fund" deb nomlanadigan bu loyiha 18 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun. Mazkur loyiha maqsadi bolaning sport bilan shug'ullanishi uchun har bir farzandga har yili bir martalik 500 dollar mablag' ajratish ekan. Mazkur mablag'ni faqatgina sport jihozlari yoki qandaydir sport to'garagi uchun a'zolik badaliga sarflash mumkin. Chunki kvitansiya talab qilishadi, mablag' to'g'ri maqsadda sarflanganini nazorat qilish uchun.

Ariza berganim ertasi kuni natijasi tasdiqlandi va mablag' o'tkazib berishdi. Hech qanday ortiqcha qog'ozbozliksiz va byurokratiya to'siqlarisiz. Bundan tashqari yana bir dasturga ariza topshirib qo'ydik, unisi har oylik to'lov usulida to'lab beriladi. Bu haqda kelgusi postlarda yana batafsil yozaman. Xullas, farzandi bor oilalar uchun farzand bilan bog'liq xarajatlarning katta qismi davlat tomonidan qoplab berilishi ham dunyo bo'ylab ko'plab insonlarning aynan shu davlatga intilishi uchun sabablardan biri bo'lsa kerak.

Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉https://t.me/CanadAli

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

29 Dec, 05:14


👆👆👆
Yuqoridagi video oddiy bir fuqaro Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoga nisbatan kuni kecha hurmatsizlik qilganini ko'rish mumkin. Nima bo'lgan taqdirda ham fikrimcha bunday hurmatsizlik qilingani yaxshi ish bo'lmabdi. To'g'ri, Kanada erkin davlat, fikr erkinligi bor, lekin hech bo'lmasa shunchaki inson sifatida kulib turgan odamga nisbatan bunaqa shafqatsizlik qilishni oqlab bo'lmaydi. Buni ko'rgan yosh avlod ham shunaqa tiyiqsizlik mumkin ekan degan fikrga bormaydimi? Afsus...

Mana bunday dialog ketgan videoda(tilni yaxshi tushunmagan bo'lsangiz):

- "Janob Bosh vazir"
- "Ha"
- "Iltimos, BC dan (British Columbia provinsiyasi qisqartmasi) yo'qolib ket jin ursin"
- "Haha, kuningiz xayrli o'tsin xonim"
- "Jonimizga tegding"


Hozirgi kunda bosh vazir siyosatidan ko'plab fuqarolar norozi, deyarli 70 foiz Kanadalik uni qo'llab quvvatlamasligini bildirmoqda so'rovnomalarda. Lekin bu videoga nisbatan ijtimoiy tarmoqlarda 90 foiz Kanadaliklar qarshilik bildirib, negativ qabul qilishdi. Sababi Kanadaliklar qo'shni davlat Amerikaliklarga nisbatan o'zining xushmuomala va yumshoq xarakterligi bilan ajralib turadi. Yaqqol misol bosh vazir ham bu muomalaga kulib javob qaytarmoqda xattoki salbiy gaplar bo'lsa ham. Bu birinchisi emas, oldin ham 1-2 marta omma oldida bosh vazirga "yo'qol, ket, qo'lingdan hech qanday ish kelmayapti" qabilidagi xitoblar yangragan oddiy fuqarolar tomonidan, lekin davlat rahbari buni shunchaki kulib qarshi olgan edi.

Bosh vazir hozir ta'tilda. Chang'i uchib yuribdi tog'da. Qizig'i uni qattiq qo'riqlaydigan qo'riqchilar ham yo'q o'zi. Har qanday fuqaro borib gaplasha oladi oddiy inson sifatida.

To'g'ri, mukammal inson yo'q, xato hammada ham bo'ladi. 9 yildan beri hukumat tepasida bo'lib turgan Jastin Tryudoni ketish vaqti allaqachon keldi, lekin navbatdagi saylovgacha muddatidan oldin ketmoqchi emas shuncha qarshiliklar bo'lishiga qaramay. Hokimiyat "shirin" bo'ladi deyishgani shu bo'lsa kerakda. Hozirgi yuz berayotgan barcha ichki muammolarga aynan shu insonni aybdor qilib ko'rsatish avj oldi. Aslida shu inson davrida ko'plab immigrantlar Kanadaga viza olib kirib olishdi. Shu jumladan biz ham. Balki 2025-yil yanvar oyida muddatidan oldin ketar o'z xohishi bilan yoki ishonchsizlik votumi yordamida. Aks holda saylovni 2025-yil kuzgacha kutishga to'g'ri keladi.

Aytgancha bu va bunga o'xshash fuqarolarning erkin muomalasiga javobgarlik mavjud emas. Fikr va so'z erkinligi tufayli. Bu muomala haqorat qilishga kirmaydi. Endi tasavvur qiling shunaqa holat boshqa qattiqroq rejimdagi davlatlarda yuz bersa bormi? Oqibatini tasavvur qilish qiyin. Shunga aloqador bir voqea esimga tushib ketdi. Bir kuni Turkiya prezidenti Erdo'g'andan bir Amerikalik jurnalist savol so'raydi: "Bizda, Amerikada davlat rahbarini bemalol tanqid qilish mumkin, masalan ko'chaga chiqvolib "Tramp ahmoq" deb baqirib yursangiz ham hech kim javobgarlikka tortmaydi, sizlarda ham shunaqa so'z erkinligi bormi?" Shunda Turkiya prezidenti javob beradi: "Ha bizda ham bor so'z erkinligi, istalgan kishi ko'chaga chiqvolib Tramp ahmoq deb baqirib yursa hech kim hech nima demaydi...😁"

Xulosa: demak bu darajada erkinlik ham ba'zan negativ tarafga ham ishlab ketishi mumkin ekan. Muhimi inson ekanligimizni unutmasak bo'ldi...

Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

29 Dec, 05:14


Erkinlikni ham chegarasi bo'lishi kerak. Kanada 🇨🇦 davlat rahbariga bemalol istalgan gapni gapirish mumkinmi?

Batafsil👇👇👇

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

27 Dec, 15:00


Chet elda (masalan Kanada 🇨🇦) ta'lim olish uchun universitet qanday tanlanadi?

Batafsil maqolani quyida o'qing👇
https://telegra.ph/Chet-elga-masalan-Kanada-talim-olish-uchun-oqish-qanday-tanlanadi-12-27

Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada

Telegram kanalga ulanish uchun: 👉
https://t.me/CanadAli

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

26 Dec, 04:00


Qaysi kasblarda yuqori maosh to'lanmoqda Kanada 🇨🇦 davlatida.

Hozirgi kunda Kanada davlatida yuqori maosh to'lanadigan kasblar ro'yxati va ularda soatiga o'rtacha necha dollar ish haqi berilishini ko'rsatib beruvchi ro'yxat. Bu ro'yxatda maksimal ish haqi ham minimal ish haqi ham ko'rsatilmagan, shunchaki o'rtacha summa statistikasi aks etgan. Qolaversa boshqa sohalarga qaraganda ish o'rinlari ko'proq bo'lgan kasblar bu ro'yxatdan joy olgan. Ro'yxat ingliz tilida va agarda siz bu sohalarni tarjimasini tushunmasangiz, demak ingliz tilini kuchaytirishni boshlash kerak, agar haqiqatda rivojlangan chet davlatga chiqish rejangiz bo'lsa.

Software engineers and designers - $51
Data scientists - $49
Software developers and programmers - $47
Civil engineers - $45
Business systems specialists - $45
Information systems specialists - $45
Mechanical engineers - $44
Physiotherapists - $41
Professional occupations in business management consulting - $40
Financial and investment analysts - $39
Registered nurses and registered psychiatric nurses - $37
Plumbers - $37
Technical sales specialists – wholesale trade - $37
Human resources professionals - $35
Financial auditors and accountants - $35

Agarda allaqachon qaysidir kasb egasi bo'lsangiz o'z kasbingiz yoki shunga yaqin kasbni ro'yxatdan topa oldingiz deb umid qilaman, agar hali kelajak uchun qaysidir sohani tanlash bosqichida bo'lsangiz mana sizga tayyor "shpargalka". Ro'yxatdagi soha egasi bo'lish uchun shu yo'nalishlarda ta'lim olishga harakat qiling. Va aslida har qanday sohaning ustasi bo'lsangiz o'sha sohada yaxshi daromad qilish mumkin albatta. Yoki qaysidir sohada yuqori maosh olishga erishib olsangiz, endi uni biznesga aylantirish imkoniyatini ham qidirsa bo'ladi. Chunki bunga yetarlicha tajriba va boshlang'ich investitsiya to'plab olsa bo'ladi qanchadir muddatda.

Kanada vizasiga hujjat topshirish uchun amaliy-huquqiy yordam: 👉 www.canadali.net
Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: 👉
@Mr_Ali_Canada
Telegram kanalga ulanish uchun: 👉
https://t.me/CanadAli

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

22 Dec, 04:41


KANADA 🇨🇦 davlatida o'qiyotgan O'zbekistonlik studentlar nima ishlar qilishmoqda?

Student viza bilan Kanadaga kelgan yurtdoshlarimiz o'z xarajatlarini qoplab, qolaversa o'qish va ishni bir vaqtda eplay olishadimi deb ko'p so'rashadi? Bugun shu savolga javobni mazkur davlatda o'qiyotgan O'zbekistonlik studentlarning o'zidan eshitamiz. Ba'zi bir yurtdoshlarimizdan intervyu oldik. Albatta videodagi vaziyat va holatlar hammada ham bir xil emas, har kimning o'z hayot tashvishlari bor. Lekin o'ylaymanki, o'z kuchiga ishonadiganlar uchun foydali bo'ladi.

Videoda quyidagi mavzular haqida gapirishgan?

Student viza bilan borganlar O'zbekistonga qaytib ketyaptimi?
Kim nima ish qilib tirikchilik qilmoqda?
O'qish bilan ishni bir vaqtda eplasa bo'ladimi?
O'qishni bitirgandan keyingi rejalaringiz qanday?
Kanadaning plyuslari va minuslari nimalar?
Qaytib ketayotganlarga nima deysizlar?


Kelajak uchun yuqori maqsad qo'yganlarga omad tilaymiz. Bu kabi insonlar sekin astalik bilan bo'lsada albatta o'z rejalariga erishadilar. Bu shunchaki ba'zi misollar xolos. O'zini eplab yurgan ko'pchilik yurtdoshlarimiz omma oldida chiqishga uyaldi va video loyihada qatnashmaslikni iltimos qilishdi. Mazkur videoni quyida YouTubeda ko'rishingiz mumkin. Video ostida savollaringizni kommentariya shaklida qoldiring.

Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli

YouTube video👇👇👇
https://www.youtube.com/watch?v=poa2Pi8chxs

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

16 Dec, 07:12


Viza olishga kafolat bormi? "Otkaz" chiqmaydimi? 🇨🇦

Yaqindan bir mijoz nolib qoldi. "Otkaz" olgan edi. Go'yoki biz faqat shablonlarni tashlab bergan ekanmiz va buni o'zi ham bilar ekan qanday qilishni. Ba'zi isonlar shunaqa o'zi, biroz noshukr bo'ladi. Hamma narsani tayyor qilib bersang ham baribir ko'ngli to'lmaydi agar natijaga yetishmasa. Agar natija chiqsa "biz dunyodagi eng yaxshi odammiz", agar chiqmay qolsa "dunyodagi eng razil muttaxam". Axir biz ham super qahramon emasmiz, viza ofitseri hal qiladi yakuniy qarorni. Biz faqat sababini qilishga ko'maklashamiz, shuning uchun ham bu konsalting xizmati deyiladi. Yuz foiz natijaga kafolatni faqat qallob firibgarlar bera oladi oldindan.

Ba'zilar o'ylaydiki, mana men shartnoma qildim, to'lov qildim, hammasini qilib berishi shart deb. Endi tasavvur qiling, bizga bog'liq bo'lmagan hujjatlarni biz havodan yasay olmaymizku. "Uni bering buni bering der ekanmizda, shunchaki akkaunt ochib, hammasini olib yuklab qo'yar ekanmiz xolos." Shuncha hujjatni qanday tayyorlashni, qanday qilib to'g'ri strategiya tuzishni, viza ofitseriga ma'qul keladigan hujjatlarni aslida qanday shakllantirish kerakligini noldan tizimlashtirib bersakda, baribiz biz yomon agar natija chiqmay qolsa.

E'tibor bering bir narsaga. Agarda hammani hujjati shablon bo'lsa, inkubatordan chiqqanday bir xil qilinaversa, ijod qilinmasa, ofisterlar ham ahmoq emas. Ko'rib bilib turadi, chunki kuniga yuzlab hujjat ko'radi ular ham. Agarda hujjatlar o'ziga xos bo'lmasa, boshqalarga o'xshab bir xil bo'laversa, darrov sezishadi. Qaysidir firmadan kelyapti bu hujjat "optom" bo'lib deb.

Shuning uchun ham hujjatlar ro'yxatini mijozni o'ziga tanishtiramiz va chizib beramiz yo'l xaritasini. Nimadir hujjatni yozib bersak, o’qib ko’ring deymiz. Xato va kamchilik bo’lsa birgalashib bartaraf etaylik yoki taklif bo'lsa qo'shaylik deb.

Mukammal inson bo’lmaydi albatta. Robot kabi nuqsonsiz ishlashni talab qilish xato aslida. Qayerdadir nimadir kamchilik yoki xatolik bo'lsa buni ko’rsatib berib, o’zaro fikrlashib yechimini topsa bo’ladi.

Doimo bosh qotirib yuramiz. Qanday qilsak "otkaz" emas natija bo'ladi deb. Maqsad vizaga juda qattiq tirishib harakat qilayotganlarga qanday qilib bo'lmasin foydamiz tegishi. Natija qilish. Shuning uchun ham biz bilan ishlayotgan barchani to'g'ri yo'naltirib turamiz, shoshma sharlik qilib vizaga chala-chulpa hujjat topshirib yubormaslik uchun. Bekorga shunchaki "otkaz" olib qolmaslik uchun. Agar niyatimiz tezroq bir mijozdan qutulib, boshqa yangi mijozga e'tibor qaratishga vijdon yo'l qo'ymaydi.

Kanada vizasiga hujjat topshirishda amaliy huquqiy yordam zarur bo’lsa, bizga www.canadali.net sayti yoki telegram orqali aloqaga chiqishingiz mumkin.

Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada

Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

11 Dec, 04:55


Kanada 🇨🇦 bo'ylab qish kirib kelgan. Qishki manzaralar bilan tanishtiraman.

4 ta fasl borligi, yoz juda isib-qaynab ketmasligi, lekin plyajga boradigan darajada iliq bo'lishi, qishda yetarli miqdorda oppoq qor yog'ishi va bolalikdagi kabi qorbo'ron o'ynash, chana uchish kabi zavqli mashg'ulotlar qila olishing, bahorda yashillik tezda tugab qolmasligi, chunki daraxtlar, suv va namlik yetarli darajada ekanligi, kuz ham xazonlari bilan o'zgacha manzara kasb etishi tufayli ham aynan Kanadani tanlagan bo'lsam kerak yashash uchun.

Mazkur videolarda Kanadaning turli shaharlarida davom etayotgan sokin qishning bir parchasini ko'rishingiz mumkin. Kanada sovuq deydiganlarga yana takrorlayman, siz o'ylagan darajada sovuq emas. Mana men eng shimoliy hudud Yukonda yashayotganimga bir yarim yildan oshdi. Hozircha eng sovuq gradus minus 31 bo'ldi, lekin sezilgani yo'q xatto. Chunki sovuqqa qarshi barcha choralar ko'rib qo'yiladi oldindan. Qolaversa Kanadani okeanga yaqin hududlarida qish deyarli uncha bo'lmaydi. Vankuver, Viktoriya (British Columbia provinsiyasi), Halifax(Nova Scotia provinsiyasi) kabi joylarda havo harorati kamdan kam hollarda noldan pastga tushadi xatto. Kelgusi videolarda ham tez-tez shunga o'xshash Kanada hayoti manzaralarini sizlar bilan baham ko'rishga harakat qilaman.

Aslida Instagram tarmog'i orqali har kuni shunday videolarni storis ko'rinishida joylab boraman. Mana bu yerda kuzatib borishingiz mumkin:
👉https://instagram.com/kanadalik_uzbek

Kanada
🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun telegram kanalga ulanib oling, boshqalarga yuborsangiz, ularga ham qiziq bo'ladi: 👉https://t.me/CanadAli

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

06 Dec, 15:02


Nimalar bo'lyapti o'zi Kanadaga 🇨🇦 student viza olish bo'yicha O'zbekistonliklar uchun? Kanadaga student viza olishda oxirgi o’zgarishlar mavzusida batafsil ma'lumot berishga harakat qildim YouTube kanalimda.

Ayniqsa ingliz tilini yaxshi biladigan yoshlar yoki "qanday usul bilan bo'lsa ham" oila bilan bormoqchi bo'lganlar uchun foydali bo'ladi. Vizadan "otkaz" olganlar uchun ham mos keladi.

Videodagi asosiy mavzular:
1) Kanadaga viza olish qiyinlashdimi?
2) 2025-yilda Kanada student viza bo'yicha so'nggi o'zgarishlar.
3) Nima uchun vizalar soni qisqartirildi?
4) Magistraturaga qo'shimcha talab paydo bo'ladi.
5) O'qishdan so'ng kimlarga ishchi viza beriladi endi?
6) Kanada hujjatlarni qattiq tekshirishni boshladimi?
7) O'zbekistonliklar "qora ro'yxat"ga tushdimi?
8) Student viza bo'yicha yangi tavsiyalar.
9) O'qishni to'g'ri tanlash tartibi.
10) Ish topish oson, daromadi yaxshi bo'lgan yo'nalishlar qaysilar?
11) Nega aynan student viza? Boshqa viza qurib qolganmi?
12) Studentlar o'zini-o'zi eplay oladimi Kanadada?
13) Kanadada o'zbeklar qanday ishlarni qilishmoqda?

Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun telegram kanalga ulanib oling, boshqalarga yuborsangiz, ularga ham foydali bo'ladi: 👉https://t.me/CanadAli

Quyidagi havola orqali o'tib videoni YouTubeda to'liq ko'rish mumkin yoki yo'lda yurganda, biror ish qilganda podkast shaklida eshitsa ham bo'ladi.
👇👇👇
https://youtu.be/acAJB-897i8?si=V2S6S8wFP6u1cAZk

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

05 Dec, 14:37


Kanada 🇨🇦 student vizasi O’zbekistonliklar uchun biroz pauza bo’lib turibdi, lekin rivojlangan davlatlardan topshirganlarda davom etmoqda natijalar! 🔥

Avval ham yozgan edim, chet elda, ayniqsa rivojlangan davlatlarda (Yevropa, Koreya, Yaponiya, Singapur, Xitoy, va boshqalar) o'qib yoki ishlab yurganlar o'sha yerdan turib Kanadaga student viza uchun harakat qilsa, viza olishda imkoniyati O'zbekistonda turib topshirganlarga qaraganda ko'proq bo'ladi. Shuningdek natija tezroq ham chiqadi.

Xabaringiz bor, ayni paytda balki kvotalar 2024-yilga tugab qolgan shekilli, Kanada hukumati hozircha vizalar berishda pauza qilib turibdi. Lekin kimnidir rizqi qo'shilgan bo'lsa, 2025-yildan boshlab O’zbekistondan topshirganlarda ham natijalar ko’payib qoladi degan umiddamiz.

Agarda sizga ham Kanada vizasiga hujjat topshirishda amaliy huquqiy yordam zarur bo’lsa, bizga www.canadali.net sayti yoki telegram orqali aloqaga chiqishingiz mumkin.

Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada

Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

02 Dec, 01:52


"Hammani ko'nglidan joy olaman yoki hammaga birday yoqaman deb o'ylash xato" deb aytgan edi qaysidir faylasuf... yoxud viza ololmaslikda kimnidir ayblash to'g'rimi aslida?

Yaqindagina Kanadaga avval biz viza olib berishda yordam bergan bir sobiq mijozimiz yozib qoldi: sizni qaysidir chatda yoki guruhda g'iybat qilishmoqda deb. E'tibor bermadim, shunchaki kulib qo'ydim. Lekin indamasam ochiqdan ochiq mag'zava ag'dargan ekan 1-2 ta inson tomonidan. Bu haqda reaksiya bildirishga qaror qildim.

Go'yoki, viza ololmagani uchun bizni aylashgan. Aslida viza mutaxassislari, yoki o'zini hurmat qilgan mutaxassislarning hech biri qaysidir ishda kafolat bera olmaydi. Natijaga kafolat berdimi demak bunda qandaydir bir o'yin yoki manfaat bor. Vizaga hujjat topshirishda amliy yordam so'rab murojaat qilgan mijozga har doim shartnoma shartlari taqdim qilinadi oldindan. Unda aniq yozib qo'yiladi: natijaga kafolat berilmaydi deb. Lekin biz o'zbekmizda baribir kafolat bo'lsa ko'nglimiz to'q bo'ladi. Lekin shartnomani yaxshilab o'qib chiqish zarur har qanday ishni boshlashdan avval. Yoki e'tiroz bo'lsa ochiqchasiga yuzma yuz o'zimizga aytish kerak, orqadan yomonlashdan ko'ra.

Kimdir sizni qaysidir omma oldida yomonotliq qilib chiqsa siz shu bilan yomon odam bo'lib qolsangiz unda buni nomini "samosud" desa ham bo'ladi. Bir kishini fikri bilan sizga tamg'a yopishtirilsa, ikkinchi taraf eshitilmasa buni yana nima deb atash mumkin. Ba'zan ko'ngli qoladi odamni, naxot shuncha mehnat qilsang-u lekin bir tiyin qilsa ba'zi bir xudbin odamlar. Bizni kim ekanligimizga xalq o'zi baho berib bo'lgan, oson emas Telegramda 8 mingdan oshiq, YouTubeda 10 mingdan oshiq, Instagramda esa 20 mingdan oshiq insonni ishonchiga kira olish.

Shu paytgacha natija qilib bergan mijozlarimiz bilishadi aslida bizni. 👉(www.canadali.net/natijalar) Aslida har bir natijani ham ijtimoiy tarmoqlarga qo'yib bora olmaymiz. Sababi ba'zi insonlar omma e'tiborida bo'lishni yoqtirmaydi va shaxsiy fotosi yoki videosini joylamaslikni iltimos qilishadi. Ba'zi natijalarni esa o'zimiz joylab ulgurmaymiz xatto.

Agar viza chiqmagan bo'lsa qayta harakat qilish kerak, kurashish kerak. Alamzada bo'lib orqadan gap qilish emas. Kanada hammaga ham viza berish majburiyatini olmagan, nasib qilgan bo'lsa chiqadi axir. Biz esa sababini qilishga harakat qilamiz qo'ldan kelgancha.

Xulosa: ming urinmang baribir kimgadir aslo yoqmaysiz va sizdan hech qachon ko'ngillari to'lmaydi. Shunday ekan, har kim o'z yo'lidan ketaveradi. G'iybat yoki tuxmatlarga esa aslo e'tibor bermaslikka harakat qilamiz.

Kanadaga viza olishda emas, vizaga hujjat topshirish uchun amaliy-huquqiy yordam: 👉 www.canadali.net
Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: 👉
@Mr_Ali_Canada
Telegram kanalga ulanish uchun: 👉
https://t.me/CanadAli

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

30 Nov, 15:00


Bizda biroz salqin xolos. 🇨🇦
Boshqa shaharlarda esa shunchaki kuz.


Noyabr oyi oxiri. Yukonda bugun minus 30 gradus havo. Kanadani boshqa shaharlarida esa e'tibor bering unchalik sovuq emas. Vankuver va Halifaksda plyus 4 va 5. Montrealda nol, Torontoda esa minus 1. Qo'shni Calgary shahrida esa minus 14.

Bizda minus 30 bo'lishiga qaramay hech qanday "anomal sovuq" emas. Hamma narsa joy joyida ishlab turibdi, chiroq o'chmagan, uylar issiq, ko'chalarda qorlar kuralgan. Jamoat transporti doimgiday qatnovda. Bolalar maktab yoki bog'chaga qatnashda davom etmoqda. Faqatgina minus 40 gradus bo'lsagina maktablarda darslar vaqtincha to'xtalishi mumkin, shunda ham yo'llarda avtobuslar yura olmay qolsa. Lekin bu tarixda kamdan kam ro'y bergan.

Bizga qanday sezilmoqda bu sovuq. Hozircha hech qanday. Biror muammo yo'q. Xuddiki yillar davomida shu yerda yashab yurgan odamday shunchaki shapka, sharf, kurtka va etik kiyiladi va ko'chada kamroq yurish kerak. O'zi aslida jazirama issiqdan ko'ra izg'irin sovuqda yashash ko'proq ma'qul. Va albatta doimiy qolish rejasi yo'q bu shaharda. Yaqin 1-2 yil ichida janubroqqa ko'chish niyat bor, yana vaqt ko'rsatadi buni albatta.

Kanada sovuqmi deydiganlarga, ha sovuq asosan shimolda va qishda. Lekin janubda ancha mo'tadil havo. Deyarli qor yog'maydi ba'zan xattoki qishda. Shunchaki shimolda haqiqiy qish va qorlarni ko'rib zavqlanishga sayohatga kelib turishadi Kanadani boshqa shaharlaridan ham. Kim qaysi shaharda yashashini hal qilishda ba'zan ob-havo ham rol o'ynaydi.

Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

26 Nov, 14:43


Kanada 🇨🇦 oxirgi 2 yilda qanday xatolarga yo'l qo'ydi immigratsiya bo'yicha?

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo bu haqda batafsil so'zlab berdi. 7 minutlik video YouTubeda dunyo bo'ylab milliondan ortiq marta ko'rildi hozirgacha. Ingliz tilini yaxshi bilsangiz videoni to'liq ko'rsangiz bo'ladi mana bu yerda. 👉(To'liq video) Agarda tilni unchalik yaxshi bilmasangiz quyida qisqacha to'xtalib o'taman asosiy fikrlarga.

Kanada yaqin 3 yil ichida immigratsiya va mamlakatga keladiganlar soni va sifati bo'yicha keskin o'zgarishlarni amalga oshirmoqchi. Maqsad sonni qisqartirish orqali sifatli nomzodlarga e'tibor qaratish. Sababi haddan tashqari ko'p odam kelgani uchun uy-joy, infrastruktura va ijtimoiy xizmatlarga katta bosim yuzaga keldi o'tgan 2 yil ichida. O'zingiz o'ylab ko'ring shu vaqt oralig'ida O'zbekistonda ham minglab yurtdoshlarimiz viza olishga erishdi va tarixda bunaqasi bo'lmagan edi.

Nega odam ko'payib ketdi? 3 ta asosiy sabab bor. Xususiy kollejlar tinimsiz talab qabul qildi, kichik bizneslar haddan tashqari ko'p ishchi olib keldi (o'z tanishlarini albatta) va shuningdek turist viza bilan kelganlar qolib ketaverishdi (ko'plari xattoki qochqin maqomiga hujjat topshirib tashladi).

Rejalar qanday bo'ladi endi kelayotgan 3 yil uchun?
1) Doimiy yashovchi maqomini berishda ko'proq tibbiyot xodimlari va qurilish mutaxassislariga e'tibor qaratiladi. Shu sohalarda malakali ishchilar yetishmayapti aynan hozir.
2) Allaqachon Kanadaga kirib olganlar orasida boshqa sohalarda mutaxassis bo'lsa ham, malakali kadr bo'lgani uchun tashqaridan turib harakat qilayotganlarga nisbatan ko'proq imkoniyat beriladi.
3) Xalqaro talabalar soni qisqaradi va Kanada o'zi uchun kerakli sohalarga o'qishga kirganlarga ko'proq viza beradi.
4) Qochqin maqomiga hujjat topshirganlar arizasi tezroq ko'rib chiqiladi va ko'piga deport beriladi yolg'ondan boshpana so'ralgani aniqlansa.

Xulosa qilib aytganda bu choralar Kanada immigratsiyaga qarshilik bildirishni boshladi degani emas, shunchaki munosib nomzodlar va mamlakatga faqat kerakli bo'lgan insonlarni tanlab olishga qaratiladi deb ta'kidlagan Kanada bosh vaziri.

Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

23 Nov, 15:29


Kanada pasportigacha yetib olishning eng qulay usuli qaysi?

Mazkur qisqa bir yarim daqiqalik rolikda bu haqda to'xtalishga harakat qildim.

Kuchli davlat fuqaroligi, ko'plab davlatlarga vizasiz bora olish imoniyati, nisbatan qisqaroq muddatda bu pasportni olish mumkinligi, o'z fuqaroligingizni ham saqlab qolishga ruxsat borligi qachondir yaqin kelajakda Kanada pasportini olib qo'yishga sizni qiziqtirib qo'yishi tabiiy.

Mazkur davlatga kelib olish kerak birinchi navbatda, asta sekin hammasi bo'laveradi parallel ravishda. Hujjat ishlari ham, moslashib olish ham. Hech bir narsa qisqa fursatda juda tez amalga oshib qolmaydi. Uzoq masofaga sayohat ham ilk qadamlarni qo'yishdan boshlanadi

Xullas barchasi videoda yoritilgan...

Bu borada amaliy-huquqiy yordam: 👉 www.canadali.net
Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: 👉
@Mr_Ali_Canada
Telegram kanalga ulanish uchun: 👉
https://t.me/CanadAli

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

20 Nov, 13:49


Kanada student vizasiga harakat qilayotganlar diqqatiga!🇨🇦👨‍🎓👩‍🎓

O'zbekiston hududidan mazkur vizaga ariza topshiradigan bo'lsangiz, uni ko'rib chiqish muddati 19-20 hafta ya'ni o'rtacha 4-5 oyni tashkil qilmoqda. Bu avvalgi muddatlardan uzaydi degani. Chunki avvallari student vizani ko'rib chiqish muddati 2 oy o'rtacha, xattoki 1 oyda chiqqan holatlar ham bo'lar edi. Bu albatta hammada shunday bo'ladi degani emas, lekin o'rtacha muddat olinadi.

Sabablar ko'p, lekin asosiylaridan biri bu haqiqatda ariza soni ko'p yoki arizalar diqqat bilan sinchiklab tekshirilmoqda. Tavsiya: agarda harakatni endi boshlagan bo'lsangiz, yaxshiroq o'qishga kirish va viza hujjatlarini yig'ib tayyorlash uchun ham yaxshigina vaqt ketishini hisobga olib 2025-yil kuzgi semesterga o'qishga kirishga harakat qiling. Odatda nufuzli o'quv yurtlari qabulini ancha oldin boshlaydi va erta yopadi. Allaqachon o'qishga kirganlar esa o'qishni kelasi semesterga surish chorasini ko'raverishlari kerak. Aks holda viza olishga ulgurmay qolish mumkin.

Kanada vizasiga hujjat topshirishda amaliy-huquqiy yordam: 👉 www.canadali.net
Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada
Telegram kanalga ulanish uchun: 👉
https://t.me/CanadAli

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

13 Nov, 14:18


Kanada 🇨🇦 eshiklarini ochish uchun eng yaxshi kalit bu professional huquqiy yordam, sabr-mas'uliyat va albatta yaxshi niyat qilishda.

Shu kabi oilalarni Kanadaga kelishi va o'z o'rnini topib ketishida oz bo'lsada hissa qo'shayotganimiz bizni yanada shijoat bilan mehnat qilishga ilhomlantiradi. Barchaga maqsad qilganlarga nasib qilsin.

Hayotda faqat pozitiv fikrlaydigan, risk qilishdan qo'rqmaydigan va har doim chiroyli muomalada bo'lgan bu yigit va nixoyat o'z rejasiga erishdi. 👏

Agarda sizga ham Kanada vizasiga hujjat topshirishda amaliy huquqiy yordam zarur bo’lsa, bizga www.canadali.net sayti yoki telegram orqali aloqaga chiqishingiz mumkin.

Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

11 Nov, 14:01


Sodda bo'lmang o'zbegim! Yoxud chet elga borish istagida kuyib yonib, hissiyotga berilib qaror qabul qilmang aslo...

Shunday savollar bilan ko'pchilik murojaat qilmoqda:

"Menga Germaniyadagi bir agentlik Kanada davlatidan ish taklifi olib bermoqchi, shartnoma taklif qilyapti. Xizmat haqiga 2 ming dollar so'rayapti. Ishonsam bo'ladimi?"

Javob: Vallomat bo'lsayam, qonuniy ro'yxatdan o'tgan agentlik bo'lsayam Kanada ish beruvchisi va ishlamoqchi bo'lgan nomzod o'rtasiga tushib vositachilik qilish deyarli imkonsiz. Sababi Kanada ish beruvchisi siz uni izlab topishingizni xohlaydi, u sizni emas. Qaysidir agentlikka menga ishchi topib ber deb murojaat qilish holati kamdan kam uchraydi. Qolaversa hozirgi kunda nima ko'p, firibgarlar ko'p.

"O'zbekistonda bir firma menga 5 ming dollar evaziga Kanadaga ishga yubormoqchi. Agar viza ololmasam pulimni qaytarib ham berar ekan. Kerak bo'lsa notarial qarz shartnomasi qilib bersam bo'lar ekan so'ralgan mablag'ni. Rostmi shu?"

Javob: Naxotki bu keng tarqalgan sxemadan bexabar bo'lsangiz? Sizdan olingan katta miqdordagi summa bankka omonatga qo'yiladi va foydasi olingach bir yildan keyin sizni kuttirib kuttirib uzr o'xshamadi deb qaytarib ham berishaveradi. Shunaqa 10 ta, 100 ta odamni pulini olib, bankda aylantirib foyda qilish va jinoiy javobgarlikdan qo'rqib qaytarib berish bu juda oddiy va siyqasi chiqqan usul. Go'yoki qonuniy, lekin kimnidir umidvor qilish va bekorga vaqtini olish xolos. Shu paytgacha birorta firma yurtdoshlarimizni Kanadaga qonuniy ishga yuborganini guvohi bo'lmadik. Ayoliga student viza olib, eriga ochiq ishchi viza olish esa bu umuman boshqa mavzu. Hozir gap ish taklifi olish orqali to'g'ridan to'g'ri ishga yuborish haqida ketmoqda.

"Menga bir Kanadalik ish taklifi tashladi, ko'rib bering shuni iltimos. Pul so'ramadi, faqatgina elchixona saytiga to'lov qilsam bo'ldi ekan. Tekshirib berasizmi?"

Javob: Yasalgan ish taklifi va dizayn qilib ishlov berilgan soxta taklifnomalarni son sanog'i yo'q. Xattoki to'g'ridan to'g'ri pul ham talab qilishmaydi. Eng achinarlisi esa ehtirosga berilib qanday qilib 200-300 dollarni soxta saytga, go'yoki elchixona sayti deb o'ylab to'lab qo'yishgani holatlari ham ishoning ancha ko'p.

Xulosa: Osongina amalga oshadigan va'dalar hech qachon ishonchli bo'lmaydi. Ortida albatta yashirin sxemalar turadi va nafaqat qiynalib topgan mablag'ingizdan ayrilib qolasiz, kamiga boshqa ishonchli mutaxassislardan ham ko'nglingiz qolib ketadi va hech kimga ishonmaydigan negativ insonga aylanasiz. Fikr qiling, juda bo'lmasa xat-hujjatni yaxshiroq tushunadigan tanishingizga ko'rsating shunday shubhali takliflarni.

Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

07 Nov, 22:40


Jami nechta O'zbekistonlik Kanada hududida doimiy yashaydi bugungi kunda? 🇺🇿🛫🇨🇦

Qiziq bir statistikaga duch keldim. 7 mingdan oshiq O'zbekistonliklar doimiy yashovchi sifatida yashaydi deb ko'rsatilgan ekan o'sha paytdagi rasmiy ma'lumotda. Umumiy ro'yxatga faqat O'zbekistonda tug'ilganlar kiritilgan. Kanada hududida tug'ilgan ota-onasi O'zbekistonlik bo'lgan bolalar va keyingi 3 yil (2021-2024)da kirib kelganlar anchagina ko'p bo'lishi mumkin. Bundan tashqari student, ishchi yoki turist viza statusi bilan yashayotganlar soni kiritilmagan. Ularni ham qo'shib hisoblaydigan bo'lsa 15-20 mingga chiqishi ham hech gap emas. Vaqti kelib vaqtincha viza turlari, ya'ni student, turist, ishchi viza bilan kelganlar, xuddi ulardan oldin kelganlar bu ishni qilgani kabi doimiy yashovchi statusini qo'lga kiritishadi bosqichma-bosqich.

To'g'ri, qo'shni davlat Amerika qo'shma shtatlarida yashaydigan 100 mingdan ortiq O'zbekistonliklar soniga qaraganda ancha kamtarroq miqdor. Chunki Kanada uchun "Green card" lotoreyasi mavjud emas yiliga 5 minglab yurtdoshimiz keladigan. Kanadaga kirish avvaldan qiyin bo'lib kelgan edi yurtdoshlarimiz uchun. Shukr, oxirgi 2-3 yil ichida, ayniqsa pandemiyadan keyin darvozalar ancha ochildi.

Yana bir qiziq tarafi saytda qaysi provinsiyada qancha o'zbek yashashi ham mavjud. Eskirgan bo'lishi mumkin bugungi kun holatiga. Lekin baribir qiziq. Kanada hukumati shunday statistik ma'lumotlarni doimiy ravishda har 3 yilda yangilab boradi. Kelasi yil eng so'nggi yangilangan ma'lumotlarni e'lon qilishadi yana.

Manba: https://www12.statcan.gc.ca/census-recensement/2021/dp-pd/dv-vd/imm/index-en.cfm

Kanada vizasiga hujjat topshirishda amaliy-huquqiy yordam: 👉 www.canadali.net
Telegram kanalga ulanish uchun: 👉
https://t.me/CanadAli

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

05 Nov, 18:11


Biroz xazil bor, lekin haqiqatdan shunday ko’rib chiqiladi Kanada 🇨🇦 vizasi uchun berilgan hujjatlar. Amaliyotdagi tajribamiz buni ko’rsatmoqda

Agarda sizga ham Kanada vizasiga hujjat topshirishda amaliy huquqiy yordam zarur bo’lsa, bizga www.canadali.net sayti yoki telegram orqali aloqaga chiqishingiz mumkin.

Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: 👉
@Mr_Ali_Canada

Telegram kanalga ulanish uchun: 👉
https://t.me/CanadAli

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

04 Nov, 06:18


Mana bu maqolada yozganimdek Green card o'ynab omadni sinab ko'rish imkoniyati tugashiga ham oz qoldi. Bu yil uchun ro'yxatga olishning so'nggi muddati O'zbekiston vaqti bilan 7-noyabrdan 8-noyabrga o'tar kechasi tungi 1:00 da yakunlanadi. So'nggi soatlargacha taqamaslik kerak albatta, sayt qotib qoladi.

Amerikani yomon ko'rsangiz ham, hech bo'lmasa kelajakda Kanadaga o'tib olish uchun bu ham aslida bir kichik imkoniyat. Foydalanib qolishni qo'ldan boy bermang.

Aytgancha, Green card chiqib qolsa AQSH ga viza olishda hujjat tayyorlashda ham amaliy yordam ko'rsata olamiz, ayniqsa o'zimiz registratsiya qilib berganlarga. Aloqaga chiqavering. 👉 @Mr_Ali_Canada

Lekin yana o’sha gap: faqat lotoreyaga ishonib qolmang. Hammasi harakatga bog’liq baribir. Shunchaki omadni yana bir bor sinab ko’ring xolos.

Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

03 Nov, 05:05


Kanada hududida men videoda aytib bergan holat shunchaki oddiy kundalik voqealardan bir parcha xolos.

Nega rivojlangan g’arb davlatlarida aholi iymonsiz deymiz-ku, lekin insofli bo’ladi?

Birovni mulkiga qarab qolmaganligi sababi ko’zi to’q ekanligidami?

Balki iqtisodiy muammolar kamligi uchunmi yoki ta’lim tarbiya shunchalik kuchlimi?

G’arbda yoshlar aynib ketyapti deymiz-ku, lekin men ko’rgan Kanadalik bolalar ishoning juda tarbiyali. Salom beradi tanimasa ham, xarxasha qilganiga ko’zim tushmadi. Eng e’tiborimni tortgan jihati yosh bola bo’lsada o’ziga ishonchi yuqori, begona inson bilan ham qiziqib gaplasha oladi, savol berishga yoki xushomad qilishga jur’at qila oladi. Raxmat aytish va yo’l berishni esa xattoki me’yoridan oshirvorishadi.

Xullas gapirsa gap ko’p, o’ylab qolamanda ba’zan…

Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

01 Nov, 03:56


Yana bir yurtdoshimiz Kanadaga student viza bilan kelishi aniq bo'ldi!
Bu safar Janubiy Koreyadan🇨🇦🔥

Chet elda, ayniqsa rivojlangan davlatlarda (Yevropa, Koreya, Yaponiya, Singapur, Xitoy, va boshqalar) o'qib yoki ishlab yurganlar o'sha yerdan turib Kanadaga student viza uchun harakat qilsa, viza olishda imkoniyati O'zbekistonda turib topshirganlarga qaraganda ko'proq bo'lishi isboti. Shuningdek natija tezroq ham chiqadi.

Hayotjon ismli bu yigit Janubiy Koreya davlatida o'qir edi va bizga aloqaga chiqib Kanadaga harakatni boshlagandi. Nasib qilgan ekan, e'tibor bering vizaga topshirganidan 1 oy o'tib natijaga erishdi. Sentyabr oxirida topshirdik va oktyabr oxirida viza chiqdi.

Xabaringiz bor, Kanada hukumati vizalar sonini kamaytirishni boshladi. Lekin kimnidir rizqi qo'shilgan bo'lsa, undan hech kim tortib ololmaydi nasibasini.

Agarda sizga ham Kanada vizasiga hujjat topshirishda amaliy huquqiy yordam zarur bo’lsa, bizga www.canadali.net sayti yoki telegram orqali aloqaga chiqishingiz mumkin.

Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada

Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

25 Oct, 14:00


🇨🇦Kanada hukumati 2025-2027, ya'ni 3 yillik immigratsiya rejalarini e'lon qildi.

Bir qarashda go'yoki salbiy xabar, chunki raqamlarda qisqarishlar bor. Lekin bunda yashirin ijobiy jihatlar anchagina. Keling tushuntiraman.

Kelayotgan 3 yil uchun Kanada doimiy yashovchi statusini berish rejasi.
2025-yil uchun - o'rtacha 395,000 ta
2026-yil uchun - o'rtacha 380,000 ta
2026-yil uchun - o'rtacha 365,000 ta

Rasmiy bayonotga ko'ra ushbu kvotalarning asosiy qismi allaqachon Kanadaga kirib kelganlar va shu davlatda yashayotganlar uchun mo'ljallangan. Ya'ni student yoki ishchi viza bilan kelganlarga asta-sekin doimiy yashovchi maqomini berish reja qilinmoqda. Bundan keyingi yillarda ham katta ehtimol mana shunday tendensiya davom etadi. Sababi doimiy yashovchi maqomiga asosiy nomzod bo'lgan bu toifa viza egalari Kanada jamiyatiga moshlashib, shu yerda ta'lim olib, davlat uchun kerakli sohalarni egallab, ishlab soliq to'lab bormoqda.

Rejaga ko'ra kelasi 3 yil ichida asosan sog'liqni saqlash, qo'l mehnati sohalari egalari va fransuz tilini biluvchi qatlamga asosiy e'tibor qaratiladi doimiy yashovchi maqomini berishda.

Qanday xulosa qilish mumkin: Ha, raqobat qattiq bo'ladi. "Zato" qadri bo'ladi endi har bir o'rinni. Kurash shafqatsiz kechadi. Faqat kuchlilargina yutib chiqadi. To'g'ri strategiya qila olganlargina yetib boradi marraga. Qisqartirishlarning ijobiy tarafi shundaki Kanadaga eson-omon kirib olganlar yashash sharoiti yaxshilanadi. "Bardak" bo'lib ketish oldi olinadi. Kamroq odam kiradi, lekin munosiblari kela oladi. Yuqorida ta'kidlanganiday endi ichkaridagilarga asosiy e'tibor beriladi doimiy yashovchi bo'yicha deyildimi, demak "ichkariga" kirib olish chorasini ko'rish kerak.

Biz bu yo'lda yangi loyihalar boshlaymiz tez orada. Asosiy yo'nalishimiz student viza (+turmush o'rtog'iga ishchi viza) orqali borib qolib ketishdan tashqari, fransuz tilini o'rganib, shu yo'l orqali yurtdoshlarimizni Kanadaga kelishlariga ham yordam bermoqchimiz. Bizni kuzatib boring.

Rasmiy manbaga havola: 2025-2027

Kanada vizasiga hujjat topshirishda amaliy huquqiy yordam 👉 www.canadali.net

Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: 👉@Mr_Ali_Canada
Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

24 Oct, 18:20


Roppa rosa bir soat davomida "Kanadaga kelishning hozirgi kundagi eng qulay usullari" mavzusida suhbat o'tkazdik va ushbu muloqotning yozib olingan varianti.

Podcast shaklida eshitib o'zingizni qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishingiz mumkin!

Suhbatda gapirilgan mavzular ketma-ketligi:
1)Kanada kelish kerakmi o'zi? Plyus va minus taraflari
2)Doimiy yashovchi statusi bilan kelish imkoni qaysi?
3)Ishchi viza olsa bo'ladimi haliyam?
4)Turist viza chiqyaptimi hozir?
5)Student viza bo'yicha nima gaplar?


Kanada vizasiga hujjat topshirishda amaliy-huquqiy yordam zarur bo’lsa, bizga www.canadali.net sayti yoki telegram orqali aloqaga chiqishingiz mumkin.

Shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada
Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

24 Oct, 18:04


Live stream finished (1 hour)

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

24 Oct, 17:00


Live stream scheduled for

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

24 Oct, 17:00


Live stream started

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

23 Oct, 15:01


🇨🇦 Kanadaga borish niyatingiz bor, lekin qaysi yo’lni tanlashni bilmayapsizmi?

Ko'plab yurtdoshlarimiz iltimosiga ko'ra 24-oktyabr payshanba kuni O'zbekiston vaqti bilan soat 22.00 da Telegram va Instagram orqali online muloqot o’tkazamiz.

Mavzu: 🇨🇦 Kanadaga kelishning hozirgi kundagi eng qulay usullari!

Instagram orqali ham suhbat jarayoni translyatsiya qilinadi.

Instagram:
https://instagram.com/kanadalik_uzbek

Telegram:
https://t.me/CanadAli

Xabarni boshqalarga ham yuborib qo'yishni unutmang!

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

22 Oct, 15:00


Kanadaga kelish uchun hech qachon kech emas. Yosh to'siq bo'la olmaydi, agar nasib qilgan bo'lsa albatta.

Hayotda shunday payt bo'ladiki, nimanidir o'zgartirishni xohlab qolasiz. Vaholanki siz vatanda hamma narsaga erishib bo'lgansiz, lekin yangi sarguzashtlarni ko'ngil istab qoladi. Balki o'zingiz uchun emas, farzandlar kelajagi uchundir. To'g'ri, yangi davlatda hech nima oson bo'lmaydi boshida. Hammasini noldan boshlashga tayyor bo'lish kerak ruhan.

Hech kim oldindan aniq ayta olmaydi nima bo'lishini. Qaysidir qarorimiz butun hayotimizni o'zgartirib yuborishi hech gap emas. Ushbu mijozimiz hayotini noldan boshlashga tayyor bo'lib keldi Kanadaga. 🇨🇦 Student viza albatta. Magistratura. 2-3 yildan keyin intervyu olamiz nimalarga erishgani bo'yicha. Kanadaga kelishga sababchi bo'lganimiz har bir inson taqdiri biz uchun qiziq. Qandaydir muvaffaqiyatga erishsa xursand bo'lamiz va qaysidir inson hayotini o'zgarishiga kichik bo'lsada sababchi bo'lganimizdan faxrlanamiz. Omad tilaymiz barcha kelayotganlarga! 🤝 Kelish harakatida yurganlarga esa nasib qilsin hammasiga.

Kanada vizasiga hujjat topshirishda amaliy huquqiy yordam 👉 www.canadali.net

Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada

Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

18 Oct, 15:00


Jaxondagi "dollar millionerlari" qaysi davlatlarga ko'chishmoqda?
Kanada
🇨🇦 ham bu ro'yxatda yuqori o'rinlarda. 2024-yil statistikasi.

2024-yil davomida butun dunyo bo'ylab jami 128 mingdan ortiq millionerlar boshqa davlatlarga ko'chishgan va ko'chishda davom etadi deb yozmoqda Henley nashri. Xo'sh eng ko'p millionerlar ko'chish uchun qaysi davlatlarni tanlashmoqda va o'z navbatida qaysi davlatlardan chiqib ketishmoqda?

1-o'rin 🇦🇪BAA. Ayniqsa Dubay shahri bu borada yetakchi. Asosan past soliq stavkasi, hayot sifati yuqoriligi va global biznes uchun strategik markaz deb baholangan.
2-o'rin 🇺🇸AQSH. Mustahkam iqtisodi, innovatsiyalar va obro'li ta'lim dargohlari tufayli yuqori orinlarda.
3-o'rin 🇸🇬Singapur. Korrupsiya umuman mavjud emasligi va biznesning tezroq o'sishi ehtimoli millionerlarni o'ziga jalb qilgan.
4-o'rin 🇨🇦Kanada. Siyosiy barqarorlik, immigratsion bag'rikenglik va tabiiy resurslarga boyligi tufayli badavlat insonlarni mahliyo qilgan.
5-o'rin 🇦🇺Avstraliya. Hayot sifati, xavfsizlik va tabiat go'zalligi bilan e'tiborga tushgan.
Keyingi o'rinlarni esa Italiya, Shveytsariya, Portugaliya, Yaponiya va Gretsiya egallagan.

Qaysi davlatlardan millionerlar ko'chib ketishmoqda?
1.Xitoy, 2.Buyuk Britaniya, 3.Hindiston, 4-Janubiy Koreya, 5-Rossiya.

Millionerlar nima uchun Kanadani tanlashiga sabablar esa quyidagilar:
1) Biznes uchun texnologiya, moliya, ko'chmas mulk, investitsiya sohalarida imkoniyatlar ko'pligi.
2) Qonunchilikning shaffof ekanligi va biznesmenlarning ertangi kelajakka ishonchi yuqori ekanligi.
3) Jinoyatchilik pastligi, sifatli ta'lim va tibbiy xizmat. Bu ayniqsa farzand katta qilmoqchi bo'lgan oilalar uchun juda ham ma'qul tushgan.
4) Biznesmenlarning katta miqdorda investitsiya kiritishi orqasidan doimiy yashovchi maqomini olishi mumkinligi.
5) Ijtimoiy tenglik, demokratiyaning faqat qog'ozda emas amalda mavjudligi va inson huquqlarining hurmat qilinishi.

Aslida yaxshi hayot kechirish uchun qaysidir davlatga ko'chish shart emas, lekin bugungi rivojlangan asrda "butun yer yuzi" inson uchun vatanga aylanmoqda. Ayniqsa millionerlar uchun bir davlatdan ikkinchi davlatga tez-tez bora olishga moddiy jihatdan yetarlicha imkoni mavjudligi o'z vatanlarini sog'inib qolmasligini ta'minlab beradi.

Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun telegram kanalga ulanib oling, boshqalarga yuborsangiz, ularga ham foydali bo'ladi: 👉https://t.me/CanadAli

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

18 Oct, 05:40


Telegramni shu tarafi yoqmaydiki: kanal egasi ruxsatisiz turli reklamalar tashlab turadi. Agarda kanalimda men shaxsan o'zim tavsiya qilmagan qandaydir reklama paydo bo'lsa e'tibordan chetda qoldiring... 🤦‍♂️

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

16 Oct, 03:01


Kanada 🇨🇦 yoki Amerika 🇺🇸 Qaysi davlatga borish kerak?
Ayniqsa bu davlatlarga o'qish orqali borish va yashab qolish mavzusida batafsil ma'lumot berishga harakat qildim YouTube kanalimda.

Ayniqsa ingliz tilini yaxshi biladigan yoshlar yoki "qanday qilib bo'lsa" ham oila bilan bormoqchi bo'lganlar uchun foydali boladi. Amerika yoki Kanadani tanlay olmaydiganlar uchun ham mos keladi.

Videodagi asosiy mavzular:
1) Kanada va Amerikaga viza olish darajasi farqlari va statistikasi. Qaysi birida "otkaz" ko'proq va nima uchun odatda viza rad etiladi.
2) Qolib ketish yo'llari qaysi birida qanday va qancha vaqt oladi?
3) Narxlar qanday o'qimoqchi bo'lganlar uchun, o'zini eplasa bo'ladimi studentlar.
4)Yashash sharoitlaridagi farqlar. Jumladan, uy-joy, xavfsizlik, immigrantlarga munosabat, tibbiyot.


Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun telegram kanalga ulanib oling, boshqalarga yuborsangiz, ularga ham foydali bo'ladi: 👉https://t.me/CanadAli

Quyidagi havola orqali o'tib videoni to'liq ko'rish mumkin yoki yo'lda yurganda, biror ish qilganda podkast shaklida eshitsa ham bo'ladi.
👇
https://www.youtube.com/watch?v=HE9VmTG8J7A

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

15 Oct, 13:56


Kanada 🇨🇦 oxirgi immigratsiya xabarlaridan parcha.

Kanada va Hindiston munosabatlari sovuqlashmoqda. O'zaro diplomatik munosabatlar keskinlashishi natijasida endilikda bu viza berish va immigratsiya siyosatiga ham ta'sir qilishi mumkin. Ko'plab hindlar boshqa davlatlarga borish variantlariga, masalan Germaniyaga asosiy e'tiborni qaratishni boshladi. Xabaringiz bor, o'tgan yili Kanadaga eng ko'p Hindistonliklar viza olishgan. Umuman olganda esa 2 milliondan ortiq hindlar bugungi kunda Kanada hududida yashaydi.

Kuni kecha Kvebek provinsiyasi e'lon qilgan cheklovga ko'ra endilikda immigratsiya uchun faqatgina bir davlatdan maksimum 25 foizdan oshmagan miqdorda nomzodlar taklif qilinadi. Ya'ni immigratsiya jarayonida aynan Hindiston yoki Xitoydan ko'proq nomzodlar asosiy o'rinlarni egallab olishi adolatsizlik deb ta'kidlangan. Boshqa provinsiyalar ham shunday cheklov o'rnatishi va boshqa davlat vakillariga ham ko'proq imkoniyatlar berilishi tarafdorlari ko'paymoqda. Miqdorni 25 foiz emas 10 foizga tushirish taklif qilingan. Qo'shni davlat Amerikada bu bo'yicha 7 foizlik cheklov o'rnatilgan.

Sababi Kanada ko'p millatli davlat ekanligi va faqatgina bitta davlat vakillari ko'payib ketishi balansni buzishi ko'p yillardan beri aytib kelinadi. Ayniqsa xalqaro talabalar orasida ham bu ikki davlat vakillari soni ko'p ekanligi Kanada hukumatiga ma'qul kelmayapti. Bu esa O'zbekiston kabi aholisi Kanada hududida ancha kam bo'lgan davlatlarga ko'proq imkoniyatlar eshigini ochishi kutilmoqda.

Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun telegram kanalga ulanib oling, boshqalarga yuborsangiz, ularga ham foydali bo'ladi: 👉https://t.me/CanadAli

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

11 Oct, 04:34


Yana o'sha eski mavzu: 🇺🇸 "Amerika orzusi"ga yetish uchun Green cardga ariza tashlab qo'yavering. Sizdan nima ketdi?

Ayni hozir qizg'in mavsum Green card o'ynab omadni sinash davri boshlandi yana. Mazkur lotoreyada ishtirok etish mutlaqo bepul va sizdan arizani sifatli to'ldirish talab etiladi xolos. O'zbekistonliklar uchun har yili 5 mingdan oshiq kvota ajratilyapti.

Aytgancha, o'tgan yili Kanadaga 🇨🇦 student viza bilan kelgan 2 ta oilaga ham Green card chiqib qoldi. Bu ham bir omadda qarang!

Mana bu saytdan registratsiyadan o'tish kerakligini ko'pchilik bilsa kerak. 👉 https://dvprogram.state.gov/ Muhimi sifatli foto tayyorlatish va anketani to'g'ri to'ldirish. Yutuq chiqib qolsa hujjatlarni to'g'ri shakllantirish ham viza olishda muhim ahamiyatga ega. Qo'li yengil odam to'ldirsa balki omad kulib boqar shu safar. Lekin registratsiya kodini bermaydigan odamlardan uzoq yuring. Yutuq chiqib qolsa katta pul talab qilishlari mumkin.

Green cardga anketani Kanada 🇨🇦 hududidan to'ldirish omad keltiradi deb "irim" qilsangiz😉 va bu borada amaliy yordam kerak bo'lsa aloqaga chiqavering. 👉 @Mr_Ali_Canada

Lekin yana o’sha gap: faqat lotoreyaga ishonib qolmang. Hammasi harakatga bog’liq baribir. Shunchaki omadni yana bir bor sinab ko’ring xolos.

Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

08 Oct, 03:01


Kanada 🇨🇦 shaharlari bilan tanishtirib borishga qaror qildim telegram kanalimiz orqali.

Mazkur videolarda Kanadaning Vancouver, Toronto, Motreal, Calgary va Edmonton shaharlari arxitekturasidan bir parchasini ko'rishingiz mumkin. Kelgusi videolarda ham tez-tez shunga o'xshash shahar ko'rinishlari va qolaversa tabiat manzaralarini sizlar bilan baham ko'rishga harakat qilaman.

Aslida Instagram tarmog'i orqali har kuni shunday videolarni storis ko'rinishida joylab boraman. Mana bu yerda kuzatib borishingiz mumkin:
👉https://instagram.com/kanadalik_uzbek

Kanada
🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun telegram kanalga ulanib oling, boshqalarga yuborsangiz, ularga ham qiziq bo'ladi: 👉https://t.me/CanadAli

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

06 Oct, 00:11


Kanadaga o’qishga bormoqchi bo’lganlar 1-noyabrdan keyingi o’zgarishlarga mos strategiya tuzishi zarur.

Qanday yangilik bo’ldi?

O’qishni tugatgandan keyin beriladigan ishchi vizani olishda ba’zi bir o’zgarishlar kiritildi.

Magistratura, bakalavr yoki doktorantura yo’nalishlarida istalgan sohani tugatsangiz ham ishchi viza beriladi, lekin 1 yoki 2 yillik sertifikat yoki diplom programmalarni tugatsangiz ishchi viza faqat ma’lum sohalarni tugatganlarga beriladigan bo’lyapti.

Bu sohalar Healthcare, STEM(science, technology, Engineering, Mathematics), Transport, Agriculture va Trade (asosan qo’l mehnati sohalari) bo’lib aynan shu sohalarni tugatsangiz ishchi viza beriladi kelajakda.

Lekin 1-noyabrga qadar istalgan yo’nalishga o’qishga kirganlar viza uchun ariza berishga ulgursalar ularga bu cheklov amal qilmaydi. O’qishni bitirib ishchi vizani olaveradi. Lekin vizaga 1-noyabrdan keyin topshiradiganlar faqatgina yuqorida sanab o’tilgan sohalarga yaqin bo’lgan yo’nalishlarda o’qishga borishlari tavsiya etiladi.

Kanada o’zi uchun kerakli sohalarga studentlarni qabul qilishni amalga oshirishni boshladi. Soha tanlaganda e’tiborli bo’ling.

Mana bu yerda aynan qaysi sohalarni tanlash ma’qul ekanligi rasmiy havolasi berilgan.

Kanada vizasiga hujjat topshirishda amaliy huquqiy yordam 👉 www.canadali.net

Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada

Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

04 Oct, 03:54


Kimdir kimgadir sababchi bo'ladi. Kanada o'zbek jamiyati a'zolari soni yana bir oilaga oshdi. 🛫🇨🇦👏

Har qanday holatda ham nasiba qo'shilgan bo'lsa hech gap emas. Biz faqat sababini qilamiz, qolgani peshonadan. Agar shu davlatga borish yozilgan bo'lsa albatta o'xshaydi. Harakatdan to'xtamang.

Kanada vizasiga hujjat topshirishda amaliy huquqiy yordam 👉 www.canadali.net

Telegram orqali shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_Canada

Telegram kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli