hujayra.uz @hujayrauz Channel on Telegram

hujayra.uz

@hujayrauz


Bu kanalda biologiyaning turli sohalariga oid xabarlar, kashfiyotlar, faktlar hamda umuman ilm-fan haqida yozib boriladi.

Kanal Dr. Baxtiyor Sheraliyev tomonidan yuritiladi.

hujayra.uz (Uzbek)

Hujayra.uz kanali biologiyaning turli sohalariga oid xabarlar, kashfiyotlar, faktlar hamda umuman ilm-fan haqida yozib boriladi. Kanal Dr. Baxtiyor Sheraliyev tomonidan yuritiladi. Bu kanalda biologiya faniga qiziqishlaringizni yuqori darajada oshirishingiz mumkin. Dr. Baxtiyor Sheraliyevning o'z mehnatidan olingan bilimlar orqali siz biologiya sohasining eng so'nggi yangiliklari va rivojlanishlari bilan tanishishingiz mumkin. Kanalda siz biologiya sohasidagi eng yangi ma'lumotlarni o'rganishingiz uchun samarali va foydali yordam olishingiz mumkin. Bu kanal biologiya sohasiga qiziqish, ilmiy ma'rifat va kashfiyotlarga qiziqganlar uchun mo'ljallangan. Hujayra.uz kanali Dr. Baxtiyor Sheraliyev tomonidan yuritiladi va biologiyaning turli sohalariga oid ilmiy ma'lumotlar bilan to'ldirilgan. Siz ham bu kanalga a'zo bo'ling va biologiya sohasida o'z bilimingizni kengaytiring!

hujayra.uz

06 Nov, 04:48


Hurmatli biolog do‘stlar, nima deb o‘ylaysiz, ushbu rasmda qaysi biologik qonuniyat noto‘g‘ri talqin qilingan?

@hujayrauz

hujayra.uz

05 Nov, 18:22


🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

Xalqaro baliqlar katalogi (Eschmeyer's Catalof of Fishes)ning bugun yangilangan versiyasiga bizning Farg'ona vodiysidan qayd etgan yangi turimiz kiritildi.

Ushbu tur mening muallifligimga mazkur katalogga kiritilgan to'rtinchi tur bo'ldi. Albatta bu ixtiolog-taksonomist sifatida meni juda quvontiradi.

Ushbu katalogga kiritilgan men kashf etgan turlar quyidagilar:
1. Triplophysa ferganaensis Sheraliev & Peng, 2021
2. Triplophysa wulongensis Chen, Sheraliev, Lu & Peng, 2021
3. Triplophysa daryoae Sheraliev, Kayumova & Peng, 2022
4. Dzihunia pseudoamudarjensis Sheraliev & Kayumova, 2024

@hujayrauz

hujayra.uz

05 Nov, 18:06


Bugun Xalqaro baliqlar katalogi (Eschmeyer's Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma'lumotlar bazasi yangilanganligini e'lon qildi. Unga binoan 2024-yilning 5-noyabr kungi holatiga ko’ra, sayyoramizda 37 003 valid baliq turi mavjud. Bundan avvalgi yangilanish o‘tgan oy 2-oktabr kuni bo‘lgan edi. O‘tgan 34 kun davomida baliqlarning umumiy tur soni 20 turga ko‘paygan. Umumiy holda 2024-yil boshidan beri jami kashf etilgan yangi baliq turlari soni 307 tani tashkil qiladi.

P.S. yuqoridagi rasmda noyabr oyi avvalida O'zbekistonning Farg'ona viloyati hududidan oqib o'quvchi Katta Farg'ona kanalidan kashf etilgan karpsimonlar (Cypriniformes) turkumi daryo yalangbaliqlari (Nemacheilidae) oilasiga mansub yangi tur Dzihunia pseudoamudarjensis balig'i tasvirlangan. Yangi baliq turining kashf etilishi haqida batafsil xalqaro Zootaxa jurnalidan o‘qishingiz mumkin.

@hujayrauz

hujayra.uz

04 Nov, 15:32


Birozgina avval elektron pochtamga kirsam bir xabar kelibdi. Dastlab spam xabarmikan desam, unday emas. AQShdagi McClatchy News xabarlar saytining yovvoyi tabiat bo'yicha muxbiri ekan. Zootaxada e'lon qilingan yangi turimiz haqida qiziqish bildirib yozibdi. Maqolaning PDF faylini hamda undagi rasmlardan foydalanish uchun ruxsat so'rabdi.

Chet el OAV biz kashf qilgan tur haqida yozaman desa nega ham yo'q deyman. Unga maqola fayli bilan birga yangi turning bir qancha chop etilmagan rasmlardan yubordim. 😊

@hujayrauz

hujayra.uz

04 Nov, 08:53


Mamlakatimizning eng asosiy axborot nashri hisoblangan O'zbekiston Milliy axborot agentligi (UzA)da yangi kashf qilgan Dzihunia pseudoamudarjensis turimiz haqida yozishibdi. Xabar haqida hozirgina o'qib juda xursand bo'ldim. Bundan tashqari OAVlaridan daryo.uz, oyina.uz va zamin.uz saytlarida ham mazkur ilmiy yangiligimiz xabar qilindi.

Qo'llab-quvvatlov uchun jurnalistlarimizga o'zimning samimiy minnatdorchiligimni bildirib qolaman.

@hujayrauz

hujayra.uz

04 Nov, 08:49


Фарғоналик олимлар янги балиқ турини кашф қилди

Ўзбекистонлик олимлар Фарғона водийси сув ҳавзаларидан фан учун янги бўлган ялангбалиқ турини кашф этишди.

Батафсил: https://uza.uz/posts/653251

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе

hujayra.uz

03 Nov, 11:59


Қарағай дарахтида шохларнинг бу зич тўпланиши нима? Бу кимнингдир уясими? Еҳтимол, у ерда баъзи қушлар яшайди, лекин улар уни «қурмаган». Жодугар супурги деб аталадиган нарса (нопок кучларнинг ҳам бунга алоқаси йўқ 😊) ўсимликка турли хил паразитар организмлар — замбуруғлар, вируслар, бактерияларнинг айрим турлари, шунингдек соматик мутациялар туфайли зарар етказиши натижасида юзага келади. Қизиғи шундаки, паразитлар иштирокисиз мутациялар натижасида ҳосил бўлган жодугарнинг супургиси баъзи игнабаргли дарахтларнинг митти шаклларини олиш учун ишлатилиши мумкин: мутацияга учраган куртаклар оддий ўсимликка пайванд қилинади.

🇺🇿 Тошкент
📷 Динара Адылова
📅 25 октябр 2024


Обуна бўлинг 👉 Wildlife of Uzbekistan

Рус тилида 🧙‍♀️
Facebook Wildlife of Uzbekistan
Instagram Wildlife of Uzbekistan

hujayra.uz

01 Nov, 00:24


O'zbekiston ixtiofaunasi yana bir yangi turga boyidi.

Do'stlar, sizlarga O'zbekiston ixtiofaunasining yangi vakili bo'lgan Dzihunia pseudoamudarjensis Sheraliev & Kayumova, 2024 turini kashf etganimizni xabar qilishdan mamnunman.

Ushbu yangi tur Farg'ona vodiysidan qayd etildi. Shu vaqtgacha Dzihunia urug'ining 3 turi - D. amudarjensis (Amudaryo), D. ilan (Zarafshon) va D. turdakovi (Talas) ma'lum edi. Men hammuallifim va qadrdon opam Dr. Yorqinoy Qayumova bilan birgalikda ushbu urug'ning to'rtinchi turini tavsiflashga muvaffaq bo'ldik.

Yangi tur o'zining urug'doshlaridan yon chizig'idagi poralari soni (84-86 ta), ingichka dum bandi, orqa va anal suzgich qanotlarining kaltaligi hamda ko'zlararo masofasining yirikligi bilan farq qiladi. Yangi tur haqidagi maqola xalqaro Zootaxa jurnalida chop etildi.

Mazkur turni kashf etish jarayonida o'z hissasini qo'shgan barcha hamkasblar, shogirdlar va yaqinlarimizga o'z minnatdorchiligimizni bildiraman.

@hujayrauz

hujayra.uz

20 Oct, 10:08


Ilm-fan taraqqiyotining o'zagi - bu sizning tadqiqotlaringiz. Qanday tadqiqot olib borish, natijalarini umumlashtirish, rasmiylashtirish, va keng jamoatchilikka e'lon qilish - hammasi ilmiy maqola ko'rinishida dunyoga keladi.

Hozir sizlarga yana bir juda foydali manbani tavsiya qilmoqchiman:

Bo'lajak Akademik

Bu loyiha doirasida tashabbuskor jamoa a'zolari ilmiy maqola yozish borasida juda mukammal ma'lumotlarni berib kelishmoqda.


@hujayrauz

hujayra.uz

19 Oct, 18:14


BuxDUda mening do‘stim, ajoyib, kamtar, samimiy va eng muhimi o‘z sohasining haqiqiy mutaxasissi bo‘lgan inson Elbek Jalolov ishlaydi. Biroz avval do‘stim haqidagi ushbu rolikni Facebookda ko‘rib qoldim va sizlar bilan bo‘lishay dedim.

hujayra.uz

11 Oct, 11:20


2024-yilgi Tinchlik bo'yicha Nobel mukofoti Yaponiyaning Nihon Hidankyo tashkilotiga "yadroviy quroldan xoli dunyoga erishish va yadro qurolidan boshqa hech qachon foydalanmaslik kerakligini guvohlik ko'rsatish orqali ko'rsatgan sa'y-harakatlari uchun" berildi.

P.S. bu yil Tinchlik bo'yicha Nobel mukofoti tashkilotga berilishini taxmin qilgandim, lekin "World Central Kitchen" tashkiloti olsa kerak deb o'ylagandim. Har qanday holda ham yaponiyaliklarni Nobel mukofoti bilan tabriklayman. Ushbu yilgi Nobel mukofotlarining ikkitasi Osiyo davlatlariga berilganidan bag'oyat xursandman.

@hujayrauz

hujayra.uz

10 Oct, 16:41


Poliploid turlarda nechta jinsiy xromosoma bor?

Ushbu savol bilan avval ham murojaat qilishgan edi. Bu savolni u qadar jiddiy qabul qilmay, savol beruvchilar ko'proq kitob o'qishga da'vat qilib javob bermagan edim. Lekin o'tgan vaqt oralig'ida bu savol qayta va qayta kun tartibiga chiqmoqda. Yaqinda ham mana shu holat yuzasidan bir universitetda o'qituvchi va talabalar orasida bahs bo'lgani haqida yozib, savolga oydinlik kiritib berishimni so'rab yozishgan. Shundan so'ng ushbu savolga javob berish kerak ekan degan fikrga keldim.

Avvalo poliploid turlar degani nima ekanliginiga oydinlik kiritib olsak. Poliploidiya bu - eukariot organizm hujayrasida xromosoma gaploid miqdorining uch yoki undan ortiq marotaba karrali ortgan holda uchrash hodisasidir. Poliploid tur esa hujayrasida bir necha karra ortgan xromosomaga ega organizm. Poliploidiya hodisasi o'simliklar orasida juda keng tarqalgan holat, shu bilan birga bu holat hayvonlar (nematodalar, kapalaklar, baliqlar, amfibiyalar, sutemizuvchilar) orasida ham uchraydi.

Savolga qaytamiz. Poliploid turlarda nechta jinsiy xromosoma bo'ladi? Yuqorida poliploidiya bu xromosoma to'plamining karrali ortishi deb aytdik. Shunday ekan, kariotipda qanaqa va nechta xromosoma bo'lsa, ularning barchasi karrali ravishda ortadi. Mana shu poliploidiya uchun umumiy qonuniyat hisoblanadi. Shundan kelib chiqsak, poliploid turlarda xromosoma to'plami necha marotaba ortgan bo'lsa jinsiy xromosoma soni ham shuncha marta ortgan bo'ladi.

Tajtribalar va dalillar bunga nima deydi? Acta Biotheoretica jurnalida 1953-yilda chop etilgan R. Ruggles Gates ning "Polyploidy and Sex Chromosomes" maqolasini yoki Journal of Genetics jurnalida 1953-yilda chop etilgan Elisabeth Goldschmidt ning "Multiple sex-chromosome mechanisms and polyploidy in animals" maqolasini yoxud Genetics jurnalida 1979-yilda chop etilgan J.E.Madl va R.K.Herman ning "Polyploids and sex determination in Caenorhabditis elegans" maqolalarini bir karra ko'z yugurtirishni tavsiya qilaman. Ushbu maqolalarda o'sha davrdayoq poliploid turlardagi karrali jinsiy xromosomalar haqida yozilgan.

Shu o'rinda bir narsani yana bir karra aytmoqchiman, hurmatli biolog do'stlar, jinsiy xromosoma degani bu alohida ko'rinish va xususiyatli belgilangan xromosoma emas. Ayrim organizmlarda jinsni belgilaydigan ma'lum xromosomalar va ularda bir yoki bir nechta genlar oilasi mavjud. Ushbu genlarning qaysi xromosomada joylashganligi muhim emas. Eslaringizda bo'lsa men avval ham bir necha marotaba organizmlarda jins qanday belgilanishi, jinsiy xromosomaga bog'liq va bog'liq bo'lmagan holdagi jinsning rivojlanishi, shu bilan birga X va Y jinsiy xromosomalarnign kashf etilish tarixi haqida yozgan edim. Qolaversa hozirda "Sex Determination" degan biologiyada alohida yo'nalish shakllangan bo'lib, bunda organizmlarning jinsi nimalarga bog'liq ekanligi juda chuqur o'rganiladi, tekshiriladi, tadqiqotlar o'tkaziladi. Bu borada internetda materiallar nihoyatda ko'p, shunchaki ularni topib o'qish qolgan xolos.

@hujayrauz

hujayra.uz

10 Oct, 11:06


2024-yilgi Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti janubiy koreyalik yozuvchi Han Kangga “tarixiy jarohatlarga qarshi turadigan va inson hayotining mo‘rtligini fosh etuvchi shiddatli she’riy nasri uchun” berildi.

@hujayrauz

hujayra.uz

09 Oct, 10:17


2024-yilgi Kimyo bo'yicha Nobel mukofoti David Bakerga "hisoblanuvchi oqsillar dizayni uchun" hamda Demis Hassabis va John Jumperlarga "oqsil strukturasini bashoratlash uchun" berildi.

Kimyo bo'yicha Nobel mukofoti bu yil 116-marta berildi. Mukofotga 195 nafar olimlar sazovor bo'lgan. Ulardan 8 nafarini ayollar tashkil etadi.

@hujayrauz

hujayra.uz

08 Oct, 10:58


2024-yilgi Fizika yo‘nalishi bo‘yicha Nobel mukofoti Jon Hopfild va Jeffri Hintonlarga "sunʼiy neyron tarmoqlar yordamida mashinaviy oʻrganish imkonini beruvchi fundamental kashfiyotlar va ixtirolar uchun" berildi.

@hujayrauz

hujayra.uz

07 Oct, 11:30


Yangi O'zbekiston universitetidan Nobel haftaligida nobelcha sovg'a.

Fransiyalik olim, Iqtisodiyot yo'nalishi bo'yicha 2014-yilgi Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirol ilk marotaba O'zbekistonga kelmoqda. U iqtisodiyotning sanoat boshqaruvi, moliya, makroiqtisodiyot va bank boshqaruvi sohalarida kuchli bilim va tajribaga ega bo'lib, u asosan ushbu yo'nalishlarda tadqiqot olib boradi.

14-oktabr kuni talabalar, biznes egalari, olimlar va iqtisodiyot sohasi ishbilarmonlari uchun Jan Tirol tomonidan ochiq ma'ruza tashkil etilmoqda. Uchrashuvda olim tomonidan monopoliyalarni boshqarish va xalq farovonligiga erishish mavzularida suhbat tashkil etiladi.

Ma'lum qilinishicha tadbir o'zbek va rus tillarida sinxron tarjima qilinadi.


Uchrashuv 14-oktabr kuni soat 16:00da “Intercontinental Hotel Tashkent ” mehmonxonasida (Trilliant) bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuvda qatnashish uchun chiptalarni iticket.uz saytidan xarid qilish mumkin.

@hujayrauz

hujayra.uz

07 Oct, 10:56


2024-yilgi Fiziologiya yoki tibbiyot yo'nalishi bo'yicha Nobel mukofoti Viktor Ambros va Gari Ruvkunlarga "mikroRNK va uning transkripsiyadan keyingi gen regulyatsiyasidagi rolini kashf etgani" uchun berildi.

@hujayrauz

hujayra.uz

05 Oct, 13:12


Kelasi hafta dushanbadan Nobel haftaligi boshlanadi. Dushanba 7-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:30 da Fiziologiya yoki tibbiyot yo‘nalishidagi Nobel mukofoti sovrindorlari kimlar ekanligini bilamiz.

Seshanba kuni fizika, chorshanba kimyo, payshanba adabiyot, juma tinchlik va undan keyingi hafta dushanba kuni iqtisod yo‘nalishi bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari e'lon qilinadi.

Nima deb o‘ylaysiz fiziologiya yoki tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha bu yilgi Nobel mukofoti kim yoki kimlarga nasib qilar ekan?

@hujayrauz

hujayra.uz

04 Oct, 10:25


4-oktabr Xalqaro hayvonlar kuni

@hujayrauz

hujayra.uz

03 Oct, 02:14


Kecha Xalqaro baliqlar katalogi (Eschmeyer's Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma'lumotlar bazasi yangilanganligini e'lon qildi. Unga binoan joriy 2024-yilning 2-oktabr kungi holatiga ko’ra, sayyoramizda 36 983 valid baliq turi mavjud. Bundan avvalgi yangilanish o‘tgan oy 4-sentabr kuni bo‘lgan edi. O‘tgan 28 kun davomida baliqlarning umumiy tur soni 30 turga ko‘paygan. Umumiy holda 2024-yil boshidan beri jami kashf etilgan yangi baliq turlari soni 284 tani tashkil qiladi.

P.S. yuqoridagi rasmda sentabr oyida Qizil dengizdan Saudiya Arabistoni qirg'oqlaridan kashf etilgan buqabaliqsimonlar (Gobiiiformes) turkumi buqabaliqlar (Gobiidae) oilasiga mansub yangi tur Sueviota aethon balig'i tasvirlangan. Yangi baliq turining kashf etilishi haqida batafsil xalqaro Zookeys jurnalidan o‘qishingiz mumkin.

@hujayrauz

hujayra.uz

02 Oct, 07:37


Hurmatli biolog qadrdonlar, o'quv yili avvalida aytganimdek bu yilgi biolog bakalavr talabalar uchun "Sitologiya, gistologiya, embriologiya" (1-kurs) hamda "Genetika va genomika asoslari" (2-kurs) fanlaridan ma'ruzalar o'qiyman.

Mening ma'ruzalarim barcha uchun ochiq, biologiyaga qiziquvchilar bemalol universitetga kelib ushbu fanlardan o'qiydigan ma'ruzalarimda qatnashishi mumkin. Sitologiya bo'yicha ma'ruzalar har payshanba 1- va 2-juftlik (mos ravishda 8:00 va 9:30 da boshlanadi)da FarDU Tabiiy fanlar fakultetida (3-qavat 320-auditoriya) bo'lib o'tadi. Genetika bo'yicha ma'ruzalar ham har payshanba tushdan keyingi navbatda 1- va 2-juftlik (mos ravishda 13:00 va 14:30 da boshlanadi)da FarDU Tabiiy fanlar fakultetida (3-qavat 320-auditoriya) bo'lib o'tadi.

Ertaga (03.10.2024) sitologiyadan "Hujayrani o'rganish metodlari", genetikadan esa "Mendelning birinchi va ikkinchi qonunlari. Monoduragay chatishtirish" mavzularida ma'ruza o'qiyman.

Barcha biologiya shinavandalarini kutib qolaman.

P.S. rasmda sitologiyadan o'tiladigan ma'ruza taqdimotidan lavha keltirilgan.

@hujayrauz

hujayra.uz

01 Oct, 02:42


"Ilm olish odoblari" deb nomlangan bir kitobda ancha yillar avval bir narsa o‘qigan edim. Kishi olgan bilimi unga naf keltirishi uchun uch zotni albatta rozi qilishi shart. Bular Alloh, ota-ona va ustoz. Ulardan birining norozi bo‘lishi kishini kamolotdan uzoqlashishiga sabab bo‘ladi.

Ustozlarimiz baxtimizga hamisha sog‘-omon bo‘lishsin! Mashaqqatli va sharafli kasblarida hech qachon horishmasin. Boringizga shukur, aziz ustozlar!

1-oktabr "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan barcha ustozlarni chin qalbimdan tabriklayman!

🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉

@hujayrauz

hujayra.uz

26 Sep, 06:34


#Science_Talks #Protein_designing #Khondamir_Rustamov

Science TALKS loyihasi bo'yicha keyingi seminarimizga oqsil dizayn bo'yicha umidli tadqiqotchi, Xondamir Rustamov ni taklif qildik.

Mavzu: Sun'iy Idrok metodlari yordamida yangi oqsillar yaratish.

Sana va boshlanish vaqti: 2 oktabr soat 18:00

Ish joyi: Ilg'or Texnologiyalar Markazi Eksperimental Biofizika laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi.

Tadqiqodchi haqida: Ayni damda hujayra reseptorlariga bog'lanadigan oqsillar yaratish bo'yicha tadqiqot olib bormoqda. Hozirda neurodegenerativ kasalliklarda ahamiyatga ega Glutamat reseptorlariga va saraton rivojlanishida ishtirok etadigan EGFR reseptoriga bog'lanadigan yangi oqsillarni muvaffaqiyatli yaratgan.

Shuningdek, tadqiqodchi SI yordamida oqsillar yaratish bo'yicha o'z bilimlarini bo'lishish maqsadida CAT Protein design yozgi maktabi va o'z telegram kanalini yurgizib kelmoqda.

Seminarga Zoom orqali ushbu link orqali kirishingiz mumkin.

Do'stlaringiz bilan bo'lishishni unitmang!

@biology_uz

hujayra.uz

24 Sep, 15:26


Muzaffarbek To‘raboyev degan dzyudochi sportchimizning mana bu videosini ko‘rar ekanman ayrim sportchilarga nisbatan ishlatiladigan "bo‘ynidan pasti rivojlangan" degan ta'rif yodimga tushdi.

Ex ukajon, sport davlatni tanitishi mumkin, lekin ilm-fan bo‘lmasa biror davlat rivojlana olmaydi. Rivojlangan davlatlarni qarab ko‘r, barchasida ilm-fan rivojlangan, ilm-fanga e'tibor katta. Lekin sport rivojlangan har bir davlat ham birdek rivojlangan emas.

Ukajon, istalgan odam sportchi bo‘la oladi. Senda bor tana va muskul hujayrasi boshqalarda ham bor. Qunt, sabr va intizom bo‘lsa kifoya. Lekin kuchli matematik bo‘lish uchun sen aytgandek o‘tirib tayyorlanishning o‘zi yetmaydi. U uchun sen o‘ylaganingdan ming karra kattaroq resurs, mehnat va eng muhimi xudo yuqtirgan qobiliyat bo‘lishi kerak.

Iltimos, sportchilarni media personga aylantirmaylik, bo‘lmasa mana bunaqa qovun tushirib, qo‘pol qilib aytganda o‘zining naqadar omi ekanligini, dunyoqarashi hamqadarligini namoyish qilib, o‘zini ham, sportning ham sharmandasini chiqarar ekan. Bular yaxshisi sport bilan shug‘ullanaversin.

@hujayrauz

hujayra.uz

22 Sep, 14:24


22-sentabr Xalqaro karkidonlar kuni

Toq tuyoqlilar turkumi karkidonlar oilasiga mansub ushbu hayvonlar sayyoramizdagi eng noyob jonivorlardan biri sanaladi. Ularning ayni vaqtda 5 ta turi mavjud bo‘lib, ikkitasi Afrikada, qolgan uchtasi janubiy va janubiy-sharqiy Osiyoda uchraydi.

hujayra.uz saytida to‘rt yil avval karkidonlar haqida kattagina maqola chop qilgan edik. Karkidonlar, ularning muhofazasi haqidagi qiziqarli ma'lumotlarni ana shu maqolada o‘qishingiz mumkin.

@hujayrauz

hujayra.uz

19 Sep, 02:23


Mevalar shohi - zaytun

Zaytundoshlar oilasining vakili hisoblanagan zaytun (Olea europaea) doimiy yashil subtropik daraxt hisoblanib, undan qadim-qadimdan zaytun moyi olinadi. U tabiiy holda deyarli uchramaydi. Uning dastlabki tosh qoldiqlari Italiyaning O’rta Yer dengizi havzasi atrofidan 20-40 mln yoshli oligotsen epoxasi davri yotqiziqlaridan topilgan. Zaytun O’rta Yer dengizi atrofida bundan 7 ming yil avval madaniylashtirilgan.

Hozirda butun dunyo bo’yicha yiliga 20 mln tonnadan ortiq zaytun yetishtiriladi. Yetishtiruvchi davlatlar orasida Ispaniya, Yunoniston, Italiya, Turkiya va Morokko ushbu zaytunning deyarli 75% ini yetkazib beradi. Zaytunning 100 dan ortiq navi ma’lum. Ular bir-biridan rangi, o’lchami, shox-shabbasining shakli, o’sish xususiyatlari va albatta mevasidan olinadigan zaytun moyining sifatiga ko’ra farqlanadi. Zaytun daraxti bir uyli o’simlik bo’lib, ikki yilda bir marotaba meva beradi. Mevalari odatda sentabr-dekabr oylarida terib olinadi.

Avvaldan zaytun o’simligi muqaddaslashtirilgan bo’lib, uning moyi diniy marosimlarda keng qo’llanilgan. Shoxlari tinchlik, ezgulik, donolik, poklik ramzi hisoblangan. Qolaversa zaytun moyi bir necha marta ishlatish mumkin bo'lgan yagona moy hisoblanadi. Hozir O'zbekistonda ham zaytunni deyarli barcha supermarketlardan topish mumkin. U juda ham foydali meva bo'lib, imkon qadar ovqat ratsioniga kiritish tavsiya qilinadi.

Oramizda men kabi zaytunsevarlar bormi? Kimga qanday zaytun yoqadi? Masalan, men yashil va qorasini birdek yaxshi ko'raman.

@hujayrauz

hujayra.uz

18 Sep, 04:01


18-sentabr Butunjahon bambuk kuni

Bambuk bug‘doydoshlar oilasiga mansub o‘simliklar bo‘lib, u tez o‘suvchi o‘simliklar orasida avvalgi o‘rinlarda turadi. Bir sutka davomida 90 sm gacha o‘sa oladi. Bambukdan juda ko‘p - qurilish materiali, oziq-ovqat, kiyim-kechak, o‘rmonlashtirish kabi maqsadlarda foydalaniladi.

Bambuk o‘rmon xo‘jaligi 2023-yilda sanoatga 73.4 mlrd dollarlik xom-ashyo yetkazib bergan. Bambuk istiqbolli o‘simliklar hisoblanib, ushbu kunning maqsadi o‘simlik haqida dunyo bo‘yicha xabardorlikni oshirish, uning imkoniyatlari haqida keng ommaga ma'lumot yetkazishdan iborat.

@hujayrauz

hujayra.uz

11 Sep, 03:30


Paleontologiya yo'nalishidagi yangiliklardan bir shingil

Paleontologiya sohasiga ham juda qiziqaman. Shu bois imkon qadar ushbu sohadagi yangiliklarni ham kuzatib borishga harakat qilaman. So'nggi oyda paleontologiya bo'yicha amalga oshirilayotgan ilmiy yangiliklar bilan sizlarni ham qisqacha tanishtirib o'tmoqchiman.

🦖 Janubiy Xitoy hududidan bundan 70 mln yil avval Kech Bo'r epoxasida yashagan o'simlikxo'r dinozavrning yangi turi qayd etildi. Unga Qianjiangsaurus changshengi deb nom berildi.

🦖 Xuddi shunga o'xshash kashfiyot Ispaniyada amalga oshirildi. Bo'r davrida bundan 75 mln yil avval yashagan titanozavrlarning yangi turi aniqlandi. Unga tadqiqotchilar Qunkasaura pintiquiniestra deb nom berishgan.

🦖 Yaponiyadan Erta Bo'r epoxasida (113-100 mln yil avval) yashagan kichik dinozavrlarga oid bo'lgan yangi turning toshga aylangan suyak qoldiqlari aniqlandi. Unga Sasayamagnomus saegusai deb nom berishdi, uning uzunligi 80 sm, og'irligi 10 kg gacha bo'lgani qayd etilgan.

🦖 Mexikodan ham Kech Bo'r epoxasiga oid bo'lgan yangi o'rdaktumshuq dinozavr turi qayd etildi. Aniqlanishicha u 72,5 mln yil avval yashagan. Unga Coahuilasaurus lipani deb nom berilgan.

🦖 Dinozavrlarga oid yana bir qiziq kashfiyot avstraliyalik paleontologlar tomonidan amalga oshirildi. Unga ko'ra, Avstraliyaning Melburn shahrida joylashgan Wonthaggi formatsiyasidan terapod va ornitopod dinozavrlarning oyoq izlari qayd etilgan. 120 mln yil avval Erta Bo'r epoxasida Avstraliya qit'asi Antarktida bilan yonma-yon joylashgan bo'lgan. Qayd etilgan yangilik dinozavrlarning janubiy qutbgacha bo'lgan hududda tarqalganligini ko'rsatuvchi yana bir yangilik hisoblanadi.

🦖 Iordaniyadan topilgan yangi pterozavr topilmalari esa ushbu dinozavrlarning havoda uchish imkoniyatidan tashqari ularning uchish mexanizm va xillarida ham farqlanish mavjudligini ko'rsatdi.

🦖 Xitoylik paleontologlar ham ajoyib yangilikni amalga oshirishdi. Ular 120 mln yil avval yashagan dastlabki tishli qush Longipteryx chaoyangensis ning ikki namunasini qayd etishgan. Uning oshqozonida ochiq urug'li va ginkgo o'simliklarining toshga aylangan urug' qoldiqlari kuzatilgan. Shu vaqtgacha tishli qushlar baliqlar bilan oziqlangan deb qaralar edi. Yangi tadqiqot natijalari esa bu qarashni o'zgartirib yubordi.

🦖 Avstraliyalik paleontologlar Yuqori Oligosen epoxasida yashagan va bugungi kunda qirilib ketgan xaltali bo'rilarning uchta yangi turini aniqlashga muvaffaq bo'lishdi. Ushbu kashfiyot xaltali bo'rilar evolyutsiyasi va xilma-xilligi olimlar taxmin qilganidan qadimiyroq ekanligini ko'rsatdi.

@hujayrauz