Ozodaxon blogi @ozodaxon_blogi Channel on Telegram

Ozodaxon blogi

@ozodaxon_blogi


— NSP holder (3x)
— PhD student at NUU
— International Student at Comenius University (2022);
— Translator and Copywriter at Grantlar.uz and @grantlar_namuna
— Happily married♥️

Aloqa uchun: @Ozodaxonga_bot

Ozodaxon blogi (Uzbek)

Salom, Azizlar! Ozodaxon blogi telegram kanaliga xush kelibsiz! Bu kanalda sizning uchun eng so'nggi yangiliklar, qiziqarli maqolalar va fikrlar jamlangan

Ozodaxon blogi kanali @ozodaxon_blogi nomi bilan hamkorlik qiladi va unda o'z fikrlarini, tajribalarini, va yaratki mashhurliklarni o'z ichiga olgan shaxslar maqolalari joylashtiradi. Kanalda NSP egasi (3x), TSUULL magistranti, 2022 yilda Comenius Universitetida xalqaro talaba bo'lib o'tgan shaxs, Grantlar.uz va @grantlar_namuna saytlarida tarjimon va kopiyvrayter sifatida faoliyat yurituvchilar maqolalari ham joylashadi

Ozodaxon blogi kanali sizga dunyo bo'ylab yangiliklar bilan birga, yaratki fikrlar bilan tanishish, va o'z tajribangizni boshqalar bilan baham ko'rish imkoniyatini taklif etadi. Agar siz ham eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lishni xohlaysiz va yaratki maqolalar o'qishni istasangiz, Ozodaxon blogi kanaliga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling!
Agar boshqa savollar bo'lsa yoki aloqa uchun, @Ozodaxonga_bot bilan bog'lanishingiz mumkin

Yengil va qiziqarli manzilga qarang, Ozodaxon blogi telegram kanali - sizning eng yaxshi sherigingiz! Sizni kutib olishamiz!

Ozodaxon blogi

06 Feb, 15:24


Bunisini ko’ringlar😆

Ozodaxon blogi

06 Feb, 13:55


Qo’shiqchi bo’lganman 20 yil avval

Kanalimda avvalroq tilim to’liq chiqmay qo’shiqlarni yodlab, to’y-marosimlarda qo’shiqchilik qilganim haqida aytgandim.

U paytlari hozirgidek televizor avjidamasdi, qo’shiqlarni kasetalarda magnitafonga qo’yib yodlaganman.

Shu paytda kattalar aytgandi: bu qiz katta bo’lsa, “kimdir” bo’ladi.

Xotirani qaranglar, shu payt til o’rganish qishloqchamizga yetib bormagan ekan-da, essizgina.

Videoda qaysi qo’shiqni aytganman, nomini izohda yozinglar-chi, kim eslaydi shu paytlarni?

“Qo’shiqchi” qizni “do/posle” sini solishtirish uchun: https://t.me/Ozodaxon_blogi/724

@Ozodaxon_blogi

Ozodaxon blogi

03 Feb, 09:00


Ozodaxon blogi pinned «Yevropada o’qiymizmi? Hozirda Yevropaga bakalavr, magistratura, doktorantura va almashinuv dasturlari qabuli davom etmoqda. Jumladan: — Italiyada bakalavr (12 yillik ta’lim majburiy) va magistratura. Bunda to’liq grant asosida o’qiysiz, yillik 8000 yevrogacha…»

Ozodaxon blogi

03 Feb, 08:53


Buyuk Britaniyada tibbiyot bo'yicha o'qish

Tibbiyotda magistratura topish qiyin muammo, ko'pincha bizni bakalavrni qabul qilishmaydi.

Lekin yaqinda bir talabmizga TOP 120 o'rinda turuvchi universitetdan qabul xati olishida yordam berdim. UK universitetlariga topshirganlar jarayonni yaxshiroq tushunadi, yaxshigina murakkab.

Endi "El-yurt umidi" stipendiyasi ochilsa, shunga harakat qilib ko'radi. Barcha tibbiyotda o'qiydiganlarda shu imkoniyat bor.

Chet elda o'qish endi orzu emas, @Ozodakhon_work ka yozib, orzuni maqsadga, rejaga aylantiring

@Ozodaxon_blogi

Ozodaxon blogi

03 Feb, 07:15


Yuqoridagi barcha dasturlar bo'yicha individual mentorlik kursi tashkil qilaman. Narxlari sizga berilgan yordamga qarab talabalarga mos narxda qo'yiladi.

Yordam olish uchun @Ozodakhon_work ka quyidagilarni yuboring:
1. O'zingizni tanishtiring: o'qish/ish joyingiz, yo'nalish va darajangiz.
2. Topshirmoqchi bo'lgan dasturingiz, uning rasmiy havolasi.
3. Sizga aynan qanday yordam kerakligi haqida batafsil: hujjalaringizni tahrirlashmi tayyorlashmi, universitetga topshirishmi, vizagami yoki grantga.
4. Baholaringiz va til bilish darajangiz.

Ma'lumotlarni yuborganingizdan so'ng sizga hamyonbob narx aytiladi, bo'lib to'lash imkoniyatlari beriladi, zarur bo'lsa. Agentliklarsiz o'qishga keta olasiz.

@Ozodaxon_blogi

Ozodaxon blogi

03 Feb, 06:58


Yevropada o’qiymizmi?

Hozirda Yevropaga bakalavr, magistratura, doktorantura va almashinuv dasturlari qabuli davom etmoqda. Jumladan:

Italiyada bakalavr (12 yillik ta’lim majburiy) va magistratura. Bunda to’liq grant asosida o’qiysiz, yillik 8000 yevrogacha stipendiya beriladi. Dedlayn: universitetga qarab fevral-aprelgacha.

Latvian State scholarship. Latviyada barcha bosqich (bakalavr, magistr, PhD) o’qish uchun grant. Oylik stipendiya 500-700 yevro.

Slovakiyada to’liq grant: iqtisod va aloqador sohalarda kontrakt to’lovlarsiz o’qish. Bunda bakalavr, magistr va ayrim PhD uchun topshirish mumkin. Dedlayn: 28-fevral

Latviyada yozgi maktab: barcha bosqich talabalari va OTM o’qituvchilari, tadqiqotchilar uchun 1000 yevrogacha stipendiya.

NSP dasturi. Jonajon NSP haqida kanalimda ko’p yozganman. Dedlayn: 30-aprel.

Chexiyada magistratura uchun grantlar: kompyuter lingvistikasi, fizika, IT sohalarida o’qish uchun grant. Dedlayn: 30- aprelgacha

Britaniyada tibbiyot bo’yicha magsitratura: 27 ming AQSH dollari stipendiya. Dedlayn: 6-mart

Apple Developer Academy: Italiyada dasturlashga qiziquvchilar uchun 9 oylik kurs. Stipendiya bor, IPhone va Macbook gadjetlari beriladi. Dedlayn: 21-martgacha.

Turkiya burslari: barcha bosqich va sohalar uchun to’liq grant. 5 ming nafar nomzod uchun grant. Dedlayn: 20-fevralgacha.

Yuqoridagi dastur bo’yicha qanday savol bo’lsa, izohlarda yozing, yordam beraman😊

@Ozodaxon_blogi

Ozodaxon blogi

31 Jan, 11:05


Koreyada to'liq grant asosida o'qimoqchilar uchun

GKS grantiga arizalar qabul qilish boshlandi. Ko'pchilik menga GKS bo'yicha mentorlik kursi e'loni bo'yicha yozayotgan edi shu kunlarda. E'lon qildik.

👉 E'lon bilan tanishish 👈

Kursni GKS g'olibasi Kamola Hamidova bilan birgalikda olib boramiz. O'tgan yil shu kursda qatnashib, o'zimning sobiq NSP kursida qatnashgan o'quvchim GKS g'olibi bo'lgandi. Kurslarimiz manzur kelayotganidan xursandman)

Rasmda samimiy minnatdorlik hissini sezdingizmi?

@Ozodaxon_blogi

Ozodaxon blogi

21 Jan, 09:28


Toshkent yoshlarni sevadi: 1000 nafar qizlar uchun bepul SMM kursi

Xotin-qizlar uchun bepul SMM kursining ikkinchi mavsumiga arizalar qabul qilinmoqda. Unda Toshkent shahrida doimiy istiqomat qiluvchi, 30 yoshgacha hamda vaqtincha ishsiz bo‘lgan qizlar ishtirok etishlari mumkin.

Dasturda quyidagilar o‘rgatiladi:
- ijtimoiy tarmoqlarni yuritish;
- targeting va maqsadli auditoriya tahlili;
- grafik kontent yaratish;
- kopirayting;
- mobilografiya ;
- B2B sotuvlar;
- shaxsiy brend;
- portfolio yaratish va boshqalar.

Ro'yxatdan o'tish 2025-yil 5-fevraligacha @smaktabbot Telegram-boti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

👉 Batafsil: https://t.me/poytaxtuz01/482

@Ozodaxon_blogi

Ozodaxon blogi

14 Jan, 04:47


Yaxshi xabarlar bor menda, sizlar bilan ulashgim keldi. Nima deb o'ylaysizlar, izohlarda taxminingizni qoldiring☺️

Ozodaxon blogi

10 Jan, 04:14


Ozodaxon blogi pinned «#mentorlik Bayram kayfiyatidan uyg’ondingizmi? Endi yangi rejalarni amalga oshirish vaqti keldi. Kelasi yangi yilni Yevropada kutmoqchi bo’lganlar bormi? NSP bo’yicha mentorlik kursni qabuli 10-yanvargacha davom etadi. Bundan keyin guruh darslariga qo’shila…»

Ozodaxon blogi

06 Jan, 12:06


O'zimizning NSP dan qo'ymasin!

NSP imkoniyatlarini bitta postga jamlamagan ekanman, o'ylab qarasam. Qadriga yetish uchun avval yaxshilab tanishib chiqish kerak.

Moliyaviy imkoniyatlar:
NSP stipendiyasi kundalik xarajatlaringizni qoplaydi, agar siz zodagonlardek yashamasangiz😄

Stipendiya miqdori:
- Bakalavriat va magistratura talabalari: Oyiga 620 yevro;
- Doktorantlar: Oyiga 1025,50 yevro;
- Tadqiqotchilar va o‘qituvchilar:
Ilmiy darajasiz yoki tajribasi 4 yildan kam: Oyiga 1025,50 yevro;
PhD darajasi va tajribasi 10 yildan kam: Oyiga 1370 yevro;
PhD darajasi va tajribasi 10 yildan ortiq: Oyiga 1470 yevro.

Travel allowance:
NSP talaba va doktorantlarga qo‘shimcha ravishda sayohat uchun bir martalik mablag‘ (travel grant) ham ajratadi. Bu mablag‘ masofa asosida belgilanadi: 3000 km dan 5000 km gacha (shu jumladan O‘zbekiston): 750 yevro;

O‘qish va tadqiqot imkoniyatlari:
- Slovakiyaning eng ilg‘or universitetlarida o‘qish, professorlar Amerika, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yangi Zelandiya kabi davlatlardan kelgan;
- Xalqaro ilmiy laboratoriyalar va tadqiqot markazlarida ilmy ish qilish;
- Professional bilim va tajribangizni kengaytirish uchun ajoyib imkoniyat.

Asosiysi, qabulda IELTS talab etilmaydi, yosh chegarasi yo'q, talablari shu o'qiyotgan/ishlayotgan bo'lsangiz, nafas olsangiz bo'ldi😁

Endi, o'zbeklar uchun ko'p ahamiyatga ega Yevropa vizasiga ega bo'lasiz va butun shengen davlatlar bo'ylab sayohat qilasiz.

Men qilgan sayohatlar haqida shu postdan pastga qarab o'qishingiz mumkin. Hamyonbop sayohat qilish usullari haqida ham yozganman.

Keyinchalik boshqa davlatlar vizasiga topshirganingizda, shengen viza sizga zo'r visa history bo'lib beradi.

Ma'lumot uchun, aynan NSP O'zbekistonliklarni eng ko'p qabul qilayotgan va yaxshigina stipendiya berayotgan yagona exchange dastur hisoblanadi. Bunaqasi yana qayda bor?)

O'zingizni bunga kuchim yetmaydi, tajribam yo'q desangiz, mening mentorlik xizmatimdan foydalaning, yiliga siz kabi 100 ga yaqin talabalarga yordam berib kelaman. Ketkazgan investitsiyangizga achinmaysiz.
👉 Ma'lumot uchun: @Ozodakhon_work

@Ozodaxon_blogi

Ozodaxon blogi

03 Jan, 07:01


#Vakansiya

Yevropa Ittifoqiga aloqador tashkilotda ishlashni xohlaydiganlar bormi? Ma’muriy yordamchisi / Til bo’yicha yordamchi izlanmoqda.

Talablar: asosiysi ingliz tilini mukammal biladigan rus va/yoki o’zbek tilida so'zlashuvchi; nemis tilini bilish afzallik bo’ladi.

👉 Ish o'rni talablari va vazifalari bilan BU YERDA tanishing.

Ishning kutilayotgan boshlanish va tugash muddati: 13.01.2025 - 31.07.2026

Ariza topshirish uchun ingliz tilida va “Europass” formatida rezyumeni (CV) quyidagi elektron pochta manziliga 17.01.2025 yilgacha yuboring: [email protected] “Administrative Assistant / Language Assistant to the Resident Twinning Advisor” lavozimi eslatib o’tgan holda.

Faqat qisqa ro’yxatga kiritilgan nomzodlar xabardor qilinadi. Suhbatlar 2025-yilning yanvar oyida boshlanishi kutilmoqda.

@Ozodaxon_blogi

Ozodaxon blogi

03 Jan, 04:24


#visa_UK

Xullas, Buyuk Britaniyaga viza topshiryotgan bir insonga yordam bergandim. Maqtanish esimdan chiqib ketibdi.

Ma’lumot uchun, bu kishi “El-yurt umidi” stipendiyasi sovrindori bo’lganlar. Men yutganlaridan keyingi bosqich: vizaga ariza to’ldirish (naqd 14 bet bo’ldi), TB testga registratsiya qilish, VFS Globalga registratsiya qilish, mehmonxona bron qilish, xullas, viza olgunlarigacha hamma ishlarida yordam berdim.

Ayollarini ham shu bosqichlardan o’tkazdim “dependent“ sifatida. Natijasi chiqsa, xabar beraman.

@Ozodaxon_blogi

Ozodaxon blogi

01 Jan, 09:50


#mentorlik

Bayram kayfiyatidan uyg’ondingizmi? Endi yangi rejalarni amalga oshirish vaqti keldi.

Kelasi yangi yilni Yevropada kutmoqchi bo’lganlar bormi? NSP bo’yicha mentorlik kursni qabuli 10-yanvargacha davom etadi. Bundan keyin guruh darslariga qo’shila olmaysiz.

Hujjatlarni tekshirish va individual xizmatlar ishlashda davom etadi.

Kurs haqida batafsil @Ozodakhon_work ka yozing.

NSP dasturi bo’yicha savollaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin.

@Ozodaxon_blogi

Ozodaxon blogi

26 Dec, 16:26


Live stream finished (28 minutes)

Ozodaxon blogi

26 Dec, 15:58


Live stream started

Ozodaxon blogi

26 Dec, 15:55


Suhbatga tayyormisizlar?

Ozodaxon blogi

26 Dec, 09:53


Yevropa markazida kontraktsiz ta'lim: bakalavr, magistratura, doktorantura

2025-yildan boshlab Bratislavadagi ekonomika universiteti ingliz tilidagi o'quv dasturlari uchun kontrakt to'lovsiz o'qishni joriy qildi.

👉 O'quv dasturlari bilan BU YERDA tanishing

Dasturga ko'ra, bakalavr, magistratura va arim doktorantura yo'nalishlarida bepul, kontrakt to'lovsiz o'qish mumkin. Hujjat topshirish 2025-yil 28-fevralgacha davom etadi.

IELTS talab etilmaydi, ariza topshirish to'lovi esa 90 yevro.

Dasturni o'rganib chiqsangiz, Double degree berish, qo'shimcha Erasmus dasturlari bilan boshqa Yevropa davlatlarida grant asosida o'qish, ish bilan ta'minlanish imkoniyatlari haqida ma'lumot yozilgan.

Thank me later:)

@Ozodaxon_blogi

Ozodaxon blogi

26 Dec, 05:49


Yevropani markazida bakalavr, magistratura va Phd ni bepul, hech qanday kontraktsiz o’qishga qiziquvchilar bormi?

Hukumat granti haqida gapirmayapman, qo’shimcha til bilishingizam shartmas, ingliz tilida Yevropa markazida bepul o’qish.

IELTS shart emas)

Reaksiyalar 100 tadan oshsa, batafsil yozaman.

@Ozodaxon_blogi

Ozodaxon blogi

26 Dec, 04:58


NSP haqida suhbat

Bugun 21:00 da NSP g'oliblari uchun suhbat tashkillanadi. Suhbatda g'olib bo'lgandan keyingi jarayonlar: viza,bilet olish, yashash xarajatlari, stipendiya berilish tartibi va boshqalar haqida gaplashamiz.

NSP ning keyingi mavsumida qatnashmoqchi bo'lganlar ham o'z savollarini berishi mumkin suhbat so'nggida.

@Ozodaxon_blogi

Ozodaxon blogi

25 Dec, 16:00


Live stream scheduled for

Ozodaxon blogi

23 Dec, 14:14


Ovozli chat tashkil qilaymi?

Grant yutganlarda savollar bor emish keyingi bosqichlar bo’yicha. NSP ga endi topshirmoqchi bo’lganlar ham suhbat yakunida savollarini so’rab olishlari mumkin.

Suhbat tashkillashimizni istasangiz, reaksiya qoldiring va savollaringizni izohlarda yozib qoldiring.

Suhbat vaqti bugun 21:00 da yoki chorshanba 21:00 da bo’lishi mumkin. Qaysinisi qulay?

Savollar soni 10 tadan, reaksiyalar 20 tadan oshsa suhbat tashkillaymiz

@Ozodaxon_blogi

Ozodaxon blogi

23 Dec, 10:22


Tajriba gapiradi

3 yildan oshibdi, NSP dasturga talabalarning hujjatlarini topshirishda ko’maklashaman. Faqatgina mentorlik kurs orqali emas, bot, shaxsiy orqali va guruhda berilgan savollarga javob berib kelaman.

Oxirgi yillarda kvota kamaygani bois arzimagan sabablar bilan hujjatlar rad qilingan. Natija chiqqan kundan buyon hujjatlari rad etilgan nomzodlar menga aloqaga chiqadi, kursimdan tashqaridagilar asosan.

Har bir rad etilgan hujjatlarni o’rganib, yechim beraman. Kelgusida shu xatolarni mentorlik kursimdagi o’quvchilar qaytarmasligini xohlayman. Ma’lumotlar juda ko’p, tekinga bersam, qadri qolmaydi.

Mentorlik kursimni esa shunaqa qimmatbaho ma’lumotlar bilan boyityapman. Ayni paytda individual xizmatdan 5 kishi foydalanmoqda va ularga har bir hujjat bo’yicha rad etilishga olib kelinadigan sabablarni erinmay yozib berishga qaror qildim.

Guruh darslarimiz esa yanvardan boshlanadi. Tariflarimiz ko’p va xizmatga yarasha eng minimum narxlar qo’yganman. 300 ming so’mdan boshlanadi😄

Hujjatlaringiz arzimagan sababga ko’ra rad etilishini xohlamasangiz, mentorlik xizmatdan tortinmay foydalaning. Ma’lumot uchun @Ozodakhon_work

@Ozodaxon_blogi

Ozodaxon blogi

19 Dec, 06:59


#nsp
#phd
PhD - B kategoriyaga topshirayotganlar uchun muhim!


Bu mavsumda PhD talabalari uchun kvota keskin kamaydi. Garchi nomzodlarning profili va hujjatlari talabga bemalol javob bersa ham, 80% yuqori ball to’plaganda ham moliyaviy imkoniyat kamligi bois qabul qila olishmagan.

Rasmda natijani ko’rishingiz mumkin, bakalavr talabalarini ishidan 2 barobar yaxshiroq edi, masalan, bu nomzodning ishlari. Ilmiy ishlari o’tgan mavsumda 8,5 olgan edi. Lekin shunchaki kvota kamligi uchun bu safar natija kutilgandek bo’lmagan.

Kelgusi yillarda kvota yana kamayishi mumkin, shunga qarab harakat qilishingizni so’rayman.

@Ozodaxon_blogi

Ozodaxon blogi

17 Dec, 05:02


NSP natijalari haqida

Yaxshi xabarlardan boshlayman, NSP natijalari bo’yicha hali ham O’zbekiston yetakchilik qilib turibdi, ko’rib turganingizdek. Statistikani BU YERDA yozdik.

Har safar natijalar chiqqanda xursand bo’laman, kimlarningdir katta ushalmas orzusi amalga oshishni boshladi.

Ular endi parvoz qiladi, Yevropaga boradi, bilim, tajriba, muloqot, dunyoqarash. Barchaga xayrli bo’lsin.

Kecha shaxsiyda rahmat deb yozganlarga javob yozib, kanalga post yozolmay qoldim.

Ayrimlaridan namuna keltiryapman. Odatda bunaqa narsalar joylamasdim, balki kimgadir Motivatsiya bo’lar. Barcha harakat qilganlarga xayrli bo’lsin

@Ozodaxon_blogi

Ozodaxon blogi

16 Dec, 12:21


NSP natijalari e'lon qilindi.

Ko’rib turganingizdek, avvalgi yilga nisbatan o’zbeklar 2 barobar kamaygan. Asosiy sabablarni keltiraman:

1. Kvota kamaygan. Solishtirib ko’rsangiz, o’tgan yilgiga qaraganda bu yil kam odam qabul qilishgan.

O’tgan yil A kategoriya uchun 83 ta, B kategoriya uchun 30 ta, C kategoriya uchun 59 ta qabul qilingan edi.

2. Fakultetlar dolzarbligi. E’tibor bergan bo’lsangiz, asosan, injinerlik, IT va ekonomika sohalariga ustunlik berilgan. Tibbiyot, ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun raqobat yuqori bo’lgan va ulardan eng maqbullari saralab olingan.

3. Hujjatlarni chuqurroq tekshirish. Ha, bu yil yanada jiddiyroq tekshirildi hujjatlar, shu sababdan travel allowance berilmagan hamda rad etilgan vaziyatlar ko’paydi.

Boshqa sabablar ham o’rganilmoqda, kelgusi yillarda nomzodlardan e’tiborli bo’lish va kvota bundan ham kamroq bo’lishiga tayyor turishni so’rab qolamiz.

@Ozodaxon_blogi

Ozodaxon blogi

15 Dec, 16:49


NSP, NSP deysiz, arziydimi o’zi, “real otziv”dan ko’raylik, deganlar uchun maxsus.

Men so’ramasam ham, o’zlari xohlab, dastur davomida o’tkazgan vaqtlari, olayotgan bilimlaridan xursand bo’lib, kelgusida topshirmoqchi bo’lganlarga yuborishibdi.

Qancha davlatlarga sayohat qilishdi, dunyoqarashlari kengaydi. Xursandman barchasi uchun😇

Videoni ko’rib, sizning ham NSP da qatnashgingiz keldimi?

@Ozodaxon_blogi

Ozodaxon blogi

15 Dec, 07:13


#documents

Yutug’im yo’q, CV qanday yaxshilashim mumkin?

Hujjatlarni tayyorlashda yordam berish bo’yicha 3 yillik tajribamda eng ko’p uchragan savol shu. Sizlarga ham ilindim:

1. Shaxsiy ma’lumotlar. CV da xoh u orofessional, xoh akademik bo’lsin. shaxsiy ma’lumotlaringiz berilishi shart. Tug’ilgan sana va manzillar, hozirgi yashah manzilingiz, aloqa ma’lumotlari (email va telefon raqam).

2. Ta’lim ma’lumotlari. Qayerda ta’lim olganingiz haqida aniq yil, sanasi, manzili va nomigacha yozing. E’tibor bering, tartibda hozir o’qiyotgan joyingiz avval, undan keyin esa undan avvalroq o’qigan joyingiz yozilishi kerak. Ko’pchilikda shu teskari bo’lib qoladi.

3. Professional ma’lumotlar. Ishlagan joyingiz manzili, ish lavozimingiz, ishingizda qilinadigan asosiy vazifalaringiz (kamida 3 ta), ishlagan sanalaringiz, tashkilot nomi aniq kiritilishi kerak. Tartibga ko’ra, bunda ham hozir ishlayotgan joyingiz eng tepada, undan avvalgisi uning tagidan yozilishi talabga muvofiq.

3. Til bilish darajangiz. Ona tilingiz va qo’shimcha qaysi tilni qay darajada bilishingizni kiriting. Agar til bilish sertifikatingiz bo’lsa, ilova qiling.

4. Qiziqish va hobbilar. Har qanday dastur yoki ishga qabul qilivchi uchun muhim hisoblanadi. Nomzod bo’sh vaqtini qanday o’tkazishi, uning aslida kim ekanini ko’rsatadi:)

5. Shaxsiy xislatlar. O’zingizni introvert hisoblaysizmi, qanday yaxshi xislatlaringiz bo’lsa, ayamay yozing. Punktuallik, mas’uliyatli bo’lish, o’zaro kirishuvchanlik xislatlari, masalan, ko’pchilik e’tiborini tortadi va sizga plyus yig’ib beradi.

6. Qo’shimcha kurs/yutuqlar. Har xil onlayn/oflayn kurslarda qatnashganingiz, biror tadbirlarda qatnashganingizni ham qo’shsangiz bo’ladi.

CV ni yanada boyitish uchun nimalar qilish kerakligini mentorlik kurslarimda aytib o’taman. Qiziq bo’lsa, bu postni ham o’qib ko’ring.

Post foydali bo’lgan bo’lsa, reaksiya qoldiring va do’stlaringizga ulashing. Natijaga qarab sizga CV uchun tayyor template tashlab beraman. Tahrirlab, bemalol ishlatsangiz bo’ladi.

@Ozodaxon_blogi

Ozodaxon blogi

19 Nov, 05:41


#benefits

NSP dasturining eng katta foydasi

NSP dasturi 5-10 oy davomida nimanidir mukammal o'rgana olmasligingiz mumkin. Lekin kelgusi ishlaringizda asqatadi, albatta.

Hozir qanaqadir stipendiyasi, networking yoki sayohatlar haqida aytmoqchimasman yoki keyinchalik ishga joylashish imkoniyatlari haqida ham emas.

Asosiy jihati bu "Visa history". O'quvchilar NSP dan keyin boshqa davlatlarda o'qish/yashash uchun harakat qilishadi. Yevropa vizasiga ega bo'lganlarga keyinchalik, ayniqsa, Shengen vizalarini olish imkoniyati osonlashadi.

Yevropa, Kanada, AQSh va boshqa davlatlarga ketayotganlar uchun yaxshi imkoniyat!

@Ozodaxon_blogi

Ozodaxon blogi

18 Nov, 15:22


Tanishim ko'chadan topib olibdi. Kartalar egasini taniydiganlar bo'lsa, unga xabar beringlar. Yoki Navoiy viloyat guruhlarida bo'lsanglar, so'rab ko'ringlar. Izlab yurgandir.

Botga yozsa (@YS_muloqot_bot), topib olgan kishining telefon raqamini beraman.

Ozodaxon blogi

17 Nov, 06:33


Talabalar afsuslanmasligi uchun maslahatlarim

Talabalik yillarimda (4+2) qilmagan ekanman shuni, deb ba’zida afsuslanib qolaman yoki boshqa afsuslanganlarni ko’p uchrataman. Sizlarga aynan shu yillarda qilishingiz kerak bo’lgan va bo’lmaganlarini aytmoqchiman.

1. Universitet diplom va yaxshi networking beradi. Borib-kelsam, ekspert bo’laman deb umid qilmang.

2. Yo’nalishingizdan qat’iy nazar ingliz tilini o’rganing. Qo’shimcha manbalarni o’rganishga va kelajakda daromadli ishda ishlashga katta yordam beradi. 3-kursda IELTS olib qo’ying:)

3. Amaliyot qiling. Sohangiz bo’yicha biror ustozga shogird tushing, amaliyot qiling. Arzimagan pul yoki bepulga ham qilingan harakat keyin natijasini beradi.

4. Xalqaro grantlarga topshiring. Bakalavr yillarida UGRAD, NSP, OSCE, Stipendium Hungaricum va boshqa grantlar haqida izlaning, topshiring. Yutmagan taqdiringizda ham katta narsa olasiz.

5. Mahalliy tanlovlarda qatnashing. Chetga chiqishga ruxsat berishmaydi, til bilmayman degan bahonalaringiz bo’lsa, mahalliy tanlovlarda qatnashing. Shaxsan o’zim ko’plab respublika tanlovlarida qatnashib yaxshigina pul va sovg’alar yutib olganman.

Hech qachon kech uxlab, kech uyg’onmang. Vaqtingiz — pul, o’qishni bitirgach siz ishlashingiz, pul topishingiz kerak va u payt o’qish uchun hozirgidek imkon bo’lmaydi.
Sizni moliyaviy inqirozga yetaklovchi har xil klublar, ijtimoiy tarmoqlarda reels ko’rish va behuda soatlab kimlar bilandir gaplashishni to’xtating. Agar shu narsalar foyda berganda hozir hamma milliarder bo’lib ketardi.

Tabriklayman, talabalar. Oltinga teng davrdan foydalanib qoling.

@Ozodaxon_blogi

Ozodaxon blogi

16 Nov, 17:22


Havas qilardim: turmush o’rtog’idan boshqasiga qaramaydigan, yozmaydigan, muloqot qilmaydigan ayollarga. O’zimni men bunaqa bo’lolmayman deb o’ylardim. Chunki men doimiy o’g’il-qiz do’stlarim bilan ko’rishib, gaplashib turardim.

Qizig’i, ular ijtimoiy tarmog’da faolligimni yoki kim bilandir gaplashishimni taqiqlamagan, hech qachon.

Blogda bu baxtni so’zlar bilan yozib berolmay qoldim. Ishonasizmi yo’qmi, buni qizg’ondim. Endi hayotimda nimadir “share” qiladigan voqea sodir bo’lsa, haqiqatda qiziqadigan, muhim deb qaraydigan odam paydo bo’ldi.

Endi odamlarning reaksiyasi, obunachilar soni, izohlari, umuman shaxsiyga kelgan xabarlar ham meni qiziqtira olmasdi.

O’g’il bola do’stlar bilan aloqani butkul to’xtatdim, chunki bunga ular pozitiv qaramaganlar. Lekin hech qachon yozmang, nimadir degan taqiq bo’lmagan. Shunchaki ularning kayfiyatiga, xavotiriga sababchi bo’lishi mumkin bo’lgan hamma narsani to’xtatdim. O’zim chin dildan xohladim buni.

Hozir ham shunday, ular menga qanday xotirjamlik, xalovat bergan bo'lsalar, xuddi shunday munosabat qaytarishga bor kuchim bilan tirishaman.

Har qanday munosabatlarda, eng avvalo, ishonch. Bir marta yo'qolsa, boshqa tiklash imkonsiz.

@Ozodaxon_blogi

Ozodaxon blogi

16 Nov, 17:10


Bilmadim, nima yaxshi ish qilgan ekanman, Alloh meni shunaqa tarbiyali, keng fikrli, iymonli insonga ravo ko’rdi. Ochig’i, hammaga shunday baxt tilagan bo’lardim: yoringiz boshqa qizlarga qarashidan xavotirlanmaslik, kelajagingiz u bilan yaxshiroq bo’lishiga ishonish, keyinroq farzandlaringizga har tomonlama o’rnak bo’la olishini o’ylaganingizda ichingizda boshqacha xalovat paydo bo’ladi.

Oilalariga kelin bo’lib, kelinlikni deyarli his qilmadim: tong sahar uyg’onmadim hech qachon, yorim ham buni xohlamasdilar, ularning oilasi ham buni chiroyli qabul qilishdi.

Eng asosiysi, meni nima kiyishim, ishlash-ishlamasligim, qayoqqa borish-bormasligim — hammasini turmush o’rtog’im hal qilar edi. Qaynonam doim tayinlaganlar: “Xo’jayiningiz nima desa, shu, qizim”.

Bu narsalar menga illuziyadek tuyilardi. Nahotki o’zim xohlagan hayotda yashayapman?

@Ozodaxon_blogi

Ozodaxon blogi

16 Nov, 17:01


#engagement

Taklif berganlarida men ham xuddi shu Monica kabi ishonmaganman. Niyati jiddiy ekanligi, Samarqanddan Farg’onaga kelib dadamlar bilan gaplashmoqchi ekanligini aytganlarida ishona boshlagandim.

Shu o’rinda yigitlarga ham tavsiya: kimnidir yoqtirsangiz, niyatingiz jiddiy bo’lsa, qizning oldidan bir marta o’ting va qizni otasiga yuzlaning. Yillab qiz bilan gaplashib yurish oqibatida ko’ngil sovishi va boshqa oqibatlar yuzaga kelishi mumkin.

Uydagilar, albatta, qizlarini uzoqqa berishga rozi bo’lishmagan. Ota-onam bilan alohida gaplashib, o’zlari rozi qilganlar. Orada meni ham ko’ndirishga biroz vaqt ketgan.

Unashuvdan keyin esa xotirjamlik sezganman, endi ota-onam ko’ngli tinch, odamlarning har xil gaplari kamaygangan, hammasi yaxshilikka o’zgargan.

Menda ham kelajakka umid paydo bo’lgan: endi istagan joyda yashashimiz, istaganimizdek rejalar qila olishimiz mumkin. Chunki ularning xarakteri “o’zbekona” bo’lmagan.

@Ozodaxon_blogi

Ozodaxon blogi

16 Nov, 16:03


“Friends” serialni ishqibozlari bormi?

https://youtube.com/shorts/BA1aWQyGmrs?si=MgCCXByE82htSHOt

Ozodaxon blogi

16 Nov, 16:00


#friends

Balki sizda ham bo’lgandir: yoshlikdan hozirgacha do’st bo’lgan biror tanishingiz. Unga hamma sirlaringizni aytasiz, har qanday vaziyatda yordam so’ray olasiz.

Biz ham begona emasdik. Ular bilan akademik litseyda 1 yil birga o’qiganmiz. Guruhda hammadan ajralib turuvchi tarbiyasi, xarakteri, sokinligi, asosiysi, aqlliligi meni ko’p qiziqtirgan. Matematikadan masalalarni ulardan 1-ishlashga harakat qilardim.

Zakovat savollaridan berib boshini qotirardim. Qo’shiqni ham mendan yaxshiroq kuylardilar. Xullas, qandaydir ham raqibim, ham do’stim edi.

1-kurs tugamasdan dadalarining harbiy xizmatlari tugagani bois Samarqandga ko’chib ketadigan bo’lishdi. U paytda qanaqadir “raqibim”dan ayrilyotganimga qattiq xafa bo’lganman.

Ketishlari oldidan zakovat kitob sovg’a qilganman. Kitobni ichiga esa ingliz tilida xat yozganman, sevgi xati emasdi. (Shu xatni haligacha saqlar ekanlar, orada Samarqandga ketishgan, 4 yil chetda o’qib kelganlar. Yaqinda hujjatlari solingan papkada ko’rib boshqacha bo’lib ketdim.

Samarqandga ketgach, umuman aloqa qilmaganmiz, men o’qishga kirish, til o’rganish bilan band edim va hatto telefon ham ishlatmasdim.

O’qishga kirganimdan keyin aniq esimda emas, Facebookmi, telegram guruhmi, yana topishib olganmiz. Shunda ham munosabatlarda faqat sof do’stlik edi, ochiq aytyapman, hech qanday iliqlik bo’lmagan, hurmatdan boshqa.

Tillarni yaxshi bilgani, sohasi IT ekani uchun doimiy ulardan yordam so’rab yozardim: Bill, Facebook parolim esimdan chiqdi, endi qanday kiray? Bill, bugun rus tilidan oraliq ekan, yordam bervoring. Suhbatimizda bezbet, Gargamel, tasqara kabi hazillaram uchrab turardi.

Ular doimiy tug’ilgan kunim va bayramlarda eslab yozardilar. Qanday menga taklif bergani esa keyingi postda.

@Ozodaxon_blogi

Ozodaxon blogi

16 Nov, 15:41


#nega

Avvallari turmushga chiqmaslikka qaror ham qilgandim, baribir hayotda sadoqat, vafo yo’q, o’qimishli bo’lish, karyera qilish, asosiysi, mening orzu-maqsadlarimni o’zbeklar tushuna olmaydi, deb singlimga yo’l ochgandim. Avvalgi kuzatuvchilar biladi buni.

Shunchaki turmush qurib, darrov farzandli bo’lish, uy-joy, mashina, to’ylar qilish “orzu”lari mening fikrlashimga umuman teskari edi. Biror meni tushunadigan o’zbek yigiti chiqsa ham, uning oilasi bunga bardosh qilolmasligini sezardim. Balki keyinroq bu fikrim o’zgarardi. Xullas, yolg’iz o’tishdan umuman qo’rqmaganman, o’zimcha.

Ayniqsa o’zbek oilalarida ko’p uchraydigan kelinning xo’rlanishi, ayollar o’zlarini o’ldirishi, har xil voqealar menga yomon ta’sir qilgan.

Unashtiruvdan keyin hayotim o’zgardi: birdaniga hamma yoq jim, xuddi urushdan keyingi g’alabadek.

Kimga qanday unashtirilganim ham qiziqmi? Rostan ham “urush - kurash” bo’lgan)

@Ozodaxon_blogi

Ozodaxon blogi

16 Nov, 15:30


#nega?

Tarmoqlarda kam ko’ringanimga do’st-dugonalarim xavotirlanib hol so’ray boshlashdi: hammasi yaxshimi?

O’zim ham kutmagandim. “Instagram va telegramdagi bloglaringizni tugatasiz” deb turmush o’rtog’ingiz so’rasa, nima qilasiz?” - deb avvallari ko’p so’rashardi.

“Meni tanlagan odam unaqa qarshilik qilmaydi”, deb javob berardim.

Lekin unashtiruv bo’ldi, Ozodaxon asta-sekin yo’qolib bordi.

O’zi kanalga avval nima uchun yozardim, sizlar bilan fikr almashish, qanaqadir yordam, tavsiya berib, yengil bo’lish, bir so’z bilan aytganda, xursand bo’lish uchun.

Ha, yoziladigan har bir izohlar, reaksiyalar menga doim kuch berib kelgan.

Nima uchun endi kanalga yozmay qo’yganimni tushundingizmi? Men nega tarmoqlarga kirmaydigan bo’ldim, otdan tushsa ham, egardan tushmaydigan, birovga gap bermaydigan qiz, nahot kimningdir taqiqiga uchragan bo’lsa? Bafurja keyingi postda yozaman.

Rekasiya berib turinglar🫶

@Ozodaxon_blogi

Ozodaxon blogi

16 Nov, 15:26


Reaksiyalar bir olam-ku, ochiqlaymiz unda hammasini. Bugun long-read postlar bo’ladi

Ozodaxon blogi

16 Nov, 13:15


#vacancy

British Councilda imtihon o’tkazishda yordamchi bo’lib ishlash

Ushbu ish Toshkentda yashovchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, ular IELTS imtihonini o’tkazishda yordamchi sifatida ishlaydilar.

Ariza topshirish uchun: https://careers.britishcouncil.org/careers/job/563705877420106

Ariza topshirish muddati: 2024-yil 1-dekabr.

Kuzatuvchilarning barchasi ingliz tilini biladi deb umid qilaman. Ish izlab yurgan tanishlarga yuboramiz:)

@Ozodaxon_blogi

Ozodaxon blogi

16 Nov, 08:39


Kanalda 1 yildan beri u darajada aktivmasman. Avvallari meva yesam ham qo’yardim.

Bugun sizlarga nega kam yozayotganim haqida aytib bermoqchiman.

Unashtiruvimiz bo’lgandan keyin hammasi o’zgardi. To’ydan keyin esa deyarli ko’rinmay qoldim hech qayerda.

Sabablari oddiy: turmush o’rtog’i qattiqqo’l???

Batafsil bilmoqchilar, reaksiya ko’rsatsangiz, hammasini oshkor qilaman, balki hali turmushga chiqmagan qizlar uchun foydali bo’lar

Ozodaxon blogi

15 Nov, 18:41


#ashnaqa

Qizlarni o’qib, o’z kasbiga, daromadiga ega bo’lgandan keyingina turmushga chiqishlarini qo’llab-quvvatlaganman.

O’zbekchilikda buni eplash uchun ko’proq sabr kerak qizlarga. Ersiz qolib ketish muammosini sizga argument qilib ko’rsatyotganlarga shu videoni ulashing:

https://www.instagram.com/reel/DCZu5aPO33b/?igsh=ejZ5cXI0YnF4c3Fo

@Ozodaxon_blogi

Ozodaxon blogi

15 Nov, 04:58


#vacancy

Marketing Specialist uchun British councildan ish o'rni - 994 AQSh dollar oylik

British Council'da invigilator bo'lib ishlash haqida, menimcha, hamma eshitgan. Hozirgi e'lon esa Marketing mutaxassislari uchun mo'ljallangan.

Oylik maosh: 994 AQSh dollari. Oylik o'zbek so'mida to'lanadi.
Ish joyi: Toshkent shahri

👉 Ish va uning talablari haqida batafsil: https://www.britishcouncil.uz/en/about/jobs/marketing-officer

Ariza topshirish oxirgi sanasi: 2024-yil 30-noyabr

Ish izlab yurgan tanishimizga yuboramiz)

@Ozodaxon_blogi

Ozodaxon blogi

14 Nov, 08:02


YPIP Job Fair - ish izlayotganlar uchun Amerika konsulligi tomonidan bepul tadbir.

Tadbirda 30 dan ortiq yetakchi kompaniyalar qiziqarli ish va amaliyot o'tash imkoniyatlarini tadqim etadi.

Yaxshiroq ish yoki karyera o'sishi uchun amaliyot izlayotganlarga tavsiya qilinadi.

Tadbir tafsilotlari:

📅 Sana: 2024-yil 25-noyabr
Vaqti: 14:00 - 18:00
📍 Manzil: Wyndham Tashkent mehmonxonasi

👉 Ro'yxatdan o'tish bepul: https://forms.office.com/r/5Wfn439ND3

P.s: grant yutishda ham yaxshi joyda amaliyot qilganingiz katta foyda beradi. Shunaqa tadbirlarda faol bo'ling🫶

@Ozodaxon_blogi

Ozodaxon blogi

04 Nov, 12:10


#work

Challarda yurish, ayollar bilan chaqchaqlashib, ovqatlarni yeb yurish zavqi nihoyalandi. Baribir o’zimni o’sha zavq ichida ko’p muddat tasavvur qila olmas edim.

Bugun men ish boshlagan kompaniyada bolgariyalik hamkorlar bilan yangi kelishuvlar amalga oshirildi. Qadamim qutlug’ kelibdi emish)

Shu o’rinda kelajakdagi rejalarimni, orzu-maqsadlarimni har tomonlama qo’llayotgan, men uchun yaxshiroq sharoit yaratishga urinayotgan turmush o’rtog’imga va ularning oila a’zolariga (albatta, mening ham oila a’zolarim) rahmat aytaman.

Doimo o’zingizni yaxshisiga loyiq ekaningizni his qiling, oldinga intiling, ayniqsa, ayol-qizlar🫶

@Ozodaxon_blogi

Ozodaxon blogi

03 Nov, 05:53


Toshkentda dars qilish uchun tinch joy

Kecha dars qilish uchun joy so’rab yozganimda ko’pchilik yaxshi variantlarni yubordi. Turmush o’rtog’im kompyuterda ishlash uchun co-working hall izlayotgandilar, 6 yil Toshkentda yashagan “aqlli” ayolchasi fikriga qo’shilib milliy kutubxonaga borib ko’rdik. Kirishimiz bilan yoqmadi😁

Tavsiyalarga ko’ra Yoshlar ijod saroyi eng yaqini ekan. Googledagi rasmlarni ko’rib borishga qaror qildik.

Tinch, chiroyli dizaynlashtirilgan bu joyda ertaroq kelib joy egallab olgandan baxtlisi bo’lmasa kerak.

Bizga yoqqan tarafi:
— Kirish-chiqishda QR kod bilan kirasiz.
— Qamoqxonaga kirgandik tekshiruv qilinmaydi.
— Joylari o’tirishga qulay, toza, zamonaviy, tinch.
— Ovqatlanishga “Ijod” kafesi va boshqa bufetchalari bor ekan.
— Bepul.

Borishni tavsiya qilaman, ertaroq borishni:)

Manzil: https://maps.app.goo.gl/Yp1vdiDhtiZrJPTc9?g_st=com.google.maps.preview.copy

@Ozodaxon_blogi

Ozodaxon blogi

29 Oct, 10:07


“Travel allowance” qachon berilmaydi?

NSP dasturiga hujjat yuklashda “travel allowance” olish uchun “yes” ni belgilash yetarli bo’lmasligi mumkin.
Samolyot jo’naydigan shaharga Toshkent yozayotganda e’tibor bering: agar siz Toshkentda o’qimasangiz yoki yashash manzilingiz Toshkent bo’lmasa, sizga yo’l xatajatlari uchun yordam puli (750 yevro O’zbekistondan uchuvchilar uchun) berilmaydi.

Shu sababli jo’nash manziliga yashash manzilingiz yoki o’qish joyingizni (masalan, Farg’ona) yozing.

@Ozodaxon_blogi

Ozodaxon blogi

13 Oct, 06:14


NSP dasturiga ariza topshirishdan avval e’tibor bering:

1. Hujjatlardagi barcha ma’lumotlar, ayniqsa, ism-familiya, sana va imzo-muhrlar (QR kod emas) mavjudligi hamda to’g’riligiga;
2. Har bir hujjat PDF shaklda yuklangan, sifatli hamda to’g’ri nomlanganiga. Masalan: Motivation_letter_Ozodakhon_ Uktamova
3. Universitet yotoqxona bilan ta’minlashiga;
4. “Other attachments” qismiga shaxsiy yutuqlaringizni ko’rsatuvchi turli sertifikatlarni yuklaganingizga. Sertifikatlar iloji bo’lsa, ingliz tilida bo’lgani yaxshi. Hamma sertifikatlarni yagona PDF faylga joylang.

Hujjatlaringiz to’g’ri ekaniga ishonch hosil qilish uchun bizning hujjat tekshirish xizmatimizdan foydalanishni tavsiya qilaman.

Qancha profilingiz boy bo’lsa ham, hujjatlar talab darajasiga to’g’ri kelmasa, hatto ko’rib ham chiqilmay, “rejection” kelishi mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun @Ozodakhon_work akkountimga yozing.

@Ozodaxon_blogi

Ozodaxon blogi

12 Oct, 10:10


Til o’qitish bo’yicha TESOL/TEFL sertifikati

Ingliz tili yo’nalishda o’qiyotganlar uchun avvalgi postimda bir sertifikat haqida aytib o’taman degan edim.

Ko’pchilikka ma’lum bo’lgan sertifikat — TESOL/TEFL haqida gaplashamiz. Ingliz tili o’qiyuvchisi bo’lmoqchilar uchun tavsiya qilaman bu sertifikatni.

Afzalliklari:

— Xalqaro akkreditsiyadan o’tgan bo’lib, dunyo bo’ylab ingliz tilini o’qitishda sizga xizmat qila oladi.
— Til o’qitish metodlari bo’yicha asosiy ma’lumotlarni o’rganasiz.
— Xitoy, Koreya, Vyetnam va Tayvan kabi mamlakatlarda ishlash uchun visa olishda katta plyus beradi.
— Narxi qimmat emas, 34 AQSH dollari.
— 2 haftada onlayn o’qib tugatish mumkin.

Chetga magistraturaga yoki boshqa xalqaro dasturlarga grant yutishda, qolaversa, ishga kirishda asqatadi.

👉 SERTIFIKAT HAQIDA BATAFSIL👈

O’zim chetda ishlashda viza olishda plyus bo’lgani uchun o’qiyapman, men bilan birga o’qiydiganlar bo’lsa, izohlarda yozing.

@Ozodaxon_blogi

Ozodaxon blogi

28 Sep, 14:01


#savoljavob

- Yutuqlarim deyarli yo’q, ijtimoiy aktiv ham emasman, baholarim o’rtacha. Grant yutish niyatim bor, harakat qilsam bo’ladimi? Profilimni yaxshilash uchun nimalar qilishim mumkin?

Javob: ha, harakat qilib ko’rsangiz bo’ladi. Profilingizni yaxshilash uchun quyidagi tavsiyalarga amalga oshirishingiz mumkin:

1. CV tayyorlashda o’z shaxsiy fazilatlaringiz, qiziqishlaringiz, qo’shimcha shug’ullanuvchi hobbilaringizni kiritish;

2. Motivatsion xat orqali kelajak uchun qo’ygan maqsadlaringizni kengroq, aniq so’zlar, detallar bilan tushuntirish;

3. Barcha hujjatlarda dasturning siz uchun muhimligini ko’rsatuvchi omillarni ifoda etish: motivatsion xat, tavsiyanoma va boshqalarda dastur sizga nima bera olishi va siz dastur orqali nimalar qila olishingizni ko’rsating.

4. Xalqaro sertifikatlar olish. Arzimagan pulga o’z sohangizga doir qisqa kurslarni tugatib, sertifikat olsangiz, ham grant yutishda, ham kelajakdagi karyerangizda asqatadi.

💻 Keyingi postimda ingliz tilida o’qiyotganlar uchun olish mumkin/kerak bo’lgan sertifikat haqida gaplashamiz. Taxmin qilingchi, qaysi?

Ozodaxon blogi

28 Sep, 01:33


Guruh yoki individual?

Mentor sifatida grant yutish uchun guruh va individual xizmatlarni taklif qilganmiz. Individual narxi guruhnikidan 3 barobar qimmat bo’lsa ham, kutganimdan ko’proq odam yozildi.

Individuallar bilan ishlayotganimda shuni sezdim: ular 1 pog’ona balandda. Nima demoqchiman:

- ularning grant yutish istagi qolganlarnikidan ancha yuqori;
- hujjat tayyorlashda qiyinchiliklarsiz ishlashadi, aqlan har bir gapim ma’nosini oson tushunib, kam savol berishadi.
- o’tgan yilgi natija bilan solishtirsam, individual o’quvchilarning natijasi ham yuqori — ariza topshirganlarning barchasi grant yutgan.

Balki ko’proq pul to’lagani uchun qadriga yetib yaxshiroq harakat qilishadi, balki yaxshiroq harakat qilishga tayyorligi uchun ko’proq pul to’lashadi.

Guruhdagi o’quvchilarim ham yaxshi, ichida keng fikrlaydiganlari ko’p. Bu yil qabul xati olish ozroq qiyinlashgan bo’lsa-da, deyarli 50% o’quvchilar qabul xati olib bo’ldi.
Individuallarda esa bu ko’rsatkich 90%.

Hali oldimizda 1 oydan ko’proq vaqt bor. Dasturga topshiryotganlarga omad!

Ozodaxon blogi

22 Sep, 02:47


O’qishni tugatib ishsiz yurmaslik uchun…

O’qishga ko’pchilik kirib olganini eshitganda osmonlarga uchadi: 4 yildan keyin ish tayyor. Va ular chuchvarani xon sonabdi:)

Ochiq haqiqatni aytaman, bugungi kunda “diplomli” va hatto “bilimli” lekin ishsiz kadrlar ko’payib qolgan.

Bunga sabab tashkilotlarga tajribali kadr kerak. O’zingiz ham bilasiz-ku, universitet sizga ishlash uchun hamma narsani muhayyo qilib bermaydi. Biror joyga ishga borsangiz, albatta, yangi narsalarni o’rganasiz.

Nima qilish kerak?
3-kursdan sohaga aloqador biror joyda amaliyot qilish kerak, bepulga bo’lsa ham, kerak bo’lsa, pul to’lab bo’lsa ham. Tajribasiz kadr bo’lsangiz, magistraturani tugatsangiz ham ishga olish ehtimoli kam turaveradi.

O’qishni yakunlaguncha qaysi sohada bo’lishdan qat’iy nazar, til sertifikatlarini olib qo’yish va kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo’lish kerak.

Ozodaxon blogi

21 Sep, 03:15


#Cringe

40 kungacha kelinligimni deyarli sezmay yurgandim. Endi bu o’zbegimiz urf-odatlarida challar, to’ylarga kelinni olib borish joiz ekan. Why? Qayerdan kim kashf qilgan ekan-a, qaysidir kelin shu qadriyatni yoqtiradimi?

Bir xona to’la ayollar, to’rga kelin uchun joy qilinarkan, dasturxon to’la noz-ne’mat. Shuncha xarajat qilib mezbon tarafniyam qiynash fikri kimdan chiqqan ekan-a?)

Mehmonga borganimdan 20 daqiqa ayollar bir-biridan hol so’raydi, gapirishda navbat bo’lmaydi. Tasavvur qilyapsizmi? Men “uyatchan kelin” ni yoqvolaman-da, pastga qarab indamay o’tiraman. Yoshligimdan mehmonga borish tugul, uyimizga mehmon kelsa, kirgim kelmasdi. Hayot men bilan hazillashyapti.

Shu urf-odatlarni qilmaslikni o’zimiz boshlasak, yaxshiroq bo’lardi.

Ozodaxon blogi

19 Sep, 03:36


NSP dasturiga arizalar topshirish rasman boshlandi.

Dastur rasmiy saytida qabul ochiqligi e’lon qilindi. Dasturga BU YERDAN ariza topshirishingiz mumkin.

Dastur bo’yicha bepul videodarslar @nsp_applicants (qadalgan xabarlarda) guruhida mavjud.

Bu mavsum uchun mentorlik kursini muhim darslarini deyarli yakunladik. Individual esa ishlar davom etmoqda.

Savollaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin.

Dastur orqali butun Yevropaga sayohat qilishingiz mumkinigini eslatib qo’ymoqchiman:)

Ozodaxon blogi

20 Aug, 14:07


#nsp

NSP dasturi bo’yicha oilaviy keta olamanmi?
- Ha, keta olasiz. Lekin ancha tashvishlari bor: kamida 4 oy avval “temporary residence “ ga hujjat tayyorlash, oilaviy sherik(lar)ning xarajatlarini qoplash va boshqalar.

Ozodaxon blogi

20 Aug, 14:01


Vaqt judayam tez o’tyapti. Darrov 20-avgust kelibdi. NSP mentorlik kursini boshlash arafasidamiz. Slovakiyadagi ta’til sabab shu vaqtda boshlayapmiz.

@Ozodaxonga_bot ga istalgan savollaringizni bering, saralanganlarini kanalda qisqa-qisqa (balki Q&A tarzda) post qilib ketaman. Balki savollar ko’p bo’lsa, ovozli suhbat qilarmiz.

Mavzular: NSP, Yevropada ta’lim, shaxsiy rivojlanish, oila va munosabatlar, judayam shaxsiy bo’lmagan hayot haqida so’rashingiz mumkin

Ozodaxon blogi

12 Aug, 13:13


To’y bizniki, biz xohlagandek bo’ladi😁

Aslini olganda normal to’yda bo’lishi kerak bo’lgan ketma-ketlikka uzoq masofa va boshqa sabablar tufayli bo’ysinilmadi.

To’y kuni Samarqandda tanish stilistga bormaganim sabab qattiq stressga ham tushib oldim, to’y vaqtidagi holatim esa 😁Kuyov janoblari har qanaqa vaziyatda kayfiyatimni o’zgartira oladilar.

Kelin-kuyov stolida ko’p kulib, yeb-ichib o’tirganimiz qaysidir ayolga xunuk ko’rindi, shekilli, “kelinbola kamroq kulib yerga qarab o’tiring” deb ketdi. Shu gapni kuyov to’ramizga aytganimdan keyin “to’y bizniki, bilganimizcha o’tiramiz” deb kulgu va yeb-icharni davom ettiraverdik🤣

Ozodaxon blogi

12 Aug, 11:04


Hayotiy o’zgarishlar

Farg’onadan Samarqandga kelin bo’lib tushdim. Urf-odatlardan umuman uzoq bo’lgan ikki yosh o’zi xohlagandek to’y o’tkazishga harakat qildi, o’xshagancha o’xshadi. Kattalarni “orzu-havas”larini to’liq chetlab o’tolmadik. Lekin hammasi kutilganidan yengil va chiroyli bo’ldi.

To’ydan keyingi adaptatsiya menga ochig’i bilinmadi. O’z uyimdek yashayapman, balki o’z uyimda kam yashaganim menga osonroq bo’lyotgandir, 5-sinfdan beri uyda ham mehmon edim😁

Hammasi o’z vaqtida xayrli hal bo’lyotganidan xursandman. Yoshlarga ham avval o’z ishlarini yo’lga qo’yib keyin to’y haqida o’ylashni tavsiya qilaman.

Qo’shimchasiga aytib o’taman: men ko’plab qizlar kabi 40+ ko’rpa to’shak, parda-gilam, mebellarsiz turmushga chiqdim. Hammasida qat’iyatli va mard bo’lib turgan turmush o’rtog’im sababchi. Boy bo’lsin yoki o’rtahol mardlik asosiy sifat, qizlar♥️

Ozodaxon blogi

24 Jul, 04:38


Yangilab qo’ydik-da.

Tabriklarni qabul qilaveraman, Listeningda Part 1 da 4 ta ketma-ket o’tkazib yuborib, fokus qilolmaganman oxirigacha. 5,5 kutib turgandim, xullas, xursandmiz:)

Avvalgi natijadan katta farq yo’q:)

Ozodaxon blogi

02 Jul, 16:41


Yangiliklar qilyapmiz)

Hayot qiziq ishlar bilan to'la. Shuncha ish tursa ham, ko'pchilik talabiga ko'ra, yangi narsalar qilishga harakat qilyapmiz. Magistraturada o'qish uchun ham kurs oching, aynan siznikida o'qimoqchiman, deb yozishadi aksariyat NSP kursimdagilar, qanchalik qo'pol bo'lsam ham)

Yana bir yaxshi tomoni tomoni, NSP yutgandan so'ng, omad eshiklari ochilganday, boshqa grantlarni yutishni boshlashadi. Ozoda opa, NSP kursizda o'qib, Slovakiyada o'qib qaytgandim, "falondaqa" grant yutdim, deb yozyotganlar soni oshib boryapti. NSP ko'pchilikka "pochin" bo'lib xizmat qilib beryapti, desammikin:)

Xullas, shunaqa, o'zimizning "qora ko'zlar" bilan turli kurslar tashkil qilmoqchimiz. Kurs davomidagi hamma jarayonni nazoratga olamiz. Batafsil o'z vaqtida aytib boramiz. Aloqada turinglar:)

Qaysi davlatda o'qish uchun kurs tashkil qilyotganimizni taxmin qiling-chi?

Ozodaxon blogi

28 Jun, 04:02


NSP mentorlik kursi

Oxirgi natijalardan keyin kursingizda qatnashmoqchiman deganlar soni yanayam ortdi. Kursni reklama qilisham shart emas, yutganlar o’zi tavsiya qilishadi:)

Ko’pchilik qachon ochiladi, qachon boshlanadi, deb savol bermoqda. Kursga qabulni ochaman, kim qatnashgisi kelsa, joy egallab qo’yishi mumkin.

Kurs avgustda boshlanadi. Individual va guruh bilan qatnashish imkoniyatlari mavjud.

Qatnashmoqchi bo’lganlar @Ozodakhon_work ga yozishingiz mumkin.

Individual ishlamoqchi bo’lganlar bilan hozirdan ish boshlay olamiz. Avgustda to’yingiz ekan, bu kursga ta’sir qilmaydimi, deyishibdi. Yo’q, kursni oilaviy ishga ta’sir qiladigan joyi bo’lmaydi.

Kursga qabul 1-avgustgacha davom etadi.

Ozodaxon blogi

21 Jun, 23:51


Quvonchli xabarlar to’plami

Yaqin bir hafta quvonchli xabarlarga to’la bo’ldi, Xudoga shukr.

1. GKS bo’yicha Kamola Hamidova bilan birgalikda tashkil qilingan kursimizda ishtirokchilarga natijalar kela boshladi. Hozircha 1 nafar ishtirokchimiz GKS grantini mutlaq g’olibi bo’ldi.

2. Magistrlik disstertatsiyamni yoqladim. Juda katta maqtanishli ish emas. Lekin shu bosqichgacha yetib kelolganimdan xursandman. 93 ball bilan baholashdi ishimizni.

3. NSP natijalari e’lon qilindi. Natijalar har mavsumda chiqqan kun telegramim portlab ketadi. Ko’pchilikni quvonchiga sababchi qilayotganiga shukr. Yutganlar ko’p, sanab chiqa olmadim:)

Shu o’rinda eng ko’p berilgan savolga oydinlik kiritaman. Keyingi mavsum uchun NSP mentorlik kursimiz avgust oyida e’lon qilinadi. Ungacha sabr qilib turasizlar.

Yaxshi yangiliklar ko’p bo’lsin. Izohda odamlarning quvonchlaridan bir shingil ulashaman.

Ozodaxon blogi

21 Jun, 12:21


NSP natijalari e’lon qilinibdi. Yutganlar qanchaligi qiziqmi?

Batafsil: https://www.scholarships.sk/en/main/list-of-scholarship-holders/

Ozodaxon blogi

05 Jun, 04:32


#natija

Yana bir talabamiz Italiyaning Padua universiteti magistraturasiga qabul qilindi.

Zilola Klimentova bilan NSP uchun individual tayyorlanganmiz. O’qishini yakunlab kelgach Italiyaga ham individual harakat qildik. Hozirda valid til sertifikati mavjud bo’lmasa ham, Padua universitetiga qabul qilindi.

Farqli ravishda Zilolaga aynan grant dasturiga topshirganmiz. Qabul qilinsa, avtomatik yillik 8000 yevro stipendiya beriladi. O’qish kontrakti to’liq qoplanadi.

Oldinda hali birgalikda qiladigan ishlarimiz ko’p, yutuq bilan Zilolani tabriklaymiz😊