Аbdushukur Xamzayev @a_xamzayev Channel on Telegram

Аbdushukur Xamzayev

@a_xamzayev


Xamzayev Аbdushukur Xudoyqulovich

O`zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo`mitasi raisi

• www.ecouz.uz
• Facebook.com/abdushukur.hamzaev
• Instagram.com/abdushukurhamzaev
• YouTube.com/c/ecouz
• @A_Xamzayevga_murojaat_bot

Xamzayev Abdushukur Xudoyqulovich (Uzbek)

Xamzayev Abdushukur Xudoyqulovich, O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisi, is a prominent figure in the Uzbekistan ecological movement. With a strong background in environmental activism, Xamzayev is dedicated to promoting sustainable development and protecting the natural resources of Uzbekistan. Through his leadership in the Central Council of the Uzbekistan Ecological Party, he works tirelessly to raise awareness about environmental issues and advocate for policies that will ensure a cleaner and greener future for the country.

For more information and updates on Xamzayev Abdushukur Xudoyqulovich's work, you can visit his website at www.ecouz.uz or follow him on social media platforms such as Facebook, Instagram, and YouTube. Join the conversation and stay informed about the latest developments in the Uzbekistan ecological movement by following @A_Xamzayev on Telegram. Don't miss out on the opportunity to connect with like-minded individuals and make a difference in the fight for a more sustainable future in Uzbekistan.

Аbdushukur Xamzayev

17 Feb, 17:38


#Ekopartiya
#Fraksiya_yigilishi

Fraksiyamizning bu galgi yig‘ilishida ham qonun loyihalari qizg‘in muhokama qilindi.


Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

17 Feb, 11:45


#Ekopartiya
#Fraksiya_yigilishi

Intellektual mulk – zamonaviy iqtisodiyotning muhim ustunlaridan biri. Ushbu sohani isloh qilishga qaratilgan qonun loyihasi intellektual mulk huquqlarini himoya qilish tizimini mustahkamlash va xalqaro standartlarga moslashtirishga xizmat qiladi.

Hozirgi kunda sohada huquqbuzarliklar ko‘payib borayotgani, noqonuniy tovar belgilaridan foydalanish holatlari oshayotgani shuni ko‘rsatmoqdaki, joriy qonunchilikni kuchaytirish zarur. Yangi qonun hujjati aynan ushbu masalalarni hal etishga qaratilgan bo‘lib, adolatli va shaffof biznes muhitini yaratishga hissa qo‘shadi.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

15 Feb, 02:13


YOSHLAR UCHUN BUYUK IMKONIYATLAR DAVRI

Bugun yoshlar haqida gapirilganda, ularni kelajak deb emas, bugungi kunning hal qiluvchi kuchi, deb atash vaqti keldi!

Davlat rahbarining bugungi yoshlar bilan muloqotida bildirilgan takliflar va katta eshiklarning ochib berilayotgani shuni ko‘rsatyaptiki, davlatimiz yoshlarga orzu emas, konkret imkoniyatlar taqdim qilmoqda.

Ochig‘ini aytsam, hozirgi yoshlarga havasim keladi. Ilm yo‘lidagi yosh olimga uy-joy uchun 800 million so‘m foizsiz ssuda berilmoqda, tadbirkorlik qilaman deganlariga million dollargacha sarmoya yo‘naltiriladi, kam ta’minlanganlariga ta’lim krediti foizsiz ajratiladi, chet elda o‘qishni xohlagan iqtidorli yoshlar davlat himoyasiga olinadi. Endi faqat o‘qish va izlanish, o‘z ustida ishlash kerak xolos.

P/s: Millionlab fuqarolarimiz ko‘nglidan "mening ham yoshligim shu davrga to‘g‘ri kelganda edi", degan fikr o‘tayotgani aniq.

Biz, o‘rta yoshli avlod vakillari ham yoshlarimizga namuna bo‘lib, vatan ravnaqi, yurt farovonligi yo‘lida fidoiylik ko‘rsatishimiz kerak.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

12 Feb, 17:59


#Ekopartiya
#Fraksiya_yigilishi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida bir qator qonun loyihalari, jumladan, «Banklarni sanatsiya qilish va tugatish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi qizg‘in muhokama qilindi.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

11 Feb, 14:32


Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 2024 yil yakunlari ijrosi yuzasidan hisoboti eshitildi va muhokama qilindi.

Unda O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari Abdushukur Xamzayev ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

10 Feb, 16:09


#Ekopartiya
#Fraksiya_yigilishi

Hech bir band e'tibordan chetda qolmayapti. Fraksiyamizning navbatdagi yig‘ilishida qonun loyihalari qizg‘in muhokama qilindi.


Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

09 Feb, 16:50


— Mahallalardagi bo‘sh turgan yerlarga quyosh panellarini o‘rnatib, undan olingan energiyani kam ta’minlangan oilalarga imtiyoz sifatida berilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi.

Abdushukur Xamzayev,
O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari


Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

09 Feb, 09:53


Oldimizda ikkita yo‘l bor:

Birinchidan,
jadallik bilan "yashil" energiyaga o‘tishimiz kerak.
Ikkinchidan, qazilma boyliklardan foydalanishni keskin kamaytirish zarur.

Abdushukur Xamzayev,
O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari


Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

09 Feb, 09:38


9-fevral — buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy tavallud topgan kun

Buyuk bobomiz Navoiy merosi o‘ziga xos ijod, mahorat bulog‘idir. Bu buloqdan mahorat bilan foydalanish, uning purma’no hikmatlarini o‘zimizda jo eta olish, boy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish asosiy vazifalarimizdandir.

Barkamol avlodning har tomonlama komil inson bo‘lib tarbiya topishida ham eng muhim manbalardan biri, shubhasiz Hazrat Navoiy asarlari hisoblanadi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatni asrash masalalariga Navoiy bobomiz juda katta e’tibor qaratgan. U tabiatga xiyonatni do‘stga xiyonatga qiyos qilgan.

Shunday ekan, nafaqat bugungi ehtiyoj uchun, balki buyuk bobolarimizga munosib avlod bo‘lish uchun ham ona tabiatni asrashimiz kerak.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

09 Feb, 05:03


— Tahlillarga ko‘ra, 81 foiz elektr energiyasi qazilma boyliklarni ishlatgan holda olinadi.

Abdushukur Xamzayev,
O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari


Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

09 Feb, 04:27


— Oxirgi sakkiz yilda elektr energiyasi ishlab chiqarish 38 foizga oshgan.

Abdushukur Xamzayev,
O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari


Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

08 Feb, 05:46


#Audiomaqola

⚡️ O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari Abdushukur Xamzayevning “Yangi O‘zbekiston” gazetasida chop etilgan “Muqobil energetikani rivojlantirish - birdan-bir to‘g‘ri yechim” sarlavhali maqolasining audio variantini tinglashingiz mumkin.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

07 Feb, 11:47


O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari Abdushukur Xamzayevning "Muqobil energetikani rivojlantirish — birdan-bir to‘g‘ri yechim" sarlavhali maqolasi "Yangi O'zbekiston" gazetasining 7-fevral kuni chop etilgan 27-sonida e’lon qilindi.

Maqola bilan mana bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

06 Feb, 05:52


Bugun 6-fevral – Mobil telefonlarsiz kun!

Bugun sizda kuningizni har kungidan-da boshqacharoq o’tkazish imkoniyati bor!

Qo’lingizdagi to’rtburchak temir qutini ozgina unutib haqiqiy hayotga qayting. Atrof-muhitga, yashillanishga hozirlanayotgan daraxtlarga boqing, quyoshning zarrin nurlaridan, qushlarning sho’x qo’shig’idan bahra oling!

Bir kungina bo’lsa ham sizni o’rab turgan tabiat nafasini his eting!

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

02 Feb, 04:05


O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan Toshkent shahrining atrofida joylashgan issiqxonalarda reydlar o‘tkazilmoqda.

Dastlab O‘rta Chirchiq tumani hududidagi issiqxonalarning ekologik talablarga muvofiq faoliyat olib borayotgani o‘rganildi. Bunda ayniqsa, avtoshina va boshqa rezina mahsulotlari bilan isitilishini aniqlashga e’tibor qaratildi. Shu bilan birga tadbirkorlarga tegishli tavsiyalar ham berildi.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

01 Feb, 05:58


Ijtimoiy adolat birdamlikka xizmat qiladi

Kuni kecha yalpi majlisda “O’zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Mazkur qonun loyihasi ko’pmillatli va ko’pkonfessiyali O’zbekistonda umumjamiyat manfaatlarini ro’yobga chiqarish, demokratiya, dunyoviylik, erkinlik, tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik asosida o’zaro totuvlikda yashash hamda izchil taraqqiy etish uchun zarur barqaror muhitni ta’minlash maqsadida ishlab chiqilganligi bilan ahamiyatlidir.

Deputatlar tomonidan birinchi o’qishda qabul qilingan ushbu hujjat mamlakat aholisining, ayniqsa, yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, davlatchilikning huquqiy asoslarini mustahkamlash, ko’pmillatli O’zbekiston xalqining totuvligi va tengligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

29 Jan, 15:20


Ekologik toza texnologiyalar bilan mahsulot ishlab chiqarish rivojlanmoqda

O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari A. Xamzayev boshchiligidagi ishchi guruh “Top Quality Brand” MCHJning terini qayta ishlash korxonasini o‘rgandi.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

27 Jan, 19:28


O‘rganishlar Termiz tumanida davom ettirilmoqda

O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi hamda partiya vakillaridan iborat ishchi guruh Surxondaryo viloyatidagi o‘rganishlarini davom ettirmoqda.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

27 Jan, 10:25


O‘rganishlar Termiz tumanida davom ettirilmoqda

O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi hamda partiya vakillaridan iborat ishchi guruh Surxondaryo viloyatidagi o‘rganishlarini davom ettirmoqda.

Bugun Termiz tumani “Uchqizil” mahallasi hududida mutasaddilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda tumandagi ijtimoiy masallar, jumladan, elektr va issiqlik energiyasi yetkazib berishdagi yuzaga kelayotgan kamchiliklar, oziq ovqat xavfsizligi, aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darasi yuzasidan mavjud muammolar tinglandi.

Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish, quyosh panellarini o‘rnatishdagi muammolar bo‘yicha ham mutasaddilar eshitildi.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

23 Jan, 15:35


"Yashil" energiyaga asoslangan uy-joylar — barqaror kelajak kafolati

Prezidentimiz tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ilgari surilgan tashabbuslar mamlakatimizni ekologik barqarorlik yo‘lida yana bir qadam oldinga olib chiqadigan dolzarb masalalarni o‘z ichiga oldi.

Xususan, 120 ming xonadonli ko‘p qavatli uylar qurilishi hamda qo‘shimcha ravishda “Yangi Toshkent”da 15 ming xonadonli "yashil" energiyaga asoslangan uy-joylar barpo etilishi mamlakatimizda energiya samaradorligini oshirish yo‘lidagi muhim tashabbusdir.

Albatta bu borada fraksiyamiz barcha hududlarda yangi qurilayotgan uy-joylarni bosqichma-bosqich “yashil" energiyaga asoslangan uylarga aylantirishni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi.

Ekologik barqarorlik va "yashil" iqtisodiyot yo‘lidagi har bir qadamni birgalikda muvaffaqiyat bilan amalga oshirish uchun faollik ko‘rsatishimiz zarur.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

22 Jan, 10:41


#Avtomobilsiz_kun

Barcha hamshaharlarimizdan bir kun bo‘lsa-da jamoat transportidan foydalangan holda o‘z yumushlarini bitirishini va poytaxtimiz havosining yaxshilanishiga hissa qo‘shishlarini so‘rayman.


Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

22 Jan, 06:38


“Yashil kelajak”ni naqd qiladigan dasturiy hujjat

Tan olib aytishimiz kerakki, bunday keng qamrovli, ekologik masalalarni o‘z ichiga olgan, inson va tabiat muvozanatini ta’minlash masalasi chuqur o‘ylangan dasturiy hujjat O‘zbekiston tarixida ilk bor qabul qilinmoqda.

Batafsil: 👉 https://ecouz.uz/news/198

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

21 Jan, 12:26


Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi komissiyalari tasdiqlandi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori bilan "Iqlim o‘zgarishi oqibatlarini kamaytirish va «yashil» iqtisodiyotga o‘tishni tezlashtirish masalalari" bo‘yicha komissiyasi tarkibi va nizomi tasdiqlandi.

Komissiya raisiligiga O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari Xamzayev Abshukur Xudoyqulovich nomzodi tasdiqlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Odob-axloq komissiyasining ham tarkibi va nizomi tasdiqlandi.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi a’zosi Xodjayeva Moxira Mirzaxmadovna komissiyasi rahbari etib tasdiqlandi.

Ertaga, 22-yanvar kuni ushbu komissiyalarning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

21 Jan, 04:57


#Ekopartiya
#Fraksiya

O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi ham qizg‘in munozaralarga boy bo‘ldi.


Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

19 Jan, 18:29


O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi hamda partiya vakillaridan iborat ishchi guruh ishtirokida Qumqo‘rg‘on tumanidan o‘tkazilgan ko‘chat ekish tadbiridan lavha.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

19 Jan, 17:43


O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamda partiya fraksiyasi vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan Surxondaryo viloyatida olib borilayotgan o'rganishlardan lavha.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

19 Jan, 05:36


#Ishchi_guruh
#O'rganish

Ishchi guruh Jarqo‘rg‘on tumani, "Qo‘shtepa" mahallasidagi "Fabullo-stroy servis" mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi. Korxona 2023-yilda faoliyatini boshlagan bo‘lib, bugungi kunda 75 nafar aholi ish bilan ta’minlangan.

Korxonada quyosh panellari o‘rnatilgan bo‘lib, yashil energiyadan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, atrofi yashil belbog‘ bilan o‘ralgan hamda 5 ming tupdan ziyod mevali va manzarali daraxtlar ekilgan.

Ishchi guruh rahbari Abdushukur Xamzayev "yashil" energiyani yanada rivojlantirish va atrofda daraxtzorlarni ko‘paytirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

19 Jan, 03:00


#Ishchi_guruh
#O'rganish

Jarqo‘rg‘ondagi korxonalar atmosferaga zarar yetkazmayaptimi?


Ayni shu maqsadda O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi deputatlari hamda partiya vakillaridan iborat ishchi guruh tumandagi “Petromaruz Uzbekistan” MCHJ shaklidagi xorijiy korxona faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida korxonaning ish jarayonida atmosfera havosiga zararli moddalarning chiqishini oldini olish bo‘yicha filtrlar o‘rnatilganligiga alohida e’tibor qaratildi.

Korxonadagi muhim jihat, ekologiya burchagi tashkil etilgan bo‘lib, atmosfera havosi sifati 24 soat nazorat qilib turiladi. Ishchi guruh tomonidan filtrlarni o‘z vaqtida almashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

18 Jan, 14:01


#Ishchi_guruh
#O'rganish

Ishchi guruh saylovchilar bilan uchrashdi


O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari Abdushukur Xamzayev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengash deputatlari bilan birgalikda Sho‘rchi tumanida saylovchilar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda saylovchilarga davlatimizda olib borilayotgan islohotlar, 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish va ma’lumotlar berib o‘tildi.

Shuningdek, deputatlar aholi xonadonlariga ham borib, ularni qiynayotgan muammolarni urganishdi.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

03 Jan, 16:54


ТГСтат хизмати партиямиз саҳифаларининг 2024 йилги статистикасини чиқарибди. Рақамлар мақтангулик эмас, аммо сафимиз кенгаяётгани бизни беҳад хурсанд қилади.

Атроф-муҳит ҳақида ўйлаб, ўз фикр ва таклифларини бераётган ва сафимизга қўшилаётганлар сони ортиб бораётган экан, демак меҳнатларимиз зое кетмаяпти.

👉https://taplink.cc/xudoyqulovich

Аbdushukur Xamzayev

31 Dec, 03:01


#Ekopartiya
#Yangi_yil

Aziz yurtdoshlar, hurmatli partiyadoshlar!


Shu onlarda 2024-yilni yakunlab, yangi 2025-yilni kutib olish arafasida turibmiz. Yakuni yetib borayotgan 2024-yilni mamlakatimiz tarixida ulkan yutuq va zafarlarga boy yil bo‘ldi, deya baralla ayta olamiz.

Mana shunday quvonchli kunlarda barchangizni Yangi yil bayrami bilan tabriklayman!

Kirib kelayotgan “Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot yili” ko‘p millatli xalqimiz, jonajon O‘zbekistonimizga yanada ko‘plab fayzu-baraka, omad va zafarlar olib kelaversin.

Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

O‘zbekiston Ekologik
partiyasi jamoasi
nomidan Abdushukur Xamzayev


Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

29 Dec, 14:27


Ўзбек қизи 15 ёшида жаҳон чемпиони

Бу шунчаки сенсация. Афрўза Ҳамдамова ўзбек ёшларининг нималарга қодирлигини жаҳон ареналарида яна бир бор исботлаб қўйди.

Дунёдаги энг яхши 20 та шахматчилар қаторига кириш, бу фақатгина меҳнат, қатъият ва иштиёқнинг мевасидир!

Ўзбекистон Экологик партияси ҳамда партия фракцияси жамоаси номидан Афрўзанинг кейинги фаолиятида улкан ютуқлар тилайман.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

29 Dec, 04:40


Natijasi yuz yilliklarga tatiydigan loyiha

«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida 2024-yilda jami 224 mln. tup ko‘chat ekildi. Bahorgi ko‘chat ekish mavsumida respublika bo‘yicha 138 mln. tup ko‘chat ekilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich rejaga nisbatan 110,5 foizni tashkil etadi. Kuzgi mavsumda esa…

Batafsil: 👉 https://ecouz.uz/news/159

Abdushukur Xamzayev,
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari


Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

27 Dec, 07:43


«Яшил энергетика» —Ўзбекистоннинг яшил ва соғлом келажаги, иқтисодиётимизнинг янги драйвери

Бутун дунёда энергея ресурсларига бўлган талаб ва эҳтиёж йилдан-йилга ошмоқда. Бу эҳтиёжни шу вақтгача беминнат фойдаланганимиз – табиий ресурслар, қазилма бойликлар энди тўла қоплай олмайди. Табиатнинг бебаҳо неъмати бўлган қайта тикланувчи ресурсларгина ҳар бир мамлакат, қолаверса
бутун инсониятнинг келажаги, дейиш мумкин.

Батафсил: 👉 https://ecouz.uz/news/154

Абдушукур Хамзаев,
Ўзбекистон Экологик партияси Марказий Кенгаши раиси, Олий Мажлис Қонунчилик палатасидаги партия фракцияси раҳбари

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

25 Dec, 15:54


"Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган эколог" фахрий унвонини таъсис этилиши атроф-муҳитни муҳофаза қилишда жамоатчилик назоратини янги босқичга олиб чиқади.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

24 Dec, 05:19


#Ekopartiya
#Fraksiya_yigilishi

Fraksiyamizning navbatdagi yig‘ilishida har bir qonun loyihasi sinchkovlik bilan muhokama qilindi.


Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

20 Dec, 06:12


#Tayinlov

O‘zbekiston Ekologik partiyasi faoli, 2019-2024-yillarda partiyamizdan saylanib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati sifatida faoliyat olib borgan Seytova Leyli Pulatovna Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri lavozimiga tayinlandi.

Ona tabiatni asrash yo‘lidagi mas’uliyatli vazifasida Leyli Pulatovnaga omad va zafarlar tilaymiz.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

19 Dec, 17:16


Бугун мамлакатимиз аҳолисининг 65 фоиздан кўпроғини 30 ёшгача бўлган ёшлар ташкил этади. Партиямиз аъзоларининг эса салкам 42 фоизи ёшлардан иборатдир.

Экологик барқарорликка эришишда ёшларнинг фаоллигини ошириш, уларда атроф-муҳитга нисбатан тўғри муносабатни шакллантириш энг самарали йўллардан биридир.

Ўзбекистон Экологик партияси томонидан атроф-муҳитга бефарқ бўлмаган ёшларни бирлаштириш, тенгдош-тенгдошга тамойили асосида экологик маданиятни кенг тарғиб қилиш мақсадида “Ёш экологлар” қаноти таъсис этилди. Бугунги тадбирда "Ёш экологлар"нинг етакчилари ҳам сайланди.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

19 Dec, 12:11


#Tayinlov

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi a’zosi Ulug‘bek Mavlonovich Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Ulug‘bek Mavlonovichning keyingi faoliyatiga ulkan zafarlar tilaymiz.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

18 Dec, 02:24


Йиртқич барибир йиртқич

Паркент туманидаги “Lion Park” ҳайвонот боғида бўлган воқеа шунчаки кўнгил хушлик ва ҳашамдорликнинг бир белгиси сифатида ўз уйида ёввойи йиртқичларни боқаётган юртдошларимизга жиддий дарс бўлмоғи лозим.

Гап шундаки, ҳайвонот боғида сақланаётган 3 та шер қафасдан чиқиб кетган ва ушбу боғ қоровулига ташланиб, уни ғачиб ўлдирган. Бундай ҳолат ўз уйида ёввойи йиртқич сақлаётганларнинг ўзи, ака-укаси, опа-синглиси ва фарзанди билан бўлмаслигига ҳечким кафолат бермайди.

Минг афсуски, партиямиз томонидан бир неча бор огоҳлантиришларга қарамасдан, айрим фуқароларимиз томонидан ҳамон хонадонларда ёввойи ҳайвонларни боқиш ҳолатлари учраб турибди.

Ҳурматли юртдошлар, ёввойи ҳайвонларни уйда сақлаш орқали тутқунликда узоқ яшай олмайдиган жониворларнинг ўлимига, энг ёмони, яқинларинингизнинг ҳаётини хавф остига қўясиз.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

17 Dec, 06:17


Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishidan lavha.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

16 Dec, 16:21


Иқтисодий ўсиш ва аҳоли фаровонлигини таъминлашдаги навбатдаги муҳим қадам

Бугун Президентимиз раислигида ўтказилган видеоселектор йиғилишида 2025 йилга оид режалар асосида бандлик ва камбағалликни қисқартиришда янги имкониятлар яратиш мақсад қилинганлигининг гувоҳи бўлдик.

Йиғилишда маҳалла даражасидаги банк хизматлари ва кредит дастурлари орқали аҳоли даромадини оширишга қаратилган ишларнинг самарадорлигига урғу берилди.

Шунингдек, 2025 йилда 5 миллион аҳолини доимий иш билан таъминлаш ҳамда 1,2 миллион кишини камбағалликдан чиқаришда банкларнинг имкониятидан тўғри фойдаланиш, кам даромадли аҳоли қатламларининг юқори даромадга ўтишига кўмаклашиш бўйича асосли кўрсатмалар берилди.

Бу кўрсатмаларни жойларда бажарилишида жамоатчилик назоратини кучайтирамиз.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

16 Dec, 13:24


Ходимларнинг ҳақ-ҳуқуқлари янада мустаҳкамланмоқда

Фракциямизнинг бугунги йиғилишида "Ўзбекистон Республикасининг Меҳнат кодексига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида"ги қонун лойиҳасини қўллаб-қувватладик.

Сабаби қонун лойиҳасида Меҳнат кодексига тазйиқ ва зўравонликка қарши қатъий чора-тадбирлар киритилмоқда. Мазкур ўзгаришлар ходимларни ижтимоий ва ҳуқуқий жиҳатдан ҳимоя қилиш имконини яратади.

Яна бир эътиборли жиҳати, эркакларга оталик таътили жорий этилиши кўзда тутилмоқда. Фарзандли бўлган эркаклар ўз хоҳишларига кўра, фарзанд туғилган кундан бошлаб 30 кун ичида беш кунлик оталик таътилини олишлари мумкинлиги қонун лойиҳасида ўз аксини топган.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

13 Nov, 16:33


Bugun O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashida Toshkent shahri va tuman Kengashlariga saylangan deputatlarning ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda partiya rahbari Abdushukur Xamzayev xalqning ishonchi bilan mas’uliyatli vazifaga kirishayotgan yangi deputatlar faoliyatiga omad tilab, partiya maqsadlarini amalga oshirish va elektorat manfaatlarini himoya qilishda turli sohalarda uzoq yillar ishlab, orttirilgan katta tajribalari muhim ahamiyat kasb etishi haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, yig‘ilishda deputatlik faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajriba almashish va amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisob berish maqsadida doimiy yig‘ilish o‘tkazib turish bo'yicha kelishib olindi.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

06 Nov, 14:41


Partiyamiz tomonidan yovvoyi hayvonlarni uy sharoitida xonakillashtirishga urinish natijasida tutqunlikda uzoq yashay olmaydigan ayrim jonivorlar halok bo‘layotganligi haqida bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan ba’zi bir yurtdoshlarimiz tomonidan hamon ularni uyda saqlash holatlari kuzatilayotgan edi.

Va nihoyat, hukumatning tegishli qarori bilan jismoniy shaxslar tomonidan saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Qaroriga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab:

— (suratlardagi) ro‘yxatda keltirilgan yovvoyi hayvonlarni jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sun’iy muhitda yoki tutqunlikda saqlash;

— yovvoyi hayvonlardan davlat yoki mobil sirklarida tomoshalar o‘tkazish maqsadida foydalanish va ularni tutqunlikda saqlash taqiqlanadi.

▫️ro‘yxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlar ekologiya vazirligining ruxsatnomalari asosida belgilangan tartibda faqat yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan hayvonot bog‘lari va pitomniklarda (terrarium, okeanarium, serpentariy va boshqalar) saqlanishi mumkin.

Manba

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

06 Nov, 07:48


O‘zbekiston Ekologik partiyasi olimlar korpusi vakillari tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi uchun "Ko‘chat ekish" qo‘llanmasi ishlab chiqilgan.

Qo‘llanmada ko‘chat ekishning agrotexnik qoidalari haqida batafsil ma’lumot berilgan va ayni ko‘chat ekish mavsumida bu siz uchun albatta foydali bo‘ladi.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube Tube

Аbdushukur Xamzayev

04 Nov, 16:12


Toshkent shahrida atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilishi zarur

So‘nggi vaqtlarda Toshkent shahrida atmosfera havosining yomonlashib borayotgani barchani birdek xavotirga solmoqda. Jumladan, kuni kecha Havo sifati indeksi (AQI) bo‘yicha jahon reytingida poytaxtimiz yana dunyodagi havosi yomonlashgan shaharlar ro‘yxatida qayd etildi.

Tahlillarga ko‘ra, yirik shaharlarimizda atmosfera havosining yomonlashuvida eng ko‘p zararli tashlamalar turg‘un manbalar va transport vositalarining ulushi yuqori hisoblanadi.

Batafsil

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube Tube

Аbdushukur Xamzayev

02 Nov, 10:45


Bugun hududiy partiya tashkilotlari raislari ishtirokida saylov yakunlarini tahlil qilib, kelgusidagi vazifalarni belgilab oldik.

Avvalo, saylov jarayonlarida yelkama-yelka turib, fidoyilik bilan mehnat qilgan barcha partiyadoshlarimiz, safdoshlarimiz, Markaziy Kengash xodimlari, hududiy, tuman, shahar partiya tashkilotlari raislari va xodimlariga minnatdorlik bildirdik.

Shuningdek, saylovoldi dasturimizda belgilangan 200 ga yaqin maqsad va vazifalarni amalga oshirish, partiya vakillari hamda deputatlarning faol hamkorligida ekologik muammolarni bartaraf etish bo‘yicha rejalar belgilab olindi.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube Tube

Аbdushukur Xamzayev

25 Oct, 15:55


Атроф-муҳит муҳофазаси биринчи галдаги вазифамиз бўлиши керак

Тошкент кимё-технология институтида "Экология ва атроф-муҳитни муҳофаза қилишдаги замонавий инновацион технологиялар" мавзусида республика илмий-техникавий конференция бўлиб ўтди.

Ўзбекистон Экологик партияси ҳамда Тошкент кимё-технология институти ҳамкорлигида ташкил этилган тадбирда партия Марказий Кенгаши раиси Абдушукур Хамзаев сўзга чиқиб, бугунги экологик вазият, минтақамиздаги экологик муаммолар ва уларни бартараф этиш бўйича олиб борилиши зарур бўлган масалаларга тўхталиб ўтди.

— Анжуман бугунги экологик вазият учун зарур мулоқот платформаси бўлди. Албатта, бу каби мулоқотлар ўз самарасини беради, бундай тадбирларни кўпайтириш керак. Чунки, бугунги экологик ҳолат атроф-муҳит муҳофазасига оид масалалар биринчи галдаги вазифамиз бўлиши кераклигини ҳаётнинг ўзи кўрсатиб турибди, деди партия раҳбари.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

25 Oct, 08:01


25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni

Har bir mamlakatning taraqqiyoti va yuksalishida undagi tinchlik-osoyishtalik muhim ahamiyat kasb etadi. Bugun yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalikda ichki ishlar organlari xodimlarining o‘rni beqiyosdir. Qolaversa, ekologik qoidabuzarliklarning oldini olish va bartaraf etishda ham ularning beminnat xizmatlari alohida e’tirofga munosibdir.

Fursatdan foydalanib, “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan tizimda xizmat qilayotgan barcha xodimlarni kasb bayrami bilan muborakbod etaman. Oilangizga tinchlik-xotirjamlik, o‘zingizga esa salomatlik tilayman. Mas’uliyatli va sharafli kasbingiz, yurt osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilishdan hech qachon charchamang.

Abdushukur Xamzayev,
O‘zbekiston Ekologik partiyasi
Markaziy Kengashi raisi


Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

24 Oct, 16:46


#Saylov_2024
#Ekopartiya

Bugun O‘zbekiston Ekologik partiyasi vakillari, nomzodlarimiz, hatto, partiya raisi ishtirokida hududlarda saylovoldi targ‘ibotlari, xonadonma-xonadon yurib, partiyamizga targ‘ib qilish, saylovlarda faol ishtirok etishga chorlovchi tadbirlar jadal davom etmoqda.

Ana shunday targ‘ibot ishlari Navoiy viloyatining Xatirchi tumanidagi mahallalarda partiya rahbari Abdushukur Xamzayev ishtirokida olib borildi.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

24 Oct, 04:33


#Saylov_2024
#Ekopartiya
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Shahrisabzda O‘zbekiston Ekologik partiyasining saylovoldi ommaviy tadbiri o‘tkazildi.


Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

24 Oct, 03:13


#Saylov_2024
#Ekopartiyaga_ovoz_bering

Kecha shuningdek, Samarqand viloyati Urgut tumanida bo‘lib, saylovchilar bilan uchrashdik. Fuqarolarimiz bilan uchrashuvlarda aholining atrof-muhitga tobora e’tiborli bo‘lib borayotganiga guvoh bo‘lyapman.

Uchrashuvdan so‘ng xonadonlarga kirib, saylovchilar bilan suhbatlashdik. Dasturimizdan o‘rin olgan aholi salomatligini saqlash, "yashil" iqtisodiyotga o‘tish, oziq-ovqat xavfsizligiga erishish va bioxilma-xillikni saqlashga qaratilgan tashabbuslarimiz haqida tushuntirishlar berib o‘tdik.

Yuqorida aytganimdek, aholimiz ona tabiatga befarq emas va partiyamizni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdi.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

23 Oct, 15:25


#Saylov_2024
#Ekopartiya

Bugun Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi bir qancha mahallalarda saylovchilar bilan uchrashdim.

Ularni kutilayotgan saylovlarda faol ishtirok etishga chorlash barobarida partiyamizning takliflari haqidagi fikrlari bilan qiziqdim.

E’tiborli tomoni, aholimiz atrof-muhitga va siyosiy jarayonlarga befarq emas. Sog‘lom kelajak va toza tabiiy muhitni istovchi saylovchilar O‘zbekiston Ekologik partiyasi va uning nomzodlarini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdi.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

23 Oct, 06:17


#Saylov_2024
#Ekopartiya

🗣Shahrisabzda partiyamizning navbatdagi saylovoldi ommaviy tadbirini o‘tkazdik. Juda ko‘taringki ruhda o‘tdi. Qashqadaryoliklar atrof-muhitga befarq emas.

🌱Sog‘lom kelajak uchun qayg‘uradigan barcha yurtdoshlarimizni partiyamiz va uning nomzodlariga ovoz berishga chaqiraman.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

22 Oct, 17:35


#Saylov_2024
#Ekopartiya

DIYOR YANGILIKLARI | O‘zbekiston Ekologik partiyasi vakillari hamda nomzodlari tomonidan joylarda saylovchilar bilan uchrashuvlar davom etmoqda.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

22 Oct, 17:25


#Saylov_2024
#Ekopartiya
#Ommaviy_tadbir

Ilgari surilayotgan har bir maqsadning naqadar dolzarb va hayotiy zarurat ekanligi yana bir bor qayd etilib, qashqadaryolik saylovchilar O‘zbekiston Ekologik partiyasi va uning nomzodlariga ovoz berishga chaqirildi!


Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

Аbdushukur Xamzayev

22 Oct, 13:59


🔴#live
#Saylov_2024 #Ekopartiya
#Ommaviy_tadbir

Har bir insonning sog‘lom atrof-muhitga ega bo‘lishi, musaffo havodan nafas olishi, toza ichimlik suvi, xavfsiz va ekologik toza oziq-ovqat iste’mol qilishi, kelajak avlodlarimiz uchun munosib Vatan qoldirish uchun bugundan, hozirdan aniq amaliy choralar ko‘rish – O‘zbekiston Ekologik partiyasining asosiy talablaridan ekanligi so‘zga chiqqanlar tomonidan alohida ta’kidlab o‘tildi.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube