EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿 @ekologuz Channel on Telegram

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

@ekologuz


Ekologiya boʻyicha eng soʻnggi yangiliklar. @ekologuz🇺🇿Последние новости на экологические темы из Узбекистана. @ekologuzru🇷🇺 The latest news on environmental issues from Uzbekistan @ekologuzenglish🇬🇧

Savol va takliflar uchun bot: @eklguz_bot

Ekologiya Yangiliklari (Uzbek)

Ekologiya sohasidagi eng so'nggi yangiliklarni o'zining biror telegram kanalida topishingiz mumkinmi? Albatta, @ekologuz kanali sizga Uzbekistondagi ekologiya muammolariga oid eng so'nggi yangiliklarni taqdim etadi. Kanal orqali ekologiya sohasida o'tkazilayotgan tadbirlar, loyihalar va muhim masalalar haqida ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin. @ekologuzkanalida har kuni yangi maqolalar, yangi ilmiy tadqiqotlar va yangi ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin. Agar siz ekologiya sohasidagi eng so'nggi yangiliklarni bilib olishni xohlaysiz, @ekologuz kanaliga obuna bo'ling. Sizga yaxshi ko'rishimizni va istalgan savollaringiz uchun @eklguz_bot bilan bog'lanishingiz mumkin.

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

19 Feb, 16:04


#Samarqand_viloyati

Zarafshon daryosida noqonuniy qum-shag‘al qazish oqibatida katta zarar yetkazildi

Samarqand viloyati hududidan oqib oʻtuvchi Zarafshon daryosida moratoriy joriy etilishiga qaramay, daryo bo‘yi hududida so‘nggi olti oy davomida noqonuniy ravishda noruda foydali qazilmalardan foydalanish holatlari kuzatilgan. Ushbu noqonuniy faoliyatning oldini olish maqsadida o‘tkazilgan nazorat reyd tadbirlari davomida 8 ta huquqbuzarlik aniqlangan.

Mazkur huquqbuzarliklar natijasida tabiiy obyektlarga jami 105 milliard 521 million 903 ming so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan.

Hozirda ushbu huquqbuzarliklar bo‘yicha qonuniy chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Bu haqda Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz sahifasida oʻqing. Bizni kuzatib boring va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

19 Feb, 13:01


#Buxoro_viloyati
#Rasmiy_munosabat

Kanalimizda e'lon qilingan Kogon-Buxoro yoʻlida daraxtlarning qoʻporilishi bilan bogʻliq tarqalgan video murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

A-380 "Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beynau" avtomobil yoʻlining 218-228 km (20 km) qismida rekonstruksiya qilish loyihasi doirasida qurilish taʼsir doirasiga tushgan jami 1824 tup mevali hamda manzarali daraxtlar qonunchilik talablari asosida holi hududlarga ko‘chirib oʻtqazilmoqda. Ushbu jarayon Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 464-sonli qarorining 5-bob 33-bandiga muvofiq amalga oshirilayotganligini ma’lum qilamiz.

Shuningdek, 1824 tup daraxtning 151 tupi Boqiy Buxoro majmuasi hamda Yangi Oʻzbekiston bogʻiga ko‘chirib oʻtqazilganligini bildirgan holda, qolgan daraxtlarni ham holi hududlarga ko‘chirish ishlari izchil davom ettirilayotganini qayd etamiz.

Ma’lumot uchun, A-380 "Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beynau" yoʻlida rekonstruksiya ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayon davomida loyiha doirasiga tushgan barcha daraxtlar ekologik talablar va amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda yangi joylarga ko‘chirib oʻtqazilishi ta’minlanadi.

Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz sahifasida oʻqing. Bizni kuzatib boring va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

19 Feb, 10:03


#Toshkent_shahri

Toshkent shahri Olmazor tumani Qora qamish 1/3 dahasida joylashgan Qichqiriq mahalla binosi yonida 2 ta sog‘lom daraxt mahalla mutasaddilari buyrug‘i bilan kesib tashlangan.

Murojaatchining aytishicha, sog‘lom daraxtlarni nega kesishayotganini so‘raganida, mahalla raisi M.Ismoilova daraxtlarni kesishga u buyruq berganini va u yerga mevali daraxtlar ekilishini aytgan. Ammo fuqaro mevali daraxtlar ekilgan taqdirda ham, bu yashnab turgan va yoz bo‘yi o‘zi sug‘organ daraxtlar bog‘ yaratishga xalaqit bermasligini bildirmoqda.

Toshkent shahar ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasidan mazkur holatga huquqiy baho berish va aybdorlarga nisbatan chora ko‘rishlariga umid qilamiz.

Toshkent shahar "O‘zsuvta'minot" xodimlaridan mazkur muammoga e'tiborlarini qaratishlarini so‘rab qolamiz. ☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz sahifasida oʻqing. Bizni kuzatib boring va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

19 Feb, 07:34


#Toshkent_shahri

Toshkent shahri Yashnobod tumani Shirinobod mahallasi Marv ko‘chasi, eski bozorchaning yoni, somsaxona oldidagi lotokka toza ichimlik suvi oqadi. Murojaatchilarimizning yozishicha "2 yildan buyon
toza vodoprovod suvi ishlamayotgan korxonani ichidan yorilgan trubani vodokanal tuzatmasdan lotokka oqizib qo‘ygan. Shuncha suv 2 yildan buyon isrof bo‘lmoqda".

Toshkent shahar "O‘zsuvta'minot" xodimlaridan mazkur muammoga e'tiborlarini qaratishlarini so‘rab qolamiz. ☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz sahifasida oʻqing. Bizni kuzatib boring va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

19 Feb, 05:05


#Toshkent_shahari

Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan Korzinka van AVTOritet oldidagi katta daraxtning tagini betonlab tashlashgani haqida kanalimizga murojaat kelib tushdi.

Mazkur holatni Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Mirzo Ulug‘bek tuman inspektorlari o‘rganib chiqishlarini va daraxtni qutqarishlarini so‘raymiz.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz sahifasida oʻqing. Bizni kuzatib boring va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

19 Feb, 01:03


❗️Toshkentliklardan daraxtlarni noqonuniy kesish holatlari haqida xabar berish so‘raladi

Poytaxt hokimligining eslatishicha, bunday qoidabuzarliklar guvohlari ma’lumotlarni Ekologiya vazirligining Uznature.uz rasmiy sayti, shuningdek quyidagi telefon raqamlari orqali yuborishlari mumkin:

🖼71 277-75-43, 71 236-26-66 (Davlat ekologiya qo‘mitasi);

🖼71 233-72-33, 71 233-71-47 (Toshkent shahar IIB);

🖼71 268-36-86 (Hududiy inspeksiya).
☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz sahifasida oʻqing. Bizni kuzatib boring va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

18 Feb, 16:04


Yordam kerak! Buran hali ham hayot uchun kurashmoqda!

Do‘stlar, sizlar Buranni eslaysizmi? U hali ham hayoti uchun kurashmoqda, ammo afsuski, u haqida asta-sekin unutishmoqda…

Har kuni unga quyidagilar zarur:
🔹 Sifatli muvozanatli oziq-ovqat
🔹 Xom go‘sht
🔹 Dori-darmonlar, pampers va tagliklar
🔹 Maxsus parvarish va g‘amxo‘rlik

Sarflar juda katta, ammo yordam tobora kamaymoqda…

Umid bor!

Mehribon insonlarning yordamida Buran oyoqqa turishni boshladi, hatto yurishga harakat qilmoqda! ❤️

Bu jarayonda Guzalya ulkan yordam ko‘rsatmoqda. U Buranni bepul o‘z bag‘riga oldi va har kuni uning sog‘lig‘i uchun kurashmoqda. Biroq u yolg‘iz buni uddalay olmaydi!

🙏 Har bir hissa – bu imkoniyat! 🙏 Har bir so‘m – uning hayotini o‘zgartirishi mumkin! 🙏

📌 Iltimos, befarq bo‘lmang, yordam bering!
💳 Yordam uchun karta: 8600 0610 7395 2979
📢 Hisobot guruhi: t.me/+QRwVZHbrp9g4NGM6
📞 Aloqa uchun: 📲 +998 90 953 17 71 (Katya) 📲 +998 99 692 36 15 (Guzalya)

🙏 Buran birga qutqaramiz! U yolg‘iz qolmasligi kerak…

🔄 Repost uchun alohida minnatdorlik! Qanchalik ko‘p odam ko‘rsa, Buranni qutqarish imkoniyati shuncha ortadi! 🙏

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz sahifasida oʻqing. Bizni kuzatib boring va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

18 Feb, 13:04


#Toshkent_shahri

Yuksalish harakati: “’Ekolog va faollarning targ’ibot masalalaridagi salohiyatini oshirish” seminari


2025-yil Fevral Toshkent

Toshkent shahrida “Yuksalish” harakati tomonidan “Ekolog va faollarning targ’ibot masalalaridagi salohiyatini oshirish mavzusidagi” maxsus trening tashkil etildi. Tadbirda eko-jurnalistlar, atrof-muhit himoyasi faollari va yuristlar ishtirok etib, jamoatchilik manfaatlarini himoya qilish, ekologik muammolarni hal etish va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha eko kampaniyalar tashkil etish usullari bilan tanishdilar.

Trening davomida ekologiya sohasidagi qonunchilik, edvokasi kampaniyalari, maqsadli auditoriyaga murojaat qilish va loyihalarni samarali tashkil etish kabi mavzular muhokama qilindi. Tajribali trenerlar ishtirokchilarga ekologik siyosat va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalar bilan tanishish imkoniyatini yaratdilar.

Tadbirning asosiy qismida ishtirokchilar 3 ta guruhga bo‘linib, ekologik muammolarni hal qilish va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha o‘z rejalarini ishlab chiqdilar. Shuningdek, ular Global Greengrants Fund tomonidan e’lon qilingan atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalar uchun grant tanloviga ariza topshirishga kelishib oldilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilar yangi o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarni kelajakda o‘z faoliyatlarida qanday qo‘llashlari haqida fikrlarini bildirdilar.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz sahifasida oʻqing. Bizni kuzatib boring va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

18 Feb, 10:02


#Jizzax_viloyati

Jizzaxdagi Texron kafesi oldidagi archalar quriy boshladi


Jizzax shahrida joylashgan Texron kafesi oldidagi archalar so‘lishi mahalliy aholining e’tiborini tortmoqda. Yaqinda ushbu hududni ko‘p qavatli uy qurilishi uchun ajratilgani haqida gap-so‘zlar tarqalgan. Aholi daraxtlarning asta-sekin yo‘q qilinayotgani va bu jarayon sun’iy ravishda amalga oshirilayotganidan shubhalanmoqda.

Mahalliy kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, yo‘lning boshqa tomonidagi archalar yaxshi saqlanib turgan bo‘lsa-da, faqatgina ushbu hududdagi daraxtlar to‘satdan quriy boshlagan. 20-25 yil davomida hech qanday muammo kuzatilmagan daraxtlarning birdan so‘lishi, noqonuniy harakatlarning belgisimi, degan savollarni tug‘diradi.

Jizzax viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi ushbu holatni o‘rganib chiqib, daraxtlarning nobud bo‘lish sabablari va muqobil yechimlarni aniqlashi zarur. Noqonuniy harakatlarning oldini olish hamda yashil hududlarni asrash uchun jamoatchilik va mutasaddi idoralar birgalikda ishlashi muhimdir.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz sahifasida oʻqing. Bizni kuzatib boring va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

18 Feb, 07:35


#Toshkent_shahri

Chinozda ekologik muammo: Perfect Paper Group chiqindi suvlarini toza zovurga oqizmoqda


Toshkent viloyati Chinoz tumanida joylashgan Perfect Paper Group korxonasi makulatura (qog‘oz chiqindilari)ni qayta ishlash sexi faoliyat yuritmoqda. Ammo ushbu korxona o‘zining ishlab chiqarish jarayonidan chiqayotgan ifloslangan suvlarni toza zovurga oqizayotgani haqida mahalliy aholi tashvish bildirmoqda.

Ushbu holat uzoq vaqtdan beri davom etayotgani bois atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazilayotgani aytilmoqda. Toza zovurga oqizilayotgan chiqindi suvlarda turli kimyoviy moddalarning mavjudligi mahalliy ekologlar tomonidan qayd etilgan. Bu esa zovur suvi orqali ekin maydonlariga ham yetib borib, tuproq va suv resurslarini ifloslantirish xavfini tug‘diradi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ishlab chiqarish chiqindi suvlarini tozalash tizimi yo‘lga qo‘yilmagani yoki yetarli darajada samarali ishlamayotgani atrof-muhitga jiddiy ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Bunday holatlar mahalliy flora va fauna uchun zararli bo‘lishi bilan birga, aholi salomatligiga ham tahdid solishi mumkin.

Ekologik qonunchilikka muvofiq, har qanday ishlab chiqarish korxonasi chiqindi suvlarni maxsus tozalash inshootlarida filtrdan o‘tkazishi va faqat sanitariya-me’yorlariga javob beradigan holdagina tabiiy suv havzalariga chiqarishi kerak. Ammo Perfect Paper Group kompaniyasi bu talablarni bajarmayotgani haqida ma’lumotlar mavjud.

Mazkur holat bo‘yicha tegishli tashkilotlar, jumladan, Ekologiya vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi va atrof-muhit himoyasi bilan shug‘ullanuvchi mutasaddilar tomonidan tekshiruv o‘tkazilishi zarur. Mahalliy aholi va ekologik faollar bu masala bo‘yicha jamoatchilik e’tiborini qaratish va muammoni hal qilish yo‘lida chora-tadbirlar ko‘rilishini talab qilmoqda.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz sahifasida oʻqing. Bizni kuzatib boring va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

18 Feb, 04:33


#Andijon viloyati

Andijonda navbatdagi vahshiylik

Andijon viloyati, Xo‘jabod tumani “Mustaqillikka 27 yil” qishloq fuqarolar yig‘inida boshpanasiz itlarni tutish xizmati xodimlari tomonidang aholi gavjum joyda, bolalar ko‘z o‘ngida itlarni otib tashlashgan.

O‘smirlar bu vahshiylikning barchasini videoga olishgan va kelajakda "jonivorlarga qanday munosabatda bo‘lish kerakligini" o‘rganishgan. “Mustaqillikka 27 yil” qishloq fuqarolar yig‘iniga yetib borgan “Ekolog” jamoat birlashmasining zooko‘ngillilari jonivorlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘layotgan shaxslar yuzasidan huquq-tartibot idoralariga ariza bilan murojaat qilishdi.

Umid qilamizki, bu bayonot ko'rib chiqiladi va aybdorlar jazolanadi. Boshpanasiz jonivorlarni tutish xizmati xodimlari qaysi hujjat asosida aholi punktida qurol ko‘tarib yurishiga ruxsat berilgan? Jonivorlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lish va xatti -harakatlari bidan shafqatsizlitkni targ‘ib qilish esa alohida modda...

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz sahifasida oʻqing. Bizni kuzatib boring va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

07 Feb, 14:32


#Jizzax_viloyati Jizzaxda jurnalist va blogerlar uchun ekologik korrupsiya bo‘yicha trening o‘tkazildi

2024-yil 6-7-fevral kunlari Jizzax viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va BMT Taraqqiyot Dasturining Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimni mustahkamlash” loyihasi moliyaviy ko‘magida “Ekolog” jamoat birlashmasi tomonidan “O‘zbekiston jurnalist va blogerlarining ekologik korrupsiya mavzusini yoritish bo‘yichabilim va salohiyatini oshirish” mavzusidagi “Ekolog” jamoat birlashmasi tomonidan jurnalist va blogerlar uchun ikki kunlik trening tashkil etildi.

Loyihaning maqsadi: Trening jurnalist va blogerlarning ekologik korrupsiya muammolarini samarali tadqiq etish va yoritish bo‘yicha kasbiy ko‘nikma va bilimlarini mustahkamlashga qaratildi. Seminarda soha mutaxassislari, jumladan, fan doktori, professor, “Ekolog” jamoat birlashmasi rahbari Nargis Qosimova hamda tashkilotning matbuot kotibi Feruzbek Sayfullayev ishtirok etdi.

Trening dasturi: Ikki kunlik trening davomida qatnashchilar quyidagi mavzularda nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi:

-Ekologik korrupsiya tushunchasi va uning shakllari (poraxo‘rlik, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish, soxta ekologik loyihalar, tabiiy resurslarni noqonuniy taqsimlash);
-Ekologik korrupsiyaga qarshi kurashishda xalqaro tajriba;
-Qonunchilik va ekologiya sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlik;
-Ekologik korrupsiyani tekshirish va manbalar bilan ishlash usullari;
-OSINT vositalari orqali atrof-muhitga oid korrupsiyani aniqlash;
-Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida korrupsiya xavf-xatarlari yuqori bo‘lgan 12 ta funksiya;
-Ekologik korrupsiya bo‘yicha jurnalistik surishtiruv o‘tkazish;
-Anonim manbalar bilan ishlash metodikasi;
-Bosim ostida qolgan jurnalistlarni himoya qilish strategiyalari.

Ushbu trening jurnalist va blogerlarning ekologik korrupsiya mavzusida mustaqil tadqiqotlar olib borish imkoniyatlarini oshirish, korrupsiya bilan bog‘liq holatlarni fosh etish va jamiyatni xabardor qilish salohiyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Ekologik korrupsiya muammosi nafaqat tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish, balki butun ekologik tizim barqarorligiga tahdid soladigan jiddiy masala hisoblanadi. Shu bois, jurnalist va blogerlarning mazkur muammoga oid bilimlarini oshirish hamda ularning jamiyatdagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi. Trening yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi va ular ekologik jurnalistika bo‘yicha o‘z faoliyatlarini davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. ☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

07 Feb, 10:03


Tayinlov

Hasanov Sharifbek Shamsiddinovich

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Sharifbek Hasanov 1990-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 2013-yilda Buyuk Britaniyaning Kardiff Metropolitan universiteti (bakalavr), 2015-yilda Buyuk Britaniyaning Surrey universiteti (magistratura)ni tamomlagan.

Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi hamda turli davlat boshqaruv organlarida faoliyat yuritgan.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

07 Feb, 07:34


#Samarqand_shahri

Samarqandda hayvonlarga qarshi zo‘ravonlik: Bu qanday Adolat?

Samarqand Farxod posyolkasi ko‘chalarida boshpanasiz hayvonlarni zaharlash orqali shafqatsizlarcha o‘ldirish holatlari yuz bermoqda. Bechora jonivorlar og‘riq va azob ichida jon bermoqda, va bu shunchaki bir voqea emas – bu insoniylikka zid, vahshiy harakatdir!

Nega ularni yo‘q qilish kerak? Har bir tirik mavjudot yashash huquqiga ega! Alloh barcha jonzotlarni yaratgan bo‘lsa, ular ham yer yuzida o‘z o‘rniga ega emasmi? Axir, muqobil echimlar bor: qator davlatlar singari hukumat o‘z zimmasiga boshpanasiz hayvonlarni emlash, kastratsiya va sterilizasiya qidish orqali ko‘payishini olish, davlat barcha viloyat va tumanlarda, priyutlari qurish (O‘zbekistonda barcha priyutlar xususiy va ularning hayvonlarni davolash va boqishga puli yo‘q!),ta'lim muassasalariga ekologiya darsligini kiritish (unda albatta boshpanasiz hayvonlarga mehr ko‘rsatish darslari bo‘lishi shart) olishi shart! Lekin nega eng shafqatsiz yo‘l tanlanmoqda?

Kim aybdor? Kim javobgar?

Bu shafqatsizlik ortida kim turgani muhim emasmi? Bunday vahshiylikka kim ruxsat berdi? Hayvonlarga qarshi bunday munosabat nafaqat axloqan, balki qonunan ham qabul qilib bo‘lmaydigan holat. Aybdorlar jazolanishi kerak!

Yaratganning oldida ham, jamiyat oldida ham bu jinoyat hisoblanadi. Hayvonlarga qilingan shafqatsizlik bejiz o‘tmaydi – bu insonlarning o‘z hayotiga ham ta’sir qiladi. Mehr-shafqat yo‘q bo‘lsa, jamiyatning kelajagi qanday bo‘ladi?

Kelajagimiz qanday bo‘ladi?

Bizning bolalarimiz bularning barchasini ko‘rib ulg‘aymoqda. Ular atrof-muhitdan saboq oladi, va agar zo‘ravonlik odatiy holga aylansa, biz qanday avlodni tarbiyalayapmiz? Axir, inson bolaligi va tarbiyasidan kelib chiqib shakllanadi. Biz mehribon, adolatli va rahm-shafqatli jamiyatni xohlaymizmi yoki befarqlik va vahshiylikka ko‘nikib ketamizmi?

Adolat uchun chora ko‘rish vaqti keldi!

Biz shafqatsizlikka qarshi jim turmaymiz! Bu adolatsizlikka barham berilishi shart! Hayvonlarga qarshi vahshiylikni to‘xtatish uchun jamoatchilik, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va mahalliy hokimiyat birgalikda harakat qilishi kerak. Axir, insoniylik – bu faqat odamlar orasidagi munosabatlargina emas, balki bizning barcha tirik mavjudotlarga bo‘lgan munosabatimiz hamdir.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

07 Feb, 05:02


#Toshkent_viloyati
#Rasmiy_munosabat

“Toshkent viloyati suv taʼminoti” mas’ullari joyga chiqib, vaziyatni oʻrganishdi.

"Vaziyat o‘rganilganda,  Toshkent-Bekobod magistral kanalizatsiya tarmoqlarining quduqlari yoʻl kengaytirish jarayonida toʻlib qolganligi maʼlum boʻldi.

"Nurafshon shahar suv taʼminoti" ishchi guruhi tomonidan quduqlarni maxsus texnika vositalari bilan tozalash ishlari olib borilmoda", deyiladi xabarda.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

07 Feb, 01:05


#Toshkent_shahri

Zak – Axlatni Og‘zida Tashigan It Yoki Odamlarga Dars?


Toshkent ko‘chalarida bir it – Zak laqabli nemis afcharkasi – chiqindini og‘zida ko‘tarib, axlat qutisiga tashlagani haqidagi video internetda tarqalib, juda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘ldi. Odamlar jonivorning bu harakatidan hayratga tushdi: axir, atrof-muhitni toza saqlash odamlarning o‘ziga tegishli emasmi?

Ko‘pchilik itning ongli ravishda bu ishni qilgan-qilmaganini muhokama qilar ekan, asosiy masala ko‘zdan chetda qoldi – nega axlatni joyiga tashlash odatiy hol bo‘lishi kerak bo‘lgan jamiyatda bunday hodisa shunchalik katta shov-shuvga sabab bo‘ldi?

Kimdan O‘rnak Olishimiz Kerak?

Ekologik mas’uliyat borasida jonivorlar odamlarga saboq berayotganining o‘zi achinarli hol. Axir, chiqindilarni to‘g‘ri tashlash madaniyati har bir fuqaroning oddiy burchi bo‘lishi kerak. Toshkentda axlatni istagan joyga tashlab ketish, plastik qutilarni yo‘llarga uloqtirish, parklar va jamoat joylarini ifloslantirish hali ham keng tarqalgan muammo.

Zakning bu harakati ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab ijobiy izohlar bilan kutib olindi. “Hozir odamlar ham axlatni to‘g‘ri tashlashni o‘rganishsin” yoki “Jonivor atrof-muhit haqida odamzoddan ko‘ra ko‘proq qayg‘urmoqda” kabi sharhlar ko‘p uchradi. Bu esa shuni ko‘rsatadiki, ko‘pchilik axlat tashlash madaniyatining past darajada ekanini tan oladi, lekin bu borada amalda yetarlicha harakat qilmaydi.

Jonivorlarning Harakati Odamlarni O‘zgartiradimi?

Bu kabi hodisalar ko‘proq e’tibor tortadi, lekin muhim masala – bu faqat vaqtinchalik muhokamalar bilan cheklanib qolmasligi kerak. Agarda har bir inson shahar ko‘chalarini, tabiatni toza saqlashga hissa qo‘sha olsa, bunday videolar hayratlanarli emas, balki odatiy holga aylanardi.

Zak – bu bir misol. U odamlarni harakatga undashi mumkin. Ammo mas’uliyat oxir-oqibat bizning o‘zimizga bog‘liq: axlatni o‘z joyiga tashlash, qayta ishlashga e’tibor qaratish va atrof-muhitni muhofaza qilish madaniyatini shakllantirish har bir fuqaroning burchi ekanini unutmasligimiz kerak.

Shunday ekan, Zakdan o‘rnak olamizmi yoki bu videodan zavqlanib, keyin yana eski odatlarni davom ettiramizmi? Tanlov o‘zimizga bog‘liq.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

06 Feb, 16:04


#Qoraqalpog'iston
#Ekolog_jamoat_birlashmasi

Qoraqalpog‘istonda "Mehr darslari" haftaligi davom etmoqda

Bugungi kuning birinchi yarmida, Nukus shahridagi 4-sonli umumta'lim maktabida Ekolog jamoat birlashmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi volontyorlari tomonidan "Mehr darslari" tashkil etildi.

Dars davomida o'quvchilarga, tabiatni muhofaza qilish va boshpanasiz hayvonlarga mehr ko'rsatish bo'yicha ma'lumotlar berilib o'tildi. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda va sayyoramizga g'amxo'rlik qilish muhimligini alohida ta'kidlab o'tildi. Eng asosiysi tabiatni asrash va hayvonlarga ham mehr bilan munosabatda bo'lishi va asrab-avaylash kerakligini aytib o'tildi.

Mehr darslari Qoraqalpog‘iston Respublikasida hali davom etadi va volontyorlar doimo harakatdan charchamaydi.

Orol dengiz yoshlari volontyorlar klubi matbuot xizmati

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

26 Jan, 16:05


🌦 Bulutlar haqida qiziqarli fakt

Bulutlar mayda suv tomchilari yoki muz kristallaridan tashkil topgan bo‘lib, ular atmosferada osilib turadi. O‘rtacha bulut zichligi taxminan 0,5 g/m³ (0,0005 kg/m³) ni tashkil qiladi.

Agar bulutning hajmi 1 km³ (1 000 000 000 m³) bo‘lsa, u holda uning taxminiy og‘irligi 500 tonna bo‘ladi.

Bulutlar havoda suzib yurishining sababi shundaki, ularning zichligi atrofdagi havo zichligidan pastroq. Shu tufayli bulutlar atmosferada muallaq turadi va yerga tushmaydi.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

26 Jan, 13:05


🦛 Begemotlar suvda yashashga moslashgan bo‘lib, ular uyqu paytida ham avtomatik ravishda suv yuzasiga chiqib, nafas olib, yana suv ostiga qaytishlari mumkin. Bu reflektor mexanizm ularga uyqu vaqtida cho‘kib ketmaslikka yordam beradi.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

26 Jan, 10:03


🌿Bolalarga ekologiya saboqlarini beruvchi yangi animatsion serial

Kuni kecha Toshkent shahridagi Kinochilar uyida “Yashil makon” animatsion multserialining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan yaratilgan multserialda, ekologiya, tabiatni asrash va milliy qadriyatlar bilan bog‘liq turli mavzular yoritiladi.

🎬Multserialda yosh eko qahramonlar – Jasur, Binafsha va uning do‘stlari, Metin va Zuv-zuvlar orqali bolalarga atrof-muhitni asrash, suvdan oqilona foydalanish, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash, daraxt ekish va uni parvarishlash kabi muhim saboqlar beriladi.

📹Multfilm 3D va 2D grafika asosida tayyorlangan bo‘lib, jami 30 qismdan iborat. Har bir qism – 12 daqiqa. Ayni vaqtda multfilmning 1-2-qismlari tayyor bo‘lgan. Ilk qismlar bugun 19:00 da “Yashil makon” Youtube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

26 Jan, 07:28


Dunyo bo'ylab har yili 100 000 dan ortiq sutemizuvchilar, qushlar va baliqlar tashlab ketilgan politilien paketlar tufayli nobud bo‘lishadi. Hayvonlar ularni eyishadi yoki o‘ralib, bug‘ilib o‘lishadi.

Bir marta ishlatib, uloqtirayotgan paketingiz tufayli birorta jonivor nobud bo‘lishini o‘ylab ko‘ring. Balki politilien paketlar va bir martalik idishlardan voz kechish vaqti kelgandir? ☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

26 Jan, 04:59


Novosibirskda baliqchilar bot-bot shu yerda yashovchi tulki bilan ovlarini bo‘lishadilar, to‘g‘rirog‘i shu yerning xo‘jayini bo‘lgan tulki o‘ziga tegishli ov qismini hech qanday e'tirozlarsiz olib ketadi. ☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

26 Jan, 00:59


Qachondan buyon insoniyat to‘rt oyoqli do‘stlarimizning huquqlarini himolya qila boshladi? Savol umuman behuda emas: yaqin vaqtgacha hayvonlarga nisbatan utilitar yondashuv hukmron edi. Hech kim hayvonlarning o'z huquqlari va manfaatlariga ega bo'lishi mumkinligini o'ylamagan.
Ammo insoniyat bir asrdan ko'proq vaqt davomida bunga intilmoqda.

Margaret Kavendish, Nyukasl gersoginyasi. 1623 yilda tug'ilgan. O‘z ortida boy adabiy meros qoldirgan ijodkor adiba. Gersoginya doimiy ravishda ayollar huquqlarini himoya qilib keladi. U o'sha paytda hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo'lishga qarshi qattiq kurashdi, hayvonlar ustida har qanday tajribalarni taqiqlashga chaqirdi.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

25 Jan, 16:01


Rio-de-Janeyro hayvonot bog‘idagi hayvonlarga mevali muzqaymoqlar issiqlikni yengishga yordam bermoqda.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

25 Jan, 13:02


2025-yil 1-iyuldan boshlab «Ekofaol fuqaro» platformasiga o‘zi eggan daraxti to‘g‘risida ma’lumotlar kiritgan kambag‘al oilalar a’zolariga o‘rmon fondi yerlarida ekilgan har 100 ta daraxt uchun Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasidagi mablag‘lar hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida subsidiya ajratish tartibi joriy etiladi.

Bunda subsidiya yil davomida ikkiga bo‘lib (ko‘chatlar ekilgan vaqtda hamda ularni parvarishlash davridan keyin) teng ulushlarda to‘lanadi.

Manba

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

25 Jan, 10:02


🔰Qurilish maydonlarida atmosfera havosi ifloslanishiga sabab bo‘lgan mansabdorlarga javobgarlik belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Qurilish maydonlarida chang va qum zarrachalarining havoga koʻtarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablar belgilanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida”gi Qonun loyihasi ko’rib chiqildi.

https://gov.uz/oz/eco/news/view/34056

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

25 Jan, 07:32


#Toshkent_shahri

Matilda ismli timsohning taqdiri muhokamada


Bizga kelib tushgan murojaatga ko‘ra, Toshkent shahridagi ElVET veterinariya klinikasida Matilda nomli timsoh bolasi saqlanmoqda. Ushbu murojaatga Instagram sahifasidan olingan video ham ilova qilingan bo‘lib, unda klinika xodimlari Matilda katta bo‘lgach, uni Misrga qaytarish rejalari haqida gapirgan.

Tabiatni asrash bo‘yicha mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ekzotik hayvonlar tabiiy yashash muhitida yoki maxsus tayyorlangan qo‘riqxonalar sharoitida saqlanishi kerak. Yosh timsohning uzoq vaqt noto‘g‘ri sharoitda bo‘lishi uning sog‘lig‘i va tabiiy odatlari buzilishiga olib kelishi mumkin.

Matildaning kelajagi haqida qaror qabul qilishda ekologlar va biolog-mutaxassislarning maslahatiga rioya qilish lozim. Uni yoshligidayoq tabiiy muhitiga qaytarish yoki timsohlarni parvarishlash bo‘yicha tajribaga ega maxsus tashkilotga topshirish – hayvonning manfaatlari uchun eng to‘g‘ri qaror bo‘ladi.

Mazkur holatni atroflicha o‘rganish maqsadida Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi inspektorlaridan bu masalani chuqur o‘rganib chiqishlarini so‘raymiz.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

25 Jan, 05:04


#Samarqand_viloyati

Samarqand shahridagi 29-maktab yaqinida joylashgan ko‘p yillik daraxtlarning ildiz tizimiga zarar yetgani haqida bizga murojaat kelib tushdi. Mahalliy aholining ta’kidlashicha, bu holat qurilish ishlari yoki yer qazish faoliyati tufayli yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.

Mazkur hududdagi daraxtlar nafaqat shaharning tabiiy ko‘rinishini saqlash, balki ekologik muvozanatni ta’minlashda ham muhim rol o‘ynaydi. Ildiz tizimiga yetkazilgan zarar esa daraxtlarning nobud bo‘lishiga olib kelishi va atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Mazkur holatni atroflicha o‘rganish maqsadida Samarqand viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi inspektorlaridan bu masalani chuqur o‘rganib chiqishlarini so‘raymiz.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

12 Jan, 13:04


Kanalimizda “Yakkasaroy tumani, Tafakkur 22-A uy oldida daraxtlarni yo‘q qilishmoqda” mazmunidagi bizga kelib tushgan murojaatni e’lon qilgan edik.

Holat Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining Yakkasaroy tumani inspektori tomonidan o‘rganilganda, ushbu hududdagi daraxtlar xatlov qilinganligiga qaramasdan fuqaro S.B tomonidan noqonuniy kesib tashlanganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarlikni sodir etgan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtK ning 79-modda 1-qismi bilan 9.375.000 so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi hamda Vazirlar Mahkamasining 464-sonli qaroriga muvofiq 23.812.500 so‘m miqdorda tabiatga yetkazilgan zarar belgilanganligini ma’lum qilamiz.

Bu haqda bizga Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtu

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

12 Jan, 11:02


Tabby — rekord o‘rnatgan mushuk bo‘lib, u butun hayoti davomida 420 ta mushukcha dunyoga keltirgan.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtu

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

12 Jan, 10:03


Erkak Los-Anjelesdagi yong‘inlar tufayli uyidan ayrildi, ammo qutqaruvchilar uning mushukchasini qutqarib qolishga ulgurishgan - uy egasining hissiyotlarini videoda ko'rishingiz mumkin.

Eng qimmatli narsani qutqarib qolgandagi onlar❤️

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtu

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

12 Jan, 07:05


Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida 7 ta muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil qilinganini bilasizmi?

Qoraqalpog‘iston Respublikasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimiga 3 ta davlat qoʻriqxonasi, 3 ta milliy tabiat bogʻi va 1 ta biosfera rezervati kiradi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining umumiy maydoni 16,6 mln gektarni tashkil etsa, METHlarning hududi 3,704 mln gektarga yoki respublika maydonining 22,2 foiziga teng.

Jumladan, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati 68,7 ming gektar, "Saygachiy" majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasi 628,3 ming gektar, "Orolbo‘yi" milliy tabiat bog‘i 3,17 ming gektar, "Janubiy Ustyurt" milliy tabiat bog‘i 1447,1 ming gektat, "Sudochye-Akpetki" davlat buyurtma qoʻriqxonasi 280,507 ming gektar, "Orolqum" milliy tabiat bog‘i 1 million gektar va “Barsakelmes” davlat buyurtma qoʻriqxonasi 300 ming gektarga teng.

Bu hududlarda Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 102 turdagi umurtqali hayvonlar va 280 turdagi oʻsimliklar roʻyxatga olingan. Tabiiy muhofaza qilinadigan hududlarning xodimlari sovuq va jazirama issiq demay, kecha-yu kunduz faoliyat yuritayotgan, brakon'erlarga jonini xatarga qo‘yib kurashayotgan ekoinspektorlarning mehnati tahsinga sazovor.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtu

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

12 Jan, 05:05


Los Anjelesdagi yong‘inlar hanuzgacha jilovlangani yo‘q. Noqulay ob-havo o‘t o‘chiruvchilar ishini qiyinlashtirmoqda.

Odamlar uy jonivorlari va yovvoyi hayvonlarni qutqarishga imkon qadar harakat qilishmoqda. Yongʻin sabab oʻrmonlar kulga aylanib jonivorlar qirilib bormoqda.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtu

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

12 Jan, 01:02


Eng qadimgi hayvonlarni himoya qilish uchun birinchi bo'lib so'zlagan inson qadimgi yunon donishmasi Plutarx (taxminan 45 - 127 yillar) bo‘lib, u "hayvonlarni qiynoqqa solishning o'zi jirkanchdir, bu inson qalbining hayvonga o'tishi sodir bo'lganligi uchun emas" deydi. Plutarx "Gril yoki hayvonlarning aql-idroki borligi to'g'risida" asarida har qanday hayvon o'zini davolashga qodir, ovqat topishni, kuchini ishlatishni, ov qilishni, xavfdan himoya qilishni va hatto musiqaga moyilligini yozgan.

Plutarx, shuningdek, go'sht yeyuvchilarga ochiq murojaat qiladi: "Agar hayvonlar sizning ovqatingiz uchun mo'ljallanganligiga ishonchingiz komil bo'lsa, avval go'shtini iste'mol qilmoqchi bo'lgan jonzotni pichoq, kaltak, bolta bilan emas, balki o‘z qo‘lingiz bilan o‘ldiring va tishlaringiz bilan kesing. Shunda uni yeyishga o‘zingizda kuch topa olarmikansiz?"

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

11 Jan, 16:34


Bayram tugadi, yozga tayyorgarlik ko‘ramiz.
☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

11 Jan, 13:01


Yakassaray tumani, Tafakkur ko‘chasi 22A, daraxtlarning kesilishi davom etmoqda

Yakassaray tumani, Tafakkur ko‘chasi 22A manzilida joylashgan hududda barcha daraxtlar noqonuniy tarzda kesib tashlangan. Yaqinda ekologiya xizmati tomonidan bu holatga aloqador shaxslar jarimaga tortilgan bo‘lsa-da, bu ularni to‘xtatmadi. Ushbu hududda yashovchi fuqarolar muammoni hal qilish uchun tegishli organlardan chora ko‘rishni so‘rashmoqda.

Mavjud holat yuzasidan, Yakassaray tumani ekologiya inspektorlari tomonidan hech qanday chora ko‘rilmayapti, shuningdek, shahar ekologiya boshqarmasi ham bu masalaga e’tibor qaratmayapti. Fuqarolar adolatni tiklash va atrof-muhitni himoya qilishda yordam berishingizni so‘raydilar. Daraxtlarning kesilishi nafaqat ekologik muvozanatga zarar yetkazadi, balki mahalliy aholi uchun yashash sharoitini ham yomonlashtiradi.

Mazkur muammoning tezda hal etilishi va ekologik qonunbuzarliklarning oldini olish uchun, fuqarolar tegishli organlardan zudlik bilan chora ko‘rishni talab qilmoqda. Bizning barchamiz uchun qulay va yashil muhitni saqlab qolish uchun har bir fuqaro va tashkilot mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi zarur.

Iltimos, ekologik adolatni tiklashga ko‘maklashing!

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

10 Jan, 16:06


Toshkent viloyatida tabiatga qariyb 700 milliard so‘m zarar yetkazildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Ekologik nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan Chirchiq daryosi hududida navbatdagi nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Reyd davomida fuqaro A.Q. daryodan 1 dona "Volvo" rusumli ekskavator hamda 2 dona "HOWO" rusumli yuk transport vositasi yordamida tabiiy qum-shag‘al qazilib, "S.Q.M" MCHJ tosh maydalash sexiga tashib olib ketilayotganligi aniqlandi. Natijada “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning hamda “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi qonunning talablari buzilgan.

Davlat inspektorlari tomonidan transport vositalari holatga oydinlik kiritilgunga qadar jarima maydoniga qo'yilgan.

Yuqoridagi qonunbuzarlik natijasida tabiatga 674 milliard 048 million 699 ming 520 so’m miqdorida zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish va aybdorlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish maqsadida Bosh prokuraturaga yuborildi.

Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

Manba

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

10 Jan, 13:11


#Rasmiy_munosabat

“Mirzo Ulug‘bek tumani, Feruza ko‘chasi, 19-bino qarshisida joylashgan bino ichida zanjirband qilingan chinor asta-sekin qurimoqda” mazmunida bizga kelib tushgan xabarni e’lon qilgan edik.

Ushbu holat Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining Mirzo Ulug‘bek tumani inspektori tomonidan o‘rganilib, daraxt atrofi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 464-sonli qarorida belgilangan tartibda mas’ullar tomonidan ochilayotganligini ma’lum qilamiz.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz sahifasida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

10 Jan, 10:02


Ekologiya davlat inspektorlariga xizmat vaqtida tan jarohati yetkazildi

Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Yangiyo'l tuman bo'limi davlat inspektorlariga nisbatan xizmat vaqtida noma'lum shaxslar tomonidan bezorilik harakatlari sodir etildi.

4-yanvar kuni Yangiyo'l tumani Samarqand MFY hududida tuman Ekologiya bo'limi boshlig‘i A.N. hamda bosh mutaxassis A.J. navbatdagi nazorat reyd tadbirlarini olib borayotgan paytda 4 nafar noma'lum shaxs o‘zlarining "Jiguli" rusumidagi mashinasida ularning yo‘lini to‘sib, xizmat faoliyatiga to'sqinlik qildi.

Xodimlar o'zlarini tanishtirish maqsadida xizmat guvohnomalarini taqdim etgan vaqtda huquqbuzarlar ularga tashlanib, turli tan jarohatlari yetkazishgan va kiyimlari yaroqsiz holatga keltirilgan.

Inspektorlarga Yangiyo'l tumani markaziy shifoxonasida birinchi tibbiy yordam ko'rsatildi. Ularning ahvoli o‘rtacha darajada deya baholanmoqda.

Hozirda ushbu holat Yangiyo'l tumani IIB tomonidan o'rganilmoqda.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

10 Jan, 07:35


Navoiy viloyati Karmana tumani Kumushkon MFY hududida amalga oshirilayotgan qazish ishlari yuzasidan aholidan e’tirozli video murojaat kelib tushdi. Ammo bizga bu qazish ishlari qonuniy yoki noqonuniy amalga oshirilayotgani haqida ma’lumotlar yo‘q.

Navoiy viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hududiy inspektorlaridan mazkur holatni o‘rganishlarini va munosabat bildirishlarini kutib qolamiz.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

10 Jan, 05:01


O‘rtacha hisobda yangi yil kechasida havodagi qushlar soni odatdagi tunlarga nisbatan 1000 marta ko‘p bo‘ladi.

Vahima va/yoki mushaklardan qochish natijasida qushlar o‘z yo‘nalishini yo‘qotishi (yomon ko‘rish, tun, tuman va boshqalar tufayli), to‘siqlarga (binolar, elektr tarmoqlari, daraxtlar va boshqalar) urilib, jarohat olishi yoki hatto halok bo‘lishi mumkin.

Suratda Bolgariya shaharlaridan birida Yangi yil bayramining oqibatlari aks etgan. O‘rganish shuni ko‘rsatdiki, qushlarning o‘limi shaharning barcha qismlarida pirotexnikadan ommaviy foydalanish tufayli stress tufayli kelib chiqqan.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz sahifasida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

10 Jan, 01:04


Hindistonda volontyorlar o‘limga mahkum it bolalarini qutqarishdi.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

09 Jan, 17:02


"Ekolog" jamoat birlashmasi Matbuot kotibi Feruzbek Sayfullayev tomonidan Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi Zarqo‘rg‘on mahalla fuqarolar yig‘inida qishki ta’til mavsumida dam olayotgan yoshlar uchun ekologik savodxonlik oshirishga qaratilgan interaktiv dars o‘tdi.

Dars yakunida mahalla yoshlari birgalikda plogging aksiyasini o‘tkazib, mahalla atrofidagi chiqindilarni to‘plashdi. Ploggin aksiyasida faol ishtirok etgan bolalarga "Qahramonlar davri" loyihasi doirasida nashr etilgan kitoblar to‘plami taqdim etildi.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz sahifasida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

09 Jan, 13:09


Bizning botimizga Yangiyo'l tumani Obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli boshpanasiz hayvonlarni saqlash bo‘limida tutilgan itlarga nisbatan shafqatsizlik sodir bo'layotgani haqida ko'plab murojaatlar kelib tushmoqda. Mana ulardan biri:

“Men, Yangi yil tumani Toshkent viloyati zooko‘ngillisiman. Prezidentimiz co‘nggi yillarda ekologiyaga katta e'tibor qaratayaptilar, O‘zbekistonda jonivorlarga shafqatsiz munosabatda bo‘layotgan fuqarolarni javobgarlikka tortish bo‘yicha qonunchilik normalari shakllanmoqda. Ammo, hali bu narsa Yangiyul tumaniga yetib kelgani yo‘q, nazarimizda. Aholi Obodonlashtirish xodimlari ko‘chadagi boshpanasiz itlarni tutishayotganini ko‘rishadi, ammo ularning ko‘pchiligi Obodonlashtirish qoshidagi boshpanasiz hayvonlarni vaqtinchalik saqlash bo‘limiga olib borilmaydi. Obodonlashtirish bo‘limi boshlig‘ining buyrug‘iga binoan zooko‘ngillilar bo‘limdagi itlarni ovqatlantirishga ruxsat berishmayapti. Bechora itlar ochlikdan yig‘lashmoqda. Buni atrofdagi aholi ham tasdiqlaydi. Borsak, bizni haqoratlab, haydashadi, itlarni o‘zlari ham ovqatlantirishmaydi. Ularga bo‘limdan itlar konslagerini aylantirishga kim ruxsat berdi?!

2024-yil 19-dekabr kuni Yangiyo‘l tumani hokimiga murojaat xati yo‘llagan edik, ammo haligacha javob yo‘q.
Tuman “Obodonlashtirish” rahbari tutilgan itlar boshpanaga olib boriladi, deb bizni ishontirishga harakat qilmoqchi bo‘ladi, ammo buning barisi yolg‘on. Itlar tutilgach, yo‘qolib qolishadi. Bizga qanday tarzda yordam bera olasiz?
U yerdagi itlar ochlikdan uvillamoqda😭. Iltimos, bizga yordam bering!"


Afsuski, Yangiyo‘l tumani obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘i bilan boshpanasiz itlarni vaqtinchalik saqlash bo‘limiga zooko‘ngillilar kiritilmayapti. Nega Obodonlashtirish xodimlari o‘zlari ovqat bermasa, hech bo‘lmasa buni amalga oshirish uchun zooko‘ngillilarga yordam berishmaydi? Nega barcha tutilgan itlar bo‘limga olib kelinmaydi? Nega jonivorlarga shafqasiz munosabatda bo‘layotgan mazkur shaxslar O‘zbekistonning muvofiq qonunchiligiga asosan javobgarlikka tortilmayapti?
Itlarga nisbatan g‘ayriinsoniy, shafqatsiz munosabat jamiyatda zo‘ravonlikni kuchaytiradimi?

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani hokimi O.Ataullaev zooko‘ngillilarining “Yangiyo‘l tumani Obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli boshpanasiz itlarni vaqtincha tutish bo‘limidagi itlarni boqishlari va ularga sovuq kunlarda munosib yashash sharoiti yaratishlari" bo‘yicha murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmas, degan umiddamiz.

☘️Ekologik yangiliklar bo'yicha @ekologuz da o'qing. Bizni kuzatib boring va taklif va istaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring. Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

07 Jan, 16:32


#fotoqopqon #фотоловушка

📸Katta qum sichqonlari oziqlanmoqda

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi “Oqtog‘-Tomdi” davlat qo‘riqxonasi hududida o‘rnatilgan fotoqopqonga biotexnik tadbirlar davomida qo‘yib chiqilgan ozuqalar bilan oziqlanayotgan katta qum sichqonlari muhrlandi.

Katta qum sichqoni eng katta kemiruvchi bo'lib, tanasining uzunligi 150-200 mm.ga yetadi. O't o'simliklari va buta shoxlari bilan oziqlanadi. Kuzda saksovul shoxlari, tuya tikanlari va sho‘r o‘simliklarning katta zaxiralarini to‘plab, maxsus omborxonasiga yashirib qo‘yadi.

Ta'kidlash joizki, ayni damda respublikamizdagi barcha muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda jonivorlarning qishdan eson-omon chiqishi, ozuqa topishini osonlashtirish uchun biotexnik tadbirlar o‘tkazilmoqda. Xususan, "Oqtog‘-Tomdi" davlat qo‘riqxonasi hududlarida ham beda, xashaklar va omuxta yem mahsulotlari qo‘yib chiqilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Oqtog‘-Tomdi” davlat qo‘riqxonasi 2022-yil fevral oyida Navoiy viloyatining Tomdi tumanida tashkil etilgan. Qo‘riqxonada sut emizuvchilarning 14 turi, qushlarning 22 turi va sudralib yuruvchilarning 7 turi yashaydi. Shulardan 16 turdagi hayvonlar O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Manba

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

07 Jan, 13:05


🇺🇿 2025-yil — “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” deb e’lon qilindi.

O‘zbekiston va Misr o‘rtasida ekologiya sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov O‘zbekiston Respublikasi va Misr Arab Respublikasi o‘rtasida Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 7-majlisi doirasida Toshkentga tashrif buyurgan Misrning rejalashtirish, iqtisodiy rivojlanish va xalqaro hamkorlik vaziri doktor Raniya Al-Mashatni qabul qildi.

https://gov.uz/oz/eco/news/view/31476

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

07 Jan, 10:03


Sovuq qish kunlari, honadonlarimizda uzluksiz ichimlik suvini ta’minlashda hizmat qilayotgan suvchilarga Yaratgan sog’lik-salomatlik, tuman boylik Nasib etsin!

Yakkasaroy tuman suv ta'minoti boshqarmasi. Bahodir Nuritdinov

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

07 Jan, 07:32


Surxondaryoda bodom gulladi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi tasarrufidagi "Yuqori Toʻpalang" milliy tabiat bog'i hududida qish sovug‘i hukm surayotgan bir paytda achchiq bodom daraxti gulladi.

Ma'lumot uchun, "Yuqori Toʻpalang" milliy tabiat bogʻi 2022-yil 4-martda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tashkil etilgan. Hududda 667 turga mansub o‘simlik uchraydi. Shulardan 36 turi O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Shuningdek, hududning tog‘li va tog‘oldi qismlarida ko‘p yillik, yovvoyi, dorivor o‘simliklar o‘sadi.

Manba

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

07 Jan, 05:02


Toshkent shahri, Mirzoul Ulug‘bek tumani, Qodirov-Feruza ko‘chasi, 19-bino oxirida, “Sag‘diyona” do‘koni ortida joylashgan bino ichidagi chinor asta-sekin qurimoqda.

Mirzoulug‘bek tumani ekologiya inspektorlaridan daraxtni saqlab qolishlarini so‘raymiz.


☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz sahifasida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring
Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

07 Jan, 01:02


#QizilKitob

📕O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan o’simlik turlaridan biri — tojik kovragidir

Ushbu o'simlik Pomir-Oloy tizmasidagi son jihatdan qisqarib borayotgan, areali bo'lingan endemik tur hisoblanadi. O'zbekistonning Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham uchraydi.

❗️Eslatma, O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan o’simlik va hayvon turlariga zarar yetkazish yoki yo’q qilish, qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo’ladi.

Batafsil yuqoridagi infografikada tanishing👆

Manba

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

06 Jan, 16:37


Shahram G‘iyosov ayiq bilan mashg‘ulot o‘tkazgani uchun uzr so‘radi

Ayiq bilan mashg‘ulot o‘tkazib, huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan bokschi Shahram G‘iyosovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 111-moddasiga ko‘ra ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida jarimaga tortildi.
Ma'lumot uchun, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda bokschi Shahram G‘iyosov ayiq bilan mashg‘ulot o‘tkazgani aks etgan video tarqalgan va bu keng jamoatchilikning keskin e'tirozlariga sabab bo‘lgan edi.

Holat Ekologiya vazirligi ekologik nazorat inspeksiyasi va IIV xodimlari tomonidan o‘rganilib, video ishtirokchilari va tashkilotchilardan tegishli tushuntirish xatlari olindi. Shuningdek, ayiq Farg‘ona hayvonot bog‘iga topshirildi.

Qolaversa, bokschi Shahram G'iyosov Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga chaqirtirilib, Vazirlar Mahkamasining "Yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan yovvoyi hayvonlarni saqlash va turli maqsadlarda foydalanish, hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lish taqiqlangani tushuntirildi. O‘z navbatida Shahram G‘iyosov uzr so‘rab, o‘z xatosini tushunib yetgani va bunday holat boshqa takrorlanmasligini ta'kidladi.

Unutmang! Ekologiya vazirligi yovvoyi hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lishni keskin qoralaydi! Bu kabi huquqbuzarliklar qonunchilikka ko‘ra qat'iy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

06 Jan, 13:06


Instagramda "uspa.kolsya" nomi bilan sahifa yuritadigan Namanganlik fuqaro o‘zining sahifasida sutemizuvchi jonivorga shafqatsiz munosabatda bo‘lganligi haqidagi videoni yuklagan. Fuqaro o‘z sahifasida davlat raqami 50 T 058 BB bo‘lgan avtomobil oldida tushgan suratini ham yuklagan. Ushbu avtomobil fuqaroga tegishli bo‘lishi mumkin.

Fuqaro ushbu videoni o‘z sahifasiga ikki marta yuklagan. Ma’lum bo‘lishicha, bu videoda u sahifasining aktivini oshirish maqsadida yuklagan. Biz mazkur holat yuzasidan fuqaroning harakatlariga huquqiy baho berishlarini so‘raymiz.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Namangan viloyat boshqarmasidan mazkur holat yuzasidan munosabat kutib qolamiz.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

06 Jan, 10:03


Kanalimizga Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 30-uy orqasidagi daraxtlarga shikast yetkazilayotgani haqida xabar kelib tushgan edi.

Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani inspektorlari tomonidan tegishli tartibda o‘rganish ishlari olib borilayotganligini ma’lum qilamiz.

Holat yuzasidan batafsil o‘rganish natijalarini kutib qolamiz.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

06 Jan, 07:31


Kim Andijonning markaziy ko‘chasidagi muammolarni hal qiladi?

Bizga Andijon shahridan kelgan murojaatda shaharning O‘zbekiston ko‘chasida jiddiy muammolar mavjudligi haqida xabar berildi. Aholining aytishicha, ko‘chadagi daraxtlar qulash arafasida, ba’zilari esa allaqachon qulab tushgan. Bu holat nafaqat ko‘chaning tashqi ko‘rinishiga zarar yetkazmoqda, balki piyodalar va transport vositalari uchun ham xavf tug‘dirmoqda.

Murojaatchilar ushbu muammoni hal qilish uchun bir necha bor turli tashkilotlarga murojaat qilishgan, ammo hozirgacha hech qanday natija bo‘lmagan. Shu bilan birga, ichimlik suvi isrof bo‘layotgani haqida ham shikoyat qilingan, biroq bu masala ham e’tiborsiz qolmoqda. Suvoqava tashkilotiga yo‘llangan murojaatlar ham yechim topmagan.

Murojaatda mualliflar viloyat hokimidan umidvor ekanliklarini bildirganlar. Ular: "Bu masalani faqat viloyat hokimimiz hal qila oladi", deya murojaatlarini yakunlaganlar.

Biz mazkur murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlardan amaliy yechim kutamiz.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

06 Jan, 05:02


Savol: Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ni kim amalga oshiradi

Javob: Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 fevraldagi 95-son qaroriga asosan
Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlarini ko‘rsatish uchun tuman (shahar) hududlari biriktirilgan xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda tuman (shahar)lar hududlarini xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga biriktirib qo‘yish:

elektron tanlov asosida - tegishli ravishda Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda elektron tanlov g‘olibi o‘rtasida Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatish shartnomasiga;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, davlat-xususiy sheriklik loyihalari doirasida - tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof -muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining (ayni paytda Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi) hududiy organlari bilan xususiy sherik o‘rtasida tuziladigan Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatishga davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimga muvofiq amalga oshiriladi.

🌿Kanalimizga obuna bo'ling: @mrservis
Barcha savol va murojaatlaringizni
@chiqindilarBot ga yuboring
Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

27 Dec, 01:30


Qish qanday o'tishini bilmaymiz. Uyingizda gaz bormi?😄

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

26 Dec, 15:32


O‘zbekiston suv inqirozi yoqasida: muammo, yechim va istiqbollar

Markaziy Osiyoning yuragida joylashgan O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyoti, ekologik barqarorligi va ijtimoiy farovonligiga tahdid solayotgan suv inqirozi bilan kurashmoqda. Mamlakatning suv muammolari chuqur tarixiy ildizlarga ega bo‘lib, iqlim o‘zgarishi bilan yanada kuchaydi va murakkab va tezkor yechimlarni talab qiladi.

Tarixiy meros va bugungi holat

Qadim zamonlardan hozirgi O‘zbekiston hududi aholisi sug‘orish tizimlarini yaratgan. Samarqand, Buxoro kabi buyuk shaharlar suvdan mohirona foydalanish tufayli gullab-yashnadi. Suv resurslari nafaqat qishloq xo‘jaligining asosi, balki mintaqada savdo va madaniyatning muhim elementi ham edi.

O‘zbekistonda suv inqirozi tarixi sho‘rolar davridan boshlangan. 1960-yillardan boshlab O‘rta Osiyoda, jumladan, O‘zbekistonda paxta va boshqa ekinlar yetishtirishni ko‘paytirish maqsadida sug‘oriladigan yerlarni kengaytirish loyihalari amalga oshirildi. Bu mintaqadagi suv resurslarining, ayniqsa, Amudaryo va Sirdaryoning keng miqyosda qayta taqsimlanishiga olib keldi.

Suv inqirozining kulminatsion nuqtasi Orol dengizining sayozlashuvi bo‘ldi. Suvning chekinish jarayoni 1960-yillarda boshlanib, keyingi o‘n yilliklarda davom etib, mintaqa ekotizimiga, mahalliy aholi va iqtisodiyotga jiddiy oqibatlarga olib keldi. 1991-yildan boshlab postsovet davrida O‘zbekiston boshqa Markaziy Osiyo davlatlari kabi suvdan foydalanish muammolarini yangi siyosiy va iqtisodiy voqelik sharoitida milliy miqyosda hal etish zaruriyatiga duch keldi. SSSR davrida O‘zbekistonda suvdan foydalanish tizimida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Qoraqum va Katta Farg‘ona kanallari kabi yirik sug‘orish kanallari qurilib, mamlakatning asosiy eksport ekiniga aylangan paxta yetishtirish maydonlari kengaytirildi. Biroq, bu suvning intensiv iste’mol qilinishiga va ekologik vaziyatning yomonlashishiga olib keldi.

Mintaqadagi eng mashhur ekologik ofatlardan biri Orol dengizining qurishi bo‘ldi. Sug‘orish uchun Amudaryo va Sirdaryo suvidan keng ko‘lamli foydalanish oqibatida ekotizimning buzilishiga, mahalliy aholining hayot sifatining yomonlashishiga va mintaqadagi iqlim o‘zgarishiga olib keldi.

Batafsil saytimizda o'qing: 👉https://ekolog.uz/1279/

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

26 Dec, 14:02


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 62-moddasida: “Fuqarolar atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar” deb belgilangan. Bu norma har bir fuqaro, jumladan, sportchilarni ham, tabiiy muhitni asrashda mas’uliyatli bo‘lishini talab qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda sportchimiz Ulug‘bek Rashitovning videosi tarqaldi. Videodagi holat atrof-muhitni himoya qilishga qaratilgan qonunlarga zid keladi. U Amirsoy tog' kurortida plastik baklajkani oyogʻi bilan jarlikka tepib yuborgan.

Shubhasiz, bunday holatlar nafaqat sportchilar, balki boshqa fuqarolar orasida ham uchrab turadi. Shuning uchun, bu holat faqatgina bir kishining xatosi emas, balki umumiy muammo sifatida qaralishi kerak. Aks holda, tabiiy muhitga zarar yetkazishning oqibatlari, nafaqat hozirgi, balki kelajak avlodlar uchun ham sezilarli bo‘lishi mumkin.

Oʻylaymizki tegishli tashkilotlar holatga shunchaki ko'z yumib ketishmaydi.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

26 Dec, 14:00


#xushxabar

"Yil volontyori – 2024" respublika g‘oliblari aniqlandi🖐

🥳Ular orasida Xorazm va Toshkent viloyatining faol hamda fidoyi volontyorlari bor:

Sobirova Surayyo- Xorazm viloyat Yosh ekologlar Kengashi raisi;

Islom Karimov – Toshkent viloyati volontyorlar maktabi mentori;

Mirsultonov Muhammaddiyor – "KELAJAK" Erkin volontyorlik harakati jamoasi asoschisi.

❗️Taqdirlanganlar orasida yana ko'plab volontyor yoshlar bor, ularning barchasi bizning oilamiz.💚 Sizlar bilan faxrlansa arziydi!🤝

Barakalla, azamatlar!

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

26 Dec, 12:02


Qushlarning noqonuniy savdosiga qarshi birlashaylik! 🐦

Instagramdagi "bedana_sava_001" sahifasida Kokil, Norchi kabi qushlarning noqonuniy savdosi ochiqchasiga amalga oshirilmoqda. Bu qushlar nafaqat tabiatimizning bir bo‘lagi, balki ekotizimning muhim a’zolari hisoblanadi.

Ushbu savdo faqatgina qushlarning tabiatdagi sonini kamaytiribgina qolmay, balki ular yashaydigan muhitni izdan chiqaradi. Ayniqsa, ushbu qushlarni tabiatdan noqonuniy ushlash – qonun buzilishi va ekotizimga katta zarar yetkazadi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligidan bu kabi muammolar bilan jiddiyroq shug‘ullanishlarini so‘raymiz. Biz holat yuzasidan vazirlikdan albatta munosabat kutib qolamiz. O‘ylaymizki qushlar olamiga zarar yetkazayotganlar albatta jazosini oladi.

Tabiat bizga meros emas, u bizning keyingi avlodlarga bo‘lgan javobgarligimizdir. Noqonuniy savdoga qarshi kurashishda faol ishtirok eting!

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

26 Dec, 08:02


Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatning yangi misoli ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi: kimdir tovuqqa nos chektirgan va tovuq o‘lib qolgan. Bu nafaqat axloqiy jihatdan qabul qilib bo‘lmaydigan harakat, balki parrandaga nisbatan zo‘ravonlik hisoblanadi.

Afsuski, oilada, ta'lim tizimimizda ekologik ta'lim va bilimlar berilmasligi, tabiat, flora va faunaga nisbatan yoshlarda mehr, hurmat shakllantirilmasligining oqibatida yigit va qizlar o‘rtasida tirikjonzotga nisbatan shafqatsizlik ortib bormoqda.

Buning oqibati esa kelgusida jamiyatda zo‘ravonlikning kuchayishiga olib kelishi mumkin.

Xulosa sizdan...

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

26 Dec, 05:01


Mushukchaga yordam kerak! 😔

Hurmatli do‘stlar, ulkan yurakli insonlar!
Qora-oq mushukcha juda og‘ir ahvolda. U qattiq kuygan, hattoki panjalaridagi tirnoqlari sug‘urib olingan. Biz uni hayotga qaytarish uchun kurashyapmiz va yordamga muhtojmiz.

Mushukchaga kerakli dorilar:
- Immunomodulin
- Gamavit yoki Kotozal
- Renstrep

Qolgan dorilar mavjud, lekin yuqoridagi preparatlarni sotib olish uchun yordam kerak.

Mablag‘ to‘plash uchun karta ma'lumotlari:
💳 8600 0609 0645 2561
Egasi: Bulatova E.

Sizning har bir yordamingiz mushukcha hayotini saqlab qolishda katta ahamiyatga ega. Barcha hisobotlar va qo‘shimcha videolarni quyidagi Telegram guruhimizda ko‘rishingiz mumkin:
Telegram: @domdobraxvostikov https://t.me/domdobraxvostikov.

Bizni yolg‘iz qoldirmang. Har bir yordamingiz uchun bosh egib minnatdorchilik bildiramiz. ❤️

Yordam qilganingiz uchun oldindan rahmat!🙏

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt | Youtube

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

08 Dec, 03:36


"Yashil makon"da yosharish: Bojxonachilarning o‘zgacha hissasi

O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishlari bilan kurash va atrof-muhitni yaxshilash yo‘lida amalga oshirilayotgan "Yashil makon" umummilliy loyihasiga bojxona xodimlari faol qo‘shilmoqda. Kecha mamlakat bo‘ylab bojxona tuzilmalari xodimlari ommaviy ko‘chat ekish tadbirini o‘tkazishdi.

Toshkentning Yangihayot tumanidagi Qumariq mahallasida o‘tgan tadbirni Bojxona qo‘mitasi Raisi o‘zi boshlab berdi. Yo‘l chetlariga 500 tup daraxt, jumladan, qarag‘ay, yapon sakurasi va shumtol ekildi. Bu tashabbus respublika bo‘ylab 39 ta bojxona va ijtimoiy obyektlarda davom etdi. Jami 17 mingdan ziyod daraxt ko‘chatlari 4 ming bojxonachi nomidan ekildi.

Tadbirning o‘ziga xos jihati shundaki, ekish jarayoni nafaqat shaharlar, balki ijtimoiy ahamiyatga ega hududlar, chegara postlari va xizmat uylarini ham qamrab oldi. Misol uchun, Jizzax va Farg‘ona viloyatlaridagi "Muruvvat" uylari hamda Toshkent viloyatining Nurafshon va Angren shaharlarida daraxtlar o‘tqazildi.

Tadbir yakunida bojxonachilar kelgusi yilni "Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili" deb kutib olishda yanada ko‘proq sa’y-harakat qilish niyatini bildirishdi.

"Yashil makon" nafaqat atrof-muhitni yaxshilash, balki fuqarolarning ekologik ongini oshirishga qaratilgan muhim tashabbus sifatida davom etmoqda. Bojxonachilarning faol ishtiroki bu harakatning kuchli qo‘llab-quvvatlanishidan dalolatdir.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

08 Dec, 02:34


Tongi nonushtaga tayyorman😅

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

07 Dec, 16:01


Chiqindilarni saralash qachon boshlangan?

Parij prefekti Evgeniy-Rene Pubel 1883 yilda birinchi bo'lib chiqindilarni bir nechta konteynerlarga ajratishni joriy qildi.

Uy xo'jaliklari egalari oziq-ovqat chiqindilari, qog'oz va mato, shisha va keramika uchun uchta idish o'rnatishlari kerak edi. Idishlar hajmi tartibga solindi va axlat qutilar yong'inlarining oldini olish uchun ichki metall qoplama talab qilindi. Innovatsion tashabbus aholi va chiqindi yig‘uvchilarning qarshiligiga sabab bo‘ldi. Yangi idishlarni istehzo bilan prefekt nomi bilan la poubelle deb atash boshlandi.

Bu so'z frantsuz tilida tashlangan va chiqindi qutisi degan ma'noni anglatadi.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

07 Dec, 13:23


Nima uchun qor yog‘masa yomon?

🌱 "Qorli choyshab" ni yopmagan o'simliklar
Qor qoplami nafaqat landshaftni bezatadi, balki flora uchun ham muhim rol o'ynaydi - u o'simliklarni qattiq sovuqdan himoya qiladi. Qorsiz qishloq xo'jaligi tahdid ostida qoladi: keskin sovuq ekinlarning nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

🐻 Birinchi galda qorsiz qishda hayvonlar azoblanadi
Ayiq, tipratikan va qish uyqusiga ketgan boshqa hayvonlar issiq havo tufayli erta uyg'onishi mumkin. Muammo shundaki, ular qishki uyquga qayta olmaydilar va qishda esa ovqat yo'q - bu ularning hayotiga bevosita tahdiddir.

🏙 Shahar hujum ostida
Qorning yo'qligi infratuzilmaga ham ta'sir qiladi. Qor yostig'i bo'lmasa, tuproq chuqurroq muzlaydi, bu esa er osti kommunal xizmatlarida shikastlanishlarga olib keladi. Kommunal xizmatlar uchun bu xarajatlarning oshishi va murakkab ta'mirlashni anglatadi.

🧠 Qish psixologiyasi
Lekin biz, odamlar ham qorsiz qishdan aziyat chekamiz. Qorsiz va quyoshsiz qorong'u kunlar tanamizdagi serotoninni ishlab chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi, bu esa depressiya xavfini oshiradi. Qorli va quyoshli qish, garchi ayozli bo'lsa ham, kayfiyatni ko‘taradi.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

07 Dec, 07:31


"Yuksalish" umumilliy harakati Fuqarolik jamiyati xaftaligi doirasida "Tabiat himoyachilari" nominasiyasida «Mehr va Oqibat» hayvonlarni himoya qilish jamiyatini mukofotladi.

«Mehr va Oqibat» HHJ 2010 yildan buyon o‘z faoliyatini olib borib, uning volontyorlari bugunga kelib shafqatsizlik qurboni bo‘lgan minglab boshpanasiz jonivorlarga yordam berishdi. Mazkur vaqt davomida fuqarolardan kelib tushgan 2 mingdan ortiq murojaatlar o‘rganildi. Aynan Jamiyat xodim va volontyorlari hamda boshqa boshpanasiz jonivorlarning taqdiriga befarq bo‘lmagan Jamiyat va mehribon insonlar tufayli bugungi kunda O‘zR Ma'muriy Kodeksining 111- moddasi va O‘zR Jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodekskning 202-1 moddasi kiritilib, hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan insonlar javobgarlikka tortila boshlandi. Bugungi kunda «Mehr va Oqibat» Hayvonlarni himoya qilish jamiyatining asosiy maqsadi Toshkent viloyati shahar va aholi punktlarida ekologik muvozanat, biologik xilma-xillik va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni saqlashda faol ishtirok etish, aholining hayvonlarga insonparvar munosabatda bo‘lish zarurligi to‘g‘risidagi bilimini oshirish, qarovsiz hayvonlarga yordam ko‘rsatishdan iborat.
Jamiyat 4 ta asosiy yo’nalishlarda ishlaydi:
-Hayvonlarga insoniy munosabatda bo’lish haqida suhbatlar.
Jamiyat ko‘ngillilari ilk bor 2012-yilda “Mehr suhbatlari”ni o‘tkazishgan va mazkur darslarga asos solishgan.
- Hayvonlarni sterilizatsiya qilish dasturi
2012-yil 5-sentabrdan boshlab «Mehr va oqibat» Toshkent shahridagi «MyVet», «Doctor vet», «Doctor animals», «Liga Vet», «Elvet», «Impuls», «Aibolit», «Mehr» itlarni reabilitatsiya qilish markazi klinikasi kabi eng yaxshi veterinariya klinikalarida shartnoma asosida «Hayvonlarni sterilizatsiya qilish dasturi»ni o‘tkazmoqda.
-Hayvonlarga shafqatsizlik hollari bo’yicha arizalarni qabul qilish.
«Mehr va oqibat» hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganligi yuzasidan tegishli idoralarga murojaat qilishga qaror qilgan shaxslarning arizalarini ko‘rib chiqadi va fuqarolarga huquqiy maslahatlar beradi.
-Advokativ faoliyat.
«Mehr va Oqibat» O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlariga hayvonlar huquqlarini himoya qilish, javobgarlikni oshirish va hayvonlarga nisbatan shafqatsiz zo’ravonlik uchun jazolarni kuchaytirish maqsadida Nizomiga ko’ra O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha loyiha va takliflar ishlab chiqish bilan shug’ullanadi.

www.ekolog.uz jamoasi «Mehr va oqibat» Hayvonlarni himoya qilish jamiyatini chin dildan tabriklaydi va kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tilab qoladi

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

07 Dec, 03:29


"Yuksalish" harakati "Oramizdagi qaxramonlar" va "Tabiat himoyachilari" loyihalari boʻyicha taqdirlash marosimini oʻtkazdi.

Taqdirlash marosimida “Ekolog” jamoat birlashmasi rahbari Nargis Qosimova “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandilar.

🤩Tabriklaymiz, www.ekolog.uz jamoasi 🥳💐

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

04 Dec, 01:30


Qush inlarida qanday jarayonlar bo'lib o'tishini tezlashtirilgan video orqali ko'rishingiz mumkin.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

03 Dec, 16:02


Plastik bo‘yicha global kelishuv haqidagi muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugadi

170 dan ortiq davlat vakillari plastik chiqindilar muammosini hal qilish uchun Janubiy Koreyada bir hafta davomida uchrashdi. U muvaffaqiyatsiz tugadi.

1 dekabr, yakshanba kuni Janubiy Koreyaning Pusan ​​shahrida 170 dan ortiq davlat vakillari o‘rtasida plastik ifloslanishga qarshi kurashish bo‘yicha kelishuv tuzish haqida muzokaralar yakunlandi. Kelishuvga erishilmadi, ammo muzokaralarni kelasi yilda davom ettirishga qaror qilindi.

Germaniya atrof-muhit federal vaziri Shteffi Lemke bir qator davlatlar tomonidan global kelishuvga qarshilik ko‘rsatilishini falokatli deb atadi. «Hech bo‘lmaganda, Pusanda bir narsa aniq bo‘ldi: ko‘pchilik mamlakatlar samarali kelishuvga erishmoqchi. Va bu guruh o‘sib bormoqda», dedi u.

1 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yakuniy yalpi majlisda bir qancha tashabbuslar ko‘rib chiqildi. Panama tomonidan taklif etilgan va 100 ga yaqin davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan eng ommaboplari butun dunyo bo‘ylab plastik mahsulotlar ishlab chiqarishni qisqartirish uchun sharoit yaratishga qaratilgan. Muzokaralardagi to‘siqlarga plastiklarga cheklovlar, tashvishli kimyoviy moddalarni tartibga solish va rivojlanayotgan mamlakatlarga shartnomani amalga oshirishda yordam berish uchun mablag‘ ajratish aylandi.

Yillik plastik ishlab chiqarish — 500 million tonnaga yaqin

25 noyabrdan 1 dekabrgacha bo‘lib o‘tgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit bo‘yicha dasturi (YuNEP) shafeligidagi sessiyadan ko‘zlangan maqsad hujjat matnini yakunlash va tasdiqlashdan iborat edi. «Dunyomiz plastik chiqindilarga g‘arq bo‘lmoqda. Har yili biz 460 million tonna plastmassa ishlab chiqaramiz, ularning katta qismi tezda chiqindiga aylanadi», — dedi BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ochilish marosimida ishtirokchilarga yo‘llagan videomurojaatida. U shoshilinch choralar ko‘rish zarurligini ta’kidladi.

Guterrish, shuningdek, kelishuv plastikning butun hayotiy siklini, jumladan, bir martalik mahsulotlardan foydalanishni qisqartirish, chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish va muqobil materiallarni ishlab chiqish bo‘yicha chora-tadbirlarni qamrab olishi kerakligini ta’kidladi. Bundan tashqari, shartnoma barcha mamlakatlarning zamonaviy texnologiyalardan foydalanishini ta’minlashi, quruqlik va dengiz muhiti sifatini yaxshilash, zaif jamoalarni, shu jumladan chiqindilarni yig‘ish orqali pul ishlayotganlarni himoya qilishi kerak.

2050 yilga borib plastik ishlab chiqarish 3 baravarga oshadi. Olimlar inson tanasida va atrof-muhitda, jumladan oziq-ovqat, suv va havoda ko‘proq mikroplastmassalarni topishda davom etmoqdalar.

Manba

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

03 Dec, 13:02


#live #COP16RIYADH

▶️Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasi (UNCCD) Tomonlar konferensiyasi 16-sessiyasining (COP16) ochilish marosimida ishtirok etmoqda. Delegatsiya tarkibida Suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Hamrayev, Oʻzbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi Nodirjon Turgʻunov, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va respublikaning boshqa idoralari vakillari ham bor.

“Bizning yerimiz. Bizning kelajagimiz” shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbirda konvensiyasining 197 ta ishtirokchisi (196 ta davlat va Yevropa Ittifoqi) vakillari ishtirok etmoqda. Konferensiya joriy yilning 13-dekabriga qadar davom etadi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning noyabr oyida Samarqandda BMTning Cho'llanishga qarshi kurash konvensiyasi ijrosini ko'rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasi oʻtkazilgan boʻlib, unda 196 mamlakatdan 1000 dan ortiq delegat ishtirok etgan.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

03 Dec, 10:00


Samarqandlik ayol ko‘cha mushuklari va itlarni boqishda yordam so‘ramoqda

Samarqand shahridan bo‘lgan mehribon ayol boshpanasiz itlar va mushuklarni o‘z hisobidan oziqlantirib kelmoqda. U uzoq vaqt davomida o‘z uyida mushuklarni asrab-avaylab, ularni oziq-ovqat bilan ta’minlab kelgan. Biroq, hozirgi kunda uning xonadonida ham mushuklar soni ko‘payib, o‘zi yolg‘iz barcha mushuklarni boqish imkoniyatidan mahrum bo‘lmoqda.

Ayol o‘zining cheklangan moliyaviy imkoniyatlari tufayli bu ishni davom ettirish qiyinlashayotganini aytib, yaxshi odamlardan ko‘cha mushuklariga yordam qo‘lini cho‘zishni so‘ramoqda. U ko‘proq mushuklarga boshpana va oziq-ovqat taqdim qilish uchun moliyaviy ko‘makka muhtoj. Ayolning maqsadi – mushuklarning sog‘lom hayot kechirishlariga ko‘maklashish va ularni yanada yaxshiroq sharoitlarda boqishdir.

Bu ezgu ishni davom ettirish uchun siz ham mablag‘ bilan yordam berishingiz mumkin.

Bog'lanish uchun: (90)-604-11-89
Yordam kartasi:
9860 0824 6453 5192 Марина Невзорова
Xisobotlar: https://t.me/Kotodom_Ekaterina

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

03 Dec, 07:30


Tayinlov!

Muxitdinov Erkin Madorbekovich Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra vazirlikning O‘rmon, bioxilmaxillik va ekoturizm siyosatini yuritish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Erkin Muxitdinov 1976-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. 1997-yilda Andijon iqtisod boshqaruv instituti (bakalavr), 2000-yilda Bank-moliya akademiyasi (magistratura), 2007-yilda esa Yaponiyadagi Rivojlanayotgan iqtisodiyotlar instituti Oliy maktabini tamomlagan.
Tayinlovga qadar Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, "Turon" bank, Markaziy bank, Vazirlar Mahkamasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida rahbar lavozimlarda hamda Ohangaron tumani hokimi bo'lib ishlagan.

Erkin Muxitdinov iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori hisoblanadi. U "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlangan.

Manba

P. S. Nega ekologiya sohasiga ekologlarni tayinlashmaydi?🤔

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

03 Dec, 05:00


To‘ylarda tirik baliqlardan bezak sifatida foydalanish yana avjiga chiqmoqda. Bu holat, ekologik va axloqiy nuqtayi nazardan, juda muammoli ko‘rinadi. Tirik baliqlarni bezak uchun ishlatish ularning hayotini xavf ostiga qo‘yadi va ko‘pincha o‘limga olib keladi.

Tirik baliqlarni estetik maqsadda ishlatish ularning hayotiy ehtiyojlari — toza suvdagi xlor va stresssiz muhit — inobatga olinmaganini ko‘rsatadi. Bu ularning azoblanishiga sabab bo‘ladi va hayvon huquqlariga zid hisoblanadi. Toza suvda yetarli xlorga to'yingan baliqlar albatta nobud bo‘ladi.

To‘ylar va boshqa tadbirlarda baliqlarni ishlatish o‘rniga, ularni muhofaza qilishni targ‘ib qilish kerak. Bu orqali jamiyatda yanada ekologik mas’uliyatli madaniyat shakllanishiga hissa qo‘shish mumkin. Bu bilan kengroq jamiyatni ham xabardor qilishga yordam bera olasiz.

Siz bu masalani ko‘tarib chiqqaningiz katta ma’noga ega, chunki ekologik masalalar odatiy hayot tarzida ham muhim o‘rin egallaydi.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

03 Dec, 01:31


#Ajoyib_o'simliklar

Thuja - "Hayot daraxti", gimnospermlar, ignabargli daraxtlar va sarv oilasiga mansub. Doimo yashil, sovuqqa chidamli, manzarali o'simlik - buta yoki daraxt. 100 yilgacha umr ko'rishi mumkin. Fitontsidlarga boy, havoni tozalaydi.

🍀Atrof-muhitga oid so'nggi yangiliklarni @ekologuz sahifasida o'qing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

02 Dec, 15:59


Moskvada Riki va Belka laqabli itlarning to‘yi bo‘lib o‘tdi: kelin-kuyov to‘ppa-to‘g‘ri qizil yo‘lakdan yurib o‘tishgan. Kelin to‘y kuni oq libosda bo‘lgan.

To‘y marosimi ularning go‘shtli tort yeyishlari bilan tugallangan.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

21 Nov, 10:04


Izboskanda mutasaddilarning loqaydligidan
kalamushlar g‘ujg‘on o‘ynayapti

Mutaxassislarning tadqiqotlariga ko‘ra, kalamushlar, shuningdek, ularning burgalari quturish, vabo va boshqa xavfli yuqumli kasalliklarning bevosita tashuvchisi hisoblanadi.  Kalamushlar yirtqichlardir va xavf tug‘ilganda  odamlarga hujum qilishlari ham mumkin. Bir joyda ko‘p miqdordagi och kalamushlar odam yoki uy hayvonlarining o‘limiga olib kelishi mumkin.
Lekin shunday bo‘lishiga qaramay, loqaydlik, beparvolik shu darjaga yetdiki, inson salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diradigan kalamushlarning
Andijon viloyati Izboskan tumani markaziy shifoxonasi yonidan oqib o‘tadigan zakan ariqda emin-erkin yurganligini ko‘rish oddiy holga aylanib qoldi. Qolaversa, bu joydan hech qancha uzoqlikda bo‘lmagan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tuman bo‘limi mutaxassislarining ham parvoyi falak. Kamiga bu joyda faoliyat yuritayotgan oziq-ovqat do‘kondoridan tortib, aptekachigacha ariqni to‘ldirib chiqindi tashlayotganlariga guvoh bo‘lish mumkin.
Darhaqiqat, agar bu tashkilot ishlaganida edi, zakan ariqlarda kalamushlar bu darajada g‘ujg‘on o‘ynayotgan bo‘lmasdi. Kemiruvchi xavfli kalamushlarga qarshi chora ko‘rishga hali ham kech emas. Mutasaddilardan zarur choralarni ko‘rishlarini so‘rab qolamiz. Anvarjon Halimov. P.S. Aksariyat insonlar ko‘cha mushuklarini zaharlashadi, o‘ldirishadi. Mushuklar esa kemiruvchilarni yo‘q qiladigan tabiy sanitarlardir. Mushuklarni o‘ldirishdan oldin ertangig‘kunda kalamushlar qurshovida yashashingizni o‘ylab ko‘ring

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

21 Nov, 07:20


“Assalomu alaykum, Andijon, Amir Temur shoh ko‘chasi, taxminan soat 22:00 dan 23:00 gacha sut zavodi yonidagi chorrahadan viloyat asosiy ko‘chasigacha bo‘lgan chorrahada “CHEVROLET DAMAS” rusumli 60Z014JA raqamli avtomashinaning ochiq eshigidan qurollangan shaxslar ( 5 kishi) tinchgina uxlab yotgan qushlarni otа boshlashdi.

Huquq-tartibot organlaridan ushbu shaxslarni topib, qonun doirasida to‘liq jazolashlarini so‘rayman, chunki Odamlar va bolalar piyodalar yo'lakchasi bo'ylab yurishadi va qurol o'qlari odamga tegishi mumkin. Jonzotlarning tahqirlaydigan, o‘ldirayotgan mazkur shaxslar qonun oldida javob berishlari shart. "
Obunachilarimiz havotirda. So‘nggi paytlari O‘zbekiston bo‘ylab qurol ko‘tarib yurish, qushlar va itlarni, mushuklarni otish oddiy holga aylandi.Bu qonunlarimiz etarlicha ishlamayotganidan dalolat. Tirik mavjudotlarga nisbatan shafqatsizlik muammosi nafaqat hayvonlar va qushlarning huquqlariga, balki butun jamiyatning ma'naviy holatiga ham ta'sir qiladi. Hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo'lgan odamlar oxir-oqibat boshqa odamlarga nisbatan zo'ravonlik qilishlari mumkin. Mas'ul tashkilotlardan ushbu holatga e’tibor qaratishlarini so‘raymiz.
                                                               
☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

21 Nov, 05:01


Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi "Qo‘shkent" chegara bojxona postida 2 bosh sa'vani yashirincha olib chiqishga urinish fosh qilindi.

Sa'va - tabiatimizning o‘ziga xos bezagi. Sayroqi qush ishqibozlari sa'valarni qafasda boqish uchun ovlashadi. Garchi Qizil kitobga kiritilmagan bo‘lsa-da, ularni tabiatdan ajratib olish sa'valarning ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi.

Afsuski bu turdagi kushchalarning soni yildan yilga kamaymoqda. Ahvol shu zaylda davom etaversa, sa'va ham Qizil kitobga kirishi muqarrar!

Tabiatni birgalikda asraylik!

Darvoqe, 2025 yil yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e'lon qilindi.

Manba
☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

21 Nov, 01:14


Kapalakning tug‘ilishi
☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

20 Nov, 16:00


Prezidentimiz so‘zining davomida bugun nafaqat O‘zbekiston, balki dunyodagi ko‘plab mamlakatlar iqlim o‘zgarishlarining salbiy oqibatlarini yaqqol his qilayotganini qayd etdi.

Havo va suvning ifloslanishi, tuproq erroziyasi, cho‘llanish, qazilma yoqilg‘ilarni behisob ishlatish global isishga, tabiiy ofatlarning ko‘payishiga olib kelmoqda, atrof-muhit va aholi sog‘lig‘iga zarar yetkazmoqda.

Bunga javoban mamlakatimizda uch yil avval “Yashil makon” umummilliy loyihasi boshlandi. Qo‘shni mamlakatlar bilan birgalikda Mintaqaviy iqlim strategiyasini amalga oshirishga kirishildi. Poytaxtimizda Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishlarini o‘rganish universiteti tashkil etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan bu borada qabul qilingan ikkita muhim rezolyutsiyaning tashabbuskori bo‘ldi. Ayni vaqtda “yashil” energetika iqtisodiyotimiz drayverlaridan biriga aylanmoqda.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

20 Nov, 13:00


Toshkent tumanidagi issiqxonalar faoliyati e’tibor markazida

Bugun Toshkent tumani hokimligida Bosh prokuror o‘rinbosari Sh. To‘xtaboev boshchiligida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi vakillari, mas’ul tashkilotlar rahbarlari, tadbirkorlar, mahalla raislari va faollar ishtirok etishdi. Tadbirning asosiy maqsadi — Toshkent tumani hududida atmosfera havosining ifloslanishi darajasini kamaytirish va ifloslantiruvchi gazlarning belgilangan me’yorlardan oshib ketish sabablari bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash edi.

Havoning ifloslanishi bo‘yicha o‘rganishlar.

Toshkent tumani hududida atmosfera havosining ifloslanish darajasini aniqlash maqsadida 9 ta nuqtada ko‘chma laboratoriyalar yordamida tahlillar o‘tkazildi. Tahlillar natijasida Eshonguzar qishlog‘idan Toshkent Pediatriya tibbiyot institutigacha bo‘lgan hududda ifloslantiruvchi moddalar miqdori me’yordan oshib ketgani aniqlandi.

38 ta issiqxona o‘rganildi.


Davlat ekologik nazorati inspeksiyasi monitoringida aniqlanishicha, hududda 38 ta issiqxona mavjud. Ular, asosan, Xasanboy guzari, Avliyoota, Darxon, Tutzor kabi mahallalarga to‘g‘ri keladi. Issiqxonalarni isitishda shina, sellofan, parranda go‘ngi kabi zararli materiallardan foydalanish holatlari qayd etildi. Shu sababli chang-gaz tozalash uskunalari (filtrlar) o‘rnatish bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Natijalar va chora-tadbirlar.

10-14-noyabr kunlari o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida:

- 38 ta issiqxonadan 29 tasi faoliyat yuritayotgani, 9 tasi esa faoliyatini to‘xtatgani aniqlandi.

- 17 ta issiqxonada bodring va pomidor, 9 tasida gul, 2 tasida ko‘katlar, 1 tasida esa limon yetishtirilayotgani ma’lum bo‘ldi.

- 26 ta issiqxona ko‘mir, 3 tasi esa tabiiy gazdan foydalanmoqda.

Shu bilan birga, faqatgina 6 ta issiqxona ekologik ekspertiza xulosasiga ega, 7 tasida filtrlar o‘rnatilgan. Qoida buzgan 3 ta issiqxona egasiga jarima solindi, 9 tasini faoliyatini to‘xtatish uchun sudga murojaat qilindi. Filtrlarsiz faoliyat yuritayotgan issiqxonalar esa ogohlantirildi.

Keyingi yig‘ilishlar rejasi.

Toshkent tumani bo‘yicha yig‘ilishda tadbirkorlarga atmosfera havosini ifloslantirish oqibatlari tushuntirildi. Bundan tashqari, Zangiota, Qibray va Yangiyo‘l tumanlarida ham o‘rganishlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bu haqida Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

20 Nov, 10:01


❗️Ogohlantirish. Voyaga yetmaganlar, homilador ayollar va beqaror ruhiyatga ega boʼlganlar uchun videoni ko‘rish tavsiya etilmaydi.🔞

Andijonda mushukchaga nisbatan vahshiylik: jinoyatchilar jazolanishi shart


Andijon shahri Qo‘shariq ko‘chasidagi to‘yxona orqasida joylashgan 7 qavatli ko‘p xonadonli uylar oldida hech kimga ozori tegmagan mushukchaning vahshiylarcha o‘ldirilgani haqida murojaat kelib tushdi.

Voqea guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, mushukcha ertalab hali tirik bo‘lgan, mahalliy aholining e’tiborida bo‘lib, muntazam ravishda ovqatlantirib kelinardi. Ammo kechqurun mushukchaning dahshatli ahvolda topilgani ko‘pchilikni larzaga soldi.

— Mushukchani qaysidir vahshiy to‘rt oyog‘ini kesib, shu atrofga tashlab ketgan. Bu holatdan hammamiz qattiq qattiq iztirobda, — deydi murojaat qilgan kuzatuvchimiz.

Afsuski, ushbu hududda kuzatuv kamerasi ishlamaydi. Agar kimdir bu mudhish voqeaga guvoh bo‘lgan bo‘lsa, iltimos, bizga xabar bering. Sizning anonimligingiz kafolatlanadi.

Qonunchilik nima deydi?

O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgan shaxslar jiddiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasiga ko‘ra, hayvonlarni qiynoqqa solish yoki ularga zarar yetkazish 990 ming so‘mdan 1,65 million so‘mgacha jarima solinishiga olib keladi.

Jinoyat kodeksining 202-1-moddasiga muvofiq, agar shaxs ushbu jinoyatni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etsa va bu holat hayvonning o‘limi yoki mayib bo‘lishiga sabab bo‘lsa, 16,5 million so‘mgacha jarima yoki 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.

Adolat talab qilinmoqda

Mazkur voqea yuzasidan Andijon viloyat ichki ishlar boshqarmasidan ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs yoki shaxslarni aniqlab, ularning harakatlariga qonuniy baho berishlarini talab qilamiz. Bu kabi holatlar nafaqat qonunchilikka zid, balki insoniylik tamoyillariga ham mutlaqo mos emas.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

11 Nov, 16:00


Iqlim o‘zgarishlari bois Gretsiyada kapalaklar ozuqasiz qolmoqda.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

11 Nov, 13:01


Toshkent hayvonot bog’ining noodatiy jonivori - gapira oladigan qarg’a!😱

Siz bu haqida bilarmidingiz?

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

11 Nov, 10:02


Namangandagi chiqindixona muammosi: Fuqarolar yechim kutmoqda

Namangan shahar Alpomish mahallasidagi Hamza 9-13-ko‘p qavatli uylar orasidagi chiqindixona holati bilan bog‘liq muammolar jamoatchilikning e’tiborini tortmoqda. Hudud aholisining murojaatlariga ko‘ra, chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilmayotgani sababli ular ko‘pincha yoqib yuborilmoqda. Bu holat esa nafaqat hududni ifloslantirmoqda, balki jiddiy sog‘liq muammolarini keltirib chiqarish xavfini ham oshiradi.

Mahalla aholisidan biri shunday deydi: "Bizga chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish uchun transport tizimi yo‘lga qo‘yilishini va zamonaviy chiqindixona qurilishini talab qilamiz. Qachongacha chiqindixona ichida yashaymiz? Hozirda 11-uy oldida xazon to‘planib qolgan, agar bu muammo hal etilmasa, xazonni yoqish ehtimoli katta. Bunday holatlar turli xavfli kasalliklarni, jumladan saraton, astma va o‘pka silini keltirib chiqarishi mumkinligini yaxshi bilamiz. Mas’ullardan bu muammolarga zudlik bilan e’tibor qaratishni so‘raymiz."

Chiqindilarni yoqish nafaqat ekologik zarar keltiradi, balki aholi salomatligi uchun ham katta xavf tug‘diradi. Zamonaviy chiqindilarni qayta ishlash zavodlari esa bu muammoni hal qilishning samarali yo‘li sifatida ko‘rilmoqda. Masalan, Yaponiyada chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilishning ilg‘or usullari joriy etilgan bo‘lib, bu nafaqat atrof-muhitni himoya qiladi, balki iqtisodiy jihatdan ham foyda keltiradi.

Shu sababli, mahalla aholisi Namanganda ham shunday zamonaviy chiqindilarni qayta ishlash zavodlari qurilishini intiqlik bilan kutmoqda. Ushbu masala mas’ul tashkilotlar tomonidan tezkorlik bilan ko‘rib chiqilishi lozim. Aks holda, chiqindilarni yoqish oqibatida yuzaga keladigan ekologik va sog‘liq muammolari davom etishi mumkin.

Bu muammo mahalliy hokimiyat va ekologik tashkilotlar e’tiboriga tushib, yaqin orada ijobiy yechim topilishiga umid qilamiz.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

11 Nov, 07:31


Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi jonivorlarni ushlash markazi yordamga muhtoj!

Markazda sharoitlar umuman qoniqarli emas, hattoki oddiy tom yo‘q. Itlar yomg‘irda ham, qorda ham ochiq havoda qolishmoqda. Somon va tagliklar nam, itlar sovqotmoqda, boshpana qilish uchun joy yo‘q, qafaslar esa yomg‘ir yog‘ganida buzilib ketmoqda ekan. 😥 Barchani bu holatga befarq bo‘lmaslikka va tomni yopishda yordam berishga chaqiramiz! 🙏

Bugun bir odam kelib, markazdan o‘lchovlar olgan va ish qancha xarajat talab qilishini hisoblab bergan. Umumiy summa kichik emas — 10 million so‘m atrofidaligini bildiryapti ko‘ngillilar.

Shu bois, mablag‘ yig‘ishni boshlayapmiz.

Itlar uchun tom qurib olishga, imkon qadar tezroq yordam berishimiz lozim, chunki ob-havo hali imkoniyat berib turibdi.

Yig‘im Yuliya Kuryayevaning kartasiga amalga oshiriladi: 9860356614161822.

Moliyaviy hisobotlar “Sobachiy Patrul” Telegram guruhida e’lon qilib boriladi: https://t.me/+7JO8XoWwpf43ODdi

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

11 Nov, 05:01


Oʻzbek hovlisi ekomadaniyat namunasi sifatida: Oʻzbekiston COP29da nimalarni taqdim etadi?

Bugun, 11-noyabr kuni Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida “Yashil dunyo uchun birdamlikda” (In Solidarity for a Green World) shiori ostida BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi ishtirokchilari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) o‘z ishini boshlaydi.

COP29 doirasida Oʻzbekiston hukumati har bir tong gʻamxoʻrlik va iliqlik bilan boshlanadigan har bir xonadonning yuragi boʻlgan anʼanaviy oʻzbek hovlisiga asoslangan meʼmoriy konsepsiyasi asosidagi Milliy pavilyonni taqdim etadi. Yashillik va uzumzorlar bilan bezatilgan bu oilaviy hayot markazi inson va tabiatning uyg'un yashashini anglatadi.

Pavilyon O‘zbekistonning barqaror, an’anaviy materiallari va vaqt sinovidan o‘tgan, mamlakat iqlimiga mos qadimiy usullardan foydalangan holda qurilgan. Unda o’ziga xos suvoq, ayvon va tapchan kabi anʼanaviy elementlar aks etgan. Hovlidagi bu uchta element qulay va ekologik toza makon yaratish uchun birlikda ishlaydi. Suvoq haroratni barqarorlashtiradi va uyga estetik issiqlik qo'shadi, ayvon muloqot uchun salqin va ochiq joy yaratadi, tapchan esa oilaviy dam olish markaziga aylanadi. Ular birgalikda tabiatga g'amxo'rlik qilish, oilaviy an'analar va o'zbek xonadonidagi farovonlik kabi madaniy qadriyatlarni o'zida mujassam etgan.

O‘zbekiston Respublikasining “Ichkarida barqarorlik” pavilyonida mamlakatning o‘ziga xos madaniyati, tarixi va tabiati bilan shakllangan an’anaviy qadriyatlar va yondashuvlar haqida so‘z boradi.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

11 Nov, 01:30


Mehribon ota va Mehribon ona😄

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

10 Nov, 08:34


Nashrimizda “Ekolog” jamoat birlashmasi hamda Qirg‘iziston Respublikasi "Move Green" jamoat birlashmasi tomonidan tashkil etilgan “Yoshlar uchun iqlim ta’limi: Barqaqor kelajak sari qadamlar” loyihasi doirasida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida birinchi kurs talabalari uchun ikki kunlik o‘quv–seminar tashkil qilingani haqida xabar bergan edik.

O‘quv-seminarining ikkinchi kunida "Iqlim o‘zgarishiga moslashish masalalari" mavzusida xalqaro va milliy tajriba bilan o‘rtoqlashish uchun xalqaro ekspert Natalya Idrisova ishtirokchilar uchun taqdimot qildi.

O‘quv–seminarning ikkinchi kuni ham maqsadli yakunlandi va ishtirokchilar tashkilotchilarning sertifikatlari bilan taqdirlanishdi.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

09 Nov, 07:30


“Ekolog” jamoat birlashmasi hamda Qirg‘iziston Respublikasi "Move Green" jamoat birlashmasi tomonidan tashkil etilgan “Yoshlar uchun iqlim ta’limi: Barqaqor kelajak sari qadamlar” loyihasi doirasida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida birinchi kurs talabalari uchun ikki kunlik o‘quv–seminar tashkil qilindi.

O‘quv–seminarda talabalarga “Ekolog” jamoat birlashmasi Respublika volontyorlar kordinatori Fotima Choriyeva va Jamoat birlashmasi matbuot xizmati kotibi Feruzbek Sayfullayevlar tomonidan Global iqlim o‘zgarishi nima?  BMTning barqaror rivojlanish maqsadlari: iqlim o‘zgarishiga moslashish masalalari, Ommaviy axborot vositalarida iqlim o‘zgarishi masalalari qanday yoritiladi?, Uglerod izi nima?, “Energiya ta’minoti, bioxilma-xillikning yo‘qolishi va iqlim o‘zgarishi” mavzusini yoritishda tahliliy janrlarning o‘rni, Virtual suv. Suv izi. Nega suv mavzusi iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq? mavzularida taqdimotlar o‘tkazildi.

O‘quv–seminarning birinchi kun yanuklari maqsadli yakunlandi.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

09 Nov, 05:00


"Ekolog" Jamoat birlashmasi hamda Koreya Xalqaro taraqqiyot hamkorlik Markazi o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Koreya Xalqaro taraqqiyot hamkorlik Markazi insoniyatning barqaror farovonligini ta’minlashga intilgan rivojlanish hamkori hisoblanadi.

KIDC 2010 yilda ixtisoslashtirilgan grant yordamini qo‘llab-quvvatlash tashkiloti sifatida tashkil etilgan. U xorijdagi ko‘ngilli guruhlarni yollash va o‘qitish, faoliyatni boshqarish, ko‘ngillilar guruhlarini baholash va samaradorlikni o‘lchashni o‘z ichiga olgan tashkilot.

Muassasaning qisqa tarixiga qaramay, KIDC ko‘ngillilar yordam ekotizimida muhim rol o‘ynashdan umid qiladi.

Uchrashuvda "Ekolog" Jamoat birlashmasi direktori tashkilot faoliyati, eko volontyorlar faoliyati qanday tashkil qilinishi va qanday loyihalar amalga oshirilayotgani haqida Koreya Xalqaro taraqqiyot hamkorlik Markazi xodimi Moon, Hyun-jung xonimga ma’lumotlar berdi. Uchrashuv yakunida ikki tomon hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Koreya Xalqaro Taraqqiyot Hamkorlik Markazi (KIDC) Koreyadagi xalqaro rivojlanish hamkorlik loyihalari salohiyati va samaradorligini oshirishga yordam berish uchun, ham pullik, ham to‘lanmagan turli xil rivojlanish hamkorlik loyihalari bilan bog‘liq turli qo‘llab-quvvatlash vazifalarini samarali bajarish uchun tashkil etilgan.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

06 Nov, 16:01


Zarafshon milliy tabiat bog‘idan xalqaro tajriba almashish: Erkin Xolmanovning 9-sletdagi muvaffaqiyatlari

Zarafshon milliy tabiat bog‘i Fan-atrof tabiiy muhit monitoring bo‘limi mutaxassisi Erkin Xolmanov yaqinda Rossiya Federatsiyasining Perm shahrida o‘tkazilgan xalqaro 9-sletda ishtirok etdi. Tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belorussiya va Rossiyadan kelgan tabiat qo‘riqxonalari hamda o‘rmon muhofazasi mutaxassislari tajriba almashdilar. Erkin Xolmanov Zarafshon milliy tabiat bog‘ini namoyish etib, faxrli o‘rinlarga sazovor bo‘ldi.

Xolmanovning ta’kidlashicha, u sletda boshqa davlatlar mutaxassislarining yovvoyi tabiatga bo‘lgan hurmat va ehtiyotkorlik madaniyatiga alohida e’tibor qaratdi. U, ayniqsa, Rossiya hududlarida qushlar va hayvonlarga bo‘lgan mehr-muhabbatni his qilganini aytib o‘tdi: "Kabutarlar va boshqa qushlar insonlardan cho‘chimay, atrofimizda erkin yurishadi, bu juda yoqimli," — dedi u. Shuningdek, Xolmanov Rossiyada ko‘chalarda qarovsiz hayvonlarning deyarli uchramasligini ta’kidladi, bu esa ulardagi tartib va hayvonlarga bo‘lgan munosabat darajasini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, mamlakatimiz ko‘chalari, bozorlari va tabiat hududlarida qarovsiz itlar soni ko‘pligiga e’tibor qaratdi.

Xalqaro slet Erkin Xolmanovga yovvoyi tabiatni himoya qilish va hayvonlar bilan ishlashdagi yangi yondashuvlar va metodlarni o‘rganish imkonini berdi.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

06 Nov, 13:00


Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari mehnat sharoitlari va ish haqlari bilan bog‘liq muammolar yuzasidan norozilik bildirmoqda

Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xodimlari kun sayin murakkablashib borayotgan mehnat sharoitlari hamda ish haqi masalalari yuzasidan vaziyatga e’tibor qaratishni talab qilmoqda. Xodimlar mehnatiga to‘lanadigan ish haqi va ustama to‘lovlar vaqti-vaqti bilan kechikib, to‘lanmayotgani haqida xabarlar mavjud.

Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi MIB portalida 767 million 190 ming 748 so‘m qarzdorlik qayd etilgan, bu esa xodimlarning qonuniy haqqi va huquqlariga nisbatan e’tiborsizlik sifatida baholanmoqda. Xodimlarning ta’kidlashicha, vazirlik rahbariyati va yuridik bo‘limi sud qarorlarini va MIB ijro hujjatlarini bajarishdagi sustkashligi muammoni yanada kuchaytirmoqda.

Shuningdek, viloyat va tumanlarda inspektorlar uchun zarur bo‘lgan xizmat mashinalari, ish sharoitlari va xizmat guvohnomalari yetishmasligi ham dolzarb muammo sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. O‘z ishiga jon kuydirib, davlat nazorati va ekologik muhofaza uchun xizmat qilayotgan xodimlar adolatli mehnat sharoitlari, vaqtida ish haqi to‘lanishi, sud qarorlarining bajarilishi va vazirlik tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini kutmoqda.

Xodimlarning ta’kidlashicha, har bir rahbar almashgan sari boshqarmada moliyaviy qarzdorlik ortib borayotgani va bu holatni nazorat qilish kerakligini ta’kidlaydi. Xodimlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiq ish haqlari to‘liq to‘lanishini va mavjud muammolar tez fursatda hal etilishini talab qilmoqdalar.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

06 Nov, 10:01


Tog‘ echkisini noqonuniy ovlagan fuqaroga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilmoqda

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi inspektorlari Bo‘stonliq tumani Burchmullo davlat o‘rmon xo‘jaligi Pskom bo‘limidagi Qorong‘u To‘qay hududida noqonuniy ovni to‘xtatish maqsadida reyd tadbiri o‘tkazdilar. Ushbu tadbir davomida 1989-yilda tug‘ilgan T.B. ismli fuqaro o‘ziga tegishli ov quroli yordamida hech qanday ruxsatnomasiz 1 bosh tog‘ echkisini ovlagani aniqlandi.

Huquqbuzarning bu harakati “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni talablari buzilishiga sabab bo‘lib, tabiatga 16 million 875 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan. Shu sababli, MJtKning 90-moddasi 3-qismiga muvofiq huquqbuzarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Hozirda ushbu ish bo‘yicha tegishli hujjatlar sud organlariga yuborilmoqda va ov quroli Bo‘stonliq tumani Ichki ishlar bo‘limiga saqlash uchun topshirilgan. Ekologik xavfsizlik va hayvonot dunyosini himoya qilish maqsadida bunday tadbirlar muntazam davom ettiriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

06 Nov, 09:29


Acted bioxilma-xillikni saqlash bo’yicha milliy darajada yakuniy muhokama o’tkazdi

2024- yil 5-noyabr kuni Acted Kritik ekotizimlar bo’yicha hamkorlik fondi (CEPF) tomonidan moliyalashtirilayotgan «O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilishni yaxshilash uchun fuqarolik jamiyati tashkilotlarining salohiyatini oshirish» loyihasi doirasida bioxilma-xillikni saqlashga bag’ishlangan milliy yakuniy tadbirni o’tkazdi. Tadbir fuqarolik jamiyati tashkilotlari, o’qituvchilar, davlat idoralari vakillari, faollar, ekologiya sohasidagi blogerlar, ekologiya bo’yicha ekspertlar, ommaviy axborot vositalari va manfaatdor tomonlarni birlashtirib, dolzarb masalalarni muhokama qilish va o’zaro tajriba almashish maqsadida tashkil qilingan.

Tadbirning maqsadi: biologik bioxilma-xillikni muhofaza qilish sohasida barqaror muloqot o’rnatish va say’harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida fuqarolik jamiyati, hukumat vakillari va tabiatni muhofaza qilishning faol tarafdorlari o’rtasida ishonchni mustahkamlash.

Milliy muhokama bioxilma-xillikni muhofaza qilish sohasidagi dolzarb muammolar va o’zgarishlarni aniqlab beradi hamda tabiiy resurslarni barqaror boshqarish bo’yicha keying qadamlarni belgilashga yordam beradi. Acted ushbu tadbir O’zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish va ekotizimni saqlash bo’yicha uzoq muddatli yechimlarni ishlab chiqish yo’lida muhim qadam bo’lishiga umid qiladi.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

03 Nov, 07:31


#Iqlim_o'zgarishi Andijon adirliklarida o‘rmon yaratish tashabbusi – Vatanparvarlikning yorqin namunasi

Bir muddat avval, kanalimizda Andijon viloyatining Asaka tumanidagi “Ergashobod” mahallasida joylashgan “Sohibkor” massivida o‘rmon tashkil etish tashabbusi bilan chiqayotgan Otabek Nuritdinov bilan suhbat e'lon qilgan edik. Bu xayrli tashabbusga qo‘shilayotgan ko‘plab vatandoshlarimizni hisobga olsak, bu sa’y-harakatlar xalqimizning tabiatni asrash va yashil hududlarni ko‘paytirish, iqlim o'zgarishi oqibatlariga moslashish borasidagi intilishlarining yorqin namunasi bo‘lmoqda.

Yaqinda yana Otabek Nuritdinov bilan bog‘landik va uning faoliyatidagi yangi o‘zgarishlar haqida so‘radik. Qiziqarli jihati shundaki, bu sa’y-harakatlar faqat mahalliy darajada qolib ketmay, uzoq-uzoqlardan vatandoshlarimizning e’tiborini ham tortmoqda. Masalan, okean ortidan bir vatandoshimiz yordam qo‘lini cho‘zib, o‘z imkoniyatiga ko‘ra qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Issiqxona uchun zarur shlang va tomchilatish tizimi:

Otabekning so‘zlariga ko‘ra, yangi yerlarni ochish va o‘rmonni kengaytirish uchun zarur bo‘lgan issiqxona va sug‘orish tizimi xarajatlari katta mablag‘ talab qilmoqda. Shu munosabat bilan vatandoshlarimizdan biri Otabekning talabiga binoan, 1 gektarga kerak bo‘lgan 20 diametrdagi 5 ming metr shlang va 2500 dona kapelnitsa bilan ta’minladi. Toshkentdan ishlab chiqaruvchidan olinayotgan bu jihozlar mahalliy do‘konlardagidan ancha arzon tushgan bo‘lsa-da, ko‘proq xarajatlarni qoplash maqsadida Otabek qarz olib, yana qo‘shimcha 5 ming metr shlang va kapelnitsalar xarid qilgan.

Bugungi kunga kelib, loyiha uchun umumiy 10 ming metr shlang va kapelnitsalar yetkazib berildi va 2 gektar maydonni sug‘orish imkoniyati yaratildi. Bu boradagi faoliyat davomida chol-kampir bo‘lib mehnat qilib, ko‘chatlarni ekishni reja qilishmoqda. Otabekning so‘zlariga ko‘ra, bularning har biri ulkan xarajatlarni talab qilsa-da, ular natijani ko‘rib ishlarini davom ettirishga qat’iy qaror qilishgan.

Moliyaviy qiyinchiliklar va qo‘llab-quvvatlov:

Otabekning ta’kidlashicha, ular ko‘chatlardan tushadigan ozgina daromadni qarzlarni uzishga sarflab, yana moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Biroq, o‘rmon yaratish singari ulug‘ maqsad yo‘lida shijoatlari so‘nmagan va atrofdagilar ham endi ularning ishlariga qo‘llab-quvvat ko‘rsata boshlashgan. "Befarq bo‘lmagan vatandoshlarimizning dalda bo‘lib turganlari biz uchun katta kuch," deydi u. Bu so‘zlar ularning qanchalik qattiq iroda bilan ishlayotganlarini ko‘rsatmoqda.

Agar siz ham bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashni istasangiz, quyidagi karta raqamiga o‘z hissangizni qo‘shishingiz mumkin:

Karta raqami: 9860 0401 0936 9039 (Abdufatto Nuritdinov)

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

03 Nov, 07:30


Samarqandlik ayol ko‘cha mushuklarini boqishda yordam so‘ramoqda

Samarqand shahridan bo‘lgan mehribon ayol boshpanasiz mushuklarni o‘z hisobidan oziqlantirib kelmoqda. U uzoq vaqt davomida o‘z uyida mushuklarni asrab-avaylab, ularni oziq-ovqat bilan ta’minlab kelgan. Biroq, hozirgi kunda uning xonadonida ham mushuklar soni ko‘payib, o‘zi yolg‘iz barcha mushuklarni boqish imkoniyatidan mahrum bo‘lmoqda.

Ayol o‘zining cheklangan moliyaviy imkoniyatlari tufayli bu ishni davom ettirish qiyinlashayotganini aytib, yaxshi odamlardan ko‘cha mushuklariga yordam qo‘lini cho‘zishni so‘ramoqda. U ko‘proq mushuklarga boshpana va oziq-ovqat taqdim qilish uchun moliyaviy ko‘makka muhtoj. Ayolning maqsadi – mushuklarning sog‘lom hayot kechirishlariga ko‘maklashish va ularni yanada yaxshiroq sharoitlarda boqishdir.

Bu ezgu ishni davom ettirish uchun siz ham mablag‘ bilan yordam berishingiz mumkin.

Bog'lanish uchun: @ekaterina08051989
Yordam kartasi:
9860 0824 6453 5192

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

03 Nov, 05:00


#Kashfiyot O'zbekiston ixtiofaunasi yana bir yangi turga boyidi

Do'stlar, sizlarga O'zbekiston ixtiofaunasining yangi vakili bo'lgan Dzihunia pseudoamudarjensis Sheraliev & Kayumova, 2024 turini kashf etganimizni xabar qilishdan mamnunman.

Ushbu yangi tur Farg'ona vodiysidan qayd etildi. Shu vaqtgacha Dzihunia urug'ining 3 turi - D. amudarjensis (Amudaryo), D. ilan (Zarafshon) va D. turdakovi (Talas) ma'lum edi. Men ham hammuallifim, qadrdon opam Dr. Yorqinoy Qayumova bilan birgalikda ushbu urug'ning to'rtinchi turini tavsiflashga muvaffaq bo'ldik.

Yangi tur o'zining urug'doshlaridan yon chizig'idagi poralari soni (84-86 ta), ingichka dum bandi, orqa va anal suzgich qanotlarining pastligi hamda ko'zlararo masofasining yirikligi bilan farq qiladi. Yangi tur haqidagi maqola xalqaro Zootaxa jurnalida chop etildi.

Mazkur turni kashf etilish jarayonida o'z hissasini qo'shgan barcha hamkasblar, shogirdlar va yaqinlarimizga o'z minnatdorchiligimizni bildiraman. Baxtiyor Sheraliyev FB sahifasidan ☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

03 Nov, 01:30


🐈‍⬛Fotoqopqon kadrlarida to'qay mushugi

Oqtog'-Tomdi davlat qo'riqxonasi hududiga o'rnatilgan fotoqopqonlarga tunda ozuqa qidirib yurgan to'qay mushugi tasviri muhrlandi.

Ma'lumot uchun, qo‘riqxona Navoiy viloyati Tomdi tumani "Shiyeli" ovul fuqarolar yig'ini hududida joylashgan bo'lib, 2022-yil 16-fevralda tashkil topgan. Unda 47 tur o'simlik, 41 tur hayvonot olami mavjud. hayvonot olamining 11 turi esa O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan. Eng ko'p uchraydigan hayvonlar: Jayron va Turkman qoraqulog‘idir.

Manba

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

02 Nov, 16:00


#Rasmiy_munosabat

Kanalimizda davlat raqami 01 162 HCA bo‘lgan yo‘lovchi tashuvchi avtobus shaharda o‘zidan zaharli tashlanmalar chiqarib faoliyat yuritayotgani haqida xabar bergan edik. Holat zudlik bilan Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi tomonidan o‘rganilibdi.

Toshkent shahar  Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, holat o‘z tasdig‘ini topgan.

Toshkent shahar  Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Anvar G‘ulomov hamda boshqarmaning Yunusobod tuman bo‘limi  inspektori Adham Tursunovlar bergan ma’lumotga ko‘ra, haqiqatdan avtobus o‘zidan zaharli tashlanmalar chiqargan, holat yuzasidan tegishli shaxslarga qonunda belgilangan tartibda jarima va jazo chora ko‘rilgan.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

02 Nov, 13:00


Qashqadaryodagi axlat muammosi: Yashirin qolayotgan ekologik muammo

Kanalimizga kelib tushgan murojaatga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar Yerqo‘rg‘on oziq-ovqat bozoriga kirish hududida egasiz axlatxona paydo bo‘lgan. Mahalliy aholi va atrofdagilar bu manzildagi nosozliklardan ko‘ngilsiz ta’sirlanmoqda, ammo hanuzgacha viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan hech qanday chora ko‘rilmayotgani tashvish uyg‘otmoqda.

Hududning bu qismida axlatlar tartibsiz joylashgan bo‘lib, hududda tozalash ishlari muntazam olib borilmasligi tufayli atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Mahalliy aholi va tashkilotlar ushbu holatga e’tibor qaratish va axlatlarni tozalash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilishini talab qilmoqda.

Hududda ekologik holatni yaxshilash uchun viloyat ekologiya boshqarmasi va boshqa mas’ul tashkilotlar bu kabi muammolarni e’tiborsiz qoldirmasliklari lozim. Atrof-muhitni himoya qilish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha yondashuvda har bir burchak toza saqlanishi zarur, aks holda aholining salomatligi va tabiatga zarar yetishi mumkin.

Bu masalaga jamoatchilik e’tiborini tortish orqali, tegishli tashkilotlardan ham aniq chora-tadbirlar ko‘rishni so‘raymiz.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

24 Oct, 16:01


Tabiatga zarar keltiruvchilarga nisbatan jazo choralari kuchaytirilmoqda

Senatning ellik to‘qqizinchi yalpi majlisda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga hayvonot va o‘simlik dunyosining muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Bugungi kunda noqonuniy ov qilish, brakonyerlik tufayli hayvonot va nabotot turlari soni tobora kamayib bormoqda. Natijada ekologik vaziyat keskinlashyapti, bu esa jamoatchilikning haqli eʼtirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Qurilish va boshqa ishlarni amalga oshirishda kimyoviy, biologik va bakteriologik vositalardan foydalangan holda qasddan daraxtlarni quritish holatlari uchrayotganini OAV orqali ko‘rib guvohi bo‘lmoqdamiz.

Shuningdek, suv havzalarida turli noqonuniy usullar yordamida, xususan, elektr toki, portlovchi va kimyoviy moddalar hamda biologik preparatlarni qo‘llagan holda baliq ovlash ortib bormoqda. Bu baliq zaxiralari qirilib ketishiga, turlarini yo‘q bo‘lib ketishiga sabab bo‘lmoqda.

Amaldagi qonunchiligimizda bunday qilmishlar uchun jazo choralarining yengilligi esa brakonyerlarga juda qo‘l kelmoqda.

Boz ustiga, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari davlat inspektorining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik, ko‘rsatmalarini bajarmaslik uchun belgilangan sanksiya mazkur yo‘nalishdagi huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini taʼminlash imkonini bermayapti.

Taʼkidlanganidek, taklif etilayotgan Qonun bilan amaldagi 2 ta kodeks va 2 ta qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.

Jumladan, Jinoyat kodeksiga hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Xususan, elektr tokini, portlovchi, kimyoviy moddalarni yoki biologik preparatlarni qo‘llagan holda ov qilish yoxud baliq ovlash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravaridan 600 baravarigacha jarima belgilanmoqda yoki muayyan huquqdan mahrum qilinmoqda, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanmoqda. Og‘irlashtiruvchi holatlarda qo‘shimcha jazo sifatida muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi ham kiritilmoqda.

Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzganlik uchun ko‘zda tutilgan jarimalar miqdori ikki baravarga oshirilmoqda.

Kimyoviy, biologik va bakteriologik vositalardan foydalangan holda, shuningdek, binolar, inshootlar yoki boshqa obyektlarni qurish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish yoxud o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurish hamda kapital taʼmirlash vaqtida daraxtlarga, butalarga yoki boshqa o‘simliklarga qasddan shikast yetkazish, payhon va nobud qilish huquqbuzarliklari uchun javobgarlik belgilanib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 35 baravaridan 50 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 60 baravaridan 75 baravarigacha jarima nazarda tutilmoqda.

Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini buzganlik, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik esa 2 baravarga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, Ekologiya davlat inspektorining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik, ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilib, fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha mansabdor shaxslarga esa 20 baravaridan 30 baravarigacha jarima belgilanmoqda.

“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi hamda “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunlar normalari o‘zaro muvofiqlashtirilib, ushbu qonunlardagi ov quroli, shu jumladan baliq ovlash quroli bilan bog‘liq huquqiy bo‘shliqlar bartaraf etilmoqda.

Batafsil o'qish!

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

24 Oct, 13:00


Kanalimizga Jizzax shahar, “Obod”MFY, Gavhar burilish ko‘chasi, 5-uyda yashovchi fuqaro Qobilov Diyor Meliyevichdan murojaat kelib tushdi.

Jizzax shahar hokimligi fuqaroga obodonlashtirish uchun ajratilgan yerni shahar hokimligi zaxirasiga qaytarish uchun Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudiga da’vo ariza kiritgan. Zaxiraga qaytarilishi so‘ralayotgan yer 2003-yil 07-aprel kuni Jizzax shahar hokimi X.Imomjonovning «Jizzax shahar mahalla hududlarida joylashgan bo‘sh joylarni ekin ekib obodonlashtirish uchun vaqtinchalik ruxsat berish» to‘g‘risidagi №546 -sonli qarori bilan ajratib berilgan. Qarorga asosan ip yigirish fabrikasining shimoliy qismidan 0,15ga yer ajratib berilgan. Ushbu yerdan katta kuchlanishga ega elektr liniyasi ham o‘tganligi ma’lum qilindi murojaatchi tomonidan.

-Biz bu yerga daraxt ekib yashil makonga aylantirdik, endi bu yer hokimiyatga kerak bo‘lib qoldi. Biz bu yerda 300 dan ortiq daraxtlar ekanmiz. Jizzax shahar hokimligi yerni qaytarish to‘g‘risida da’vo kiritayotgan mazkur yerdagi obodonlashtirish maqsadida ekilgan 300 ga yaqin 9-10-yillik daraxtlar haqida umuman yozmay sudni chalg‘itayabdi, zero mazkur obodonlashtirilgan joyda Prezidentimizning tegishli Farmoni bilan daraxtlarning kesilishiga muddatsiz davrga uzaytirilib, moratoriy e’lon qilingan Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan qimmatbaho daraxt navlari ham mavjud. Bilishimcha, bu yerda mashinalar uchun avtoturargoh qurishmoqchi. Odamlar uchun kislorod va yashillik kerak emasmi? Avtoturargohni aynan bizning bog‘ o‘rniga barpo etishlari g‘alati emasmi? O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi 6243-sonli “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘risida”gi Farmoning 4-bandida mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlariga oid quyidagi vakolatlari, (ya’ni yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish, foydalanishga berish, kelgusida ajratish uchun zaxiralash, biriktirish, obodonlashtirish uchun berish YOKI YERLARNI BOSHQACHA YO‘L BILAN TASARRUF QILISH, bundan mazkur Farmonga muvofiq yer uchastkalarini davlat tashkilotlariga doimiy foydalanishga ajratish) ular yuzasidan qaror, farmoyish yoki boshqa turdagi hujjat qabul qilish huquqi, qonunchilik hujjatlarida ushbu Farmonda belgilanganidan boshqacha tartibda yer uchastkalarini ajratishni nazarda tutuvchi barcha tartiblar, imtiyoz va istisnolar 2021-yil 1-avgustdan to‘liq bekor qilinsin deyilgan. Davlat hokimiyati organlari tomonidan yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish yoki BOSHQACHA TARZDA IMTIYOZ VA ISTISNOLAR BELGILASH TASHABBUSI BILAN CHIQISH TAQIQLANSIN DEYILGAN! Shahar hokimligi yer bo‘yicha sudga da’vo ariza kiritib, yerni boshqacha yo‘l bilan tasarruf qilish bo‘yicha tashabbus bilan chiqmay nima qilayabdi? Jizzax viloyat ekologiya boshqarmasi boshida daraxtlarni kesish mumkin emasligi haqida tushuntirishlar berishiga qaramay, hokimiyat maqsadidan qaytmayapti,-deydi Qobilov Diyor Meliyevich.

Fuqaroning asosiy talabi ushbu ekin yeridagi barcha daraxtlarni saqlab qolish va ularni kestirmaslik. Murojaatchi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining vaziri ushbu masalani hal etishda yordam ko‘rsatishini so‘ramoqda. Biz o‘ylaymizki vazirlik ushbu muammoni Respublika darajasida ko‘rib chiqib hal qiladi. Uchta emas, balki 300 dona daraxt taqdiri hal bo‘lmoqda. Rasmiylardan holat yuzasidan munosabat kutib qolamiz.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

24 Oct, 09:24


#Rasmiy_munosabat

Kanalimizda “Olmazor tumanida Qora Qamish kanali bo‘ylab 1/3 qismi yashil hududga ega. U yerda archalar o‘sadi. Shunday qilib, 2024-yil 11-oktyabr kuni u yerda ekskavator archalarning tagiga yer qazigan” mazmunida bizga kelib tushgan murojaatni e’lon qilgan edik.

Holat Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining Olmazor tumani inspektori tomonidan o‘rganilganda, Qichqiriq MFY, Qora qamish 1/3 daxasida daraxtning ildiz qismiga ekskovatorda shikast yetkazilganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtK ning 79-moddasi 1-qismi bilan 9.375.000 so‘m jarima hamda 3.000.000 so‘m tabiatga yetkazilgan zarar hisoblanib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilibdi.

Bu haqida bizga Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

24 Oct, 06:01


#Rasmiy_munosabat

Kanalimizda “Yunusobodda daraxtlarga zarar yetkazildi: daraxtlarning atroflarini kim kovlagan?” mazmunida xabarni e’lon qilgan edik.

Holat Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasining Yunusobod tumani inspektori tomonidan o'rganilganda, Quloqtepa ko’chasi hududida suv poliv o’tkazish maqsadida 12 dona Safora daraxtini o’sishdan to’xtamaydigan darajada shikast yetkazilganligi aniqlanibdi.

Holat yuzasidan mas’ul fuqaroga nisbatan O’zbekiston Respublikasi MJtK ning tegishli moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan

Bu haqida bizga Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo'ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt