Ulug‘bek Inoyatov @uinoyatov Channel on Telegram

Ulug‘bek Inoyatov

@uinoyatov


O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi

Ulug‘bek Inoyatov (Uzbek)

Ulug‘bek Inoyatov Telegram kanaliga xush kelibsiz! Bu kanal O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Ulug‘bek Inoyatov tomonidan boshqariladi. Ulug‘bek Inoyatov, O‘zbekiston siyosiy hayotida muhim o‘rin egallagan shaxslardan biridir. Uning rahbarlikdagi kanalda siz Markaziy Kengash raisining so‘nggi yangiliklarini, siyosiy fikrlarini, va partiyadagi faoliyatlarni to‘laqon bilib olishingiz mumkin. Ulug‘bek Inoyatov kanali sizga siyosiy jarayonlar haqida oxirgi va ishonchliligiga qaror qilishda yordam beradi. Agar siz ham siyosiy yangiliklardan xabardor bo‘lishni istasangiz, @uinoyatov kanaliga obuna bo‘ling va Markaziy Kengash raisi Ulug‘bek Inoyatov bilan birgalikda siyosiy jarayonlardan xabardor bo‘ling!

Ulug‘bek Inoyatov

13 Jan, 13:43


⁉️ Fraksiya a’zolari qonun loyihasidagi qaysi taklifdan norozi?

O‘tgan haftada O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro‘yxatiga olishning normativ-huquqiy va tashkiliy asoslarini shakllantirish maqsadida ishlab chiqilgan qonun loyihasini qo‘mitaga qaytargan edi. Bildirilgan takliflar asosida qayta ishlangan, seminar o‘tkazilib, loyiha mazmuni tushuntirilgan bo‘lsa-da, deputatlar savollariga berilgan javobdan qoniqmayapti.

Ularning fikricha, davlat ro‘yxatiga olingan diplom egasining malaka talablari boshqa yo‘sinda bo‘lishi kerak. Har 5 yilda ro‘yxatdan qayta o‘tkazish e’tirozlarga hamda korrupsion holatlarga sabab bo‘lishi mumkin.

👆 🌐 Sayt | 📺 YouTube | 📺 Facebook

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

13 Jan, 12:23


Endi fuqarolar yig‘inlari raislari 5 yilga saylanishi mumkin

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida ushbu tizimga oid qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Bilamizki, amaldagi tartibga ko‘ra fuqarolar yig‘ini raislari 3 yil muddatga saylanadi. Ammo bu davr fuqarolar yig‘ini raislariga o‘z bilim va boshqaruv qobiliyatlarini to‘liq namoyon etishga yetarlicha imkoniyat bermaydi. Shundan kelib chiqib, yangi saylangan fuqarolar yig‘ini raisi to‘liq 5 yil muddatga saylanishini belgilash taklif etilmoqda. Shuningdek, loyiha bilan fuqarolar yig‘ini raisi sayloviga tayyorgarlik tadbirlarini o‘tkazish muddatlari va tartibini takomillashtirish maqsad qilingan.

Qonun loyihasini muhokama qilar ekan deputatlar amaldagi tartib eskirib qolganini va yangilik joriy etish yaxshi samara berishi mumkinligini ta’kidladi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi respublika komissiyasining fuqarolar yig‘ini raisi saylovini o‘tkazish bilan bog‘liq vakolatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalariga o‘tkazilishi tizimdagi o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. O‘zgarishlarning tatbiq etilishi fuqarolar yig‘ini vakolatlarini yanada kengaytirishga ham xizmat qiladi...

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

13 Jan, 11:54


#Munosabat

Xalqimiz farovonligi sari tashlanayotgan odim qadamlar

Kuni kecha hurmatli Prezidentimizning “O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan Farmoni loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. E’tiborli jihati shundagi davlat dasturi loyihasi Partiyamizning doimiy pozitsiyasiga hamohangligi biz uchun quvonarli hol albatta.

Ushbu farmon bilan 2025-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar, maqsadli dasturlar, yaqin va uzoq muddatli strategiyalar aniq belgilab berilmoqda.

Meni e’tiborimni tortgan maqsad va vazifalardan biri mazkur farmon loyihasida tejamkor iqtisodiy rivojlanish modeliga o‘tish orqali 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulotning yillik o‘sishini kamida 6 foiz va uning hajmini 200 milliard dollarga yetkazish, inflatsiyani 5 foiz, budjet taqchilligini yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foiz darajasida saqlash orqali yurtimizda kambag‘allar sonini yanada qisqartirish va aholi farovonligini oshirish ustuvor vazifa qilib belgilanganligi alohida ahamiyatlidir.

Bundan tashqari aholini qulay va zamonaviy uy-joylar bilan ta’minlash, qayta tiklanuvchi muqobil energiyadan samarali foydalanish borasida xam qator islohotlar amalga oshirilmoqda...

Shokirjon AHMEDOV,
Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati,
XDP fraksiyasi a’zosi.

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

13 Jan, 09:37


#Munosabat

Intervyu 24 | “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” Davlat dasturi loyihasi keng jamoatchilik muhokamasida

Odiljon Iminov,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
O‘zXDP fraksiyasi a’zosi.


📺 YouTube | 📺 Facebook

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

11 Jan, 10:33


❗️ O‘zA:
Yangi tug‘ilgan bolalar uchun depozitlarni ochish tashabbusi ilgari surilmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi barcha yangi tug‘ilgan bolalar uchun bolalar depozitini ochish bo‘yicha loyihani ishlab chiqib, fraksiya yig‘ilishida muhokama qildi.

Ijtimoiy davlat maqomini mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlar doirasida yangi tug‘ilgan bolani tarbiyalashda ota-onalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirish maqsadga muvofiq. Buning uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish va ularni bolalarga uzoq muddatli sarmoya kiritishga yanada faol jalb qilishni rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlarni izlab topish zarur. Shu maqsadda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi o‘rinbosari Rustam Saparbayev tomonidan ishlab chiqilgan “Barcha yangi tug‘ilgan bolalar uchun bolalar depozitini ochish bo‘yicha loyiha” muhim ahamiyatga ega.

Ushbu loyiha bola voyaga yetganida shaxs sifatida shakllanish, iqtidorini rivojlantirish uchun erkin moliyaviy resurslarga ega bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi. Barcha yangi tug‘ilgan bolalar uchun “bolalar depozitini” ochish, mazkur depozitni ota-onalar, vasiylar yoki boshqa homiylar tomonidan qonun asosida bosqichma-bosqich to‘ldirish imkoniyati bilan ta’minlash va 18 yoshga to‘lganda, yig‘ilgan mablag‘larni foizlari bilan olish huquqini beradi.

“Bolalar depoziti”ning egasi 18 yoshga to‘lgandan so‘ng ta’lim olishni davom ettirish, uy-joy va maishiy masalalarni hal qilish, to‘plangan mablag‘larni keyinchalik investitsiya qilish yoki ulardan boshqa shaxsiy qonuniy maqsadlar uchun foydalanish kabi ehtiyojlari uchun bo'sh moliyaviy resurslarga ega bo‘ladi...

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

11 Jan, 06:23


#Munosabat

Partiyamiz dastur loyihasidagi inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirishga oid takliflarni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi

Iba NARIZOVA,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi
O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi.

📺 YouTube | 📺 Facebook

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

10 Jan, 08:26


Ta’ziya

O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyat bo‘limi rahbari, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zosi

Artuqboyeva Haytxon Qodirovna

79 yoshida bu yorug‘ olamni tark etdi. Partiyamiz ko‘p ming sonli a’zolari hamda xayrixohlari nomidan marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

09 Jan, 11:27


#munosabat

❗️ Yashash sifatini yaxshilash – bosh maqsad

Yangi yilga nom berilishi va shunga mos ravishda Davlat dasturi ishlab chiqilishi xalqimizni ezgu maqsadlar yo‘lida yanada jipslashtirishga xizmat qilmoqda. Keng jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili Davlat dasturi bo‘yicha Prezident Farmoni hamda dastur loyihasidagi barcha vazifa-tashabbuslar yurtdoshlarimizning ko‘nglidagi fikrlarni ifodalamoqda.

Davlat va jamiyatni yanada rivojlantirish bo‘yicha bosh hujjat, eng avvalo, inson uchun, uning huquq va manfaatlari himoyasi uchun yo‘naltirilgandir. Mulohaza qilinsa, atrof-muhitni asrash, “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish birinchi navbatda insonni asrash va unga qulay sharoit yaratishni anglatadi.

Alohida ta’kidlash kerakki, Davlat dasturi loyihasidagi aksariyat vazifalar turmush tarzini yanada yaxshilash, ijtimoiy masalalarni samarali hal etish bilan chambarchas bog‘liq. Shu nuqtai nazardan Farmon va Davlat dasturi loyihasi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining dasturiy maqsadlari bilan har tomonlama hamohangdir.

Resurs tejamkor iqtisodiy rivojlanish modeliga o‘tish orqali 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulotning yillik o‘sishini kamida 6 foiz va uning hajmini 200 milliard dollarga yetkazish, inflatsiyani 5 foiz darajasida saqlash, kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish eng muhim maqsad, deb belgilandi.

Fuqarolar o‘rtasida “Tejamkorlik va barqarorlik” tamoyili asosida yangicha ijtimoiy munosabatlar rivojlantirilishi, mahallalarning ekologik qiyofasi yaxshilanishi, yashillik darajasi oshirilishi, ekologik jihatdan qulay va farovon yashash muhiti shakllantirilishi, aholi salomatligi yaxshilanishi, inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun keng sharoit yaratilishi mamlakatimizdagi ijtimoiy muhitni yangi darajaga ko‘taradi.

Dastur loyihasida partiyamiz elektorati manfaatlari himoyasiga xizmat qiladigan vazifalar belgilanmoqda. Xususan, respublikamizning har bir tumanida (shahrida) bosqichma-bosqich inklyuziv ta’lim talablariga javob beradigan kamida bittadan umumta’lim maktab faoliyati tashkil etilishi qayd etilyapti. Bu jamiyatimizni bosqichma-bosqich inklyuzivlashtirishda strategik ahamiyatga ega masala hisoblanadi.

Bolalar qanday oila va sharoitda voyaga yetayotganidan qat’i nazar, ta’limda teng imkoniyatlarga ega bo‘lishi muhim, deb hisoblaymiz. Hujjat loyihasida joriy yilning o‘zida 3,5 ming kambag‘al oilalar farzandlarini tayyorlab, oliy ta’lim tashkilotlariga belgilangan tartibda grant asosida qabul qilinishi vazifasi qo‘yilgani qanchadan-qancha yoshlar va oilalarning kelajakka ishonchini oshiradi.

Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda transyog‘lardan foydalanishning cheklangan miqdorlarini belgilash bo‘yicha sanitariya qoidalari va me’yorlari Jahon savdo tashkiloti talablariga muvofiqlashtirilishi nazarda tutilgani ham dasturiy vazifalarimiz bilan mos keladi.

Keyingi yillarda kam daromadli oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlash islohotlarning juda muhim strategik yo‘nalishiga aylandi. Joriy yilda ham bu borada dolzarb vazifalar belgilanayotganini alohida qayd etish joiz. Jumladan, 100 ming gektar yer maydonlarini ijaraga berish orqali 200 ming nafar aholi bandligini ta’minlash ko‘zlanmoqda.

Yuqorida keltirilgan va boshqa ko‘plab vazifa-tashabbuslarga asoslangan holda, Davlat dasturi loyihasi yurtimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan siyosat izchil davom etishining o‘ziga xos kafolati bo‘lmoqda.

Shunga muvofiq, Xalq demokratik partiyasi Farmon va Dastur loyihasini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi, albatta, tashkilotlari, barcha darajadagi deputatlik korpusi orqali qo‘shimcha takliflarini ham beradi.

Faollarimiz, elektorat vakillarimiz hamda xayrixohlarimiz dastur loyihasi muhokamasi va uning hayotga tatbiq etilishida faol ishtirok etadi.

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

06 Jan, 12:27


Bugun fraksiya yig‘ilishida aholining yuqori sifatli tibbiy xizmat olish huquqlarini himoya qilish, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali ularga kasbiy faoliyatni amalga oshirish huquqini berish tizimini joriy etishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro‘yxatiga olishning normativ-huquqiy va tashkiliy asoslarini shakllantirish maqsad qilingan. Shu bilan birga, loyihada aholining yuqori sifatli tibbiy xizmat olish huquqlarini samarali himoya qilishga qaratilgan me’yorlar taklif etilmoqda. Ya’ni, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlariga kiritilmagan fuqarolarga qo‘shimcha tibbiy yordam hamda oilaviy shifokor yoki tibbiyot brigadasi yo‘llanmasisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri pullik asosda tibbiy yordam ko‘rsatish masalasi ham loyihada o‘z aksini topmoqda.

Fraksiya a’zolari qonun loyihasining konsepsiyasini muhokama qilar ekan, undagi o‘zgarishlar avvalo aholi, saylovchilar manfaatlariga xizmat qilishi kerakligiga urg‘u berdi. Xususan, deputatlar joylarda tibbiyot mutaxassislari yetishmayotgan bir paytda ularga ma’lum bir sinovdan o‘tish talabi qo‘yilsa, sohaga qiziqish so‘nib qolmaydimi, degan savol bilan murojaat qildi.

Mas’ullar deputatlarning savollariga atroflicha javoblar berishdi. Shuningdek, deputatlar qonun loyihasi, ya’ni qonunchilik va malaka talablariga mos keladigan shaxslarni saralab olish orqali yaxshi mutaxassisga bo‘lgan talabni qondirib bo‘lmasligi ta’kidlandi. Malakali mutaxassislar safini kengaytirish masalasini oliy ta’lim tizimidan boshlanishi kerakligi, belgilangan talablardan o‘ta olmagan talaba diplom olish imkonini kechiktirish kabi chora-tadbirlar qo‘llash yaxshiroq samara berishi qayd etildi.

Uzoq muhokamalardan so‘ng fraksiya a’zolari tomonidan loyihani birinchi o‘qishda qayta ko‘rib chiqilishi yuzasidan yakuniy to‘xtamga kelindi va uni qo‘mitaga qaytarish fikri bir ovozdan ma’qullandi...

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

31 Dec, 19:35


Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

17 Dec, 11:38


#munosabat

❗️ Maqsad – ezgu, vazifalar – qat’iy!

Har bir insonning barqaror faoliyat va daromad manbaiga ega bo‘lishi mamlakat barqarorligi uchun ham muhim. Kambag‘allikni qisqartirish shu ma’noda natijasi uzoq yillarga xizmat qiladigan, kam daromadli oilalarning hayoti va tasavvurini butunlay o‘zgartirib yuboradigan keng ko‘lamli siyosatdir.

Prezident huzurida o‘tgan, mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha qilingan ishlar sarhisobi va 2025-yil uchun ustuvorliklarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ushbu hayotiy masala yana bir bor tanqidiy tahlil qilinib, oldinda turgan qat’iy vazifalar aniq ko‘rsatib o‘tildi.

Aytish kerakki, keyingi yillarda mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mahallalar va oilalargacha yetib boradigan, o‘rgatish, ishontirish va qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan, aytish mumkinki, dunyoda o‘xshashi yo‘q tizim yaratildi.

Birgina joriy yil boshidan 4 ta tajriba doirasida 3 million 300 ming aholi doimiy daromadga ega bo‘lgani qayd etildi. Bu qanchadan-qancha oilalarning hayoti o‘zgarganini anglatadigan muhim raqamlar.

Yig‘ilishda Davlat rahbari ishlar hamma joyda ham birdek samarali tashkil etilmayotganini tanqid qildi. Mahallaga tushib, odamlar muammosiga befarq qaramaslik zarurligi, hamma o‘zgarishi shartligi qat’iy uqtirildi. Har bir oila tinch va farovon bo‘lishi bilan bog‘liq masalada o‘zibo‘larchilikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

2025-yilda 5 milliondan ziyod aholini daromadli qilish, 1,5 million odamni kambag‘allikdan chiqarish mahallabay hisob-kitob qilingani aytildi. Mutasaddilarga qator vazifalar yuklatildi. Xususan, kelgusi yilda 30 ta tumanda baliqchilik, quyonchilik, chorvachilik va asalarichilik bo‘yicha kooperatsiyalarni ko‘paytirish topshirildi, bunga 500 milliard so‘m yo‘naltirilishi belgilandi. Kooperatsiyalar nisbatan faol, lekin hamkorlik, hamjihatlik va boshqa masalalarda imkoniyatlar topa olmayotgan yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlashga, mahallalarda intiluvchanlik va manfaatdorlik muhitini yaxshilashga xizmat qiladi.

Oilalarning nafaqat huquqiy, balki moliyaviy xabardorligini oshirish uchun ham chora-tadbirlar yo‘lga qo‘yilgan. Ularning ijrosi bo‘yicha ham o‘rganishlar olib borish muhim.

Raqamlarga ko‘ra, o‘tgan 6 yilda oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 750 ming aholi kreditini vaqtida qaytarib, daromadli biznesga ega bo‘lgan. Ulardan 58 mingi yangi korxona ham ochgan. Shu ikki misol ham doimiy daromad manbaiga ega bo‘lish yo‘lida yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash naqadar hayotiy samaralar berishini ko‘rsatib turibdi. O‘ylab ko‘raylik, bugun oilaviy ish yuritayotgan oilalarning aksariyati 5-6 yil avval kambag‘allik chegarasida yashardi. Bugun ular boshqalarga madad bo‘lmoqda.

Partiyamiz faollari, deputatlik birlashmalari bilan kambag‘allikni qisqartirishga doir har bir dastur va me’yoriy hujjat, har bir vazifaning bajarilishi bo‘yicha jamoatchilik va deputatlik nazorati ta’sirchanligini oshirishimiz zarur. Kelgusi yil uchun Harakat dasturimizda, doimiy rejalarimizda bu masalani kun tartibidan tushirmaymiz.

Hududlardagi faollarimiz joylardagi targ‘ibot uchrashuvlarida elektoratimiz vakillarini yangi tashabbuslarga rag‘batlantirish, huquqiy ko‘mak berish choralarini kuchaytiradi.

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

16 Dec, 13:34


🎉 Muvaffaqiyat tilaymiz!

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi umumiy majlisida Shavkat Ayupov Fanlar akademiyasi prezidenti etib saylangani haqida xabardan quvondim.

Vatanimiz qahramoni, ilm-fanning haqiqiy fidoyi insonini yuksak sharaf bilan tabriklab, yuksak mas’uliyatli faoliyatida ulkan yutuqlar yor bo‘lishini tilayman.

Sh.Ayupov O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining faxriysi, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi guruhimiz a’zosi, Oliy Majlis Senati a’zosi sifatida ham barchamizga, mamlakatimiz yoshlariga ibrat bo‘lib kelmoqda.

Safimizda shunday samimiy, yurtparvar va jonkuyar insonlar borligidan faxrlanamiz.

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

16 Dec, 12:30


❗️ Bugun bo‘lib o‘tgan partiya fraksiyasi yig‘ilishida Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ham muhokama qilindi.

Endilikda, fuqaro muhofazasiga qaratilgan “mehnat huquqlarining tengligi, mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitish, tazyiq va zo‘ravonlikni taqiqlash” prinsipi o‘zgartirilishi taklif etilyapti. Shuningdek, kamsitish sifatida baholanadigan holatlar ro‘yxatiga “terisining rangi, oilaviy ahvoli, siyosiy qarashlari” bilan bog‘liq holatlar ham kiritilmoqda.

Mehnat jarayonidagi tazyiq va zo‘ravonlikni hamda ushbu holatlar yuzasidan ko‘rilgan choralarni idoraviy odob-axloq komissiyasida yoki kasaba uyushmasi vakili ishtirokida bayonnoma tuzgan holda batafsil muhokama etishi ish beruvchining majburiyatlariga kiritilmoqda.

Boshqa xodimga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan yoki tahdid qilgan xodimni ish beruvchi tashabbusi bilan boshqa ishga o‘tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilish amaliyot qo‘llanilishi qonunan belgilanmoqda.

Loyihada, shuningdek, ishlayotgan erkaklar farzandli bo‘lganda turmush o‘rtog‘iga yordam berish va boshqa farzandlariga qarab turishi uchun qisqa muddatli ta’tilga chiqishi bilan bog‘liq me’yorlar taklif etilmoqda.

Loyihaga ko‘ra, yangi farzand ko‘rgan otalarning turmush o‘rtog‘iga yordam berish uchun ixtiyoriy ravishda o‘z arizasi bilan belgilangan muddatlarga ta’til olishi va ish haqini o‘rtacha oylik miqdorida saqlab qolishi mumkin...

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

15 Dec, 11:36


🎉 Tabriklaymiz va minnatdorlik bildiramiz!

Yurtimiz sportchilari Bahraynda bo‘lib o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatini 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan muvaffaqiyatli yakunlagani barchamizni xursand qildi.

👏 Ayniqsa, Ruslan Nurudinov o‘zi o‘rnatgan jahon rekordini yangilab, kuchli iroda va matonat ko‘rsatib, uch karra jahon chempioni degan sharafli natijaga sazovor bo‘ldi.

❗️ Yuksak g‘alabalar bilan xalqimiz, yoshlarimizning iroda kuchini dunyoga namoyon etayotgan sportchilarimizni tabriklaymiz va samimiy minnatdorlik bildiramiz!

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

13 Dec, 12:06


#munosabat

❗️  Ijtimoiy davlat – inklyuziv jamiyat

Muhtojlarga yordam berish, qiynalganning qo‘lidan tutish kabi ezgu fazilatlar xalqimizning qonida bor. Ota-bobolarimiz ehtiyojmandlarga yelka tutib, buning xotirjamligi va qalb osoyishtaligi bilan baxt yaratgan.

Davlatimiz rahbari raisligida o‘tgan ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda bildirilgan fikrlar barchamizni bu haqda chuqur o‘ylab ko‘rishga, shunga qarab rejalar tuzishga undadi.

Har qanday davlatda ham, har qaysi zamonda ham yordamga muhtoj, kam ta’minlanganlar, ko‘p bolali, nogironligi bor yoki yolg‘iz qariyalar uchraydi. Adolatli jamiyat esa ularni tashlab qo‘ymaydi, himoya qilishni o‘z zimmasiga oladi. Bugun Yangi O‘zbekistonning erkin bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida ijtimoiy adolat va ijtimoiy barqarorlikka asoslangan xalqparvar siyosati xalqaro minbarlarda e’tirof etilayotgani kishiga mamnuniyat bag‘ishlaydi.

Davlatimiz rahbari boshchiligida ijtimoiy himoya bo‘yicha erishilayotgan natijalar buni tasdiqlaydi. Yig‘ilishda qayd etilganidek, mahalladagi ijtimoiy xodimlar uyma-uy yurib, shu yil reyestrda bo‘lmagan yana 95 ming muhtoj odamga yordam ko‘rsatdi. 51 ming odamga nogironlik belgilandi, 26 mingi protez oldi, nogironligi bor 5 ming bola bog‘cha-maktabga joylashdi. Bu raqamlar oddiy raqamlar emas, ularning ortida qanchadan-qancha yurtdoshlarimizning rozi-rizoligi masalasi bor.

Eng muhimi, bu raqamlar, belgilangan yangi vazifalar ijtimoiy davlat tamoyillarini mustahkamlab, yurtimizning inklyuziv jamiyatga aylanishiga mustahkam asos yaratmoqda.

Uch oy oldin viloyat va tumandagi 14 ming rahbar 75 ming kambag‘al oilaga biriktirilib, ular bilan individual ishlash yo‘lga qo‘yildi. Natijada, shu kunga qadar kambag‘al oilalardagi 17 ming odam doimiy ishga joylashtirildi, tadbirkorlik va tomorqa orqali 14 ming aholining daromadi oshirildi, 30 ming bola bog‘cha, to‘garak va kasbga o‘qitish bilan qamrab olindi, 45 ming muhtoj aholiga tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Bu juda katta va tarixiy ahamiyatga ega natijalar, deb o‘ylayman. Bunga erishilgani mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samarali amalga oshirilayotganini anglatadi.

Yig‘ilishda davlatimiz rahbari bu masalaga ham alohida e’tibor berdi. Kelgusi yilda 1 million 200 ming aholini kambag‘allikdan chiqarish uchun ta’lim, to‘garak, kasb-hunar, tibbiyot masalalarini hal qilish va yashash sharoitini yaxshilash zarurligi ta’kidlandi.

👆 Mamlakatda ijtimoiy himoyani kuchaytirish, kambag‘allikni qisqartirish jarayonlarida faol ishtirok etish Xalq demokratik partiyasining muhim siyosiy vazifasi hisoblanadi. Vazifalar va yangi tashabbuslarni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Ularning samarali amalga oshishida faol ishtirok etishni burchimiz, deb bilamiz.

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

13 Dec, 07:19


Yangi joriy etiladigan Ijtimoiy karta — ovoragarchiliklar oldini oladi

❗️ Hozirgi kunda 65 turdagi ijtimoiy xizmat va yordam olish uchun fuqarolarimiz tug‘ilganlik, nogironlik to‘g‘risida, pensiya, talabalik guvohnomasi, bank kartasi kabi 10 dan ortiq hujjatni ko‘tarib yurishga majbur.

Bunday ovoragarchilikka chek qo‘yish vaqti kelganini ta’kidlab, Prezident barcha hujjatlarni o‘rnini bosadigan bitta – ijtimoiy karta joriy etilishini e’lon qildi.

Ijtimoiy karta bilan avtobus va metroda bepul yurish, elektr, gaz va o‘qish xarajatiga kompensatsiya olish mumkin bo‘ladi, nafaqa va yordam pullari ham shu kartaga tushadi.

📆 Bu tizim 1 iyulgacha Toshkent shahri va Yangiyo‘l tumanida sinovdan o‘tkaziladi, yil yakunigacha hamma joyda ishga tushiriladi.
___
🌐 XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter

Ulug‘bek Inoyatov

10 Dec, 15:45


#fraksiyalarda
#savol_javob

O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Qizilgul Qosimova jamoat transportidan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan qonun loyihasiga kiritilayotgan normalar yuzasidan mutasaddilardan izoh so‘radi

Veb-sayt| Telegram |Facebook |  YouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO

Ulug‘bek Inoyatov

10 Dec, 12:53


Bugun fraksiya yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga jamoat transportidan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ham ko‘rib chiqdi.

Sir emaski, so‘nggi yillarda mamlakatimiz, ayniqsa, poytaxt yo‘llarida tirbandliklarni kamaytirish hamda aholiga qulayliklar yaratish maqsadida jamoat transportiga ustuvorlik berish yo‘nalishida amaliy choralar ko‘rilmoqda. Biroq qonunchilikdagi bo‘shliqlar jamoat transportidan foydalanishning samaradorligiga jiddiy ta’sir qilmoqda.

Jumladan, bugungi kunda qonunchilikda jamoat transporti uchun alohida ajratilgan yo‘laklarda harakatlangan transport vositalari haydovchilari uchun javobgarlik choralari nazarda tutilmagan. Natijada, yengil transport vositalari mazkur yo‘laklarda bemalol harakatlanib, jamoat transportining harakatiga to‘sqinlik qilmoqda. Qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yangi modda kiritilib, qoidabuzarlarga javobgarlik belgilash taklif etilyapti.

Deputatlar loyihada keltirilgan takliflar bo‘yicha bir qator savollar bilan murojaat qildi. Istisno qilish mumkin bo‘lgan holatlar yuzasidan takliflar bildirildi.

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

08 Dec, 02:19


🎉   8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi!

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

06 Dec, 12:30


#munosabat
#fraksiya_pozitsiyasi

❗️  Davlat budjetining 9 oylik ijrosi bo‘yicha fraksiya pozitsiyasi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining joriy yil 9 oylik ijrosi to‘g‘risidagi hukumat hisoboti ko‘rib chiqildi. Avvalroq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida ham ushbu masala tahliliy muhokama qilingan edi.

Hisobot yuzasidan partiya fraksiyasining pozitsiyasini bildirdik.

📺 YouTube | 📺 Facebook

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

02 Dec, 13:22


XDP fraksiyasining bugun bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida 2025-yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonuni loyihasi muhokama qilindi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar uchun respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hamda mahalliy budjetlarga ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorlari tasdiqlangan. Mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlari prognozlari, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarini ham qonun bilan belgilash ta’minlanadi.

Ikkinchi o‘qishda muhokama qilingan budjetnoma loyihasi yuzasidan fraksiya a’zolari qator savollar bilan murojaat qildi.

Xususan, transformatorlarni modernizatsiyalash, fan va ta’limni rivojlantirishga qaratilgan ilmiy ishlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash kabi yo‘nalishlar uchun yo‘naltirilayotgan mablag‘lar miqdoriga oydinlik kiritildi. Ijtimoiy himoya sohasiga ajratiladigan mablag‘ haqida ham qo‘shimcha ma’lumotlar olindi...

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

29 Nov, 16:48


❗️ Partiyaning Harakat dasturi qabul qilindi

O‘zXDP Markaziy Kengashi va parlament Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining kengaytirilgan qo‘shma yig‘ilishi o‘tkazildi...

👆 🌐 Sayt | 📺 YouTube | 📺 Facebook
___
🌐 XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter

Ulug‘bek Inoyatov

29 Nov, 10:03


❗️ Bugun partiya Markaziy Kengashi va Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining kengaytirilgan qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning saylovdan keyingi birinchi majlislarida ilgari surilgan parlamentning qonun ijodkorligi va nazorat faoliyatini har tomonlama rivojlantirish, siyosiy partiyalar dasturlarini amalga oshirish bilan bog‘liq muhim g‘oya va tashabbuslardan kelib chiqib, yig‘ilishda partiya tashkilotlari va deputatlik birlashmalari oldida turgan dolzarb vazifalar, saylovdan keyingi ishlarni samarali tashkil etish bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama etildi.

👆 Davlat va jamiyatni rivojlantirish, elektorat manfaatlarini himoya qilish jarayonlarida faol ishtirok etish zarurligi ta’kidlandi.

❗️ Saylovda parlament va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida erishilgan natijalar, qo‘lga kiritilgan 1200 dan ortiq deputatlik o‘rinlari partiya g‘oya-maqsadlarini qat’iy ilgari surish, Saylovoldi dasturini amalga oshirish imkonini beradi. Faqat buning uchun barcha tuzilmalarimizda ishni aniq reja, izchil sa’y-harakatlar asosida tashkil etishimiz zarur.

📄 Saylovoldi dasturimizda ilgari surilgan har bir g‘oya va tashabbusni ro‘yobga chiqarish maqsadida ishlab chiqilgan partiyaning 2024-2029-yillarga mo‘ljallangan Harakat dasturi taqdim etildi.

❗️ Shuningdek, joylarda qonunlar va davlat dasturlari ijrosi ustidan tizimli deputatlik nazoratini o‘rnatishda xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining roli va mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

28 Nov, 14:39


#munosabat

❗️  Davlat byudjeti loyihasi, reja va raqamlariga qarab, mamlakatdagi ijtimoiy siyosat haqida xulosa qilish mumkin.

2025-yilgi Davlat byudjeti loyihasida aholining turmush darajasini oshirish, yangi ish oʻrinlari yaratish, bandlik va daromadlar oʻsishini taʼminlash, ehtiyojmand insonlarni himoya qilish davlat siyosatining muhim yoʻnalishlari sifatida aks etmoqda.

Bunday yondashuv yurtimizda ijtimoiy barqarorlik va birdamlikni mustahkamlashda dolzarb ahamiyat kasb etishini alohida qayd etish lozim.

Loyihada Davlat byudjetining ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash xarajatlariga jami ajratilgan mablagʻlarning 52 foizi rejalashtirilmoqda. Bu partiyamizning dasturiy maqsadlari hamda elektorat manfaatlariga har tomonlama mos keladi.

Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi ayrim masalalarga alohida ahamiyat berish lozim, deb hisoblaydi.

Davlat byudjetini shakllantirishda birinchi navbatda Davlat dasturidagi ijtimoiy sohaga oid loyihalarni resurs bilan taʼminlash lozim. Bu borada izchil deputatlik nazoratini oʻrnatish hamda mazkur yoʻnalishda ijro hokimiyati bilan hamkorlikni izchil yoʻlga qoʻyish maqsadga muvofiq boʻladi.

Kelgusi yilda soliq toʻlovchilar sonining ortishi va yashirin iqtisodiyot hajmini kamaytirish hisobiga Byudjet mablagʻlarini oshirish, shu boʻyicha Hukumat qatʼiy choralar koʻrishi lozim, deb hisoblaymiz.

Fraksiyamiz aʼzolari qonun loyihasini qoʻllab-quvvatlagan holda, oʻz takliflari asosida uni takomillashtirishda, ijrosida faol ishtirok etadi.

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

26 Nov, 12:34


#munosabat

❗️ Bugun Qonunchilik palatasi majlisida 2025-yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqdik.

Davlat budjeti loyihasida aholining turmush darajasini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, bandlik va daromadlar o‘sishini ta’minlash, ijtimoiy himoya davlat siyosatining muhim yo‘nalishlari sifatida aks etayotganligi alohida e’tirofga loyiq.

Partiyamiz elektorati manfaatlaridan kelib chiqib, 2025-yil uchun Davlat budjeti loyihasi to‘g‘risida fraksiya pozitsiyasini bildirdik.

📺 YouTube | 📺 Facebook

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

25 Nov, 12:58


❗️ Bugun partiya fraksiyasining yig‘ilishida 2025-yil uchun Davlat budjeti loyihasi ko‘rib chiqildi.

👆 Loyiha 2026-2027-yillar uchun budjet mo‘ljallari asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar kutilmalari asosida ishlab chiqilgan.

📈 2025-yilda yalpi ichki mahsulotning 6 foiz o‘sishi prognoz qilingan. Yalpi ichki mahsulotning ko‘zlangan o‘sish sur’atlari sanoatda ishlab chiqarishni 6,1 foiz, qishloq xo‘jaligida 4,1 foizga, xizmatlar sohasida 5,4 foizga o‘sishi hisobiga ta’minlanishi prognoz qilinmoqda.

Mazkur rivojlanish ko‘rsatkichlariga har bir sohada boshlangan tarkibiy islohotlarni sifatli davom ettirish orqali erishish maqsad qilingan.

⁉️ Fraksiya a’zolari Budjeti loyihasida aholining turmush darajasini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, bandlik va daromadlar o‘sishini ta’minlash, ijtimoiy himoya davlat siyosatining muhim yo‘nalishlari sifatida aks etayotganiga e’tibor qaratdi...

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

21 Nov, 15:42


Bugun Hukumat aʼzoligiga nomzodlarning yaqin istiqbolga moʻljallangan dasturlari, rejalari bilan tanishdik, muhokama qildik.

Saylovoldi dasturimizni amalga oshirishda har bir vazirlik-idoraning samarali ishlashi juda muhim.  50 dan ortiq dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha takliflarimiz, savol va mulohazalarimiz shakllantirilgan. Hukumat aʼzolari, vazirlar bilan birga natijalar uchun qatʼiy harakat qilamiz.

Bugun barcha nomzodlarga ishonch bildirdik, lekin masʼuliyat va natijadorlik uchun har biri bilan alohida yoʻnalishlarda ishlaymiz. Parlament nazorati doimiy va izchil boʻladi.

Shuning uchun hukumatimizning barcha aʼzolariga kuch-quvvat va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

20 Nov, 13:22


#Munosabat

Pensiya bilan bog‘liq takliflarni ham saylovchilar intiqlik bilan kutyapti. Fraksiyamiz Hukumatdagi ishchi guruh bilan birga hamkorlikda ishlab, saylovoldi dasturimiz ijrosini amalga oshirishga astoydil harakat qiladi.

Ayni paytda butun dunyoda, jumladan, yurtimizda ham o‘rtacha umr ko‘rish ko‘rsatkichi oshib bormoqda. Yil sayin safi kengayib borayotgan keksalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, Konstitutsiyamizda belgilanganidek, har kim qariganda ijtimoiy ta’minot olish huquqini kafolatlash davlat resurslariga ehtiyojni oshirmoqda. Bu esa pensiya tizimini keng ko‘lamli isloh qilish, pensiya tayinlash shartlarini qayta ko‘rib chiqish, tizimning moliyaviy barqarorligini ta’minlash borasida jiddiy qadamlar tashlashni taqozo qilyapti.

Hozirgi kunda mamlakatimizda Pensiya jamg‘armasidan nafaqa oluvchilar soni 4 milliondan oshgan. Ularning hayot darajasini yaxshilash, ijtimoiy faolligini oshirish, e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish uchun pensiya ta’minotidagi mavjud muammolarni yechishda partiyamiz o‘z tashabbuslariga ega.

Misol uchun, uzoq yillar oldin sobiq jamoa xo‘jaligi va shirkat xo‘jaligida mehnat faoliyatini yuritgan fuqarolarning ana shu mehnat davrlarini pensiya tayinlashda to‘liq yil sifatida inobatga olish, ayollarning farzandlari uch yoshga to‘lguncha tug‘uruq ta’tillarida bo‘lish vaqtini ish stajiga to‘liq qo‘shib hisoblash takliflarini ilgari surganmiz.

Shu o‘rinda bir masalani tan olishimiz kerak, ya’ni pensionerlar o‘zlarining jamg‘arib borilayotgan pulini boshqarish tizimida ishtirok etmaydi. Partiyamiz jamg‘arib borilayotgan mablag‘larni boshqarish tizimini yo‘lga qo‘yish va unda bevosita pensionerning o‘zi ishtirok etishi kerak, deb hisoblaydi. Masalan, fuqarolarga shaxsiy jamg‘arib borilayotgan pensiya mablag‘larini boshqarish, ularni onlayn ravishda kuzatish, bankka depozitga qo‘yish orqali ko‘paytirib borish imkoniyatini berish orqali tizimda shaffoflikni ta’minlash mumkin.

Bundan tashqari, pensiyaga chiqib, kamida besh yil ishlab, daromad solig‘i va ijtimoiy soliqni to‘lagan pensionerlar uchun muqaddam tayinlangan pensiyani qayta hisoblab, oshirilgan miqdorda tayinlash imkoniyatini berish va pensiya yoshini o‘zgartirmasdan saqlab qolish bo‘yicha yuritilayotgan siyosatni davom ettirish tarafdorimiz.

Majlisda belgilangan ustuvor yo‘nalish hamda vazifalar kelgusi besh yillik faoliyatimiz uchun dasturilamal bo‘ladi. Hayotiy tashabbuslarning amalga oshishi xalqimiz farovonligiga xizmat qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

20 Nov, 11:51


#Munosabat

Prezidentimiz partiyamiz saylov kampaniyasi davomida ilgari surgan hamda xalqimiz qo‘llab-quvvatlagan ikkita eng muhim masalaga e’tibor qaratdilar. Qayd etilganidek, nogironligi bo‘lgan shaxslarning sharoitlari yaxshilanishi jamiyatimizning inklyuzivligi uchun juda muhim. Buning natijasida imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizga teng huquqiy sharoitlar yuzaga keladi.

Xalq demokratik partiyasi har doim nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq-manfaatlarini himoya qilishga intiladi. Hamisha o‘z dasturlarida nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayotini yaxshilash, ularning manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surib keladi.

Partiyamiz dasturida Nogironlar uchun obyektlar va xizmatlarning qulayligi milliy standartlarini ishlab chiqish hamda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonunining alohida qismi sifatida qonun darajasida mustahkamlash masalasi o‘rin olgan. Bu orqali avvalo milliy qonunchiligimiz BMTning Nogironlar uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash bo‘yicha standart qoidalariga to‘liq muvofiqlashtirishga erishiladi.

Qolaversa, nogironligi bo‘lgan shaxslar harakatlanishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish, shu jumladan, temir yo‘l vokzallari, aeroport va shohbekatlarda ko‘zi ojizlar uchun elektron axborot eshitish moslamalarini, svetofor va maxsus yo‘laklarda nogiron shaxslarni ogohlantiruvchi ovozli elektron jihozlarni o‘rnatish ham maqsad qilingan.

Nogironligi bo‘lgan insonlarga qulay muhit va sharoitlar yaratilishi muhim. Ular ham ijtimoiy hayotning faol qatnashchisi bo‘lishi, o‘z qobiliyatlarini namoyon qila olishi lozim.

Imkoniyatlar kengayishi nogironligi bo‘lgan shaxslarning ham jamiyatimizdagi faolligini yanada oshirish uchun ayni muddao bo‘ladi. Chunki inklyuzivlik avvalo harakat uchun imkoniyat degani. Harakatlanish, ta’lim, hunar o‘rganish imkoniyatlari kengaysa, tabiiy ravishda ularning huquqlari amalga oshadi...

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

20 Nov, 09:43


Bugun ham parlament quyi palatasida mamlakatimiz ravnaqi uchun juda muhim bo‘lgan masalalar muhokama qilindi.

Davlat rahbari hukumat oldida turgan ustuvor vazifalarni ko‘rsatib berdi, Bosh vazirlikka nomzod taklif etildi.

Bu safar nomzod bo‘yicha Konstitutsiyamizga muvofiq, birinchi marta barcha partiya fraksiyalari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazildi.

Ushbu jarayon demokratik boshqaruvda muhim qadam bo‘lishi kerak. Chunki, jamiyatning turli qatlamlari manfaatlarini ifoda etuvchi partiyalarning fikrlari va pozitsiyasi inobatga olinmoqda.

Bosh vazirlikka nomzod Abdulla Nig‘matovich bilan o‘tgan 5 yil davomida hamkorlikda ishladik, partiyamiz, fraksiyamiz tashabbuslarida Hukumat ko‘magini ayamadi. O‘ylaymanki, kelgusida ham bunday konstruktiv muloqot davom etadi.

Nomzod taqdim etgan Harakatlar dasturi ham juda puxta ishlangan, Hukumat oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalarni o‘zida aks ettirgan. Shuningdek, unda partiyamiz elektorati uchun muhim bo‘lgan 100 ga yaqin vazifa nazarda tutilgan.

Yuqoridagilarga asosan partiyamiz fraksiyasi Bosh vazirlikka Abdulla Nig‘matovich nomzodini qo‘llab-quvvatladi.

Xalqimiz kutayotgan masalalar bo‘yicha hamkorlikda samarali ish olib borilishi niyatidamiz.

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

19 Nov, 10:51


❗️ Bugun Oliy Majlis Senatining parlament saylovidan keyingi birinchi majlisi samarali bo‘lib o‘tdi.

Majlisda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, yangilangan Konstitutsiyaga asosan endilikda Senatning vakolatlari va masʼuliyati bir necha barobar oshganini qayd etdi.

Shuningdek, Yangi O‘zbekistonni barpo etishda Senat oldida muhim vazifalar turganiga to‘xtalib o‘tdi.

Konstitutsiyaning 101-moddasiga muvofiq, Prezident tomonidan OʻzXDP a’zosi Tanzila Narbayeva nomzodi Senat raisi lavozimiga taqdim etildi. Senatorlar nomzodni bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi.

🤝 Tanzila Kamolovna Norboyevani Oliy Majlis Senati raisligiga saylangani, yuksak ishonch bildirilgani bilan tabriklayman. Ushbu sharafli va ulkan mas’uliyatli vazifada xalqimizga munosib xizmat qilish yo‘lida so‘nmas shijoat, yuqori natijalar tilayman.

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

19 Nov, 08:24


❗️Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyamiz a’zolarining bir guruhi qo‘mita raisligi va o'rinbosarligiga saylandi

🤝 Mas’uliyatli vazifalarni sidqidildan bajarishda deputatlarimizga kuch-quvvat va omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

19 Nov, 05:55


Saylovdan keyingi tig‘iz tashkiliy masalalar bilan bo‘lib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida fraksiyamizni shakllantirdik.

Saylovoldi uchrashuvlarda xalqimiz, elektorat vakillari qo‘llab-quvvatlagan Dasturimizni amalga oshirish, yangi takliflarni ro‘yobga chiqarish va albatta qat’iy siyosiy pozitsiya ko‘rsatishimizda fraksiyamiz asosiy tayanch bo‘lishini istaymiz.

Kecha parlament quyi palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisida juda muhim masalalar muhokama etildi, shundan kelib chiqib, ustuvor vazifalarimizni ham belgilab olamiz.

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

07 Nov, 13:16


#Saylov_2024

O‘zXDPning deputatlari Xalq deputatlari Toshkent shahar, Xorazm va Surxondaryo viloyat Kengashlariga rais etib saylandi

___
🌐 XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok

Ulug‘bek Inoyatov

01 Nov, 05:29


#XDP_33_yoshda
#Siyosiy_maydonda_33_yil

⁉️ Xalq demokratik partiyasini taniysizmi?

Xalq demokratik partiyasi xalq xizmatidagi davlatni qurish yo‘lidagi tashabbuslarni ilgari suradi.

👆 Buning uchun avvalo, O‘zbekistonni xalq xizmatidagi davlatga aylantirish lozim. Shuningdek, pensiya va nafaqalar yashash uchun yetarli bo‘lishi, har bir inson bilim olishi, sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishi, uy-joyli bo‘lishi zarur.

❗️ Xalq demokratik partiyasi har bir inson farovonligi uchun haqiqiy ijtimoiy davlat qurish yo‘lidagi g‘oyalarimiz asosida tanlagan yo‘li — kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, bu boradagi vazifalarni hayotga izchil tatbiq qilish pozitsiyasida xalqqa xizmat qilishda davom etadi.

📺 YouTube | 📺 Facebook
___
🌐 XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok

Ulug‘bek Inoyatov

01 Nov, 02:01


#XDP_33_yoshda
#Siyosiy_maydonda_33_yil

🟣 1-noyabr — Xalq demokratik partiyasi tashkil topgan kun!

🎉 O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 33 yilligi muborak bo‘lsin!

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

31 Oct, 13:51


#XDP_33_yoshda
#Siyosiy_maydonda_33_yil

⁉️ XDP o‘z ramzida nega binafsha rangidan foydalanganini bilasizmi?

🟣 Partiya ramzi parallelogramm shaklda bo‘lib, binafsha va oq ranglarda aks ettirilgan.

🟪 Binafsha rang – mehr-oqibat, qadr-qimmat, g‘amxo‘rlik va birdamlik ramzidir. Bu yetakchilar, liderlar rangi hisoblanadi. Ushbu rang partiya o‘z elektorati vakillari manfaatini himoya qilishga, ularning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarishga va qo‘llab-quvvatlashga doim tayyor ekanligiga ishoradir.

⬜️ Oq rang – mamlakatimizda tinch va osuda hayot hukm surayotganligini bildirib, ijtimoiy birdamlik, an’analarga sodiqlik, ezgulikni ifodalaydi. Bu partiyaning shaffoflik va poklikka intilishini anglatadi.

📺 YouTube | 📺 Facebook

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

31 Oct, 13:14


#XDP_33_yoshda
#Siyosiy_maydonda_33_yil

❗️ XDPda rebrending sanalari

🟣 1991-yil 1-noyabr;

🟣 2014-yil 9-aprel;

🟣 2021-yil 9-avgust.
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok

Ulug‘bek Inoyatov

31 Oct, 12:17


#XDP_33_yoshda
#Siyosiy_maydonda_33_yil

🗓 Tariximiz

👆 1991 yil 1 noyabrda – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining I ta’sis qurultoyi bo‘lib o‘tdi.

Qurultoy partiya Ustavi va Dasturini qabul qildi, uning ijtimoiy-siyosiy faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi.

Yangi tashkil topgan partiya Markaziy Kengashining birinchi kotibi etib Mahmudjon Mo‘minovich Rasulov saylandi.
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok

Ulug‘bek Inoyatov

27 Oct, 11:15


👍👍👍👍👍

#Saylov_2024

Yurtdoshlarimiz bugungi saylovda faol qatnashdi, har bir saylovchi o‘zi munosib deb bilgan nomzodlarga, shuningdek, siyosiy partiyaga ovoz berdi. Kunning birinchi yarmidayoq aksariyat saylovchilar uchastkalarga borib, o‘z fuqarolik pozitsiyasini bildirishdi.

🗳 Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, saylov o‘tgan deb hisoblandi.

Davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirok etish uchun, hayotiy g‘oya va tashabbuslar amalga oshishi uchun faollik ko‘rsatgan, yurtimiz ravnaqiga befarq bo‘lmagan barcha yurtdoshlarimizga minnatdorlik bildiramiz.

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

27 Oct, 05:22


👍👍👍👍👍

#Saylov_2024

Bugungi saylov yurtdoshlarimiz xohish-irodasining yuksak ifodasi bo‘lmoqda. Shu bilan birga, xalqimizning ezgu maqsad yo‘lida hamjihatligini ham namoyon etmoqda.

Saylovda ovoz berdim, saylovchilarning faolligiga guvoh bo‘ldim.

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

27 Oct, 03:19


👍👍👍👍👍

#Saylov_2024

Bugun saylov

27.10.2024
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok

Ulug‘bek Inoyatov

25 Oct, 05:58


👍👍👍👍👍

#Saylov_2024
#Namangan
#XDPga_ovoz_bering

❗️ Namanganda XDPning ommaviy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Xalq demokratik partiyasi yetakchilari Namangan shahri Uch favvora xiyobonida saylovchilar bilan ommaviy tadbirda yuzma-yuz uchrashdi...

👆 🌐 Sayt | 📺 YouTube | 📺 Facebook
___
🌐 XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok

Ulug‘bek Inoyatov

24 Oct, 11:08


👍👍👍👍👍

#Saylov_2024
#Surxondaryo
#XDPga_ovoz_bering

❗️ Surxondaryoliklarga XDPning saylovoldi dasturi haqida ma’lumot berildi

Partiya tomonidan Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida tashkil etilgan ommaviy tadbirda O‘zXDP yetakchilari ishtirok etib, aholiga Saylovoldi dasturi haqida batafsil ma’lumot berishdi...

👆 🌐 Sayt | 📺 YouTube | 📺 Facebook
___

📺 YouTubeda to‘liq ko‘ring!
___
🌐 XDP.uz
👉 Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok

Ulug‘bek Inoyatov

24 Oct, 06:29


👍👍👍👍👍

#Saylov_2024
#XDPga_ovoz_bering

Samarqand shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan saylovoldi tashviqotiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

👆 🌐 Sayt | 📺 YouTube | 📺 Facebook

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

22 Oct, 13:40


👍👍👍👍👍

#Saylov_2024
#Namangan
#XDPga_ovoz_bering

❗️ Minglab saylovchilar XDP dasturini qo‘llab-quvvatladi

👆 🌐 Sayt | 📺 YouTube | 📺 Facebook

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

22 Oct, 12:25


#Saylov_2024
#XDPga_ovoz_bering

“Obod yurt”da XDP g‘oyalari targ‘ib qilinmoqda

Har bir o‘tayotgan kun mehnatlar samarasi, saylovchilar irodasi natijasi aniqlashadigan sanani yaqinlashtirmoqda. Ayni shu pallada O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi saylovoldi targ‘iboti tadbirlarini eng yuqori sur’atlarda davom ettiryapti. Partiya a’zolari, nomzodlar va volontyorlar guruhlari nafaqat idora va tashkilotlarda, balki uyma-uy, mahallama-mahalla odamlarni faollikka, Xalq demokratik partiyasini g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirmoqda.

Targ‘ibotchilar guruhi Sirdaryo viloyatining “Obod yurt” mahallasini ham chetlab o‘tmadi. Savdo shoxobchalari xodimlari, jamoat joylaridagi mahalla ahliga saylov va unda partiya ilgari surayotgan tashabbuslar mohiyati haqida tushuntirishlar berildi...
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok

Ulug‘bek Inoyatov

22 Oct, 05:32


👍👍👍👍👍

#Saylov_2024
#Namangan
#XDPga_ovoz_bering

❗️ Axborot 24 | Namanganda XDPning ommaviy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Xalq demokratik partiyasi yetakchilari 18-oktabr kuni Namangan shahri Uch favvora xiyobonida saylovchilar bilan ommaviy tadbirda yuzma-yuz uchrashdi...

👆 🌐 Sayt | 📺 YouTube | 📺 Facebook

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

21 Oct, 02:44


Hamjihatligimiz manbai

Inson qalbidagi jamiki olijanob fazilatlar ona tilimizning sehri va jozibasi bilan uygʻonadi. Oʻzbek tili xalqimizni jipslashtiruvchi manba, davlatchiligimizning mustahkam ramzlaridan biridir.

Har birimiz xalqimiz tafakkurining koʻzgusi va bebaho xazinasi boʻlgan ona tilimizni ardoqlash hamda rivojlantirish uchun masʼulmiz.

Bu yoʻlda samarali xizmat qilayotgan soha fidoyilarining mehnatini har doim hurmat bilan eʼtirof etamiz.

Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan samimiy qutlaymiz.

Ona tilimizning ziyosi qalblarni ezguliklarga toʻldiraversin!

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

20 Oct, 06:00


👍👍👍👍👍

#Saylov_2024
#Namangan
#XDPga_ovoz_bering

❗️ Namangan shahrida XDPning ommaviy tadbiri

Gullar shahri Namanganda joylashgan “Uch favvora” xiyobonida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining saylovoldi targ‘ibotiga bag‘ishlangan ommaviy tadbir bo‘lib o‘tdi...

👆 🌐 Sayt | 📺 YouTube | 📺 Facebook
___
🌐 XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok

Ulug‘bek Inoyatov

18 Oct, 13:21


👍👍👍👍👍

#Saylov_2024
#Namangan
#XDPga_ovoz_bering

Namanganliklar saylovoldi targ‘ibotiga bag‘ishlangan ommaviy tadbirda faol qatnashishmoqda

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

18 Oct, 08:03


👍👍👍👍👍

#Saylov_2024
#XDPga_ovoz_bering

Saylovning samimiy uchrashuvlari

Saylovoldi targ‘ibot, uchrashuv va muloqotlarimiz avj nuqtasiga chiqdi.

Yurtimizning barcha hududlarida saylovchilar, turli soha vakillari bilan uchrashib, xalqimizda ijtimoiy birdamlik, barqarorlikka ishonch mustahkam ekaniga amin bo‘lyapmiz.

👆 Partiyamizning g‘oya va tashabbuslari hayotiy ekani haqida har xil yosh va sohadagi hamyurtlarimizdan iliq, qo‘llov fikrlarini eshitish qo‘shimcha shijoat bermoqda.

📍 Bugun Andijonda nuroniylarimiz, faxriylarimiz, faol va fidoyilarimiz bilan juda samimiy, ochiq muloqot qildik. Fayzli uchrashuv bo‘ldi, partiyamiz Saylovoldi dasturi haqida, saylovning birdamlikni oshirishdagi ahamiyati haqida yaxshi gaplar aytildi. Masalan, pensiya yoshini oshirmaslik haqidagi taklif qo‘llab-quvvatlandi.

❗️ Shunday uchrashuvlar, yuzma-yuz muloqot jarayonlari ham partiyamizga, ham saylovchilarga foydali o‘tayotganidan mamnunmiz.

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

17 Oct, 12:29


👍👍👍👍👍

#Saylov_2024
#Surxondaryo
#XDPga_ovoz_bering

❗️ Kommunal xizmat ko‘rsatish korxonasi kompensatsiya to‘lab berilishi kerak

Kommunal xizmat ko‘rsatish korxonasi tomonidan uzilishlarga yo‘l qo‘yilganda fuqarolarga qo‘shimcha kompensatsiya to‘lab berilishi kerak...

👆 🌏 Sayt | 📺 YouTube | 📺 Facebook
___

📺 YouTubeda to‘liq ko‘ring!
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok

Ulug‘bek Inoyatov

16 Oct, 12:29


👍👍👍👍👍

#Saylov_2024
#Saylovoldi_takliflari
#Taklif

❗️ Xalq demokratik partiyasi – nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kvota joriy etish tashabbuskori

Xalq demokratik partiyasi vakillik organlarida, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun alohida kvota joriy etishni ilgari surmoqda. Ushbu taklif partiyaning siyosiy maydondagi spektriga mos bo‘lgani holda u ijtimoiy adolatni ta’minlashga xizmat qiladi.

ℹ️ Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo aholisining 1 milliard yoki 15 foizini nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkil etadi. Mamlakatimizda 1 millionga yaqin nogironligi bo‘lgan fuqarolar mavjud.

👆 Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun parlament va mahalliy Kengashlarga saylovlarda, shuningdek, davlat xizmatida kvotalarning joriy etilishi inklyuzivlik va ijtimoiy tenglik yo‘lida tashlangan muhim qadam bo‘ladi. Bunday yechim nogironligi bo‘lgan shaxslarning siyosiy hayotda va davlat xizmatida ishtirok etishini ta’minlaydi. Bu esa, o‘z navbatida, qarorlar qabul qilish jarayonida ularning manfaatlari va ehtiyojlarini hisobga olishga ko‘maklashadi.

Xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlili rivojlangan mamlakatlarda ham nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun alohida kvota ajratilganini ko‘rsatadi. Bu parlament va mahalliy hokimiyat organlarida nogironligi bo‘lgan shaxslarning vakilligini oshirishga yordam beradi.

❗️ Umuman olganda, parlament va quyi vakillik organlarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kvota ajratilishi ushbu shaxslarning ham davlat va jamiyat ishlarida ishtirok etishini ta’minlashga hamda ularning faolligini oshirishga xizmat qiladi.
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok

Ulug‘bek Inoyatov

16 Oct, 06:46


👍👍👍👍👍

#Saylov_2024
#Surxondaryo
#XDPga_ovoz_bering

❗️ Ayollar hayotidan mamnun bo‘lishi uchun

Xalq demokratik partiyasi xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularning mehnatini qadrlash va bola parvarishi uchun sarflangan vaqtni to‘liq ish stajiga kiritish tarafdori.

👆 🌏 Sayt | 📺 YouTube | 📺 Facebook
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok

Ulug‘bek Inoyatov

15 Oct, 10:15


👍👍👍👍👍

#Live
#Brifing
#Saylov_2024

▶️ Poytaxtimizdagi “Debat Xoll” media markazida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining brifingi boshlandi.

Unda partiya Markaziy Kengashi raisining axborot siyosati bo‘yicha o‘rinbosari To‘lqin To‘raxonov yangi Saylovoldi dasturi afzalliklari, olib borilayotgan saylovoldi targ‘ibotlar va uchrashuvlar xususida atroflicha ma’lumot bermoqda.
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok

Ulug‘bek Inoyatov

13 Oct, 13:55


👍👍👍👍👍

#Saylov_2024
#XDPga_ovoz_bering

Yangi davr | Elektorat vakillariga partiya g‘oyalari tushuntirilmoqda

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi vakillarining saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi...

👆 🌏 Sayt | 📺 YouTube | 📺 Facebook

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

13 Oct, 06:11


👍👍👍👍👍

#Saylov_2024
#Surxondaryo
#XDPga_ovoz_bering

❗️ Ахborot 24 | Termiz shahrida XDPning ommaviy targ‘ibot tadbiri

Termiz shahrida O‘zXDPning Saylovoldi dasturi targ‘ibotiga bag‘ishlangan ommaviy tadbir yig‘ilganlarni ezgu maqsad yo‘lida yanada jipslashtirdi...

📺 YouTube | 📺 Facebook
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok

Ulug‘bek Inoyatov

12 Oct, 09:08


👍👍👍👍👍

#Saylov_2024
#XDPga_ovoz_bering

❗️ Har bir inson farovonligi uchun!

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi va uning nomzodlariga ovoz bering!

📺 YouTube | 📺 Facebook

Telegram | Facebook | Instagram

Ulug‘bek Inoyatov

12 Oct, 06:31


👍👍👍👍👍

#Saylov_2024
#Surxondaryo

Xalq demokratik partiyasi va nomzodlariga ovoz bering!
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok

Ulug‘bek Inoyatov

11 Oct, 16:14


👍👍👍👍👍

#Live
#Saylov_2024
#Surxondaryo

🔴 Termizliklarni bir joyga to‘plagan, aholi va saylovchilarda katta qiziqish uyg‘otayotgan O‘zXDPning ommaviy tadbiri davom etayapti.

Partiya nomzodlari Saylovoldi dasturidagi muhim tashabbuslar bilan yig‘ilganlarni tanishtirayapti.

___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok

Ulug‘bek Inoyatov

11 Oct, 14:24


👍👍👍👍👍

#Live
#Saylov_2024
#Surxondaryo

🔴 Ko‘tarinki ruhda davom etayotgan tadbirdan lavhalar

Minglab surxondaryoliklarni bir joyga jamlagan tadbir ko‘tarinki ruhda davom etmoqda. Partiyadan deputatlikka ko‘rsatilgan nomzodlar, partiya a’zolari saylov va uning jamiyat hayotidagi ahamiyati, XDPning g‘oyalaridagi ustuvorliklar, unda ilgari surilgan tashabbuslar aholining barcha qatlami uchun birdek manfaatli ekaniga urg‘u berilmoqda.
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok