Кўнгил зиёрати
Бир тадбиркор дўстимиз бор. Жуда кўп ибратли амалларни бажариб юради. Кўришганда, суҳбатлашганда, бундай ишларни асло тилга олмайди, аммо ортидан, бошқалардан эшитамиз нуқул. Яқинда унинг яна бир ибратли ҳаракатини эшитиб, қувондим, таъсирландим.
Кўп фарзандли, топиш-тутиши ҳам ўртача бўлган қўшнисини Умра зиёратига юбориш ниятида, ўша ҳамсояникига чиқипти дўстимиз. Унинг гапларини эшитган қўшни аввал ишонмабди, кейин барибир бир куни миннат қилмасин, деб касалман, бир ўзим қийналаман, дея баҳоналар қилибди. Шундай баҳоналар бўлишини олдиндан билгандек, тадбиркор дўстимиз аёлини ҳам қўшнисининг уйига олиб чиққан экан, у тилга кирибди:
— Қўшнижон, сиз касалман, деманг, ёнингизга янгани олинг. Бирга-бирга улуғ зиёратларни адо этиб келинг. Харажатларни ўйламанг, биз яхши ният билан шуни зиммамизга олдик.
Шу тариқа бу ҳақда орзу қилмаган, истаган бўлса-да, боришга кўзи ва қурби етмаган бир хоксор оилага қувонч улашилди. Диллар обод бўлди, қалб кўзлари равшан тортди. “Ҳеч кимга айтманг, Аллоҳ билса бўлди”, деган тадбиркорнинг гапи ерда қолди. Зиёратдан тўлқинланиб, тетиклашиб қайтган акамиз ҳар дуода қўшнининг исмини айтиб, унинг ҳаққига дуолар қилаверди. Бунга биров тушунди, биров тушунмади. Тушунмаганларга: “Мени зиёратга шу қўшним юборди”, барака топсин, деб тушунтирди қўшнимиз. Тушунганлар эса: “Аллоҳ кўнглига солибди, кўп савобли иш бўлибди”, дея муборакбод этишди.
Умрадан қайтган оилани жуда яхши билганим ва ҳурмат қилганим учун бу эзгу амаллардан ҳаяжонланиб, дўстимга телефон қилдим ва раҳмат айтдим. Кўчаларни обод қилишда, етим-есир, муҳтожларга кўмак беришда тенги топилмайдиган дўстимиз эса гапни одатдагидек бошқа мавзуга бурмоқчи бўлди. Мен бунга имкон қолдирмай: “икки кило чириган картошкани бировга бериш учун саккизта одамни овора қилиб, камига бу ишини уялмай-нетмай кўз кўз қиладиганлардан бўлмаганингиз, тилда халқ дарду ҳасратидан гапириб, амалда шу халқнинг қонини ичаётганлар сафида йўқлигингиз, назарингиз тўқлиги, мисқолча кибр йўқлиги учун ҳам сизга ҳар куни раҳмат айтишимиз керак”, дея ўз миннатдорлигимни изҳор этдим.
Jonixonov

Similar Channels



Asalomu alaykum, Jonixonov haqida
Jonixonov O'zbekistondagi taniqli shaxslaridan biridir. U nafaqat o'zining ijodi bilan, balki omma bilan aloqa o'rnatishdagi mahorati bilan ham ajralib turadi. Jonixonov faoliyatini bir necha sohalarda davom ettiradi, shuning uchun u ko'plab ijtimoiy tarmoqlarda faoldir. O'zbekistonning yosh avlodi uchun Jonixonovning hayoti va ishlari namuna bo'lib xizmat qiladi. U, shuningdek, o'z ishlariga bo'lgan e'tibori va samimiyati bilan ko'plab fanatlarini yig'dirgan. O'zbek xalqining kelajagini yanada rivojlantirish maqsadida, Jonixonov ko'plab ijtimoiy loyihalarda ishtirok etadi.
Jonixonov kim?
Jonixonov O'zbekistonning tanilgan shaxsidir, u ijtimoiy tarmoqlarda joriy faoliyatini olib boradi. U ko'plab yoshlar uchun ilhom manbai bo'lib, o'zining ijodiy g'oyalari va faoliyati orqali taniladi.
U shuningdek, ijtimoiy masalalar bilan bog'liq turli xil loyihalarda ishtirok etadi va jamiyatda ijobiy o'zgarishlar qilishga hissa qo'shadi.
Jonixonovning ijtimoiy tarmoqdagi faoliyati qanday?
Jonixonov ijtimoiy tarmoqlarda juda faol. U o'z maqolalari, videolari va suratlari orqali o'z fikrlarini va g'oyalarini oshkor etadi. Bu esa ko'plab kuzatuvchilar o'rtasida qiziqishni oshiradi.
U o'z sahifasida o'zining kun tartibi haqida ma'lumotlar berib, ijodiy jarayonlaridan baham ko'radi. Bu esa uning fanatlari bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqa o'rnatishiga yordam beradi.
Jonixonov o'z ishlarida qanday maqsadlarni ko'zlaydi?
Jonixonovning asosiy maqsadi, o'z ijodiy faoliyatida yoshlarni ruhlantirish va ularni o'qish va o'rganishga undashdir. U o'z bilimlarini boshqalar bilan ulashishdan xursand bo'ladi.
Shuningdek, u O'zbekiston madaniyati va an'analarini saqlab qolish va rivojlantirishni ham o'z maqsadi sifatida belgilaydi.
Jonixonovning shaxsiy hayoti haqida nimalar ma'lum?
Jonixonov haqida shaxsiy hayoti haqida ma'lumotlar juda kam. U ko'proq ijodiy faoliyatiga e'tibor qaratadi va shaxsiy hayotini ommadan uzoq tutadi.
Biroq, uning faoliyatida ko'plab hayajonli va qiziqarli voqealar mavjud bo'lib, u doimo ommaga qiziqarli yangiliklar taqdim etishga harakat qiladi.
Jonixonov kelajakda qanday rejalarga ega?
Jonixonov kelajakda o'z ijodiy faoliyatini yanada kengaytirishni rejalashtirmoqda va yangi ijtimoiy loyihalarda ishtirok etishni maqsad qilgan.
U shuningdek, O'zbekiston madaniyatini xalqaro maydonda tanitishni xohlaydi va yangi g'oyalar ustida ish olib boradi.
Jonixonov Telegram Channel
Jonixonov Telegram kanali yangi ma'lumotlar va fikrlar bilan doimiy ravishda ko'proq foydalanuvchilarga xizmat qilishga qaratilgan. Kanalda ma'qulli maqolalar, yangi muzika va kitoblar haqida tushunchalar, odamlarning fikrlarini almashish imkoniyati mavjud. Jonixonov kanaliga obuna bo'lib, siz kundalik hayotingizga yangi o'zgarishlar kiritishingiz mumkin. Maqola yozishni yoki yangi g'oyalarni baham ko'rishni istaydigan har bir kishiga bu kanal maslahat beradi. @jonixonov kanali - bu so'nggi yangiliklar va fikrlar bilan doimiy ravishda ta'minlovchi telegram kanali. Obuna bo'ling va o'z fikrlaringizni boshqalar bilan baham qiling!