O'zbekiston Ekologik partiyasi @ecopartyuzb Channel on Telegram

O'zbekiston Ekologik partiyasi

@ecopartyuzb


O'zbekiston Ekologik partiyasining rasmiy kanali:

• www.ecouz.uz
• Facebook.com/ecopartyuzb
• Instagram.com/ecopartyuzb
• YouTube.com/c/ecouz
• @ecopartyuzb_bot

O'zbekiston Ekologik partiyasi (Uzbek)

O'zbekiston Ekologik partiyasi kanalimizga xush kelibsiz! Bu kanal rasmiy tadqiqotchilardan, ekologiya bo'yicha mulohazalardan va ko'plab yangiliklardan iborat. Bizning maqsadimiz o'zbekistonliklarga ekologik muammolari va ularning echimlarini tushunishga yordam berishdir. Kanalimizda har kuni yangi maqolalar, videotarixlar va interaktiv dasturlar paydo bo'ladi. O'zbekiston Ekologik partiyasi siz uchun eng so'nggi yangiliklarni taqdim etish bilan birga, sizning fikrlaringizni eshitishga va doimo kengaytirilgan ekologik bilimni o'rgatishga qaratilgan. Bizga qo'shiling va ekologik muhitni saqlashda birgalikda ishtirok eting!

O'zbekiston Ekologik partiyasi

21 Nov, 14:37


Yashil taraqqiyot sari: 2025-yil mamlakatimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasida so‘zlagan nutqida kelgusi yilni mamlakatimizda “Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyot yili” deb e'lon qilish taklifini bildirdi.

Shubhasiz, ushbu tashabbus uzoqni ko‘zlab, global ekologik muammolarga javob berishdagi qat'iyatini aks ettiradi. Davlatimiz Rahbari bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, havo va suv ifloslanishi, tuproq eroziyasi, cho‘llanish, qazib olinadigan yoqilg‘idan nazoratsiz foydalanish kabi salbiy oqibatlar nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda sezilayotganini ta'kidlab o‘tdi.

Batafsil: https://ecouz.uz/news/130

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

O'zbekiston Ekologik partiyasi

21 Nov, 12:48


Axborot 24 | — 2025-yilning “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb nomlanishini butun jamoatchilik, deputatlar bir ovozdan qo'llab-quvvatladi. Chunki, bugun ehtiyojga aylandi.

Abdushukur Xamzayev, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi, partiya fraksiyasi rahbari.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

O'zbekiston Ekologik partiyasi

21 Nov, 12:41


#Ekopartiya
#Yashil_makon

🌱Bugun Respublikamiz bo‘ylab ''Yashil makon'' umummilliy loyihasi doirasida barcha tashkilot va korxonalar tomonidan ko‘chatlar ekilib, bog‘lar barpo qilinmoqda.

🍀Jumladan, ushbu loyiha doirasida O'zbekiston Ekologik partiyasi Sergeli tuman partiya tashkiloti tomonidan Xalq deputatlari Sergeli tuman Kengashi deputatlari, Sergeli tumani yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda daraxt ekish aksiyasi o'tkazildi.

🌿Aksiy doirasida 10 sotix maydonga 200 tupdan ortiq manzarali daraxti ko‘chatlari ekildi.

🌳Barchani ushbu loyihada faol bo‘lishga chorlaymiz.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

O'zbekiston Ekologik partiyasi

21 Nov, 12:30


Axborot 24 | Parlament va hukumat faoliyatida yangicha ishlash, xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish davri
#21nov #uzbekiston24

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

O'zbekiston Ekologik partiyasi

21 Nov, 11:10


🌳 «Oila va TABIAT» gazetasining 2024-yil 21-noyabrdagi 49-sonida o‘qing:

Xalq yangi Hukumatdan aniq natijalarni kutmoqda

Yangilangan parlament ovozi har bir saylovchiga yetib, har bir tizimga kirib borishi zarur!

Zamon shiddatiga hamohanglik, islohotlarga kamarbastalik mas’uliyati

Yevropa yashil siyosiy kuchlari uchun yil qanday yakunlanmoqda?

Xonqalik fermer dalasini «suvtekin»ga sug‘orish yo‘lini topdi

Ko‘chatlar ko‘ngildagidek ekilyaptimi?


Web ilova orqali o‘qish

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

O'zbekiston Ekologik partiyasi

21 Nov, 07:26


#Ekopartiya
#Yashil_makon

🌱Har bir ko‘chat mehr bilan yerga qadaldi

Ma'lumki, mamlakatimizda har yili 200 million tup daraxt va buta ekib, yashillik miqyosini 2030-yilgacha 30 foizga yetkazish maqsadi belgilangan. So‘nggi yillarda bu ko‘rsatkich 12 foizga yetdi.


Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida O‘zbekiston Ekologik partiyasi viloyat Kengashi bilan hamkorlikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘chat ekish aktsiyasi o‘tkazildi.

Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan aktsiyada partiyaning viloyat, tuman va shahar Kengashlari xodimlari, deputatlar hamda tibbiyot markazi ishchilari ishtirok etishdi. Tabiatsevarlar tibbiyot markazi hududiga 330 dan ortiq manzarali – jumladan, mojjevelьnik, katalpa, atirgul va boshqa daraxt hamda butalarni o‘zgacha mehr va e'tibor bilan yerga qadashdi.

Daraxtlarni ekish jarayonlari agrotexnik talablar asosida o‘tdi va keyingi parvarishi uchun mas'ullar biriktirildi.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

O'zbekiston Ekologik partiyasi

21 Nov, 06:38


#Jayron_pitomnigi
#Buxoro_Ekopartiya

🌿 “Viloyatda eko-turizmning istiqbollari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi !🦌


🦌Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida joylashgan Buxoro iqtisoslashtirilgan "Jayron" pitomnigida noyob hayvonlarni ko'paytirish hamda uni ochiq tabiatga chiqarish bilan bir qatorda, sayyohlar uchun ko'plab qulayliklar yaratilmoqda. Pitomnik hududiga sayohat qilgan Ekopartiya mas'ullari va mahalliy Kengash deputatlari yuqoridagilarrning bevosita guvohi bo'ldilar.

🐐Tadbir ishtirokchilari shuningdek, maskanda noyob turdagi hayvonlarning ko'paytirilishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar va sayyohlar uchun barpo etilgan "Tashrif markazi" dagi imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube