SAMARQAND VILOYATI SPORT BOSHQARMASI @samsportuz Channel on Telegram

SAMARQAND VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

@samsportuz


Samarqand viloyati sport boshqarmasi rasmiy telegram kanali

Admin: https://t.me/isaku

Ishonch telefoni: (66)233-75-30 samsportpressa@gmail.

E-mail: [email protected]
E-xat:[email protected]
Rasmiy web-sayti https://samsport.uz

Samarqand Viloyati Sport Boshqarmasi (Uzbek)

Samarqand Viloyati Sport Boshqarmasi rasmiy telegram kanali, bu joyda Samarqand viloyatidagi eng so'nggi sport yangiliklari va ma'lumotlari topiladi. Kanal admini https://t.me/isaku bilan bog'lanish mumkin. Agar sizning savollaringiz yoki takliflaringiz bo'lsa, ishonch telefoni orqali (+66)233-75-30 yoki elektron pochta yordamida [email protected] orqali bizga murojaat qilishingiz mumkin. E-mail manzilimiz [email protected] va E-xat manzilimiz [email protected] bo'lib, siz barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin. Sizga Samarqand Viloyati Sport Boshqarmasi to'g'risida to'liqroq ma'lumotlarga ega bo'lgan rasmiy web-saytimiz https://samsport.uz saytida kirib, yangiliklardan xabardor bo'ling!

SAMARQAND VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

14 Jan, 14:30


🏃‍♂️Sportimiz shunqorlari

Toyloq оlimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan  “Sportimiz shunqorlari” shiori ostida musoboqa o'tkazildi.

Musobaqada sportchilarimiz, turnikga tortinish, tosh ko'tarish, to'pni uloqtirish, yugurish, qopda sakrash  kabi shartlarni bajarishdi.

Yuqori natijalarni qo'lga kiritgan sportchilarga markaz ma'muriyati tomonidan estalik sovg'alari topshirildi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
📝Telegram | 📝Facebook | 💻 Instagram|🎞Youtube

SAMARQAND VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

14 Jan, 03:10


🗣️ Qadrli yurtimiz posbonlari, Vatanimizning mard va jasur o’g’lonlari!

Barchangizni 14 – yanvar Vatan himoyachilari kuni, Qurolli kuchlarimizning 33 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Muqaddas qasamyodiga hamisha sodiq, el-yurt himoyasi yo‘lida metin va qalqon bo‘lgan mard va jasur harbiylarimizga sharafli vazifani ado etishda mustahkam sogʻlik, ulkan muvaffaqiyatlar, kuch-gʻayrat, oilalaringizga fayz-baraka va baxt-saodat yor boʻlishini tilayman.

Xalqimiz o‘zining sizlar kabi botir va dovyurak farzandlari – Vatanimizning haqiqiy posbonlari bilan hamisha faxrlanadi.

Milliy armiyamiz saflaridagi sharafli xizmatingizda ulkan yutuq va zafarlar yor bo‘lsin!

Shuhrat Ro‘ziyev,
Samarqand viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i.


📝Telegram | 📝Facebook | 💻 Instagram|🎞Youtube

SAMARQAND VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

13 Jan, 17:54


Faxriylar tennis musobaqasida bellashdi

Samarqand shahridagi o'yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashgan sport maktabida "14 - yanvar- Vatan himoyachilari kuni" ga bag'ishlangan tennis musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

O'zbekiston stol tennisi federatsiyasi viloyat hududiy bo'linmasi hamda sport boshqarmasi, soliq boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan musobaqa murosasiz bahslarga boy bo'ldi. G‘oliblarga diplomlar topshirildi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
📝Telegram | 📝Facebook | 💻 Instagram|🎞Youtube

SAMARQAND VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

10 Jan, 10:13


🗣️ Adaptiv sport turlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Samarqand viloyatida nogironligi bo‘lgan shaxslarni Adaptiv sport turlariga qamrab olish bo‘yicha joriy yildagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Samarqand shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida tashkil etilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi ijrochi direktori Anvar Mursakulov, viloyat sport  boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Ro‘ziyev, viloyat ijtimoiy himoya milliy agentligi boshqarmasi vakillari hamda tuman-shahar studiyalaridan mas’ullar ishtirok etishdi.

👉 Dastlab yig‘ilishda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 8-noyabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb qilish orqali jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi 389-sonli qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish mexanizmlari hamda bu boradagi tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

👉 Jumladan, bugungi kunda viloyatdagi 1126 ta mahallada 108 ming nafardan ortiq nogironligi bo‘lgan fuqarolar istiqomat qiladi. Shundan joriy yilda 16-45 yoshgacha nogironligi bo‘lgan mazkur aholi qatlamining 5069 nafarini adaptiv sport turlariga qamrab olish ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Ta’kidlanganidek, endilikda ular ishtirokida inklyuziv marafonlar o‘tkazilib, jismoniy tayyorgarlik darajasi sport sinovlari qabul qilinadi.

😀 Yig‘ilishda ijtimoiy himoya milliy agentiligining viloyat boshqarmasi mas’ul xodimlari, tuman va shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari rahbarlari, ixtisoslashtirilgan maxsus ta’lim muassasalari hamda “Muruvvat” internat uylari, viloyat sport boshqarmasi ma’sul xodimlari, sport maktablari direktorlarining kun tartibida ko‘rilgan

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
📝Telegram | 📝Facebook | 💻 Instagram|🎞Youtube

SAMARQAND VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

09 Jan, 07:44


#Jismoniy_tarbiya_va_sport_kuni

🗣️ Sport sog‘lomlashtirish tadbirlarida yurtdoshlarimiz faol

Bugun viloyatimiz bo‘ylab sport sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘tkazilmoqda. "Payshanba - jismoniy tarbiya va sport kuni" munosabati bilan viloyatdagi 1126 ta mahallalarda ham mazkur tadbirlar uyushqoqlik bilan boshlandi.

🔍Xususan, Toyloq tumanidagi "Qo‘shchinor" mahallasida sportning shaxmat-shashka, badantarbiya, futbol va boshqa turlari bo‘yicha sog‘lomlashtirish tabirlari o‘tkazildi.

Unda, mahalladagi yoshlar va keng aholi vakillari ishtirok etib, o‘zlarini epchil va chaqqonliklarini sinovdan o‘tkazishdi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
📝Telegram | 📝Facebook | 💻 Instagram|🎞Youtube

SAMARQAND VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

07 Jan, 04:27


"Aql gimnastikasi" g‘oliblari aniqlandi

Yoshlar o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha Samarqand viloyati chempionati o‘tkazildi.

Viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi binosida tashkil etilgan "Aql gimnastikasi" bahsida tuman (shahar)lardan tashrif buyurgan 200 nafardan ziyod 7, 9, 11, 13, 15, 17 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar ishtirok etishdi.

Musobaqa yakunida o‘z yosh toifasi bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy egallagan o‘quvchilar joriy yilning 13-20-yanvar kunlari Andijon viloyatida o‘tkaziladigan O‘zbekiston chempionatiga ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari munosib taqdirlandi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
📝Telegram | 📝Facebook | 💻 Instagram|🎞Youtube

SAMARQAND VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

06 Jan, 06:35


🛫 Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi yilning ilk oʻquv-mashgʻulot yigʻinida qatnashish uchun Avstriyaga joʻnab ketdi. Mitterzill shahrida tashkil etiladigan ushbu yigʻinda 50 dan ortiq mamlakatdan tashrif buyuradigan sportchilar oʻzaro tajriba almashishadi.

Rejaga koʻra, hamyurtlarimiz 16-yanvarga qadar Avstriya yigʻinida boʻlishadi. Mazkur safarga Diyora Keldiyorova, Muzaffarbek Toʻraboyev, Alisher Yusupov kabi Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari qahramonlaridan tashqari terma jamoadan chaqiriq olgan 10 nafardan ortiq yosh sportchi jalb etilgan.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
📝Telegram | 📝Facebook | 💻 Instagram|🎞Youtube

SAMARQAND VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

06 Jan, 06:32


🗣️ Sport faxriylari xonadoniga tashrif

Viloyat sport faxriylari Kengashi raisi H.Rofiyev boshchiligida sport faxriylari holidan xabar olinmoqda. Navbatdagi tashrif Yuriy Kochinev, Anton Kim, Valijon Qodirov, Yuriy Maslakov singari faxriy sportchilarning xonadonida bo'lib, ular bilan dildan suhbatlashildi.

Yuriy Kochinev O’zbekiston voleybol terma jamoasining sobiq o’yinchisi hisoblanadi. Viloyatimizda sportning voleybol turini rivojlantirishga munosib hissa qo’shgan. Shunigdek, Anton Kim ham mohir voleybolchi. "Kinap","Uztelekom" kabi voleybol jamoalarining asoschisi va murabbiyidir. O‘n karra respublika chempioni bo’lgan. Ustoz ayni vaqtda 92 yoshni qarshi olmoqda. Valijon Qodirov esa "Dinamo"jamoasida to’p surgan. Sobiq viloyat sport qo‘mitasi raisi bugun 88 yoshni qarshi olmoqda. Yuriy Maslakov esa og‘ir atletikachi hisoblanadi. Tashrif davomida ularga bayram sovg'alari ulashildi.

Viloyat sport faxriylari Kengashi tomonidan faxriy sportchilar holidan doimiy xabar olinayotgani ularga ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtiromning amaliy ifodasidir.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
📝Telegram | 📝Facebook | 💻 Instagram|🎞Youtube

SAMARQAND VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

23 Dec, 15:04


Milliy sport mukofoti-2024

🟡Yilning eng yaxshi ayol sportchisi: Diyora Keldiyorova (dzyudo)

🟡Yilning eng yaxshi ayol paralimpiyachisi: Nurxon Qurbonova (para yengil atletika)

🟡Muxlislar mehrini qozongan sportchi: Sitora Turdibekova (boks)

🟡Muxlislar mehrini qozongan para sportchi: Roʻza Qoʻziyeva (para pauerlifting)

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

SAMARQAND VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

23 Dec, 15:04


Milliy sport mukofoti-2024

🟡Yil kashfiyoti: Razambek Jamalov (erkin kurash)

🟡Yilning eng yaxshi erkak sportchisi: Hasanboy Doʻsmatov (boks)

🟡Yilning eng yaxshi erkak paralimpiyachisi: Husniddin Norbekov (para yengil atletika)

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

SAMARQAND VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

23 Dec, 10:36


Poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida “Milliy sport mukofot-2024” taqdirlash marosimi boshlandi. Dastavval, joriy yil kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatlarida shohsupaga koʻtarilgan sportchilarga Prezident qarori asosida bir martalik pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi. Shundan soʻng 2024-yil davomida oʻzbek sportida qayd etilgan eng muhim sport tadbirlariga bagʻishlangan videorolik namoyish etildi.

В столичном Музее Олимпийской и Паралимпийской славы стартовала церемония награждения “Национальной спортивной премии-2024”. Вначале мероприятия спортсменам, которые в этом году поднимались на пьедестал почёта на взрослых чемпионатах мира, по решению Президента были торжественно вручены единовременные денежные призы. После этого был продемонстрирован видеоролик, посвящённый наиболее важным спортивным событиям, отмеченным в узбекском спорте в течение уходящего года.

SAMARQAND VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

05 Dec, 17:21


Ma’lumki, joriy yil davomida Sport vaziri Adkham Ikramov hamda vazir o‘rinbosarlarining Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari bilan birgalikda hududlarga tashrifi chog'ida Face-ID tizimidan foydalanish holati doimiy ravishda o‘rganib borildi.

Bugun Sport vaziri Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi sport muassasalarida bo‘lib o‘tayotgan sport mashg‘ulotlari bilan tanishdi. “Navbohor” mahallasidagi 17-sonli umumta’lim maktabida jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari bilan uchrashuv o'tkazildi.

Jumladan, mashg‘ulot vaqtida sportchilarning davomatini yuritish jarayonini raqamlashtirish maqsadida amaliyotga joriy etilgan Face-ID tizimi orqali yo‘qlama qilish uchun o‘rtacha 4-5 daqiqa vaqt sarflanayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu qulay tizimdan foydalanish jarayoni sportchilarning shaxsini biometrik skanerlash orqali amalga oshiriladi hamda tizimda shaffoflik va haqqoniylikni ta’minlashda xizmat qiladi.

Shundan so‘ng, Guliston olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga tashrif davomida markazda tashkil qilingan yangi kutubxona, tibbiyot bo‘limi hamda sport inshootlarini ko'zdan kechirib, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

SAMARQAND VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

05 Dec, 15:43


🔈 АОКА – ахборот хизматлари фаолиятини такомиллаштиришда очиқ мулоқот органи

Бугун Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлигида Ўзбекистон Республикаси Спорт вазирлиги тизим ташкилотлари ахборот хизматлари ходимлари учун ўқув тренинглари ўтказилди.

Тренинг давомида АОКА мутасадди ходимлари ҳамда малакали медиа эксперт томонидан соҳадаги муҳим мавзулар юзасидан маъруза ва тақдимотлар бўлиб ўтди.

Жумладан, Янги медиа таълим маркази ННТ директори, филология фанлари доктори, халқаро тренер Б.Алимов семинар иштирокчиларига "Ташкилот имижини оширишнинг замонавий усуллари" мавзусида тушунча берди.

Хусусан, маърузасида ахборот хизматларининг ўз фаолиятлари давомида сунъий интеллект имкониятларидан тор доирада эмас, балки жамиятнинг ахборотга тобора ошиб бораётган талаб ва эҳтиёжларини инобатга олган ҳолда кенгроқ фойдаланиш, визуал ахборотларни кўпайтириш зарурати ҳақида тўхталди.

Шунингдек, айнан сунъий интеллект ёрдамида яратилаётган дезинформациялар оқимини, унинг имкониятларини ишга солиб фактчекинг қилишни ҳам ўрганиш замон талаби эканлиги таъкидланди.

АОКА масъул ходими Маъмуржон Парпиев тренинг машғулотида ахборот хизматларининг қонунчиликка риоя этган ҳолда иш юритишлари, қайси норматив ҳужжатлар асосида ҳуқуқларини ҳимоя қилишлари ва қонунбузилишларни олдини олишлари лозимлиги юзасидан батафсил маълумот берди.

Агентлик масъул ходими Нурали Орипов семинар қатнашчиларига матбуот котиби қандай хусусиятларга эга бўлиши кераклиги ҳақида маъруза қилди.

Хусусан, самарали коммуникация стратегияларини тузиши, катта ахборот оқимлари билан ишлай олиши ва бошқа муҳим салоҳиятга эга бўлиши, шунингдек, эътибор қаратиши лозим бўлган жиҳатларни тушунтирди.

Ўқув тренингида ахборот хизмати мутахассислари ўзларини қизиқтирган саволларга жавоб олишди.

Telegram |WhatsApp| Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт

SAMARQAND VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

04 Dec, 10:32


🔵 "Konstitutsiya - erkin va farovon hayot garovi"

Toyloq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
32 yilligi munosabati bilan "Zakovat" intellektual bellashuvi tashkil etildi.

"Konstitutsiya erkin va farovon hayot garovi" shiori ostida o‘tkazilgan bilimlar bellashuvida 8-sinf o‘quvchilari murosasiz bahs olib borishdi.

Faol ishtirokchilar markaz ma'muriyati tomonidan munosib taqdirlandi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook |  Instagram|Youtube

SAMARQAND VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

04 Dec, 10:14


Бош қомусимиз барқарор иқтисодий ривожланиш ва аҳоли фаровонлигини таъминлашга хизмат қилмоқда

Мамлакатимиз ва халқимиз бугуни ҳамда эртасини белгилаб берадиган, ҳуқуқ ва манфаатларимиз, эркинликларимизни кафолатлайдиган Асосий қонун қабул қилинганига 32 йил тўлди.

———-

Bosh qomusimiz barqaror iqtisodiy rivojlanish va aholi farovonligini taʼminlashga xizmat qilmoqda

Mamlakatimiz va xalqimiz buguni hamda ertasini belgilab beradigan, huquq va manfaatlarimiz, erkinliklarimizni kafolatlaydigan Asosiy qonun qabul qilinganiga 32 yil toʻldi.

Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/jj4j

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Facebook | Youtube

SAMARQAND VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

04 Dec, 05:31


Sport sohasida eng muhim 10 savolga 10 javob

1. Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga qabul tartibi qanday?
-Markazga o‘quvchi-sportchilarni hujjatlarini qabul qilish hamda ularning o‘qishini ko‘chirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-noyabrdagi “Sport sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 583-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat sport-ta’lim muassasalariga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish hamda ularning o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy Reglamenti asosida vazirlik buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.

2. "Yagona sport tasnifi" deganda nima tushuniladi?
- Sport turlari reyestriga kiritilgan sport turlari bo‘yicha tegishli sport unvonlari va sport razryadlarini berish uchun bajarilishi zarur bo‘lgan normalar hamda talablar, shuningdek, ularni bajarish shartlari tushuniladi.

3. Sport pasporti olishga davlat xizmatlari orqali ariza topshirilganida qancha yig‘im undiriladi?
-Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etilganda, ariza beruvchidan bazaviy hisoblash miqdorining 1/6 (oltidan bir) qismi miqdorida yig‘im undiriladi.

4. Sport nima?
-Odamlarning muayyan qoidalar bo‘yicha tashkil etilgan, ularning jismoniy va intellektual qobiliyatini taqqoslashdan iborat bo‘lgan havaskorlik asosidagi va professional asosdagi faoliyati, shuningdek ushbu faoliyatga tayyorgarlik ko‘rish hamda bu faoliyat jarayonida odamlar o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlar.

5. Sport maktablariga kimlar qabul qilinadi?
-Sport maktabiga jinsi, tili, irqi, millati, diniy mansubligi, ijtimoiy kelib chiqishi, mashg‘uloti turi, ijtimoiy mavqei, yashash joyi, O‘zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashaganligidan qat’iy nazar, 4 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlar qabul qilinadi.

6. Sport maktabi sportchilari sport maktabining jihoz va anjomlaridan foydalanganda pul mablag‘i to‘lashi kerakmi?
-Hech qanday pul mablag‘lari to‘lanmaydi.

7.Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga qachon qabul o‘tkaziladi?
- Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari uchun 1-avgustdan 21-avgustga (shu kuni ham) qadar istalgan Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi yoki YAIDXPga elektron shaklda hujjat topshiradi.

8. Qanday sport unvonlari mavjud?
-Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi;
O‘zbekiston sport ustasi yoki O‘zbekiston grossmeysteri unvonlari mavjud.

9. Davlat xizmatlaridan qanday foydalanish mumkin?
-
Yashash joydagi davlat xizmatlari markazlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish orqali yoki my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali.

10.
my.gov.uz sayti orqali qanday elektron davlat xizmatlaridan foydalanish mumkin?
-
Sport sohasidagi xizmatlardan tashqari,
mehnat daftarchasidan ko‘chirma;
bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash;
bolani bog‘chaga joylashtirish;
doimiy yashash joyi bo‘yicha ma’lumot va h.k.
Hozirgi vaqtda 642 dan ziyod davlat xizmatlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatiladi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
📝Telegram | 📝Facebook | 💻 Instagram|🎞Youtube

SAMARQAND VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

03 Dec, 09:47


⚡️Qatar Masters 2024

🇶🇦3-13 dekabr kunlari dunyoning eng kuchli shaxmatchilari Qatarning Doha shahrida jam bo'ladi.

💰Mukofot jamg'armasi 94200 AQSH dollarini tashkil etadi.

☄️Musobaqada umumiy 53 nafar (15 nafari Open A, 38 nafari Open B guruhida) o'zbekistonlik shaxmatchilarimiz ishtirok etishadi.

➡️O'zbekistonlik shaxmatchilar ro'yxati

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook |  Instagram|Youtube

SAMARQAND VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

02 Dec, 15:52


Rasmiy bayonot

Bugun Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) Ijroiya qoʻmitasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Onlayn formatda tashkil etilgan majlis kun tartibidan Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi va Sport vazirligining murojaatini koʻrib chiqish ham oʻrin oldi.

OOK mutasaddilari yurtimizga tashrif buyurib, mamlakatimizda olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlariga yuqori baho bergan. Toshkentda qurilayotgan Olimpiya shaharchasi faqatgina yoshlar Osiyo oʻyinlari uchun emas, majmuani kelgusida oʻzbek sportining taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqadigan ilmiy-metodik klasterga aylantirish koʻzda tutilgan. Unda zamonaviy sport obyektlaridan tashqari Sport vazirligi, koʻplab federatsiya va assotsiatsiyalar, sport akademiyasi, sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi kabi inshootlar ham oʻrin olib, bu maskanda terma jamoalarimizni tayyorlashdagi nazariya va amaliyot birlashadi.

Pandemiyadan keyingi cheklovlar sababli Olimpiya shaharchasi qurilishi uchun zarur vositalar yetkazish jarayonida uzilishlar kuzatilgani va foydalanishga topshirish muddati kechikishini inobatga olgan holda Oʻzbekiston tomoni OOKdan musobaqani yana bir yilga surishni soʻradi.

Biroq Olimpiya sport turlaridagi bellashuvlar kelgusida Dakar-2026 oʻsmirlar yozgi Olimpiya oʻyinlariga saralash vazifasini bajarishi nazarda tutilgani bois OOK III yoshlar Osiyo oʻyinlari 2025-yilda tashkil etilishi muhimligini bildirdi.

Shu tufayli, OOK III yoshlar Osiyo oʻyinlari mezbonligini Bahraynga topshirdi va Oʻzbekistonga Islom birdamligi oʻyinlari yoki Jang sanʼati va yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlari kabi kattalar miqyosidagi yirik kompleks tadbirlarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrishni tavsiya qildi.

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston ommaviy sport va olimpiya harakatini rivojlantirishga sodiq qolmoqda. Shu maʼnoda, Olimpiya shaharchasini barpo etish, undan unumli foydalanish va uning negizida sportimizni yangi bosqichga koʻtarish boʻyicha Prezidentimiz tomonidan berilgan barcha topshiriqlar ijrosi taʼminlanadi va kelajakda bu majmua yirik sport tadbirlarini oʻtkazishga har tomonlama tayyor boʻladi.

Официальное заявление

Сегодня в онлайн-формате прошло заседание Исполнительного комитета Олимпийского совета Азии (ОСА), на котором был рассмотрен запрос Национального Олимпийского комитета и Министерства спорта Узбекистана.

Представители ОСА, посетившие Узбекистан, высоко оценили масштаб строительных работ, проводимых в стране. Олимпийский городок, строящийся в Ташкенте, задуман не только как площадка для проведения юношеских Азиатских игр, но и как научно-методический кластер, способный вывести развитие узбекского спорта на новый уровень. Помимо современных спортивных объектов, в комплексе разместятся Министерство спорта, офисы федераций и ассоциаций, спортивная академия, научно-практический центр спортивной медицины. Это создаст уникальную среду, где теория и практика подготовки национальных сборных будут интегрированы.

Учитывая, что из-за ограничений в постпандемийный период наблюдались задержки в поставках необходимых средств для строительства Олимпийского городка и соответственно сроки сдачи объектов в эксплуатацию были сдвинуты, узбекская сторона обратилась к ОСА с просьбой перенести проведение игр на один год.

Однако, поскольку соревнования по Олимпийским видам спорта в рамках юношеских Азиатских игр служат этапом квалификации к юношеским Олимпийским играм в Дакаре в 2026 году, ОСА подчеркнул важность проведения игр именно в 2025 году.

В результате право проведения III юношеских Азиатских игр было передано Бахрейну. ОСА также рекомендовал Узбекистану сосредоточиться на подготовке к организации крупных международных мероприятий , таких как Игры Исламской солидарности или Азиатские игры закрытых помещениях и по боевым искусствам.

SAMARQAND VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

30 Nov, 15:30


Xalqaro qilichbozlik federatsiyasiga prezident saylandi

Toshkentda Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE)ning navbatdagi Kongressi oʻtkazildi. Uning eng ahamiyatli tomoni FIE prezidentligiga saylovda hamyurtimiz Alisher Usmonov gʻalaba qozondi va yangi muddatda ham tashkilotga rahbarlik qiladigan boʻldi.

Kongress davomida FIE ning yangi Olimpiya davri uchun rejalari, qilichbozlikni butun dunyo boʻylab ommalashtirish boʻyicha qator loyihalar ham koʻrib chiqildi.

Maʼlumot uchun, Alisher Usmonov 2008-2022-yillarda ham Xalqaro qilichbozlik tashkilotiga rahbarlik qilgan.


Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook |  Instagram|Youtube

SAMARQAND VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

30 Nov, 15:24


#Futbol

"Dinamo" g‘alaba qozondi

Bugun Samarqandda futbol boʻyicha Oʻzbekiston Superligasining soʻnggi 26-tur uchrashuvlari boʻlib oʻtdi.

Viloyatimizning bosh jamoasi - “Dinamo” klubi medallar uchun kurash olib borgan “Soʻgʻdiyona” jamoasini qabul qildi va Kojo tomonidan kiritilgan gol vakillarimizga gʻalaba keltirdi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook |  Instagram|Youtube

SAMARQAND VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

30 Nov, 09:00


Sport maktablarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Kuz-qish mavsumida sport ta'lim muassasalarining issiqlik ta'minotini yaxshilash, avvalo,  shug‘ullanuvchilarning salomatligi uchun, qolaversa mashg‘ulotlarning sifatli tashkil etishda muhim hisoblanadi.

Boshqarma ishchi guruhi vakili Muzaffar Ahmedov boshchiligida viloyatdagi sport maktablarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

Jomboy tumanidagi sport maktabida qozonxonalar,  isitish moslamalarining soz holatda ekaniga e'tibor qaratildi.  Mashg‘ulot xonalarini isitish ahvoli ko‘zdan kechirildi.

Navbatdagi manzil Samarqand tumani 1-son sport maktabi bo‘ldi.  Yopiq sport inshootlarida issiqlikni saqlash,  ularni isitishda xavfsizlik qoidalariga rioya etish, bu borada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga zarur tavsiyalar berildi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook |  Instagram|Youtube

SAMARQAND VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

30 Nov, 04:13


#Marafon

“Biz OITSga qarshimiz!”

1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Samarqand shahrida ommaviy yurish marafoni o‘tkazildi.

“Biz OITSga qarshimiz!” shiori ostidagi marafon Samarqand davlat universitetining fizika fakulteti binosi yonidan start oldi. Ishtirokchilar Alisher Navoiy koʻchasi boʻylab harakatlanib, "Sharq yulduzi" kinoteatri yonida badantarbiya mashgʻulotlarini bajardi.

Viloyatdagi mahallalar, taʼlim muassasalarida aksiyalar, sport musobaqalari davom etmoqda.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram|Youtube

SAMARQAND VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

29 Nov, 12:12


Samarqand shahar sport maktablarida onlayn davomat, "Face ID" tizimidan foydalanish holati o'rganilmoqda

⚡️Boshqarma boshlig'i Sh.Ro'ziyev tomonidan bugun viloyatdagi sport ta'lim muassasalarida 👨‍👩‍👦‍👦 "Face ID" tizimidan foydalanish va yo‘qlama qilish holati real vaqt rejimida oʻrganildi.

Shuningdek, sport ta'lim muassasalarida shugʻullanuvchi sportchi-oʻquvchilar bilan muloqot oʻtkazdi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
📝Telegram | 📝Facebook | 💻 Instagram|🎞Youtube

SAMARQAND VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

29 Nov, 09:03


Ogʻir atletikachilarimizning jahon chempionatidagi taqvimi bilan tanishing

Bahrayn poytaxti Manama shahrida ogʻir atletika boʻyicha kattalar oʻrtasida jahon chempionati oʻtkaziladi. Joriy yilning 6-15-dekabr kunlari bo'lib o'tadigan musobaqa dasturiga koʻra, sportchilarimizning ishtiroki 10-dekabr sanasidan boshlanadi. Unda qatnashadigan hamyurtlarimizning ishtiroki haqidagi maʼlumotlar bilan tanishing:

10-dekabr:
-64 kg: Shaxloxon Abdullayeva (17:00)
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov (19:30)

11-dekabr:

-89 kg: Sarvarbek Zafarjonov (22:00)

14-dekabr:
-109 kg: Sharofiddin Amriddinov / Ruslan Nurudinov (19:30)
-87 kg: Tursunoy Jabborova (22:00).

Sportchilarimizning chiqishi Toshkent vaqti bilan koʻrsatilgan.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
https://t.me/samsportuz

SAMARQAND VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

29 Nov, 09:00


Sayyor qabul o'tkazildi

Samarqand viloyati sport boshqarmasi boshlig'i Sh.Ro‘ziyev Kattaqo'rg'on shahrida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor  qabul o‘tkazdi.

Shahar soliq idorasi binosida tashkil etilgan qabulda aholidan yoshlarni sport bilan muntazam shug'ullanishi uchun sharoitlarni yanada yaxshilash, sport maktabiga o‘quvchilarni qabul qilish, zarur sport jihozlari bilan ta'minlash kabi masalalarda murojaat va takliflar kelib tushdi.

Qabul davomida har bir murojaatchining taklif va muammolari tinglandi. Ba'zi murojaatlar yuzasidan huquqiy maslahat va tushunchalar berilgan bo’lsa, yechimini kutayotgan masalalarning ijrosini taʼminlash, muammolarni belgilangan muddatda bartaraf etish nazoratga olindi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
https://t.me/samsportuz

SAMARQAND VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

29 Nov, 05:44


Qo'l jangi: Sportchilarimiz jahon kubogini qo'lga kiritdi

Qozogʻiston poytaxti Ostona shahrida sportning qoʻl jangi turi boʻyicha Jahon Kubogi uchun musobaqalar bo'lib o'tdi.

Musobaqada Oʻzbekiston “Qoʻl jangi” terma jamoasi sportchilari faxrli 1-oʻrinni egallashdi. Ular safida Samarqand tumani 1-son sport maktabi tarbiyalanuvchisi  Nilufar Polvonova ham bor. Sportchimiz bahslarni muvaffaqiyatli yakunlab, 1-oʻrinni qo'lga kiritdi.

Keyingi o'rinlar Qozogʻiston va Belarus Respublikasi sportchilariga nasib qildi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:

https://t.me/samsportuz

SAMARQAND VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

23 Nov, 12:39


Samarqand shahridagi Markaziy va tijorat bank xodimlaridan sport sinovlari qabul qilindi.

👆Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PQ-5148-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Samarqand shahridagi 18 ta bank xodimlaridan sport sinovlari qabul qilindi.
Mazkur tadbirga 500 nafardan ziyod Markaziy va tijorat bank xodimlari ishtirok etdi. Sport sinovlarini topshirish istagini bildirgan xodimlar tezlik, kuch, chidamlilik va egiluvchanlik sifatlarini aniqlashga qaratilgan mezonlar bo‘yicha ixtiyoriy va maxsus talablar asosida sport sinovlarini topshirdi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:

https://t.me/samsportuz

SAMARQAND VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

13 Nov, 19:00


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumatning sport sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan Farmon va Qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov Samarqand viloyatida o'rganish ishlarini olib bordi.

Tashrif davomida Bulung‘ur, Jomboy, Oqdaryo, Ishtixon va Kattaqo‘rg‘on tumanlaridagi sport maktablarining holati, ularda sportchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar ko'zdan kechirildi.

Shuningdek, vazir o’rinbosari Samarqand olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida olib borilayotgan sport mashg'ulotlari, sportchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Xususan, markazdagi imkoniyatlaridan oqilona va samarali foydalanish, Toshkent-2025 yoshlar Osiyo hamda ParaOsiyo o‘yinlariga viloyat sportchilarini puxta tayyorlash masalalari yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

SAMARQAND VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

13 Nov, 07:08


🎞 Обсуждения: чем заняты спортивные школы?

SAMARQAND VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

13 Nov, 07:08


🎞 Muhokama: Sport maktablari nima bilan band?

SAMARQAND VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

12 Nov, 08:32


Yunon-rum, erkin va ayollar kurashi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati Samarqandda o‘tkazilmoqda.

Aval xabar
berganimizdek joriy yilning 7-12 noyabr kunlari Samarqand shahar yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida Sportning yunon-rum, erkin va ayollar kurashi bo‘yicha o‘smirlar U 17 o‘rtasida O‘zbekiston chempionati final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

https://t.me/samsportuz

SAMARQAND VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

23 Oct, 14:43


🔵 Bulung‘urlik yoshlar “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” uchun bellashadi

Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” sport musobaqalari va ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/dg01

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
📝Telegram | 📝Facebook | 💻 Instagram|🎞Youtube

SAMARQAND VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

23 Oct, 07:41


🟦🟦

⚡️Ayni vaqtda Samarqand shahrida 🖐 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida “Kurash” sport turi bo‘yicha Bosh prokurur kubogining viloyat bosqichiga strat berildi.

Musobaqaning ochilish marosimida viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Sh. Ro‘ziyev so‘zga chiqib,  ishtirokchilarga omad tiladi. Sportning milliy kurash turi bo‘yicha polvonlarimiz erishayotgan muvaffaqiyatlar bardavom bo‘lishiga ishonch bildirildi.

🟡 Musobaqada mahalladagi uyushmagan, og‘ir toifadagi, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar, 18-30 yosh toifalarida o‘g‘il bolalar (66, 73, 81, 90, +90 kg), qiz bolalar esa (48, 57, 70, 87 kg) vaznlarda ishtirok etishmoqda.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
📝Telegram | 📝Facebook | 💻 Instagram|🎞Youtube