Xalqaro press klub @ipcuzbekistan Channel on Telegram

Xalqaro press klub

@ipcuzbekistan


👉🏻 Murojaat uchun: @xalqaropressklubbot

• https://pressklub.uz
• Facebook.com/ipcuzbekistan
• Instagram.com/ipcuzbekistan
• YouTube.com/c/InternationalPressClub

Xalqaro press klub (Uzbek)

Xalqaro press klub kanalimiz sizni dunyo yangiliklari bilan tanishtirish uchun tashkil etildi. Bu kanal orqali siz yangi va eng so'nggi xabarlar bilan tanishing va dunyo bo'ylab bo'lgan ilmiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy-huquqiy voqealardan xabardor bo'lishingiz mumkin. IPC Uzbekistan ravishda faoliyat yuritadigan kanal orqali sizning barcha savollaringizga javob topishingiz va muhim xabarlar bilan tanishingiz mumkin. Kanalimizda har bir yangilikni to'g'ri va tezda olishingiz mumkin. Buning uchun bizning botga murojaat qiling va pressklub.uz saytini, Facebook va Instagram sahifalarimizni kuzating. Sizni yangiliklardan ma'lum etib qolamiz!

Xalqaro press klub

06 Jan, 12:31


Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 6-yanvardan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi.

📱Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

06 Jan, 12:20


📊 O‘zbekiston Respublikasida nikohlanuvchi ayollarning yoshi bo‘yicha taqsimlanishi

🏢 Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida, respublika bo‘yicha 246 979 ta nikoh holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.

Qayd etilgan nikohlarni ayollarning yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi, % da:

20 yoshgacha — 37,5 %;

20 - 30 yoshgacha — 54,0;

31 - 40 yosh — 6,6 %;

41 yosh va kattalar — 1,9 %.


📱Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

06 Jan, 09:54


Nyu-York AQSHning birinchi shahri sifatida tirbandlik hududiga kirish uchun to‘lovni joriy etdi

5-yanvardan boshlab yengil avtomobil haydovchilari tig‘iz paytlarda gavjum hududlarga kirish uchun 9 dollar to‘lashlari lozim. Rasmiylar bu chora tufayli har kuni "tirbandlikni kamaytirish zonasi" (Empayr-steyt-bilding, Tayms-skver, Uoll-strit va boshqalar)ga kamida 80 ming avtomobil kamroq kelishini kutmoqda.

Ushbu chora Nyu-Yorkdagi tirbandlikka qarshi kurashga qaratilgan. Yana bir maqsad — jamoat transporti tizimini rivojlantirish uchun mablag‘ to‘plash.

Ta’kidlash joizki, Nyu-York ikki yil ketma-ket dunyo bo‘yicha yo‘llar tirbandligi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallab kelmoqda. 2024 yilning birinchi choragida Manxetten markazida ertalabki tig‘iz soatlarda avtomobillar 17 km/soat tezlikda harakatlanishgan.

📱Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

06 Jan, 05:57


O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab poytaxtimizning asosiy ko‘chalari bo‘ylab Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya harbiy bo‘linmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari bo‘lib o‘tdi.

📱Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

06 Jan, 04:42


⚡️Xitoyda tarqalayotgan virus O‘zbekistonda ham aniqlandi

Ayni vaqtda respublikada o‘tkir respirator infeksiyalarga chalinish holatlarining mavsumiy ko‘tarilishi kuzatilmoqda.

Sanepidqo‘mitaga ko‘ra, ushbu respirator infeksiyalarning so‘nggi laboratoriya tahlillari natijasiga ko‘ra: 36,9 foizida gripp virusi, 30,2 foizida rinovirus, 28,6 foizida respirator-sinsitial virus, 1,2 foizida metapnevmovirus va 3,1 foizida boshqa viruslar aniqlangan.

📱Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

31 Dec, 19:34


Hurmatli obunachilar!

🎄Xalqaro press klub nomidan barchangizni Yangi yil bilan tabriklaymiz! Yangi yil hayotingizga baxt, sog’lik-salomatlik va yangi yutuqlar olib kelsin. Biz bilan birga bo’lganingiz uchun minnatdormiz!

-
Уважаемые подписчики!

🎄От имени Международного пресс клуба поздравляем вас с Новым годом! Пусть новый год принесет вам счастье, крепкое здоровье и новые достижения. Спасибо, что вы с нами!

-
Dear subscribers!

🎄On behalf of the International Press Club, we wish you a Happy New Year! May the new year bring you happiness, good health, and new achievements. Thank you for staying with us!

📱Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

31 Dec, 04:21


Xalqaro press klubning “Yil sarhisobi: erishilgan natijalar va vazifalar” mavzusidagi maxsus sessiyasidan fotolavha

📱Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

30 Dec, 06:44


Ayni daqiqalarda Xalqaro press klubning "YIL SARHISOBI: ERISHILGAN NATIJALAR
VA VAZIFALAR» mavzusidagi maxsus sessiyasi bo'lib o'tmoqda!


Jonli efirni "O'zbekiston 24" va bizning Youtube sahifamiz orqali ham tomosha qilishingiz mumkin.

https://www.youtube.com/live/SSphfqTcjxU?si=7o34ejzwsOBo2Dmv

📱Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

30 Dec, 03:56


📌XALQARO PRESS KLUBNING "YIL SARHISOBI: ERISHILGAN NATIJALAR VA VAZIFALAR” MAVZUSIDA MAXSUS
SESSIYASI


⚡️2024-yil sinovlar, yangilanishlar va imkoniyatlar yili bo’ldi. Endi, sohalarda erishgan natijalarni sarhisob qilish payti keldi. Biz nimalarga erishdik, qanday qiyinchiliklarni yengib o’tdik va ertangi kunga qanday umidlar bilan qadam qo’yamiz?

⚡️2024-yilda ijtimoiy dasturlar va tashabbuslar qanchalik samarali bo’ldi?

⚡️Xalqning turmush darajasi
va ijtimoiy himoyasi
qanchalik yaxshilandi?

🔥Barcha savollarga javob bizning jonli efirimizda!

📺Bugun, 30-dekabr soat 11:15 da “O’zbekiston 24” telekanalida tomosha qiling!

📱Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

27 Dec, 11:12


⚡️Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi boshlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev temir yo‘li qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan marosim ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi.

"Bu do‘st mamlakatlarimiz salkam 30 yil davomida intilib kelgan tom ma’nodagi tarixiy voqeadir”, dedi Prezident.

Aytilishicha, Koshg‘ar – Torugart – Makmal – Jalolobod – Andijon yo‘nalishi bo‘yicha 20 ta stansiya, 42 ta ko‘prik, 25 ta tonnel barpo etiladi. Bundan tashqari, zamonaviy tranzit-logistika infratuzilmasi, omborxona va terminallar quriladi.

Ushbu yo‘l orqali yiliga 15 million tonna yuk tashiladi. Xitoydan Yevropa mamlakatlariga yuklarni yetkazib berish masofasi va muddati bir necha ming kilometr va deyarli bir haftaga qisqaradi. Yo‘lovchilarni muntazam tashishni yo‘lga qo‘yish imkoniyati paydo bo‘ladi.Kelgusida ushbu temir yo‘l liniyasi Transafg‘on yo‘lagi bilan tutashib, Xitoy, Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi transport-kommunikatsiya tarmoqlarini samarali birlashtirish va kuchaytirishga imkon yaratadi.

📱Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

27 Dec, 07:49


Toshkent dunyoning havosi eng iflos shaharlari reytingida 1-o'rinda

📱Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

27 Dec, 06:51


100 nafar falastinlik Rafahdan O‘zbekistonga evakuatsiya qilindi

100 nafar falastinlik yarador ayollar va bolalar ularning hamrohlari bilan birga O‘zbekistonga evakuvatsiya qildi. Bu haqda O‘zbekistonning Qohiradagi elchisi Mansurbek Qilichev xabar berdi.

Ushbu evakuvatsiya amaliyoti ikki davlatning Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamkorligida prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirildi, deyiladi xabarda.

Qilichevning ta’kidlashicha, evakuvatsiya qilingan falastinliklar yurtlariga qaytgunlaricha O‘zbekistonda qoladi. Ushbu bemor falastinliklar davolanish va sog‘liqlarini qayta tiklash uchun reabilitatsiya markazlari va shifoxonalarga joylashtiriladi.

O‘zbekiston hukumati ularga mamlakatda bo‘lish davrida oilasining barcha ehtiyojlari, jumladan, mehmonxonalar, maktablar, oziq-ovqat va boshqa narsalar bilan ta’minlanadi.

📱Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

27 Dec, 05:27


🚇 Toshkent metrosi bayram kunlari qanday ishlashi e’lon qilindi

28, 30, 31 dekabr kunlari shanba kuni uchun tasdiqlangan jadval bo‘yicha;

29-dekabr, 1, 2 yanvar kunlari esa yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval bo‘yicha harakatlanadi.

4-yanvarda metro poyezdlari harakati odatiy ish kunlari uchun belgilangan jadval asosida tashkil etiladi.

📱Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

26 Dec, 10:35


🇺🇿🇦🇿Shavkat Mirziyoyev telefon orqali Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan muloqot qilib, kecha, 25-dekabr kuni Qozog‘istonning Oqtov shahri yaqinida sodir bo‘lgan yo‘lovchi samolyoti halokatida qurbon bo‘lganlarning oila a'zolariga hamdardlik bildirdi hamda jabrlanganlarning barchasi tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

📱Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

26 Dec, 06:50


“2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (ilovalari bilan)

📱Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

26 Dec, 05:56


❗️Migrantlarga yangi cheklov: qurilishga ishga kelganlar kur’yer yoki taksichilik qila olmaydi

Rossiyada mehnat migrantlariga cheklovlar o‘rnatish, diskriminatsiya qilish asosiy masalaga aylangan ayni kunlarda migrantlarni faqat bitta ish beruvchida ishlashga majbur qilishmoqchi.

«Izvestiya»ga ko‘ra, «Rossiya Federatsiyasida chet el fuqarolarining huquqiy holati to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish kiritish taklif qilinmoqda.

Ushbu o‘zgartirishlar 2025-yilning ikkinchi choragida qurilish sohasida ishlay boshlaydi. Bu borada RF Qurilish vazirligi migrantlar ustidan nazoratni kuchaytirishga yordam beradi.

Yangi o‘zgartirishlarga ko‘ra, mehnat migrantlari bitta ish beruvchida ishlashi kerak bo‘ladi. Uning patentida hozirgidek xodimning ixtisosligi emas, balki u ishlaydigan kompaniya ko‘rsatiladi.

Bundan Rossiyada qurilishda ishlashga kelganlarning kur’yer yoki taksi haydovchisi bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik ko‘zlangan.

📱Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

25 Dec, 11:38


⚡️AQSH dollarining rasmiy kursi ko‘tarilishda davom etmoqda

Markaziy bank 26-dekabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 928,27 soʻm (+18,47)
1 EUR 13 462,21 soʻm (+46,35)
1 RUB 129,66 soʻm (+0,57)

📱Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

25 Dec, 09:50


2025-yilda O‘zbekistonning tashqi qarz olishi mumkin bo‘lgan cheklangan limit $5 mlrd etib belgilandi.

Ushbu miqdordan O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetini qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun - $3 mlrd, investisiya loyihalarini moliyalashtirish uchun - $2,5 mlrddan oshmasligi lozim.

📱Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

25 Dec, 07:05


Yakkasaroy tumanidagi "Askiya" bozori auksionda 225,6 mlrd so‘mga Xitoyning Cheng Ke-International kompaniyasiga sotildi

📱Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

25 Dec, 06:12


Rossiyada jazo o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarolarining farzandlari Vatanga qaytarildi

"Dunyo" AA xabar berishicha, fuqarolarning farzandlari Mordoviyadagi Bolalar uyidan O‘zbekistonga qaytarilgan.

Qaytarishda diplomatlar, Ichki ishlar vazirligi va tibbiyot xodimlari ishtirok etgan.

📱Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

25 Dec, 05:04


O‘zbekistonga olib kelingan elektromobillarning 99,5 foizdan ko‘prog‘i Xitoyga tegishli

2024-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga 22 223 ta elektromobil import qilindi. Ushbu avtomobillar uchun umumiy xarajat $215,3 mln. ni tashkil etdi, deb xabar berdi Statistika agentligi.

Xitoydan kelgan elektromobillar 22 122 tani tashkil qilib, umumiy importning 99,5 foizidan ortig‘ini egalladi.

📱Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

24 Dec, 11:35


AQSH dollarining rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Markaziy bank 25-dekabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 909,80 soʻm (+7,80)
1 EUR 13 415,86 soʻm (-12,54)
1 RUB 129,09 soʻm (+1,49)

📱Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

24 Dec, 05:02


Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinning taklifiga binoan 25-26 dekabr kunlari o‘tadigan MDH va EOII sammitlarida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahrida bo‘ladi.

📱Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

23 Dec, 11:37


Toshkent metropoliteni bayram kechasida uzaytirilgan tartibda ishlaydi.

"Toshkent metropoliteni" axborot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, metro faoliyati 31-dekabr 5:00 dan 1 yanvar 2:00 ga qadar davom etadi.

Ushbu tartib mahalliy aholi va poytaxt mehmonlariga qulaylik yaratish va bayram munosabati bilan jamoat transportidan foydalanish imkoniyatini saqlab qolish uchun rejalashtirilgan.

📱Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

23 Dec, 06:00


Rahbarlari tuman (shahar) hokimi tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan tashkilotlar ro‘yxati va viloyatlar hokimliklari boshqaruv apparatining yangilangan namunaviy tuzilmasi tasdiqlandi.

📱Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

23 Dec, 05:17


Xitoy sunʼiy orolda joylashgan dunyodagi eng katta aeroport qurishni boshladi

Pekin sharqidagi sunʼiy orolda qurilayotgan 20 km.kv maydonni egallagan Dalian Bay xalqaro aeroporti 4 ta uchish-qoʻnish yoʻlagiga ega boʻladi.

Maʼlumotlarga koʻra, aeroport yiliga 540 mingta reyslar orqali 80 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatadi, million tonna yuklar tashiladi. 4,3 milliard dollarlik loyiha 2035-yilda qurib bitkaziladi.

📱Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

20 Dec, 13:54


O’zbekiston Sun’iy intellektga tayyorgarlik indeksida 17 pog’onaga ko’tarildi

📱Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

20 Dec, 12:02


👍 Mahalla — xalqimiz hayotining ajralmas qismi

🔍Prezident Shavkat Mirziyoyev mahallaning xalq va davlat o'rtasida o'ziga xos ko'prik bo'lishi lozimligini ko'p ta'kidlaydi.

🔍Shu maqsadda mahallalar Yangi O‘zbekistonga mos va xos bo‘lishi uchun xalqimizning manfaat va ehtiyojlaridan kelib chiqib mutlaqo zamonaviy tizim - “Yettilik” yaratildi.

🎥 Ushbu videolavha orqali "yettovlon" fidoyilarning faoliyati, vazifa-yu vakolatlarini sodda va xalqchil tilda tushuntirishga harakat qilindi.

📱Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

20 Dec, 11:44


Farg‘ona viloyatidagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari o‘rganib chiqiladi

Viloyat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha turdagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarining belgilangan norma va me’yorlarga muvofiqligi holati o‘rganib chiqiladi. Bu haqida viloyat hokimining tegishli farmoyishi qabul qilindi.

Baxtsiz va noxush hodisalarning oldini olish, xavfsizlik qoidalariga amal qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlarning mas’ul tashkilotlar xodimlaridan iborat ishchi guruhi tuzildi.

Shuningdek, viloyat hududida faoliyat yuritayotgan, tashkiliy huquqiy shaklidan qat’iy nazar barcha avtomobillarga yoqilg‘i quyish, siqilgan va suyultirilgan gaz to‘ldirish shoxobchalarida ishlovchi ishchi-xodimlarni viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qoshidagi o‘quv markazida dastur asosida shartli ravishda o‘qitilishi ta’minlanadi.

📱Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

20 Dec, 08:09


Turizm sohasida ham katta ishlar qilindi. Tadbirkorlarning 6,5 trillion so‘m sarmoyasi bilan 24 ming o‘rinli mehmonxonalar ishga tushdi.

Kelgusi yilda mehmon o‘rinlari yana 30 mingga oshadi. Tadbirkorlar bunga 10 trillion so‘m investisiya kiritishga tayyor.

Bu yil ishga tushgan 17 ta yirik savdo va turistik maskanga qo‘shimcha yana 25 ta shunday majmua qo‘shiladi.

Bo‘stonliqda 10 milliard dollarlik “Sea Breeze” nomli yirik markaz qurilishini boshlashga kelishib olindi. Shuningdek, mamlakatimizga dunyoni nufuzli Swissôtel, Sheraton, Ritz-Carlton, Novotel, Pullman, Marriott, ibis, Mercure kabi 23 ta mehmonxona brendlari kirib kelayapti.

Savdoni rivojlantirish bo‘yicha alohida kompaniya ochilib, eksportni moliyalashtirish uchun 350 million dollar ajratildi. Natijada berilgan har 1 dollar hisobiga tadbirkorlar 6 dollarlik eksport qildi.

Kelgusi yilda bunga yana 300 million dollar berilishi belgilandi.

📱Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

20 Dec, 06:51


Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joriy yil yakunlari va 2025-yilga asosiy rejalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi hamda yetakchi tadbirkorlar bilan muloqot boshlanadi.

📱Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

20 Dec, 05:40


O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lib kirish bo‘yicha AQSH bilan muzokaralari yakunlangani rasman e’lon qilindi

Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish yo‘lida olib borayotgan harakatlari doirasida tovarlar va xizmatlar bo‘yicha ikki tomonlama bozorga kirish muzokaralarining yakunlanganini e’lon qilishdan mamnun, deyiladi AQSH Savdo vakili Ketrin Tayning bayonotida.

Bayden-Harris ma’muriyati O‘zbekistonning Jahon savdo tashkiloti (JST)ga a’zo bo‘lishi bo‘yicha doimiy sa’y-harakatlarini e’tirof etgan.

Bayonotda qayd etilishicha, O‘zbekiston 1994-yilda JSTga a’zo bo‘lish uchun ariza bergan va 2020-yildan buyon bu yo‘nalishda faol ish olib bormoqda.

“O‘zbekistonning muzokaralarga jiddiy kirishgani so‘nggi ikki yilda, shu jumladan, ikki tomonlama muzokaralarimizning muvaffaqiyatli kechishida muhim omil bo‘ldi”, deyiladi bayonotda.

📱Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

13 Nov, 15:35


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Bokuga amaliy tashrifi yakuniga yetdi, davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi. Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda Prezidentimiz va rafiqasini Ozarbayjon adliya vaziri Farid Ahmedov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi.

📱Kanalga ulanish: https://pressklub.uz/

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

13 Nov, 09:22


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv oʻtkazdi

📱Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

13 Nov, 09:16


Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston va Ozarbayjon Prezidentlari bilan birgalikda “yashil” energetikani rivojlantirish loyihasiga start berdi

📱Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

13 Nov, 05:23


Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʻzgarishi boʻyicha konferensiyasi (COP 29)da bildirgan asosiy taklif va tashabbuslar

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

12 Nov, 07:05


Farg‘onada korrupsiyaga qarshi kurashuvchi mansabdor pora bilan ushlandi

“Farg‘ona viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatining Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bo‘limi boshlig‘i viloyatdagi tumanlardan birining elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisi 2024-yil 9 oylik faoliyati davomida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun kelgusida ishdan bo‘shatilmasligi evaziga, undan 1000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu noqonuniy ishga AJning xodimlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i ham aloqador ekanligi aniqlandi.

Hozirda mazkur ikki shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

12 Nov, 05:26


CNN telekanalining "Next Stop..." rukni doirasida O‘zbekistonning turizm salohiyati namoyish etilmoqda.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

11 Nov, 12:11


Xalqaro press klubning “O’zbekiston bag’rikeng diyor” mavzusidagi sessiyasidan fotolavha

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

11 Nov, 05:16


Ayni daqiqalarda Jonli efirimizni
bizning YouTube sahifamiz orqali ham tomosha qilishingiz mumkin!

https://www.youtube.com/live/Hf8e_3xzOqE?si=oedn9wP5UGHkYw_5

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

11 Nov, 03:58


🇺🇿XALQARO PRESS KLUBNING “OʻZBEKISTON – BAGʻRIKENG DIYOR” MAVZUSIDAGI SESSIYASI

🎤Turli dingga e’tiqod
qiluvchi yurtdoshlarimiz uchun qanday imkoniyatlar yaratilmoqda?

🎤Milliy madaniy markazlarning samarali faoliyat olib borishi uchun qanday ishlar amalga oshirilyapti?

🎤Yoshlarni zararli fikrlar, g’oyalardan himoyalash uchun qanday ishlar qilinyapti?

⁉️Yuqoridagi savollarga bizning Jonli efirimiz orqali javob oling!

📺Jonli efirni, 11-noyabr kuni, soat 10:00 da “Oʻzbekiston 24” da tomosha qiling!

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

09 Nov, 09:52


📚 Qudratxo’ja Sherzodxon Tojiddinxon o'g'lining siyosiy fanlar doktori (DSC) dissertatsiya ishi himoyasi to'g'risida

“Fuqarolik jamiyatini shakllantirishda axborot kommunikatsiyalarining o‘rni (xorijiy va milliy tajribalar qiyosiy tahlili)” mavzusida

Qudratxo‘ja Sherzodxon Tojiddinxon o‘g‘lining
23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar ixtisosligi bo‘yicha “Fuqarolik jamiyatini  shakllantirishda axborot kommunikatsiyalarining o‘rni (xorijiy va milliy tajribalar qiyosiy tahlili)” mavzusidagi siyosiy fanlar doktori (DSc) dissertatsiyasining himoyasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 21-noyabr kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. 

Manzil: 100174, Toshkent shahri, Universitet ko‘chasi, 4-uy.

Tel: 998-71-227-12-24 ;   

e-mail: [email protected], [email protected]

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

08 Nov, 09:54


O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari oktyabr oyida 2 milliard dollarga oshib, 43,14 milliard dollarga etdi. Bu statistika yuritib kelinayotgan 2013 yildan buyon rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

Zaxiralar ketma-ket to‘rt oydan beri o‘smoqda — iyulda 1,06 milliard dollarga, avgustda — 1,75 milliard dollarga, sentyabrda — 1,98 milliard dollarga, oktyabrda esa 2 milliard dollarga oshgan.

Shuningdek, o‘tgan oyda xorijiy valyuta zaxiralari 511 million dollarga oshgan — 8,709 milliarddan 9,220 milliard dollargacha. Zaxiralardagi oltinning fizik hajmi o‘zgarishsiz qolmoqda — 12 million troya unsiyasi (367 tonna). Oltin zaxiralari qiymati 1,44 milliard dollarga oshib, 33,36 milliard dollarga yetgan.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook\

Xalqaro press klub

08 Nov, 05:18


❗️ Kadastr agentligi direktorining murojaati

Bugun 8-noyabrdan millionlab yurtdoshlarimiz kutgan “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi qonun kuchga kiradi.

Uzoq yillar davomida oʻzi yashab kelayotgan uyini rasmiylashtirib olishni niyat qilib yurgan halol insonlar koʻp ammo, vaziyatdan foydalanib, noqonuniy yoʻllar bilan daromad qilishni reja qilib yurgan “uddaburonlar” ham yoʻq emas.

Sizlarni bunday nopok kimsalarning har qanday soʻzlari va vaʼdalariga ishonmaslikka chaqiraman!

Birinchidan, mahallalar aniq tasdiqlangan reja-grafik asosida xatlovdan oʻtkaziladi. Biri qolib ikkinchisiga oʻtilmaydi, yaʼni xalq tili bilan aytganda “tezlashtirib berishning imkoni yoʻq!”.

Ikkinchidan, xatlovdan keyin “EʼTIROF” dasturiga kiritilgan har bir holat boʻyicha 15 dan ortiq vazirlik va idoralar xulosalarini beradi hamda kosmik suratlar yordamida tahlil qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “ilojini qilib oʻtkazib boʻlmaydi!”.

Uchinchidan, xatlov jarayonida qonun bilan aniq belgilab berilgan 8 ta toifaga kiruvchi holatlar oʻrganiladi. Hozirda egallab olib, qurilish qilib qonuniylashtirib olishni reja qilayotganlar javobgarlikka tortiladi va bu ishlar ham axborot tizimlari orqali nazorat qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “tanish-bilish oʻtmaydi!”.

Hurmatli yurtdoshlar, har qanday holatda ham firibgarlik, taʼmagirlik yoki korrupsiya holatlariga duch kelsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bering.

Mazkur Qonunning adolatli va samarali ijro etilishi barchamizga birdek bogʻliq ekanligini yoddan chiqarmaylik.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook\

Xalqaro press klub

07 Nov, 11:05


Oʻzbekistonda fuqarolar saqlashi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar roʻyxati tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan fuqarolar saqlashi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar roʻyxati tasdiqlandi. Roʻyxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlar Ekologiya vazirligining ruxsatnomalari asosida belgilangan tartibda yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan hayvonot bogʻlarida va (yoki) pitomniklarda saqlanishi mumkin.

❗️ Shuningdek, davlat va koʻchma sirklarda (shapito) yovvoyi hayvonlarni saqlash va ulardan sirk tomoshalari uchun foydalanish taqiqlandi.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook\

Xalqaro press klub

07 Nov, 08:49


Toshkent shahar hokimligi poytaxtda istiqomat qiluvchi, 30 yoshgacha bo‘lgan 1000 nafar qizni SMM’ga o‘qitib, ularning bandligini ta’minlash va daromad topishlariga imkoniyat yaratish maqsadida loyiha amalga oshirilmoqda.

Hokimlik mazkur loyiha doirasida vaqtincha ishsiz qizlar uchun 8-noyabr kuni soat 10:00 da “Zakovat arena” binosida tajribali mutaxassislar tomonidan mahorat darsi tashkil etmoqda.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook\

Xalqaro press klub

07 Nov, 04:23


Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlardagi maktablarda o‘qituvchilar soni

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook\

Xalqaro press klub

06 Nov, 12:14


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti saylovida gʻalaba qozongani munosabati bilan tabrik yoʻlladi.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook\

Xalqaro press klub

06 Nov, 08:11


Bishkek shahrida oʻtayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida Shavkat Mirziyoyev oʻziga ajratilgan qarorgohda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Oʻzaro hamkorlikning amaliy natijalari alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash koʻrsatkichlari va sanoat kooperatsiyasi koʻlami ortib bormoqda, Toshkent viloyatida industrial park tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Oktyabr oyida Qoʻqon shahrida birinchi Hududlar forumi oʻtkazildi. Bu oyda Budapesht shahrida muhim qoʻshma madaniy tadbirlar boʻlib oʻtadi.

Davlat rahbarlari ikki tomonlama tadbirlar rejasini koʻrib chiqdilar. Yetakchi kompaniyalarning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik boʻyicha yangi loyihalar portfelini shakllantirish muhimligi alohida taʼkidlandi.

Mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook\

Xalqaro press klub

06 Nov, 06:00


Tramp hozirda barcha ikkilanuvchi shtatlarda yetakchilik qilmoqda.

✹ Pensilvaniya. Ovozlarning 84 foizi hisoblab chiqildi. Tramp 51 foizga ega.

✹ Michigan. Ovozlarning 47 foizi hisoblab chiqildi. Trampda 52 foiz.

✹ Viskonsin. Ovozlarning 76 foizi hisoblab chiqildi. Trampda 51 foiz.

✹ Djordjiya. Ovozlarning 95 foizdan ortig‘i sanab bo‘lingan. Trampda 51 foiz.

✹ Arizona. Ovozlarning 53 foizi hisoblab chiqildi. Trampda 49,8% (Harris 49,4%).

✹ Nevadada ovozlarni sanash endigina boshlandi (2% hisoblangan). Tramp 73,0 foizga ega.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook\

Xalqaro press klub

06 Nov, 04:15


AQSH prezidenti saylovlari. Tramp hozircha oldinda.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook\

Xalqaro press klub

05 Nov, 10:41


Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi “Doʻstlik” chegara bojxona posti orqali 2024-yil 6-noyabr kuni yuk va yengil avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik toʻxtatiladi - Bojxona qoʻmitasi

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook\

Xalqaro press klub

05 Nov, 07:20


🇺🇸 Bugun AQSHda prezidentlik saylovlari boʻlib oʻtadi

Prezidentlik uchun Demokratlar nomzodi va vitse-prezident Kamala Xarris hamda Respublikachilar vakili, AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp kurashmoqda.

Bundan tashqari, Libertarlar partiyasi nomzodi Cheyz Oliver, Yashillar partiyasi vakili Jill Steyn, shuningdek, unchalik taniqli boʻlmagan partiyalar vakillari va mustaqil nomzodlar AQSH prezidentligi uchun kurashmoqda.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook\

Xalqaro press klub

05 Nov, 06:31


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 5-6-noyabr kunlari amaliy tashrif bilan Bishkek shahrida boʻladi.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

05 Nov, 05:00


O‘zbekiston World Boxing tashkiloti a’zosiga aylandi

O‘zbekiston boks federatsiyasi IBA’ni tark etib, World Boxing xalqaro boks tashkiloti a’zoligiga qabul qilindi. Bu qaror IBA a’zosi bo‘lgan milliy federatsiyalar vakillariga 2028-yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish taqiqlangani bilan bog‘liq.

World Boxing O‘zbekistondan tashqari, Qozog‘iston, Gvatemala va Laosning a’zolik arizasini qabul qilgan va shu tariqa, tashkilotga a’zo milliy federatsiyalar soni 55 taga etgan.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

05 Nov, 04:31


Dehqonobod tumani hokimining o‘rinbosari 5 ming dollar miqdorida pora olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi va qamoqqa olindi.

Shuningdek, 20 ming dollar talab qilib, oldindan 1000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan Xovos tumani hokimining o‘rinbosari 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook\

Xalqaro press klub

04 Nov, 08:26


AQSH Oʻzbekistonni JSTga kirishda qoʻllab-quvvatlashini bildirdi

Rasmiy Vashington bilan tashkilotga aʼzolikni qoʻllab-quvvatlashi boʻyicha ikki tomonlama muhokamalar 14 oy davom etdi. Natijada, AQSH Oʻzbekistonga bu masalada yordam koʻrsatgan yigirma birinchi davlat boʻldi.

“Bu sarguzashtlarga boy safar edi. Muzokaralar qiyin, ammo samarali boʻldi. Bir umrlik tajriba”, - deya jarayonlarni tasvirlagan Prezidentning JST boʻyicha maxsus vakili Azizbek Urunov. U AQSH Savdo vakili ofisiga konstruktiv hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirdi.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

04 Nov, 06:31


❗️Toshkentda 5-noyabr soat 00:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yoʻlga qoʻyiladi.

Muvofiq ravishda, 7-noyabrdan boshlab issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich taʼminlash ishlari boshlanadi.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

04 Nov, 05:08


Oybek Eshonov Oʻzbekistonning Indoneziyadagi elchisi lavozimiga tayinlandi.

Diplomat 2008-yildan 2017-yilgacha Isroildagi elchi lavozimida ishlagan. Yangi lavozimga tayinlanganiga qadar TIVning Janubiy Osiyo, Yaqin, Oʻrta Sharq va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook\

Xalqaro press klub

04 Nov, 04:39


Bugun Oʻzbekiston boʻylab yogʻingarchilik kutilmoqda

Faqatgina Surxondaryo va Fargʻona vodiysi viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon koʻtarilishi mumkin.

Harorat +20...+25°, shimolda +8...+13° boʻladi.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

27 Oct, 13:19


🗳 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida ovoz beruvchilarning ishtiroki to‘g‘risida axborot

✔️ Soat 17:00 holatiga ovoz berganlar soni

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

27 Oct, 11:27


🗳 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida ovoz beruvchilarning ishtiroki to‘g‘risida axborot

✔️ Soat 15:00 holatiga ovoz berganlar soni

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

27 Oct, 09:38


27-oktabr kuni O‘zbekistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovilarida soat 13:00 holatiga ko‘ra, 19 944 859 nafar saylovchidan 9 948 589 nafari yoki 47,62 foizi ovoz berishda ishtirok etdi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bahrom Kuchkarovning ma’lum qilishicha, qonunchilikda saylovda saylovchilarning 33 foizi ishtirok etsa, saylov o‘tgan deb topiladi. Shu sabab, bugungi deputatlik saylovlari o‘tgan deb hisoblandi.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

27 Oct, 08:48


Xorijda tashkil etilgan muddatidan oldin ovoz berish jarayonida 132 667 ming nafar fuqarolarimiz o‘z konstitutsion huquqlaridan foydalanishdi.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

27 Oct, 08:03


Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun tongda oila a’zolari bilan saylovda ovoz berdi hamda saylov uchastkasiga kelgan fuqarolar bilan samimiy muloqot qildi

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

27 Oct, 07:54


O‘zbekistondan bo‘lgan ziyoratchilar Makkada parlament saylovlarida ishtirok etishmoqda

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

27 Oct, 07:50


Bosh vazir Abdulla Aripov Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 520-saylov uchastkasida ovoz berdi.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

27 Oct, 06:24


Siyosiy partiyalar liderlari ovoz berdi.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

24 Oct, 06:27


Xalqaro press klubning "BOLALAR HUQUQLARI HIMOYASI" mavzusidagi sessiyasi tashkil etildi!

Sessiyamizni bizning YouTube sahifamizda jonli tarzda tomosha qiling!

https://www.youtube.com/live/aEwY3NCT8hk?si=gJJAzA9lVWMlGara

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

23 Oct, 07:19


Xalqaro press klubning "Kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tish jarayonida fuqarolarning o‘rni" mavzusidagi sessiyasi

Unda Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mas’ul xodimi Umida Xolbekova, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Toshkent shahar bo‘limi rahbari Dilmurod Izzatov, Toshkent shahar “Baholovchi tashkilotlar jamiyati” jamoat birlashmasi vakili Nozimaxon Sodiqova hamda jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

23 Oct, 06:08


Xalqaro press klubning "Kuchli fuqarolik jamiyatiga o'tish jarayonida fuqarolarning o'rni" mavzusidagi sessiyasi tashkil etildi!

Sessiyamizni YouTube sahifamiz orqali tomosha qilishingiz mumkin!

https://www.youtube.com/watch?v=2z4cF6P_Hug

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

22 Oct, 08:55


Xalqaro press klubning “Vatandoshlar saylovda” mavzusidagi sessiyasidan fotolavha

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

22 Oct, 07:29


Xalqaro press klubning “Vatandoshlar saylovda” mavzusidagi sessiyasi bo’lib o’tdi!

Sessiyamizni YouTube sahifamiz orqali tomosha qiling!

https://www.youtube.com/live/Q_oNSliiXaM?si=-7Z83H9NeiQRCnC4

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

21 Oct, 06:46


Ayni daqiqalarda Xalqaro press klubning “Yoshlar saylovda” mavzusidagi sessiyasi bo’lib o’tmoqda!

https://www.youtube.com/live/kJ_oswZ6KXg?si=sUqdp1NelVrgk3sU

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

21 Oct, 04:46


🔥Siyosiy partiya vakillari o’rtasida tashkil etilgan Teledebatning “qalampir” roundlari


📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

21 Oct, 03:45


21-oktabr – Oʻzbekistonda oʻzbek tili bayrami kuni

⚡️Shu munosabat bilan barcha o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar, o‘zbek tiliga mehr qo‘ygan, uni bilishga intiluvchilar, butun dunyo bo‘ylab uning rivojiga hissa qo‘shayotgan barchani bugungi sana bilan tabriklaymiz!

Abadiyliging bardavom bo’lsin, qadri baland ona tilim🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

20 Oct, 09:46


📌"SHERZODXON QUDRATXO'JA BILAN..." loyihasida xorijiy davlatlardan kirib kelayotgan avtomashinalar va ularning texnik jihatlari haqida suhbatlashamiz.

Loyihaning bu galgi mehmoni esa Texnik jihatdan tartibga solish agentligi boshqarma boshlig’i Alisher Dodayev🔥

📆Yakshanba | 18:00da
📺"RTV" da o'tkazib yubormang!

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

20 Oct, 08:06


⚡️ Bizda yangi loyiha: "Xalqaro press klub Mahallada"

💸 Sayxunobod tajribasi amalda: sirdaryoliklar bugun qanday loyihalarni amalga oshirmoqda?
💸 200 tonna uzumdan milliardlab daromad olayotgan parkentlik tadbirkorlarimiz faoliyati bilan yaqindan tanishing!

🔥 Ko'rsatuvimiz orqali siz barcha savollarga javob olasiz!

💻 Bugun, 20-oktabr kuni, 16:20 da "O'zbekiston 24" telekanalida tomosha qilishingiz mumkin!

📌O'tkazib yubormang!

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

19 Oct, 06:43


🔖 19-oktabr kuni soat 18:00 da siyosiy partiyalar vakillari va saylovchilar uchrashuvi efirga uzatiladi.

Uchrashuvni “O'zbekiston 24”, “O'zbekiston”, “Yoshlar”, “Mahalla”, “Toshkent”, “Madaniyat va ma'rifat” telekanallarida — o'zbek tilida, “Dunyo bo'ylab” telekanalida — rus tilida, “Foreign language” telekanalida — ingliz tilida, “Qaraqalpaqstan” telekanalida — qoraqalpoq tilida tomosha qilishingiz mumkin.

‼️O’tkazib yubormang!

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

18 Oct, 13:35


#to'rtinchi_bosqich
#murojaat

Biz sog‘lom kelajakni tizimli ekologik muammolarga hayotiy yechim topmasdan turib, qurib bo‘lmasligiga asosiy e’tiborimizni qaratamiz! Shunday ekan, barcha saylovchilarni, ona tabiatimizni sevuvchi insonlarni dasturimizdagi ustuvor maqsadlarimizni qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman!
Zero, hech birimiz sog‘lom atrof-muhit, toza havo, suv va xavfsiz oziq-ovqatsiz yashay olmaymiz!
Bizning maqsadimiz aniq va ravshan, har bir inson uchun hayotiy zaruratdir!


O‘zbekiston Ekologik partiyasidan vakil - Navro‘zbek Yusupov

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

18 Oct, 13:33


#to'rtinchi_bosqich
#murojaat

Biz yoshlarning birlashishi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, vatanparvarlik ruhida tarbiya topishi, ular qalbida shu yurt farzandi ekani hamda xalqimizning tarixi, boy madaniy merosidan faxrlanish tuyg‘usida shakllanishidan manfaatdormiz.
Bejizga “Biz – birmiz, O‘zbekistonlikmiz!” shiorini ilgari surmayapmiz.


“Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan vakil - Shahnoza Joldasova

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

18 Oct, 13:31


#to'rtinchi_bosqich
#murojaat

O‘zLiDeP jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini erkinlashtirish maqsadida ish olib boruvchi yetakchi siyosiy kuch sifatida jonajon xalqimizni birlashishga, yagona Vatanda qudratli kuch bo‘lishga chaqiradi!

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan vakil - Umid Yoqubxo‘jayev

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

18 Oct, 13:29


#to'rtinchi_bosqich
#murojaat

Ishonch bilan aytishim mumkinki, faqat ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish orqaligina yurtimizning yorqin kelajagini ta’minlashimiz mumkin.
Shu bois, bizning partiya har bir yoshning o‘z salohiyatini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lishini ta’minlashni maqsad qilgan.
Aziz vatandoshlar, keling, birgalikda farovon va adolatli O‘zbekistonni bunyod etaylik!


“Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan vakil - Oydin Abdullayeva

📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Xalqaro press klub

18 Oct, 13:26


#to'rtinchi_bosqich
#murojaat

Har biringizning ovozingiz, qo‘llovingiz ishonch degani. Biz buni his qilamiz, mas’uliyatini tushunamiz.
Xalq demokratik partiyasining maqsadi xalqimiz maqsadlari bilan har doim hamohang.
Yangi, kuchli g‘oyalarga boy dastur bilan saylovchilar ishonchi uchun kurashga kirganmiz!
Ijtimoiy tenglik, barqarorlik va jamiyatimizdagi hamjihatlik hammamiz uchun muhim!



O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan vakil - Feruza Madrahimova


📱 Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook