6000 voltlik liniyani eruvchan saqlagichi sinib qoluvdi. Ichidan chiqqan o'tkazgich shunaqa ingichka ekan taxminan 0.7 mm² bo'lsa kerak.
Qanday qilib 6000 volt bu o'tkazgichdan sig'adi. Shunchalik ingichka o'tkazgich ko'tarishi mumkinmi? Yuqori kuchlanish liniyasini simlari qalin-ku
#Javob:
Tokni ya'ni elektr emergiyasini uzatishda kilometrlab sim ishlatiladi. Tok kuchi amper qanchalik katta bo'lsa shunchalik energiya isrof bo'ladi. Tok kuchi o'tkazuvchi simni qizdiradi.
Mana shu isrofni qisqartirish uchun maxsus qotishmadan tayyorlangan simlardan foydalaniladi. Saqlagich ichidan yuqori kuchlanish va kichik tok kuchida elektr o'tadi.
Lekin bu ichidagi kuchlanish havoni teshib o'tadi. Shuning uchun shisha yoki sopol bilan izolyatsiyalangan. Bekorga yuqori kuchlanish liniyasidan xavfsiz masofa belgilanmagan. Masofadan uradi yuqori kuchlanish. Yoniga borish shartmas.
Tok kuchiga kelsak liniyaga uzatishda simlar qizimasligi va elektr isrof bo'lmasligi uchun kuchlanish yuqori va tok kuchi kam holda uzatiladi. Iste'molchi transformatorlar esa kuchlanishni pasaytirib tok kuchini oshirib beradi.
Javob muallifi: Shukurillo Ibragimov
@elcom_group