"YUKSALISH" HARAKATI @uzbyuksalish Channel on Telegram

"YUKSALISH" HARAKATI

@uzbyuksalish


“Yuksalish” harakati

☎️ +998 95 230 33 23
📩[email protected]

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
https://taplink.cc/yuksalish.org

YUKSALISH HARAKATI (Uzbek)

YUKSALISH HARAKATI Telegram kanali - bu sizning sevgan yoki sevgan narsalarga yuksalishga yo'l qo'yadigan harakat. Bu kanalda siz motivatsiyaga, ilham olishga va o'z hayotingizni yangilashga yordam olishingiz mumkin. Yuksalish - bu sizning har kuni yuksalishga qadam qo'yishingiz uchun ilhomlantiruvchi va yorqinlik beruvchi guruh. Kanalda eng so'nggi yangiliklar, foydali maslahatlar va ilhom beruvchi hikoyalar topishingiz mumkin. Siz ham bugun yuksalishga qadam qo'ying va o'zingizni yangilang! nYŬKSALISH HARAKATI - bu sizning yangi, yuksak maqsadlarga yo'l qo'yishda yordam beruvchi Telegram kanal. Har kuni, siz hayotingizni o'zgartirishda, yangi maqsadlarga yetishishda va o'zingizga ko'proq yuksalishga erishishda yordam olishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'ling va hayotingizda muhim o'zgarishlarni boshlang! nYuksalish harakati - bu sizning yuksak maqsadlarga erishishda yordam beruvchi Telegram kanali. Bu yerda, siz siyosiy tajribalaringizni, fikr va fikrlarini ulashishingiz mumkin bo'lgan eng yaxshi mavzu va maslahatlar to'plangan. Sizga yuksalishga yo'l qo'yish uchun eng yaxshi va foydali maslahatlarni taqdim etishda yordam beradigan bu kanaldan foydalaning! nYŬKSALISH HARAKATI - bu sizning yuksak maqsadlarga erishishda yordam beruvchi Telegram kanal. Bu yerda, siz o'z hayotingizda muhim o'zgarishlar kiritishda, yuksak maqsadlarga yo'l qo'yishda va o'z potentsialingizni o'rgatishda yordam olishingiz mumkin. Biz bilan bog'laning va yuksalishga qadam qo'ying!

"YUKSALISH" HARAKATI

21 Feb, 10:25


🇺🇿🇺🇿🇺🇿 20-fevral kuni "Biz — donormiz!" aksiyasi doirasida ishtirok etgan hududlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatildi: aksiyada bir vaqtning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlaridan vakillar qatnashdi.

Hozirda donorlar Andijon viloyatida qon topshirishda davom etmoqda. Ikkinchi kunning o‘zida jami 137,4 litr qon yig‘ildi.

Eslatib o‘tamiz, "Yuksalish" harakati va Respublika qon quyish markazi tomonidan o‘tkazilayotgan "Biz — donormiz!" aksiyasi 25-fevralgacha davom etadi.

➡️ Vaqt va sanalar haqida batafsil ma'lumotni Harakatning saytida bilib olishingiz mumkin: https://yumh.uz/uz/news_detail/769

На русском

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

"YUKSALISH" HARAKATI

20 Feb, 09:08


🇺🇿🇺🇿🇺🇿 "Biz — donormiz!" aksiyasi boshlandi!

19-fevral kuni "Yuksalish" harakati tomonidan Respublika qon quyish markazi va hududiy bo‘linmalar bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan aksiyada Buxoro va Farg‘ona viloyatlari ishtirok etdi. Birinchi kun yakunlariga ko‘ra, donorlar 54,6 litr qon topshirdi.

🔖 Аksiya 25-fevralga qadar davom etadi. Uning o‘tkazilish jadvali bilan "Yuksalish" harakati saytida tanishishingiz mumkin.

На русском

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

"YUKSALISH" HARAKATI

20 Feb, 06:22


🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Jamoatchilik kengashlari fuqarolar va davlat organlari o‘rtasidagi muloqotning muhim vositasi hisoblanadi. Ularning faoliyati me'yoriy-huquqiy hujjatlar asosida tartibga solinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyuldagi qarorida jamoatchilik kengashlari tushunchasi va ularning vazifalari aniq belgilangan. 2024-yil 26-avgustdagi farmon bilan jamoatchilik kengashlari ishini takomillashtirish vazifasi qo‘yilgan.

Jamoatchilik kengashi nima ekanligi va kimlar unga a'zo bo‘lishi mumkinligini batafsil o‘rganamiz.

➡️ Tafsilotlar – bizning postlarimizda.

На русском

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

"YUKSALISH" HARAKATI

17 Feb, 05:53


🇺🇿🇺🇿🇺🇿 13-14-fevral kunlari “Yuksalish” harakati tomonidan Germaniyaning Konrad Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda Jizzax viloyatida jamoatchilik nazorati tadbirlari o‘tkazildi. Ishchi guruh a'zolari dastlab Do‘stlik tumanidagi kichik sanoat zonalari faoliyati va mikromarkazlar faoliyati bilan tanishib, tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

Подробнее: https://yumh.uz/ru/news_detail/778

На русском

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

"YUKSALISH" HARAKATI

14 Feb, 13:46


🇺🇿🇺🇿🇺🇿 O‘zbekiston va Turkiyaning yana ikki shahri birodarlik maqomini oldi

O‘zbekiston delegatsiyasi Turkiyada hokimlar malakasini oshirish dasturida ishtirok etmoqda. Tashrif doirasida Shahrisabz hokimi Sherzod Bo‘riyev va Pendik shahri meri Ahmet Jin Shahrisabz (O‘zbekiston) va Pendik (Turkiya) o‘rtasida birodarlik shaharlari maqomida hamkorlik to‘g‘risida protokol imzoladi.

Batafsil: https://yumh.uz/uz/news_detail/777

На русском

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

"YUKSALISH" HARAKATI

22 Jan, 12:22


⚡️ Samarqand va Farg‘ona viloyatlaridagi NNTlar uchun moliyaviy ko‘mak olishga tanlov!

💡 Germaniya hukumati Deutsche Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit (GIZ) "Samarali davlat boshqaruvi" dasturi "Yuksalish" harakati bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining Samarqand va Farg‘ona viloyatlaridagi NNTlar o‘rtasida moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tanlov e'lon qiladi.

Dastur maqsadi — ikki tajriba-sinov hududi — Samarqand va Fargʻona viloyatlarida samarali boshqaruv tamoyillarini amalga oshirishga koʻmaklashish.

❗️ Ariza topshirish muddati: 12-fevral, soat 18:00 gacha.

➡️ Batafsil ma’lumot

👉 Ariza yuklab olish

На русском

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

"YUKSALISH" HARAKATI

22 Jan, 11:11


🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Yoshlar qaysi kasblarni tanlamoqda?

"Yuksalish" harakati yoshlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi. Maqsad – bo‘lajak kasbi bo‘yicha respondentlar fikrini aniqlash, shuningdek, ularning nuqtayi nazariga ko‘ra, qaysi mutaxassisliklar dolzarb va istiqbolli ekanligini bilishdan iborat bo‘ldi.

Batafsil: https://yumh.uz/uz/news_detail/765

На русском

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

"YUKSALISH" HARAKATI

16 Jan, 05:53


🇺🇿🇺🇿🇺🇿 O‘zbekiston energetika tizimida qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi?

💬 5 yilda energetikaga 29,2 mlrd dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya jalb qilindi.

💬 Andijon va Farg‘ona viloyatlarida ilk bor 300 megavattli energiya saqlash tizimlari barpo etildi.

💬 Yangi loyihalar kelgusi yillarda qo‘shimcha 9,5 mlrd KVt elektr ishlab chiqarish hamda 2,5 mlrd kub metr tabiiy gazni tejash imkonini beradi.

▶️ Batafsil maʼlumot videoinfografikada.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

"YUKSALISH" HARAKATI

14 Jan, 05:30


🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Bugun tinchlik va barqaror rivojlanish ortida turgan mard, jasur va qat’iyatli insonlar mehnati e’zozlanadigan kun

Siz yurt tinchligi uchun o‘z hayotini garovga qo‘ygan, qiyinchiliklarni yengib, qatʼiyat bilan yo‘lida davom etgan, yaqinlar uchun doimo suyanch bo‘lgan qahramonlarsiz!

Istagimiz, yoningizda sizga ishonuvchi, qo‘llab-quvvatlovchi va ilhom bag‘ishlovchi insonlar bo‘lsin! Mustahkam sog‘lik, sinmas iroda va orzularingiz ushalishini tilaymiz.

Tinchligimizni kundan-kunga mustahkamlab, biz va kelajak avlodlar uchun xavfsiz va yorug‘ hayot qurishga qo‘shayotgan hissangiz uchun rahmat!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

"YUKSALISH" HARAKATI

09 Jan, 16:19


🇺🇿🇺🇿🇺🇿 "O‘zbekiston – 2030" strategiyasini "Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot" yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihalari jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.

💬 Muhokamalarda faol bo‘ling va mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shing!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

"YUKSALISH" HARAKATI

04 Jan, 08:14


🇺🇿🇺🇿🇺🇿Yuksalish” harakati yil yakunlarini e'lon qildi

2024-yil “Yuksalish” harakati uchun yangi ijtimoiy tashabbuslarni amalga oshirish, aksiyalarni yo‘lga qo‘yish va O‘zbekistonning ijtimoiy, iqtisodiy hamda ekologik rivojlanishiga qaratilgan qo‘shma loyihalar doirasida hamkorlikni rivojlantirish yili sifatida yodda qoldi.

Batafsil: https://yumh.uz/uz/news_detail/756

На русском

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

"YUKSALISH" HARAKATI

31 Dec, 09:48


🇺🇿🇺🇿🇺🇿 “Yuksalish” harakati jamoasi O‘zbekiston aholisi va xorijdagi yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan 2025-yil bilan tabriklaydi!

Yangi umidlar, yangi rejalar va yaxshilikka ishonch bilan hayotimizning yangi debochasiga qadam qo‘yarkanmiz, hammaning qalbidagi ezgu orzu-istaklari ro‘yobga chiqishi, Vatanimiz gullab-yashnashi, har bir inson baxtli va farovon yashash imkoniyatiga ega bo‘lishini tilaymiz.

Orzu qiling, harakat qiling, erishing!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

"YUKSALISH" HARAKATI

25 Dec, 12:13


🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Jamoatchilik loyihalari orqali muammolar hal etilmoqda

“Yuksalish” harakatining Xorazm viloyati bo‘linmasi mahalliy aholi tashabbusini inobatga olgan holda, yo‘l xavfsizligini ta'minlash maqsadida svetofor o‘rnatish taklifini jamoatchilik loyihasi sifatida ilgari surdi.

Batafsil: https://yumh.uz/uz/news_detail/742

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

"YUKSALISH" HARAKATI

25 Dec, 11:32


🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Jamoatchilik tashabbuslari aholi turmush sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilmoqda

“Yuksalish” harakatining Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan homiylar ko‘magida 150 metr shag‘al to‘kilib, asfalt yotqizishga erishildi.

Batafsil:
https://yumh.uz/uz/news_detail/741

На русском

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

"YUKSALISH" HARAKATI

25 Dec, 11:00


🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Yuksalish” harakatining hududiy bo‘linmalari faoliyati sarhisob qilindi

"Yuksalish" harakati tomonidan hududiy bo‘linmalar ishtirokida o‘tkazilgan yillik sarhisob yig‘ilishi doirasida yil davomida amalga oshirilgan ishlar natijalari, shuningdek, kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

Batafsil: https://yumh.uz/uz/news_detail/740

На русском

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

"YUKSALISH" HARAKATI

25 Dec, 06:52


🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Yangi yil bayramida Oʻzbekiston aholisi necha kun dam oladi?

28-dekabr (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni (6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni);

29-dekabr (yakshanba) — umumiy dam olish kuni;

30-dekabr (dushanba) — qoʻshimcha dam olish kuni;

31-dekabr (seshanba) — qoʻshimcha dam olish kuni;

1-yanvar (chorshanba) — Yangi yil bayrami;

2-yanvar (payshanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni.

На русском

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

"YUKSALISH" HARAKATI

10 Dec, 08:03


🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Mukofot sovrindorlari – yosh va o‘z faoliyatini yaqinda boshlaganlardan tortib, ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan tabiat himoyachilarigacha, katta ko‘lamdagi ishlarga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan shaxslardir.

Batafsil: https://yumh.uz/uz/news_detail/739

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

"YUKSALISH" HARAKATI

06 Dec, 17:22


🇺🇿🇺🇿🇺🇿 "Yuksalish" harakati "Oramizdagi qahramonlar" va "Tabiat himoyachilari" loyihalari bo‘yicha taqdirlash marosimini o‘tkazdi

Batafsil: https://yumh.uz/uz/news_detail/739

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

"YUKSALISH" HARAKATI

06 Dec, 15:37


🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Fuqarolik jamiyati haftaligi doirasida "Yuksalish" harakati mintaqaviy bo'linmalari tomonidan butun mamlakat bo'ylab 40dan ortiq NNT uchrashuvlari o‘tkazildi. Uchrashuvlarda senatorlar, xalq deputatlari kengashlari vakillari va adliya boshqarmalari rahbarlari ishtirok etdi. Ochiq muloqot va muhokama formatida asosiy masalalar belgilandi va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Jamoat nazoratini tartibga solish mexanizmlari ko‘rib chiqildi, shuningdek, NNT va davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yaxshilashga doir aniq takliflar ishlab chiqildi. Ayniqsa, ekologiya va fuqarolarning huquqlarini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Bunday hamkorlik, javobgarlik, ishonch va o‘zaro tushunish prinsiplariga asoslangan kuchli fuqarolik jamiyatini qurishda muhim rol o'ynaydi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

"YUKSALISH" HARAKATI

06 Dec, 14:00


🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Adliya vazirligida o‘tkazilgan NNT vakillari bilan uchrashuvda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Fuqarolik jamiyati haftaligi doirasida Adliya vazirligida nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bungacha shunday muloqotlar Qonunchilik palatasi va Senatda tashkil etilgan edi.

Uchrashuvda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning asosiy masalalari hamda qonunchilik tashabbuslari muhokama qilindi. NNT vakillari davlat tuzilmalari bilan hamkorlik samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni taqdim etdilar.

Ishtirokchilar NNTning jamiyatdagi tobora ortib borayotgan ahamiyatini ta’kidlab, muloqotni mustahkamlash va aniq yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladilar.

На русском

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

"YUKSALISH" HARAKATI

20 Nov, 13:22


🇺🇿🇺🇿🇺🇿 2025 yil — “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni ekologiya va “yashil” iqtisodiyotga bag‘ishlashni e’lon qilishni taklif qildi. Bu haqda davlat rahbarining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yig‘ilishidagi nutqi davomida ma’lum bo‘ldi. Yil nomi O‘zbekiston xalqining fikr va istaklari asosida belgilandi.

На русском

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

"YUKSALISH" HARAKATI

20 Nov, 11:16


🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Sayyora Abdikarimovani Senat a’zoligiga saylanganligi bilan tabriklaymiz!

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi hududlardan saylangan Senat a’zolari ro‘yxatini e’lon qildi. Sayyora Sapayevna Xorazm viloyatidan saylandi. Hozirda u “Yuksalish” harakatining shu viloyatdagi hududiy bo‘linmasini boshqarib kelmoqda.

Sayyora Sapayevnaning ishlariga muvaffaqiyat va yangi yutuqlar tilab qolamiz!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

"YUKSALISH" HARAKATI

18 Nov, 13:03


Bobur Bekmurodov Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi raisi etib saylandi

🔗 Kun mavzusi

"YUKSALISH" HARAKATI

14 Nov, 11:09


⚡️ “Yuksalish” harakati dasturlar va hamkorlikni rivojlantirish bo‘limining loyiha menejeri lavozimiga vakansiya ish o‘rnini e'lon qiladi

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

💬 oliy ma'lumot;
💬 kamida uch yillik ish staji (ingliz tilini bilish, xalqaro tashkilotlar bilan ishlash tajribasi, fuqarolik jamiyati yo‘nalishidagi tajriba ustunlik beradi);
💬 mas'uliyatlilik, ishga bo‘lgan ijobiy munosabat, katta ma'lumotlar oqimi bilan ishlash ko‘nikmasi (tahlil va umumlashtirish), stressga bardoshlilik, etakchilik qobiliyatlari.

✉️ Ma'lumotnomalarni harakatning elektron manziliga yuborish so‘raladi: [email protected] (“loyiha menejeri” sarlavhasi ostida).

Batafsil:
https://yumh.uz/uz/news_detail/732

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

"YUKSALISH" HARAKATI

08 Nov, 11:00


🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Ijtimoiy tadbirkorlik bo'yicha innovatsion rejalaringizni amalga oshirish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

Avval habar berganimizdek, Yevroosiyo jamg‘armasi "Yuksalish" harakati bilan hamkorlikda O‘zbekiston miqiyosida tashkil etilayotgan ijtimoiy tadbirkorlik inkubatorida o'z innovatsion biznes rejangiz bilan ishtirok etishingiz mumkin.

Dasturda siz intensiv onlayn treningdan 💻 o‘tishingiz, Qozog‘istondagi 🇰🇿o’quv safarida qatnashishingiz va ijtimoiy tadbirkorligingizni rivojlantirish uchun 💰 15 000 AQSH dollari miqdoridagi grantga ega bo‘lishingiz hamda doimiy murabbiylik yordamini olishingiz mumkin!

Shoshiling! Ariza qabul qilish bosqichi yakunlanishiga sanoqli kunlar qoldi!

➡️ Ariza

На русском

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

"YUKSALISH" HARAKATI

05 Nov, 12:53


⚡️”Yuksalish” harakati Ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslar instituti bilan hamkorlikda hamda AQSH Davlat departamentining xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish va huquqni muhofaza qilish byurosi (INL), “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti (Sloveniya) ko‘magida tayyorlagan

📌O‘zbekistonda demokratiya” axborotnomasining navbatdagi sonini taqdim etadi.

🌐 Shuningdek, Axborotnomaning avvalgi sonlari bilan uch tilda "Yuksalish" harakatining veb-saytida ham tanishishingiz mumkin: https://yumh.uz/uzc/csonewsletter

❗️NNTlar diqqatiga! Faoliyatingiz haqida mahalliy va xalqaro hamjamiyat bilan baham ko‘rishni istagan yangiliklar, fotosuratli materiallarni har oyning 28-sanasigacha "Newsletter" belgisi bilan [email protected] elektron manziliga yuboring.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

"YUKSALISH" HARAKATI

31 Oct, 14:03


📝 Ilk bor 3 nafar nogironligi bo'lgan shaxslar Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi.

Deputatlarning yosh tarkibi haqida navbatdagi infografikadan bilib oling.

📱 Saylov2024

"YUKSALISH" HARAKATI

31 Oct, 14:03


📝 O'zbekiston tarixida ilk bor Qonunchilik palatasi deputatlarining 38 foizi xotin-qizlarni tashkil etdi.

Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarning gender tarkibi haqida bizning infografikamizda bilib oling.

📱 Saylov2024

"YUKSALISH" HARAKATI

31 Oct, 14:03


📝 Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarning 35% turli ilmiy darajaga ega.

Deputatlarning mutaxassisligi bo'yicha bizning infografikamizda ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

📱 Saylov2024

"YUKSALISH" HARAKATI

31 Oct, 13:12


⚡️ «Yuksalish» harakati raisi, O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasidan nozmod Bobur Bekmurodov, Qashqadaryoning 63-saylov okrugidan Qonunchilik palatasining deputati etib saylandi.

Deputat va «Yuksalish» harakati raisi sifatida Bobur Bekmurodov mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishiga hissa qo‘shib kelmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

"YUKSALISH" HARAKATI

31 Oct, 13:05


🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Boshlang'ich maktabga qabul qilishda korrupsiya xavfi: nimalar o'zgardi?

Ishchi guruhi tomonidan tadqiqotdan uch yil o'tib nimalar o'zgargani, maktabga qabul qilish, moliyalashtirish, infratuzilmani rivojlantirish jarayonlarining shaffoflik holati tahlil qilindi.

Batafsil: https://yumh.uz/uz/news_detail/730

На русском

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

"YUKSALISH" HARAKATI

31 Oct, 08:48


🇺🇿🇺🇿🇺🇿 30-oktabr kuni ipoteka krediti boʻyicha davlat subsidiyalarini berishdagi nohalollik xavflarini baholash boʻyicha jamoatchilik muhokamasi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi korrupsiyaviy xavf omillari taqdimoti hamda subsidiyalarni taqsimlashning shaffofligi va samaradorligini oshirish boʻyicha yechimlarni muhokama qilishdan iborat boʻldi. Taʼkidlanganidek, ipoteka kreditlari boʻyicha davlat subsidiyalarining joriy etilishi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlashda muhim qadamdir.

Batafsil: https://yumh.uz/uz/news_detail/728

На русском

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

"YUKSALISH" HARAKATI

31 Oct, 07:19


🇺🇿🇺🇿🇺🇿Davra suhbati: “O’zbekistonda aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash. Bugun va istiqbolda”

Ishtirokchilar o’z ma’ruzalarida aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning bugungi holati, nodavlat sektorda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va davlat organlari bilan hamkorlik tajribasi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni rivojlantirish bo’yicha o’tkazilgan sotsiologik tadqiqot natijalariga to’xtalib o’tdi.

Batafsil: https://yumh.uz/uz/news_detail/729

На русском

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

"YUKSALISH" HARAKATI

24 Oct, 13:39


🇺🇿🇺🇿🇺🇿 24-oktabr kuni Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida “Erkin fuqarolik jamiyati va nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirish” mavzusida sessiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida fuqarolik tashabbuslari va nodavlat notijorat tashkilotlarining zamonaviy jamiyatlarda tutgan o‘rni, ularning ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal etishda qo‘shgan muhim hissasiga oid asosiy masalalar muhokama qilindi.

Batafsil: https://yumh.uz/uz/news_detail/726

На русском

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

"YUKSALISH" HARAKATI

23 Oct, 11:19


📝 Mazkur infografikada XDPning kelgusi besh yilga mo‘ljallangan saylovoldi dasturida qanday tashabbuslar ilgari surilayotganligini bilib olishingiz mumkin.

📱 Saylov2024

"YUKSALISH" HARAKATI

23 Oct, 11:19


📝 Ushbu infografikada Ekologik partiyaning saylovoldi dasturida taqdim etilgan ijtimoiy sohani takomillashtirishga oid ba’zi tashabbuslar haqida bilib olishingiz mumkin.

📱 Saylov2024

"YUKSALISH" HARAKATI

23 Oct, 11:19


📝 O'zLiDePning saylovoldi dasturida ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha nimalar taklif etilayotganligini bilib oling.

📱 Saylov2024

"YUKSALISH" HARAKATI

23 Oct, 11:19


📝 "Adolat" partiyasi saylovoldi dasturida ijtimoiy sohani rivojlantirish maqsadida nimalar taklif qilingan?

📱 Saylov2024

"YUKSALISH" HARAKATI

23 Oct, 11:19


📝 "Milliy tiklanish" partiyasi ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha ko'plab takliflar bilan chiqmoqda. Shu kabi tashabbuslar bilan ushbu infografikada tanishishingiz mumkin.

📱 Saylov2024

"YUKSALISH" HARAKATI

17 Oct, 12:36


🇺🇿🇺🇿🇺🇿 “Yuksalish” harakati Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligida ishtirok etmoqda

Shu yilning 17-oktabridan 26-oktabriga qadar mamlakatmizda Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida qator xalqaro anjumanlar bo‘lib o‘tadi.

Keng ko‘lamli tadbirning birinchi kuni saylovning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari va amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarga bag‘ishlangan sessiya bilan boshlandi.

Batafsil: https://yumh.uz/uz/news_detail/725

На русском

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

"YUKSALISH" HARAKATI

14 Oct, 10:07


📝 XDPning saylovoldi dasturida jamiyat farovonligini ta'minlashga qaratilgan tashabbuslar bor.

📱 Saylov2024

"YUKSALISH" HARAKATI

14 Oct, 10:07


📝 "Adolat" SDPning saylovoldi dasturida har bir fuqaro uchun teng imkoniyatlar yaratish va adolatli jamiyat qurishga qaratilgan tashabbuslar aks ettirilgan.

📱 Saylov2024

"YUKSALISH" HARAKATI

14 Oct, 10:07


📝O'EPning saylovoldi dasturida ekologik barqarorlik va yashillikni ta'minlashga qaratilgan tashabbuslar aks ettirilgan.

📱 Saylov2024

"YUKSALISH" HARAKATI

14 Oct, 10:07


📝 "Milliy tiklanish"ning saylovoldi dasturida jamiyat taraqqiyotini qadriyatlar asosida qurishga qaratilgan tashabbuslar aks ettirilgan.

📱 Saylov2024

"YUKSALISH" HARAKATI

14 Oct, 10:07


📝 O'zLiDePning saylovoldi dasturida so'z erkinligi va fuqarolarning mehnat huquqi muhofazasini taʼminlashga qaratilgan ko'plab muhim tashabbuslar aks ettirilgan.

📱 Saylov2024

"YUKSALISH" HARAKATI

11 Oct, 04:58


⚡️ Diqqat! Jamoatchilik siyosati maktabiga qabul eʼlon qilindi

“Yuksalish” harakati “АRGO” Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish assotsiatsiyasi (Qozogʼiston) bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqi moliyaviy koʼmagida jamoatchilik siyosati maktabini yoʼlga qoʼymoqda. 🚀

🔥 Kimlar ishtirok etishi mumkin?

Аyollar boshqaruvidagi fuqarolik jamiyatlari, NNT lar, Fargʼona, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridan ayollardan 30 nafari tanlab olinadi.

❗️ Shoshiling! Dedlayn: 2024-yil 17-oktabr 18:00 gacha

Batafsil: https://yumh.uz/uz/news_detail/722

На русском

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

"YUKSALISH" HARAKATI

10 Oct, 08:02


🇺🇿🇺🇿🇺🇿 JSST ning maʼlumotlariga koʼra, 2050-yilga kelib taxminan 2,5 milliard odam u yoki bu darajada eshitish qobiliyatini yoʼqotishdan aziyat chekadi, 700 million inson esa eshitish qobiliyati buzilganligi tufayli reabilitatsiyaga muhtoj boʼladi.

🖥 Yaratilgan qulay sharoitlar va imkoniyatlar bilan bir qatorda eshitish qobiliyati buzilgan shaxslar duch kelayotgan muammolar ham hamon mavjud. “Yuksalish” harakati shu toifadagi insonlar oʼrtasida soʼrovnoma oʼtkazdi.

Batafsil: https://yumh.uz/uz/news_detail/721

На русском

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

"YUKSALISH" HARAKATI

07 Oct, 12:46


💬 O'zLiDePning saylovoldi dasturida nimalar taklif qilinmoqda?

Unda mamlakatni ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy rivojlantirishga oid bir qator maqsad va vazifalarni ko'rishingiz mumkin.

📱 Saylov2024

"YUKSALISH" HARAKATI

07 Oct, 12:46


📥 "Adolat" Sotsial-demokratik partiyasining saylovoldi dasturidagi muhim tashabbus, taklif va vazifalar — bizning infografikamizda.

📱 Saylov2024

"YUKSALISH" HARAKATI

07 Oct, 12:46


📁 O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining saylovoldi dasturida iqtisodiyotni rivojlantirish orqali aholi turmush farovonligini oshirishga oid qanday takliflar bor? Bu haqda bizning infografikamizda bilib oling.

📱 Saylov2024

"YUKSALISH" HARAKATI

07 Oct, 12:46


📆 Mahalliy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va viza siyosatini o‘zgartirish!

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi qanday o‘zgartirishlar qilishni maqsad qilgan?

📱 Saylov2024

"YUKSALISH" HARAKATI

07 Oct, 12:46


📝 Ekopartiya qaysi toifadagi tadbirkorlarni QQSdan ozod qilishni taklif qilayotganligini bilasizmi?

Bu va saylovoldi dasturidagi boshqa takliflar haqida ushbu infografikada bilib olishingiz mumkin.

📱 Saylov2024

"YUKSALISH" HARAKATI

07 Oct, 12:46


💥 Saylovlar haqida bilishingiz kerak bo‘lgan barcha ma’lumotlar — bitta platformada jamlangan!

➡️ Saylov2024.uz ga kiring va nomzodlar, ularning g‘oyalari hamda siyosiy partiyalarning dasturlari bilan tanishing. Saylov bosqichlari haqidagi muhim ma’lumotlarni oson va tezkor oling.

Har doim bir qadam oldinda bo‘ling! Ongli ravishda o‘z tanlovingizni qiling!

📱 Saylov2024

"YUKSALISH" HARAKATI

05 Oct, 11:18


⚡️”Yuksalish” harakati Ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslar instituti bilan hamkorlikda hamda AQSH Davlat departamentining xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish va huquqni muhofaza qilish byurosi (INL), “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti (Sloveniya) ko‘magida tayyorlagan

📌O‘zbekistonda demokratiya” axborotnomasining navbatdagi sonini taqdim etadi.

🌐 Shuningdek, Axborotnomaning avvalgi sonlari bilan uch tilda "Yuksalish" harakatining veb-saytida ham tanishishingiz mumkin: https://yumh.uz/uzc/csonewsletter

❗️NNTlar diqqatiga! Faoliyatingiz haqida mahalliy va xalqaro hamjamiyat bilan baham ko‘rishni istagan yangiliklar, fotosuratli materiallarni har oyning 28-sanasigacha "Newsletter" belgisi bilan [email protected] elektron manziliga yuboring.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

"YUKSALISH" HARAKATI

05 Oct, 09:24


⚡️ Siyosiy partiyalar raislarining saylovchilar bilan uchrashuvi yangicha formatda!

5-oktabr kuni soat 18:00 da Xalqaro Press klub va Milliy teleradiokompaniya tomonidan tashkil etilgan siyosiy partiya raislari va saylovchilar uchrashuvi efirga uzatiladi.

Yangi formatdagi uchrashuvni O'zbekiston 24, O'zbekiston, Yoshlar, Mahalla, Toshkent, Madaniyat va ma'rifat telekanallarida — o'zbek tilida, Dunyo bo'ylab telekanalida — rus tilida, Foreign language telekanalida — ingliz tilida, Qaraqalpaqstan telekanalida — qoraqalpoq tilida tomosha qilishingiz mumkin.

📱 Saylov2024