O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI @uzdavkarantinuz Channel on Telegram

O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI

@uzdavkarantinuz


Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'simliklar karantini va himoyasi agentligi rasmiy kanali

+99871 2028484
www.karantin.uz

FB: https://www.facebook.com/uzdavkarantin.rasmiy/?ref=pages_you_manage

Instagram: https://www.instagram.com/uzdavkarantin/

OʻSIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI (Uzbek)

Oʻsimliklar Karantini va Himoyasi Agentligi - bu Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi rasmiy kanal. Kanalda Oʻzbekistondagi oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha eng soʻngi yangiliklarni olishingiz mumkin. Bu kanal orqali siz oʻsimliklar himoya va karantini bilan bogʻliq muhim ma'lumotlarga ega boʻlishingiz mumkin. Agar sizning savolingiz yoki taklifingiz boʻlsa, kanalda bir qancha kontakt ma'lumotlari ham mavjud: +99871 2028484, www.karantin.uz. Shu bilan birga, kanalning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan ham bogʻlanishingiz mumkin: Facebook: https://www.facebook.com/uzdavkarantin.rasmiy/?ref=pages_you_manage, Instagram: https://www.instagram.com/uzdavkarantin/. Oʻsimliklar Karantini va Himoyasi Agentligi kanali sizni oʻsimliklar himoya va karantini sohasidagi soʻngi yangiliklar bilan ta’minlaydi. Siz ham ulashing va eng soʻnggi ma'lumotlardan xabardor boʻling!

O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI

21 Nov, 09:20


Toshkentda kapital ta’mirdan so‘ng «Biosifat» respublika markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Mazkur markaz o‘simliklarni biologik himoya qilishda qo‘llaniladigan entomofaglarning sifatini tekshirish bilan shug‘ullanadi.

🏢 Bugungi kunda markazdagi barcha xonalar yangilangan va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan. Bu jihozlar mutaxassislarga bioagentlarning sifatini nazorat qilishda ko‘maklashadi.

🦗🦗Ma’lumot uchun, mamlakatimizda hozirgi kunda uch turdagi entomofaglar faol qo‘llanilmoqda: trixogramma, brakon va oltinko‘z. Ushbu entomofaglar yurtimizdagi barcha biolaboratoriyalarda ko'paytirilib, yer egalari, dehqon, fermer xo'jaliklari, agroklasterlarga tarqatilmoqda.

🏠 Bugungi kunda biolaboratoriyalar soni 630 tadan ortgan.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter

O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI

21 Nov, 06:27


🍑UCHKO‘PRIKNING SHIRIN-SHAKAR MEVALARI QURITILGAN VA QADOQLANGAN HOLDA EKSPORT QILINMOQDA

📍Qo‘qon shahrida joylashgan "Europrint" MCHJda 400 ta ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, Uchko‘prik tumanida uning tasarrufida faoliyat ko‘rsatuvchi mevani tabiiy usulda quritish va qadoqlash korxonasi Xitoy texnologiyasi asosida jihozlangan.

🟢Ayni paytda 100 ta ish o‘rniga ega korxonada olma, olxo‘ri, o‘rik, gilos, uzum, behi, xurmo, limon kabi 10 turdan ortiq mevalarimiz tabiiy usulda quritilib, eksport qilinmoqda. Shu maqsadda korxona tomonidan tuman hududida olma, gilos, uzum kabi intensiv bog‘lar barpo etilgan. Hozirda tabiiy darmondorilarga boy ushbu mahsulotlar Rossiya, Qozog‘iston, Tojikistonda, umuman olganda, MDH davlatlarida xaridorgir bo‘lib ulgurgan.

🍋Bugungi kunda 30 tonna olma, xurmo, limon mevasi zamonaviy mezonlar asosida qadoqlanib, korxona yorlig‘i ostida eksportga chiqarishga tayyorlab qo‘yildi.

🛩Eksport ko‘lamini kengaytirish borasida olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida shu kunlarda korxona brendi ostida qadoqlangan ilk mahsulotlar Xitoy, Yaponiyadagi savdo hamkorlariga jo‘natildi. Shu bilan birga taklif asosida Yevropadagi yirik savdo tarmoqlariga ham yetkazib berildi.

📦Shuningdek, bu yerda ichki bozor ehtiyoji uchun shifobaxsh choylar ham qadoqlanib, buyurtma asosida mamlakatimiz bo‘ylab yetkazib berilmoqda. Jahon bozori talabi va ehtiyojidan kelib chiqib, yaqin istiqbolda shifobaxsh choylar hamda dorivor giyohlar ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish rejalashtirilgan.

🔬Bu yerda zamonaviy laboratoriya ham tashkil etilgan bo‘lib, muntazam ravishda yangi ta’mlar yaratamiz,—deydi korxona texnologi Sadoqat Irgasheva. — Farg‘ona viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida faoliyat olib borayotgan “Hududiy eksport shtabi” eksport jarayonlarida ko‘maklashib kelmoqda. Shtab tomonidan bozor talab va tartiblari hamda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari haqida ma’lumotlar berib borilmoqda. Ayni jarayonda boshqarmaning Uchko‘prik tumani bo‘limi inspektorlari ham eksport sohasida joriy etilayotgan xalqaro talab va andozalar, qonunchilikdagi yangiliklar bo‘yicha bizga amaliy ko‘mak berib kelmoqdalar.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter

O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI

21 Nov, 04:59


🖥🖥🖥Issiqxonalarda fitosanitar dala nazorati 👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter

O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI

20 Nov, 15:48


Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Bosh vazir lavozimiga nomzodni koʻrib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakatlar dasturi muhokamasiga bagʻishlangan majlisida 2025-yilni “Atrof- asrash va „yashil“ iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishni taklif qildi. Yig‘ilganlar ushbu tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

Prezident o‘z nutqida nafaqat O‘zbekiston, balki dunyodagi ko‘plab mamlakatlar iqlim o‘zgarishlarining salbiy oqibatlarini yaqqol his qilayotganini qayd etdi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter

O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI

20 Nov, 08:30


FAO 2024-yilda don mahsulotlari bo‘yicha asosiy prognozlarni e’lon qildi

🇺🇳BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) 2024-yil va 2024/25 qishloq xo‘jaligi mavsumi uchun don mahsulotlari ishlab chiqarishi bo‘yicha o‘z prognozlarini taqdim etdi. Unda bir qator muhim ko‘rsatkichlar va global o‘zgarishlar qayd etilgan.

🔽2024-yilda dunyo bo‘yicha don ishlab chiqarish hajmi 0,4 foizga kamayib, 2 848 million tonnani tashkil qilishi kutilmoqda. Ushbu pasayishning asosiy sababi, xususan, furaj doni yetishtirishning qisqarishiga bog‘liq bo‘lib, bu jarayon noqulay ob-havo sharoitlari bilan izohlanmoqda.

🟢FAO bug‘doy yetishtirish hajmi o‘sishini prognoz qilmoqda. Bunga Osiyoda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining oshishi va iqlimning bu mahsulot uchun qulay kechishi sabab bo‘lishi kutilmoqda. Ushbu o‘sish butun dunyo bo‘ylab bug‘doy zahiralarini yanada mustahkamlaydi.

📈2024-2025 yillar mavsumida guruch ishlab chiqarish 538,9 million tonnaga yetishi kutilmoqda. Bu global miqyosda yangi rekord bo‘lib, guruch ishlab chiqarish hajmining barqaror o‘sib borayotganini ko‘rsatadi. Shuningdek, dunyo bo‘yicha don mahsulotlari iste’moli 2024-yilda 0,5 foizga oshib, 2 857 million tonnaga yetishi ham taxmin qilinmoqda.

▶️Global don mahsulotlari zaxirasi 0,6 foizga oshib, 889 million tonnani tashkil qilishi kutilmoqda. Zaxiralarning o‘sishi, ayniqsa, guruchning ko‘payishi hisobiga yuzaga keladi. Dunyodagi don mahsulotlari zaxirasi va iste’moli o‘rtasidagi nisbat esa 30,6 foizni tashkil etib, o‘rtacha ko‘rsatkichlarga yaqin darajada qolmoqda.

📸FAO xalqaro don mahsulotlari savdosi 2023/24-yilga nisbatan 3,9 foizga kamayib, 485 million tonnaga yetishini prognoz qilmoqda. Bu, asosan, furaj doni va boshqa ayrim mahsulotlarga bo‘lgan talabning qisqarishi bilan bog‘liq.

Mazkur prognozlarning ahamiyati

💬FAOning ushbu prognozlari global oziq-ovqat xavfsizligi uchun dolzarb ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Dunyo aholisining o‘sishi sharoitida don mahsulotlariga bo‘lgan talabni qondirish muhim vazifa bo‘lib qolmoqda. Guruch va bug‘doy ishlab chiqarishdagi ijobiy o‘zgarishlar ma’lum bo‘lsa-da, furaj doni ishlab chiqarishdagi qisqarish chorvachilik sektoriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

💚Shu bilan birga, xalqaro savdo hajmlarining qisqarishi oziq-ovqat eksporti va importiga qaram bo‘lgan mamlakatlarga iqtisodiy bosim o‘tkazishi ehtimoldan xoli emas. Shu sababli, mamlakatlar o‘z oziq-ovqat strategiyalarini yanada mustahkamlash va mahalliy ishlab chiqarishni ko‘paytirish choralarini ko‘rishi zarur.

💧Dunyo don ishlab chiqarishi va iste’moli o‘rtasidagi balansni saqlab qolish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Shu ma’noda, FAOning tavsiyalari nafaqat qishloq xo‘jaligi sektori uchun, balki global miqyosdagi iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash uchun ham katta ahamiyatga ega.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter

O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI

20 Nov, 06:30


Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi bo'ib o'tmoqda

O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI

20 Nov, 06:22


📢📢 Agentlik tizimida faoliyat yuritayotgan ichki fitosanitar nazorat ispektorlari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari davom etmoqda. Agentlik direktori Ibrohim Ergashev xodimlar bilan uchrashib, mavsumiy tadbirlarni olib borish yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

💬 Jumladan, ekin dalalarini sifatli himoya qilish, dehqon, fermer xo'jaliklari, agroklasterlar rahbarlari va xodimlari bilan yaqindan ish olib borish, eksportbop mahsulotlar yetishtirishda ko'maklashish, karantin qoidalariga amal qilinishini ta’minlash masalalari ko'rib chiqildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter

O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI

20 Nov, 06:16


Kuzgi tunlam (ildiz qurti): ushbu zararkunandalarga qarshi samarali kurashishga doir tavsiyalar

❗️Ushbu zararkunanda ko‘pgina madaniy ekinlar, shu jumladan, yuzlab turdagi o‘simliklarni, unib chiqayotgan ekinlardagi yosh nihollar ildizi va ildiz bo‘g‘zi yaqinidagi poyalarni kemiradi. Shu bilan birga maysaning yer ustki qismi, ya’ni yosh barglarini ham shikastlaydi.

🔴Bu zararkunandalar respublikamiz viloyatlarida keng tarqalgan bo‘lib, ularning sug‘oriladigan paxtachilik xo‘jaliklaridagi o‘simliklarning yer osti qismiga yetkazgan zararlari 92% gacha yetganligi kuzatilgan.

Ularga qarshi qo‘llash mumkin bo‘lgan choralar
🚜Kuzgi shudgorni 28-30 sm chuqurlikda chimqirqar plug bilan haydash lozim. O‘simlikni o‘suv davrida yuqori agrotexnika ishlarini amalga oshirib, maydonni begona o‘tlardan tozalash kerak.

🌱G‘o‘za mulchalab ekilsa, o‘simliklar barvaqt unib rivojlanadi. Natijada, u bilan trofik bog‘liq bo‘lgan organizmlarning uzviy bog‘lanishida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Masalan, ekin tez rivojlanib, shonalash davriga oddiy usulga nisbatan ertaroq yetib olsa, ularga kuzgi tunlam ta’siri kamroq bo‘ladi.

Zararkunandalarga qarshi kimyoviy va biologik kurash:
Kuzgi tunlamlarning jinsiy feromonidan foydalanib, har bir paykalda uning rivojlanish darajasini belgilab trixogramma kushandasini tarqatish yaxshi natija beradi.

Shu bilan birga, sabzavot ekinlarida 1-2 tadan ortiq kuzgi tunlam lichinkasi aniqlansa, "Viproklem" 10% (0,5 kg/ga) traktor yordamida purkab, ketidan kultivatsiya o‘tkazish lozim.

🏠Ushbu tadbirdan so‘ng, ekinlarga suv berish tavsiya etiladi. Issiqxonalarda esa, ko‘chat ostiga tayyor eritmani 100-150 ml quyib chiqish zarur bo‘ladi.

#repost #agrokimyoviy_tahlil_markazi #tuproq

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter

O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI

20 Nov, 04:15


🖥🖥🖥Yurtimizga noqonuniy olib kirilayotgan o'simliklar to'xtatib qolindi

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter

O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI

19 Nov, 08:52


🔰 Bizni rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring!

😎 Facebook rasmiy sahifasi: @uzdavkarantin

#SocialMedia

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter

O'SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI

19 Nov, 06:25


Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi chaqiriq Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida ishtirok etmoqda.