Daryo — LIVE @daryo_live Channel on Telegram

Daryo — LIVE

@daryo_live


“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — http://dy.uz/Z07tA
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Pul — @daryo_pul

Daryo — LIVE (Uzbek)

Daryo — LIVE Telegram kanali Uzbekistonda eng tezkor yangiliklarni taqdim etadi. Kanal orqali siz dunyo bo'ylab sodir bo'layotgan eng oxirgi voqealardan xabardor bo'lishingiz mumkin. Agar siz ham yangilanishlardan so'ngroq kelib chiqishni xohlaysiz, shunday bo'lsin, Daryo — LIVE siz uchun eng maqbul manba bo'ladi

Daryo — LIVE kanali sizga savollar yoki fikrlaringizni yuborish uchun ham imkoniyat beradi. Agar siz bu Telegram kanaliga a'zo bo'lsangiz, siz sport, pul, lifestyle va boshqa ko'plab sohalarda so'nggi voqealardan xabardor bo'lmoqda bo'ladingiz

Daryo — LIVE kanalining rasmiy sahifalari ham mavjud. Agar siz tezkor yangiliklarga chet elda yoki o'zbek tilida ega bo'lishni xohlaysiz, rasmiy kanal va kirill sahifalari siz uchun juda qulay bo'ladi

Agar siz ham dunyo bo'ylab sodir bo'layotgan voqealardan tez va aniq xabardor bo'lishni istaysiz, shunday qilib, Daryo — LIVE kanaliga azo bo'ling va eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling!

Daryo — LIVE

26 Jan, 18:37


Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida hokim yordamchisi 33 mln so‘mlik kreditdan ikki marta olib berish evaziga 4,5 mln so‘m pora olayotganda ushlandi

Unga nisbatan 2 yilga axloq tuzatish ishlari jazosi qo‘llanildi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

26 Jan, 17:57


Ekzitpol natijalariga koʻra, Lukashenko saylovda 87,6 foiz ovoz bilan g‘alaba qozonmoqda.

@daryo_live

Daryo — LIVE

26 Jan, 16:55


Iordaniya falastinliklarni G‘azo sektoridan majburiy chiqarib yuborishga qarshilik koʻrsatdi. Qirollik tashqi ishlar vaziri Ayman as-Safadiy tegishli fikrni bildirdi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

26 Jan, 16:10


Netanyaxu Trampga 907 kiloli aviabombalarni yetkazib berishga qo‘yilgan taqiqni bekor qilgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Isroil bosh vaziriga ko‘ra, bu mamlakat uchun o‘zini o‘zi himoya qilishda zarurdir.

@daryo_live

Daryo — LIVE

26 Jan, 15:25


🚇 Toshkent metropolitenida 2024-yili jami 270,3 mln nafar yoʻlovchi tashilgan

Ushbu koʻrsatkich 2023-yilga nisbatan 98,3 mln nafar yoʻlovchiga yoki 57,2 foizga oʻsgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

26 Jan, 14:45


Xitoydagi oziq-ovqat markazida portlash yuz berdi

Portlash Shenyang shahridagi Dadong Food Mall’da sodir bo’lgan. Jarohatlanganlar va qurbonlar haqida rasmiy ma’lumot yo’q.

@daryo_live

Daryo — LIVE

26 Jan, 12:53


Turkiyada yongʻin chiqqan mehmonxonaning egasi javobgarlikni xodimlariga yukladi

Qamoqqa olingan mehmonxona egasi Xolit Ergul asosan bosh oshpaz, oshxona xodimlari, mehmonxona elektrigi va qo‘riqchilarni ayblagan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

26 Jan, 12:26


#Dayjest
Takrorlanadigan xabarlar, oldi-qochdi rilslar, saviyasiz kontentdan charchadingizmi? Ko‘nglingiz eksklyuziv materiallar va sifatli maqolalarni tusayaptimi? U holda hoziroq Daryoning premium obunachisiga aylaning!

🔒Quyida o‘tgan hafta davomida
Daryo.uz'da e’lon qilingan premium-maqolalar (ularni pulli obuna orqali o‘qish mumkin) bilan tanishasiz:

O‘zbekistonliklar nima uchun topgan-tutganini AQSH valyutasida saqlashga harakat qiladi? Nega yurtdoshlarimiz milliy valyutamizga ishonmaydi? Ushbu savollarga bu yerda javob topasiz.

Saylovoldi piar kampaniyasi davrida yoxud saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida suiqasdga uchragan siyosatchilar kechmishi Sizga qiziq bo‘lsa, mana shu maqolani o‘qing.

17-yanvar kuni Kremlda rasmiy Tehron va Moskva o‘rtasida 20 yilga mo‘ljallangan o‘zaro strategik sheriklik to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Ushbu kelishuv xalqaro maydondagi vaziyatga qanday taʼsir ko‘rsatishi kutilayotganini tahlil qildik.

Tarixdagi ilk bor xudkushlar yaponlar bo‘lganini bilasizmi? Ikkinchi jahon urushida yengilayotgan yaponlarning so‘nggi umidi — kamikadzelar qanday tayyorlangan? Bu haqdagi maqolamiz Sizga manzur bo‘lishi shubhasiz.

KGB tomonidan berilgan millionlar evaziga 1985-yildan 1994-yilga qadar AQSH Markaziy razvedka boshqarmasiga ishlovchi 25 nafardan ortiq SSSR va Rossiya fuqarolarini tutib bergan, fosh etilishi Qo‘shma Shtatlar va Rossiya o‘rtasida shov-shuvli diplomatik mojaroga sabab bo‘lgan MRB agenti haqida ham yozganmiz.

Amir Temurning bir emas naq ikki o‘gliga xotin bo‘lib, jami 4 farzandni dunyoga keltirgan malika haqidagi maqolamiz mana bu yerda.

Ukraina urushida tomonlar sulh haqida tobora ko‘proq gapirmoqda. Rossiya bu urushni yakunlagach, Qozog‘istonga hujum boshlashi qanchalik haqiqatga yaqin ekani, agar mojaro boshlangudek bo‘lsa, O‘zbekiston kim tarafda bo‘lishini tahlil qildik.

Va mana shu eksklyuziv maqolalarning barchasini 25 ming so‘mga o‘qishingiz mumkin. Yoki 5 ming, 8 ming va 10 ming so‘mlik tariflarga ham ulansangiz bo‘ladi.

🤝 Daryo tahririyati bizga obuna bo‘lib, maqolalarimizni muntazam kuzatayotgan bir necha yuzlab o‘quvchilardan behad minnatdor. Unutmang, Sizning har biz qo‘llovingiz bizni o‘z ustimizda qattiq ishlab, Sizga yanada sifatliroq maqolalar havola etishimizga yordam beradi.

Bizni kuzatishda davom eting!

@daryo_live

Daryo — LIVE

26 Jan, 12:21


Toshkentdagi bogʻchada tarbiyachi yordamchisi 2 yoshli bolani kaltakladi

Soʻng qoʻpol harakatda uni koʻtarib boshqa xonaga olib chiqayotganda qoqilib yiqilgan, natijada bolaning chap oyogʻi singan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

@daryo_live

Daryo — LIVE

26 Jan, 12:13


Rossiyada hujjatlarini yoʻqotgan 4 nafar fuqaro Oʻzbekistonga qaytarildi

Oʻzbekiston fuqarolarining yashash joyida sodir boʻlgan kuchli yongʻin oqibatida pasportlari yoʻqolgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

26 Jan, 12:01


Isroil HAMASni o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitim shartlarini buzganlikda aybladi

Ayblovga ko‘ra, HAMAS garovga olinganlarni ozod qilish doirasida isroillik Arbel Yahudni qo‘yib yubormagan. Tirik va halok bo‘lgan asirlar ro‘yxatini ham bermagan.

Shu sababli Isroil G‘azo aholisining sektor shimoliga ko‘chishiga ruxsat bermadi. Arbel Yahud harbiy xizmatchi bo‘lib, Isroil armiyasida tayyorgarlikdan o‘tgan. U 1-fevralda ozod qilinishi kutilmoqda.

@daryo_live

Daryo — LIVE

26 Jan, 11:13


🇧🇾 Belarusda prezidentlik saylovi oʻtkazilgan deb topildi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, saylovchilar ishtiroki 56,64 foizni tashkil etgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

26 Jan, 10:34


O‘zbekistonda mansabdorlarning 2024-yilda qanday jinoyatlar sodir etgani

O‘tgan yilda 3821 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 4906 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortilgan. Ularning qilmishi ortidan 3 trln 608 mlrd so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Jan, 18:53


Germaniyada afg‘onistonlik erkak odamlarga pichoq bilan hujum qildi: qurbonlar bor

Qurbonlar 41 yoshli erkak va 2 yoshli o‘g‘il bola bo‘lgan. Bundan tashqari, politsiya xabarida ikki nafar og‘ir yarador shifoxonaga joylashtirilgani aytilgan.

Bild nashriga ko‘ra, boshpana izlovchilar markazida istiqomat qiluvchi 28 yoshli afg‘on erkakda ilgari ruhiy kasallik alomatlari kuzatilgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Jan, 17:58


Turkiyada tog‘-chang‘i kurortida yuz bergan yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni 79 nafarga yetdi

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Jan, 17:25


Qamchiq dovonida kuchli qor yogʻmoqda

Havo harorati -9 daraja. Haydovchilarga tezlikni meʼyordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanish tavsiya etilmoqda.

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Jan, 17:22


Tergovchilar Janubiy Koreya prezidenti ma’muriyatida tintuv o‘tkaza olmadi

20-yanvar kuni ham politsiya lavozimdan vaqtincha chetlatilgan prezidentning “maxfiy uyi”da tintuv o‘tkazishga muvaffaqiyatsiz urinib ko‘rgandi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Jan, 16:55


❗️Biz hech qachon unutmasligimiz kerak: Rossiya Ikkinchi jahon urushida g‘alaba qozonishimizga yordam berdi va bu jarayonda deyarli 60 million kishi halok bo'ldi — Tramp

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Jan, 16:41


AQSH va Afg‘oniston mahbuslarni ayirboshladi: “Tolibon” a’zosi ozod qilindi

Mahbuslar almashinuvi doirasida avval Afg‘onistonda ushlab turilgan ikki nafar AQSH fuqarosi o‘z vataniga qaytdi.

Afg‘oniston vakillari ushbu mahbuslar almashinuvi AQSH bilan munosabatlarni normallashtirishda muhim qadam ekanini ta’kidladi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Jan, 15:31


Yevropa ittifoqi Rossiyaning 2028-yilda hujum qilish xavfidan ogohlantirdi

YI diplomatiyasi rahbari “Ukraina Rossiya bosqiniga qarshi kurashayotgani” tufayli Yevropa vaqtdan yutayotganini ta’kidladi. Kallas Kremlning ehtimoliy tajovuz rejalari tafsilotlarini oshkor qilmadi

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Jan, 15:06


⚡️ Rasman: Timur Kapadze O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Timur Kapadze O‘zbekiston milliy terma jamoasining Qatardagi yig‘iniga qo‘shilib, jamoa boshqaruvini qoʻlga oladi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Jan, 14:42


Zelenskiyning rafiqasi Shveysariyadagi kurortda dam olgani uchun ijtimoiy tarmoqlarda tanqidga uchradi

Ukrainaning sobiq xalq deputati Igor Mosiychuk Yelena Zelenskayaning Shveysariyaga kelishi haqidagi videoni e’lon qildi. Unga ko’ra, Zelenskaya St. Moritz tog‘ chang‘i kurortida dam olgan, u yerga xususiy samolyotda uchib kelgan va keyin Rolls-Royce-da VIP-transfer xizmatidan foydalangan.

Mash ma’lumotlariga ko‘ra, Zelenskaya joylashgan mehmonxona xonasining bir sutkalik narxi 7,5 ming yevroga yaqin. Aniqlanishicha, mehmonxona xodimlari Zelenskayaning o'sha yerda to‘xtaganini tasdiqlashgan, biroq u Yelena emas, Mariya ismi bilan ro‘yxatdan o‘tganini aytishgan.

Ukraina hukumati ushbu axborotni uydirma deb baholadi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Jan, 13:33


“Toshkent viloyati suv taʼminoti” mas’ullari "Daryo"da e’lon qilingan murojaat boʻyicha joyga chiqib, vaziyatni oʻrganishdi.

"Vaziyat o‘rganilganda, Toshkent-Bekobod magistral kanalizatsiya tarmoqlarining quduqlari yoʻl kengaytirish jarayonida toʻlib qolganligi maʼlum boʻldi.

"Nurafshon shahar suv taʼminoti" ishchi guruhi tomonidan 16 ta quduqlarni maxsus texnika vositalari bilan tozalash ishlari olib borilmoda", deyiladi xabarda.

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Jan, 13:20


Zokir Ishpulatov Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari – Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi

Tayinlovga qadar u Vazirlar Mahkamasining Investitsiya, eksport, savdo, qishloq va suv xo‘jaligi masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Jan, 13:13


"Siz aytganingizdek, AQSHda oltin davr boshlanmoqda" — SoftBank rahbari Trampni olqishladi

"Janob prezident, o‘tgan oy g‘alabangizni nishonlash uchun kelganimda 100 milliard dollar investitsiya va’da qilgandim. Siz o‘shanda menga: "Ey Masa, 200 milliard dollar investitsiya kirit" deb aytdingiz. Endi men 500 milliard dollar bilan qaytib keldim. Kecha siz aytganingizdek, AQSHda oltin davr boshlanmoqda.

Agar siz saylovda g'alaba qozonmaganingizda, biz bunday katta miqdorda investitsiya kiritishga qaror qilmagan bo'lardik", dedi Yaponiyaning SoftBank kompaniyasi rahbari Masayoshi Son.

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Jan, 13:05


Nukus, Buxoro, Fargʻona va Namangan texnika universitetlari tashkil etiladi

Talabalarning ilmiy-innovatsion jarayonlarda ishtiroki kengaytiriladi, oliygohlarga sanoat hamkorlari biriktiriladi. Mazkur yoʻnalishda 22 ta texnika universiteti tashkil qilinadi. Bu haqda prezident tanishgan oliy taʼlim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimotda taʼkidlandi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

19 Jan, 09:36


❗️G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirdi

Hamas bugun ozod etilishi rejalashtirilgan garovga olinganlar ro‘yxatini topshirganidan so‘ng Isroil o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi mahalliy vaqt bilan soat 11:15 da (Toshkent vaqti bilan soat 14:15 da) kuchga kirganini ma’lum qildi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

19 Jan, 08:55


Turkiyadan yana bir o‘zbekistonlik ayol deportatsiya qilindi

U odam savdosida ayblanmoqda.

@daryo_live

Daryo — LIVE

19 Jan, 08:41


Hamas Isroilga bugun ozod qilinadigan garovga olinganlar ro‘yxatini topshirdi — The Times of Israel

@daryo_live

Daryo — LIVE

19 Jan, 07:52


Oq uy yangi rahbar uchun hozirlanmoqda

Xabarlarga ko‘ra, Donald Tramp ertaga bo‘lib o‘tadigan innauguratsiyasiga tayyorlanish uchun Vashingtonga yetib kelgan.

Tarmoqlarda prezident Baydenga tegishli buyumlar Oq uydan olib chiqilishi aks etgan tasvirlar tarqaldi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

19 Jan, 07:33


Toshkent metrosining “Olmos” bekatida 19 yoshli yigit o‘zini poyezd tagiga tashladi

U tirik qoldi, shifoxonaga yotqizilgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

19 Jan, 07:12


Netanyaxu HAMAS garovga olinganlar ro‘yxatini bermagunicha o‘t ochishni to‘xtatish bitimi kuchga kirmasligini aytdi

HAMAS bu ro‘yxat texnik sabablarga ko‘ra kechikkanini bildirdi. Asharq telekanaliga ko‘ra, ro‘yxat bir necha soat ichida beriladi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

19 Jan, 05:56


Hakim Dolimov Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi

U hokimning qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

19 Jan, 05:35


UFC 311: Bogdan Guskov raqibini ikkinchi raundda mag‘lub etdi

Bahsning ikkinchi raundida Bogdanning bo‘g‘ish usuli tufayli Elekana jangni davom ettira olmadi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

19 Jan, 05:28


Surxondaryo viloyati Boysun va Oltinsoy tumanida yog‘gan qor qalinligi

@daryo_live

Daryo — LIVE

19 Jan, 04:53


Istanbulda qo‘lbola alkogoldan vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 17 nafarga yetdi

Ularning jasadlarini O‘zbekistonga yuborish uchun zarur hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

@daryo_live

Daryo — LIVE

19 Jan, 04:18


AQSHda TikTok bloklandi

Foydalanuvchilar Xitoyning ByteDance kompaniyasi bilan bog‘liq CapCut, Lemon8, Gauth va Hypic ilovalari ham ishlamay qolganini aytmoqda.

@daryo_live

Daryo — LIVE

19 Jan, 04:00


Uzbekistan Airways’ning Jidda—Toshkent yo‘nalishidagi samolyotida texnik nosozlik kuzatildi

Aviakompaniyaning texnik mutaxassislari samolyotni tiklash bo‘yicha ish olib bormoqda.

@daryo_live

Daryo — LIVE

19 Jan, 03:05


🌦 Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kutilmoqda. Harorat 3-8 daraja iliq bo‘ladi — “O‘zgidromet”

@daryo_live

Daryo — LIVE

18 Jan, 19:08


Abduqodir Husanovning “Manchester Siti” klubiga oʻtishiga Abu Dabi valiahd shahzodasi Shayx Xolid ibn Muhammad Ol Nahayon va Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z munosabatini bildirdi.

@Daryo_live

Daryo — LIVE

18 Jan, 18:35


Isroil tinchlik kelishuvining birinchi bosqichini amalga oshirishga tayyorligini aytdi

Netanyaxuning ta’kidlashicha, HAMAS ozod qilishi kerak bo‘lgan 33 nafar garovga olinganlarning ko'p qismi tirik.

@daryo_live

Daryo — LIVE

18 Jan, 18:19


❗️Janubiy Koreya sudi mamlakat prezidentini hibsga olish to‘g‘risida qaror qabul qildi, deb xabar bermoqda Yonhap agentligi

@daryo_live

Daryo — LIVE

11 Jan, 18:45


Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma’lum bo‘ldi

Amerikalik sobiq harbiyga ko'ra, Grenlandiya Vashington tomonidan Rossiyaga yaqinroq joyda raketalarni joylashtirish maydoni sifatida ko‘rilmoqda.

AQSHning saylangan prezidenti Grenlandiya Qo‘shma Shtatlarning bir qismi bo‘lishi kerakligini ta’kidlamoqda.

@daryo_live

Daryo — LIVE

11 Jan, 18:28


Netanyaxu muzokarachilariga G‘azoda garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish uchun Dohaga borishni buyurdi

@daryo_live

Daryo — LIVE

11 Jan, 17:39


“Tolibon” musulmon qizlar ta’limi bo‘yicha sammitga taklifni rad etdi

Pokiston poytaxtida 11-yanvar kuni “Musulmon jamoalarida qizlarning ta’limi: muammolar va imkoniyatlar” mavzusida ikki kunlik xalqaro konferensiyaga start berildi, biroq afg‘on hukumatidan hech kim konferensiyaga bormagan.

Afg‘oniston oliy ta’lim vaziri qizlarning dunyoviy oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishi islom qonunlarini buzishi va islom an’analariga zid ekanini aytdi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

11 Jan, 16:50


Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sohasidagi natijalar va galdagi vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi

Davlat rahbari joylardagi barcha imkoniyatlarni ishga solish, tadbirkorlarga infratuzilma, moliya va xomashyo jihatidan qo‘shimcha sharoitlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

11 Jan, 16:39


Fransiyaning Strasburg shahrida ikkita tramvay to‘qnashdi

Avariya Gare Centrale bekatida sodir bo‘lgan. To'qnashuvga yo'nalishni almashtirishda yo‘l qo‘yilgan xatolik sabab bo‘lgan. Hodisa oqibatida kamida 30 kishi jarohat olgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

11 Jan, 15:08


Bayden 15-yanvar kuni millatga xayrlashuv nutqi bilan chiqishi kutilmoqda

Xayrlashuv nutqi lavozimni tark etayotgan AQSH prezidentlari uchun an’ana hisoblanadi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

11 Jan, 14:23


G‘azodagi bombardimonlarni qo‘llab-quvvatlagan amerikalik aktyor Djeyms Vud Los-Anjelesda davom etayotgan yong‘inlar oqibatida uyidan ayrildi

Bundan tashqari taniqli aktyorlar Leonardo Di Kaprio, Entoni Xopkins, Tom Xenks, Mark Xemill, Spenser Pratt va Xaydi Monteglarning ham Kaliforniyadagi uylari yonib ketgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

11 Jan, 13:31


Ukraina armiyasi Kursk viloyatida ikki nafar Shimoliy koreyalik harbiyni qo‘lga oldi

Zelenskiyning ma’lum qilishicha, ikkala harbiy ham yaralangan, ular Kiyevga olib ketilgan va u yerda so‘roq qilinadi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

11 Jan, 11:49


Los-Anjelesdagi yong‘inlarning ehtimoliy sababchisi qo‘lga olindi

Okrug prokurorining aytishicha, gumonlanuvchiga qotillik bilan teng keladigan jazo va umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Kaliforniya shtatidagi yong‘inlar 7-yanvardan beri davom etmoqda. Los-Anjelesda favqulodda holat e’lon qilindi. 10-yanvar holatiga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 10 nafar odam halok bo‘lgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

11 Jan, 10:33


Farg‘onalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi

To‘rt yarim soat davom etgan ushbu murakkab operatsiyani tibbiyot fanlari doktori, professor Habibulla Oqilov hamda markazning Nozim O‘rmonov, Dilmurod Sabirov kabi tajribali mutaxassislari amalga oshirdi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

11 Jan, 09:19


Norvegiya bombadan himoya qiluvchi boshpanalarni ommaviy qurishni boshlamoqchi

Ma’lum qilinishicha, mavjud havo hujumidan boshpanalar Norvegiya aholisining qariyb 45 foizini qamrab oladi, Finlyandiyada bu ko‘rsatkich 90 foiz, Daniyada 80 foiz va Shvetsiyada 70 foizni tashkil qiladi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

11 Jan, 07:51


2024-yilda AQSHning tabiiy ofatlardan ko'rgan zarari 182 milliard dollarni tashkil etdi

Bu ofatlar jami 568 kishining hayotiga zomin bo‘lgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

07 Jan, 18:48


Qamchiq dovonining yuqori nuqtalarida qor yog‘moqda

Yo‘lni qordan tozalash, qum-tuz aralashmasini sepish ishlari olib borilmoqda. Haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.

@daryo_live

Daryo — LIVE

07 Jan, 18:42


Transport vazirligi Toshkentdagi avtobuslarda yo‘l haqini naqd ko‘rinishida berganlar jarimaga tortilishi haqidagi xabarlar asossizligini ma’lum qildi

Ta’kidlanishicha, MJtKning 144-moddasida yo‘lovchining trolleybusda, tramvayda, shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurishi — BHMning o‘ndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

07 Jan, 18:26


Tramp Baydenni Ukrainadagi mojaroda aybladi

Siyosatchining ta’kidlashicha, aynan Bayden vakillarining malakasizligi Rossiyaning maxsus harbiy operatsiyani boshlashiga sabab bo‘lgan.

AQSHning saylangan prezidenti Bayden ma’muriyati Ukrainaning NATOga kirishi bo‘yicha muzokaralarda ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yganini qo‘shimcha qildi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

07 Jan, 17:44


Tramp Putin bilan yaqin olti oy ichida uchrashishga umid bildirdi, biroq Oq uyga rasman qaytmaguncha Rossiya yetakchisi bilan uсhrashmasligini ta'kidladi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

07 Jan, 17:38


Donald Tramp Meksika ko‘rfazini Amerika ko‘rfazi deb nomlash rejasini e’lon qildi

AQSHning saylangan prezidenti, shuningdek, Meksika va Kanadadan keladigan tovarlar uchun sezilarli bojlarni joriy qilishni rejalashtirayotganini aytdi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

07 Jan, 17:34


WSJ: AQSH “Tolibon” bilan mahbuslar almashinuvini muhokama qilmoqda

Bayden ma’muriyati toliblarga Guantanamo qamoqxonasidagi bin Ladenning izdoshini Afg‘onistondagi qamoqxonada saqlanayotgan 3 nafar AQSH fuqarolariga almashtirishni taklif qilgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

07 Jan, 16:26


Eronda bir yil ichida mingga yaqin odam qatl etildi

Qatl etilganlarning 34 nafarini ayollar, 9 nafarini esa voyaga yetmaganlar tashkil qilgan, deyiladi Bild nashridagi materialda.

@daryo_live

Daryo — LIVE

07 Jan, 16:08


“Uy”: shaharni tark etayotgan kitoblar haqida taʼsirli hikoya

@daryo_live

Daryo — LIVE

07 Jan, 16:05


O‘limga hukm qilingan ikki mahbus Baydenning afvini rad etdi

Mahkumlar hukmning yengillashtirilishi “ularni noqulay ahvolga solib qo‘yishiga” ishonishadi, chunki ular o‘zlariga qo‘yilgan ayblov ustidan shikoyat qilishga urinib, aybsiz ekanliklarini ta’kidlamoqda.

AQSH Oliy sudining 1927-yildagi qaroriga ko‘ra, prezident mahkumlarning roziligisiz afv e’lon qilishi mumkin.

@daryo_live

Daryo — LIVE

07 Jan, 14:40


Tibetdagi zilzila qurbonlari soni 126 kishiga yetdi, jarohatlanganlar 188 kishini tashkil etmoqda, deb xabar berdi Sinxua agentligi

@daryo_live

Daryo — LIVE

07 Jan, 14:14


"Natsistlar hokimiyatga kelganida amalga oshirgan birinchi ishi matbuot va axborot tarqatish vositalarini yopish bo'lgan" — Ilon Mask

Amerikalik milliarder mustaqil OAV va so‘z erkinligining jamiyat rivojidagi o‘rni haqida gapirdi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

07 Jan, 13:42


Janubiy Koreya sudi prezidentni hibsga olish orderini uzaytirdi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tergovchilari avvalroq uni qo‘riqlash xizmati tufayli hibsga ololmagan, politsiya esa davlat rahbarini hibsga olishdan bosh tortgandi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

07 Jan, 13:13


Qamchiq dovonida qor yog‘moqda

Havo harorati -6 daraja, tuman hodisasi kuzatilmoqda. Yo‘llarda ko‘rish masofasi 300 metrni tashkil etmoqda. Yo‘llarga qum-tuz aralashmasi sepish va qordan tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.

@daryo_live

Daryo — LIVE

07 Jan, 13:07


Sankt-Peterburgdan Samarqandga uchgan, bortida 173 yo‘lovchi bo‘lgan Boeing-737 samolyoti nosozlik sababli Moskvadagi Vnukovo aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

@daryo_live

Daryo — LIVE

07 Jan, 12:54


O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etilishi kutilmoqda

Dehqon va fermerlarning iqtisodiy himoyasini taʼminlaydigan qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

06 Jan, 06:50


Bolaning og‘ir tan jarohatlar olishiga sabab bo‘lgan enaga ushlandi

Bolalar ombudsmanining bildirishicha, jinoyat ishiga oid dastlabki tergov doirasida bolaning hayoti va sog‘lig‘iga qarshi sodir etilgan har qanday harakatlarga to‘liq baho berilishi ta’minlanadi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

06 Jan, 06:11


💸 Nyu-Yorkda markaziy yo‘llarda harakatlanish pulli bo‘ldi

Bu shahar markaziga kiradigan avtomobillar sonini taxminan 10% kamaytirishi, jamoat transporti uchun 15 mlrd dollar yig‘ishga yordam berishi kutilmoqda. Reja 5 yil ishlab chiqilgan.

Ish kunlari Manxettenning eng gavjum hududlariga kirish 9 dollargacha, kichik yuk mashinalar uchun $14,40, kattaroqlari uchun $21,60 boʻladi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

06 Jan, 05:54


UzAutoMotors 7-yanvar kuni soat 10:00 dan Cobalt GX-STYLE AT PLUS va GX-MIDNIGHT AT avtomobillariga yana shartnoma ochilishini eʼlon qildi

@daryo_live

Daryo — LIVE

06 Jan, 05:10


Tailandda fil hujumi tufayli sayyoh halok boʻldi

22 yoshli ispaniyalik Blanka Garsiya filni choʻmiltirayotganda hujumga uchragan. Tailandda fillarni cho‘miltirish sayyohlar orasida mashhur mashg‘ulotga aylangan. So‘nggi 12 yilda Tailandda yovvoyi fillar hujumi tufayli 240 ga yaqin odam halok bo‘ldi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

06 Jan, 04:53


💵 O‘zbekistondagi ayrim tijorat banklarida dollar sotuv kursi 13 000 so‘mdan oshdi

@daryo_live

Daryo — LIVE

06 Jan, 04:46


Toshkentda hojatxona uchun qazilgan 10 metrlik chuqurlikka tushib ketgan fuqaro qutqarildi

U yengil tan jarohati olgan bo‘lib, hozirda shifokorlar nazorati ostida.

@daryo_live

Daryo — LIVE

06 Jan, 04:32


Metapnevmovirus yangi kasallik emas. Ortiqcha xavotirga hojat yo‘q — SSV

Vazirlikning bildirishicha, kasallikni davolash odatda simptomatik bo‘lib, asosan uy sharoitida bemorning ahvolini yengillashtirishga qaratilgan muolajalar qo‘llaniladi. Og‘ir holatlarda kislorodli terapiya yoki kasalxonaga yotqizish talab qilinishi mumkin.

@daryo_live

Daryo — LIVE

06 Jan, 04:29


Xitoyda tarqalayotgan virus O‘zbekistonda ham aniqlandi

Ayni vaqtda respublikada o‘tkir respirator infeksiyalarga chalinish holatlarining mavsumiy ko‘tarilishi kuzatilmoqda.

Sanepidqo‘mitaga ko‘ra, ushbu respirator infeksiyalarning so‘nggi laboratoriya tahlillari natijasiga ko‘ra: 36,9 foizida gripp virusi, 30,2 foizida rinovirus, 28,6 foizida respirator-sinsitial virus, 1,2 foizida metapnevmovirus va 3,1 foizida boshqa viruslar aniqlangan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

06 Jan, 03:58


🚅 O‘zbekistonda 1-fevraldan temiryo‘l chiptalari narxi oshiriladi

“Afrosiyob” poyezdlari chipta narxlari 20-25 foizga, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” poyezdlari chipta narxlari 30 foizga qimmatlaydi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

06 Jan, 03:24


🌤 Bugun faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va tog’li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Harorat 5-10 daraja iliq, ba’zi joylarda 13 darajagacha iliq bo‘ladi — “O‘zgidromet”

@daryo_live

Daryo — LIVE

05 Jan, 17:16


2024-yil holatiga koʻra dunyo mamlakatlaridagi oltin zaxiralari hajmi

Reyting Trading Economics ma’lumotlariga asoslanadi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

05 Jan, 16:37


Bektemir tumanidagi shaxsiy xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi

Yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 19:45 yetib borib, 19:58 da qurshab olinib, yong‘in soat 20:29 da o‘chirildi. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

@daryo_live

Daryo — LIVE

05 Jan, 16:15


Suriyada hokimiyat tepasiga kelgan “Hayot Tahrir ash-Shom” guruhiga yaqin manbalar Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok suratini blur qildi.

Avvalroq Suriyaning yangi rahbari al-Juloniy Germaniya TIV rahbari bilan qoʻl berib koʻrishmagandi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

05 Jan, 15:33


Qozog‘istonda oziq-ovqat yetkazib beruvchi kuryerlarga yangi talablar qoʻyildi

Ular:
🔹 tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi boʻyicha tibbiy daftarchaga ega bo‘lishi;
🔹 gigiyenik tayyorgarlikdan o‘tishi;
🔹 xulq-atvor me’yorlariga rioya qilishi lozim.

Ovqatga buyurtma bergan shaxs qadoqni joyida tekshirish huquqiga ega. Qoidalar Savdo vazirligi topshirig‘iga asosan ishlab chiqilgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

05 Jan, 14:09


Ozarbayjondan 200 tonna oziq-ovqat ortilgan 10 ta yuk mashinasi Suriyaga yetib bordi

Tranzit Turkiyaning AFAD favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

03 Jan, 18:59


Fransiya va Germaniya TIV rahbarlari e’lon qilinmagan tashrif bilan Damashqqa bordi

Annalena Berbok va Jan-Noel Barro Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan keyin Suriyaga tashrif buyurgan birinchi Yevropa ittifoqi diplomatlari bo’ldi.

Juloniy bilan muzokaralar chog‘ida Berbok Suriyadagi Rossiya harbiy bazalarini yopishga chaqirdi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

03 Jan, 18:23


AQSH yaqin kunlarda Ukrainaga yangi harbiy yordam e’lon qiladi

Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Kirbi navbatdagi harbiy yordam qachon e’lon qilinishi, shuningdek, Ukraina qanday qurol olishi haqida aniq ma’lumot bermadi.

Oq uy vakili Bayden ma’muriyati davrida va Trampning inauguratsiyasi oldidan Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish "Ramshteyn" formatida o‘tkazilishi ehtimolini aytib o'tdi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

03 Jan, 18:01


Ursula fon der Lyayenga og‘ir pnevmoniya tashxisi qo‘yildi

Shu munosabat bilan Yevrokomissiya raisi Polsha raisligining inauguratsiyasi munosabati bilan Gdanskda bo‘lib o‘tadigan YIning sayyor yig‘ilishida ishtirok etmaydi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

03 Jan, 17:35


Xitoy dronlari AQSHda butunlay taqiqlanishi mumkin

AQSH Savdo vazirligiga ko'ra, Xitoy va Rossiya tahdidlari “raqiblarga ushbu qurilmalarga masofadan kirish va manipulyatsiya qilish imkoniyatini berishi mumkin, bu esa Qo'shma Shtatlarning maxfiy ma’lumotlarini xavf ostiga qo‘yadi”

@daryo_live

Daryo — LIVE

03 Jan, 16:43


Rossiya—Ukraina urushi boshlanganidan beri ilk marta Ukraina Oliy Radasi hujumga uchradi

Zarba to‘lqini ta’sirida binodagi derazalar singan. Oliy Rada qo‘mitalari va boshqa bo‘linmalari joylashgan ma’muriy inshootlar ham shikastlangan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

03 Jan, 16:11


Amerika OAVlari Baydenning salomatligi bilan bog‘liq muammolarni yashirdi — WSJ

Nashrining qayd etishicha, Bayden vakolati davomida o‘z vazifalarini bajarishda ko‘p bora qiyinchiliklarga duch kelgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

03 Jan, 15:57


Mahmudxo‘ja Behbudiy haqida spektakllar sahnalashtiriladi

Bugungi kunga qadar yaratilgan “Mahmudxo‘ja Behbudiy” kinoseriali va “Xalq yuragi” badiiy-publisistik filmlarining ommaviy namoyishlari tashkil qilinadi. Shuningdek, Badiiy akademiyaning Markaziy ko‘rgazmalar zalida Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ijodi, shuningdek, Turkiston jadidlik harakati namoyandalarining faoliyatiga oid tasviriy san’at asarlari ko‘rgazmasi uyushtiriladi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

03 Jan, 15:44


2025-yili atoqli adib va jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi keng nishonlanadi

Adibning “Tanlangan asarlar” to‘plami, uning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop kitoblar nashrga tayyorlanadi va chop etiladi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

03 Jan, 15:35


Germaniya aeroportlarida politsiya kompyuter tizimlari ishlamay qoldi

Germaniya federal politsiyasi vakiliga ko'ra, mazkur tizim yo‘lovchilarni mamlakatga kirishda tekshirish uchun qo‘llaniladi. Uzilish sababi hozircha ma'lum emas.

WDR’ning yozishicha, nosozlik Germaniyaning kamida uchta yirik aeroporti faoliyatini to‘xtatgan. Dyusseldorf aeroporti hozircha Shengen zonasiga kirmagan hududdan mamlakatga kirishning imkoni yo‘qligini ma’lum qilgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

03 Jan, 15:13


Toshkent shahar sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasi zapravkada gaz yo‘qligidan shikoyat qilib, masʼullarni tanqid qilgan fuqaro ishini koʻrib chiqib, qaror chiqardi

Sud dastlabki instansiya qarorini qisman bekor qildi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

03 Jan, 15:11


“Pushaymonmisiz, arzirmidi shu janjal panelniy degan joyga” — sudya sudlanuvchiga soʻnggi soʻz berdi ammo uning soʻzini boʻldi

@daryo_live

Daryo — LIVE

03 Jan, 14:55


Zelenskiy frontni barqarorlashtirish “juda murakkab vazifa” ekanini tan oldi

Ukraina yetakchisi Trampning tinchlik rejasi Kiyev pozitsiyasiga to‘g‘ri kelishiga umid bildirdi, shu bilan birga Tramp boshqaruvidagi Vashington Moskva bilan ham faol aloqaga kirishishini istisno etmadi.

Rossiya Mudofaa vazirligi 2024-yilning so‘nggi haftalarida muntazam ravishda Donbassda olg‘a siljiyotgani hamda ko‘proq aholi punktlari ustidan nazorat o‘rnatayotgani haqida xabar bergandi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

03 Jan, 13:59


Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti doktoranti Feruz Shodmonov o‘rgimchaklarning fan uchun yangi turini topdi

Ushbu hasharot “Gorbiscape zarafshanicus” deb nomlandi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

03 Jan, 13:54


“Tanqidni mayda bezorilik deb atash xato” — advokat

@daryo_live

Daryo — LIVE

03 Jan, 13:50


Sud qisqa tanaffusdan soʻng ishini davom ettirmoqda

@daryo_live

Daryo — LIVE

31 Dec, 18:51


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi

@daryo_live

Daryo — LIVE

31 Dec, 18:30


Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC) Yangi yil arafasida o‘z logotipini o‘zgartirganini e’lon qildi

@daryo_live

Daryo — LIVE

31 Dec, 18:14


Xavfli oziq-ovqat mahsulotlari tufayli dunyoda har yili 600 millionga yaqin inson jabrlanadi — JSST

Uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini yeyish oqibatida ko‘ngil aynishi, bezovtalik, qayt qilish kabilar kuzatilsa, darhol tibbiyot xodimiga murojaat qilish zarur.

@daryo_live

Daryo — LIVE

31 Dec, 17:42


Ukraina Moliya vazirligi: 2024-yilda Kiyev G‘arb davlatlaridan 41,7 milliard dollar oldi

Ukraina moliya vaziri ushbu mablag‘lar asosiy ijtimoiy xarajatlarni qoplashga yordam berganini ta’kidladi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

31 Dec, 16:40


Komil Allamjonov barcha o‘zbekistonliklarni bayram bilan tabrikladi

“Aziz do‘stlar! 2025-yil omad va baxt olib kelsin. Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!”, deb yozdi u telegramdagi kanalida.

@daryo_live

Daryo — LIVE

31 Dec, 16:28


SpaceX raketasi Starlink Internet sun’iy yo‘ldoshlarining yana bir guruhini orbitaga olib chiqdi

E’tiborli tomoni, mazkur tashuvchi raketa 16-marta muvaffaqiyatli tarzda uchish va qo‘nishni amalga oshirdi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

31 Dec, 16:15


Joriy yilda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tovar ayirboshlash qiymati 11 milliard dollardan oshdi

“Xitoy O‘zbekistonning birinchi raqamli iqtisodiy hamkori ekanligi bizga mamnunlik baxsh etadi. Hozir mamlakatingizda 3300 dan ko‘p Xitoy korxonasi ro‘yxatga olingan”, dedi XXR favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun.

@daryo_live

Daryo — LIVE

31 Dec, 16:06


Saida Mirziyoyeva barcha yurtdoshlarimizni Yangi yil bilan tabriklab. o‘z telegram kanalida post qoldirdi!

@daryo_live

Daryo — LIVE

31 Dec, 15:16


Rossiya va Ukraina o‘rtasida 2025-yilda tinchlik shartnomasi tuziladi — FT

Financial Times nashri Vladimir Zelenskiy Rossiya bosib olingan hududlarni nazorat qilishiga rozi bo‘lishini kutmoqda.

@daryo_live

Daryo — LIVE

31 Dec, 14:25


❗️Los-Anjeles aeroportida ikkita samolyot to‘qnashib ketishiga bir baxya qoldi

AQSHning Los-Anjeles shahridagi aeroportda Embraer E135 charter samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagi bo‘ylab harakatlanayotganda Atlantaga uchayotgan Delta Airlines kompaniyasining yo‘lovchi samolyoti bilan to‘qnashib ketay dedi.

Aviadispetcherlarning ko‘rsatmasiga qaramay, Embraer E135 samolyoti belgilangan joyda to‘xtamagan. Hozirda holat bo‘yicha tekshiruv olib borilayotgani ma’lum qilingan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

31 Dec, 12:50


Foto: Jizzaxda Yangi yil sayli

Bayramning asosiy markazi bo‘lgan shahar maydonida ulkan archa qad rostladi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

31 Dec, 11:27


Shavkat Mirziyoyevning 2024-yildagi tashqi siyosiy tadbirlarga, davlat va jamiyat hayotiga daxldor voqealarga boy bo‘lgan serqirra faoliyati fakt va raqamlarda

@daryo_live

Daryo — LIVE

26 Dec, 18:35


⚡️Isroil Yaman poytaxti aeroportiga havodan zarba berdi

Hodisa oqibatida 3 kishi halok boʻlgan, ularning ikki nafari aeroport xodimlari boʻlgan.

Ynet portali aeroportning boshqaruv minorasi havo hujumlariga uchraganini ma’lum qilgan. Hujum vaqtida aeroportdagi bir nechta samolyotga zarar yetgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

26 Dec, 18:22


Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi

Davlat rahbari "Pulkovo" xalqaro aeroportidan Toshkentga jo‘nab ketdi. Oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

26 Dec, 17:38


Farg‘onalik galstukli qassob: “Maqsad — shunchaki tirikchilik emas” (video)

Dilshodjon Raimov 23 yildan buyon qassoblik qilib keladi. 40 yoshli go‘sht sotuvchisi har kuni o‘z ishini kostyum-shim kiyib, galstuk taqqan holda boshlaydi. Garchi bunday imij O‘zbekistonda noodatiy bo‘lsa-da, atrofdagilar va tarmoqlardagi kuzatuvchilar buni yaxshi qabul qilmoqda.

📹 Video - https://youtu.be/tj7DlVinwN0

@daryo_live

Daryo — LIVE

26 Dec, 17:13


Tramp Kanada AQSHga qo‘shilsa, soliqlarni 60 foizga kamaytirishni va’da qildi

AQSHning saylangan prezidenti agar Kanada ushbu taklifni qabul qilsa, dunyodagi boshqa hech qaysi davlatda bo‘lmagan harbiy himoyaga ega bo‘lishini aytdi.

Trampning ta’kidlashicha, bu taklif aholisi AQSHning bir qismi bo‘lishni xohlayotgan Grenlandiyaga ham tegishli.

@daryo_live

Daryo — LIVE

26 Dec, 16:34


Toshkent yana dunyoning havosi eng iflos shaharlari ro‘yxatidan joy oldi

IQAir portaliga ko‘ra, soat 21:00 atrofida Toshkent havosida mayda PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 139 mkg/m3 ni tashkil etgan – bu JSST tomonidan tavsiya etilgan o‘rtacha havo sifati ko‘rsatkichidan deyarli 28 barobarga ko‘p.

@daryo_live

Daryo — LIVE

26 Dec, 16:20


Kiberhujum Yaponiya aviakompaniyasi faoliyatini ishdan chiqardi

Texnik muammolar tufayli, shuningdek, aviachiptalar sotuvi to‘liq to‘xtatildi. Hujum ortida kim turganligi va uning sabablari hozircha noma’lum.

@daryo_live

Daryo — LIVE

26 Dec, 16:11


Yangi yil bayrami munosabati bilan 28-dekabrdan 5-yanvargacha Toshkent – Chorvoq mavsumiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekatidan soat 9:00 va 16:00 da jo‘naydi. Chorvoqdan (Humson) esa 12:00 va 18:00 harakatlanadi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

26 Dec, 15:54


Ozarbayjon samolyotining halokatiga Rossiya raketasi sabab bo‘lgan — Euronews

Telekanal xabariga ko‘ra, yo‘lovchi samolyotiga “yer havo” raketa tizimi bilan zarba berilgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

26 Dec, 15:46


YeOII Ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishini 2025-yil aprel oyida Toshkentda o‘tkazish taklif etildi

O‘zbekistonni YeOIIning integratsiyalashgan axborot tizimiga va "Raqamli ittifoq" loyihasiga ulash tashabbusi ilgari surildi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

26 Dec, 15:39


NBC: Tramp jamoasidagi texnologik magnatlar uning siyosatiga ta’sir ko‘rsatadi

Gap Trampning bo‘lajak maʼmuriyatida yuqori lavozimlarga tayinlanishi kutilayotgan uchta asosiy ittifoqchisi haqida ketmoqda.

Ulardan biri — Ilon Mask. Tramp ma’muriyatida u biznesmen Vivek Ramasvami bilan birgalikda hukumat samaradorligini oshirish va byurokratiyaga qarshi kurash bo‘yicha yangi agentlikka rahbarlik qilishi kutilmoqda.

@daryo_live

Daryo — LIVE

26 Dec, 15:07


O‘zbekiston yetakchisi tadbir yakunida imzolanayotgan Yagona bojxona tranziti tizimi to‘g‘risidagi bitimda mamlakatning ishtirok etishini aytdi

Prezident, shuningdek, bojxona chegaralari orqali olib o‘tilayotgan tovarlar va transport vositalari to‘g‘risida elektron ma’lumotlar almashinuvini tez fursatda joriy etish tarafdori ekanini ta’kidladi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

26 Dec, 15:00


Prezident o‘zaro savdodagi savdo to‘siqlarini bosqichma-bosqich bartaraf etishga chaqirdi

Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston va YeOII davlatlari o‘rtasidagi savdoda tarif va notarif cheklovlarni qo‘llamaslik masalasini ekspertlar darajasida ishlab chiqish taklif etildi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

26 Dec, 14:56


2024-yili O‘zbekistonning ittifoq mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 11 foizga oshdi

Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi. Davlat rahbari Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga alohida to‘xtaldi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

01 Dec, 17:03


Isroillik ravvin Zvi Koganni dastlab Ummonga o’g’irlab ketish rejalashtirilgan, biroq reja o’xshamagan va u o‘ldirilgan, deb yozmoqda Wall Street Journal nashri

@daryo_live

Daryo — LIVE

01 Dec, 16:52


Noyabr oyida 4,1 mln kishiga 5,9 trln so‘m pensiya to‘landi — Pensiya jamg‘armasi

@daryo_live

Daryo — LIVE

01 Dec, 12:34


Endi Oʻzbekiston fuqarolari Xitoyga 30 kun vizasiz sayohat qilishi mumkin

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov hamda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I fuqarolarga ikki mamlakatga ham 30 kun davomida vizasiz sayohat qilish imkonini beruvchi bitimni imzoladi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

01 Dec, 11:37


1991-2024-yillarda Oʻzbekiston hududlarining doimiy aholisi soni qanday oʻzgargan?

@daryo_live

Daryo — LIVE

01 Dec, 11:20


Suriyadagi isyonchilar Rossiya texnikasini qo’lga kiritgani aks etgan video tarqaldi

Maʼlumotlarga koʻra, ularning ixtiyorida “Pantsir” zenit-raketa va qurol tizimi, “Uragan” yalpi o’t ochish reaktiv tizimi va L-39 jangovar oʻquv samolyoti bor.

@daryo_live

Daryo — LIVE

01 Dec, 11:06


Buyuk Britaniyaning Sturgeon Foundation ta’lim fondi O‘zbekistondagi iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish bo‘yicha dasturlarni kengaytirmoqchi

@daryo_live

Daryo — LIVE

01 Dec, 10:24


O‘zbekistonda 10 oyda ish haqi va nafaqa pullarining 5,8 mlrd so‘mi talon-toroj qilingani aniqlangan

@daryo_live

Daryo — LIVE

01 Dec, 10:03


🇺🇿 O‘zbekistonda 1-dekabrdan bir qator o‘zgarishlar kuchga kirdi

Xususan:

🔹ichimlik suvi uchun to‘lovlar faqat elektron shaklda qabul qilinadi;
🔹kambag‘al oilalar reyestri shakllantiriladi;
🔹uy-joyni yaxshilash uchun kreditga arizalar qabuli boshlandi;
🔹avtoraqamlar uchun to‘lov qilish osonlashtirildi;
🔹himoya orderini berish holatlari kengaytirildi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

01 Dec, 08:02


O‘zbekistonliklar Konstitutsiya kuni munosabati bilan ketma-ket 3 kun dam oladi

▪️7-dekabr, shanba — besh kunlik haftada ishlaydiganlar uchun dam olish kuni,
▪️8-dekabr, yakshanba — Konstitutsiya kuni,
▪️9-dekabr, dushanba — barcha uchun dam olish kuni bo‘ladi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

01 Dec, 06:48


O‘zbekistonda 2-dekabr yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin

@daryo_live

Daryo — LIVE

01 Dec, 06:02


⚽️ Malayziya O‘zbekiston bilan futbol sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlamoqchi

O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning “Selangor” futbol klubi prezidenti, Amir Shah bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish uchun Malayziyadan investitsiya, grantlarni jalb etish, murabbiy va mutaxassislar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalariga urg‘u berildi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

01 Dec, 05:44


🇰🇷 Janubiy Koreyada noqonuniy ishlab, yashab yurgan shaxslar quyidagi miqdorda jarima to‘laydi:

▪️1 oydan kam bo‘lsa 1 mln von (716 dollar);
▪️1 oydan 3 oygacha 1,5 mln von (1 074 dollar);
▪️3 oydan 6 oygacha 2 mln von (1 432 dollar);
▪️6 oydan 1 yilgacha 4 mln von (2 864 dollar);
▪️1 yildan 2 yilgacha 7 mln von (5 012 dollar);
▪️2 yildan 3 yilgacha 10 mln von (7 160 dollar);
▪️3 yildan 5 yilgacha 20 mln von (14 321 dollar);
▪️5 yildan 7 yilgacha 25 mln von (17 902 dollar);
▪️7 yildan ko‘p bo‘lsa 30 mln von (21 482 dollar).

@daryo_live

Daryo — LIVE

01 Dec, 05:35


🇰🇷 Janubiy Koreyada noqonuniy yurgan o‘zbekistonliklar uchun “yashil yo‘lak” orqali mamlakatdan chiqib ketish muddati 2025-yil 31-yanvargacha uzaytirildi

@daryo_live

Daryo — LIVE

01 Dec, 05:20


Navoiy viloyati Xatirchi tumanining Langar tog‘li hududlariga yog‘gan qor

@daryo_live

Daryo — LIVE

01 Dec, 05:04


🇹🇷 Turkiyaning Istanbul shahrida o‘zbek maktabi tashkil etilishi mumkin

@daryo_live

Daryo — LIVE

30 Nov, 14:59


❗️Elektr energiyasi va tabiiy gazni iqtisod qilish boʻyicha belgilangan rejaga amal qilmagani uchun 14 ta tuman hokimiga “hayfsan” berildi

Shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz talon-toroj qilinishiga yoʻl qoʻygani uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri, uchta viloyat hokimi oʻrinbosarlari va ikkita tuman hokimiga ham “hayfsan” eʼlon qilindi.

Bundan tashqari, hududlarda aholiga koʻmir tarqatishni kechiktirish, sifatsiz koʻmir tarqatish kabi holatlar juda koʻp kuzatilgani hamda ushbu holatlarni zarur darajada nazoratga olmagani uchun “Oʻzbekkoʻmir” AJ bosh direktori oʻrinbosari E.Yakubov oxirgi marta ogohlantirildi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

30 Nov, 14:30


Ukraina NATOga qabul qilinsa, Zelenskiy Rossiya bilan urushni to‘xtatishga tayyorligini maʼlum qildi

Uning fikricha, alyansga a’zolik Putinning “qaytmasligini” ta’minlaydi. U, shuningdek, agar urush NATO xavfsizlik kafolatisiz shunchaki to‘xtatib qo‘yilsa, u tez orada yana qayta boshlanishini ta'kidladi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

30 Nov, 13:01


Gruziya bosh vaziri Tbilisi politsiyasi tomonidan mamlakatda davlat to‘ntarishining oldi olinganini ma'lum qildi

"Tartibsizliklar ishtirokchilari yaxshi tayyorgarlik ko'rgan. Namoyishchilar orasida pirotexnika va hatto molotov kokteyli ishlatgan 500 ga yaqin provakator ham bor edi", deydi Irakli Kobaxidze.

@daryo_live

Daryo — LIVE

30 Nov, 12:15


Ukraina taqchillik tufayli Polsha, Ruminiya, Slovakiya, Vengriya va Moldovadan elektr import qilishni so'radi — Ukraina Energetika vazirligi

@daryo_live

Daryo — LIVE

30 Nov, 11:54


Baxtiyor Adilov Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi

Ushbu lavozimda ishlab kelgan Mirali Hamroyev lavozimidan ozod qilindi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

30 Nov, 11:23


16 yoshli yigit Toshkentdagi Chorsu mehmonxonasining 21-qavatidan tushib ketib, vafot etdi

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

@daryo_live

Daryo — LIVE

30 Nov, 10:51


Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti etib saylandi

@daryo_live

Daryo — LIVE

30 Nov, 10:12


“Putinning yadroviy qurol haqidagi bayonotlariga jiddiy qarash kerak” — Turkiya tashqi ishlar vaziri

28-noyabr kuni Putin agar Ukraina yadroviy qurolga ega bo‘lsa, Rossiya barcha yo‘q qilish vositalaridan foydalanishga majbur bo‘lishini aytgandi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

30 Nov, 09:22


Tbilisidagi namoyishda 107 nafar ishtirokchi hibsga olindi, 10 nafar politsiyachi yaralandi

Gruziya poytaxtida mamlakatning Yevropa ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni kechiktirish haqidagi qaroridan norozi bo‘lganlar tomonidan namoyishlar davom etmoqda.

@daryo_live

Daryo — LIVE

30 Nov, 07:55


AQSH Tayvanga 385 mln dollarlik qurol sotishni ma'qulladi

Avvalroq Xitoy AQSHni Tayvan bilan munosabatlarda “maksimal ehtiyotkor bo‘lishga” chaqirgandi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

30 Nov, 07:35


"Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati "Qamchiq" dovonidagi vaziyat haqida ma’lumot berdi

"Barcha haydovchilardan tezlikni me’yoridan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini so‘raymiz", deyiladi murojaatda.

@daryo_live

Daryo — LIVE

30 Nov, 07:10


Buxoroda bir nechta yo‘l harakati qoidalarini buzgan "Lacetti" haydovchisi ushlandi

@daryo_live

Daryo — LIVE

30 Nov, 06:50


Endilikda avtobus yo‘lagida qoida buzgan haydovchilar 1 million so‘mdan ortiq jarima to‘laydi

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilayotgan o‘zgartish bilan jamoat transporti uchun alohida ajratilgan yo‘laklarda harakatlanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik ko‘zda tutilmoqda. Tegishli qonun loyihasi parlamentda muhokama qilinmoqda.

@daryo_live

Daryo — LIVE

30 Nov, 05:56


Xalq deputatlari Peshku va Vobkent tumanlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyalari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur sessiyalarda tashkiliy masalalar ko‘rildi.

Unga ko‘ra, Hayot Davlatov Peshku tumani hokimi, Qorovulbozor tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Akmal Ostonov esa Vobkent tumani hokimi etib tasdiqlandi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

30 Nov, 05:48


Entoni Blinken Ukraina tashqi ishlar vaziri bilan qurol-yarog‘ yetkazib berish masalasini muhokama qildi

“Davlat kotibi AQSHning Ukrainani barqaror qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maqsadlarini belgilab berdi”, deyiladi davlat departamenti rasmiysi Metyu Miller bayonotida.

@daryo_live

Daryo — LIVE

30 Nov, 04:31


Finlyandiya Rossiya bilan chegara yaqinida keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Harbiylar hujumga va mudofaaga tayyorgarlik ko'rish, yaqinlashib kelayotgan dushmanni yo'q qilish, shuningdek, tunda jang qilish va qish sharoitida jangovar harakatlar olib borishni mashq qiladilar.

@daryo_live

Daryo — LIVE

30 Nov, 03:10


Trampning Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi — CNN

Donald Tramp Kit Kellogni Ukraina bo‘yicha maxsus elchi etib tayinlashga qaror qildi. Shundan kelib chiqib CNN Kellogning takliflari Tramp ma’muriyati amalga oshirishga harakat qiladigan reja bo‘lishi mumkinligini yozmoqda.

@daryo_live

Daryo — LIVE

29 Nov, 18:40


Livan Isroilni “Hizbulloh” bilan sulh bitimini buzganlikda aybladi

Avvalroq Isroil armiyasi “Hizbulloh”ning “tahdid tug‘diruvchi, shubhali faoliyati” aniqlanganini aytib, guruhning o‘rta masofali raketalari saqlanadigan obyektiga havo zarbasi berganini xabar qilgandi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

25 Nov, 18:57


Ekspertlar 3 yoshli bola qotilligida gumonlanayotgan shaxs o‘zini aqlan nosog‘lom qilib ko‘rsatishga urinayotganini, ammo u ruhiy sog‘lom ekanini aytmoqda

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida 2024-yilning iyul oyida Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sodir etilgan mudhish qotillik — 3 yoshli bolani vahshiylarcha o‘ldirgan 31 yoshli fuqaro ishi ko‘rilayotgani xabar berilgandi. Sudning 25-noyabr kuni davom etgan navbatdagi majlisida Respublika ruhiy kasalliklar shifoxonasidan kelgan psixolog-ekspertlar xulosasi eshitildi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

25 Nov, 17:53


❗️Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasining raisi etib saylandi

Shuningdek, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov MOQ raisining birinchi oʻrinbosari, Oybek Kasimov Bosh kotib va Sherzod Tashmatov rais oʻrinbosari lavozimiga saylandi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

25 Nov, 17:21


Soat 20:54 dan boshlab ob-havo sharoiti yomonlashgani sababli Fargʻona xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilishga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi

Istanbul – Fargʻona yoʻnalishidagi HY-278 reysi Namangan muqobil aeroportiga yoʻnaltirildi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

25 Nov, 16:53


1-yanvardan Toshkentda avtobus va metro yoʻlkira narxlari 3 000 soʻm boʻlishi kutilmoqda

Toʻlov elektron amalga oshirilsa 1 700 boʻladi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

25 Nov, 15:26


Paxtachilikda xorijiy navlarni ekishning natijadorligi tahlil qilindi

Davlat rahbari bu borada klaster, fermer va sanoat korxonalari fikrini oʻrganib, masalaga ilmiy yondashish, fermerlarni zamonaviy agrotexnologiyalarga oʻqitish muhimligini taʼkidladi. Zamonaviy paxta terish mashinasi va aholi tomorqalari uchun kichik agrotexnikalar ishlab chiqarish boʻyicha topshiriqlar berildi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

25 Nov, 15:21


🔒Xavotir va umid: Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi 20 yil kechikishiga Rossiya sababchimi?

Aslida, mazkur temiryo‘lni barpo etish g‘oyasi 1997-yilda tug‘ilgan. O‘sha paytdagi reja bo‘yicha u 2005-yilda bitishi kerak edi. Oradan 27 yil o‘tibdi hamki, qurilish haligacha boshlangani yo‘q. Loyiha muzlatilishiga Rossiya aloqadormi? Temiryo‘l O‘zbekistonga qanchaga tushadi, u o‘zini oqlaydimi? Maqolada ko‘p milliard dollarli loyihaning zarurati va xatarlari tahlil qilinadi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

25 Nov, 15:15


Davlat rahbari xorijiy tajribani oʻrganib, kartoshkachilik tizimini takomillashtirish va hosildorligini oshirish zarurligini taʼkidladi

Oʻtgan yilgi qishda 9 ming gektar bogʻ va 4 ming gektar uzumzorni sovuq urgan edi. Oqibatda 207 ming tonna hosil nobud boʻldi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

25 Nov, 15:12


Prezident oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, paxta va gʻalla hosildorligini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Taqdimotda qishloq xoʻjaligi vaziri shu boradagi rejalarni bayon etdi. 2025-yil 4 mln 800 ming gektarda ekinlar yetishtirish moʻljallangan. Shundan 2 mln gektardan ziyod yerda meva-sabzavot, kartoshka, dukkakli va poliz mahsulotlari ekiladi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

25 Nov, 14:10


Xalqaro jinoiy sudning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Fadi El Abdulloh Isroil bosh vaziri Netanyaxu hamda sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallantga qarshi hibsga olish orderi hamda keyingi jarayonlar haqida izoh berdi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

25 Nov, 14:01


Roʻyxatga kiritilgan shaxs xabarnoma olgan kundan eʼtiboran 10 kun ichida ixtiyoriy ravishda Oʻzbekistondan chiqib ketishi kerak

Agar roʻyxatga kiritilgan shaxs koʻrsatilgan muddat ichida ixtiyoriy ravishda Oʻzbekistondan chiqib ketmasa, deportatsiya qilinadi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

25 Nov, 13:49


Respublikada boʻlishi nomaqbul deb topilgan shaxslarning roʻyxati shakllantiriladi

Chet el fuqarosini yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsni roʻyxatga kiritish Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining, Senati Kengashining, maxsus vakolatli davlat organlarining taqdimiga asosan amalga oshiriladi.

Roʻyxatga kiritilgan chet el fuqarosining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning Oʻzbekiston hududiga kirishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

21 Nov, 05:13


Ukrainada harbiy ayollar Rossiyaning X-101 qanotli raketasini urib tushirdi

Ular buning uchun sovetlarning Igla ko‘chma havo mudofaa tizimidan foydalangan. X-101 narxi taxminan 13 mln dollarga teng. Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov ayol harbiylarni mukofotladi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

21 Nov, 05:00


Suv inqirozi tomon ketayotgan O‘zbekiston

O‘zbekiston qurg‘oqchil, haddan tashqari issiqlig-u, tartibsiz yog‘ingarchilik, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotga bosim kuchayib borishi kabi muammolarga duch kelmoqda. Tahlillarga ko‘ra, mamlakatda yaqin yillar ichida suv narxining keskin oshishi hamda ichimlik suvi yetishmovchiligi katta muammoga aylanishi mumkin.

@daryo_live

Daryo — LIVE

21 Nov, 04:09


Ulug‘bek Lapasov O‘zbekistonning Kubadagi elchisi etib tayinlandi

Diplomat Kuba tashqi ishlar vaziri o‘rinbosariga ishonch yorliqlarini topshirdi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

21 Nov, 03:57


🌋 Islandiyadagi Reykyanes yarimorolida vulqon otilishi boshlandi

Grindavik shahri aholisi evakuatsiya qilindi. Bu vulqonning bir yil ichida yettinchi otilishi hisoblanadi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

21 Nov, 03:47


❗️Bitkoin narxi tarixda birinchi marta 95 ming dollardan oshdi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

21 Nov, 03:37


Husiylar Qizil dengizda Turkiyaning yuk tashuvchi kemasiga hujum qildi

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi hodisani qoralab, bunday voqea takrorlanmasligi uchun zarur choralar ko‘rilganini ma’lum qildi. 19-noyabr kuni Yaman husiylari Qizil dengizda Turkiyaning “Anadolu S” kemasiga hujum qilgan.

Husiylar bayonotiga ko‘ra, kema “ogohlantirishlarga e’tibor bermagan va uni boshqarayotgan kompaniya Isroil portlariga kirishni taqiqlash to‘g‘risidagi qarorni buzgan”.

@daryo_live

Daryo — LIVE

21 Nov, 03:16


Bugun kunning birinchi yarmida ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi — “O‘zgidromet”

@daryo_live

Daryo — LIVE

20 Nov, 19:17


HAMAS AQSHning BMT Xavfsizlik kengashidagi G‘azo bo‘yicha vetosiga munosabat bildirdi

Harakat vakillari Vashingtonni agar Qo‘shma Shtatlar haqiqatan ham Amerika ma’muriyati aytganidek, urushni to‘xtatib, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikka erishmoqchi bo‘lsa, “bunday dushmanlik siyosatini to‘xtatishga” chaqirdi.

Avvalroq Qo‘shma Shtatlar zudlik bilan va shartsiz o‘t ochishni to‘xtatishni talab qiluvchi Falastin—Isroil mojarosi bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini bloklagan edi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

20 Nov, 18:05


Germaniya Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini e'lon qildi. U quyidagilarni o'z ichiga oladi:

- to'rtta Panzerhaubitze 2000 rusumli o'ziyurar gaubitsa (ehtiyot qismlari bilan);

- 155 mmli 40 mingdan ortiq o'q-dorilar;

- WISENT 1 rusumli uchta zirhli minadan tozalash mashinasi (ehtiyot qismlari bilan);

- sakkizta Karakal aviadesant mashinalari;

-turli modeldagi 200 dan ortiq razvedka dronlari (Vector, Hornet XR va boshqalar);

- 20 ta chegara xizmati avtomashinalari;

- 100 mingta HLR 338 miltiqlari, shuningdek o'qotar qurollar uchun 100 mingdan ortiq patronlar.

@daryo_live

Daryo — LIVE

20 Nov, 17:46


Tarmoqlarda koʻp qavatli uylarning podyezdlarida qoldirilgan bolalar “kolyaska”lari, samokatlar va velosipedlar IIB binosiga olib borib qoʻyilgani haqida videolar tarqaldi

Holat yuzasidan rasmiy izoh berilmagan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

20 Nov, 17:30


Ishtixonda Bogʻdorchilik va uzumchilik ilmiy institutini tajriba stansiyasini tashkil qilish taklifi bildirilgan

Unda “in-vitro” usulida koʻchatchilik yoʻlga qoʻyilib, uzumning “Gigant”, “Sirliboy”, “Avatar” kabi bozorbop navlari ekiladi. Natijada hosildorlik qoʻshimcha 25-30 sentnerga, eksport 20 million dollarga oshadi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

20 Nov, 17:25


Zarafshon daryosi atrofidagi 25 gektar toshloq yer “Urgut” erkin iqtisodiy zonasiga qoʻshilsa, 30 mln dollarlik loyihalarga joy boʻladi

Dargʻom kanali boʻyida 35 kilometrli turistik yoʻlak, Narpay kanalida gastronomik koʻprik tashkil etish orqali birinchi bosqichda 500 mlrd soʻmlik loyihalar amalga oshiriladi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

20 Nov, 17:20


Pastdargʻom tumani “Chimboyobod” hududida hokimlik zaxirasida turgan 234 gektar yerda maxsus sanoat zonasini tashkil qilish mumkin

Tadbirkorlar u yerga 500 mln dollar investitsiya kiritib, farmatsevtika, kimyo, elektrotexnika, qurilish materiallari va oziq-ovqat loyihalarini boshlashga tayyorligini bildirgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

20 Nov, 17:15


Prezident Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmushi farovonligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi

2023-yilda Samarqand viloyatida hududiy dasturlar doirasida kamida 1 mlrd 850 mln dollar investitsiyalarni oʻzlashtirish, 20 ming ish oʻrni yaratish va qoʻshimcha 1,2 trln soʻmlik mahsulot ishlab chiqarish hisob-kitob qilingan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

18 Nov, 19:30


Gruziya muxolifati muddatsiz kecha-yu kunduz norozilik aksiyasini e’lon qildi

Ishtirokchilar Gruziya sudlari va prokurorlari mustaqil emasligini ta’kidlab, xalqaro tergov o‘tkazilishini talab qilmoqda.

Mamlakat prezidenti 18-noyabr kuni mamlakat aholisiga qilgan maxsus murojaatnomasida 26-oktyabrdagi saylovda yashirin va umumiy ovoz berish tamoyillari buzilganini ta’kidlagan. U parlament saylovlari natijalari yuzasidan Konstitutsiyaviy sudga shikoyat qilishini bildirgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

18 Nov, 19:18


Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi

KXDR yetakchisining fikricha, bu “Koreya yarimorolida tarixdagi eng keskin vaziyatni yaratgan” AQSH va Janubiy Koreya tahdidi bilan bog‘liq.

@daryo_live

Daryo — LIVE

18 Nov, 19:05


“Ichimga jin kirib olib, bolani o‘ldirishimni buyurdi deyapti” — advokat

Sudda 3 yashar bolani o‘ldirgani aytilayotgan sudlanuvchi ko‘rsatmasi tinglandi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

18 Nov, 18:55


❗️Birlashgan Millatlar Tashkiloti AQSH Ukrainaga Rossiya hududiga uzoq masofali raketalar bilan hujum qilishga ruxsat bergani haqidagi xabarlar fonida tinch aholini himoya qilishga chaqirdi

@daryo_live

Daryo — LIVE

18 Nov, 18:25


AQSH Rossiya bilan chegara yaqinida yadroviy bomba tashlashni mashq qildi

Ma’lum bo‘lishicha, operatsiya Italiya va Germaniya harbiylari bilan kelishilgan holda amalga oshirilgan.

Manyovrlar olti kilometr balandlikdan lazer yordamida boshqariladigan bombalarni tashlashni o‘z ichiga olgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

18 Nov, 18:15


Tramp ommaviy deportatsiyalarni amalga oshirish uchun harbiy kuch ishlatishga tayyorligini tasdiqladi

Axios portali Tramp allaqachon o‘zining bo‘lajak ma’muriyatidagi lavozimlarga migratsiya bo‘yicha keskin pozitsiyasi bilan tanilgan nomzodlarni ilgari surayotgani haqida xabar bergan.

Ayni damda AQSHda 11 million hujjatsiz muhojir yashaydi. Kutilayotgan deportatsiyalar 20 million oilaga ta’sir qilishi mumkin.

@daryo_live

Daryo — LIVE

18 Nov, 18:01


“Bola qo‘rqinchli tan jarohatlari bilan qonga belanib yotgandi”. Yashnoboddagi qotillik yuzasidan IIB xodimlari ko‘rsatma berdi

2024-yilning iyul oyida Toshkent shahrining Yashnobod tumanida mudhish qotillik sodir etilgandi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

18 Nov, 17:40


⚡️Isroil harbiy-havo kuchlari Bayrutning markazi Zukak al-Blatga hujum qildi

@daryo_live

Daryo — LIVE

18 Nov, 17:31


❗️AQSH, Buyuk Britaniya va Avstraliya AUKUS hamkorligi doirasida gipertovushli qurollarni birgalikda sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida kelishuv imzoladi — Pentagon

@daryo_live

Daryo — LIVE

18 Nov, 17:00


Tbilisidagi namoyishchilar aksiya 24 soat davom etishi kerak bo‘lganiga qaramay, chodir lageri yaqinidagi ko‘chalarni kamida yana bir kun to‘sib qo‘yishni rejalashtirmoqda

@daryo_live

Daryo — LIVE

18 Nov, 16:50


Kreml ATACMS’dan Rossiya hududiga zarba berish bo‘yicha Putinning pozitsiyasini eslatdi

Rossiya yetakchisi avvalroq mamlakat
hududiga chuqur zarbalar berish bo‘yicha cheklovlarning olib tashlanishi “NATO davlatlari, AQSH va Yevropa davlatlari urush holatida” ekanini anglatishini ta’kidlagan.

Shuningdek, prezident matbuot kotibi Putinning so‘zlari bilan yana bir bor tanishib chiqishni tavsiya qildi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

18 Nov, 16:38


O‘zbekistonda qarindoshlari bilan birga ishlashi mumkin bo‘lgan davlat tashkilotlari xodimlari ro‘yxati tasdiqlandi. Ro‘yxatga 17 ta davlat tashkiloti xodimlari kiritilgan

@daryo_live

Daryo — LIVE

18 Nov, 16:33


Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida aholining bandligini va daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi

@daryo_live

Daryo — LIVE

18 Nov, 16:19


Andijon viloyatida aholi zichligi inobatga olinib, yer masalasida imkoniyatlar yaratiladi

Qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan maydonlar, jumladan, qir-adirlardan jami 1 ming 800 gektar yer toifasi o‘zgartiriladi. U yerlarda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish majmualari, uy-joylar barpo etiladi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

18 Nov, 16:17


Andijon viloyatida, jumladan, 3 mlrd 100 mln AQSH dollari miqdorida investitsiya o‘zlashtirish, 334 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish, 305 ming nafar aholi bandligini ta’minlash hamda 1 milliard AQSH dollari miqdorida eksport qilish vazifasi belgilangan

@daryo_live

Daryo — LIVE

17 Nov, 19:25


❗️Fransiya va Buyuk Britaniya Ukrainaga SCALP/Storm Shadow raketalari bilan Rossiya hududiga zarba berishga ruxsat berdi — Le Figaro

@daryo_live

Daryo — LIVE

17 Nov, 18:48


❗️Bayden Rossiya hududiga ATACMS raketalari bilan zarbalar berishga ruxsat berdi — NYT

Xabarga ko’ra, raketalar Kursk viloyatida Ukraina armiyasini himoya qilish uchun Rossiya va KXDR harbiylariga qarshi qo‘llanilishi mumkin.

@daryo_live

Daryo — LIVE

17 Nov, 17:03


Isroil prezidenti bo‘lgan samolyot Turkiya havo hududiga kiritilmadi

Oqibatda Isxak Gersog Ozarbayjondagi COP29 iqlim sammitiga bora olmagani aytilmoqda. Isroil rasmiylari esa prezident tashrifi “xavfsizlik nuqtayi nazaridan” bekor qilinganini bildirgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

17 Nov, 15:08


Ilon Mask parvozlarni tezlashtirish uchun samolyotlarni Starship raketalariga almashtirishni ilgari surdi

Raketa soatiga 27 ming km tezlik bilan harakatlanadi va bunday tezlikda, masalan, Nyu-Yorkdan Shanxayga parvoz 39 daqiqa, Londondan Dubayga esa 29 daqiqa davom etadi. Qisqa kosmik ekskursiya bilan raketa parvozining narxi 10 000 dollarga yetishi mumkin.

@daryo_live

Daryo — LIVE

17 Nov, 14:16


The Times: Buyuk Britaniya Ukrainaga uzoq masofaga uchadigan Storm Shadow raketalarini yetkazib berishni to‘xtatdi

Ukraina oxirgi marta oktyabr oyida Storm Shadow raketalaridan foydalangani haqida xabar bergandi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

17 Nov, 13:20


Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidentini Oʻzbekistonga taklif qildi

Davlat rahbari soʻnggi yillarda Oʻzbekiston maktab taʼlimi tizimida Finlyandiya modeli boʻyicha koʻp ishlar amalga oshirilganini eslab oʻtdi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

17 Nov, 13:12


Surxondaryoda Nexia haydovchisi 1-sinf o‘quvchisini urib yubordi

Hodisa oqibatida bola shifoxonada vafot etgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

17 Nov, 12:42


Trampning jamoasi Amerika qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqishda ishtirok etganlar ro‘yxatini tuzmoqda — NBC News

@daryo_live

Daryo — LIVE

17 Nov, 12:11


Netanyaxuning Kesariyadagi qarorgohi yana hujumga uchradi

Bu safar Isroil bosh vazirining uyi tomon signalli raketalar uchirildi. Hodisa vaqti Netanyaxu va rafiqasi uyda bo‘lmagan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

17 Nov, 11:51


Samarqandda 3 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 9 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilindi

@daryo_live

Daryo — LIVE

17 Nov, 11:36


Isroil armiyasi Bayrutga havo hujumi uyushtirdi

Isroil harbiylari da’vosiga ko’ra, Livan poytaxtining turar-joy hududlarida joylashgan “Hizbulloh” harbiy infratuzilmasi yo‘q qilingan. Fuqarolar oldindan hujumlar nishoniga aylangan hududlarni evakuatsiya qilishga chaqirilgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

17 Nov, 10:31


Bolalar ombudsmani yosh bolalar xipchin bilan savalangani haqida ma’lumot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodagi voqea Tojikistonning Xatlon viloyatida sodir bo‘lgani aniqlandi (Surxondaryoning Sariosiyo tumani bilan chegaradosh).

@daryo_live

Daryo — LIVE

17 Nov, 09:58


Rossiya Ukrainaning Kiyev, Odessa, Krivoy Rog, Dnepr va Rovno shaharlariga raketa va dronlar bilan hujum qildi

Valdimir Zelenskiyning bilidirishicha, 17-noyabr kuni 120 raketa va 90 dron uchirildi. Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga Rossiyaning bu zarbalarini keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan buyon “eng yirik havo hujumlaridan biri” deb atadi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

17 Nov, 09:45


✈️ Centrum Air’ning Toshkent—Namangan—Jidda yo‘nalishidagi reysi Namangan aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli Farg‘ona aeroportiga qo‘ndi

@daryo_live

Daryo — LIVE

14 Nov, 18:30


JCH — 2026 saralashi. Qatar so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga g‘alabani ilib ketdi

Jahon Chempionati — 2026 3-saralash bosqichi doirasida 5-tur o‘yinlari o‘tkazildi.

Birinchi bo‘limdan so‘ng 0:2 hisobida ortda borayotgan terma jamoamiz 2-taymda Abbos Fayzullayevning dubli evaziga hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo‘shib berilgan bo‘lsa-da, ammo Qatar 90+12 (!) daqiqada gol urib, g‘alabani ilib ketdi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

14 Nov, 17:50


Afg‘onistonda olti oy ichida 125 maktab va 38 madrasa qurildi

"Tolibon" taʼlim vazirligining rasmiy vakili Mansur Ahmad Hamzaning ma'lum qilishicha, 2024-yilning aprel-sentyabr oylarida qurilishga sarflangan mablag' 18 million dollarni tashkil etgan.

Hozirda mamlakat bo‘ylab davlat va xususiy maktab-madrasalarda 11 millionga yaqin fuqaro tahsil olmoqda.

@daryo_live

Daryo — LIVE

14 Nov, 16:42


Donorlarni qoʻllab-quvvatlash kengaytiriladi

Jumladan, “Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” koʻkrak nishoni olganlarga bir yoʻla beriladigan pul mukofoti BMHning 5 baravaridan 15 baravarigacha oshiriladi. Ularga jamoat transportidan bepul foydalanish huquqi beriladi, davlat sihatgohlarida davolanish navbatsiz boʻladi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

14 Nov, 16:31


Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida “Xaridlar markazi” va uning 13 ta hududiy filiali tashkil qilinadi

Markazga 2025-yil 1-yanvardan boshlab, original dori vositalari va yopiq turdagi laborator uskunalar uchun sarflov vositalarini bevosita ishlab chiqaruvchidan toʻgʻridan-toʻgʻri xarid qilishga ruxsat beriladi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

14 Nov, 16:20


Yevropa ittifoqi Rossiyani moliyaviy “qora ro‘yxat”ga qo‘shishga chaqirdi

YI diplomatlarining fikricha, Bryusselda Rossiyani jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish xavfi yuqori bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga kiritish uchun yetarli asoslar mavjud.

@daryo_live

Daryo — LIVE

14 Nov, 16:02


Tibbiyot muassasalariga markazlashgan holda dorilar xarid qilishda ham kamchiliklar bor

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni oʻn besh oylik talab asosida xarid qilish tizimi taklif etilmoqda. Bunda kelgusi yillar uchun ehtiyojlar 1-avgustdan kechikmasdan, Davlat byudjeti parametrlari bilan bir vaqtda shakllantiriladi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

14 Nov, 15:59


Gematologiya, kardiologiya, endkrinologiya kasalliklarini erta aniqlash va ularni davolash boʻyicha uch yillik dasturlar bu yil yakuniga yetadi

Mutasaddilarga erishilgan natijalarni hisob-kitob qilib, ularning muddatini uzaytirish boʻyicha koʻrsatma berildi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

14 Nov, 15:56


Jami onkologik kasalliklarning oʻrtacha 20-25 foizi ayollardagi koʻkrak bezi va bachadon saratoniga toʻgʻri keladi

Shu bois bu borada skrininglarni kengaytirish va ularning reyestrini yuritish rejalashtirilmoqda.

@daryo_live

Daryo — LIVE

14 Nov, 15:53


Prezident kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolashga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Aholi salomatligini saqlash – uzluksiz jarayon. Sohadagi tahlil va talabdan kelib chiqib, muhim yoʻnalishlar boʻyicha takliflar tayyorlangan. Taqdimotda shular haqida soʻz bordi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

14 Nov, 15:41


Amsterdamda Isroilga qarshi namoyishlar davom etmoqda: yana 300 ga yaqin Falastin tarafdorlari hibsga olindi

Aksiya ishtirokchilari “Amsterdam genotsidga yo‘q deydi” va “Falastinga ozodlik” kabi shiorlar bilan miting o‘tkazgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

04 Nov, 17:06


Germaniyada Alisher Usmonovga qarshi tergov to‘xtatildi

Milliarder 1,5 million yevro miqdoridagi mablag‘ni bir nechta notijorat tashkilotlarga o‘tkazishi kerak.

Bundan tashqari, u Germaniya davlat g‘aznasiga 2,5 million yevro o‘tkazish majburiyatini olgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

04 Nov, 15:28


Taqsimlash tarmoqlarini xususiy sheriklik asosida investorlarga berib, ularni modernizatsiya qilishga 4 milliard dollar investitsiya jalb qilish mumkin

Shu maqsadda 2025-yilda Samarqand, Jizzax va Sirdaryodagi tarmoqlar boshqaruviga xususiy operatorlarni jalb etish rejalashtirilmoqda.

@daryo_live

Daryo — LIVE

04 Nov, 15:22


Prezident elektr energetikasi sohasini transformatsiya qilish, hududlardagi elektr tarmoqlari boshqaruviga xususiy operatorlarni jalb qilish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi

Yigʻilishda har bir energetika korxonasining birinchi galdagi vazifasi tannarxni kamaytirish ekani taʼkidlandi. Bunga loyihalarni maqbullashtirish, yoʻqotishlarni kamaytirish va xaridlarni takomillashtirish orqali erishish mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

04 Nov, 14:52


Kobul chekkasidagi yong‘in Afg‘onistonga 1,2 million dollar zarar keltirdi

Pag'mon tumanida joylashgan Kalayi-Haydar aholi punktidagi gaz kompaniyasida yuz bergan portlashdan keyin hududda yong‘in chiqqan.

"Tolibon" FVV maʼlumotlariga koʻra, hodisa oqibatida 2 kishi halok boʻlgan, 26 kishi jiddiy kuygan, 81 kishi yengil jarohat olgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

04 Nov, 13:35


Ayni vaqtda Toshkent shahrida 10 balli tirbandliklar kuzatilmoqda

@daryo_live

Daryo — LIVE

04 Nov, 13:11


2025-yil 1-yanvardan tadbirkorlik faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtmasdan amalga oshirganlik uchun moliyaviy jarima bekor qilinmoqda

Shuningdek, raqamli markirovkalash qoidalarini hamda fiskal belgilarni aks ettirish tartibini buzish, xodimlar sonini yashirish uchun maʼmuriy javobgarlik bekor qilinadi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

04 Nov, 13:06


Prezident tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Taqdimotda tadbirkorlar faoliyatida noqonuniy tekshiruvlarning oldini olish, nazorat organlarining tekshiruvchi xodimlari malakasini oshirish boʻyicha ham fikrlar bildirildi. Davlat rahbari bu choralarni huquqiy jihatdan takomillashtirish, amaliyotda adolatli qoʻllanishini taʼminlash boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

04 Nov, 13:00


Oʻzbekiston — Xitoy savdo aylanmasi 2023-yili 14 mlrd dollarga yetdi

Shanxayda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston va Xitoy bosh vazirlari ishtirokidagi uchrashuvda savdo aylanma hajmini 20 mlrd dollarga yetkazish lozimligi aytildi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

04 Nov, 12:45


Qamchiq dovonida maydalab yomgʻir yogʻmoqda

Avtomobil yoʻli nam boʻlganligi bois sirpanchiqlik darajasi ortgan. Haydovchilardan tezlikni meʼyordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanish soʻralmoqda.

@daryo_live

Daryo — LIVE

04 Nov, 12:36


Eronda dori ishlab chiqaruvchi kompaniyaning xatosi tufayli 70 nafar bemor vafot etdi

Fojiaga gemodializ eritmasiga tushib qolgan alyuminiy tuzlari sabab bo‘lgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

04 Nov, 12:12


❗️Moldova Sotsialistlar partiyasi xorijiy saylov uchastkalarida ovoz berish natijalarini tan olishdan bosh tortdi

Ular bu natijalarni xalq irodasining demokratik ifodasi deb bo'lmasligini ta'kidlagan. Sotsialistlarga ko'ra Sandu "diaspora prezidenti" bo'lgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

04 Nov, 11:13


Xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 5-noyabrda amalda bo‘ladigan qiymati

🇺🇸 dollar 12 790,12 soʻm (-4,90)
🇪🇺 yevro 13 936,11 soʻm (+42,00)
🇷🇺 rubl 130,03 soʻm (-1,59)

@daryo_live

Daryo — LIVE

02 Nov, 05:45


“Biz Yevropa ittifoqdan chiqib ketishimiz va uni yo‘q qilishimiz kerak!” — Florian Filippo

“Yevropa ittifoqi keng ko‘lamli urushni xohlayapti! Bu g‘irt ahmoqlik!”, deb yozadi Fransiya vatanparvarlari partiyasi yetakchisi X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

@daryo_live

Daryo — LIVE

02 Nov, 04:55


AQSH Yaqin Sharqqa qo‘shimcha kuchlar yuborilishini e’lon qildi

“Yaqin Sharqdagi AQSH fuqarolarini himoya qilish, shuningdek, Isroilni himoya qilish, diplomatiya orqali vaziyatni yumshatish bo‘yicha majburiyatimizga muvofiq, u yerga qo‘shimcha kuchlar yuboriladi”, dedi AQSH harbiy vakili.

@daryo_live

Daryo — LIVE

01 Nov, 18:16


❗️Isroil armiyasi G‘azo sektorida HAMAS siyosiy byurosi a’zolaridan biri Iziddin Qassob o'ldirilganini ma’lum qildi

@daryo_live

Daryo — LIVE

01 Nov, 18:06


Malayziya bosh vaziri AQSHning Rossiya bilan do‘stlikdan voz kechish chaqirig‘ini rad etdi

Anvar Ibrohim AQSH davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashuvda suhbatdoshini “Moskva bilan do‘st bo‘lishni to‘xtatish” chaqirig‘ini emas, balki Yaqin Sharqdagi mojaro va sarmoyaviy imkoniyatlarni muhokama qilishga chaqirdi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

01 Nov, 16:32


Tojikistonda jodugarlarga qarshi o‘tkazilgan reydda 1,5 ming kishi qo‘lga olindi

Reyd davomida rasmiy diniy ma’lumotga ega bo‘lmagan 5 mingdan ortiq “din peshvolari” ham aniqlandi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

01 Nov, 16:21


Saida Mirziyoyeva Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko bilan uchrashuv o‘tkazdi

Ta’lim sohasidagi unumli sheriklik natijalari, xususan, yaqin kelajakda Rossiyaning yana bir oliy ta’lim muassasasi – Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali ochilishi mamnuniyat bilan qayd etildi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

01 Nov, 16:00


Maldiv “Tolibon bilan aloqalarni rivojlantirishga qiziqish bildirdi

Maldivning Islomoboddagi elchisi Muhammad Toha o'zining "Tolibon" hamkasbi Ahmad Shakib bilan uchrashuvda tegishli bayonot bilan chiqdi.

Ular Maldivning Afg‘oniston orqali Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo qilish masalasini muhokama qildi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

01 Nov, 15:38


Namanganda III-xalqaro asal festivali boshlandi

“Afsonalar vodiysi” bog‘ida bo‘lib o‘tayotgan festivalda O‘zbekistonning turli viloyatlari va Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Rossiyadan kelgan asalarichilar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

@daryo_live

Daryo — LIVE

01 Nov, 15:04


Indoneziyadagi yog' zavodida yong‘in sodir bo‘ldi

Hodisa oqibatida kamida sakkiz kishi halok bo‘lgan, uch kishi jarohatlangan. Yong‘in sabablari hozircha noma’lum.

@daryo_live

Daryo — LIVE

01 Nov, 14:32


Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Qahramoni Ahmad Narzullayev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

@daryo_live

Daryo — LIVE

01 Nov, 14:19


Shavkat Mirziyoyev Rossiya Hukumati raisining oʻrinbosari Dmitriy Chernishenko boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Oʻzbekiston hududlarining Rossiyaning Uzoq Sharqdagi hududlari bilan amaliy hamkorligini yoʻlga qoʻyish boʻyicha qoʻshma “yoʻl xaritasi”ni qabul qilish muhimligi taʼkidlandi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

01 Nov, 14:03


AQSH: KXDRning qariyb 8000 askari yaqin fursatlarda Ukrainada jang qilishi kutilmoqda

AQSH Davlat departamenti rahbarining ma'lum qilishicha, Rossiya harbiylari shimoliy koreyalik hamkasblariga artilleriya qurollari va dronlardan foydalanish hamda xandaqlarni tozalashni o‘rgatmoqda.

@daryo_live

Daryo — LIVE

01 Nov, 13:20


Lavrov Ukrainada urush boshlanganidan beri ilk bor Yevroittifoqqa boradi

Rossiya TIV rahbari YIga oxirgi marta Rossiya-Ukraina urushi boshlanishidan oldin – 2021-yil dekabrida tashrif buyurgan edi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

01 Nov, 13:03


⚽️“Nasaf” o‘z tarixida birinchi bor O‘zbekiston Superligasi chempioniga aylandi!

“Lokomotiv” klubini mag‘lub etgan jamoa “OKMK” bilan ochkolar farqini 10 taga yetkazib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

01 Nov, 12:58


“Biz Ukraina mojarosida Rossiyaga yordam berishga tayyormiz” — Shimoliy Koreya TIV rahbari

“Ishontirib aytamanki, biz g‘alabali kungacha rossiyalik o‘rtoqlarimizning yonida turib beramiz”, dedi Choy Song Xi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar chog‘ida.

@daryo_live

Daryo — LIVE

31 Oct, 10:05


Shavkat Mirziyoyev Karmana tumanida barpo etilayotgan kimyoviy mahsulotlar texnoparkini borib ko‘rdi

Majmua uchun 130 gektar yer maydoni ajratilgan. Bu yerda umumiy qiymati 1 mlrd dollardan ortiq bo‘lgan 18 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

31 Oct, 09:56


Tojikistonda Counter Strike va GTA o‘ynash taqiqlandi

Bu o‘yinlar zo‘ravonlik, shafqatsizlik, qotillik va talonchilikdan iboratligi, ayrim yoshlar uning ta’sirida turli jinoyatlar sodir etishi ta’kidlandi. Taqiqning bajarilishini ta’minlash uchun internet-kafelarda muntazam reyd va tekshiruvlar o‘tkaziladi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

31 Oct, 09:44


“Joriy yil yanvar–sentyabr oylarida Oʻzbekistonga kirib kelgan pul oʻtkazmalari hajmi 11,3 milliard dollarga yetdi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 34,8 foizga koʻp” — Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov

@daryo_live

Daryo — LIVE

31 Oct, 09:22


O‘zbekistonda ko‘pxotinlilikni targ‘ib qilish bo‘yicha bir yilda 14 kishi jazolandi

@daryo_live

Daryo — LIVE

31 Oct, 08:44


Yaqin minataqada bunday korxona yo‘q

Vodorod peroksidi shu paytgacha O‘zbekistonga katta xarajatlar bilan faqat chet eldan olib kelinar edi. Endi esa shu yerning o‘zida ishlab chiqariladi. Mahsulot MDH va Yevropa mamlakatlariga ham yetkazib berilmoqda.

@daryo_live

Daryo — LIVE

31 Oct, 08:39


Bu Uzbekistan hydrogen peroxide qo‘shma korxonasi bo‘lib, unda vodorod peroksidi ishlab chiqariladi

Bu birikmadan kimyo, metallurgiya, elektr texnikasi, farmatsevtika, to‘qimachilik, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi kabi o‘nga yaqin tarmoqda foydalaniladi. Jumladan, qog‘oz, maishiy va kimyoviy vositalar ishlab chiqarish, uran va kobalt mahsulotlari qazib olishda faol qo‘llaniladi. Qadoqlarni tozalovchi, sun’iy va sintetik tolalarni oqartiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

31 Oct, 08:35


Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrifini Navoiy shahridagi kimyo sohasidagi qo‘shma korxona faoliyati bilan tanishuvdan boshladi

@daryo_live

Daryo — LIVE

27 Oct, 18:13


🇰🇿 Atiraudagi savdo markazida chiqqan yong’in qurshab olindi, hozirda o’t o’chirish ishlari davom etmoqda

@daryo_live

Daryo — LIVE

27 Oct, 16:30


Qamchiq dovonining ayrim joylarida yomgʻir, ayrimlarida esa qor yogʻmoqda

Avtomashinalar ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda. Haydovchilardan tezlikni meʼyordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanish soʻralmoqda.

@daryo_live

Daryo — LIVE

27 Oct, 16:16


🇷🇺 Lipetskdagi koloniyadan 26-oktyabr kuni 6 nafar mahbus qochib ketdi

Mahbuslar qo‘lga olingach so‘roq qilindi. Ulardan biriga ko‘ra, 2 nafar mahbus Moskva viloyatiga, 4 nafari esa Qozog‘iston orqali vatani O‘zbekistonga ketmoqchi bo‘lgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

27 Oct, 15:55


🇰🇿 Qozog‘istonning Atirau shahridagi savdo markazida yong‘in chiqdi

80 kishi, jumladan, 45 bola evakuatsiya qilindi. Voqea joyiga 90 nafar oʻt oʻchiruvchi va 12 ta texnika olib kelingan, hozirda yongʻinni oʻchirish ishlari olib borilmoqda.

@daryo_live

Daryo — LIVE

27 Oct, 15:41


Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxtakoʻpir tumani, “Oʻzbekiston” mahallasida yashovchi 124 yoshli Biybixon momo Hakimniyazova saylovda ovoz berdi

@daryo_live

Daryo — LIVE

27 Oct, 15:03


❗️Oʻzbekistonda soat 20:00 da respublika hududida tashkil etilgan barcha saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlari yakunlandi

@daryo_live

Daryo — LIVE

27 Oct, 15:01


Oʻzbekistonning Hindistondagi elchixonasi huzuridagi 52-saylov uchastkasida ovoz berish yakunlandi

@daryo_live

Daryo — LIVE

27 Oct, 14:57


Andijon viloyatining Qoʻrgʻontepa tumanida yashovchi 100 yoshli Chinnixon ona Ashurova saylovda ovoz berdi

U saylov uchastkasiga 27 nafar oila-aʼzolari bilan keldi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

27 Oct, 14:23


Rossiyaning Stavropol o‘lkasida “An-2” samolyoti qulab tushdi

FVV ma’lumotlariga ko‘ra, to‘rt kishi jarohatlangan, uch nafari shifoxonaga yotqizilgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

27 Oct, 13:19


Komil Allamjonov saylovda ovoz berdi

@daryo_live

Daryo — LIVE

27 Oct, 13:12


Soat 17:00 holatiga saylovda ovoz berganlar soni 14 mln 264 ming 994 nafarni tashkil etdi

Bu jami saylovchilar sonining 71,52 foizi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

27 Oct, 12:54


Moskvada 2025-yilda muhojirlar uchun patentlar narxi 8,9 ming rublni tashkil etadi, bu amaldagi qiymatdan deyarli 1,5 ming rublga qimmat.

@daryo_live

Daryo — LIVE

27 Oct, 11:27


Isroilda yuk mashinasi yo‘lovchilarni bekatda tushirayotgan avtobusga borib urildi

Hodisa Ramat Hasharon shahrida yuz bergan, 30 dan ortiq odam jarohatlangan, 6 kishining ahvoli og‘ir.

@daryo_live

Daryo — LIVE

24 Oct, 18:43


❗️AQSH Adliya vazirligi Ilon Maskni saylovchilar o‘rtasida pulli lotoreya o'tkazish noqonuniyligi haqida ogohlantirdi

Mask avvalroq AQSH Konstitutsiyasiga birinchi va ikkinchi tuzatishlarni himoya qilish uchun petitsiyasi imzolangan bir qator shtatlarda prezidentlik saylovlarigacha har kuni bir million dollardan pulli lotoreya o'tkazishga va'da bergan edi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

24 Oct, 18:33


AQSHda bemor ayolda beshta qo‘shimcha organ aniqlandi

31 yoshli ayol qorindagi kuchli og‘riqlar tufayli shifokorga murojaat qilgan.

Tekshiruv natijalari unda ikkita bachadoni, to‘rtta tuxumdoni, ikkita bachadon bo‘yni va uchta buyragi borligini ko‘rsatgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

24 Oct, 16:15


Floridada to‘fonlardan keyin tarqalgan bakteriyalar oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi

Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, birgina shtatning o'zida jami 76 ta kasallik holati qayd etilgan.

Qo‘shma Shtatlarda o‘rtacha 150 tadan 250 tagacha Vibrio vulnificus infeksiyasini yuqtirish holatlari aniqlangan. Infeksiya yuqqan har beshinchi odam vafot etadi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

24 Oct, 15:51


Armaniston Ozarbayjonni tinchlik shartnomasini imzolashga chaqirdi

Avvalroq Yerevan Boku bilan tinchlik shartnomasini tuzish uchun Konstitutsiyani o‘zgartirishga tayyor ekanini ma’lum qilgandi .

@daryo_live

Daryo — LIVE

24 Oct, 15:08


Zokirjon Almatov “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

24 Oct, 15:05


Isroil maxfiy hujjatlar sizdirilishi sababli Eronga hujumni keyinga qoldirdi — OAV

"Qasos olinadi, ammo bu kutilganidan ko‘proq vaqt talab qildi”, dedi The Times nashrning razvedkadagi manbasi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

24 Oct, 14:58


AQSH, Qatar va Misr G'azoda o't ochishni to'xtatish uchun sa'y-harakatlarini davom ettiradi

Qatar bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdulrahmon Al Tani Dohada amerikalik hamkasbi Entoni Blinken bilan uchrashuvda ushbu mavzuni muhokama qildi.

Blinken muzokarachilarning yaqin kunlarda uchrashishini kutayotganini aytdi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

24 Oct, 14:17


Ayni vaqtda Toshkent shahrida 10 balli tirbandliklar kuzatilmoqda

@daryo_live

Daryo — LIVE

24 Oct, 14:13


❗️Polsha Rossiyaning Poznandagi bosh konsulligining o‘n nafar xodimini mamlakatdan chiqarib yuboradi

Polsha TIV mazkur konsullik yopilganligi sababli akkreditatsiya olishga ulgurmagan uch diplomat, besh nafar maʼmuriy-texnik xodim va ikki nafar xodim mamlakatni tark etishga majbur boʻlishini ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, Rossiyaning Poznandagi bosh konsulligi binosi 2002-yildagi ijara shartnomasi qoidalariga muvofiq Polsha davlat g‘aznachiligiga qaytariladi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

24 Oct, 13:43


Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyati tugatilib, Migratsiya agentligi tashkil etildi

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi Agentlikka oʻtkazilib uning negizida Migratsiya jamgʻarmasi tashkil etiladi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

24 Oct, 13:28


“O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanishning ajoyib sur’atlarini namoyish etmoqda” — Putin

BRIKS sammitining yakuniy yig‘ilishida Rossiya rahbari, shuningdek, O‘zbekistonning ulkan rivojlanish salohiyati e’tiborni tortayotganini alohida ta’kidladi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

24 Oct, 13:06


Shavkat Mirziyoyev Qozon shahriga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga joʻnab ketdi

Aeroportda oliy martabali mehmonni Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

24 Oct, 12:58


⚡️ 2024-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistoning doimiy aholisi soni 37 million 355 ming kishidan oshdi. Shundan erkaklar 18,8 million, ayollar 18,5 million nafardan ortiq—Statistika agentligi

@daryo_live

Daryo — LIVE

24 Oct, 12:45


Toshkent shahar hokimligi drenaj tizimini yaxshilash uchun 6 mlrd so‘m ajratdi

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev poytaxtning drenaj tizimi ishiga qat’iy e’tiroz bildirib, kuchli yomg‘ir haqiqiy ahvolni ko‘rsatganini qayd etgan edi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

24 Oct, 12:31


O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi miqdori oshdi

Joriy yil yanvar–sentabr oylarida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 5 million 151 ming so‘mga yetdi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

24 Oct, 12:26


Times: Isroil maxfiy hujjatlar sizdirilishi sababli Eronga hujumni keyinga qoldirdi

Nashrning aniqlik kiritishicha, Isroil bu ma’lumotlarning tarqalishi Eronga ma’lum hujum shakllarini bashorat qilishga yordam berishi mumkinligidan xavotirda.

Mazkur hujjatlar, shuningdek, garchi mamlakat rasmiylari rad etsa-da, Isroilning yadro quroliga ega ekanligini bilvosita tasdiqlagan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

24 Oct, 12:13


Boʻlajak oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlar jadvali koʻrib chiqildi

Vyetnam bosh vaziri Oʻzbekiston prezidentini rasmiy tashrif bilan Vyetnamga kelishga taklif etdi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Oct, 14:48


Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinning taklifiga binoan 23-24-oktyabr kunlari BRIKS birlashmasi davlatlarining sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Qozon shahrida boʻladi

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Oct, 13:58


Aleksey Navalniyning “Patriot” (Vatanparvar) kitobi chop etildi

Mazkur kitob dunyoning 36 ta davlatidagi kitob do‘konlarida sotuvga chiqdi. Kitob 26 tilda, shu jumladan rus tilida nashr etilgan, ammo uni Rossiyada sotib olish mumkin emas.

Navalniy o‘z tarjimai holini 2020-yilda Germaniyada yozishni boshlagan va Rossiyada qamoqxonada davom ettirgan.

Xotiralar avtobiografik qism va Navalniy koloniyada saqlagan kundalik yozuvlaridan iborat.

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Oct, 13:20


Xitoy kompaniyasi Fargʻonada qiymati 30 mln dollarlik qishloq xoʻjaligi texnikalari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshiradi

Loyihaning birinchi bosqichda 200 kishi, toʻliq ishga tushirilgach 2 000 kishi ishlashi kutilmoqda.

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Oct, 12:13


Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumanidagi uylardan birida gaz portlashi oqibatida bir oilaning 4 aʼzosi halok boʻlgani aytilmoqda

Holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Oct, 12:08


Rossiyalik 47 yoshli jurnalist Inessa Papernaya va yana ikki nafar shaxsning vafoti yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Jabrlanuvchilar oʻlimining sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Oct, 12:05


Farg‘onada sudya blogerni ochiq suddan haydab chiqargani aytilmoqda

Unda aytilishicha, bloger fuqarolik nizosiga doir sud majlisi jarayonini videotasvirga olishni so‘rab iltimosnoma kiritgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Oct, 11:58


Samarqandda Oʻzbekiston-Qozogʻiston VI hududlararo hamkorlik forumi boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qozogʻiston bosh vaziri Oljas Bektenov boshchiligida oʻtgan forumda ikki mamlakatning barcha hududlari vakillari hamda uning doirasidagi davra suhbatida 200 ga yaqin tadbirkor ishtirok etdi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Oct, 11:05


O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi ko‘tarildi

🇺🇸 dollar 12 817,85 soʻm (+12,76)
🇪🇺 yevro 13 865,07 soʻm (-24,61)
🇷🇺 rubl 132,95 soʻm (-0,15)

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Oct, 10:05


Toshkentda Lacetti haydovchisi ikki piyodani urib yuborib, o‘zi ham daraxtga borib urilib, halok bo‘ldi. Piyodalardan biri vafot etdi, ikkinchisi kasalxonada

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Oct, 09:09


Kolumbiyada Italiya mafiyasining “cho‘qintirgan otasi“ qo‘lga olindi

Germes har uch oyda kvartirasini almashtirgan, ammo har bir yangi uyiga bilyard stoli buyurtma qilgan. Politsiya shu orqali dunyodagi eng koʻp qidiruvda boʻlgan narkobaronlardan birini qo‘lga olgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Oct, 08:59


Toshkent viloyatidagi uchta zapravkada sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Oct, 08:47


Joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida bojxona organlari tomonidan 888 kg giyohvandlik vositalari, 406 ming dona psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalar ushlab qolingan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Oct, 08:15


O‘zbekistonda aviakompaniyalardan yo‘lovchilarning 195 mln so‘mdan ortiq puli undirib berildi

Raqobat qo‘mitasiga foydalanilmagan aviachipta pulini qaytarmaslik, reyslar kechiktirilayotgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘z vaqtida yetkazmayotgani, shikastlangan bagaj uchun yuk qiymatini to‘liq qoplab berilmasligi va parvozlar vaqtida yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarining talab darajasida emasligi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Oct, 07:13


Jizzaxda 800 ming so‘m qarz tufayli bir guruh erkaklar mushtlashdi

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Oct, 06:25


O‘zbekistonda bolalarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilandi

Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga tegishli o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

22 Oct, 06:16


O‘zbekistonda 2024-yil boshidan buyon quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 4 mlrd kVt/soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqarildi

@daryo_live

Daryo — LIVE

20 Oct, 11:06


Bugun “Hizbulloh” Isroil shimoliga 100 dan ortiq raketa uchirdi — Isroil armiyasi

Raketalarning bir qismi tutib olingan, bir qismi ochiq joyga tushgan. Natijada raketa tushgan joylarda yong‘inlar sodir bo‘lgan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

20 Oct, 10:59


Qashqadaryoda Gentra bilan to‘qnashgan Nexia ikkiga bo‘linib ketdi

Haydovchisi vafot etgan. Yo‘lovchilar tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

20 Oct, 08:04


O‘zbekistonda Ai-80 benzinini sotmasdan saqlab turgan zapravkalar birja savdolarida ishtirok etishi to‘xtatildi

Ayrimlarida ushbu benzin narxi asossiz oshirilgan holda sotilgan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

20 Oct, 07:44


Rossiyaning Tambov viloyatidagi ko‘p qavatli uyda gaz portlashi oqibati

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, besh kishi halok bo‘lgan, 9 kishi jarohatlangan.

@daryo_live

Daryo — LIVE

20 Oct, 07:25


🇲🇩 Moldovada prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tmoqda

Fuqarolar bir vaqtning o‘zida mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi to‘g‘risidagi referendumda ham ovoz beradi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

20 Oct, 06:52


O‘zbekistonda raqamli startaplar dasturi ishtirokchilariga 300 mln so‘mgacha qarz ajratiladi, ayrim xarajatlari qoplab beriladi

@daryo_live

Daryo — LIVE

20 Oct, 05:02


O‘zbekistonda 9 oyda ish haqi va nafaqa pullarining 5,2 mlrd so‘mi talon-toroj qilingan — Bosh prokuratura

@daryo_live

Daryo — LIVE

20 Oct, 04:11


Toshkent viloyatida Spark qo‘ylar podasini urib yuborib, yonib ketdi. 22 bosh qo‘y nobud bo‘lgan

@daryo_live

Daryo — LIVE

20 Oct, 03:28


🌤 Bugun faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Harorat 25-30 daraja bo‘ladi — “O‘zgidromet”

@daryo_live

Daryo — LIVE

19 Oct, 18:58


Britaniyada qamoqxona to‘lgani sababli 1100 nafar mahbus muddatidan oldin ozod qilinadi

Sentyabr oyida Britaniya jazoni o‘tash muassasalaridagi 1,7 mingdan ortiq jinoyatchi xuddi shunday sabab bilan shartli ozod qilingandi.

@daryo_live

Daryo — LIVE

19 Oct, 17:58


Isroil armiyasi Livan janubidagi "Hizbulloh" tunnellarini 100 tonna portlovchi modda yordamida portlatganini ma'lum qildi

@daryo_live