Muborak tumani hokimi Muxtor Xayitmuradov Xitoy Xalq Respublikasining "Shaanxi Jusenyuan Industry and Trade Co LTD" kompaniyasining ijrochi direktori bilan uchrashdi.
Uchrashuv chog‘ida xitoylik investorlar tumandagi "Shaxina Elshodbek yuksalish invest" MCHJ bilan o‘zaro hamkorlikda loyiha qiymati 1,5 mln dollarlik qiymatida bo'lgan g'isht ishlab chiqarish loyihasi bo'yicha kelishuvga erishildi.
Ma'lumot o‘rnida, ayni vaqtda ishlar boshlab yuborildi. Hozirgi vaqtda 500 ming dollarlik uskunalar keltirilib o‘rnatilmoqda.
Loyiha ishga tushirilgandan so'ng kuniga 70 ming dona pishgan g'isht ishlab chiqariladi hamda 50 nafar yangi ish o'rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X