IMRS Research @ifmr_public Channel on Telegram

IMRS Research

@ifmr_public


🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti

🟥 Институт макроэкономических и региональных исследований

Kanalga ulanish:
https://t.me/ifmr_public

Aloqa uchun: [email protected]

Sayt: https://imrs.uz/

IMRS Research (Uzbek)

IMRS Research kanali - bu yangi makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti haqida ma'lumotlarni olishingiz mumkin. Kanalda Institut yangi tadqiqotlar, maqolalar va hisobotlar haqida xabarlar taqdim etadi. IMRS Research kanali orqali makroiqtisodiy va hududiy sohalarda so'nggi yangiliklar bilan tanishishingiz mumkin

IMRS Research kanaliga ulanish uchun quyidagi havolaga o'ting: https://t.me/ifmr_publicnnAloqa uchun: [email protected] ma'lumotlar uchun rasmiy saytga murojaat qiling: https://imrs.uz/

IMRS Research

17 Feb, 11:26


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🤔 Rivojlanayotgan mamlakatlar muloqoti konferensiyasi doirasida XVJ bosh direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Uchrashuv davomida Oʻzbekiston va Xalqaro valyuta jamgʻarmasi oʻrtasidagi faol hamkorlikning bugungi holati hamda kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

🇺🇿 Batafsil
_____

🤔 A meeting with the IMF Managing Director was held within the framework of the AlUla Conference for Emerging Market Economies

During the meeting, the current state of active cooperation between Uzbekistan and the IMF and future plans were discussed.

🇬🇧 More

#AlUla #conference

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х

IMRS Research

17 Feb, 06:57


🟥 OAV biz haqimizda

IMRS Research

16 Feb, 12:27


🟥 Tez kunda: 2.0

IMRS Research

14 Feb, 14:33


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

💼 Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vakillari bilan mehnat unumdorligini oshirish yuzasidan fikr almashildi

Uchrashuv davomida tomonlar iqtisodiyotning turli sohalarida mehnat unumdorligini oshirish yuzasidan dasturlarni ishlab chiqish hamda yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda yaqindan hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildi.

🇺🇿 Batafsil
___

💼 Views were exchanged with representatives of the Japan International Cooperation Agency on increasing labor productivity

During the meeting, the parties discussed developing programs to increase labor productivity in various sectors of the economy and matters of close cooperation in advancing a green economy.

🇬🇧 More

#international_cooperation #JICA #labor_productivity

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

IMRS Research

14 Feb, 12:35


🟥 Jamg'arma, investitsiya va daromadlilik: uy-joyga investitsiya yoki depozitlar?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan Toshkent shahrida ko‘p qavatli uy-joylarga investitsiyalarning daromadliligi o‘rganildi.

Uy-joyga investitsiya qilish – faqat ko‘chmas mulkka egalik qilish emas, balki uzoq muddatli moliyaviy barqarorlik va daromad olishning ishonchli manbalaridan bo'lib kelgan.

Ushbu investitsiyaning asosiy mohiyati mulkning 2 xil daromad manbai orqali foyda keltirishida namoyon bo‘ladi:
1. Ijaraga berishdan olinadigan daromad;
2. Vaqt o‘tishi bilan mulk qiymatining o‘zgarishi orqali keladigan kapital foyda (zarar).

Ushbu ikki manba birgalikda nafaqat daromad keltiradi, balki investorga bozordagi o‘zgarishlarga moslashish imkonini ham beradi.

🏢 Toshkent shahrida uy-joyga investitsiyalarning daromadliligi tushib bormoqda. Xususan, joriy yilning yanvar oyida poytaxtda ko‘p qavatli uy-joylarga investitsiyalarning daromadliligi 2024-yilning fevral oyidagi o‘rtacha 32,4%dan 7,6%gacha sekinlashdi.

Mazkur davrda ko‘p qavatli uy-joyga investitsiyalarning daromadliligi joylashgan hududi va xonalari soniga ko‘ra bir-biridan sezilarli darajada farqlanadi:
✔️1 xonali: Mirobod -1,7% (2024-yil fevral – 53,0 %), Bektemir54,3% (46,8 %);
✔️2 xonali: Uchtepa2,6% (27,0 %), Yakkasaroy15,1% (24,2 %);
✔️3 xonali: Bektemir-5,5% (33,7 %), Yakkasaroy10,4% (22,8 %);
✔️4 xonali: Bektemir – -7,3% (37,9 %), Chilonzor16,5% (19,8 %).

📉 Uy-joylar narxi o‘zgarishidan olinadigan daromad. 2024-yil fevral oyida uy-joy va ijara narxlarining nisbatan ko‘tarilishi (tushishi) hisobiga olinishi mumkin bo‘lgan foyda Yakkasaroy, Bektemir va Chilonzor tumanlarida mos ravishda o‘rtacha 16,1%ni, 26,9%ni va 15,4%ni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yil yanvar oyida ushbu ko‘rsatkichlar 3,0%, 2,8% va 0,3%gacha pasaydi. Shuningdek, Toshkent shahrida uy-joylar narxining o‘sishdan deyarli to‘xtashi va biroz arzonlashishi natijasida joriy yilning yanvar oyida uy-joylar narxi o‘zgarishidan olinadigan o‘rtacha daromad Shayxontohur (35,8 %dan -0,8 %ga) va Yunusobod (30,4 %dan -3,4 %ga) tumanlarida sezilarli darajada pasaygani kuzatildi.

📈 Uy-joylarni ijaraga berishdan olinadigan daromad. Joriy yilning yanvar oyida uy-joylar ijarasidan olinadigan yillik o‘rtacha daromad Mirobod tumanida 10,0%ni (2024-yil fevral oyida – 10,4%), Mirzo Ulug‘bek tumanida 9,9%ni (10,6%), Shayxontohur tumanida 9,8%ni (11,6 %) tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich ijara narxlari nisbatan arzonroq bo‘lgan tumanlar – Olmazorda 8,9%ni (9,4%), Uchtepada 8,9%ni (8,6%) va Sergelida 8,9%ni (8,4 %) tashkil qildi.

📊 Daromadlilik darajasi bo‘yicha investitsion jozibadorligi yuqori hisoblangan 1 va 2 xonali xonadonlardan daromad olish imkoniyatlari ham tushib bormoqda. 2024-yilning fevral oyida 1 va 2 xonali xonadonlarga yo‘naltirilgan investitsiyalarning daromadliligi mos ravishda 35,6%ni va 30,8%ni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yil yanvar oyida ushbu ko‘rsatkich 14,3% va 7,5%gacha tushdi. Mazkur davrda 3 va 4 xonali xonadonlar uchun daromadlilik ko‘rsatkichi sezilarli darajada pasaydi (mos ravishda 5,5% (2024-yil fevralida 33,0%) va 2,9% (30,3%)).

🏦 2024-yilning yarmidan boshlab uy-joyga investitsiyalar daromadliligi jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi depozitlardan olinadigan o'rtacha daromadlilikdan past darajada shakllanib kelmoqda. 2023-2024 yillarda chet el valyutasidagi bank depozitlari bo'yicha o'rtacha foiz stavkasi 5% atrofida shakllangan bo'lsa, milliy valyutadagi depozitlar bo'yicha stavkalar 21-22% atrofida o'zgarib turdi.

📌 Rivojlanayotgan davlatlarda aholi jamg'armalarining uy-joyga yo'naltirilishi qisqa muddatda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni oshirishi mumkin. Ammo, uzoq muddatda kapital bozorini rivojlantirish va aholi uchun diversifikatsiyalangan investitsiya imkoniyatlarini taqdim etish muhim. Shu yo'l bilan aholi jamg'armalari nafaqat saqlanadi, balki milliy iqtisodiyotning turli sohalariga investitsiya qilingach, yanada jadal rivojlanish imkonini beradi.

IMRS Research

14 Feb, 09:21


We are pleased to announce that the Annual Uzbekistan Economic Update on February 20, 2025, will feature a distinguished lineup of speakers who will provide in-depth insights into Uzbekistan’s economic trajectory and key developments shaping the year ahead.

This high-level hybrid event will present a comprehensive analysis of the country’s economic performance over the past year and expert projections on key trends for 2025.

Event Speakers Include:
Laziz Kudratov – Minister of Investment, Industry, and Trade of the Republic of Uzbekistan
Toivo Klaar – Ambassador at the EU Delegation to Uzbekistan
Umid Abidhadjaev – Director of the Institute for Macroeconomic and Regional Studies under the Cabinet of Ministers, Deputy Minister of Economy & Finance
Andi Aranitasi – Director, Head of Uzbekistan at the European Bank for Reconstruction and Development (EBRD)
Céleste Laporte Talamon – Policy Analyst at the Organisation for Economic Co-operation and Development (OECD)
Davide Monguzzi – Senior Loan Officer at the European Investment Bank (EIB)

The discussion will provide a comprehensive assessment of Uzbekistan’s economic outlook, investment climate, and financial sector developments, offering valuable insights for businesses, policymakers, and investors.

📅 Date: Thursday, February 20, 2025
🌍 Mode: Hybrid (in-person & online)
Time: 10:00-12:30 CET / 14:00-16:30 UZB

🔗 Register here: link


Follow EUROUZ: @eurouz_official

Web | Instagram | Facebook | Twitter (X) | LinkedIn

IMRS Research

13 Feb, 08:09


🟥 Zahiriddin Muhammad Bobur O‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir.

U o‘zining shoh asari - «Boburnoma» bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan joy oldi. Bobur o‘zining lirik she’rlarida odamlarni yaxshilikka, adolatga, insonparvarlikka, yuksak insoniy tuyg‘ularni qadrlashga chaqiradi.

Bobur lirik she’rlari va tarixiy «Boburnoma»sidan tashqari, islom qonunshunosligi va boshqa sohalarda ham asarlar yaratgan. Uning o‘sha davr soliq tizimiga oid «Mubayyin», yangi alifbo haqidagi «Xatti Boburiy», aruz vazni va qofiya masalalariga bag‘ishlangan «Mufassal» nomli asarlarini bunga misol sifatida keltirish mumkin. Biroq ularning ayrimlari bizning davrimizgacha yetib kelmagan.

Shunga qaramay, Bobur o‘zining ma’lum va mashhur asarlari bilan tarixnavis adib, lirik shoir va ijtimoiy masalalar yechimiga o‘z hissasini qo‘shgan olim sifatida xalqimiz tarixidan munosib o‘rin egallaydi.

IMRS Research

12 Feb, 18:02


🟥 Tez kunda

Mehnat unumdorligi mavzusidagi davra suhbati

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn

IMRS Research

12 Feb, 15:59


🟥 СМИ о нас

IMRS Research

12 Feb, 12:12


🟥 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ekspertlari tomonidan go4WorldBusiness platformasi ma'lumotlariga asosan O'zbekiston mahsulotlari uchun potensial eksport bozorlari va buyurtmachilar talabi o'rganildi.

🚢 O'zbekiston nisbiy ustunlikka ega bo'lgan mahsulotlar (nisbiy ustunlik indeksi 1 dan yuqori) uchun quyidagi potensial bozorlar va yetkazib berishi mumkin bo'lgan hududlar aniqlandi:

✔️ Meva-sabzavotlar hamda ulardan tayyorlangan turli xil qiyom va sharbatlar.

Hududlar - Surxondaryo, Xorazm, Farg'ona, Samarqand, Qashqadaryo va Andijon viloyatlari
Potensial bozorlar - Hindiston, BAA, Buyuk Britaniya, AQSh, Malayziya va Singapur


✔️ Ip-gazlama, kiyimlar, kimyoviy tola va teri mahsulotlari.

Hududlar - Namangan, Qashqadaryo, Toshkent va Sirdaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi
Potensial bozorlar - Ispaniya va Indoneziya


✔️ O'g'itlar, kimyoviy mahsulotlar, un va kraxmal.

Hududlar - Farg'ona, Navoiy va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahri
Potensial bozorlar - Xitoy, Malayziya, Hindiston, Koreya Respublikasi
, Shri Lanka

✔️ Qimmatbaho toshlar va metallar, rux va mis mahsulotlari.

Hududlar - Navoiy va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahri
Potensial bozorlar - AQSh, Yaponiya, BAA, Koreya Respublikasi, Tailand, Xitoy, Hindiston, Vyetnam


Mazkur mahsulotlar buyurtmachilarining 73 foizi mahsulotni ishlab chiqarish, sug'urtalash va yetkazib berish xarajatlari sotuvchining zimmasiga yuklatilish talabini qo'yishgan (CIF).

Xaridorlarning 61 foizi to'lov shakli sifatida akkreditivni (LC - Letter of Credit), 16 foizi bank orqali to'g'ridan-to'g'ri o'tkazmalarni, 11 foizi telegrafik pul o'tkazmasini (TT - Telegraphic Transfer) afzal ko'rishadi.

Izoh: Akkreditiv xalqaro savdoda risk darajasi kichik bo'lgan eng ishonchli to'lov shakli hisoblanadi.

Buyurtmachilarning 81 foizi uchun mahsulotni yetkazib beruvchi korxona qaysi mamlakatdan ekanligining ahamiyati yo'q va ushbu bozorlarga o'zbekistonlik tadbirkorlar ham kirib borish imkoniyatiga ega.

‼️ Shuni ta'kidlash joizki, hududlarda transport va eksport infratuzilmasining ushbu potensial bozorlarga chiqish uchun moslashtirilishi, eksportchi korxonalarga yaqindan konsultativ va moliyaviy ko'mak berilishi eksport ko'lamining oshishi, samaradorlikning yaxshilanishi, innovatsion faoliyatning jadallashishi, aholi turmush darajasining oshishiga xizmat qiladi.

📌 Tadqiqotda respublika va uning hududlari uchun nisbiy ustunlik indeksi (RCA - Revealed Comparative Advantage) hisoblab chiqilgach, O'zbekiston eksport qilishda nisbiy ustunlikka ega bo'lgan mahsulotlar hamda ularni eksport qilishi mumkin bo'lgan viloyatlar aniqlandi. Tahlillarda www.go4worldbusiness.com veb-sahifasidan 2024-yilning oktyabr-dekabr oylari uchun veb-skreping (web-scraping) orqali to'plangan 16 340 ta buyurtmachining ma'lumotlari hamda Statistika agentligi ma'lumotlaridan foydalanildi.

IMRS Research

12 Feb, 08:15


🟥 Ikkilamchi avtomobil bozorida mahalliy avtomobillar hamda elekromobillar narxlarida pasayish tendensiyasi 2025-yilning yanvar oyida ham davom etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2025-yilning yanvar oyida ikkilamchi bozordagi avtomobillar narxlari tahlil qilindi.

📉 Mahalliy ommabop avtomobillar narxi. Joriy yilning yanvar oyida mahalliy ommabop avtomobillar narxi 2024-yilning dekabr oyidagiga nisbatan arzonlashdi. Xususan:

- "Onix": kam foydalanilgan - 2,4%ga ($14 350 dan $14 000 ga), ko'p foydalanilgan - 1,5%ga ($13 000 dan $12 800 ga);

- "Lacetti": kam foydalanilgan - 0,7%ga ($15 000 dan $14 900 ga), o'rtacha foydalanilgan - 1,4%ga ($14 500 dan $14 300 ga), ko'p foydalanilgan - 1,7%ga ($13 327 dan $13 095 ga);

-"Cobalt": kam foydalanilgan - 1,4%ga ($12 901 dan $12 725 ga), o'rtacha foydalanilgan - 2,4%ga ($12 300 dan $12 000 ga), ko'p foydalanilgan - 1,7%ga ($11 700 dan $11 500 ga);

- “Nexia”: o‘rtacha foydalanilgan - 1,8%ga ($11 400 dan $11 200 ga); ko'p foydalanilgan - ($10 500 dan $10 465 ga);

- "Spark": o‘rtacha foydalanilgan - 1%ga ($10 300 dan $10 200 ga), ko'p foydalanilgan - 1,1%ga ($9 300 dan $9 200 ga);

- "Damas": kam foydalanilgan - 0,5%ga ($8 135 dan $8 098 ga), o‘rtacha foydalanilgan - 1,4%ga ($8 000 dan $7 886 ga), ko'p foydalanilgan - 4,1%ga ($7 300 dan $7 000 ga) arzonlashgan.

🚖 Mahalliy lyuks avtomobillar narxi. Kam foydalanilgan "Equinox" va "Malibu" avtomobillarining o'rtacha narxlarida oshish kuzatilgan bo'lsa-da, o'rtacha va ko'p foydalanilganlari uchun narxlar arzonlashishda davom etdi. Xususan:

- "Malibu": o‘rtacha foydalanilgan - 2,1%ga ($29 100 dan $28 500 ga), ko'p foydalanilgan - 1,6%ga ($25 000 dan $24 600 ga) arzonlagan bo'lsa, kam foydalanilgan uchun o'rtacha narx 1,2%ga ($29 650 dan $30 000 ga) oshdi;

- "Equinox": o‘rtacha foydalanilgan - 1,6%ga ($30 500 dan $30 000 ga) arzonlab, ko'p foydalanilgani uchun o'rtacha narx ($26 500) o'zgarishsiz qolgan bo'lsa, kam foydalanilgani 0,9%ga ($34 000 dan $34 308 ga) oshgan;

- "Tracker": kam foydalanilgan - 1,6%ga ($18 700 dan $18 403 ga), o‘rtacha foydalanilgan - 2,3%ga ($17 700 dan $17 300 ga), ko'p foydalanilgan - 2,9%ga ($17 000 dan $16 500 ga) arzonlashgan.

🔌 Elektromobillar narxi: Mazkur davrda ko'p foydalanilgan BYD "E2" ($15 250) va "Yuan Up" ($20 000) elektromobillari narxi o'zgarmagan bo'lsa, boshqa elektromobillar o'rtacha narxlarida arzonlash kuzatildi:
- BYD "E2": yangi - 1,8%ga ($17 100 dan $16 800 ga), o'rtacha foydalanilgan - 2,9%ga ($15 970 dan $15 500 ga);
- BYD "Han": yangi - 0,9%ga ($32 500 dan $32 200 ga), ko'p foydalanilgan - 2,9%ga ($31 750 dan $31 250 ga);
- BYD "Song Plus DM-i Champion": yangi - 0,3%ga ($29 100 dan $29 000 ga), o'rtacha foydalanilgan - 1,1%ga ($27 200 dan $26 900 ga), ko'p foydalanilgan - 2,8%ga ($24 999 dan $24 300 ga);
- BYD "Song Plus EV Champion": yangi - 1,4%ga ($28 500 dan $28 090 ga), o'rtacha foydalanilgan - 3,6%ga ($26 600 dan $25 650 ga), ko'p foydalanilgan - 2,9%ga ($24 050 dan $23 350 ga).

🚖 Xorijiy avtomobillar narxi.
-"Elantra": o'rtacha foydalanilgan - 2,3%ga ($21 500 dan $21 000 ga); ko'p foydalanilgan - 4,8%ga ($21 000 dan $19 995 ga);
- "Tucson": kam foydalanilgan - 1,5%ga ($33 500 dan $33 000 ga), o'rtacha foydalanilgan - 0,8%ga ($31 750 dan $31 500 ga); ko'p foydalanilgan - 2,0%ga ($25 500 dan $25 000 ga);
- "Sportage": kam foydalanilgan - 1,4%ga ($29 000 dan $28 600 ga), o'rtacha foydalanilgan - 1,8%ga ($27 500 dan $27 000 ga);
- "Seltos": ko'p foydalanilgan - 2,1%ga ($23 500 dan $23 000 ga) arzonlagan.

🚘 Avtomobillarni bosib o‘tgan masofasi hamda ishlab chiqarilgan yiliga ko‘ra guruhlarga ajratish bo'yicha batafsil ma'lumot olish uchun avvalgi tahlillarga qarang.

📎 Avtomobillar narxini tahlil qilishda ma’lumotlar olx.uz platformasidan veb skreping (web scraping) orqali to‘plandi. Ma'lumotlar saralab olingandan so‘ng, dekabr oyi uchun 18,7 mingta, yanvar oyi uchun 16,5 mingta ma’lumotdan foydalanildi.

IMRS Research

11 Feb, 16:39


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

➡️Xalqaro maslahat kengashi ekspertlari bilan iqtisodiy sohalarda hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Muloqot davomida tomonlar ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlarni davom ettirish, soliq boshqaruvi sohasini takomillashtirish, pensiya ta’minoti tizimini rivojlantirish, inson kapitalini oshirish va demografik dividenddan samarali foydalanish hamda hududlarni samarali va barqaror rivojlantirishda Yevropaning ilg‘or tajribalaridan keng foydalanish yuzasidan muhokamalar olib bordi.

🇺🇿 Batafsil
___

➡️ Cooperation in economic sectors was discussed with experts of the International Advisory Council

During the dialogue, the parties held discussions on continuing reforms in socio-economic directions, improving the field of tax administration, developing the pension provision system, increasing human capital and effectively utilizing the demographic dividend, as well as extensively applying advanced European experiences in the effective and sustainable development of regions.

🇬🇧 More

#international_cooperation #economic_growth

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

IMRS Research

10 Feb, 14:16


🟥 2025-yilning fevral oyida Toshkent shahridagi supermarketlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2025-yilning fevral oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishini ko‘rib chiqdi.

Monitoring natijalari 6 nomdagi mahsulot bo‘yicha minimal narxlar o‘tgan oydagiga nisbatan pasayganligini ko‘rsatdi*.

▶️ Shunday qilib, kartoshkaning minimal narxi 26,1 foiz, qizil sabziniki 11,3 foiz, lavlaginiki 8,2 foiz, tuxumniki 7,8 foiz, sutniki 0,9 foiz, shakarniki 0,4 foiz pasaygan. O‘tgan oyda kartoshka narxi oshganidan keyin Pokistondan kartoshka import qilindi va bu uning narxi pasayishiga olib keldi.

❇️ 8 nomdagi mahsulot bo‘yicha minimal narxlar oshgan. Ayniqsa, oqbosh karam narxida eng katta o‘sish qayd etildi. Bu mavsumiy omil bilan bog‘liq.

▶️ Bodring narxi ham sezilarli darajada oshgan, ammo o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 30,0 foiz arzon.

✳️ 7 nomdagi mahsulotning eng past narxlari o‘zgarishsiz qolgan. Bular - bug‘doy uni, guruch, grechka, makaron, olma, banan, tovuq go‘shti (file).

*tahlil 2025-y. 9-yanvar va 6-fevral kunlari o‘tkazilgan monitoring ma’lumotlari
asosida amalga oshirildi.

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn

IMRS Research

10 Feb, 14:16


🟥 Изменение продовольственных цен в супермаркетах города Ташкента в феврале 2025 года

Эксперты Института макроэкономических и региональных исследований при Кабинете Министров Республики Узбекистан (ИМРИ) в феврале 2025 года провели очередной мониторинг цен на продовольственную продукцию по 21 позиции в крупнейших сетях супермаркетов г. Ташкента.

Результаты мониторинга показали, что по 6 позициям минимальные цены снизились в сравнении с предыдущим месяцем*.

▶️ Так, снижение цен на картофель составило 26,1%, морковь красную – 11,3%, свёклу столовую – 8,2%, яйца – 7,8%, молоко – 0,9%, сахар – 0,4%. Импорт картофеля из Пакистана поспособствовал снижению цен на картофель после роста цен в прошлом месяце.

❇️ По 8 позициям минимальные цены выросли. Наибольший рост цен отмечен на капусту белокочанную, что обусловлено сезонным фактором.

▶️ Также значительно выросли цены на огурцы. Но в сравнении с показателем соответствующего периода прошлого года цены на огурцы ниже на 30,0%.

✳️ По 7 позициям минимальные цены остались без изменений. Это пшеничная мука, рис, гречка, макароны, яблоки, бананы, мясо курицы (филе).

*анализ выполнен по данным мониторинга, проведенного 9 января и 6 февраля 2025 г.

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn

IMRS Research

08 Feb, 07:48


«Nasoyim ul-Muhabbat»
Alisher Navoiy


"Bir kuni Xoja Muzaffar Navqonda aytardi:
- Bir kosa to‘la tariqdan bir donasi Shayx Abusaid Abulxayrdir, qolgan barchasi men.

Shayx Abusaidning bir muridi ham bu majlisda hozir edi. Bu so‘zdan achchig‘i kelib, turib shayxning huzuriga bordi va bo‘lib o‘tgan so‘zni aytdi.

Shayx dedi:
- O‘sha bir dona ham ulardirlar. Biz hech nima emasmiz."

«Nasoyim ul-Muhabbat»
Alisher Navoiy

IMRS Research

07 Feb, 17:15


🟥 OAV biz haqimizda

IMRS Research

07 Feb, 15:15


🟥 Murodjon Farmanov, O'zbekiston Ipoteka qayta moliyalashtirish kompaniyasi Bosh ijrochi direktori, CFA

Batafsil

IMRS Research

07 Feb, 15:02


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

➡️ Fransiyaning “Bureau Veritas” kompaniyasi vakillari bilan mamlakatimizda yashil iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Muloqot davomida tomonlar mamlakatimizda yashil iqtisodiyotni rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, ushbu yo‘nalishda hamkorlik olib borish imkoniyatlari va yo‘nalishlari bo‘yicha muhokamalar olib bordi.

🇺🇿 Batafsil
___

➡️ Issues concerning the development of a green economy in our country were discussed with representatives of the French company "Bureau Veritas"

During the conversation, the parties discussed the ongoing efforts to develop the green economy in our country, as well as the opportunities and potential areas for collaboration in this direction.

🇬🇧 More

#international_cooperation #green_economy

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

IMRS Research

07 Feb, 11:42


Toshkent shahrida uy-joylar uchun ijara narxlari 2024 yil noyabrdan beri arzonlashishda davom etmoqda.

🟥 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2024-yilning yanvar oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun taklif etilgan ijara narxlari tahlil qilindi.

Mazkur davrda poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun o'rtacha ijara narxlari dekabr oyiga nisbatan 0,1 foizga, to'liq ta’mirlangan xonadonlar uchun esa 0,3 foizga arzonlashdi.

📉 O‘rtacha ta’mirlangan uy-joylar ijarasi. 2024-yilning yanvar oyida o'rtacha ta'mirlangan 1 xonali va 2 xonali xonadonlar uchun o'rtacha ijara narxi dekabr oyiga nisbatan mos ravishda 0,3 foiz va 0,4 foizga pasaygan bo'lsa, 3 xonali va 4 xonali xonadonlar uchun mos ravishda 0,1 foizga va 0,3 foizga ko'tarilgan.

‼️ O'rtacha ta'mirlangan xonadonlar uchun
taklif etilgan nisbatan arzon ijara narxlari:
- Sergeli tumani (1 xonali - 297 AQSh dollari, 2 xonali – 355 AQSh dollari, 3 xonali – 415 AQSh dollari, 4 xonali - 419 AQSh dollari);
- Olmazor tumani (1 xonali – 293 AQSh dollari, 2 xonali – 352 AQSh dollari, 3 xonali – 419 AQSh dollari, 4 xonali – 493 AQSh dollari).
Nisbatan qimmat ijara narxlari:
- Mirobod tumani (1 xonali – 344 AQSh dollari, 2 xonali – 512 AQSh dollari, 3 xonali – 643 AQSh dollari, 4 xonali – 705 AQSh dollari);
- Yakkasaroy
tumani (1 xonali – 383 AQSh dollari, 2 xonali – 487 AQSh dollari, 3 xonali – 677 AQSh dollari, 4 xonali – 722 AQSh dollari).

🏡 To’liq ta’mirlangan uy-joylar ijarasi. Mazkur davrda to'liq ta'mirlangan 1 va 3 xonali xonadonlar uchun o'rtacha ijara narxi 0,5 foizga, 2 xonalilar uchun 0,7 foizga pasaygan bo'lsa, 4 xonali xonadonlar uchun 0,5 foizga oshgan.

‼️ To'liq ta'mirlangan uy-joylar uchun taklif etilgan
nisbatan arzon ijara narxlari:
- Sergeli tumani (1 xonali – 321 AQSh dollari, 2 xonali – 417 AQSh dollari, 3 xonali – 513 AQSh dollari, 4 xonali – 641 AQSh dollari);
- Uchtepa tumani (1 xonali – 386 AQSh dollari, 2 xonali – 450 AQSh dollari, 3 xonali – 534 AQSh dollari, 4 xonali – 624 AQSh dollari).
Nisbatan qimmat ijara narxlari:
- Mirobod tumani (1 xonali – 485 AQSh dollari, 2 xonali – 731 AQSh dollari, 3 xonali – 1027 AQSh dollari, 4 xonali – 1328 AQSh dollari);
- Shayxontohur tumani (1 xonali – 521 AQSh dollari, 2 xonali – 732 AQSh dollari, 3 xonali – 1093 AQSh dollari, 4 xonali – 1381 AQSh dollari).

 📎 Ijara narxlari olx.uz platformasidan veb-skreping (web scraping) orqali olingan ochiq ma'lumotlar asosida tahlil qilindi. Bunda 2024-yilning dekabr oyi uchun 35,3 mingta va 2025-yilning yanvar oyi uchun 35,7 mingta ma'lumotdan foydalanildi. Ikkala davr uchun ham tahlil narxlar chegarasining yuqori va pastki 5 foizlik kvantillari chiqarib tashlanganidan keyin amalga oshirildi.

IMRS Research

07 Feb, 11:18


9 февраля - день рождения великого поэта и мыслителя Алишера Навои

***

Общайся с тем, кто чист душой, и в помыслах хорош,
Желая добрых встреч, иди, коль сам добро несёшь.
С приятной речи день начни, не вызвав в людях дрожь,
Любовь людей к тебе придёт, в ней радость обретёшь.

* * *

Пусть справедливостью твоей любуется народ,
И украшение дней твоих, спасёт от всех невзгод.
В фундамент правду заложи, стена не подведёт,
А справедливость вознеси, пусть куполом взойдёт.

IMRS Research

07 Feb, 11:18


🟥 Alisher Navoiy o‘zbek mumtoz adabiyoti uchun nihoyatda katta me’ros qoldirgan ulug‘ mutafakkirdir. Uning o‘zbek tilidagi she’riy merosi asosan «Xazoyin ul-maoniy» devoniga jamlangan. Asar to‘rt qismdan iborat bo‘lib, unda Sharq she’riyatining 16 turi namoyon bo‘lgan.

Navoiy ijodining shoh asari – bu 52 ming misrani tashkil etuvchi, besh dostondan iborat «Xamsa». U ona tilimizning so‘z boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini namoyish etishi barobarida borliq va tabiat, inson va jamiyat, axloq va kamolot haqidagi o‘ziga xos qomus hamdir. Umuman olganda, odamiylik, bag‘rikenglik, ezgulik shoir falsafasining asosini tashkil etadi.

Alisher Navoiy davrida adabiy muhit bilan birga davlat boshqaruvida ham turkiy tilning ahamiyati, mavqei keskin ko‘tarildi. Hazrat Navoiy, shuningdek, bunyodkorlik ishlari bilan mamlakat taraqqiyoti va el farovonligini ta’minlashga ham o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. Uning boy adabiy merosi va o‘lmas g‘oyalari bugungi kun uchun ham hamohang va ibratlidir.

IMRS Research

07 Feb, 11:15


🟥 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari tomonidan 2024-yil uchun nominal (NEER) va real samarali almashuv kursi (REER) indekslari hisoblab chiqildi.

Izoh: 2024-yilda O‘zbekiston uchun NEER va REER indekslarini hisoblashda savdo hamkorlarimiz sifatida O‘zbekistonning umumiy tashqi savdo aylanmasida 83 foiz hissaga ega bo‘lgan 20 ta mamlakat, bazaviy davr sifatida 2019-yilning yanvar oyi tanlab olindi.

📉 2024-yilda O‘zbekistonda real samarali almashuv kursi indeksi ko‘tarildi. Xususan, 2024-yilning dekabr oyida REER indeksi 2023-yilning mos davriga nisbatan 4,8 bandga (106,6 dan 111,4 ga) ko‘tarildi. Bunda, so'mning AQSH dollariga nisbatan almashuv kursi o'zgarishi ta'siri 3,3 band bo'lgan bo'lsa, inflatsiyaning ta'siri 1,5 bandni tashkil etdi.

Ta’kidlash joizki, 2024-yilning dastlabki 9 oyida REER indeksi 104,1 va 105,7 oralig‘ida shakllangan bo‘lsa, IV chorak yakuniga kelib III chorak yakuniga nisbatan 6,6 bandga oshdi.

2024-yilda nominal samarali almashuv kursi 4,1 bandga (90,0 dan 94,1 ga) o‘sdi.

‼️ Izoh: Iqtisodiyotda real samarali almashuv kursining ko'tarilishi, boshqa omillar o'zgarmas deb qaralganda, eksport narxlarining qimmatlashishi va import narxlarining arzonlashishiga olib kelishi mumkin.

2024-yilda REER indeksining oshishiga ta'sir etuvchi muhim omillardan biri sifatida asosiy savdo hamkor davlatlar milliy valyutalarining AQSh dollarga nisbatan qadrsizlanishi o‘zbek so‘mi qadrsizlanishiga nisbatan yuqori ekanligini keltirish mumkin.

Ma’lumot uchun: 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida so‘mning AQSh dollarga nisbatan nominal kursi 3,8 foizga qadrsizlangan bo‘lsa, Rossiya rubli 16,8 foizga, Qozog‘iston tengesi 15,5 foizdan ko‘proqqa va turk lirasi deyarli 16,6 foizga qadrsizlandi. Bu o'z navbatida, REER indeksining 3,3 bandga o'sishiga ta'sir o'tkazdi.

Shuningdek, 2024-yilda O‘zbekistondagi narxlar darajasi dinamikasi va asosiy savdo hamkorlarimizdagi makroiqtisodiy tendensiyalar orasida farqlarning yuzaga kelishi REER indeksining o‘sishiga ta’sir etdi.

Ma’lumot uchun: 2024-yilda O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 9,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich Rossiyada 9,5 foizga, Qozog‘istonda 8,6 foizga va Xitoyda 0,2 foizga teng bo‘ldi. Inflyatsiya omilining REER indeksiga ta'siri 1,5 bandni tashkil etdi.

IMRS Research

07 Feb, 02:49


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

💼 Yaponiya hukumatining “JETRO” tashkiloti vakillari bilan mehnat unumdorligini oshirish yuzasidan fikr almashildi

Uchrashuv davomida tomonlar mamlakatimiz iqtisodiyotida mehnat unumdorligini oshirish, bu yo‘nalishda ilg'or xalqaro tajribaga asoslangan samarali va barqaror institutsional yechimni shakllantirish yuzasidan muhokamalar olib bordi.

🇺🇿 Batafsil
___

💼 Views were exchanged with representatives of the Japanese government organization "JETRO" on increasing labor productivity

During the meeting, the parties held discussions on increasing labor productivity in economy, establishing an effective and sustainable system in this direction based on best international practices.

🇬🇧 More

#international_cooperation #JETRO #labor_productivity

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

IMRS Research

05 Feb, 17:54


🟥 Qadriyatlar

IMRS Research

05 Feb, 05:20


Куала-Лумпурда давлатимиз раҳбари Шавкат Мирзиёевни тантанали кутиб олиш маросими бўлиб ўтди

В Куала-Лумпуре состоялась торжественная церемония встречи главы нашего государства Шавката Мирзиёева

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

IMRS Research

05 Feb, 04:22


Куала-Лумпур шаҳридаги "Пердана Путра" ҳукумат мажмуасида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевни расмий кутиб олиш маросими бўлиб ўтди.

В правительственном комплексе «Пердана Путра» в городе Куала-Лумпуре прошла торжественная церемония официальной встречи Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева.

#Mirziyoyev #tashrif #Malayziya #marosim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

IMRS Research

03 Feb, 20:31


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🌱 “Yashil” tashabbuslar bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqot loyihalari bilan yaqindan tanishildi

Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida faoliyat yuritayotgan ilmiy xodimlari tomonidan qishloq xo'jaligi ekinlarini ekish yordamchi texnikasi, ekinlarni yetishtirish uchun tabiiy o'g'itlarni tayyorlash, tabiiy issiqlik yordamida issiqxonalarda ekinlarni yetishtirish bo'yicha olib borilayotgan tadqiqot loyihalari bilan yaqindan tanishildi.

🇺🇿 Batafsil
___

🌱 A close examination was conducted of ongoing research projects related to "green" initiatives

The working group closely familiarized themselves with the research projects conducted by the scientific staff of the Bukhara Institute of Natural Resources Management. These projects focus on auxiliary equipment for sowing agricultural crops, preparation of natural fertilizers for crop cultivation, and growing crops in greenhouses using natural heat.

🇬🇧 More

#Green #GreenEconomy #GreenGrowth

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

IMRS Research

03 Feb, 20:31


Президент Шавкат Мирзиёев йирик транспорт инфратузилмаси лойиҳалари бўйича ҳисобот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с отчетом по крупным проектам транспортной инфраструктуры.

#Mirziyoyev #yigilish #transport #avtomobil

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

IMRS Research

03 Feb, 13:44


🟥 YANVAR oyida olib borilgan tadqiqotlarning natijalarini
quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn

IMRS Research

02 Feb, 05:56


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Малайзия Бош вазири Анвар Иброҳимнинг таклифига биноан 4-5 февраль кунлари расмий ташриф билан ушбу мамлакатда бўлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Премьер-министра Малайзии Анвара Ибрагима 4-5 февраля посетит эту страну с официальным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Malayziya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

IMRS Research

23 Jan, 14:55


O‘zbekiston va Malayziya kichik va o‘rta biznes hamda barqaror rivojlanish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlashadi

Kuala-Lumpur, 22 yanvar, 2025 yil – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi delegatsiyasi vakillari Malayziyaning Tadbirkorlik va kooperativlarni rivojlantirish vaziri o’rinbosari Datuk Seri R. Ramanan bilan uchrashdi.

Uchrashuvda kichik va o‘rta bizneslarni rivojlantirish, tadbirkorlik tizimini mustahkamlash, shuningdek, Atrof-muhit, Ijtimoiy va Korporativ boshqaruv (ESG) amaliyotlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar kichik va o’rta biznes kesimida halol sertifikatsiya sanoatini rivojlantirish va turizm sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish imkoniyatlarini ta’kidlab, kelgusida tajriba va eng yaxshi amaliyotlar almashish uchun tizimli seminarlar va o’zaro tashriflar o‘tkazishga kelishib oldilar.

IMRS Research

23 Jan, 14:55


Узбекистан и Малайзия укрепляют сотрудничество в развитии МСП и устойчивого роста

Куала-Лумпур, 22 января 2025 года – Делегация министерства экономики и финансов Республики Узбекистан провела встречу с заместителем министра развития предпринимательства и кооперативов Малайзии Датук Сери Р. Рамананом.

В ходе встречи обсуждались вопросы развития малых и средних предприятий (МСП), укрепления предпринимательской экосистемы, а также внедрения принципов экологического, социального и корпоративного управления (ESG).

Стороны рассмотрели возможности для усиления сотрудничества в сфере халяльной промышленности и туризма, договорившись о проведении серии семинаров для обмена опытом и лучшими практиками.

IMRS Research

23 Jan, 00:31


Oʻzbekiston va Malayziya: Yashil iqtisodiyot va innovatsion rivojlanish sohasida hamkorlikni mustahkamlash

2025-yil 22-yanvar kuni Kuala-Lumpurda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi delegatsiyasi Malayziya Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari YB Dato’ Hajja Hanifah Hajar Taib bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda Malayziyaning barqaror iqtisodiy oʻsishni ta’minlashdagi muvaffaqiyatli tajribasi, resurslarni samarali boshqarish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, hududiy iqtisodiyotni ragʻbatlantirish boʻyicha tajribasi batafsil muhokama qilindi.

Muloqot davomida tomonlar quyidagi masalalarda hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qildilar:
Yashil iqtisodiyot – qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqlim o’zgarishiga moslashish strategiyalarini ishlab chiqish va uglerod emissiyalarini qisqartirish boʻyicha qoʻshma loyihalar;
Texnologik innovatsiyalar – ilmiy tadqiqotlarni amaliy iqtisodiyotga tatbiq qilish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va texnologiyalar transferini qoʻllab-quvvatlash;
Inson kapitalini rivojlantirish – mehnat bozorini tinglagan holda yosh mutaxassislarni tayyorlash borasida bilim va malaka almashish uchun seminar va treninglar tashkil qilish

Uchrashuv yakunida tomonlar iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish maqsadida muntazam muloqotni davom ettirish va ikki tomon uchun o‘zaro manfaatli bo‘lgan yo‘nalishlarda imkoniyatlar muntazam o’rganib borilishiga kelishib oldilar. Bu hamkorlik Oʻzbekistonning 2030-yilga moʻljallangan Yashil iqtisodiyot strategiyasini amalga oshirishda xalqaro tajriba va resurslardan samarali foydalanish uchun muhim platforma boʻlib xizmat qiladi.

IMRS Research

23 Jan, 00:31


Узбекистан и Малайзия: Укрепление сотрудничества в области зелёной экономики и инновационного развития

22 января 2025 года делегация Министерства экономики и финансов Республики Узбекистан провела встречу с заместителем министра экономики Малайзии YB Дато’ Хаджей Ханифой Хаджар Таиб в Куала-Лумпуре.

В ходе встречи подробно обсуждался успешный опыт Малайзии в обеспечении устойчивого экономического роста, эффективного управления ресурсами, развития возобновляемых источников энергии и стимулирования региональной экономики. Эти приоритеты тесно связаны с целями Узбекистана в области диверсификации экономики и зелёного развития.

Стороны рассмотрели перспективы сотрудничества в следующих направлениях:
Зелёная экономика – реализация совместных проектов по расширению использования возобновляемых источников энергии, разработка стратегий адаптации к изменению климата и сокращение выбросов углерода;
Технологические инновации – трансфер технологий, интеграция научных исследований в экономику и развитие цифровых решений;
Развитие человеческого капитала – проведение семинаров и тренингов для обмена опытом в подготовка молодых специалистов при системном учете динамики рынка труда.

В завершение встречи стороны договорились о продолжении регулярного диалога и расширении сотрудничества в ключевых направлениях, которые принесут взаимную выгоду обеим странам. Это партнёрство создаёт важную платформу для реализации Стратегии зелёной экономики Узбекистана до 2030 года, основанной на интеграции международного опыта и ресурсов.

IMRS Research

21 Jan, 15:58


O‘zbekiston ITB Ilg’or yechimlar Markazida Malayziyaning iqtisodiy tajribasini o‘rganmoqda

Kuala-Lumpur, Malayziya – 2025-yil 20-yanvar

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi delegatsiyasi vazir o‘rinbosari i.f.d. Umid Abidhadjayev boshchiligida Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida joylashgan Islom taraqqiyot banki (ITB) Ilg’or yechimlar Markaziga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida barqaror moliyalashtirish, halol sertifikatlash sanoatini rivojlantirish va amaliyotda muvaffaqiyatdan o’tgan innovatsion iqtisodiy yechimlarni joriy etish sohalarida hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Malayziya: iqtisodiy islohotlar uchun yetakchi namuna
Jahon banki prognozlariga ko‘ra, Malayziya 2028-yilgacha yuqori daromadli davlatlar qatoriga kirishi mumkin. Bunga mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishi va kuchli valyuta bilan birga innovatsion iqtisodiy siyosati sabab bo‘lmoqda. Malayziyaning moliyaviy barqarorlik, muvozanatli rivojlanish va ilg‘or boshqaruvga asoslangan muvaffaqiyati O‘zbekiston uchun o‘rganishga arziydigan tajribadir.

ITB Ilg’or yechimlar Markazining o‘rni
Markaz Malayziyaning muvaffaqiyatli iqtisodiy yechimlari va tajribasini ITB a’zo davlatlari bilan bo‘lishish bo‘yicha asosiy platforma hisoblanadi.

Markazning tajribasi quyidagi yo‘nalishlarda muhim ahamiyat kasb etadi:

Barqaror moliyalashtirish: Malayziya yashil va islom moliyasi bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Xususan, Malayziyaning uglerod birliklari savdosi va barqaror loyihalar uchun innovatsion moliya vositalari O‘zbekistonning yashil iqtisodiyot maqsadlariga mos keladi.

Halol sertifikatsiya sanoatini rivojlantirish: Halol sertifikatsiya ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha Markazning tajribasi O‘zbekistonga global miqyosda ziyorat turizmi rivojlanishi sharoitida oziq-ovqat va turizm sohalarida xalqaro standartlarni joriy etish va raqobatbardoshlikni oshirishda yordam beradi.

Innovatsion yechimlar: Malayziyaning moliyaviy texnologiyalar (fintech) va raqamli moliya bo‘yicha ilg‘or tajribasi aholisining aksariyati yoshlardan iborat O’zbekiston uchun ulkan ahamiyat kasb etadi.

Muhim natijalar
Uchrashuv davomida malaka oshirish dasturlari, halol sertifikatlash sanoatini rivojlantirish strategiyalari va barqaror moliyalashtirish bo‘yicha hamkorlik rejalari muhokama qilindi. Tomonlar hamkorlikni amaliy natijalarga aylantirishga kelishib oldilar.

Malayziyaning iqtisodiy muvaffaqiyatlaridan o‘rganish va ITB Ilg’or yechimlar Markazining tajribasidan foydalanish O‘zbekistonni diversifikatsiyalangan, barqaror va innovatsion iqtisodiyot sari harakatlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

IMRS Research

21 Jan, 15:58


Узбекистан изучает экономический опыт Малайзии в Центре передового опыта ИБР

Куала-Лумпур, Малайзия – 20 января 2025 года

Делегация Министерства экономики и финансов Республики Узбекистан во главе с заместителем министра, д.э.н. Умидом Абидхаджаевым посетила Центр передового опыта Исламского банка развития (ИБР) в Куала-Лумпуре. В ходе визита обсуждались возможности сотрудничества в области устойчивого финансирования, развития халяльной индустрии и внедрения инновационных экономических решений доказавших свою эффективность.

Малайзия: образец экономической трансформации
По прогнозам Всемирного банка, Малайзия может достичь статуса страны с высоким уровнем дохода уже к 2028 году благодаря устойчивому экономическому росту и укреплению национальной валюты. Успех Малайзии, основанный на инновационной экономической политике, устойчивом развитии и эффективном управлении, является достойным примером для Узбекистана.

Роль Центра передового опыта ИБР
Центр служит ключевой платформой для передачи опыта Малайзии странам-членам ИБР.

Его деятельность предлагает Узбекистану доступ к передовым решениям и экспертным знаниям по следующим направлениям:

Устойчивое финансирование: Малайзия занимает лидирующую позицию в разработке зелёных и исламских финансовых инструментов. Опыт страны в области торговли углеродными кредитами и финансирования устойчивых проектов соответствует целям Узбекистана в развитии зелёной экономики.

Развитие халяльной индустрии: Экспертиза Центра в области сертификации и развития экосистемы халяль открывает для Узбекистана новые возможности для повышения конкурентоспособности в секторах продовольствия и паломнического туризма.

Инновационные решения: Прогресс Малайзии в области финтеха и цифровых финансовых технологий может стать важным ориентиром для модернизации финансовой системы Узбекистана, где большую часть населения составляет молодежь.

Основные результаты
В ходе встречи обсуждались программы повышения квалификации, стратегии развития халяльной индустрии и внедрение устойчивых финансовых механизмов. Обе стороны подчеркнули важность превращения сотрудничества в конкретные проекты, которые внесут вклад в экономические реформы Узбекистана.

Изучение достижений Малайзии и использование опыта Центра передового опыта ИБР станут важными шагами для ускорения перехода Узбекистана к диверсифицированной, устойчивой и инновационной экономике.

IMRS Research

11 Jan, 05:23


🟥 Hududlar ishlab chiqarish sanoatining raqobat ustunligi reytingi tahlili

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2024-yilning yanvar-sentyabr oylari uchun hududlar sanoatining raqobat ustunligi reytingi ishlab chiqildi. Ushbu reyting hududlarning ishlab chiqarish sanoati salohiyati va raqobatbardoshligini baholashga qaratilgan.

📊 Reyting natijalari:
Reyting ishlab chiqarish sanoatining diversifikatsiya va lokalizatsiya ko‘rsatkichlari asosida baholanib, bunda Herfindal-Hirshman indeksi (HHI) va Aniqlangan qiyosiy ustunlik (Revealed Comparative Advantage (RCA)) indeksidan foydalanildi.

📈 Tahlil natijalariga ko‘ra, hududlar 3 guruhga bo‘lindi:

🔹I guruh tarkibi – ishlab chiqarish sanoatida yuqori darajadagi raqobat ustunligiga ega bo‘lgan Toshkent sh., Fargʻona va Namangan viloyatlaridan iborat bo‘ldi. Ushbu hududlarning o‘ziga xos xususiyati ishlab chiqarishning diversifikatsiylashgani (HHI=818-1472) hamda tarmoqlarning aksariyat qismi (o‘rtacha 30%dan yuqori) raqobat ustunlik bo‘yicha yetakchi o‘rinlarga egaligida kuzatiladi;

🔹II guruhga ishlab chiqarish sanoati o‘rta darajada diversifikatsiyalashgan va raqobat ustunligi o‘rtacha bo‘lgan Samarqand, Sirdaryo, Qashqadaryo, Toshkent, Xorazm, Surxondaryo viloyatlari (jami hududlarning 42%i) kirgan. Bunda ishlab chiqarish sanoati diversifikatsiya koeffisiyenti (HHI=1523-2435), raqobat ustunlikka ega yetakchi tarmoqlarning ulushi esa o‘rtacha 22% ga teng.

🔹III guruhga raqobat ustunlik darajasi quyi bo‘lgan hududlar – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Andijon, Navoiy viloyatlari kirgan. Ularning ishlab chiqarish sanoati diversifikatsiyalashuvi nisbatan past bo‘lgan (HHI=2574-6290), yaʼni 1-2 ta sohaga yuqori bog‘liqlik (ishlab chiqarish sanoatidagi ulushi 60%dan yuqori) va raqobat ustunlikka ega tarmoqlarning cheklanganligi kuzatilmoqda.

🔍 Тahlillar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston sanoati rivojlanishida joylarda mavjud salohiyat va zahiralardan oqilona foydalanishdan kelib chiqib, yangi tayanch nuqtalarini yaratish hududlarning raqobat ustunliklarini barqarorlashtirishga va hududlararo tafovutlarni kamaytirishga zamin yaratadi. Shu bilan birga, "O‘zbekiston – 2030" strategiyasida mahalliy xomashyo bazasidan samarali foydalanish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, sanoatning "drayver" sohalarini rivojlantirish va hududlarning sanoat salohiyatini to‘liq ishga solish ko‘zda tutilgan.

🔰Umuman olganda, hududlar ishlab chiqarish sanoatining raqobat ustunligi reytingi mamlakatimizda hududlarining sanoat salohiyati va raqobatbardoshligini baholash uchun muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu reyting natijalari hududlarning iqtisodiy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda va investitsiyalarni jalb qilishda foydali bo‘lishi mumkin.

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn

IMRS Research

11 Jan, 05:20


🟥 Toshkent shahrida uy-joy ijara narxlari o'rtacha ta'mirlangan xonadonlar uchun pasaygan bo'lsa, to'liq ta'mirlangan 3 va 4 xonali xonadonlar uchun o'sishi kuzatildi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI)
mutaxassislari tomonidan 2024-yilning dekabr oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun o'rtacha ijara narxlari tahlil qilindi.

Mazkur davrda poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun o'rtacha ijara narxlari noyabr oyiga nisbatan 0,9 foizga pasaygan bo'lsa, to'liq ta’mirlangan xonadonlar uchun o'rtacha narxlar
0,7 foizga ko'tarildi.

📉 O‘rtacha ta’mirlangan uy-joylar ijarasi. 2024-yilning dekabr oyida o'rtacha ta'mirlangan 1 xonali xonadonlar uchun o'rtacha ijara narxi noyabr oyiga nisbatan 0,7 foizga, 2 xonalilar uchun 0,4 foizga,
3 xonalilar uchun 1,3 foizga hamda 4 xonali xonadonlar uchun 0,8 foizga tushdi.

‼️ O'rtacha ta'mirlangan xonadonlar uchun
nisbatan arzon ijara narxlari:
- Sergeli (1 xonali - 296 AQSh dollari, 2 xonali – 345 AQSh dollari, 3 xonali – 414 AQSh dollari, 4 xonali - 451 AQSh dollari);
- Olmazor (1 xonali – 286 AQSh dollari, 2 xonali – 353 AQSh dollari, 3 xonali – 426 AQSh dollari, 4 xonali – 457 AQSh dollari) tumanlarida taklif etilgan bo'lsa,
nisbatan qimmat ijara narxlari:
- Mirobod (1 xonali – 374 AQSh dollari, 2 xonali – 510 AQSh dollari, 3 xonali – 634 AQSh dollari, 4 xonali – 800 AQSh dollari);
- Yakkasaroy (1 xonali – 380 AQSh dollari, 2 xonali – 521 AQSh dollari, 3 xonali – 667 AQSh dollari, 4 xonali – 733 AQSh dollari) tumanlarida kuzatildi.

🏡 To’liq ta’mirlangan uy-joylar ijarasi. Mazkur davrda to'liq ta'mirlangan 1 xonali (0,7 foizga) va 2 xonali (1,1 foizga) xonadonlar o'rtacha ijara narxlari tushgan bo'lsa, 3 xonali (0,9 foizga) hamda
4 xonali (3,8 foizga) xonadonlar o'rtacha ijara narxlari oshdi.

‼️To'liq ta'mirlangan uy-joylarning
nisbatan arzon ijara narxlari:
- Sergeli (1 xonali – 321 AQSh dollari, 2 xonali – 415 AQSh dollari, 3 xonali – 508 AQSh dollari, 4 xonali – 613 AQSh dollari);
- Uchtepa (1 xonali – 365 AQSh dollari, 2 xonali – 453 AQSh dollari, 3 xonali – 524 AQSh dollari, 4 xonali – 644 AQSh dollari) tumanlarida,
nisbatan qimmat ijara narxlari:
- Mirobod (1 xonali – 486 AQSh dollari, 2 xonali – 725 AQSh dollari, 3 xonali – 1033 AQSh dollari, 4 xonali – 1356 AQSh dollari);
- Shayxontohur (1 xonali – 535 AQSh dollari, 2 xonali – 735 AQSh dollari, 3 xonali – 1104 AQSh dollari, 4 xonali – 1303 AQSh dollari) tumanlarida kuzatildi.

  📎 Ijara narxlari olx.uz platformasidan veb-skreping (web scraping) orqali olingan ochiq ma'lumotlar asosida tahlil qilindi. Bunda 2024-yilning noyabr oyi uchun 38,1 mingta va dekabr oyi uchun 35,1 mingta ma'lumotdan foydalanildi. Ikkala davr uchun ham tahlil narxlar chegarasining yuqori va pastki 5 foizlik kvantillari chiqarib tashlanganidan keyin amalga oshirildi.

IMRS Research

09 Jan, 13:25


Studiya 24 | «Atrof-muhitni asrash va «yashil» iqtisodiyot yili» Davlat dasturi loyihasi umumxalq muhokamasida

IMRS Research

05 Jan, 09:31


🟥 Tabiat bilan uyg'unlik milliy qadriyat sifatida

Nafas yo‘li kasalliklarining tarqalishiga tabiatdagi ifloslanishning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lgan RM2.5 ning ta’siri ham bordir. RM2.5 emissiyasining 1 mikronga kamayishi (m3 maydonga) nafas yo‘li kasalliklari tufayli o‘limni 2-3 kishiga (100 ming kishiga ) kamaytirish imkonini beradi.

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti
(MHTI) mutaxassislari ekonometrik yondashuv asosida tabiat bilan uyg'unlik va aholi jon boshiga to'g'ri keladigan yalpi ichki mahsulot (YaIM) o'rtasidagi bog'liqlikni tahlil qildi.

Inson hayotining tabiat bilan uzviy bog‘liqligi minglab yillar oldin o‘z isbotini topgan haqiqat. Tabiatdagi har bir hodisa, voqea va jarayonlar inson hayotiga bevosita ta’sir o‘tkazmay qolmaydi. Shuning uchun bugungi kunda tabiatga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, uni asrab-avaylash va u bilan uyg‘un holda yashash eng dolzarb mavzulardan biriga aylangan.

Eng muhimi, tabiatga muhabbat tuyg‘usini yoshlar ongiga qadriyat sifatida singdirish darkor.

Zotan, tabiatni asrash insoniyatni asrash, demakdir va buni bir qonun, tashkilot yoki dastur bilangina emas faqat chuqur singdirilgan kundalik qadriyat darajasida amalga oshirish mumkin.

Atrof-muhit omillarining aholi salomatligi va mehnat unumdorligiga ta’siri o‘nlab yillar davomida tadqiqot mavzusi bo‘lib kelgan.

Iqtisodiy nuqtayi nazardan, sog‘lom aholi va ishchi kuchi farovonligi mehnat unumdorligini oshiradi, ishchilarning vaqtincha nofaolligi bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytiradi va oxir-oqibat aholining moliyaviy farovonligini yaxshilaydi.

Ko‘pgina xorijiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, xodimlarning jismoniy va ruhiy salomatligini yaxshilash moliyaviy holatga ijobiy ta’sir qiladi. Yaxshi kayfiyatga ega sog‘lom xodimlar ko‘proq ishchanlik qobiliyatiga ega bo‘lib, qisqa vaqt ichida katta hajmdagi ishlarni bajarishi mumkin. Aksincha, yomon ekologik muhit va tabiat bilan uyg‘unlikning yo‘qligi nafas yo‘llari (havo sifatining pastligi sababli) va ichak kasalliklarining (suv va oziq-ovqat sifati pastligi sababli) tarqalishiga olib kelishi mumkin.

Metodologiya. Ushbu tahlillarni olib borishda Jahon bankining 169 ta mamlakatga oid ma’lumotlaridan foydalanildi. Bu ko‘rsatkichlar aholi jon boshiga CO2 emissiyasi va RM2.5 miqdori (m3 ga to‘g‘ri keluvchi mikron hajmi), suv taqchilligi va tabiiy o‘rmonlar (million m3) atrof-muhit sharoitlari uchun proksi o‘zgaruvchilar sifatida foydalanildi.

Natijalar. Regressiya modeli natijalariga ko‘ra, nafas yo‘li kasalliklari bilan bog‘liq o‘limning 10 kishiga (100 000 aholiga) ko‘payishi aholi jon boshiga YaIMni (2015-yil narxlarida) 631,2 dollarga kamaytiradi. Nafas yo‘li kasalliklarining tarqalishiga tabiatdagi ifloslanishning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lgan RM2.5 ning ta’siridir. RM2.5 emissiyasining 1 mikronga kamayishi (m3 maydonga) nafas yo‘li kasalliklari tufayli o‘limni 2-3 kishiga (100 ming kishiga ) kamaytirish imkonini beradi.

Amaliyotda qo‘llash uchun:
Barcha sharoitlarda: Atrof-muhitga siz ham ta’sir qilishingiz mumkinligini yodda tuting. Kundalik iste’molingizni nazorat qiling va
resurslardan qayta foydalanishga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab quvvatlang.
Shaxsiy hayot: Vaqtingizning ma’lum bir qismini tabiat qo‘ynida o‘tkazing, uning go‘zalligini qadrlang va undagi nozik muvozanatni asrang.

🟥 MHTI tomonidan tayyorlangan "Milliy qadriyatlarga asoslangan iqtisodiyot: negizlar va farovonlik uyg'unligining empirik tahlili" deb nomlanuvchi hisobotda erkin va mustaqil fikrlash, lafz, jasorat, harakatda baraka, rozi-rizolik va boshqa milliy qadriyatlarimizning iqtisodiy taraqqiyot va jamiyat ravnaqiga ta'siri ekonometrik yondashuvlar asosida baholangan.

To'liq hisobotni (9.2 MB, 46 bet) bu yerda yuklab olishingiz mumkin.

IMRS Research

03 Jan, 13:29


Президент Шавкат Мирзиёевга “2025 йил учун Ўзбекистон Республикасининг давлат бюджети тўғрисида”ги қонун ижросини таъминлаш чора-тадбирлари тўғрисида ахборот берилди.

Президенту Шавкату Мирзиёеву представлена информация о мерах по обеспечению исполнения Закона «О Государственном бюджете Республики Узбекистан на 2025 год».

#Mirziyoyev #taqdimot #moliya #byudjet

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

IMRS Research

31 Dec, 04:03


🟥 Aziz yurtdoshlar!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) jamoasi sizni yangi 2025-yil bilan samimiy tabriklaydi. Yangi yil mamlakatimizdagi har bir oilaga ko‘tarinki kayfiyat, ahillik, to‘kinlik va farovonlik olib kelsin. Hayotning har lahzasi quvonchli voqealar, yutuqlarga boy bo‘lsin. Omad va muvaffaqqiyat sizni hech qachon tark etmasin. Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin!

IMRS Research

27 Dec, 17:02


🟥 2024 yilda nashr etilgan tadqiqotlar

To'liq hisobotni (11 MB, 213 bet) bu yerda bepul yuklab olishingiz mumkin.
🌐 | Facebook | Twitter | Instagram | LinkedIn

IMRS Research

27 Dec, 14:21


🟥 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) da yil mobaynida faol ish olib borgan bir guruh ilmiy xodimlar yangi yil oldidan taqdirlandi.

Ilmiy xodimlar faolligini aniqlashda tadqiqotda innovatsion yondashuvlardan foydalanish, eng yaxshi tahlil va shunga o‘xshash bir qator mezonlar inobatga olindi hamda “Xatlar va kundalik topshiriqlar bo‘yicha eng faol xodim”, “Ommaviy axborot vositalari bo‘yicha sermahsul loyiha”, “Eng yaxshi tahliliy material”, “Tadqiqotda eng innovatsion yondashuv qo‘llagan loyiha”, “Eng faol yosh ilmiy xodim” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha eng faol tadqiqotchilar va loyihalar taqdirlandi.

❗️ Qayd etilganidek, iqtisodiyotning turli yo‘nalishlarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar sifati mamlakatimizdagi iqtisodiy islohotlar samardorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Bu esa har bir ilmiy xodimdan katta mas’uliyatni talab etadi.

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn

IMRS Research

21 Dec, 12:31


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🤔 Master-rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha Loyiha ofislari xodimlari uchun amaliy seminarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi

➡️Seminarda arxitektura, dizayn va hududlarni rivojlantirish yoʻnalishida ilgʻor tajribaga ega xorijiy va mahalliy kompaniyalar ishtirokida hududlarida ishlab chiqilgan va ishlab chiqilayotgan master-rejalar yuzasidan muhokamalar boʻlib oʻtdi.

📈 Jumaladan, Turkiyaning “Studio Vertebra” va “Sigma Tashkent” hamda “Bloom Arch” loyiha kompaniyalari kreativ yondashuvlar asosida ishlab chiqilgan master-rejalar yuzasidan taqdimot oʻtkazdi.

➡️Shuningdek, “O‘zshaharsozlikLITI” hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish respublika markazi” mutaxassislari tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha batafsil taqdimot qilindi.

🏙 Loyiha ofisi xodimlari master-rejalar asosida Toshkent shahrida amalga oshirilgan zamonaviy loyihalar, jumladan, “Tashkent city” zamonaviy daha loyihasi, “Seoul Mun” suvboʻyi savdo va servis majmuasi hamda “Magic city” savdo-koʻngilochar majmuasi bilan tanishtirildi.

Ikki kunlik seminar natijalari bo‘yicha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

#seminar #master_plans

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

IMRS Research

21 Dec, 04:33


Milliy qadriyatlar: Tozalik

👉 Batafsil

IMRS Research

20 Dec, 14:54


🟥 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari milliy qadriyatlarimizdan biri bo‘lgan pokizalik va daromadlarning ortishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ekonometrik yondashuv asosida tahlil qildi.

Xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri bo‘lgan pokizalik salomatligimizni asrashning muhim sharti hisoblanadi. Shu bilan birga, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Makroiqtisodiyot va salomatlik bo‘yicha komissiyasi (2001) sanitariya holati (tozalik) uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish va farovonlikka ijobiy ta’sir qilishini asoslab bergan.

Sog‘liqni saqlashdagi muammolar katta xarajatlarni talab qiladi. Misol uchun, insonlar sog‘ligining yomonlashuvi ularning salomatligini tiklash uchun ketadigan xarajatlarning ortishi va oqibatda daromadlarining kamayishiga olib keladi. Shu bilan birga, kasallikni davolash uchun sarflanadigan vaqtni boshqa samaraliroq faoliyatga yo‘naltirish va daromad keltiradigan biror mehnat turi bilan shug‘ullanish mumkin.

Ilmiy manbalarning ko‘rsatishicha Nigeriyada sifatli ichimlik suvi va sanitariya vositalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida o‘lim xavfi sezilarli darajada yuqori. Xususan, suvning yetarli emasligi va sanitariya sharoitlari tufayli postneonatal o‘lim xavfi 38 foizga, bolalar o‘limi xavfi 24 foizga oshgan.

Metodologiya. Tozalikning aholi daromadlari orqali iqtisodiy o‘sishga ta’sirini baholash uchun Statistika agentligi tomonidan mamlakatning barcha hududlarida 2021-yilda o‘tkazilgan tanlanma kuzatuv ma’lumotlaridan, ichimlik suvi va sanitariya sharoitining yaxshi ekanligini baholash uchun Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va YUNISЕF ta'riflaridan foydalanildi.

Natijalar. Tahlillar davomida suv ta’minoti sifatining yaxshilanishi daromadning 22,1 foiz o‘sishiga olib kelishi, sanitariya sharoitining yaxshilanishi aholi jon boshiga daromadni 13,2 foizga oshirishi aniqlandi. Yakuniy model natijalari suv va sanitariya sharoitlarini yaxshilash uy xo‘jaliklarida jon boshiga to'g'ri keladigan daromadni 11,7 foizga oshirishini ko‘rsatadi. Olingan regressiya natijalarining ishonchliligini tekshirish uchun bir qator testlar va hisob-kitoblar amalga oshirildi.

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn

IMRS Research

20 Dec, 13:26


🟥 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ilmiy-tadqiqotchilarni ishga taklif qiladi.

❗️ Quyidagi talablar nomzodlar imkoniyatini oshiradi:
🔘 Iqtisodiyot, moliya va matematika yo‘nalishlarida magistratura yoki PhD darajasiga ega bo‘lish;
🔘 STATA, R, EViews, Matlab, Python, SPSS va boshqa matematik va statistik modellashtirish dasturlaridan birida ishlay olish;
🔘 Matematika, fizika, iqtisodiyot, IT yo'nalishida olimpiada sovrindori bo'lish.

🟥 Tashkilot takliflari
islohotlar jarayoni va yurt ravnaqiga hissa qo‘shish imkoniyati
qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish
tadqiqotlarni xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borish
zamonaviy jihozlar bilan ta'minlangan shinam ofis
chet elda malaka oshirish imkoniyati va boshqalar

🟥 Aloqa:
☎️+99855 520-00-17 (139)
📧 [email protected]

IMRS Research

19 Dec, 14:06


🟥 Joriy yilning 19-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) da Harvard biznes maktabi fan doktori, iqtisodchi Botir Qobilov bilan "O'zbekistonda makroiqtisodiy vaziyat, kapital bozorini rivojlantirish va fintex" mavzusida suhbat bo'lib o'tdi.

👉 Institut jamoasi a'zosiga aylanish uchun

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn

IMRS Research

14 Dec, 12:38


🟥 Axborot asimmetriyasi. Mehnat bozori va kadrlar tayyorlash tizimini o‘zaro muvozanatlashtirgan holda rivojlantirish

Mehnat bozorida axborot asimmetriyasi bu ish beruvchilar va ish izlovchilar o‘rtasidagi ma’lumotlarning notekis taqsimlanishi bo’lib, mehnat bozori dinamikasini shaklllantirishda hal qiluvchi ro’l o’ynaydi.

Mehnat bozori ishtirokchilari, ko'nikmalarni shakllantiruvchi o'quv markazlari, ish beruvchilar, ta'lim muassasalari, yoshlar va ularning ota-onalari, hudud va tarmoq bo'yicha strategik qarorlarni qabul qiluvchilarni o'zaro maqbul munosabatga kirishishi - bir-birini ehtiyojlari va kutilmalari borasida ma'lumotga ega bo'lishiga bog'liq.

Bunda mehnat bozorida, tarmoq yoki hududlar kesimida joriy va kelgusi talab haqida tizimli tahlil muhim ahamiyat kasb etadi. Oylik maoshlar dinamikasi, eng ko'p so'ralayotgan kasbiy malaka, hududda talab eng yuqori bo'lgan kasblar cheklangan moliyaviy va inson resurslarini yanada maqbulroq taqsimlashga imkoniyat yaratadi.

📃 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mehnat bozorida axborot asimmetriyasini kamaytirish maqsadida «Mehnat bozori va kadrlar tayyorlash tizimini o‘zaro muvozanatlashtirishgan holda rivojlantirish masalalari» mavzusidagi sharhini tayorladi.

Sharhda hududlar kesimida eng ko'p so'ralgan kasblar, mehnat bozoridagi joriy talab va boshqa ma'lumotlar keltirilgan.

👉 Batafsil sharhni yuklab olish (o'qish vaqti 7 daqiqa)

🤝 Institut mazkur yo‘nalishda ishlab chiqilayotgan platformani rivojlantirishda manfaatdor taraflarni hamkorlikka chaqirib qoladi.

E-mail: [email protected]
Tel.: +998 (55) 520-00-17 (131)

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn

IMRS Research

13 Dec, 18:46


«Nasoyim ul-Muhabbat»
Alisher Navoiy


"Bir kuni Xoja Muzaffar Navqonda aytardi:
- Bir kosa to‘la tariqdan bir donasi Shayx Abusaid Abulxayrdir, qolgan barchasi men.

Shayx Abusaidning bir muridi ham bu majlisda hozir edi. Bu so‘zdan achchig‘i kelib, turib shayxning huzuriga bordi va bo‘lib o‘tgan so‘zni aytdi.

Shayx dedi:
- O‘sha bir dona ham ulardirlar. Biz hech nima emasmiz."

«Nasoyim ul-Muhabbat»
Alisher Navoiy

IMRS Research

13 Dec, 12:37


🟥 2024-yil dekabr oyida Toshkent shahridagi supermarketlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2024-yilning dekabr oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishini ko‘rib chiqdi.

Monitoring natijalari 10 nomdagi mahsulot bo‘yicha minimal narxlar o‘tgan oydagiga nisbatan pasayganligini ko‘rsatdi*.

▶️ Shunday qilib, lavlagining minimal narxi 21,8 foiz, limonniki 16,7 foiz, qizil sabziniki 14,4 foiz, grechkaniki 10,7 foiz, shakarniki 2,8 foiz, guruchniki 2,8 foiz, sutniki 2,8 foiz, bananniki 2,0 foiz, mol go‘shtiniki 1,7 foiz, bug‘doy uniniki 0,6 foiz pasaygan.

❇️ 10 nomdagi mahsulot bo‘yicha minimal narxlar oshgan. Narxining oshishi bo‘yicha oqbosh karam yetakchi bo‘ldi. Shu bilan birga, Toshkentda oqbosh karamning narxi Markaziy Osiyo mamlakatlari poytaxtlari orasida eng past. Shunday qilib, Dushanbeda bu mahsulotning narxi 2 baravar, Ostonada 1,7 baravar, Bishkekda 1,2 baravar yuqori.

▶️ Bodring narxi ham sezilarli darajada oshdi. Ammo o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan bodring narxi 4,3 foiz arzon.

✳️ 1 nomdagi (margarin) mahsulotning eng past narxi o‘zgarishsiz qolgan.

*tahlil 7-noyabr va 12-dekabr kunlari o‘tkazilgan monitoring maʼlumotlari asosida qilindi.


🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn

IMRS Research

13 Dec, 12:37


🟥 Изменение продовольственных цен в супермаркетах города Ташкента в декабре 2024 года

Эксперты Института макроэкономических и региональных исследований при Кабинете Министров Республики Узбекистан (ИМРИ) в декабре 2024 года провели очередной мониторинг цен на продовольственную продукцию по 21 позиции в крупнейших сетях супермаркетов г. Ташкента.

Результаты мониторинга показали, что по 10 позициям минимальные цены снизились в сравнении с предыдущим месяцем*.

▶️ Так, снижение цен на свёклу столовую составило 21,8%, лимоны – 16,7%, морковь красную – 14,4%, гречку – 10,7%, сахар – 2,8%, рис – 2,8%, молоко – 2,8%, бананы – 2,0%, говядину (филе) – 1,7%, пшеничную муку – 0,6%.

❇️ По 10 позициям минимальные цены выросли. Лидером роста цен является капуста белокочанная. При этом цена на капусту белокочанную в Ташкенте является самой низкой среди столиц Центральноазиатских стран. Так, в Душанбе цена на данную продукцию выше в 2 раза, Астане – в 1,7 раза, Бишкеке – в 1,2 раза.

▶️ Также значительно выросли цены на огурцы. Но в сравнении с показателем соответствующего периода прошлого года цены на огурцы ниже на 4,3%.

✳️ По 1 позиции (маргарин) минимальная цена осталась без изменений.

*анализ выполнен по данным мониторинга, проведенного 7 ноября и 12 декабря.

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn

IMRS Research

12 Dec, 11:24


🟥 Lafz milliy qadriyat sifatida

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti
(MHTI) mutaxassislari milliy qadriyatlarimizdan biri bo‘lgan lafz va yalpi ichki mahsulotning o'sishi o'rtasida qanday bog'liqlik borligini ekonometrik yondashuv asosida tahlil qildi.

Har bir inson hayotida lafz shubhasiz muhim ahamiyatga ega. Chunki u boshqalarning sizga bo‘lgan ishonchini oshiradigan, mustahkamlaydigan fazilatdir. Til bilan berilgan va’da insonning subutli yoki subutsiz ekanini belgilaydi. Agar u lafzida tursa, demak, unga tevarak atrofdagilarning ishonchi ortib boraveradi, aksincha bo‘lsa, ishonchi yo‘qoladi. Shu bois ham xalqimiz lafzi halollikni qadriyat sifatida ko‘radi.

Dunyo tajribasiga e’tibor qiladigan bo‘lsak, ko'plab taniqli firma va kompaniyalar lafzga mas'uliyat bilan yondashgani uchun ham muvaffaqiyatga erishgan, deb bemalol aytish mumkin.

Ijtimoiy omillarning iqtisodiy o‘sishga ta’siri bir necha o‘n yillar davomida iqtisodchilar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar mavzusi bo‘lib kelgan. Agar jamiyatda har bir fuqaro o‘z so‘ziga sodiq bo‘lsa, bu nafaqat ular o‘rtasidagi ishonchning oshishi, balki tadbirkorlik muhitining yaxshilanishi va iqtisodiy o‘sishning ta’minlanishiga olib keladi.

Norvegiya ijtimoiy tadqiqotlar instituti professori Vollebekning fikriga ko‘ra, shaxslarning bir-biriga bo‘lgan ishonch darajasi va iqtisodiy o‘sish dinamikasi o‘rtasida ijobiy bog‘liqlik mavjud. Masalan, jamiyatda ishonch darajasi qancha yuqori bo‘lsa, aholi jon boshiga daromad ko‘rsatkichi shuncha yaxshi bo‘ladi.

Ushbu tahlilda ishonch ta’siri va YaIM o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash maqsadida 2000-2019 yillar oralig‘ida Markaziy Osiyo (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston) va Kavkaz mintaqalaridagi mamlakatlar (Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya), shuningdek, Mo‘g‘iliston uchun ma’lumotlardan foydalanildi.

Metodologiya. Ishonch darajasi ko‘rsatkichining YaIMga ta’sirini baholash o‘zgarmas effektli modeldan foydalanildi. Bunda qonun ustuvorligi indeksi (RoL) lafz uchun proksi o‘zgaruvchi, shuningdek, yalpi kapitalni shakllantirish (Capital), savdo ochiqligi (Trade) va to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar (FDI) kabi omillar shartli o‘zgaruvchilar sifatida qo‘llanildi.

Bu yerda qonun ustuvorligi, shartnomalarni bajarilishi, kelishuvlarni kuchga ega bo'lishi zamirida lafz qadriyati ustuvor bo'lganidan kelib chiqadi degan faraz yotibdi. Chunku bular hammasi o'zaro ishonchga asoslangan kelishuvning bir hosilalari.

Natijalar. Model natijalariga ko‘ra, tahlil qilinayotgan davlatlarda qonun ustuvorligining 0,01 bandga oshishi YaIMni deyarli 0,7 foizga o’sishiga olib keladi. Modelning ishonchlilik testlari natijalariga ko’ra (6-jadvalga qarang) panellar o‘zaro bog‘liq, geteroskedastik va vaqt kesimida o‘zaro bog‘liqligi aniqlandi va shu sababdan hisob-kitoblar Driskoll-Krey standart xatoliklaridan foydalanilgan holda amalga oshirildi (5-jadvalning o‘ng ustuni).

Amaliyotda qo‘llash uchun:
Umuman: Qanday ishga qo‘l urmang, halol bo‘ling hamda so‘zingizning ustidan chiqing. Agar va’da bersangiz, qanday noqulay
vaziyat yuzaga kelsa ham uni bajaring. Agar va’dangizni bajarishga halaqit beradigan qandaydir kutilmagan holat yuzaga kelsa, bu haqida ochiq-oydin gaplashib oling.
Ishda/universitetda/maktabda: Va’dangizni o‘z vaqtida bajarishga harakat qiling, plagiatdan qoching va ilmiy izlanishlaringizda
rostgo‘y bo‘ling. Hamkasblar yoki sinfdoshlar bilan munosabatlarda rostgo‘y bo‘ling va fikringizni ochiq-oydin bildiring.

To'liq hisobotni (9.2 MB, 46 bet) bu yerda yuklab olishingiz mumkin.

IMRS Research

12 Dec, 11:20


🟥 СМИ о нас

IMRS Research

12 Dec, 06:43


🟥 2024-yilning noyabr oyida ikkilamchi avtomobil bozorida o'rtacha narxlar pasayishda davom etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2024-yilning noyabr oyida ikkilamchi bozordagi avtomobil o'rtacha narxlari tahlil qilindi.

Mazkur davrda o'rtacha foydalanilgan mahalliy ommabop avtomobillar hamda xorijiy lyuks avtomobilllar o'rtacha narxlari pasaygan bo'lsa, mahalliy lyuks va elektromobillar narxlarida sezilarli o'zgarish kuzatilmadi.

📉Mahalliy ommabop avtomobillar narxlari. Joriy yilning noyabr oyida ikkilamchi bozorda oktyabr oyiga nisbatan:
- "Onix": o'rtacha foydalanilgan - 4.8%ga ($14 600 dan $13 900 ga) , kam foydalanilgan - 5,4%ga ($14 900 dan $14 100 ga);
- "Lacetti": o'rtacha foydalanilgan - 1.4%ga ($14 700 dan $14 500 ga), kam foydalanilgan - 1,1%ga ($15 200 dan $15 031 ga);
- “Nexia”: o‘rtacha foydalanilgan - 0.9%ga ($11 500 dan $11 400 ga);
- "Spark": o‘rtacha foydalanilgan - 0.8%ga ($10 485 dan $10 400 ga);
- "Labo"
: o‘rtacha foydalanilgan - 2.4%ga ($8 300 dan $8 100 ga);
- "Damas": o‘rtacha foydalanilgan - 0.9%ga ($8 200 dan $8 125 ga), ko'p foydalanilgan - 1%ga ($7 600 dan $7 527 ga) arzonlagan.

🚖 Mahalliy lyuks avtomobillar narxlari. Mazkur davrda kam va o'rtacha foydalanilgan "Malibu"avtomobilining o'rtacha narxlari mos ravishda 3,0% ($30 100 dan $31 000 ga) va 1,7%ga ($29 000 dan $29 500 ga) oshgan bo'lsa, ko'p foydalanilgan “Equinox” o'rtacha narxi 1.9%ga ($27 000 dan $26 500 ga) tushdi. Shuningdek, "Tracker" narxlarida o'zgarish kuzatilmadi.

🔌 Elektomobil narxlari: Joriy yilning noyabr oyida o'rtacha foydalanilgan BYD "Han"va BYD "Yuan Up" elektromobillar o'rtacha narxlari mos ravishda 1,6% ($36 500 dan $35 900 ga) va 2,4%ga ($21 000 dan $20 500 ga) pasaygan bo'lsa, yangi BYD "E2" elektromobili 3,1%ga ($16 700 dan $17 216 ga) qimmatlashdi. BYD "Song Plus EV Chempion"ning narxi deyarli o'zgarmadi (yangi - $29 000, o'rtacha foydalanilgan - $26 600).

🚖 Xorijiy lyuks avtomobillar narxlari. Hyundai "Elantra" va Kia "Sportage" rusumli kam foydalanilgan avtomobillar o'rtacha narxlari mos ravishda 2,2% ($23 000 dan $22 500 ga) va 1,5%ga ($32 500 dan $32 000 ga), o'rtacha foydalanilgani esa 1,6%ga ("Elantra" - $22 000 dan $21 650 ga va Kia "Sportage" - $31 500 dan $31 000 ga) pasaydi. Shuningdek, ko'p foydalanilgan Kia "K5" va Kia "Sportage" avtomobillar ham mos ravishda 1,2% ($26 300 dan $25 990 ga) va 3,4% ga ($31 000 dan $29 950 ga) arzonlashgan bo'lsa, Hyundai "Tucson" (ko'p foydalanilgan - $25 000, kam foydalanilgan - $33 000), Hyundai "Santa FE" (ko'p foydalanilgan - $35 000, kam foydalanilgan - $45 900) rusumli avtomobillar narxida sezilarli o'zgarish kuzatilmadi.

🚘 Avtomobillar bosib o‘tgan masofasi hamda ishlab chiqarilgan yiliga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratib olindi:
✔️ 2023-2024-yillarda ishlab chiqarilgan hamda bosib o‘tgan masofasi 20 000 km. gacha bo‘lgan avtomobillar –“Kam foydalanilgan”;
✔️ 2023-2024-yillarda ishlab chiqarilgan hamda bosib o‘tgan masofasi 20 000 km. dan 50 000 km. gacha bo‘lgan avtomobillar, shuningdek, 2021-2022-yillarda ishlab chiqarilgan hamda bosib o‘tgan masofasi 40 000 km. gacha bo‘lgan avtomobillar-“O‘rtacha foydalanilgan”;
✔️ 2023-2024-yillarda ishlab chiqarilgan va bosib o‘tgan masofasi 50 000 km. dan ko‘p bo‘lgan avtomobillar, 2021-2022-yillarda ishlab chiqarilgan hamda 40 000 km. dan ortiq masofani bosib o‘tgan avtomobillar hamda 2020-yilda ishlab chiqarilgan barcha avtomobillar – “Ko‘p foydalanilgan”.


📎 Avtomobil narxlarini tahlil qilishda ma’lumotlar olx.uz platformasidan veb skreping (web scraping) orqali to‘plandi. Bunda, 2020-2024-yillarda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun taklif etilayotgan narxlar saralab olingandan so‘ng, oktyabr oyi uchun 16,0 mingta, noyabr oyi uchun 17,3 mingta ma’lumotlar asosida taklif etilgan narxlar tahlil qilindi.

IMRS Research

11 Dec, 07:47


🟥 OAV biz haqimizda

IMRS Research

10 Dec, 10:56


🟥 Toshkent shahrida uy-joy ijara narxlari pasayishda davom etmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI)
mutaxassislari tomonidan 2024-yilning noyabr oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun o'rtacha ijara narxlari tahlil qilindi.

Mazkur davrda poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun o'rtacha ijara narxlari oktyabr oyiga nisbatan 1,3 foizga pasaygan bo'lsa, to'liq ta’mirlangan xonadonlar uchun o'rtacha narxlar deyarli o'zgarmadi.

📉 O‘rtacha ta’mirlangan uy-joylar ijarasi. 2024-yilning noyabr oyida o'rtacha ta'mirlangan 1 xonali xonadonlar uchun o'rtacha ijara narxi oktyabr oyiga nisbatan 0,9 foizga, 2 xonalilar uchun 1,3 foizga, 4 xonalilar uchun 3,9 foizga tushdi. 3 xonali xonadonlar uchun o'rtacha ijara narxida esa biroz (0,8 foizga) ko'tarilish kuzatildi.

‼️ O'rtacha ta'mirlangan xonadonlar uchun nisbatan arzon ijara narxlari:
- Sergeli (1 xonali - 298 AQSh dollari, 2 xonali – 360 AQSh dollari, 3 xonali – 404 AQSh dollari, 4 xonali - 411 AQSh dollari);
- Olmazor (1 xonali – 330 AQSh dollari, 2 xonali – 364 AQSh dollari, 3 xonali – 463 AQSh dollari, 4 xonali – 479 AQSh dollari) tumanlarida taklif etilgan bo'lsa,
eng qimmat ijara narxlari:
- Mirobod (1 xonali – 378 AQSh dollari, 2 xonali – 516 AQSh dollari, 3 xonali – 680 AQSh dollari, 4 xonali – 865 AQSh dollari);
- Yakkasaroy (1 xonali – 367 AQSh dollari, 2 xonali – 488 AQSh dollari, 3 xonali – 668 AQSh dollari, 4 xonali – 743 AQSh dollari) tumanlarida kuzatildi.

🏡 To’liq ta’mirlangan uy-joylar ijarasi. Mazkur davrda to'liq ta'mirlangan 2 xonali (559 AQSh dollari) va 3 xonali (733 AQSh dollari) uy-joylarning ijara narxi deyarli o'zgarishsiz qolgan bo'lsa, 1 xonali uylar ijara narxlari 0,6 foizga oshdi. Talab darajasi nisbatan kam bo'lgan 4 xonali uylarning ijara narxi esa o'rtacha 0,9 foizga pasaydi.

‼️To'liq ta'mirlangan uy-joylarning
eng arzon ijara narxlari:
- Sergeli (1 xonali – 331 AQSh dollari, 2 xonali – 410 AQSh dollari, 3 xonali – 509 AQSh dollari, 4 xonali – 587 AQSh dollari);
- Uchtepa (1 xonali – 353 AQSh dollari, 2 xonali – 450 AQSh dollari, 3 xonali – 554 AQSh dollari, 4 xonali – 688 AQSh dollari) tumanlarida,
eng qimmat ijara narxlari:
- Mirobod (1 xonali – 479 AQSh dollari, 2 xonali – 718 AQSh dollari, 3 xonali – 984 AQSh dollari, 4 xonali – 1313 AQSh dollari);
- Shayxontohur (1 xonali – 520 AQSh dollari, 2 xonali – 730 AQSh dollari, 3 xonali – 1032 AQSh dollari, 4 xonali – 1258 AQSh dollari) tumanlarida kuzatildi.
 
📎 Ijara narxlari olx.uz platformasidan veb-skreping (web scraping) orqali olingan ochiq ma'lumotlar asosida tahlil qilindi. Bunda 2024-yilning oktyabr oyi uchun 43,1 mingta va noyabr oyi uchun 38,1 mingta ma'lumotdan foydalanildi. Ikkala davr uchun ham tahlil narxlar chegarasining yuqori va pastki 5 foizlik kvantillari chiqarib tashlanganidan keyin amalga oshirildi.

IMRS Research

30 Nov, 17:32


🟥 OAV biz haqimizda

IMRS Research

28 Nov, 17:47


🟥 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) direktorining o‘rinbosari, i.f.d., professor Tursun Ahmedov 75 yoshni qarshi oldi.

Qadrli Tursun Muxitovich! Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti jamoasi sizni qutlug‘ 75 yoshingiz bilan samimiy muborakbod etadi. Sizning ilmiy va mehnat faoliyatingiz, insoniy fazilatlaringiz tahsinga loyiq va u yoshlarimiz uchun o‘ziga xos maktab bo‘la oladi. Doimo sog‘ bo‘ling, mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lidagi faoliyatingiz davomida hech qachon charchamang!

IMRS Research

27 Nov, 13:06


🟥 OAV biz haqimizda

IMRS Research

27 Nov, 10:06


🌐 Bilasizmi?

✔️ Dunyoda har yili 92 million tonna to‘qimachilik sanoati chiqitlari chiqindi poligonlariga chiqarib tashlanadi.

✔️ Global miqyosida to‘qimachilik sohasi chiqitlarining 73 foizi yoqib yuboriladi yoki chiqindi poligonlariga ko‘miladi. Bu esa katta resurslar yo‘qotilishi va atrof-muhitning ifloslanishiga olib keladi.

✔️ Jahonda to‘qimachilik tarmog‘i chiqindilariniing faqat 13 foizigina u yoki bu usulda qayta ishlanadi, 1 foizdan kamrog‘i esa yangi kiyim-kechakka aylanadi.

Germaniyada har yili 1 mln. tonna to‘qimachilik chiqindilari to‘planadi. To‘plangan kiyim-kechakning taxminan 60 foizidan yana foydalaniladi, qolgani tozalash uchun ishlatiladigan materiallarni tayyorlash uchun qayta ishlanadi. Faqat 4 foizi ko‘miladi. O‘zbekistondachi?

🟥 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari kiyim-kechaklardan qayta foydalanish yoki aholi orasida ma’lum bo‘lgan “Second hand”ning yo‘lga qo‘yilishi, shuningdek, mamlakatda kiyim-kechaklarning saralanish va qayta ishlanish darajasini aniqlash maqsadida onlayn so‘rov o‘tkazmoqda.

📝 Hurmatli yurtdoshlar! Sizdan ushbu so‘rovda faol ishtirok etish va o‘z fikringizni bildirishingizni so‘raymiz.

⌛️ So‘rovda qatnashish 2-3 daqiqa vaqtingizni oladi.

📗 Siz bildiradigan fikr-mulohazalar kiyim-kechaklarni qayta ishlash va to‘qimachilik sanoatida sirkulyarlikni ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni hal etish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqishda ko‘mak beradi.

👉 So‘rovnomaga o‘tish

IMRS Research

27 Nov, 10:06


🌐 Знаете ли Вы?

✔️ В мировом масштабе, ежегодно 92 миллиона тонн текстильных отходов оказываются на мусорных полигонах;

✔️ 73% текстильных отходов на глобальном уровне сжигаются или захораниваются на мусорных полигонах, это приводит к большим ресурсным потерям и загрязнению окружающей среды;

✔️ Только 13% мировых текстильных отходов тем или иным способом перерабатываются, менее 1% текстильных изделий перерабатывается в новую одежду;

В Германии ежегодно собирается более 1 млн тонн текстиля. Примерно 62% собранной одежды поступает на повторное потребление, остальное перерабатывается для создания обтирочных материалов. Только 4% собранного текстиля закапывается. А в Узбекистане?

🟥 С целью определения степени распространенности и мотивов вторичного потребления одежды или как широко известно среди населения «секонд-хенда», а также уровня сортировки и переработки одежды в стране экспертами Института макроэкономических и региональных исследований (ИМРИ) при Кабинете Министров Республики Узбекистан проводится онлайн-опрос.

📝Уважаемые граждане! Просим Вас принять активное участие в данном опросе и выразить свое мнение.

⌛️Прохождение опроса займет не более 2-3 минут.

📗Ваше активное участие будет способствовать разработке конкретных предложений по решению вопросов переработки одежды и обеспечения циркулярности текстильной индустрии.

👉 Перейти к опросу

IMRS Research

26 Nov, 14:15


Kadrlarga bo'lgan joriy talab

🟥 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari mahalliy mehnat bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talabni mutaxassisliklar kesimida o‘rgandi.

📋 Tahlil jarayonida 180 ta tuman va shaharda istiqomat qiluvchi 7843 nafar ish beruvchi ishtirokida 172 ta mutaxassislik kesimida so‘rov o‘tkazildi.

📌 Bugungi kunda O‘zbekiston mehnat bozorida savdo sohasi, xususan onlayn savdo sohasida mutaxassislarga talab eng yuqori ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumot uchun: So‘rovda qatnashgan ish beruvchilarning katta qismi (23,4 foizi) savdo sohasida faoliyat yuritadi. Respublikadagi jami korxonalar orasida savdo korxonalarining ulushi eng yuqori bo‘lib, 32,5 foizni tashkil etadi. Bu esa o‘z navbatida aynan savdo sohasi mutaxassislariga talab yuqoriligini asoslaydi.

📋 Qishloq xo‘jaligi va sanoat sohasi mutaxassislari, xususan, qishloq xo‘jaligi va sanoat uskunalari mexanigi (1,7 foiz), qishloq xo‘jaligi va qurilish texnikasi mutaxassislari (1,4 foiz), traktor, buldozer, kombayn haydovchilari (1,4 foiz), agronomlar (1,3 foiz), kashtachi, tikuvchi va to‘quvchilarga ham talab yuqori (1,7 foiz).

📓 Ta’lim muassasalarida xorijiy tillar (ingliz, nemis, koreys va boshqa chet tillar), matematika va IT o‘qituvchilariga (1,2 foiz) ham talab bor.

♦️ Hozirgi kunda davlat sektori va xususiy sektorga tegishli korxonalarda marketolog, IT dasturchilari, buxgalterlar, kadrlar bilan ishlash bo‘yicha xodimlarga talab yuqori.

📍Shuningdek, malaka talab etilmaydigan farrosh, haydovchi va bog‘bonlarga ham talab yuqori ekanligi aniqlandi. Buni ular orasida qo‘nimsizlik darajasi yuqoriligi bilan izohlash mumkin.

✔️ Aytib o‘tish joizki, respublika miqyosida 172 turdagi mutaxassisliklarga talab bor, lekin hududlar kesimida ayrim turdagi mutaxassislarga talab umuman yo‘q.

🔴 Institut kelgusi so‘rovlarda kasblar ko‘lamini kengaytirishni va natijalarni raqamlashgan platforma orqali keng jamoatchilikka yetkazishni rejalashtirgan. Mazkur tahlil natijalari ta'lim muassasalari, o'quv markazlari, kasb egallamoqchi bo'lgan yoshlar va ularni ota-onalari uchun mehnat bozori haqida ma'lumot berishda foydali bo'lishi mumkin.

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn

IMRS Research

25 Nov, 10:36


🟥 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida hududlarda asosiy kapitalga investitsiyalar hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilish samaradorligini tahlil qildi.

📖Tahlil davomida IPI (Investment Performance Index - Investitsiyalarni jalb qilish samaradorligi indeksi) indeksidan foydalanildi. Ushbu indeksning me'yordagi ko‘rsatkichi 1,00 ga teng bo‘lib, investitsiyalarni jalb qilish siyosati yaxshi yo‘lga qo‘yilganini bildiradi. Indeks qiymatining me'yordan yuqoriligi jalb qilinayotgan investitsiyalardan samarali foydalanish imkoniyatlari mavjudligini, aksincha past qiymatlar hududga qo'shimcha investitsiyalarni jalb qilishga e'tibor qaratish zarurligini anglatadi.

🇺🇿 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida respublika bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 343,1 trln. so‘mga yetgan. Bu 2023-yilning mos davridagiga nisbatan 1,3 marotaba ko‘p. Xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi 1,6 barobar oshgan va 233,0 trln. so‘mga teng bo‘lgan.

📕 2024-yilning dastlabki to‘qqiz oyi ma'lumotlari asosida hisoblangan IPI indeksiga ko‘ra, quyidagilar aniqlandi:

Aksariyat hududlarda asosiy kapitalga investitsiyalar bo‘yicha me'yor ko‘rsatkichga qaraganda yuqori qiymatlar saqlanib qolmoqda. Bu borada Buxoro (2,15), Namangan (1,91) va Jizzax (1,70) viloyatlari boshqalarga nisbatan ajralib turibdi. Surxondaryo (1,06) va Andijon (0,93) viloyatlarida me'yordagi ko‘rsatkichga yaqin qiymatlar qayd etildi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar bo‘yicha Buxoro (2,92) va Namangan (2,06) viloyatlarida me'yordagidan ancha yuqori natijalar kuzatildi. Andijon (1,08) va Navoiy (0,99) viloyatlarida me'yor ko‘rsatkichiga yaqin qiymat qayd etildi. Toshkent shahrida (0,54) indeks 1 dan ancha past bo‘ldi.

📈 Shuningdek, tadqiqot davrida qayd etilgan ko'rsatkichlarni avvalgi uch chorak natijalari bilan taqqoslash asosida quyidagilar aniqlandi:

So‘nggi yillarda asosiy kapitalga investitsiyalar tarkibida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarining hajmi ortib borishi IPI indeks qiymatlarining tebranishiga kuchli ta'sir saqlanib qolmoqda.

Xususan, Buxoro va Namangan viloyatlarida xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshirilgan loyihalar yuqori indeks qiymatlarining shakllanishiga sabab bo‘lgan.

📖 Christian Lessmann tomonidan 1980-2009 yillarda dunyoning 55 ta mamlakati bo‘yicha olib borgan tadqiqotiga ko‘ra, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning notekis taqsimlanishi hududlar miqyosida nomutanosiblikka olib kelishi mumkinligi aniqlangan.

🔗 Shuningdek, aholining hududlar orasida yuqori mobilligi va davlatlarning resurslarni samarali qayta taqsimlash siyosati kabi omillar yuqoridagi salbiy ta’sirni kamaytirishi mumkinligi qayd etilgan.

❗️Ta'kidlash kerakki, IPI indeksi hududlar miqyosida investitsiyalarning miqdor ko‘rsatkichlari asosida tahlil qilingan bo‘lib, ularning sifat ko‘rsatkichlarini anglatmaydi.

🌐 | Facebook | Twitter | Instagram | LinkedIn

IMRS Research

22 Nov, 13:52


🟥 "Tashabbusli byudjet", tashabbuslarda faollik omillari va muvaffaqiyat indeksi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI)
ekspertlari tomonidan "Tashabbusli byudjet" loyihasining 2024 yildagi ikki mavsumi yakunlari va tashabbus ko'rsatishda ijtimoiy-iqtisodiy omillarning ahamiyati tahlil qilindi.

"Tashabbusli byudjet" loyihasining 2024 yildagi ikki mavsumida umumiy 63049 ta tashabbuslardan 52261 tasi (82,9%) saralashdan o‘tib, 20,82 mln. ovoz to‘planishi hisobiga 4774 ta loyiha g‘olib bo‘ldi.

Asosiy ijtimoiy-iqtisodiy omillar (tadbirkorlik, ishsizlik, aholi zichligi) hamda “Tashabbusli byudjet” loyihasining ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik tahliliga ko‘ra:
✔️ aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan tadbirkorlar sonining tashabbuslar (loyihalar) soni bilan ijobiy bog‘liqligi (korrelyatsiya koeffitsiyenti 0,51 ga teng);
✔️ tadbirkorlar sonining g‘olib tashabbuslar soni (0,61) va summasi (0,71) bilan ijobiy bog‘liqligi (tashabbuslarning muvaffaqiyatli bo‘lishi tadbirkorlar soniga bog‘liq);
✔️ ishsizlik darajasining g‘olib tashabbuslar soni (-0,35) va jami tashabbuslar soni (-0,31) bilan salbiy bog‘liqligi (ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan aksariyat hududlarda tashabbuslar soni kam);
✔️ aholi sonining barcha ovozlar soni (0,77), tashabbuslar soni (0,58) va g‘olib tashabbuslar summasi (0,87) bilan ijobiy bog‘liqligi (aholining ko‘pligi tashabbuslarga qiziqishni va ularning muvaffaqiyatini orttiradi);
✔️ shaharlarda tashabbuslarning muvaffaqiyatiga tadbirkorlik va ishsizlik darajasining ta’siri, qishloqlarda esa aholi sonining ta’siri salmoqli ekanligi aniqlandi.

📈 Tashabbuslarning samaradorligini baholovchi muvaffaqiyat indeksi tahliliga ko‘ra:
- sog‘liqni saqlash (26,0) va oliy ta’lim muassasalarini ta’mirlash (20,4) hamda umumta’lim muassasalarini ta’mirlash (17,2) yo‘nalishlari eng muvaffaqiyatli tashabbuslar bo‘lgan bo‘lsa, ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish (1,4), mahalla guzarini ta’mirlash (1,3) va bolalar maydonchalarini barpo etish (1,0) nisbatan kamroq muvaffaqiyatga erishgan;

- hududlar bo‘yicha muvaffaqiyat indeksining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent viloyatida (11,6), eng minimal ko‘rsatkichi esa Xorazm viloyatida (5,0) qayd qilingan;

- kichik ma’muriy birliklar bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahrida (19,1) eng yuqori, Tuproqqal’a tumanida (2,6) eng kam ko‘rsatkich qayd etilgan;

- muvaffaqiyat indeksi shaharlarda tumanlarga nisbatan kattaroq bo‘lib, TOP-20 talik hududlarga Bekobod, Nurafshon, Olmaliq, Namangan, Chirchiq, Xonobod, Shirin, Angren shaharlari kirgan.

📊 Tadqiqot natijalari “O‘zbekiston-2030” strategiyasining 46-maqsadini amalga oshirishda tashabbuslarning samaradorligini kuchaytirish uchun muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.

👉 Batafsil

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn

IMRS Research

21 Nov, 14:24


🟥 Maktablarda o'quvchilarning bilim olishiga salbiy ta'sir qiluvchi omillar: bulling yoki bezorilik

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari tomonidan O‘zbekistondagi maktablarda bulling yoki bezorilik o'quvchilarning akademik yutuqlariga qanday ta'sir qilishi o'rganildi.

📃 Joriy yilning 14-noyabrida O‘zbekiston Respublikasining «Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni imzolandi. Xo‘sh, ushbu qonun nega muhim edi?

📌 Maktabdagi bulling o‘quvchilarning ruhiy salomatligi va ta’lim natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatib, uzoq muddatda inson kapitalining rivojlanishi, demografik dividend, iqtisodiy o‘sish va barqaror rivojlanishga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Bulling holatlari yuz berganda, u nafaqat jabrlanuvchilarning ruhiy yoki jismoniy holatiga zarar yetkazadi (Wolke va Lereya, 2015), balki ularning o‘quv ko‘rsatkichlarini pasaytirib, ta’lim olish darajasining tushishiga sabab bo‘ladi (Yosep va boshqalar, 2023). Bu esa o‘z navbatida, malakasi past ishchi kuchining shakllanishiga olib keladi va natijada iqtisodiy rivojlanishga to‘sqinlik qiladi (OECD, 2010; Davlasheridze va boshqalar, 2018).

📁 Tadqiqotda O'zbekistonda olingan PISA 2022 so‘rovi natijalaridan foydalanildi. So'rov mamlakatimizning turli hududlari bo‘yicha 15 yoshli o‘quvchilarning javoblarini mujassam etgan bo'lib, uning asosida yaratilgan ma’lumotlar bazasi 202 ta maktab va 7293 nafar o‘quvchini qamrab oladi.

Mazkur so‘rov natijalariga ko’ra, kamida har yetti o‘quvchidan bittasi maktabda o‘zini xavfsiz his qilmaydi va zo‘ravonlik yoki bezorilikka guvoh bo‘lgan. Ular yiliga kamida bir marotaba duch keladigan muammolar bular: o‘quvchilarning yomon gaplarni tarqatishi (21%), maktab hududida boshqa o‘quvchilar bilan urishishi (17%), boshqa bolalar tomonidan kamsitilishi (16%).

🔍 MHTI mutaxassislarining tadqiqot natijalariga ko’ra:
1️⃣ Repest modeli yordamida qilingan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, maktabda xavfsizlik indeksining bir birlikka yomonlashishi o‘quvchilarning bahosini matematikadan o‘rtacha 5,2 ballga, o‘qishdan 6,2 ballga, tabiiy fanlardan 4,7 ballga kamaytiradi;

2️⃣ Bullingga uchrash indeksining bir birlikka oshishi o‘quvchilarning ballarini matematikadan o‘rtacha 5,0 ballga, o‘qishdan 5,4 ballga, tabiiy fanlardan 4,8 ballga kamaytiradi.

3️⃣ Bulling turlari orasida tovlamachilik (ya’ni, qo‘rqitish orqali pulni tortib olish) o'quvchilarning akademik natijalariga eng kuchli ta’sir qilishi aniqlandi. Undan aziyat chekkan o‘quvchilarning ballari matematikadan o‘rtacha 57,6 ballga, o‘qishdan 67,4 ballga, tabiiy fanlardan 67,0 ballga kamayishi aniqlandi. Shuningdek, jismoniy va og'zaki bulling kabilar ham o'quvchilarning ta'lim olishiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillardir.

🔰 Takliflar:
Finlyandiya tajribasidan kelib chiqib, O‘zbekiston maktablarida ham bullingga qarshi KiVa dasturini amalga oshirish. Kiva dasturi o'z ichida bullingni oldini olish uchun darslar va onlayn o‘yinlar, jabrlanuvchiga ma’naviy ko‘mak, bulling bilan shug‘ullangan bolaning ota-onasi bilan suhbat, maktab muhitini baholash uchun o‘quvchilar va xodimlar uchun onlayn so‘rovlar o‘tkazish kabilarni jamlagan.

Italiyaning “No Trap!” nomli bulling va kiberbullingga qarshi dasturini O‘zbekiston uchun joriy etish. Bu dastur quyidagi asosiy xususiyatlardan iborat:
- O‘quvchilar, o‘qituvchilar va psixologlar uchun resurslar va tayyorgarlikni taqdim etish;
- Onlayn hamjamiyat orqali o'quvchilar o‘rtasida muhokamalar tashkil etish;
- O‘quvchilar tengdoshlaridan bullingga qarshi kurashish bo’yicha ta’lim olib bullingga qarshi kurashishini ta'minlash.

👉 Batafsil

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn

IMRS Research

21 Nov, 06:32


🟥 Uy-joyga investitsiya daromadliligi dinamikasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan Toshkent shahrida ko‘p qavatli uy-joylarga investitsiyalar daromadliligi o‘rganildi.

Aholi uchun turli investitsiya vositalarining, jumladan, aksiyalar, obligatsiyalar yoki pensiya fondlari kabi imkoniyatlarning cheklanganligi sharoitida rivojlanayotgan mamlakatlarda, ayniqsa uy-joy narxlari oshib borayotgan bir paytda jamg‘armalarni uy-joyga investitsiyalarga yo'naltirish tendensiyasi kuzatiladi.

🏢 Toshkent shahrida uy-joyga investitsiyalar daromadliligi tushib bormoqda. Xususan, joriy yil fevralda poytaxtda ko‘p qavatli uy-joyga investitsiyalarning daromadliligi o‘rtacha 32,4%ni tashkil qilgan bo‘lsa, oktyabrda ushbu ko‘rsatkich 12,2%gacha tushdi. Ushbu ko‘rsatkich uy-joy joylashgan hudud va xonalar sonidan kelib chiqib, bir biridan sezilarli darajada farqlanadi:
✔️ 1 xonali: Mirzo Ulug‘bek2,3% (fevralda – 25,7%), Shayxontohur17% (50%);
✔️ 2 xonali: Sirg‘ali7,4% (19,4%), Shayxontohur17,2% (59%);
✔️ 3 xonali: Bektemir3,2% (33,7%), Yunusobod13,7% (48,7%);
✔️ 4 xonali: Bektemir2% (37,9%), Yunusobod17% (39,8%).

📝 Izoh: Uy-joyning investitsion daromadliligi uy-joy narxlari yillik o‘zgarishidan olinadigan daromad hamda ularni ijaraga berishdan keladigan yillik daromad yig‘indisi asosida hisoblandi.

📉 Uy-joy narxlari o‘zgarishidan olinadigan daromad. 2024 yil fevralda poytaxtda uy-joy va ijara narxlari nisbatan yuqori bo‘lgan hudud – Shayxontohur tumanida uy-joy narxlari ko‘tarilishi hisobiga ko‘rilishi mumkin bo‘lgan foyda o‘rtacha 35,8%ni tashkil etgan bo‘lsa, oktyabr oyida ushbu ko‘rsatkich 5,5%gacha tushdi. Shuningdek, oktyabrda uy-joy narxlari o‘zgarishidan olinadigan o‘rtacha daromad Mirobod (23,2%dan 1,9%ga) va Yakkasaroy (16,1%dan 3,5%ga) tumanlarida sezilarli darajada pasaygan.

Mirzo Ulug‘bek va Uchtepa tumanlarida uy-joy narxlarining o‘sishdan deyarli to‘xtashi yoki biroz arzonlashishi natijasida oktyabr oyida mazkur hududlarda uy-joy narxlari o‘zgarishidan olinadigan o‘rtacha daromadlilik mos ravishda -2,6% va -2,4%ni tashkil etgan (fevral oyida 24,6% va 15%).

📈 Uy-joylarni ijaraga berishdan olinadigan daromad. Joriy yil oktyabrda uy-joylar ijarasidan olinadigan yillik o‘rtacha daromad Shayxontohur tumanida 10% (fevralda 11,6%), Mirobod tumanida 9,8% (10,4%), Yakkasaroy tumanida 9,5%ni (10,5%) tashkil etgan. Ushbu ko‘rsatkich ijara narxlari nisbatan arzonroq bo‘lgan tumanlarSirg‘alida 9,3% (8,4%), Uchtepada 9,7% (8,6%), Chilonzorda 9,3% (9,3%) va Olmazorda 9,1%ni (9,4%) tashkil etgan. Ushbu raqamlar ijaradan keladigan o‘rtacha daromad o‘sishi sekinlashganidan dalolat beradi. Taqqoslash uchun 2023 yil yanvardan 2024 yil sentyabrgacha bo‘lgan davrda jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi depositlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 21%ni tashkil etgan.

📊 Daromadlilik darajasi bo‘yicha 1 va 2 xonali xonadonlarning investitsion jozibadorligi yuqori hisoblanadi. Joriy yil fevral oyida 1 va 2 xonali xonadonlarga yo‘naltirilgan investitsiyalar daromadliligi mos ravishda 35,6% va 30,8%ni tashkil etgan bo‘lsa, oktyabr oyida ushbu ko‘rsatkichlar 16,7% va 12,2%ga tushdi. Mazkur davrda 3 va 4 xonali xonadonlar uchun daromadlilik ko‘rsatkichi sezilarli darajada tushgan (mos ravishda 10,1% (fevralda 33%) va 9,9% (30,3%)).

📌 Rivojlanayotgan davlatlarda aholi jamg'armalarining uy-joyga yo'naltirilishi qisqa muddatda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni oshirishi mumkin. Ammo, uzoq muddatda kapital bozorini rivojlantirish va aholi uchun diversifikatsiyalangan investitsiya imkoniyatlarini taqdim etish muhimdir. Shu yo'l bilan aholi jamg'armalari nafaqat saqlanishi, balki milliy iqtisodiyotning turli sohalariga investitsiya qilib, yanada kengroq rivojlanish imkonini beradi.

Tahlilda foydalanilgan ma’lumotlar olx.uz platformasidan veb-skreyping (web-scraping) orqali olingan bo‘lib, bunda ijara narxi uchun 740 mingga va sotuv narxi uchun 1,500 mingga yaqin ma'lumotlardan foydalanildi.

IMRS Research

18 Nov, 13:31


🟥 Эксперты Института макроэкономических и региональных исследований при Кабинете Министров Республики Узбекистан (ИМРИ) изучили современное состояние мирового рынка брокколи и цветной капусты, а также потенциал Узбекистана в данном направлении.

🥦 Объем мирового рынка цветной капусты и брокколи в 2023 году составил 1,8 млрд долл. США. Среднегодовой рост рынка за последние 5 лет составил 7,9%.

🚚 Наиболее крупными импортерами
данной категории товара в мире являются Великобритания (доля от общемирового импорта в 2023 году составила 17,1%), Канада (14,2%), Германия (8,6%), США (6,6%) и Франция (4,8%).

💠 Цветная капуста и брокколи являются одними из динамично растущих позиций в экспорте Узбекистана в сегменте свежей плодоовощной продукции.

📈 За последние 3 года экспорт цветной капусты и брокколи из Узбекистана в натуральном выражении увеличился в 2,8 раз, а в стоимостном – в 3,8 раз4,6 млн долл. США до 17,6 млн долл. США).

🌐 Основными направлениями отгрузок цветной капусты и брокколи из Узбекистана являются три страны – Россия, Казахстан и Кыргызстан, на суммарную долю которых приходится свыше 96% общего объёма экспорта этой продукции.

📗 Исходя из анализа данных сезона экспорта 2023/2024 гг., наиболее выгодным рынком в текущей географии экспорта является ОАЭ, где цены в 3 раза выше средней цены всего экспорта, но куда поставки составили всего 1,3% от общего экспорта.

❇️ Среди перспективных направлений для увеличения экспорта данной продукции из Узбекистана можно выделить Вьетнам и Монголию. За последние 5 лет Монголия увеличила импорт цветной капусты и брокколи в стоимостном выражении в 14 раз, Вьетнам - в 13,9 раз.

👉 Подробнее

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn

IMRS Research

18 Nov, 13:31


🟥 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari dunyo brokkoli va gulkaram bozoridagi bugungi holatni va O‘zbekistonning bu yo‘nalishdagi salohiyatini o‘rgandi.

🥦 2023-yilda dunyo gulkaram va brokkoli bozorining hajmi 1,8 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. So‘nggi 5 yil ichida bozorning o‘rtacha yillik o‘sishi 7,9 foizni tashkil qildi.

🚚
Dunyoda ushbu mahsulotlarni eng ko‘p import qiluvchi mamlakatlar bular: Buyuk Britaniya (2023-yilda dunyo importidagi ulushi 17,1 foiz), Kanada (14,2 foiz), Germaniya (8,6 foiz), AQSh (6,6 foiz) va Fransiya (4,8 foiz).

💠 Gulkaram va brokkoli yangi meva va sabzavotlar segmentida O‘zbekistonning eng tez o‘sib borayotgan eksport mahsulotlaridan biri hisoblanadi.

📈 Oxirgi 3 yilda O‘zbekistondan gulkaram va brokkoli eksporti moddiy ko‘rinishda 2,8 barobarga, qiymati bo‘yicha esa 3,8 barobarga (4,6 million dollardan 17,6 million AQSh dollargacha) oshdi.

🌐 O‘zbekistondan gulkaram va brokkoli asosan uchta davlat – Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga jo'natiladi. Ushbu mahsulotlarning umumiy eksporti hajmida mazkur uchta mamlakat ulushi 96 foizdan ortadi.

📗 2023/2024-yilgi eksport mavsumi ma’lumotlarini tahlil qilish asosida shuni aytish mumkinki, BAA hozirgi eksport geografiyasidagi eng daromadli bozor bo‘lib, u yerda narx butun eksport o'rtacha narxidan 3 baravar yuqori, ammo yetkazib berish umumiy eksportning atigi 1,3 foizini tashkil qilgan.

❇️ Ushbu mahsulotlarni O‘zbekistondan eksport qilishni ko‘paytirishning istiqbolli yo‘nalishlari qatorida Vyetnam, Mo‘g‘uliston bor. So‘nggi 5 yil ichida Mo‘g‘uliston gulkaram va brokkoli importini qiymat jihatidan 14 barobar, Vyetnam 13,9 barobarga oshirdi.

👉 Batafsil

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn

IMRS Research

18 Nov, 10:58


🟥 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari tomonidan 2024-yilning III choragi uchun real samarali almashuv kursi (REER) indeksi hisoblab chiqildi.

Izoh: ushbu indeks 10 ta asosiy savdo hamkorlarimizdan tashkil topgan kichik guruh (umumiy tashqi savdo aylanmasining 70 foizi) va 20 ta asosiy savdo hamkorlarimizdan tashkil topgan katta guruh (83 foizi) uchun alohida hisoblandi.

📉 Tahlil natijalariga ko'ra, joriy yilning III choragida ikki guruh bo'yicha hisoblangan real samarali almashuv kursi ham biroz pasaydi. Xususan, 2024-yilning aprel-iyun oylarida ushbu indekslar mos ravishda o'rtacha 106,4 va 105,2 ni tashkil etgan bo'lsa, iyul-sentyabr oylariga kelib mazkur ko'rsatkichlar 106,1 va 104,9 gacha tushdi (2019-yil yanvar = 100,0).

‼️ Izoh: Iqtisodiyotda real samarali almashuv kursining pasayishi, boshqa omillar o'zgarmas deb qaralganda, eksport narxlarining arzonlashishi va import narxlarining qimmatlashishiga olib keladi. Bu esa eksport hajmining ortishi va import hajmining kamayishi natijasida tashqi savdo balansiga ijobiy ta'sir etishi mumkin.

🧮 2024 yilning III choragida umumiy eksport hajmi (6,78 mlrd AQSH dollari) va umumiy import hajmi (9,60 mlrd AQSH dollari) o'rtasidagi tafovut (2,8 mlrd AQSH dollari) 2023 yilning mos davriga (4,57 mlrd AQSH dollari) nisbatan 38,4 foizga kamaygan bo'lsa, oltinsiz eksport hajmi (5,18 mlrd AQSH dollari) va jami import hajmi o'rtasidagi tafovut (4,41 mlrd AQSH dollari) o'tgan yilning mos davriga (5,83 mlrd AQSH dollari) nisbatan 24,3 foizga qisqargan.

📝 2024-yil III chorakda REER indeksining pasayishi o'zbek so'mining eng yirik savdo hamkorlarimiz hisoblangan Rossiya va Xitoy milliy valyutalariga nisbatan qadrsizlanishi (II chorakka nisbatan mos ravishda 0,86 va 1,0 foizga) hamda Turkiyadagi yuqori inflyatsiya bilan izohlanadi.

📊 Yil oxiriga qadar so'mning mo'tadil devalvatsiyasiyasi fonida real samarali almashuv kursi nisbatan barqaror darajada shakllanishi prognoz qilinmoqda.

📌 Umuman olganda, real samarali almashuv kursiga quyidagi omillar bevosita va bilvosita ta'sir qiladi:

✔️ o'zbek so'mining xorijiy valyutalarga nisbatan nominal almashuv kursi (devalvatsiya/revalvatsiya);
✔️ ichki narxlar darajasi (inflyatsiya);
✔️ xorijiy narxlar darajasi (asosiy savdo hamkor davlatlardagi inflyatsiya);
✔️ tashqi savdoda asosiy savdo hamkorlarimiz va ular hissasining o'zgarishi (tashqi savdo diversifikatsiyasi);
✔️ foiz stavkalari;
✔️ davlat byudjeti balansi (iqtisodiyotdagi talab).

IMRS Research

18 Nov, 06:29


🟥 Dunyodagi har bir insonning baxtu-kamoli avvalo Vatan, uning taraqqiyoti bilan bog‘liq. Bayroq esa yurt timsollaridan biri. Jonajon O‘zbekistonimizning davlat bayrog‘i mustaqilligimiz, ozodligimiz ramzidir. Unda tinchlik, halollik, ezgulik, bag‘rikenglik, poklik, samimiylik kabi qadriyatlarimiz o‘z ifodasini topgan. Shu bilan birga u bizni yangi marralar sari undaydigan, ruhlantiradigan hayotbaxsh manba hamdir. Vatanimizning ana shu aziz timsolini ardoqlash, hurmat qilish har birimizning fuqarolik burchimizdir!

IMRS Research

15 Nov, 07:28


🟥 Tungi yoritilganlik darajasi, iqtisodiy faollik va yashirin iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) hamda Link Data kompaniyasi mutaxassislari tomonidan hamkorlikda O‘zbekistonda 2012 yildan 2023 yilgacha bo‘lgan davrda hududiy darajada tungi yorug‘lik ma’lumotlari va yashirin iqtisodiyot hajmi o'zgarishi tahlil qilindi.

🔎 Tahlilda Suomi milliy qutb-orbitada aylanib yuruvchi hamkorlik sun’iy yo‘ldoshi (Suomi NPP) va NOAA-20 sun’iy yo‘ldoshi bortida joylashtirilgan zamonaviy asbob – Ko‘rinadigan va infraqizil tasvir olish radiometriya to‘plami (Visible Infrared Imaging Radiometer Suite – VIIRS) tomonidan to‘plangan ma’lumotlar hamda rasmiy statistika ma’lumotlaridan foydalanildi.

📃 Hududlar bo‘yicha 1 km2 maydonga to‘g‘ri keluvchi tungi yoritilganlik darajasi eng yuqori bo‘lgan hudud Toshkent shahri bo‘lib, poytaxtda ushbu ko‘rsatkich 2017 yildagi
97,8 dan 137,7 ga (40,8% ga) oshgan. Mazkur davrda Toshkent shahrida iqtisodiy faollik 8 martaga ko‘paygan bo‘lsa, yashirin iqtisodiyot hajmining yalpi hududiy mahsulotga (YaHM) nisbatan ulushi 9,5% dan 11,7% ga oshgan.

📈 Xizmat ko‘rsatish sohasi jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgan Samarqand viloyatida 2023 yilda 1 km2 uchun tungi yoritilganlik darajasi (7,6) 2017 yilga (4,2) nisbatan 80% ga oshgan bo‘lsa, yashirin iqtisodiyotning YaHMga nisbati 6,3% dan 10,3% ga yetgan.

📌 Farg‘ona vodiysi viloyatlarida tungi chiroqlar bilan yoritilganlik darajasi yaxshilanishi bilan birga, yashirin iqtisodiyot ko‘lami ham kengayib borgan. Xususan, Namangan viloyatida 1 km2 maydonga to‘g‘ri keluvchi tungi yoritilganlik ko‘rsatkichi 2017 yildagi 5,7 dan 2023 yilda 8,1 ga (o‘sish – 40%) yetgan. O‘z navbatida, ushbu viloyatda yashirin iqtisodiyotning YaHMga nisbati 2023 yilda 14,2% ni tashkil etib, 2017 yilga (9,7%) nisbatan 4,5 foiz bandga ko‘paygan. Bu ko‘rsatkich Respublika bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Shuningdek, mazkur davrda Farg‘ona viloyatida 1 km2 maydonga to‘g‘ri keluvchi tungi yoritilganlik darajasi 70%ga
(7 dan 11,9 ga) yaxshilangan bo‘lsa, baholangan yashirin iqtisodiyot hajmining YaHMga nisbati 10,4% dan 12,2% ga yetgan.

Respublika bo‘yicha aholi zichligi bo‘yicha 1-o‘rinda turuvchi Andijon viloyatida 2017-2023 yillar oralig‘ida tungi yoritilganlik darajasi 42% ga (10,9 dan 15,5 ga) oshgan bo‘lsa-da, soya iqtisodiyotining YaHMga nisbatan ulushi deyarli o‘zgarmasdan 8% atrofida saqlanib qolgan.

📉 2017-2023 yillarda Qashqadaryo viloyatida tungi yoritilganlik darajasi 1 km2 maydon uchun 6% ga (6,3 dan 6 ga) kamaygan bo‘lsa, YaHM hajmiga nisbatan yashirin iqtisodiyot ko‘lami 11% dan 12% ga oshgan.

ℹ️ O'zgarmas effekt (fixed effect) modeli asosida amalga oshirilgan ekonometrik tahlil natijalari shuni ko’rsatadiki, tungi yoritilish darajasi yashirin iqtisodiyotning qariyb 39.4% ini o'zida aks ettiradi.

🌃 Ushbu tadqiqot norasmiy iqtisodiyotning hajmi va taqsimoti haqida tushuncha berib, iqtisodiyotni rasmiylashtirish bo‘yicha siyosatni ishlab chiqish, urbanizatsiya, iqtisodiy faollik, iqtisodiy tengsizlikni baholash va boshqa ko'rsatkichlar bo'yicha chuqur tahlillar qilish imkonini beradi.

👉Batafsil

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn

IMRS Research

14 Nov, 11:26


🟥 Avtokreditlar, daromadlar va avtomobillar savdosi. O'zbekistonda avtomobil bozoridagi faollik holati

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI)
mutaxassislari tomonidan iqtisodiy faollik darajasini baholash va prognoz qilish uchun respublika avtomobil bozoridagi faollik darajasi tahlil qilindi.

Tahlillarga ko'ra quyidagilar aniqlandi:

📉 2024-yilning III choragida O'zbekiston avtomobil bozorida faollik darajasi oshgan bo'lsa-da, 2023-yilgi darajasida emas. Xususan, joriy yilning iyul-sentyabr oylarida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan avtomobillar soni 352,8 mingtani tashkil qilib, II chorakka nisbatan 76,8 mingtaga (27,8 foizga) ko'paydi. Biroq, bu ko'rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 19,9 foizga kam.

🔗 Tahlillar tijorat banklari tomonidan ajratilgan avtokreditlar va aholining tasarrufdagi daromadlari avtomobil bozoridagi faollik darajasiga ta'sir etuvchi muhim omillardan biri ekanligini ko'rsatdi. Xususan, 2021-yil yanvar oyidan 2024-yil sentyabr oyigacha bo'lgan davrda davlat ro'yxatidan o'tkazilgan avtomobillar soni va aholiga ajratilgan avtokreditlar hajmi o'rtasida (korrelyatsiya koeffitsiyenti = 0,72), shuningdek aholi daromadlari va avtomobillar savdosi o'rtasida (korrelyatsiya koeffitsiyenti = 0,42) mavjudligi aniqlandi.

🏦 Joriy yilning dastlabki 9 oyida banklar tomonidan aholiga jami 12,8 trln. so‘m miqdorida avtokreditlar ajratilgan bo‘lib, 2023 yilning mos davriga nisbatan 2,4 barobarga kamaygan. Birgina III chorakda ajratilgan avtokreditlar II chorakka nisbatan 16,9 foizga va 2023-yilning mos davriga nisbatan 3,0 barobarga kamaygan.

📊 Tahlillarga ko'ra, ajratilgan kreditlarning o'sish sur'ati so'nggi 3 yildagi o'rtacha darajada saqlanib qolsa, yil oxiriga qadar har oyda o'rtacha 115,0-118,0 mingta avtomobil davlat ro'yxatidan o'tkazilishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun: 2023-yilning IV choragida har oyda o'rtacha 154,8 mingta avtomobillar oldi-sotdisi bo'yicha shartnoma imzolangan.

🚘 Avtokreditlarning sezilarli darajada kamayishi sharoitida, avtomobil korxonalari va dilerlar tomonidan ayrim avtomobillar savdolari uchun chegirmalarning kiritilishi (“GM Uzbekistan”, “BYD”, “KIA”), foizsiz muddatli to‘lovlarning joriy etilishi (“GM Uzbekistan”, “BYD”, “Cherry”) bozorda o‘tgan yillar darajasidagi talabni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan choralar sifatida qaralishi mumkin.

📌 Tahlil jarayonida Ichki ishlar vazirligi Yo'l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan davlat ro'yxatidan o'tkazilgan avtomobillar soni hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining avtokreditlar bo'yicha ma'lumotlaridan foydalanildi.

Prognoz
MIDAS (Mixed-data sampling) usulidan foydalangan holda EViews statistik dasturi orqali amalga oshirildi. MIDAS choraklik va oylik statistik ma'lumotlarni birlashtirish asosida baholash hamda prognoz qilish imkonini beradi.

Prognoz ko'rib chiqilayotgan modelning bir nechta regressiyalarini o'rtacha baholash asosida amalga oshirildi.

IMRS Research

13 Nov, 11:14


🟥 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan O‘zbekistonda urbanizatsiyaning rivojlanish tendensiyalari tahlil qilindi.

📌 "O‘zbekiston - 2030" Strategiyasida 2030-yilga borib urbanizatsiya darajasini 51% dan 60% ga yetkazish, Samarqand va Namangan shaharlarini “millionlik shaharlar”ga aylantirish, 300 mingdan ko‘p bo‘lgan shahar va tumanlar sonini 28 taga yetkazish, hamda barcha aholi punktlarining bosh rejalarini ishlab chiqish maqsadlari belgilangan.

🔎 Tadqiqotda foydalanilgan tasodifiy ta'sir (random effect) modeli natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda urbanizatsiya darajasining ortishiga aholi daromadlarining oshishi, oliy ma’lumotli kadrlarning ko‘payishi va uy-joylar qurilishi ahamiyatli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

📈 So‘nggi 10 yillikda O‘zbekistonda shahar va qishloq aholisi soni 20,7% gateng sur’atda o‘sgan. Bu davrda mamlakatda urbanizatsiya darajasi 50-51% orasida saqlanib, Toshkent shahri inobatga olinmasa, hududlar bo‘yicha umumiy ko‘rsatkich 46-47% orasida o‘zgarib turgan.

🏙 Toshkent shahrining jozibadorligi tufayli mehnatga layoqatli aholining shaharga harakati ortib bormoqda. Jumladan, Toshkent doimiy aholisi tarkibida mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholining ulushi 64% ni tashkil etsa, hududlarda bu ko‘rsatkich 54% dan oshmaydi.

Tadqiqot xulosalariga tayanib aytish mumkinki, yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratish, malakali kadrlar tayyorlash darajasini oshirish, ijtimoiy infratuzilmani takomillashtirish va ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish orqali yashash sharoitlarini yaxshilash urbanizatsiya darajasini oshirishga xizmat qiladi.

👉Batafsil

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn

IMRS Research

12 Nov, 14:35


🟥 Hurmatli Dilfuza Xaitvaevna

Barcha qilgan mehnatlaringiz uchun katta rahmat, navbatdagi bosqichda esa omad tilaymiz!

Sizga va oila a'zolaringizga mustahkam sog'liq, qayerda faoliyat yuritmang doim Sizga zafar yor bo'lishini tilab qolamiz!

Kamoli ehtirom bilan,

MHTI jamoasi

IMRS Research

12 Nov, 10:44


🏢 Ipoteka, daromad va shartnomalar. O'zbekistonda uy-joy bozoridagi iqtisodiy faollik omillari

🟥 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan iqtisodiy faollik darajasini baholash va prognoz qilish uchun respublikada uy-joy va ipoteka bozoridagi faollik darajasi tahlil qilindi.

Tahlillarga ko'ra quyidagilar aniqlandi:

📉 2024-yilning III choragida O'zbekiston uy-joy bozorida faollik darajasi pasaydi. Xususan, joriy yilning iyul-sentyabr oylarida ko'p qavatli uylardagi kvartiralar oldi-sotdisi uchun 41861 ta shartnoma rasmiylashtirilgan bo‘lib, bu korsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 3362 taga (7,4 foizga) kam.

🔗 Tahlillar tijorat banklari tomonidan ajratilgan ipoteka kreditlari va aholi tasarrufidagi daromadlar uy-joy bozoriga ta'sir etuvchi muhim omillar ekanligini ko'rsatdi.

Xususan, 2021-yil yanvar oyidan 2024-yil sentyabr oyigacha bo'lgan davrda uy-joy oldi-sotdisi va aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari hajmi o‘rtasida (korrelyatsiya koeffitsiyenti = 0,81), shuningdek, uy-joy oldi-sotdisi va aholining tasarrufdagi daromadlari o'rtasida (korrelyatsiya koeffitsiyenti = 0,48) sezilarli bog'liqlik mavjudligi aniqlandi.

Ma'lumot uchun: O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma'lumotlariga ko'ra, 2024-yilning III choragida aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari hajmi 4,84 trln. so'mni tashkil etgan bo'lib, bu ko'rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 7,3 foizga kam.

📊 Tahlillarga ko'ra, ajratilgan kreditlarning o'sish sur'ati so'nggi 3 yildagi o'rtacha darajada saqlanib qolsa, yil oxiriga qadar har oyda o'rtacha 13,0-14,0 mingta uy-joy oldi-sotdi shartnomalari tuzilishini kutish mumkin.

Ma'lumot uchun: 2023-yilning IV choragida har oyda o'rtacha 12,9 mingta shartnoma imzolangan.

📌 Tahlil jarayonida notarius idoralari tomonidan rasmiylashtirilgan uy-joy oldi-sotdi shartnomalari soni hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ipoteka kreditlari ma'lumotlaridan foydalanildi.

Prognoz
MIDAS (Mixed-data sampling) usulidan foydalangan holda EViews statistik dasturi orqali amalga oshirildi. MIDAS choraklik va oylik statistik ma’lumotlarni birlashtirish asosida baholash hamda prognoz qilish imkonini beradi.

Prognoz ko‘rib chiqilayotgan modelning bir nechta regressiyalarini o‘rtacha baholash asosida amalga oshirildi.

IMRS Research

12 Nov, 09:01


🟥 СМИ о нас

IMRS Research

12 Nov, 05:49


🟥 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan talabalar o‘rtasida elektr energiyasini tejash va energiya samaradorligi bo‘yicha so‘rov o‘tkazildi.

🔎 Metodologiya: Tadqiqot MHTI tomonidan ishlab chiqilgan so‘rovnoma orqali olingan ma’lumotlarni tahlil qilishga asoslangan. So‘rovnoma tizimli savollar to‘plamini o‘z ichiga olgan bo‘lib, ularning har biri respondentlarning energiyani tejash borasidagi xabardorlik darajasini baholashga qaratilgan. So‘rovda respublikaning barcha hududlaridagi 22 ta universitetning 7 ming nafardan ortiq talabasi ishtirok etdi.

🔰 Xabardorlik darajasi: Respondentlarning kattagina qismi (58%) hukumatning energiya samaradorligi sohasidagi asosiy tashabbuslari va "O‘zbekiston-2030" strategiyasi, 2019-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi kabi strategik hujjatlar va dasturlardan xabardor.

📊 So'rovda qatnashganlarning 88,4 foizi energiya tejamkorligi qoidalaridan xabardor (talabalarning 47,8 foizi o‘z xabardorligini yuqori, 40,6 foizi o‘rtacha, deb baholaydi) va faqat 11,6 foizi bu haqida yaxshi ma’lumotga ega emasligini ta’kidlagan.

🔎 Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, talabalar yuqori kursga o‘tishi bilan elektr energiyasi, suv va gaz xarajatlari haqida ko‘proq xabardor bo‘ladi: xarajatlar haqida biladigan va mustaqil ravishda haq to‘laydiganlarning ulushi asta-sekin o‘sib boradi (1- va 4-bosqichlarda mos ravishda 14,2 foiz va 33,2 foiz), ayni paytda bu masalaga qiziqmaydiganlar ulushi qisqaradi (1-bosqichda 21,2 foiz, 4-bosqichda 11,1 foiz).

📈 Asosiy natijalar: Respondentlarning 85,2 foizi elektr energiyasini tejash choralarini ko‘rmoqda. Bularning orasida chiroqlarni o‘chirish, tejamkor lampochkalardan foydalanish va elektr jihozlaridan oqilona foydalanish kabi keng tarqalgan choralar ham bor. Talabalarning taxminan 42,7 foizi energiyani tejash jarayoniga o‘z oila a’zolarini ham jalb etmoqda. Bu esa yoshlar orasida yuqori darajadagi ongli munosabat va umumiy mas’uliyat hissi mavjudligini anglatadi.

🟥 Shu bilan birga, talabalarning qariyb 14,8 foizi energiyani tejash choralarini ko‘rmaydi. Ularning 33,8 foizi qulaylik maqsadida energiyani tejash uchun hech qanday chora ko‘rmasligini, 26 foizi bu haqda o‘ylamaganligini ma'lum qilgan. Ushbu tendensiyalar yosh avlodning energiyani tejash va buning ahamiyati haqidagi xabardorlik darajasini yanada oshirish zarurligini ko‘rsatadi.

Umuman olganda, tadqiqot natijalari O‘zbekistonda talabalarning energiya tejamkorligi va energiya samaradorligi bo‘yicha xabardorligi yetarlicha yuqori ekanligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, energiya samaradorligini oshirish bo’yicha strategik tashabbuslarni amalga oshirishda talabalarning faolligini yanada oshirish imkoniyatlari ham mavjud. Yoshlarni energiya iste’moli bo‘yicha barqaror amaliyotlarga jalb qilish ekologik mas’uliyatli jamiyatni shakllantirish yo‘lidagi muhim vazifa bo‘lib qolmoqda.

🔰 Natijalarni umumlashtirish talabalarning energiya tejamkorligi va buning ekologik va ijtimoiy afzalliklari haqidagi xabardorligini oshirishga qaratilgan targ'ibot-tashviqot ishhlarini olib borishni tavsiya qilish imkonini beradi. Maqsadli axborot dasturlari, xalqaro ekspertlar ishtirokidagi treninglar, ixtisoslashtirilgan kurslar va energiyani tejash sohasidagi loyihalar bo‘yicha talabalar tanlovlari shular jumlasidandir. Bularning barchasi yoshlarda energiya samaradorligini oshirish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 | Facebook | Twitter | Instagram | LinkedIn

IMRS Research

12 Nov, 05:49


🟥 Эксперты Института макроэкономических и региональных исследований (ИМРИ) при Кабинете Министров Республики Узбекистан провели опрос группы студентов Узбекистана по вопросам энергосбережения и энергоэффективности.

🔎 Методология: Исследование было основано на анализе информации, полученной с помощью опрос-анкеты, разработанной ИМРИ. Опрос-анкета включала в себя структурированный набор вопросов, каждый из которых был связан с задачами по оценке уровня осведомленности респондентов об энергосбережении. В опросе приняли участие более 7 тысяч студентов из 22 университетов со всех регионов республики.

🔰 Значительная часть опрошенных (58%) осведомлена о ключевых инициативах правительства в области энергоэффективности и реализации таких стратегических документов и программ, как Стратегия Узбекистан-2030, Стратегия по переходу Республики Узбекистан на «зеленую» экономику на период 2019 — 2030 годов.

📊 Уровень осведомленности: 88,4% респондентов осведомлены о принципах энергосбережения (47,8% студентов оценивают свою осведомленность как высокую, 40,6% - как среднюю), и только 11,6% опрошенных отметили, что плохо информированы о данном вопросе.

🔎 Исследование также выявило, что с переходом на курс выше студенты становятся более осведомленными о затратах на электроэнергию, воду и газ: доля тех, кто знает о расходах и оплачивает самостоятельно, постепенно растёт (14,2% и 33,2% на 1 и 4 курсе обучения соответственно), при параллельном сокращении (с 21,2% на 1 курсе до 11,1% на 4 курсе обучения) числа тех, кто не заинтересован в этом вопросе.

📈 Основные результаты: 85,2% респондентов принимают меры для экономии электроэнергии, включая такие распространенные действия, как выключение света, использование энергосберегающих ламп и умеренное пользование электроприборами. Примерно 42,7% студентов вовлекают в процесс энергосбережения членов своей семьи, что указывает на высокий уровень осознанности и общей ответственности среди молодежи.

🟥 Тем не менее, около 14,8% студентов не предпринимают меры для экономии энергии, причем 33,8% из них отмечают, что не принимают никаких действий для энергосбережения в целях комфорта, 26% — что не задумывались об этом вопросе. Данные тенденции свидетельствуют о необходимости дальнейшего повышения уровня осведомленности молодого поколения о принципах и важности энергосбережения.

В целом, результаты исследования демонстрируют, что информированность студентов по вопросам энергосбережения и энергоэффективности в Узбекистане находится на достаточно высоком уровне. Однако, существуют возможности для дальнейшего повышения вовлеченности студентов в реализацию стратегических инициатив по повышению энергоэффективности. Привлечение молодёжи к устойчивым практикам в потреблении энергии остаётся важной задачей на пути к формированию экологически ответственного общества.

🔰 Обобщение полученных ответов позволяет рекомендовать проведение образовательных кампаний, направленных на повышение осведомленности студентов об экологических и социальных преимуществах энергосбережения. Целевые информационные программы, тренинги с участием международных экспертов, специализированные курсы и студенческие конкурсы на проекты в области энергосбережения — всё это может сыграть важную роль в развитии энергоэффективных навыков у молодёжи.

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn

IMRS Research

11 Nov, 12:38


🟥 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2024-yilning oktyabr oyida avtomobil narxlari tahlil qilindi.

2024-yilning oktyabr oyida ikkilamchi avtomobil bozorida "Lacetti", "Damas", "Labo" narxlari pasayishda davom etdi. "Spark" o'rtacha narxlari biroz ko'tarilgan bo'lsa, "Cobalt" va "Nexia" narxlarida deyarli o'zgarish kuzatilmadi.

📉Mahalliy ommabop avtomobillar narxlari. Joriy yilning oktyabr oyida ikkilamchi bozorda ko'p foydalanilgan "Lacetti", "Damas", "Labo" avtomobillar o'rtacha narxlari sentyabr oyiga nisbatan mos ravishda 1,5%, 6,3% va 2,0%ga pasaygan bo'lsa, o‘rtacha foydalanilganlari mos ravishda 0,3%, 0,6% va 3,5%ga arzonladi. Ko'p foydalanilgan "Spark" avtomobilining o'rtacha narxi 2,2%ga, o‘rtacha foydalanilgani 2,9 %ga oshgan bo'lsa, "Cobalt" va "Nexia" narxlarida sezilarli o'zgarish kuzatilmadi.

‼️Mahalliy ommabop avtomobillar uchun oktyabr oyida taklif qilingan o'rtacha narxlar quyidagilarni tashkil qildi:

“Lacetti”: kam foydalanilgan - $15 236 ($15 452), ko‘p foydalanilgan - $13 300 ($13 500);

“Damas”: kam foydalanilgan - $8 250 ($8 300), ko‘p foydalanilgan - $7 500 ($8 000);

“Spark”: o‘rtacha foydalanilgan - $10 500 (sentyabr oyida – $10 200), ko‘p foydalanilgan - $9 200 ($9 000).

🚖 Mahalliy lyuks avtomobillar narxlari. Joriy yilning oktyabr oyida mahalliy lyuks avtomobillaridan "Equinox" narxlari sezilarli o'zgargan bo'lsa, "Malibu" va "Tracker" narxlari deyarli o'zgarmadi. Jumladan, mazkur davrda kam va o'rtacha foydalanilgan “Equinox”ning o‘rtacha narxlari sentyabr oyiga nisbatan mos ravishda 1,5% va 6,3%ga arzonlagan bo'lsa, ko'p foydalanilgani 1,9%ga oshdi.

💸“Equinox” uchun oktyabr oyida taklif qilingan o'rtacha narxlar quyidagicha:
kam foydalanilgan - $33 000 ($33 500), o'rtacha foydalanilgan - $30 000 ($32 000); ko'p foydalanilgani- $27 000 ($26 500).

🔌 Elektomobil narxlari: Joriy yilning oktyabr oyida elektromobillar narxlari sezilarli darajada arzonlashdi. Xususan, BYD "Han" avtomobilining ko'p foydalanilgani o'rtacha narxi 10,2% ga, o'rtacha foydalanilgani 2,6% ga hamda yangisi 2,2% ga pasaydi. BYD Song Plus EV Chempionning o'rtacha foydalanilgani 7,5%ga, yangisi 1,2%ga arzonlashdi.

💸Elektomobillar uchun oktyabr oyida taklif qilingan o'rtacha narxlar quyidagicha:

BYD “Han”: ko'p foydalanilgan - $31 450 ($35 000), o'rtacha foydalanilgan - $37 000 ($38 000);

BYD “Song Plus EV Champion”: o'rtacha foydalanilgan - $27 500 ($29 750); yangi- $29 000 ($29 350)

"Random Forest" modeli: avtomobil narxlariga ta'sir etuvchi omillar. “Malibu” va “Tracker”ning narxiga ularning bosib o‘tgan masofasi yuqori darajada ta’sir etib, ishlab chiqarilgan yili katta ta'sir etmasligi aniqlandi.

🚘 Avtomobillar bosib o‘tgan masofasi hamda ishlab chiqarilgan yiliga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratib olindi:
✔️ 2023-2024-yillarda ishlab chiqarilgan hamda bosib o‘tgan masofasi 20 000 km. gacha bo‘lgan avtomobillar –“Kam foydalanilgan”;
✔️ 2023-2024-yillarda ishlab chiqarilgan hamda bosib o‘tgan masofasi 20 000 km. dan 50 000 km. gacha bo‘lgan avtomobillar, shuningdek, 2021-2022-yillarda ishlab chiqarilgan hamda bosib o‘tgan masofasi 40 000 km. gacha bo‘lgan avtomobillar-“O‘rtacha foydalanilgan”;
✔️ 2023-2024-yillarda ishlab chiqarilgan va bosib o‘tgan masofasi 50 000 km. dan ko‘p bo‘lgan avtomobillar, 2021-2022-yillarda ishlab chiqarilgan hamda 40 000 km. dan ortiq masofani bosib o‘tgan avtomobillar hamda 2020-yilda ishlab chiqarilgan barcha avtomobillar – “Ko‘p foydalanilgan”.


📎 Avtomobil narxlarini tahlil qilishda ma’lumotlar olx.uz platformasidan veb skreping (web scraping) orqali to‘plandi. Bunda, 2020-2024-yillarda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun taklif etilayotgan narxlar saralab olingandan so‘ng, sentyabr oyi uchun 8,4 mingta, oktyabr oyi uchun 16,0 mingta ma’lumotlar asosida taklif etilgan narxlar tahlil qilindi. Shuningdek, avtomobil narxlariga ta'sir etuvchi omillar "Random Forest" modeli yordamida aniqlandi.

IMRS Research

02 Nov, 16:11


«Nasoyim ul-Muhabbat»
Alisher Navoiy


"Bir kuni Xoja Muzaffar Navqonda aytardi:
- Bir kosa to‘la tariqdan bir donasi Shayx Abusaid Abulxayrdir, qolgan barchasi men.

Shayx Abusaidning bir muridi ham bu majlisda hozir edi. Bu so‘zdan achchig‘i kelib, turib shayxning huzuriga bordi va bo‘lib o‘tgan so‘zni aytdi.

Shayx dedi:
- O‘sha bir dona ham ulardirlar. Biz hech nima emasmiz."

«Nasoyim ul-Muhabbat»
Alisher Navoiy

IMRS Research

02 Nov, 08:16


🟥 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari tomonidan Chimboy va Amudaryo tumanlarining master-rejalari ishlab chiqilmoqda.

  Joriy yilning 23-26-oktyabr kunlari MHTI mutaxassislari, GIZ vakillari va xorijiy ekspertlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy va Amudaryo tumanlarida bo'lib, bu yerda faoliyat yuritayotgan davlat tashkilotlari xodimlari hamda mahalliy tadbirkorlar bilan davlat-xususiy sektor muloqotlari (PPD - Public Private Dialogue)ni o‘tkazdi. 

📃 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi “Hududlarning iqtisodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va bo‘sh yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-245-sonli qarorida MHTI va Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) hamkorligida hududlarni kompleks iqtisodiy rivojlantirishning master-rejalarini ishlab chiqish belgilangan.

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn

IMRS Research

02 Nov, 07:30


🟥 Конкуренция в банковском секторе Узбекистана: обновлен индекс Херфиндаля-Хиршмана за третий квартал 2024 года.

Институтом макроэкономических и региональных исследований при Кабинете Министров Республики Узбекистан была оценена динамика конкуренции в банковском секторе Узбекистана на основе индекса Херфиндаля-Хиршмана (HHI).

🔰 По данному показателю рынки делятся на три группы в зависимости от уровня конкуренции: если HHI составляет от 2500 до 10000, уровень конкуренции низкий; если от 1500 до 2500 – средний; если ниже 1500 – высокий.

Согласно показателю HHI, с апреля 2019 года на рынках депозитов, активов и кредитов наблюдается высокий уровень конкуренции. То есть с этого периода значение HHI по всем трём показателям стабильно находится ниже отметки 1500.

🏛 Активы. По состоянию на 1 октября 2024 года HHI по активам коммерческих банков составил 839 ед. (в аналогичном периоде 2023 года — 907 ед.) и улучшился на 23 ед. по сравнению с предыдущим кварталом. В III квартале 2024 года объем активов достиг 738,7 трлн сумов, что на 48,3 трлн сумов больше по сравнению со вторым кварталом и на 123 трлн сумов больше по сравнению с аналогичным периодом прошлого года.

Доля активов банков с участием частного и иностранного капитала в общей сумме активов банковской системы увеличилась на 2 п.п. по сравнению с III кварталом прошлого года и составила 33 %. В то же время доля двух крупнейших банков с госучастием — “Узнацбанк” и “Узпромстройбанк” — уменьшилась на 1,8 п.п. Филиал казахстанского «Евразийского банка» начал свою деятельность в качестве частного банка, и на 1 октября его доля в общих активах составила 0,03 п.п.

Также в этот период “Пойтахтбанк” был приобретён компанией “Bond Investments limited” LLC (ООО) из Объединённых Арабских Эмиратов, что позволило ему присоединиться к числу частных банков. Это привело к увеличению доли частных банков и банков с иностранным капиталом в общей сумме активов банковской системы на 0,04 п.п.

🏦 Кредиты. На рынке кредитов также наблюдается улучшение уровня конкуренции, и по состоянию на 1 октября индекс HHI составил 943 ед. (в соответствующий период 2023 года —986 ед.). Объем кредитов, выданных коммерческими банками, увеличился на 14,2% по сравнению с аналогичным периодом прошлого года и составил 515,6 трлн сум. Из общего объема кредитов объем кредитов, выданных физическим и юридическим лицам, увеличился на 22% и 11% соответственно. По отраслям, кредиты в промышленности увеличились на 14%, в сельском хозяйстве на 12%, а в торговле и услугах на 10%.

Доля кредитного портфеля трех крупнейших банков с госучастием (“Узнацбанк”, “Агробанк”, “ Узпромстройбанк”) снизилась на 0,5 п.п. по сравнению со II кварталом 2024 года.

На 1 октября средняя ставка процентов по кредитам, выданным физическим лицам в национальной валюте, составила 23,8 % (в соответствующий период 2023 года — 24,4 %), а для юридических лиц — 22,7 %.

🏦 Депозиты. Индекс HHI, рассчитанный по депозитам, в III квартале 2024 года улучшился на 36 ед. по сравнению со II кварталом и составил 657 ед. (в аналогичном периоде 2023 года — 670 ед.). Это свидетельствует о том, что уровень конкуренции на рынке депозитов выше, чем на рынках активов и кредитов. За этот период внутреннее соперничество между банками с участием частного и иностранного капитала усилилось: по сравнению с аналогичным периодом прошлого года доля «Ипак йули банк» в общем объеме депозитов увеличилась на 0,8%, «Анор банк» и «Ипотека банк» — на 0,7%, а «Хамкор банк» и «Тибиси банк» — на 0,3%. Однако доля трех крупных банков с государственным участием в общем объеме депозитов банковской системы снизилась на 0,9%.

Средние начисленные процентные ставки по срочным депозитам физических и юридических лиц в национальной валюте на 1 октября составили соответственно 22% и 16,2%. (в годовом исчислении).

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn

IMRS Research

02 Nov, 07:30


🟥 O‘zbekiston bank tizimidagi raqobat darajasi: 2024-yilning III choragi uchun Xerfindal-Xirshman indeksi yangilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tomonidan O‘zbekiston bank sektorida raqobat dinamikasi Herfindal-Hirshman indeksi (HHI) asosida baholandi.

🔰 Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha mavjud bozorlar raqobat darajasiga ko‘ra 3 guruhga bo‘linadi: HHI 2500 dan 10000 gacha bo‘lsa, raqobat darajasi past, HHI 1500 dan 2500 gacha bo‘lsa, raqobat darajasi o‘rtacha, HHI 1500 dan past bo‘lsa, raqobat darajasi yuqori.

HHI ko‘rsatkichiga ko‘ra, 2019-yilning aprel oyidan boshlab depozitlar, aktivlar va kreditlar bozorida yuqori raqobat darajasi kuzatilmoqda. Ya’ni ushbu davrdan boshlab HHI ko‘rsatkichi 3 ta ko‘rsatkich bo‘yicha ham 1500 dan past shkalada shakllanib kelmoqda.

🏛 Aktivlar. 2024-yilning 1-oktyabr holatiga ko‘ra, tijorat banklar aktivlari bo‘yicha hisoblangan HHI 839 birlikni (2023-yilning mos davrida 907 birlik) tashkil etdi va o‘tgan chorakka nisbatan 23 birlikka yaxshilandi. 2024-yilning III choragida aktivlar hajmi 738,7 trln. so‘mga yetdi va II chorak bilan taqqoslaganda 48,3 trln. so‘mga, o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 123 trln. so‘mga oshdi.

Xususiy va chet el kapitali ishtirokidagi banklarning jami bank tizimi aktivlaridagi ulushi o‘tgan yilning III choragiga nisbatan 2 foiz bandga oshib, 33 foizni tashkil etgan bo‘lsa, davlat ulushi mavjud bo‘lgan ikkita eng yirik bank – O‘zmilliybank” va “O‘zsanoatqurilishbankning ulushi 1,8 foiz bandga kamaydi. Qolaversa, Qozog‘istonning “Yevrosiyo banki” sho‘basi ham xususiy bank sifatida faoliyatini boshladi va 1-oktyabr holatiga ko‘ra, mazkur bankning jami aktivlardagi ulushi 0,03 foizni tashkil qildi.

Shuningdek, ushbu davrda “Poytaxtbank” Birlashgan Arab Amirliklarining “Bond Investments limited” LLC (MCHJ) tomonidan sotib olinishi natijasida xususiy banklar qatoriga qo‘shildi. Bu esa xususiy banklar va chet el kapitali ishtirokidagi banklarning jami bank tizimi aktivlaridagi ulushini 0,04 foiz bandga oshishiga olib keldi.

🏦 Kreditlar. Kreditlar bozorida ham raqobat darajasi yaxshilanib, 1-oktyabr holatiga ko‘ra, HHI indeksi 943 birlikni (2023-yilning mos davrida 986 birlik) tashkil qildi. Tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,2 foizga oshib, 515,6 trln. so‘mga yetdi. Shundan jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlar hajmi mos ravishda 22 foizga va 11 foizga oshdi. Tarmoqlar kesimida sanoat 14 foizga, qishloq xo‘jaligi 12 foizga, savdo va xizmatlar 10 foizga oshdi.

Davlat ulushi mavjud bo‘lgan top-3 ta bankning (“O‘zmilliybank”, “Agrobank”, “O‘zsanoatqurilishbank”) jami kredit portfelidagi ulushi 2024-yilning II choragiga nisbatan 0,5 foiz bandga pasaydi.

Milliy valyutada jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi 1-oktyabr holatiga ko‘ra, 23,8 foizni (2023-yilning mos davrida 24,4 foiz), yuridik shaxslar uchun
22,7 foizni tashkil etdi.

🏦 Depozitlar. Depozitlar bo‘yicha hisoblangan HHI indeksi 2024-yilning III choragida II choragiga nisbatan 36 birlikka yaxshilanib,
657 birlikni (2023-yilning mos davrida 670 birlik) tashkil qildi. Bu esa depositlar bozorida raqobat darajasi aktivlar va kreditlar bozorlariga qaraganda yuqori ekanligidan dalolat beradi. Mazkur davrda xususiy va chet el kapitali ishtirokidagi banklar o‘rtasida ichki raqobat kuchayib, o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda “Ipak yo‘li banki”ning jami depozitlar hajmidagi ulushi 0,8 foiz bandga, “Anorbank” va “Ipotekabank”da 0,7 foiz bandga, “Hamkorbank” va “TBC bank”da 0,3 foiz bandga oshdi. Lekin, davlat ulushi mavjud bo‘lgan 3 ta yirik bankning jami bank tizimi depozitlaridagi ulushi 0,9 foiz bandga kamaydi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning milliy valyutadagi muddatli depozitlari bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkalari 1-oktyabr holatiga ko‘ra mos ravishda (yillik hisobda) 22 foizni va 16,2 foizni tashkil qildi.

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn

IMRS Research

01 Nov, 13:37


🟥 OKTYABR oyida olib borilgan tadqiqotlarning natijalarini
quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn

IMRS Research

28 Oct, 12:56


🟥 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari “aqlli qishloqlar”ni rivojlantirish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rgandi.

🌐 “Aqlli qishloqlar” konsepsiyasi nafaqat qishloqlarning raqamli transformatsiyasini, balki ularning rivojlanishiga yangicha qarashni ham ifodalaydi.

🇨🇳 Xitoyda “Aqlli qishloq Baihu” loyihasi 80 dan ortiq turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini onlayn sotishni yo‘lga qo‘yib, 30 mingdan ortiq odamni kambag‘allikdan qutqardi.

Elektron tijorat kambag‘allikni bartaraf etishda muhim rol o‘ynadi, 20 000 dan ortiq sotuvchilar “832 platformasi”ga (kambag‘al hududlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish uchun onlayn platforma) qo‘shildi. Bu 2022 yilda 13,6 milliard yuan daromad keltirdi (yilga nisbatan 20 foizga ko‘p).

🇪🇸 Ispaniyada COWOCAT Rural loyihasi doirasida yaratilgan kovorking-maydonlari aholi sonining kamayishidan aziyat chekayotgan qishloq joylarida iqtisodiy o‘sishning drayveriga aylandi. Loyiha doirasida 18 dan ortiq kovorking-maydonlari va 130 dan ortiq mutaxassislar tarmoqqa qo‘shildi, bu esa qishloqlarda kuchli kovorkerlar hamjamiyatini shakllantirishga hissa qo‘shdi.

❇️ Loyiha Ispaniyadagi ikkita taʼlim muassasasida oʻquv dasturlarini yoʻlga qoʻyish orqali yoshlar o‘rtasida kovorking madaniyatini ommalashtirishga faol hissa qoʻshdi. Tortosa shahridagi Rovira-i-Virgili universitetida talabalar va o‘qituvchilarni ushbu kontseptsiyaga jalb qilish uchun qishloq kovorking-maydoni tashkil etildi.

🇨🇩 Kongo Demokratik Respublikasida Pamoja Net loyihasi Idjvi oroliga internetga kirish imkonini berdi. Bu mahalliy biznes muhitini yaxshiladi, bu esa xalqaro xaridorlar bilan aloqa o'rnatishga yordam berdi. Mahalliy korxonalarning qo‘llab-quvvatlashi va Fjord texnologiya kompaniyasi bilan hamkorlik tufayli 3900 dan ortiq kishi internetga ulanish imkoniga ega bo‘ldi. Keyinchalik, mahalliy korxonalar loyihaning oylik operatsion xarajatlarining 60 foizini moliyalashtirish uchun yangi imkoniyatlardan foydalanishdi.

🇦🇿 Ozarbayjonda Agali aholi punktidagi “aqlli qishloq” qayta tiklanadigan energiya manbalari va raqamli texnologiyalardan foydalanish namunasiga aylandi. Aholi punkti energetik avtonomdir: energiya resurslariga bo'lgan ehtiyoj quyosh energiyasi, shamol energiyasi va gidroelektr stansiyalari hisobiga ta'minlanadi. Agali qishlog‘idagi har bir bino tolali izolyatsiya, elektrodli suv isitgichi, quyosh panellari va boshqa yashil texnologiyalar bilan jihozlangan.

🇺🇿 O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligiga raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qishloqlar barqarorligi va unumdorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslar ham faol amalga oshirilmoqda.

✳️ 2023-yilda O‘zbekiston fermerlari FAOning “Kelajak avlodlar uchun aqlli qishloq xo‘jaligi” loyihasi va dunyo bo‘ylab 1000 ta raqamli qishloqlarni yaratishga qaratilgan FAOning “Raqamli qishloqlar” tashabbusida ishtirok etdi. Pilot loyihalarini amalga oshirish uchun Farg‘ona vodiysining Novkent va Yuksalish qishloqlari tanlab olindi.

👉 Batafsil

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn

IMRS Research

28 Oct, 12:56


🟥 Эксперты Института макроэкономических и региональных исследований при Кабинете Министров Республики Узбекистан (ИМРИ) изучили зарубежный опыт по развитию «умных деревень».

🌐 Концепция "умных деревень" представляет собой не просто цифровую трансформацию сельских территорий, но и новый взгляд на их развитие.

🇨🇳 В Китае в рамках проекта «Умная деревня Байху» была налажена онлайн-продажа более 80 видов сельскохозяйственной продукции, что позволило вывести из бедности более 30 000 человек.

Электронная коммерция в Китае сыграла важную роль в борьбе с бедностью: к «платформе 832» (онлайн-платформа продаж сельскохозяйственной продукции в бедных районах) присоединилось более 20 000 продавцов, что принесло доход в размере 13,6 млрд юаней в 2022 году (на 20% больше по сравнению с предыдущим годом).

🇪🇸 В Испании коворкинг-площадки, созданные в рамках проекта COWOCAT Rural, стали драйвером экономического роста сельских территорий, страдающих от депопуляции. В рамках проекта к сети подключились более 18 коворкинг-площадок и 130 специалистов, что способствовало формированию крепкого сообщества коворкеров в сельской местности.

❇️ Проект активно способствовал популяризации культуры коворкинга среди молодежи, запустив обучающие программы в двух учебных заведениях Испании. На базе Университета Ровира-и-Виргили в городе Тортоса была организована сельская коворкинг-площадка с целью привлечь студентов и преподавателей к данной концепции.

🇨🇩 В Демократической Республике Конго проект «Pamoja Net» обеспечил доступ к интернету на острове Иджви. Благодаря поддержке местных предприятий и партнёрству с технологической компанией Fjord, более 3 900 человек получили возможность подключения к интернету. Впоследствии местный бизнес, воспользовавшись новыми возможностями, начал финансировать 60% ежемесячных операционных расходов по проекту.

🇦🇿 В Азербайджане «умное село» Агалы стало примером использования возобновляемых источников энергии и цифровых технологий. Поселение является энергетически автономным: потребность в энергоресурсах обеспечивается за счет солнечной энергии, ветроэнергетики и гидростанций. Каждое здание в Агалы оснащено волокнистой изоляцией, электродным водонагревателем, солнечными батареями и другими зелеными технологиями.

🇺🇿 В Узбекистане также активно реализуются инициативы по внедрению цифровых технологий в сельском хозяйстве, нацеленные на повышение устойчивости и продуктивности сельских сообществ.

✳️ В 2023 году фермеры Узбекистана участвовали в проекте ФАО «Умное сельское хозяйство для будущих поколений» и инициативе ФАО «Цифровые деревни», направленной на создание 1000 цифровых деревень по всему миру. Для реализации пилотных проектов были отобраны сёла Новкент и Юксалиш в Ферганской долине.

👉
Подробнее

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn

IMRS Research

28 Oct, 11:35


🟥 СМИ о нас

IMRS Research

28 Oct, 04:52


🟥 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ekspertlari tomonidan O'zbekiston mahsulotlari uchun potensial eksport bozorlari aniqlandi.

🔰 Tadqiqot natijalariga ko'ra quyidagilar ma'lum bo'ldi:

Meva-sabzavotlar hamda ulardan tayyorlangan turli xil qiyom va sharbatlar. 2024-yilning III choragida Buyuk Britaniya, Hindiston, Kanada, AQSH, Tailand, Avstraliya kabi mamlakatlarda meva-sabzavotlar hamda ulardan tayyorlangan turli xil qiyom va sharbatlarga bo'lgan talab yuqori bo'ldi.

Ushbu mahsulotlarni eksport qilish bo'yicha Surxondaryo, Xorazm, Farg'ona, Samarqand, Qashqadaryo va Andijon viloyatlari yaxshi imkoniyatlarga ega bo'lib, qayd etilgan mamlakatlarga eksportni doimiy ravishda yo'lga qo'yish mazkur hududlarning iqtisodiy ahvolini yaxshilashga xizmat qiladi.

Ip-gazlama, kiyimlar, kimyoviy tola va teri mahsulotlari. Mazkur tovarlarga bo'lgan talab AQSH, Fransiya va Indoneziya davlatlarida yuqori ekanligi aniqlandi.

Ushbu tovarlarni eksport qilishda nisbiy ustunlikka ega bo'lgan Namangan, Qashqadaryo, Toshkent, Sirdaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi tadbirkorlarida mazkur bozorlarga chiqish imkoniyatlari mavjud.

O'g'itlar, kimyoviy mahsulotlar, un va kraxmal. O'zbekiston ushbu mahsulotlarini eksport qilishda ham nisbiy ustunlikka ega bo'lib, mazkur mahsulotlarga asosan AQSH, Buyuk Britaniya, Malayziya, Hindiston, Kanada, Koreya Respublikasi davlatlarida talab yuqori.

Farg'ona, Navoiy va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahri tadbirkorlari ushbu mahsulotlarni nisbatan pastroq xarajatlar evaziga eksport qilishi mumkin.

Qimmatbaho toshlar va metallar, rux va mis mahsulotlari. Kanada, Fransiya, AQSH, Germaniya, Koreya Respublikasi, BAA va Xitoy mamlakatlaridagi ko'pgina buyurtmachilarga qimmatbaho toshlar va metallar, rux mahsulotlari va mis mahsulotlari zarur ekanligi aniqlandi.

Ushbu mahsulotlarni eksport qilish Navoiy va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlarga tavsiya etiladi.

Shuningdek, buyurtmachilarning 75,5 foizi uchun mahsulotning qaysi mamlakatdan yetkazib berilishi ahamiyatga ega emasligi ma'lum bo'ldi. Mazkur guruhdagi buyurtmachilarning 78,4 foizi mahsulotni Incoterms qoidalarining CIF shartlari (mahsulotni ishlab chiqarish, sug'urtalash va yetkazib berish xarajatlari sotuvchining zimmasiga yuklatiladi) asosida yetkazib berilishini ma'qul ko'rishi aniqlandi. Mahsulotni yetkazib berish bo'yicha ma'lum bir davlat talabini qo'ymagan buyurtmachilarning 60 foizi to'lov shakli sifatida akkreditivni (LC - Letter of Credit), 28,4 foizi esa telegrafik pul o'tkazmasi (TT - Telegraphic Transfer) hamda bank orqali to'g'ridan to'g'ri o'tkazmani afzal ko'rishi ma'lum bo'ldi.

Izoh: Akkreditiv xalqaro savdoda risk darajasi kichik bo'lgan eng ishonchli to'lov shakli hisoblanadi.

‼️ Shuni ta'kidlash lozimki, hududlarda transport va eksport infratuzilmasining ushbu potensial bozorlarga chiqish uchun moslashtirilishi, eksportchi korxonalarga yaqindan konsultativ va moliyaviy ko'mak berilishi eksport ko'lamining oshishi, samaradorlikning yaxshilanishi, innovatsion faoliyatning jadallashishi, aholi turmush darajasining oshishiga xizmat qiladi.

📌 Tadqiqotda respublika va uning hududlari uchun nisbiy ustunlik indeksi (RCA - Revealed Comparative Advantage) hisoblab chiqilgach, O'zbekiston eksport qilishda nisbiy ustunlikka ega bo'lgan mahsulotlar hamda ularni eksport qilishi mumkin bo'lgan viloyatlar aniqlandi. Tahlillarda www.go4worldbusiness.com veb-sahifasidan 2024-yilning iyul-sentyabr oylari uchun veb-skreping (web-scraping) orqali tortib olingan 15320 ta buyurtmachining ma'lumotlari hamda Statistika agentligi ma'lumotlaridan foydalanildi.

IMRS Research

25 Oct, 13:30


🟥 Qadriyatlar

IMRS Research

25 Oct, 13:30


🟥 Qadriyatlar

IMRS Research

24 Oct, 17:14


🟥 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) loyiha rahbari Muhabbat Ahmedova Kun.uz saytiga bergan intervyusida O'zbekistondagi bugungi demografik holat haqida o'z fikrlarini bildirdi.

IMRS Research

24 Oct, 10:49


🟥 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari tomonidan davlat-xususiy sektor muloqotlarining hududlarni rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilindi.

🔎 Iqtisodiy rivojlanishdagi muammolarni hal qilish va imkoniyatlarni aniqlashda davlat va xususiy sektor vakillari o‘rtasidagi muloqotlar (PPD - Public-Private Dialogue) muhim ahamiyat kasb etadi. PPD qarashlar, ustuvorliklar, maqsadlar va g‘oyalarni almashish uchun hukumat va xususiy sektor o‘rtasidagi rasmiy yoki norasmiy ochiq muloqot mexanizmi hisoblanadi. Mazkur yondashuv mahalliy manfaatdor tomonlarni qarorlar qabul qilish jarayonlariga jalb qilish va hududiy rivojlanish tashabbuslarida o‘z so‘zlarini aytishga imkon beradi.

💬 PPD rivojlanayotgan mamlakatlarda yaqin tarixda paydo bo‘lgan amaliyot bo‘lib, Nicolas Pinaudning ta’kidlashicha, bu mamlakatlarda 1990-yillargacha nodavlat manfaatdor tomonlar, ayniqsa, tadbirkorlar bilan hamkorlik o‘rnatishga ahamiyat qaratilmagan. Benjamin Herzberg va Andrew Wright 40 ta davlat bo‘yicha olib borgan tadqiqotlarida PPD orqali ishlab chiqilgan islohotlar samaraliroq amalga oshirilishini aniqlashgan.

🧮 PPD amaliyotini joriy etish qator mamlakatlarda iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qilgan. Jahon banki guruhining 2009-yilgi sharhida 50 dan ortiq turli sohalarda amalga oshirilgan 30 ga yaqin PPD natijasida xususiy sektorda 400 million dollardan ko‘proq mablag‘lar tejalgani ta’kidlanadi.

🇪🇬 1998-yilda Misrda Bog‘dorchilik eksportini yaxshilash uyushmasi tashkil etilib, PPD o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi bilan 2000-2008 yillar oralig‘ida mamlakatning sitrus sektori eksporti hajmi 5 barobar, qiymati esa 14 barobar oshgan.

🇪🇸 Ispaniyada Barselona 22@ PPD tashabbusi 10 yildan kamroq vaqt ichida 1500 dan ortiq kompaniyalarni jalb qildi va 45 mingga yaqin ish o‘rinlari yaratdi. "Empresaris pel Solsonès" uyushmasi (Solsones uchun tadbirkorlar), mahalliy tadbirkorlar va hudud vakillari hamkorligida qishloq turizmiga qaratilgan turli harakatlar natijasida esa 1996-2006 yillarda Solsonesda aholi jon boshiga YaHM 2 barobar ortdi.

📃 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi “Hududlarning iqtisodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va bo‘sh yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-245-sonli qarorida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) va Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) bilan hamkorlikda hududlarni kompleks iqtisodiy rivojlantirish master-rejalarini ishlab chiqish belgilangan.

📎 Master-rejalarni ishlab chiqish jarayonida pastdan yuqoriga yondashuvi (bottom-up approach) qo‘llanmoqda. An’anaviy yuqoridan pastga metodidan (top-down approach) farqli ravishda pastdan yuqoriga rivojlanish yondashuvida individual yoki mahalliy darajadan boshlab kattaroq tuzilmalarni qurishga urg‘u beriladi. Ushbu uslub asosida hududlarni rivojlantirish drayverlarini aniqlashda instrument sifatida davlat-xususiy sektor muloqotlaridan (PPD - Public Private Dialogue) foydalanilmoqda.

ℹ️ Bugungi kunda MHTI va GIZ hamkorligida master-rejalar doirasida amalga oshiriladigan loyihalar va chora-tadbirlar bankini shakllantirish maqsadida Bulung‘ur, Kattaqo‘rg‘on, Xiva hamda Hazorasp tumanlarida davlat-xususiy sektor muloqotlari o‘tkazildi. Ta’kidlash lozimki, PPD jarayonida shakllantirilgan chora-tadbirlar amaliyotga joriy qilina boshladi. Jumladan, Bulung‘ur tumanining master-rejasi doirasida tumanda "Pomidor sayli" o‘tkazildi.

IMRS Research

24 Oct, 09:12


🟥 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM 7) ga erishish kontekstida aholining sof energiyadan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash bo‘yicha erishilgan natijalarni baholadi.

🔰 Ijobiy o‘zgarishlarni baholashda indekslar (SDG) va reyting ko‘rsatkichlari qo‘llanildi. Ular erishilgan natijalarni dunyo miqyosidagi o‘rtacha ko‘rsatkichlar bilan qiyoslash imkonini beradi. Tadqiqot sof energiya bilan ta'minlash tendensiyalarini tavsiflovchi asosiy ko'rsatkichlar tahliliga asoslangan: elektr energiyasidan foydalanuvchi aholi ulushida o'zgarishlar, sof yoqilg'i va texnologiyalaridan foydalanuvchi aholi ulushida o'zgarishlar, qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushi, energiya samaradorligi, uglerod sig’imi va boshqalar.

🔰 Ma’lumot uchun: tahlil etilayotgan mamlakatlar  (180 dan ortiq) ball qiymatlariga bog‘liq ravishda BRMga erishish bo‘yicha 3 guruhga bo‘lindi: 1-guruh (yuqori daraja) – 85 balldan 100 ballgacha, 2-guruh (o‘rtacha/mo‘tadil yuqori daraja)) – 56 balldan 85 ballgacha, 3-guruh (past daraja) – 22 balldan 55 ballgacha.

🔰 Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekiston 68,5 ball to‘plagan holda (jahon miqyosidagi o‘rtacha daraja – 64,2 ball) sof energiyadan foydalanish darajasi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan mamlakatlar guruhidan joy oldi.

🟥 O‘zbekistonning jahon reytingidagi o‘rni ko‘p jihatdan aholini elektr energiyasi bilan ta’minlashni yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarning, energiya samaradorligi o‘sishining hamda energiya ta’minoti tizimiga kiritilgan investitsiyalarning sezilarli darajada oshishing natijasi bo’ldi.

🔰 Aholi: Aholini elektr energiyasi bilan ta’minlashda sezilarli yutuqlarga erishildi. So‘nggi 5 yil ichida elektr ta’minotidagi uzilishlar davomiyligi 3 barobar qisqardi. Agar 2018 yilgacha elektr ta’minotida davomiyligi 6 va undan ortiq soat bo'lgan uzilish holatlari kuzatilgan bo‘lsa, bugungi kunda uzilishlar soni qisqarishi bilan birga, 10 daqiqadan 2 soatgacha davom etadigan qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.

🟥 Energiya samaradorligi: 2018–2023-yillarda iqtisodiyotning energiya samaradorligi, ko‘p jihatdan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini faol ishga tushirish hisobiga, yiliga o‘rtacha 5-6 foizga yaxshilandi. 2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining umumiy quvvati 2018-yil darajasidan 49 foizga oshdi. So‘nggi uch yil ichida sof energiya ishlab chiqarish 1,5 barobar oshdi, ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining umumiy tarkibida “sof” energiyaning ulushi 7,1 foizdan 9,7 foizgacha o‘sdi.

🔰Investitsiyalar: Qayta tiklanuvchi energiya manbalariga oid texnologiyalarning keng spektriga va elektrlashtirish dasturlariga investitsiya oqimlari sezilarli darajada o‘zgardi. Iqtisodiyotning asosiy kapitaliga investitsiyalarning umumiy hajmida energiya ta’minoti tizimiga kiritilgan investitsiyalar ulushi 5,3 foizdan (2020) 12,2 foizga (2023), mutlaq hisobda esa 2,3 baravardan ko‘proqqa oshdi. Natijada 2023-yilda mamlakatning umumiy energetika quvvati 2018-yil bilantaqqoslaganda 1,3 baravar oshdi. Bu omillar ishlab chiqarishsalohiyatining oshishiga, aholining elektr energiyasiga bo‘lgantalabini qondirish imkoniyatlari kengayishiga xizmat qildi.

🔰Aholining sof energiyadan foydalanishida kuzatilayotgan yutuqlar respublika elektr energiyasi isteʼmoli tarkibida ijobiy oʻzgarishlar bilan birga sezildi. 2018–2023-yillarda aholi tomonidan elektr energiyasi iste’moli mutlaq ifodada 31,2 foizga oshdi. Aholining umumiy iste'mol tarkibidagi ulushi esa 21,7 foizdan 23 foizga oshdi.

🟥 O‘sib borayotgan aholining barqaror energiya ta’minotini ta’minlash va O‘zbekistonning toza energiyadan yuqori darajada foydalanish imkoniyatiga ega davlatlar guruhiga qo‘shilishi amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarda ustuvor ahamiyatini saqlab qolmoqda. Ushbu vazifalarni hal etish qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan unumli foydalanishni yanada rag‘batlantirish va energiya salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha mutanosib siyosatni amalga oshirishni talab etadi.

👉Batafsil

IMRS Research

24 Oct, 09:12


🟥 Эксперты Института макроэкономических и региональных исследований (ИМРИ) при Кабинете Министров Республики Узбекистан оценили прогресс в обеспечении доступа населения к чистой энергии в контексте достижения Целей устойчивого развития (ЦУР 7).

🔰Для оценки прогрессивных сдвигов использовались индексы (SDG) и рейтинговые показатели, позволяющие оценить достигнутые результаты в сопоставлении со среднемировыми показателями. Исследование базировалось на анализе ключевых индикаторов, характеризующих тенденции в обеспечении чистой энергией: изменение доли населения с доступом к электроэнергии, чистым видам топлива и технологиям, доли ВИЭ, энергоэффективности, углеродоёмкости и др.

🔰Для справки: в зависимости от бальных значений, анализируемые страны мира (более 180) были ранжированы на 3 группы по уровню достижения ЦУР 7:  1 группа (высокий уровень) - от 85 до 100 баллов, 2 группа (средний/умеренно высокий уровень) - от 56 до 85 баллов, 3 группа (низкий уровень) - от 22 до 55 баллов.

🔰Результаты анализа показали, что Узбекистан входит в группу стран с уровнем использования чистой энергии выше среднего - 68,5 баллов (средний мировой показатель – 64,2 балла).  

🟥Занимаемая позиция Узбекистана в мировом рейтинге стала результатом мер по улучшению обеспечения населения электроэнергией и позитивного роста показателей энергоэффективности и инвестиций в систему энергоснабжения, особенно заметного в последние годы.

🔰Население: Заметный прогресс был достигнут в обеспечении населения электроэнергией. В результате принимаемых мер, продолжительность отключений электроэнергии за последние 5 лет сократилась в 3 раза. Если в период до 2018 г., возникали случаи отключения электроэнергию на 6 и более часов, то на сегодняшний день наблюдаются только краткосрочные перебои продолжительностью от 10 минут до 2 часов при сокращении общего количества отключений.

🟥Энергоэффективность: В период 2018-2023 гг., энергоэффективность экономики улучшалась в среднем на 5-6% ежегодно, в большей степени за счет активного ввода мощностей ВИЭ. В 2023 г. общая установленная мощность ВИЭ уже на 49% превысила уровень 2018 г. За последние три года выработка чистой энергии (ВИЭ) увеличилась в 1,5 раза, с тенденцией роста ее доли в структуре общей генерации с 7,1% до 9,7%.

🔰Инвестирование: Существенно возросли инвестиции в широкий спектр технологий возобновляемой энергии и программы электрификации. Доля инвестиций в систему энергоснабжения в общем объеме инвестиций в основной капитал экономики увеличилась с 5,3% в 2020 г. до 12,2% в 2023 г. В результате, общая энергетическая мощность страны увеличилась в 1,3 раза при сравнении с уровнем 2018 г. Эти факторы способствовали росту производственного потенциала и расширению возможностей обеспечения спроса на электроэнергию со стороны населения.  

🔰Отмечаемый прогресс в доступе населения к чистой энергии сопровождался позитивными сдвигами в структуре республиканского потребления электроэнергии. Объемы потребления электроэнергии населением возросли за период 2018-2023 гг. – на 31,2% в абсолютном исчислении. А доля населения в общей структуре потребления увеличилась с 21,7% до 23%.

🟥Задачи по обеспечению устойчивого энергоснабжения растущего населения и вхождению Узбекистана в группу стран с высоким уровнем доступа к чистой энергии сохраняют свою значимость в приоритетах проводимых социально-экономических реформ. Решение этих задач потребует дальнейшего стимулирования продуктивного использования возобновляемой энергии и реализации сбалансированной политики по развитию энергетических мощностей.

👉Подробнее

IMRS Research

24 Oct, 05:20


🟥 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2024-yilning III-choragida (iyul-sentyabr) O‘zbekistonda turizm sohasida qayd etilgan natijalarni tahlil qildi.

📉 2024-yilning III-choragida sayyohlarga turistik xizmatlari ko’rsatish maqsadida 271 ta turoperator va turagentlar (joriy yilning II-choragida – 193 ta), joylashtirish vositalari bo’yicha 29 ta mehmonxonalar (joriy yilning II-choragida – 40 ta) va 80 ta xostellar (joriy yilning II-choragida – 51 ta) yaratildi.

🌳 O‘zbekistonning jahon miqyosida turistik jozibadorligini oshirish maqsadida quyidagi asosiy yo’nalishlarga e’tibor qaratish lozim:

✔️ 2025 yilga qadar xorijiy mamlakat fuqarolari O‘zbekistonga kelishi uchun vizasiz tartibdan foydalanish imkoniyatini yanada ko’paytirish, ya’ni amaldagi 90 ta mamlakatlar sonini 120 taga etkazish, xorijiy sayyohlar sonini 20 foizgacha oshirish imkonini beradi;

✔️ Yoshlar auditoriyasini (19–30 yosh toifasi) jalb qilish maqsadida inflyuyenserlardan foydalangan holda Instagram va Facebookda aksiyalarni joriy qilish (kutilayotgan qamrov soni – birinchi yilda 1 million foydalanuvchigacha);

✔️ Infratuzilmani yaxshilash, ya’ni ekomehmonxonalarga e'tibor qaratgan holda mashhur sayyohlik joylarida 100 ta yangi mehmonxonalar qurish (kutilayotgan turar joylar sonining ko‘payishi 15000 tacha);

✔️ Ichki turizmni rivojlantirish, ya’ni 2025-yilda mahalliy sayyohlar sonini 40 foizga yetkazishni maqsadida, yosh bolali oilalar uchun ekskursiyalar va mehmonxonalarga chegirmalar taqdim etuvchi “Oilaviy ta’til” dasturini joriy etish;

✔️ hududlarda turizm klasterlarini (masalan, Buxoroda madaniy klaster va Toshkent viloyatida ekoklaster) yaratish, natijada 2025-yilda ushbu zonalarda mahalliy sayyohlar sonini 30 foizgacha oshirish.

👉 Batafsil

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn

IMRS Research

24 Oct, 04:20


🟥 O‘zbekiston ko‘chmas mulk va ipoteka bozori hisoboti taqdimoti:

🌐 Mirshohid Aslanov, Progressiv islohotlar markazi direktori

IMRS Research

23 Oct, 16:59


🟥 Murodjon Farmanov, O'zbekiston Ipoteka qayta moliyalashtirish kompaniyasi Bosh ijrochi direktori, CFA

Batafsil

IMRS Research

23 Oct, 05:20


⛳️ Yer savdosi pulsi: yanvar-sentabr 2024

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan mamlakatimizda bozor tamoyillari asosida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun ijara va mulk huquqi asosida auksion orqali 2023-2024 yillarning yanvar-sentabr oylarida tumanlar kesimida sotilgan yer maydonlari tahlil qilindi.

💵 Narx. 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida onlayn-auksion orqali mulk va ijara huquqi asosida sotilgan o‘rtacha 1 ga yerning narxi 595,1 mln. so‘mga qimmatlashgan.

🌏 Hudud. Hududlar kesimida mulk va ijara huquqi asosida 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida 2023-yilning shu davridagiga nisbatan Toshkent shahrida 4,7 barobar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4,4 barobar, Andijon viloyatida 3,2 barobar, Xorazm viloyatida 2,8 barobar, Qashqadaryo viloyatida 2,7 barobar va Namangan viloyatida 2,5 barobar ko‘p yer maydonlari sotilgan.

🤝 Ijara va mulk. Respublika bo‘yicha onlayn-auksion orqali mulk va ijara huquqi asosida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun: 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida: 24 612 ta lot (69,3%) yoki 5 323,7 gektar maydon ijara, 10 884 ta lot (30,7%) yoki 500,3 gektar maydon mulk huquqi asosida savdoga chiqarilgan.

📊2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida 19 327 ta lot, 2 681,5 gektar yer uchastkalari 2 860, 1 mlrd. so‘mga sotilgan bo‘lib, 2023-yilning shu davridagiga nisbatan sotilgan lotlar soni 1,9 barobargacha, yerlarning hajmi 1,8 barobargacha, yerlarni sotishdan tushgan mablag‘lar miqdori esa 4,0 barobargacha ortgan.

🏢 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida respublikadagi 67 ta tuman (shahar)da mulk huquqi asosida yer uchastkalari auksion savdolariga umuman chiqarilmagan.

📃Takliflar:
1. auksion savdolariga ijtimoiy infratuzulma hamda muhandislik kommunikatsiyalari obyektlari mavjud bo‘lgan hududlarda namunaviy loyihalar asosida master rejani ishlab chiqish sharti bilan yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun 1 gektardan ortiq yer uchastkalarini mulk huquqi asosida auksionga chiqarish ishlarini jadallashtirish;
2. tuman (shahar) kadastr filiallari hamda qurilish bo‘limlari hududlarning iqtisodiy rivojlanish dasturlari, tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari hamda urbanizatsiya jarayonlarini (o‘sish nuqtalari) chuqur tahlil qilgan holda, infratuzilma mavjud bo‘lgan yerlarni auksion savdolariga chiqarish choralarini ko‘rish, natijada yerning iqtisodiy jihatdan jozibadorligining ortishi hamda hududlarning tadbirkorlik faoliyati rivojlanishiga imkoniyat yaratish.

👉 Batafsil

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn

IMRS Research

22 Oct, 16:15


🟥 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) loyiha rahbari Dostonbek Jalilov va yetakchi mutaxassisi Zohidjon Mahmudovning O'zbekiston iqtisodiyoti uchun fiskal multiplikator ko'rsatkichi haqidagi tadqiqoti asosida tayyorlangan lavha “O‘zbekiston 24” telekanalining "Iqtisod 24" dasturi orqali efirga uzatildi.

IMRS Research

22 Oct, 03:59


🟥 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2024-yilning iyul-sentyabr oylarida avtomobil narxlari tahlil qilindi.

2024 yilning avgust oyida avtomobil narxlari iyul oyiga nisbatan oshgan bo‘lsa-da, sentyabr oyida narxlarda pasayish kuzatildi.

📉Mahalliy ommabop avtomobillar ("Lacetti", "Cobalt", "Nexia", "Spark", "Damas", "Labo") narxlari. Joriy yilning sentyabr oyida o‘rtacha va ko‘p foydalanilgan ommabop avtomobillar narxlari sezilarli darajada pasaygan bo‘lsa, kam foydalanilgan avtomobil narxlarida sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi. Xususan, avgust oyida kam foydalanilgan “Lacetti” avtomobilining ikkilamchi bozordagi narxi 4,5 foizga, o‘rtacha foydalanilgani 6,0 foizga va ko‘p foydalanilgani 5,4 foizga oshdi. Sentyabr oyida esa o‘rtacha va ko‘p foydalanilgan “Lacetti” narxlari avgust oyiga nisbatan mos ravishda 2,1 va 2,8 foizga hamda kam foydalanilgan “Lacetti” narxlari 0,8 foizga pasaydi.

‼️Mahalliy ommabop avtomobil uchun sentyabr oyida taklif qilingan o'rtacha narxlar quyidagilarni tashkil qildi:

“Lacetti”: kam foydalanilgan - $15 091 (avgust oyida – $15210), o‘rtacha foydalanilgan - $14 341 ($14 649), ko‘p foydalanilgan - $13 044 ($13 420);

“Cobalt”: kam foydalanilgan - $13 040 (avgust oyida – $13 189), o‘rtacha foydalanilgan - $12 301 ($12 769), ko‘p foydalanilgan - $11 488 ($11 904);

“Spark”: o‘rtacha foydalanilgan - $10 078 (avgust oyida – $10 390), ko‘p foydalanilgan - $8 818 ($9 149).

🚖 Mahalliy lyuks avtomobillar ("Malibu", "Tracker") narxlari. Avgust oyida kam foydalanilgan “Malibu” uchun taklif etilgan o‘rtacha narx iyul oyiga nisbatan 2,8 foizga, o‘rtacha foydalanilganlari uchun 3,8 foizga, ko‘p foydalanilganlari uchun 2,0 foizga oshgan bo'lsa, sentyabr oyida kam foydalanilgan “Malibu” uchun taklif etilgan o‘rtacha narx avgust oyiga nisbatan 2,8 foizga, o‘rtacha foydalanilganlar uchun 1,5 foizga, ko‘p foydalanilganlar uchun 0,4 foizga pasaydi.

‼️Mahalliy lyuks avtomobillar uchun sentyabr oyida taklif qilingan o'rtacha narxlar quyidagicha:

“Malibu”: kam foydalanilgan - $29 390 (avgust oyida – $30 252), o‘rtacha foydalanilgan - $28 703 ($29 154), ko‘p foydalanilgan - $24 401 ($24 506);

“Tracker”: kam foydalanilgan - $18 500 (avgust oyida – $19 284), o‘rtacha foydalanilgan - $17 738 ($18 723), ko‘p foydalanilgan - $16 647 ($16 956).

"Random Forest" modeli: avtomobil narxlariga ta'sir etuvchi omillar. Oq rangli “Lacetti” va “Cobalt”ning bosib o‘tgan masofasi ularning narxlariga yuqori darajada ta’sir etgan bo‘lsa, “Damas”ning ishlab chiqarilgan yili narxni belgilashda asosiy omil bo'ldi. Shuningdek, “Lacetti” narxiga uning qora rangli ekanligi eng ko‘p ta’sir etishi aniqlandi.

🚘 Avtomobillar bosib o‘tgan masofasi hamda ishlab chiqarilgan yiliga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratib olindi:
✔️ 2023-2024-yillarda ishlab chiqarilgan hamda bosib o‘tgan masofasi 20 000 km. gacha bo‘lgan avtomobillar –“Kam foydalanilgan”;
✔️ 2023-2024-yillarda ishlab chiqarilgan hamda bosib o‘tgan masofasi 20 000 km. dan 50 000 km. gacha bo‘lgan avtomobillar, shuningdek, 2021-2022-yillarda ishlab chiqarilgan hamda bosib o‘tgan masofasi 40 000 km. gacha bo‘lgan avtomobillar-“O‘rtacha foydalanilgan”;
✔️ 2023-2024-yillarda ishlab chiqarilgan va bosib o‘tgan masofasi 50 000 km. dan ko‘p bo‘lgan avtomobillar, 2021-2022-yillarda ishlab chiqarilgan hamda 40 000 km. dan ortiq masofani bosib o‘tgan avtomobillar hamda
2020-yilda ishlab chiqarilgan barcha avtomobillar – “Ko‘p foydalanilgan”.


📎 Avtomobil narxlarini tahlil qilishda ma’lumotlar olx.uz platformasidan veb skreping (web scraping) orqali to‘plandi. Bunda, 2020-2024-yillarda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun taklif etilayotgan narxlar saralab olingandan so‘ng, 30,5 mingta ma’lumotlar asosida taklif etilayotgan narxlar tahlil qilindi. Shuningdek, avtomobil narxlariga ta'sir etuvchi omillar "Random Forest" modeli yordamida aniqlandi.

IMRS Research

21 Oct, 06:46


🟥 Inson qalbidagi barcha oliyjanob fazilatlar ona tilining betakror mo‘jizasi, sehri va jozibasi bilan kamolga yetadi. Shu bois ham o‘zligimiz va ma’naviy dunyomizni belgilaydigan ona tilimiz biz uchun nihoyatda qadrli va mo‘tabardir. Milliy qadriyatlarimizdan biri bo‘lgan ushbu bebaho xazinani asrab-avaylash va rivojlantirish har birimiz uchun eng sharafli vazifalardan biri bo‘lmog‘i lozim.

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) jamoasi O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi. Ona tilimizning so‘nmas ziyosi ongu tafakkurimiz, qalblarimizni hamisha yoritib tursin!

IMRS Research

21 Oct, 06:43


🟥 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) tomonidan ona tilini bilish darajasining umumiy ta'lim darajasiga va ikkinchi chet tilini o'rganishga ta'siri baholandi.

🟥 MHTI tomonidan "Milliy qadriyatlarga asoslangan iqtisodiyot: negizlar va farovonlik uyg'unligining empirik tahlili" nomli hisobot tayyorlandi.

Hisobotda lafz, rozi-rizolik, harakatda baraka, erkin va mustaqil fikrlash, jasorat, o'zbek tili va boshqa milliy qadriyatlarimizning iqtisodiy taraqqiyot va jamiyat ravnaqiga ta'siri ekonometrik yondashuvlar asosida baholandi va amaliyotda qo'llash bo‘yicha tavsiyalar shakllantirildi.

‼️ Mutaxassislar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga ko’ra, ona tilini puxta o‘rganish inson kapitaliga qilingan muhim sarmoyadir. Ona tiliga asoslangan ta’lim (Mother Tongue Based) aholining savodxonligini oshirish bilan birga muvaffaqiyatli o‘qish va mehnat bozoriga kirish imkoniyatlarini oshiradi. Shuningdek, mahalliy tilga ko‘proq e’tibor qaratadigan mamlakatlarda ijtimoiy taraqqiyot, harakatchanlik va kapitalning yaxshilanishi aniqlangan.

📝 Ekonometrik tahlil natijalariga ko'ra, ona tilini bilish chet tillarini o‘zlashtirish ehtimolini oshiradi. Bu esa ta’lim darajasini oshirish orqali ish haqining o'sishiga olib keladi. O‘zbekistonda har bir qo‘shimcha o‘qilgan ta’lim yili ish haqining 8,79 foizgacha o‘sishiga (dastlabki tadqiqotda Jizzax viloyatida 12,5 foizgacha) olib kelishi ma'lum bo'ldi. Shuningdek, o‘rta yoki oliy ma’lumotga ega bo‘lgan yoshlar orasida chet tillarini bilish ehtimolligi yuqori ekanligi aniqlandi.

📚 YUNESKO (UNESCO) tadqiqotiga ko‘ra, o‘rta muddatli istiqbolda ona tiliga asoslangan ta’lim dasturlarida o'qigan bolalar nafaqat savodxonlik ko‘nikmalarini, balki o‘ziga bo‘lgan ishonch va madaniy g‘ururni ham oshiradi. Ona tilini mukammal bilish chet tilini o‘rganishga yordam berib, o‘z navbatida ish haqining (ikkinchi tilni bilgani uchun) oshishiga olib keladi. Shuningdek, ona tilini o‘rganishdagi ko‘nikmalardan ikkinchi va uchinchi chet tillarini o‘zlashtirishda keng foydalaniladi. Bunda ona tilidan to‘g‘ri foydalanish ikkinchi tilni o‘rganishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi amaliyotda o’z isbotini topgan.

📌 Mazkur tadqiqotda olib borilgan hisob-kitoblarda O‘zbekistonda 2021-yil uchun uy xo‘jaliklari byudjetini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rov natijalaridan foydalanildi. Shuningdek, ikkinchi tilni bilish ish haqi ustamalarining oshishiga olib kelishini baholashda Minserning ish haqi modelidan foydalanildi. Bunda chet tilini bilishning ish haqiga ta’siri oddiy regressiya va o‘zgarmas effekt (fixed effect) modellaridan foydalangan holda baholandi.

IMRS Research

19 Oct, 15:53


🟥 Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn

IMRS Research

19 Oct, 08:58


Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони билан давлат идораларидаги кўп йиллик самарали меҳнати, мамлакатимиз мустақиллиги ва унинг иқтисодий қудратини мустаҳкамлаш, молия тизимини халқаро андозалар асосида ривожлантириш ва янги босқичга кўтариш, муҳим дастурлар ва инвестиция лойиҳаларини муваффақиятли амалга ошириш борасидаги катта хизматлари, юртимиз тараққиёти ва халқимиз фаровонлигини юксалтиришга қўшаётган муносиб ҳиссаси, соҳада малакали кадрларни тайёрлаш йўлидаги ибратли фаолияти учун Ўзбекистон Республикаси Бош вазирининг ўринбосари – иқтисодиёт ва молия вазири Жамшид Қўчқоровга "Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган иқтисодчи" фахрий унвони берилди.

Указом Президента Республики Узбекистан за многолетний плодотворный труд в государственных органах, большие заслуги в укреплении независимости и экономической мощи страны, развитии финансовой системы на основе международных стандартов и поднятии ее на новый уровень, успешной реализации важных программ и инвестиционных проектов, достойный вклад в развитие страны и повышение благосостояния народа, образцовую деятельность по подготовке квалифицированных кадров в данной сфере заместителю Премьер-министра - министру экономики и финансов Республики Узбекистан Джамшиду Кучкарову присвоено почетное звание «Заслуженный экономист Республики Узбекистан».

Facebook|Instagram|X

IMRS Research

18 Oct, 18:05


📊Dalillarga asoslangan tushunchalar bilan dunyoni o'zgartiring!

🎤Siz qiziqarli hikoyalar izlayotgan Jurnalistmisiz?
🔬Dalillarga asoslangan dastur tuzmoqchi Rahbarmisiz?
🎙Dolzarb mavzularda bayonot bermoqchi Ma'ruzachimisiz?

🖨Unda bizning tadqiqotimiz natijalaridan foydalanib ijobiy ta'sir ko'rsatayotgan shaxslar va tashkilotlarning o'sib borayotgan jamoasiga qo'shiling.

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn

IMRS Research

18 Oct, 11:32


🟥 Bugun Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida "Global hamkorlikni yaxshilash orqali barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash: inson kapitali va tadbirkorlikni rivojlantirishda innovatsiyalarning roli" mavzusiga bag'ishlangan davra suhbati o'tkazildi.
🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn