#qaror_sharhi
Chorvachilik qishloq xo‘jaligining eng muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Chorvachilik asosan yaylovlarga bog‘liq. Agar yaylovlarni yaxshi rivojlantirsak, shunchalik ko‘p chorva mahsulotlarini olishimiz mumkin. Bu xalqimizni oziq-ovqat bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Yaylovlar asosan ikki qismga bo‘linadi. Yaylovlardan samarali foydalanish va mahsuldorlikni oshirish uchun bugungi kunda ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Agar yaylovlardan to‘g‘ri va rejali foydalansak, ko‘proq mahsulot olishimiz mumkin.
Olimlar yaylovlardagi chorva mollarini rivojlantirish, ularni yaxshilash va yangi zotlar yaratish ustida izlanish olib borishmoqda. Masalan, mahalliy qo‘ylarning yangi turlari yaratilib, O‘zbekiston sharoitiga moslashtirildi. Endi nafaqat jun olishda qo‘ylar, balki echkilarning ham yangi zotlari yaratilib, mahsuldorlikni oshirish rejalashtirilmoqda.
Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori, fan nomzodi A’zam Nurmatov
https://t.me/qorakulchilik