Mazkur yoʻriqnoma tavsiyaviy xususiyatga ega boʻlib, korxona, muassasa va tashkilotlarda munosib mehnat tamoyillarini tatbiq etishda foydalanish uchun ishlab chiqilgan.
Yoʻriqnoma munosib mehnat tamoyillarini joriy etishda xalqaro standartlar va tajribalarni qoʻllash hamda mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini oʻz ichiga oladi hamda tashkilotlarga (ish beruvchilarga) amaliy yordam berish uchun ishlab chiqilgan.
Yoʻriqnomada Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) tavsiyalari hamda milliy qonunchilik talablariga koʻra quyidagi munosib mehnat tamoyillarini tatbiq etish nazarda tutiladi:
👉ishga adolatli yollash;
👉majburiy mehnat va bolalar mehnatiga yoʻl qoʻymaslik;
👉tenglik va kamsitishga yoʻl qoʻymaslik;
👉birlashish erkinligi, ijtimoiy dialog;
👉mehnat uchun munosib ish haqi;
👉mehnat xavfsizligi va gigiyenasi;
👉taʼlim olish va malaka oshirishga koʻmaklashish;
👉 ijtimoiy himoya.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube