Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali @toshkentvxtb Channel on Telegram

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

@toshkentvxtb


Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

🌐 toshvxtb.uz

✉️ [email protected]

👨‍💻 Мурожаат учун: @ToshvilmmtbgamurojaatBot


Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali (Uzbek)

Siz Toshkent viloyatidagi maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanalini alohida e'tiborda tutayotganingizga ishonamiz. Kanal orqali Toshkent viloyati, O'rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko'chasi, 54-uyda joylashgan. Bu kanal orqali siz o'z o'rganish jarayoning so'zlash, ma'lumotlar almashish va so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin. Kanalga kirish uchun @toshkentvxtb usernamiga murojaat qilishingiz mumkin. Agar savollaringiz bo'lsa, uning ma'muriyatiga @ToshvilmmtbgamurojaatBot orqali murojaat qilishingiz mumkin. Shuningdek, kanalning rasmiy veb-sayti - toshvxtb.uz ma'lum. Kanalga qo'shilish orqali, Toshkent viloyatidagi maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi haqida so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin.

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

21 Feb, 13:24


Президент Шавкат Мирзиёев мудофаа саноатининг илғор ишланмалари билан танишди ҳамда Хавфсизлик кенгаши йиғилишини ўтказди

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с передовыми разработками оборонной промышленности и провел заседание Совета безопасности

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

21 Feb, 13:15


‼️‼️‼️

AL-XORAZMIY NOMIDAGI ANIQ VA TABIIY FANLAR OLIMPIADASINING HUDUDIY BOSQICHI O‘TKAZILADIGAN MANZILLAR ANIQLANDI


⚡️ Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasining hududiy bosqichi Respublikamiz bo‘ylab o‘tkaziladi.

Bunda, Aniq fanlar - 24-fevral kuni
Tabiiy fanlar - 25-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

💠Quyida olimpiada tashkil etilgan hududlardagi manzillar bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi - Nukus shahar 21-sonli maktabi;
📍 Andijon viloyati - Andijon shahar 2-son IMI;
📍 Buxoro viloyati - Buxoro shahar 12-son IDUM;
📍 Farg‘ona viloyati - Farg'ona tumani 24-maktabi;
📍 Jizzax viloyati - Jizzax shahar 3-son IM;
📍 Xorazm viloyati - Urganch shahar 1-son IM;
📍 Namangan viloyati - Davlataobod tumani 58-son maktabi;
📍 Navoiy viloyati - Navoiy shahar 3-son maktabi;
📍 Qashqadaryo viloyati - Qarshi shahar 42-son maktabi;
📍 Samarqand viloyati - Samarqand shahar 63-son maktabi;
📍 Sirdaryo viloyati - viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi binosida;
📍 Surxondaryo viloyati - Termiz shahar 16-sonli maktabi;
📍 Toshkent viloyati - Nurafshon shahar 1-sonli maktabi;
📍 Toshkent shahri - Yangihayot tumani 330-sonli maktabi.

📍Ishtirokchilar olimpiada o‘tkaziladigan manzilga 1 soat avval borishlari so‘raladi.

Olimpiadaga ro‘xatdan o‘tkazish soat 9:00 da to‘xtatiladi.

Olimpiada jarayonlarini rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

21 Feb, 12:44


#Chinoz tumani

Chinoz tumani 46-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ijtimoiy soha ob’ektlarini "Yashil makon" loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

📍
Bugun Chinoz tumani 46-sonli maktabida tuman hokimi o‘rinbosari N.Qoraboyeva boshchiligida ijtimoiy soha ob’ektlariga gul ko‘chatlarini yetkazib berish, daraxt ko‘chatlarini ekish bo‘yicha seminar tashkil etildi. Seminarda barcha maktablarning Xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va mutaxassislar ishtirok etishdi.

Chinoz tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i D.Isakov
barcha ta’lim muassasalarida ekilgan mevali va manzarali daraxtlarni tomchilatib sug‘orish ishlarini tashkil etish, daraxtlar va ko‘chatlarni o‘z vaqtida parvarishlash xamda tashkil etilgan ko‘chma issiqxonalardan unumli foydalanish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Chinoz tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rasmiy kanali
👇👇👇


https://t.me/Chinoz_maktabgacha_va_maktab

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

20 Feb, 07:42


– Maktablarda huquqiy tanlov va sinflar tashkil etish;
– Yuqori sinf o‘quvchilariga “Tez yordam” yetib kelguniga qadar bemorga birinchi yordam ko‘rsatishni o‘rgatish;
– Rahbarlik tajribalarini lider ayollarimiz bilan bo‘lishish...


“Rahbar ayollar maktabi” o‘quv dasturi doirasida tashkil etilgan uchrashuvda lider ayollarimiz tomonidan mana shunday tashabbus va takliflar o‘rtaga tashlandi. Men jonli muloqot, samimiy uchrashuvimizdan juda xursand bo‘ldim.

Mehmonlarimiz bilan rasmiy formatda emas, imkon qadar do‘stona, samimiy va ayollarga xos quvnoq kayfiyatda suhbatlashishga harakat qildim. Ta’limga befarq bo‘lmagan, fikr va munosabatlarini ayamagan go‘zal xonimlardan juda minnatdorman.

Bu kabi uchrashuvlarni ko‘proq o‘tkazish tarafdoriman, chunki rahbar ayollarning safi kengayishi har bir soha rivojida muhim o‘rin tutadi. Qolaversa, bu Prezidentimiz siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri.

Uchrashuvning jonli “atmosfera”sini his qilishni istasangiz videoni ko‘ring.

#rahbar_ayollar #lider_qizlar

@hilola_umarova

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

20 Feb, 05:18


#Oʻzlik

Milliylik qonimizda | Bekobod tumani

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

20 Feb, 03:53


AL-XORAZMIY NOMIDAGI TABIIY FANLAR OLIMPIADASI TUMAN (SHAHAR) BOSQICHI NATIJALARI BILAN TANISHING!

Xabaringiz bor, Respublikamiz boʻylab barcha tuman (shahar)larda al-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar olimpiadasi bosqichi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

🔰 Bunda, hududlar kesimida 43 682 nafar (86,4%) oʻquvchilar qatnashdi.

Olimpiada natijalarini hududlar kesimida tanishing:

📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📍Andijon viloyati
📍Buxoro viloyati
📍 Farg‘ona viloyati
📍 Jizzax viloyati
📍 Xorazm viloyati
📍 Namangan viloyati
📍 Navoiy viloyati
📍 Qashqadaryo viloyati
📍 Samarqand viloyati
📍 Sirdaryo viloyati
📍 Surxondaryo viloyati
📍 Toshkent viloyati
📍 Toshkent shahri

❗️Natijalar bo‘yicha apellyatsiya arizangizni ushbu havolaga yozib qoldirishingiz mumkin.

🔴 Apellyatsiya arizalari 20-fevral soat 10:00 gacha qabul qilinadi.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

20 Feb, 03:44


#BUGUNNING_GAPI

🟢Yuqori sinflarda bolalar shaxs bo‘lib, jamoa bo‘lib shakllanadi. Ayni o‘sha paytda ularni o‘zlari o‘rgangan muhitdan ajratib qo‘ymaslik kerak. Bu yoshlarning ruhiyatiga, davomatiga, oxir-oqibatda ta’lim-tarbiyasiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shu bois ta’lim jarayonining usluksizligini ta’minlash, o‘quv dasturlarini takomillashtirish zarur.

Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

20 Feb, 03:43


#kun_tarixi

2️⃣0️⃣ FЕVRAL SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY HODISALAR


1705-yil— Rossiyada Pyotr I farmoni bilan birinchi marta rekrutlikka olishda tanlov o‘tkazish joriy qilingan;

⚔️ 1864-yil — AQSH fuqarolar urushi davrida Florida shtatida Olast jangi bo‘lib o‘tgan;

🖼 1872-yil— Nyu-Yorkda Metropolitan muzeyi ochilgan;

📌 1922-yil— Vilnyus Seymi Vilnyus va Litvaning janubi-sharqiy qismining Polshaga qo‘shilishi to‘g‘risida qaror qabul qilgan;

✈️ 1942-yil — Buganvillda havo jangi yuz bergan;

💣 1945-yil — SSSRning qurol-yarog‘ omborlari Uraldan Moskvaga qaytarib olib kelingan;

🚀 1962-yil — Yerni uch marta aylanib chiqqan Jon Glenn birinchi Amerika orbital kosmik parvozini amalga oshirgan;

🚀 1986-yil —"Mir" orbital stansiyasining tayanch qismi orbitaga chiqarilgan;

📌 1988-yil —Tog‘li Qorabog‘ avtonom viloyati deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi "Ozarbayjon SSR va Armaniston SSR Oliy Kengashlariga Tog‘li Qorabog‘ viloyatini Ozarbayjon SSRdan Armanistonga o‘tkazish bo‘yicha iltimosnoma jo‘natish to‘g‘risida qaror qabul qilgan;

🇺🇿 🗳1991-yil —O‘zbekiston Oliy Kengashining rayosati referendum o‘tkazishni ma’qullab, SSSR Oliy Soveti tomonidan tayyorlangan byulleten bilan birga yana bitta qo‘shimcha byulletenni ovozga qo‘yishga qaror qilgan. Qo‘shimcha byulletenga "Siz O‘zbekistonning mustaqil teng huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida qolishiga rozimisiz?" degan savol qo‘yilgan. Saylovchilarning 93 %i bu savolga «Ha» deb javob bergan;

🚀 1999-yil — "Soyuz TM-29" so‘nggi ekspeditsiyasi "Mir" orbital stansiyasiga yuborilgan;

🇰🇬🗳 2000-yil — Qirg‘iziston Jo‘qorg‘i Kengesi (parlamenti) ga saylovlar bo‘lib o‘tgan;

🇱🇻 2009-yil — Latviya Prezidenti Valdis Zatlers Bosh vazir Ivars Godmanisni iste’fosiga chiqargan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

20 Feb, 03:36


#IBRAT_VAQTI

🟢Bir dona poyabzal
(ikki daqiqa vaqtingizni ayamay o‘qin❗️)


🔹Poyafzal sotuvchi yangi keltirgan mollarini peshtaxtaga joylashtirayotgandi. Ko‘chadagi bir bolakay uni kuzatib turardi. Sotuvchi mollar orasidan bejirimlarini oyna tomonga qo‘yarkan, bolakay peshtaxtaga yaqinlashdi. Bolakay qo‘ltiqtayoqqa suyanib yursa-da, ko‘rinishi tetik edi. Sotuvchi unga ko‘z tashladi. Shimining chap pochasi tizzasidan shalvirab turardi. Bir oyog‘i yo‘q ekan. Bolakay ko‘rgazmada turgan poyabzallarga bir muddat mahliyo bo‘lib qarab turdida, do‘kondan uzoqlashdi. Sotuvchi shoshib tashqariga bosh chiqarib:
– Bolakay! - deya chaqirdi.
– Poyabzal olishni mo‘ljallaganmiding? Senga mos keladigan ajoyib oyoq kiyimlar bor.
Bolakay unga qayrilib:
– Haqiqatdan ham poyabzallar chiroyli ekan, - deya tabassum qildi.
– Lekin mening oyog‘im tug‘ma cho‘loq.
– Menimcha bu ahamiyatli emas! - Sotuvchi tashqariga otilib chiqdi.
– Bu dunyoda hamma narsasi tugal odamning o‘zi yo‘q. Kimningdir qo‘li yo‘q, kimningdir oyog‘i. Yana kimningdir aqli, birovning esa vijdoni bo‘lmaydi...
Bolakay jim turaverdi. Sotuvchi esa gapida davom etdi:
– Koshki vijdonimiz bo‘lmaguncha, oyog‘imiz bo‘lmasaydi.
Bolakay hayron qoldi. Sotuvchiga yaqinlashib:
– Tushunmadim? - dedi.
– Shunday, bolajon! - dedi sotuvchi. – Vijdonimiz bo‘lmasa inson bo‘lolmaymiz. Oyoqlarimiz bo‘lmasa, inson bo‘lishimiz mumkin. Zotan insonni jismi emas fe’l-atvori to‘kis ko‘rsatadi. Vijdonsizlar jannatga kirolmaydilar. Oyog‘i yo‘qlar uchun esa jannatda bu nuqsondan forig‘ bo‘ladilar. Hatto jismidan nuqsoni bor insonlar sog‘lom insonlardan ko‘ra ko‘proq mukofotga munosib bo‘lishlari mumkin.
Bolakay yana bir bor tabassum qildi. Shu bugunga qadar chekkan iztiroblari ariganday bo‘ldi. Sotuvchi peshtaxtaga ishora etib:
– Hozir ko‘rganing poyabzal senga yarashadi. Kiyib ko‘rasanmi? - dedi.
Bolakay boshi bilan "yo‘q" ishorasini berdi:
– Ustiga o‘ttiz lira deb yozilgan ekan. Uni ololmayman.
– Hozir mavsum tushgan payt, shuning uchun biroz arzonlashtiraman. Yigirma liraga tushirishim mumkin. Sen uning bir poyini olasan. Demak, bir poy oyoq kiyimi uchun o‘n lira bersang kifoya qiladi.
Bolakay biroz o‘ylanib turdi-da:
– Narigi poyi biror ishga yaramaydi. Kim oladi uni?- dedi.
– Obbo, rosa gapni cho‘zding, - deya kuldi sotuvchi.
– Uni ham o‘ng oyog‘i bo‘lmagan biror bolaga sotarman.
Bolakayning ko‘ngli biroz tinchlanganday bo‘ldi. Sotuvchi undan: – Maktabga borasanmi? - deya so‘radi.
– Ikkinchi sinfni tamomladim. Uchinchiga o‘tdim!
– Unda yana ham yaxshi, - dedi sotuvchi. - O‘quvchi bo‘lganing uchun besh liraga arzonlashtiramiz. Besh lira qoldi. Demak, poyafzal seniki bo‘ldi! Sotdim uni!
Sotuvchi bolaning hayrat to‘la boqishlari orasida do‘konga kirdi. Peshtaxtadan bolakayga yoqqan poyabzalni oldi. Bolakayni o‘rindiqqa o‘tirg‘izib, yangi oyoq kiyimini kiydirdi. Eski poyabzalini bolakayga ko‘rsatib:
– Men mahsulotimni sotdim, - dedi. – Sen ham bu poyabzalingni menga sotsang mamnun bo‘lardim.
– Hazillashyapsizmi? - qiqirlab kuldi bolakay. - Uning tagcharmi yeyilib ketgan, eski bir poyabzal bo‘lsa. Shu turishida pulga arziydimi u?!
– Sen qoloq ekansan-ku, kichik do‘stim, - deb kuldi sotuvchi. - Antikvar digan narsadan xabaring yo‘q ekanda. Antikvar narsalar qancha eski bo‘lsa, shuncha narxi oshadi. Shuning uchun ham menimcha oyoq kiyiming o‘ttiz-qirq lira tursa kerak.
Bolakay go‘yo tush ko‘rayotgandi. Sotuvchining hayajondan titrayotgan qo‘llaridagi qog‘oz pullarga ko‘z yugurtirar ekan, o‘n liralik banknotni nari surdi:
– Menimcha yigirma lira ham yetarli. Hozir mavsum tushgan payt-ku!
Sotuvchi uning gapini rad etmay o‘n lirani qaytib oldi va bolakayning yonog‘idan o‘pdi. Quvonchi ichiga sig‘masdi sotuvchining. Agar butun do‘kondagi mollarini bir kunda sotib yuborsa ham hozirgidek baxtiyor bo‘lolmasdi. Bolakay sekin o‘rnidan qo‘zg‘aldi. Go‘yo qo‘ltiq tayoqqa ham ehtiyoji yo‘q edi uning. Mahzun tabassum bilan shunday dedi:
– Otam haq ekanlar! "Jismingdagi nuqson uchun hech qachon o‘kinma!" - derdilar. Bugun birinchi marta nuqsonimdan o‘kinmadim...

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

20 Feb, 03:31


#TONGGI_TAVSIYA

O‘qituvchining biri ikki bo‘lmasligi mumkin, ammo u birni o‘n qilishga o‘rgatadi.
Kosasi oqarmasligi mumkin, ammo u kosalarni oqartirishni o‘rgatadi.
Mashina minmasligi mumkin, ammo mashina minishga o‘rgatadi.
O‘rta hol yashashi mumkindir, ammo boy bo‘lishga o‘rgatadi.
Sham bo‘lib yo‘lingizni yoritadi, ammo o‘zi yonib tugaydi.
Sovun bo‘lib dog‘laringizni yuvadi, o‘zi esa dog‘laringiz bilan birga erib ketadi…

🔴Shunday ekan, har birimiz ustozlarimiz oldida qarzdormiz!

❄️Tafakkur qiling!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

20 Feb, 02:28


#TONGGI_MUTOLAA

💫 KICHKINA KATTALARGA


Martaba berganda fe’l ham bersa keng,
Adlu muruvvatdan qilmasa judo.
Dargohi kattalar bor bo‘lsin, lekin
Kichik kattalardan asrasin xudo.

Sen biror eshikka bosh urib borsang,
Yuz bor haq bo‘lsang-da bitmasa ishing,
Bilki, ko‘ksi ichra qalb emas, xarsang,
Kichkina kattadir uchragan kishing.

Sen olim bo‘lsangu ixtiro bilan
Lol qilgudek bo‘lsang agar dunyoni,
Senga yo‘l ochguncha bir imzo bilan
Kichkina kattaning uzilar joni.

Tadbirkor bo‘lsangu el nafi uchun
Bir tadbir o‘ylasang, izlasang chora,
Ular topar albat yechilmas tugun,
Suyaging qolguncha qilar ovora.

Askar qasam ichar bo‘lmoqqa fido,
Tabib qasam ichar baxsh etmoqqa jon.
Kichkina kattalar ont ichar ammo
“Falon bo‘lay, seni qilmasam sarson”.

Chinor bo‘lsang, ular kemirguvchi qurt,
Po‘lat bo‘lsang, ular yemiruvchi zang.
Ey tangrim, el unmas, qad ko‘tarmas yurt
Kichik kattalarga insof bermasang.

Hech kimsa bo‘lmagan dunyoga ustun,
Uqboga zar olib ketmagan odam.
Kattayu kichikning boshida bor kun
Kelar, axir kichik kattalarga ham.

Men she’r aytdim, xolos, ne ham qilay man,
Ne iloj, iztirob jonga o‘t qalar.
Faqat ko‘nglingizga imon tilayman,
Diyonat tilayman, kichik kattalar.


✍️O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov, 2000-yil

💎Tafakkur qiling!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

12 Feb, 13:27


Хусусий олий таълимда педагогларни тайёрлаш мактаблардаги талабни қондирадими?

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

12 Feb, 13:27


🟦🟦🟦🟦🟦🟦
#Yana_savolingiz_bormi

Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги Ахборот хизмати томонидан “Яна саволингиз борми?” лойиҳаси йўлга қўйилган.

🔰 Бу сафар лойиҳа доирасида "Ақлвой" автобусларининг фаолиятига тўхталдик.

Мазкур автобусларнинг қандай жиҳозланиши, болаларни мактабгача таълим билан қамраб олишдаги аҳамияти ҳақида вазирлик Бўлим бошлиғи Гулбаҳор Парпиева батафсил маълумот берди.

Бизга "Яна саволингиз борми?", @uzedu_vazirbot орқали юборинг. Сизнинг саволларингиз жавобсиз қолмайди.

@D_Sobirova_MMTV

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

12 Feb, 13:13


Toshkent viloyati MMTB boshlig’i sayyor qabuli bo'lib o'tdi.

Bugun aholi muammolarini manzilli o‘rganish, yechimini kutayotgan masalalarni bartaraf etish maqsadida Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i M.Yo’ldoshov hamda Bekobod tuman hokimi o’rinbosari D.Mirzakulov hamkorligida 3-sektor hududi Do’stlik mahallasidagi 1-maktabning faollar zalida fuqarolar, tumandagi maktab xodimlarini murojaatlari yuzasidan qabuli bo’lib o’tdi.

Qabulda murojaatchilar tomonidan maktab uchun oshxona, tadbirlar zali, sinf jixozlari, xodimlarning tibbiy ko’rik uchun mablag’ va ta’lim sohasiga oid kamchiliklarni bartaraf etish, kabi turli masalalarda murojaatlar yo‘llandi.

Murojaatlarning aksariyati joyning o’zida hal etilib, muddat talab etadigan murojaatlar yuzasidan boshqarma boshlig’i o’rinbosarlariga masalalarning ijobiy yechimi bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berillib, nazoratga olindi.

Rasmiy sahifalar👇
Telegram💬Facebook 📸Instagram📹 YouTube 🌍Website

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

12 Feb, 08:07


Prezidentimiz aytganlaridek, "oqila va o‘qimishli onalar millatning buyuk kelajagini yaratadi".



Как отмечал наш Президент, «великое будущее нации создают образованные матери».

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

12 Feb, 08:07


VILOYAT: TOSHKENT
TUMAN: OHANGARON
TASHKILOT:25-DMTT
MAVZU: "BUYUK SIYMOLAR QALBIMIZDA"
DIREKTOR: ABDUSHUKUROVA.SH.A
MUSIQA RAXBARI: MATKAYEVA.M
PEDAGOG HODIMLARI

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

12 Feb, 08:06


🏆Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasining tuman bosqichi ikkinchi kuni

📍Oqqo‘rg‘on tumani


🟢Bugundan barcha hududlarda 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya) olimpiadasining hududiy bosqichilari bo‘lib o‘tmoqda.

🟢Ayni paytda 7-8-sinf o‘quvchilari tabiiy fanlardan maktab bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan 178 nafar yosh bilimdonlar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazmoqda. Mazkur olimpiadaning tuman bosqichida tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha go‘lib bo‘lgan o‘quvchilar keyingi bosqichga yo‘llanmaga ega bo‘ladi.

🟢Olimpiada jarayonlariga biriktirilgan ma`sullar Oqqo‘rg‘on tumani Ixtisoslashgan maktab direktori E.Mirzayev hamda Oqqo‘rg‘on tumani maktabgacha va maktab ta`limi bo‘limi boshlig‘i v.v.b N.Sharipovlar tomonidan o‘quvchi yoshlarga muvoqiyat va yaxshi natijalarga erishib yurishlariga yaxshi tilaklar bildirishdi.

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

09 Feb, 05:07


#No_comment

⚡️Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari oʻquvchi qizlari oʻrtasida matematika fanidan olimpiadaningsi Agentlik bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🔗Olimpiada jarayonlarini rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

09 Feb, 03:41


##Yangiyo‘l shahar


Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahar MMTB tasarrufidagi 2-umumiy o‘rta taʼlim maktabining 3-V sinfda  "Alisher Navoiy"va "Zahiriddin Muhammad Bobur" tavalludiga  bag‘ishlab
"Barhayot siymolar"   mavzusida tadbir o‘tkazildi.

2-maktab yangiliklarini kuzatib boring!


Telegram |Instagram | Fecebook | YouTube

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

09 Feb, 03:40


#Toshkent viloyati
#Chirchiq shahar
#12-sonli maktab
# 2v-sinf oʻquvchilari Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning tavallud kuni munosabati bilan tayyorlagan video roligi

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

09 Feb, 03:40


Yangiyo'l tumani 19-umumiy o'rta ta'lim maktabi 6-sinf o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan "Buyuklarni yod etib" deb nomlangan chellenjidan vidiolavhalar.

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

09 Feb, 03:39


#Navoiy_tavalludining_583_yilligi

Gʻazal mulkining sultoni sifatida barcha turkiy xalqlar orasida yuksak qadrladigan buyuk shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy ijodi chinakam ma’noda o‘zbek adabiyotining ulkan xazinasidir.

❗️Navoiy o‘z davrida ikki — turkiy va forsiy tillarda birdek ijod qilgan kam sonli ijodkorlardan. Uning barcha asarlarida inson va borliq, uning ichki kechinmalari va tuyg‘ulari, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-falsafiy yo‘nalishlarga doir dolzab mavzular katta badiiy mahorat bilan tasvirlangan.

⚡️Yoshlarni ilm olishga undovchi, Vatanga sadoqat hamda ota-ona va yaqinlarni qadrlash ruhida tarbiyalaydigan nazmiy asarlari necha asrlarki xalqimiz tomonidan sevib mutolaa qilinadi.

Alisher Navoiy — o‘zbek adabiyoti va tarixining buyuk shaxslaridan biridir.

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

09 Feb, 03:39


#KUN_HIKMATI
❗️shunchaki muhim...


Qaysi bir millatning ona tili o‘z hojatini o‘tayolmay, boshqa yot tillar oldida mag‘lubiyatga uchrab tiz bukar ekan, unday millatlar yolg‘izgina Vatanlaridan emas, balki butun borlig‘i bilan tarix yuzidan yo‘qolishga majbur bo‘ladilar.

✍️ Alixonto‘ra Sog‘uniy


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

09 Feb, 03:39


#KUN_NAFASI
💎Navoiyni bilmaganlarga…

Gurjistonda shunday udum bor:
Qizga kelsa yigitdan sovchi,
Kimligiga qilmay e’tibor
Kosibmi u, dehqonmi, ovchi…

Ilk savoli faqat shu bo‘lar,
O‘qiganmi Rustavelini?
Shu vajdati shoirin bilar
Gurjilarning kuyov-kelini.

Har o‘zbekning uyiga birrov
Buyurganda sovchilar tashrif.
Navoiyni bilarmi kuyov?
Deb so‘rashni qilurman taklif.

Shunday talab qo‘yilsa, alhol
Qo‘rqmang, qolmas qizlarimiz toq
Buyuk shoir she’rlarin darhol
Yod olardi, har oshiq bo‘ydoq.

Nazmi – millat
Yuragi Vatan,
Navoiydan poklanar iymon.
Navoiyni dunyo olar tan,
Bizga nasib navoli chaman.

Ulug‘likka timsol, andoza,
Har bir so‘zi ilohiy va haq.
Vijdoni but, yuragi toza,
Navoiydan madad olgan xalq.

Qalbini ishq tilmaganlarga,
Nasib etmas faxrli o‘zlik.
Navoiyni bilmaganlarga,
Qiz bermasin bironta o‘zbek!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

09 Feb, 03:39


#KUN_NAFASI

🔰9-fevral — buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun.


Mir Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutadi.

Alisher Navoiyning ilmiy va ijodiy merosi bitmas-tuganmas ummondir. Buyuk ajdodlarimizning betakror ilmiy-maʼnaviy merosi biz uchun hayotiy dasturga aylanishi lozim.

Haq yo‘linda kim sanga bir harf o‘qutmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

09 Feb, 03:39


#BUGUNNING_GAPI

Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozim.

Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

09 Feb, 03:39


#Kun_tarixi
9️⃣-FЕVRAL SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY HODISALAR


📝 1441 yil— Hirot shahrida shoir, mutafakkir va davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher (taxallusi Navoiy) tug‘ilgan;

👑 1654 yil — Shvetsiya qirolichasi Kristina taxtdan voz kechgan;

⚔️ 1695 yil —Moray urushi: Inousses orollari yaqinida dengiz jangi bo‘lib o‘tgan va durang bilan tugagan. 10 kundan keyin jang yana davom etgan va turklar Venetsiya flotini mag‘lubiyatga uchratgan;

⚔️ 1788 yil —Avstriya Turkiyaga qarshi urush e’lon qilgan;

🤝 1801 yil —Lunevil shahrida Fransiya va Avstriya o‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolangan. Fransiya tomonidan Jozef Bonapart, Avstriya tomonidan tashqi ishlar vaziri Kobenzl imzolagan. Shartnoma fransuzlarga qarshi ikkinchi koalitsiyaning tugatilishiga sabab bo‘lgan;

📌 1849 yil — Millatlar bahori: Juzeppe Garibaldining taklifiga binoan Italiya respublika deb e’lon qilingan;

🇯🇵 1889 yil — Yaponiya Konstitutsiyasi kuchga kirgan;

✈️ 1920 yil — ingliz mustamlakachilari qo‘shinlari Dervish davlatining poytaxti Talehga kirib kelishgan. Dervish qo‘shinlari birinchi marta samolyotlarga duch kelib, qochib ketishgan;

📌 1924 yil —Ozarbayjon SSR tarkibida Naxichevan ASSR tashkil topgan. (1990 yil noyabrdan — Ozarbayjon Respublikasi tarkibidagi Naxichevan Avtonom Respublikasi).

🤝 1929 yil —Moskvada SSSR Tashqi ishlar xalq komissari o‘rinbosari Maksim Litvinovning tashabbusi bilan SSSR, Polsha, Ruminiya, Latviya va Estoniya o‘rtasida milliy siyosat vositasi sifatida urushdan voz kechish to‘g‘risida bitim imzolangan;

🇮🇷 1979 yil — Eronda Pahlaviylar sulolasi ag‘darilgan;

1990 yil — Nelson Mandela ozodlikka chiqqan;

💣 1998 yil —Gruziya prezidenti Eduard Shevardnadzega qarshi suiqasd uyushtirilgan. Tbilisining markazida uning avtouloviga granata uloqtirilgan va avtomatlardan o‘qqa tutilgan. Biroq, zirhli Mercedes uning hayotini saqlab qolgan;

📌 2016 yil — Gravitatsiya to‘lqinlari kashf etilgan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

09 Feb, 03:39


💎G‘AZAL SOG‘INCHI
🔰Mehr ko‘p ko‘rgizdim ammo...


✍️Alisher NAVOIY g‘azali

O‘zbekiston xalq artisti
🎤Afzal Rafiqov ijrosida

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

09 Feb, 03:39


#KUN_NAFASI

Yuz jafo qilsa manga bir
qatla faryod aylamon,
Elga qilsa bir jafo, yuz
qatla faryod aylaram.

ALISHЕR NAVOIY

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

09 Feb, 03:39


#BILASIZMI...

📚Navoiy haqida biz bilgan va bilamagan haqiqatlar


🔖Jahon adabiyotiga katta hissa qo‘shgan ko‘plab olimlarning so‘z boyligi o‘rganib chiqilgan. Masalan, rus shoiri A.S.Pushkin o‘z asarlarida 21.197 so‘zdan, Shekspir 20.000 so‘zdan, Servantes 18.000 so‘zdan, Abdulla To‘qay 14.000 so‘zdan, Abay esa 6000 so‘zdan foydalangan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

07 Feb, 14:00


Milliy libosdan milliy vatanparvarlik ruhigacham vatan bizniki yurt bizniki biz birga katta kuchmiz O'zbegim yoshlari

Toshkent viloyati Toshkent tumani 9-maktabning milliy libosi ularning xaqiqiy jamiyatdegi hayotini yorqin etib vatanga tayanch jasur mard o'g'lonlar bilan Jasoratli yoshlarimiz biz katta kuchmiz birga biz maktabga, vatanga tayanch yoshlarmiz deya ularni qalbida vatanparvarlik milliy shukur jo'sh urmoqda.


Bizning o'zbek milliy yosh o'g'il qizlarimiz Amir Temur, Jaloliddin, To'maris avlodlari ularning qalbida tub tubida MARDLIK JASORAT MILLIYLIK mujassam bu bizning vatan bizning O'zbekiston, mana shu yurtning bayrog'ini doimo xalqaro maydonda baralla ko'tarishga tayyormiz.

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

07 Feb, 14:00


#Zangiota_tumani
#Buyuklarni_yod_etib

📚 Ayni kunlarda buyuk shoir va mutaffakkir, o’zbek mumtoz adabiyotining asoschisi Alisher Navoiyning hayoti va boy ijodiy merosini targ`b etish borasida qator tadbirlar tashkil etilmoqda.

💥 Tumandagi 25-sonli Davlat Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ishtirokida 9-fevral Alisher Navoiy tavallud topgan kun munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

💥Tadbirda muassasa tarbiyalanuvchilari ijrosida buyuk siymolarimizni yod etuvchi sahna koʻrinishi namoyish etilib, Alisher Navoiy ijodidan gʻazallar yod olindi. Jajji bolajonlarimiz ijrosida kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.

Kanalga ulanish👇
https://t.me/zangiotamanaviyatbolimi

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

07 Feb, 11:39


#MILLIY_LIBOS-Millat qiyofasi, inson ko’rki, milliy iftixor ifodasidir.


🇺🇿Milliy liboslarimizda Xalqimizning ming asrlik o’tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari shuningdek, o’ziga xos xususiyatlari mujassamdir. Milliy liboslarimiz ayol va qizlarimizdagi nazokat, latofatni yanada yorqinlashtiradi.

🇺🇿TOSHKENT VILOYATI OHANGARON TUMANIDAGI Barcha tashkilotlar va ta'lim maskanlarida orasida “MILLIY LIBOS” chellenji o’tkazildi.
Chellenjda qatnashib , milliy kiyimlar kiygan har bir ishtirokchilarning ko’zlaridagi quvonch , ko’tarinki kayfiyat ularda o’ziga bo’lgan ishonch tuyg’ularini shakllantirdi.

🌐Bizni kuzatishda davom eting
Ko'hna Iloq kanali

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

04 Feb, 17:28


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев расмий ташриф билан Малайзияга келди. Куала-Лумпур халқаро аэропортида давлатимиз раҳбарини Малайзия парламенти Вакиллар палатаси спикери Жоҳари бин Абдул, таълим вазири Замбри Абдулқодир ва бошқа расмий шахслар кутиб олди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл с официальным визитом в Малайзию. В международном аэропорту города Куала-Лумпура главу нашего государства встретили спикер Палаты представителей Парламента Малайзии Джохари бин Абдул, министр образования Замбри Абдул Кадир и другие официальные лица.

#Mirziyoyev #tashrif #Malayziya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

04 Feb, 17:28


Президент Шавкат Мирзиёев Куала-Лумпурда тантанали кутиб олинди

Президента Шавката Мирзиёева торжественно встретили в Куала-Лумпуре

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

04 Feb, 16:50


#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

➡️Kuni kecha "Vatan tayanchi" otryadi jamolari - viloyatimizdagi 13 ta ixtisoslashgan maktab va 1 ta Prezident maktabi o‘quvchilari o‘rtasida "Turon yo‘lbarslari" haryuiy sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

📱Musobaqa haqida batafsil videolavhada

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

04 Feb, 08:54


📱#ANONS

❗️O‘TGAN O‘QUV YILIDA BITIRUVCHILARNING BARCHASI OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA O‘QISHGA QABUL QILINDI!
❗️JORIY YILDA YUQORI SINF O‘QUVCHILARINING AKSARIYATI MILLIY VA XORIJIY SЕRTIFIKATNI QO‘LGA KIRITISHGAN!
❗️IELTS SЕRTIFIKATI DARAJALARI BU MAKTABDA ENG KAMI 7 BALNI TASHKIL ETADI!


🔴Ha, o‘qiyotganingiz to‘ppa to‘g‘ri! Bu viloyatimizdagi birigina maktabga tegishli muvaffaqiyatlar. Bu kabi maqtanishga arziydigan muvaffaqiyatlar esa talaygina.

🔰Gap Olmaliq shahridagi 1-sonli IDUM haqida ketmoqda.

📱Batafsil bir ozdan so‘ng.....

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

04 Feb, 07:52


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Малайзия Бош вазири Анвар Иброҳимнинг таклифига биноан расмий ташриф билан ушбу мамлакатга жўнаб кетди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Премьер-министра Малайзии Анвара Ибрагима отбыл в эту страну с официальным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Malayziya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

04 Feb, 06:54


#Yalpi_majlis

☝️Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi. Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti, youtubedagi kanali orqali jonli efirga uzatilmoqda.
_______________________

☝️ Началось очередное заседание Законодательной палаты Олий Мажлиса Республики Узбекистан. Заседание транслируется в прямом эфире на официальном веб-сайте и YouTube-канале Законодательной палаты.

Veb-sayt| Telegram |Facebook |  YouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

29 Jan, 17:22


Ислом цивилизацияси маркази Янги Ўзбекистоннинг бунёдкорлик мактаби, илмий-маънавий салоҳиятимиз рамзи сифатида тарихга киради

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

29 Jan, 17:22


Президент Шавкат Мирзиёев улкан ва ноёб лойиҳа - Ислом цивилизацияси марказида олиб борилаётган ишлар билан танишди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

29 Jan, 17:21


Президент Шавкат Мирзиёев Ўзбекистондаги Ислом цивилизацияси марказида олиб борилаётган бунёдкорлик ишлари билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с созидательной работой, проводимой в Центре исламской цивилизации в Узбекистане.

#Mirziyoyev #tanishuv #markaz #marifat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

22 Jan, 10:33


#tanlov

“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" koʻrik-tanlovi oʻtkazilmoqda

Ayni vaqtda mamlakatimizning barcha hududlarida maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" koʻrik-tanlovining sektor bosqichlari boʻlib oʻtmoqda.

Yoshlarning ekologiyaga oid huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirib borish, ularda milliy huquq tizimiga nisbatan hurmat tuygʻusini kuchaytirish maqsadida tashkil etilayotgan ushbu tanlov maktablarning 14-17-yoshli yuqori sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladi.

📍 Tanlov 5 bosqichdan iborat boʻlib, tuman (shahar) va hududiy bosqichlari joriy yilning fevral oyida, respublika bosqichi mart oyida oʻtkaziladi.

👉 Foto: joylarda oʻtkazilayotgan tanlov jarayonlaridan

Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

22 Jan, 09:58


#taʼlim

🔰 Zangiota tumani 14-umumtaʼlim maktabida 2024-2025-o‘quv yilida a’lo o‘qishlari, namunali xulqi va o‘qishdagi erishgan yutuqlari bilan ajralib turgan oʻquvchilar, ularning ustozlari va ota-onalari Zangiota tumani hokimligi va tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan taqdirlandilar.

🔰Taqdirlanganlar orasida sosiy fan olimpiadasining tuman bosqichlarida yuqori natijalarga erishib, viloyat bosqichida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan 4 nafar oʻquvchilarga faxriy yorliq va estalik sovgʻalari topshirildi va muvaffaqiyatlari yuksak baholandi.

🔰Bu kabi tashabbuslar yoshlarni yuqori marralar sari intilishga undaydi va yurtimizning kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratishga xizmat qiladi.

Taqdirlangan o‘quvchilar:

To‘laganova Odina Nosir qizi (9-maktab)

Mirzoxidova Sarvinoz Mirkomil qizi (21-maktab)

Isakova Umida Talg‘at qizi (12-maktab)

Tojiddinov Muhammad Baxtiyor o‘g‘li (14-maktab)

Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.me/Zangiotatumanihokimligi

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

22 Jan, 09:51


#TAYINLOV

▫️Tojiboyev Mansur Mahmudovich – Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.


▫️Tojiboyev Mansur Mahmudovich - 1987-yilda Jizzax viloyati Zomin tumanida tug‘ilgan.

▫️Ma’lumoti – oliy. 2009-yil Toshkent viloyat davlat pedagogika institutini tamomlagan.

▫️Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Oqqo‘rg‘on tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

22 Jan, 08:15


#QAROR_VA_IJRO

🔰Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida tibbiy xizmatni takomillashtirish
📍Ohangaron tumani

🟢Avval xabar berganimizdek, 2024-yil 11-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida tibbiy xizmatni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 18/41-sonli qo‘shma qarori qabul qilindi. Mazkur qo‘shma qarorining mazmun-mohiyatini to‘liq yetkazish va joylarda ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘quv-seminarlari tashkil etilishi renjalashtirilgan edi.

🔴Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida hududlar kesimida 15-yanvardan 30-yanvarga qadar seminar-treniglar tashkil etiladi.

🔣Joriy yilning 16-yanvar kuni bo‘lim tasarrufidagi 4-sonli davlat umumta’lim maktabida tashkil etilgan ushbu tadbirda ishtirokchilarga kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Yo‘nalish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushunchalar berildi, 2025-yil uchun ish rejalar tasdiqlandi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

22 Jan, 07:57


#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🔴Joriy yilning 16-yanvar kuni "Kambag‘allikdan farovonlik sari" davlat dasturi doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar borasida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati doirasida yoshlarni xorijda ish bilan ta’minlash masalasi bilan bog‘liq rejalar, qilinishi lozim bo‘lgan ishlar va bu borada umumta’lim maktablari xorijiy tillar o‘qituvchilarining hamkorligi haqida ham batafsil kelishib olindi.

📸Mavzu markaziy telekanallarda keng yoritildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

10 Jan, 18:18


#TUNGI_TILAK

Yana tong otadi...
Va inshaalloh,
Yana umrimizdan boshlanar bir kun.
Mo‘jizakor Robbim, ul qodir Alloh,
Shundoq yaratmishdir dunyoning ko‘rkin.

Inoyat bo‘lsinu Yaratgan zayli,
Tongda o‘rnimizdan shodon turaylik.
Bugunni bir go‘zal yashadik, mayli,
Do‘stim, ertagacha omon bo‘laylik!

Tuningiz xayrli o‘tsin azizim!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

10 Jan, 13:18


​​#Адабиёт

‼️ Ҳар қандай ҳолатда ҳам китоб ўқиш керак, китоб ўқишга сабаб топа билиш керак. "Ёшлар кундалиги" вилоятимиз раҳбарлари ва фаоллари тимсолида адабиёт билан боғланган ўзига хос мотивацион контент тайёрлади.

🤔 Хўш, қуйида исмлари келтирилган давлат ва жамоат арбоблари фаолиятини бадиий йўсинда, бирон асар номи орқали баҳолаш мумкинми?

✍️ Шундай қилиб сизга замонавий "Зарбулмасал" айтамиз. Сиз эса бу шарҳлар қанчалар ўринли бўлганини изоҳларда ёзинг. Кетдик.

🌪 Зойир Мирзаев"Бўронларда бордек ҳаловат" (Асқад Мухтор)

Сайёра Файзиева"Юлдузлар мангу ёнади" (Тоғай Мурод)

💎 Абдулла Хурсанов"Олтин водийдан шабадалар" (Ойбек)

📜 Абдусамад Носиров"Ўтмишдан эртаклар" (Абдулла Қаҳҳор)

📖 Маҳмуд Тоир"Девону луғатит турк" (Маҳмуд Кошғарий)

Раҳматилла ва Ғайрат Шералиевлар "Авлодлар довони" (Пиримқул Қодиров)

🎶 Абдурасул Абдухалилов (ССП) – "Фигаро там, Фигаро тут". ("Фигаро" операсидан, Бомарше)

⚖️ Абдуманноп Абдулҳаев"Менинг ўғригина болам" (Ғафур Ғулом)

🔥 Ускенбай Атемов"Тарас Бульба" (Николай Гоголь)

🤫 Мурод Носиров"Жимжитлик" (Саид Аҳмад)

🎩 Отабек Султонбеков"Евгений Онегин" (Александр Пушкин)

Зуҳра Миргазиева"Ўткан кунлар" (Абдулла Қодирий)

Нодир Хожиев"Ёш гвардия" (Александр Фадеев)

👑 Миразиз Мирсултонов "Кичкина шаҳзода" (Антуан де Сент-Экзюпери)

🔄 Аҳрор Мирзаев, Олимжон Бегалиев, Бекзод Мамадиёров "Мен қайтиб келаман" (Тоғай Мурод)

🏴‍☠️ Фурқат Худойбердиев"Алибобо ва қирқ қароқчи" ("Минг бир кеча"дан, араб халқ эртаги)

📝 Кифоят Эрмуҳаммедова"Нидо" достони (Эркин Воҳидов)

Yoshlar kundaligi

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

10 Jan, 13:18


#UMID_NIHOLLARI
📍YANGIYO‘L TUMANI

➡️Xabaringiz bor, viloyatimizdagi 22ta tuman va shaharlaridagi umumt’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida "Umid nihollari" sport musobaqalarining navbatdagi bosqichi o‘tkazilmoqda.

📍Yangiyo‘l tumanida ham 3-yanvardan start olgan musobaqalar jadval asosida o‘tkazilmoqda. 1-11 sinf o‘quvchilari sportning bir qator turlari doirasida yosh darajasida bellashmoqdalar. Futbol, basketbol, voleybol, gandbol, yengi atletika (yugurish, sakrash), stol tennisi, shaxmat va shashka kabi sport turlari shular jumlasidan.

🏆G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanmoqda.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

04 Jan, 16:15


Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufidagi tizim tashkilotlarining rasmiy telegram kanallari bilan tanishing:

😄Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi: https://t.me/piimauz

😄Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti: https://t.me/TDPU_uz

😄A. Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot instituti: https://t.me/avloniyuz

😄Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi: https://t.me/Barkamolbolalarmaktabi

😄Psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi: https://t.me/tashxismarkazi

😄Respublika taʼlim markazi: https://t.me/rtm_metodik_xizmat

😄“Mehrli maktab” davlat taʼlim muassasasi: https://t.me/mehrlimaktab

😄 “Yangi Oʻzbekiston” universiteti: https://t.me/newuzbekistanuniversity

Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti rasmiy telegram kanali: https://t.me/Uzpfiti_uz

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

04 Jan, 16:14


#соҳага_доир_ҳужжатлар
#eslatma

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-apreldagi tegishli qarori bilan:

2025-yil 1-yanvardan — davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovining yangi
miqdorlari belgilangan.

👉 To‘lov miqdorlari bilan quyida batafsil tanishish mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

04 Jan, 16:14


⚡️Vazirlik volontyori bo‘lishni istaysizmi?

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ekologik ta'limni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar uchun volontyorlarni izlayapti. Bu o‘z qobiliyatingizni yuzaga chiqarish va yangi marralarni egallash uchun ajoyib imkoniyatdir!

Bizga qanday mutaxassislar kerak?

SMM mutaxassisi:
— postlar tayyorlash qobiliyati;
— dizayn yaratish qobiliyati;
— videomontaj va mobilografiya ko‘nikmalari.

Loyiha menejerlari:
— loyiha va dasturlarni nazorat qilish va rivojlantirish qobiliyati;
— tadbirlarni tashkil qilish va koordinatsiya qilish qobiliyati.

Ma'lumot tahlilchilari:
— Excel va Word dasturlari hamda turli hujjatlar bilan ishlash qobiliyati;
— ma'lumotlarni monitoring qilish va baholash qobiliyati.

Bizning talablarimiz:
— Nomzodlarning Toshkent shahrida istiqomat qilishi;
— mazkur loyihaga haftasiga o‘rtacha 20 soat vaqt ajratish;
— mas'uliyat, intiluvchanlik, kreativlik, jamoada ishlash qobiliyati, bilim va tajriba.

Ishtirokchi volontyorlar ijtimoiy foydali va ilhomlantiruvchi loyihalarda qatnashish, yangi ko‘nikmalarni egallash imkoniyatiga hamda loyihadagi ishtirok haqida sertifikatga ega bo‘lishadi.

📍Arizani quyidagi havola orqali topshirishingiz mumkin: https://forms.gle/UzH7QUKEsrJKUJmr7

🗓 Muddat: 2025-yil 20-yanvar 23:59 ga qadar.

Agar siz qobiliyatingiz va tajribangizni ijtimoiy foydali ishlarga sarflashni istasangiz, bizga qo‘shiling va o‘zgarishlarning bir qismi bo‘ling!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

04 Jan, 13:08


#Trening
#Malaka_oshirish
#Mahorat_maktabi

⚡️Nurafshon shahridagi Prezident maktabida Toshkent viloyatidagi barcha ixtisoslashtirilgan maktablar o'qituvchilari uchun malaka oshirish darslari bo'lib o'tmoqda.

🔹Ushbu darslar o'qituvchilarning pedagogik malakalarini yanada oshirish, zamonaviy ta'lim usullarini o'rganish va o'quv jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida tashkil etilgan.

🔥Tadbirda viloyatning turli hududlaridan kelgan o'qituvchilar yangi metodikalarni, texnologiyalarni va pedagogik yondashuvlarni o'z ishlarida qo'llashga yo'naltirilgan tajribalar bilan bo'lishmoqda.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | ▶️ YouTube

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

04 Jan, 08:24


#ислоҳотлар_янги_йилда
#eslatma

2025-yildan boshlab maktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga doir qonunchilik hujjatlaridagi oʻzgarishlar bilan tanishtirishda davom etamiz.

👉 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlariga asosan:

2025-yil 1-martdan — musiqa madaniyati fani oʻqituvchilari uchun nazariy va amaliy taʼlim asosida malaka oshirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;

2025-yil 1-apreldan — maktablarda “Iqtidor” havaskorlar badiiy jamoalari tashkil etilib, jamoalar oʻrtasida “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovi oʻtkaziladi;

2025-yil 1-martga qadar — boshlangʻich, oʻrta va yuqori sinf oʻquvchilari yosh toifasi boʻyicha harakatli oʻyinlar, olimpiya va ommaviy sport turlariga ustuvorlik berish orqali sport turlari roʻyxati shakllantiriladi;

2025-yil 1-iyundan — umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida CHQBT rahbari lavozimi joriy etiladi;

2025-yil 1-yanvardan — nodavlat taʼlim tashkilotlariga doimiy jalb etiladigan pedagog xorijiy mutaxassislarga “A-2” oʻqituvchilar kirish vizalarini berish yoʻlga qoʻyiladi;

2025-yil 1-yanvardan — davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga mehnat qilish huquqini beruvchi tasdiqnoma berish yigʻim miqdori BHMning 30 baravaridan 1 baravarigacha kamaytiriladi;

👉 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga asosan:


2025-yil 1-yanvardan — davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdorlari belgilanadi;

2025-yil 1-yanvardan — davlat MTTlari xodimlariga berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimiga elektron shaklda taqdim etiladi;

2025-yil 1-fevraldan — tajriba-sinov tariqasida Toshkent shahridagi, 2025-yil 1-iyuldan barcha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining qator ish hujjatlarini yuritish “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;

2025-yil apreldan — maktab va maktabdan tashqari taʼlim sohasidagi axborot tizimlari bosqichma-bosqich Yagona taʼlim axborot ekotizimga birlashtiriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

04 Jan, 07:18


#SARHISOB_2024

🔴Yakuniga yetgan 2024-yilda viloyatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilgan ishlar

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

04 Jan, 07:03


💎TA’TILDA

➡️Ayni paytda, yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablari o‘quvchilari qishki ta’tilda. Ta’til jarayonlari qanday o‘tmoqda?

➡️Xususan, viloyatimizdagi mavjud 877 ta umumta’lim maktablarida ta’til oldi rejalar tuzilib, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish maqsadida amaliy ishlar qilinmoqda.
O‘quvchilar bilan turli tarixiy obidalar, muzeylar va san’at saroylariga sayohatlar uyushtirilmoqda. Turli sport o‘yinlari, ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilmoqda.

➡️Xuddi shunday, ta’til tadbiri O‘rta Chirchiq tumanidagi 40-sonli umumta’lim maktabida ham tashkil etildi. Maktabning yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida "Quvnoq startlar" sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

📸Jarayondan fotolavhalar

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

26 Dec, 20:01


Президентнинг Санкт-Петербургга ташрифи: Ўзбекистон МДҲ ва ЕОИИ бўйича шериклар билан яқин ва самарали ҳамкорликни ривожлантириш тарафдори

Визит Президента в Санкт-Петербург: Узбекистан привержен развитию тесного и продуктивного сотрудничества с партнерами по СНГ и ЕАЭС

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

26 Dec, 15:19


❄️💻 “Raqamli Avlod” IT Oromgohi 2025 – Qishki mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda!

🔈 Imkoniyatni qo’ldan boy bermang! Loyiha 2025-yil, 3-yanvardan 7-yanvarga qadar onlayn va oflayn formatda bo'lib o'tadi.


📝Ro‘yxatdan o‘tish: online.raqamliavlod.uz


Shoshiling! Joylar soni chegaralangan ‼️

___

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

26 Dec, 12:55


#SHUKUH
🎄#YANGI_YIL_SHODIYONASI

🎄Zangiota tumanidagi 25-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yangi yil bayrami keng nishonlanmoqda.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

01 Dec, 11:36


#Respublika_olimpiadasi

✔️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi huzuridagi Koreya ta'lim markazi bilan hamkorlikda Koreys tili bo‘yicha II Respublika olimpiadasining  Toshkent viloyati hududiy bosqichi tashkil qilindi.

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

01 Dec, 11:26


#Respublika_olimpiadasi

✔️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi huzuridagi Koreya ta'lim markazi bilan hamkorlikda Koreys tili bo‘yicha II Respublika olimpiadasining  Toshkent viloyati hududiy bosqichi tashkil qilindi.

‼️Eslatib o‘tamiz, Olimpiada ikki bosqichdan iborat bo‘lib, 1-bosqich hududlarda 1-dekabr kuni, yakuniy respublika bosqichi 22-dekabr kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

2023-2024-o‘quv yilida Koreys tili bo‘yicha I Respublika olimpiadasi tashkil etilgan edi.

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

01 Dec, 10:18


1-dekabr - qoraqalpoq tili kuni

Qaraqalpaq tiline mámleketlik til biyliginiń berilgen kúni múbárek bolsın, áziz tuwısqan xalqım, qaraqalpaqlar!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

01 Dec, 10:17


Bugun — Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda BMT bosh Assambleyasining 1988 yilidagi qaroriga asosan, 1 dekabr Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi.

OIV infeksiyasi hozirgi kunda barcha mamlakatlar uchun global muammoga aylangan. 2022 yilda dunyoda taxminan 39 million nafar OIV bilan yashovchi odamlar ro‘yxatga olingan, ularning uchdan ikki qismi Afrika mintaqasi aholisidir.

Shuningdek, o‘tgan yili 630 000 odam OIV bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra vafot etgan va 1,3 millionta yangi OIV yuqish holatlari qayd etilgan.

Bu esa, o‘z navbatida inson salomatligi, mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda xavfsizligiga rahna solayotir.

Mamlakatimizda OITSga qarshi kurash tizimi oxirgi yillarda barcha yo‘nalishlarda qator yutuqlarga erishib kelmoqda. Bu esa BMTning OIV va OITS bo‘yicha qo‘shma dasturining dunyo miqyosida tan olingan “95-95-95” strategik maqsadlariga erishishda katta ahamiyat kasb etadi.

So‘nggi yillarda butun dunyoda OITSning jinsiy yo‘l bilan yuqish darajasi ortib bormoqda. Bu holat, afsuski, mamlakatimizda ham kuzatilyapti. Masalan, o‘tgan yili ro‘yxatga olingan bemorlarning 79 foiziga kasallik jinsiy aloqa yo‘li orqali yuqqanligi gumon qilingan.

JSST tomonidan bemorlarni virusga qarshi davolash kasallikning bosqichidan qat’iy nazar, u aniqlangan kundan boshlanishi zarurligi tavsiya etiladi.

Shu yilning uchinchi choragi yakuniga ko‘ra, yurtimizda OIV infeksiyali bemorlarning 83 foizi davolashning dunyoda tan olingan usuli — antiretrovirus muolajalar bilan qamrab olingan. Ular uchun zarur preparatlar xarajatlarining qariyb 80 foizi Davlat budjeti mablag‘lari, qolgan 20 foizi esa xalqaro fondlar hisobidan qoplanmoqda.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

01 Dec, 07:39


#Ayni_paytda

❇️Toshkent viloyatida matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlaridan terma jamoaga saralashning 1-bosqich sinovlariga start berildi

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

21 Nov, 15:50


Prezident Farmoni bilan Hilola Umarova Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga Hilola Umarovaning nomzodi koʻrib chiqildi.

Majlisda Hilola Umarova maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi islohotlarning samaradorligini yanada oshirish borasidagi kelgusida amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha oʻz Harakatlar dasturi haqida axborot berdi.

Deputatlar Hilola Umarova nomzodini Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga maʼqulladilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-noyabrdagi tegishli Farmoni bilan Hilola Umarova Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi.

Vazir oʻtgan vaqt davomida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimini rivojlantirish, taʼlim sifati va pedagoglar malakasini oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha samarali ish olib bormoqda.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi jamoasi Hilola Umarovani Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlanganligi bilan tabriklagan holda, kelgusi faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaydi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

21 Nov, 13:49


#eʼtibor

Gimnastikachi qizlarning munosib ishtiroki e'tirof etildi

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o'tkazilgan gimnastrada musobaqasining respublika bosqichida Toshkent viloyati sharafini munosib himoya qilib, 1-o'rinni qo'lga kiritgan gimnastikachi qizlarning ishtiroki Qibray tumani hokimligi va tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi bo'limi tomonidan e'tirof etildi.

Tumandagi 1-umumiy o'rta ta'lim maktabida o'tkazilgan tantanali tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi o'rinbosari R.Xasanov sportchi qizlarga tuman hokimining tabrigini yetkazib, tashkilotchilar tomonidan ularga qimmatbaho sovg'alar va tashakkurnoma hamda tuman Sport vazirligining noutbuklari topshirildi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

💬
telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

21 Nov, 13:31


❇️TOSHKЕNT VILOYATIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH MASALALARI MUHOKAMA ETILDI

🔹Xabaringiz bor, "Korrupsiyaga qarshi kurashish" oyligi doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan hududlarda “Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yanada oshirish, korrupsiyaga qarshi profilaktika chora-tadbirlarini tashkil etish" mavzusida ochiq muloqot hamda seminarlar tashkil etilmoqda.

🔹Mazkur muloqotlarning navbatdagisi Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tdi.

🌐BATAFSIL

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

11 Nov, 04:31


#SAFAR
#HAMKORLIK

🔴Ayni kunlarda viloyatimizning ta’lim fidoyilari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan Xitoyda bo‘lib turibdi.

🟢Taassurotlar bilan Toshkent tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Nilufar Ubaydulayeva

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

11 Nov, 04:25


🔴TA’TILDA SAYOHAT
📍Toshkent tumani

➡️Tumandagi 12-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchi yoshlari "Tarixiy manzillar bo‘ylab sayohat" loyihasi doirasida Toshkent viloyati Parkent tumanidagi Kumushkon turizm qishlog‘ida joylashgan «Masjid Ali» ziyoratgohiga sayohat uyushtirildi. O‘quvchi yoshlar yurtimizda bir-biridan qiziq tarixiy yodgorliklar va ular bilan bog‘liq turli rivoyatlarni qiziqish bilan tinglashdi.

➡️“Masjid Ali” ziyoratgohi xalq orasida alohida mehr bilan yodga olinadigan Hazrat Ali nomi bilan bog‘liq ko‘rkam qadamjo bo‘lib, viloyatning eng ajoyib diqqatga sazovor joylaridan hisoblanadi. Ziyoratgohdagi ajoyib ulkan chinor va shifobaxsh buloq suvi ziyoratchilar tomonidan e’zozlanib, bu mo‘jizalarni ular aynan Hazrat Alining tashrifi bilan bog‘laydi. Ushbu hududda qadimdan kumush konlari mavjud bo‘lib, buloq suvlariga ijobiy ta’siri natijasida inson salomatligiga nihoyatda foydali....

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

11 Nov, 04:12


#Tabrik

11-noyabr -O’zbekiston Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi rahbari Nodira Uktambayevna Ta’lim va fan xodimlari Respublika Kengashi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

11 Nov, 04:11


👋😊 🇦🇿 Bokudan salom!

📱 😁 Bugun BMT Iqlim konferensiyasining yosh ishtirokchilari, jumladan, "Eco-schools Uzbekistan" loyihasi va "Young Climate Champions" hamjamiyati faollari uchun o‘quv ekologik oromgohi boshlandi. Bu yerda Markaziy Osiyo mamlakatlari, Ozarbayjon, Vengriya va Turkiya yoshlari 2024–2030 yillarda barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish hamda bolalar va yoshlarni iqlim kun tartibiga jalb qilish bo‘yicha Xalqaro strategiyani amalga oshirishga qaratilgan "Yo‘l xaritasi" — kelgusi yilga mo‘ljallangan harakatlar rejasini ishlab chiqishga kirishadi.

#COP29
~~~
👋😊 🇦🇿 Привет из Баку!

📱 😁 Для молодых участников Климатической конференции ООН стартовал образовательный экологический лагерь, включая активистов проекта Eco-schools Uzbekistan и сообщества Young Climate Champions. Здесь ребята из Центральноазиатских стран, Азербайджана, Венгрии и Турции приступят к разработке «дорожной карты» — плану действий на следующий год по реализации Международной стратегии продвижения культуры устойчивого развития и вовлечения детей и молодежи в климатическую повестку на 2024–2030 годы.

#COP29

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

02 Nov, 16:48


🔴#TV_MUNOSABAT

🟢Ohangaron tumanidagi 31-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lgan noxush holat bo‘yicha tv munosabat.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

02 Nov, 16:24


#Vazir_kubogi
#badiiy_gimnastika

Bugun poytaxtimizdagi Gimnastika boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabida oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida sportning badiiy gimnastika turi boʻyicha “Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri kubogi” respublika musobaqasi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

📍 Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova, vazirlik masʼullari, tegishli tashkilot va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Musobaqada umumtaʼlim maktablarining 1-4-sinf oʻquvchi-qizlari maktab, tuman (shahar), hududiy (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) hamda respublika bosqichlari boʻyicha oʻzaro kuch sinashishdi.

Musobaqaning tuman (shahar) bosqichi 7-10-oktabr kunlari, hududiy bosqichi 21-25-oktabr kunlari tashkil etildi.

Bugun boʻlib oʻtgan musobaqaning Respublika bosqichi yakuniy natijalariga koʻra, jamoaviy bahslar boʻyicha:

🥇 1-oʻrin — Toshkent shahar jamoasi;
🥈2-oʻrin — Jizzax viloyati jamoasi;
🥉3-oʻrin — Sirdaryo viloyati jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi.

Yakka ishtirokchilar yoʻnalishi boʻyicha:

2016-yil tug’ilgan o’quvchilar o’rtasida:


🥇1-oʻrin — Xadicha Asadullayeva (Toshkent shahri);
🥈2-oʻrin — Kamila Qilichova (Buxoro viloyati);
🥉3-oʻrin — Esmira Abilkirimova (Samarqand viloyati)ga;

2017-yilda tug’ilgan o’quvchilar o’rtasida:


🥇1-oʻrin — Samira Xolmurodova (Toshkent shahri);
🥈2-oʻrin — Samira Nosirjonova (Namangan viloyati);
🥉3-oʻrin — Samira Jurayeva (Buxoro viloyati)ga nasib qildi.

Musobaqa gʻoliblari Vazir kubogi, maxsus Diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

02 Nov, 16:13


#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

📚Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning oktyabr-dekabr oylarida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini yanada shakllantirish, ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish orqali ularni kitobxonlikka jalb etish maqsadida “Jadidlar izidan” Respublika tanlovi tashkil etildi.

📚Mazkur tanlovning tuman bosqichlari kuni kecha viloyatimizning barcha hududlarida o‘tkazildi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

02 Nov, 15:28


🔴#ONLAYN
#PKA_2024 #Pedagoglarga_yordam
🔰Attestatsiya
🏆KUN QAHRAMONLARI

➡️Mashrabxon Nazarova
Oqqo‘rg‘on tumani 8-sonli umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan malaka toifasi attestatsiyasida 80 ball yig‘ib, oliy toifaga davogarlik qilmoqda.


💐Muvaffaqiyatlar bardavom bo‘lsin!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

02 Nov, 15:23


#Tuhfa

Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab ta'limi boʻlimi tasarrufidagi 6-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi "Tashabbusli budget" loyihasining 2023-yil 1-mavsumida maktabning eski qurilishi tugallanmagan sport zalini yangi zamonaviy qurish uchun tashabbus bilan ishtirok etib g'alaba qozondi.

Bugun ushbu Yangi sport zal qurilib o’quvchi-yoshlarning kelajakda ma'nan va jismonan yetuk shaxs boʻlib ulg'ayishlari uchun zamoniy qurilib foydalanishga topshirildi.
Tadbirda Maktabgacha va maktab ta'limi boʻlim boshlig’i N.Qayumova va Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashi deputati R.Dastirov hamda mutasaddilar ishtirok etdi.

O'quvchi-yoshlar uchun foydalanishga topshirilgan zamonaviy sport zalda barcha sharoitlar yaratilgan.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

25 Oct, 17:09


Maxsus reportaj | Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va energiya tejamkorligi
#24oct #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

25 Oct, 15:52


Toshkent  viloyati
Qibray tumani
20-DMTTda
"Gimnastikaga ilk qadam" nomli sport tadbiri bulib utdi

DMTT direktori: N.A.Tursunova
Jismoniy tarbiya yòriqchisi:
M.N.Azimova

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

25 Oct, 15:52


QIBRAY TUMANI_PEDAGOGLAR JAMOASINING OTA-ONALARGA MUROJAATI_25.10.2024


OBUNA BO'LING: NURAFSHON TV

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

25 Oct, 15:52


QIBRAY TUMANI_“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASIGA TAYYORGARLIK KO‘RISH_25.10.2024


OBUNA BO'LING: NURAFSHON TV

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

25 Oct, 06:13


📣 Bugun — onlayn repetitsiyada qatnashishning oxirgi sanasi

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan joriy yilning avgust-dekabr oylarida attestatsiyadan oʻtuvchi pedagoglarni ushbu malaka sinovlariga tayyorlash maqsadida onlayn repetitsiya oʻtkazilmoqda.

❗️Bunda pedagoglar test sinovlari topshiriladigan maxsus platformadan foydalanish tartibi hamda namunaviy test savollari bilan atroflicha tanishishadi.

🖥 Eslatib oʻtamiz, onlayn repetitsiya bugun — 25-oktabr kuni oʻz yakuniga yetadi. Onlayn repetitsiya oʻtkazilish manzili: https://demotest.uzedu.uz

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

24 Oct, 13:30


5E taʼlim modeli asosida samarali dars rejasini loyihalashtirish

“Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari doirasida tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotida ishtirokchilarning so‘rovga asoslangan samarali o‘rganishiga yordam berish, so‘rovni tushunish va amaliyotini rivojlantirish hamda chuqurlashtirish uchun quyidagi 6 ita asosiy savol ko‘rib chiqildi:
🔺Darsning samarali bo‘lishiga nima yordam beradi?
🔺Nima uchun Tabiiy fanlarni o‘rganishda so‘rovga asoslangan ta‘lim muhim?
🔺So‘rovga asoslangan dars nimalardan tashkil topgan?
🔺5E modelida tadqiqotga asoslangan ta’lim qanday ko‘rinishga ega?
🔺5E Model dars rejasini ishlab chiqish uchun MCE Cambridge 5-sinf uchun  bosma va raqamli resurslardan qanday foydalanish mumkin?
🔺So‘rovga asoslangan darsni o‘tkazish uchun qanday yordam ko‘nikmalari zarur?

💠Mashg‘ulotda qatnashgan trenerlar kasbiy rivojlanish kuni tayanch maktablarda yetakchi o‘qituvchilar uchun dars mashg‘ulotlarini olib boradi.

Telegram | 🌐Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

24 Oct, 13:25


Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Shtab boshlig‘i polkovnik S.T.Zuparov va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Akiko Fuji xonim ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi

Bugun, 24-oktyabr kuni Fuqaro muhofazasi institutida “O‘zbekiston jamoalarining iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga kelgan xavfli tabiiy hodisalarga chidamlilikni oshirish uchun kompleks erta ogohlantirish tizimini takomillashtirish qo‘shma loyihasi” doirasida BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda qo‘shma tadbir o‘tkazildi.

📌Batafsil: https://gov.uz/oz/fvv/news/view/25338

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

24 Oct, 09:56


#taʼlim

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida hosil bayrami oʼtkazilmoqda

Xususan, tumandagi 20-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida ham oʼtkazilgan "Mehrjon" – hosil bayrami bolajonlar uchun shirin xotiralar bilan muhrlandi.

Аnʼanaviy tarzda oʼtkazilib kelinadigan bayram tadbiri, har yilgidanda koʼtarinki ruhda oʼtkazilib, bolajonlarning qalbiga quvonch va shodlik olib keldi.

Tarbiyachilar tomonidan sahnalashtirilgan bayram dasturida, bolajonlarning oltin kuz faslini tarannum etuvchi kuy-qoʼshiq va sheʼrlari hamda ertak qahramonlari asosida ijro etilgan sahna koʼrinishlari barchaga birdek koʼtarinki kayfiyat ulashdi.

✍️ Qibray tumani hokimligi Аxborot xizmati

💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

19 Oct, 14:45


🟦🟦🟦

Asosiy fan olimpiadasi tuman bosqichi qayerda tashkil qilinmoqda
?

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21-25-oktabr kunlari Asosiy fan olimpiadasi tuman bosqichi tashkil etiladi. Sizning hududingizda tuman bosqichi qayerda o’tkazilishini yuqorida bilib olishingiz mumkin.

Ommaviy axborot vositalarini hamda blogerlarni asosiy fan olimpiadasi tuman bosqichi jarayonlarida jamoatchilik nazoratini o’rnatish bo’yicha taklif etib qolamiz.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

19 Oct, 14:44


#Vatanga va'da

Ohangaron shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining "Vatan tayanchi" bolalar va o‘smirlar harbiy- vatanparvarlik harakatini tashkil etish to‘g‘risida"gi 2022 yil 2-martdagi PQ 150-sonli qaroriga asosan shahar umumta’lim maktablarining Vatan tayanchi jamoalariga "Vatanga va’da" marosimi o‘tkazildi.

Tadbir davomida o‘quvchilarga ko‘krak nishonlari va guvohnomalar taqdim etildi.

💥 Tadbirda 99677 h/q harbiy askarlari, Ohangaron shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i, Milliy gvardiya xodimlari va Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi ishtirok etdilar.

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

19 Oct, 12:56


#Muloqot #Communication #Беседа

Alisher Saʼdullayev viloyat mahallalaridagi yoshlar bilan muloqotlar qilmoqda

👉 Batafsil
_____

Alisher Sa'dullayev engages in discussions with the youth in regional neighborhoods

👉 In detail
_____

Алишер Саъдуллаев проводит беседы и общается с молодёжью из махаллей

👉 Подробно

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

19 Oct, 12:56


#Ўзбек_тили_байрами

Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!
______
✔️
Videorolik 21-oktabr — “O’zbek tili bayrami” munosabati bilan Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Matbuot xizmati tomonidan tayyorlandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

19 Oct, 12:54


#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
📍Chinoz tumani

🔴Chinoz tumanidagi 2-sonli umumta'lim maktabida ota-onalarga o‘qituvchilarning murojaati yo‘lladi. Mazkur tadbir markaziy telekanallarda keng yoritildi.

📹Batafsil videolavhada

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

19 Oct, 12:50


#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
📍Ohangaron shahar

🔴Ohangaron shahridagi 2-IDUMda ota-onalarga o‘qituvchilarning murojaati yo‘llandi. Mazkur tadbir markaziy telekanallarda keng yoritildi.

📹Batafsil videolavhada

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook

4,185

subscribers

41,265

photos

15,683

videos