Yosh Zakovatchilar Klubi @yosh_zakovatchilar_klubi Channel on Telegram

Yosh Zakovatchilar Klubi

@yosh_zakovatchilar_klubi


“Yosh zakovatchilar klubi” telegram kanaliga xush kelibsiz!

Kanalimiz orqali har kuni kunlik savollar berib boriladi.

Murojaatlar uchun: @SalohiddinOdilov

Yosh Zakovatchilar Klubi (Uzbek)

“Yosh zakovatchilar klubi” telegram kanaliga xush kelibsiz! Bu kanal orqali siz har kuni kunlik savollar bilan tanishishingiz mumkin. Kanalimizda yoshlar uchun foydali ma'lumotlar, yondashuvlar va yaratuvchi fikrlar oling. Yosh zakovatchilar klubi bilan birga o'z dunyongizni rivojlantiring va yangi bilimlar boyicha ko'zdonlaringizni kengaytiring. Ehtirosli mijozlar uchun eng yangi va qiziqarli ma'lumotlar sizni kutmoqda! Murojaatlar uchun: @SalohiddinOdilov

Yosh Zakovatchilar Klubi

30 Jul, 18:32


#Bugunning_savoli 90

Javob: Marafon.

Izoh: Marafon yugurish musobaqasi zamonaviy olimpiada o‘yinlarida ikki bor, ya’ni 1896 va 2004-yillarda Afinada o‘tkazilgan musobaqalarda aynan Marafon hududidan boshlangan. Bu yugurish musobaqasida Keniya va Efiopiya sportchilari yetakchi hisoblanishadi. .

🏆 Toʻgʻri javob bergan bilimdonlar:

🥇MALIKA OPA
🥈Sevara

📱 @yosh_zakovatchilar_klubi

Yosh Zakovatchilar Klubi

30 Jul, 17:01


#Bugunning_savoli 90

Zamonaviy olimpiada o‘yinlarida U bor yo‘g‘i ikki marta – 1896 va 2004 - yillardagina o‘z nomiga to‘la mos holda bo‘lib o‘tgan. U haqidagi Vikipediya maqolasida ko‘plab keniyalik va efiopiyalik insonlar ismi keltirib o‘tilgan.

Savol: U oʻrnidagi bir soʻzni yozib bering.

Javoblaringizni @SalohiddinOdilov manziliga yozib qoldiring.

📱 @yosh_zakovatchilar_klubi

Yosh Zakovatchilar Klubi

30 Jul, 16:32


#Bugunning_savoli 89

Javob: Polka.

Izoh: Polka so‘zi chex tilidan “yarim qadam” ma’nosini beradi va raqsning polyaklarga hech qanday aloqasi yo‘q. Raqs nomidagi yarim qadam so‘zi ham sizni slavyan tillaridagi “полка” so‘ziga olib bordi degan umiddamiz.

🏆 Toʻgʻri javob bergan bilimdonlar:

🥇Islom...
🥈Ravshanoy Allambergenovna
🥉MALIKA OPA

📱 @yosh_zakovatchilar_klubi

Yosh Zakovatchilar Klubi

30 Jul, 15:01


#Bugunning_savoli 89

Ushbu raqs turi 19-asr o‘rtalarida Bogemiyada, ya’ni hozirgi Chexiya hududida paydo bo‘lgan. Raqsning nomi ham chex tilidagi “yarim qadam” ma’nosini beruvchi so‘zdan kelib chiqqan va raqsning Chexiyaga chegadarosh bo‘lgan davlatga hech qanday aloqasi yo‘q.

Savol: Raqs nomini bir so‘zda yozib bering.

Javoblaringizni @SalohiddinOdilov manziliga yozib qoldiring.

📱 @yosh_zakovatchilar_klubi

Yosh Zakovatchilar Klubi

30 Jul, 14:31


#Bugunning_savoli 88

Javob: Toʻnka.

Izoh: Karikaturada Daraxtlarni muhofaza qilishgan bag‘ishlangan majlisda majlis ishtirokchilari to‘nkalarda o‘tirgani tasvirlangan. Shuningdek, to‘nka so‘zi salbiy ma’noda ham qo‘llaniladi.

🏆 Toʻgʻri javob bergan bilimdonlar:

🥇Temurbek Akhmedov
🥈Ibrohimov Ilyos
🥉Hushboqov Baxtiyor

📱 @yosh_zakovatchilar_klubi

Yosh Zakovatchilar Klubi

30 Jul, 13:02


#Bugunning_savoli 88

“Mushtum” jurnalining 1968-yili chiqqan sonida ekologiyaga bag‘ishlangan karikatura mavjud. Karikaturada Daraxtlarni muhofaza qilishga bag‘ishlangan majlisda majlis ishtirokchilari Ularda o‘tirgani tasvirlangan. Shuningdek, U salbiy ma’noda ham qo‘llaniladi.

Savol: U bilan almashgan bir so‘zni yozib bering.

Javoblaringizni @SalohiddinOdilov manziliga yozib qoldiring.

📱 @yosh_zakovatchilar_klubi

Yosh Zakovatchilar Klubi

30 Jul, 12:31


#Bugunning_savoli 87

Javob: Qariyalarning farzandlariga (Ularga qarashga mas’ul insonlarga).

Izoh: Yaponiya yolgʻiz yashovchi qariyalar koʻp. Bunday choynaklar qariyalar uchun ishlab chiqarilgan boʻlib, har kuni choynak yoqilishi bilan qariyaning farzandlariga sms xabar yetib boradi. Bu bilan farzandlar ota-onalarning bugungi ahvolidan xabardor boʻladi.

🏆 Toʻgʻri javob bergan bilimdonlar:

🥇Zahro Salimova
🥈MALIKA OPA

📱 @yosh_zakovatchilar_klubi

Yosh Zakovatchilar Klubi

30 Jul, 09:02


#Bugunning_savoli 87

Yaponiyalik texnologlar qariyalar uchun aqlli elektr choynaklar ishlab chiqarmoqda. Bunday elektr choynaklarga ega qariyalar, choynakni yoqishlari bilan, SMS xabar xizmati ishga tushadi.

Savol: Bu SMS xabar kimga joʻnatiladi?

Javoblaringizni @SalohiddinOdilov manziliga yozib qoldiring.

📱 @yosh_zakovatchilar_klubi

Yosh Zakovatchilar Klubi

30 Jul, 08:30


#Bugunning_savoli 865

Javob: Toshbaqa.

Izoh: Vyetnamda talabalar “Adabiyot ibodatxonasi”dagi donishmandlik ramzi hisoblangan toshbaqalarning haykallariga qo‘l tekkizishadi. Qadimgi Rim qo‘shinida jangchilarni qalqonlar bilan himoyalanib hujumga o‘tish usulini toshbaqa usuli deb atashgan. Bunda bir guruh jangchilar yonlariga va boshini ustilariga qalqonlarini qo‘yib olishadi va toshbaqa kabi himoya devorini hosil qilishadi.

🏆 Toʻgʻri javob bergan bilimdonlar:

🥇Sevara
🥈Норкулова Хосият Искандаровна

📱 @yosh_zakovatchilar_klubi

Yosh Zakovatchilar Klubi

30 Jul, 07:00


#Bugunning_savoli 86

Vyetnamda zamonaviy talabalar imtihon topshirishlaridan oldin yaxshi baho olishlari uchun irim sifatida ULARGA tegishadi. Eramizdan avvalgi 53 yilda Mark Krass boshchiligidagi rim qo‘shini Yaqin Sharqqa qilgan yurushi vaqtida ULARNING nozik joylari ko‘rinib qolgandi. Ayniqsa nayza uloqtiruvchilar, og‘ir otliqlar va toshotar qurilmalarga qarshi ULAR deyarli hech narsa qila olmagan.

Savol: UNI yozib bering.

Javoblaringizni @SalohiddinOdilov manziliga yozib qoldiring.

📱 @yosh_zakovatchilar_klubi

Yosh Zakovatchilar Klubi

29 Jul, 18:32


#Bugunning_savoli 85

Javob: Un.

Izoh: Ariq toʻsilgach barcha suv tegirmonlari ishdan toʻxtaydi. Oʻsha paytda donni un qilish asosan suv tegirmonlari orqali bajarilgan ekan.

🏆 Toʻgʻri javob bergan bilimdonlar:

🥇Zahro Salimova
🥈Islom...
🥉Umidjon

📱 @yosh_zakovatchilar_klubi

Yosh Zakovatchilar Klubi

29 Jul, 17:03


#Bugunning_savoli 85

“Oʻtkan kunlar” romanida Toshkent qamalida shaharga suv beruvchi “Solor” kanali suvi toʻsib qoʻyilganligi yoziladi. Bu paytda Toshkent aholisi suvsiz qolish bilan birga bu mahsulotni tayyorlashda ham muammolarga duch kela boshlaydi.

Savol: Aholi qanday mahsulotni tayyorlashda qiyinchilikka duch keladi?

Javoblaringizni @SalohiddinOdilov manziliga yozib qoldiring.

📱 @yosh_zakovatchilar_klubi

Yosh Zakovatchilar Klubi

29 Jul, 16:31


#Bugunning_savoli 84

Javob: Qamchi bilan.

Izoh: Mehmon uyga qamchi bilan kirishi mumkin boʻlgan. Qamchi yovuz ruhlardan himoya qiladi deb ishonishgan.

🏆 Toʻgʻri javob bergan bilimdonlar:

🥇𝔇𝔞𝔳𝔩𝔞𝔱𝔧𝔬𝔫 𝔇𝔞𝔪𝔦𝔯𝔬𝔳
🥈MALIKA OPA
🥉Zahro Salimova

📱 @yosh_zakovatchilar_klubi

Yosh Zakovatchilar Klubi

29 Jul, 15:01


#Bugunning_savoli 84

Qozoqlar ham mehmondoʻst xalqlardan hisoblanadi. Qadimda qozoqlar xonadoniga mehmon kelganida qurol aslahalarini tashqariga qoʻyib keyin uyga kirgan. Bu mezbonni hurmat qilishning bir koʻrinishi boʻlgan. Lekin mehmon uyga olib kirishi mumkin boʻlgan bir predmet boʻlgan. Uni yovuz ruhlardan himoya qiladi deb ishonishgan.

Savol: Mehmon uyga qaysi predmet bilan kirishi mumkin boʻlgan?

Javoblaringizni @SalohiddinOdilov manziliga yozib qoldiring.

📱 @yosh_zakovatchilar_klubi

Yosh Zakovatchilar Klubi

29 Jul, 14:31


#Bugunning_savoli 82

Javob: Maneken.

Izoh: Maʼlumki, mashinalarning avariya holatini test qilish uchun (krash-test) manekenlardan foydalaniladi. Mitsubishi kompaniyasi esa oʻz mashinalarining hatto test jarayoni ham xavfsiz ekanligiga ishora qilmoqda. “Maneken” soʻzi niderland tilidagi mannekijn yaʼni “odam” soʻzidan paydo boʻlgan.

🏆 Toʻgʻri javob bergan bilimdonlar:

🥇Dilshodbek Eshmoʻminov
🥈Zarina Bobirovna
🥉Zahro Salimova

📱 @yosh_zakovatchilar_klubi

Yosh Zakovatchilar Klubi

29 Jul, 13:00


#Bugunning_savoli 83

Mitsubishi kompaniyasi oʻz mashinalarining inson hayoti uchun xavfsiz ekanligiga alohida urgʻu berar ekan, reklamalaridan birida keksa ULARNI tasvirlagan. U niderlandcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tiliga “odam” deb tarjima qilinadi.

Savol: Uni yozib bering.

Javoblaringizni @SalohiddinOdilov manziliga yozib qoldiring.

📱 @yosh_zakovatchilar_klubi

Yosh Zakovatchilar Klubi

29 Jul, 12:31


#Bugunning_savoli 82

Javob: Tarozida tortib ko‘rish.

Izoh: Aeroportda yo‘lovchining chemodaniga giyohvand moddalar tashlab qo‘yilgan. Advokat Perri Meyson giyohvand moddalar solingan chemodanning og‘irligi bagaj kvitansiyasida ko‘rsatilgan chemodan og‘irligidan oshib ketganini ko‘rsatib, uning aybsizligini isbotlagan. Adolat ma’budasi Femida odatda tarozi bilan tasvirlanadi.

🏆 Toʻgʻri javob bergan bilimdonlar:

🥇ㅤ𝐒𝐩𝐞𝐜𝐭𝐞𝐫 ■
🥈🐺Saidkhuja Tolipov🐺
🥉Behruzbek Usanov

📱 @yosh_zakovatchilar_klubi

Yosh Zakovatchilar Klubi

29 Jul, 09:03


#Bugunning_savoli 82

Amerikalik yozuvchi Erl Stenli Gardnerning asarida bir kishi aeroportda giyohvand moddalarni olib o‘tganlikda ayblanib hibsga olinadi. Giyohvand moddalar tashlab qo‘yilganini isbotlash uchun advokat Perri Meyson chemodan bilan BU ISHNI QILISHNI taklif qiladi va Femidani eslab o‘tadi.

Savol: BU ISHNI QILISH deganda nima nazarda tutilgan?

Javoblaringizni @SalohiddinOdilov manziliga yozib qoldiring.

📱 @yosh_zakovatchilar_klubi

Yosh Zakovatchilar Klubi

29 Jul, 08:32


#Bugunning_savoli 81

Javob: Kichkina Shahzoda.

Izoh: Asarda kichkina shahzoda ko‘p bora falsafiy fikrlar bilan band bo‘ladi, shuningdek ilon, tulki kabi hayvonlar bilan suhbatlashadi. Sevimli atirgulini parvarishlaydi.

🏆 Toʻgʻri javob bergan bilimdonlar:

🥇Mo'min Odilov
🥈Bazarov.X
🥉Ravshanoy Allambergenovna

📱 @yosh_zakovatchilar_klubi

Yosh Zakovatchilar Klubi

29 Jul, 07:02


#Bugunning_savoli 81

1943-yilda yozilgan asar bosh qahramoni haqidagi bir hazil biografiyada quyidagicha yozilgan: “Mashg‘uloti - falsafa bilan shug‘ullanish va hayvon o‘rgatuvchilik, foydalanadigan aksessuarlari - asosan gullarni parvarish qilishda qo‘llaniladigan ish qurollari”.

Savol: Gap kim haqida bormoqda?

Javoblaringizni @SalohiddinOdilov manziliga yozib qoldiring.

📱 @yosh_zakovatchilar_klubi