A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti @avloniyuz Channel on Telegram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

@avloniyuz


Facebook
https://www.facebook.com/avloniy.uz

Website
http://avloniy.uz/

YouTube
https://www.youtube.com/channel/UCf6MGrax28HsY9DCBo3eeTA

Қайта тайёрлов:

https://t.me/avloniyqaytatayyorlovqabul

LMS йўриқнома 👉 @lms_video_bot

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti (Uzbek)

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti Telegram kanalini xush kelibsiz! Bu kanal Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining rasmiy Telegram kanalidir. Kanalda institutning so'nggi yangiliklari, tadbirlari, o'quv jarayoni haqida ma'lumotlar va ko'p boshqa foydali ma'lumotlar joylashgan. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti o'zining rasmijiy Facebook sahifasidan, veb-saytidan va YouTube kanalidan so'nggi ma'lumotlarni olishingiz mumkin. Shuningdek, qayta tayyorlov bo'yicha ma'lumotlar va LMS yo'riqnoma uchun maxsus havolalar ham mavjud. Agar siz Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti bilan doimiy aloqada bo'lishni istasangiz, ushbu Telegram kanaliga obuna bo'ling!

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

24 Jan, 09:49


Bugun Xalqaro taʼlim kuni!

Shu munosabat bilan kuni kecha xalqaro hamkorlarimiz UNICEF, UNESCO, UNDP, IHRT, Jahon banki kabi tashkilotlar, taʼlim ekspertlari bilan uchrashib, sohaning ertangi kuni, yangicha yondashuvlar va xalqaro tajribalar haqida gaplashdik.

Tadbirda mamlakatimiz taʼlim siyosati, erishilgan marralar, oldinda turgan vazifalarni tahlil qildik. Maktabgacha taʼlim tizimidagi qamrovning oshishi, “Taʼlim barcha uchun teng” tamoyili asosida inklyuziv sinflarning koʻpayishi, xalqaro fan olimpiadalaridagi natijalar, xalqaro tanlovlardagi yutuqlar, oʻquvchi va oʻqituvchilarimizning ragʻbatlantirilishi, taʼlim sohasiga xorijiy mutaxassislarning jalb etilishi – buning hammasi nazarimda ezgu maqsadlarimizni ifodalaydi.

Xalqaro taʼlim kuni bilan sohadagi barcha fidoyilar, maktabgacha va maktab taʼlimi oilasini tabriklayman!

@hilola_umarova

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

23 Jan, 18:40


#Халқаро_таълим_куни

Ta’limni yanada rivojlantirishga doir xalqaro loyihalar muhokama qilindi

Bugun poytaxtimizdagi Hilton mehmonxonasida "Taʼlimda transformatsiya: yorqin kelajak uchun global hamkorlik" mavzusida xalqaro tadbir boʻlib oʻtdi.

“24-yanvar — Xalqaro taʼlim kuni” munosabati bilan
tashkil etilgan ushbu muloqot davrasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva, vazir Hilola Umarova, nufuzli xorijiy tashkilotlar vakillari hamda pedagoglar ishtirok etdi.


📍Tadbirni oʻtkazishdan asosiy maqsad, xorijiy davlatlar va tashkilotlar bilan taʼlimga doir oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish, bugungi kun talablariga javob beradigan va barqaror kelajakni taʼminlovchi taʼlim tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha yangi gʻoyalarni ishlab chiqishga qaratilgan.

Tadbir davomida BMT, UNESCO, UNICEF, Jahon banki, Cambridge University and Press vakillari soʻzga chiqib, bugungi kunga qadar Oʻzbekistonda taʼlim sohasidagi hamkorlikdagi loyihalar hamda erishilgan yutuqlar haqida soʻz yuritdi.

Xususan, taʼlimda sunʼiy intellektdan foydalanish, pedagoglar salohiyatini oshirish hamda kelgusidagi hamkorlik loyihalari tilga olib oʻtildi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1921

Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

23 Jan, 14:24


Xalqaro ta’lim kuni arafasida men O‘zbekistonning bu yo‘nalishdagi islohotlari samarasini, muvaffaqiyatlarini faxr bilan e’tirof etmoqchiman. Biz ta’lim — farovonlik poydevori ekaniga qat’iy ishonamiz va har bir bola uchun o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatini taʼminlashga intilamiz.

Bugun xalqaro hamkorlarimiz — UNICEF, UNESCO, UNDP, IHRT, Jahon banki va boshqalar bilan muhim uchrashuv o‘tkazdik. Muloqot davomida ta’lim masalasiga yangi yondashuvlarni — innovatsiyalar, zamonaviy metodikalar va jahon tajribasiga asoslangan yechimlarni muhokama qildik.

Birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz natijasida sifatli taʼlim olish imkoniyatidan barcha erkin foydalanishi uchun zarur sharoit yaratishga erishamiz.

_

В преддверии Международного дня образования я с гордостью отмечаю успехи реформ Узбекистана в данной сфере. Мы твёрдо убеждены, что образование — это фундамент процветания, и мы продолжим прилагать все усилия, чтобы каждый ребёнок имел возможность раскрыть свой потенциал.

Сегодня состоялась важная встреча с нашими международными партнёрами: UNICEF, UNESCO, UNDP, ОЭСР, Всемирным банком и другими. Вместе мы обсудили новые подходы к образованию, основанные на инновациях, современных методиках и глобальном опыте.

Вместе мы сможем создать условия, в которых качественное образование станет доступным для каждого.

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

22 Jan, 11:14


🔹A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida hududiy pedagogik mahorat markazlarining direktor o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari va fan o‘qituvchilari uchun seminar-trening tashkil etildi.

🔹Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda NILE instituti hamkorligida o‘tkazilayotgan seminar 21-23-yanvar kunlari davom etadi.

🔹Seminarda uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarining o‘quv reja va dasturlari asosida tayyorlangan o‘quv-uslubiy ta’minot materiallar tahlili va malaka oshirish kurslarining o‘quv mashg‘ulotlarida o‘quv-uslubiy materiallardan foydalanish metodikalari ko‘rib chiqilmoqda.

🔹Seminar-treningda o‘rganilgan tajribalar va o‘quv-uslubiy materiallar hududiy markazlarda tashkil etiladigan malaka oshirish kurslariga tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

22 Jan, 10:10


🔺Janubiy Koreya ta‘lim tizimi to‘g‘risida nimalarni bilasiz?

Bugun Janubiy Koreya ta‘lim tizimining o‘ziga xos jihatlariga to‘xtalamiz.

Janubiy Koreya ta‘lim tizimi yuqori darajada rivojlangan va dunyodagi eng samarali ta‘lim tizimlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatda savodxonlik darajasi deyarli 100% ni tashkil etadi.

Ta‘lim tizimi bosqichlari:

🔹Boshlang‘ich maktab (6 yil, 6-12 yosh);
🔹O‘rta maktab (3 yil, 13-15 yosh);

🔹Yuqori maktab (3 yil, 16-18 yosh);

Ta‘lim tizimida qattiq intizom va tartib muhim ahamiyatga ega bo‘lib, o‘qituvchilar o‘quvchilarga yuqori talablar qo‘yadi.

Ta‘lim jarayonida ko‘pincha guruhli muhokamalar, loyihaviy ishlar va amaliy mashg‘ulotlarga e‘tibor qaratiladi.

O‘quv yili mart oyida boshlanadi va yanvar oyida yakunlanadi. Yil ikkita semestrga bo‘lingan.

Darslar soat 8:00 da boshlanib, 16:00 da tugaydi, lekin ko‘pchilik o‘quvchilar qo‘shimcha kurslarga qatnaydi.

Koreya ta‘lim tizimida ota-onalar farzandlarining ta‘limiga katta e‘tibor beradilar, shu sababli maxsus repetitorlik markazlari keng tarqalgan.

✔️Janubiy Koreya PISA reytingida yuqori o‘rinlarda turadi (matematika, tabiiy fanlar va o‘qish bo‘yicha).

☑️Koreys o‘quvchilari texnologiyalar va muhandislik sohasida dunyoda yetakchi hisoblanadi.

Internet materiallari asosida tayyorlandi.


💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

21 Jan, 14:19


#Jadidlar_daftari

Har kun o‘luram shomg‘acha men g‘amga giriftor,
Har shab yonaram otasha parvona kabi zor.
Hech kimsa emas bu meni ahvolima voqif,
Men xastayamu millatim o‘lmish nega bemor.

Abdulla Avloniy

📖 💬  Bizni kuzatib boring

🔺Abdulla Avloniy muzeyi

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

21 Jan, 11:01


PISA 2025 tadqiqotida ishtirok etuvchi maktablar tanlab olindi

PISA 2025 tadqiqotida qatnashish uchun xalqaro tashkilotlar tomonidan respublikamizdagi 233 ta maktab tasodifiylik tamoyili asosida tanlab olindi. Mazkur maktablardagi 9050 nafar 15 yoshli o‘quvchi tadqiqotda qatnashishi nazarda tutilgan.

📍 2025-yildagi tadqiqotda dunyoning 91 ta mamlakatlari qatorida O`zbekiston maktablarining munosib ishtirokini ta’minlash bo‘yicha Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) bilan hamkorlikda qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Tadqiqot jarayonlari 2025-yilning aprel va may oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, sinovlar kompyuter yordamida onlayn tarzda tashkil etiladi.

👉 Ma’lumot uchun: 2022-yildagi tadqiqotda jami 81 ta davlat ishtirok etgan bo‘lib, O‘zbekistondan 202 ta maktabdan 7 293 nafar o‘quvchi qatnashgan.

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

21 Jan, 10:40


#MMK

2-metodik mahorat kuni: Xushmuomalalik alifbosi.
Hafta mavzusi: "Men va mening tanam"

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 8-noyabrdagi 362-son buyrug‘i ijrosi yuzasidan, Surxondaryo viloyati Bandixon tumanidagi 12-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Metodik mahorat kuni" tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor o'rinbosarlari (yetakchi pedagoglar) malaka oshirishning mazkur shakli bo'yicha kasbiy malakasi oshirildi.

Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati 👇👇👇

Telegram|Facebook|Website|Youtube

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

20 Jan, 15:26


Bugun Abu-Dabi shahrida “Global o‘rta maktablar” nominatsiyasi bo‘yicha Shayx Zoid mukofoti sovrindori bo‘lgan Prezident maktabi ikki nafar o‘quvchisining ota-onasi va ustoziga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan mukofotni topshirishdan xursand bo‘ldim.

Bu g‘alaba barcha yoshlarimiz uchun umid va ilhom ramzidir. Biz Siz bilan faxrlanamiz!

-
Сегодня от имени Президента Республики Узбекистан мы с радостью вручили награды родителям двух учеников Президентской школы города Ташкента и их наставнику, победивших в номинации «Глобальные средние школы» премии Шейха Заида в Абу-Даби.

Эта победа — символ надежды и вдохновения для всей нашей молодёжи. Гордимся вами!

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

20 Jan, 10:27


🌍A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti tayanch doktorant va stajyor-tadqiqotchilari ilmiy faoliyatining navbatdagi monitoringi o‘tkazildi

🔰Unda 1-2-3-kurs tadqiqotchilarning  yakka-tartibdagi ish rejalari, nazariy-metodologik dastur yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

🔺Tadqiqotchilarning ilmiy faoliyati quyidag mezonlar asosida baholandi.

🔹mahalliy va xalqaro konferensiyalarda kamida 1 ta tezisning mavjudligi;

🔹tegishli jurnallarda dissertatsiya mavzusi bo‘yicha hisobot davrida chop etilgan kamida ikkita ilmiy maqola e‘lon qilinganligi;

🔹tajriba-sinov ishlari yuzasidan dastlabki tahliliy ma‘lumotning mavjudligi;

🔹mutaxassislik va chet tilidan malakaviy imtihon topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat mavjudligi;

🔹dissertatsiya ishi bo‘yicha tegishli bob va xulosaning mavjudligi.

Monitoring so‘nggida yil sarhisobi bo‘yicha 1-bosqich tayanch doktoranti- B.Boymatov hamda 2-bosqich maqsadli tayanch doktoranti N.Umarova prorektor Sh.Rajabov tomonidan Institut rektorining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

18 Jan, 14:51


✍🏻Har bir davlat taʼlim tizimidagi o‘ziga xos qoidalarni bilasizmi?

Har bir davlat taʼlim tizimining o‘ziga xos qonun-qoidalari bor. Ular mamlakat anʼanalari, odamlarning dunyoqarashi, taʼlimga bo‘lgan munosabat va boshqa sabablarga ko‘ra shakllanadi. Quyida shulardan ayrimlarini keltirib o‘tamiz.

🔹Xitoyda o‘quvchilarga uyga vazifa ko‘p beriladi. Masalan, o‘quvchilar haftada 14 soat vaqtini uyga berilgan vazifalarni bajarishga sarflaydi.

🔹Rossiyada o‘quv yili «Bilimlar kuni» bilan boshlanadi, bayram va dam olish kunlariga to‘g‘ri kelsa ham 1 sentyabr shu tariqa nishonlanadi.

🔹Kundalik ovqatlanish masalasiga Fransiyada katta eʼtibor beriladi, o‘quvchilar taom tayyorlash va ovqatlanish rejimi haqida mukammal tasavvurga ega bo‘lishi kerak.

🔹Eronda o‘g‘il va qiz bolalar alohida o‘qitiladi, qizlarga ayol, o‘g‘il bolalarga erkak o‘qituvchi dars o‘tishi shart.

🔹Avstraliyada uzoq mintaqalarda yashaydigan talabalarga radio orqali dars o‘tish tajribasi bor.

🔹Chilida yozgi taʼtil biz uchun g‘ayrioddiy muddatda, yaʼni dekabrning o‘rtalaridan martning boshigacha davom etadi.

🔹Niderlandiyada bolalar juda erta — 4 yoshidayoq maktabga chiqishadi.

🔹Islandiyada maktab o‘quvchilariga tikish-bichishdan ham saboq berishadi.

🔹Braziliyada tushlikka katta eʼtibor qaratiladi, ko‘p maktablarda darslar juda erta, yaʼni ertalab soat yettidan boshlanadi, tushlikni esa o‘quvchilar uylariga borib oila davrasida qilishlari mumkin.

🔹Finlandiyada bolalar yetti yoshga to‘lgachgina maktabga qabul qilinadi. Bundan tashqari, ushbu davlat taʼlim tizimi samaradorligi bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda turadi. Hukumat tasdiqlaydigan taʼlim hujjatlari faqat yo‘riqnoma hisoblanib, o‘qituvchi o‘zi maʼqul topgan uslubda dars berishi mumkin. O‘quvchilarga to‘qqiz yoshidan shved tili (ikinchi til sifatida), o‘n bir yoshidan ingliz tili o‘qitila boshlaydi. Maktab o‘quvchilari kamida to‘rtta tilni o‘rganadilar.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

11 Jan, 11:17


🔹Singapur bilan hamkorlikda o‘tkazilgan trening ishtirokchilariga sertifikat topshirish tadbiridan lavhalar.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

10 Jan, 14:07


Singapur bilan hamkorlikda o‘tkazilgan trening ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida Singapurning xalqaro ta'lim tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan treningning yakuniy tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda treninglarni olib borgan xalqaro ekspertlar Doktor Charles Chew, Lau Chor Yam, Mannan, Doktor Turner hamda matematik Kanan Ramdas (Raj), Dr Oh Boon Seng Brandonlarga minnatdorchilik bilan tashakkurnomalar taqdim etildi.

Trening ishtirokchilari – matematika va tabiiy fanlar master trenerlariga sertifikatlar topshirildi.

Endilikda master trenerlar hududlarda kaskad usulidagi seminar-treninglarni davom ettiradilar.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

10 Jan, 13:59


#Muvaffaqiyatli_islohotlar

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida Singapurning xalqaro ta‘lim tashkiloti hamkorligida 6-10-yanvar kunlari matematika va tabiiy fanlar master trenerlari uchun tashkil etilgan treningdan lavhalar.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

08 Jan, 14:10


📌Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi muassisligidagi gazeta va jurnallarning rasmiy telegram kanallari bilan tanishing:

📱"Ma'rifat" gazetasi: https://t.me/marifatziyo

📱"Учитель Узбекистана" gazetasi: https://t.me/teacherofUzbekistan

📱"Til va adabiyot ta'limi" jurnali: https://t.me/TAT_jurnal

📱"Boshlangʻich ta'lim" jurnali: https://t.me/BT1992

📱 "Xalq ta'limi" jurnali: https://t.me/xalq_talimi_jurnali

📱"Tong yulduzi" gazetasi: @tongyulduz

📱"Gulxan" jurnali: @gulxanjurnali @gulxan_uzb

📱"Gʻuncha" jurnali: @Guncha_jurnali

📱"Кlass" gazetasi: @klassgazeta



📱 Telegram     📱 Instagram
📱 Facebook    📱 Mobil ilova

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

06 Jan, 16:16


Ingliz tili o‘qituvchilari uchun “KRK” va “KRS” tadbirlarini tashkil etish boʻyicha master trenerlarni tayyorlash kursiga start berildi

Bugun A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida umumiy oʻrta ta’lim maktablari ingliz tili o‘qituvchilariga “Kasbiy rivojlanish kuni – KRK” va “Kasbiy rivojlanish soati – KRS” tadbirlarini kaskad usulida tashkil etish bo‘yicha master trenerlarni tayyorlash qisqa muddatli oʻquv kursi boshlandi.

Bunda master trenerlar:

KRK va KRS tadbirlarini tashkil etishda trener sifatidagi rolini tushunish;

klaster maktablarda sakkiz bosqichli  KRK hamda maktablarda ingliz tili oʻqituvchilari uchun tashkil etiladigan KRS tadbirlarini amalga oshirish rejasini ishlab chiqish;

KRS tadbirlarini amalga oshirish rejasini ishlab chiqish, o‘quv mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish boʻyicha bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻladilar.

Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

06 Jan, 09:26


#Menejerlik_kursi

Bugundan A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida amaldagi maktab direktorlari va nomzodlar uchun "Menejerlik o‘quv kurslari" boshlandi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining buyurtmasiga asosan, o‘quv kursiga hududlardan 212 nafar direktorlar va https://manager.uzedu.uz  platformasidagi navbatiga ko‘ra 157 nafar nomzodlar jalb etildi.

Kurslar 10 ta o‘quv modul va maktab amaliyoti moduli bo‘yicha olib boriladi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

06 Jan, 09:20


Singapur bilan hamkorlikda treninglar tashkil etilmoqda

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti, Singapurning xalqaro ta’lim tashkiloti hamkorligida matematika va tabiiy fanlar master trenerlari uchun treninglar o‘tkazilmoqda.

Bugun dastur doirasidagi dastlabki tadbir tashkil etilib, unda singapurlik tabiiy fanlar bo‘yicha xalqaro ekspertlar Doktor Charles Chew, Lau Chor Yam, Mannan, Doktor Turner hamda matematika fanidan Kanan Ramdas (Raj) Dr Oh Boon Seng Brandonlar qatnashdi.

Ma'lumot uchun, tashkil etilayotgan treninglarda Respublikaning barcha hududlaridan ilg‘or ish tajribasi hamda pedagogik mahoratga ega o‘qituvchilar master-trenerlar sifatida tanlab olingan.

Trening jarayonlari 5 kun davom etadi. Treninglarda ishtirok etgan master trenerlar kelgusida kaskad usulida o‘z hududlarida treninglar tashkil etishlari rejalashirilgan.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

31 Dec, 19:08


🎄Hurmatli ustozlar, aziz hamkasblar, muhtaram yurtdoshlar!

Kirib kelgan 2025-yil barchangizga muborak bo‘lsin!

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

31 Dec, 19:08


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

31 Dec, 11:25


Aziz va muhtaram ustozlar,
Qadrli hamkasblar!


Barchangizni kirib kelayotgan yangi — 2025-yil bilan samimiy tabriklayman va o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildirib qolaman.

Yakunlanib borayotgan yilda maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga doir qator muhim o‘zgarishlarga birgalikda guvoh bo‘ldik. Davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasi mamlakatimizning har bir hududida kechayotgan o‘zgarishlarda, har bir pedagog faoliyatida o‘z aksini topmoqda, desam adashmagan bo‘laman.

Joriy yilda birgina O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi fidoyi kasb egalari bo‘lgan o‘qituvchilar - hamkasblarimiz uchun katta yangilik bo‘ldi. Unda pedagoglar nufuzini, sha’ni va qadr-qimmatini yanada yuksaltirish, huquqlarini himoya qilish bo‘yicha mustahkam qonuniy asoslar belgilandi.

Hurmatli ustozlar!

Men ishonaman, kirib kelayotgan 2025-yil ham barcha yurtdoshlarimiz qatorida maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari uchun ham unutilmas, xayrli voqealarga, xushxabarlarga boy bo‘ladi.

Bizning maqsadimiz aniq: ertamiz egalarini barkamol tarbiyalash uchun sidqidildan ishlash, ta’lim sifatini oshirish, soha rivojiga munosib hissamizni qo‘shish. Ushbu mas’uliyatli va sharafli yo‘lda barchangizga katta kuch-g‘ayrat tilab qolaman.

Sizlarga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, kasbiy muvaffaqiyatlar hamisha hamroh bo‘lsin!

Yangi yil yana bir bor muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

31 Dec, 05:20


🎄A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rektori Abduvali Ismailovning yangi yil bayram tabrigi!

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

30 Dec, 06:18


#SARHISOB_2024

🔹A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining faoliyatidagi o‘zgarishlar va 2024-yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar sarhisobi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

29 Dec, 11:49


#OAVda_biz

🔹
O’zbekiston 24

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti faoliyatida nimalar o’zgardi?

Inson qadri uchun ko'rsatuvida natijalar va rejalar.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook
  📹YouTube |  📸 Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

29 Dec, 04:41


#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirilgan tayinlov institut rektori tomonidan yil sarhisobi yig‘ilishida jamoaga maʼlum qilindi.

Matbuot kotibi mavqei va mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha rektor oʻrinbosari lavozimiga tenglashtiriladi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook
  📹YouTube |  📸 Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

28 Dec, 19:14


#repost #ulashing

11 yoshli yurtdoshimiz Jahongirning koʻzlari ojiz, lekin u ishonch va qat’iyat bilan orzulariga erishish yoʻlidan bormoqda.

U bilan istalgan mavzuda suhbat qura olasiz, ham tarixga, ham siyosatga, ham sportga, ham san’atga befarq boʻlmagan Jahongir xalqaro tanlovlar gʻolibi boʻlishga ham ulgurgan.

U hozirda Samarqand shahridagi 59-sonli “Nurli maskan” maktab-internatining faxrli oʻquvchisi va hamma yutuqlariga birinchi navbatda oʻz onasini sababchi deb biladi.

Madinaxon farzandi va uning kelajagi uchun oʻz umrini bahshida qilayotgan qahramon ona. Shu sababdan, biz ularga haqli ravishda “Xalq ta’limi a’lochisi” koʻkrak nishonini topshirdik.

Yurtimizda qahramon onalar koʻpligiga ishonamiz. Biz bunday e’tiroflarni an’anaga aylantirmoqchimiz.

Qahramonlarimiz haqida kichik film tayyorladik, umid qilamizki, film Jahongirning tengdoshlari va koʻplab onalar uchun manfaatli boʻladi.

@hilola_umarova

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

28 Dec, 16:51


#Tayinlov

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga matbuot kotibi tayinlandi

Djumaniyazova Muyassar Mamatsheripovna
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga Matbuot kotibi – rektorning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Muyassar Mamatsheripovna bugunga qadar institutning “Matbuot, media va muzey xizmati”bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

✔️Tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook
  📹YouTube |  📸 Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

28 Dec, 15:02


🔹Institutda 30 yil davomida tozalik va ozodalik ishlarida fidoiy mehnat qilgan Dildora Hakimova jamoa ishtirokida hurmat va ehtirom bilan nafaqaga kuzatildi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱
Telegram | 📒Facebook
  📹
YouTube📸 Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

28 Dec, 14:30


#SARHISOB_2024

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining 2024-yildagi faoliyati sarhisob qilindi


Institut rahbariyati tomonidan barcha xodimlar ishtirokida yilning sarhisobi bo‘yicha yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda institut rektori A.Ismailov joriy yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda 2025-yilda rejalashtirilgan ishlar haqida taqdimot qildi.

Shuningdek, institutning Akademik faoliyat bo‘yicha birinchi prorektori X.Burxonxo‘jayeva va Pedagogik innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Sh.Rajabovlar hamda professor-o‘qituvchilar jamoani yangi yil bilan samimiy tabrikladilar.

Yig‘ilish so‘ngida yil yakuni bo‘yicha sarhisob video roligi namoyish etildi. Shuningdek, institut xodimlariga bayram sovg'alari taqdim etildi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

26 Dec, 17:01


#SARHISOB_2024

🔹A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti faoliyatiga doir yangiliklar Ommaviy axborot vositalarida 211 marotaba yoritildi.

📱Institutning rasmiy telegram kanalidagi obunachilar soni 146 181 nafarga yetdi.

📚Mazkur natijalarga erishishdagi hamkorligi uchun Ommaviy axborot vositalariga minnatdorchilik bildiramiz!

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

26 Dec, 16:11


#SARHISOB_2024

🎄A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy Institutning "Xalqaro tadqiqotlar markazi" direktori Sardorbek Palvannazirovdan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlarning qisqacha sarhisobi va yangi yil bayram tabrigi!

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

26 Dec, 15:12


#SARHISOB_2024

🌲A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy Institutning "Inson resurslarini rivojlantirish" bo‘limi boshlig‘i Asqarali Jurayevdan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlarning qisqacha sarhisobi va yangi yil tabrigi!

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

25 Dec, 16:03


#rejalar_2025

Xabaringiz bor, kecha davlatimiz rahbariga 2025-yilda maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar xususida axborot berdik.

Bugun taqdimotda keltirib oʻtilgan sohaga doir eng muhim rejalar bilan sizlarni ham tanishtirib oʻtmoqchiman:

Yangi baholash tizimi joriy etilgan umumtaʼlim maktablar soni 1 500 tadan 3 000 taga yetkaziladi va 257 nomdagi yangi darslik majmualari yaratiladi;

Ikkinchi xorijiy til oʻqitiladigan umumtaʼlim maktablar soni 420 taga, kasb-hunarga oʻrgatiladigan umumtaʼlim maktablar soni 400 taga yetkaziladi;

Xorijdan jalb qilingan chet tili fani mutaxassislari soni 2 000 nafarga yetkaziladi;

Xususiy maktablar soni 700 taga va ulardagi oʻquvchilar qamrovi 150 ming nafarga yetkaziladi;

Investitsiya dasturi doirasida 26 ta yangi umumtaʼlim maktabi qurilishi va 320 tasini rekonstruksiya qilish orqali 120 943 nafar, shuningdek 54 ta pedagogik kollej binosini umumtaʼlim maktabiga aylantirish orqali 32 905 nafar oʻquvchi oʻrni yaratiladi;

2025-2026-oʻquv yilida Islom taraqqiyot banki mablagʻlari hisobidan 58 ta umumtaʼlim maktabi qurish ishlari boshlanib, 72 ming nafar yangi oʻquvchi oʻrni yaratiladi;

Mamlakatimizning 4 ta hududida yangi ixtisoslashtirilgan maktab, 9 ta hududida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Toshkent viloyati, Chinoz tumanida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;

Yurtimizning 208 ta tuman (shahar)ida “Jasorat maktablari” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;

4 500 ta umumtaʼlim maktabida “Iqtidor” maktab ansambli, 5 000 ta umumtaʼlim maktabida “Jadidlar izidan” kitobxonlik klubi tashkil etiladi hamda “Turon” maktab teatri tashkil etilgan umumtaʼlim maktablar soni 5 000 taga yetkaziladi;

6 200 ta sport klubi tashkil etiladi va ularga 1 mln nafar oʻquvchi qamrab olinadi;

“Yashil maktabim” oʻquvchilar ekologik harakati doirasida 2 530 ta umumtaʼlim maktabida yashil bogʻ barpo etiladi;

“Taʼlim barcha uchun teng” tamoyili asosida inklyuziv taʼlim tizimi joriy etilgan umumtaʼlim maktablar soni 1 900 taga yetkaziladi, shuningdek ushbu tizim 208 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida joriy etiladi;

Al Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi, Abu Rayhon Beruniy xalqaro kimyo olimpiadasi va Buyuk Sharq Renessansi xalqaro olimpiadasi (jami 3 ta) oʻtkaziladi;

Hududiy pedagogik mahorat markazlarida 120 ming nafar, KRK” va “KRS” tadbirlari orqali 370 ming nafar maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi pedagoglari malakasi oshiriladi;

Umumtaʼlim maktablarining 2 ming nafar amaldagi direktori va 1 500 nafar direktorlikka nomzod kadrlar, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 1 500 nafar amaldagi direktori va 750 nafar direktorlikka nomzod kadrlar menejerlik kursida oʻqitiladi;

Umumtaʼlim maktablariga pedagog kadrlar maxsus platforma orqali tanlov asosida ishga qabul qilish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;

Maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasi 78 foizga yetkaziladi. Buning uchun 162 ta davlat, 100 ta DXSH asosida va 1 000 ta oilaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil qilinadi va bu orqali 83 ming nafar yangi bola oʻrni yaratiladi;

Maktabga tayyorlov guruhlari sonini 28 519 taga yetkazish orqali 798 ming nafar tarbiyalanuvchi qamrab olinadi va qamrov koʻrsatkichi 98 foizga yetkaziladi;

Islom taraqqiyot banki va OPEK jamgʻarmasi kredit mablagʻlari hisobidan 200 ta xususiy maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilib, 30 ming bola oʻrni yaratiladi;

6 892 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini toʻliq raqamlashtirish orqali bola taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovini elektron hisobga olish, oziq-ovqat xarajatlarini natura shaklida elektron tarzda hisoblash imkoniyati yaratiladi.

Koʻrib turganingizdek oldimizga qoʻygan rejalar juda katta. Ularga erishish uchun bir-birimizni qoʻllab-quvvatlagan holda harakat qilishimiz lozim va biz buni, albatta, uddalaymiz.

@hilola_umarova

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

25 Dec, 09:48


Ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishida yana 2 nafar tadqiqotchilarning dissertatsiya ishlari keyingi bosqichga tavsiya etildi

Tadqiqotchi M.Xalimovning “Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida inson resurslari boshqaruvini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.07– Ta‘limda menejment ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokama qilindi.

 📝Shuningdek, tadqiqotchi A.Usmonovaning “Umumta‘lim maktablari imijini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi13.00.07– Ta‘limda menejment ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi o‘tkazildi.

✔️Tadqiqotchilar tomonidan mavzuning dolzarbligi, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, ilmiy yangiligi va amaliyotga tatbiq etilganligi bayon qilindi.

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

25 Dec, 03:17


Давлатимиз раҳбарига мактабгача ва мактаб таълими тизимида 2025 йилда амалга ошириладиган устувор вазифалар бўйича ахборот берилди.

Главе государства доложена информация о приоритетных задачах в системе дошкольного и школьного образования на 2025 год.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

24 Dec, 09:55


#SARHISOB_2024

🔸Necha nafar doktorant qabul qilindi?
🔸Necha nafar tadqiqotchi dissertatsiya ishini himoya qildi?
🔸Ilmiy ishlar samaradorligi qanday?

👆A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti “Doktorantura” bo‘limining 2024-yildagi asosiy ishlar sarhisobi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

24 Dec, 07:01


#SARHISOB_2024

“IJTIMOIY VA AMALIY FANLAR METODIKASI” kafedrasi

🔹Asosiy yo‘nalishlari
🔹Ilmiy salohiyati
🔹Ilmiy tadqiqot ishlarining nashr etilishi
🔹Ilmiy rahbarlik faoliyati

Yuqoridagi infografikada keltirilgan raqamlarda kafedraning asosiy ishlar hisoboti.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

23 Dec, 16:21


🔹Garvard universiteti taʼlim siyosati va dasturlarini baholash bo‘yicha mutaxassisi Jonatan Seyden tomonidan o‘tkazilgan o‘quv seminarda A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti mutaxassislari ishtirok etdi.

🔹Seminarda Jonatan Seyden PISA, TIMSS, PIRLS va TALIS kabi xalqaro tadqiqotlarning natijalaridan samarali foydalanish bo‘yicha aniq va amaliy tavsiyalar berdi.

🔹Xususan, ushbu maʼlumotlarni O‘zbekistonda taʼlim sifatini yaxshilashda qanday tatbiq etish mumkinligini ochib berdi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

23 Dec, 06:35


Tadqiqotchi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun 100% ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildi

✔️A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi PhD.28/30.12.2019.Ped.68.01 raqamli Ilmiy kengashning 12 - sonli yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda tadqiqotchi Maxammatova Ma‘mura Jalilovna 13.00.02 – Ta‘lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ona tili va o‘qish savodxonligi) (pedagogika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy tafakkur ko‘nikmalarini shakllantirish texnologiyasi (3-sinf ona tili va o‘qish savodxonligi fani misolida) mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini 100% ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

03 Dec, 09:13


"Pedagoglarda PISA kompetensiyalarini rivojlantirish” mavzusida seminar trening quyidagi shʼo‘balarda davom etmoqda:

🔹Pedagoglarda PISA tadqiqoti doirasida matematik savodxonlik kompetensiyalarini rivojlantirish;

🔹Pedagoglarda PISA tadqiqoti doirasida tabiiy-ilmiy savodxonlik kompetensiyalarini rivojlantirish;

🔹Pedagoglarda PISA tadqiqoti doirasida raqamli dunyoda o‘rganish kompetensiyalarini rivojlantirish;

🔹Pedagoglarda PISA tadqiqoti doirasida o‘qish savodxonligi kompetensiyalarini rivojlantirish.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

03 Dec, 06:55


#live

A.Avloniy nomidagi milliy institutda “Pedagoglarda PISA kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha trening” mavzusida seminar o‘tkazilmoqda.

Seminar - treningga Respublikamizdan jami 93 nafar mas’ullar jalb etilgan.

Seminarda o‘quvchilarning tadqiqotlarda munosib ishtirokini ta’minlash hamda pedagoglarda PISA kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boriladi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

01 Dec, 12:26


#OAVda_biz

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining faoliyati to‘g‘risida maxsus reportaj.

Vazifa va ijro: pedagog xodimlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
  📹YouTube |  🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

28 Nov, 13:34


📢DIQQAT!

📝Doktoranturaga kirish imtihon natijalarini
eʼlon qilamiz!

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy Institutida 13.00.07–Ta‘limda menejment ixtisosligi hamda 13.00.02–Ta‘lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha doktorantura, tayanch doktorantura, maqsadli doktorantura, stajyor-tadqiqotchilik va mustaqil izlanuvchilikka kirish imtihonlari va suhbat jarayonlari o‘tkazildi.

13.00.07–Ta‘limda menejment ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranturaga 4 nafar, maqsadli doktoranturaga 2 nafar, stajyor-tadqiqotchilikka 1 nafar va mustaqil izlanuvchilikka 3 nafar talabgorlar qabul qilindi.

13.00.02–Ta‘lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha esa tayanch doktoranturaga 4 nafar, maqsadli tayanch doktoranturaga 1 nafar va mustaqil izlanuvchilikka 3 nafar talabgorlar qabul qilindi.

Yuqoridagi hujjatda ro‘yhat bilan tanishishingiz mumkin.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
  📹YouTube |  🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

28 Nov, 12:36


Sariosiyo tumanida 2024-yil 28-noyabr  kuni “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari boshlandi.

Sariosiyo tumanida tayanch maktab sifatida belgilangan 5-sonli umumta'lim maktabida ushbu maktabga biriktirilgan aniq fanlar yetakchi oʻqituvchilari 3 ta guruhda mashgʻulot jarayonlarida ishtirok etmoqda.

Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati 👇👇👇

Telegram|Facebook|Website|Youtube

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

28 Nov, 11:11


#yangi_baholash
#ijtimoiy_rolik

Ayni kunlarda yangi baholash tizimiga doir turli fikr va qarashlar oʻrtaga tashlanmoqda.

📍 Albatta, biror sohaga kiritilayotgan yangilikni keng tatbiq etish doim ham oson boʻlavermaydi. Bunda mulohazakorlik bilan jarayonlar mohiyatini toʻla anglab olish zarurdir.

Yangi baholash tizimining afzal va ustun jihatlari nimada?

Imtihon jarayonlarida qogʻoz ishlatish shartmi? Buning muqobil varianti qanday?

Oʻquvchilar bilimini baholashda oʻqituvchining “koʻmagi” foyda beradimi yoki zarar?

Ota-onalar bilan ishlashda ikki yondashuv: qaysi oʻqituvchi qay yoʻlni tanlaydi?


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

28 Nov, 08:33


#Live

🔹Ayni damda Menejerlik o‘quv kurs tinglovchilarining yakuniy sinovlari o‘tkazilmoqda.

Kurs tinglovchilari tanlanma mavzular doirasida tadqiqot ishini olib borib, muammoli vaziyatlarni o‘rgandilar hamda ularga yechim topishda mahalliy va xorijiy tajribalarni tahlil qilib, yechimiga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqdilar.

Bugun mazkur mavzulari doirasida amaliy topshiriqlar taqdimotini himoya qilmoqdalar.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

21 Nov, 14:13


Prezident Farmoni bilan Hilola Umarova Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga Hilola Umarovaning nomzodi koʻrib chiqildi.

Majlisda Hilola Umarova maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi islohotlarning samaradorligini yanada oshirish borasidagi kelgusida amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha oʻz Harakatlar dasturi haqida axborot berdi.

Deputatlar Hilola Umarova nomzodini Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga maʼqulladilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-noyabrdagi tegishli Farmoni bilan Hilola Umarova Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi.

Vazir oʻtgan vaqt davomida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimini rivojlantirish, taʼlim sifati va pedagoglar malakasini oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha samarali ish olib bormoqda.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi jamoasi Hilola Umarovani Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlanganligi bilan tabriklagan holda, kelgusi faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaydi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

21 Nov, 12:17


Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси аъзоларини тайинлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О назначении членов Кабинета Министров Республики Узбекистан"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

20 Nov, 11:33


Эл-юртимизнинг фикр-мулоҳазалари, хоҳиш-истакларини атрофлича ўрганиб, билдирилган тавсиялардан келиб чиққан ҳолда, бу борадаги ишларни янги, янада юксак босқичга кўтариш мақсадида Президентимиз 2025 йилни юртимизда “Атроф-муҳитни асраш ва “яшил” иқтисодиёт йили” деб эълон қилишни таклиф қилди.

💬Институтнинг расмий саҳифаларини кузатиб боринг

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

20 Nov, 07:29


Fransuz tili o‘qituvchilari DELF B2 imtihonlariga tayyorlanmoqda

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida fransuz tilini o‘qitishning zamonaviy usullarini joriy etish, fransuz tili fani o‘qituvchilarining salohiyatini oshirish va ularning bilimlarini rivojlantirish maqsadida qisqa muddatli malaka oshirish kurslariga start berildi.

Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi hamda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan o‘quv kurslarda Fransiyaning tajribali pedagoglari hamda Toshkent shahridagi Fransuz alyansi nodavlat ta‘lim tashkiloti mutaxassislari trenerlik qilib, o‘qituvchilarni DELF B2 imtihonlariga tayyorlaydilar.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

20 Nov, 07:10


Andreas Shlyaher A.Avloniy nomidagi milliy institutga tashrif buyurdi

Andreas Shlyaher institutda bo‘lib, yangi bino, STEAM laboratoriya markazi, Axborot-resurs markazi, Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi va zamonaviy sharoitlarga ega o‘quv xonalari bilan tanishdi.

Shuningdek, institutda Toshkent shahridagi umumta'lim maktablari direktorlari, o‘qituvchilari va ilmiy tadqiqotchilar uchun o‘quv seminar o‘tkazdi.

Seminarda Andreas Shlyaher ta'limni yaxshilash uchun uni baholashning ahamiyati, ta'limga global ta'sirlar, maktab va maktabdan tashqari ta'limda raqamli qurilmalardan foydalanish hamda maktabdagi muhit kabi omillarning ta'lim sifatiga ta'siri haqida chuqur tahlillar va ma'lumotlar taqdim etdi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

17 Nov, 14:08


#90_yillik

⭐️Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti faoliyatiga 90 yil to‘ldi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

16 Nov, 17:45


©️“Eng asosiysi, oʻquvchilar toʻgʻri savollar berayapti” - Andreas Shlyaher Xorazmda!

Andreas Shlyaher Urganch shahridagi 22-son maktabda boʻlib, dars jarayonlari bilan tanishdi, oʻquvchilar va oʻqituvchilar bilan oʻzaro muloqot qildi.

Shuningdek, 600 nafarga yaqin tizim xodimlari, o’qituvchi, pedagoglar uchun seminar oʻtkazdi.

Unda PISA tadqiqotining natijalari, xalqaro tajribalar, tadqiqotda davlatlarning ishtiroki va natijalar tahlili haqida batafsil ma’lumot berdi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

15 Nov, 18:02


#90_yillik
#Xalqaro_konferensiya

“Mahoratli o‘qituvchi – millat tayanchi: uzluksiz kasbiy rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

15 Nov, 13:54


#90_yillik

⚡️Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti faoliyatiga 90 yil to‘ldi

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

15 Nov, 13:03


#90_yillik
#Xalqaro_konferensiya

Konferensiya quyidagi sho‘balarda davom etdi:


Rahbar va pedagog kadrlarni “Hayot davomida ta‘lim olish” tamoyili asosida uzluksiz kasbiy rivojlantirishning innovatsion yondashuvlari.

XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirish va ta‘limda globallashuvni taʼminlashda PISA xalqaro tadqiqotining ahamiyati.

Taʼlimda raqamli transformatsiya va sunʼiy intellektga asoslangan ta‘limning tendensiyalari.

Inklyuziv ta‘limda zamonaviy tadqiqotlar, pedagogik yutuqlar va muvaffaqiyatli loyihalar.

Tarbiya va odob-axloq taʼlimning ajralmas qismi sifatida: yoshlarda g‘oyaviy immunitetni shakllantirish, o‘quvchi-yoshlarni tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

15 Nov, 12:33


#90_yillik
#Xalqaro_konferensiya

🔺Konferensiyada AQShning "North Georgia" universiteti professori Carlise Womack Wynne, Norvich til taʼlimi instituti (NILE) direktori Thom Kiddle va ETSning Markaziy Osiyodagi katta menejeri Larissa Krallar onlayn ishtirok etib, o‘z taqdimoti bilan maʼruza qildi.

⚡️Shuningdek, Xalqaro taʼlim bo‘yicha Amerika kengashi vakolatxonasi rahbari Erik Hansen, AQSHning ELDP loyihasi mutaxassisi Eddie Damian hamda O‘zbekistondagi Gyote institutining “PASCH” loyihasi koordinatori Simon Kretschmerlar maktab rahbarlari va o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish masalalariga qaratilgan mavzulardagi taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

15 Nov, 06:08


#90_yillik
#Xalqaro_konferensiya

🔴 Konferensiyada Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) bosh kotibining ta’lim siyosati bo‘yicha maxsus maslahatchisi Andreas Shlyaher o‘z taqdimoti bilan ma’ruza qilmoqda.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

15 Nov, 05:27


#90_yillik
#Xalqaro_konferensiya

Tadbirni Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri Hilola Umarova kirish so‘zi bilan ochib berdi.

📌Konferensiyada Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bosh kotibining ta’lim siyosati bo‘yicha maxsus maslahatchisi Andreas Shlyayxer, AQSh, Finlandiya, Germaniya, Singapur, Rossiya, Qirg‘iziston va Tojikiston mamlakatlaridan ta’lim sohasidagi tajribali ekspertlar ishtirok etmoqda.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

15 Nov, 05:16


#Live
#90_yillik
#Xalqaro_konferensiya

Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining 90 yilligiga bag‘ishlab “Mahoratli o‘qituvchi – millat tayanchi: uzluksiz kasbiy rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari” mavzusidagi tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

14 Nov, 14:00


#90_yillik
#Xalqaro_konferensiya

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining 90 yilligiga bag‘ishlab "Mahoratli o‘qituvchi – millat tayanchi: uzluksiz kasbiy rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilmoqda.

🗓O‘tkazilish sanasi: 2024-yil, 15-noyabr
🕓 Boshlanish vaqti: 10:00
📍 Manzil: Hilton mehmonxonasi, Ballroom

☎️Murojaat uchun tel:
+99855 508-06-67,
+99895 063-08-19


💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

11 Nov, 17:59


⚡️Ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi Ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Seminarda tadqiqotchi Asliddin Saidovning “Umumtaʼlim maktablari rahbarlarining pedagogik jamoadagi ziddiyatlarni bartaraf etish mahoratini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.07 – Ta’limda menejment ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ko‘rib chiqildi.

Bunda dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, amaliyotda joriy etilishi keng muhokama qilindi.

Ilmiy seminar a’zolarining xulosasiga ko‘ra Ilmiy kengash muhokamasiga tavsiya etildi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

11 Nov, 14:41


O‘zbekiston vakillari PISA 2025 asosiy jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Avstraliyada o‘tkazilayotgan uchrashuvda ishtirok etmoqda

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Avstraliyaning Melburn shahrida PISA 2025 tadqiqoti “Milliy loyiha menejerlarining uchinchi uchrashuvi” bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuv Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Avstraliyaning ACER tashkilotlari tomonidan tashkil etilib, unda 95 ga yaqin davlatlar qatorida O‘zbekiston Respublikasidan vakil sifatida A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rektori, PISA 2025 tadqiqoti milliy menejeri Abduvali Ismailov va Ta‘limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boʻlim boshligʻi Furqat Xolmirzayevlar ishtirok etmoqda.

Uchrashuvda quyidagi asosiy mavzular muhokama qilinmoqda:

Tajriba sinovi jarayonlaridan olingan xulosalar va fikr-mulohazalar haqida ma‘lumot taqdim etish;

Asosiy tadqiqotga tayyorgarlik jarayonlari va ularning amalga oshirilishi bo‘yicha monitoring ishlarini olib borish;

PISA 2025 tadqiqotida yangi innovatsion yo‘nalish bo‘lgan "Raqamli dunyoda o‘rganish" (LDW) bo‘yicha asosiy tadqiqot jarayonlarida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

09 Nov, 05:36


⚡️Institut doktoranti pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun 100% ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildi

✔️A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi PhD.28/30.12.2019.Ped.68.01 raqamli Ilmiy kengashning 8 - sonli yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda Institut doktoranti Sanobar To‘rayeva 13.00.02 – Ta‘lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta‘lim) ixtisosligi bo‘yicha “Innovatsion yondashuvlar asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini iboralar bilan boyitish usullari” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini 100% ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

09 Nov, 05:20


#mahalliy_hamkorlik

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti va A.Avloniy nomidagi milliy institut hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi


Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rahbariyatining institutga tashrifi davomida tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari bo‘yicha shartnoma tuzildi.

✔️Unga ko‘ra:

🔹Tomonlar professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda o‘quv adabiyotlar (qo‘llanmalar, darsliklar va b.) yaratish;

🔹O‘quv, ilmiy-uslubiy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi seminarlar o‘tkazish;

🔹Kadrlar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish hamda ish tajribasi bo‘yicha axborot almashish;

🔹O‘zaro manfaatli mavzular bo‘yicha ma'ruzalar o‘qish, birgalikda ilmiy-nazariy, ilmiy-uslubiy konferensiya va seminarlar o‘tkazish kabi rejalar belgilandi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

09 Nov, 04:58


⚡️Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori, akademik Sadritdin Turabdjanov universitet talabalari va jamoasi bilan birgalikda A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga tashrif buyurdi.

🔸Avval, institut yangi binosi, STEAM laboratoriya markazi va o‘quv xonalaridagi sharoitlar bilan tanishdilar.

🔸So‘ngra Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyida bo‘lib, 1900-yillardan boshlab chop etilgan gazeta, jurnallardan namuna, nusxalar aks etgan instalyatsiyani ko‘zdan kechirdilar. Sun’iy intellekt yordamida gavdalantirilgan jadidlarning qiyofasi hamda ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlarini tingladilar.

🔸Tashrif doirasida rektor, akademik S.Turabdjanov, institut rektori A.Ismailov, doktorantlar hamda Toshkent davlat texnika universiteti talaba-yoshlari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

08 Nov, 11:25


U uddaladi!

Bugungi kunning qahramonlaridan biri Mohira Boltayeva.

U bugun 23 yosh va chin maʼnoda Kimyo fani yulduziga aylandi.

U tayyorlagan oʻquvchilarning 10 ga yaqini mintaqaviy olimpiadalarda, 3 nafari esa nufuzli xalqaro olimpiadalarda gʻalabalarga erishdi va u bugun uyiga 400 million soʻmga yaqin mablagʻ bilan qaytadi.

Unga nafaqat qizlar, oʻqituvchilar, balki ota-onalar ham havas qilmoqda.

Barakalla, Madina, jamoamizda siz kabi oʻqituvchilar borligidan gʻururlanaman.

@hilola_umarova

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

08 Nov, 10:05


📣 Tarixiy yutuq: xalqaro va mintaqaviy olimpiadalarda 80 ta medal

🔹 Oʻquvchilarimizning joriy yilda xalqaro va mintaqaviy olimpiadalarda, jumladan:

Tailandning Bangkok shahrida oʻtkazilgan 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida 5 ta (3 ta kumush va 2 ta bronza);

Qozogʻistonning Olmaota shahrida oʻtkazilgan 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida 14 ta (2 ta oltin, 3 ta kumush va 9 ta bronza);

Rossiyaning Adigeya shahrida oʻtkazilgan 9-Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida 4 ta (1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza);

Xitoyning Shenjen shahrida oʻtkazilgan 58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida 5 ta (1 ta kumush va 4 ta bronza);

Bolgariyaning Varna shahrida oʻtkazilgan 41-Bolqon Matematika olimpiadasida 5 ta (2 ta kumush va 3 ta bronza);

Xitoyning Xanchjou shahrida oʻtkazilgan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasi (APIO)da 1 ta bronza;

Braziliyada oʻtkazilgan (onlayn) Osiyo-Tinch okeani mintaqasi matematika olimpiadasi (APMO)da 7 ta bronza;

Buxoro shahrida oʻtkazilgan Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasida 12 ta (3 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza);

Turkiyaning Antaliya shahrida oʻtkazilgan 28-Oʻsmirlar oʻrtasidagi Bolqon matematika olimpiadasi (JBMO)da 6 ta (3 ta kumush va 3 ta bronza);

Hindistonda oʻtkazilgan Xalqaro matematika musobaqasi (IMC)da 18 ta (3 ta oltin, 4 ta kumush va 11 ta bronza);

Germaniyada oʻtkazilgan Xalqaro nemis tili olimpiadasida 1 ta oltin;

Xitoyda oʻtkazilgan Xalqaro iqtisod olimpiadasida 1 ta bronza;

Eronda oʻtkazilgan Yevropa qizlar xalqaro IT olimpiadasi (EGOI)da 1 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

08 Nov, 09:41


👏 4 ta nufuzli olimpiadada — 11 ta medal

Joriy yilda yurtimiz oʻquvchilari eng nufuzli xalqaro olimpiadalarda 11 ta medal (1 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza), xususan:

Saudiya Arabistonining Ar Riyod shahrida 87 ta davlat (340 nafar oʻquvchi) ishtirokida oʻtkazilgan 56-Xalqaro kimyo olimpiadasida — 1 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza;

Buyuk Britaniyaning Bat shahrida 110 ta davlat (600 nafar oʻquvchi) ishtirokida oʻtkazilgan 65-Xalqaro matematika olimpiadasida — 2 ta kumush, 3 ta bronza;

Eronning Isfaxon shahrida 46 ta davlat (230 nafar oʻquvchi) ishtirokida oʻtkazilgan 54-Xalqaro fizika olimpiadasida — 1 ta bronza;

Misrning Aleksandriya shahrida 91 ta davlat (362 nafar oʻquvchi) ishtirokida oʻtkazilgan 36-Xalqaro informatika olimpiadasida — 1 ta bronza, shuningdek, mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda 61 ta (10 ta oltin, 15 ta kumush va 36 ta bronza) medalni qoʻlga kiritdi.

___

👏11 медалей на 4 престижных Олимпийских играх

В текущем году учащиеся нашей страны завоевали 11 медалей (1 золотую, 4 серебряных и 6 бронзовых) на самых престижных международных олимпиадах, в частности:

56-я Международная олимпиада по химии в Эр — Рияде, Саудовская Аравия, с участием 87 стран (340 учащихся) 1 золото, 2 серебра, 1 бронза;

На 65-й Международной олимпиаде по математике в Бате, Великобритания, с участием 110 стран (600 учащихся) — 2 серебра, 3 бронзы;

На 54-й Международной олимпиаде по физике в Исфахане, Иран, с участием 46 стран (230 учащихся) — 1 бронза;

На 36-й международной олимпиаде по информатике, проходившей в Александрии, Египет с участием 91 страны (362 школьника), была завоевана 1 бронза, а также 61 медаль (10 золотых, 15 серебряных и 36 бронзовых) на региональных международных олимпиадах.

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

06 Nov, 15:50


🔹A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti va hududlardagi pedagogik mahorat markazlarida singapurlik taʼlim ekspertlari tomonidan tabiiy fanlar bo‘yicha ustoz o‘qituvchilar (master va mentor) uchun onlayn treninglar bo‘lib o‘tdi.

🔸 "Kasbiy rivojlanish kuni" tadbirlari doirasida tashkil etilgan onlayn mashg‘ulotda 5E yondashuvi asosida MIKRO O‘QITISH amaliyoti olib borildi.

🔸Shuningdek, dars rejasini tuzish va darsni tashkil etish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

06 Nov, 15:34


Maktablar kutubxona xodimlari uchun o‘quv kurslari tashkil etildi

Mazkur o‘quv kurslari A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining kutubxonasida tashkil etilib, unda kutubxona fondining joylashuvi, mazmuniga ko‘ra bo‘limlarga ajratilishi, elektron kutubxonani yuritish hamda kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish borasida maʼlumotlar berildi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

06 Nov, 11:29


✔️Respublikada tanlab olingan 50 ta inklyuziv taʼlim maktablarini jihozlash va ilg‘or xalqaro tajribalar asosida taʼlim sifatini oshirish bo‘yicha tashkil etilgan trening mashg‘ulotlari davom etmoqda.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

06 Nov, 10:27


✔️A.Avloniy nomidagi milliy institutda 6,7-noyabr kunlari Respublika Tashxis markazi ishtirokida “ISHONCH – 2030” loyihasi doirasida mentorlarni tayyorlash bo‘yicha trening tashkil etilmoqda.

Trening xalqaro taʼlim ekspertlari professor Judit Xollenveger Xaskell va janob Mirko Baur tomonidan "Inklyuziv maktablar sari: Asosiy maʼlumot va uning metodologiyasini ko‘rib chiqish", "Bolalar faoliyati va tegishli atrof muhit omillar haqida o‘qituvchilar bilan suhbatlar" kabi mavzularda olib borilmoqda.

Unda Respublikada tanlab olingan 50 ta inklyuziv taʼlim maktablarini jihozlash va ilg‘or xalqaro tajribalar asosida taʼlim sifatini oshirish bo‘yicha maʼlumotlar berilmoqda.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

06 Nov, 09:52


Ingliz tili o‘qituvchilari uchun uzluksiz kasbiy rivojlanish

🫥A.Avloniy nomidagi milliy institutda 6,7- noyabr kunlari Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Britaniyaning Norvich til taʼlimi instituti hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamkorligida uzluksiz kasbiy rivojlanish loyihasi doirasida yangi milliy maslahatchilar guruhi va maktab UKR chempionlari hamda maktab direktorlari uchun ikki kunlik trening kurslari tashkil etilmoqda.

Trening doirasida UKR konsepsiyasi haqida umumiy tushunchani shakllantirish, o‘qituvchilar orasida o‘z kasbiy mahoratini takomillashtirishga bo‘lgan masʼuliyat hissini rivojlantirish, ularning o‘qib-o‘rganishini qo‘llab-quvvatlash va maktab o‘qituvchilari orasida uzluksiz taʼlim olish muhitini shakllantirish yo‘llari muhokama qilinmoqda.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

05 Nov, 13:33


✔️Bugun A.Avloniy nomidagi milliy institut rektori Abduvali Ismailov Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan “Yangi taraqqiyot bosqichida maktab taʼlimini rivojlantirish strategiyalari: chaqiriqlar, muammolar, tadqiqotlar va yechimlar” mavzusida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada "Rahbar va pedagog kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish" mavzusidagi taqdimoti bilan ishtirok etdi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

03 Nov, 16:53


Kecha badiiy gimnastika bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi kubogi” g‘oliblarini taqdirladik.

Musobaqa 1-4-sinf o‘quvchilari bo‘lgan qizlar orasida o‘tkazildi. Tafsilotlar vazirlik sahifasida berilgan.

Taqdirlash marosimidan keyin g‘oliblar yutuqlarini nishonladi. G‘olib bo‘la olmagan qizaloqlarni esa ovutish oson kechmadi. Qani endi hamma g‘olib bo’lsa, hech kim yutqazmasa.

Rasmdagi qizaloqning ismi Sevara. U Nukus shahridan kelgan, hali 7 yoshda. Afsuski, Sevaraga bu safar omad kulib boqmadi.

Hayot ham shunday, doim ham g‘olib bo‘lish imkonsiz. G‘alabaga erishish oson emas, yo‘lda to‘siqlar, mag‘lubiyatlardan o‘tiladi. Mana shunda g‘alaba yanada shirin, qadrli bo‘ladi. Sevara, bu oxirgi mag‘lubiyating bo‘lsin, kelasi safar seni shohsupada ko‘rish nasib qilsin.

#yakshanbadagifikrlardan

@hilola_umarova

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

02 Nov, 17:36


Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida "Zamonaviy sifatli ta'lim tendensiyalari: xalqaro tajribalar va rivojlanish istiqbollari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Konferensiyada 15 dan ortiq xorijiy davlatlarning soha mutaxassislari, xususan, Acharya unjversiteti rektori Rakesh Sharma, Xalqaro Psixologiya Akademiyasi Prezidenti Vladimir Kozlov, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston,Ukraina, Hindiston davlatlarining yetakchi olimlari, shuningdek, Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rektori A.Ismailov hamda Respublikamizning 40 dan ortiq professor-olimlari oʻz maqolalari, tezis va ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.

🖇 Xalqaro anjumanda Respublikamizda sifatli ta'lim istiqbollariga doir dolzarb muammolar muhokama etildi.Shuningdek, zamonaviy raqamli ta'lim tendensiyalari, sun'iy intelektning ta'limdagi ahamiyati hamda xalqaro hamkorlik orqali ta'limda innovatsiyalarni joriy  etish masalalariga alohida urgʻu berildi.

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

01 Nov, 14:59


#tinglovchi_fikri

🔹Menejerlik o‘quv kurslari sizga nima berdi?

🔹O‘quv kursda sizga ko‘proq qaysi modul yoqdi?

🔹Taqdimot mavzuingizning dolzarbligi nimada?

✔️Menejerlik o‘quv kursining yakuniy test imtihonida 60 dan 60 ball olgan amaldagi direktor Sevara Qarshiboyevani suhbatga tortdik.

Video lavhada ustozning fikrlari bilan tanishishingiz mumkin.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

01 Nov, 13:28


XUSHXABAR!

⚡️Institut jurnali Oliy attestatsiya komissiyasining ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritildi

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida “Maktab taʼlimi: muammolar, izlanishlar, yechimlar” nomli ilmiy-nazariy va o‘quv-uslubiy jurnali taʼsis etilgan.

Mazkur jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2024-yil 31- oktyabrdagi №363/5 sonli qaroriga ko‘ra, “Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati”ga kiritildi.

Institut rasmiy veb-saytida jurnalning chop etilgan sonlari elektron nusxalarini kuzatishingiz mumkin- https://avloniy.uz/uz/journal

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

30 Oct, 17:31


#tinglovchi_fikri

Menejerlik o‘quv kursida qanday bilim -ko‘nikmalar beriladi?

Maktab boshqaruviga oid modullarda qaysi muammolaringizga yechim topishni o‘rgandingiz?

Kursning yakuniy imtihonlari to‘g‘risida fikringiz?

✔️Yuqoridagi savollar bilan menejerlik o‘quv kurs tinglovchilariga yuzlandik. Video lavhada tinglovchi fikrlarini kuzatishingiz mumkin.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

30 Oct, 11:50


✔️Germaniyada tashkil etilgan PIRLS 2026 tadqiqoti seminari doirasida A.Avloniy nomidagi milliy institut vakillari o‘zaro uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Kuni kecha IEA Hamburg tashkilotining tadqiqoti doirasida ishtirokchilarni tanlab olish bo‘yicha mutaxassis Umut Atasevar bilan alohida uchrashuv o‘tkazildi.

✔️ Unda PIRLS 2026 tadqiqoti uchun mutaxassislar tomonidan respublika hududida joylashgan maktablar maʼlumotlarini shakllantirish, tajriba-sinovda ishtirok etuvchi maktablarni tanlab olish tamoyillari bo‘yicha muhokamalar olib borildi.

❗️Bu uchrashuv PIRLS 2026 xalqaro tadqiqotining tajriba-sinov jarayonida ishtirok etuvchi maktablar va ularning o‘quvchilari maʼlumotlarini to‘g‘ri shakllantirish va O‘zbekistonda mazkur tadqiqotni xalqaro talablar asosida tashkil etishda muhim rol o‘ynaydi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

29 Oct, 05:19


Bugun maktabgacha, umumtaʻlim va maktabdan tashqari taʻlim muassasalari pedagoglari uchun malaka toifa sinovlari boshlandi. Bu jarayonda 150 mingdan ortiq hamkasblarimiz ishtirok etadi.

Eʼtiborli jihati, mazkur toifa sinovlarida 136 ming pedagog navbatdan tashqari qatnashish istagini bildirgan. Shundan ham bilish mumkinki, toifa sinovlarini oʼtkazishning shaffof tizimi yaratilgani o‘qituvchilarimizda ishonch va katta qizish uyg‘otgan.

O‘tgan malaka sinovlarida yetarli natijaga ko‘rsata olmagan pedagoglarimiz yana o‘z ustilarida ishlab, bu galgi test savollariga puxta tayyorgarlik ko‘rganlariga ishonaman. Chunki kerakli toifaga ega bo‘lish uchun bilim va mahoratdan boshqa yo‘l yo‘qligini hamma ko‘rdi, bildi.

9-25-oktabr kunlari pedagoglarimiz test sinovlari topshiriladigan maxsus platformadan foydalanish tartibi hamda namunaviy test savollari bilan atroflicha tanishdilar. Bu ham ularning yaxshi natijalar ko‘rsatishlariga yordam beradi albatta.

Aziz hamkasblar, 16-noyabrga qadar o‘tkazilishi belgilangan malaka sinovlarida barchangiz muvaffaqiyatli ishtirok etasiz degan umiddaman.

@hilola_umarova

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

29 Oct, 03:37


"Zamin creative" loyihasi doirasida А.Аvloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti hamda Xalqaro inklyuziv xabda ijod maktablari o‘qituvchilari uchun inklyuziv kreativ ta’limni rivojlantirish bo‘yicha gibrid formatda o‘quv seminar-trening o‘tkazildi. Qarshi, Toshkent, Andijon, Nukus va Marg‘ilondan kelgan o‘qituvchilar media, dizayn va teatr san’ati yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanma asosida o‘qitildi.

O‘zbekistonlik mutaxassislar bilan bir qatorda Ozarbayjon inklyuziv rivojlanish va ijod markazi DOST pedagoglari ta’limni hammabop qilish bo‘yicha amaliy tajribasi hamda ijtimoiy-psixologik ish usullari bilan o‘rtoqlashdi.

В рамках проекта Zamin creative для преподавателей творческих школ в Национальном институте педагогического мастерства имени А.Авлони и Международном инклюзивном хабе в гибридном формате прошёл образовательный семинар-тренинг по развитию инклюзивного креативного образования. Преподаватели из Карши, Ташкента, Андижана, Нукуса и Маргилана прошли обучение по учебно-методическому пособию по направлениям: медиа, дизайн и театральное искусство.

Наряду со специалистами из Узбекистана методами психолого-социального взаимодействия и практическим опытом как сделать образование доступным поделились педагоги из Азербайджанского Центра инклюзивного развития и творчества DOST.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

28 Oct, 09:01


DIQQAT! 
ILMIY-NAZARIY VA O‘QUV-USLUBIY JURNALDA CHOP ETISH UCHUN
MAQOLA QABULI UZAYTIRILDI
 
🔗 A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti “Maktab ta’limi: muammolar, izlanishlar, yechimlar” jurnalining 2024-yil 2-sonida chop etish uchun maqolalarni qabul qilish joriy yilning 30-oktyabr sanasiga qadar uzaytirildi.

📬 Maqolalarni [email protected] manziliga yuborishingiz mumkin.
Maqolangiz bo'yicha javoblar elektron pochtangizga yuboriladi.

Agar xabar yetib kelmagan bo'lsa "Спам" papkaga qarashingiz tavsiya etiladi.

👉 Maqolaga qo'yiladigan talablar haqida batafsil

Murojaat uchun tel: +998 99-876-39-87

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱
Telegram | 📒Facebook
  📹
YouTube📸 Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

26 Oct, 05:16


#Seminar_trening

Bugun Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida Zamin xalqaro jamoat fondi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Respublika ta'lim markazi xamkorligida "Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ijod va Barkamol avlod bolalar maktablarida inklyuziv ta’limni rivojlantirish bo‘yicha" o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda.

Jarayonlar davom etmoqda...


Kanalga obuna boʻlish:👇👇👇
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

24 Oct, 18:25


Siz nemis tili fani o'qituvchisimisiz?

Unda siz uchun kasbiy rivojlanish imkoniyatini taklif qilamiz☑️

Gyote Institutining O’zbekistondagi filiali tomonidan yaratilgan
“Fortbildungszentrum Zentralasien” O’rta Osiyo onlayn malaka oshirish markazi platformasida umumta’lim muassasalarida nemis tilidan chet tili (DaF) sifatida dars beradigan o’qituvchilar uchun yuqori sifatli onlayn uzluksiz kasbiy rivojlanish kurslari tashkil etilmoqda.

Ushbu onlayn kurs davomida quyidagi mashg'ulotlarni tashkil etish rejalashtirilgan:

Darslarni rejalashtirish
O’qituvchining roli
Grammatikani o’rgatish
So’zlarni o’rgatish
Nemis tilida og’zaki va yozma nutq ko’nikmalarini shakllantirish
Nemis tilida tinglab tushunish va o’qish ko’nikmalarini shakllantirish
Talaffuzni o'rgatish

Talablar:
- Kamida B1 Sertifikati;
- Internet;
- Noutbuk.

❗️Kursda ishtirok etishni istaysizmi?

Quyidagi havola orqali ma'lumotlaringizni qoldirishingiz mumkin.
👇
https://forms.gle/8iP3bo8pdDXQduSS6

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

24 Oct, 14:49


A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti Axborot-resurs markazi ilk bor “INFOLIB O‘ZBEKISTON-2024” forumida ishtirok etdi

Kuni kecha Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB O‘ZBEKISTON-2024” XIII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Kutubxona jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti Axborot-resurs markazi masʼullari “Kutubxonaning zamonaviy qiyofasi” talqinida yangilangan kutubxona, yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlari bo‘yicha tayyorlangan taqdimoti bilan ishtirok etdi.

Seminardan ko‘zlangan maqsad kutubxona axborotlarini qayta ishlash va axborot-kutubxona muassasalarini boshqarish samaradorligini oshirish uchun ilg‘or dasturiy-texnik yechimlar va dasturiy tizimlar bilan tanishtirishdir.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

24 Oct, 13:28


5E taʼlim modeli asosida samarali dars rejasini loyihalashtirish

“Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari doirasida tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotida ishtirokchilarning so‘rovga asoslangan samarali o‘rganishiga yordam berish, so‘rovni tushunish va amaliyotini rivojlantirish hamda chuqurlashtirish uchun quyidagi 6 ita asosiy savol ko‘rib chiqildi:
🔺Darsning samarali bo‘lishiga nima yordam beradi?
🔺Nima uchun Tabiiy fanlarni o‘rganishda so‘rovga asoslangan ta‘lim muhim?
🔺So‘rovga asoslangan dars nimalardan tashkil topgan?
🔺5E modelida tadqiqotga asoslangan ta’lim qanday ko‘rinishga ega?
🔺5E Model dars rejasini ishlab chiqish uchun MCE Cambridge 5-sinf uchun  bosma va raqamli resurslardan qanday foydalanish mumkin?
🔺So‘rovga asoslangan darsni o‘tkazish uchun qanday yordam ko‘nikmalari zarur?

💠Mashg‘ulotda qatnashgan trenerlar kasbiy rivojlanish kuni tayanch maktablarda yetakchi o‘qituvchilar uchun dars mashg‘ulotlarini olib boradi.

Telegram | 🌐Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

24 Oct, 13:14


💠5E taʼlim modeli asosida samarali dars rejasini loyihalashtirish

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida singapurlik taʼlim ekspertlari hamkorligida “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari doirasida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Institutning situatsion o‘quv xonasida tashkil etilgan mashg‘ulotda tabiiy fan o‘qituvchilari va hududlardan ham masʼullar onlayn ishtirok etdi. 

O‘quv mashg‘ulotlarda tabiiy  fanlar master trenerlari 5E taʼlim modeli asosida samarali darsni loyihalashtirish va mikrotaʼlim berishni o‘rgandilar.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

21 Oct, 15:58


21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami

Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida
21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
"Tushungan topadi" o‘yini iboralar va ularning ma'nosini tushunishga asoslangan aqliy o‘yin bo'lib,tinglovchilarda zo'r qiziqish uyg'otdi.

🎤Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi axborot xizmati

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇👇👇
📱Telegram |📒Facebook |🌐Website |🖤YouTube

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

21 Oct, 11:34


Ўзбек тили байрами муносабати билан Ўзбекистон халқига табрик

Поздравление народу Узбекистана в связи с Праздником узбекского языка

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

21 Oct, 09:12


☑️A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti kengashining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi

Unda institutda yangi tashkil etilgan kafedralar Nizomi va yillik ish rejasi tasdiqlandi.

Shuningdek, kun tartibidagi quyidagi:

🔹Institutda yangi tashkil etilgan kafedralarning uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursi ishchi oʻquv reja va dasturlari hamda pofessor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalarini tasdiqlash;

🔹Institutda taʻsis etilgan “Maktab taʻlimi: muammolar, izlanishlar, yechimlar” nomli ilmiy-nazariy va oʻquv-uslubiy jurnalning hayʻat aʻzolari tarkibini tasdiqlash;
 
🔹“Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarida kreativlikni rivojlantirish metodikasi” nomli qisqa muddatli kurs o‘quv reja va dasturlarini tasdiqlash kabi masalar yuzasidan muhokama olib borilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

21 Oct, 03:43


Aziz ustozlar, qadrli vatandoshlar!

Avvalo, barchangizni milliy gʻururimiz — oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun, ona tilimiz bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Albatta, har bir inson uchun tugʻilib oʻsgan oʻz uyi va Vatani qanchalik aziz boʻlsa, ilk bor tili chiqqanda aytiladigan soʻzlarni ifodalovchi ona tili ham shu kabi muqaddas va qadrlidir.

Shu maʼnoda biz bugun moʻtabar sanovchi oʻz ona tilimiz — oʻzbek tilining hayotimizda tutgan oʻrni har qachongidan ham muhim ahamiyatga egadir.

Fursatdan foydalanib, yurtdoshlarimizni milliy oʻzligimiz va gʻururimiz timsoli boʻlgan ona tilimizning bugungi muhim sanasi bilan yana bir bor muborakbod etaman.

Jonajon ona tilimizning mehrli ziyosi doimo tafakkurimiz va qalblarimizni yoritib tursin!


Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

18 Oct, 16:08


“Men o‘zbekistonlik ustozlar bilan hammaslak, bir yo‘lda ekanimni his qilib turibman. O‘zbekiston kelajagi haqida ijobiy fikrdaman. Hozir Markaziy Osiyo davlatlari, xususan O‘zbekiston haqida butun dunyo gapiryapti. Yurtingiz Buyuk Britaniya ommaviy axborot vositalarida ko‘rganimdan-da tezroq rivojlanayotganiga amin bo‘ldim”.

Michael Connolly
Britaniyadagi ingliz tili va maktab ta’limi direktori

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

18 Oct, 07:35


Markaziy Osiyo Universitetlari Forumi doirasida O‘zbekistonga kelgan qator xorijiy mehmonlarning A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga tashrifi davom etmoqda

Kuni kecha Markaziy Osiyo universitetlari xalqaro forumi doirasida O‘zbekistonda bo‘lib turgan nufuzli mehmonlar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti bilan tanishdi, xususan:

Britaniyadagi ingliz tili va maktab ta’limi direktori Michael Connolly, O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi direktori Denise Waddingham hamda
Iordaniyaning Qirolicha Raniya O‘qituvchilar Akademiyasi direktori Osama Obeidat institutda bo‘ldi.

Mehmonlar yangi binoda ustozlarning ta’lim olishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, ularning o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdilar.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

18 Oct, 07:03


O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika va hududiy kengashi rahbariyati A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti bilan tanishdi

Respublika kengashi rahbariyati hamda bir guruh tuman (shahar) kengashlari raislari institutda bo‘lib, institutning yangi binosi, Axborot-resurs markazi, Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi, videodarslarni tasvirga olish media studiyasi va o‘quv xonalaridagi sharoitlar bilan tanishdilar.

Pedagoglar uchun tashkil etilgan zamonaviy sharoitlarga ega mehmonxona hamda STEAM laboratoriya markazi mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

17 Oct, 15:37


#xalqaro_hamkorlik

Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga Birlashgan Arab Amirligining Amirliklar milliy maktablari bosh direktori Ahmed Al Bastaki va Singapurning Times Publishing Group bosh direktori Peng Yim Siew tashrif buyurdi

Ushbu tashrif O’zbekistonda ilk bora o’tkazilayotgan Markaziy Osiyo Universitetlari forumi doirasida amalga oshirildi.

Mehmonlar institutda bo‘lib, yangi bino, Axborot-resurs markazi, Abdulla Avloniy yodgorlik muzeyi, videodarslarni tasvirga olish media studiyasi va o‘quv xonalaridagi sharoitlar bilan tanishdilar.

Malaka oshirishga kelgan pedagoglar uchun tashkil etilgan zamonaviy sharoitlarga ega mehmonxona hamda STEAM laboratoriya markazi mehmonlarda katta qiziqish uyg’otdi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

17 Oct, 15:32


Ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

🌍A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti huzuridagi pedagogika fanlari bo‘yicha ilmiy daraja beruvchi PhD.28/30.12.2019.Ped.68.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Seminarda tadqiqotchi Mohira Xoliqovaning “Axborotlashuv va kompetensiyaviy yondashuv sharoitida Lifelong Learning ta‘lim paradigmasini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari” mavzusidagi 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi Pedagogik ta‘limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi ko‘rib chiqilib, muhokama qilindi.

Shuningdek, tadqiqotchi Nasiba Nasriddinovaning “Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qitish savodxonligini shakllantirish matedikasi” mavzusidagi 13.00.02 – Ta‘lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ham muhokama qilinib, tegishli tavsiyalar berildi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

135,000

subscribers

5,001

photos

994

videos