Digital.uz @mitcuz Channel on Telegram

Digital.uz

@mitcuz


O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari


Новости Министерства цифровых технологий

Digital.uz (Uzbek)

Digital.uz kanali O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklarini eng tez va to‘liq ko‘rish imkoniyatini taqdim etadi. Bu kanalda, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan taqdim etilayotgan yangiliklar, loyihalar va innovatsiyalar haqida ma'lumotlar bo‘lishi mumkin. Kanalga obuna bo‘lganlar uchun har bir yangilikni birinchidan o‘rganish, so‘nggi texnologiyalardan habardor bo‘lish va texnologik rivojlanishlardan xabardor bo‘lish uchun ajoyib bir imkoniyat mavjud. Mitcuz kanali bilan birga, siz yangiliklardan to‘liq foydalanish va Raqamli texnologiyalar sohasidagi so‘nggi o‘zgarishlardan xabardor bo‘lishingiz mumkin. Siz ham Digital.uz kanaliga obuna bo‘ling va Raqamli texnologiyalar sohasidagi so‘nggi va eng ma'qul yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Digital.uz

23 Nov, 09:00


🔵 BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov hamda BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujii o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muhokama chog‘ida mamlakatimizda raqamlashtirishning bugungi holati, yoshlar va ayniqsa, IT yo‘nalishida tahsil olayotgan qizlar uchun yaratilishi zarur bo‘lgan imkoniyatlarga oid mavzularga to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuvda vazir Sh.Shermatov vazirlikning asosiy maqsadlaridan biri yosh avlodni tayyor ish o‘rinlari bilan ta’minlash ekanini ta’kidladi.

O‘z navbatida, BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakili O‘zbekistonning ko‘p jabhalarda jadal rivojlanish yo‘lida erishayotgan, aholi turmushini sezilarli darajada yaxshilagan yutuqlarini yuqori baholadi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/28348/

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X

Digital.uz

23 Nov, 05:10


O‘zbekiston va Qatar texnologiyalar va startaplarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytiradi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov tashrif doirasida Qatar ilmiy-texnologik parki prezidenti doktor Jek Lau bilan uchrashib, innovatsiyalar sohasida qo‘shma sa’y-harakatlarni ilgari surish, startaplarni qo‘llab-quvvatlash, sarmoya jalb etish va IT-sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuvda IT Park Uzbekistan startaplar va IT-kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘zining keng qamrovli dasturlarini taqdim etib, mavjud resurslar va imtiyozlarni ta’kidladi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/28337/

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X

Digital.uz

23 Nov, 04:14


Germaniya taraqqiyot bankining “Raqamli sog‘liqni saqlash islohotlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish bo'yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi

Bugun barcha vazirlik, davlat idora va tashkilotlarida qog‘ozbozlik amaliyotidan to‘liq voz kechilib, elektron ma’lumot almashish tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu orqali ortiqcha ovoragarchilik, byurokratik to‘siqlarga chek qo‘yilishi barobarida, ochiqlik va oshkoralik ta’minlanyapti.

Xususan, O‘zbekiston tibbiyotini transformatsiya qilish jarayonida ham xuddi shu talab va ehtiyojlar alohida hisobga olingan. Prezidentimizning 2023-yil 1-maydagi “Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ayni shu maqsadni ko‘zlab qabul qilindi.

Unda sog‘liqni saqlash tizimiga ilg‘or raqamli texnologiyalarni tatbiq etish, raqamli sog‘liqni saqlash platformasini yaratish, sohaning barcha darajalaridagi davolash-profilaktika muassasalari uchun ma’lumotlar bazasi kompleksini joriy etish, dasturiy ta’minot va elektron platformani ishlab chiqishga doir ustuvor vazifalar belgilangan.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/28329/

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X

Digital.uz

22 Nov, 12:13


"GDG DevFest 2024" 5 mingdan ortiq ishtirokchini qamrab oladi

7-dekabr kuni Toshkentda "Google Developers Group" (GDG)ning asosiy tadbirlaridan biri "GDG DevFest" dasturchilar festivali bo‘lib o‘tadi.

"GDG DevFest" festivali "Google Developers Group" jamoalari tomonidan har yil o‘tkaziladigan global tadbirlardan biri bo‘lib, ushbu tadbir doirasida dasturchilar, IT-mutaxassislar va texnologiyalarga befarq bo‘lmaganlar Google kompaniyasining so‘ngi texnologiyalari va ishlanmalari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar.

📍Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida tashkil etiladigan festival mehmonlari 5 mingdan ortishi kutilmoqda. 15 dan ortiq vorkshop va treklar o‘tkaziladigan bu galgi tadbirning spikerlari soni 30 dan ortiq.

Festival doirasida o‘tkaziladigan "EXPO DevFest 2024" ko‘rgazmasida Google hamda boshqa kompaniyalarning so‘ngi texnologiyalari va ishlanmalari namoyish etiladi. Ishtirokchilar mahalliy va xorijlik mutaxassislar bilan axborot texnologiyalari sohasidagi so‘nggi tendensiyalarni muhokama qilishadi.

Tadbir o‘zbekistonlik yosh developerlarni Google kompaniyasining innovatsion yechimlari bilan tanishishlari uchun o‘ziga xos platforma vazifasini bajaradi.

🟢Siz ham ishtirok etish imkonini qo'ldan boy bermang!

📝Ro'yxatga olish boshlandi: https://gdg.community.dev/events/details/google-gdg-tashkent-presents-gdg-devfest-2024-tashkent/

📲+998-55-5110777

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X

Digital.uz

22 Nov, 09:01


💻 Raqamli texnologiyalar vazirligi va KOICA o'rtasida hamkorlik masalari ko'rib chiqildi

Raqamli texnologiyalar vaziri o'rinbosari Rustam Karimjonov hamda KOICA (KOREA INTERNATIONAL COOPERATION AGENCY) direktor o'rinbosari Ms. Park bilan hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha uchrashuv bo'lib o'tdi.

🟠Uchrashuvda raqamli ta’limni rivojlantirish, Raqamli texnologiyalar ta’lim markazlarini (DTEC) yangilash va modernizatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.

➡️Xususan, loyiha doirasida hududlarni Raqamli ta’lim markazlarida kompyuter savodxonligi, dasturlash, robototexnika va ingliz tilini o‘qitish uchun talab etiladigan AKT jihozlarini xarid qilish rejalashtirilgan.

📌Ma’lumot uchun: Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning asosiy vazifasi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va turli grantlar va texnik hamkorlik dasturlari orqali rivojlanayotgan mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini oshirishdan iborat.

📌 Ushbu qo‘shma yondashuv ikkala tashkilotning kuchli tomonlarini birlashtirib, O‘zbekistonda raqamli inklyuziya va barqaror rivojlanishga qaratilgan muammolarni hal etishdagi umumiy majburiyatini aks ettiradi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X

Digital.uz

21 Nov, 13:29


Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси аъзоларини тайинлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О назначении членов Кабинета Министров Республики Узбекистан"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Digital.uz

21 Nov, 08:34


IT mehnat va ta’lim olamiga taklif qilamiz!

⭐️30-noyabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida yilning eng muhim tadbirlaridan biri – “Job&Edu Fest” bo'lib o'tadi.

💼 Sizni nimalar kutyapti:

Eng yirik IT kompaniyalar va ta'lim tashkilotlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuv;
Eng so‘nggi vakansiyalar va dolzarb yo‘nalishlar haqida ma’lumotlar;
Tajribali spikerlardan amaliy ko‘nikmalar va qimmatli tavsiyalar

📍Manzil: Raqamli texnologiyalar vazirligi binosi.
Vaqt: 10:00 dan 16:00 gacha.

📌 Diqqat: Tadbirda qatnashish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

📲Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://itskills.uz/jobfest

❗️Job&Edu Fest hamda IT mehnat bozoridagi so'nggi yangiliklarni kuzatib borish uchun IT Karyera kanalini kuzatib borishni unutmang!

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X

Digital.uz

21 Nov, 06:22


Raqamli texnologiyalar vazirligi Qatarning MEEZA QSTP kompaniyasi bilan hamkorlikni o‘rganmoqda

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Qatarda joylashgan yetakchi IT xizmatlari va yechimlari provayderi MEEZA kompaniyasi bosh direktori Mohamed Ali Alghaithani bilan raqamli va texnologik sohalarda hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda IT-infratuzilmasi yanada rivojlantirish, malakali mutaxassislar zaxirasidan foydalangan holda autsorsing xizmatlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/28176/

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X

Digital.uz

20 Nov, 16:25


See you in Tashkent next May 21-22 at #GSMA_M360_Eurasia, which will be held for the first time in Uzbekistan!

I would like to express our gratitude to His Excellency Mohammed bin Ali bin Mohammed Al Mannai, Minister of Communications and Information Technology of Qatar, for his hospitality during our visit to Qatar, as well as to GSMA , VEON and Beeline Uzbekistan for their help in bringing this important event to Tashkent for the first time.

I believe GSMA M360 Eurasia will provide participants with valuable opportunities to expand their business with us, so make sure to plan your visit in advance to fully benefit from it! Additionally, visitors will have the chance to experience the rich tourism offerings of Uzbekistan!

P.S. Uzbekistan is becoming an attractive place for international events, so you can plan your visit to UN Public Service Forum on June 23-24, 2025, which will be held for the first time as well in Samarkand. And of course we would be happy to see you in traditional ICT Week Uzbekistan on September 23-26, 2025 in Tashkent.

#GSMA #M360 #From_Doha_to_Tashkent

Digital.uz

20 Nov, 12:36


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Олий Мажлис Қонунчилик палатасининг Бош вазир лавозимига номзодни кўриб чиқиш ҳамда Вазирлар Маҳкамасининг яқин ва узоқ истиқболга мўлжалланган ҳаракатлар дастури муҳокамасига бағишланган мажлисида иштирок этди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в заседании Законодательной палаты Олий Мажлиса по рассмотрению кандидатуры на должность Премьер-министра и обсуждению программы действий Кабинета Министров на ближайшую и долгосрочную перспективу.

#Mirziyoyev #majlis #Qonunchilikpalatasi #VazirlarMahkamasi

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Digital.uz

20 Nov, 10:00


🇺🇿 O‘zbekiston delegatsiyasi Concentrix kompaniyasi bilan uchrashib, mamlakatning hamkorlikni kengaytirish borasidagi salohiyatini namoyish etdi

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, IT Park xizmatlar eksportini rivojlantirish bo‘yicha direktori Mahliyo Muksinova hamrohligida, “Concentrix” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar davomida kelgusi hamkorlik istiqbollari va kompaniyaning O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish imkoniyatlari muhokama etildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/28063/

____________________

🇺🇿 Uzbekistan Delegation Engages with Concentrix, Showcasing the Country’s Potential for Expanding Collaboration

The Minister of Digital Technologies of Uzbekistan, Sherzod Shermatov, accompanied by IT Park’s Services Export Development Director, Makhliyo Muksinova, held a meeting with representatives of Concentrix. The discussions centered on opportunities for further collaboration and the potential expansion of Concentrix’s operations in Uzbekistan.

In detail: 👉 https://digital.uz/en/news/view/28063/

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X

Digital.uz

15 Nov, 16:47


Investment in education is the best investment for companies with long term development goals in Uzbekistan, since our country has many young people eager to learn new skills and work in modern industries.

There will be more specialists with better #Korean and #IT_skills thanks to the investment into education by #Hancom, a leading Korean IT company, so that graduates will have better chances to pursue their careers in Korean ITES companies.

We invite other companies to follow this example and invest in the education of our young people!

From the Government side we subsidize every successful graduate, who was employed by ITES company, up to $2000 or up to $3000 if s/he is disabled depending on their salary.

Also we fully reimburse IT certification and training costs for our people, so that it opens up additional opportunities for training companies to expand their business with us. Rustam Karimjonov 's team will follow up with interested training companies.

#ESG #Education_for_future_success #Korean_language

Digital.uz

14 Nov, 07:49


🌐 Yangi ijtimoiy shartnoma va raqamli taraqqiyot: Toshkentda xalqaro konferensiya o‘tkazildi

Poytaxtimizda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Xalqaro Mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda “Yangi ijtimoiy shartnoma: Yevropa va Markaziy Osiyo kasaba uyushmalari nigohida” mavzusida Xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Anjuman yalpi majlisini O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafikov olib bordi.

Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va turli mamlakatlardan kelgan ekspertlar, kasaba uyushmalari rahbarlari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/27404/

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X

Digital.uz

11 Nov, 09:50


💰Kredit olish niyatingiz yoʻqmi? Lekin kimdir sizning nomingizdan kredit olishi mumkinligidan xavotirdamisiz?

❗️Endi bunday xavotirga oʻrin yoʻq! Chunki my.gov.uz portali orqali kredit tarixingizni tekshirishlarini cheklab qoʻya olasiz!

📱Faqat buning uchun my.gov.uz portaliga kirasiz, SMS-xabarnoma xizmatini yoqib, “Kredit tarixi olishni cheklash” tugmasini bosasiz.

🔐 Boʻldi, endi shaxsiy maʼlumotlaringiz va kredit tarixingiz toʻliq himoya ostida!

▶️https://youtube.com/shorts/-tU12vY_-5c?feature=share

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X

Digital.uz

11 Nov, 04:37


Nemis, Koreys, Yapon, Turk, Arab tillarida ravon so’zlasha olsangiz Sizni yuqori maoshli ishga taklif qilamiz!

Chet el kapitali ishtirokidagi IT Park rezidenti bo'lgan kompaniyalar soni ortishi bilan birga ularning yurtimizdagi chet tillarini biladigan kadrlarga talabi ortmoqda.

Quyidagi tillarda ravon so‘zlasha oladigan iqtidorli kadrlarni izlamoqdamiz:
🔹Nemis tili (800+ bo‘sh ish o‘rni)
🔹Koreys tili (300+ bo‘sh ish o‘rni)
🔹Yapon tili (300+ bo‘sh ish o‘rni)
🔹Turk tili (200+ bo‘sh ish o‘rni)
🔹Arab tili (200+ bo‘sh ish o‘rni)

Agar siz ushbu tillardan birini bilsangiz va ingliz tilini kamida B1 darajasida o‘zlashtirgan bo‘lsangiz, bu yetakchi xalqaro kompaniyalarda karyerangizni boshlash uchun noyob imkoniyatdir. Moslashuvchan ish jadvali, martaba o‘sishi va muvaffaqiyatga yetaklovchi lavozimdan bahramand bo‘ling.

Bu shunchaki ish emas, balki kasbiy imkoniyatlar dunyosiga ochilgan eshikdir! 🌐

Arizangizni topshirishga tayyormisiz? Boshlash uchun havola orqali o‘ting: https://forms.gle/FNcjS6ZPtZgqoDoeA

Jahonning eng yaxshi ish beruvchi kompaniyalarining O’zbekistondagi ofislarida yuqori maoshli, moslashuvchan karyerangiz sari birinchi qadamni qo‘ying!

Digital.uz

09 Nov, 16:48


Xalqaro fan olimpiadalari sovrindorlarini Sun’iy intellektga bepul o’qitib, yuqori daromadli ish bilan ta’minlaymiz!

Prezidentimiz tashabbuslari bilan xalqaro fan olimpiadalari g'oliblariga pul mukofotlari beriladi. Endi ularga yana qo’shimcha imkoniyat ochadigan Future AI talents dasturini yo’lga qo’ymoqdamiz.

🏅 Siz xalqaro, mintaqaviy yoki milliy darajadagi aniq fanlar bo‘yicha olimpiadalarda, masalan, Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO), Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) yoki shunga o‘xshash tanlovlarda sovrindor bo‘lganmisiz? Unda siz Sun’iy intellektga bog’liq kurslarda bepul o’qib, kelajakda Sun’iy intellekt sohasida kuchli iqtidor egasi sifatida yuqori daromadli ishga ega bo’lishingiz mumkin.

📥 Boshlash uchun quyidagi formani to‘ldiring va siz bilan bog’lanamiz!
https://forms.gle/LdbjPyUZruKhaaQw5

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklariga ushbu loyihani qo’llashgani uchun minnatdorchilik bildiramiz.

PS. Kurslar MAAB Academy tomonidan BEPUL tashkil etiladi. Shu kabi qiziqishi bo’lgan boshqa ta'lim markazlari bilan ham hamkorlikka tayyormiz.

Digital.uz

04 Nov, 13:26


🛰 “Oʼzbekkosmos” suv omborlari toʼgʼonlarining siljish dinamikasini kosmik monitoring qiladi!

Hukumat qarori bilan endilikda suv omborlari toʼgʼonlarining zilzilabardoshliligini doimiy radiolokatsion kosmik monitoring qilish tizimi joriy etiladi. Yaʼni, "damba"larning siljish va choʼkish dinamikasi “Oʼzbekkosmos” agentligi tomonidan kosmik nazoratga olinadi.

Аmalga oshirilgan monitoring natijalari “Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish” elektron platformasiga integratsiya qilinadi.

Mazkur elektron platformada suv omborlari boʼyicha kosmik monitoring natijalari, xususan, mavjud toʼgʼonlarning real holati, ulardagi siljish va choʼkish koʼrsatkichlari, toʼgʼonlarning seysmik mustahkamligi va favqulodda xavflilik darajasi kabi muhim maʼlumotlar jamlanadi. Jarayonlarni doimiy nazorat qilib borish maqsadida “Suv omborlari toʼgʼonlarining zilzilabardoshligi kosmik monitoringini oʼrganish komissiyasi” tashkil etiladi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X

Digital.uz

04 Nov, 05:00


🇺🇿 Toshkentda tashkil etilgan Data Camp yakunlandi

📈 Uch kun davom etgan vorkshoplar, amaliy mashg‘ulotlar va tanlovlar 60 nafardan ortiq ishtirokchilarga ma’lumotlarni tahlil qilish va sun’iy intellekt bilan ishlash bo‘yicha keng tushunchaga ega bo‘lish imkonini berdi.

Tadbirda IT-Parkning xizmatlar eksportini rivojlantirish boʻyicha direktori Maxliyo Muksinova, WTM Tashkent rahbari Durdona Baxronova, Alif Akademiyasi rahbari Mashhura Eshmatova, Oracle kompaniyasining amaliy olimi Aziza Mirsaidova, Machine Learning bo‘yicha katta muhandis Anna Andreevna, Alif Tech kompaniyasining katta ma'lumotlar tahlilchisi va loyiha menejeri Kamilla Veiskerber hamda Alif Tech kompaniyasining katta ma’lumotlar bo‘yicha mutaxassisi Sanjar Odilov kabi mutaxassislar ishtirok etib, kerakli ma’lumotlar bilan bo’lishishdi.

💻 Data Camp ishtirokchilari axborot texnologiyalari sohasidagi uchta asosiy yo‘nalish – Classic ML, Data Analytics va Generative AI bo‘yicha bilim oldilar, shuningdek, ma’lumotlarni tahlil qilish va mashina tilida o‘rganish vazifalarini amaliyotda o‘zlashtirdilar.

Mazkur o‘qish kunlari ishtirokchilarga bilim olish, qo‘llab-quvvatlash va amaliyot orqali IT olamiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirishga yordam berdi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X

Digital.uz

26 Oct, 12:38


🤔 Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazida Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari ishtirokida brifing tashkil etildi

Bugun, 26-oktabr kuni Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazida Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari J. Maxsudov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlarida Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar xususida axborot berildi.

Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari J. Maxsudov ta’kidlaganidek, O‘zbekiston Respublikasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlarini yanada takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri – raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hisoblanadi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/25602/

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X

Digital.uz

26 Oct, 07:33


Uzbekistan is the right place now to look for growing your business - this message was given by many distinguished panelists at International partnership initiatives week.

Only this year the number of companies with foreign capital, who decided to utilize these opportunities to grow their business increased by 250!

You can also get the best tax regime up until 2040 for ITES companies, affordable talents and low cost of starting your business with the Zero Risk programme in the regions of Uzbekistan: https://outsource.gov.uz

Guest Insights:

📌 Boris Tadić - former president of Serbia: "Uzbekistan is one of the most #favorable countries for business operations and investments for European companies and IT firms."

📌 Raimonds Vejonis - former president of Latvia: "The extension of #benefits for IT Park residents until 2040 will increase investor #confidence."

📌Hamadoun Toure - former head of ITU: “Uzbekistan has taken the leading position in the International Telecommunication Union’s ranking for the most #affordable internet prices.”

📌 Akihiro Sakurai: "Uzbekistan has the #potential to supply 300,000 young specialists to the international IT market, generating high incomes."

📌 Seán McEllin: “Uzbekistan is becoming the #ideal_location for major IT companies to open their regional offices.”

With its forward-looking #digitalstrategy and #commitment to innovation, Uzbekistan is emerging as a dynamic regional hub for international businesses and tech #startups alike. Exciting times ahead for #partnerships and #growth!

Uzbekistan is shaping up to be a vibrant regional hub, creating countless opportunities for innovation and foreign partnerships.

Follow in Linkedin: https://www.linkedin.com/in/sherzod-shermatov/

#Uzbekistan #ITES #DigitalTransformation #GlobalBusiness #Investment

Digital.uz

25 Oct, 09:41


🇺🇿 Toshkentda Women in Tech Global Awards mukofoti doirasida mintaqaviy CCA Awards taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Tadbir O‘zbekiston, Qozog‘iston, Gruziya, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlardan IT sohasi yetakchilari, startap asoschilari va innovatorlarni bir joyga to‘pladi.

Marosimda Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova, Women in Tech Global asoschisi va bosh direktori Ayumi Mur Aoki va Qozog‘iston, Gruziya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va boshqa davlatlardan delegatsiyalar ishtirok etdi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/25452/

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X

Digital.uz

24 Oct, 04:35


🇮🇹 “Oʼzbekkosmos” vakillari Italiyada o’tgan Xalqaro astronavtika kongressida faol ishtirok etishdi

Italiyaning Milan shahri navbatdagi 75–Xalqaro astronavtika kongressiga mezbonlik qildi.

Mazkur global forumda “Oʼzbekkosmos” agentligi ko'plab manfaatli hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'ydi.

Xususan, Yaponiyaning “Ispace” agentligi bilan anglashuv memorandumi imzolandi.

AQShning “SpaceX” va Buyuk Britaniyaning “Surrey Satellite Technology” kompaniyalari O’zbekistonning milliy kosmik dasturni ishlab chiqishda ekspert maslahatlarini berishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Yaponiyaning Kyushu texnologik instituti bilan aerokosmik muhandislik yo‘nalishida mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturiga kelishildi.

Agentlik rahbari Shuhrat Qodirov IAF liderlari sammitida maxsus bayonot bilan ishtirok etdi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/25292/

〰️〰️〰️〰️〰️

🇮🇹Представители “Узбеккосмос” приняли активное участие в Международном конгрессе астронавтики в Италии

В городе Милан, прошел очередной 75-й Международный астронавтический конгресс. На этом глобальном форуме Агентство “Узбеккосмос” установило ряд интересных партнерских отношений.

В частности, был подписан меморандум о взаимопонимании с Японским агентством “Ispace”.

Компания “SpaceX”, США и “Surrey Satellite Technology”, Великобритания, выразили готовность предоставить Узбекистану экспертные консультации по разработке национальной космической программы.

Начальная учебная программа по подготовке специалистов в области аэрокосмической инженерии была согласована с японским технологическим институтом Кюсю.

Глава “Узбеккосмос” Шухрат Кадыров принял участие в саммите лидеров Международной федерации астронавтики со специальным заявлением.

Подробно:👉 https://digital.uz/ru/news/view/25292/

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X

Digital.uz

23 Oct, 16:51


Senat yalpi majlisida “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi

Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Qonunning qabul qilinishi tadbirkorlik subyektlariga yengillik berish bilan birga hukumatning iqtisodiyot va jamiyatni raqamlashtirish bo‘yicha strategik dasturining muhim qismi bo‘lgan telekommunikatsiya sektorining barqaror rivojlanishi uchun mustahkam poydevor yaratadi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/25276/

____________________

На пленарном заседании Сената рассмотрен Закон «О телекоммуникациях»

На очередном пленарном заседании Сената Олий Мажлиса был рассмотрен Закон «О телекоммуникациях».

Принятие закона, предоставляя облегчение субъектам предпринимательства, создаст прочную основу для устойчивого развития телекоммуникационной отрасли, что является важной частью стратегической программы правительства по цифровизации экономики и общества.

Подробно: 👉 https://digital.uz/ru/news/view/25276//

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X

Digital.uz

23 Oct, 14:40


🌐 “Google” va “StrategEast” tomonidan tashkil etilgan “Build with AI for Sustainable Growth” dasturi doirasida xakaton bo‘lib o‘tdi

Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi K.Sobirova “Build with AI for Sustainable Growth” tadbirida ishtirok etdi.

🤔 Ushbu tadbirda 21 ta jamoa o‘z startap loyihalarini taqdim etdi. O‘zbekiston nomidan “Aqqliscan” loyihasi qatnashdi. Shuningdek, 3 nafar g‘olibga jami 8 000 AQSh dollari miqdorida grant ajratildi. Xakaton ishtirokchilari barqaror rivojlanish uchun o‘z loyihalarini yoki tayyor mahsulotlarini taqdim etdi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/25254/

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X

Digital.uz

22 Oct, 17:24


🌐 ITU sobiq bosh kotibi bilan O‘zbekistonning mavjud IT salohiyatidan foydalanib, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

Suhbat chog‘ida sobiq bosh kotib Hamadoun Ture O‘zbekistonning so‘nggi yillarda raqamli texnologiyalar sohasida erishgan yutuqlarini alohida ta’kidladi va mamlakatning global miqyosda ilg‘or texnologiyalarni joriy qilishdagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

📌Shuningdek, u O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlarda, xususan, ITU doirasida faoliyatini kengaytirish yo‘lida erishgan yutuqlari, shu jumladan, ITUning so‘nggi yig‘ilishlarida 11 o‘zbekistonlik vakilning yuqori lavozimlarga tayinlanganini e'tirof etdi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/25098/

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X

Digital.uz

20 Oct, 19:40


21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kun bilan tabriklaymiz!

Bizning sohamiz vakillari uchun chet tillarini bilish qanchalik dolzarb bo‘lsada, Davlat tilini bilish va Davlat tilida ish yuritishni tog‘ri yo‘lga qo‘yish juda muhim.

Shuning uchun «Qadring baland bo‘lsin, ona tilim» tanlovida Davlat tilida ish yuritish yoʻlga qoʻyilgan eng yaxshi tizim (vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari) yoʻnalishi bo‘yicha 1 - o‘rin Raqamli texnologiyalar vazirligiga taqdim etilgani bu yilgi bayramga sohamiz uchun juda katta sovg‘a bo‘ldi.

Barcha sohamiz vakillarini O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi hamda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin dildan tabriklaymiz!

Digital.uz

19 Oct, 10:46


⚡️Bugun, 19-oktabr kuni “Matonat” filmini YouTube’da tomosha qiling!

“Matonat” filmi real voqealarga asoslangan boʻlib, Adliya vazirligi tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan “Imkon” ijtimoiy-huquqiy loyihasi doirasida suratga olingan.

Vaqti: 18:00

Oʻtkazib yubormang 👉 https://youtu.be/oTCyEmyI1jo

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X

Digital.uz

19 Oct, 07:53


The New Decree of the President of the Republic of Uzbekistan is opening up new opportunities for Digital Startups!

All details will be available soon at: https://startupbase.uz

Uzbekistan is committed to continually craft the best conditions for ITES exporting companies as well as for improving Startups and AI ecosystems!

Follow in Linkedin: https://www.linkedin.com/in/sherzod-shermatov

#Startups #Uzbekistan

Digital.uz

18 Oct, 17:51


UZINFOCOM | Toshkent, 2024



UZINFOCOM | Ташкент, 2024

Digital.uz

18 Oct, 17:03


🇺🇿🇶🇦 Qatar davlati Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari bilan ikki tomonlama manfaatli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Qatar davlati Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari, “International Gateway technology” kompaniyasi asoschisi va raisi Muhammad Al-Quvari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar aloqalarni yanada mustahkamlash, jumladan, IT outsourcing, telekommunikatsiya yo‘nalishida hamkorlik qilish va bu orqali yoshlarni yuqori maoshli ish bilan ta’minlash bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi.

Shu bilan birga, O‘zbekistonning axborot texnologiyalari sohasida yuqori salohiyatga ega bo‘lgan kadrlari haqida fikrlar almashildi. Uchrashuv davomida O‘zbekistonda IT outsourcing xizmatlarini rivojlantirish, xalqaro bozorga chiqish uchun keng imkoniyatlar yaratish va bunda Qatar kompaniyalarining ishtirokini oshirish borasidagi istiqbollar haqida so‘z bordi. 

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/24724/

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X

Digital.uz

18 Oct, 04:54


🏷Dunyoning yetakchi Oksford universiteti bitiruvchisi Qorako‘l tumanidagi Acharya universitetida IT-ta’limni rivojlantirish bo‘yicha faoliyatini boshladi

Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida Qorako‘l tumanida joylashgan Acharya universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ushbu universitetning salohiyatini yanada oshirish va kelajakda uni IT-ta'lim markazlaridan biriga aylantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, tashrif doirasida ushbu universitetga ijrochi direktor lavozimiga tayinlangan Laziz Xo'jaqulov universitet jamoasiga tanishtirildi.

Ma’lumot uchun: Laziz Xo‘jaqulov Manchester Universiteti menejment fakultetining bakalavr, 2024-yilda Buyuk Britaniyaning Oksford universitida “Tashkiliy liderlik” yo‘nalishida magistr darajasini qo‘lga kiritgan.

Tashrif yakunida universitetning akademik va ilmiy salohiyatini oshirish, yoshlarni IT-ta'limga yanada kengroq jalb qilish bo'yicha kelgusidagi chora-tadbirlar belgilandi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X