Ta'lim nazorati @uztdi Channel on Telegram

Ta'lim nazorati

@uztdi


Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Ta'lim nazorati (Uzbek)

Ta'lim nazorati kanali - bu har doim yangi yangiliklar, muammolar va tahlillar bilan sizga xizmat qiladigan Telegram kanali. Kanalda o'zbek tilidagi ta'lim sohasida eng so'nggi voqealar va muammolar haqida ma'lumotlar paydo bo'ladi. Savollar bo'yicha qo'llaniladigan bot:@Uztdibot - bu sizning savollaringizga tez yechim topishda yordam beradi. Hamkorlik bo'yicha ham uchun:@Uztdihamkorbot - bu esa birgalikda muammolarga ilmiy yondashuvlar topish uchun mo'ljallangan. Sizga ma'qul va foydali ma'lumotlar taqdim etish uchun Ta'lim nazorati kanaliga obuna bo'ling va o'z fikrlaringizni ulashishga qo'ng'iroq qiling!

Ta'lim nazorati

23 Jan, 12:09


⚡️Attestatsiyaga tayyorgarlik bo‘yicha yana bir qator fanlardan diagnostik testlar joylashtirildi

Kecha pedagoglar attestatsiya oldidan o'z bilimlarini bepul diagnostik test qilib ko'rishlari
mumkinligi va testlar bosqichma-bosqich joylab borilayotgani haqida xabar bergan edik.

Ustozlarning (@uztdibot) yuborgan talab va istaklaridan kelib chiqqan holda telegram botlarga quyidagi fanlar bo‘yicha ham testlar joylashtirildi:

🔹Qozoq tili
🔹Tojik tili
🔹Koreys tili
🔹Nemis tili

❗️Bundan tashqari qoraqalpoq tilidagi testlar qatorga ushbu fanlar ham joylab bo'lindi:

🔹Oligofrenopedagogika
🔹Surdopedagogika

👇Diagnostik testlarni bajarish uchun quyidagi havolalardan biriga o‘ting:

O'zbek va rus tilida: 👉 https://t.me/uztditestbot

Qoraqalpoq tilida: 👉
https://t.me/uztdi_qrtestbot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

23 Jan, 10:08


Magistratura va doktoranturaga kirish endi muammo emas!

🇹🇷 Turk tili sertifikati bakalavr, magistratura va doktoranturaga qabul qilinadi. Oʻzbekistondagi yirik turk tili markazlaridan biri – Hilol Edu’da turk tilini yaxshi natija bilan oʻrganishingiz mumkin.

Kuchli va professional turk tili mutaxassislaridan tahsil olish uchun Hilol Edu turk tili markazining kurslariga yoziling!

👉 Roʻyxatdan oʻtish uchun

📞 33-287-88-88
33-286-88-88
33-287-78-88

Ta'lim nazorati

23 Jan, 05:01


⚡️ Aziz do‘stlar, guruhlarga qabul ochilganini tantanali ravishda e’lon qilamiz!

☺️ Sizlarni mamnun qilishdan xursandmiz: endi ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lishni va oylik ish haqi miqdorini oshirish imkoniyatini qo‘lga kiritishni istaganlar uchun ajoyib imkoniyat mavjud!

Bundan tashqari, dunyoning istalgan joyida dars berish imkoniyati ham mavjud. 🌍

Level 5 Diploma in TEFL kursi Ofqual, CCEA Regulation va Qualification Wales tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan va nazorat qilinadi. Bu esa Britaniya hukumati tomonidan Level 5 TEFL Diplomi tan olinganligini anglatadi. Ushbu kurs xalqaro darajada yuqori standartlarga ega va butun dunyo bo‘ylab ish beruvchilar tomonidan e’tirof etilgan.

❗️📅 TESOL&TEFL Academy o‘quv markazida yangi guruhlar ochilishi e’lon qilinadi. Mashg‘ulotlar 30-yanvar kuni boshlanadi!

+998771750073
@TEFL_Admin_1

Havola ro’yxatdan o’tish uchun:
https://forms.gle/fKuREiWxhDRnRLwHA

Telegram kanalimiz:
@tesoltefl_academy

Ta'lim nazorati

22 Jan, 18:15


⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

📝 2024-yil 21–22-dekabr kunlari o‘tkazilgan ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

22 Jan, 13:17


⚡️Nukus, Buxoro, Farg‘ona va Namangan texnika universitetlari tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-yanvar kuni oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi.

Yig‘ilishda Nukus, Buxoro, Farg‘ona va Namangan texnika universitetlarini tashkil etish loyihalari taqdimot qilindi. Unga ko‘ra, yangi yo‘nalishlar ochilib, xorijiy dasturlar tatbiq qilinadi, talabalarning ilmiy-innovatsion jarayonlarda ishtiroki kengaytiriladi, oliygohlarga sanoat hamkorlari biriktiriladi.

Umuman, bu yo‘nalishdagi 35 ta muassasani yiriklashtirish hisobiga, 22 ta texnika universiteti tashkil qilinadi. Shu yil oxirigacha yana 17 ta muhandislik maktabi ochiladi.

So‘nggi yillarda oliy o‘quv yurtlarida ilmiy salohiyat 41 foizdan 45 foizga oshgan. Lekin, aksariyat ilmiy tadqiqotlar sanoat va ishlab chiqarishdagi zamonaviy tendensiyalarni qamrab olmayapti.

Shu bois doktorantura kvotasini taqsimlashda iqtisodiyotning drayver sohalariga ahamiyat qaratish, ilmiy daraja va unvonlar olish tartibini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

22 Jan, 07:30


⚡️ Respublikamizning 3 ta oliy ta’lim muassasasi fanlar boʻyicha dunyoning eng nufuzli oliygohlari Top 1000 roʻyxatida

Bugun, 22-yanvar kuni Buyuk Britaniyaning nufuzli “Times Higher Education-THE” reyting tashkiloti “World University Rankings 2025 by Subject” fanlar boʻyicha dunyoning eng nufuzli oliygohlar roʻyxatini eʼlon qildi.

Mazkur roʻyxatga muvofiq, respublikamizning 3 ta oliy taʼlim tashkilotlari ilk marotaba THE tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan fan reytingidan joy oldi. Bular:

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti — Tabiiy fanlar, matematika va statistika yoʻnalishida 301–400, Muhandislik yoʻnalishida 501–600;
Oʻzbekiston Milliy universiteti — Tabiiy fanlar, matematika va statistika yoʻnalishida 601–800;
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — Taʼlim yoʻnalishida ushbu universitet 601+, Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari yoʻnalishida 1001+ oʻrinni egalladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanal

Ta'lim nazorati

22 Jan, 06:45


#savol_javob

Mening ikki nafar farzandim bogʻchaga boradi. Bogʻcha tarbiyachilari shu oydan boshlab bogʻcha puli oshganligini aytyapti. Agar toʻgʻri boʻlsa, endilikda ikki nafar bolamga qancha pul toʻlayman?

❗️ Ha, toʻgʻri. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-apreldagi “Davlat maktabgacha taʻlim tashkilotlarida bolalar taʻminoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorida:

2025-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovining yangi miqdorlari belgilanganligi koʻrsatilgan.

👉 Ushbu toʻlov miqdorlari bilan yuqoridagi jadvalda batafsil tanishishingiz mumkin.

📍Maʼlumot uchun: davlat maktabgacha tashkilotiga bir oiladan boradigan bir nafar bola uchun alohida, ikki va undan ortiq bolalar uchun alohida ota-onalar toʻlovi belgilangan.

Bu tartibni poytaxtimiz misolida oladigan boʻlsak, maʼlum bir oiladan davlat maktabgacha tashkilotining 9 soatlik guruhiga boradigan bir nafar bola uchun 272 ming soʻm, oʻsha oiladan aynan shu davlat maktabgacha tashkilotining 9 soatlik guruhiga boradigan ikki va undan ortiq bolalarning har bir uchun 194 ming soʻm toʻlanadi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

21 Jan, 14:14


#Ovozli_chat

2025-yil 21-yanvar kuni biologiya fanidan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning yozib olingan shakli e'tiboringizga havola etilmoqda.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

21 Jan, 10:55


PISA 2025 tadqiqotida ishtirok etuvchi maktablar tanlab olindi

PISA 2025 tadqiqotida qatnashish uchun xalqaro tashkilotlar tomonidan respublikamizdagi 233 ta maktab tasodifiylik tamoyili asosida tanlab olindi. Mazkur maktablardagi 9050 nafar 15 yoshli o‘quvchi tadqiqotda qatnashishi nazarda tutilgan.

📍 2025-yildagi tadqiqotda dunyoning 91 ta mamlakatlari qatorida O`zbekiston maktablarining munosib ishtirokini ta’minlash bo‘yicha Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) bilan hamkorlikda qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Tadqiqot jarayonlari 2025-yilning aprel va may oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, sinovlar kompyuter yordamida onlayn tarzda tashkil etiladi.

👉 Ma’lumot uchun: 2022-yildagi tadqiqotda jami 81 ta davlat ishtirok etgan bo‘lib, O‘zbekistondan 202 ta maktabdan 7 293 nafar o‘quvchi qatnashgan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

21 Jan, 05:33


⚡️Talabgorlar diqqatiga!

❇️ 2025-yildan boshlab kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari yangi formatda o‘tkaziladi. Talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida kimyo va biologiya fanlaridan namunaviy test topshiriqlari(o‘zbek tilida) e’lon qilingan edi.

❇️ Mazkur fanlardan milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar quyidagi havolalar orqali qoraqalpoq va rus tillaridagi namunaviy test topshiriqlari bilan ham tanishishlari mumkin:

👉 kimyo fanidan namunaviy test topshiriqlari;

👉 biologiya fanidan namunaviy test topshiriqlari.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

20 Jan, 13:18


“Mening maktabim” loyihasining ilk mavsumi g‘oliblari e’lon qilindi

“Ochiq budjet” portalida 14 ta tumanda sinov tarzida o‘tkazilgan “Mening maktabim” loyihasining g‘oliblari e’lon qilindi.

💰 Bunga ko‘ra, umumiy qiymati 25,7 mlrd so‘mni tashkil etgan 1 387 ta loyiha g‘olib deb topildi.

Ushbu loyihalar uchun jami 38 371 nafar o‘quvchi tomonidan ovoz berilgan.

📝 G'olib loyihalar ro'yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin: https://openbudget.uz/school/project-introduction

#mening_maktabim #open_budget

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

20 Jan, 13:00


⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2025-yil 25–26-yanvar (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tadigan kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

🖥 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 13:00 dan boshlab (test sinovi 14:30 da) kiritiladi.

❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

18 Jan, 13:12


#foydali_eslatma #abituriyent2025

⚡️Abituriyentlar uchun muhim eslatma! Til sertifikati yo’q abituriyentlar bundan buyon 1-fani chet tili bo’lgan yo’nalishlarga topshira olmaydi

🏛Qonunchilikka ko‘ra (PF-81, 24.05.2024-y.) 2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlar belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etishlari lozim.

2025/2026-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga koʻra chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati ilovada (rasm👆).

E’tibor bering! 1-fan sifatida aniq ko‘rsatilgan ingliz, nemis va fransuz tillaridan ayni shu fan bo‘yicha, 1-fan “Chet tili” ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlariga esa, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlardan birini taqdim etish talab etiladi.

Tasdiqlangan sertifikatlar ro‘yxati bu yerda👈

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

18 Jan, 07:04


#savol_javob

Oilaviy sharoitga ko‘ra, kollejda o‘qishni davom ettira olmadim. Yaqinda ishga kirmoqchi bo‘lganimda kollej diplomini yoki 11-sinf attestatini so‘rashdi. Kollej yopilgan, attestatni qaerdan olsam bo‘ladi?


Turli sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida umumiy o‘rta ta’lim olmagan fuqarolarning ta’lim olish huquqlarini ta’minlash maqsadida eksternat tartibida imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarga attestat berish tartibi joriy etilgan.

Buning uchun fuqarolar har yili 1-martdan 1-mayga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tib, eksternat tartibida imtihonlarda qatnashish uchun onlayn ariza berishi kerak.

Imtihonlar eksternat maktablarida may-iyun oylarida bo‘lib o‘tadi. Imtihondan muvafaqiyatli o‘tgan fuqarolarga umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma beriladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

17 Jan, 15:38


AL-XORAZMIY NOMIDAGI ANIQ VA TABIIY FANLAR OLIMPIADASI O‘TKAZILMOQDA

Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (Science) olimpiadasi umumiy o‘rta taʼlim maktablarining 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilmoqda.

Olimpiada joriy yili 4 bosqichda tashkil etiladi:
Maktab bosqichi – 1- fevralga qadar;
Tuman (shahar) bosqichi – 15-fevral kuniga qadar;
Viloyat bosqichi – 28-fevral kuniga qadar;
Respublika bosqichi – tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha aprel oyida, aniq fanlar yo‘nalishi esa Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi sifatida may oyida bo‘lib o‘tadi.

Olimpiada nizomi bilan batafsil ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

17 Jan, 11:10


Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi umumta’lim muassasalarida ruxsat etilmaydigan oziq-ovqat mahsulotlari va taomlari ro‘yxatini e’lon qildi.

Ushbu ro'yxatda ko‘rsatilgan 38 turdagi mahsulotlar sotuviga yo‘l qo'yish qonunchilik doirasida javobgarlikka sabab bo'ladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

17 Jan, 10:25


Davlat-xususiy sheriklik asosida bog‘cha ochmoqchiman. Buning uchun tanlovda ishtirok etamanmi? Mendan qanday hujjatlar talab qilinadi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan "Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida"gi Nizom talablariga ko‘ra, xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan, nodavlat MTTni moddiy ta’minlash shaklidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasi xususiy sherik tashabbusi bilan tanlov o‘tkazilmay va taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganish asosida tashkil etilishi mumkin.

Davlat-xususiy sheriklikni mazkur shaklda amalga oshirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

ariza;

yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqida guvohnoma;

yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida guvohnoma;

binolarga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida guvohnoma;

yong‘in nazorati organlarining mavjud binolar va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga mosligi haqidagi xulosasi;

sanitariya-epidemiologiya nazoratining mavjud binolar va xonalarning gigiyena qoidalari, normalari va normativlariga mosligi haqidagi xulosasi;

xususiy sherik pedagogika xodimlarining oliy yoki o‘rta maxsus pedagogik ma’lumoti borligini tasdiqlovchi hujjatlar.

❗️Xususiy sherikning loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi arizasi davlat sherigi tomonidan ariza kelib tushgan kundan boshlab 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi.

👉 Loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, davlat sherigi va xususiy sherik o‘rtasida yetti kun ichida bitim tuziladi.


Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

11 Jan, 08:24


Taʼlim sohasida ovqatlantirishni tashkil etish va nazorat qilish markazi tashkil etiladi

“Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (1-son, 06.01.2025-y.) qabul qilindi.

🔰Qarorga koʻra, quyidagilar amalga oshiriladi:

🔹davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini bosqichma-bosqich autsorsing usulida ovqatlantirish tizimiga oʻtkazish;

🔹“Yagona mavsumiy taomnoma”ni joriy etish hamda oziq-ovqat xarajatlarining hisobini “Bolalar bogʻchasi” maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimida yaratilgan modullar orqali yuritish;

🔹Davlat bogʻlarida tarbiyalanuvchilarni “Yagona mavsumiy taomnoma” asosida respublika hududlari kesimida bir tarbiyalanuvchi uchun kunlik ovqatlantirish xarajatini belgilash orqali ovqatlantirish.

🏢 Shuningdek, Taʼlim sohasida ovqatlantirishni tashkil etish va nazorat qilish markazi tashkil etiladi.

Davlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etishni muvofiqlashtirish hamda jarayonlarni bosqichma-bosqich raqamlashtirish Markazning asosiy faoliyat yoʻnalishlaridan biri etib belgilandi.

📜 Qaror bilan “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

🗓 Davlat bogʻchalari tarbiyalanuvchilarning sogʻlom, xavfsiz va sifatli ovqatlanishini taʼminlash maqsadida 2025-yil 1-iyulgacha “Yagona mavsumiy taomnoma” joriy etiladi.

✳️ 2025-yil 1-iyulgacha sogʻlom ovqatlantirish tashkil etiladigan davlat bogʻchalarida tadbirkorlar bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzilishi va autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirish yoʻlga qoʻyilishi taʼminlanadi.

📢 Oʻzingizni qiziqtirgan savollar bilan telegram (@uztdibot) botimizga murojaat qilishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanal

Ta'lim nazorati

10 Jan, 18:06


❗️Xodimlarga moddiy yordam koʻrsatish boʻyicha qabul qilingan buyruqlarni qayta koʻrib chiqish so'raldi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2025-yil 9-yanvardagi 05-40-154-sonli koʻrsatma xatida ayrim joylarda 2024-yil dekabr oyi uchun direktor jamgʻarmasidan toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlovlar joriy yilgi xarajatlar smetasining yanvar oyidagi mablagʻlari doirasida amalga oshirilmasdan, direktor jamgʻarmasi boʻyicha keyingi oylar uchun rejalashtirilgan mablagʻlarni yanvar oyiga koʻchirish orqali xodimlarga moddiy yordam toʻlanganligi aniqlangani maʼlum qilingan.

Yuqoridagilarni inobatga olib hududiy boshqarma va bo'limlardan:

umumtaʼlim muassasalari xodimlariga moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha tegishli buyruqlarni har bir oy uchun direktor jamgʻarmasida rejalashtirilgan mablagʻlar doirasida rasmiylashtirish, bunda:

birinchi navbatda, direktor jamgʻarmasidan toʻlanishi belgilangan har oylik ustama va boshqa qoshimcha toʻlovlar toʻlanishini taʼminlash;

shundan soʻng, qolgan mablagʻlar hisobidan tegishli oy uchun rejalashtirilgan mablagʻlar hajmidan oshib ketmagan holda zaruratga koʻra moddiy yordam koʻrsatilishini qatʼiy nazoratga olish va sun’iy ravishda mablagʻ yetishmovchilik holatlarini cheklash;

umumtaʼlim muassasalari xodimlariga moddiy yordam koʻrsatish boʻyicha qabul qilingan buyruqlarni qayta koʻrib chiqish;

yuqorida koʻrsatib oʻtilgan topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan shaxsan birinchi rahbarlar javobgar ekanligini eslatib oʻtib, vazifalar ijrosini ta’minlanishini nazoratga olishingiz soʻralgan.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

10 Jan, 04:20


Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha 2025-yilning birinchi choragida test sinovlarini o‘tkazish muddatlari belgilandi.

YANVAR
14-yanvar
31-yanvar

FEVRAL
14-fevral
28-fevral

MART
13-mart
28-mart

❗️ DIQQAT: test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar ro‘yxati, test sinovi o‘tkaziladigan hududlar va test sinovlarini boshlanish vaqti haqidagi maʼlumotlar qo‘shimcha ravishda test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan muddatdan kamida 3 kun oldin eʼlon qilinadi.

⚠️ Izoh: test sinovlarini o‘tkazish muddatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, bu haqda kanilimiz (@uztdi) orqali qo‘shimcha maʼlumot beriladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

09 Jan, 04:31


Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun qanday natijalarga erishish lozim?

"Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olishga nomzodlar qanday saralanadi? Ushbu ustamaga nomzod boʻlish uchun nima qilish kerak ?” degan savol bilan telegram (@uztdibot) botimizga murojaat yuborilgan.

Hukumat qaroriga (№425, 02.08.2022) koʻra vazir jamgʻarmasi uchun nomzodlarga kvotalar maktabning bitiruvchi-oʻquvchilari tomonidan tegishli oʻquv yili qabulida oliy taʼlim muassasalariga, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida qayd etgan natijalariga muvofiq taqsimlanadi.

🔰 Bilim va malakalarni baholash agentligi va Ixtisoslashgan taʼlim muassasalari agentligi taqdim etgan kirish imtihoni natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga asosan vazirlik 2025-yilda Vazir jamgʻarmasidan oylik ustama oladigan pedagoglarning soni belgilanadi va bu kvota “Boshlangʻich taʼlim”, “Aniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy fanlar” va “Amaliy fanlar” yoʻnalishlari boʻyicha tuman (shahar)lar boʻyicha taqsimlanadi.

Hududiy kengashlar ushbu kvotaga asosan nomzodlarni vazirlikka taqdim etgan.

🤵 Qarorga koʻra, har bitta yoʻnalish boʻyicha tegishli tuman (shahar) uchun belgilangan har bitta kvota oʻrniga koʻpi bilan uchta nomzodni taqdim etilishi mumkin.

Nomzodlar orasidan ustama toʻlanadigan pedagoglarni tanlab olish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1️⃣-bosqichda — nomzodlarning dars beradigan umumtaʼlim fani boʻyicha bilim darajasini baholash uchun test sinovlari oʻtkaziladi;

2️⃣-bosqichda — umumtaʼlim fanini bilish darajasini baholash boʻyicha oʻtkazilgan test sinovlarida maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija koʻrsatgan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat oʻtkaziladi. Suhbat oʻtkazish tartibi va mezonlari vazirning buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.

🏅 Ushbu ustamaga nomzod boʻlish uchun oʻquvchilaringiz OTM va Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida yuqori ball olishi lozim.

📢 Oʻzingizni qiziqtirgan savollar bilan telegram (@uztdibot) botimizga murojaat qilishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanal

Ta'lim nazorati

08 Jan, 13:24


⚡️ Chet tili(turk tili) imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

🔔Chet tili(turk tili)ni bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

✏️imtihonning yozma qismi — 12-yanvar kuni;

🎤 gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 13-yanvardan 22-yanvarga qadar bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-01-08

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

08 Jan, 11:28


⚡️Vazir jamg'armasi uchun o'tkaziladigan saralashning birinchi bosqich — test sinovlari uchun fan spetsifikatsiyalari e‘lon qilindi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan vazir jamg'armasi uchun o'tkaziladigan saralashning birinchi bosqich — test sinovlari uchun fan spetsifikatsiyalari e‘lon qilindi:

Boshlang‘ich ta’lim
Matematika
Fizika
Geografiya
Biologiya
Kimyo
Informatika
Texnologiya (servis xizmati)
Texnologiya (Texnologiya va dizayn)
Tarbiya
Tarix
Musiqa madaniyati

Jismoniy tarbiya
Tasviriy san’at
Ona tili va adabiyot
O‘zbek tili
Ingliz tili
Rus tili
Rus tili va adabiyoti
Qoraqalpoq tili va adabiyoti
Fransuz tili
Tojik tili va adabiyoti

Iqtisodiy bilim asoslari
Koreys tili
Turkman tili va adabiyoti
Qirg'iz tili va adabiyoti
Nemis tili
Qozoq tili va adabiyoti

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

08 Jan, 08:20


📣 DIQQAT, E'LON!

📍2025-yilda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lanadigan pedagoglar soni belgilandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug'i bilan Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika bo‘yicha cheklangan soni va nomzodlarni saralash bo‘yicha reglament tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan Respublika bo‘yicha 2025-yilda har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning cheklangan soni (yillik) 1 500 nafar etib belgilandi.

📝 Ma'lumot o‘rnida: Vazir jamg‘armasidan oylik ustama oluvchi g‘oliblarni aniqlash nomzodlar orasida ikki bosqichda amalga oshiriladi.

⚡️Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama to‘lanadi.

📍 Ta’kidlash joiz: 2024-yilda kvota 1250 ta etib belgilangan bo‘lsa, joriy yilda mazkur ko‘rsatkich 1500 taga yetdi.

Tanlov va nomzod pedagoglarni saralashning birinchi bosqich — test sinovlari uchun fan spetsifikatsiyalari

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

08 Jan, 07:03


Cambridge o‘quv markazida tahsil olgan 17 yoshli Azizbek Harvard University'ga 360 ming dollarlik grant yutdi

Bugungi kunda, Cambridge o’quv markazi o’quvchilari nafaqat yuqori IELTS natijalar, balki nufuzli universitetlar talabasi bo’lib ham barchani xursand qilmoqda.

Sizda ham 2025-yil davomida ingliz tilini sifatli o’rganib, yuqori natijalarni amalga oshirish imkoni bor.

Kurslar haqida batafsil ma’lumot
bu yerda.

Murojaat uchun telefon: 78 777 77 74

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

08 Jan, 04:20


Savol: 2025-yil yanvar-iyun oylari attestatsiyasiga qatnashmoqchiman, lekin roʻyxatdan oʻtmagansiz - deb javob kelyapti. Nima qilishim kerak?

Javob: Siz ONE ID-tizimi orqali roʻyxatdan oʻtgan boʻlishingiz kerak.

ONE ID-tizimi orqali roʻyxatdan oʻtish yoʻriqnomasi bilan yuqoridagi video orqali tanishishingiz mumkin.

Shundan so‘ng ONE ID-tizimi orqali shaxsiy kabinetga kiriladi va tegishli maʼlumotlar kiritiladi:

👉 https://pedkadr.uzedu.uz/

👉 https://pedagog.uzedu.uz/

Pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish joriy yilning 1-martiga qadar davom etadi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

08 Jan, 03:01


🩵🩵🩵
8-mart kuni SAT digitalning navbatdagi imtihoni bo’lib o’tadi.8-Yanvarda esa suhbat.
1
000 000 so’m mukofot.

SAT orqali matematika fani ustozlari 50% ustama olishi mumkin.8-yanvar 20:30 da esa SAT haqida ovozli suhbat qilamiz.
Suhbat davomida mendan barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Kamina Rasulov Shaxzod ustama beradigan barcha xalqaro sertifikatlar sohibi va natijalarim GMAT 48/51 GRE 167/170 SAT DIGITAL 790/800.Hozirgacha 500+ ustozlarga xalqaro sertifikat olishlariga yordam berganman.

Suhbatda qatnashgan ustozlardan biriga 1.000.000 (1 mln so’m) pul mukofoti jonli efirda tavakkal tanlangan holda karta raqamiga ko’chirib beriladi.

Suhbat bo’ladigan kanal
👇👇👇👇👇👇
📱@SATUSTAMA
📱 @SATUSTAMA

Ta'lim nazorati

07 Jan, 06:15


2025-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlandi.

Buning uchun quyidagi havolalardan biriga kiriladi hamda ONE ID-tizimi orqali shaxsiy kabinetga kiriladi va tegishli maʼlumotlar kiritiladi:

👉 https://pedkadr.uzedu.uz/

👉 https://pedagog.uzedu.uz/

Pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish joriy yilning 1-martiga qadar davom etadi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

07 Jan, 05:07


Bogʻchalardagi metodist shtati direktor oʻrinbosariga oʻzgartirilibdi, shu toʻgʻrimi? Ularning oylik maoshi hamda vazifalari qanday belgilanadi?

❗️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni asosida:

2025-yil 1-yanvardan boshlab maktabgacha taʼlim tashkilotining direktori oʻrinbosari lavozimi joriy etilmoqda.

Ushbu lavozim maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyachi-metodist lavozimi negizida amaldagi mehnatga haq toʻlash shartlarini saqlab qolgan holda tashkil etiladi.

👉 Maktabgacha taʼlim tashkilotining direktori oʻrinbosari taʼlim sifatini taʼminlash, pedagog xodimlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish, taʼlim va tarbiya jarayonlariga innovatsiyalarni, ilgʻor pedagogik va raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish vazifalarini bajarishi koʻzda tutilgan.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

06 Jan, 10:38


📣 Diqqat, e’lon!!!

Hurmatli pedagoglar!

❗️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish
boshlandi.

Attestatsiyada ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish 2025-yil 1-martga qadar davom etadi.

👉 Murojaatlar:

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining yangilangan interfeysdagi pedkadr.uzedu.uz va

https://pedagog.uzedu.uz/ platformasi;

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;

Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi.


📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

05 Jan, 07:43


⚡️20 foizlik ustama to‘lanadigan mentor-o‘qituvchilar qanday tanlab olinadi?

Prezidentning 21.06.2024-yildagi qarori PQ-231-son qaroriga asosan 2025-yil 1-yanvardan boshlab barcha maktablarda “Kasbiy rivojlanish soati”, tayanch maktablarda esa “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari joriy etiladi.

Ushbu tadbirlarni tashkil etish har bir tuman (shahar)da yuqori malakali oʻqituvchilar orasidan fanlar kesimida mentor-oʻqituvchilar tarkibi shakllantiriladi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab mentor-oʻqituvchilariga asosiy ish joyi boʻlgan maktab direktor jamgʻarmasi hisobidan lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qoʻshimcha har oylik ustama haq toʻlanadi.

Tuman (shahar) ishchi guruhlari tomonidan oʻquv yilining boshlanishiga qadar:

Maktablarda fanlar (yoki fanlar bloki) kesimida “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini tashkil etishga masʼul boʻlgan yetakchi oʻqituvchilar roʻyxati shakllantiriladi.

fanlar (yoki fan bloklari) kesimida har biri 25-30 nafar yetakchi oʻqituvchilardan (imkoniyatdan kelib chiqqan holda tegishli fandan dars beruvchi barcha oʻqituvchilardan) iborat ishtirokchilar guruhlari shakllantiriladi va tasdiqlanadi;

malakali oʻqituvchilar orasidan tanlab olish asosida har bir guruh uchun 1 nafardan mentor-oʻqituvchilar tarkibi shakllantiriladi va tasdiqlash uchun hududiy ishchi guruhga taqdim etiladi.

Mentor-oʻqituvchini tanlashda uning kasbiy mahorati, faolligi va liderlik xususiyatlari hisobga olinadi.

Ishchi guruhlar tarkibi va boshqa ma'lumotlar bilan MMTVning 07.08.2024 dagi 246-sonli buyrugʻida tanishishingiz mumkin: 👉 https://t.me/uztdi/8801

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

04 Jan, 04:55


❗️Toshkent Islom universiteti va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bitiruvchilariga 20 foizgacha oylik qo‘shimcha haq endi to’lanmaydi

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-iyundagi 466-son qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bakalavriat va magistratura bosqichlarini bitirgan talabalar o‘z ixtisosligi bo‘yicha davlat hamda nodavlat notijorat tashkilotlariga ishga qabul qilinishida davlat ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan teng huquqqa ega bo‘ladilar, ularga nisbatan Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti bitiruvchilarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida" 2003-yil 11-avgustdagi 347-son qarori talablari qo‘llanilar edi.

Prezidentining 25.12.2024 yildagi PQ-455-son “O‘zbekiston Respublikasining "2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to’g’risida"gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida” qarori 9-ilova 11-bandiga muvofiq:

Vazirlar Mahkamasining 11.08.2003 yildagi 347-son qarori 2025-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotdi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab Toshkent Islom universiteti va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bitiruvchilariga 20 foizgacha oylik qo‘shimcha haq endi to’lanmaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

04 Jan, 04:29


⚡️“Mahmudxoʻja Behbudiy saboqlari” mavzusida insholar tanlovi oʻtkaziladi

Prezidentining “Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Unga koʻra umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, ijod maktablari oʻquvchilari, “Temurbeklar maktablari” kursantlari hamda oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Mahmudxoʻja Behbudiy saboqlari” mavzusida insholar tanlovi oʻtkaziladi va gʻoliblar munosib taqdirlanadi.

Barcha boʻgʻindagi taʼlim muassasalari, kutubxonalar, mehnat jamoalari, mahallalar va harbiy qismlarda taniqli olimlar va adiblar ishtirokida Mahmudxoʻja Behbudiy hayoti va ijodiga bagʻishlangan ijodiy uchrashuvlar, adabiyot va kitobxonlik kechalari tashkil qilinadi.

2025-yil oktyabr oyida Samarqand davlat universitetida “Mahmudxo‘ja Behbudiy merosi va jadidlik harakatini o‘rganishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil qilinadi.

2025-yil noyabr oyida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlangan tantanali adabiy-ma’rifiy xotira kechasini o‘tkazadi.

Samarqand shahridagi Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyi hududini obodonlashtiriladi hamda muzey ekspozitsiyasi boyitiladi.

Qarshi shahridagi ko‘chalardan biriga Mahmudxo‘ja Behbudiy nomini berish hamda unga bag‘ishlangan yodgorlik lavhasini o‘rnatiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

03 Jan, 05:17


⚡️Tuman hokimliklari huzuridagi yetim bolalar masalalari boʻyicha vasiylik va homiylik boʻyicha komissiyalar faoliyati tugatiladi

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qarori bilan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirish shakllari boʻyicha ayrim normativ-huquqiy hujjatlar tasdiqlandi.

Qarorga asosan:

2025-yil 1-fevraldan boshlab tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar masalalari boʻyicha vasiylik va homiylik boʻyicha komissiyalar faoliyati tugatiladi.

bolalarni muqobil joylashtirish shakllari boʻyicha joylashtirish (bundan farzandlikka va tutingan (foster) oilaga olish mustasno) “Inson” markazlarining, oilaviy bolalar uyini tashkil etish va tugatish esa Ijtimoiy himoya agentligining hududiy boshqarmasining qarori asosida amalga oshiriladi;

yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar tutingan (foster) oilaga “Inson” markazlari va bolani tarbiyaga olgan shaxslar oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida joylashtiriladi;

yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) olgan tutingan ota-onalarga har oylik toʻlovlar toʻlash hamda bolalarni kiyim-bosh va poyabzal bilan taʼminlash xarajatlari 2025-yildan boshlab Ijtimoiy himoya milliy agentligiga respublika byudjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

01 Jan, 19:12


Ona tili va tarix oʻqituvchilariga milliy sertifikat uchun 50% ustama berish toʻgʻrisida koʻrsatma berilgan

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 2025-yil 1-yanvardan boshlab ona tili va tarix fani oʻqituvchilariga milliy sertifikat uchun 50 foiz ustama toʻlash toʻgʻrisida 2024-yil 19-dekabr kuni hududiy MMTVlarga yuqoridagi koʻrsatma xatni yuborgan.

❗️Eslatib oʻtamiz, ustama B+, A va A+ va eski baholash asosida 80 va undan yuqori balga ega sertifikatlar uchun qoʻllaniladi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

31 Dec, 13:10


Yangi yilingiz bilan!

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

31 Dec, 05:12


Ertaga ingliz, nemis, turk, arab, pushtu va koreys tili bo'yicha chet tili imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni

Ertaga, 1-yanvar kuni ingliz, nemis, turk, arab, pushtu va koreys tili bo'yicha chet tili imtihonlarida ishtirok etish bo‘yicha talabgorlarni ro‘yxatga olishning oxirgi kuni.

💴 To‘lov 2-yanvargacha amalga oshirilishi lozim.

✍️ Turk tili bo‘yicha test sinovlari joriy yilning 12-yanvar kuni, ingliz, nemis, arab, pushtu va koreys tillari bo'yicha 18-19-yanvar kunlari o'tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

28 Dec, 10:11


⚡️Ertaga, 29-dekabr kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olishning oxirgi kuni

23-dekabr kuni boshlangan ro‘yxatga olish jarayonlari 29-dekabr kuni yakunlanadi.

💴 To‘lovlar esa 30-dekabrgacha amalga oshirilishi mumkin.

✍️ Test sinovlari kimyo fani bo‘yicha 25-yanvar, biologiya fani bo‘yicha 26-yanvar kuni o‘tkaziladi.

Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📱 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.

Joriy haftada kimyo va biologiya fanlaridan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi, baholash mezonlari hamda namunaviy test topshiriqlari e’lon qilingan edi: 👉 https://t.me/uztdi/9218

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

27 Dec, 05:43


⚡️Talabgorlarga qulaylik!

❇️ Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan chet tili hamda umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmagan talabgorlar to‘lovni endi my.gov.uz sayti orqali murojaat yo‘llagan holda qaytarib olishlari mumkin.

❗️Bunda talabgorga Bilimni baholash agentligining hisobvarag‘iga kelib tushgan to‘lov miqdori qaytariladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

27 Dec, 04:18


⚡️O‘z mablagʻlari hisobidan nodavlat maktab quradiganlarga soliq imtiyozlari berilmoqda

Qonun (OʻRQ-1013-son, 24.12.2024-y.) bilan Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi

🏢 Unga koʻra, oʻz mablagʻlari hisobidan nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining binolarini qurish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarga nisbatan foyda soligʻi boʻyicha vaqtinchalik (2025-yil 1-yanvardan 2030-yil 1-yanvargacha) soliq imtiyozlari berilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 2024-yil 24-noyabrdagi 403-sonli bilan nodavlat bog‘cha v maktablarga xorijdan jihoz va uskunlari olib kelish, xorijlik o'qituvchilarni ishga olish, malaka oshirish kabi masalalar bo‘yicha soliq va boshqa imtiyozlari berilgan edi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

26 Dec, 13:31


Rahimov school Toshkent filiali

📢 Jismoniy tarbiya (o'g'il bolalar uchun) o'qituvchilarini o'z jamoasiga taklif etadi


Bizdagi imkoniyatlar

— Rasmiy mehnat shartnomasi
— Farzandlaringiz uchun 30% lik chegirma
— Moslashuvchan ish grafigi
— Maktab hisobidan 50% lik tushlik to'lovi
— Maishiy xaridlarda maktab tomonidan ko'mak
— Karyera istiqbollari
— Maishiy xaridlarda maktab tomonidan ko'mak
— Oylik maosh: ( 26 soat uchun 7,280,000 so'm)

Talablar

• Mutaxassislik bo‘yicha oliy ma'lumot (Magistr);
• 3 yildan ko’p o’qituvchi sifatida ish tajribasi
• Jismoniy tarbiya, jismoniy tayyorgarlik va sport mashg‘ulotlari bo‘yicha metodikalarni bilish;

Vazifalar

— O‘quv jarayonini tashkil etish, metodikalar va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish;
— Turli sport va jismoniy mashg'ulotlar orqali jismoniy tayyorgarlik, jamoaviy ishlash va sportni targ‘ib qilish;
— Maktab sport tadbirlari, musobaqalari va chempionatlarini o‘z ichiga olgan tashkiliy sport faoliyatlarini boshqarish va tashkil etish;
— Barcha jismoniy tarbiya faoliyatlari va darslarida intizom va xavfsizlik standartlarini saqlash.

🟢 Ishga kirish uchun

— Arizangizni @RahimovSchool_jbot orqali qoldiring

Pedagogik bilimlaringizni maxsus kanalimiz orqali oshirib boring — @talim_ber

Ta'lim nazorati

26 Dec, 12:37


⚡️Kimyo va biologiya fanlaridan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi, baholash mezonlari hamda namunaviy test topshiriqlari e’lon qilindi

❇️ Ma’lumki, 2025-yildan boshlab kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari yangi formatda o‘tkaziladi. Talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida Bilimni baholash agentligi tomonidan kimyo va biologiya fanlaridan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi, baholash mezonlari hamda namunaviy test topshiriqlari e’lon qilindi.

❇️ Mazkur fanlardan milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar quyidagi havolalar orqali spetsifikatsiya, baholash mezonlari hamda namunaviy test topshiriqlari bilan tanishishlari mumkin:

👉 kimyo fanidan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi va baholash mezonlari;

👉 biologiya fanidan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi va baholash mezonlari;

👉 kimyo fanidan namunaviy test topshiriqlari;

👉 biologiya fanidan namunaviy test topshiriqlari.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

25 Dec, 16:04


⚡️Pedagog xodimlarning malaka toifalari qaysi fan(lar)ga tatbiq etilishi mumkinligi haqida maʼlumot berildi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 17.12.2024-yildagi 03-14-3735-sonli xati bilan “Umumtaʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan xodimlarning olgan malaka toifalari fanlar kesimida tatbiq etilishi boʻyicha” MAʼLUMOT taqdim etildi.

🗂Xat va unga ilovalar bilan yuqoridagi faylda batafsil tanishishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

25 Dec, 14:05


⚡️Rahbar xodimlarning maoshlari ikki barobarga oshirilishi kutilmoqda

Prezidentga maktabgacha va maktab ta’limi tizimida 2025-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar bo‘yicha axborot berilgani haqida xabar bergan edik.

Unda ta’lim muassasalari rahbar xodimlarining oylik maoshlarini sezilarli darajada oshirish borasida ham bir qancha takliflar ilgari surildi.

2025-2026-o’quv yilidan boshlab maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari direktorlari, maktab direktori o’rinbosarlarining ish haqi miqdorlari oshiriladi.

Shuningdek, 2026-yildan boshlab maktab direktorlari va ularning o’rinbosarlariga faoliyat samaradorligi natijalariga ko’ra qo‘shimcha ustamalar joriy etilishi rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi boshqaruv xodimlarining lavozim maoshlariga uzoq muddat ishlaganligi uchun har oylik ustama hamda boshqa qo‘shimcha to‘lovlar to’lanishi yo’lga qo’yiladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining ta’kidlashicha, maktab direktorlarining oylik maoshi 20 foizgacha oshiriladi. Agar ular “Direktorlar maktabidan” o‘tsa, oylik maoshlari yana 50 foizga oshirilishi hisobiga ularning maoshini ikki barobar oshirishga erishiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

25 Dec, 09:31


⚡️ Guruh nazoratchiligiga nomzodlar diqqatiga!

📣
Ma’lumki, 2024-yil 6-dekabr kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun birinchi tanlov e’lon qilingan edi.

Tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar bilan 2025-yil 6-7-yanvar kunlari suhbat o‘tkaziladi.

🖥 Nomzodlar suhbat kuni, joyi hamda vaqtini my.uzbmb.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga birinchi tanlov” bo‘limi orqali bilishlari va suhbatda ishtirok etish uchun ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

‼️Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar bilan xizmat ko‘rsatish shartnomasi rasmiylashtiriladi.

🔗 Havola: https://my.uzbmb.uz/service/32

Izoh: tanlovning suhbat bosqichiga kelmagan nomzodlar tanlovdan chetlatiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

24 Dec, 13:53


⚡️Prezident malaka sinovlari tartibini takomillashtirish, barcha pedagoglarga teng imkoniyat berish zarurligini ta’kidladi

Bugun, 24-dekabr kuni Davlatimiz rahbariga maktabgacha va maktab ta’limi tizimida 2025-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar bo‘yicha axborot berildi.

Endi toifasini oshirgan pedagoglar rag‘batlantiriladi, ularga to‘plagan baliga qarab 70 foizgacha ustama beriladi.

Davlatimiz rahbari malaka sinovlari tartibini takomillashtirish, sog‘lom raqobat muhitini yaratib, barcha pedagoglarga teng imkoniyat berish zarurligini ta’kidladi.

Shu maqsadda keyingi yildan hududlardagi malaka oshirish markazlarida o‘quv jarayonlari o‘zgartiriladi. Bunda har bir o‘qituvchining ehtiyojidan kelib chiqib, tabaqalashgan malaka oshirish tizimi joriy qilinadi. Malaka sinovidan o‘ta olmaganlar alohida dastur asosida qo‘shimcha o‘qitiladi. Viloyatlardagi 5 ta Pedagogik mahorat markazi zamonaviy sharoitda ish boshlaydi. Barcha markazlar situatsion o‘quv texnikalari va virtual laboratoriya bilan jihozlanadi.

Ta’lim tashkilotlariga malakali rahbarlarni jalb etish va faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, qo‘shimcha manbalar hisobidan, maktab va bog‘chalar direktorlari hamda ularning o‘rinbosarlarini moddiy rag‘batlantirish taklifi bildirildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

24 Dec, 12:20


⚡️ITSM (“Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi”) faoliyati tugatiladi

Hukumat qarori (18.12.2024 №848)ga asosan 2025-yil apreldan boshlab maktab va maktabdan tashqari ta'lim sohasidagi axborot tizimlarini bosqichma-bosqich Yagona ta'lim axborot ekotizimiga birlashtirish chora-tadbirlarini ko‘riladi.

Bunda:

Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator “UZINFOCOM” MCHJ bilan birgalikda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining axborot tizimlari, resurslari va dasturiy mahsulotlari xatlovdan o‘tkaziladi;

Xatlov natijalari asosida dolzarb bo‘lmagan axborot tizimlari, resurslar va dasturiy mahsulotlar faoliyati tugatiladi;

Takomillashtirish talab etiladigan axborot tizimlari, resurslar va dasturiy mahsulotlar Yagona ta'lim axborot ekotizimi doirasida yangilanadi.

2025-yil 1-aprelga qadar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” davlat unitar korxonasi faoliyatini ko‘rib chiqib, uning faoliyatini tugatish chora-tadbirlari ko‘riladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

24 Dec, 11:46


“Bolalar bog‘chasi” axborot tizimi

Hukumatning "Maktabgacha ta'lim tizimini raqamlashtirish va maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori (18.12.2024 №848) qabul qilindi.

Unga ko‘ra 2025-yil 1-fevraldan boshlab tajriba-sinov tariqasida Toshkent shahridagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida, 2025-yil 1-iyuldan boshlab esa barcha davlat MTTlarida:

xodimlar va tarbiyalanuvchilarning elektron davomatini yuritish;
ish vaqti tabellarini shakllantirish;
tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat xarajatlarini natura shaklida hisoblash;
ota-onalar to‘lovi va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish
“Bolalar bog‘chasi” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

2025-yil 1-iyuldan boshlab ota-onalar to‘lovi hamda boshqa to‘lovlar haqidagi ma'lumotlar “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimida avtomatik tarzda qayd etiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

24 Dec, 11:01


Sport vazirining buyrugʻi 23.12.2024-yildagi buyrug‘i (roʻyxat raqami 3135-4) bilan Jismoniy tarbiya oʻqituvchilari (instruktor, kafedra mudirlari) faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

24 Dec, 10:16


⚡️ 2025-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

24 Dec, 08:53


#2025_yil_1_yanvardan

🔰Qonunchilikka ko'ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab amal qiladigan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar ta'minoti uchun ota-onalar to'lovi miqdorlari yuqoridagicha belgilanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

24 Dec, 05:29


⚡️Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlarining xodimlari uchun besh yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda oʻtkaziladigan malaka oshirish kurslari joriy qilinadi

Vazirlar Mahkamasining 20.12.2024-yildagi"Maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi 867-son qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra 2025-yil 1-yanvardan boshlab:

maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishning vertikal tizimi (vazirlik — malaka oshirish muassasasi — taʼlim tashkiloti) yoʻlga qoʻyilishi;

maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlarining xodimlari uchun besh yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda oʻtkaziladigan malaka oshirish kurslari joriy qilinishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilindi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

23 Dec, 16:18


⚡️Xalqaro tan olingan sertifikatlarini olishga o‘rgatadigan mutaxassislar yoki tashkilotlarga ijara to‘lovi undirilmasdan binolar ajratiladi

Prezidentning “Hududlarda yuqori iqtisodiy oʻsish va aholi bandligini taʼminlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni (2024-yil 20-dekabr PF-233)da:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklariga xalqaro tan olingan xorijiy til va malaka sertifikatlarini olishga o‘rgatadigan mahalliy hamda xorijiy mutaxassislar yoki tashkilotlarga dastlabki birinchi yili ijara to‘lovi undirilmasdan, 5 yil muddatga keyinchalik uning muddatini uzaytirish sharti bilan ijara asosida binolar ajratish vakolati berildi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

23 Dec, 04:57


⚡️Bugun kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Ro‘yxatga olish jarayonlari 23-29-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

💴 To‘lovlar esa 30-dekabrgacha amalga oshirilishi mumkin.

✍️ Test sinovlari kimyo fani bo‘yicha 25-yanvar, biologiya fani bo‘yicha 26-yanvar kuni o‘tkaziladi.

Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📱 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

07 Dec, 13:42


"Ma’lumki, rivojlangan davlatlarda talabalar uchun “Work and Travel” kabi ko‘plab dasturlar bor. Jumladan, O‘zbekistonlik yoshlar ta’til vaqtida chet elga borib, ham bilim olayapti, ham daromad topayapti. Bu dasturlardan foydalanish imkoniyatini oshirish maqsadida, kelgusi yildan Yoshlar ishlari agentligi tomonidan talabalarning yo‘lkira xarajatlari uchun ssuda ajratish yo‘lga qo‘yilishi aytildi."

Prezident raisligida 7-dekabr kuni o‘tkazilgan aholini talab yuqori kasblarga o‘qitish va daromadli ish bilan ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilishdan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

07 Dec, 10:49


⚡️Ertaga ona tili (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olishning oxirgi kuni

Joriy yilning 2-dekabr kuni boshlangan ona tili va adabiyot, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish jarayonlari 8-dekabr kun yakunlanadi.

💴 To‘lovlar esa 9-dekabrgacha amalga oshirilishi mumkin.

✍️ Ushbu fanlar bo‘yicha test sinovlari 21-22-dekabr kunlari o‘tkaziladi.

📱 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.

Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 1-yanvardan boshlab umumta’lim maktablarida milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘zbek tili o‘qituvchilariga maoshining 50 foizi miqdorida oylik ustama haq to‘lanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

06 Dec, 16:50


“Ta’lim sohasidagi dasturlarimiz doirasida yaqin yillarda oliygohlarda qamrov 50 foizga yetkaziladi. Birgina 2025-yilda bog‘cha va maktablarni ta’mirlash va yangilarini qurish uchun davlat budjetidan 4 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi.”

Prezidentning Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigidan

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

06 Dec, 13:26


⚡️ Guruh nazoratchiligiga tanlov

Bilimni baholash agentligi tomonidan tashkil etiladigan test sinovlarida guruh nazorachisi sifatida ishtirok etish uchun birinchi tanlovga ro‘yxatga olish boshlandi.

📆 Ro‘yxatdan o‘tish 6-dekabrdan 15-dekabrga qadar davom etadi.

👍 Mazkur tanlovda 2024–2025-o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalariga qabul imtihonlarida guruh nazoratchisi sifatida ishtirok etgan va bino rahbari tomonidan faoliyati ijobiy baholangan talabgorlar ishtirok eta oladi.

🔗 Tanlovda ishtirok etish uchun agentlikning my.uzbmb.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish lozim.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

05 Dec, 06:00


⚡️Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi bilan oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilandi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

04 Dec, 10:03


#TIMSS_2023

TIMSS 2023: oʻzbekistonlik oʻquvchilar qanday natijalar qayd etdi?

Hozirgina taʼlimdagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan TIMSS 2023 xalqaro baholash dasturi natijalari e'lon qilindi.

2023-yil aprel-may oylarida Oʻzbekistonda oʻtkazilgan ushbu tadqiqotda barcha hududlaridan tanlab olingan 166 ta maktabdan jami 8800 nafar oʻquvchilar (shundan, 4450 nafar 4-sinf va 4350 nafar 8-sinf) ishtirok etdi.

Shuningdek, mazkur maktablarning 166 nafar direktorlari hamda 1035 nafar matematika va tabiiy fanlar boʻyicha oʻqituvchilar soʻrovnomalarda qatnashgan.

8-sinf oʻquvchilari natijalari:

Xalqaro hisobot tahlil natijalariga koʻra, Oʻzbekistondagi 8-sinf oʻquvchilarining matematik savodxonlik boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichi 421 ball boʻlib, qatnashuvchi 44 ta davlatdan 32-oʻrinni egallagan. 8-sinf tabiiy fanlar (Science) savodxonligi boʻyicha esa qatnashgan 44 ta davlat orasidan 396 ball bilan 39-oʻrinni egalladi.

4-sinf oʻquvchilari natijalari:

Tadqiqotda qatnashgan o‘zbekistonlik 4-sinf o‘quvchilari tabiiy fanlar (Science) savodxonligi boʻyicha 412 ball toʻplagan va ishtirokchi 58 ta davlat ichida 54-oʻrinni egalladi. Matematika savodxonligi boʻyicha esa qatnashuvchi 58 ta davlat ichida 443 ball bilan 50-oʻrinni egalladi.

❗️Oʻzbekistonda 4-sinflardagi qizlar (446 ball) matematika yoʻnalishida oʻgʻil bolalardan (440 ball) yaxshiroq natija qayd etgan boʻlsa, tabiiy fanlar yoʻnalishida ham xuddi shunday farq saqlanib qolgan (qizlar 414 ball, oʻgʻil bolalar 409 ball).

Tabiiy fanlar yoʻnalishida
8-sinflardagi qizlar (395 ball) va oʻgʻil bolalar (396 ball) deyarli bir xil natija qayd etgan boʻlsa, matematika yoʻnalishida oʻgʻil bolalar (426 ball) qizlardan (416 ball) koʻra yuqoriroq natija qayd etgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston ushbu tadqiqotda ilk marotaba ishtirok etdi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

04 Dec, 06:38


Maktablarda qishki taʼtil 28-dekabrdan boshlanadi.

Dam olish kunlari 2025-yil 10-yanvargacha davom etadi.

Barcha maktablarda uchinchi chorak 2025-yil 11-yanvarda boshlanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

03 Dec, 12:45


#qabul2025
#akademik_litsey

⚡️2025/2026-oʻquv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi o‘tkaziladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI

👉 Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha jami 40 ta test savollari tushadi.

📌 To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146:

🔹1-fan — 3.1*20=62;
🔸2-fan — 3.1*20=62;
🔹IQ — 1.1*20 =22.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

03 Dec, 06:30


#qonunchilikdagi_yangiliklar

Nodavlat taʼlim muassasalari uchun berilgan imtiyozlar muddati uzaytiriladi

2030-yil 1-yanvargacha:

🔹xususiy bolalar bog'chasi va maktablar barcha soliq va yig'imlardan ozod qilinadi (ijtimoiy soliq bundan mustasno);

🔹xususiy bog'cha va maktablarda faoliyat yuritayotgan xorijiy o'qituvchilar va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i va ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi.

❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.
👉Soliq kodeksi
2- va 75-moddalari

Ma'lumot uchun
: Imtiyoz dastlab 2021-yil 1-yanvargacha
berilgan edi, keyin 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi.

Joriy yilning 9 oyi davomida 679 ta xususiy bog‘cha va maktablar 113,5 mlrd so‘mlik soliq imtiyozlaridan foydalandi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

02 Dec, 04:07


⚡️Ona tili va adabiyot, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Ro‘yxatga olish jarayonlari 2-8-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

💴 To‘lovlar esa 9-dekabrgacha amalga oshirilishi mumkin.

✍️ Ushbu fanlar bo‘yicha test sinovlari 21-22-dekabr kunlari o‘tkaziladi.

📱 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.

Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

28 Nov, 13:25


Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilish boshlandi

📝 2024-yil 2-3-noyabr kunlari o‘tkazilgan ona tili va adabiyot, rus tili va adabiyoti, Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilish boshlandi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

27 Nov, 11:21


⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2024-yil 1-dekabr (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

🖥 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

🔹Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi.

❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

25 Nov, 05:23


Asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichiga start berildi

Bugun Respublikamizning barcha 14 ta hududida 1-guruh fanlaridan (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika) asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichiga start berildi.

Viloyat bosqichi 17 ta fandan tashkil qilinib, 4-dekabr kunigacha davom etadi, bunda 33 ming nafarga yaqin 9-10-11-sinf o’quvchilarining ishtiroki kutilmoqda.

Amaldagi tartib bo'yicha asosiy olimpiadaning III bosqichida g'olib bo‘lgan o'quvchilar

1-o'rin uchun BHMning 6 baravari;
2-o'rin uchun BHMning 4 baravari;
3-o'rin uchun BHMning 3 baravari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Mazkur bosqichda 1-2-3 o'rinni qo'lga kiritgan 11-sinf o'quvchilari olimpiadaning Respublika bosqichida, shuningdek, 1-guruh fanlaridan har bir sinf bo’yicha eng yaxshi natija qayd etgan dastlabki 5 nafar ishtirokchi xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan O’zbekiston terma jamoasiga saralashning 1-bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

👉Asosiy olimpiadaning III(viloyat) bosqichining 25-noyabr kuni o‘tkaziladigan fanlar, sinflar hamda nazorat turlari bo‘yicha ma'lumot:

9-sinf — Biologiya — yozma ish

10-sinf — Informatika— dasturlash

11-sinf — Matematika, Fizika, Kimyo —-yozma ish

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

23 Nov, 15:30


Nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlariga qator soliq imtiyozlari berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

2030-yil 1-yanvarga qadar:

nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yig‘imlardan;

O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini jihozlash va faoliyatini ta’minlash uchun olib kiriladigan zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, o‘quv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno);

nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik o‘qituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliqdan ozod qilindi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan pedagogik faoliyatnidoimiy asosda amalga oshirish uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga "A-2" o‘qituvchilar kirish vizalarini berish yo‘lga qo‘yiladi;

nodavlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining rahbar va pedagog xodimlari malakasini oshirishni A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti, pedagogik mahorat markazlari hamda belgilangan tartibda shakllantiriladigan reyestrga kiritilgan nodavlat malaka oshirish tashkilotlarida Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirish tartibi joriy etiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

21 Nov, 12:57


⚡️ Sport maktablarida ommaviy sport bo‘yicha yangi lavozim joriy etiladi

Prezident 21-noyabr kuni yoshlarni sportga keng jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Taklifga ko‘ra, haftaning har payshanba kuni “jismoniy tarbiya va sport kuni” sifatida belgilanadi. Jalb qilingan yoshlar soni hamda erishilgan natijalarga qarab, sport maktablari xodimlariga ustama beriladi.

Shuningdek, infratuzilmadan kelib chiqib, muassasalar muayyan sport turlariga ixtisoslashtirib boriladi.

Tizim maktablarida ommaviy sport bo‘yicha trener-seleksioner lavozimini joriy etilib, ularga beshtagacha mahalla va ta’lim muassasalari biriktiriladi.

Mahallalarda to‘garaklar tashkil etgan trenerlar qo‘shimcha rag‘batlantiriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

21 Nov, 12:21


Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar Hukumat a’zoligiga nomzodlarni ko‘rib chiqdilar.

Xususan, Hilola Umarova maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga, Kongratbay Sharipov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga ma’qullandi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

21 Nov, 07:40


Kafillardan daromad manbai talab etilmaydigan ta’lim krediti bor desam ishonasizmi?

Ha endi Poytaxt consulting orqali nafaqat kunduzgi balki sirtqi ta’lim shaklida ham 10 daqiqada ta’lim kreditini rasmiylashtira olasiz.

Hoziroq quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’ting:
https://forms.gle/bfLvzrjwrNxdH2Hr5

📞 78-113-72-10

Ta'lim nazorati

21 Nov, 05:50


Asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichi o'tkaziladigan manzillar

Joriy yilning 25-noyabr 4-dekabr kunlari asosiy olimpiadaning hududiy bosqichi tashkil etiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

20 Nov, 16:25


⚡️Joriy yilda 5-6-sinflar uchun yangi “AHA! Matematika” darsliklari amaliyotga tatbiq etildi

Ushbu yangi darsliklar mazmun-mohiyatini fan mutaxassislariga yetkazish maqsadida, joriy yilning 21-noyabr kunidan boshlab vebinarlar o‘tkazilishi rejalashtirildi.

Yuqorida ilovada keltirilgan tartib asosida, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan 5-6-sinf matematika fani o‘qituvchilari uchun, tumanlarda belgilangan tayanch maktablaridan markazlashgan holda tashkil etib borish hamda vebinarlar yakunlari bo‘yicha ishtirok etgan o‘qituvchilar ro‘yxatini A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutiga taqdim etib borish so'raladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

20 Nov, 14:35


⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

🔹Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

✏️test sinovining yozma qismi — 23–24-noyabr kunlari;

🎤 gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 25-noyabrdan 13-dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi(dam olish kunlaridan tashqari).

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://talimxabarlari.uz/15303/

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

19 Nov, 14:20


"Jasorat maktabi”ni aʼlo baholar bilan tamomlaganlarga oʻqishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi

Prezidentning tegishli (PQ-393-son, 15.11.2024) qaroriga ko‘ra, har bir tuman (shahar)da bitta umumiy oʻrta taʼlim maktabi negizida “Jasorat maktabi” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

“Jasorat maktablari”da:

matematika, CHQBT, tarix, jismoniy tarbiya, chet tili, fizika fanlari chuqurlashtirilgan holda oʻqitiladi;

oʻqish uchun oʻquvchilarni saralash 5-sinfdan boshlab amalga oshiriladi;
robototexnika, kelajak oʻyinlari, tibbiy tayyorgarlik, huquqiy savodxonlik, milliy sport oʻyinlari kabi toʻgarak mashgʻulotlari oʻtkaziladi;

oʻquv yili davomida ikki marta harbiy poligonlarda, har chorakda bir marta harbiy qismlarda amaliy mashgʻulotlar olib boriladi.

❗️2026/2027 oʻquv yilidan boshlab “Jasorat maktabi”ni aʼlo baholar bilan tamomlagan har bir “Vatan tayanchi” otryadining aʼzosi boʻlgan bir nafar oʻquvchiga oliy harbiy va harbiylashtirilgan hamda yuridik taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi.

Taʼlim tashkilotlarida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda “Turon” maktab teatri tanlovi oʻtkazib boriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

19 Nov, 09:42


🎓 Sirtqi ta’limda ta’lim krediti olish imkoniyati!

Endi siz sirtqi ta’lim shaklida ham ta’lim kreditidan foydalanib o‘qishingiz mumkin!

Muddat: 5 yilgacha

Jarayon: Atigi 10 daqiqa, ortiqcha qog‘ozbozliksiz!

Batafsil ma’lumot olish uchun ro’yxatdan o’ting: https://forms.gle/bfLvzrjwrNxdH2Hr5

Ta'lim nazorati

19 Nov, 05:41


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli (2024-yil 15-noyabrdagi PQ-393-son) qaroriga asosan, 2025-yil 1-iyundan taʼlim tashkilotlaridagi Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash boʻyicha direktor oʻrinbosari-xarbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari lavozimi tugatiladi.

Ushbu lavozim uchun ajratiladigan shtat birliklari Mudofaa vazirligiga oʻtkaziladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

18 Nov, 10:01


Ayni vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yangi tarkibdagi birinchi majlisi boʻlib oʻtmoqda. Unda Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzlamoqda.

Yigʻilishda Prezidentimiz “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining maktablarda muallimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish, farzandlarimizni milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash, ularga ona tili va chet tillarni oʻrgatish uchun yanada keng sharoitlar yaratishga oid takliflariga qoʻshildi.

Shuningdek, “xususiy maktab va bogʻcha quraman”, degan investorlarni qoʻllab-quvvatlash, ularga yanada keng sharoitlarni yaratib berish masalalariga eʼtibor berish lozim”, deya taʼkidlab oʻtdi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

17 Nov, 04:23


Asosiy fan olimpiadasining VILOYAT bosqichi hamda O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning birinchi bosqichi o‘tkazilish sanalari bilan tanishing.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

15 Nov, 05:01


📣DIQQAT, E’LON

Uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar 19-noyabr kuni attestatsiyadan oʻtkaziladi

 
Xabaringiz bor, joriy yilning 29-oktabridan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyadan oʻtkazilmoqda.
 
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda pedagog kadrlar attestatsiyaning biror bosqichida uzrli sabab (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslar)ga koʻra ishtirok eta olmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchirilishi belgilangan.
 
❗️ Shu munosabat bilan, uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar uchun joriy yilning 19-noyabr kuni attestatsiya sinovlari oʻtkazilishini maʼlum qilamiz.

 
✔️ Ushbu pedagoglar malaka (test) sinovlarida ishtirok etishlari uchun vazirlikning hududiy boshqarmalarida tashkil etilgan Ishchi guruhlarga yuqorida keltirilgan sabablardan birini asos qilgan holda ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
 

👉 Malaka (test) sinovlari quyidagi manzillarda oʻtkaziladi.

Quyidagi botlar va saytga 2024-yilning 2-yarmi uchun barcha fanlardan yangi diagnostika testlar joylashtirilgan:

O'zbek tilida: @uztditestbot
Qoraqalpoq tilida: @uztdi_qrtestbot
Rus tilida: @uztdi_rustestbot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

14 Nov, 04:40


⚡️ Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlari

📆 Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash uchun test sinovlari 2024-yil 17-noyabr kuni o‘tkaziladi.

Test sinovlari 1 smenada tashkil etilib, 10:00 dan 13:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📚 Test sinovlari ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq), matematika, O‘zbekiston tarixi va chet tili fanlaridan o‘tkaziladi.

Bunda nomzodlarga jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 3 soat (har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat) vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 249 ballni tashkil etadi.

👨🏻‍💻 Nomzodlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan onlayn tarzda yuklab olishlari mumkin.

Nomzodlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga ruxsatnomada belgilangan vaqt (soat 08:30)dan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

13 Nov, 10:21


⚡️Ertaga tasviriy sanʼat va chizmachilik hamda texnologiya fanlari oʻqituvchilari malaka (test) sinovlarida ishtirok etadi

Joriy yilning 14-noyabr kun tasviriy sanʼat va chizmachilik hamda texnologiya fanlari oʻqituvchilari oʻqituvchilari malaka (test) sinovlarida ishtirok etishadi.

👉 Malaka test sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari;

👉Attestatsiyaga jalb qilingan tasviriy sanʼat va chizmachilik hamda texnologiya fanlari oʻqituvchilari roʻyxati

Malaka (test) sinovlarida ishtirok etish uchun talab qilinadi — shaxsni tasdiqlovchi hujjat va murojaat yuborishda toʻldirilgan SOʻROVNOMA

Quyidagi botlar va saytga 2024-yilning 2-yarmi uchun barcha fanlardan yangi diagnostika testlar joylashtirilgan:

O'zbek tilida: @uztditestbot
Qoraqalpoq tilida: @uztdi_qrtestbot
Rus tilida: @uztdi_rustestbot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

13 Nov, 07:29


#Job

Yirik Amerika autsorsing kompaniyasi nemis tilida so‘zlashuvchi mijozlarga xizmat ko‘rsatish agentlarini qidirmoqda: Uydan turib ishlang va yuqori daromad oling!

Boshlang‘ich maosh: 10 million so‘mdan yuqori!
Joylashuv: Masofaviy (O‘zbekistonning istalgan joyida)

Nega aynan bu lavozim?

Moslashuvchan ish jadvali
Avvalgi tajriba talab qilinmaydi
Martabani oshirish uchun treninglar va o‘sish imkoniyatlari
Raqobatbardosh ish haqi va eng yaxshi xodimlar uchun bonuslar

Talablar:
Nemis tilini bilish — C1

Bevosita O‘zbekistondan global brendlar bilan ishlash uchun noyob imkoniyat!

Hoziroq ariza topshiring

Ta'lim nazorati

12 Nov, 13:59


⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 21-oktabrdan 5-noyabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

📌O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 13–15-noyabr kunlari my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

12 Nov, 13:22


⚡️Matematika, fizika, tarix va geografiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Ro‘yxatga olish jarayonlari 11-17-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

💴 To‘lovlar esa 18-noyabrgacha amalga oshirilishi mumkin.

✍️ Ushbu fanlar bo‘yicha test sinovlari 30-noyabr — 1-dekabr kunlari o‘tkaziladi.

📱 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.

Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.

Ro‘yxatdan o‘tish: https://my.gov.uz/oz/service/891

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

12 Nov, 12:20


🔻"Univertur" dasturining navbatdagi sonida UMFT universiteti bilan yaqindan tanishamiz⭕️

🔹“Univertur” dasturining bu galgi sonida poytaxtimizda joylashgan, Menejment va zamonaviy texnologiyalar universiteti (UMFT) haqida so’z boradi.⭕️

▶️Siz video davomida:

O‘qishni Germaniyada davom ettirish uchun ketayotgan talabalar;

Grant yutish imkoniyatlari;

Talabalar kibersport bilan shug‘ullanishlari uchun zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan xonalar;

Janubiy Koreya universiteti bilan hamkorlikda ochilgan fakultetga kirib 2 yil Koreyada o‘qish imkoniyati;

UMFT universitetining boshqa universitetlardan farqli jihatlari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.

📱To’liq videoni quyidagi havola orqali ko’rishingiz mumkin:
https://youtu.be/x5lI6gaidys

⭕️ Agar Sizning ham universitetingiz loyihamiz ishtirokchisi bo‘lishini istasangiz ushbu raqamga bog‘lanishingiz mumkin:

📞+99891080-60-06

Ta'lim nazorati

11 Nov, 04:30


#Jadidlar_izidan
#Respublika_tanlovi

⚡️ “Jadidlar izidan” respublika tanlovining hududiy bosqichlari o‘tadigan sanalar maʼlum bo‘ldi!

Ilk marotaba o‘tkazilayotgan tanlovda 364 906 nafar o‘quvchilar ishtirok etish istagini bildirdi. Sektor, tuman-shahar bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 416 nafar ishtirokchi hududiy bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

12-noyabr Namangan viloyatidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida;
14-noyabr Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabi hamda Farg‘ona viloyatidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktablarida;
16-noyabr Andijon viloyatidagi Muhammad Yusuf hamda Qashqadaryo viloyatidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktablarida;
18-noyabr Jizzax viloyatidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi hamda Samarqand shahridagi Mahmudxo‘ja Behbudiy uy muzeyida;
19-noyabr Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 22-umumta’lim maktabi hamda Sirdaryo viloyatidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida;
20-noyabr Buxoro viloyatidagi Fayzulla Xo‘jayev uy muzeyida;
21-noyabr Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida;
22-noyabr Toshkent viloyati “Turon” axborot-kutubxona markazida hamda Xorazm viloyatidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabida;
23-noyabr Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida hududiy bosqichlar bo‘lib o‘tadi.

❗️Eslatib o‘tamiz, respublika bosqichi yakunlariga ko‘ra har bir sinf toifasi bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan 7 nafardan jami 14 nafar ishtirokchilar xorijiy davlatga ta’lim sayohatiga yuboriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

11 Nov, 02:16


⚡️11-12-noyabr kunlari ingliz, koreys, xitoy va yapon tillari o‘qituvchilari malaka (test) sinovlarida ishtirok etadi

Joriy yilning 11-12-noyabr kunlari ingliz tili, koreys tili, xitoy tili va yapon tili oʻqituvchilari malaka (test) sinovlarida ishtirok etishadi.

Eslatib o'tamiz, 11-12-noyabrda oʻtkazilishi belgilangan Nemis tili, Fransuz tili fanlari sinov jarayonlari 18-noyabr kuniga ko'chirilgan edi.

👉 Malaka test sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari;

👉Malaka (test) sinovlarida ishtirok etadigan ingliz, koreys, xitoy va yapon tillari o‘qituvchilari ro‘yxati

Quyidagi botlar va saytga 2024-yilning 2-yarmi uchun barcha fanlardan yangi diagnostika testlar joylashtirilgan:

O'zbek tilida: @uztditestbot
Qoraqalpoq tilida: @uztdi_qrtestbot
Rus tilida: @uztdi_rustestbot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

10 Nov, 12:54


⚡️Talimxabarlari.uz saytida hafta davomida eʼlon qilingan eng muhim xabarlar dayjesti

🔹Attestatsiyaga jalb qilingan kimyo, biologiya, geografiya, iqtisodiy bilim asoslari va ChQBT fanlari oʻqituvchilari roʻyxati

🔹Xorazmda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi attestatsiya sinovidan 96 ballni qo'lga kiritdi

🔹Attestatsiyada o‘qituvchilarni qanday yangiliklar kutayotgani ma’lum qilindi

🔹Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi malaka test sinovlarida 98 ball bilan oliy malaka toifasiga ega bo‘ldi

🔹Kimyo va geografiya fanlaridan apellatsiya natijalari e’lon qilindi

🔹O‘zbekistonning 23 ta oliy ta’lim muassasasi Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingidan joy oldi

🔹Farg'onada o'zbek tili o'qituvchisi attestatsiya sinovidan 100 ballni qo'lga kiritdi

🔹O‘qituvchi maktabda pullik kurs ochishi mumkinmi

🔹10-sinf o‘quvchisi IELTS imtihonidan 8 ball, SAT testlaridan 1550 ballni qo‘lga kiritdi

🔹Farzandini maktabga yubormagan ota-onalar jarimaga tortiladi

🔹2024-2025-o‘quv yili 5–11-sinflar 2-choragi uchun taqvim-mavzu rejalar e’lon qilindi

🔹Uyni talabalarga ijaraga berganlardan soliq undirilmaydi

🔹23 yoshli oʻqituvchi 400 million soʻm mukofot puliga ega boʻldi

🔹Attestatsiya jarayonida firibgarlik holatlari ko‘paymoqda

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

07 Nov, 12:52


⚡️Musiqa o‘qituvchilariga toifa berishning yangi tartibi ishlab chiqiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

Maktablardagi musiqa o‘qituvchilarining 21 foizi o‘rta maxsus ma’lumotli. Ba’zilarining o‘zi cholg‘u chala olmaydi. Sababi musiqa o‘qituvchilarining amaliy malaka oshirish tizimi yo‘q, bu borada san’at maktablari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmagan. Madaniyat institutlari bitiruvchilari o‘qituvchilikka qabul qilinmaydi.

Shu bois maktablarda saboqlar sifatini oshirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar taklif etilmoqda.

Xususan, musiqa madaniyati fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahorati baholanib, malaka oshirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu yo‘nalish bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalari, o‘qituvchilarga toifa berishning yangi tartibi ishlab chiqiladi.

“Turon maktab teatri”ning ijobiy tajribasi asosida maktablarda “Iqtidor” havaskorlar badiiy jamoalari tashkil etiladi. Oliy ta’lim muassasalarining musiqa va san’at yo‘nalishi bitiruvchilariga maktablarda ishlashga ruxsat beriladi.

Hududlardagi musiqa va san’at maktablarini umumta’lim maktablariga tayanch maktab sifatida biriktirish, iqtidorli o‘quvchilarni kashf etish maqsadida muntazam ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish zarurligi qayd etildi.

Quyidagi telegram botda 2024-yilning 2-yarmi uchun musiqa fanidan ham yangi diagnostika testlar joylashtirilgan:
👉@uztditestbot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

07 Nov, 10:58


⚡️Attestatsiya natijalaridan norozi pedagoglarning apellyatsiya arizalarini berish tartibi qanday?

Pedagoglar malaka sinovlaridagi test savollari boʻyicha eʼtirozlarni test jarayonlari vaqtida dasturdan chiqmagan holda ham yuborish mumkin.

Attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan pedagog kadrlar natijalar e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kun mobaynida apellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda ariza (shikoyat) berishlari mumkin.

Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilish yozma ravishda yoki vakolatli vazirlikning rasmiy veb-sayti –https://pedkadr.uzedu.uz/ platformasidagi (Shaxsiy kabinetingiz) orqali elektron tarzda amalga oshiriladi.

Apellyatsiya komissiyasining murojaatlarni masofadan turib onlayn tarzda ko‘rib chiqish vaqtlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

Ariza (shikoyat) ro‘yxatga olingan kundan boshlab o‘n kun muddatda ko‘rib chiqiladi. Murojaat etuvchi pedagog kadrlar apellyatsiya komissiyasi tomonidan murojaati ko‘rib chiqilishi jarayonida bevosita yoki masofadan turib onlayn tarzda ishtirok etishi mumkin.

Batafsil: https://talimxabarlari.uz/13991/

Quyidagi botlar va saytga 2024-yilning 2-yarmi uchun barcha fanlardan yangi diagnostika testlar joylashtirilgan:

O'zbek tilida: @uztditestbot
Qoraqalpoq tilida: @uztdi_qrtestbot
Rus tilida: @uztdi_rustestbot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

07 Nov, 09:12


⚡️ Talabalar, pedagoglar hamda tadqiqotchilar diqqatiga

Ilmiy ishlarga oid tezkor va ishonchli yangiliklar hamda ilmiy faoliyatga doir manbalar haqida ma’lumotga ega bo‘lishni istaysizmi?

🎓 Unda Sizga @doktorant_uz kanalini tavsiya qilamiz.

Ushbu kanal orqali Siz nafaqat ilmiy sohaga doir yangiliklar, balki tadqiqotlarni olib borishda e’tibor qaratiladigan jihatlar hamda huquqiy-normativ hujjatlar bilan ham tanishib borishingiz mumkin.

👉 Kanalga ulanish: @doktorant_uz

Ta'lim nazorati

06 Nov, 15:29


O‘zbekistonning 23 ta oliy ta’lim muassasasi Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingidan joy oldi.

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari xalqaro doiralarda nufuzini oshirish orqali o‘z mavqeyini yaxshilamoqda.

6-noyabr kuni Oliy ta’lim sohasidagi global tahlil agentligi (QS Quacquarelli Symonds) Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingining o‘n oltinchi yillik nashri – QS Asia University Rankings 2025’ni e’lon qildi. 2025-yilgi Osiyoning eng yaxshi universitetlari yangi reytingiga O‘zbekistonning 23 ta oliy ta’lim muassasasi kiritilgan.

Shulardan 11 ta OTM o‘z o‘rnini yaxshilagan, 2 ta OTM o‘z o‘rnini saqlab qolgan, 9 ta OTM birinchi marta reytingga kiritilgan va 1 ta OTM o‘z o‘rnini yo‘qotgan. Yangi reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z mavqeini eng ishonchli tarzda yaxshilagan Osiyo davlatlaridan biriga aylandi.

Ma’lumot uchun, 2025-yilgi Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingi (QS Asia University Rankings 2025) mintaqaning 25 ta mamlakat va hududidan 985 ta oliy ta’lim muassasasini qamrab olgan bo‘lib, ulardan 127 tasi ilk bor Osiyo reytingiga kiritilgan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

04 Nov, 07:35


2025-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga hujjat qabul qilish muddatlari joriy yil 10-noyabrga qadar, kirish imtihonlarini tashkil etish esa 30-noyabrga qadar uzaytirildi.

Hujjatlarni daraja.ilmiy.uz sayti va my.gov.uz orqali topshirish imkoni mavjud.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

04 Nov, 05:18


⚡️5-6-noyabr kunlari ona tili va adabiyot hamda o‘zbek tili o‘qituvchilari malaka (test) sinovlarida ishtirok etadi

Joriy yilning 1-4-noyabr kunlari boshlangʻich ta'lim oʻqituvchilari uchun attestatsiyaning malaka (test) sinovlari oʻtkazilmoqda.

5-6-noyabr kunlari esa ona tili va adabiyot hamda o‘zbek tili o‘qituvchilari malaka (test) sinovlarida ishtirok etishadi.

👉 Malaka test sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari;

Quyidagi botlar va saytga 2024-yilning 2-yarmi uchun barcha fanlardan yangi diagnostika testlar joylashtirilgan:

O'zbek tilida: @uztditestbot
Qoraqalpoq tilida: @uztdi_qrtestbot
Rus tilida: @uztdi_rustestbot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

04 Nov, 03:51


🔥 NIU'ga qo‘shiling va orzungizdagi karyerani qurishni boshlang

Innovatsion dasturlar, yetakchi o‘qituvchilar va yorqin talabalik hayoti sizni kutmoqda!

Navoiy innovatsiyalar universitetida bilim cho‘qqilari sari o'z yo‘lingizni boshlang!

📞 Bog‘lanish uchun telefon: +998(55)500-00-43

📲 havola: https://niuedu.uz/uz/cv/2

📄 Litsenziya (№432755)

✈️ Telegram | 📷 Instagram | 🌐 Web-sayt

Ta'lim nazorati

03 Nov, 15:20


⚡️Hafta davomida eʼlon qilingan xabarlar dayjesti

🔹 Yosh bolali xotin-qizlar OTMda onlayn tahsil olishi mumkinmi?

🔹 Darsda mustahkamlash bosqichi qanday o'tkaziladi? - metodika

🔹 O‘quvchilar maktab hududida telefon ishlatishi mumkinmi?

🔹 O‘qituvchilarni navbatchilikka qo‘yish mumkinmi?

🔹 Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi

🔹 Maktab va maktabdan tashqari taʼlimi, madaniyat va sport muassasalari pedagoglarning ish haqi miqdorlari ma’lum qilindi

🔹 Maktablardagi kuzgi ta’til davrida o‘qituvchilar ishga kelmasa bo‘ladimi?

🔹 Pedagoglar attestatsiyasi boshlandi. Vazir murojaat bilan chiqdi

🔹 Ta’til davridagi o‘quvchilar xatti-harakatlari uchun javobgarlik ota-onalarga yuklatiladi

🔹 Maktab va maktabdan tashqari taʼlim, madaniyat va sport muassasalari rahbar xodimlarining ish haqi miqdorlari ma’lum qilindi

🔹 Davlat maktabgacha taʼlim tizimi rahbar, pedagog va boshqa xodimlari ish haqi miqdorlari ma’lum qilindi

🔹 Maktab darsliklari ijarasi qayta joriy etilishi mumkin

🔹 Pandemiyadan keyingi boshlang’ich sinf bolalarida muloqot qobiliyati yetishmaydi — tadqiqot

🔹 Oʻrta maxsus taʼlim va professional taʼlim tashkilotlarining pedagog va rahbar xodimlarning bazaviy tarif stavkalari miqdorlari ma’lum qilindi

🔹 Qaysi fanlardan daftar tekshirish uchun o‘qituvchilarga qo‘shimcha haq to‘lanadi?

🔹 Kimlarga har yili qoʻshimcha taʼtillar berilishi mumkin?

🔹 Oʻqituvchilar ish vaqtini hisobga olish tabeli qanday yuritiladi?

🔹Vazir “Yil o’qituvchisi” tanlovi bo’yicha yuborilgan takliflarni e’lon qildi

🔹 2025-yilda ta’lim sohasiga budjetdan qancha mablagʻ ajratilishi rejalashtirilmoqda?

🔹 Oʻzbekistonda eng koʻp qaysi davlatlarning fuqarolari tahsil olmoqda?

🔹 Ayol jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga ustama haqi to‘lanadimi?

🔹 Malaka sinovlari oʻtkaziladigan sanalarga oʻzgartirish kiritildi

🔹 Navoiy davlat universiteti tashkil etiladi – Prezident qarori

🔹 Attestatsiya jarayoniga doir e'tirozlar uchun maxsus bot ishga tushirildi

🔹 Maktablarning iqtidorli bitiruvchilariga berilgan oltin va kumush medallar OTMga kirishda imtiyoz taqdim etadimi?

🔹 Pedagoglar qanday holatlarda toifa testiga kelmasa muddati koʻchiriladi?

🔹 Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga o‘qishga kirish jarayoni haqida batafsil

🔹 Ta’til vaqtida oʻqituvchilar ishga bormasa ham boʻladimi?

🔹 Bolalar uchun berilgan oziq-ovqatni bog‘chadan olib ketayotgan mudira ushlandi (video)

🔹 Maktab va bogʻchalarda “temiratki” kasalligi ommaviy tarqaldimi?

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

01 Nov, 10:11


Asosiy fan olimpiadasining VILOYAT bosqichi hamda O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning birinchi bosqichi o‘tkazilish sanalarida o‘zgarish bo‘ldi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

01 Nov, 04:18


#Attestatsiya

📣 Diqqat, e’lon!!!

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyadan oʻtkazilmoqda.

🔹 Sinov jarayonlarini shaffof va adolatli tashkil etish maqsadida vazirlik tomonidan barcha zarur ishlar amalga oshirilmoqda.

Qadrli pedagoglar!

❗️ Agar test jarayonlariga doir eʼtirozlaringiz boʻlsa yoki korrupsion holatlarga duch kelsangiz, bu haqida attestatsiyaga doir murojaatlar uchun maxsus tashkil etilgan vazirlik Ishonch telefoni +998 97 352 09 09 yoki quyidagi bot manziliga xabar yuborishingizni soʻraymiz.

👉 Sizning shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.

Quyidagi botlarga 2024-yilning 2-yarmi uchun barcha fanlardan yangi diagnostika testlar joylashtirilgan:

O'zbek tilida: @uztditestbot
Qoraqalpoq tilida: @uztdi_qrtestbot
Rus tilida: @uztdi_rustestbot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

31 Oct, 16:03


#Pedagoglar_attestatsiyasi

Malaka sinovlari oʻtkaziladigan sanalarga oʻzgartirish kiritildi


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari pedagoglarini malaka sinovlaridan oʻtkazish sanalari belgilangan.

❗️Attestatsiyada ishtirok etuvchi nomzod pedagoglar tomonidan yuborilgan murojaatlarni xatlovdan oʻtkazish natijasida ayrim fanlardan oʻtkaziladigan malaka sinov kunlariga oʻzgartirish kiritildi.

Xususan:

11-12-noyabrda oʻtkazilishi belgilangan Nemis tili, Fransuz tili fanlari sinov jarayonlari 18-noyabr kuniga;

13-noyabrda oʻtkazilishni belgilangan Musiqa madaniyati fani sinov jarayonlari 18-noyabr kuniga;

14-noyabrda oʻtkazilishi belgilangan Jismoniy tarbiya fani sinov jarayonlari 18-noyabr kuniga;

15-noyabrda oʻtkazilishi belgilangan Qoraqalpoq tili va adabiyoti, Qoraqalpoq tili (Davlat tili) fanlari sinov jarayonlari 19-noyabr kuniga ko’chirildi.

Quyidagi botlarga 2024-yilning 2-yarmi uchun barcha fanlardan yangi diagnostika testlar joylashtirilgan:

O'zbek tilida: @uztditestbot
Qoraqalpoq tilida: @uztdi_qrtestbot
Rus tilida: @uztdi_rustestbot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

31 Oct, 15:43


I chorak baholarini o‘z vaqtida “eMaktab” axborot tizimda kiritilishini ta’minlash so‘raladi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2024-yil 30-oktyabrdagi 05-32-4028-sonli xatidan:

“5-9-sinf oʻquvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror bilan tasdiqlangan Nizomida oʻquvchining choraklik (yarim yillik), yillik (yakuniy) baholari va yillik reyting koʻrsatkich ballari uning tabelida qayd etilishi belgilangan.

Maʼlumki hozirgi vaqtda Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi umumtaʼlim maktablarida oʻquvchining fanlarni oʻzlashtirish darajasi, choraklik (yarim yillik), yillik (yakuniy) baholari va yillik reyting koʻrsatkich ballari elektron jurnal va kundaliklarda “eMaktab” axborot tizimda qayd etib boriladi.

Yuqoridagilarni inobatga olib I chorak baholarini o‘z vaqtida “eMaktab” axborot tizimda kiritilishini ta’minlashingiz so‘raladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

31 Oct, 06:13


⚡️Ertaga, 1-noyabr kuni boshlangʻich ta'lim oʻqituvchilari uchun malaka (test) sinovlari boshlanadi

Joriy yilning 1-4-noyabr kunlari boshlangʻich ta'lim oʻqituvchilari uchun attestatsiyaning malaka (test) sinovlari oʻtkaziladi.

👉Attestatsiyaga jalb qilingan boshlangʻich ta’lim fani oʻqituvchilari roʻyxati

👉 Malaka test sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari;

Quyidagi botlar va saytga 2024-yilning 2-yarmi uchun barcha fanlardan yangi diagnostika testlar joylashtirilgan:

O'zbek tilida: @uztditestbot
Qoraqalpoq tilida: @uztdi_qrtestbot
Rus tilida: @uztdi_rustestbot

Sayt orqali bajarish: https://test.talimxabarlari.uz/

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

31 Oct, 06:02


❗️Fan va texnikaga oid ilmiy-ommabop kanalini tavsiya qilaman: 👉 360 daraja

Har kuni turli xil noodatiy va foydali videolar, eng so‘ngi texnika yangiliklarini o‘qib boring. Ta'limga oid eng yaxshi va foydali kanal

Kanalga azo bo‘lish: 👉 360 daraja yoki https://t.me/fantexnika_uz shu havola orqali obuna bo‘ling.

Ta'lim nazorati

30 Oct, 13:18


Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining yangi birinchi oʻrinbosari tayinlandi

Prezidentning tegishli qarori bilan Karimov Sherzod Abdurasulovich maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Sherzod Karimov 2006-2012-yillarda xalq taʼlimi tizimida, 2012-2018-yillarda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimida faoliyat yuritgan.

2018-2024-yillarda Vazirlar Mahkamasi taʼlim, ijtimoiy rivojlanish masalalari departamenti, kotibiyati boʻlimida yetakchi, bosh mutaxassis, shoʻba mudiri, kotibiyati mudirining oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

U 2024-yil 28-fevraldan bugungacha Vazirlar Mahkamasi “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va maʼnaviyat masalalari departamenti Yoshlar siyosati, maktabgacha va maktab taʼlimi, sogʻliqni saqlash va maʼnaviyat masalalari boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlayotgan edi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

29 Oct, 17:17


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Oʻrta maxsus taʼlim va professional taʼlim tashkilotlarining pedagog va rahbar xodimlarning bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qarori

Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshishi munosabati bilan oʻrta maxsus taʼlim va professional taʼlim (akademik litsey, kasb-hunar kolleji) pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari miqdori qayta tasdiqlandi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

29 Oct, 15:26


Pedagoglar malaka sinovlaridagi test savollari boʻyicha eʼtirozlarni test jarayonlari vaqtida dasturdan chiqmagan holda ham yuborish mumkin.

Quyidagi botlar va saytga 2024-yilning 2-yarmi uchun barcha fanlardan yangi testlar joylashtirilmoqda:

O'zbek tilida: @uztditestbot
Qoraqalpoq tilida: @uztdi_qrtestbot
Rus tilida: @uztdi_rustestbot

Sayt orqali bajarish: https://test.talimxabarlari.uz/

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

29 Oct, 06:21


Malaka sinovlari boshlandi: 150 mingdan ortiq pedagoglar attestatsiyaga jalb etilishi rejallashtirilgan

2024-yilning 2-yarmida o‘tkazilayotgan attestatsiyada ishtirok etish uchun 150 mingdan ortiq pedagoglar ariza topshirgan. Ulardan 136 ming nafari navbatdan tashqari o‘z ixtiyori bilan attestatsiya ishtirok etmoqda.

Bugun, 29-oktyabr kuni informatika va axborot texnologiyalar fani o‘qituvchilari malaka test sinovlari boshlab berishdi. 30-31-oktyabr kunlari matematika va fizika fanlari ustozlari uchun test sinovlari o‘tkaziladi.

Quyidagi botlarga 2024-yilning 2-yarmi uchun barcha fanlardan yangi testlar joylashtirilmoqda:

O'zbek tilida: @uztditestbot
Qoraqalpoq tilida: @uztdi_qrtestbot
Rus tilida: @uztdi_rustestbot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

28 Oct, 15:28


⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2024-yil 2-3-noyabr (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tadigan ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

🪪 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 13:00 dan boshlab (test sinovi 14:30 da) kiritiladi.

❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

27 Oct, 14:44


⚡️Talimxabarlari.uz saytida hafta davomida eʼlon qilingan eng muhim xabarlar dayjesti

🔹 Fan olimpiadalarida ishtirokchilar qanday mezon asosida baholanadi?

🔹 Mahalla raisi maktablarda dars sifatini tekshirishi mumkinmi?

🔹 Kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog’i tashkil etiladi

🔹 Texnikum direktorligiga talabgorlar ochiq tanlov asosida tanlab olinadi – Prezident Farmoni

🔹 O‘zbekistonda maktabgacha ta'limda bolalarning matematik ko‘nikmalari 94% ga yetdi

🔹 2025-yil 1-yanvardan boshlab milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘zbek tili o‘qituvchilariga maoshining 50 foizi miqdorida oylik ustama haq to‘lanadi – Prezident

🔹 Qaysi oʻqituvchilarga malaka toifasi attestatsiyadan oʻtkazilmasdan beriladi?

🔹 Direktor jamg‘armasidagi ustama qanday holatlarda beriladi?

🔹 Huquqshunos bo’lmoqchi abituriyentlar test topshiradigan adabiyotlar e’lon qilindi (kodeks va qonunlar ham bor)

🔹 Direktorlikka nomzodlar uchun menejerlik sertifikati va unga oid savollarga javoblar

🔹 Maktab direktori ham "direktor jamg‘armasi" dan moddiy yordam olishi mumkin!

🔹 Texnikumlarda joriy qilinayotgan “BTEC” xalqaro dasturi qanday samara beradi?

🔹 Endi bogʻcha tarbiyachilari va maktabdagi ustozlar ikki martalab ehtiyot boʻlishlari kerakmi?

🔹 Voyaga yetgan kvadroberlar mayda bezorilik uchun 15 sutkagacha qamoqqa olinishi mumkin

🔹 Qanday mukofotlar pedagoglarning malaka toifasini oshirishga imkon beradi?

🔹 Yevropa davlatlarida maktab bolalarining mobil telefondan foydalanishi taqiqlanmoqda

🔹 Talaba OTMdagi o‘qishini davom ettira olmasa, to‘lagan kontrakt puli qaytarib olinadimi?

🔹 Maktabga yangi o‘qituvchini ishga olishga faqatgina direktor haqlimi?

🔹 Maktablarda oʻquv xonalarining harorati necha darajada boʻlish kerak?

🔹 OTMga kirish uchun imtiyozlar yana bittaga koʻpaydi

🔹 Attestatsiya imtihonlari o'tkaziladigan joy manzillari (viloyatlar kesimida)

🔹 29-oktyabrda oʻtkaziladigan malaka test sinovlarida qaysi pedagoglar ishtirok etadi?

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

26 Oct, 15:22


29-oktyabr kuni malaka test sinovlarida ishtirok etadigan pedagoglar ro‘yxati

Joriy yilning 29-oktyabr kuni pedagoglar attestatsiyaning malaka test sinovlari boshlanishi haqida xabar bergan edik.

Quyidagi hududlar kesimida ushbu sinovlarda ishtirok etadigan informatika va axborot texnologiyalar fani o‘qituvchilar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin:

Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Farg‘ona viloyati
Jizzax viloyati
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Qashqadaryo viloyati
Xorazm viloyati
Namangan viloyati
Navoiy viloyati
Samarqand viloyati
Sirdaryo viloyati
Surxondaryo viloyati
Toshkent shahri
Toshkent viloyati

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

26 Oct, 13:45


"Univertur" dasturining navbatdagi sonida UMFT universiteti bilan yaqindan tanishamiz!

📺 Bugun, 26-oktyabr kuni soat 20:30 da "Yoshlar telekanalida "Univertur" dasturining poytaximizda joylashgan Menejment va zamonaviy texnologiyalar universiteti (UMFT)
faoliyatiga bag‘ishlangan
soni efirga uzatiladi.

Ko‘rsatuv davomida:

👉 O‘qishni Germaniyada davom etirish uchun ketayotgan talabalar;

👉 grant yutish imkoniyatlari;

👉 talabalar kibersport bilan shug‘ullanishlari uchun zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan xonalar;

👉 Janubiy Koreya universiteti bilan hamkorlik ochilgan fakultetga kirib 2 yil Koreyada o‘qish imkoniyati;

👉 UMFT universitetining boshqa universitetlardan farqli jihatlari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.

📌 Agar Sizning ham universitetingiz loyihamiz ishtirokchisi bo‘lishini istasangiz quyidagi raqamga bog‘lanishingiz mumkin:

📞 +998 91 080-60-06

👉 Obuna bo‘ling:
Telegram | Facebook | YouTube

Ta'lim nazorati

25 Oct, 18:23


⚡️A’lochi “Vatan tayanchi” otryadiga a’zo o'quvchilar harbiy yoki harbiylashtirilgan OTMlarga imtiyoz bilan kirishi mumkin

Prezidentining 2024-yil 25-oktyabrdagi PQ–369-son qaroriga asosan:

maktablarda chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik fani o’qituvchisi rahbarligida sinflar sonidan kelib chiqib, tarkibi 20 nafar 10–11-sinflar oʻquvchilaridan iborat bo’lgan “Vatan tayanchi” otryadlari tuziladi va ularning faoliyati “Vatan tayanchi” harakati tomonidan muvofiqlashtirib boriladi;

“Vatan tayanchi” harakatining faoliyatida faol ishtirok etgan hamda maktablarni a’lo baholar bilan tamomlagan har bir “Vatan tayanchi” otryadining bir nafar a’zosiga Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan tanlab olish tartibiga muvofiq Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning oliy harbiy ta’lim muassasalari hamda oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga o’qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi;

“Vatan tayanchi” harakatining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan “Vatan tayanchi” otryadi a’zolari Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning oliy harbiy ta’lim muassasalari hamda oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalarining tegishli ta’lim yo’nalishlariga o’qishga kirishda test sinovlari yoki yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalariga ko’ra to’plagan ballarining 5 foiz miqdorida qo’shimcha ball shaklida imtiyozga ega bo’ladilar.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

25 Oct, 15:44


Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

📝 2024-yil 12-oktabr kuni o‘tkazilgan matematika, fizika, tarix hamda geografiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

Imtihon natijalarining statistik tahlili Agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

25 Oct, 03:00


⚡️Surxondaryo viloyatida nodavlat oliygohlar soni bittaga ko'paydi

Navoiy innovatsiyalar universiteti Surxondaryo viloyatida filialini tashkil etdi. Ochilish marosimida viloyat hokimi shaxsan ishtirok etib, yangi kampusning kelajakdagi ilm-fan va texnologiyalar rivojiga qo'shadigan hissasi haqida so'z yuritdi.

Oliygoh viloyatdagi ikkinchi nodavlat oliy ta'lim muassasasi bo'lib, o'n oltita yo'nalish bo'yicha bakalavr va uch yo'nalish bo'yicha magistrlarni tayyorlaydi.

Batafsil: https://niuedu.uz/uz/cv

📞 Bog‘lanish uchun: +998(55)500-00-43

Telegram | Instagram | Web-sayt

Ta'lim nazorati

24 Oct, 17:36


⚡️Boshlang’ich ta’lim o’qituvchilari toifasi tarbiya hamda informatika fanlariga ham tatbiq etiladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 03.10.2024-yildagi 03-14-2632-sonli Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuborgan xatida boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha berilgan malaka toifasi tarbiya hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlariga ham tatbiq etilishi maqsadga muvofiq ma'lum qilingan.

Batafsil: https://talimxabarlari.uz/12691/

Boshlang'ich ta'lim o'qituvchilari uchun yangi testlar quyidagi telegram botimizga yuklandi: 👉 https://t.me/uztditestbot

Attestatsiyadan avval bilimingizni sinab ko'ring!

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

24 Oct, 15:05


⚡️Umumiy oʻrta taʼlim maktabi (maktab-internat) xodimlarining lavozim yoʻriqnomalari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 16.10.2024-yildagi 334-sonli buyrugʻi bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi markaziy apparati, hududiy boʻlinmalarining nizomlari hamda vazirlik huzuridagi institutlar, tasarruf tashkilotlari va taʼlim muassasalari xodimlarining lavozim yoʻriqnomalari yangitdan tasdiqlandi.

Yuqorida ushbu buyruqning 43-ilovasi bilan tasdiqlangan umumiy oʻrta taʼlim maktabi (maktab-internat) xodimlarining lavozim yoʻriqnomalari bilan tanishishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

23 Oct, 04:34


Rad qilingan murojaatlarni tahrirlab qayta yuborish 25-oktyabrga qadar davom etadi

Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining attestatsiyada ishtirok etish bo‘yicha murojaatlari rad qilingan pedagoglar Shaxsiy kabinetlariga kirib, “tahrirlash va qayta yuborish” (rasmda koʻrsatilgan) tugmachasini bosib, murojaatlarini tahrirlab qaytadan yuborishlari mumkin. Tahrirlab boʻlgach “Saqlash” ni unutmaslikni tavsiya qilamiz.

Shuningdek, barcha oʻquv fanlaridan quyidagi botlarda bepul onlayn repetitsiyalar davom etmoqda:

O'zbek tilida: @uztditestbot
Qoraqalpoq tilida: @uztdi_qrtestbot
Rus tilida: @uztdi_rustestbot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

22 Oct, 14:39


⚡️Barcha fanlar bo‘yicha diagnostik testlar yuklandi

2024-yilning ikkinchi yarmida oʻtkaziladigan attestatsiya oldidan pedagoglarni qoʻllab-quvvatlash hamda sinovlarga tayyorgarlik uchun sharoit yaratish maqsadida umumtaʼlim fanlari boʻyicha diagnostika testlari tashkil etilmoqda.

Ushbu test topshiriqlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan eʼlon qilingan pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha malaka toifasi sinovlari topshiriqlarining mavzulari va qoʻllanilgan adabiyotlar roʻyxati asosida shakllantirilgan.

Diagnostik testlarni bajarish uchun quyidagi havolalardan biriga o‘ting:

O'zbek tilida: 👉 https://t.me/uztditestbot

Qoraqalpoq tilida: 👉 https://t.me/uztdi_qrtestbot

Rus tilida: 👉 https://t.me/uztdi_rustestbot

❗️Yangilangan (vaqt ko'rsatib turadigan) botlarga yangi test savollari ham joylashtirilmoqda. Fanlar kesimida boshlanish vaqtlari Taʼlim nazorati (@uztdi)kanalida eʼlon qilib boriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

22 Oct, 06:20


⚡️Сhet tili hamda umumta'lim fanlari bo‘yicha test sinovlarida uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmaganlarga to‘lovni qaytarib olish imkoniyati yaratildi

❇️ Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan chet tili hamda umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmagan talabgorlar to‘lovni endi my.gov.uz sayti orqali murojaat yo‘llagan holda qaytarib olishlari mumkin.

❗️Bunda talabgorga Bilimni baholash agentligining hisobvarag‘iga kelib tushgan to‘lov miqdori qaytariladi.

Mazkur xizmat sinov tariqasida ishga tushirilgan!

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

21 Oct, 11:49


2025-yil 1-yanvardan boshlab milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘zbek tili o‘qituvchilariga maoshining 50 foizi miqdorida oylik ustama haq to‘lanadi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbek tili bayrami hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi munosabati bilan bayram tabrigida barcha ta’lim muassasalarida o‘zbek tili va adabiyoti fanlarini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish orqali ta’lim sifatini oshirishga erishish muhim ahamiyatga ega ta'kidlandi.

Shuningdek, 2025-yil 1-yanvardan boshlab umumta’lim maktablarida milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘zbek tili o‘qituvchilariga maoshining 50 foizi miqdorida oylik ustama haq to‘lanishi ona tilimiz fidoyilarining sharafli mehnatini rag‘batlantirishga xizmat qilishi ma'lum qilindi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

20 Oct, 14:10


⚡️Talimxabarlari.uz saytida hafta davomida eʼlon qilingan eng muhim xabarlar dayjesti

🔹 OTMda tahsil oluvchi talaba maktabda necha soatgacha ishlashga haqli?

🔹 Mukofotlar nufuzli xalqaro, xalqaro va mintaqaviy xalqaro olimpiadalar uchun qancha mukofot beriladi?

🔹 Asosiy fan olimpiadasining tuman bosqichi o‘tkazilish sanalari o‘zgardi

🔹 Umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy sertifikatga ega boʻlgan pedagoglarga ustamalar toʻlash tartibi haqida batafsil

🔹 2025-yildan xalqaro olimpiadalarda g'olib bo'lgan terma jamoa rahbarlari rag'batlantiriladi

🔹 2025-yil 1-sentabrgacha barcha maktablarda nazorat kamerasi va biometrik tizim o‘rnatiladi

🔹 Yakkasaroy tumanidagi maktabda "Direktor stipendiyasi" joriy qilindi

🔹 Pedagoglar uchun toifa sertifikatlari qancha muddatga amal qiladi?

🔹 Asosiy fan olimpiadalarining tuman va hududiy bosqichlari o‘tkazilish tartibi belgilandi

🔹 Prezident qarori bilan o’qituvchilarga ustama to’lashdagi muammolar hal etildi

🔹 Sovrin jamg‘armasi 89 million so‘m bo‘lgan “Til bilimdonlari” tanloviga start berildi

🔹 Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida fransuz tili o‘qitiladi

🔹 Bakalavr rus tilini tugatgan talaba, magistraturaning ingliz tili yo‘nalishiga topshirsa bo‘ladimi?

🔹 Sinfda davomat pastligi uchun sinf rahbarga chora ko‘rish to‘g‘rimi?

🔹 Yana bir nodavlat universitet litsenziyasi bekor qilindi

🔹 Nemis tili o‘qituvchilari Germaniyada malaka oshiradi

🔹 Sirdaryoda 1-sinf o‘quvchilari tengdoshining qo‘liga o‘qituvchi igna sanchganini rad etdi

🔹 Ta’limga ajratilayotgan mablag‘ 20 foizga ko‘paytiriladi – Prezident

🔹Bilimni baholash agentligi o‘quv dasturlarini e’lon qildi

🔹 Toshkent davlat agrar universiteti hududida qurilayotgan yangi yotoqxona binosining qurilishi to’xtatildi (video)

🔹 Madaniyat vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari pedagoglarini attestatsiyadan o’tkazishga doir adabiyotlar ishlab chiqildi

🔹 Pedagog kadrlar attestatsiyasiga tayyorgarlik koʻrish uchun tashkil etilgan diagnostika testlari boshlandi

🔹 “O‘zbekiston ta’limda hamon eski texnikalardan foydalanmoqda” – xorijiy ekspert

🔹Fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga xorijiy tildan test sinovi o‘tkazilmaydi

🔹 Asosiy fan olimpiadasi tuman bosqichi qayerda tashkil qilinmoqda?

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

20 Oct, 11:05


So‘nggi 2 yilda 2 ta OTMga litsenziya berilgan, 7 tasining litsenziyasi bekor qilinganvazirlik

2023-yilda 6 ta, 2024-yilda 5 ta nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarini litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha tegishli Sudlarga da’vo arizalari kiritilgan.

Sud jarayonlarida 2023-yilda jami 6 ta oliygohning litsenziyasi bekor qilindi. 2024-yilda esa 1 ta oliygohning litsenziyasi bekor qilingan. 4 ta holatda tegishli Sudlar tomonidan vazirlik kiritgan davo arizalarni qanoatlantirmasdan qoldirgan.

Batafsil: https://talimxabarlari.uz/12352/

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

19 Oct, 03:43


⚡️Pedagoglar o‘zbek, rus va qoraqalpoq tilida diagnostika testlarini bepul bajarishlari mumkin

2024-yilning ikkinchi yarmida oʻtkaziladigan attestatsiya oldidan pedagoglarni qoʻllab-quvvatlash hamda sinovlarga tayyorgarlik uchun sharoit yaratish maqsadida umumtaʼlim fanlari boʻyicha diagnostika testlari tashkil etilmoqda.

Bildirilgan ko‘plab talab va istaklardan kelib chiqib, o‘qituvchilarga yanada kengroq imkoniyat yaratish maqsadida pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha diagnostika testlari endi rus va qoraqalpoq tilida ham e’lon qilinmoqda.

Ushbu test topshiriqlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan eʼlon qilingan pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha malaka toifasi sinovlari topshiriqlarining mavzulari va qoʻllanilgan adabiyotlar roʻyxati asosida shakllantirilgan.

Diagnostik testda pedagogning mutaxassislik fani boʻyicha 35 ta, kasb standartidan 5 ta hamda pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Yaʼni haqiqiy attestatsiya jarayonlariga oʻxshash formatdagi va miqdordagi topshiriqlar beriladi.

Diagnostik testlarni bajarish uchun quyidagi havolalardan biriga o‘ting:

O'zbek tilida: 👉 https://t.me/uztdi_testbot
👉 https://t.me/uztditestt_bot
👉 https://t.me/uztditestbot

Qoraqalpoq tilida: 👉 https://t.me/uztdi_qrtestbot

Rus tilida: 👉 https://t.me/uztdi_rustestbot

❗️Yangilangan (vaqt ko'rsatib turadigan) botlarga yangi test savollari ham joylashtirilmoqda. Fanlar kesimida boshlanish vaqtlari Taʼlim nazorati (@uztdi)kanalida eʼlon qilib boriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

18 Oct, 07:20


⚡️Bugun rad qilingan murojaatlarni tahrirlab qayta yuborish mumkin

❗️Murojaatlari rad qilingan pedagoglar shaxsiy kabinetlariga kirib, “tahrirlash va qayta yuborish” (rasmda koʻrsatilgan) tugmachasini bosib, murojaatlarini tahrirlab, qaytadan yuborishlari mumkin.

Tahrirlab boʻlgach “Saqlash” tugmachasini bosishni unutmaslikni tavsiya qilamiz.

Oʻz faoliyatingizga hamda oʻzingiz toʻgʻringizdagi maʼlumotlarga befarq boʻlmang!

Shuningdek, barcha oʻquv fanlaridan quyidagi botlarda bepul onlayn repetitsiyalar boshlangan:

O'zbek tilida: @uztditestbot
Qoraqalpoq tilida: @uztdi_qrtestbot
Rus tilida: @uztdi_rustestbot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

17 Oct, 14:08


#rasmiy_bayonot

Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2024-yil 10-oktabrdagi hal qiluv qarori bilan lisenziya talab va shartlariga amal kilmaganligi uchun “Digital university” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga 2022-yil 13-sentabrda nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun berilgan 038673-sonli litsenziya bekor qilindi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

17 Oct, 12:41


⚡️ O‘quv dasturlari e'lon qilindi

2025–2026 o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga qabul qilishda qo‘llanadigan test topshiriqlari shakllantiriladigan o‘quv dasturlari Bilimni baholash agentligining uzbmb.uz rasmiy saytida e'lon qilindi.

🇺🇿 Fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan taqdim etilgan.

❗️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son qaroriga asosan test sinovi topshiriqlari davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida tuziladi, test sinovi materiallarining ma’no-mazmuni umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi fanlarning o‘quv dasturlariga moslashtiriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

17 Oct, 10:58


⚡️Abituriyentlarga eslatma!

🏛Qonunchilikka ko‘ra (PF-81, 2024.24.05) 2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlardan belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etish talab etiladi.

❇️ Bilimni baholash agentligi abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida har oyda xorijiy tillarni bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish bo‘yicha imtihonlar o‘tkazib kelmoqda. Imtihonda ishtirok etish uchun my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tiladi. Imtihonlar jadvali bilan mana bu havola orqali tanishish mumkin: 👉https://t.me/uztdi/8938

📌Shuningdek, abituriyentlar oliy ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda tan olinadigan xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar va talab etilgan darajalar bilan mana bu havola orqali👉 https://t.me/uztdi/8481 tanishishlari mumkin.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

17 Oct, 07:01


Savol: TRKI sertifikatini Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Yagona elektron tizimiga (erp.maktab.uz) kiritishda sertifikat darajasiga olgan balimni kiritamanmi?

Ustama toʻlanishi uchun yetarli boʻlgan C1 yoki C2 darajada TRKI sertifikatingiz boʻlgan hollarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Yagona elektron tizimiga kiritishda faqat sertifikat natijasini ( kiritishda boshqa jumlalardan foydalanmang) kiritasiz.

Masalan Sizning C1 yoki C2 darajadagi TRKI sertifikatingiz bor. Ushbu holda sertifikat natijasi qismiga C1 yozish yetarli boʻladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

17 Oct, 06:20


⚡️Теперь бесплатно можно проходить диагностические тесты для аттестации педагогов на русском языке

В целях поддержки педагогов перед аттестацией, которая пройдет во второй половине 2024 года, и создания условий для подготовки к экзаменам организуются диагностические тесты по общеобразовательным предметам.

Исходя из многочисленных запросов и пожеланий, для создания более широких возможностей, диагностические тесты для аттестации педагогов теперь также доступны на русском языке.

Эти тестовые задания разработаны на основе тем и списка литературы, опубликованных Министерством дошкольного и школьного образования по квалификационным экзаменам для аттестации педагогов.

В диагностических тестах педагогу будет предложено 35 вопросов по специальности, 5 вопросов по профессиональному стандарту и 10 заданий, направленных на выявление педагогического мастерства и использование современных педагогических методов и технологий, то есть формат и количество заданий аналогичны реальному процессу аттестации.

Чтобы пройти диагностические тесты на русском языке, перейдите по следующей ссылке:

👉https://t.me/uztdi_rustestbot

❗️Новая серия тестов будет доступна на платформе на следующей неделе. Время начала по предметам будет объявлено в канале "Ta'lim nazorati" (@uztdi).

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

17 Oct, 05:08


ZARMED Universitetida katta mahorat darslari start olmoqda

🔥 Dastlabki mehmonimiz «Mfaktor» va «Dekos» loyihalari asoschisi ustoz Hasan Mamasaidov bo'ladi.

Master-klass davomida «Maqsad qoʻyish va unga erishishda soft va hard koʻnikmalarning oʻrni» mavzusida gaplashamiz. 🎯

📍 Samarqand kampusida
🗓 17-oktyabr — payshanba, 10:00

📍
Buxoro kampusida
🗓 18-oktyabr — juma, 10:00

👉 Ro'yxatdan o'tish

Master-klasslarda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tishni unutmang!


🇷🇺 На русском языке

Ta'lim nazorati

15 Oct, 15:35


Asosiy fan olimpiadalarining ikkinchi (tuman) va uchinchi (hududiy) bosqichlarini oʻtkazish tartiblari belgilandi

MMTVning 2024-yil 11-oktyabrda “2024-2025-oʻquv yilida umumtaʼlim fanlari boʻyicha asosiy olimpiadaning ikkinchi tuman (shahar) va uchinchi — hududiy bosqichlari hamda xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan Oʻzbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning birinchi bosqichini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 331-sonli buyrugʻi imzolandi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

15 Oct, 14:59


⚡️Pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha diagnostika testlarni endi Qoraqalpoq tilida ham yechish mumkin

2024-yilning ikkinchi yarmida oʻtkaziladigan attestatsiya oldidan pedagoglarni qoʻllab-quvvatlash hamda sinovlarga tayyorgarlik uchun sharoit yaratish maqsadida umumtaʼlim fanlari boʻyicha diagnostika testlari tashkil etilmoqda.

Bildirilgan ko‘plab talab va istaklardan kelib chiqib, o‘qituvchilarga yanada kengroq imkoniyat yaratish maqsadida pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha diagnostika testlari endi Qoraqalpoq tilida ham e’lon qilinmoqda.

Ushbu test topshiriqlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan eʼlon qilingan pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha malaka toifasi sinovlari topshiriqlarining mavzulari va qoʻllanilgan adabiyotlar roʻyxati asosida shakllantirilgan.

Diagnostik testda pedagogning mutaxassislik fani boʻyicha 35 ta, kasb standartidan 5 ta hamda pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Yaʼni haqiqiy attestatsiya jarayonlariga oʻxshash formatdagi va miqdordagi topshiriqlar beriladi.

Qoraqalpoq tilidagi diagnostik testlarni bajarish uchun quyidagi havolaga o‘ting:

👉https://t.me/uztdi_qrtestbot

❗️Testlar rus va o‘zbek tillarida ham yangilangan platformada testlar kelgusi haftada boshlanadi. Fanlar kesimida boshlanish vaqtlari Taʼlim nazorati (@uztdi)kanalida eʼlon qilib boriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

14 Oct, 06:30


❗️Asosiy fan olimpiadasining TUMAN bosqichi o‘tkazilish sanalarida o‘zgarish bo‘ldi va quyida keltirilgan kunlarda tashkil etilishi belgilandi.

21-oktyabr – Tarix, Geografiya, Qozoq tili, Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan;
22-oktyabr – Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili, Davlat va huquq asoslari fanlaridan;
23-oktabr – Kimyo, Rus tili va adabiyoti, Tojik tili fanlaridan;
24-oktabr – Biologiya, Fizika, Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan;
25-oktabr – Matematika, Ona tili va adabiyoti, O‘zbek tili fanlaridan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

14 Oct, 04:07


⚡️Ona tili va adabiyot, rus tili va adabiyoti, Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Ro‘yxatga olish jarayonlari 14-20-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

💴 To‘lovlar esa 21-oktyabrgacha amalga oshirilishi mumkin.

✍️ Ushbu fanlar bo‘yicha test sinovlari 2-3-noyabr kunlari o‘tkaziladi.

📱 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.

Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

13 Oct, 14:37


⚡️ Talimxabarlari.uz saytida hafta davomida eʼlon qilingan eng muhim xabarlar dayjesti

🔹 Pedagoglar sertifikati uchun 50 foiz ustama olish huquqiga ega

🔹 Pedagoglar malaka test sinovi bo‘yicha noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatilmoqda!

🔹 Talabalarning kontrakt puli davlat tomonidan qoplab beriladi, lekin...

🔹 Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratildi

🔹 O‘qituvchilarning oylik ish haqi qachon tushadi?

🔹 Ona tili va adabiyoti fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoniga o‘zgartirishlar kiritildi

🔹 Ilk bor O‘zbekistonning 3 ta oliy ta’lim muassasasi nufuzli reyting tashkiloti - THEning Top universitetlar ro‘yxatidan joy oldi

🔹 2025-yildan maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi uchun kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yaxlit tizimi joriy qilinadi

🔹 Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

🔹 Maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagoglari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda

🔹 Pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish imtihonlari sanasi ma’lum qilindi

🔹 Pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazishga oid eng muhim ma'lumotlar

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

11 Oct, 12:18


⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 22-sentabrdan 4-oktabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

11 Oct, 05:05


⚡️Malaka toifa sinovlari oʻtkaziladigan sanalar belgilandi

Maktabgacha, umumtaʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi.

Unga koʻra:

Informatika va axborot texnologiyalari — 29-oktyabr (1 kun);

Matematika, fizika — 30-31-oktyabr (2 kun);

Boshlangʻich taʼlim — 1-2, 4-noyabr (3 kun);

Oʻzbek tili (davlat tili), ona tili va adabiyot — 5-6-noyabr (2 kun);

Kimyo, biologiya, geografiya, iqtisodiy bilim asoslari, chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik — 7-8-noyabr (2 kun);

Tarix, tarbiya, davlat va huquq asoslari — 9-noyabr (1 kun);

Fransuz tili, ingliz tili, koreys tili, nemis tili, xitoy tili, yapon tili — 11-12-noyabr (2 kun);

Rus tili (milliy maktablarda), rus tili va adabiyoti (rus), qirgʻiz tili va adabiyoti, qozoq tili va adabiyoti, tojik tili va adabiyoti, turkman tili va adabiyoti, musiqa madaniyati — 13-noyabr kuni (1 kun);

Jismoniy tarbiya, tasviriy sanʼat va chizmachilik, texnologiya (servis xizmati yoʻnalishi — qiz bolalar uchun), texnologiya (texnologiya va dizayn yoʻnalishi — oʻgʻil bolalar uchun) fanlaridan — 14-noyabr (1 kun);

Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachisi, psixologi, tarbiyachi-metodist, oʻqituvchi-defektolog, oʻqituvchi-logoped, musiqa xodimi (musiqa rahbari), psixolog, qoraqalpoq tili (davlat tili), qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan — 15-noyabr (1 kun);

Boshqa fanlar 16-noyabr kuni (1 kun);

Batafsil:👉 https://talimxabarlari.uz/11583/

📍Attestatsiya test sinovlari o'tkaziladigan manzillar

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

10 Oct, 11:42


📣Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish 2024-yil 29-oktabr kuni boshlanadi.

Malaka sinovlari avval eʼlon qilingan manzillarda real vaqt rejimida test (jumladan, jismoniy tarbiya, chet tili fanlaridan ham) shaklida oʻtkaziladi.

⚡️ Attestatsiya ikki bosqichda (bir kunda va bir vaqtda) kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi.

👉 Test sinovlarini bajarish uchun:

matematika, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, biologiya, fizika fanlari uchun — 120 daqiqa;

qolgan barcha fanlar uchun — 90 daqiqa vaqt ajratiladi.


👉 Malaka sinovlarining:

birinchi bosqichida mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta (mutaxassislik fanidan 35 ta, pedagogning kasbiy standartlaridan 5 ta) test topshirigʻi beriladi. Har bir toʻgʻri bajarilgan test 2 ball bilan baholanadi. Test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi;

ikkinchi bosqichda pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda oʻqitish, “amaliy oʻyin”, interfaol taʼlim uslubi va boshqalar) qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir toʻgʻri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.

Manzillar: 👉 https://talimxabarlari.uz/11539/

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Ta'lim nazorati

10 Oct, 05:15


⚡️ Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlandi

2025-2026-o‘quv yilida Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha nomzodlarni saralab olish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

👨🏻‍💻 Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali joriy yilning 10-noyabriga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

🔰 Nomzodlarni saralab olish Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi va nomzodlar mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomning 3-bandida belgilangan talablarga javob berishlari lozim.

Nomzodlar qo‘yilgan talablar bilan quyida batafsil tanishishingiz mumkin: 👉 https://talimxabarlari.uz/11381/

Ta’lim nazorati rasmiy kanali