Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy @surxonvmmtb Channel on Telegram

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy

@surxonvmmtb


Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi (Uzbek)

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Telegram kanali rasmiy sahifasi! Bu kanal orqali siz Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi to'g'risida eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin. Kanalda o'quvchilar va ota-onalar uchun foydali ma'lumotlar, tadbirlar va ko'rsatmalar joylashadi. Agar siz ham Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining faol a'zosi bo'lishni istasangiz, kanalga obuna bo'ling! Kanalda rasmiy ijtimoiy tarmoqlar ham mavjud:nnWeb-sayt: https://surxonedu.uz/uz.htmlnnInstagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/nnFacebook: https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtbnnMurojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy

16 Nov, 14:54


📖Sho‘rchi va Jarqo‘rg‘on tumanlaridagi 90 nafar davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbar va xodimlariga chora ko‘rildi

✏️Surxondaryo viloyat prokuraturasi voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat tarmog'ining 2024-yil 2-yarmi uchun belgilangan ish rejasiga muvofiq viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlikda Sho‘rchi va Jarqo‘rg‘on tumanlaridagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganishlar yakuni bo‘yicha Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev hamda viloyat prokuraturasi voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo'limi boshlig'i Bobur Rahmonovlar rahbarligida hududlardagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari uchun yig‘ilish o‘tkazildi.

🔔Tanqidiy-tahliliy ruhda kechgan majlisda bolalarni sog‘lom ovqatlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud sharoitlarga e’tibor qaratildi.  Boshqarma boshlig‘i bolalarga ratsion asosida, sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilgan holda tayyorlangan ovqatlarni berish lozimligini ta’kidlab, mutasaddilarga bu borada qat’iy nazorat o‘rnatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

👆Aniqlangan xato va kamchiliklar yuzasidan Sho‘rchi tumanidagi
18 nafar davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlari,
16 nafar xo‘jalik mudiri, 19 nafar hamshiraga, Jarqo‘rg‘on tumanidagi 4 nafar davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlari, 15 nafar xo‘jalik ishlari mudiri, 14 nafar hamshiraga "hayfsan" intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi. Shuningdek, Sho‘rchi tumanidagi 4 nafar davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbarlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi.


🔗Viloyatning boshqa hududlarida ham belgilangan reja asosida o‘rganish ishlari olib boriladi.

🕊Telegram    📱Facebook
📱Instagram  📺You tube
🕊Twitter        Veb-sayt

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy

16 Nov, 14:03


📣 Maktablarda bosqichma-bosqich maktab sport klublari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida jismoniy tarbiya fani oʻqitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan oʻqituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra:

2025-yil 1-martga qadar:


boshlangʻich, oʻrta va yuqori sinf oʻquvchilari yosh toifasi boʻyicha harakatli oʻyinlar, olimpiya va ommaviy sport turlariga ustuvorlik berish orqali sport turlari roʻyxati shakllantiriladi;

2025-2026-oʻquv yilidan boshlab:

davlat taʼlim standartlari asosida 5-11-sinflar uchun jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun oʻquv-metodik qoʻllanmalar ishlab chiqiladi;

oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida har bir maktabda bosqichma-bosqich maktab sport klublari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;

har yili anʼanaviy tarzda maktab oʻquvchilari oʻrtasida sportning (quvnoq startlar) mini-futbol, voleybol, yengil atletika, shaxmat, shashka, stol tennisi, stritbol, vorkout turlari boʻyicha uch bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari tashkil etiladi;

2025-yil 1-iyunga qadar:

maktab oʻquvchilarining sport musobaqalaridagi ishtiroki, maktab sport klublarining faoliyati, oʻquvchilarni sportga qamrab olinganlik darajasi yuzasidan reyting tizimi ishlab chiqiladi;

reyting natijalari asosida eng yaxshi natijaga erishgan maktablarning jismoniy tarbiya oʻqituvchilari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sport vazirligining tarmoq mukofotlari bilan taqdirlanadi;

2025-yil 1-mayga qadar:


maktab sport klublari aʼzolari uchun Zomin tumani “Lochin” dam olish maskanida oʻquvchilarni sport musobaqalariga tayyorlash bazasi tashkil etiladi;

2025-yil 1-iyulga qadar:

jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha milliy baholash tizimi ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi;

Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq:

jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga toifa berishning (2 bosqichli) yangi tartibi ishlab chiqiladi va birinchi bosqich (test jarayonlari) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan, ikkinchi bosqich (amaliy imtihon) Sport vazirligi tomonidan tashkil etiladi;

har oʻquv yili yakunida oʻquvchilarning sinflar boʻyicha jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi;

yuqori natijaga erishgan maktab sport klublari aʼzolari uchun davlat sport taʼlim muassasalarida nufuzli xalqaro sport musobaqalari gʻolib va sovrindorlari ishtirokida amaliy mahorat mashgʻulotlari tashkil etiladi;

eng yaxshi natijaga erishgan maktab sport klubi aʼzolari uchun Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi, Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi va yurtimizdagi mashhur sport obeʼektlarida mahorat mashgʻulotlari tashkil etiladi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐
Youtube 🌐 Instagram
🔎
Veb-sayt 😄 Linkedin

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy

16 Nov, 14:02


📣 “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovi gʻoliblari xorijiy davlatlarga taʼlim sayohatiga yuboriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida musiqa madaniyati fani oʻqitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan oʻqituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra;

2025-yil 1-martdan boshlab:

musiqa madaniyati fani oʻqituvchilari uchun nazariy va amaliy taʼlim asosida malaka oshirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;

2025-yil 1-sentabrdan boshlab:

Bolalar musiqa va sanʼat maktablarining belgilangan oʻquv dasturlarini toʻliq yakunlagan, 11-sinfni tugatganligi toʻgʻrisida umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomaga ega boʻlgan bitiruvchilarga “Barkamol avlod” bolalar maktablarida toʻgarak rahbari sifatida ishlash huquqi beriladi;

2025-2026-oʻquv yiliga qadar:


musiqa madaniyati fani oʻqituvchilari uchun bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha milliy baholash tizimi ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi;

2025-yil 1-apreldan boshlab:

“Turon maktab teatri”ning ijobiy tajribasi asosida maktablarda “Iqtidor” havaskorlar badiiy jamoalari tashkil etilib, jamoalar oʻrtasida “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovi oʻtkaziladi. Tanlovning respublika bosqichi gʻoliblari xorijiy davlatlarga taʼlim sayohatiga yuboriladi.

Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq:


maktablarning musiqa madaniyati fani oʻqituvchilariga uslubiy yordam koʻrsatish boʻyicha Bolalar musiqa va sanʼat maktablari tayanch sifatida belgilanadi;

Bolalar musiqa va sanʼat maktablari oʻqituvchilari maktablarning musiqa madaniyati fani oʻqituvchilariga uslubiy yordam koʻrsatib boradi;

musiqa madaniyati fani oʻqituvchilariga 2 bosqichda toifa berish tartibi ishlab chiqiladi va birinchi bosqich (test jarayonlari) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan, ikkinchi bosqich (amaliy (ijodiy) imtihon Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etil
adi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy

16 Nov, 11:55


https://uza.uz/uz/posts/taraqqiyotga-tushov-video_657818

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy

16 Nov, 10:39


📖Sho’rchida maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlari uchun seminar-treninglar tashkil etildi



📖В Шурчинском районе организованы семинары-тренинги для работников дошкольных образовательных организаций

✏️Batafsil: https://surxonedu.uz/blog-single.php?page=11

🕊Telegram   📱Facebook
📱Instagram  📺You tube
🕊Twitter        Veb-sayt

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy

13 Nov, 16:35


📖Brifing: Surxondaryoda 2024-yil davomida 33 ming 584 nafar maktab rahbarlari va pedagoglarining malakasi oshirildi

Ma'lumot uchun, bugungi kunda viloyatdagi
966 ta maktabda jami 47 mingdan ortiq pedagoglar faoliyat yuritadi.




📖Брифинг: в 2024 году 33 тысячи
584 директора школ и учителей Сурхандарьинской области будут иметь повышенную квалификацию


Для информации, в данный момент в регионе в 966 школах работают более
47 тысяч учителей.

🕊Telegram   📱Facebook
📱Instagram  📺You tube
🕊Twitter       Veb-sayt

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy

13 Nov, 15:53


📖"Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" doirasida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan seminar yuzasidan tayyorlangan maqola "Surxon tongi" gazetasida chop etildi.



📖В газете «Сурхан тонги» опубликована статья, подготовленная в связи с семинаром, организованным Управлением дошкольного и школьного образования Сурхандарьинской области в рамках «Месяца борьбы с коррупцией».

🕊Telegram   📱Facebook
📱Instagram  📺You tube
🕊Twitter       Veb-sayt

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy

13 Nov, 13:19


🌨Fotoreportaj: Sariosiyo maktablarida qor

❄️Hududdagi maktab hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlari qor bilan qoplangan.

📈Ushbu go‘zallik kishiga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlashi bilan birga, mas'ullarga ikki hissa mas'uliyat yukladi. Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish uchun zarur choralar ko‘rilmoqda.

🕊Telegram   📱Facebook
📱Instagram  📺You tube
🕊Twitter       Veb-sayt

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy

13 Nov, 12:56


“Jadidlar izidan” respublika tanlovining
tuman bosqichi g'olibi aniqlandi

Efir: 11.11.2024 | 12:00
#Surxondaryo
Muxbir: Abror Mamarahimov

🚀 TELEGRAM | 📷 INSTAGRAM
🔵  FACEBOOK | 🎬 YOUTUBE

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy

13 Nov, 11:47


Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Oltinsoy tumaniga tashrif buyurib, qator maktablarda biriktirilgan oliygohlar tomonidan ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, o‘qituvchilarning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, yoshlar siyosati va ijtimoiy sohada vazifalar ijrosi, Oltinsoy tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini samarali tashkil etish borasidagi ishlar muhokama qilindi. Yig‘ilishdan so‘ng, 18-sonli bog‘cha sharoitlari bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2298

#Surxondaryo #maktab #oliygoh #biriktirish #muhokama

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy

06 Nov, 16:57


📖 "Kasbiy rivojlanish kuni" va "Kasbiy rivojlanish soati" tadbirlarini tashkil etish tartibi haqida

Xabaringiz bor, 2024-yil 7-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risida"gi 246-son buyrugʻi tasdiqlangan.

📢Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi fan metodistlari tomonidan tayyorlangan ushbu videoqo‘llanmada mazkur buyruqning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.



Как известно, 7 августа 2024 года Приказом Министра дошкольного и школьного образования Республики Узбекистан «День профессионального развития» и «Час профессионального развития» для педагогов общеобразовательных учреждений должны быть поэтапно введены Приказом №246. одобренный.

📢Подробную информацию о сути данного приказа вы можете получить в этом видеопособии, подготовленном научными методистами Педагогического центра Сурхандарьинской области.

🕊Telegram   📱Facebook
📱Instagram  📺You tube
🕊Twitter       Veb-sayt

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy

06 Nov, 16:42


📺"Jadidlar izidan" respublika tanlovining Denov tuman bosqichidan tayyorlangan lavha "Yoshlar" telekanali orqali efirga uzatildi.



📺Репортаж, подготовленный с Деновского районного этапа республиканского конкурса «Следы древних», был показан по телеканалу «Ёшлар».

🕊Telegram   📱Facebook
📱Instagram  📺You tube
🕊Twitter        Veb-sayt

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy

06 Nov, 16:29


📰Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sho‘rchi tumaniga tashrifi davomida qator ta'lim muassasalarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

👤Shuningdek, viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev ham ushbu tumanda bo‘lib, "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirda ishtirok etdi.



📰Сегодня в ходе визита в Шурчинский район аким Сурхандарьинской области Улугбек Касимов ознакомился с условиями, созданными в ряде образовательных учреждений.

👤Также в этом районе побывал заведующий областным отделом дошкольного и школьного образования Хусниддин Мамадиев и принял участие в мероприятии, реализуемом в рамках общереспубликанской программы «Зеленое пространство».

🕊Telegram   📱Facebook
📱Instagram  📺You tube
🕊Twitter        Veb-sayt

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy

06 Nov, 16:00


#Mehrjon_hosil_bayrami

Ayni hosil yig'im-terim vaqtida o'tkaziladigan "Hosil bayramlari" diyorimizning barcha ta'lim muassalarida davom etmoqda.

🔔Xususan, Angor tumanidagi 1-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida ham o'rta guruh tarbiyalanuvchilari ishtirokida "Kuz saxovati" nomli bayram tadbiri o'tkazildi.



«Урожайные каникулы», проводимые в период сбора урожая, продолжаются во всех учебных заведениях нашей страны.

🔔В частности, состоялось праздничное мероприятие под названием «Осенняя щедрость» с участием воспитанников дошкольной образовательной организации №1 Ангорского района.

🕊Telegram   📱Facebook
📱Instagram  📺You tube
🕊Twitter        Veb-sayt

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy

06 Nov, 14:51


📖Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini namunali tashkil etish yuzasidan seminar o‘tkazildi

🔗Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan bugun Sho‘rchi tumanidagi 20-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida seminar o‘tkazildi. Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Jasur Mirzaqulov, boshqarma xodimlari, hududdagi barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari va boshqa mas'ullar ishtirok etishdi.

Seminarda asosan, bolalarni sog‘lom ovqatlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud sharoitlarga e’tibor qaratildi. Bolalarga ratsion asosida, sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilgan holda tayyorlangan ovqatlarni berish lozimligini ta’kidlab, mutasaddilarga bu borada qat’iy nazorat o‘rnatish vazifasi topshirildi.

🔔Shuningdek, 20-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tajribasi boshqa bog‘chalarga namuna sifatida tatbiq etilib, bog‘chalar faoliyatida zarur vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar berib o‘tildi.



🔗Сегодня в отделе дошкольного и школьного образования Сурхандарьинской области в Государственной организации дошкольного образования №20 Шурчинского района состоялся семинар. В нем приняли участие заместитель начальника областного управления дошкольного и школьного образования Жасур Мирзакулов, сотрудники управления, директора всех организаций дошкольного образования области и другие должностные лица.

На семинаре основное внимание уделяется проводимой работе и существующим условиям в области здорового питания детей. Подчеркнув необходимость предоставления детям продуктов питания, приготовленных на основе рационов и строгого соблюдения санитарно-гигиенических правил, чиновники поставили задачу установить строгий контроль в этом отношении.

🔔Также опыт государственной организации дошкольного образования №20 был применен в качестве примера для других детских садов, даны предложения и рекомендации по реализации необходимых задач в деятельности детских садов.

🕊Telegram   📱Facebook
📱Instagram  📺You tube
🕊Twitter        Veb-sayt

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy

28 Oct, 11:47


📖 Maktablarda kuzgi taʼtil 4-noyabrdan boshlanadi

Maktab oʼquvchilari uchun I chorakning soʼnggi kuni 2-noyabrga toʼgʼri kelib, 4-noyabr kuzgi taʼtilning ilk kuni sanaladi.

📝Taʼtil 6 kalendar kun, yaʼni 9-noyabrgacha davom etadi. II chorak esa 11-noyabrdan boshlanadi.

Telegram   Facebook
🌐Instagram 📹You tube
🕊Twitter       🌐Veb-sayt

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy

28 Oct, 11:33


📖Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish yuzasidan o‘quvlar tashkil etilmoqda

🗒Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2024-yil 7-avgustdagi  252-son buyrug'iga muvofiq, Jahon banki bilan birgalikda amalga oshirilayotgan “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi doirasida xorijiy mutaxassislar tomonidan har bir hududda trenerlar tayyorlangan.

🔔Mazkur trenerlar tomonidan joriy yilning 28-oktabrdan 1-noyabr kuniga qadar Surxondaryo viloyatidagi barcha davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari metodistlari o'qitilmoqda. 

🎓Hududlarda tashkil etilayotgan o‘quv jarayonlarida mahoratli trenerlar bolalarni erta yoshdan rivojlantirishda zarur zamonaviy metodlar, yangicha uslublarni tatbiq etishyapti. Turli qiziqarli mashg‘ulotlar orqali o‘quvlar yanada qizg‘in tus olmoqda.

Telegram   Facebook
Instagram You tube
Twitter       Veb-sayt

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy

28 Oct, 08:09


📖Surxondaryodagi maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida issiqxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda

📷Bu haqida "Mening yurtim" telekanalining "Hudud" axborot dasturida batafsil so‘z yuritildi.

🕊Telegram   📱Facebook
📱Instagram 📺You tube
🕊Twitter       Veb-sayt

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy

28 Oct, 06:01


📣 Malaka toifa sinovlari ertadan boshlanadi

❗️ Xabar berilganidek, maktabgacha, umumtaʻlim va maktabdan tashqari taʻlim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning 29-oktabridan boshlab malaka toifa sinovlarini oʻtkazish boshlanadi hamda 16-noyabrga qadar davom etadi.

Eslatib oʻtamiz: malaka test sinovlarini bajarish uchun:

matematika, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, biologiya, fizika fanlari uchun — 120 daqiqa;

qolgan barcha fanlar uchun — 90 daqiqa vaqt ajratiladi.

Malaka sinovlarining:

birinchi bosqichida – mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta (mutaxassislik fanidan 35 ta, pedagogning kasbiy standartlaridan 5 ta) test topshirigʻi beriladi. Har bir toʻgʻri bajarilgan test 2 ball bilan baholanadi. Test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi;

ikkinchi bosqichda pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda oʻqitish, “amaliy oʻyin”, interfaol taʼlim uslubi va boshqalar) qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir toʻgʻri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.

👉 Malaka toifa sinovlari oʻtkaziladigan sanalar (fanlar kesimida);

👉 Malaka test sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari;

👉
Malaka test sinovlarini oʻtkazishga doir sinov materiallari.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy

27 Oct, 18:49


📖Surxondaryodagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida shaxmat va gimnastika sport turi keng ommalashmoqda

🔔O‘g‘il-qizlarni bolalikdan sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish, sportni keng ommalashtirish maqsadida viloyatimizdagi barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bosqichma-bosqich shaxmat va gimnastika sport turi bo‘yicha to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.

📌Jarayonlar Termiz shahri, Sariosiyo hamda Uzun tumanlaridagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari misolida.

Telegram   Facebook
Instagram  You tube
Twitter       Veb-sayt

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy

27 Oct, 11:48


Сурхондарёлик таълим тизими вакиллари ҳам сайловда фаол иштирок этмоқда

Сурхондарё вилоятида Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлис Қонунчилик палатаси ва маҳаллий Кенгашларга бўлиб ўтаётган сайловлар кўтаринки кайфиятда давом этмоқда.

Фуқароларнинг сиёсий партиялар номзодларига овоз бериши учун 865 та участка сайлов комиссияси шакллантирилиб, Сайлов кодекси асосида барча шароит яратилди.

Мазкур сиёсий жараёнда сурхондарёлик таълим-тарбия тизими вакиллари, педагоглар ҳам фаол иштирок этишмоқда.

Маълумот учун, Сурхондарёдаги сайлов участкаларининг
80 фоиздан ортиғи айнан мактабларда жойлашган.


🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy

26 Oct, 13:34


https://uza.uz/uz/posts/termizda-yosh-gimnastikachilar-bellashdi_650030

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy

26 Oct, 05:56


📖DIQQAT, SHOSHILING!
SIZ UCHUN AJOYIB IMKONIYAT!

🚪Surxondaryo viloyati Pedagogik mahorat markazida oliy ma’lumotli mutaxassislar uchun qayta tayyorlash kurslari tashkil etilmoqda.

🔔Bitiruvchilarga maktabda faoliyat olib borish uchun davlat namunasidagi diplom beriladi.

🙋 Kurslar ONLAYN va OFLAYN shaklda tashkil etiladi.


📍PEDAGOGLAR UCHUN QAYTA TAYYORLASH

➡️Umumta’lim maktablari psixologi yo‘nalishi bo‘yicha
➡️O‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi yo‘nalishi bo‘yicha
➡️Ingliz tili  fani o‘qituvchisi yo‘nalishi bo‘yicha
➡️Matematika  fani o‘qituvchisi yo‘nalishi bo‘yicha
➡️Tarix fani o‘qituvchisi yo‘nalishi bo‘yicha
➡️Tarbiya fani o‘qituvchisi yo‘nalishi bo‘yicha
➡️Texnologiya fani o‘qituvchisi yo‘nalishi bo‘yicha
➡️Tabiiy fanlar o‘qituvchisi yo‘nalishi bo‘yicha

🎓NOPEDAGOGLAR UCHUN QAYTA TAYYORLASH

➡️Kimyo fani o‘qituvchisi yo‘nalishi bo‘yicha
➡️Texnologiya fani o‘qituvchisi yo‘nalishi bo‘yicha

 Biz bilan bog'lanish

📞Murojaat uchun telefonlar:
91 902 57 58,
99 708 72 56
97 849 09 29

🏬Umumta’lim maktablari psixologi huquqini berish hamda kasbiy qayta tayyorlash bo‘yicha pedagogik ma’lumotga ega bakalavr va magistrlar qabul qilinadi.

Telegram   Facebook
Instagram  You tube
Twitter       Veb-sayt

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy

25 Oct, 11:44


#Hududlarga_tashrif
#Oltinsoy_tumani

🗂Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev hududlarga tashrifi davomida Oltinsoy tumanidagi
1-, 4-, 29-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamda 5-, 8-, 30-umumta'lim maktablari
faoliyati bilan tanishdi.

📎O‘rganish ishlari davomida yaratilgan sharoitlar, moddiy-texnik baza va binoning holati, shuningdek, kuz-qish mavsumi uchun ko‘rilgan tayyorgarlik jarayonlari, tarbiyalanuvchilarni sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash, oshxona, omborxonalarning sanitariya va gigiyena holati ko‘zdan kechirildi.

➡️Qolaversa, ta'lim-tarbiya sifatini yanada yaxshilash, ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasidagi ishlar, sport to‘garaklari, shaxmat burchaklari bilan ham tanishildi.

👆Kelgusida amalga oshiriladigan ishlar va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🔔Ma'lumot uchun, bugungi kunda Oltinsoy tumanida 29 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti va 70 ta umumta'lim maktabi faoliyat yuritmoqda.

🕊Telegram   📱Facebook
📱Instagram 📺You tube
🕊Twitter       Veb-sayt

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi|🇺🇿 Rasmiy

24 Oct, 17:21


#Termiz_shahri

🗂Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xusniddin Mamadiyev hududlarga tashrifi davomida bugun Termiz shahridagi 16-umumta'lim maktabi faoliyati bilan ham tanishdi.

📌Ta'lim muassasasida ma'naviy-ma'rifiy sohada olib borilayotgan ishlar, sport to'garaklari, shaxmat burchagi va boshqalar ko'zdan kechirildi.

📊O'rganish davomida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va istiqboldagi vazifalar yuzasidan mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.

🚪Ma'lumot uchun, 16-umumta'lim maktabi 2023-yilda qariyb
4 milliard mablag' evaziga
mukammal ta'mirlangan bo'lib, 1 ming 176 o'quvchi o'rniga ega.


Telegram   Facebook
Instagram  You tube
Twitter       Veb-sayt

24,647

subscribers

26,746

photos

2,582

videos