Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi @uzedu Channel on Telegram

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

@uzedu


Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi (Uzbek)

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Telegram kanali sizga O'zbekistondagi o'quv jarayonini yaxshilash, o'quv dasturlarini o'rganish va o'quvchilarga bo'sh vaqtida foydali ko'rsatmalarni taqdim etadi. Bu kanal orqali siz, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan tadbirkorlik va innovatsiyalar bo'yicha o'qish muhitini kengaytirishga yordam beradigan ma'lumotlarga ega bo'lasiz. Kanalda eng so'nggi yangiliklar, tadbir va darsliklar mavjud bo'lib, har bir ota-ona, o'qituvchi va o'quvchi uchun foydali bo'ladi. Telegram orqali kanalimizga obuna bo'ling va yangiliklardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling! Asosiy bog'lanish ma'lumotlari: Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/ YouTube: http://bit.ly/2PYbkOx Facebook: https://www.facebook.com/uzedu1/ Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/ Ishonch telefoni: (71) 202-09-09 Elektron manzil: [email protected] Manzil: Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

15 Jan, 08:51


Maxsus reportaj | «Atrof-muhitni asrash va «yashil» iqtisodiyot yili» Davlat dasturi loyihasi keng jamoatchilik muhokamasida
#14jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

15 Jan, 06:00


Poytaxtimizdagi umumta'lim maktablari soni yana bittaga ko'paydi

Toshkent shahri, Bektemir tumanidagi Abay mahallasida 358-umumta'lim maktabi yangi qurilib, foydalanishga topshirildi.

😄Tadbirda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i, Bektemir tumani hokimi, sektor rahbarlari va mahalla faollari ishtirok etdi.

Yangi maktab 990 o'ringa mo'ljallangan bo'lib, to'liq zamonaviy jihozlangan. Kutubxona, oshxona va sport zallarida o'quvchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

15 Jan, 04:53


#Бизнинг_шундай_ўқитувчиларимиз_бор

Oksford universiteti doktorantura yo‘nalishiga 100 foizli grant yutib olgan, "Teaching English to deaf students" nomli kitobi 8 ta tilga tarjima qilingan ustoz


Nodira Nabiyeva To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 37 - umumta’lim maktabida ingliz tili fanidan dars beradi. Ustozimi bugungi kunga qadar qator yutuqlarga erishib kelmoqda:

Nodira Nabiyeva “Inglizcha - O‘zbekcha Surdo lug‘at" tayyorlagan umidli yoshlardan biridir.

Germaniyaning “Lambert Academic Publishing” nashriyotida uning "Teaching English to deaf students" nomli kitobi chop etilib, 8 ta tilga tarjima qilingan.

Mazkur adabiyot AQSHning Galladot universiteti professor - o‘qituvchilari tomonidan yuqori baholanib, ayni paytda yordamchi o‘quv - uslubiy qo‘llanma sifatida foydalanilmoqda.

❗️Buning uchun izlanuvchan muallimaga 5 ming AQSH dollari gonorar sifatida to‘lab berilgan.

Shuningdek, Nodira Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti doktorantura yo‘nalishiga 100 foizli grant yutib olib, Clarendon stipendianti bo‘lgan. Biroq, oilaviy sharoiti tufayli tahsilni davom ettira olmagan.

🔴 Ayni paytda esa, Is’hoqxon Ibrat nomidagi chet tillari institutining tayanch doktoranti sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

Hozirga qadar pedagogning 50 dan ortiq ilmiy maqolalari Germaniya, AQSh, Fransiya, Angliya, Hindiston, Chexiya kabi davlatlarning yuqori impakt faktorli jurnallarida chiqqan.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

14 Jan, 15:30


ANDIJONDA SHAXMAT BO‘YICHA O’ZBEKISTON CHEMPIONATIGA START BERILDI

Xabaringiz bor, yosh avlodni sportga jalb etish hamda ularda mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini yanada rivojlantirish maqsadida maktab o‘quvchilari o‘rtasida an’anaviy tarzda sportning shaxmat turi bo‘yicha “O‘zbekiston chempionati” o’tkazilib kelinmoqda.

Mazkur chempionatning bu yilgi bahslari Andijon viloyati mezbonligida tashkil etilib, joriy yilning 14-yanvar kuni muhtasham “Universal” sport majmuasida tantanali ochilish marosimi tashkil etildi.

Unda so’z olgan viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov hamda O‘zbekiston Shaxmat Federatsiyasi raisi o‘rinbosari K.Sindorovlar tomonidan ishtirokchilarga omad tilanib, kelajakda vatanimiz bayrog’ini yuksak cho’qqilarga ko’taradigan iqtidorlar bo’lib yetishishlariga umid bildirildi.

Ushbu musobaqa 20-yanvargacha davom etib, unda jami 850 nafar o'quvchi-yoshlar o’zaro bellashishlari rejalashtirilgan.

Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

14 Jan, 12:33


Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 33 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан байрам табриги

Праздничное поздравление в связи с 33-й годовщиной образования Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днём защитников Родины

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

12 Jan, 05:20


#Õzbekiston_tarixi
#30_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

Navbatdagi videodars "Muhammad al-Xorazmiy" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda qomusiy olim Muhammad al-Xorazmiy hayoti va faoliyati aks ettiriladi.

Davomi bor...

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

11 Jan, 10:36


no comment | Yangi Toshkent. Toshkent davlat pedagogika universiteti binosi qurilishi
#11jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

11 Jan, 06:00


Singapur bilan hamkorlikda o‘tkazilgan trening ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida Singapurning xalqaro ta'lim tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan treningning yakuniy tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda treninglarni olib borgan xalqaro ekspertlar Doktor Charles Chew, Lau Chor Yam, Mannan, Doktor Turner hamda matematik Kanan Ramdas (Raj), Dr Oh Boon Seng Brandonlarga minnatdorchilik bilan tashakkurnomalar taqdim etildi.

Trening ishtirokchilari – matematika va tabiiy fanlar master trenerlariga sertifikatlar topshirildi.

Endilikda master trenerlar hududlarda kaskad usulidagi seminar-treninglarni davom ettiradilar.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

08 Jan, 14:10


📌Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi muassisligidagi gazeta va jurnallarning rasmiy telegram kanallari bilan tanishing:

📱"Ma'rifat" gazetasi: https://t.me/marifatziyo

📱"Учитель Узбекистана" gazetasi: https://t.me/teacherofUzbekistan

📱"Til va adabiyot ta'limi" jurnali: https://t.me/TAT_jurnal

📱"Boshlangʻich ta'lim" jurnali: https://t.me/BT1992

📱 "Xalq ta'limi" jurnali: https://t.me/xalq_talimi_jurnali

📱"Tong yulduzi" gazetasi: @tongyulduz

📱"Gulxan" jurnali: @gulxanjurnali @gulxan_uzb

📱"Gʻuncha" jurnali: @Guncha_jurnali

📱"Кlass" gazetasi: @klassgazeta



📱 Telegram     📱 Instagram
📱 Facebook    📱 Mobil ilova

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

08 Jan, 08:48


Maktabgacha ta‘lim tashkiloti direktor o‘rinbosarlari uchun "Metodik mahorat kunlari" o‘tkazilmoqda

😄Yurtimizning Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida "Metodik mahorat kuni" va "Metodik mahorat soatlari"ni tashkil etish bo‘yicha o‘quv tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

▶️Ayni vaqtda barcha hududlarda yetakchi pedagoglar o‘quv seminarida ishtirok etmoqda.

Mazkur tadbirlar maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlarining kasbiy rivojlanish tizimi uzluksizligini taʼminlash, ulardagi kasb mahorati va malaka saviyasining doimiy o‘sishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish asosida taʼlim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

08 Jan, 08:35


"Zamin Education" loyihasi doirasida Respublika inklyuziv IT oromgohi o‘tkazildi. 5 kun mobaynida respublikamizning barcha hududlaridan kelgan bolalar veb-sayt yaratish, 3D modellashtirish, robototexnika, raqamli san’at, kibersport bo‘yicha yangi bilim va texnik ko‘nikmalarni egalladilar. Bundan tashqari, 4000 ga yaqin o‘quvchi onlayn tarzda ijtimoiy tarmoqlarni boshqarish, sun’iy intellekt asoslari, DotNet, Mobile Flutter, Python, React, DevOps kabi dasturlash tillarini o‘rganishdi.

Inklyuziv IT oromgohining o‘tkazilishi maktab o‘quvchilarida fan, texnologiya, muhandislik va matematikaga qiziqish uyg‘otadi, bu esa ularning kelajakda kasb tanlashiga ta'sir qilishi mumkin, jamoa bo‘lib ishlash esa muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.



В рамках проекта Zamin Education прошёл Республиканский инклюзивный IT-лагерь. В течение 5 дней ребята со всей республики получали новые знания и развивали технические навыки по созданию сайтов, 3D-моделированию, робототехнике, цифровому искусству, киберспорту. Также около 4000 учащихся присоединялись онлайн, обучаясь SMM, основам искусственного интеллекта, языкам программирования DotNet, Mobile Flutter, Python, React, DevOps.

Проведение инклюзивного IT-лагеря пробуждает у школьников интерес к науке и технологиям, что может повлиять на будущую профессиональную ориентацию, а командная работа помогает им развивать коммуникативные навыки.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

08 Jan, 06:25


📣 Diqqat, e’lon!!!

Hurmatli pedagoglar va ota-onalar!

Joriy yilning 8-yanvar kuni soat 15:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maktab ta’limi sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatilishi jarayonlariga bagʻishlangan jonli muloqot tashkil etiladi.

❗️Muloqot doirasida vazirlik mas’ullari tomonidan o‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga o‘tkazish, fuqarolarga dublikat shahodatnomalarini berish va boshqa davlat xizmatlarini ko‘rsatishga doir savollarga batafsil javob beriladi.

👉 Mavzuga doir savollaringizni ushbu havola izohida qoldirishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

07 Jan, 12:39


#Сўраган_эдингиз
#maktabga_qabul

Yurtimizda yashovchi chet el fuqarolari oʻz farzandlarini davlat maktablari yoki bog‘chalariga joylashtirish tartibi qanday? Buning uchun ulardan toʻlov undiriladimi?

❗️ Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori bilan “Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar farzandlarini umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish uchun arizalar olish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti” tasdiqlangan.

Unga koʻra, farzandini Oʻzbekistondagi davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga qabul qilinishini istagan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan (chet elda doimiy yashovchi) shaxslar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining elektron xizmatlari portali orqali oʻrnatilgan tartibda ariza yuboradi.

⭕️ Arizalar vazirlikning hududiy boshqarmalari huzurida tashkil etilgan tegishli komissiya tomonidan yetti ish kunida koʻrib chiqiladi va belgilangan davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga qabul qilishga yoʻllanma berish yoki yoʻllanma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.

Ariza beruvchi komissiya qaroriga asosan farzandini tegishli davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga qabul qilish boʻyicha yoʻllanma yoki yoʻllanma berishni rad etish toʻgʻrisidagi maʼlumotni oʻzi murojaat qilgan portaldagi shaxsiy kabinetidan yuklab oladi.

👉 Eslatma: davlat umumiy oʻrta taʼlim maktablarida taʼlim olish barcha (chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ham) uchun bepul.
____


❗️ Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentda toʻliq bayon etilgan.

Unga koʻra, yurtimizdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bolalarni qabul qilishda barcha uchun bir xil talab mavjud hamda ota-onalardan olinadigan oylik badal toʻlovlari ham mahalliy va chet el fuqarolari uchun bir xil miqdorlarda belgilangan.

👉 Mazkur maʼmuriy reglament bilan quyida batafsil tanishishingiz mumkin.

Yuqorida keltirib o‘tilgan davlat xizmatlarini koʻrsatilganligi uchun ariza beruvchi (chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar)dan yigʻim undirilmaydi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

07 Jan, 10:13


#Shaxmat_musobaqalari

O‘quvchilarning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida umumta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida shaxmat musobaqalari uyushtirilmoqda.

Jumladan, kuni kecha poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga saralash bahslarining Toshkent shahar boshqichi o‘tkazildi.

📍 Unda 300 nafarga yaqin qatnashchi yoshlar dona surdi.

Qizlar va o‘g‘il bolalar o‘rtasida oltitadan yosh guruhida o‘tgan bahslar yakunida besh nafardan g‘oliblar saralandi va ular Respublika boshqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

07 Jan, 09:11


#xushxabar
#elektronjurnal
#Filologiya_Pedagogika

“Filologiya va pedagogika” elektron jurnali OAK ro‘yxatiga kiritildi

📗“Filologiya va pedagogika” ilmiy-metodik jurnali Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2024-yil 30-noyabrdagi 365/5-qarori bilan 10.00.00 – Filologiya va 13.00.00 – Pedagogika fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari (PhD, DSc) asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritildi.

🏫 Ilmiy-metodik jurnal O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi “Til va adabiyot ta’limi” davlat korxonasi muassisligida nashr etiladi.

🏛 “Filologiya va pedagogika” elektron jurnalini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 2024-yil 19-avgustda 360240-raqami bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan, elektron davriy nashr sifatida ISSN 3060–4885 xalqaro standart tartib raqami berilgan.

📥 Maqolalar maxsus bot orqali qabul qilinadi.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

07 Jan, 06:47


#seminar

Avval xabar qilinganidek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi delegatsiyasi aʼzolari umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlarini takomillashtirish boʻyicha Buyuk Britaniyaning Kembrij shahrida tashkil etilgan oʻquv-seminarlarida ishtirok etib qaytishdi.

⭕️ Ayni vaqtda ushbu treninglar mazmun-mohiyatini yurtimizdagi soha mutaxassislariga yetkazish maqsadida oʻquv-seminarlari boʻlib oʻtmoqda.

Unda mutaxassislar:

oʻquv dasturida uzviylik va muvofiqlikni taʼminlash;
oʻquv maqsadlarini belgilashda aniqlik va moslashuvchanlik;
oʻquv maqsadlarining rivojlanib borishini toʻgʻri shakllantirish;
fanlararo integratsiya;
oʻquv dasturlarini takomillashtirishda mahalliy ehtiyoj, anʼanalar hamda xalqaro standartlarni tahlil qilish kabi oʻquv sessiyalarida ishtirok etishmoqda.


👉 Joriy yilning 15-yanvar kuniga qadar davom etishi rejalashtirilgan ushbu oʻquvlar oʻquv dasturlarini takomillashtirish boʻyicha Kembrij tashkiloti bilan olib borilayotgan keng hamkorlik ishlarining uzviy qismi hisoblanadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

07 Jan, 05:04


#Сўраган_эдингиз
#мактабгача_таълим

Bogʻchalardagi metodist shtati direktor oʻrinbosariga oʻzgartirilibdi, shu toʻgʻrimi? Ularning oylik maoshi hamda vazifalari qanday belgilanadi?

❗️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni asosida:

2025-yil 1-yanvardan boshlab maktabgacha taʼlim tashkilotining direktori oʻrinbosari lavozimi joriy etilmoqda.

Ushbu lavozim maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyachi-metodist lavozimi negizida amaldagi mehnatga haq toʻlash shartlarini saqlab qolgan holda tashkil etiladi.

👉 Maktabgacha taʼlim tashkilotining direktori oʻrinbosari taʼlim sifatini taʼminlash, pedagog xodimlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish, taʼlim va tarbiya jarayonlariga innovatsiyalarni, ilgʻor pedagogik va raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish vazifalarini bajarishi koʻzda tutilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

03 Jan, 09:04


Axborot 24 | Ijtimoiy soha obyektlari foydalanishga topshirildi
#3jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

02 Jan, 04:40


#Õzbekiston_tarixi
#31_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

Navbatdagi videodars "Ahmad Fargʻoniy" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda qomusiy olim Ahmad Fargʻoniy hayoti va faoliyati aks ettiriladi.

Davomi bor...

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

31 Dec, 18:50


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

31 Dec, 07:31


Aziz va muhtaram ustozlar,
Qadrli hamkasblar!


Barchangizni kirib kelayotgan yangi — 2025-yil bilan samimiy tabriklayman va o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildirib qolaman.

Yakunlanib borayotgan yilda maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga doir qator muhim o‘zgarishlarga birgalikda guvoh bo‘ldik. Davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasi mamlakatimizning har bir hududida kechayotgan o‘zgarishlarda, har bir pedagog faoliyatida o‘z aksini topmoqda, desam adashmagan bo‘laman.

Joriy yilda birgina O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi fidoyi kasb egalari bo‘lgan o‘qituvchilar - hamkasblarimiz uchun katta yangilik bo‘ldi. Unda pedagoglar nufuzini, sha’ni va qadr-qimmatini yanada yuksaltirish, huquqlarini himoya qilish bo‘yicha mustahkam qonuniy asoslar belgilandi.

Hurmatli ustozlar!

Men ishonaman, kirib kelayotgan 2025-yil ham barcha yurtdoshlarimiz qatorida maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari uchun ham unutilmas, xayrli voqealarga, xushxabarlarga boy bo‘ladi.

Bizning maqsadimiz aniq: ertamiz egalarini barkamol tarbiyalash uchun sidqidildan ishlash, ta’lim sifatini oshirish, soha rivojiga munosib hissamizni qo‘shish. Ushbu mas’uliyatli va sharafli yo‘lda barchangizga katta kuch-g‘ayrat tilab qolaman.

Sizlarga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, kasbiy muvaffaqiyatlar hamisha hamroh bo‘lsin!

Yangi yil yana bir bor muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

30 Dec, 16:22


YUTUQLARGA ERISHGAN YOSHLAR

PREZIDENT YORDAMCHISI BILAN UCHRASHGAN YOSHLARNING TAASSUROTLARI

🚀 Yanada ko‘proq yangiliklar bilan tanishib boring:
👉 @markaziytv 👈

📲 Hoziroq obuna bo'ling va do'stlaringizga ham ulashing.


📱 Telegram | 📱 Instagram

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

29 Dec, 02:31


#repost #ulashing

11 yoshli yurtdoshimiz Jahongirning koʻzlari ojiz, lekin u ishonch va qat’iyat bilan orzulariga erishish yoʻlidan bormoqda.

U bilan istalgan mavzuda suhbat qura olasiz, ham tarixga, ham siyosatga, ham sportga, ham san’atga befarq boʻlmagan Jahongir xalqaro tanlovlar gʻolibi boʻlishga ham ulgurgan.

U hozirda Samarqand shahridagi 59-sonli “Nurli maskan” maktab-internatining faxrli oʻquvchisi va hamma yutuqlariga birinchi navbatda oʻz onasini sababchi deb biladi.

Madinaxon farzandi va uning kelajagi uchun oʻz umrini bahshida qilayotgan qahramon ona. Shu sababdan, biz ularga haqli ravishda “Xalq ta’limi a’lochisi” koʻkrak nishonini topshirdik.

Yurtimizda qahramon onalar koʻpligiga ishonamiz. Biz bunday e’tiroflarni an’anaga aylantirmoqchimiz.

Qahramonlarimiz haqida kichik film tayyorladik, umid qilamizki, film Jahongirning tengdoshlari va koʻplab onalar uchun manfaatli boʻladi.

@hilola_umarova

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

28 Dec, 14:01


#Yil_ayoli

Kuni kecha tashabbuskor va faol ayollarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Yil ayoli” milliy tanlovining Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Quvonarlisi, taqdirlanganlar orasida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimida faoliyat olib borayotgan o'z kasbining fidoyilari ham bor:

❗️Xususan, Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi 36-son Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori Manzura Masharipova — “Yil ayoli” milliy tanlovining respublika bosqichida 1-o‘rin sohibi bo‘ldi.

Shuningdek,

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektor maslahatchisi, psixologiya fanlari doktori, umumiy psixologiya kafedrasi professori Aziza Muxtorova“Yilning eng faol olima ayoli” nominatsiyasi bilan;

Navoiy viloyati, Navbahor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bosh mutaxassisi Sayyora Kenjayeva — “Yilning eng kuchli ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotchisi” nominatsiyasi bilan;

Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish sho‘basi metodisti Sojida Xaydarova “Yilning eng jonkuyar ustozi” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.

Barchani ushbu e'tirof bilan samimiy tabriklab, kelgusi faoliyatlarida ham omad tilaymiz!

Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

28 Dec, 11:56


Давлатимиз раҳбари Ўзбекистон Миллий кутубхонаси, Тошкент давлат педагогика университети ва "Янги Ўзбекистон" университети биноларининг қурилиши билан танишди.

Глава государства ознакомился с ходом строительства Национальной библиотеки Узбекистана, зданий Ташкентского государственного педагогического университета и Университета "Новый Узбекистан".

#Mirziyoyev #tanishuv #YangiToshkent #marifat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

28 Dec, 11:07


Inson qadri uchun
#27dec #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

26 Dec, 15:18


❄️💻 “Raqamli Avlod” IT Oromgohi 2025 – Qishki mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda!

🔈 Imkoniyatni qo’ldan boy bermang! Loyiha 2025-yil, 3-yanvardan 7-yanvarga qadar onlayn va oflayn formatda bo'lib o'tadi.


📝Ro‘yxatdan o‘tish: online.raqamliavlod.uz


Shoshiling! Joylar soni chegaralangan ‼️

___

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

26 Dec, 05:18


Inson qadri uchun
#25dec #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

25 Dec, 16:02


#rejalar_2025

Xabaringiz bor, kecha davlatimiz rahbariga 2025-yilda maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar xususida axborot berdik.

Bugun taqdimotda keltirib oʻtilgan sohaga doir eng muhim rejalar bilan sizlarni ham tanishtirib oʻtmoqchiman:

Yangi baholash tizimi joriy etilgan umumtaʼlim maktablar soni 1 500 tadan 3 000 taga yetkaziladi va 257 nomdagi yangi darslik majmualari yaratiladi;

Ikkinchi xorijiy til oʻqitiladigan umumtaʼlim maktablar soni 420 taga, kasb-hunarga oʻrgatiladigan umumtaʼlim maktablar soni 400 taga yetkaziladi;

Xorijdan jalb qilingan chet tili fani mutaxassislari soni 2 000 nafarga yetkaziladi;

Xususiy maktablar soni 700 taga va ulardagi oʻquvchilar qamrovi 150 ming nafarga yetkaziladi;

Investitsiya dasturi doirasida 26 ta yangi umumtaʼlim maktabi qurilishi va 320 tasini rekonstruksiya qilish orqali 120 943 nafar, shuningdek 54 ta pedagogik kollej binosini umumtaʼlim maktabiga aylantirish orqali 32 905 nafar oʻquvchi oʻrni yaratiladi;

2025-2026-oʻquv yilida Islom taraqqiyot banki mablagʻlari hisobidan 58 ta umumtaʼlim maktabi qurish ishlari boshlanib, 72 ming nafar yangi oʻquvchi oʻrni yaratiladi;

Mamlakatimizning 4 ta hududida yangi ixtisoslashtirilgan maktab, 9 ta hududida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Toshkent viloyati, Chinoz tumanida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;

Yurtimizning 208 ta tuman (shahar)ida “Jasorat maktablari” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;

4 500 ta umumtaʼlim maktabida “Iqtidor” maktab ansambli, 5 000 ta umumtaʼlim maktabida “Jadidlar izidan” kitobxonlik klubi tashkil etiladi hamda “Turon” maktab teatri tashkil etilgan umumtaʼlim maktablar soni 5 000 taga yetkaziladi;

6 200 ta sport klubi tashkil etiladi va ularga 1 mln nafar oʻquvchi qamrab olinadi;

“Yashil maktabim” oʻquvchilar ekologik harakati doirasida 2 530 ta umumtaʼlim maktabida yashil bogʻ barpo etiladi;

“Taʼlim barcha uchun teng” tamoyili asosida inklyuziv taʼlim tizimi joriy etilgan umumtaʼlim maktablar soni 1 900 taga yetkaziladi, shuningdek ushbu tizim 208 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida joriy etiladi;

Al Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi, Abu Rayhon Beruniy xalqaro kimyo olimpiadasi va Buyuk Sharq Renessansi xalqaro olimpiadasi (jami 3 ta) oʻtkaziladi;

Hududiy pedagogik mahorat markazlarida 120 ming nafar, KRK” va “KRS” tadbirlari orqali 370 ming nafar maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi pedagoglari malakasi oshiriladi;

Umumtaʼlim maktablarining 2 ming nafar amaldagi direktori va 1 500 nafar direktorlikka nomzod kadrlar, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 1 500 nafar amaldagi direktori va 750 nafar direktorlikka nomzod kadrlar menejerlik kursida oʻqitiladi;

Umumtaʼlim maktablariga pedagog kadrlar maxsus platforma orqali tanlov asosida ishga qabul qilish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;

Maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasi 78 foizga yetkaziladi. Buning uchun 162 ta davlat, 100 ta DXSH asosida va 1 000 ta oilaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil qilinadi va bu orqali 83 ming nafar yangi bola oʻrni yaratiladi;

Maktabga tayyorlov guruhlari sonini 28 519 taga yetkazish orqali 798 ming nafar tarbiyalanuvchi qamrab olinadi va qamrov koʻrsatkichi 98 foizga yetkaziladi;

Islom taraqqiyot banki va OPEK jamgʻarmasi kredit mablagʻlari hisobidan 200 ta xususiy maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilib, 30 ming bola oʻrni yaratiladi;

6 892 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini toʻliq raqamlashtirish orqali bola taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovini elektron hisobga olish, oziq-ovqat xarajatlarini natura shaklida elektron tarzda hisoblash imkoniyati yaratiladi.

Koʻrib turganingizdek oldimizga qoʻygan rejalar juda katta. Ularga erishish uchun bir-birimizni qoʻllab-quvvatlagan holda harakat qilishimiz lozim va biz buni, albatta, uddalaymiz.

@hilola_umarova

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

24 Dec, 13:02


Давлатимиз раҳбарига мактабгача ва мактаб таълими тизимида 2025 йилда амалга ошириладиган устувор вазифалар бўйича ахборот берилди.

Главе государства доложена информация о приоритетных задачах в системе дошкольного и школьного образования на 2025 год.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

23 Dec, 04:19


#Jadidlar_izidan
#Respublika_tanlovi

✔️ “JADIDLAR IZIDAN” TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHI G‘OLIBLARI!

📣 Batafsil ma’lumotlarni @jadidlarizidanuz telegram kanalida kuzatib boring!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

22 Dec, 16:01


#olimpiada
#yakuniy_bosqich
#koreys_tili

KOREYS TILI BO‘YICHA II RESPUBLIKA OLIMPIADASINING YAKUNIY BOSQICHI O‘TKAZILDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahrida joylashgan Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida koreys tili bo‘yicha II Respublika olimpiadasining yakuniy bosqichi hamda olimpiada g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur olimpiada Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda umumta’lim maktablarining 9-, 10-, 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 2 bosqichda tashkil etildi.

1-bosqich (hududiy)da Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlardan jami 1 272 nafar o‘quvchi koreys tilida tinglash va o‘qish mahoratlarini sinovdan o‘tkazib, eng yuqori natija ko‘rsatgan 150 nafar ishtirokchi Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

2-bosqich (yakuniy)da jami 150 nafar o‘quvchi ishtirok etib, koreys tilida tinglab tushunish, yozish ko‘nikmalari, o‘qish ko‘nikmalari va grammatika shartlari asosida yozma va test sinovlarini topshirdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 9-, 10-, 11-sinflar kesimida 3 nafar g‘olib va 7 nafar sovrindor aniqlandi.

Olimpiadaning taqdirlash marosimida Janubiy Koreyaning O’zbekistondagi elchisi Von Do Yon, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Sherzod Karimov, Koreya ta’lim markazi direktori Lee Young Woong hamda Agentlik huzuridagi Fan olimpiadalari markazi direktori To’raboy Shermatov g‘olib va sovrindorlarga Koreya Respublikasiga ta’lim sayohati yo‘llanmasi hamda esdalik sovg’alarini topshirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

05 Dec, 16:38


#Xalqaro_konferensiya
#No_comment

“Maktabgacha ta‘limda sifat va samaradorlik, rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning sho‘ba darslari jarayonlaridan videolavha.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

05 Dec, 15:15


📣📣📣📣📣

🇺🇿 "Konstitutsiya-bosh qomusimiz" onlayn olimpiadasi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan Davlat va huquq asoslari fanidan "Konstitutsiya-bosh qomusimiz" nomli onlayn olimpiada tashkil etilmoqda.

Olimpiadada 8-9-10-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.
8-sinf o‘quvchilari uchun - 5️⃣-dekabr;
9-sinf o‘quvchilari uchun - 6️⃣-dekabr;
10-sinf o‘quvchilari uchun - 7️⃣-dekabr;
11-sinf o‘quvchilari uchun - 7️⃣-dekabr
kunlari soat 10:00 dan 19:00 ga qadar oo.uzedu.uz tizimiga kirib ushbu onlayn olimpiadada ishtirok etishlari mumkin. 20 ta test topshirig‘ini bajarish uchun 1 soat vaqt beriladi.

📥Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar onlayn olimpiada yakuniga yetgach 1 kundan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

‼️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish shart! https://oo.uzedu.uz/Account/SignIn

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.
‼️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

05 Dec, 14:03


#Мактабгача_таълим
#Seminar_trening

Hududlarda MTT metodistlari uchun o‘quv-seminarlar bo‘lib o‘tmoqda


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Respublikamiz bo‘ylab “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish hamda tarbiyalanuvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish” mavzusida o‘quv-seminarlari tashkil etilmoqda.

📍 Reja asosida bugungi kunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan viloyatlarida treninglar bo‘lib o‘tdi. Unda 2 660 nafar metodist ishtirok etdi.

Mavzu doirasida xususan maktabgacha taʼlim tashkiloti direktor o‘rinbosarining o‘rni va masʼuliyati masalalariga ham eʼtibor qaratildi.

Unda:

tashkilotdagi maʼnaviy muhitni rivojlantirish,
tarbiyalanuvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,
pedagog xodimlarning namunaviy etika qoidalarini to‘liq egallashlari mavzularida so‘z bordi.

Tadbirlar doirasida “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirish va sog‘lom rivojlantiruvchi muhit yaratish asoslari” mavzusida taqdimot ham bo‘lib o‘tdi.
_____________
📍 Fotolavhalarda hududlardagi jarayonlar aks etgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

05 Dec, 13:22


🤝 "Hosildor zamin" loyihasi doirasida Butunjahon tuproq kuniga bag‘ishlangan onlayn o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

🧪 Tadbirda ekspertlar, olimlar, Davlat agrar universiteti va Milliy universitet talabalari ishtirok etdi, shuningdek "Hosildor zamin" o‘quv majmuasi-ko‘chatxonasida talabalarga "Yosh fermer" va "Eco-schools Uzbekistan" loyihalari faollari qo‘shildi.

🌾 Tadbir ishtirokchilari tuproq salomatligini saqlashga yordam beradigan barqaror usullarni, tuproqni asrashning ekotizimimiz va barqaror rivojlanishimiz uchun ahamiyatini muhokama qildilar, tuproq qanday qilib biologik xilma-xillikni ta’minlashi, suv sifatiga ta’sir ko‘rsatishi va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda yordam berishi haqida bilib oldilar.

~~~

🤝 В рамках проекта Hosildor zamin прошел образовательный онлайн семинар, приуроченный ко Всемирному дню почв.

🧪 В мероприятии приняли участие эксперты, учёные, студенты Государственного аграрного университета, Национального университета, а также в учебном комплексе-питомнике Hosildor zamin к студентам присоединились активисты проектов «Юный фермер» и Eco-schools Uzbekistan.

🌾 Участники мероприятия обсудили устойчивые практики, которые помогают сохранить здоровье почвы, важность сохранения почв для нашей экосистемы и устойчивого развития, узнали о том, как почвы поддерживают биоразнообразие, влияют на качество воды и помогают в борьбе с климатическими изменениями.

#WorldSoilDay #HosildorZamin

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

05 Dec, 10:15


#Jadidlar_izidan
#Youtube_kanal

😎 “JADIDLAR IZIDAN” YOUTUBE KANALI OCHILDI!

✔️ Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan o‘quvchi yoshlar o‘rtasida buyuk jadid alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish maqsadida “Jadidlar izidan” Respublika tanlovi tashkil qilingan edi.

🌀 Tanlov 2 ta sinf toifasi 6-7-8- hamda 9-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tmoqda.

🔴 “Jadidlar izidan” Respublika tanlovini yoritib borish maqsadida Youtube kanali ochildi.

➡️ Youtube kanaliga a’zo bo‘lish:

➡️ https://www.youtube.com/@jadidlarizidanuz

📣 Batafsil ma’lumotlarni @jadidlarizidanuz telegram kanalida kuzatib boring!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

05 Dec, 09:21


#Yangi_baholash

Uzrli sabablarga ko‘ra CHSB va BSB sinovlarida ishtirok eta olmagan o‘quvchilarga ushbu imtihonlarni topshirish uchun qayta imkoniyat beriladimi? Sinovlarda o‘z vaqtida ishtirok etmaganlarning bali kamaytirilishi rostmi?

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

05 Dec, 08:28


#ixtirochilikka_qadam
#tuman_shahar_bosqichi

⚙️ "IXTIROCHILIKKA QADAM" RESPUBLIKA TANLOVINING TUMAN (SHAHAR) BOSQICHI OʻTKAZILADI

🗣Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta taʼlim muassasalari, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar, davlat va nodavlat umumtaʼlim maktablarining 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-,11-sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi "Ixtirochilikka qadam" respublika tanlovining maktab bosqichi oʻtkazilgan edi.

📆 Joriy yilning 12-, 13-, 14-dekabr kunlari mazkur tanlovning tuman (shahar) bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda tanlovning maktab bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar o‘z loyihalari bilan ishtirok etadilar.

❗️Tanlovda ishtirokchilar individual yoki jamoa sifatida ishtirok etishlari mumkin. Bunda jamoa a’zolarining soni 3 nafardan oshmasligi kerak.

🌐 Tanlov haqida ixtirochi.piima.uz sayti orqali batafsil maʼlumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

23 Nov, 15:26


📣 Nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlariga qator soliq imtiyozlari berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

2030-yil 1-yanvarga qadar:

nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yig‘imlardan;

O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini jihozlash va faoliyatini ta’minlash uchun olib kiriladigan zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, o‘quv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno);

nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik o‘qituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliqdan ozod qilindi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan pedagogik faoliyatnidoimiy asosda amalga oshirish uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga "A-2" o‘qituvchilar kirish vizalarini berish yo‘lga qo‘yiladi;

nodavlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining rahbar va pedagog xodimlari malakasini oshirishni A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti, pedagogik mahorat markazlari hamda belgilangan tartibda shakllantiriladigan reyestrga kiritilgan nodavlat malaka oshirish tashkilotlarida Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirish tartibi joriy etiladi.

👉 Qarorning to‘liq matni

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

23 Nov, 13:10


Президент Шавкат Мирзиёев Янгиҳаёт туманидаги Хушнуд маҳалласида бўлиб, ҳудуддаги ўзгаришлар билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил махаллю Хушнуд Янгихаётского района и ознакомился с произошедшими здесь изменениями.

#Mirziyoyev #tanishuv #mahalla #bunyodkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

23 Nov, 12:46


Xushxabar! Nodavlat maktabgacha va maktab tashkilotlari barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinadi

“Ta’lim sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari:

barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yig‘imlardan ozod qilinadi;

unda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik o‘qituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq to‘lamaydi.

Shuningdek, 2030-yil 1-yanvarga nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining quyidagi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tovar jihozlariga bojxona to‘lovlari to‘lanmaydi (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno):

zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari;
kompyuter texnikasi va dasturiy mahsulotlar;
o‘quv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

nodavlat ta’lim tashkilotlariga doimiy jalb etiladigan pedagog xorijiy mutaxassislarga “A-2” o‘qituvchilar kirish vizalarini berish yo‘lga qo‘yiladi;

davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga mehnat qilish huquqini beruvchi tasdiqnoma berish yig‘im miqdori BHMning 30 baravaridan 1 baravarigacha kamaytiriladi.

@hilola_umarova

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

23 Nov, 11:22


O‘quvchilarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash ishlari muhokama etildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida Davlatimiz rahbarining 2024-yil 15-noyabrdagi “O‘quvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev, Mudofaa vaziri o‘rinbosari Hamdam Qarshiyev hamda boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

O‘zaro muloqot tarzida tashkil etilgan tadbirda 10 mingdan ziyod umumta’lim tashkilotlarida chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilarining ish faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilishda mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida bajarish, qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul xodimlarga zarur ko‘rsatmalar berildi.

Xususan, “Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi, faol hayotiy pozisiya” tamoyiliga asosan yangilangan CHQBT fanining o‘quv dasturi va darsliklarini yaratish, ta’lim tashkilotlaridagi ushbu fan o‘quv-moddiy bazasini to‘liq xatlovdan o‘tkazish hamda CHQBT rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholash ko‘rsatkichlarini (KPI) ishlab chiqish bo‘yicha navbatdagi vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, har bir tuman (shahar)da “Jasorat maktabi” faoliyati yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan ularni jihozlash, moddiy texnik ta’minotini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish qayd etildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

23 Nov, 08:44


#Мактабгача_таълим

"Mehrjon" bayrami o‘tkazildi.

Navoiy viloyati, Uchquduq tuman 14-sonli "Ertak" davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Mehrjon" hosil bayrami bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda bolalar o‘zlari ijro etgan she'r, qo‘shiq va raqslari bilan faol ishtirok etib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lishdi.

Bolalar bilan tashkil etilgan mavzuga oid turli harakatli o‘yinlar bayramga mazmun bag‘ishladi va bolalar qalbida yorqin taassurotlar qoldirdi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

18 Nov, 12:20


#Jadidlar_izidan

Andijonda "Jadidlar izidan" Respublika tanlovining viloyat bosqichi o'tkazildi

Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

18 Nov, 11:17


#Attestatsiya_2024

Toshkent viloyati, Chirchiq shahar 1-sonli umumta’lim maktabi musiqa fani o‘qituvchisi Mahfuza Karimova attestatsiyada muvaffaqiyatli ishtirok etib, 94 balni qo‘lga kiritdi.

📍 Shuningdek, Angren shahar 8-sonli umumta’lim maktabi musiqa fani o‘qituvchisi Dilshoda Nuriddinova ham malaka toifa attestatsiyasida test sinovlarida 94 ballik natija qayd etdi.

Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin, aziz ustozlar!

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

18 Nov, 10:42


#Байроғим_фахрим

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan ayni vaqtda Londonda ta'lim sayohatida bo'lib turgan o'quvchilarimiz videotabrik yo'llashdi.

______
❗️18-noyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun muborak bo'lsin!


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

18 Nov, 09:40


Ayni vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yangi tarkibdagi birinchi majlisi boʻlib oʻtmoqda. Unda Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzlamoqda.

Yigʻilishda Prezidentimiz “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining maktablarda muallimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish, farzandlarimizni milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash, ularga ona tili va chet tillarni oʻrgatish uchun yanada keng sharoitlar yaratishga oid takliflariga qoʻshildi.

Shuningdek, “xususiy maktab va bogʻcha quraman”, degan investorlarni qoʻllab-quvvatlash, ularga yanada keng sharoitlarni yaratib berish masalalariga eʼtibor berish lozim”, deya taʼkidlab oʻtdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

18 Nov, 07:07


#Xalqaro_hamkorlik

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bosh kotibining taʼlim siyosati boʻyicha maxsus maslahatchisi Andreas Shlyayxer Xorazmda bo'ldi.

Xorijiy mehmon dastlab Urganch shahridagi 22-son maktabida bo'lib, oʻquvchilar bilan oʻzaro muloqot qildi hamda ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Shundan keyin Ogahiy nomidagi viloyat musiqali va drama teatrida viloyatdagi taʼlim sohasi xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida Andreas Shlyayxer PISA xalqaro tadqiqotining ahamiyati haqida gapirib, mazkur tadqiqotda davlatlarning ishtiroki va natijalar tahliliga toʻxtaldi.

Maʼlumot uchun, Andreas Shlyayxer oʻquvchilarning savodxonligini baholash Xalqaro dasturi (PISA) va boshqa xalqaro dasturlarning tashabbuskori hamda boshqaruvchisi hisoblanib, 20 yildan ortiq vaqt davomida taʼlim sifatini oshirish,  tengligini taʼminlash uchun yo'nalishida faoliyat olib bormoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

18 Nov, 03:29


Qadrli yurtdoshlar,
Aziz ustozlar!


Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi jamoasi barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi bilan samimiy tabriklaydi.

Ushbu sana milliy davlatchiligimiz tarixida juda katta ahamiyatga ega.

Xorij mamlakatlarida bo'lib o'tayotgan turli musobaqa va olimpiadalarda davlatimiz bayrog'ining mudom mag'rur hilpirab turishi barchamizga cheksiz iftixor tuyg'usini baxsh etadi.

Zero, davlat bayrog’i milliy g’urur va faxr belgisidir.


Mustaqilligimiz va tinchligimiz ramzi bo'lgan mamlakatimiz bayrog‘i yuksaklarda abadiy hilpirab tursin!

#Davlat_ramzi #18_noyabr

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

17 Nov, 14:18


#Таълим_саёҳати

Ta’lim sayohati uchun Buyuk Britaniyaning London shahrida bo’lib turgan o’quvchilarimiz Londonning Brunel universitetida bilim va ko’nikmalarini rivojlantirishni boshlashdi.

📍 Sayohatning birinchi kunida o’quvchilar maktab hayoti va faoliyat yo’nalishlari bilan yaqindan tanishishdi.

Kunning ikkinchi qismida esa o’quvchilar uchun “Bin Bag show” tashkil etildi.

⚡️Unda loyiha qatnashchilari o’quv qurollari yordamida kiyimlar dizayni ustida ishlashdi hamda namoyish qilishdi.

🔴 Ta’lim sayohati davom etmoqda.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

12 Nov, 19:16


Bokuda o‘tayotgan BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi Hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasida O‘zbekiston, Ozarbayjon, Vengriya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkiya tomonidan 2024–2030-yillarda barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish hamda bolalar va yoshlarni iqlim kun tartibiga jalb qilish bo‘yicha Xalqaro strategiya imzolandi.

Ziroat Mirziyoyeva COP29da ishtirok etayotgan yoshlarning global barqaror rivojlanishga hissa qo‘shishga tayyorligini yuqori baholab, shunday dedi: "Biz yosh avlod bilan tizimli va muntazam “iqlim muloqoti”ni o‘rnatish, ekologik startaplarni qo‘llab-quvvatlash orqali yoshlarimizning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish imkoniyatlarini kengaytirish tarafdorimiz".

В Баку на 29-й сессии Конференции сторон Рамочной конвенции ООН об изменении климата Узбекистаном, Азербайджаном, Венгрией, Казахстаном, Кыргызстаном, Таджикистаном и Турцией была подписана Международная стратегия продвижения культуры устойчивого развития и вовлечения детей и молодежи в климатическую повестку на 2024–2030 годы, основой которой стали проекты и инициативы молодых экоактивистов этих стран.

Зироат Мирзиёева, высоко оценив готовность молодых участников COP29 внести вклад в глобальное устойчивое развитие, подчеркнула: «Мы выступаем за системный и регулярный «климатический» диалог с представителями молодого поколения, расширение возможностей нашей молодёжи в борьбе с изменением климата, поддерживая экологические стартапы».

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

12 Nov, 17:50


📺 COP29da ekofaollarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ular mintaqaviy va xalqaro eko-oromgohlar davomida ishlab chiqilgan iqlimga oid tashabbuslarini namoyish etdilar.

🗝 Asosiy takliflar:

🔹 Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yosh ekofaollar, tadbirkorlar, olimlar va ekspertlarni o‘z ichiga olgan Ekologik kun tartibi bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasini tuzish.

🔹 Bilim almashish, mintaqaviy va milliy iqlim loyihalarini muvofiqlashtirish uchun maydon taqdim etuvchi raqamli platformani ishlab chiqish.

🔹 "Young Climate Champions" xalqaro ekofaollar hamjamiyatini kengaytirish.

🔹 Transchegaraviy tabiiy obyektlar — qo‘riqxonalar, daryolar va hayvonlarning migratsiya yo‘nalishlarini asrash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi "Transchegaraviy ekotizimlar" loyihasi.

~~~

📺 Прошла презентация экоактивистов на COP29, на которой ребята представили климатические инициативы, разработанные в ходе региональных и международных эко-лагерей.

🗝 Ключевые предложения:

🔹 Создание Международного консультативного комитета по экологической повестке, в который вошли представители государственных и общественных молодежных организаций, молодые экоактивисты, предприниматели, ученые и эксперты.

🔹 Разработка цифровой платформы, предоставляющей пространство для обмена знаниями, координации региональных и национальных климатических проектов.

🔹 Расширение международного сообщества экоактивистов Young Climate Champions.

🔹 Проект «Трансграничные экосистемы», предусматривающий реализацию проектов по сохранению трансграничных природных объектов — заповедников, рек и миграционных маршрутов животных.

~~~

📺 There was held a presentation made by eco-activists at COP29, where they presented their climate initiatives developed during regional and international eco-camps.

🗝 Key proposals:

🔹 Creation of an International Advisory Committee on the Environmental Agenda, including representatives of government and public youth organizations, young eco-activists, entrepreneurs, scientists and experts.

🔹 Development of a digital platform providing space for knowledge sharing, coordination of regional and national climate projects.

🔹 Expansion of the international community of eco-activists Young Climate Champions.

🔹 The Transboundary Ecosystems Project, which envisages the implementation of projects to preserve transboundary natural sites such as nature reserves, rivers and animal migration routes.

#COP29

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

12 Nov, 13:50


📣 Hurmatli pedagoglar!

Ertaga — 13-noyabr kuni soat 15:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlariga bagʻishlangan jonli muloqot tashkil etiladi.

❗️Muloqot doirasida vazirlik masʼullari tomonidan ushbu mavzuga doir savollarga batafsil javob beriladi.

Savollaringizni ushbu havola izohida qoldirishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

12 Nov, 13:02


#Attestatsiya

Bugun xushxabarlar kuni bo’ldi. Ustozlarimiz malaka toifasi uchun o‘tkazilgan test jarayonlarida ketma-ket yuqori natijalar qayd etishdi.

Xususan:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumani 3-sonli maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi Nodira Ametova attestatsiyada muvaffaqiyatli ishtirok etib, 96 ballni qo‘lga kiritdi.

Xorazm viloyati, Urganch shahar 17-son maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi Aziza Rahmonova ham malaka sinovlarida qatnashib, 96 ballik natija ko‘rsatdi.

Sirdaryo viloyati, Oqoltin tuman 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi ingliz tili fani o‘qituvchisi Mamatqulova Kumushoy malaka toifa sinovidan 96 ball to‘plab, oliy toifali pedagoglarimiz safini yana bittaga oshirdi.

Navoiy viloyati, Navoiy  shahridagi 23-sonli umumta’lim maktabi Ingliz tili fani o‘qituvchisi  Tohirova Mahliyo Bahriddinovna 96 ball bilan oliy toifali o‘qituvchi maqomiga ega bo‘ldi.

❗️Ustozlarni ushbu natijalari bilan samimiy tabriklaymiz va ularning keyingi faoliyatlarida ham omad tilaymiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

12 Nov, 12:53


Президент Шавкат Мирзиёев COP29 саммитида нутқ сўзлади

Президент Шавкат Мирзиёев выступил на саммите COP29

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

11 Nov, 13:52


#OAV_biz_haqimizda

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan nufuzli xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalari g’oliblarini taqdirlash marosimi ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi:

"O'zbekiston 24" telekanali — Tahlilnoma | 2024 yilgi fan olimpiadalari: rekord ko‘rsatkich va 9 mlrd so‘mlik pul mukofoti
"O'zbekiston 24" telekanali Тахлилнома | Победы школьников Узбекистана на международных и региональных предметных олимпиадах как показатель качества современных реформ. Стимулы для педагогов и учащихся
"O'zbekiston 24" telekanali — Tahlilnoma | 3 yilda 1 mlrd so‘mlik mukofotni qo‘lga kiritgan 23 yoshli o‘qituvchi
"O'zbekiston 24" telekanali — Axborot 24 | Xalqaro fan olimpidalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi
"Mening yurtim" telekanali — Xalqaro fan olimpiadalari g'olib va sovrindorlariga pul mukofotlari berildi
"O'zbekiston 24" telekanali — Ахборот 24 | Церемония награждения победителей Международной предметной олимпиады
Milliy telekanali — O'qib, baraka topganlar
UzA — Бу йил юртимиз мактаб ўқувчилари халқаро фан олимпиадаларида 122 медаль қўлга киритди
"O'zbekiston 24" telekanali — Axborot 24 | Fan olimpiadasi g`oliblarini taqdirlash marosimi
UzReport TV — Xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalari g‘oliblari va ularning ustozlari taqdirlandi
"Yoshlar" telekanali — Халқаро фан олимпиадалари ғолибларини тақдирлаш маросими ўтказилди.
Kun.uz — Халқаро фан олимпиадалари ғолиблари ва уларнинг ўқитувчилари тақдирланди - фото
"Toshkent" telekanali — "Poytaxt" informatsion dasturi
"Sevimli" telekanali — XALQARO FAN OLIMPIADALARI G'OLIBLARI TAQDIRLANDI
Jurnalist24.uz — Вилоят, республика ва халқаро олимпиадаларда ғолибликни қўлга киритган ўқувчиларимиз ва уларнинг устозларини тақдирланибди.
UzA — Халқаро фан олимпиадаларида ғолиб бўлган ўқувчилар ва уларнинг устозлари тақдирланди
Xalq ta'limi info — Xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi
"Dunyo bo'ylab" telekanali — Fan olimpiadalari g'oliblarini taqdirlash marosimi
Renessans TV — Xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi
Darakchi.uz — Xalqaro fan olimpiada g‘oliblari munosib taqdirlandi
Demokrat.uz — Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari va ularning o‘qituvchilari taqdirlandi
Aniq.uz — Eng nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari ham taqdirlandi
Ta’lim xabarlari — 16 yoshli maktab o’quvchisi 200 milliondan ortiq mukofotga ega bo’ldi
Ta’lim xabarlari — 23 yoshli oʻqituvchi 400 million soʻm mukofot puliga ega boʻldi

🔴 Ro’yxat to’ldiriladi…
___
Shuningdek, mazkur tadbir ijtimoiy tarmoqlarda va blogerlar sahifalarida ham keng yoritildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

11 Nov, 10:35


👋😊 Hammaga xayrli kun!

💬 Kecha biz xalqaro ko‘p tilli inklyuziv raqamli platforma qizg‘in muhokama qilinganining guvohi bo‘ldik.

💻 Va bu tushunarli: sayt ekofaollar hamkorligi uchun yangi ufqlarni ochadi va O‘zbekiston, Ozarbayjon, Vengriya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiyadan qaror qabul qiluvchilar va faollarni birlashtiradi.

👨‍🏫 Platforma iqlim tashabbuslari haqida ma’lumot va bilimlarni tarqatish uchun samarali platformaga aylanadi, tajriba almashish, eng yaxshi amaliyotlarni muhokama qilish hamda mintaqaviy va milliy iqlim loyihalarini amalga oshirish imkonini beradi.

🌐 Eng muhimi, mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va ekofaollar faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
~~~
👋😊 Всем доброго дня!

💬 Вчера мы стали свидетелями бурного обсуждения международной мультиязычной инклюзивной цифровой платформы.

💻 И это понятно: сайт открывает новые горизонты для сотрудничества экоактивистов и объединяет лица, принимающие решения, и активистов из Узбекистана, Азербайджана, Венгрии, Казахстана, Кыргызстана, Таджикистана, Туркменистана и Турции.

👨‍🏫 Платформа становится действенной площадкой для распространения информации и знаний о климатических инициативах, предоставляет возможность делиться опытом, обсуждать лучшие практики и реализовывать региональные и национальные климатические проекты.

🌐 И главное — укрепить связи между странами и повысить эффективность работы экоактивистов.
~~~
👋😊 Greetings to everyone!

💬 Yesterday, we witnessed a contentious discussion of the international multilingual inclusive digital platform.

💻 This is evident: the website opens up new horizons for eco-activists' cooperation and brings together decision-makers and activists from Uzbekistan, Azerbaijan, Hungary, Kazakhstan, Kyrgyzstan, Tajikistan, Turkmenistan and Turkey.

👨‍🏫 The platform becomes an efficient means of disseminating information and knowledge about climate initiatives, offering an opportunity to share experiences, discuss best practices, and implement regional and national climate projects.

🌐 The main goal is to strengthen international relations between countries and increase the effectiveness of eco-activists.

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

11 Nov, 09:43


#Attestatsiya_2024

Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanidagi 69-umumta’lim maktabining ingliz tili fani  o‘qituvchisi Oyimgul Sadinova attestatsiya test sinovlarida 98 ball qayd etib, oliy toifani uchinchi bor himoya qildi.

Shuningdek, Samarqand shahridagi 34-umumta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi Xayrullayeva Rayhona attestatsiyada birinchi bor qatnashib, (u joriy yilda o'qituvchilik faoliyatini boshlagan) 94 ballik natija korsatdi va ikkinchi toifani qolga kiritdi.

Ustozlarimizni ushbu yutuqlari bilan samimiy qutlaymiz!

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati         

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

11 Nov, 08:15


Tahlilnoma | Prezident 4 nafar vazir oldiga qanday vazifalarni qo‘ydi?
#10nov #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

11 Nov, 06:30


Poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 226-sonli umumta'lim maktabida “Maktabimizni yashil makonga aylantiramiz!” shiori ostida aksiya uyushtirildi.

🔰Maktab ma'muriyati va ota-onalar hamkorligida o'tkazilgan tadbirda mazkur ta'lim maskanida keng ko'lamda tozalash, obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish yumushlari amalga oshirildi. E'tiborlisi, ota-onalar o'z farzandlarini ta'lim olayotgan maktab hududiga 400 tupdan ziyod turli mevali va manzarali daraxt, 100 tupdan ortiq gul va butalar o'tqazishdi.

🌿O'tkazilgan aksiyada nafaqat pedagoglar, balki o'quvchilarning ota-onalari, mahalla faollari ham tashabbus ko'rsatib, faol qatnashdilar.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 https://t.me/ToshkentshaharMMTB

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

11 Nov, 03:42


#Jadidlar_izidan
#Respublika_tanlovi

✔️ “Jadidlar izidan” respublika tanlovining hududiy bosqichlari o‘tadigan sanalar maʼlum bo‘ldi!

🟢 Ilk marotaba o‘tkazilayotgan tanlovda 364 906 nafar o‘quvchilar ishtirok etish istagini bildirdi. Sektor, tuman-shahar bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 416 nafar ishtirokchi hududiy bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

12-noyabr Namangan viloyatidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida;
14-noyabr Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabi hamda Farg‘ona viloyatidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktablarida;
16-noyabr Andijon viloyatidagi Muhammad Yusuf hamda Qashqadaryo viloyatidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktablarida;
18-noyabr Jizzax viloyatidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi hamda Samarqand shahridagi Mahmudxo‘ja Behbudiy uy muzeyida;
19-noyabr Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 22-umumta’lim maktabi hamda Sirdaryo viloyatidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida;
20-noyabr Buxoro viloyatidagi Fayzulla Xo‘jayev uy muzeyida;
21-noyabr kuni Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida;
22-noyabr Toshkent viloyati “Turon” axborot-kutubxona markazida hamda Xorazm viloyatidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabida;
23-noyabr Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida hududiy bosqichlar bo‘lib o‘tadi.

❗️Eslatib o‘tamiz, respublika bosqichi yakunlariga ko‘ra har bir sinf toifasi bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan 7 nafardan jami 14 nafar ishtirokchilar xorijiy davlatga ta’lim sayohatiga yuboriladi.

Batafsil ma’lumotlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida berib boriladi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

10 Nov, 18:10


Вилоят, республика ва халқаро олимпиадаларда ғолибликни қўлга киритган ўқувчиларимиз ва уларнинг устозларини тақдирланибди.

Энг нуфузли халқаро олимпиадалардаги медаллар учун:

– олтин медаль соҳибига – 187,5 млн сўм,
ўқитувчисига – 168,75 млн сўм;
– кумуш медаль соҳибига – 112,5 млн сўм,
ўқитувчисига – 93,75 млн сўм;
– бронза медаль соҳибига – 75 млн сўм,
ўқитувчисига – 56,25 млн сўм берилибди.

Ғолиблар ва ўқитувчилар орасида бир нечта олимпиада мукофоти сабаб 300-400 млн сўм олганлар ҳам бор экан.

Сизнингча, бу пул мукофотлари улар учун етарлими?

Видеони ўқиб олим бўлармидинг дейдиганларга юбориб қўйинг.

@Jurnalist24uz -каналига аъзо бўлинг

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

10 Nov, 08:55


👋😊 🇦🇿 Bokudan salom!

📱 😁 Bugun BMT Iqlim konferensiyasining yosh ishtirokchilari, jumladan, "Eco-schools Uzbekistan" loyihasi va "Young Climate Champions" hamjamiyati faollari uchun o‘quv ekologik oromgohi boshlandi. Bu yerda Markaziy Osiyo mamlakatlari, Ozarbayjon, Vengriya va Turkiya yoshlari 2024–2030 yillarda barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish hamda bolalar va yoshlarni iqlim kun tartibiga jalb qilish bo‘yicha Xalqaro strategiyani amalga oshirishga qaratilgan "Yo‘l xaritasi" — kelgusi yilga mo‘ljallangan harakatlar rejasini ishlab chiqishga kirishadi.

#COP29
~~~
👋😊 🇦🇿 Привет из Баку!

📱 😁 Для молодых участников Климатической конференции ООН стартовал образовательный экологический лагерь, включая активистов проекта Eco-schools Uzbekistan и сообщества Young Climate Champions. Здесь ребята из Центральноазиатских стран, Азербайджана, Венгрии и Турции приступят к разработке «дорожной карты» — плану действий на следующий год по реализации Международной стратегии продвижения культуры устойчивого развития и вовлечения детей и молодежи в климатическую повестку на 2024–2030 годы.

#COP29

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

06 Nov, 16:24


#No_comment

Buxoro shahrida bo'lib o'tgan xorijiy tajriba asosidagi seminar-trening jarayonlaridan videolavha.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

06 Nov, 13:32


#Attestatsiya

O'zbekistonning olis hududi — So‘x tumanida joylashgan 29-maktabning o‘zbek tili o‘qituvchisi Shohro‘z Mo‘minzoda attestatsiya jarayonlarida 100 ballni qo‘lga kiritib, oliy toifaga ega bo‘ldi.

Ustozni ushbu natija bilan samimiy tabriklaymiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

06 Nov, 12:59


Oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻqitish katta samara bermoqda

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda boshqa tegishli tashkilotlar masʼul xodimlaridan iborat Ishchi guruh tomonidan Fargʻona viloyati maktablarida oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha olib borilayotgan ishlar holati oʻrganildi.

📍 Ushbu taʼlim maskanlarida oʻquvchilar oʻrgangan kasblari boʻyicha daromad topishlari uchun kasbiy taʼlim toʻgaraklari faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, Pedagoglarni yangi malakalarga oʻrgatish markazida "Kasbiy taʼlim ustalari" uchun pedagogika va zamonaviy dars oʻtish metodikalari boʻyicha oʻquv seminar tashkil etish rejalashtirilgan.

👉 Maʼlumot uchun: bugungi kunda hududdagi 200 nafardan ortiq oʻquvchilar oʻrgangan kasb-hunarlari ortidan qo‘shimcha daromad topib kelishmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

06 Nov, 10:33


#Attestatsiya

Buxoro viloyati, Vobkent tumanidagi 3-umumta’lim maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Billura Zayniyeva malaka test sinovlarida ishtirok etib, 98 ball bilan oliy malaka toifasiga ega bo‘ldi.

Ustozni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy qutlaymiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

06 Nov, 06:05


#Attestatsiya_2024

📍 Malaka toifasi uchun sinov jarayonlarida ustozlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan Toshkent shahri misolida tanishtiramiz.

❗️
Respublikamizning barcha hududlaridagi imtihon markazlari xuddi shunday sharoitlar bilan ta'minlangan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

06 Nov, 05:32


📌 “BARKAMOL AVLOD BOLALARI” FESTIVALI JIZZAXDA

🌍Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan navbatdagi "Barkamol avlod bolalari” festivali Jizzax viloyatida boʻlib oʻtdi.

🔰Festivalda “Barkamol avlod” bolalar maktabi toʻgarak a’zolarining ijodiy ishlari koʻrgazmasi hamda konsert dasturi tashkil etildi.

Konsert davomida
“Barkamol avlod” bolalar maktabining iqtidorli yoshlari tomonidan:

kuy-qoʻshiqlar,
milliy, zamonaviy va jahon raqslari,
teatr chiqishlari
ijro etildi.

🌐Festivalda hududdan jami 15 mingga yaqin oʻquvchi-yoshlar qatnashdi.

Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga diplomlar, sovrinlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

05 Nov, 12:57


#Attestatsiya

Xorazm viloyati, Urganch tumanidagi 13-umumta‘lim maktabining 2 yillik ish satjiga ega bo'lgan boshlang'ich sinf o'qituvchisi Munisa Rahimboyeva attestatsiya sinovlarida ishtirok qilib, 96 ball bilan birinchi malaka toifasiga ega bo'ldi.

Ustozni ushbu muvaffaqiyat bilan qutlaymiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

05 Nov, 05:27


#Янги_таълим_муассасалари

Surxondaryoda 82 ta ta'lim muassasasi foydalanishga topshirildi


Kuni kecha Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida jami 74 ta maktab, 8 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti zamonaviy ko‘rinishga keltirildi va foydalanishga topshirildi. Shuningdek, hududdagi 6 ta maktabda zamonaviy mini-stadion hamda 5 ta maktabda sport zallar ham barpo etilgan.

📍 Yangilangan ta'lim muassasalarida o‘g‘il-qizlarning munosib ta'lim olishlari uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan. Endilikda bolajonlar yorug‘ va shinam sinfxonalarda dars olish barobarida, zamonaviy axborot texnologiyalari, sport, musiqa jihozlaridan ham keng foydalanishadi.

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Matbuot xizmati

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

04 Nov, 14:38


#attestatsiya

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qoʻngʻirot tumani 57-sonli umumtaʼlim maktabining Boshlangʻich taʼlim fani oʻqituvchisi Gulshoda Homidova attestatsiya sinovlarida 96 balni qoʻlga kiritdi.

Ustozni bu yutuq bilan tabriklaymiz.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

04 Nov, 14:08


👋😊 Hammaga salom!

🏁 "Eco-schools Uzbekistan" loyihasida ishtirok etish uchun tanlov yakunlandi. Biz 256 ta bo‘ldik!

🏫 Dunyoni yaxshilashga intilayotgan 256 ta maktab!

🤝 Xush kelibsiz!

🌳 "Eco-Schools Uzbekistan" loyihasi yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirishga qaratilganki, toki har bir inson tabiat va atrof-muhitni asrab-avaylashga hissa qo‘sha olsin.

🧑‍💻 Bu maktab o‘quvchilari, o‘qituvchilar va ota-onalarni ekologik toza maktablarni yaratish uchun birlashtiradigan tashabbusdir.

🍉 Biz birgalikda ekologik ta’lim oromgohlari va mahorat darslarida ishtirok etamiz, chiqindilarni qayta ishlash va resurslarni tejash bo‘yicha loyihalarni o‘rganamiz va amalga oshiramiz, issiqxonalarda ekologik toza mahsulotlar yetishtiramiz va hokazo!

☝️ "Eco Schools Uzbekistan" — birgalikda barqaror kelajak sari!
~~~
👋😊 Всем привет!

🏁 Закончился отбор для участия в проекте Eco-schools Uzbekistan. Нас 256!

🏫 256 школ, стремящихся сделать мир лучше!

🤝 Добро пожаловать!

🌳 Проект Eco-Schools Uzbekistan направлен на формирование экологической культуры среди молодежи и создан для того, чтобы каждый мог внести свой вклад в сохранение природы и окружающей среды.

🧑‍💻 Это инициатива, которая объединяет школьников, учителей и родителей для создания экологически чистых школ.

🍉 Вместе мы будем участвовать в экологических образовательных лагерях и мастер-классах, узнаем и реализуем проекты по переработке отходов и экономии ресурсов, будем выращивать в теплицах экологически-чистые продукты и многое другое!

☝️ Eco Schools Uzbekistan — вместе на пути к устойчивому будущему!

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

04 Nov, 11:57


#mehrjon_bayrami

Sirdaryo viloyatidagi barcha maktabgacha taʼlim muassasalarida "Mehrjon" bayramlari tashkil etilmoqda.

🔹 Hududdagi Guliston shahar "Quvonch" davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida boʻlib oʻtgan bayram tadbirida saxovatli kuz neʼmatlaridan tashkil etilgan koʻrgazma namoyish etildi.

👉 Tashkilot tarbiyalanuvchilari tomonidan ijro etilgan ona-diyorimizni, oltin kuzni taʼriflovchi sheʼrlar, kuy-qoʻshiq va hikmatli soʻzlar, raqslar tadbir ishtirokchilariga manzur boʻldi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

04 Nov, 10:50


#Таълим_саёҳати

🔴 Ayni paytda “Xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha eng yaxshi maktab” tanlovida g’olib bo’lgan bir guruh jamoalar
ta’lim sayohati uchun Germaniyada bo‘lib turishibdi.

Bugun dastur doirasida ishtirokchilar Radolfzell shaharchasida joylashgan Carl Duisburg til markazida o‘quv jarayonlarida qatnashishdi. Mashg‘ulotlar avvalida o‘quvchilarning til bo‘yicha bilimlari tekshirildi hamda guruhlarga ajratildi.

Shundan so‘ng amaliy dars jarayonlariga start berildi.

Loyiha doirasida, shuningdek vazirlik vakillari Carl Duisburg til maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

04 Nov, 09:59


#Ustozlar_fikri

ATTESTATSIYA NATIJALARIGA KO'RA OLIY TOIFAGA O'TGAN USTOZLAR


"Halol va shaffof o'tayotgan test sinovlarda qatnashib, oliy toifaga ega bo'ldim",- deya ta’kidladi, attestatsiya jarayonlarida yuqori natija qayd etgan Qo'rg'ontepa tumani 16-umumta'lim maktabi boshlang'ich sinf o'qituvchisi Sayyora Sultonova

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Web sayt

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

04 Nov, 05:08


#Attestatsiya

Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanidagi 23-umumta‘lim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi Sokina Murodova attestatsiyasida 92 ball bilan birinchi malaka toifasiga ega bo'ldi.

Ustozni ushbu muvaffaqiyat bilan qutlaymiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

03 Nov, 08:19


#tinglovchi_fikri

🔹Menejerlik o‘quv kurslari sizga nima berdi?

🔹O‘quv kursda sizga ko‘proq qaysi modul yoqdi?

🔹Taqdimot mavzuingizning dolzarbligi nimada?

✔️Menejerlik o‘quv kursining yakuniy test imtihonida 60 dan 60 ball olgan amaldagi direktor Sevara Qarshiboyevani suhbatga tortdik.

Video lavhada ustozning fikrlari bilan tanishishingiz mumkin.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

03 Nov, 03:41


#attestatsiya

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkazilayotgan joriy malaka sinovlarini quyidagi manzil orqali toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib borishingiz mumkin.


https://cams.uzedu.uz/

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

02 Nov, 16:23


#Vazir_kubogi
#badiiy_gimnastika

Bugun poytaxtimizdagi Gimnastika boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabida oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida sportning badiiy gimnastika turi boʻyicha “Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri kubogi” respublika musobaqasi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

📍 Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova, vazirlik masʼullari, tegishli tashkilot va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Musobaqada umumtaʼlim maktablarining 1-4-sinf oʻquvchi-qizlari maktab, tuman (shahar), hududiy (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) hamda respublika bosqichlari boʻyicha oʻzaro kuch sinashishdi.

Musobaqaning tuman (shahar) bosqichi 7-10-oktabr kunlari, hududiy bosqichi 21-25-oktabr kunlari tashkil etildi.

Bugun boʻlib oʻtgan musobaqaning Respublika bosqichi yakuniy natijalariga koʻra, jamoaviy bahslar boʻyicha:

🥇 1-oʻrin — Toshkent shahar jamoasi;
🥈2-oʻrin — Jizzax viloyati jamoasi;
🥉3-oʻrin — Sirdaryo viloyati jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi.

Yakka ishtirokchilar yoʻnalishi boʻyicha:

2016-yil tug’ilgan o’quvchilar o’rtasida:


🥇1-oʻrin — Xadicha Asadullayeva (Toshkent shahri);
🥈2-oʻrin — Kamila Qilichova (Buxoro viloyati);
🥉3-oʻrin — Esmira Abilkirimova (Samarqand viloyati)ga;

2017-yilda tug’ilgan o’quvchilar o’rtasida:


🥇1-oʻrin — Samira Xolmurodova (Toshkent shahri);
🥈2-oʻrin — Samira Nosirjonova (Namangan viloyati);
🥉3-oʻrin — Samira Jurayeva (Buxoro viloyati)ga nasib qildi.

Musobaqa gʻoliblari Vazir kubogi, maxsus Diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

30 Oct, 06:52


#Attestatsiya
#Ishtirokchilar_fikri

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Amudaryo tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchisi Sohiba Rajabboyeva:

Malaka toifa sinovlari juda uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda. Ochiqlikni ta’minlash maqsadida jonli efirlar tashkil etilgan. Test sinovlarida bilim va tajribamga tayangan holda 84 ball to‘plab, 1-toifaga ega bo‘ldim.

👉 Qoraqalpoq tilida

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

30 Oct, 06:01


✔️ Vazirligimiz tomonidan tashkil etilgan “Jadidlar izidan” respublika tanlovida qatnashish uchun 364 906 nafar o‘quvchilar onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Ko‘rinib turibdiki, jadid bobolarimiz merosini o‘rganishga o‘quvchilarimizning ishtiyoqi baland. Barcha ishtirokchilarga omad tilayman.

📌O‘quvchilar soni hududlar kesimida:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi: 22 916 ta.
Andijon viloyati: 40 833 ta.
Buxoro viloyati: 8 912 ta.
Jizzax viloyati: 8 288 ta.
Qashqadaryo viloyati: 23 503 ta.
Navoiy viloyati: 10 449 ta.
Namangan viloyati: 9 324 ta.
Samarqand viloyati: 26 253 ta.
Sirdaryo viloyati: 4 278 ta.
Surxondaryo viloyati: 67 551 ta.
Toshkent viloyati: 14 766 ta.
Farg‘ona viloyati: 42 862 ta.
Xorazm viloyati: 60 825 ta.
Toshkent shahri: 24 146 ta.

@hilola_umarova

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

30 Oct, 05:02


#Attestatsiya
#nokomment

👉 Namangan viloyatidagi 11 mingga yaqin pedagoglar joriy attestatsiya jarayonlarida qatnashishi rejalashtirilgan.


Lavhalar kuni kecha Informatika va axborot texnologiyalari fanidan hududda o‘tkazilgan sinov jarayonlaridan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

29 Oct, 13:25


#Attestatsiya
#Ishtirokchilar_fikri

Buxoro viloyati, Peshku tumanidagi 38-maktabning Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchisi Lobar Sulaymonova:

Attestatsiyada ilk bor ishtirok etyapman. Bu yerda yaratilgan qulayliklar, test jarayonlarining sifatli va shaffof tashkil etilganligi ko‘rib, to‘g‘risi, o‘zimga bo‘lgan ishonch kuchaydi.

Sinov jarayonida oliygohda olgan bilimlarim va qisqa vaqt bo‘lsa-da maktabda tajribali hamkasblarim yordamida orttirgan tajribam menga juda asqotdi. Sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, 2-malaka toifasiga ega bo‘ldim.

Savollar bevosita o‘z fanimiz va faoliyatimiz bilan bog‘liq bo‘lib, murakkablik darajasi o‘rtacha. O‘ylaymanki, o‘z kasbini sevgan har qanday o‘qituvchi bu sinovdan hech qiynalmay o‘ta oladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤️
Telegram 🌐 Facebook
🌐
Youtube 🌐 Instagram
🔎
Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

29 Oct, 11:49


#Attestatsiya
#nokomment

👉 Poytaxt va Toshkent viloyatidagi taʼlim muassasalari pedagoglari ham malaka sinovlarida faol ishtirok etmoqda.

Maʼlumot uchun: Bugun Informatika va axborot texnologiyalari fanidan sinovlar bo’lib o’tmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

29 Oct, 09:30


#Attestatsiya

Vazirlik tizimdagi taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari malaka sinovidan oʻtkazilmoqda

Xabar qilinganidek, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga muvofiq, joriy yilning oktabr-noyabr oylarida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari malaka test sinovlaridan oʻtkaziladi.

Ma’lumot uchun:
joriy sinovlarda ishtirok etish uchun 190 mingdan ortiq talabgor pedagoglardan ariza kelib tushgan. Ulardan 153 ming nafardan ortigʻi test sinovlarida qatnashishi kutilmoqda.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1817
_________
Foto: joylarda oʻtkazilayotgan malaka sinovlari jarayonlaridan

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

28 Oct, 15:47


"Zamin creative" loyihasi doirasida А.Аvloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti hamda Xalqaro inklyuziv xabda ijod maktablari o‘qituvchilari uchun inklyuziv kreativ ta’limni rivojlantirish bo‘yicha gibrid formatda o‘quv seminar-trening o‘tkazildi. Qarshi, Toshkent, Andijon, Nukus va Marg‘ilondan kelgan o‘qituvchilar media, dizayn va teatr san’ati yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanma asosida o‘qitildi.

O‘zbekistonlik mutaxassislar bilan bir qatorda Ozarbayjon inklyuziv rivojlanish va ijod markazi DOST pedagoglari ta’limni hammabop qilish bo‘yicha amaliy tajribasi hamda ijtimoiy-psixologik ish usullari bilan o‘rtoqlashdi.

В рамках проекта Zamin creative для преподавателей творческих школ в Национальном институте педагогического мастерства имени А.Авлони и Международном инклюзивном хабе в гибридном формате прошёл образовательный семинар-тренинг по развитию инклюзивного креативного образования. Преподаватели из Карши, Ташкента, Андижана, Нукуса и Маргилана прошли обучение по учебно-методическому пособию по направлениям: медиа, дизайн и театральное искусство.

Наряду со специалистами из Узбекистана методами психолого-социального взаимодействия и практическим опытом как сделать образование доступным поделились педагоги из Азербайджанского Центра инклюзивного развития и творчества DOST.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

28 Oct, 13:44


✔️ “Jadidlar izidan” tanlovi!!!

🌀 Xabaringiz bor, joriy yilning oktabr oyida o‘quvchilar o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida “Jadidlar izidan” tanloviga start berilgan.

📝 Mazkur tanlovda ishtirok etish uchun o‘quvchilar jadidlarizidan.uz orqali onlayn ro‘yxatdan o’tdi.

🟢 Tanlovning tuman (shahar) bosqichi 31-oktabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

❗️ Ishtirokchilar soni ko‘p bo‘lgan tuman (shahar)larda tanlovning sektor bosqichi joriy yilning 28-30-oktabr kunlari o‘tkaziladi.

📣 Bizni @jadidlarizidanuz telegram kanalida kuzatib boring!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

28 Oct, 12:34


#Видеоинструкция
#Аттестация

Видеоинструкция по проведению тестовых испытаний на квалификационную категорию педагогических кадров

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

28 Oct, 12:34


#Видеойўриқнома
#Attestatsiya

Pedagog kadrlarning malaka sinovlarida ishtiriok etishi bo‘yicha videoyo‘riqnoma

❗️Unda attestatsiya kuni amal qilish lozim bo‘lgan qoidalar, belgilangan vaqt va imtihon tartibi haqida batafsil ma’lumot berilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

28 Oct, 11:27


📣 📣 Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi

Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tizimidagi umumta’lim, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilining kuzgi ta’tili 4-noyabrdan boshlanib, 10-noyabrgacha davom etadi.

❗️II chorak dars mashg‘ulotlari 2024-yil 11-noyabrdan boshlanadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

28 Oct, 09:46


#Xalqaro_hamkorlik
#Мактабгача_таълим

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi masʼul xodimlaridan iborat delegatsiya vakillari Bolgariya davlatining Sofiya shahrida ilk yoshdagi bolalarni rivojlantirishga bagʻishlab oʻtkazilgan “ISSA Conferense 2024” xalqaro konferensiyasida ishtirok etishdi.

Konferensiyada Oʻzbekistonda bolalarni ilk yoshdan rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va maktabgacha taʼlim tizimida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan ijobiy natijalar hamda istiqboldagi vazifalar xususida maʼlumot berildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

28 Oct, 08:35


#Мактабгача_таълим
#Gimnastika

Surxondaryo viloyatidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida shaxmat va gimnastika sport turi keng ommalashmoqda

👉 Jarayonlar viloyatning Termiz shahri, Sariosiyo, Uzun tumanlaridagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari misolida.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

28 Oct, 05:53


📣 Malaka toifa sinovlari ertadan boshlanadi

❗️ Xabar berilganidek, maktabgacha, umumtaʻlim va maktabdan tashqari taʻlim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning 29-oktabridan boshlab malaka toifa sinovlarini oʻtkazish boshlanadi hamda 16-noyabrga qadar davom etadi.

Eslatib oʻtamiz: malaka test sinovlarini bajarish uchun:

matematika, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, biologiya, fizika fanlari uchun — 120 daqiqa;

qolgan barcha fanlar uchun — 90 daqiqa vaqt ajratiladi.

Malaka sinovlarining:

birinchi bosqichida – mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta (mutaxassislik fanidan 35 ta, pedagogning kasbiy standartlaridan 5 ta) test topshirigʻi beriladi. Har bir toʻgʻri bajarilgan test 2 ball bilan baholanadi. Test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi;

ikkinchi bosqichda pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda oʻqitish, “amaliy oʻyin”, interfaol taʼlim uslubi va boshqalar) qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir toʻgʻri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.

👉 Malaka toifa sinovlari oʻtkaziladigan sanalar (fanlar kesimida);

👉 Malaka test sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari;

👉
Malaka test sinovlarini oʻtkazishga doir sinov materiallari.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

26 Oct, 07:17


#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор

Xalqaro til bilish sertifikatida yuqori natijalarni qoʻlga kiritayotgan oʻquvchilarimiz soni kundan kun ortib bormoqda.

❗️ Qarshi shahridagi 5-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchisi Sunnat Xayrullayev ham IELTS dan 8.0 natijani qoʻlga kiritdi (listening — 8.5, reading — 9.0, writing — 6.5, speaking — 7.0, overall — 8.0).

👉 Maʻlumot uchun: Sunnat Xayrullayev AQSH va Oʻzbekiston yoshlari oʻrtasida ikki davlat xalqlari tarixi, madaniyati, ilm-fan va til oʻrganish, oʻquvchi yoshlarda liderlik qobilyatlarini yanada shakllantirish maqsadida tashkil etilgan oʻquv loyihasi doirasida viloyat miqyosida gʻolib boʻlib, bir muddat Amerikada tahsil olib keldi.

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

25 Oct, 13:54


"Ixtirochilikka qadam" respublika tanlovi qizgʻin davom etmoqda

Avval xabar qilinganidek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumtaʼlim muassasalari, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar hamda nodavlat umumtaʼlim maktablarining 5-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida "Ixtirochilikka qadam" respublika tanlovi oʻtkazilmoqda.

Tanlovda oʻquvchilar tomonidan taʼlim, axborot texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim oʻzgarishi va qishloq xoʻjaligi yoʻnalishlari boʻyicha yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratish talab etiladi.

❗️ Ayni vaqtda tanlovning 1-bosqich jarayonlari qizgʻin davom etmoqda.

Maʼlumot uchun: Tanlov 4 bosqichda quyidagi vaqtlarda tashkil etiladi:


Maktab bosqichi – oʻquv yilining 1-choragida;
Tuman (shahar) bosqichi – oʻquv yilining 2-choragida;
Viloyat bosqichi – oʻquv yilining 3-choragida;
Respublika bosqichi – oʻquv yilining 4-choragida boʻlib oʻtadi.


👉 Foto: joylarda oʻtkazilayotgan tanlov jarayonlaridan

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

25 Oct, 11:49


#xalqaro_hamkorlik

Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi vakillari Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida joylashgan “Oltin olma” xususiy bog‘chasida bo'lishdi.

Mazkur maktabgacha ta'lim tashkiloti davlat-xususiy sheriklik asosida Saudiya taraqqiyot jamg‘armasining moliyaviy ko‘magi asosida barpo etilgan. Loyiha umumiy qiymatining 63 foizi Taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan ajratildi.

Mazkur ta’lim tashkiloti hozirga qadar 70 dan ortiq tarbiyalanuvchilarni qabul qilgan bo‘lib, bolajonlarning ta’lim-tarbiya olishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

25 Oct, 07:37


Poytaxtimizda barcha shart-sharoitlarga ega zamonaviy davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari soni tobora ortib bormoqda.

❇️Bugun Yashnobod tumani yangidan barpo etilgan 203-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

🔰Tantanali marosimda Toshkent shahar hokimi Shavkat Umirzakov ishtirok etdi va so'zga chiqdi.

👭Tez orada jajji bolajonlarning sevimli maskaniga aylanadigan mazkur ta'lim muassasasi 240 o'ringa mo'ljallangan. Oshxona, musiqa va sport zallari shinam va yorug', mashg'ulot xonalari va yotoqxonalar zamonaviy jihozlanganligi e'tiborlidir.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 https://t.me/ToshkentshaharMMTB

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

25 Oct, 06:06


📣 Bugun — onlayn repetitsiyada qatnashishning oxirgi sanasi

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan joriy yilning avgust-dekabr oylarida attestatsiyadan oʻtuvchi pedagoglarni ushbu malaka sinovlariga tayyorlash maqsadida onlayn repetitsiya oʻtkazilmoqda.

❗️Bunda pedagoglar test sinovlari topshiriladigan maxsus platformadan foydalanish tartibi hamda namunaviy test savollari bilan atroflicha tanishishadi.

🖥 Eslatib oʻtamiz, onlayn repetitsiya bugun — 25-oktabr kuni oʻz yakuniga yetadi. Onlayn repetitsiya oʻtkazilish manzili: https://demotest.uzedu.uz

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

25 Oct, 04:28


#Seminar_trening

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish yo‘nalishidagi mas'ul xodimlar uchun o‘quv-seminar o‘tkazilmoqda.


O‘quv-seminar davomida:

ta'lim muassalari faoliyatini tashkil etish;
maktab ta'limi tizimida davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
maktablarda o‘quv-pedagogik hujjatlarni yuritish;
ta'lim tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirilmoqda.

📆 O‘quv-seminarning birinchi bosqichi joriy yilning 28-oktabr kuniga qadar davom etadi hamda vazirlikning 473 nafar hududiy bo‘linmalar mas'ul xodimlar ishtirok etadi.

Keyingi bosqichda 10 mingdan ortiq maktab direktorlari uchun kaskad usulida o‘quv-seminarlar tashkil etiladi hamda soha xodimlarining kasbiy va huquqiy savodxonligi oshiriladi.

💬 Seminar jarayonida ishtirokchilardan olingan taklif va muammolar tahlil qilingan holda ta'lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish va takomillashtirish yuzasidan loyihalar ishlab chiqiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

24 Oct, 12:07


#касб_ҳунарга_ўргатиш

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi masʼul xodimlaridan iborat Ishchi guruh aʼzolari Xorazm viloyatidagi kasb-hunar oʻqitish joriy etilgan maktablarda yaratilgan sharoitlar, kasbiy taʼlim ustalarining dars oʻtish jarayonlarini oʻrgandi.

Xususan, ushbu turdagi maktab direktorlari, kasbiy taʼlim ustalari va metodist psixologlar ishtirokida kasbiy taʼlimni rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan oʻquv seminari oʻtkazildi. Unda ishtirokchilarning kasbiy taʼlimni rivojlantirish borasidagi takliflari tinglandi, mavzuga doir savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berib oʻtildi.

👉 Shuningdek, kasbiy taʼlim ustalariga metodik yordam berish, ularning kasbiy mahoratini doimiy oshirib borish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi tajribasi asosida har oyning birinchi va uchinchi dushanbasi "Kasbiy taʼlimni rivojlantirish kuni" etib belgilandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

24 Oct, 07:06


❗️Diqqat!❗️

25-oktabr kuni soat 18:00 da “Yangilangan baholash tizimi” mavzusida @marifatziyo telegram kanalida ovozli chat o‘tkaziladi.

Mavzu yuzasidan savollarga Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori Dilrabo Davidovadan javob olinadi.

Baholash tizimiga oid savollaringizni @zilola_muhammadali ga yuborishingiz mumkin. Savol yuborish muddati 24-oktabr 18:00 ga qadar.

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

24 Oct, 06:14


#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор

Toshkent shahri, Yangihayot tumanidagi 331-sonli umumta'lim maktabi o'quvchisi Rustam Ne'matov IELTS xalqaro imtihonidan 8 ballik sertifikatga ega bo’ldi.


📚U mazkur imtihonning O’qib tushunish (Reading) qismidan 8,5, Tinglab tushunish (Listening) dan 9, Gapirish (speaking) dan 7,5 va Yozish (Writing) dan 6,5 balni qo’lga kiritdi.

Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

24 Oct, 05:10


Davlatimiz rahbari 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oʻqituvchi va murabbiylar bilan muloqot qilgan edi.

Muloqotda Prezidentimiz “Yil oʻqituvchisi” tanlovi oʻtkazilib, 208 ta tuman va shahardan gʻolib boʻlgan oʻqituvchilarga sovgʻa sifatida uy-joy berilishini eʼlon qilgan va bu xabarni soha xodimlari katta xursandchilik bilan kutib olgan edi. Oldimizda ushbu tanlovni shaffof, adolatli oʻtkazish vazifasi turibdi. Shu sabab bizga jamoatchilik, ayniqsa hurmatli pedagoglarimiz fikr, takliflarini eshitish muhim.

Tanlov qanday boʻlishi kerak, adolatli boʻlishi uchun qanday jihatlarga eʼtibor berish kerak, ishtirokchilar qaysi mezonlar asosida baholanishi lozim? Takliflaringizni @uzedu_vazirbot manziliga yuboring.

Biz uchun har bir fikr, taklif qadrli.

@hilola_umarova

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

23 Oct, 12:21


Surxondaryodagi maktabgacha taʻlim tashkilotlarida badiiy gimnastika toʻgaraklari faoliyat yuritmoqda

Viloyat maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmasi tomonidan hududdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida gimnastika sport turini keng ommalashtirish maqsadida qator ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, hozirda viloyatdagi 130 ta davlat maktabgacha taʻlim tashkilotida gimnastika toʻgaraklari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Bunda mahoratli trenerlar bolajonlarga badiiy gimnastikaning sir-asrorlari oʻrgatib kelishmoqda.

👉 Ayni vaqtda hududdagi nodavlat maktabgacha taʻlim tashkilotlarida ham gimnastika toʻgaraklari faoliyatini bosqichma-bosqich tashkil etish boʻyicha zarur ishlar olib borilmoqda.

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Matbuot xizmati

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐
Youtube 🌐 Instagram
🔎
Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

20 Oct, 17:06


Urganch shahar 7-son Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining 1-tayyorlov guruhida "Til-millat ko'zgusi" deb nomlangan tadbir o‘tkazildi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

20 Oct, 13:56


#Fotoreportaj

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o’yinining Respublika bosqichi jarayonlaridan fotoreportaj.

👉 Jonli efir

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

20 Oct, 12:28


Zakovat” turnirining Respublika bosqichi g’oliblari aniqlandi

Umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining Respublika bosqichi g’oliblari aniqlandi.

❇️Mazkur jamoa a’zolarining har biri maxsus diplom, tegishli ravishda oltin, kumush, bronza medallari hamda noutbuklar bilan taqdirlandi.

📍Gʻolib jamoa a’zolari qo‘shimcha ravishda respublikadagi davlat oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilinish va bir o‘quv yili davomida quyidagi miqdorlarda stipendiyalar bilan taqdirlanish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi:

1-o‘rinni egallagan jamoa a’zolari - bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari;

2-o‘rinni egallagan jamoa a’zolari - bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari;

3-o‘rinni egallagan jamoa a’zolari - bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari.

Maktablardagi "Zakovat" klublarining faoliyati eng yaxshi, deb topilgan 30 nafar koordinatorlari planshet bilan taqdirlandi.

✔️Shuningdek, amaldagi tartibga ko‘ra, Respublikadagi barcha maktablar "Zakovat" klublari koordinatorlari Direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan oylik ish haqining 50 foizi miqdorida bir marta moddiy rag‘batlantiriladi.

❗️Eslatib o'tamiz, “Zakovat” intellektual o'yinining saralash bosqichlarida 100 mingdan ortiq bilimdon o'quvchilar bilimini sinovdan o'tkazdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

1-o‘rin - Navoiy viloyati, Uchquduq tumanidagi 7-maktab,

2-o‘rin - Buxoro viloyati, Buxoro shahridagi 39-IDUM,

3-o‘ringa - Xorazm viloyati, Bog’ot tumanidagi 92-son IMI munosib deb topildi.

G’olib jamoalarni ulkan yutuq bilan muborakbod etamiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

20 Oct, 06:25


#Boqiysan_iftixorimsan_ona_tilim

Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 260-sonli umumta'lim maktabi o'qituvchi va o'quvchilari “Qadring baland bo'lsin, Ona tilim!” shiori ostida o'tayotgan chellenjda ishtirok etishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

20 Oct, 05:21


#live

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

🔴 Bugun umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda yurtimizdagi barcha hududdan uchtadan jami 42 ta jamoa ishtirok etmoqda.

❇️Turnirda ishtirok etayotgan jami 294 nafar o’quvchilarga omad tilab qolamiz.

❗️Eslatib o‘tamiz, g‘olib jamoa Oliy ta’lim muassasalariga imtiyoz asosida o‘qishga qabul qilinadi hamda 1 o‘quv yili mobaynida “Zakovat” stipendiyasi bilan rag‘batlantirib boriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin