Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov @xalqtaliminfo Channel on Telegram

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

@xalqtaliminfo


Ambassador of @profiuniversity

www.xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali.

Savol yuborish: @savollar_murojaat_bot

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: http://myurls.co/xalqtaliminfo

Reklama: @XalqinfoREK

Guvohnoma: №146004

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov (Uzbek)

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov Telegram kanali sizga O‘zbekiston ta‘lim tizimida so‘nggi yangiliklarni, ma‘lumotlarni va tavsiyalarni taqdim etadi. Bu kanal @profiuniversity ning elchisi bo‘lib, www.xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanalidir. Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga yuborilgan havolalar orqali ham bu kanalga ulashingiz mumkin. Ushbu kanalda savollaringizni yuborish uchun xizmat qiluvchilar tomonidan cheklangan va reklama uchun @XalqinfoREK ga murojaat etishingiz mumkin. Kanal guvohnoma: №146004 bilan tasdiqlangan. Xalq ta‘limi Info kanalida savollar va fikrlaringizni ulashing, ta‘lim bilan bog‘liq muhim ma‘lumotlarni o‘qing va o‘z bilim va ko‘nikmalaringizni o‘z o‘rnida o‘rtacha bilim oldingizni kengaytiring. Ob-havo kutilmay, kanalga a’zo bo‘ling va ta‘lim sohasidagi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

12 Jan, 06:58


Baho ortidan o‘qituvchiga bosim o‘tkazgan ota-ona jarimaga tortildi

Shahrixon tumanida maktab o‘qituvchisiga bosim o'tkazib, farzandiga baho qo‘yishni talab qilgan ota-ona sud tomonidan jarimaga tortildi.

O‘qituvchi huquqbuzar ota-onadan yetkazilgan moddiy zarar uchun 3 million 325 ming so‘m, ma’naviy zarar uchun esa 3 million so‘m undirish haqida hal qiluv qarori qabul qilishni so‘ragan.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1043

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

11 Jan, 12:27


O‘qituvchilarga imtiyozli avtokredit berish taklifi rad etilgani haqidagi xabarlar yuzasidan qo‘shimcha izoh

Bugun pedagog xodimlarga imtiyozli shartlar asosida avtomobil sotib olish imkoniyati yaratilayotgani haqida xabar berilgandi.

Ammo oradan biroz vaqt o‘tib, ushbu taklif "UzAuto Motors" AJ tomonidan rad etilganligi haqida xabarlar tarqaldi.

"UzAuto Motors" AJning Vazirlar Mahkamasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yo‘llagan xatidan tushunilishicha, Onix, Tracker, Malibu, Equinox, Captiva 5T va Traverse avtomobillarini maxsus shartlar asosida xarid qilish uchun kredit berish mexanizmlari joriy qilingan.

Bundan shuni anglash mumkinki, hozirgi kunda Onix, Tracker, Malibu, Equinox, Captiva 5T va Traverse avtomobillarini imtiyozli shartlar asosida xarid qilish nafaqat pedagoglarga, balki barcha aholi uchun mavjud.

Ammo ushbu imtiyozli shartlar qay tartibda joriy etilgani haqida "UzAuto Motors" AJ ham Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ham batafsil tushuntirish berganicha yo‘q.

Xalqtaliminfo.uz holatga aniqlik kiritish maqsadida ushbu masala bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga murojaat qilgan. O'ylaymizki, tez orada vazirlik mazkur masala yuzasidan rasmiy bayonot beradi.

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

11 Jan, 05:27


Pedagoglarga mo‘ljallangan imtiyozli avtokreditlar qay tartibda beriladi?

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ko‘rsatmasiga binoan, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning taklifi asosida pedagog xodimlarga imtiyozli shartlarda avtomobil sotib olish imkoniyati yaratilmoqda.

Xo'sh, pedagoglarga taklif etilayotgan Onix, Tracker, Malibu, Equinox, Captiva 5T avtomobillarining hozirgi kundagi narxlari qanday?

Pedagoglar ushbu mashinalardan birini sotib olish uchun oldindan qancha to‘lov qilishi kerak? Bu haqda maqolamizda o'qing.

Batafsil
— https://xalqtaliminfo.uz/post/1042

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

10 Jan, 10:22


Hilola Umarova nima uchun xorijdan “til egalari” olib kelinganini izohladi

Uning aytishicha, bunday amaliyotdan aksariyat davlatlar faol foydalanadi. Ma'lum bo'lishicha, “til egalari” bir haftada 20 soatlik dars bilan birga uch marta qo‘shimcha to‘garak mashg‘ulotlari ham o‘tmoqda.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1041

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

09 Jan, 13:14


Inklyuziv ta’lim o‘qituvchilarini sertifikatlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi loyihasi ishlab chiqildi.

Davlat dasturida nazarda tutilishicha, alohida ta’lim ehtiyojiga ega o‘quvchilar bilan ishlaydigan o‘qituvchilarni sertifikatlash tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1040

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

09 Jan, 10:24


Ta'limga oid eng dolzarb savollarga javoblar

"So'ragan edingiz" rukni ostida pedagoglarni qiziqtirgan eng dolzarb savollarga javob berishda davom etamiz.

Attestatsiyadan o‘tolmagan rahbar xodimga dars berish to‘g‘rimi?
➡️JAVOB

Uch yoshgacha bolalari bor ayol o‘qituvchi kasbiy sertifikat olmasdan ishlashi mumkinmi?
➡️JAVOB

O‘qituvchiga necha soatgacha dars berish mumkin?
➡️JAVOB

“Tarbiya” fanidan boshlang‘ichlarga dars beradigan o‘qituvchilarning malaka toifasi uchun haq to‘lanadimi?
➡️JAVOB

Attestatsiyada 86 va undan yuqori ball to‘plagan o‘qituvchilarga 70 foizlik ustama beriladimi?
➡️JAVOB

Ish haqi saqlanmaydigan ta’til qay tartibda beriladi?
➡️JAVOB

O‘quvchilarga berilgan darsliklarni kim nazorat qilib borishi kerak?
➡️JAVOB

O‘qituvchi 3 kun sababsiz ishga kelmasa, unga qanday jazo chorasini qo‘llash mumkin?
➡️JAVOB

Qanday holatda 15 yillik ish stajiga ega o‘qituvchining toifasi umrbod saqlanadi?
➡️JAVOB

O‘quvchilarni sayohatga olib borish uchun qaysi tashkilotdan ruxsat olish kerak?
➡️JAVOB

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

09 Jan, 05:25


#Sõragan_edingiz

Vazir ustamasiga da’vogar bo'lgan pedagoglar ro‘yxatini kimlar vazirlikka taqdim etadi?

Savol

Assalomu alaykum. O‘qituvchiman, yutuqlarim esa juda ham ko‘p. Vazir ustamasiga da’vogarlik qilmoqchiman. Lekin mening nomzodimni kimlar vazirlikka berishini aniq bilmayapman.

Javob — https://xalqtaliminfo.uz/post/1039

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

08 Jan, 09:21


6 mln so‘mlik vazir ustamasi oladigan pedagoglar kvotasi tasdiqlandi

2025-yilda vazir jamg‘armasidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning cheklangan soni 1 500 nafar etib belgilandi.

Kvotalar qanday taqsimlanadi?

Nomzod pedagoglar ro‘yxati qanday shakllantiriladi?

Pedagoglarga qanday talablar qo‘yilgan?

Test sinovlari qay tartibda o'tadi?

Quyidagi maqolada siz vazir jamg‘armasi hisobidan har oy to'lanadigan ustamalarga qanday qilib erishish mumkinligi haqidagi ayrim ma'lumotlar bilan tanishasiz.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1038

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

08 Jan, 05:50


Maktablarga elektromobil beriladi: Buning uchun “Bir million dasturchi”da eng yuqori natija talab etiladi

Shuningdek, loyiha doirasida yuqori natija ko‘rsatgan qatnashchilarga 700 ta noutbuk, chet elga sayohat va pul mukofotlari berilishi ma’lum qilingan.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1037

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

06 Jan, 14:49


Eng yaxshi bezatilgan ta’lim muassasalari taqdirlandi

Bu yil ham an’anaviy tarzda “Eng yaxshi bezatilgan ta’lim muassasalari” tanlovi o‘tkazilgandi.

Bugun tanlovda faxrli o‘rinni egallagan ta'lim muassasalari jamoasi va’da qilingan pul mukofoti va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1034

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

06 Jan, 13:35


Recep Tayyip Erdoğan Universiteti hamda Profi University o'rtasida memorandum imzolandi

Recep Tayyip Erdoğan Universiteti rektori Prof. Dr. Yusuf Yılmaz va Profi University rektori, akademik G'ayrat Shoumarov o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida ikki universitet o'rtasida ilmiy va akademik sohalarda hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan memorandum imzolandi.

Ushbu memorandum ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, professor-o‘qituvchilar almashinuvi va talabalar uchun qo‘shma dasturlarni rivojlantirishni maqsad qilgan.

Bu esa ikki universitet hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish imkonini beradi.

Universitet haqida batafsil:
➡️https://xalqtaliminfo.uz/post/843

0️⃣Profi University — dunyo miqyosidagi ta'lim va imkoniyatlar sari yo'l

Telegram | Instagram | YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

06 Jan, 11:46


2025-yil 1-martga qadar pedagoglar attestatsiyada ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tishlari mumkin

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlandi.

Attestatsiyada ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish 2025-yil 1-martga qadar davom etadi.

Pedagoglar tomonidan yuborilgan murojaatlar:

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining yangilangan interfeysdagi pedkadr.uzedu.uz platformasi;

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;

Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi.

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

05 Jan, 13:07


Ta’limga oid haftaning eng muhim yangiliklari bilan tanishing

Yangi yil bayrami munosabati bilan o'tkazilgan "Eng yaxshi bezatilgan ta'lim muassasasi" tanlovi g'oliblari anilqlandi
➡️ BATAFSIL

Pedagoglar e’tirofi — yil sarhisobi
➡️ BATAFSIL

Pedagog xodimlar uchun maxsus Yangi yil tabrigi
➡️ BATAFSIL

2025-yil 1-yanvardan ona tili va tarix o‘qituvchilariga milliy sertifikat uchun 50% ustama beriladi
➡️ BATAFSIL

"Cerebry" platformasi orqali o'quvchilarga PISA testlarini yechtirish samara beradimi?
➡️ BATAFSIL

Vazir Hilola Umarova faoliyatining ikki yillik sarhisobi
➡️ BATAFSIL

Har bir pedagog ko'rishi kerak bo'lgan ko'rsatuv
➡️ BATAFSIL

2025-yil 1-fevraldan bolalar masalalari bo‘yicha vasiylik va homiylik komissiyalari faoliyati tugatiladi
➡️ BATAFSIL

2025-yilda pedagoglarning ustama va ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatiladi
➡️ BATAFSIL

PISA, PIRLS va TIMSS qanday tadqiqot?
➡️ BATAFSIL

Dars taqsimoti: Eng ko'p so'raladigan savollar va ularning javoblari
➡️ BATAFSIL

Ta'lim tizimi xodimlariga e'lon
➡️ BATAFSIL

Vazir Hilola Umarovani yaqindan taniysizmi?
➡️ BATAFSIL

Mentor-o‘qituvchilarga 20 foizlik ustama to‘lash boshlanadi
➡️ BATAFSIL

Endi "Kasbiy rivojlanish kuni" belgilangan joyga bormagan o‘qituvchilar ishga kelmagan deb hisoblanadi
➡️ BATAFSIL

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

05 Jan, 08:17


Endi "Kasbiy rivojlanish kuni" belgilangan joyga bormagan o‘qituvchilar ishga kelmagan deb hisoblanadi

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” sifatida tashkil etiladigan kunlar belgilangan.

Avvalroq metodik kunlar “Kasbiy rivojlanish kunlari” sifatida qayta joriy qilingani haqida xabar bergandik.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/792

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

05 Jan, 03:35


Mentor-o‘qituvchilarga 20 foizlik ustama to‘lash boshlanadi

2025-yil 1-yanvardan boshlab barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Kasbiy rivojlanish soati”, tayanch umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida esa “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari joriy etilishi belgilangan.

Ushbu tadbirlarni tashkil etish uchun yuqori malakali o‘qituvchilar orasidan fanlar kesimida mentor-o‘qituvchilar tarkibi shakllantiriladi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1033

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

04 Jan, 13:19


Vazir Hilola Umarovani yaqindan taniysizmi?

Ushbu maqolada siz asli Germaniyada tug'ilgan Umarovaning yoshligi qanday kechgani, talabalik davri, Prezident maktabiga kirolmagan qizi hamda uning vazir lavozimiga tayinlangunga qadar bosib o'tgan yo'li haqidagi ayrim qiziq ma'lumotlar bilan tanishasiz.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/597

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

04 Jan, 06:23


Dars taqsimoti: Eng ko'p so'raladigan savollar va ularning javoblari

"So'ragan edingiz" rukni ostida pedagoglarni qiziqtirgan eng dolzarb savollarga javob berishda davom etamiz.

Maktabda darslar qanday taqsimlanishi kerak?
➡️JAVOB

O‘qituvchi darsini qisqartirib, maktabga yana yangi xodimni ishga olish to‘g‘rimi?
➡️JAVOB

O‘qituvchiga necha soatgacha dars berish mumkin?
➡️JAVOB

Attestatsiyadan o‘tolmagan rahbar xodimga dars berish to‘g‘rimi?
➡️JAVOB

Qayta tayyorlovdan o‘tgan o‘qituvchi mutaxassis o‘qituvchidan ko‘proq dars olishi mumkinmi?
➡️JAVOB

Sinf rahbarlik qilmaydigan o‘qituvchilarga dars berilmaydimi?
➡️JAVOB

“Tarix” o‘qituvchisi “Huquq”dan dars berishi mumkinmi?
➡️JAVOB

Maktabda ishlayotgan PhD ilmiy darajasiga ega o‘qituvchiga necha soat dars berilishi kerak?
➡️JAVOB

Joriy o'quv yilidan pensionerlarga faqat 6 soat dars beriladimi?
➡️JAVOB

30 soat darsni 3 kunga qo‘ydirib, qolgan uch kun dam olsa bo‘ladimi?
➡️JAVOB

"Zavuch" o‘ziga 10 soat darsni olib, qolganini o‘qituvchilarga taqsimlashi to‘g‘rimi?
➡️JAVOB

Dekret ta’tilidan qaytgan o‘qituvchilarga faqat ta’tildan avvalgi dars soatlarigina beriladimi?
➡️JAVOB

O‘qituvchilarga darslarni to‘liq taqsimlamay turib, talabani ishga olish to‘g‘rimi?
➡️JAVOB

Yangi o‘quv yilidan o‘qituvchilarga bir stavkadan ortiq dars berilmaydimi?
➡️JAVOB

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

03 Jan, 13:26


PISA, PIRLS va TIMSS qanday tadqiqot?

Bu tadqiqotlar haqida ko‘p eshitganmiz. Lekin ularning asl mohiyatini ayrimlar to‘liq tushunmagan bo‘lishi mumkin.

Ushbu 3 daqiqalik videoda siz PISA, PIRLS va TIMSS tadqiqoti hamda ularning bir-biridan farqini tushunib olishingiz mumkin.

"Tanaffus" podkastning ushbu sonini batafsil tomosha qilib, PISA, PIRLS hamda TIMSS xalqaro baholash dasturlari haqida batafsil bilib olishingiz ham mumkin.

▶️ To'liq video — https://youtu.be/kL4CWIEgH4Q

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

03 Jan, 10:27


2025-yilda pedagoglarning ustama va ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatiladi

Mas'ullarga pedagog xodimlarning huquqlari buzilishi aniqlangan holda zudlik bilan yuqori turuvchi organlarga murojaat qilish vazifasi yuklatildi.

Bu haqda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining navbatdagi majlisida so'z bordi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1032

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

03 Jan, 04:56


2025-yil 1-fevraldan bolalar masalalari bo‘yicha vasiylik va homiylik komissiyalari faoliyati tugatiladi

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni farzandlikka olish tartibi to‘g‘risidagi yangi nizom tasdiqlandi.

Endilikda tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar masalalari bo‘yicha vasiylik va homiylik bo‘yicha komissiyalar faoliyat yuritmaydi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1031

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

02 Jan, 13:27


Bu podkastni har bir pedagog ko'rishi kerak

"Tanaffus" podkastining navbatdagi sonida PISA, PIRLS hamda TIMSS xalqaro baholash dasturlaridagi natijalarimiz haqida suhbatlashgandik.

Bizningcha, har bir pedagog xodim ushbu podkastni ko'rishi yoki quyidagi sarlavhalardan birini tanlab, hech bo'lmaganda, uning bir qismini bo'lsa-da ko'rishi lozim deb o'ylaymiz.

O‘zingizni qiziqtirgan mavzular bo'lsa, belgilab qo'yilgan sarlavhalar ustiga bosing

PISA, PIRLS va TIMSS qanday tadqiqot?
➡️BATAFSIL

PISA, PIRLS va TIMSS faqatgina o‘quvchilar bilimini emas, balki ularning savodxonligini ham tekshiradi
➡️BATAFSIL

Bu tadqiqotlar nima uchun kerak?
➡️BATAFSIL

Xalqaro tadqiqotlarda egallagan o‘rinlarimiz nimani hal qiladi?
➡️BATAFSIL

60 foiz o‘quvchilarimizning PISA tadqiqotining minimal darajasiga ham chiqmagan
➡️BATAFSIL

O‘zbekistonlik o‘quvchilar tomonidan olingan ballar nimani anglatadi?
➡️BATAFSIL

PISA, PIRLS va TIMSSda birinchi bor ishtirok etgan hamma davlatlar past ball olishi tabiiy holmi?
➡️BATAFSIL

"Cerebry" platformasi orqali o‘quvchilarga PISA testlarini yechtirish samara beradimi?
➡️BATAFSIL

Nima uchun vazirlik xalqaro tadqiqotlardagi natijalarimiz bo‘yicha hisobot bermadi?
➡️BATAFSIL

Vazirlik keyingi tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘ryaptimi?
➡️BATAFSIL

Nima uchun xalqaro tadqiqotlardagi natijalarimiz Parlament darajasida muhokama qilinmadi?
➡️BATAFSIL

Nima uchun Hilola Umarova vazir lavozimga tayinlangandan buyon xalq bilan ochiq muloqot qilmadi?
➡️BATAFSIL

Ta’limga ajratilgan pullar noto‘g‘ri sarflanyaptimi?
➡️BATAFSIL

PISAdagi yuqori ball davlat iqtisodiyotiga ham ta’sir qiladimi?
➡️BATAFSIL

PISAda yuqori natija qayd etayotgan davlatlar nimalarni to‘g‘ri qilmoqda?
➡️BATAFSIL

Biz qanday xatolarga yo‘l qo‘yyapmiz?
➡️BATAFSIL

O‘zbekiston PISA 2025 da qanday natijaga erishishi mumkin?
➡️BATAFSIL

Xalqaro tadqiqotlarda oxirgi o‘rindagi davlat necha pog‘ona oldinga surilsa, yaxshi natijaga erishgan bo‘ladi?
➡️BATAFSIL

O‘zbekiston sharoitida ota-onalarning puli bo‘lsa ham sifatli ta’lim ololmaydi
➡️BATAFSIL

Biz PISA tadqiqoti asoschisi Andreas Shlyayxer aytgan narsalarning g‘irt teskarisini qilyapmiz
➡️BATAFSIL

Prezident maktabiga kirish uchun bolalar yoshligidanoq stressga tushyapti
➡️BATAFSIL

Ta’limdagi tabaqalashni ilmiy tadqiqotlar qoralaganmi?
➡️BATAFSIL

Sinfdagi o‘quvchilar soni ta’lim sifatida ta’sir qiladimi?
➡️BATAFSIL

O‘qituvchiga ishonib, ularga erkinlik berish kerakmi?
➡️BATAFSIL

Ta’limda yuqori natijalarga erishayotgan davlatlarda O‘zbekiston kabi yagona darslik mavjud emas
➡️BATAFSIL

Nima uchun O‘zbekistonda darsliklarni ochiq savdoga chiqarish taqiqlangan?
➡️BATAFSIL

Yangi baholash tizimining joriy qilingani xalqaro tadqiqotlardagi natijalarimizga qanday ta’sir qiladi?
➡️BATAFSIL

Xalqaro tadqiqotlarda yaxshi natijaga erishish uchun nimalar qilishimiz kerak?
➡️BATAFSIL

"DTM" testlari xotirani emas, ko‘nikmani tekshiradigan test bo‘lishi kerak
➡️BATAFSIL

O‘qituvchilarning malakasini oshirish tizimi tubdan isloh qilinishi kerak
➡️BATAFSIL

Finlandiya ta’limda qanday reformalarni amalga oshirgan?
➡️BATAFSIL

Ta’limga ajratilgan pullarni maqsadsiz sarflayapmizmi?
➡️BATAFSIL

PISA tadqiqoti faqat Prezident maktabi o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilsa, natija qanday bo‘lardi?
➡️BATAFSIL

Prezident maktablari xorij mamlakatlari uchun kadr tayyorlayaptimi?
➡️BATAFSIL

Eng yaxshi izoh egasi taqdirlanadi
➡️BATAFSIL

Ushbu sonimizda 500 ming so'mlik kitoblar jamlanmasi uchun e’lon qilingan savol
➡️BATAFSIL

"Tanaffus" podkastining xususiy maktablar haqidagi sonida eng yaxshi izoh yozgan g‘olibni e'lon qilamiz
➡️BATAFSIL

▶️ To'liq ko'rsatuv — https://youtu.be/kL4CWIEgH4Q

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

01 Jan, 15:13


#Rasman

Ona tili va tarix o‘qituvchilariga milliy sertifikat uchun 50% ustama berish to'g'risida ko'rsatma berilgan


Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi 2025-yil 1-yanvardan boshlab ona tili va tarix fani o‘qituvchilariga milliy sertifikat uchun 50 foiz ustama to'lash to'g'risida 2024-yil 19-dekabr kuni hududiy MMTBlarga ko'rsatma xati yuborgan.

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

01 Jan, 12:13


2025-yil 1-yanvardan ona tili va tarix o‘qituvchilariga milliy sertifikat uchun 50% ustama beriladi

Mazkur vazifaning to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova shaxsan javobgar etib belgilangan.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1012

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

01 Jan, 06:28


Yangi yil bayrami munosabati bilan o'tkazilgan "Eng yaxshi bezatilgan ta'lim muassasasi" tanlovi g'oliblari bilan tanishing

Xabaringiz bor, bu yil ham an’anaviy ravishda “Eng yaxshi bezatilgan ta’lim muassasalari” tanlovini o‘tkazdik. Ushbu tanlovda umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘z jamoalari bilan birgalikda ishtirok etishdi.

Eng namunali surat va bayram tabriklarini yuborgan maktablarning ijodiy ishlari orasidan munosiblari ajratib olindi. Shundan so‘ng, ular orasidan 1-, 2- va 3-o‘rin uchun nomzodlar random dasturi orqali tasodifiy tarzda aniqlandi.

🎁G'olib maktablar — https://xalqtaliminfo.uz/post/1029

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

31 Dec, 19:01


2025-yil

Yangi “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” muborak bo'lsin!

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

31 Dec, 18:06


Pedagog xodimlar uchun maxsus Yangi yil tabrigi

Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi barcha pedagog xodimlarni Yangi yil bilan samimiy tabriklaymiz. Batafsil videoda...

❗️"Eng yaxshi bezatilgan ta'lim muassasasi" tanlovi g'oliblarini ham mamnuniyat bilan e'lon qilamiz.

🎁G'olib maktablar — https://xalqtaliminfo.uz/post/1029

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

31 Dec, 06:16


Pedagoglar e’tirofi — yil sarhisobi

Xalq ta’limi Info loyihasiga 2018-yilda asos solingandi. Obunachilarimiz orasida 2018-yildan buyon bizni kuzatib kelayotganlari ham juda ko‘pchilikni tashkil qiladi.

Xalq ta’limi Info'da 2024-yil mobaynida 1 200 ta post va maqolalar e’lon qilingan bo‘lsa, ular 53 milliondan ortiqroq ko‘rildi. Bu esa bizni kuzatib borayotgan kuzatuvchilarimizning ta’limga befarq emasligidan dalolat beradi.

🤝 2024-yilda xalqtaliminfo.uz tahririyati bir qancha yutuqlarga ham erishdi:

Xalq ta’limi Info rasmiy ommaviy axborot vositasi sifatida ish boshladi;

"Tanaffus" podkasti faoliyati yo'lga qo'yildi;

Xalq ta’limi Info tahririyati OAV xodimlari kuni munosabati bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan taqdirlandi;

"Stressiz ta’lim" loyihasining dastlabki bosqichiga start berildi;

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Xalq ta’limi Info tahririyati hamda Profi University o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi;

Xalq ta’limi Info sayti “Internet jurnalistika ishlari” nominatsiyasi bo‘yicha Farg'ona viloyati miqyosida 1-o‘ringa loyiq deb topildi;

Eng muhimi, 2024-yilda pedagoglarni xursand qiladigan yana bir katta loyihani amalga oshirish uchun muhim kelishuvga erishildi. (Bu hozircha sir)

Bunda siz kabi kuzatuvchilarimizning qo‘llab-quvvatlashlari biz uchun juda muhim. Sizlar bizni kuzatib borayotganingiz uchun ham bizning loyihamiz tirikdir.

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

30 Dec, 14:34


Ta’limga oid haftaning eng muhim yangiliklari bilan tanishing

Vazir Hilola Umarova 2025-yil rejalarini Prezidentga taqdimot qilib berdi
➡️ BATAFSIL

Pedagog xodimlar yangi yil bayrami arafasida ketma-ket 5 kun, o‘quvchilar esa 14 kun dam oladi
➡️ BATAFSIL

Nega yana 5 yillik malaka oshirish tizimiga qaytildi?
➡️ BATAFSIL

Rahbar xodimlarning oylik maoshi yana ikki barobarga oshiriladi
➡️ BATAFSIL

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2024-yilda qanday ishlar amalga oshirildi?
➡️ BATAFSIL

O‘zbekiston ta’limi dunyodagi eng oxirgi o‘rinda...mi?
➡️ BATAFSIL

Maktabdagi “zavuch” lavozimi tugatilyaptimi?
➡️ BATAFSIL

A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga matbuot kotibi tayinlandi
➡️ BATAFSIL

“PIMA xodimi Fan olimpiadalari markaziga direktor bo‘ldi
➡️ BATAFSIL

2025-yil 1-yanvardan bog‘cha direktorlariga ham menejerlik sertifikati beriladi
➡️ BATAFSIL

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

30 Dec, 13:13


Farzandingiz Fransiyada o‘qishini xohlaysizmi?

Fransiyaning "South Champagne Business School" oliygohida qanday qilib o‘qish mumkin?

Qanday qilib, o‘qish xarajatlari ish beruvchi kompaniya tomonidan to'liq qoplangan holda Fransiyada o‘qib, mahalliy kompaniyalarda ishlash mumkin?

Xo‘sh, buning tartibi qanday?

Bu haqda mana bu yerdagi videoda batafsil bilib olishingiz, agar qo‘shimcha savollaringiz bo‘lsa, izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

30 Dec, 10:52


2025-yil 1-yanvardan bog‘cha direktorlariga ham menejerlik sertifikati beriladi, sentyabrdan esa 30 foizlik ustama joriy qilinadi

Maktab direktori va o‘rinbosarlariga joriy qilingan tartib bog‘cha direktorlariga ham tatbiq qilinadi. Endilikda, bog‘cha direktori lavozimiga nomzodlar zaxirasi ham menejerlik sertifikatiga ega bo‘lganlar orasidan shakllantiriladi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/828

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

30 Dec, 06:31


#Tayinlov

“PIMA
xodimi Fan olimpiadalari markaziga direktor bo‘ldi

Yangi tashkil etilgan Fan olimpiadalari markaziga shu vaqtga qadar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida ishlab kelayotgan To‘raboy Shermatov direktor etib tayinlandi.

Vazirlik tizimida 2019-yildan buyon olimpiadalarni tashkil etish hamda iqtidorli yoshlarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlash ishlari bilan shug'ullanib kelayotgan Umid Raxmonov esa o’z xohishiga ko’ra ishdan ketgani aytilmoqda.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1027

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

29 Dec, 10:59


#Tayinlov

A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga matbuot kotibi tayinlandi


Djumaniyazova Muyassar Mamatsheripovna A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti Matbuot kotibi – rektorning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1025

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

28 Dec, 06:18


#Eslatma

Bugun 2024-yilning oxirgi ish kuni


Yangi yil bayrami munosabati bilan pedagog xodimlar ketma-ket 5 kun, o‘quvchilar esa 14 kun dam oladi.

Pedagog xodimlar uchun dam olish kunlari 2-yanvar, payshanba kunigacha davom etadi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1018

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

27 Dec, 13:42


O’quvchilarning repetitorga qatnashi maktabdagi ta’lim sifatining pastligidanmi?

O’quvchilarning darsdan so’ng repetitorlik markazlariga borishini ko’pchilik maktabdagi ta’lim sifati pastligi bilan bog’laydi.

Bu qarash qanchalik to’g’ri? Xo’sh, biz ta’lim sifati yuqori deb biladigan xususiy maktab o’quvchilari ham repetitorga boradilarmi? Bu borada sizning fikringiz qanday?

Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.

▶️ To'liq video — https://youtu.be/t5vqqXp9ReA

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

27 Dec, 05:11


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Agar siz ta'lim siyosatiga befarq bo'lmasangiz, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining bir yillik faoliyatini baholash maqsadida o'tkazilayotgan kichik so'rovnomada ishtirok eting.

Ushbu so‘rovnoma mutlaq anonim bo‘lib, shaxsingiz to‘liq sir saqlanadi. Unda qatnashish orqali Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining bir yillik faoliyatiga xolis baho berishingiz mumkin.

So'rovnomada qatnashish uchun atigi bir daqiqa vaqt ketadi.

📊 So'rovnoma — https://xalqtaliminfo.uz/questionnaires/3/uform

❗️To'ldirish: So'rovnoma 2024-yil 31-dekabr, soat 11:30 da yakunlandi. Unda 5491 nafar respondentlar qatnashdi. Ishtirokchilarga tashakkur.

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

26 Dec, 08:22


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2024-yilda qanday ishlar amalga oshirildi?

Vazirlik 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar haqidagi sarhisoblarni e’lon qildi. Masalan, mazkur sarhisobda qurilish-ta’mirlash yo'nalishida olib borilgan ishlar statistikasini ko‘rishimiz mumkin.

Shuningdek, vazirlik e'lon qilgan infografikalarda nufuzli va xalqaro fan olimpiadalarida erishilgan yutuqlar hamda bolalarni bog'chaga qamrov darajasining oshib borish statistikasi ham ko'rsatilgan.

Xo'sh, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2024-yilda yana qanday ishlar amalga oshirildi?

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1021

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

26 Dec, 05:23


Ta'limga oid eng dolzarb savollarga javoblar

"So'ragan edingiz" rukni ostida pedagoglarni qiziqtirgan eng dolzarb savollarga javob berishda davom etamiz.

Maktabda ishlayotgan talabalar malaka oshirishga chiqishi shartmi?
➡️ JAVOB

O'quvchilari Prezident maktabiga kirgan pedagoglarga qanday imtiyozlar bor?
➡️ JAVOB

“Tarix” o‘qituvchisi “Huquq”dan dars berishi mumkinmi?
➡️ JAVOB

“Tarbiya” fani qayta tayyorlashda o‘qigan psixologga beriladimi yoki boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga?
➡️ JAVOB

Masofaviy ta’lim shaklida o‘qiydigan xodimlarga ish joyidan ish haqi saqlangan ta’til beriladimi?
➡️ JAVOB

Ham ishlab, ham o'qiyotgan xodimlarga qanday imtiyozlar bor?
➡️ JAVOB

O‘quvchilar besh tashabbus olimpiadasida o‘rin olsa, o‘qituvchiga ustama uchun ball beriladimi?
➡️ JAVOB

Dars soatining sinf rahbarligiga aloqasi bormi?
➡️ JAVOB

O‘qituvchi darsini qisqartirib, maktabga yana yangi xodimni ishga olish to‘g‘rimi?
➡️ JAVOB

Qayta tayyorlovdan o‘tgan o‘qituvchi mutaxassis o‘qituvchidan ko‘proq dars olishi mumkinmi?
➡️ JAVOB

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

25 Dec, 14:38


Maktablar 5 kunlik ish kuniga o‘tishi kerakmi?

"Tanaffus" podkastning navbatdagi sonida maktablarda kam ishlab, ko'p natijaga erishish mumkinligi haqida ham fikrlar bildirildi.

Nega ko‘p ishlasak ham rivojlanib ketmayapmiz? Sizning fikringizcha, maktablar to'liq 5 kunlik ish kuniga o'tishi kerakmi?

Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.

▶️ To'liq video — https://youtu.be/t5vqqXp9ReA

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

25 Dec, 12:52


Fransiyada o‘qishni xohlaysizmi?

Profi University turizm yo‘nalishi talabalari 2-kursni Yaponiyada, 4-kursni Fransiyada o‘qishlari mumkin.

Profi University asoschisi Bektosh Xatamov universitet talabalari 4-kursda tahsil olishlari rejalashtirilayotgan Frensiyaning "South Champagne Business School" oliygohiga tashrif buyurdi.

Endilikda turizm yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar 3 yil davomida fransuz tilini mukammal o‘rganib, Fransiyada ham o‘qishadi, ham mahalliy kompaniyalarda ishlashadi. O‘qish xarajatlari esa ish beruvchi kompaniya tomonidan to‘lab beriladi.

➡️Universitet haqida batafsil

0️⃣Profi University — dunyo miqyosidagi ta'lim va imkoniyatlar sari yo'l

Telegram | Instagram | YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

25 Dec, 09:20


Rahbar xodimlarning oylik maoshi yana ikki barobarga oshiriladi

Endilikda, maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlari ish haqi miqdorlarini oshirish maqsadida qo‘shimcha ustamalar joriy qilinadi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1020

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

25 Dec, 06:06


Nega yana 5 yillik malaka oshirish tizimiga qaytildi?

2021-yilga qadar o‘qituvchilar har 5 yilda, maktab direktorlari esa 3 yilda bir marotaba malaka oshirishga yuborilardi.

Avvalgi, 5 yillik tizimda qog‘ozbozlik, korrupsiyaga asoslangan bitiruv malaka ishi, kirish va chiqish testlari pedagoglarni sarson qilib yuborgani bois, bu tizimdan butunlay voz kechilgandi.

Xo‘sh, nima uchun yana eski tizimga qaytildi? Qayta joriy qilingan 5 yillik malaka oshirish tizimi endi qanday ishlaydi? Bu tizim korrupsiyadan holi bo‘la oladimi?

Bugungi maqolamizda malaka oshirish tizimining avvalgi va hozirgi holatini biroz bo‘lsa-da, tahlil qilishga harakat qildik.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1019

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

24 Dec, 14:25


#Rasman

Pedagog xodimlar yangi yil bayrami arafasida ketma-ket 5 kun, o‘quvchilar esa 14 kun dam oladi


Prezident “Yangi yil bayramini nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risida” qarorni imzoladi.

Bundan avval maktablarda qishki ta’til qachondan boshlanishi haqida xabar bergandik.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1018

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

23 Dec, 13:27


O‘qituvchini soat 8.00 dan 17.00 gacha maktabda ushlab o‘tirish to‘g‘rimi?

Ko‘pincha, Prezident yoki ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ishlovchi o‘qituvchilardan ish vaqti normasiga amal qilinmasligi yuzasidan savollar kelib tushadi.

Bunday holat oddiy maktablarda ham yo‘q emas, albatta. Aslida biz maktabning jozibadorligini oshirib, byurokratiyadan butunlay voz kechishimiz kerak emasmi?

Bu borada sizning fikringiz qanday?

▶️ To'liq video — https://youtu.be/t5vqqXp9ReA

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

23 Dec, 06:05


#Bilasizmi

Maktab hududi va binosida o‘quvchilarga aloqasi bo‘lmagan bayram tadbirlarini o‘tkazish mumkin emas


Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarida maktab hududida taqiqlangan bir qancha qoidalar mavjud.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1015

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

22 Dec, 15:10


Ta’limga oid haftaning eng muhim yangiliklari bilan tanishing

Attestatsiyada 86 va undan yuqori ball to‘plagan o‘qituvchilarga 70 foizlik ustama beriladimi?
➡️ BATAFSIL

Endilikda maktablar “Mening maktabim” loyihasida ovoz berish yo‘li orqali jihozlanadi
➡️ BATAFSIL

Maktab va bog‘chalarda Yangi yil bayramini o‘tkazishga oid rasmiy ko‘rsatma berildi
➡️ BATAFSIL

Yangi yil bayrami munosabati bilan eng yaxshi bezatilgan ta'lim muassasalari taqdirlanadi
➡️ BATAFSIL

Maktabda qimor o‘yini tashkil qilgan direktor ishdan olindi
➡️ BATAFSIL

Yangi baholash tizimi bekor qilinmasligi kerak, ammo...
➡️ BATAFSIL

Bolalarning sifatli ta’lim olishida ota-onalar roli qanchalik muhim?
➡️ BATAFSIL

2025-yil 1-yanvardan ona tili va tarix o‘qituvchilariga milliy sertifikat uchun 50% ustama beriladi
➡️ BATAFSIL

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

22 Dec, 13:50


Bu oliygohni tanlaganimdan afsuslanmayman!

"Profi University" uni tanlagan har bir talabani mamnun qilishga har doim harakat qiladi.

Buning uchun:

🔵Universitetdagi har bir dars kreativ va esda qolarli bo‘lishi ta'minlanadi;

🔵Talabalarning bo‘sh vaqtlarini o‘z qiziqishlari asosida mazmunli qilish uchun oldindan tayyorgarlik ko’riladi;

🔵Ularning muammolari va yutuqlarini o‘zimizniki deb qabul qilamiz.

Universitet haqida batafsil:
➡️https://xalqtaliminfo.uz/post/843

0️⃣Profi University talabalar uchun doimo eng yaxshisini ilinadi

Telegram | Instagram | YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

22 Dec, 04:01


2025-yil 1-yanvardan ona tili va tarix o‘qituvchilariga milliy sertifikat uchun 50% ustama beriladi

Mazkur vazifaning to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova shaxsan javobgar etib belgilangan.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1012

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

21 Dec, 11:46


Bolalarning sifatli ta’lim olishida ota-onalar roli qanchalik muhim?

Ona-onalarning maktab bilan hamkorligi, bolalarga e’tibori haqida juda ko‘p gapiramiz. Hozirda bu bo‘yicha ta’sirchan mexanizmlar ham ishlab chiqilgan deymiz.

Ammo bu kabi ishlar juda sust va faqat yig‘ilish, hisobot qilish uchun olib borilishiga ko‘pchilik odatlanib qolgani hech kimga sir emas.

Yqinda pedagog va ota-onalar o‘rtasida o‘tkazgan so‘rovnoma natijalari bizga bir-biridan qiziq bo‘lgan natijalarni taqdim etdi.

Masalan, boshlang‘ich sinflarda ota-onalar farzandlarining ta’limiga ko‘proq e’tibor qaratsalar, yuqori sinflarga o‘tganda ota-onalarning bolalar ta’lim-tarbiyasiga bo‘lgan e’tibori keskin pasayishi kuzatilgan.

Bugungi maqolamizda ushbu muammolarning kelib chiqish sabablarini tahlil qilishga harakat qildik va bir qancha takliflarni ilgari surdik.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1010

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

20 Dec, 10:28


Yangi baholash tizimi bekor qilinmasligi kerak, ammo...

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarning, umuman internetning o‘zbek segmentida maktablarda yangi joriy qilingan baholash tizimi (BSB, ChSB) muhokamalar markazida turibdi, aniqrog‘i qattiq tanqid qilinyapti.

Ushbu maqolada xalqtaliminfo.uz eksperti Otabek Raxmonberganovning yangi baholash tizimi haqidagi ayrim fikr va mulohazalari, yangi tizimning kamchilik va yutuqlari haqida so‘z boradi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1009

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

01 Dec, 03:03


O‘qituvchining darslarini videokamerada kuzatib, reyting bo‘yicha oylik berish kerakligi aytildi

Bolalarga yaxshi ta’lim bermagan o‘qituvchilarga kamroq maosh berish kerakligini aytgan Alisher Qodirov malaka toifasi degan narsani umuman o‘rtadan olib tashlab, pedagoglar darsini videokamerada kuzatib, reyting bo‘yicha oylik maosh belgilash kerakligini aytdi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/972

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

30 Nov, 16:22


Live stream finished (1 hour)

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

30 Nov, 15:02


🎤Ovozli chatimiz boshlanadi

Mavzu: Ishni ta’lim bilan birga olib boruvchi pedagog xodimlar uchun kafolat va kompensatsiyalar.

Ekspert: Muhammadamin Karimjonov — Mehnat huquqi bo'yicha mutaxassis;

Spiker: Ulug'bek Po'latov — xalqtaliminfo.uz tahririyati direktori

🎙 Ovozli chatga kirish — https://t.me/xalqtaliminfo?livestream

Eslatma: Mavzuga oid, ammo biz tilga olmagan masalalar bo’yicha savollaringiz bo’lsa, izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

30 Nov, 15:00


Live stream started

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

30 Nov, 13:59


1 soatdan so'ng "Ishni ta’lim bilan birga olib boruvchi pedagog xodimlar uchun kafolat va kompensatsiyalar" mavzusidagi ovozli chatimiz boshlanadi

Ovozli chat @xalqtaliminfo telegram kanalida o'tkaziladi.

👤Ovozli chat mehmoni: Muhammadamin Karimjonov — @mehnathuquqi bo'yicha mutaxassis.

👤Spiker: Ulug'bek Po'latov — xalqtaliminfo.uz tahririyati direktori.

🎤 Ovozli chatda qatnashish

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

30 Nov, 13:02


“Xususiy oliygohlar qisqa vaqt ichida davlat OTMlaridan o‘tib ketishni boshladi” — Bektosh Xatamov

“Xususiy oliygohlar qisqa vaqtning ichida davlat OTMlaridan o‘tib ketishni boshladi. Chunki xususiy ta’limda yuzaki narsalar yo‘q. Ya’niб komissiya keladi deb ochiq dars qilmaysiz.

Sizning komissiyangiz ham, sizni rag‘batlantiradigan odam ham, jazo beradigan odam ham — bu sizning mijozingiz hisoblanadi. Xususiy ta’limda mana shu mijoz uchun ishlashadi”, - dedi Profi University asoschisi Bektosh Xatamov.

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

30 Nov, 10:43


Mezonlarga asoslangan baholash tizimiga oid savollaringizga javob oling (1-QISM)

"Tanaffus" podkastning 5-sonida yangi baholash tizimi muhokama qilingandi.

Quyidagi havolalardan birini bosib, eng aktual savollarga javob topishingiz mumkin:

Yangi baholash tizimi haqida umumiy tushuncha
➡️ JAVOB

Mezonlarga asoslangan baholash tizimining ilmiy jihatlari (ekspert fikri)
➡️ JAVOB

5 ballik baholashning mezonlarga asoslangan baholash tizimidan ustunlik jihati bormi?
➡️ JAVOB

Yangi baholashga oid materiallar ochiq manbalarda mavjudmi?
➡️ JAVOB

Kasalligi sabab ChSBda qatnasholmagan o‘quvchi baholanmay qolib ketadimi?
➡️ JAVOB

Nima uchun ota-onalar o‘rtasida norozilik kelib chiqyapti?
➡️ JAVOB

Nimaga formativ bahoga 10 ball, summativga 90 ball belgilangan?
➡️ JAVOB

O‘quvchini xolis baholash baribir o‘qituvchining qo‘lidami?
➡️ JAVOB

O‘qituvchining har bir qadami o‘lchab berilyaptimi?
➡️ JAVOB

Bu tizimda o‘qituvchi xohlasa ham sinfdagi o‘quvchiga past baho qo‘yolmaydi...mi?
➡️ JAVOB

▶️ To'liq video — https://youtu.be/hH_B1k1Va-U

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

30 Nov, 07:02


Bugun @xalqtaliminfo kanalida ovozli chat o'tkaziladi

Mavzu: Ishni ta’lim bilan birga olib boruvchi pedagog xodimlar uchun kafolat va kompensatsiyalar.

🎙 Ovozli chatda quyidagi savollarga javob beriladi:

O'rta maxsus ma'lumotli o'qituvchilar ish jarayonida ma'lumotini oliy qilib olsa bo'ladimi?

Sirtqi ta'limda o'qiyotgan pedagoglarga qanday kafolat va imtiyozlar bor?

Maktabda ishlab, ikkinchi mutaxassislikka o'qiyotganlarga imtiyozlar bormi?

Qayta tayyorlovda o'qiyotgan o'qituvchilarning oylik maoshi saqlanadimi?

Ham maktabda ishlab, ham magistraturada o‘qiyotgan pedagoglar ish vaqti qanday yuritiladi?

O‘qituvchilik qilayotgan talabalarga qanday kafolatlar bor?

👤Ovozli chat mehmoni: Muhammadamin Karimjonov — @mehnathuquqi bo'yicha mutaxassis.

👤Spiker: Ulug'bek Po'latov — xalqtaliminfo.uz tahririyati direktori.

Ovozli chat o'tkaziladigan sana: 30-noyabr, shanba soat 20:00.

❗️Mavzuga oid savollaringiz bo'lsa, izohlarda yozib qoldiring.

🎤 Ovozli chatda qatnashish

Telegram I Facebook I Instagram

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

29 Nov, 14:35


Toshkent shahar MMTB bir maktabda 54 ta jinoyat sodir etilgani haqidagi xabarni asossiz deya bayonot berdi

Bundan avval Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova Toshkentdagi maktablarning birida 17 ta, yana birida esa 54 ta jinoyat sodir etilgani haqida aytgandi.

Batafsil
— https://xalqtaliminfo.uz/post/970

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

29 Nov, 13:01


Bir maktabning o‘zida 54 ta jinoyat sodir etilgani aytildi

"Toshkent shahridagi 325 ta maktab direktorini ishdan bo‘shatib, yangi qo‘ysak shu yechim bo‘la oladimi? Shu maktablarda jinoyat sodir bo‘lmay qoladimi? Bu savol ham bor-ku”, - dedi Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/969

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

29 Nov, 05:54


Ishni ta’lim bilan birga olib boruvchi pedagog xodimlar uchun qanday kafolat va kompensatsiyalar bor?

Ertaga, 30-noyabr kuni aynan shu mavzuda @xalqtaliminfo kanalida mehnat huquqi bo'yicha mutaxassis Muhammadamin Karimjonov ishtirokida ovozli chat o'tkaziladi.

🎙 Ovozli chatda quyidagi savollarga javob beriladi:

O'rta maxsus ma'lumotli o'qituvchilar ish jarayonida ma'lumotini oliy qilib olsa bo'ladimi?

Sirtqi ta'limda o'qiyotgan pedagoglarga qanday kafolat va imtiyozlar bor?

Maktabda ishlab, ikkinchi mutaxassislikka o'qiyotganlarga imtiyozlar bormi?

Qayta tayyorlovda o'qiyotgan o'qituvchilarning oylik maoshi saqlanadimi?

Ham maktabda ishlab, ham magistraturada o‘qiyotgan pedagoglar ish vaqti qanday yuritiladi?

O‘qituvchilik qilayotgan talabalarga qanday kafolatlar bor?

👤Ovozli chat mehmoni: Muhammadamin Karimjonov — @mehnathuquqi bo'yicha mutaxassis.

👤Spiker: Ulug'bek Po'latov — xalqtaliminfo.uz tahririyati direktori.

Ovozli chat o'tkaziladigan sana: 30-noyabr, shanba soat 20:00.

❗️Mavzuga oid savollaringiz bo'lsa, izohlarda yozib qoldiring.

🎤 Ovozli chatda qatnashish

Telegram I Facebook I Instagram

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

28 Nov, 13:02


Yangi baholash tizimi — yangi muammo…mi?

2024-2025-o‘quv yilidan mamlakatimizdagi 1500 ta maktabda yangi baholash tartibi joriy qilindi, bu esa ta’lim tizimida yangi muammolarni keltirib chiqardi, deya ta'kidlanmoqda.

Bu orada yangi baholash tizimidan norozi bo‘lgan jamoatchilik faollari vazir Hilola Umarovaga ham murojaat yo‘lladi.

Xo‘sh, yangi baholash tizimidan nega ko‘pchilik norozi bo‘lmoqda? Qayerda xatolarga yo‘l qo‘yildi?

Bu mavzudagi muhokamalarga chek qo‘yish maqsadida xalqtaliminfo.uz vazirlik, ta’lim bo‘yicha ekspert va o‘qituvchini “Tanaffus” podkastida bir nuqtaga jamladi.

“Tanaffus” podkastning bu galgi soni juda ham bahslarga boy bo‘ldi. Podkastni YouTube sahifamizda hoziroq tomosha qiling!

▶️ To'liq video — https://youtu.be/hH_B1k1Va-U

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

28 Nov, 11:05


Bugun, soat 18:00 da “Tanaffus” podkastining yangi, mezonlarga asoslangan baholash tizimi mavzusiga bag'ishlangan soni YouTube sahifamizga joylanadi.

Podkast mehmonlari:

Dilrabo Davidova — Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori;

Komil Jalilov — Ta'lim masalalari bo'yicha ekspert;

Xudoyberdiyeva Muxayyoxon — Toshkent shahar, Yashnobod tumani, 216-maktab o'qituvchisi.

Hoziroq YouTube sahifamizga ulanib oling, "Tanaffus" podkastimizning yangi sonini o'tkazib yubormang.

▶️ YouTube — https://www.youtube.com/@xalqtaliminfo

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

27 Nov, 15:55


Muvaffaqiyat yo‘lidagi ilk qadamingizni Profi University bilan boshlang

Profi University talabalarning shaxsiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida muntazam ravishda turli mavzularda master-klasslar tashkil qilib keladi.

Kuni kecha talabalarga yana bir esda qolarli uchrashuv taqdim etildi. "Muvaffaqiyatning 12 kaliti" mavzusidagi master-klassni “Profi” ta’lim klasteri asoschisi Bektosh Xatamov olib bordi.

▶️ To'liq video — https://youtu.be/AfrESoaQfPc?si=dW0dAFOdeh-GEk42

Telegram | Instagram | YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

27 Nov, 10:17


Yangi baholashga o‘tgan maktablarni qog‘oz bilan ta’minlash vazirlik mablag‘lari hisobidan qoplanadi — MMTV

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi yangi baholash tizimi bo‘yicha pedagog va ota-onalardan kelib tushayotgan ayrim savollarga javob berdi.

Unda test savolliklarining ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishi, imtihonlar uchun sarflanayotgan qog‘oz va bosmaxona xarajatlari, o'quvchining kasalligi tufayli imtihon ballari tushib ketishi haqidagi savollarga javob berilgan.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/968

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

27 Nov, 07:43


Rus tilini bilmaydigan migrantlar farzandiga Rossiya maktablarida o‘qish taqiqlanishi mumkin

Hujjat loyihasiga ko'ra, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning farzandlari maktabga kirishda ta’lim olish uchun yetarli darajada rus tilini bilish bo‘yicha test sinovidan o‘tishlari kerak bo'ladi. Testdan o‘ta olmaganlar o‘qishga qo‘yilmaydi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/966

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

15 Nov, 15:50


"Tanaffus" podkastida yangi baholash tizimi muhokamasi bo'lib o'tadi

Xabaringiz bor, pedagog, bloger, "Domlajon" loyihasi asoschisi Isroil Tillaboyev hamda Xalq ta'limi Info loyihasi asoschisi Ulug'bek Po'latov ishtirokida ta'lim yo'nalishiga ixtisoslashgan "Tanaffus" podkasti loyihasi yo'lga qo'yilgandi.

Shu vaqtga qadar "Tanaffus" podkasti doirasida turli xil mavzularga bag'ishlangan bir nechta ko'rsatuvlar tasvirga olinib, ko'plab mavzular muhokama qilingandi.

Qisqa muddatli "pauzadan" so'ng "Tanaffus" yana o'z faoliyatini boshlamoqda.

Podkastimizning navbatdagi soni mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimiga bag'ishlanadi. Ko'rsatuv mehmonlari sifatida ta'lim masalalari bo'yicha ekspert, o'qituvchi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligidan mehmonlar taklif qilingan.

Agar mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi bo'yicha savollaringiz bo‘lsa, iltimos, ularni ushbu post ostidagi izohlarda yozib qoldiring. Sizning fikr-mulohazalaringiz biz uchun muhim!

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

15 Nov, 14:35


Kadrlar bo'yicha menejerlar diqqatiga

Kadrlar bo'yicha menejerlardan kelib tushayotgan takliflarni inobatga olib,
eng dolzarb mavzudagi yana bir elektron qo'llanmamiz tayyor bo'ldi!

Yuristlar, kadroviklar, rahbarlar va keng jamoatchilik uchun xalqtaliminfo.uz eksperti, Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi Karimjonov Muhammadamin Muhammadaliyevichdan “TA’TILLAR” mavzusida amaliy elektron qo'llanma (Mehnat kodeksining 213-242-moddalari tahlili) !

Sizlardan kelib tushayotgan takliflarni inobatga olib, “TA’TILLAR” mavzusiga bag’ishlangan amaliy qo’llanmamiz ham tayyor bo’ldi.

O'qiganlar darmonda, o'qimaganlar armonda)) Qo'llanma amaliy misollar bilan tushunarli, sodda va ravon tilda yozilgan!

“MEHNAT INTIZOMINI TA’MINLASH” mavzusidagi amaliy elektron qo'llanmamiz bo’yicha ko’plab iliq fikrlar keldi, ayniqsa ashaddiy intizomsiz xodimlarni bo'shatish bo'yicha layfhaklar ko'pchilikka ma'qul kelibdi. Yo’llagan qimmatli fikrlaringiz uchun yana bir bor katta rahmat!

Qo'llanma orqali ta’tillar bilan bog’liq ko'plab savollaringizga javob topasiz!

Qo'llanmani elektron shaklda sotib olmoqchi bo'lganlar, muallifga telegram ijtimoiy tarmog'i orqali murojaat qilishlari mumkin: @MuhammadaminKarimjonov

Qo'llanma bo'yicha o'z fikr va mulohazalaringizni bizga yuboring! Bu biz uchun muhim va qadrli!

Elektron qo'llanma narxi: Bebaho:) Mehnat qonunchiligini buzish oqibatida kelajakda to'lashingiz mumkin bo'lgan jarimalar oldida dengizdan bir tomchi.

P.S. Qo'llanma lotin va kirill yozuvida. Buyruqlardan nusxa ko'chirishingiz mumkin.

❗️Diqqat! “MEHNAT INTIZOMINI TA’MINLASH” va “TA’TILLAR” qo’llanmalarini birga sotib olganlarga 1️⃣0️⃣% CHEGIRMA !

⚠️ Diqqat! Qo'llanmani muallif ruxsatisiz ko'paytirish, tarqatish va sotish taqiqlanadi. Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalanadi.

Mualliflik haqqi haqidagi Islom Fiqhi akademiyasi ulamolari chiqargan qarorga muvofiq, har bir mo'min-musulmon kimsa muallifning haqqini hurmat qilishi kerak. Muallifning haqqini poymol qilish xuddi bir odamning bir joyga to'plab qo'ygan mol-mulkini o'g'irlash bilan barobar bo'ladi.

E'tiboringiz uchun rahmat!

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

15 Nov, 13:11


Vazirlik yangicha baholash tizimi haqida turli tomonlar fikrlari aks etgan videoni e'lon qildi

Xabaringiz bor, 2023-2024-o’quv yilidan boshlab 500 ta umumtaʼlim maktablarida yangi baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etilgandi. 2024/2025-o'quv yilidan esa yangi baholash tizimi yana 1000 ta maktabda joriy qilingandi.

Lekin tan olib aytish kerakki, hozirgi kunda "mezonlarga asoslangan" deya aytilayotgan yangi baholash tizimidan norozi bo'layotganlar ham yo'q emas.

Shu sababli, yangi baholash tizimidan norozi bo‘lgan bir guruh jamoatchilik faollari vazir Hilola Umarovaga murojaat yo‘llagandi.

Bugun esa Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi yangicha baholash tizimi, uning afzalliklari haqida vazirlik rahbariyati, xorijiy ekspertlar, direktor va o’qituvchilar hamda ota-onalar fikrlari aks etgan videoni e'lon qildi.

Ma'lumot uchun, xalqtaliminfo.uz ushbu mavzuga tez orada yana qaytadi va yangicha baholash tizimi bo‘yicha fikrlarni chuqurroq tahlil qilgan holda kengroq yoritishni rejalashtirmoqda.

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

15 Nov, 05:54


Xalqaro konferensiya o’z ishini boshladi

Ayni vaqtda poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining 90 yilligiga bag‘ishlangan “Mahoratli o‘qituvchi – millat tayanchi: uzluksiz kasbiy rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tmoqda.

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

14 Nov, 10:08


O‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha Ozarbayjon bilan qo‘shma loyihalar tashkil etiladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Ozarbayjon Respublikasi fan va ta’lim vaziri Emin Amrullayev bilan uchrashdi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/949

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

14 Nov, 06:34


8-sinf qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi qo‘lga olindi

Samarqandda 8-sinfda o‘qiydigan qiz ikki hafta bedarak ketgan va 6-oktyabr kuni tanasida zo‘ravonlik izlari bilan topilgan. Hozirda qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi qo‘lga olingan. Ular orasida tuman prokuraturasining ish yurituvchisi ham borligi aytilmoqda.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/948

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

14 Nov, 04:28


Yangi baholash tizimidan norozi bo‘lgan jamoatchilik faollari vazir Hilola Umarovaga murojaat yo‘lladi

Yangi baholash tizmi 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab 500 ta maktabda, 2024/2025-o'quv yilidan esa yana 1000 ta maktabda joriy qilingandi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/947

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

13 Nov, 13:34


O'qituvchilarni qanday yangiliklar kutmoqda?

Pedagoglar attestatsiyasi bo‘yicha yangi qaror loyihasi tayyorlanmoqda. Unga ko'ra, C1 sertifikatiga ega bo'lgan boshqa o'qituvchilarga ham attestatsiyada 80 ball berilishi hamda 86 va undan yuqori ball to‘plagan o‘qituvchilarga 70 foizlik ustama joriy qilinishi ko'zda tutilmoqda.

Xo'sh, bu tizim qanday ishlaydi, bu yangilik qachon amaliyotga joriy etiladi?

Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Sardor Raximboyev gapirib berdi.

▶️ To'liq video — https://youtu.be/nbjK-3_pk5I

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

13 Nov, 10:09


Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlariga bagʻishlangan jonli efir boshlandi

Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlariga bagʻishlangan jonli muloqot bo'lib o'tmoqda.

Muloqot doirasida vazirlik masʼullari tomonidan ushbu mavzuga doir savollarga batafsil javob beriladi.

Savollaringizni ushbu havola izohida qoldirishingiz mumkin.

➡️Jonli efir

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

13 Nov, 05:26


Rossiyada o‘qituvchilarning mukofot pullari harbiy xarajatlarga yo‘naltirilmoqda

Qayd etilishicha, oktyabr oyi oxirida konferensiya bo‘lib o‘tgan va unda viloyat mutasaddilari rag‘batlantiruvchi to‘lovlarning bir qismini o'qituvchilardan ushlab qolishlarini ma’lum qilgan.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/945

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

12 Nov, 13:37


122 ta medal: O‘zbekiston fan olimpiadachilari haqiqiy qahramonlar!

Odatda sport ligalaridagi yutuqlarimiz bilan keragidan ortiq maqtanamiz va bu haqida deyarli hamma gapiradi. Xo‘sh, O‘zbekistonning xalqaro akademik reytinglardagi o‘rni qanday?

O'zbekistonga naq 122 ta medal olib kelgan haqiqiy qahramonlarimizni yaxshi taniymizmi?

Ushbu maqolada 2023/2024-o'quv yilida o‘zbekistonlik o‘quvchilarning turli xil olimpiadalarda qo‘lga kiritgan yutuqlari tahlili bilan tanishasiz.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/800

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

12 Nov, 08:47


Farzandining kelajagiga befarq bo'lmagan ota-onalar diqqatiga!

"ORZU QANOTI" xususiy maktabi Muzrabot tumanida 2024/2025-o‘quv yili uchun 1-11-sinflarga o’quvchilar QABULI BOSHLANGANINI e'lon qiladi.

Muzrabot tumanidagi maktabda uzoq masofadan keladigan o‘quvchilar uchun yotoqxona ham mavjud. Farzandingiz yaxshi ta’lim-tarbiya muhitida ilm olishi bilan bir qatorda, uch mahal ovqat bilan ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur maktabda xorijiy tillar, aniq va tabiiy fanlar hamda IT sohalari chuqurlashtirib o‘qitiladi. Shuningdek, sport to'garaklari ham mavjud.

Ilm-fan, ta'lim, san'at va sport yo‘nalishlarida yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilarga stipendiyalar beriladi;

Respublikamiz va xorijiy oliy ta'lim muassasalariga maktab bitiruvchilarining 100% o'qishga kirishi to'liq kafolatlanadi.

"ORZU QANOTI" MAKTABLARI — sifatli ta'lim garovi!

➡️ Ro'yxatdan o'tish

📞 +99899-093-86-43
📞 +99891-237-85-85

👤 @nodirziyo

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

12 Nov, 06:04


Maktablarga harbiy poligonlardan foydalanishga ruxsat berildi

Endilikda maktab o‘quvchilari qurol otish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘taydilar. Avvalroq CHQBT o‘qituvchisi shtati Mudofaa vazirligiga o‘tkazilishi, endi bu vazifaga Qurolli Kuchlar zaxirasidagi harbiylar ishga qabul qilinishi aytilgandi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/943

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

11 Nov, 14:24


Nima uchun “Tabiiy fan”, “Tarbiya”, “Informatika” fanlaridan dars beradigan pedagoglarga malaka toifasiga mos ravishda haq to‘lanmayapti?

Yuqoridagi savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Sardor Raximboyev javob berdi.

▶️ To'liq video — https://youtu.be/nbjK-3_pk5I

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

11 Nov, 03:38


Respublikadagi 71 ta kollej binosi maktab va bog‘chalar uchun berildi

Avvalroq professional ta’lim tizimi tabaqalashganligi va dasturlari o‘rtasida uzviylik bo‘lmagani sababli mavjud quvvatlardan unumli foydalana olmayotgani tanqid qilingandi.

Prezident farmoni bilan maktablarga beriladigan kollejlar ro‘yxati tasdiqlandi. Xo’sh, qaysi kollejlar maktab va bog’chalarga berildi? Ro'yxat bilan tanishing.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/942

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

10 Nov, 11:47


Kuzgi ta'til tugadi, ertadan barcha ta'lim muassasalarida II chorak boshlanadi

Maktab o'quvchilari uchun 4-noyabrdan boshlangan kuzgi ta'til nihoyasiga yetdi. Ertaga, 11-noyabrdan maktablarda II chorak boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, 11-noyabr Kasaba uyushmasi xodimlari bayrami bo'lsa-da, bu sana dam olish kuni deb e’lon qilinmagan. Ya'ni, ertaga odatdagidek dars jarayonlari bo‘ladi. Shu sababli, elektron (qog‘oz) jurnalga ham o‘zgartirishlar kiritish talab etilmaydi.

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

10 Nov, 05:47


"O‘qituvchilar orasida dastro‘molga javoblarni yozib kirayotganlari ham bor" — vazirlik mas’uli

Ma’lumki, ayni kunlarda respublikamiz bo‘ylab pedagog kadrlar uchun attestatsiya test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimining aytishicha, afsuski, o‘qituvchilar orasida test sinoviga turli xil qurilmalar, shpargalkalar va hattoki dastro‘molga javoblarni yozib kirayotganlari ham uchramoqda.

Vazirlik vakili xalqtaliminfo.uz bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda test sinovi vaqtida o‘qituvchilar yonidan topilgan qurilmalar va turli xil ma’lumotlar yozilgan dastro‘molni ko‘rsatdi.

▶️ To'liq video — https://youtu.be/nbjK-3_pk5I

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

09 Nov, 12:42


Maktab kiyinish xonasida fohishaxona tashkil qilingani aniqlandi

Buxorodagi ta’lim muassasalarining birida qorovul 60 ming so‘m evaziga maktab kiyinish xonasida fohishaxona tashkil qildi. Unga ushbu qilmishi uchun 1 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/941

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

09 Nov, 08:37


#Tayinlov

“Zamhokim” Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga boshliq bo‘ldi


Ushbu lavozimga A’zamjon Isoqov tayinlandi. U mazkur lavozimga tayinlanguniga qadar Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgandi. A’zamjon Isoqov dastlabki ish faoliyatini oddiy o‘qituvchilikdan boshlagan.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/940

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

09 Nov, 04:01


Attestatsiyada 86 va undan yuqori ball to‘plagan o‘qituvchilarga 70 foizlik ustama berilishi mumkin

Ikkinchi, birinchi yoki oliy toifa olish uchun test sinovlarida qatnashgan barcha o‘qituvchilar 86 yoki undan yuqori ballni qayd etadigan bo‘lsa, ularga qo‘shimcha ravishda 70 foizlik ustama berish reja qilinmoqda.

Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas'ul xodimi xalqtaliminfo.uz bilan bo‘lib o'tgan suhbatda ma'lum qildi.

Xo'sh, yangi tizim qanday ishlaydi? Bu borada pedagoglarni qanday yangiliklar kutyapti?

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/939

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

08 Nov, 11:25


Xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi

Bugun 2023/2024-o‘quv yili davomida xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xo’sh, natijalar qanday? G’oliblar va ularning ustozlari qancha pul mukofoti bilan taqdirlandi?

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/938

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

08 Nov, 06:19


Musiqa, jismoniy tarbiya va CHQBT fani o‘qituvchilarini katta o‘zgarishlar kutmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha, 7-noyabr kuni maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

Taqdimotda musiqa, jismoniy tarbiya hamda chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchilari faoliyati tanqid qilindi. Xo'sh, ularning faoliyatida qanday o'zgarishlar bo'ladi?

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/937

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

07 Nov, 13:05


CHQBT shtat birligi Mudofaa vazirligiga o‘tkaziladi

Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishish chog'ida ma'lum qilindi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/936

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

07 Nov, 08:13


#Tayinlov

Respublika ta’lim markaziga o‘rinbosar tayinlandi


Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning tegishli buyrug‘i bilan vazirlik huzuridagi Respublika ta’lim markazi direktor o‘rinbosari lavozimiga Hamutov Uchqun Irisvayevich tayinlandi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/935

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

06 Nov, 12:48


O'qituvchilar tomonidan "attestatsiya" mavzusida berilgan eng dolzarb savollarga javoblar

Pedagog kadrlarga malaka toifasi berish mavzusida o'qituvchilarni qiziqtirgan eng dolzarb savollarga javoblarni taqdim etamiz.

Quyidagi havolalardan birini bosib, "attestatsiya" mavzusiga oid savollarga javob oling:

Joriy yil 29-oktyabr kuni Informatika fani o‘qituvchilari testga kirgan vaqtda platformada nosozliklar bo‘ldimi?
➡️ JAVOB

Test sinovlari vaqtida qanday holatlarda platforma ogohlantirish beradi? Yoki qanday holatda esa pedagog testdan chetlashtiriladi?
➡️ JAVOB

Testdan norozi bo‘lgan pedagoglar appelyatsiya bersa bo‘ladimi?
➡️ JAVOB

Malaka toifasi sertifikati "bazada" ko‘rinmayotgan pedagoglar qanday yo‘l tutishi kerak?
➡️ JAVOB

O‘qituvchilar orasida qalbaki sertifikat taqdim etayotganlari ham bormi?
➡️ JAVOB

Nima uchun “Tabiiy fan”, “Tarbiya”, “Informatika” fanlaridan dars beradigan pedagoglarga malaka toifasiga mos ravishda haq to‘lanmayapti?
➡️ JAVOB

Vazirlik buyruqlarini ham tan olmaydigan mas’ullarga qanday chora ko‘rsa bo‘ladi?
➡️ JAVOB

Nima uchun CHQBT fani o‘qituvchilariga malaka toifasi uchun qo‘shimcha haq to‘lanmayapti?
➡️ JAVOB

Endilikda malaka toifasi uchun kechroq to‘lov qilgan o‘qituvchilar pullariga “kuyib” qolmaydimi?
➡️ JAVOB

O‘qituvchilarga pedkadr.uzedu.uz platformasida yana qanday qulayliklar yaratish ko‘zda tutilgan?
➡️ JAVOB

Pedagoglar attestatsiyasi bo‘yicha pedagoglarni qanday yangiliklar kutmoqda?
➡️ JAVOB

70 foiz ustamaga da’vogarlik qiladigan pedagoglar xalqaro standartlar asosidagi malaka toifa sertifikatini qanday oladi?
➡️ JAVOB

O‘qituvchilar orasida attestatsiyadan turli xil qing‘ir yo‘llar orqali o‘tmoqchi bo‘lganlari ham uchramoqdami?
➡️ JAVOB

Batafsil — https://youtu.be/nbjK-3_pk5I

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

06 Nov, 04:49


Rossiyadagi bog‘cha va maktablarda yangi virus tarqalmoqda

Bolalarning og‘zida dastlab yaralar paydo bo‘lgan, keyin esa tanalarida toshma tosha boshlagan. Mahalliy shifoxonadagi ota-onalarning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar ularga bu Koksaki virusi ekanini aytgan.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/934

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

05 Nov, 14:31


2024/2025-o'quv yilidan boshlab "Profi University" talabalari yangi xalqaro hamkorlik memorandumlari asosida xorijda tahsil olishadi

Ya'ni, talabalar:

0️⃣1-kursni Profi University'da;

🇯🇵2-kursni Yaponiya davlatida;

0️⃣3 -kursni yana Profi University'da;

🇫🇷4-kursni esa Fransiyadagi amaliyot mobaynida yakunlashadi.

Shu sababli, Alliance France Tashkent tashkiloti rahbari Dilshod Ahmedov "Center for Global Education and Exchange" rahbari Sadulla Yuldashev ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Universitet haqida batafsil:
➡️https://xalqtaliminfo.uz/post/843

0️⃣Profi University — dunyo miqyosidagi ta'lim va imkoniyatlar sari yo'l

Telegram | Instagram | YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

05 Nov, 10:12


Endilikda C1 sertifikatiga ega bo'lgan boshqa o'qituvchilarga ham attestatsiyada 80 ball berilishi mumkin

Attestatsiyada o‘qituvchilarni qanday yangiliklar kutayotgani ma’lum bo‘ldi. Yangi tartibga ko‘ra, yuqori malaka va sertifikatlarga ega bo‘lgan pedagoglarga qo‘shimcha ball berish imkoniyati kengaytiriladi. Shuningdek, pedagoglar uchun boshqa ijobiy yangiliklar ham joriy etiladi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/933

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

04 Nov, 14:10


Pedagoglar attestatsiyasi: Mavhum qolayotgan savollarga javob berildi

Ayni vaqtda respublikamiz bo‘ylab pedagoglar uchun attestatsiya test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda. Hech kimga sir emaski, ayni vaqtda attestatsiya jarayoniga oid ochiq qolayotgan savollar ham talaygina.

Platformadagi ayrim nosozliklar;

Testlardan norozi bo‘layotgan pedagoglar muammosi;

Malaka toifasi sertifikatining "bazada" ko‘rinmaslik holati;

CHQBT fani o‘qituvchilariga malaka toifasi uchun qo‘shimcha haq to‘lash masalasi va boshqa shunga o‘xshash masalalar shular jumlasidandir.

Bu kabi savollarga javob olish maqsadida test sinovlari bo‘lib o‘tayotgan manzilga borib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i Sardor Raximboyevni savolga tutdik.

▶️ To'liq video — https://youtu.be/nbjK-3_pk5I

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

04 Nov, 07:50


Oddiy maktablarda qisqartirilgan laborant lavozimi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda joriy qilindi

Avvalroq, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi oddiy maktablardagi laborantlik lavozimini takrorlovchi samarasiz xarajatlarni qisqartirish maqsadida tugatgandi. Ammo oradan hech qancha vaqt o'tmay, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda ushbu lavozimni joriy etdi.

Vazirlik buni ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarida dars jarayonlarini laboratoriya mashg‘ulotlari orqali chuqur o‘rganish katta ahamiyatga ega ekanligi bilan izohlagan.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/931

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

04 Nov, 04:02


Norvegiyada ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanmoqda

Bundan avval Avstraliya hukumati ham 14−16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning Instagram va TikTok’dan foydalanishini taqiqlash masalasini ko‘rib chiqqan edi.

Fransiyada bo‘lsa, 15 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun maktabda mobil telefonlarni taqiqlash sinovdan o‘tkazilmoqda.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/930

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

03 Nov, 07:39


Bir nafar o‘quvchi uchun yiliga qancha mablag‘ ajratilmoqda?

Ta'lim sifatini yaxshilash uchun har bir o‘quvchiga qancha mablag‘ ajratish kerak bo'ladi? O‘zbekiston ta'limi uchun ajratilgan resurslar yetarlimi?

Ushbu maqolada davlat budjetidan bir o‘quvchi uchun ajratilayotgan yillik xarajatlar, davlat va xususiy maktablar o‘rtasidagi farqlar, shuningdek Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga yaratilayotgan alohida sharoitlar hamda davlat ta'lim tizimida kuchayib borayotgan tengsizlik masalalari tahlil qilinadi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/929

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

02 Nov, 04:42


#Bilasizmi

Sinfxonalarda me’yordagi harorat qancha bo‘lishi kerak?


Sanepidqo‘mita tavsiyaga ko‘ra, yengil jismoniy ish uchun havo harorati kamida 21 daraja va nisbiy namlik esa 40-60 foiz bo‘lishi lozim.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/928

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

01 Nov, 13:40


Sifatli ta’limning asosi — bu amaliyotdir

Bilim qachon miyangizga o‘rnashib, xotirangizdan o‘chmas holatga kelishini bilasizmi?

O‘qigan va o‘rganganlarimizni boshqalarga o‘rgatsak, ularning yodimizda qolishi shu qadar osonlashadi. Shu sababli, pedagogikada sifatli ta'limning asosini amaliyot tashkil qiladi.

Siz lavhada ko‘rib turgan bo‘lajak o‘qituvchining ismi Gulshoda Rahimjonova. U "Profi University"ning Boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi.

Gulshoda universitetda olingan bilimlarini amaliyotda mustahkamlamoqda!

▶️ To'liq video

0️⃣Profi University — to'g'ri tanlov!

Universitet haqida batafsil:
➡️https://xalqtaliminfo.uz/post/843

Telegram | Instagram | YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

01 Nov, 06:50


O‘qituvchi cho‘ntagidagi pullar hisobiga kun ko‘rayotgan “gazeta va jurnallar” faoliyati taftish qilinishi kerak

Pedagoglar hali hamon majburiy obuna tufayli o‘zlarining ish haqlaridan ma’lum bir qismini shunday “yirtqich” gazeta va jurnallar uchun sarflashga majbur bo‘lmoqda.

Masalan, Navoiy viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan “Ma’naviy hayot” kabi nashrlar obunasi uchun qariyb 400 mln so‘m sarflandi.

Tegishli idoralar majburiy obunaga aloqador bo‘lgan gazeta va jurnallar faoliyatini darhol taftish qilishi kerak.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/927

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

01 Nov, 04:49


Attestatsiya test sinovi o'tkaziladigan sanalarda o'zgarish bo'ldi

Attestatsiyada ishtirok etuvchi nomzod pedagoglar tomonidan yuborilgan murojaatlarni xatlovdan oʻtkazish natijasida ayrim fanlardan oʻtkaziladigan malaka sinov kunlari boshqa kunga ko'chirildi.

❗️Attestatsiya test sinovi sanalariga oʻzgartirish kiritilgan fanlar

11-12-noyabrda oʻtkazilishi belgilangan Nemis tili, Fransuz tili fanlari sinov jarayonlari 18-noyabr kuniga;

13-noyabrda oʻtkazilishi belgilangan Musiqa madaniyati fani sinov jarayonlari 18-noyabr kuniga;

14-noyabrda oʻtkazilishi belgilangan Jismoniy tarbiya fani sinov jarayonlari 18-noyabr kuniga;

15-noyabrda oʻtkazilishi belgilangan Qoraqalpoq tili va adabiyoti, Qoraqalpoq tili (Davlat tili) fanlari sinov jarayonlari 19-noyabr kuniga ko’chirildi.

***

Quyidagi fanlarda test sinovi sanalarida hech qanday oʻzgarish bo'lmagan

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 29-oktabr kuni (1 kun);

Matematika, fizika fanlaridan — 30-31-oktabr kunlari (2 kun);

Boshlangʻich taʻlim fanidan — 1-2, 4-noyabr kunlari (3 kun);

Oʻzbek tili (Davlat tili), Ona tili va adabiyot fanlaridan — 5-6-noyabr kunlari (2 kun);

Kimyo, Biologiya, Geografiya, Iqtisodiy bilim asoslari, Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanlaridan — 7-8-noyabr kunlari (2 kun);

Tarix, Tarbiya, Davlat va huquq asoslari fanlaridan — 9-noyabr kuni (1 kun);

Ingliz tili, Koreys tili, Xitoy tili, Yapon tili fanlaridan — 11-12-noyabr kunlari (2 kun);

Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti (rus), Qirgʻiz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti fanlaridan — 13-noyabr kuni (1 kun);

Tasviriy sanʻat va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yoʼnalishi — qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yoʼnalishi — oʼgʼil bolalar uchun) fanlaridan — 14-noyabr kuni (1 kun);

Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologi, Tarbiyachi-metodist, Oʻqituvchi-defektolog, Oʻqituvchi-logoped, Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Psixolog — 15-noyabr kuni (1 kun);

San'at va madaniyat fanlaridan (umumiy nom ostida yozildi) — 16-noyabr kuni (1 kun) malaka toifa sinovlari o‘tkaziladi.

📍Attestatsiya test sinovlari o'tkaziladigan manzillar

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

31 Oct, 10:12


Vazir Hilola Umarova o‘z ish faoliyatini davom ettiradimi?

Xabaringiz bor, 2023-yildan buyon Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Hilola Umarova joriy yil bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida partiya ro‘yxati bo‘yicha nomzod sifatida ko‘rsatilgandi.

Hilola Umarova deputatlikka saylanadigan bo‘lsa, egallab turgan lavozimidan voz kechishi kerak edi.

Xo'sh, vazir o'z lavozimida qoladimi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rasmiylari xalqtaliminfo.uz'ga Hilola Umarovaning kelgusidagi faoliyati bo'yicha aniq ma'lumot berdi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/920

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

31 Oct, 03:14


2025-yil uchun maktabgacha va maktab ta’limiga budjetdan qancha mablag‘ ajratilmoqda?

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi davlat byudjetidan mablag‘ ajratilishi bo‘yicha boshqa vazirlik va idoralar orasida uchinchi o‘rinni egallagan. Ammo ta’limga sarf qilinishi kerak bo‘lgan real xarajatlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, aslida bu juda kam.

Xo’sh, budjetdan ajratilayotgan mablag’lar qaysi yo’nalishlarga sarflanadi?

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/926

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

30 Oct, 13:14


#Tayinlov

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga birinchi o'rinbosar tayinlandi


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Karimov Sherzod Abdurasulovich Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Sh.Karimov 2006-2012-yillarda xalq ta’limi tizimida, 2012-2018 yillarda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida ishlagan.

2018-2024-yillarda Vazirlar Mahkamasi ta’lim, ijtimoiy rivojlanish masalalari departamenti, kotibiyati bo‘limida yetakchi, bosh mutaxassis, sho‘ba mudiri, kotibiyati mudirining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

U 2024-yil 28-fevraldan bugungacha Vazirlar Mahkamasi “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va ma’naviyat masalalari departamenti Yoshlar siyosati, maktabgacha va maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash va ma’naviyat masalalari bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlayotgan edi.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning 18-oktyabr kuni 2020-yildan buyon vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Usmon Sharifxodjayev boshqa ishga o'tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod qilingandi.

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

30 Oct, 11:14


“O‘qituvchilarning barcha takliflarni shaxsan o‘zim o‘qib boryapman” – Hilola Umarova

Yaqinda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova “Yil o‘qituvchisi” tanlovi qanday boʻlishi kerakligi haqida pedagog xodimlarga murojaat qilib, takliflarni @uzedu_vazirbot orqali yuborishni so‘ragandi.

Vazirning aytishicha, botga kelgan barcha takliflarni shaxsan uning o‘zi o'qib bormoqda. Xo'sh, pedagoglar tomonidan vazirga qanday takliflar yuborildi?

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/924

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

30 Oct, 07:01


Saylovchiga 4 tadan ortiq byulleten bergan o‘qituvchi jazolandi

Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumandagi 541-saylov uchastkasida komissiya a’zosi bo‘lgan o'qituvchi saylov o‘tkazish qonunchiligi buzganligi uchun jarimaga tortildi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/923

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

30 Oct, 04:39


O'qituvchi attestatsiya test sinovi vaqitda uch marotaba boshqa tomonga qarasa test yopilib qoladimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda attestatsiyada test sinovi paytida o'qituvchi boshqa tomonga qarab, kim bilandir gaplashgan bo'lsa, yoki ko'p harakatlansa, o'qituvchi yuqori ball yiqqan bo'lsa ham uning natijalari bekor qilinishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Xalqtaliminfo.uz'ning bu savoliga Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mas'ullari batafsil javob berishgan. To'liq tafsilotlar videoda.

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

29 Oct, 11:27


Maktab darsliklari ijara to'lovi qayta joriy etilishi mumkin

Ijara to'lovlarining qayta joriy etilishi ota-onalarning masʼuliyati pasayib, darsliklarga eʼtiborsiz munosabat shakllanishiga sabab bo'lishi mumkinligi bilan izohlangan.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/922

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

29 Oct, 08:27


Nosozlikmi yoki ogohlantirish? Vazirlik test sinovi vaqtidagi nosozlikni izohladi

Vazirlik mas'ullari holat yuzasidan xalqtaliminfo.uz'ga tushuntirish berib, test jarayoni vaqtida pedagoglar ortiqcha harakat qilsa, platforma ogohlantirish berishi mumkinligini ham eslatdi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/921

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

29 Oct, 06:19


Test sinovlari vaqtida pedkadr.uzedu.uz platformasida nosozliklar yuzaga kelmoqda

Bir guruh pedagoglar attestatsiya test sinovlari vaqtida pedkadr.uzedu.uz platformasida nosozliklar yuzaga kelganligidan shikoyat qila boshladi.

Holatni tekshirib ko'rish uchun biz ham Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining cams.uzedu.uz platformasidan jarayonni to'g'ridan-to'g'ri kuzatib, tekshirib ko'rdik.

Videodagi holatda ikki nafar (ayol) pedagoglar test topshiriqlarini bajarayotgan vaqtida platformada nosozlik yuzaga kelib, test birdan yakunlanib qolganligini ko'rish mumkin. Taxminan, 10 daqiqalardan keyin esa platforma yana ishlab ketgan.

Bu holat Buxoro viloyatida kuzatildi. Ayni vaqtda pedagoglar test topshiriqlarini bajarishda davom etmoqdalar.

Attestatsiya test sinovlarini jonli tarzda to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borish imkoniyati mavjud.

➡️ cams.uzedu.uz

Siz ham shunday holatga guvoh bo'ldingizmi? Izohlarda o'z fikringizni yozib qoldiring...

📝 Izoh yozish

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

29 Oct, 05:07


Attestatsiya test jarayonlari vaqtida "baza" yana ishlamay qoldimi?

Ayrim pedagoglarning xabar berishicha, Informatika va axborot texnologiyalari fanidan bo'lib o'tayotgan attestatsiya test sinovlari vaqtida ayrim hududlarda platforma yana ishlamay qolgan. Hozircha Farg'ona va Buxoro viloyatidagi pedagoglardan murojaatlar kelib tushdi.

Test jarayonlari 8:00 da boshlanishi belgilangan bo'lsa-da, platformadagi nosozlik tufayli, ayrim hududlarda hali ham test sinovlarini boshlashga ruxsat berilmagan.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining xabariga qaraganda, Toshkent shahrida hammasi joyida.

Eslatib o'tamiz, xuddi shunday holat joriy yilning 15-aprel kuni ham aynan Informatika va axborot texnologiyalari fani o'qituvchilarida kuzatilgandi.

Shundan so'ng vazirlik attestatsiyadan norozi bo‘lgan pedagog kadrlarga yana qayta testda ishtirok etishga ruxsat berishga majbur bo'lgandi.

Siz ham shunday holatga guvoh bo'ldingizmi? Izohlarda o'z fikringizni yozib qoldiring...

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

28 Oct, 12:28


#Sõragan_edingiz

Attestatsiya test sinovlari qaysi manzillarda o‘tkaziladi?


Xabaringiz bor, ertadan o'qituvchilarni attestatsiyadan o'tkazish jarayonlari boshlanadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining malaka (test) sinovini oʻtkazish manzillari va lokatsiyasi haqida batafsil bilib oling.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/569

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

28 Oct, 04:34


4-noyabrdan maktablarda kuzgi ta’til boshlanadi

Maktab o‘quvchilari uchun I chorakning so‘nggi kuni 2-noyabrga to‘g‘ri kelib, 4-noyabr kuzgi ta’tilning ilk kuni sanaladi. Ta’til 6 kalendar kun, ya’ni 9-noyabrgacha davom etadi. II chorak esa 11-noyabrdan boshlanadi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/919

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

26 Oct, 06:46


Menejerlik sertifikatini olish qiyinmi?

Xabaringiz bor, 2024-yil 1-fevraldan boshlab menejerlik o'quv kurslariga start berilgandi. Albatta, menejerlik sertifikatini olish oson kechmayapti.

Buning uchun menejerlik kursida o'qigan direktor va nomzodlar yakuniy attestatsiya sinovlaridan o'tishi ham kerak bo'ladi. Bunda test sinovlari uchun 50 ball, keys topshiriqlari uchun 10 ball va amaliy topshiriqlar uchun 40 ball (jami 100 ball) berilishi belgilangan.

Xo'sh, yakuniy sinovlar qanday o'tmoqda, savollar darajasi qanday? Menejerlik kursida o'qimoqchi bo'lganlarni oldinda nimalar kutmoqda?

Biz yakuniy sinovlar qay tartibda o‘tkazilishini bilish maqsadida yakuniy attestatsiya sinovlari jarayonidan maxsus lavha tayyorladik.

Direktorlar yakuniy sinovlarida qanday savollarga duch kelishgani sizga qiziqmi? Unda ushbu lavhaning to‘liq qismini YouTube sahifamizda tomosha qiling.

▶️ To'liq video — https://youtu.be/bpbHToo5izs

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

25 Oct, 08:07


Pedagoglar oylik maoshi hali ham pastligicha qolmoqda

Statistika agentligi 2024-yilning III chorak yakuni bo‘yicha eng ko‘p va kam maosh olayotgan soha vakillari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etdi.

Ta'lim sohasi vakillari hanuzgacha eng past ish haqi bo'yicha "yetakchilikni" saqlab kelmoqda. Ya'ni, ularning o‘rtacha ish haqi 3 mln 484,7 ming so‘mni tashkil etmoqda.

2020/2024-yillar oralig'ida pedagoglar o‘rtacha ish haqi atigi 1 mln 545 ming so'mga oshgan bo'lib, bunda bank, sug‘urta, lizing va vositachilik faoliyati xodimlari ish haqlari 8 mln 674 ming so'mgacha oshirilgan. Hozir ularning o‘rtacha oylik ish haqi 14 mln 488,8 ming so‘mni tashkil etmoqda.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/916

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

24 Oct, 09:10


Pedagogni saylov tadbirlariga jalb qilish qo‘shimcha haq evaziga amalga oshirilishi lozim

Pedagogni siyosiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan, masalan saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish jarayonlarida ishtirok etishga jalb qilish uning roziligiga ko‘ra, u bilan tuzilgan shartnomaga asosan, qo‘shimcha haq to‘lash evaziga, ishdan bo‘sh vaqtida yoki ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi saqlangan holda amalga oshirilishi shart.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/915

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

23 Oct, 15:05


Pedagog xodim atamasiga qachon aniq ta’rif beriladi?

Ta’lim tizimi eng katta sohalardan biri bo‘lishiga qaramay, pedagog xodim atamasiga to‘liq ta’rif berilmagan. Berilgan ta’riflar esa ko‘pchilikni chalg'itadi xolos.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi esa pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatini haligacha tasdiqlagani yo‘q.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/914

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

23 Oct, 12:45


Profi Universityning ilmiy jurnali ta'sis etildi

Endilikda Profi University O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining № 266122 raqamli Guvohnomasi asosida "PULSE" ilmiy jurnalini nashr etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

"PULSE" ilmiy jurnali ilm-fanni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida tashkil etildi. Endilikda jurnalda o'zbek, rus, ingliz, turk va boshqa tillarda ilmiy maqolalar chop etib boriladi.

Jurnaldan professor-o‘qituvchilar hamda yosh olim, magistrant, doktorant, tadqiqotchi va izlanuvchilar hamda iqtidorli talabalarning ilmiy izlanishlari natijalari, fanda erishilgan yutuqlar va kashfiyotlar haqidagi maqolalari joy oladi.

0️⃣Profi University — nafaqat talabalarga bilim beradi, balki ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga ham katta e’tibor qaratadi.

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

23 Oct, 10:34


O'qituvchimisiz? Unda sizda noodatiy metodlarni o'rganish yoki ularni boshqalarga ulashish imkoniyati bor

"Media Maorif" loyihasiga start berilganidan buyon juda ko'p o'qituvchilardan noodatiy metodik materiallar yetib kela boshladi. Bu loyiha orqali pedagoglar o'zlarining noodatiy metodlarini boshqa hamkasblariga ulashib kelmoqdalar.

Marhamat, o'qituvchi bo'lsangiz "Media Maorif" kanalidagi metodlarni o'rganing yoki o'z metodik ishingizni boshqa hamkasblaringiz bilan bo'lishing.

Yil davomida ko'pchilikka yoqqan bir nafar metodik material muallifi xalqtaliminfo.uz tahririyati tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg'a bilan taqdirlanadi.

👉@media_maorif

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

22 Oct, 12:48


Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining aytishicha, o‘quv-pedagogik hujjatlarni to‘liq elektron shaklga o‘tkazish ortidan har yili 10,1 mlrd so‘m mablag‘ iqtisod qilinadi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/913

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

21 Oct, 11:08


“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

"UzASBO-2" tizimiga o‘tilgach, "dekret" ta’tilidan erta qaytgan pedagog xodimlarning malaka toifasi sertifikatlarining muddati tugashi bilan bog‘liq qator muammolar yuzaga kela boshlagandi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/912

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

21 Oct, 05:12


Sof o'zbek tilida imlo xatolarsiz yozaylik

Odatda o‘qituvchilar jamlangan guruhlarda, bizga yuborilgan murojaatlarda, eng achinarlisi, maktablardan chiqayotgan xat, buyruq yoki shunga o‘xshash boshqa turdagi hujjatlarda juda ko‘plab imloviy xatolar borligiga ko‘zimiz tushadi.

Bu kabi xatolarga bolalarga ta’lim berayotgan pedagog xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilishi esa achinarli hol. Shu sababli, biz pedagoglar qayerda bo‘lishimizdan qat’iy nazar imlo xatosiz yozishga harakat qilishimiz lozim.

Texnik xatoliklarni tushunish mumkindir, ammo har safar imlo xato bilan yozish... Shu sababli, barcha pedagog xodimlarni imlo xatolarsiz yozishga chaqirib qolamiz.

21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun muborak bo'lsin. Tilimizni faqat bugun emas, har kuni qadrlaylik...

❗️Diqqat: Yuqoridagi matnda ham imloviy xatolar mavjud. Matndagi xatolikni topib, izohlarda fikringizni (imlo xatolarsiz) yozib qoldiring.

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

20 Oct, 13:53


“Yil o‘qituvchisi” g‘olibiga 3 xonali uy beriladi

Xabaringiz bor, yaqinda “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o'tkazilgan uchrashuvda endilikda “Yil o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkazilib, 208 ta tuman va shahardan g‘olib bo‘lgan o‘qituvchilarga Prezident sovg‘asi sifatida uy-joy berilishi aytilgandi.

Mazkur uchrashuvda ta'limga oid boshqa ko'plab masalalarga ham e'tibor qaratilgandi.

“MY5” telekanalining "Gapiring" tok-shousida ta'lim sohasida olib borilayotgan ijobiy o'zgarishlar haqida so'z boradi.

▶️ To'liq ko'rsatuv — https://www.youtube.com/watch?v=gOoYPwHYjaE

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

20 Oct, 12:34


Shaxmatda psixologiyaning ta'siri qanchalik muhim?

Profi University professor-o’qituvchisi, psixologiya fanlari doktori (PhD) Akobr Abdullayev UzChess loyihasi bilan hamkorlikda o'zbek tilidagi ilk va batafsil kontent tayyorladi. Ushbu loyiha orqali o‘zbek tilida shaxmatni chuqur o‘rganishni xohlaganlar uchun muhim manbalardan biri yaratildi.

Profi University doim ta’lim sifatini oshirish va malakali kadrlar tayyorlashda o‘z hissasini qo‘shadi. Bu loyihada Akobr Abdullayevning roli universitetda ishlayotgan professor-o‘qituvchilar professional darajadagi bilim va ko‘nikmalarga ega ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Profi Universityda faoliyat yuritayotgan professional kadrlar nafaqat o‘z sohasida yuqori bilim va malakaga ega, balki o‘zbek ta’lim tizimini yanada boyitish va rivojlantirishdagi mehnatlari bilan ajralib turadilar.

▶️ To'liq video — https://www.youtube.com/watch?v=3Qm2dug7S3E

0️⃣Profi University — to'g'ri tanlov!

Telegram | Instagram | YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

20 Oct, 09:12


Maktab kutubxonasidan 113 yil avval olingan kitob qaytarildi

Maktab kutubxonasidan kitob olgan o'quvchi 1911-yilda maktabni tamomlab, birinchi jahon urushida halok bo'lgan. Oradan bir asrdan ko‘proq vaqt o‘tib, kitob joyiga qaytdi deyiladi xabarda.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/911

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

20 Oct, 04:11


Maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalari e’lon qilindi

Bolalarda ilk matematik bo‘yicha ko‘nikmalarini baholash natijalari o‘rtacha 94 foiz, katta va tayyorlov guruhlardagi bolalarda erta yoshdagi savodxonlik ko‘nikmalari 77 foizdan yuqori ekanligi qayd etildi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/910

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

19 Oct, 10:02


Attestatsiya test sinovlariga tayyorlanish uchun onlayn repetitsiyalar boshlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan joriy yilning avgust-dekabr oylarida attestatsiyadan oʻtuvchi pedagoglarni ushbu malaka sinovlariga tayyorlash maqsadida onlayn repetitsiya oʻtkazilmoqda.

Bunda pedagoglar test sinovlari topshiriladigan maxsus platformadan foydalanish tartibi hamda namunaviy test savollari bilan atroflicha tanishishadi.

Onlayn repetitsiya joriy yilning 19-25-oktabr kunlari mazkur manzil orqali oʻtkaziladi.

MMTV

➡️ https://demotest.uzedu.uz

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

19 Oct, 06:19


“Ta’lim haqida hamma yaxshi gaplarni gapiradi, ammo davlat eski texnologiyalardan foydalanmoqda” — Ahmed al-Bastaki

BAA milliy maktablari tashkiloti rahbari Ahmed al-Bastaki fikricha, O‘zbekistonda hamma ta’lim haqida yaxshi gaplarni gapiradi, lekin davlat tizimda eski texnologiyalardan foydalanmoqda.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/909

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

18 Oct, 14:59


Hurmatli ta'limga befarq bo'lmagan obunachilar!

"Xalq talimi Info" loyihasini rivojlantirishda sizning ko'magingiz juda katta ahamiyatga ega. Biz ta'limga oid dolzarb masalalarni yoritishda, ilmiy, eng asosiysi halol va xolis kontentlar yaratishda davom etishimiz uchun ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘lishimiz kerak.

Oldimizda yangi loyihalarni amalga oshirish rejasi turibdi, ammo ularni ro'yobga chiqarish uchun bizga qo’shimcha moliyaviy ko'mak kerak.

Loyihalarimizga siz ham homiylik qilishingiz mumkin

Endi bu juda oson! Siz loyihamizni qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘ngilli ravishda tirikchilik.uz/xalqtaliminfo manziliga kirib, bizga homiylik qilishingiz mumkin.

"Donatlar" orqali o'tkazilgan kichik summalar ham bizni ilhomlantiradi, kontentlarimiz sifatini yanada oshirishga xizmat

Bizning loyihamizni moddiy qo'llab-quvvatlang!

➡️Homiy bo‘ling — tirikchilik.uz/xalqtaliminfo

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

18 Oct, 12:33


Yaqin kelajakdagi mehnat bozori

Profi University doimo zamonga hamohang bo'lishga intiladi. Hozir mehnat bozori tez sur'atlarda rivojlanib, o'zgarib boryapti. Bu o'zgarishlarga tayyor va raqobatbardosh bo'lish uchun universitet allaqachon harakatni boshlagan.

Ya'ni, Profi Universityda “Karyera platformasi” faoliyatini yo’lga qo’yilgan bo'lib, bu orqali talabalar elektron portfoliolarini yaratishi va ish beruvchilarga taqdim etish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Karyera platformasi orqali talabalar nafaqat o‘zlarining rezyume namunalarini tayyorlashi, balki u yerda turli xil kompaniyalardan ish takliflari ham olishi mumkin.

Buning uchun universitet talabalari o'qish va amaliyot davomida barcha erishgan yutuqlarini platformaga joylab borishlari kerak bo'ladi. Oliygoh bu platforma yaqin kelajakda juda katta onlayn mehnat bozoriga aylanishiga umid qilmoqda.

0️⃣Profi University — dunyo miqyosidagi ta'lim va imkoniyatlar sari yo'l

Telegram | Instagram | YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

18 Oct, 09:41


2020-yildan buyon vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Usmon Sharifxodjayev ishdan ketti

Usmon Sharifxodjayev 2020-yildan Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. 2023-yilda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimiga qayta tayinlangandi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/907

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

18 Oct, 04:52


#Xushxabar

Malaka toifasi uchun pul to'lab, arizasi rad qilinganlarga oxirgi imkoniyat berilmoqda


Ayrim sabablarga ko'ra kechroq ariza topshirgan pedagoglar malaka toifasi uchun to'lagan pullariga “kuyib” qolayotgandi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimining xalqtaliminfo.uz'ga ma’lum qilishicha, rad qilingan murojaatlarni tahrirlab, qayta yuborish uchun pedagoglarga oxirgi marotaba imkon beriladi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/906

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

17 Oct, 13:51


2025-yilda ta’lim uchun davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar 20 foizga oshiriladi

Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ijtimoiy davlat tamoyilidan kelib chiqib, ta’limga ajratilayotgan mablag‘larni 2025-yilda 20 foizga ko‘paytirish ta'kidlandi.

Xo'sh, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi 2024-yilda davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha boshqa vazirlik va idoralar orasida nechanchi o‘rinni egallagan edi?

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/905

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

17 Oct, 05:14


Soxta sertifikatdan foydalangan peadgoglar javobgarlikka tortilishi mumkin

Hozirgi kunda qo'shimcha haq olish maqsadida soxta sertifikatlar taqdim etayotgan pedagoglar ham uchrab turibdi.

Shuni unutmaslik kerakki, sertifikatning qalbaki ekanligini bila turib, undan foydalangan pedagoglarga ham javobgarlik bor. Bunda ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi, hatto o'qituvchiga 37 mln so'mgacha jarima solinishi mumkin.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/903

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

15 Oct, 13:35


#Xushxabar

Prezident qarori bilan o‘qituvchilarga ustama to‘lab berishdagi muammolar ijobiy hal etildi


O'qituvchilarga direktor jamg‘armasi hisobidan yangi o‘quv yili uchun tayinlanadigan ustamalar har yili 1-sentyabridan 31-avgustga qadar to‘lab beriladigan bo'ldi.

Avvalroq, ayrim hududlardagi iqtisodchilar ustama pullarini iyun-avgust oylarida to‘lab berishni noqonuniy deb topib, o‘zboshimchalik bilan o‘qituvchilarning oylik maoshidan ushlab qolayotgandi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/901

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

15 Oct, 11:57


Profi University — global imkoniyatlar markazi!

Endilikda Profi University talabalari dunyoning nufuzli universitetlarida o'qish imkoniyatlariga ega bo'lmoqda.

Janubiy Koreyada joylashgan Kemyung universitetidan Yoo MinShick va Yu Moonki "Profi University" bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va talabalarni magistraturaga taklif qilish masalasini universitet mas'ullari bilan muhokama qilishdi.

Ushbu hamkorlik aloqalari esa universitet talabalarining Koreyada magistratura o'qish imkoniyatini berishi mumkin.

Nima uchun Profi Universityni tanlash kerak?

Yevropada ham tahsil olish imkoniyati;

"Profi"da o'qish mobaynida Yaponiyada ham tahsil olish hamda ishlash imkoniyati (Ish haqi: 1000$);

Universitet yotoqxonasining mavjudligi;

Yetarlicha ilmiy salohiyat darajasiga ega bo'lgan oliygoh ekanligi;

Talabalarni ish bilan ta'minlashga qaratilgan "Karyera xizmati"ning mavjudligi.

"Profi University" nafaqat yuqori sifatli ta'lim beradi, balki talabalarga xalqaro imkoniyatlar eshigini ham ochadi. Bu orqali universitet talabalari nafaqat O'zbekistonda, balki xorijda ham o'qish imkoniyatlariga ega bo'lishadi!

Universitet haqida batafsil:
➡️https://xalqtaliminfo.uz/post/843

Keling, kelajakni birgalikda yarataylik!

0️⃣Profi University — dunyo miqyosidagi ta'lim va imkoniyatlar sari yo'l

Telegram | Instagram | YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

15 Oct, 08:55


"Mening bog'cham" loyihasida ovoz berish jarayoni boshlandi

“Ochiq budjet” portalida ilk marta “Mening bog‘cham” loyihasi doirasida ovoz berish jarayoni boshlandi.

2025-yilgi davlat investitsiya dasturi asosida yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan bog‘chalarning 50 foizi ovoz berish orqali jamoatchilik tomonidan tanlanishi ma'lum qilindi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/900

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

14 Oct, 14:16


Jinoyat uchun emas, ta’lim berish uchun imkoniyat so‘ralmoqda

Tadbirkor, advokat Bektosh Xatamov jinoyat uchun emas, ta’lim berish uchun imkoniyat so‘ramoqda. Profi University nodavlat ta’lim muassasasi huquqshunoslik yo‘nalishiga litsenziya olish uchun ariza topshirgan, lekin sun’iy to‘siqlar mavjudligi bois, ushbu ariza arzimagan sabablar bilan rad qilib kelinmoqda. Mas’ul tashkilotlar hamon sukut saqlamoqda.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/898

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

14 Oct, 08:47


Inspektor-psixologlarning bolalar bilan ishlash bo‘yicha vakolatlari mustahkamlanmoqda

Bu bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlanmoqda. Unda bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish majburiyatlarini bajarmaganlik, jamoat joylarida tamaki yoki alkogol iste’mol qilganlik va boshqa xatti-harakatlarga jalb qilganlik uchun ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga doir vakolatlarini mustahkamlovchi o‘zgartirishlar kiritilishi nazarda tutilmoqda.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/897

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

13 Oct, 13:27


#Bilasizmi

"G'or maktabi" haqida eshitganmisiz?

Xitoyda joylashgan bu maktab o‘zining noyob joylashuvi bilan ko‘pchilikning e’tiborini tortgan. 1984-yili g‘orda 8 nafar o‘qituvchi va 186 nafar o‘quvchi bilan maktab ish faoliyatini boshlaydi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/895

Telegram I Facebook I YouTube

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

13 Oct, 02:27


#Sõragan_edingiz

Endi o’qituvchilar har 5 yilda malaka oshiradimi?


Endi o'qituvchilar offlayn yoki onlayn ravishda bir yilda bir marotaba emas, faqat 5 yilda bir marotaba malaka oshiradimi? Yangi tartib qanday bo'ladi?

Bu savlovga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas'ullari ishtirokida o'tkazilgan matbuot anjumanida javob berilgandi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/799

Telegram I Facebook I YouTube