Оhangaron shahar hokimligi @ohangaronshahar Channel on Telegram

Оhangaron shahar hokimligi

@ohangaronshahar


Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.me/hokimlikbot

Оhangaron shahar hokimligi (Uzbek)

Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati Telegram kanalida! E'tibor qozonishingiz kerak bo'lgan eng so'nggi xabarlar va yangiliklar uchun bizga qo'shiling. Bu kanal orqali Ohangaron shahri bo'ylab eng so'nggi hokimlik faoliyatiga oid ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin. Ohangaron shahri hokimligi tomonidan tashkil etilgan bu kanal orqali qiziqarli yangiliklar, qonun hujjatlari, hokimlik faoliyati to'g'risida ma'lumotlar va ko'p qiziqarli ma'lumotlar bilan ta'minlanadi. Agar sizda murojaat yoki takliflar bo'lsa, unda quyidagi manzilga murojaat qiling: https://t.me/hokimlikbot Sizga hokimlik faoliyati bilan bog'liq eng so'nggi yangiliklar va ma'lumotlar taqdim etish uchun Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati Telegram kanaliga obuna bo'ling!

Оhangaron shahar hokimligi

19 Nov, 17:15


Ohangaron shahar FVB xodimlari tomonidan "Yong'in xavfsizligi oyligi" doirasida "Ixtisoslashtirilgan maktab internati" da tungi tekshiruv, 3-umumiy o'rta ta'lim maktabi hamda ishlab chiqarish korxonalarida profilaktik va tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Hurmatli, yurtdoshlar va shahrimiz mehmonlari yurtimizda o'tkazilayotgan "Yong'in xavfsizligi oyligi" da faol ishtirok eting!

Оhangaron shahar hokimligi

19 Nov, 17:08


#xushxabar

Buxoro shahridagi “Universal" sport saroyida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida voleybol bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqalarining ayollar o‘rtasidagi B-liga final bosqichi g'oliblarini tantanali taqdirlash tadbiri boʻlib oʻtdi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko’ra:

16-21 hamda 22-30 yosh toifasi bo’yicha Toshkent viloyati yoshlari 1-oʻrinlarni qoʻlga kiritdi.

https://t.me/yiatvboshqarma

Оhangaron shahar hokimligi

19 Nov, 17:07


#Yoshlar_ishlari_agentligi
#Maktabgacha_va_maktab ta'limi_bo'limi

🗣Ohangaron  shahrida "Bolalar Harakati shahar sardorlar saylovi" ga start berildi!

⚡️Shu munosabati bilan
" SHAHAR SARDORLAR SAYLOVI" boʻlib oʻtdi.

📉Sardorlikka nomzodini qoʻygan  yoshlar "shahar sardorlar saylovi" da oʻzlari tanlagan yoʻnalish boʻyicha taqdimotlar, loyihalar yaratib, ularni tengdoshlariga taqdim qilib berdilar.

🙋‍♀🙋‍♂Shahar sardorlar Kengashiga yashirin yoʻl orqali yoʻnalishlardan 6 nafar sardor va 1 nafar bosh sardor saylandi!

🤝Barcha sardorlarga 2024-2025- oʻquv yilidagi faoliyatlarida omad tilab qolamiz!

Оhangaron shahar hokimligi

12 Nov, 08:18


🖇Xalqaro "Buхgalteriya kuni" munosabati bilan Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasida ushbu kunda bayramona kayfiyat ila birlashma hisobxona xodimlari samarali ish faoliyati hamda ko'p yillik mehnatlari uchun tantanali ravishda tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Barcha buхgalter xodimlarga ushbu bayram munosabati bilan tibbiyot birlashmasi nomidan  oilangizda moliyaviy barqarorlik tark etmasligini tilab qolamiz!!!🎊

https://t.me/ohangaronshahar

Оhangaron shahar hokimligi

12 Nov, 08:04


"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan 3300 dan ortiq Ko'chma savdo joylarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 585 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 246 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 517 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 245 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 302 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 16 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 160 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 134 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 91 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 38 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 189 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 132 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 135 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 46 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 117 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 117 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 198 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 59 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 18 ta (Ko'rish)

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube

Оhangaron shahar hokimligi

12 Nov, 07:24


Prokuror sektorida sayyor qabul o‘tkazildi

Ohangaron shahar prokurori T.Karimov tomonidan  2-sektor hududidagi "Xonobod" MFYda fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda 15 dan ortiq fuqarolar qatnashdi.

Fuqarolarning kommunal va boshqa sohalardagi murojaati tinglanib, ulardan 3 tasi joyida qanoatlantirildi va o‘rganish muddat talab qiladigan murojaatlar mas'ul tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Оhangaron shahar hokimligi

11 Nov, 17:04


Dudbo‘ron, mo‘ri tortish kuchini oddiy gugurt bilan tekshirish mumkin!

Pech yoki isitish qozoni baland yoqilgan holatida gugurt alangasi ko‘rish teshigi oldiga olib boriladi.

Agar alanga ichkariga qarab yo‘nalsa, demak tortish qoniqarli!

Agar tashqariga yo‘nalsa, ogoh bo‘ling!!!
Demak tortish yo‘q, dudbo‘ronni tozalash zarur!!!

O‘zingiz va yaqinlaringizni IS GAZIDAN ASRANG.

👩‍🚒Ohangaron shahar FVB

Оhangaron shahar hokimligi

11 Nov, 12:50


Migrantlar bilan muloqotlar davom etmoqda...

Ohangaron shahar prokurori, 2-sektor rahbari T.T.Karimov tomonidan hududdagi migratsiyaga ketgan fuqarolar bilan onlayn muloqot tashkillashtirildi hamda ularning ish sharoitlari, ijtimoiy ahvoli va boshqa muammolari o’rganildi.

Оhangaron shahar hokimligi

11 Nov, 12:30


#Tabrik

Shohonbek Aliyev, O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Ohangaron shahar Kengashi raisi                                          

🔷Prezidentimiz tomonidan 2020 yil 23-noyabr mamlakatimizda imzolangan qonunga muvofiq 11-noyabr - "Kasaba uyushmalari kuni"  etib belgilangan. Qonunning qabul  qilinishi  kasaba uyushmalari tashkilotlarini qo'llab-quvvatlash, yanada samarali faoliyat yuritishini  ta'minlash, ta'lim sohasidagi tashkilot  xodimlarini rag'batlantirishga  xizmat qiladi.

🔶Barcha davlat muassasalarida faoliyat olib borayotgan mehnatkashlarni mazkur bayram bilan tabriklayman.

🔷Fursatdan foydalanib, shu soha xodimlariga sihat-salomatlik, omad, yurt ravnaqi yo‘lida olib borilayotgan faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilayman!

Оhangaron shahar hokimligi

11 Nov, 10:30


#Ayollar_daftari

Qo'rg'on MFY fuqarosi Zumrad Qoraxonova "Ayollar daftari"ning 1 toifasiga kiritilib tikuvchilikka o'qitildi.

⚡️Hokim yordamchisi tomonidan subsidiya asosida tikuv mashinasi olib berildi. Hozirda Z.Qoraxonova kooperatsiya asosida ishini yo'lga qo'ydi.

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt‌‌

Оhangaron shahar hokimligi

11 Nov, 09:53


Toshkent viloyatidagi shaharlarga hokimlar tasdiqlandi

Xalq deputatlari shaharlar Kengashlarining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyalari bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar tomonidan:

▫️Rajabboyev Muzaffar Erkaboyevich Ohangaron shahar hokimi lavozimiga;

▫️Hamdamov Qobil Mamatqulovich Olmaliq shahar hokimi lavozimiga;

▫️Abdurahimov Murodjon Komiljonovich Chirchiq shahar hokimi lavozimiga;

▫️Sultonov Dilshod Shuhratovich Yangiyo‘l shahar hokimi lavozimiga;

▫️Babayev Nasrulla Nurullayevich Bekobod shahar hokimi lavozimiga;

▫️Ra’yimov Alisher Abdumalikovich Angren shahar hokimi lavozimiga;

▫️Qilichxonov Ilhom Mahmudjonovich Nurafshon shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Kanalga ulanish: 
@uzauz

Оhangaron shahar hokimligi

11 Nov, 09:37


#O‘rganish

Bugun Ohangaron shahar, "Birlik" mahallasida mahalla raisi va Xalq qabulxonasi, 4-sektor rahbari tashabbusi bilan "Mahalla-sektor-Xalq qabulxona-mahalla" tamoyili asosida shahar Obodonlashtirish boshqarmasi, shahar Elektr tarmog‘i korxonasi, shahar Suv taʼminoti korxonasi, shahar Gaz taʼminotini korxonasi, hamda Kadastr tashkilotlari raxbarlari ishtirokida muloqot tashkil etilib, mavjud muammoli masalalar joyiga chiqib muhokama qilindi va yechimiga kirishildi.

Jarayonda  kuz-qish mavsumi, bandlik, Yashil makon, migratsiya,ijtimoiy profilaktika, murojaatlar bilan ishlash masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Murojaatchi fuqarolar bilan suhbatlashildi.Bu kabi hamkorlik yo‘nalishida  ushbu tamoyil ijrosi yuzasidan har oyning birinchi dushanbasida mahalladagi muammolar va murojaatlarni hal etilishi masalasini o‘rganib borishga kelishib olindi.

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt

Оhangaron shahar hokimligi

10 Nov, 14:51


#Eslatma

Ertaga maktab. Kuzgi ta’til nihoyasiga yetdi, bolajonlar! Maktab sumkalaringizni hozirlang!..👨‍💼👩‍💼🎒

Оhangaron shahar hokimligi

10 Nov, 10:52


#Tibbiyot xodimlari kuniga
#TABRIK

Qadrli hamkasblar, oq xalatli najot farishtalari!

Bugungi qutlug‘ sana munosabati bilan barchangizni chin dildan, samimiy muborakbod etaman! Siz soha xodimlari yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji yo‘lida erta-yu kech tolmasdan mehnat qilasiz, yurtdoshlarimizning salomatligi, aholi farovonligi yo‘lida o‘z oromingiz-halovatingizdan kechib ter to‘kasiz!

Vatan taraqqiyoti, yurt farovonligi yo‘lida amalga oshirayotgan ezgu ishlaringiz tahsinga loyiq!

Sizdagi metin iroda, fidoyilik, jonkuyarlik, odamiylik kabi xislatlar barchaga  namuna bo‘ladi!


Kasb bayramingiz bilan qutlar ekanman, ko‘nglim bir olam quvonchga to‘lmoqda! Siz aziz soha vakillari bilan bir safda ekanligimdan har qachon g‘ururlanaman! Xalqimiz sog‘ligi, yurtimiz osoyishtaligi yo‘lida mehnat qilib tolmang!


Cheksiz samimiyat bilan, Toshkent viloyati Ftiziatriya va pulmonologiya shifoxonasi  direktori Baxtiyor Sadikov!

Оhangaron shahar hokimligi

10 Nov, 10:25


Ohangaron shahar hokimi Rajabboyev Muzaffar Erkaboyevichning tibbiyot xodimlariga bayram tabrigi!

Assalomu alaykum! Aziz hamshaharlar, hurmatli tibbiyot xodimlari! Barchangizni yurtimizda keng nishonlanayotgan tibbiyot xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etaman!

Har bir joni og‘rigan inson borki, huzuringizdan shifo izlaydi! Dardiga malham axtaradi. Siz sabab, juda ko‘p xonadonlar quvonchga to‘ladi.

Sohada mehnat qilayotgan barcha fidoyilarni, shuningdek, nafaqadagi faxriy shifokorlarni bugungi bayram bilan tabriklayman!

Ko‘p yillar kasb bayramlarini nishonlab, el-yurt xizmati va ardog‘ida yashash saodatini tilayman

Shifokorlik qasami bir umr qalbingiz nuriga aylansin! Oq xalatingiz faqat yaxshiliklarga xizmat qilsin!

Оhangaron shahar hokimligi

10 Nov, 09:34


⚡️ Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasi "Open budjet" ochiq portali orqali erishgan yutuqlari 35 ta konditsioner 15 ta muzlatkich tibbiyot xodimlari kuniga munosib sovg‘a sifatida markaziy shifoxona bo‘limlarida davolanayotgan be’morlarga va ko‘p tarmoqli markaziy poilklinikada ishlovchi xodimlar va bemorlarga qulaylik yaratish maqsadida taqsimot asosida tarqatildi . Bayram kayfiyati davom etmoqda.

Оhangaron shahar hokimligi

09 Nov, 14:51


#O‘rganish

Joriy yilning noyabr oyi "Energetika xavfsizligi oyligi" deb e'lon qilinganligi munosabati bilan Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori J.Erxonov hamda shahar prokurori o‘rinbosari S.Agzamov tomonidan Ohangaron shahrida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish uchun tashkil etilgan shtab faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish natijalari yuzasidan shtab a’zolari bilan yig‘ilish o‘tkazilib, shtablar faoliyatini favqulodda ish rejimida davom ettirish hamda aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish haqida mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Bu boradagi o‘rganishlar va amaliy tadbirlar davom etmoqda.

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt

Оhangaron shahar hokimligi

09 Nov, 13:30


“Yoshlik”ning yoshlari respublikada chempion bo‘lishdi

🖐 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Ichki ishlar vaziri kubogi” uchun voleybol musobaqalarining A liga (qizlar) final bosqichi o‘z yakuniga yetdi.

Natijalar bilan tanishing: 22-30 yosh

1-o‘rin: Toshkent viloyatining “Yoshlik” mahalla jamoasi;

2-o‘rin: Namangan viloyatining "Mash'al” mahalla jamoasi;

3-o‘rin: Toshkent shahrining “Fitrat” mahallasi jamoasi.

Ayni vaqtda g‘olib va sovrindorlarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

➡️Telegram         ➡️Instagram
➡️Youtube           ➡️Web sayt

Оhangaron shahar hokimligi

09 Nov, 11:51


#Tabrik

Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A.T.Rayimkulovning Tibbiyot xodimlariga bayram tabrigi!

Assalomu alaykum! Hurmatli tibbiyot xodimlari! Qadrli, soha faxriylari!

Avvalo, o‘z hayotini el-yurt salomatligini asrashdek olijanob ishga bag‘ishlab kelayotgan siz, azizlarni qutlug‘ kasb bayramingiz – Tibbiyot xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Bemorlarni nafaqat dori-darmon, balki shirin so‘z, qaynoq mehr bilan darddan forig‘ etishga, malham bo‘lishga shoshilgan Sizdek jonkuyar insonlar uchun har qanday e’zozu ehtiromlar yarashadi.

Shunday sharafli va ayni paytda mashaqqatli mehnatlaringizda ulkan zafarlar, o‘zlaringizga ham mustahkam sog‘liq, oilalaringizdan halovat arimasligini tilayman.

Shu qatorda, Ohangaron shahar Tibbiyot birlashmasida mehnat qilayotgan hamkasblarim mehnatlarini alohida e’tirof etmoqchiman! Hamisha xalqimiz ardog‘ida bo‘ling!

Sizlar bilan bir safda xalqimiz salomatligi yo‘lida mehnat qilayotganimdan baxtiyorman! Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Оhangaron shahar hokimligi

08 Nov, 13:06


#Chellenj
🇺🇿🇺🇿🇺🇿Hurmatli Ohangaron yoshlari!!!

🎊O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i tashkil topgan kun munosabati bilan Yoshlar ishlari agentligi tanlov e'lon qiladi.
📌14-30yoshgacha bo'lgan yoshlar diqqatiga. Bayrog'imizni aks ettiruvchi fotosuratlarni siz bizga jo'nating va biz uni https://t.me/OhangaronShaharYA kanalida e'lon qilamiz. Saralangan 22 ta mahalladan 1 tadan g'olib tanlanadi va 17-18-noyabr kuni hakamlar bilan aniqlanadi. Qani yoshlar, fursatni qo'ldan boy bermang.
G'oliblar Yoshlar ishlari agentligi tomonidan esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.
Fotosuratlarni ushbu raqamlarga jo'natishingiz mumkin.
+998992887075
+998993317075

Оhangaron shahar hokimligi

08 Nov, 12:30


#Brifing
⚡️
Ohangaron shahar Sanepid bo‘limi boshlig‘i G‘afforov Rahmatilla Ziyodovich:

-Botulizmdan ogohlantiramiz!

- Ovqatdan zaharlanish va botulizm haqida brifing.

Kanalga obuna bo‘ling!
👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻
https://t.me/Ohangaron_shahar_SanEpid_bolim

Оhangaron shahar hokimligi

01 Nov, 12:40


#Ohangaron_shahar
#O'rganish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-4307-sonli hamda 2021-yil 26-martdagi" Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-5040-sonli Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida bugun Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo'linmasi tomonidan shahar Elektr ta'minoti va shahar Obodonlashtirish bo'limlarida savolnoma asosida ma'naviy-ma'rifiy ishlar holati o'rganildi.

❇️ O'rganish davomida  aniqlangan kamchiliklar yuzasidan faoliyat yuritayotgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha mas'ul xodimlarga bilim-ko'nikmalar va sohani yanada rivojlantirish bo'yicha tavsiyalar berildi.

Bizga qo'shiling 👇

https://t.me/RMMMOhangaronsh

Оhangaron shahar hokimligi

01 Nov, 11:31


Ноябрь ойи пенсия пули қачон тўланади?

Янги ой кирди, пенсиям пластик картамга қачон тушади ёки нақд шаклда қачон оламан каби фуқароларда саволлар туғилиши табиий.

👨‍💻 Пенсия жамғармасининг туман (шаҳар) бўлимлари ҳар тўлов ойининг 2-кунига қадар тўлов топшириқнома (ведомост)лар шакллантиради ва ведомостлар ойнинг 4-кунига қадар пенсияни фуқароларга етказиб бериш (топшириш) юкланган ташкилотга тақдим этилади.

💳 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 4 майдаги ПҚ-5102-сонли Қарори билан, пенсия тўловлари учун талаб этиладиган маблағларни Пенсия жамғармаси ҳар ойнинг 5-санасига қадар пенсия олувчиларнинг шахсий ҳисобварақларига (пластик карталарга) молиялаштирилиши белгиланган.

🪙 Халқ банки томонидан нақд шаклда пенсия олувчиларнинг маблағлари тасдиқланган графиклар асосида сайёр кассалар томонидан ҳар ойнинг 4-27 саналарида маҳалла фуқаролар йиғини (МФЙ)га борган ҳолда тўлаб берилади.

Юқоридагилардан келиб чиқиб, Пенсия жамғармаси томонидан банк пластик картада пенсия олувчи фуқароларга пенсия маблағлари 5 ноябргача, нақд пул шаклида олувчи фуқароларга эса 27 ноябрь санасига қадар тўлаб берилиши режалаштирилган.

💬 РУС

📞 12-71     🌐 pfru.uz

Telegram | 💬Facebook |📸 Instagram | 📹 Youtube |📱 X

Оhangaron shahar hokimligi

01 Nov, 10:50


"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan 3300 dan ortiq Ko'chma savdo joylarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 589 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 246 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 519 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 246 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 303 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 19 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 160 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 135 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 91 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 38 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 189 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 133 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 135 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 47 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 118 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 118 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 202 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 59 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 19 ta (Ko'rish)

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube

Оhangaron shahar hokimligi

01 Nov, 08:52


Ohangaron shahar Favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari va soha vakillari bilan hamkorlikda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish hamda is gazi va yong'inlar bilan bog'liq baxtsiz xodisalarni oldini olish maqsadida ijtimoiy obyektlarda, ishlab chiqarish va aholi sektorlarida keng qamrovli targ'ibot ishlari o'tkazildi.

Telegram         Instagram
Youtube           Web sayt

Оhangaron shahar hokimligi

01 Nov, 07:14


#diqqat

Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining yangi tarkibi bilan tanishing.


Ohangaron shahar saylov komissiyasining qarori e’lon qilindi.

Bunda Saylov okruglaridan xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashiga 15 nafar deputat ilovaga muvofiq ro‘yxatga olindi.

Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati.

Telegram         Instagram
Youtube           Web sayt

Оhangaron shahar hokimligi

01 Nov, 06:39


Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasi shifokor, hamshira va kichik tibbiy xodim lavozimlariga quyidagi bo‘sh vakant o‘rinlariga talabgorlarni ishga taklif qiladi.

1.Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika - 0.25 st. 4-maktab hamshirasi
2. Xirurgiya bo‘limi - 1.0 st. Operatsiya xona kichik tibbiy xodimi
3. Ichki dorixona - 0.25 st. Farmasevt
4. Ma’muriyat - 0.5 st.  Bosh muhandis (oliy ma’lumotli), 1.0 st.- Kompyuter texnikasi xizmati bo‘yicha muhandis (oliy ma’lumotli)
5.Buxgalteriya bo‘limi - 1.0 st. Davlat xaridlari bo‘yicha mutaxassis
6.Xo‘jalik bo‘limi - 0.5 st. Elektrik
7. Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika - 2.0 st. Oilaviy shifokori
8. Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika - 0.25 st. Ftiziatr
9. Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika - 0.5 st. Endokrinolog
10. Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika - 0.5 st. Nevropatolog
11.Bolalar bo‘limi - 0.75 st. Pediatr, 4.25 st. Vrach navbatchi neonatolog
12. Qabul - EMERGNCY DEPARTMENT bo‘limi - 2.0 st navbatchi terapevt
13. Qabul - EMERGNCY DEPARTMENT bo‘limi - 2.0 st. navbatchi xirurg
14. Travm punkt bo‘limi - 1.25 st. Vrach navbatchi travmatolog
 
Ishga qabul qilish suhbat (hamshiralar bilim darajasini baholash) asosida o‘tkaziladi:

Ishga qabul: 06.11.2024 yil, soat 14:00 da, shahar tibbiyot birlashmasi Ma’muriyat bo‘limida bo‘lib o‘tadi.

Tel:: +998941588558;
        +998930484893;
        +998706452763.

Telegram         Instagram
Youtube           Web sayt

Оhangaron shahar hokimligi

28 Oct, 14:07


OHANGARON SHAHAR HOKIMLIGI TOMONIDAN O‘TKAZILGAN XATNA TO‘YI NURAFSHON TV LAVHASIDA

Оhangaron shahar hokimligi

28 Oct, 09:24


Deputatlik saylovlarining dastlabki natijalari eʼlon qilindi

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/25390

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube | X

Оhangaron shahar hokimligi

28 Oct, 07:03


#psixologik_trening

Ohangaron shahar 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabida Respublika Tashxis markazi tomonidan tayyorlangan rejasi asosida oʻqituvchilar bilan birgalikda ʼʼKasbiy stressʼʼ trening mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Оhangaron shahar hokimligi

28 Oct, 06:45


#nocomment

IJTIMOIY SOHALARGA NAZAR

OHANGARON SHAHRI


OBUNA BO'LING: NURAFSHON TV

Оhangaron shahar hokimligi

28 Oct, 06:44


Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва маҳаллий Кенгашлар депутатлари сайловининг дастлабки натижалари

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube

Оhangaron shahar hokimligi

28 Oct, 06:42


#Xushxabar

Orzu MFY 2-kichik tuman 15-uy 10-xonadonda yashovchi yosh sportchi Shokarimov Sarmat Dilshodovich 35 kgda O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritib, O‘zbekiston chempioni ohangaronlik  yosh bokschi  unvoni bilan taqdirlanib, oltin medal sovrindori bo‘ldi.

Оhangaron shahar hokimligi

28 Oct, 05:55


#Targ‘ibot_tadbiri

Bugun Ohangaron shahar Din ishlari bo‘limi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi shahar bo‘linmasi, shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi, shahar "Xonobod" masjidi bosh imom xatibi, IIB mas’ul xodimi bilan hamkorlikda shahar hududida joylashgan 2-umumiy o‘rta ta'lim maktabida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida "Jaholatga qarshi ma'rifat" ezgu g‘oyasi asosida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi hamda mazkur tashkilot mas'ul xodimlari tomonidan mavzu yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.

Оhangaron shahar hokimligi

27 Oct, 17:03


#No_comment

⭕️ Тошкент вилоятидаги сайлов жараёнлари уюшқоқлик билан ўтди

🎞Батафсил видеолавҳада

📍 Тошкент вилояти ҳудудий сайлов комиссияси Матбуот маркази

@tosh_vil_saylov

Оhangaron shahar hokimligi

27 Oct, 15:51


#сайлов_2024

⭕️ Тошкент вилоятидаги сайлов участкаларида овоз бериш жараёнлари якунланди

Бугун эрталабдан Тошкент вилояти ҳудудий сайлов комиссиясига қарашли 1006 та сайлов участкасида “Менинг танловим – обод Ватаним” шиори остида овоз бериш жараёнлари белгиланган тартибда ташкил этилди.

🔰 Сайловчиларнинг ягона электрон рўйхатига кўра, округ бўйича овоз берувчиларнинг умумий сони 1 миллион 853 минг 879 нафарни ташкил этмоқда. Улардан 4 минг 800 нафари илк бор сайловда иштирок этаётган ёшлардир. Ногиронлиги бор шахсларнинг сайлов участкаларида қулайликлар яратилди. Жумладан, уйда овоз берувчи шахслар учун яшаш манзилига борган ҳолда овоз бериш имкони яратилди.

📑 Марказий сайлов комиссияси томонидан рўйхатга олинган ва аккредитациядан ўтказилган хорижий давлатлар ва халқаро ташкилотлар, ОАВ вакиллари, сиёсий партияларнинг вакиллари сайлов жараёнларини кузатиб борди.

 📎 Соат 20.00 га қадар барча сайлов участкаларида овоз бериш жараёни якунланди. Тошкент вилояти ҳудудий сайлов комиссиясига сайлов бўйича қонунбузилиш ҳолатлари юзасидан мурожаатлар келиб тушмади.

📍 Ҳозирги вақтда бюллетенларни санаш жараёнлари давом этмоқда.

Абдулазиз Мусаев,
Тошкент вилояти ҳудудий сайлов комиссияси Матбуот маркази раҳбари


@tosh_vil_saylov

Оhangaron shahar hokimligi

27 Oct, 15:12


Соат 20:00 да республика ҳудудида ташкил этилган сайлов участкаларида овоз бериш жараёнлари якунланди.

🗳Айни дақиқаларда овозларни санаб чиқиш жараёнлари бошланди.

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube

Оhangaron shahar hokimligi

24 Oct, 10:25


Ohangaronning ijodkor qizi

Ijodkor bolalar ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida Ohangaron shahar Birlik MFYda yashovchi 2-maktab o‘quvchisi Gʻulomjonova Rayhona Zokirjon qizi she‘riyat yo‘nalishida 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Rayhonani ushbu muvafaqqiyati bilan tabriklaymiz!

Telegram         Instagram
Youtube           Web sayt

Оhangaron shahar hokimligi

24 Oct, 09:55


"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan 240 dan ortiq Ko'chmas mulklarni sotib oling!

🔹Angren shaharida 6 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 13 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 6 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 6 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 13 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 6 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 3 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 22 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 13 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 11 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 24 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 17 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 12 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 7 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 11 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 18 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 23 ta (Ko'rish)

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube

Оhangaron shahar hokimligi

24 Oct, 08:13


"Majnuntol" tantanalar majmuasida shahar hokimligi, madaniyat bo'limi hamda homiy tashkilotlar hamkorligida shaharning 22 ta mahallasining 22 nafar oila farzandlari uchun xatna to'yi o'tkazildi.
Homiylar tomonidan dasturxonlar bezatilib, toy bollarga sovg'alar ulashildi.
Madaniyat bo'limi hamda Mudafaa vazirligi toifalangan obektlarni qo'riqlash qo'shinlari qo‘mondonligi harbiy orkestri xonanda va sozandalari tomonidan ijro etilgan diltortar kuy-qo'shiqlar barchaga xush kayfiyat bag'ishladi.

Telegram Instagram
Youtube Web sayt

Оhangaron shahar hokimligi

24 Oct, 08:09


O‘g‘lingiz ofitser bo‘lib qaytadi

Оhangaron shahar hokimligi

24 Oct, 08:08


Madaniyat bo‘limi xonandalari badiiy sahnamiz markazida

Оhangaron shahar hokimligi

24 Oct, 07:25


Nurafshon Tv bolajonlarning quvonchlarini kadrlarga muhrlash jarayonida!

Оhangaron shahar hokimligi

24 Oct, 07:08


Kulgularing quvonch ulashar sening

Bugunning qahramonlari o‘z sovg‘alarini qabul qilishdi. To‘y bolalar yurtimizga xizmat qiladigan alpomish yigitlardan bo‘lsin!

Оhangaron shahar hokimligi

24 Oct, 06:28


Bugun shahrimizdagi 22 ta xonadonda bayram.Bolajonlarning quvonchlari cheksiz. Xatna to‘ylari boshlandi...

Оhangaron shahar hokimligi

22 Oct, 15:46


#Mavsum_tadorigi

Vatan MFY 3-kichik daha 22-uy tom qismi Sardorbek Sarvarbek kelajak qurilish BSK tomonidan joriy ta’mirlanmoqda.

@ohangaronshahar

Оhangaron shahar hokimligi

22 Oct, 15:19


#Tayinlov

Bekmurodov Xurshid Bekmurod o‘g‘li 2024-yil 21-oktabrdan Ohangaron shahar sport maktabi direktori lavozimiga tayinlandi.

Xurshid Bekmurodov 2009-yilda Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan. 2011-yilda Qo‘qon davlat pedagogika institutining magistratura bosqichida ta’lim olgan.

Tayinlovga qadar, Toshkent viloyati Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.


@ohangaronshahar

Оhangaron shahar hokimligi

22 Oct, 11:42


Президент Шавкат Мирзиёев раислигида "Яшил макон” умуммиллий лойиҳасини амалга ошириш юзасидан ўтган видеоселектор йиғилишида белгиланган асосий вазифалар.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада.

Facebook|Instagram|X

Оhangaron shahar hokimligi

22 Oct, 11:05


#Mavsum_tadorigi

“Tezkor xizmati -11” MCHJga qarashli bo‘lgan 5 a uyning tomida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

@ohangaronshahar

Оhangaron shahar hokimligi

22 Oct, 10:31


Ҳозирда 58 ёшдаман, ишлаётган корхонам тугатилганлиги муносабати билан ишсиз қолганман. Мен шу ёшимда ёшга доир пенсияга муддатидан олдин чиқишим мумкинми?

📄 Фуқароларнинг давлат пенсия таъминоти тўғрисида”ги қонунининг 14-моддасига асосан технологиядаги, ишлаб чиқариш ва меҳнатни ташкил этишдаги ўзгаришлар, ходимлар сони ёки иш хусусиятининг ўзгаришига олиб келган ишлар ҳажмининг қисқарганлиги ёхуд корхонанинг тугатилганлиги муносабати билан ишдан озод этилган ва ишсиз деб эътироф этилган шахслар:

👨🏻‍🦳 эркаклар — 58 ёшга тўлганда ва иш стажи камида 25 йил бўлган тақдирда;

👵🏻 аёллар — 53 ёшга тўлганда ва иш стажи камида 20 йил бўлган тақдирда пенсия олиш ҳуқуқига эга бўладилар.

_______

Мне сейчас 58 лет, в связи с ликвидацией моей организации я остался без работы. Смогу ли я выйти на пенсию досрочно в этом возрасте?

📄 Согласно статье 14 Закона «О государственном пенсионном обеспечении граждан» лица, высвобожденные в связи с изменениями в технологии, организации производства и труда, сокращением объемов работ, повлекших изменение численности(штата) работников или изменение характера работ, либо ликвидацией предприятия и признанные безработными, имеют право на пенсию:

👨🏻‍🦳 мужчины — по достижении возраста 58 лет и при стаже работы не менее 25 лет;

👵🏻 женщины — по достижении возраста 53 лет и при стаже работы не менее 20 лет.

📞 12-71     🌐 pfru.uz

Telegram | 💬Facebook |📸 Instagram | 📹 Youtube 📱 X

Оhangaron shahar hokimligi

22 Oct, 06:50


#Bilib_oling

2025-yil 1-yanvardan boshlab umumta’lim maktablarida milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘zbek tili o‘qituvchilariga maoshining 50 foizi miqdorida oylik ustama haq to‘lanadi.

@ohangaronshahar

Оhangaron shahar hokimligi

22 Oct, 06:45


#Muloqot #Общение

Zoyir Mirzayevning mehnat migrantlari bilan onlayn muloqoti qanday boʻldi?
_____

Как прошла онлайн-беседа Зойира Мирзаева с трудовым мигрантами?


📱 Instagram | 📱 Twitter | 🌐YouTube📱 Facebook  | 🕊Telegram

Оhangaron shahar hokimligi

21 Oct, 17:50


Balli, Ohangaron qizlari!

Avval xabar qilganimizdek, bugun Oʻzbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universitetida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning voleybol turi boʻyicha "Ichki ishlar vaziri kubogi" ayollar musobaqasining viloyat bosqichi oʻz nihoyasiga yetdi.

Bugungi natijalarga koʻra, ayollar oʻrtasidagi 16-21 yosh toifasida:
1-o‘rin Yangiyoʻl tumani
2-o‘rin Ohangaron shahar
3-o‘rin Yuqori Chirchiq tumani

22-30 yosh toifasida:
1-o'rin Ohangaron shahar
2-o'rin Oʻrta Chirchiq tumani
3-o'rin Ohangaron tumani
gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

@ohangaronshahar

Оhangaron shahar hokimligi

21 Oct, 11:45


TA’LIM MUASSASALARIDA O‘ZBEK TILI BAYRAMI KO‘TARINKI RUHDA O‘TKAZILDI

Ohangaron shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi DMTT va umumta'lim tashkilotlarida 21-oktabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yilligi munosabati bilan, "Til millat ko‘zgusi" deb nomlangan badiiy kechalar o‘tkazildi.

Tadbirga Ohangaron shahar Milliy gvardiya xodimlari mehmon bo‘lishdi.

@ohangaronshahar

Оhangaron shahar hokimligi

21 Oct, 11:34


👍 Prezidentni hayratlantirgan xonadon: tomorqadan yiliga 5 marta hosil olish tajribasi. Ozgina mehnat va katta daromad!

💬@kuranbayev_k

Оhangaron shahar hokimligi

21 Oct, 11:25


Ўзбек тили байрами муносабати билан Ўзбекистон халқига табрик

Поздравление народу Узбекистана в связи с Праздником узбекского языка

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Оhangaron shahar hokimligi

21 Oct, 11:20


Brendlar nomi o‘zbekcha bo‘lganda

O‘zbekiston Marketing Uyushmasining Milliy Marketing Qo‘mitasi va 605 Agentligi hamkorlikda brendlarning nomlarini o'zbekchalashtirdi.

Hurmatli brend egalari, 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan atiga bir kunga logotiplaringizni o‘zbekcha shakliga almashtirib, ijtimoiy tarmoqlaringizda joylashtirish orqali tilimizni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin.

Eslatma! Biz kompaniya nomlarining chet tilida bo‘lishiga qarshi emasmiz.

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi