BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal @bvmmtb Channel on Telegram

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

@bvmmtb


Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal (Uzbek)

Bu Telegram kanali Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanalidir. Kanalda Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi haqida so'nggi yangiliklar, maqolalar, va ma'lumotlar bilan sizga xizmat qilinadi. Agar sizning savollaringiz yoki takliflaringiz bo'lsa, Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti @bvxtb_bot orqali siz murojaat qilishingiz mumkin. Kanalning veb-sayti https://buxedu.uz ga murojaat qilishingiz hamda ularni Facebookda https://www.facebook.com/buxorovxtb manzilida kuzatishingiz mumkin. Agar siz Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining so'nggi yangiliklaridan va ilmiy ma'lumotlardan xabardor bo'lishni istaysiz, ushbu Telegram kanaliga obuna bo'ling! Murojaat uchun @BVMMTB_Press manziliga murojaat qiling. Sizni yangiliklar bilan doimiy ravishda ta'minlovchi va ma'lumotlarga ega bo'lgan bu kanalga obuna boling! Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi bilan doimiy aloqaga ega bo'lishingiz mumkin.

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

19 Feb, 19:12


DIQQAT!

📢Fizika fanidan O‘qituvchilar olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi natijalari e’lon qilinmoqda!

📅 Fizika fanidan O‘qituvchilar olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi natijalari 20-fevral kuni, soat 11:00 da rasmiy sahifalarmiz orqali e’lon qilinadi.

✔️Natijalar haqida birinchilardan bo‘lib, xabardor bo‘lish uchun Fan olimpiadalari markazining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

19 Feb, 13:46


https://uza.uz/uz/posts/ota-onalar-bilan-ochiq-muloqot_690114

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

19 Feb, 13:23


#Xalqaro_olimpiada
#tavsiya

IMAS - 2025: XALQARO MATEMATIKA OLIMPIADASI O‘TKAZILMOQDA!


Umumta’lim maktablarining 3-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida mukofot jamg‘armasi 170 mln so‘m bo‘lgan IMAS xalqaro matematika olimpiadasiga start berilmoqda.

🔰Olimpiada matematika fanidan 2 bosqichda tashkil etiladi va quyidagi sinflar kesimida o‘tkaziladi:
3-4-sinf o‘quvchilari
5-6-sinf o‘quvchilari
7-8-sinf o‘quvchilari


💠Olimpiadaning 1-bosqichi joriy yilning 2-mart kuni Respublikamiz bo‘ylab o‘tkaziladi. (Hududlardagi joylar manzili 25-fevralga qadar e’lon qilinadi)

📍Olimpiadaning 2-bosqichi joriy yilning aprel oyida Toshkent shahrida tashkil etiladi.

⚡️Ikkinchi bosqichda ishtirok etib, yuqori o‘rinlarni egallagan 3-4-5-sinf o’quvchilari Malayziyada bo’lib o’tadigan xalqaro matematika musobaqasining saralash bosqichida, 6-7-8-sinf o’quvchilari esa Vetnamda bo’lib o’tadigan xalqaro matematika musobaqasining saralash bosqichida ishtirok etish huquqini qo’lga kiritadilar.

📌Bundan tashqari gʻoliblar AQSHning “XYZ” va O‘zbekistondagi “Iqtidor press” nashriyotlari tomonidan chop qilingan BESTSELLER QO‘LLANMA matematika kitoblar to’plami bilan taqdirlanadi.

Olimpiadaga ishtirok etish uchun @iqtidorlarBot telegram bot orqali yoki https://iqtidorlar.uz/ sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

📢Olimpiadaga ro’yxatdan o’tishning soʻnggi kuni: 2025-yil 23-fevral.

Mazkur olimpiadada ishtirok etish ixtiyoriy!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

19 Feb, 11:28


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📆 “Tashabbusli budjet”ning 2025-yildagi ilk mavsumida loyiha kiritish bosqichi yakunlanishiga 1 kun qoldi

“Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yildagi 1-mavsumida loyiha kiritish bosqichi 20-fevral kuni soat 23:59 da yakunlanadi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur mavsumda respublikadagi barcha mahallalar ishtirok eta oladi. Siz o‘zingizga qulay bo‘lgan usullardan biri orqali, jumladan:

1️⃣ “Ochiq budjet” portalining veb-sahifasi;
2️⃣ portalning mobil ilovasi (Android va iOS);
3️⃣ Telegramdagi rasmiy bot yordamida ovoz berishingiz mumkin.

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!

#tashabbusli_budjet #open_budget

Sayt|Telegram| Facebook |Instagram

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

19 Feb, 09:10


#Bilasizmi

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida ovqatlantirishni tashkil etishda tashkilot direktori va tibbiyot xodimining vazifasi nimadan iborat?

Batafsil
👉 https://telegra.ph/bvmmtbuz-02-19-4

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

19 Feb, 08:58


⚡️Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahridagi 9-umumta’lim maktabi direktori 6-sinf o‘quvchilarini kaltaklagani haqidagi video tarqaldi.

Videoda aks etgan ushbu holat 2024-yil 9-oktyabr oyida yuz bergan bo’lib, ayni paytda holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan ish olib borilmoqda.

Yakuniy xulosalar bo’yicha batafsil ma’lumot berilishini ma’lum qilamiz.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

19 Feb, 07:43


⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2025-yil 22–23-fevral (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tadigan matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 13:00 dan boshlab (test sinovi 14:30 da) kiritiladi.

❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

19 Feb, 07:05


 
#Ayni_paytda

Buxoro shahridagi 35-umumta’lim maktabida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘ribosari Farhod Boqiyev va Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari Sarvar Mamayusupov ishtirokida ota-onalar bilan muloqot bo‘lib o‘tmoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

27 Jan, 12:35


❇️Buxoro shahridagi Prezident maktabida “Young climate Champions “ loyihasi doirasida ECO-FORUM o’tkazildi

🌿Forum Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, UNICEF, "Zamin" xalqaro fondi va Buxoro shahridagi Prezident maktabi hamkorligida tashkil etildi.

🌱Kun davomida Ekologik muammolarni hal qilish, tabiiy resurslarni asrash va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari muhokama qilinib, Quiz, Bingo, Fashion show, Palm Print, ijodiy chiqishlar namoyish etildi.

📌Ma’lumot o’rnida ushbu forumga UNICEF tashkilotidan vakil sifatida Gulnaz Jadigerova ishtirok etdi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

27 Jan, 11:54


❇️BUXOROLIK MAKTAB DIREKTORLARI "RAHBAR AYOLLAR MAKTABI” O‘QUV DASTURIDA ISHTIROK ETISHMOQDA

🔹Prezident Farmoniga ko‘ra asos solingan “Rahbar ayollar maktabi” – jamiyatda xotin-qizlar faolligini oshirish hamda gender tengligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarimizning yana bir amaliy ko‘rinishidir.

🔹Ayni kunlarda mazkur o‘quv dasturi to‘rtinchi mavsumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda ko‘plab istiqbolli va iste’dodli rahbar ayollar qatorida buxorolik maktab direktorlari ham ishtirok etishmoqda.

🔹“Rahbar ayollar maktabi" lider rahbar ayollarimizni har tomonlama bilim va malakalarini yuksaltirish uchun imkoniyatlar platformasidir. Mazkur jarayon har bir qatnashchini katta yutuqlar sari undaydigan muhim boshlang‘ich nuqtaga aylanishi, shubhasiz!

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

12 Jan, 15:58


🖥🖥🖥 Maxsus reportaj

Buxoroda o‘quvchilar uchun mazmunli va foydali qishki ta’til tashkil etildi


Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

12 Jan, 12:52


#Õzbekiston_tarixi
#30_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

Navbatdagi videodars "Muhammad al-Xorazmiy" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda qomusiy olim Muhammad al-Xorazmiy hayoti va faoliyati aks ettiriladi.

Davomi bor...

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

10 Jan, 08:10


📚"Mening sevimli kitobim" va "Ijodkor bolalar" tanlovi g'oliblari aniqlandi

🔹Xabaringiz bor, Buxoro viloyati bolalar kutubxonasi tomonidan qishki ta’til davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "Mening sevimli kitobim" hamda "Ijodkor bolalar" onlayn tanlovlari e’lon qilingan edi.

🔹Yakuniy natijalariga ko‘ra, g‘oliblar aniqlandi.

👉Gʻoliblar bilan tanishing

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

10 Jan, 04:43


#Jarayon
✳️TUMAN VA SHAHARLARDA O‘TGAN “METODIK MARAFON” TADBIRLARIGA IKKI MING NAFARGA YAQIN PEDAGOGLAR QAMRAB OLINDI

🔹Xabaringiz bor, joriy yilning 8-yanvar kuni Ta’limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi, Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda viloyat Pedagogik mahorat markazi hamkorligida ZOOM platformasi orqali “Metodik marofon” tadbiri bo‘lib o‘tgan edi.

🔹Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining o‘quv-tarbiya jarayoniga innovasion pedagogik texnologiyalarni,o‘qitishning samarali shakl va usullarini joriy etishda pedagoglar kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish va metodik qo‘llab-quvvatlash, xalqaro baholash dasturlari tadqiqotlarining navbatdagi bosqichiga samarali tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etilgan mazkur marafon kaskad usulida viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida bo‘lib ham bo‘lib o‘tdi.

🔹2 ming nafarga yaqin pedagoglarni qamrab olgan “Metodik marafon” jarayonida ilg‘or tajribaga ega metodistlar va ilg‘or tajribaga ega o‘qituvchilar tomonidan mahorat darslari va trening mashg‘ulotlari olib borildi.

🔹Endilikda “Metodik marafon” tadbirlarini viloyatimizning barcha maktablarida ham tashkil etilishi rejalashirilgan.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

09 Jan, 15:42


#OAV_biz_haqimizda

#uzbekiston24

❇️Buxoroda pedagoglar uchun “Metodik marafon” tadbiri bo’lib o’tdi

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

30 Dec, 07:36


#munosabat
❇️2024-yilda ham maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadida samarali ishlar amalga oshirildi.

🔹Ayniqsa, tizimda faoliyat olib borayotgan pedagog-tarbiyachilar salohiyatini oshirishga alohida ahamiyat qaratildi.


Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

29 Dec, 13:25


#Sarhisob_2024
❇️BUXORODA 3-7-YOSHLI BOLALARNING MAKTABGACHA TA’LIMGA QAMROVI 86.4 FOIZNI TASHKIL ETDI

🔹Ayni paytda viloyatimizda 2 143 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lib, ularning 492 tasi davlat, 1517 tasi oilaviy, 113 tasi davlat xususiy sheriklik asosidagi, 21 tasi xususiy ta’lim tashkiloti hisoblanadi.

🔹Joriy yilda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 17 taga, oilaviy MTTlar 265 taga, DXSH asosidagi ta’lim tashkilotlari 16 taga, xususiy MTTlar soni esa 3 taga oshdi.

🔹Ushbu MTTlarga viloyatimizda mavjud jami 156 695 nafar 3-7 yoshli bolalarning 13 5016 nafari, ya’ni 86,4 foizi qamrab olindi. Qamrovning 60,2 foizi davlat, 39,8 foizi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-12-28

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

29 Dec, 13:25


Oʻqituvchilar uchun 1000 dollar maosh bugun real hodisaga aylandi

👉Batafsil

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

28 Dec, 07:41


#OAV_nigohida

❇️Vobkent tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan tumandagi 38-maktabda "Vatan taraqqiyotiga men ham mas’ulman" shiori ostida amaliy-uslubiy seminar bo‘lib o‘td

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

27 Dec, 18:10


#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result

🤩 Buxoro shahridagi Prezident maktabining 9-sinf oʻquvchisi Munisa Gʻaniyeva IELTS imtihonidan 8 ballni qoʻlga kiritdi.

💫Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

27 Dec, 13:45


#videolavha
❇️BUXORO VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI TOMONIDAN PRESS-TUR VA 2024-YIL YAKUNLARIGA BAGʻISHLANGAN MATBUOT ANJUMANI TASHKIL ETILDI

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

27 Dec, 12:46


https://uza.uz/uz/posts/yil-sarhisobi_672913

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

27 Dec, 09:36


❇️Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida bayram shukuhi

🟣Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida ham bugun bayram shukuhi hukmron.

🟢Boshqarma boshlig‘i Farrux Qurbonov barcha xodimlarni kirib kelayotgan yangi yil bilan muborakbod etib, yakunlanayotgan yilda samarali natijalarga erishilgani va bu yutuqlarda boshqarma apparatida fidoyilik bilan faoliyat olib borayotgan xodimlarning hissasi salmoqli ekanligini alohida e’tirof etdi.

🟣2025-yilda bundan-da yuqori natijalarni qo‘lga kiritishda barchaga omad yor bo‘lishini tiladi.
Xodimlarga bayram sovg‘alari ulashildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

27 Dec, 08:42


#Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi

❇️DIQQAT TANLOV!!!

💠Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasi "Kitob bilan maroqli ta'til" shiori ostida "Zukko kitobxon" onlayn adabiy ko'rik- tanlovini e'lon qiladi

🗓Tanlov 2025-yil 03-09- yanvar kunlari umumiy o'rta ta'lim maktablarining 7-11-sinf o'quvchilari o'rtasida bo'lib o'tadi.

📖 O'zbek va jahon adabiyoti yuzasidan savollar soat 11:00da https://t.me/buxorovbk kanalida har kuni 10 tadan beriladi, har bir savolga javob yozish uchun 3 daqiqa vaqt ajratiladi

📌Savollarga birinchi va to'g'ri javob bergan ishtirokchi tanlov g'olibi bo'ladi.

🔰Tanlov ishtirokchisi https://t.me/buxorovbk kanaliga a'zo bo'lishi shart.

|Telegram|Facebook|You Tube|Instagram|Web site|

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

27 Dec, 06:28


#Bayram_shukuhi
✳️MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA YANGI YIL BAYRAMI KO‘TARINKI RUHDA NISHONLANMOQDA

🟢Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida Yangi yil bayrami juda katta shodiyona va quvonch bilan nishonlanmoqda.

🟣Bayram tadbirlari rang-barang dasturlar bilan boyitilgan bo‘lib, unda bolajonlar qahramonlar obrazida sahna ko‘rinishlari, she’r va qo‘shiqlar ijro etishmoqda.

🟢Bayramda, ayniqsa, Qorbobo va Qorqizning ishtiroki bolajonlarga bir olam quvonch va hayajon baxsh etmoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

05 Dec, 10:32


#Jadidlar_izidan
#Youtube_kanal

😎 “JADIDLAR IZIDAN” YOUTUBE KANALI OCHILDI!

✔️ Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan o‘quvchi yoshlar o‘rtasida buyuk jadid alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish maqsadida “Jadidlar izidan” Respublika tanlovi tashkil qilingan edi.

🌀 Tanlov 2 ta sinf toifasi 6-7-8- hamda 9-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tmoqda.

🔴 “Jadidlar izidan” Respublika tanlovini yoritib borish maqsadida Youtube kanali ochildi.

➡️ Youtube kanaliga a’zo bo‘lish:

➡️ https://www.youtube.com/@jadidlarizidanuz

📣 Batafsil ma’lumotlarni @jadidlarizidanuz telegram kanalida kuzatib boring!

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

05 Dec, 10:03


❇️Zo‘ravonlikka qarshi kurash barchamizning vazifamiz

🔹"Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat" tadbiri doirasida Olot tumani “Ma’naviyat va ma’rifat maskani” binosida "Ojizlikni ko‘rsatma, sen zo‘ravonlikdan kuchlisan!" shiori ostida tadbir tashkil etildi.

🔹Unda tuman hokimligi, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, IIB hamda maktab psixologlari, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi barcha hamkor tashkilot mas’ullari ishtirok etishdi.

🔹Ta’lim muassasalarida tazyiq hamda zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, notinch oilalar farzandlari, uyushmagan yoshlar, "ommaviy madaniyat" ta’siriga tushib qolgan yigit-qizlarning xatti-harakatlarini nazoratga olishda ularning ota-onalari mas’uliyatini oshirish, kashandalik, alkogolli ichimliklar iste’mol qilish va boshqa illatlar profilaktikasi kabi dolzarb masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

🔹Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, tazyiq va zo‘ravonlikka doir murosasizlik muhitini yaratish bo‘yicha sa’y-harakatlarni doimiy ravishda izchil amalga oshirish, sodir etilayotgan zo‘ravonlikni kamaytirish borasidagi vazifalar belgilab olindi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

05 Dec, 09:25


#Yangi_baholash

Uzrli sabablarga ko‘ra CHSB va BSB sinovlarida ishtirok eta olmagan o‘quvchilarga ushbu imtihonlarni topshirish uchun qayta imkoniyat beriladimi? Sinovlarda o‘z vaqtida ishtirok etmaganlarning bali kamaytirilishi rostmi?

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐
Youtube 🌐 Instagram
🔎
Veb-sayt 😄 Linkedin

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

05 Dec, 09:24


‼️ Barcha maktab bitiruvchilari diqqatiga!

👍 Toshkent shahridagi Adju universiteti ilm-fanga qiziqadigan yoshlarimizni kreativ fikrlovchi va salohiyatli kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga qaratilgan «Kelajak muhandisi» xalqaro olimpiadasiga taklif etadi!

🏆 Xalqaro olimpiada 2025-yilning 7-8 yanvar kunlari universiteti kampusida quyidagi taʼlim yoʻnalishlarida oʻtkaziladi (havolaga kiring):
Arxitektura va interyer dizayn
Qurilish muhandisligi
Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi

📖 Tanlovda davlat va nodavlat umum taʼlim, ixtisoslashtirilgan va president maktablari, akademik litseylar va kasbiy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchi sinf oʻquvchilari ishtirok etadi.

🗓 Muhim sanalar:
2024-yil 1-dekabr – arizalar qabul qilish boshlanadi.
2024-yil 25-dekabr – arizalarni qabul qilish yakunlanadi.
2025-yil 7-8 yanvar – olimpiada oʻtkaziladi.
2025-yil 8-yanvar – olimpiada gʻoliblari eʼlon qilinadi.

📝 Ishtirokchi bo‘lish uchun ushbu havola orqali ariza yuboring.

🏛 Olimpiada Adju universitetining (Koreya Respublikasi) qoidalariga muvofiq oʻtkaziladi.

🎁 Mukofotlar:

Olimpiada g’oliblari Toshkent shahridagi Adju universitetiga imtiyozli shartnoma asosida kirish imtihonlarisiz oʻqishga qabul qilinadi.

👉🏻 +998712086969

Universitet matbuot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

04 Dec, 16:20


🎉 Futzal shiddatini his qilishga tayyormisiz? 🎉

Jahon chempionatidan soʻng yana Buxoroga ajoyib futzal kechalari qaytmoqda! Futzal maydonida haqiqiy jang, ajoyib texnika va g‘alabaga chanqoq jamoalar sizni kutmoqda!
Maydonda bo‘lgan har bir soniya – tarix! Har bir g‘alaba – shon-sharaf va siz ularga jonli guvoh boʻlishingiz mumkin.
Ha aytgancha siz viloyat jamoasini qoʻllab-quvvatlash orqali homiylarning esdalik sovgʻalariga ham ega chiqish imkoniyatiga egasiz.

“Uchrashuvlarga kirish mutlaqo BEPUL”

📍 Manzil: Universal sport majmuasi
🗓 Sana: 5-7 dekabr
🕒 Boshlanish vaqti: belgilangan muddatlarda

🔥 Keling, qo‘llab-quvvatlang, g‘alabaga guvoh bo‘ling! 🔥

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

04 Dec, 13:14


❇️Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

🔹Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Farrux Qurbonov rahbarligida viloyatdagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔹Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan mazkur yig‘ilish avvalida bu boradagi mavjud holat tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.

🔹O‘quvchilar davomatini ta’minlash, shaxmat xonalarini tashkil etish, maktab va mahalla hamkorligini kuchaytirish, mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish o‘quvchilarni xorijiy tillarga va kasbga o‘rgatish borasidagi ishlarni samarali yo‘lga qo‘yish, ta’lim muassasalarida “Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish, qish mavsumini betalofat o‘tkazish, issiqlik va energiya tejamkorlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Bu borada mavjud muammo va kamchiliklarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. Qilinish lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

22 Nov, 16:26


https://uza.uz/uz/posts/jadidlar-izidan-tanlovining-buxorolik-goliblari-aniqlandi_660062

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

22 Nov, 11:47


"ЖАДИДЛАР ИЗИДАН" ТАНЛОВИНИНГ БУХОРО ВИЛОЯТИ БОСҚИЧИ ЎТКАЗИЛДИ

Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги томонидан умумий ўрта таълим мактаблари ўқувчилари ўртасида буюк жадид аллома, адиб ва мутафаккирларимизнинг бой маънавий меросини кенг тарғиб қилиш, ёшлар маънавий дунёсини бойитиш мақсадида ташкил этилган "Жадидлар изидан" танловининг вилоят босқичи ниҳоятда қизғин кечди. 
Тадбирнинг бухоролик жадид Файзулла Хўжаев уй музейида ташкил этилганлиги ҳам иштирокчиларга ўзгача кайфият бахш этди. 
Тадбир аввалида Ф.Хўжаев ҳайкали пойига гулчамбар қўйилиб, сиймога ҳурмат-эҳтиром кўрсатилди. 
Танловнинг тантанали очилиш маросимида Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги вакиллари ҳамда вилоят мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси мутасаддилари сўз олиб, иштирокчиларга омад тиладилар. 
Шундан сўнг танловга старт берилди. Унда 2 та ёш тоифасида шаҳар ва туман босқичларида ғолибликни қўлга киритган 26 нафар ўқувчи иштирок этиб, бошқотирма, савол-жавоб ва асар таҳлили шартлари асосида ўз билимини синовдан ўтказди.  Қизғин кечган синовлар натижасига кўра, 
6-7-8-синфлар ўртасида:
1-ўрин Бухоро шаҳридаги 20-мактаб ўқувчиси Мадина Шароповага, 2-ўрин Вобкент туманидаги 3-мактаб ўқувчиси Зафар Муродовга, 3-ўрин Шофиркон туманидаги 6-мактаб ўқувчиси Гўзалхон Салимовага;
9-10-синфлар ўртасида:
1-ўрин Бухоро туманидаги 4-мактаб ўқувчиси Машҳура Толибовага, 2-ўрин Жондор туманидаги 45-мактаб ўқувчиси Маржона Файзиевага, 3-Вобкент туманидаги 18-мактаб ўқувчиси Азиза Туроповага насиб этди. 
Эндиликда 1-ўринни қўлга киритган ўқувчилар танловнинг республика босқичида вилоятимиз шарафини ҳимоя қиладилар. 
Ғолибларни тантанали тақдирлаш маросимида вилоят мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси бошлиғи Фаррух Қурбонов иштирок этиб, танлов ғолиблари ҳамда фаол иштирокчиларга диплом ва ташаккурномалар, эсдалик совғалар топширди. 

Тоҳир ИСТАТОВ фотолавҳаси

⭕️ Уланиш учун: @buxoronoma1920

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

17 Nov, 17:16


Jadidlar izidan | Buxoro viloyati Romitan tumani
#16nov #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

17 Nov, 14:15


#Õzbekiston_tarixi
#23_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

Navbatdagi videodars "Imom Buxoriy" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda buyuk hadisshunos olim Imom Buxoriy hayoti va faoliyati aks ettiriladi.

Davomi bor...

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

16 Nov, 15:42


📣 “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovi gʻoliblari xorijiy davlatlarga taʼlim sayohatiga yuboriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida musiqa madaniyati fani oʻqitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan oʻqituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra;

2025-yil 1-martdan boshlab:

musiqa madaniyati fani oʻqituvchilari uchun nazariy va amaliy taʼlim asosida malaka oshirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;

2025-yil 1-sentabrdan boshlab:

Bolalar musiqa va sanʼat maktablarining belgilangan oʻquv dasturlarini toʻliq yakunlagan, 11-sinfni tugatganligi toʻgʻrisida umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomaga ega boʻlgan bitiruvchilarga “Barkamol avlod” bolalar maktablarida toʻgarak rahbari sifatida ishlash huquqi beriladi;

2025-2026-oʻquv yiliga qadar:


musiqa madaniyati fani oʻqituvchilari uchun bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha milliy baholash tizimi ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi;

2025-yil 1-apreldan boshlab:

“Turon maktab teatri”ning ijobiy tajribasi asosida maktablarda “Iqtidor” havaskorlar badiiy jamoalari tashkil etilib, jamoalar oʻrtasida “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovi oʻtkaziladi. Tanlovning respublika bosqichi gʻoliblari xorijiy davlatlarga taʼlim sayohatiga yuboriladi.

Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq:


maktablarning musiqa madaniyati fani oʻqituvchilariga uslubiy yordam koʻrsatish boʻyicha Bolalar musiqa va sanʼat maktablari tayanch sifatida belgilanadi;

Bolalar musiqa va sanʼat maktablari oʻqituvchilari maktablarning musiqa madaniyati fani oʻqituvchilariga uslubiy yordam koʻrsatib boradi;

musiqa madaniyati fani oʻqituvchilariga 2 bosqichda toifa berish tartibi ishlab chiqiladi va birinchi bosqich (test jarayonlari) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan, ikkinchi bosqich (amaliy (ijodiy) imtihon Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etil
adi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

16 Nov, 09:46


#Õzbekiston_tarixi
#22_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

Navbatdagi videodars "IX-XII asrlarda ilm-fan va madaniyatning yuksalishi" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda IX-XII asrlarda ilm-fan va madaniyatning yuksalishi aks ettiriladi.

Davomi bor...

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

16 Nov, 05:08


❇️Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘io‘rinbosari Hidoyat JUMAYEVAning ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi munosabatni shakllantirish bo‘yicha tizimda ishlovchi xodimlar va keng jamoatchilikka MUROJAATI

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

16 Nov, 05:05


⚡️18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

✳️HILPIRAB TUR YUKSAKLARDA YURTIM BAYROGʻI!

🎤Buxoro shahridagi 35-IDUMning 5-sinf o‘quvchisi Feruza Ergasheva

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

15 Nov, 09:09


❇️Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor To‘yevning ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi munosabatni shakllantirish bo‘yicha tizimda ishlovchi xodimlar va keng jamoatchilikka MUROJAATI

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

15 Nov, 08:56


❇️BUXORODA VILOYAT DIREKTORLAR KENGASHI TOMONIDAN SEMINAR TASHKIL ETILDI

🔹Umumta’lim maktablarida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish maqsadiga qaratilgan mazkur seminarga viloyatdagi umumta'lim maktablari direktorlari jalb etildi.

🔹Seminar davomida maktabni boshqarishning huquqiy asoslari, maktabda sinf rahbarlar faoliyati samaradorligini  oshirish, zamonaviy pedagogika va uning etikasi, o‘quvchilarni milliy va umummilliy qadriyatlarga chuqur hurmat tuyg‘ularini shakllantirish  kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilgan.   
           
🔹Shuningdek, direktorlik lavozimiga nomzodlarni menejerlik o'quv kurslarida o'qitish hamda menejerlik sertifikatini qo'lga kiritish bo'yicha batafsil ma'lumot va tushunchalar berib o'tildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

12 Nov, 14:18


#tanlov
#ishga_taklif_etamiz

⚡️YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!

🤩 IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi rahbarlik lavozimlariga kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

📆 Tanlovning 1-bosqichiga (saralash) joriy yilning 13-noyabr sanasidan start beriladi.

Hurmatli rahbar kadrlar, bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin;
xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi.

🗂 Talab etiladigan hujjatlar:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjat;
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
IELTS/TOEFL/DTM sertifikatingizni yuklang (malaka talablariga mos ravishda).

🟢 Nomzodlardan nimalar talab etiladi:
halollik, ishchanlik va jamoani boshqara olish qobiliyati;
liderlik qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
zamonaviy AKT savodxonligiga ega bo'lishi.

🌏Hujjatlarni job2.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180).

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Job2

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

12 Nov, 14:17


📣 Hurmatli pedagoglar!

Ertaga — 13-noyabr kuni soat 15:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlariga bagʻishlangan jonli muloqot tashkil etiladi.

❗️Muloqot doirasida vazirlik masʼullari tomonidan ushbu mavzuga doir savollarga batafsil javob beriladi.

Savollaringizni ushbu havola izohida qoldirishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

12 Nov, 13:05


#Yashil_makon

❇️VOBKENT TUMANIDAGI “QUYOSH NURI” OROMGOHIDA “MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOGʻI” TASHKIL ETILDI

🍀“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barpo etilgan ushbu bog’ga 6 ming 130 tup mevali ko‘chat o‘tqazildi.

⚡️Ko‘chat o‘tqazish jarayonida viloyat maktabgacha vamaktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Farrux Qurbonov ishtirok etdi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

12 Nov, 13:00


#Sardorlar_saylovi #maktab_sardorlari

❇️MAKTABLARDA "SARDORLAR SAYLOVI" BO‘LIB O‘TMOQDA

🔹Ayni kunlarda viloyatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida "Bolalar harakati" sardorlar saylovi
bo‘lib o‘tmoqda.

🔹Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan vatanparvar, tashabbuskor va kuchli bolalar jamoasini shakllantirishdan iborat.

🔹Saylovlar yuqori saviyada va bayramona ruhda tashkil etilib,
saylangan sardorlar maktab o‘quvchilari o‘rtasida tantanali tanishtirilmoqda.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

12 Nov, 11:12


#Yashil_makon

❇️VOBKENT TUMANIDAGI “QUYOSH NURI” OROMGOHIDA “MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOGʻI” TASHKIL ETILDI

🍀“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ayni paytda viloyatimizdagi barcha ta’lim muassasalarida ham ko‘chat ekish harakatlari qizg‘in boshlab yuborildi.

🍀Vobkent tumanidagi “Quyosh nuri” bolalar oromgohida tumandagi barcha ta’lim muassasalari jamoalari ishtirokida katta bog‘ barpo etishga kirishildi.

🍀6 ming 130 tup mevali ko‘chat o‘tqazilgan bu bog‘ “Maktabgacha va maktab ta’limi bog‘i” deb ataladigan bo‘ldi.

⚡️Ko‘chat o‘tqazish jarayonida viloyat maktabgacha vamaktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Farrux Qurbonov ishtirok etdi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

07 Nov, 13:33


📢DIQQAT TANLOV‼️

❇️Ta’tilni biz bilan maroqli o‘tkazing!

⏺️ “Ta'tilda kitob bilan” shiori ostida “KITOBXONLAR DAVRASI” loyihasi doirasida “RAVSHAN” dostoni  yuzasidan online  adabiy tanlov  e’lon qilinadi.

💠Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi viloyat Bolalar kutubxonasi tomonidan yozgi ta’til vaqtida o'quvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida  “KITOBXONLAR DAVRASI” loyihasi doirasida “RAVSHAN” dostoni  yuzasidan online  adabiy tanlov o‘tkaziladi.

🗓Tanlov 2024-yil 07-10 noyabr kunlari tuman (shahar) umumta’lim maktablari 7-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida bo'lib o'tadi.

📖Tanlovda har kuni soat 11.00da  kitobxonlarga 3 ta savol beriladi.

📌Savollarga  birinchi va to'g'ri javob bergan ishtirokchi kun g'olibi bo'ladi. 

🔰Adabiy tanlov Buxoro viloyati Bolalar kutubxonasining telegramdagi https://t.me/buxorovbk kanali hamda  hamda  https://t.me/yosh_ijodkorlar_klubi_vbk telegramm guruhida onlayn  o‘tkaziladi.

   |Telegram |Facebook|You Tube| Web site |Instagram

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

07 Nov, 12:31


#Эълон

Hurmatli ustozlar!

📣 2024-2025-o‘quv yili uchun taqvim mavzu-rejalarni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Respublika ta'lim markazining rasmiy telegram sahifasidan olishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

07 Nov, 12:31


Президент Шавкат Мирзиёев мактабларда мусиқа, жисмоний тарбия ва ҳарбий ватанпарварлик фанлари сифатини ошириш бўйича тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о повышении качества преподавания музыки, физической культуры и военно-патриотического воспитания в школах.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

24 Oct, 07:36


Vobkent: mahalla binosi va 40-sonli maktab tomiga quyosh panellari o‘rnatildi

👉Batafsil

👉Батафсил

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

24 Oct, 07:18


❗️Diqqat!❗️

25-oktabr kuni soat 18:00 da “Yangilangan baholash tizimi” mavzusida @marifatziyo telegram kanalida ovozli chat o‘tkaziladi.

Mavzu yuzasidan savollarga Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori Dilrabo Davidovadan javob olinadi.

Baholash tizimiga oid savollaringizni @zilola_muhammadali ga yuborishingiz mumkin. Savol yuborish muddati 24-oktabr 18:00 ga qadar.

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

24 Oct, 05:35


Davlatimiz rahbari 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oʻqituvchi va murabbiylar bilan muloqot qilgan edi.

Muloqotda Prezidentimiz “Yil oʻqituvchisi” tanlovi oʻtkazilib, 208 ta tuman va shahardan gʻolib boʻlgan oʻqituvchilarga sovgʻa sifatida uy-joy berilishini eʼlon qilgan va bu xabarni soha xodimlari katta xursandchilik bilan kutib olgan edi. Oldimizda ushbu tanlovni shaffof, adolatli oʻtkazish vazifasi turibdi. Shu sabab bizga jamoatchilik, ayniqsa hurmatli pedagoglarimiz fikr, takliflarini eshitish muhim.

Tanlov qanday boʻlishi kerak, adolatli boʻlishi uchun qanday jihatlarga eʼtibor berish kerak, ishtirokchilar qaysi mezonlar asosida baholanishi lozim? Takliflaringizni @uzedu_vazirbot manziliga yuboring.

Biz uchun har bir fikr, taklif qadrli.

@hilola_umarova

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

23 Oct, 10:46


#эътироф
❇️BUXOROLIK O‘QUVCHI XALQARO IELTS IMTIHONIDAN 8 BALL, SAT IMTIHONIDAN 1540 BALLNI QO‘LGA KIRITDI

🔹Buxoro tumanidagi 1-IDUMning 11-sinf o‘quvchisi Shahriyor Sulaymonov ana shunday muvaffaqiyatli natijani qayd etdi.

🔹Mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan beqiyos imkoniyatlardan unumli foydalananayotgan bu iqtidorli va izlanuvchan o‘quvchi o‘tgan o‘quv yilida "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining respublika bosqichida ham qatnashib, barcha ishtirokchilar orasidan "The best writer" degan e’tirofga ham sazovor bo‘ldi.

🔹Uning maqsadi nufuzli oliygohlardan birida o‘qishga kirish va ota-onasi, ustozlari orzu qilganidek mamlakat ravnaqiga munosib ulush qo‘shadigan mutaxassis bo‘lib yetishishdan iborat.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

23 Oct, 10:02


#Asosiy_fan_olimpiadasi

❇️Viloyatimizning barcha hududlarida umumta’lim maktablarining 9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasiidagi asosiy fan olimpiadasining tuman, shahar bosqichi davom etmoqda.

🔹 Kimyo, rus tili va adabiyoti, tojik tili fanlaridan o‘tayotgan bugungi sinovlarda 3648 nafar o‘quvchilar ishtirok etishmoqda.

🔹Olimpiadaning adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida sinov jarayonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish imkoniyati ham yaratilgan.

Fotosuratlarda fan olimpiadasining Kogon shahar bosqichi jarayonlari aks etgan.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

22 Oct, 13:20


#OAV_nigohida

❇️Shofirkon tumanidagi 33-umumtaʼlim maktabida “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etish bo’yicha seminar tashkil etildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

22 Oct, 07:12


#Antikorrupsiya

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimida korrupsiyaviy holatga duch keldingizmi?

Unda zudlik bilan bizga xabar bering!

📞Ishonch telefoni: +99871 202 09 09

👉 Telegram bot: @mmtv_anticorbot

❗️Korrupsiyaga oid xabarni yetkazgan fuqarolarning shaxsi sir tutilishi kafolatlanadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

22 Oct, 06:43


#ikkinchi_kun
❇️Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi qizg‘in davom etmoqda

🔹Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 11-oktyabrdagi tegishli buyrug‘iga asosan, joriy yilning 21-25-oktyabr kunlari umumta’lim fanlari bo‘yicha 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida asosiy olimpiadaning ikkinchi — tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilmoqda.

🔹Bugun, 22-oktabr kuni Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili, Davlat va huquq asoslari fanlari bo‘yicha sinovlar bo‘lib o‘tmoqda.

🔹Bellashuv ishtirokchilariga 30 tadan test topshiriqlari beriladi hamda ularni bajarish uchun 60 daqiqa ajratiladi. Test natijalarining eng yuqori ko‘rsatkichi — 50 ball.

⚡️Fotosuratlarda joylarda o‘tayotgan jarayonlardan lavhalar aks etgan

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

22 Oct, 04:22


Buxoro viloyatida 330 ming nafardan ziyod o‘quvchi davlat tilida saboq beriladigan maktablarda tahsil olmoqda

👉Batafsil

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

21 Oct, 13:15


#Qadring_baland_bõlsin_ona_tilim

❇️21-oktyabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi nunosabati bilan Qorako'l tumanidagi 5-maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan videorolik

🔹E’tirof etish joizki, ushbu maktab o‘quvchilari kuni kecha Buxoro viloyati hokimligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan “O‘zbek tili –mehr tili” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

21 Oct, 13:08


#Qadring_baland_bõlsin_ona_tilim
❇️QADRING BALAND BO'LSIN, ONA TILIM!

🔹Til buyuk ne’matdir, har bir millat o‘z tilini e’zozlasa, qadrlasa, taraqqiyoti uchun jon kuydirsa, u til go‘zal, betakror va buyuk bo‘lib qolaveradi! Har bir xalq aziz va muqaddas bo‘lgan o‘z tilini asrash, rivojlantirish, jozibasini to‘la namoyon etish uchun harakat qiladi, chunki unda xalq tarixi, milliy qadriyatlari, madaniyati ifodalanadi.

🔹21-oktyabr - o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan Kogon shahridagi 3-umumta’lim maktabida "Qadring baland bo‘lsin,ona tilim!" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🔹Tadbirda tilimiz jozibadorligini ifodalovchi she’r va qo‘shiqlar ijro etildi, ta’sirchan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |

14,025

subscribers

28,221

photos

2,698

videos