Sojida Karimova @sojida_karimova Channel on Telegram

Sojida Karimova

@sojida_karimova


Hayotga real qarashni o'rgataman
Siz qidirgan o'sha Ingliz tili ustozi MEN🌝
Teaching blog @Sojida_Teacher
Reklama @Sojida_Ad

Mendan nima manfaat topsangiz ONAMni duo qiling🫂

Sojida Karimova (Uzbek)

Sizning hayotingizni haqiqiy ko'rgandan so'ng, Sojida Karimova kanalini qarshi o'rgataman! Bu kanalda ingliz tilini o'rganishga yordam beradigan ustoz bilan tanishing. Agar siz o'zingizga yoki bolaqizga ingliz tili o'rgatishni istasangiz, bu kanal siz uchun. Kanalda @Sojida_Teacher nomli o'qituvchi blogi ham mavjud. Shuningdek, agar reklama berishni xohlasangiz, @Sojida_Ad bo'limiga murojaat qilishingiz mumkin. Bu kanalda foydali ma'lumotlarni topganingizda, menga murojaat qilishingizdan mamnun bo'lar ekanman. Kanalga a'zo bo'ling va ingliz tilini yaxshi darajada o'rganing. Onamning yordamini so'rab keting, uning duolaridan foydalaning! ✨🌝🫂

Sojida Karimova

07 Jan, 15:05


Men 2024-yildan ancha o'zimni qadrlashni o'rgandim. Inson o'zini qancha qadrlasa shuncha boshqalarniyam qadrlashni boshlar ekan.

Masalan, hozir manager va assistentlarimga ancha yaxshi pul to'layapman, ularni akademik va shaxsiy rivojlanishiga yordam berolyapman. Avval ular uchun bunchalik qayg'urmaganman.

O'zimga qanaqa sifatdagi kursni ravo ko'rsam, o'quvchilargayam hozir anchagina sifatli narsani berishga harakat qilyapman.

Ya'ni odam o'zini qadrladi degani qimmat kiyim, zo'r yeb ichish... kabilar emas ekan. O'zini qadrlasa kibrlanadi degani emas ekan. Askincha, shuncha birovniyam qadrini tushunarkan inson.

Meni Alloh qanaqa mehr bilan yaratgan bo'lsa, boshqa insonlarni ham shunday yaratgan. Menga ko'proq moddiyat, ilm, chiroy bergani uchun kibrlanishim emas, ko'proq shukr qilishim kerak ekanligini angladim❤️

Hozir Koreyada 12 bo'ldi, men shu paytgacha o'qidim, darslarimni qildim, menga yaxshigina pul olib keladigan kurslarimni hal qildim, uy ishlarim, bolam, turmush o'rtog'im hammasini qildim. Albatta Allohni izni bilan men kelajagim, hayotim, har kunim chiroyli o'tishi uchun harakat qila olaman va bu uchun o'zimga doim rahmat aytaman.

Nima uchun buni yozdim? Hamma hayotda nimadirlar xohlaydi. Zo'r uy, pul, mashina, zo'r oila. Ammo hammasi uchun harakat, mehnat, sabr kerak. Menga ko'pchilik havas qiladi. Oilamga, o'qishimga, yurishimga, lekin ularni hammasiyam menchalik harakat qilolmaydi.

Mendan ko'proq harakat qilganlar hozir mendanam zo'r, ularga men havas qilaman😍

Oilada malikadek muomala ko'rish uchun, avval unga qiroldek muomala qilish kerak.

Hamma narsani ortida siz ko'rmagan qiyinchilik, mehnat bor❤️

O'zingizni qadrlang va kelajak uchun harakat qiling
@Sojida_Karimova

Sojida Karimova

07 Jan, 14:32


Bugun men sizga shaxsan men uchun qiziq bir masterklass haqida aytmoqchiman😍

Men anchadan beri taniydigan, fikrlashi, loyihalari menga doimo "attractive" bo'lgan Musayev blogida 2 kunlik bepul masterklass o'tkazayapti ekan. Vaqtni taqsimlash, rejalarni aniq qilib olish xullas time management haqida sizga foydasi tegadigan inson bu.

Judayam ko'p grantlar finalisti, hozir Dublinda Microsoft komaniyasida ishlaydi, bir nechta loyihalari judayam mashxur. Bilasiz, men tavsiya qiladigan insonlar yomon bo'lmaydi😎

Men qatnashyapman, sizchi?

p.s Hech qanaqa odam qo'shish, link tarqatish shartmas, shunchaki eshitib manfaat olsangiz bo'ldi❤️

https://t.me/musayev_blogi/1464

Sojida Karimova

07 Jan, 13:42


Siz judayam ko'p kuttingiz😍🔥

Yanvardan yangi Ingliz tili kurslarimni boshlayapman🥰

IELTS Intensive kursini nisbatan osonlashtirilgan, yanayam tizimli, nazoratliroq qilingan varianti desam ham bo'ladi.

3 oy davom etadi. 4 ta skill + Vocabulary bilan daily ishlanadi. Ishalb, o'qib yuradigan, bolali insonlargayam moslab yengillashtirdik🙈

Nazorat masalasida ozgina norozilik bo'lgani uchun ham kurslarimni to'liq to'xtatgandim. Endi umuman yangi energiya, yangi kuch bilan boshlayapmiz😍

B2+ darajadan imtihon qilib olamiz batafsil bu va boshqa kurslarim @Sojida_Teacher kanalimda

Sojida Karimova

06 Jan, 04:06


Koreyaga kelish avvalgidek qiyin emas hozir. O'qishga qabul qilinish, viza olish men kelgan 2022-yilda nisbatan qiyin edi. Men IELTS 8 bilan ham viza berarmikan deb o'ylanganman. Lekin hozir aaaancha oson.

Universitetlarda o'qiydigan yoshdagi Koreyslar kamayyapti, yoshlari kamligi uchunam shunaqa koooop universitet har yili yanayam ko'proq chet ellik talabalar hisobiga yashab qolmoqchi. Xullas, biz ularga kerakmiz😎

Universitetda qabul qilinishiz muammo emas, agarki hujjatlaringiz joyida va chiroyli yozilgan study plan bo'sa. Men hujjatlar qilish va study plan bo'yicha videodarslik qilmoqchi edim, hozircha o'xshamayapti. Lekin qachoondir kuting🔥

Faqatgina Ingliz tili bilan, IELTS 5.5 bilan ham bora olasiz. Ammo lekin biroq Koreyada ishlash, normal pul topish, mazza qilib yashash uchun baribir Koreys tili kerak. Kelib o'rganvolaman deyish XATO. Kelib 1 yillarda agar astoydil o'qisa o'rgansa bo'ladi, lekin ungacha asablar qiynaladi🙂‍↔️

Xullas, Koreyaga o'qishga kelmoqchilar. Qo'rqmasdan beeemalol hujjat topshiravering. Qabul qilinish va viza olish imkoningiz yuqori. Jaaa unaqa aqlli bo'lishingiz shartmas. Universitet yoki maktab baholaringiz 3,4 aralashgan 5lari ko'proq yoki 5 aralashgan 4 asosan bo'sayam qiyinmas.

Endi ko'pchilik grant yutib ketishni istaydi. GKS granti eng eng eng maqbul yo'l. Hamma narsani qoplaydi. Bu haqida keyinroq batafsil yozaman. Qiziq bo'sa Google akadan so'rang☺️

El yurt umidi jamg'armasidan kelish ham zo'r yo'l m, lekin 2 yilda to'liq qaytish sharti bor xolos. Universitet o'zi grant beradi, lekin agar 100% grant deyilgan reklamalarni ko'rsangiz qoching. Bu sizni aldab chaqirish uchun xolos.

Bu degani 1-semester tekinga oqiysan 100% grant bilan, keyingi semesterdan to'liq kontrakt bo'lish ehtimoli yuqori. Odatda xususiy universitetlar odam yig'ish uchunam shunaqa katta scholarship beradi. Buni bilgan odamdan surishtirib keyin harakat qiling.

Keldingiz Koreyaga, darrov ishlab, soqqa qilib uyga jo'natib, uchastka, mashinalar qilish imkoni hozir pastroq. Chunki Koreyada anchagina katta iqtisodiy krizis bo'lyapti. Ishchi viza bilan kelgan ishchilar ham O'zbekistonga qaytyapti. Xullas, kelib o'qing, avval o'rnashing, o'zingizni eplang. Keyin uchastka qilaverasiz😁

Yana savollaringiz bo'lsa 👇👇👇
@Sojida_Karimova

Sojida Karimova

06 Jan, 04:04


Bugun sizga Koreyada o'qish haqida yozmoqchiman☺️

Uzuuun yozaman, o'qing. Ichi to'la ma'lumot, g'ij-g'ij ma'no😎

Sojida Karimova

03 Jan, 14:36


Oltin oling!

Men online kurslarim kengayib, o'quvchilarim ko'payganda, pulini hisoblashga qiynalishni boshlaganimga pul, investitsiya, passiv daromadga qiziqishni boshlaganman. Inglizcha ko'p kurslar, kitoblar o'qidim va bugun men sizga pulingizni saqlashni o'zbekka mos tushadigan yo'lini aytaman😁

Xullas, hamma pul yig'ishni istaydi. Nimadir maqsad uchun. Lekin hamma ham yig'olmaydi. Odatda dollor qilib uyni biror burchagida saqlaymiz. Lekin hozir xatto dollor ham inflatsiyaga uchrayapti. Inflatsiyadan asrab qolish, ozroq foyda ham ko'rish imkoniyati hozir tillada ekan.

Men yoshligimdan tillaga taqinchoq emas, boylik, investitsiya deb qarardim. Sovg'a bersam yaqinlarimga tilla shaklida berardim. O'zimgayam pullarimdan yig'ib tilla olardim. Oddiy kichkina bo'sayam.

Ko'pchilik dugonalarimga g'alati tuyulardi. Taqib yurasanmi hammasini deyishardi. Aslida tilla faqat taqish uchunmas , pulimni to'plash uchun olaman. Mayda mayda pullar ishlab ketmasligi uchun oddiyroq bo'sayam tilla olib, maqsadim uchun keyinroq sotishim mumkin, ungacha o'zim taqaman😎

Masalan o'tgan yil boshida olgan tilla narxi bilan, shu yil boshida orasida 25% o'sish bo'lgan. Ya'ni shuncha qimmatga sotishim mumkin. 15% Inflatsiya uchun chiqarsak , menga 10% foydaga qoladi.

Xullas, ozgina 2 million orttimi 585 probali oddiy uzuk bo'sayam oling, taqing va qachondir sotishdan qo'rqmang.

Erkaklar ham ayoliga, singlisiga , onasiga tilla taqinchoq sovg'a qilishi unga mulk berishidir.

Siz bu fikrga qanday qaraysiz? Tilla siz uchun faqat taqinchoqmi yoki Investitsiya?

Sizning boy bo'lishniyam kitobdan o'rganadigan bloggeringiz 😎😁
@Sojida_Karimova

Sojida Karimova

31 Dec, 15:57


2024- Yil menga o'zimni topish yili bo'ldi❤️

📌Fokusni o'zimga, o'zimmi maqsadlarimga qaratishni o'rgandim.
📌Har kunimda shukr qilib, baxtli yashashni mazza qilishni o'rgandim.
📌Farzandimga mehrimni hammani oldida bemalol ko'rsata oladigan bo'ldim.
📌Insonlarni men haqimdagi fikrining muhimligi 60% ga kamaydi. Birov men haqimda yomon o'ylasayam bu uni muammosi ekanligini his qildim.
📌O'zimga ishonchim beton bo'p ketti😅
📌Katta maqsadlar qo'yib, ularga ishonishni o'rgandim.
📌Asosiysi har kuni kichkina narsalargayam xursand bo'lib, baxt ichimda, baxt oddiylikda ekanligini his qiloldim.

Meni Allohim judayam yaxshi ko'radi. Har bir kunimda menga berayotgan cheksiz ne'matlari uchun behisob shukr❤️

2025-yilda meni rejalarim ko'p va hammasi Allohga shunaqa osonkiiii, men kutmagan tarzda tez, oson bo'lishiga ishonaman❤️

Bu yil hammamiz uchun sog'liq, boylik, baxt, sevgi to'la bo'lsin ❤️

Sojida Karimova

31 Dec, 01:34


Mandan sizga yangi yil sovg'asi😍🔥

"Yangi men" loyihasiga bugun kechki 9 gacha qabul ochdik😍

🖇Dangasalikdan qutulish;
🖇Kelajak uchun yondiradigan maqsad qo'ya olish;
🖇Hayotdan rozi, shukr qilib yashash;
🖇Va yana ko'p narsalar haqida workshopda gaplashamiz.

Topshiriqlar berib tekshirib olinadi

2024-yilda qilgan eng yaxshi ishingiz bo'ladi.

4073 4200 5759 3661
Biloldinova Sh

To'lov qog'ozini @Sojidas_Manager ga yuboring.

Narxi 50 000💸

P.s Bilasiz men oddiy loyiha qilmayman. Ortiqcha maqtamadim lekin o'zim 100% qoniqdim😎

Sojida Karimova

30 Dec, 14:55


Sizga e'lon qilmadim lekin men yangi yilga orzu va maqsad yozish bo'yicha kichkina workshop tashkillashtirdim🙈

Faqat qizlar kanalimda e'lon berib, saralab qabul qildim. Xullas mendan minde shaxsiy rivojlanish bo'yicha kouch pouch kutavering🤣😅

Nimaga bilasizmi?
Odam faqat yil boshida reja, orzu yozsagina uni hayoti o'zgarib qolmasligini, har kuni, har hafta, har oy harakat qilib nimadirga erishishini tushuntirish uchun.

Biz istagan kelajak birdaaaaniga shap etib oldimizga kelmaydi. Bosqichdan bo'ladi hammasi. Buning uchun har kun, har soat maqsadli, foydali o'tishi kerak. Qanaqa yashaysiz, orzularingizga qanchalik qattiq ishonasiz , unga qancha harakat qilishga bog'liq.

Maqsad yozib, baribir tashlab qo'yadiganlar qancha. Nima foyda yozib? Shunchaki yil boshini, oy boshini, dushanbani, ertani kutmaydigan qat'iyat kerak bizga❤️

Yozasizmi? Qanchalik tez o'qiysiz?

Sojida Karimova

30 Dec, 14:45


Bizda 12 bo'lyapti. Rejamdagi ishlarim endi tugadi. Lekin bu kanalga har kuni post qo'yaman degan va'dam bor🥹

Nimalar haqida yozay?

Sojida Karimova

29 Dec, 12:19


Bir necha kun avval ayol kishi ham pul ishlashi, o'zini karyera bo'yicha planlari bo'lishi kerakligi haqida yozgandim. Ko'pchilik ayol kishi avval uyini, erini eplasin, eri boqsin degan ma'noda fikr bildirishdi.

Bunaqa fikrni to'g'ri tushunaman. Menam universitet birinchi yilimda o'qib, ishlab charchagan holatimda "Erga tegsam umuman ishlamayman" deb xotirjamlikka berilganman. Ishlash =pul topish deb tushunardim o'sha paytlarda.

Lekin ishlash faqatgina pul uchun emas ekan. Sen ishlasang, odamlarni ko'rasan, o'rganasan. Hayotga qarashing, kutuving o'zgaradi. Nimagadir erishib o'zingga ishonching ortadi. Xullas, hech bo'masa kuniga 2 soatgina uydan online ishlab ham zo'r pul topa oladigan bo'lishi kerak ekan ayol kishi.

Bolang qachondir maktabga chiqadi, uylanadi, uniyam o'z hayoti bo'ladi, erku doim o'zini rejasi, tashvishlari bilan hayoli asosan band yuradi. Seni qo'ling ishda bo'lsa ham miyang bo'sh va keraksiz narsalarni o'ylab topasan. Xunikman, boshqasini topib oladi, qaynonam yomon, hayot beshavqat...

Ilm olaman uyda desang, shuncha bilim yig'ib, kimgadir o'rgatmasang, hayotda tadbiq qilmasang, nima kerak? Bolamga o'rgataman desang, bolang hamma narsani ko'chada eng zo'r o'qituvchidan o'rgansin. Men bolani o'qitmaylik demayman, lekin bolam Ingliz tilini masalan o'rtoqlari bilan birga o'zini 100% ochib beroladigan, begona muhitda o'rgansin derdim men.

Menga kuniga yozishadi qizlar, online ishga oling, erimni o'zi ishlaydi, bolamga kiyimgayam qiynalamiz deb. Men kursimni faqat bir dona odamga bepul beraman desam menga 40-50 kishi yozadi. Shu kursga to'lashga ham pulim yo'q, dekretdaman, erim bermaydi yoki so'ragani uyalaman, lekin rivojlanmoqchiman deb. Men hammani tushunaman. His qilaman.

Lekin hozirgi butun dunyoda iqtisodiy krizis bo'layotgan paytda hayotga real qarab, faqatgina er davlat Ishida ishlab, qanaqadir siz kutgan gullaaar, mana seni kursingga, mana sani kiyimingga deb berolmasligini tushuning. Hozir qizlar qanaqadir real vaziyatni ko'rmasdan, shaxsiy o'zini firmasi bor, oyiga bemalol 20-30 ming dollor topib, chet ellarga op ketadigan yigit xohlashadi.

Albatta xohlang, duo qiling. Lekin o'zingiz shunga yarasha bo'ling. Siz o'zingizni sohangizda erga tekkunchayam zo'r professional bo'ling. Tanish bilish ko'p bo'sin. Siz ish qidirmang, sizni ish beruvchilar yalinib chaqirsin. Siz ishni tanlab tanlab kiring. Siz ishlagan joyizda haydamasin deb tilingiz qisiq emas, xohlagan joydan bemalol ish topa oladigan bilimingiz borligi uchun xotirjam bo'ling. Qo'rqmang.

Sizga imkoniyat eshiklari ochiq bo'lsin. Bu uchun nima qilish kerak? Harakat qilish kerak. Birovni hayotiga burnini tiqmasdan, hamma o'ynab, yigiti bilan yuuurib, uxlayotganda o'qish kerak, networking qilish kerak, zo'r g'oyalar o'ylash kerak, man nima qila olaman deyish kerak, kuchli tomonini topib, rivojlantirish kerak.

Bu juddayam qiyin. Buni qiyinchiligiga hammayam chidolmaydi. Bu o'zing bilan o'zing kurash. O'zini ustida doimo ishlaydigan insonlarni judayam xurmat qilaman. Hech qachon birovdan yordam kutmang. Sog'lommisiz, miyangiz ishlaydimi, o'zingiz uchun harakat qiling.

Natijasi darrov bilinmaydi. Lekin natijasi bilinganda o'zingiz ham shoshib qolasiz😍

Xurmatli qizlar, atrofda hech kimga e'tibor bermay, fokusni to'liq o'zingizga qaratib, turmush qurguncha bilim, tanishlar, tajriba, dunyoqarash beton qilib keyin turmush o'rtoq tanlang.

Universitet faqat va faqat o'zingiz uchun sarflaydigan yagona payt. Keyin bola, er, uy, ovqatdan vaqtingiz qolsa keyin o'qiysiz.

Sevgi muhabbat ham qiziq narsa. Bu narsaga qiziqish ham normal, lekin bu sizni o'sishingizga xalaqit bermasin. Kuningiz 100% o'sha inson bilan, rejangiz, fikringiz, hayolingiz, hayotingiz 100% u insondan iborat bo'lmasin. U bilan gaplashib yanayam hayotga umidingiz uyg'onadigan bo'lsin, urishib, mayda chuyda siqilishdan emas.

Siz nima deb o'ylaysiz?
@Sojida_Karimova

Sojida Karimova

29 Dec, 12:12


Uzuuuun post kelyapti👀

Sojida Karimova

28 Dec, 11:36


Ertaga esa shu mavzuda gaplashamiz😁

Uzun-uzun gaplashamiz. Yosh qizlar umuman er yoki yigit g'amida bo'lmasdan o'z ustida ishlashi. Oila qurgach kuniga 2 soat, uyda o'tirib ishlasa ham bemalol millionlab topa oladigan bo'lishi kerakligi haqida gaplashamiz.

Universitet o'zingiz uchun investitsiya qilishingiz mumkin bo'lgan eng oltin davr ekanligi haqida gaplashamiz.

Men karyera sohasida anchagina nimadirlar qila olgan bo'lsam ham, universitet yillarimdan aslida bundanam ko'p ish qila olishim mumkinligini o'ylab ba'zan siqilib qolaman😅

Siz ham siqilib qolmaslik uchun harakat qiling❤️
Ertagachaaaaa😍

Sojida Karimova

28 Dec, 11:31


Jahl so'zi johiliyat so'zidan olingan. Bilimi kam insonlarni tez va arzimagan narsalar uchun ham jahllari chiqaveradi.

Bizni oilada esa oson va tez jahli chiqadigan menman. Aslida Turmush o'rtog'im o'zlarini ancha bosib olganlari uchun ham men nisbatan jahldorroq ko'rinaman. Aslida boshqalarga solishtirganda deyarli jahlsiz insonman😅

Turmush o'rtog'im tomonlaridan bolaga va umuman vaziyatlarga tez jahl qilishim haqida ogohlantirish olganman 3 oycha avval.

Shu so'zlarni o'zimga eslatma sifatida yozib qo'ydim va jahlim chiqishi 80% kamaydi.

Xulosa:
1. Tez jahl qiladigan insonlar bilan oila qurishdan avval o'ylab ko'ring. Muammolar paytida o'zini bosib olgan inson muhim, sizdan avval yig'laydigan emas.
2. O'zingizga albatta elsatmalar yozing. Xuddi siz ko'rmayapman, baribir o'qimayman deysiz. Lekin ko'z tushganda albatta miya analiz qiladi.

Sizchi tez jahl qilasizmi? O'zingizga elsatmalar yozasizmi?
@Sojida_Karimova

Sojida Karimova

28 Dec, 11:23


Bugundan kanalimda har kuni kamida bir dona post yozishga va'da beraman❤️

Sojida Karimova

25 Dec, 14:06


Men o'zim ko'pdan kuzatib yuradigan, eng zo'r, eng kerakli grantlarni bo'lishadigan eng katta kanallardan @Grantgouz da yil yakuni ekanligi uchun sovg'ali o'yinlar o'ynashayotgan ekan.

Agar g'olib bo'lsangiz: bepul mentorlik, yoki mentorlik bo'yicha kursga voucher yoki Asaxiydan 150 000 lik voucher yutib olishingiz mumkin ekan😍🔥

Albatta qatnashib ko'ring.
https://t.me/grantgouz/7386

Sojida Karimova

21 Dec, 14:00


3 yarim yillik turmushim va hayotda ko'rganlarim bilan bir narsani bemalol, hech qanaqa bahslashuvga ochiq bo'lmagan holda ayta olamanki: Ayol kishi ham pul topa olishi kerak. Ko'p pul topa olishi kerak.

Pul topgan inson, avvalo o'ziga oz bo'sayam ishonadi. Hayotda o'zini alohida shaxs sifatida ko'ra oladi. Ko'pchilik bilan suhbatda bo'ladi, o'sishi nisbatan oson bo'ladi.

Lekin ko'p qizlar o'qigan bo'sayam ishlamaslikni xohlaydi. Chunki, men pul topsam erim topmaydi deb o'ylaydi. Chunki jamiyatda shunaqa oilalar ko'p, mas'uliyatsiz erkak va hamma yuk ayolda qolgan bo'ladi.

Mohiyat shundaki: ishlang, pul toping, lekin erdek hamma ishni hal qilmang. Ayollar shoshiladi. Darrov bo'sin deymizda o'zimiz qilib qoyamiz.

Yaqinda turmush o'rtog'imga bitta kerakli narsani so'radim. Narxi nisbatan qimmat edi. O'zimmi pulimga o'sha kuniyoq olishim mumkin edi. Lekin ularga ayttim va olib bergunlaricha 1 yarim oy umuman eslatib, jonlariga tegmasdan sabr qildim. Pulimiz bo'lishi har doimgi ehtiyojlar uchun, sabr qilmasdan ishlatishimiz kerak deganimas.

Just use it🧠
@Sojida_Karimova

Sojida Karimova

17 Dec, 04:05


Turmush o'rtog'im aytdilar: "Aslida sizni auditoriyangiz aqlli ekanligi uchunam komment kam yozishadi. Aqlli va ishi ko'p band insonlar o'qib, xulosa qiladi lekin komment yozmaydi, vaqti yo'q" dedilar😁 Shunaqa deb menam endi ovutyapman o'zimni. Aslida yozib qo'ygan ancha postlarim boru, qanaqadir yuborishga ikkilanyapman. Chunki bu postlar siz avval tanigan Sojida aytadigan gaplar emas, mendagi o'zgarishlarni sekin-sekin hazm qilishingiz istayman. Lekin qizlar uchun ochilgan lifestyle+aql o'rgatish kanalimda aktivman. Ulanib oling. https://t.me/+sXxgC_b0NbhiZTAy

Sojida Karimova

15 Dec, 14:31


Mendagi eng katta o'zgarish Turkiyaga borganimdan boshlangan. Mayda muammolarimga, u unaqa dedi, bu bunaqa qildi degan masalalarga o'ralashib yurgan hayotimdan chiqib Turkiyaga bordim va dengiz kengligidan meni muammolarim zarra ekanligini angladim.

Shuning uchun ham, men har bir inson, ayniqsa qizlar va ayollar umrida bir marta bo'lsa ham chet elga chiqishini istayman. O'zingiz ham o'ylamagan tarzda dunyoqarashingiz kengayadi ishoning😍

Bilaman qiyin, raqobat kuchli, nimadan boshlashni bilmaysiz, qanday qilib yutishni bilmaysiz... Ammo qayerdandir boshlash kerak.

Menam O'zbekistonga qaytgach 1 yil o'zimni "grant ovi"ga urmoqchiman. Yevropalar mensiz huvillab yotibdi ekan🙂‍↔️🙂‍↔️🙂‍↔️

Xullas, harakat qiling. 1 haftaga bo'lsayam ko'ring olamni. Hayotingiz avvalgidek bo'lmaydi. Emotsiyalar avvalgidek bo'lmaydi❤️

Sojida Karimova

15 Dec, 05:59


Hozir o'zim Ingliz tilidan online dars o'ta olmayotganim uchun tavsiya qildim😍

Reklama qilishdan avval ancha o'rgabdim, judayam foydali loyiha ekan. Qo'shildingizmi? O'chiraman☺️

Sojida Karimova

14 Dec, 14:09


🚀yuqoridagi videoda Infinity Academy haqida batafsil bilib olishingiz mumkin, endi esa eng qaynoq yangilikka kelsak!

💡 STAAART!!! 💡
🎁 Infinity Academydan Yangi yilga ajoyib sovgʻa: BEPUL INTENSIVE ENGLISH kursi!
🩵 Hech qayerda bo‘lmagan imkoniyat! Endi ingliz tilini bepul o‘rganing va yangi yilda o‘zingiz uchun cheksiz imkoniyatlar eshigini oching!

📚 Nega aynan bizning kurs?

🎄 Infinity Academy asoschisi, IELTS 8 ball egasi va AQSH ning nufuzli universitetida 100% grant Sohibasi Namunaxon va tajribali jamoamiz sizga:

-Innovatsion o‘qitish uslublari;

-Bepul, lekin yuqori sifatli ta’lim;

-O‘zbekistondagi eng samarali ingliz tili kursini taqdim etadi!

🧡 Kurs natijasi:

Ingliz tilidan darajangizni oshirishning eng amaliy intensiv usullari o'rgatiladi;
Akademik maqsadlar uchun mukammal tayyorgarlik; Kurs so'nggida AQSH ga grant yutish haqida ham ma'lumot berib boriladi
Pullik kurslarga ehtiyoj qolmaydi!

Boshlanish sanasi: 22-dekabr

📌 Kursga qanday ro‘yxatdan o‘tish mumkin?

1. Ushbu postni hamda MANA BU Postni 5 ta do‘stingiz va 5 ta guruhga yuboring.

2. Yuborganingizni tasdiqlovchi screenshotlarni @INFINITY_ACADEMY_MANAGER ga jo‘nating. Keyin kurs o'tkaziladigan yopiq kanalimiz linkini olasiz, Tamom! 💡 Shu qadar oson!

🎯 Biz bilan ta’lim olib, yangi yilda maqsadlaringizga erishing!

🔑 Siz uchun barcha eshiklarni ochadigan tilni o‘rganing va kelajagingizni o‘zgartirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Infinity Academy bilan ta’limingizni yangi bosqichga olib chiqing!

😎@Infinity_Academy_TCHIO😎

Sojida Karimova

14 Dec, 13:42


Orzular

Singlimga kursida 40 ta qiz oldik. Orzu va maqsadlar yozgan darsimizda aksariyat qizlarni orzusi: yaxshi er, bola, yaxshi oila, mashina, pul, komfort hayot, maksimal chet elga sayohat, karyera bo'yichayam mayda-chuyda nimadirlar.

Bundan biz jamiyatimizni 18-25 yosh orasidagi ayollarni orzu qilish chegaralarini ko'ra olamiz. Albatta oila, bola, pul kerak. Bularsiz bo'lmaydi.

Ammo, quyoshni ko'zlasang oyga yetasan deganlaridek, qachonki maqsadingiz shunchaki pul bo'lmasa, faqatgina dardingiz er bo'lmasa, jamiyatga foyda keltiradigan qanaqadir, katta, yoniiib turgan, sizni yondiradigan maqsadingiz bo'lsa, hayotingizda pul ham, erda ham muammo bo'lmaydi.

Maydalashmaysiz, birovga hasad qilishga, birovni orqasidan gapirishga, birov gapirsa xafa bo'lishga vaqtingiz qolmaydi. Shuning uchun albatta kattagina orzu, maqsad qo'ying.

Shunaqa katta bo'lsinki, 30,40,70,90
yoshda ham uni orqasida bo'ling. Shunda qarib darrov kasal bo'lmaysiz, qiladigan ishlaringiz bo'ladi. Fokusingiz 100% o'zingizda bo'lsin. Bu degani bolaga qarama, oiladan voz kech degani emas. Karyera, biznes yoki boshqa yo'nalishda, jamiyatga shuni men beraman, shuni o'zgartiraman degan maqsad bo'lsin.

Shunda yo'lda siz kutmagan darajada ko'p pul, sevgi ham, imkoniyatlar ham chiqaveradi. Men Ingliz tili kurslarimni faqatgina pul uchun qilgan paytlarimda dars o'tgim kemay qolardi, boshim o'grib qolardi... Nimadirlar.

Lekin o'tirib, shu teaching sohasidan ketamanmi, shu meni bir umrlik katta orzuyimmi? 70 yoshdayam dars beramanmi? Yoshlarga, jamiyatimizga, bolalarimga nimalarni o'rgataman? deb o'zim bilan kelishvolganimdan keyin kurslarimni pulida baraka ko'paydi. Ozgina bo'sayam o'quvchini pulidan men ko'p ishlarimni hal qiloldim.

Sizga bugunga vazifa ko'p yillik, bolalaringiz maktabga ketsa, boshqa davlatga yashasa ham siz shug'ullana oladigan kaaatta maqsadingizni toping.

Unutmang, baxt bu SIZ. Er ham, bola, pul, chiroy ham baxt emas. Baxt ichingizda. Bolasi, eri, chiroyi, puli bor bo'lib ham baxtsiz bo'lishi mumkin. Siz istayotgan zo'r uy bo'sayam baxtni his qilolmasligingiz mumkin. Baxt faqat sizga bog'liq.

Har qanaqa sharoitdayam rozi bo'lib, borini ko'rib mazza qilib baxtli bo'lish ham, baxtsiz bo'lish ham sizga bog'liq

Sizga baxt tilovchi @Sojida_Karimova

Sojida Karimova

14 Dec, 13:38


Bu haqida Singlimga kursida aaancha batafsil gaplashdik

Sojida Karimova

14 Dec, 13:23


2024-yil men uchun ruhan o'sish yili bo'ldi. Rostisi men yil boshidagi Sojida emasman. Aslida o'zimni, o'zim nima xohlashimni aniqroq bila boshladim.

Maqsadlarim aniqlashdi.

Masalan hammamiz qanaqadir boshqacha, Zo'r, wooow hayot xohlaymizkuu. Lekin u uchun harakat qilish kerakligini, harakatni qayerdan boshlash kerakligini bilmaymiz. Hamma nimadir qilish kerakligini aytadi. Lekin qanday qilib qilish kerakligini aytmaydi.

Chunki qanday qilish o'zimga bog'liqligini tushundim. Anglaganlarim juda juda ko'p. Shuncha payt boshqalarni ko'ngliga qarab, boshqalarni qulayligi uchun yashaganimni his qildim.

Yaxshi qiz sindromiga chalingan, deyarli ko'p ishlarim jamiyatdan olqish olish uchungina ekan bilsam.

Anglaganlarimni kanalda yozib boraman. Iltimos meni kommentlar va aktivlik bilan qo'llab quvvatlang❤️

Sojida Karimova

13 Dec, 01:51


Faqat qiz va ayollar uchun shaxsiy rivojlanish va o'sish kursi bo'lgan "Singlimga" kursi haqida qizlarni fikrini shu kanaldan o'qib, tanishib turing.

https://t.me/singlimga_feedback

Bu fikrlarni yarmi ham emas. Ismlarni o'chirib ommaga ko'rsatdik ma'lum qismini. Kursda qatnashishni istasangiz fikrlar bilan tanishib, aniq qaror qilib turing.

🖇Qatnashchilarni anketa asosida tanlab olamiz, pulini to'lagan hammani ham olmaymiz🙈
🖇Joylar soni o'ta cheklangan, shuning uchun ko'p vaqt yo'qotmang.
🖇Kurs mavzulari va boshqa ma'lumotlarni qizlar uchun kanalimda aytaman.
🖇Bu kurs yana bir marta bo'ladi xolos, ulguring.

Bu kursni ortiqcha reklama qilmoqchimasman. Chunki bu kursni aynan ongli xarid qilishingizni istayman❤️

Hozircha fikrlar bilan tanishib turing. Batafsil yana yozaman.

Sojida Karimova

13 Dec, 01:45


Seganingizdek, haftasiga kanalimda bir nechta tavsiya reklama olyapman. Bu kanalni doimiy aktiv yurgizib turishim uchun, bu kanaldan menga pul kelib turishi kerak ekan🙃

Shuning uchun iltimos, reklamalarimni qo'llab-quvvatlang, aktivlik ko'rsating. Reklama qilishdan avval o'rganib, foydali bo'lsagina reklama qilaman.

Reklama bo'yicha ma'lumot @Sojida_ad da

Sojida Karimova

11 Dec, 12:32


Konsta va Lolani Chidama treki esa O'zbekistonni 2 ga ajratyapti. Ayollar asosan "ha shunaqa majbur yashash kerakmas, chidash kerakmas" desa. Erkaklar "oilani buzyapsila" degan.

Ko'pchilik uchun oila faqatgina baxtli bo'ladigan, xotirjam his qila oladigan, ular bilan 100% o'zing bo'ladigan joy emas. Oila ko’pchilik uchun aslida eng og'riqli, travmalar manbasi.

Insonni eng ko'p o'zini bolasidan eshitgani yaralaydi, eng ko'p turmush o'rtog'i bilan kelisholmaydi, eng ko'p otasidan xafa yashaydi. Biz ko'chadagilar bilan kulib gaplashamiz, murosa qilamiz, lekin uyimizdagi, bir tom ostidagilarga kuchimiz yetadi.

Oila bizni sakinatimiz uchun emas, xotin erini ishdan kelishini soat sanab, sog'inib kutmaydi, yana keladi ajdarho deb kutadi. Bunaqa hayot charchatadi.

Bizda bekorga kasallik ko'pmas. Bel og'riydi, boshi og'riq, davleniya... Bir umr oila ichida bir-birini go'shtini yeganidan, opa-uka, aka-singil, ota-ona, hammasi bir-birini nimagadir majbur deb o'ylaganidan.

Shunchaki boricha qabul qiling. Oila ichidagilarga zahringizni sochmang. Kasal bo'lganingizda, o'lganingizda shular siz bilan bo'ladi. Ko'chada kulib gapirganlaringiz emas.

Trek menga yoqdi. Qizlar, turmushga chiqishdan avval ilm oling, kibrsiz, samimiy, mol dunyo uchun yashamaydigan, dunyoqarashi keeeng, soatiga ko'p pul topa oladigan kadr bo'ling. Siz qancha bilimli, ko'p pul topa oladigan bo'lsangiz, siz hech kimga muhtoj bo'lmaysiz, sizga mos insonga turmushga chiqasiz.

Ota-onalar ham erga berishga shoshilmasin. Faqatgina universitet diplomi bor degani u zo'r degani emas. O'qisin, ishlasin, olam ko'rsin, hayotda standartlari oshsin. Keyin oilada chidamaydi, yashaydi, seviladi, ardoqlanadi.

Yigitlar esa, ayoliga zo'r munosabat qilayotganiga ishonsa, u birgina trekdan buzilib ketishidan xavotir olmasa bo'ladi😉

Siz nima deb o'ylaysiz?
https://youtu.be/qFOA9K64wq8?si=OVHH-r32UhRlmJzB

@Sojida_Karimova

Sojida Karimova

11 Dec, 12:00


Qonimda baribir o'qituvchilik bor ekan. Ingliz tili kurslarimni ochmagan bo'lsam ham. O'tgan oyda bir oylik qizlar uchun shaxsiy rivojlanish kursi ochdim. Men miyam qanchalik o'zgarganini, miyam o'zgargani sari hayotim qanaqa go'zal, baxtli, barakali bo'lganini his qildim va buni har bir ayol, qiz his qilishini istayman.

Men qanaqa ertalab xursaaaand, energiyaga to'lib turib, kechasi hayotimdan rozi mazza qilib uyquga ketsam, har bir qiz kamida shunday yashashini istadim❤️

Narxini juddayam arzon qilib, tor doirada, reklamasiz, kam odam oldim. Joylar tez to'ldi, bu kanalda aytmadim uzur🙈

Judayam ko'p o'ylangandim, kerakmi o'zi. Hozir hamma shunaqa kurs qiladiku deb.

Lekin ko'rdimki, yaxshiyam qilibman.

Qizlarni 99.9% hammasi chiroyli, sog'lom, o'qiydi, ota-onasi bor, ilmli, ba'zilari oilali, eri, bolasi bor, ishi bor...

Lekin baxtsiz. Bemalol baxtli his qilmaydi. Maqsad qo'yib, orqasidan harakat qilolmaydi. Hayotdan, ota-onasidan, odamlardan xafa. Miyasida faqatgina negative fikrlar, axlatga to'lib ketgan.

Bir oy davomida boriga shukr qildik, ota-onamizga rahmatlar ayttik, maqsadlar qo'ydik, xullas barchamiz o'zgardik. Shunchaki, urib-so'kib vazifani majburlab bajartirganim uchun qizlarda judayam katta o'zgarish bo'ldi 🔥🔥🔥

Ingliz tili kurslarimdan ham mazza qildim.

Aytmoqchimanki, shunaqa shaxsiy rivojlanish kurslaridan qo'rqmang. Kimnidir tajribasi sizga aaancha foydali bo'lishi mumkin.

Yana tajribangizni bo'lishishdan qo'rqmang. Kimga qiziq demang. Sizdan kichkina, sizdan tajribasi kam odamlarga albatta yordam bera olasiz.

Blog oching, fikringizni bo'lishing, you tubeda videolar qiling❤️

Xullas, ichingizdagini ichingizda olib ketmang. Men tufayli hayotda yorug'likni, kuchni, baxtli kelajakka umidni olgan qizlarni ko'rib, ertaroq qilishim kerak ekan dedim❤️

Sojida Karimova

10 Dec, 05:24


Chet elga boraman deb 2-kursda ishlashim SHART bo'sayam ishlamasdan, 100% vaqtimni grantlar qidirib o'tkazganman. Kutubxonada yopilguncha 40 tadan ortiq grantga topshirardim.

"Hayotim oddiy o'tmasin, meni orzuyim samalyotga chiqish, men qolib ketmasligim kerak, 1 haftaga bo'lsayam boraman" deb qancha uringanman. Bu shunchaki komputer oldida o'tirish emas, bu ichki jang.
-Hamma uxlayapti darsdan keyin, uxla
-Mazza qilib yuuur, nima kerak.
-Hozir 15 minut telefon o'ynasang nima qipti?

Degan ichki o'zing bilan jang. Eng katta dushman aslida o'zimiz. O'zimizni yengish juddayam qiyin.

Men topshirgan grantlarni yutolmadim. Yutolganlarimga o'zimdanam pul kerak ekan. Borolmadim. Lekin Alloh shuncha eshikni yopgani bilan menga o'zimdan 1 tiyin ham ketmaydigan grantni yo'liqtirdi. Erasmusni yutdim.

O'sha paytda meni eng eng eng yaqiiiin dugonam, jonim degan insonim " Har doim senga ekanda hammasi, bizam bormiz. Turkiyaga o'zi san loyiqmasding" degan.

Men esa ISHONGANMAN. Ha men loyiq emas ekanman deb ichimni yeganman.

Birovlarni fikriga e'tibor bermaymiz. Lekin yonimizdagi, oilamiz, qarindoshlarimiz, bizni nima chekkanimizni ko'rib turib gapirganlarni "Bilmasa gapirmaydi" deymiz, ularga ishonamiz.

Hech qachon birovga " U Shu narsaga loyiqmasdi" demaslikka harakat qilaman. Men harakatini ko'rmadim degani, u harakat qilmadi degani emas.

Xatto yoningdagi odamni gapigayam "tupurish" uchun o'zingga ishonching BETON bo'lishi kerak.

Muhimi men buni angladim. Muhimi endi menga birov yaaaaaaqinim bo'lsayam aralashishiga yo'l qo'ymayman. Asosiydi endi men o'sha SOJIDA emasman.

Nima qilayotganimni, nimaga qilayotganimni bilaman. Birovni hayotiga aralshmayman, o'zimnikiga aralashtirmayman🐍

I cried a lot, and that's fine.

Hammaga borliklaring uchun, meni o'qiganlaring uchun, menga tasalli uchun rahmat, rahmat, rahmat ❤️

Sojida Karimova

10 Dec, 05:19


I don't know why but I can't stop crying 😃

Writing in English and using happy sticker cuz mom may worry😁

Sojida Karimova

10 Dec, 04:56


Bir necha oydan beri abiturientdek o'qiyman. Soatlab kutubxonada, kechasi uyda o'qiyman. Va bu juddayam qiyin. Bekorga ilm olishni, igna bilan quduq qazishga o'xshatishmagan ekan.

Bu shunchaki kitob o'qish yoki, video ko'rish emas, bu diqqatingni jamlay olish, fikrlash, sababiyatni aniqlash, fikringni yozish... Bu rostanam judayam qiyin. Eng yomoni esa bu qiyinchilikni faqat va faqat sen tanangda his qilasan, yoningda yashayotgan inson ham his qilolmaydi. Bu qiyinchilikda senga hech kim yordam berolmaydi.

Men yoshligimdan hamma narsaga aql bilan yonadashib, munosabatlarda ham, pul, ish, o'qish hammasida mas'uliyat bilan harakat qilganman. Qiyinchilik paytida hech kim ko'rmagan.

Lekin nimagadir erishsam, qayerdadir xurmatim, obro' yoki pulim ko'p bo'lganda atrofdagilar "Sen bunga loyiqmassan, yetarlicha bilimli emassan" degandek o'zini Impostor sindromini mengayam tiqishtirmoqchi bo'lardi.

Eng yomoni men bunga ishonardim. " Ha rostanam bilimim uncha zo'rmas, o'zim unaqa zo'rmasman, omadim kelib shunaqa bo'ldimda derdim" Aslo unday emas ekan.

Men bunga loyiqman, men bu uchun arzirli harakat qildim. Kutubxonada atrofimda hamma har 20 minutda telefonga qarab, tashqariga chiqib doim qimirlab o'tiradi. Men maqsad qildimmi, chalg'imasdan 4-5 soatlab o'tira olaman. Hech qachon o'zingizga bo'lgan bahoga boshqalar aralashishiga yo'l qo'ymang.

Hamma harakatiga, niyatiga, so'raganiga qarab oladi. Siz kimdandir oldindami? Zavqlaning, mazza qiling, siz bunga loyiqsiz. Kimdandir orqadami? Yanayam ko'proq harakat qiling.

Barcha ilm olish zahmatidagilarga chin qalbimdan osonlik, yengillik tilayman❤️

P.s I cried while writing this. Shout out to all who understand pain of studying.

Sojida Karimova

07 Dec, 13:55


Bugun shu videoni ko'rib qoldim. 17 yoshida eng TOP universitetda o'qiydigan va shu universitetda dars ham beradigan yigit haqida.

Bu yigit bizni davrda Jahon tillarida rektor bo'lgan ustozimiz, Ulug'bek Azizovichning o'g'illari. Bir yilcha avval, Amerikaga borib, o'g'illarini joylashtirib kelgan videolarini ko'rgandim. Havas qilgandim, bolasiga eng zo'r imkoniyatni qilib bera oladigan pul, imkoniyat va bilimi bor insonni ko'rganimdan.

Bu yigitni ko'rib, biz oladigan xulosa shuki: o'qib, ko'p pul topa olishimiz, bolalarimizga eng yaxshi imkoniyatlarni bera olishimiz kerak. Buning uchun ilm olish, eng zo'r professional kadr bo'lish va pul ilmini o'rganish kerak.

Yillab pul yig'ib, bittagina to'yga yoki uyni remontiga sarflab yuborish aslida pulni noto'g'ri sarflash ekanligini anglashimiz kerak.
https://youtu.be/U6432udrh4Y?si=nqNUx4f4HznJmKxK

Sojida Karimova

04 Dec, 12:28


Tushunganim:

1. Fokusim faqatgina o'zim va o'zimni maqsadlarimga qaratilgan bo'lishi
2. Hayotimda faqatgina bor insonlar va narsalarni his qilib, shukr qilib, mazza qilib yashash
3. Insonlardan va vaziyatlardan umuman kamchilik qidirmasdan boricha qabul qilish

Bundanam ko'pi bor aslida. O'tgan pyda faqat qizlar uchun shaxsiy rivojlanish kursi ochgandim. Shu o'rganganlarimni bo'lishdim. Deyarli 90% qizlarda zo'r o'zgarish bo'ldi❤️
Judayam xursandman.

Sojida Karimova

04 Dec, 11:58


Comment ochiq🥹👇

Sojida Karimova

04 Dec, 11:54


Bu kanalda judayam uzoq vaqtdan beri yozmayapman. Nima uchun???

Meni fikrlashimda judayam chuqur o'zgarishlar bo'ldi. Avvalgidek hamma narsaga tanqidiy qaramayapman. 100% hayotga real qarab, aqlim bilan yashamayapman.

Kanalni kontentiga anchagina uzoq fikrlaydigan insonga aylandim oxirgi paytlarda. 2024-yil men uchun juddayam katta ruhiy o'sish yili bo'ldi. Men umuman avvalgi Sojida emasman, buni o'zim ham his qilyapman.

Asosiy fokusim o'zimda, o'zimda bor narsalarda bo'ldi. Boshqalar, jamiyatdagi muammo va kamchiliklarga deyarli e'tibor bermayapman.

Hamma jamiyatda o'ziga yarasha muammo bor. Rivojlangan davlatda yashayapman, dunyodagi eng iqtisodi yuqori va ularda ham jamiyat sifatida judayam chuqur muammosi borligini ko'rayapman. Bizni muammolar ularni oldida oddiy narsadek😅

Biz rivojlana olamiz. Kamchilikni gapiruvchilar ko'p. 99% foiz inson xatolarni sanab bera oladi. Hozir ko'proq harakat qiladigan, natija qiladigan paytimiz.

Yangi dunyoqarashimdagi yangi fikrlardan albatta bo'lishib boraman❤️

Sizda nima yangiliklar? Dunyoqarashingiz o'sayotganini his qilasizmi???

Sojida Karimova

18 Nov, 12:26


Yana bir necha oy ilmiy hayotimda rejalarim bor, hech qanaqa loyiha va kurs qilolmaskanman. Lekin minglab odamlar shunchaki meni bekoorchi xayrli tong degan postimni kutmasin deb 3 ta online kursimni bepul ulashmoqchiman.

@Sojida_Teacher kanalimda 21-Noyabrdan General English C1-C2 kursini boshlaymiz.

Keyin Master Speaking
Keyin Master Listening

Materialni oddiy beraveraman lekin vazifalarni tekshirib berish uchun saralab yopiq guruhga qo'shyapmiz.

Yopiq guruhga qo'shilish shartlarini kanalda yozganman🙈🙈🙈

Meni bilasiz darslarimni demo lesson uchun ham bermasdim. Endi bepulga beryapman, foydalaning❤️❤️❤️

Sojida Karimova

18 Nov, 12:21


Bir oylab post yozmasam ham kanalimda doim qoladigan barchangizga o'zim medal taqaman🏅🏅🏅🏆🏆🏆

Sojida Karimova

06 Nov, 03:44


Hozir shu ko'rsatuvni ko'rdim va ko'p narsani tushundim. Men ham Zoomer avlodga kirishimni, ulardek fikrlashimni his qildim.

Rostanam bu yangi avlod, buni tushunish, hammadek qabul qilish qiyin. Stereotiplarga qarshi kurashadi, hayotda oddiy insonmas, nimadir buyuuuk ishlar qilgisi keladi, ruhan mustaqillikka erishish...

Xullas, men nima uchun ba'zan fikrim xatto turmush o'rtog'imnikiga 500% teskari ekanligini shu videodan keyin angladim. Biz yosh avlodmiz, biz texnikani sekundlar ichida ishlatib keta olamiz, menmas, hamma Gen Z o'ylab o'tirmasdan yangi qanaqadir appni ishlatib keta oladi.

Har bir Gen Z bu videoni ko'rishi kerak. Avvalgi avloddan boshqacha ekanligimiz, bizni bolalarimiz bizdanam boshqacha bo'lishi normalligini his qilishimiz. Avloddagi kamchiliklarni, real qaray olmaslik, ba'zan judayam optimistik qarashlarni kamaytirish haqida o'ylash kerak.

Hozirgi jamiyatdan uzoqda, o'zini begona his qiladigan hamma ko'rishi kerak buni😍

Gen Z 1998 dan keyin tug'ilganlar deb define qilinsayam, tug'ilgan joyi, muhiti va ruhiy yoshi ham ta'sir qilishi mumkin. Men 1999 da tug'ilganman va men xuddi shu videodagi 18 yoshlardek fikrlayman asosan, siz men bilan teng bo'la turib, Millennial avloddek fikrlashingiz mumkin va bu normal.

https://youtu.be/Oy9xzBb-Jdo?si=pVhIbhXL9lJJLIXX

Sojida Karimova

05 Nov, 13:36


Fotima meni IELTS Intensive kursimda o'qigan.

📌Hozirgacha,
"WomanUp ToT" finalisti 🇺🇸
"UGRAD" program semi-finalisti 🇺🇸
"UZYLC" (Uzbekistan Youth Leadership Conference) memberi🇺🇸
"Climate Lit" project finalisti
"JACAFA" semi-finalisti 🇯🇵
"G4G" program finalisti
"Узнай Россию" program 🇷🇺participanti
"Объединеняя студенчество"🇷🇺 forumi finalisti ekan😍😍😍

💕Ha aytgancha, undan tashqari
🇺🇸American Corner Namanganda 3 ta worshopga selected va Media bo'yicha volunteering qilgan👩‍💻

💓 Blogiga kirib yaxshilab tanishib turing. Grantlar yutish sirlari va imkoniyatlar haqida gapirarkan😍

https://t.me/+6w-JfekchCM1NjRi

Sojida Karimova

05 Nov, 13:33


Kanal qayta jonlangani bilan tabriklayman🥳

UzGirls loyihamiz haqida bilasiza? Omadli, yutuqlarga erishgan, ilmli qizlar bilan voice chat qilardim yoshligimda.

Keyingi voice chat uchun zo'r mehmon topdim. Meni IELTS Intensive kursim bitiruvchisi, UGRAD, JACAFA yana nimadir grantla yutib tashlagan ekan.

Ehhhe havaslar qilib o'tiribman. Kim deb o'ylaysiz?

Sojida Karimova

04 Nov, 14:11


Ota-onalik siz yasholmagan bolalikni yashash uchun qayta imkoniyat. O'zingizdan kuchsiz, hali hayotni anglamagan, ham ruhiy, ham emotsional o'zini tushunmaydigan odamcha ustidan hokimlik qilib, baqirib, urish uchun emas.

Farzandli bo'lishdan avval yaxshilab o'ylang. Tayyormanmi? Uni boladek, xato qilib, o'rganadigan boladek qabul qila olamanmi?

Qizlar, oila quriboq, hamma "yangilik bormi" degani uchungina bola xohlamasdan, bola faqat chiroyli kiyintirib, rasmga olinadigan narsa emasligini his qilib, keyin farzand xohlang. Bu faqatgina 2 kishi hal qiladigan masala ekanligi avval SIZ tushuning va boshqalarga bu shaxsiy chegara ekanligini ayting.

Butun boshli bitta insonni tarbiyalash mas'uliyatini odamlarni gapiga bog'lamang...

Sojida Karimova

04 Nov, 07:23


Shu oy faqat qizlar uchun loyiha qilyapman. Bu haqida faqat qizlar uchun kanalimda ma'lumot beraman. https://t.me/+sXxgC_b0NbhiZTAy

Sojida Karimova

03 Nov, 00:52


Kanalga yangi kelganlar xush kelibsiz.

We Teach kursiga oid hamma fikrlar, teaching bo'yicha blogim @Sojida_Teacher

So'nggi paytlarda o'zimni teacherlarni ko'p pul topadigan, boy, jamiyatni yuqori tabaqasi qilish uchun fido qivordim😅

Shu kanalda dars o'tish metodlari va texnikalari haqida yozyapman asosan.

Wait you all @Sojida_Teacher

Sojida Karimova

01 Nov, 17:14


We Teach kursi uchun qabul ochiq🥳

📌Dars o'tish metodikalari;
📌Qanday qilib online kurs boshlash;
📌 O'qituvchilar uchun grantlar va chet el dagi malaka oshirishlar;
📌Qanday passiv daromad manbalar uni shakllantira olamiz;
📌Xalqaro darajadagi o'qituvchi bo'lish;
📌Kurs tarkibida berilgan va berilmagan ko'p mavzular haqida gaplashamiz.

Kursda aktiv qatnashganlarning kursini bepul reklama qilib beraman.
O'tgan yilgi "We Teach" Webinarimni beriladi.

Darslar 7-Noyabrdan
Narxi: 350 000

24 soat ichida to'lov qilganlarga esa 320 000

4073 4200 5759 3661
Biloldinova Sh

To'lov qilib,@Sojidas_manager ga jo'nating ❤️

Kurs haqida fikrlar @Sojidassielts

Sojida Karimova

31 Oct, 13:07


📌Darsini qiziqarli qilishni bilmayotganlar;
📌Dars o'tishni seva olmayotganlar
📌O'quvchiga o'zini sevdira olmayotganlar
📌Online darsni boshlolmayotganlar

Hammangizni ertaga, 1-Noyabr kechki 7 da voice chatda kutaman😇

P.s Shu voice chatni o'zidan pulli konsultatsiyam va kurslarimdagidek ma'lumot ola olasiz. Albatta qatnashing🙂‍↔️

O'qituvchi tanishlaringizga jo'nating

Savollaringiz shu yerda qoldiring👇👇👇

Sojida Karimova

31 Oct, 05:30


Koreyaga shu 2025-Yil Fevralda kelishni aniq maqsad qilgan 1 kishini tanlab olishim uchun Google forma. Bu xizmat ichiga nimalar olishi va narxi haqida batafsil yozganman. Faqatgina bir dona odamni olaman xolos. Ertaga kunduzgi 11 da yopiladi. https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSehThVQLQk1ZfRuM2UQvBU_-7rhdGbJwgxQ8lMbYQxxnvYypQ/viewform?usp=sf_link

Sojida Karimova

31 Oct, 01:58


Dekabr oyida CELTA/TESOL ikkisidan birida o'qimoqchiman. Avval o'qiganlar, shu sertifikat bo'yicha ishlayotganlar, qaysi biri yaxshi va O'zbekistonda OTMlarda bemalol qabul qilinadi? Narxi 299$ dan boshlab, 1800$ gacha chiqyapti, qaysi birini sotib olaman? Men 100% online o'qimoqchiman, judayam ko'p saytlarda arzon narxlarda ham bor, lekin men qimmat bo'lsayam o'zimizda Universitetda ishlasam ham o'tadiganida o'qimoqchiman. Masalahat va yordam bersangiz xursand bo'laman. Maslahatlarni shu yerda kutaman: http://t.me/anonaskbot?start=PUWzAApvC3hR2Kc

Sojida Karimova

30 Oct, 02:45


"Xafa bo'lmang-uuu..." deb boshlanadigan gaplarni 99.9% qismi aslida bizni xafa qiladi.

Lekin "yog'eeee, xafa bo'larmidim☺️... " deb javob beriladi.

Nima uchun? Shunchaki xafa bo'lsak "Xafaman, yuzimga gapirib to'gri qimadiz yoki ko'pchilik oldida aytib yaxshi qimadiz " deyolmaymiz.

Nimaga nima his qilganimizni o'sha paytda, boricha aytmaymiz? Ular xafa bo'lmasin debmi? Yaxshi inson rasmini buzmaslik uchunmi?

Hissiyotlaringizni o'zingizga va boshqalarga adekvat tilda chiroyli tilda tushuntirishni o'rganishingiz 90% muammoni yechimidir. 🧠

Sojida Karimova

29 Oct, 14:10


Hozir Online kurslarimni rivojlantirish uchun Teaching blogimni ko'proq reklama qildiryapman. U yerda meni shaxsiyatim deyarli yo'q ekanligi uchunam auditoriyada fan base shakllanmagan😁

Shuning uchun borib, meni yangi kelgan subs oldida yaxshilab, maqtab, comment yozib kelilaaaaaa😇

Bilaman, bu yerda komment yo'q sog'ingansiz meni😎

P.s Aktiv bo'lganlarni ultra pro max miyam bilan eslab qolaman va kelajakda shaxsiy rivojlanish uchun bir pulli g'oya qilmoqchiman shunda chegirma beraman😁

👇👇👇 Shu yerda aktivlik kerak🫶🫶🫶
https://t.me/Sojida_Teacher

Sojida Karimova

28 Oct, 14:10


Esingizda bo'lsa qishda yozgandim: avval o'zim ishlardim, harakatchan edim. Turmushga chiqib, kimdir senga hamma narsani muhayyo qilsa harakat qilging kelmas ekan deb.

Rostdanam 2 yil men shunaqa apatiyada yurdim. Maqsadim aniqmas, pul topganim bilan nima qilaman?

Avval men o'zimga kiyim, aylanishlarga bora olishim, yaxshiroq telefon uchun ishlaganman. Lekin endi bularni bemalol kimdir qilib beryapti. Endi menga yanayam kattaroq, telefon, kiyimdek mayda bo'lmagan maqsadlar kerak edi.

O'tirib yozib chiqdim, nimalar istayman. Qanaqa hayotim bo'lishini istayman. Xullas, endi pulni nimaga sarflashni bilaman😎

Shundan keyin menda judayam katta ruhiy o'sish boshlandi. Abiturientdek soatlab qimirlamay o'qiy olyapman, ozgina uxlab ham ko'p energiya bilan yuribman. Maqsadlarim va o'zimga fokusimni qaratdim.

Sizga ham eng yaxshi terapiya YOZISH ekanligini eslataman. Muammo bormi yozing, nimalar his qilyapsiz, nima kerak, qanday yechilsa xursand bo'lasiz? Maqsadlarmi hammasini yozing.

Miyasida qolib ketmay yozilgan fikrlar tezroq amalga oshadi.

Har biringiz men bilan qolayotganingiz uchun. Fikrlarimni o'qib, meni qo'llab quvvatlaganingiz uchun rahmat rahmat rahmat 🥰
@Sojida_Karimova

Sojida Karimova

28 Oct, 14:04


Pul bo'yicha o'qib tushundimki:

Ko'p noluvchilar, faqatgina muammo ko'ruvchilar bular kambag'al insonlar. Miyasi biznes bilan ishlaydigan boylar har bir muammo ostida biznesni ko'ra olishadi.

Nolishni to'xtating. Noliydiganlardan uzoq yuring.

Hamma davlatda, hamma shaharda, hamma jamiyatda, hamma oilada, hamma ishda o'ziga yarasha muammo bor. Tilingizdan umuman nolish gaplari chiqmasdan, faqat shukr chiqsin. Shunda siz ham boylardek fikrlaysiz, boyga aylanasiz😎

Bu sizga balkim juddayam oddiy va hamma aytadigan klishe gapdek tuyulgandir. Unday bo'lsa, to miyangiz qabul qilguncha qayta qayta o'qing. Chunki bu pul va boylik haqida ko'rgan podcastlarim va kitoblarimdan olgan eng katta xulosam.

@Sojida_Karimova

Sojida Karimova

26 Oct, 14:23


https://t.me/Sojida_Teacher

Kanalimda dars o'tish va teaching haqida qiziq gaplar bo'lyapti🙈

Sojida Karimova

25 Oct, 05:18


Bilasiz hozir umuman kurslar ochmayapman, lekin Ingliz tilidan men ishona oladigan, avval bizni jamoada ishlagan Muhlisa Teacher Beginner va General English B1 ochayapti.

Shaxsan tavsiya qilaman.
Batafsil:https://t.me/Sojida_Teacher/1769

Sojida Karimova

24 Oct, 02:53


#surishuchunTIP

Chet elga o'qishga topshirganda faqat va faqat qizil passport ma'lumitlaridan foydalaning. Visa qizil passportga olinadi. Ko'k faqatgina davlat ichida.

Sojida Karimova

24 Oct, 02:07


Hayotda anglaganim:

Agar atrofingizdagi insonlar sizga "voy bechora, sanga qiyin" deyishsa, siz ham muammoyingizni hammaga yoyaversangiz, rostanam bechora ekanligingizga ishonib qolasiz.

Faqatgina sizda muammo bor emas. Hamma hayotida nima bilandir kurashadi. Muammoni kimlargadir, xatto eng yaqin insoningiz bo'lsa ham gapirib, yoyib chiqqandan ko'ra, o'tirib o'ylang. Nimaga shunaqa bo'ldi? Nimani xato qilyapman?

Siz bechora EMASSIZ. Hammani muammosi bor. Bu olamda faqqqqaaatgina siz bechora qolganlar mazza qilib yashamayapti. Shunchaki hayotga munosabatingizni o'zgartiring.

Sojida Karimova

22 Oct, 12:07


Og'zaki tarjimon (interpreter)

— Kompaniya: Shinon Global (Hindistonda)
— Ish turi: Tarjimonlik, to'liq stavka, haftada 6 kun, 9 dan 6 gacha. Viza xarajati, borish-kelish chiptasi, yotoqxona xarajatlari qoplanadi.
— Talablar:  21 yoshdan oshgan, ingliz tilini C1 darajada biladigan, stressga chidamli (bemorlar bilan ishlash uchun) nomzod kerak! Tibbiy atamalarni bilganlarga imtiyoz beriladi.
— Maosh: $600, yaxshi ishlashingizga qarab oshirilishi mumkin
— Ish holati: #aktiv
— Murojaat uchun: @shinonmedkadr (Avval mana bu videoni ko'rib, ota-onangizdan ruxsat olib keyin ishga topshiring:
https://youtu.be/UABDmNPBff0?si=ySWxPWOWmkpiVKeN)

P.s Meni shaxsan tanishlarim borib, bir yil ishlab travel qilib kelishgan😎

Sojida Karimova

22 Oct, 12:04


Kuz🍂

Sizga bitta zo'r ish taklifi bilan kelyapman tayyormisiz?

Sojida Karimova

18 Oct, 14:26


Aytgancha, mendagi eng katta va so'nggi o'zgarish endi jamiyatda muammolar va kamchiliklar haqida yozmayotganim va e'tiborimni qaratmayotganim bo'ldi.

Hamma jamiyatda doim o'ziga xos nimadir muammo bo'ladi va tabiiy. Bu yo'q bo'lishi uchun aqlimiz o'sishi, fikrlashimiz va yashash sharoitlarimiz o'zgarishi kerak. Meni qo'limdan keladigan narsa o'tirib buni muhokama qilish emas, ko'p odamlarga, minglab, millionlab odamlarga ilm berish, hayotni boshqa tomondan ham ko'rishga yordam berish.

Shuni anglab yettim va to'liq fokusimni o'zimni moddiy, ma'naviy va ruhiy o'sishimga qaratdim. Bu yil rostdanam ruhan judayam katta o'zgarish bo'lgan yil bo'ldi, Alhamdulillah. Bular haqida qachondir yozaman sizga.

Lekin shuni biling, hayot tarzingiz, qilayotgan ishingiz, qadriyatlaringiz o'zgarishi mumkin va bu KERAK. Yoshingiz kattalashgan sari, umuman boshqa qoidalar asosida yashashni istashingiz normal.

O'zgarishlar yaxshilik belgisi, bir joyda yillab qolgandan ko'ra yaxshi☺️

O'zgarishlardan qo'rqmang
@Sojida_Karimova

Sojida Karimova

18 Oct, 14:18


We Teach kursi tugadi. Bu bugun shunchaki o'qituvchilik haqida emas ancha ruhan o'sish payti ham bo'ldi har bir qatnashchi uchun..

Hamma fikrlarni jo'natolmas ekanman, judayam ko'p. Kurs haqida fikrlarni @weteachfeedbacks kanalida o'qing🔥😍

Menga bu ish yoqdi. Endi o'qituvchilar bilan ishlab davom ettiraman manimcha.

Sojida Karimova

15 Oct, 06:02


We Teach kursini birinchisi tugadi 😍

Lekin o'zimam qanaqadir tugashini istamadim shu kursni. O'qituvchilar bilan ishlash menga rosssa yoqdiiii. Men ruhan o'sdim ular bilan😍

O'zim mazza qilyapman shu loyihamdan. Qanaqa zo'r qizmanaaaaaaa😇

Sojida Karimova

14 Oct, 10:37


Chet elda yashagan inson sifatida, chet elda zo'r, chiroyli tabiatni, inson uchun yaratilgan sharoitlarni hammasini sevgan inson sifatida chet elda doimiy yashashni tanlamasligimni, nima uchun shundayligini bugun sizga aytmoqchiman.

Turkiyada bir muddat o'qishim yuzasidan yashadim. Hammasi zo'r, dengiiiiz, tariiix, tabiaaat mazza edi.

Hozir Koreyada ham men va oilam uchun yashash sharoitlari, ishlash va pul topish imkoniyatlari juddayam ko'p. Hammasini yozsam vaqt yetmaydi.

Ammo lekin biroq men doim chet elda jamiyatni bir qismidek his qilolmaslikdan qiynalaman. Tilni bilsang ham, o'qib ishlasang ham, tarix va qadriyatlar, ayniqsa dining har xilligi uchun hech qachon sen shu jamiyatni bir qismi bo'lolmaysan.

Sen doim tashqaridan kelgan bo'lib qolaverasan. Bolalaring ham shunday, ularni bolalari ham shunday.

O'qish, vaqtincha ish, sayohat uchun kelish kerak. Dunyo ko'rish kerak, mazza qilish kerak, keyin uyga qaytish kerak.

@Sojida_Karimova

Sojida Karimova

14 Oct, 02:13


Shu kunlarda eng katta muammoying nima?

Men: Kutubxonaga ertaroq chiqib shu joyni egallash😅😂

Manga shu joy yoqadi, lekin doim odam bo'lardi. Bugun ertalabdan shipillab chiqib o'tirvoldim😍😍😍

Hammani hayotidagi eng katta g'ami shunchalik kichkiiina bo'lsiiiiin🥰

Sojida Karimova

12 Oct, 00:05


Avvallari Instagramda Amira Rashidovani kuzatardim. "Mening yangi go'zal tongim... Baxtlilarim..." kabi so'zlar ishlatsa qanaqadir g'ashim kelardi. Shunchaki sun'iy gapiryapti shekilli derdim.

Hamma o'zi qanaqa o'ylasa, qanaqa fikrlasa qolganlarniyam shunaqa deb o'ylaydi degan fikrga yana isbot bu. Men o'sha paytda kichkina oddiy narsalarga, quyoshni ko'rganimga, uyg'onganimga shukr qiladigan darajada emas edim. Shuning uchun uni fikrini qabul qilolmasdim.

Aslida inson o'zi qaancha baxtli bo'lsa, baxtini his qilsa, shuncha boshqalarga ham ilinarkan. Atrofdagilar ham u ko'rgan narsani ko'rishini istarkan. Endi endi yanayam anglayapman.

Hozir uyg'oniboq hayotimda shukr qilishim kerak bo'lgan yaxshi va chiroyli narsalarni qidiraman. O'ylayman, shukr qilaman.

Tartibsiiiz uyga e'tibor bermayman, shu uyni borligiga shukr. Shunaqa sovuuuqda ko'chada emasmiz.

Yeyishga narsa borligi, pulim borligi, farzandim borligi, uni sog'lomligi, turmush o'rtog'im borligi, telefonim, kiyimim, sog'lomligim... Hammasi uchun shukr deyman.

To'g'ri men bundanam ko'pini, yaxshirog'ini istayman. Unga harakat qilaman. Lekin berilganlariga shukr qilib, keyin yangilarini so'rash kerakligini angladim. Senga bergan narsalarini qadrlamasang Alloh ham so'raganlaringni bergisi kelmaydi.

Uxlashdan oldin ham hayotimda bo'lgan eng yaxshi narsalar, eng yaxshi ne'matlarni eslab keyin uyquga ketaman.

Sizga ham tavsiya qilaman❤️😍

Hamma baxtni his qilsin. Baxt aslida ichida ekanligini his qilsin. Aslida hech kim seni baxtli qila olmasligini, faqat va faqat o'zing ichingdagi baxtni kashf qilishing kerakligini hamma anglasin. Shukr qiladiganlaringiz ko'p bo'lsin❤️

Love you all😇
@Sojida_Karimova

Sojida Karimova

11 Oct, 12:49


Bugun bir tadqiqot haqida o'qidim:

Suvga turli so'zlarni qayta-qayta gapirib, ularni kristal holatini kuzatishgan ekan. Samimiy va yaxshi so'zlar eshitgan suv kristallari chiroyli va tiniq, yomon so'zlar eshitganlari qoraroq va sochilib ketgan tarzda bo'lgan ekan.

Xuddi shunday rock musiqasi ham suvni xunikroq kristalga aylantirgan. Tadqiqot Yapon olimi Masaru Emotoniki qiziqqanlar o'qishi mumkin.

Xulosa shundaki, inson tanasini katta qismi suvdan iborat. Inson ham tashqaridan kelayotgan yaxshi va yomon so'zlarga xuddi shunday yoki bundanam kuchliroq reaksiya bildiradi. Tanamizdagi turli kasalliklarning sababi ham stress va eshitgan yomon gaplarimizda.

Shuning uchun ham bolangizga, oilangizga, do'stlaringizga faqat va faqat yaxshi gapiring.
- Sizni yaxshi ko'raman.
-Siz bilan har doim baxtliman.
-Yaxshiyam borsiz.
-Rahmat hammasi uchun. Minnatdorman.

Kabi iliq gaplarni yaqinlarimizga aytaylik. O'zimizga ham aytaylik. So'zlaringizga ehtiyot bo'ling❤️

@Sojida_Karimova

Sojida Karimova

08 Oct, 11:49


Siz ham o'zingizga rahmat aytib turing. Har kuni, har bir ishda. O'ziga chiiin dildan minnatdor bo'lib rahmat aytolmagan inson, boshqalarga ham samimiy, dildan rahmat aytolmaydi.

Yana siz bilan doimo birga bo'ladigan inson bu siz, yaxshi va yomon kunlaringizda boshingizdan nimalar o'tishi, nimalarni his qilganingiz faqat o'zingizga ayon.

@Sojida_Karimova

Sojida Karimova

08 Oct, 11:45


Shu 3 yil uchun o'zimga rahmat aytmoqchiman❤️

Sojida, asalim, san shunaqa ajooyib, aqlli, Zo'r qizliging uchun rahmat. Shu 3 yilda orzuyingdagi sevgi ustiga qurilgan, tinch-totuv oila qurish uchun zo'r harakat qilding.

22 yil yashagan uyingni, oilangni, yaqinlaringni tashlab umuman begona joyga, begona insonlarga ko'nikding, moslashding. Bilmaganlaringni o'rganding. Xatolaringdan xulosalar qilding.

Ajoyib, samimiy, chaqqongina kelin, sevimli rafiqa va mehribon ona bo'la olding. Hali bundanam zo'r bo'la olasan, vaqt kerak.

Oilang tinchligi uchun jahling chiqsa jahl bilan ish qilmay, turmush o'rtog'ingga og'zingga kelgan gapni gapirib keyin afsuslanmading. Toqatidan ortiq talab qilmading. Uning qadriyatlari, fikrlariga moslashding.

Sen ajoyib qizsan va hozirgidanam million barobar ortiq baxtlarga loyiqsan😍❤️

Doim shunaqa hayotingga shukr qilib, olg'a intil. Seni hali buyuk ishlar, o'zing ham tasavvur qilmagan baxtlar kutyapti😇

Xurmat bilan ichingdagi odamcha😌
@Sojida_Karimova

Sojida Karimova

08 Oct, 10:55


My happiest 3 years with you🙃