𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧 @farohun Channel on Telegram

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

@farohun


Mualliflik huquqiga amal qiling!

Murojaat: @Farohun_feedbackbot

Farohun: Discovering the World of Literature (Uzbek)

Farohun kanali o'qituvchilar, yozuvchilar va o'qituvchilarga yoqadigan har qanday ko'p sahifalarni alohida bir joyda to'plangan Telegram kanalidir. Bu kanalda yangi kitoblar, darsliklar, maqolalar va boshqalar haqida ma'lumotlar paydo bo'ladi. Farohun kanalida o'qiydigan kitoblar sizni oliy malakaga erishishda yordam beradi va so'nggi yozma uslublari haqida yangiliklar bilan ta'minlaydi. Bu kanal sizning intellektual rivojlanishingizda yordam beruvchi odamdir. Farohun kanaliga obuna bo'ling va adiblar jahonida bir qadam oldinga yurging!

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

18 Feb, 03:36


Samimiylikka qaytishimiz kerak, asl qadr-qiymatga ega boʻlgan narsalarni anglashimiz va yodda saqlashimiz zarur.
Haqiqiy hayot—yangiliklar tasmasida koʻrayotganimiz emas, qalbimizda, atrofimizda sodir boʻlayotgan narsalarda ekanini tushunish—ahamiyatli.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

17 Feb, 15:49


Sborni tezroq yopishda koʻmakchi boʻlinglar.
Amallarimiz orasida, aynan shunday yaxshiliklar qoladi

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

17 Feb, 05:14


Yaxshilik qiluvchilardan boʻling.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

17 Feb, 04:36


Siz xato qildingiz.
Adashdingiz va kuydingiz.
Keyin armon boʻlmasin deb, yana xarakat qildingiz va…yana kuydingiz.
«ha mayli, hech qisi yoʻq» deysiz..

Keyin yana adashasiz, yana va yana..
Bu holat toki siz ortiq chidolmasligingizni, yana xarakat qilishdan qoʻrqishingizni anglab yetmaguningizgacha davom etadi.
Garchi sizga muvaffaqiyat kafolati berilgan boʻlsa ham, bundan oldingi xarakatlardan qolgan chandiqlarni unutolmaysiz…bu sindiradi..bu xarakat qilib koʻrish yoki adashishdan boʻlgan qoʻrquv emas, yana ogʻriq his qilish, yana kuyib qolishdan, oʻzligingizni boshqa topolmaydigan darajada yoʻqotishdan qoʻrqish..
Xato qilishdan emas, aslida shu hislardan qoʻrqasiz.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

16 Feb, 13:09


Assalamu alaykum va Rohmatullohi va Barokatuh…
Oʻzimning yaqin birodarimning onasiga sbor ochyapmiz.
Oyoqlari gonoartrozning oxirgi darajasi. Oyoqlar ishib, yurolmay qolganlar. Ogʻriqdan tunlari uxlolmay oʻtirib chiqadilar.
Suyaklardagi suyuqlikni ta’minlash uchun kerakli dori-darmonlariga sharoitlari yetmayapti.
Shu sabab biroz yordam qilmoqchimiz.

Xohlagan odamlarga danniylari tashlab beriladi, kanalga bunaqa qoyishimiz ummuman xohlamadilar, biz esa qoʻlimizdan kelgan sababni qilyabmiz, qolgani Allohdan In shaa Alloh. Ehsonning mukofoti ehsondur


9860340101177178

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

15 Feb, 07:47


Uyda yolgʻiz qolib ketsang ham, yolgʻizlikdan zavqlanishni va toʻgʻri foydalanishni bil.
Bir finjom choy quy, senga foydasi tegmaydigan insonlarni qoʻy, dinda sobit boʻl, vaqtingga eng qiymatli narsadek qara, oʻzingga ham, boshqalarga ham foyda keltirishga intil.
Insonlarga boʻlgan sevgini—asosiy tashvishing deb bilma.
Zero, qalb—oʻzgaruvchan.
Bugun seni sevib, ertaga sendan nafratlanishi mumkin.
Hamma narsada yaxshilikni qidirishga, koʻra olishga harakat qil.
Arzimas narsalardan ham xursand boʻlishni oʻrgan.
Hayoting uchun oʻzing javobgarsan, uni qanday kechirishga ham, oʻzing qaror berasan.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

13 Feb, 08:49


Haqiqiy lyuks hayot bu:

✔️yaxshi koʻrgan insonlaring bilan boʻlish
✔️tashvishsiz tong ottirish
✔️hotirjam qalb
✔️issiq qahva yoki choy
✔️uyda pishgan ovqatlar
✔️toza havo
✔️shaxsiy kun tartibga ega boʻlish
✔️totuvlik
✔️yoqtirgan kitoblaring boʻlishi…💜

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

11 Feb, 03:14


Siz chiroyda tengi yoʻq, aqlli, iqtidorli, qiziqarli va badavlat boʻlishingiz mumkin, lekin bularning barchasi—yoningizdagi inson siz bilan oʻzini yaxshi his qilmasa, oʻz ahamiyatini yoʻqotadi.
Sizdagi ijobiy energiya, insonni qoʻllab-quvvatlay olish, unga ishonch singdirish qobiliyati, uni qadrli va kerakli his qilishiga majburlash—mana nimalar aslida muhim.
Inson uchun sizdagi bor narsalardan koʻra, sizning yonidagi holati e’tiborliroq.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

10 Feb, 04:28


Agar baxt—muammo va sinovlarning yoʻqligida deb oʻylasak, bunday baxtni butun umrimiz davomida kutib yashashimizga toʻgʻri keladi, u esa, hech qachon kelmaydi)
Baxt haqidagi bunday tushunchalar yaxshi yashashga halaqit beradi rostini aytsam.

Allohning paygʻambarlari nafaqat insonlarning eng yaxshilari—balki, eng baxtlilari ham edi. Nima sababdan?
Qiynalmaganliklari uchunmi?, Yoʻq, aynan ularning zimmasiga eng ogʻir sinovlar tushgani uchun.

Xayrli tong, sinovdagi qadrdonim, ushbu xabardan keyin biroz boʻlsa-da koʻnglingiz taskin topdi degan goʻzal umiddaman 🙂💞

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

10 Feb, 04:25


Ushbu xabarni diqqat bilang oʻqishingizni tavsiya qilaman.

«Qachon hammasi tugaydi?» —deymiz sinov paytida nazoratimizni yoʻqotib.
Ovozimizni chiqarmasak-da, hayolimiz yoki qalbimizdan oʻtkazamiz.
Hayotimizni toʻldirib turgan qiyinchiliklarning yakunini umid bilan kutamiz.
Lekin, yakun yoʻq.
Toki hayot ekanmiz, ular tugamasligi ham mumkin.
Biz hayotimizdan mushkula, yoqimsiz vaziyat va qiyinchiliklarni shunchaki xohishimizga koʻra chiqarib tashlolmaymiz.
Biz, shaxsiy fikrlarimiz va ularga boʻlgan munosabatimizni oʻzgartira olamiz xolos.

Muammolar turli, lekin ular hammada bor, zero har bir tirik jonga oʻzi toqat qila oladigan sinovdan ulush yozilgan.
Aytganimdek, sinovlar turli xil boʻlishi mumkin.
Bu—biz nimagadir qabul qilishimiz va anglashimiz qiyin boʻlgan oddiy haqiqat.
Shu sabab ham, oʻzimizdan holati yomonroq boʻlganlarning hayotiga nazar solish—foydali.

Ishoning, sizning muammoingizda qandaydir unikallik yoʻq, dunyoning har xil nuqtasida minglab odamlar huddi shunday muammoga duch keladi, hattoki ularning bazilari uchun vaziyatiga qarab, bu sinovni yengib oʻtish ogʻirroq boʻlishi mumkin.
Biz, qiyinchiligimizda yagona emasmiz, demak, holatimizni oʻta ogʻirdek qabul qilib, hayolimizga: «albatta, tanasi boshqa dard bilmaydi-da, unga gapirish oson» kabi fikrlarni keltirish uchun sabab yoʻq.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

08 Feb, 05:05


Moddiy narsalarning hech biri sizdagi ruhiy boʻshliqni toʻldirolmaydi.
Hech qachon munosabatingizni moliya orqali ushlab qololmaysiz.
Farzandidan ruhan uzoqlashgan ota-ona bolasining sevgisini “sotib” ololmaydi.
Turmush oʻrtoqlar oʻrtasida ulkan ruhiy chegara bor ekan, moddiy manfaatlar nikoh rishtalarini mustahkamlab berolmaydi.
Ilon Maskdan uch barobar boy boʻlmaysizmi, sizdagi boylik qalbingizdagi ruhiy boʻshliqning oʻrnini toʻldirolmaydi.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

06 Feb, 13:58


Ba’zida uzoq-uzoqlarga koʻchib ketging keladi.

Hammadan uzoqqa.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

06 Feb, 03:20


«Choʻntagim toʻla yomgʻir hidli yulduzlar bilan keldim,

Umrbod qolasanmi?»

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

05 Feb, 05:23


Jamiyatimizdagi muammolardan biri— erkak oʻziga ideal ayol istaydi, ayol ham ideal er xohlaydi.
Lekin tushunishmaydi-ki, Alloh ularni bir-birini toʻldirib turishi uchun yaratgan.

📎Mukammal inson yoʻq, oʻzaro bir-birini tushunadigan, murosaga keladigan, bir-birini ozorlashdan qoʻrqadigan mukammal munosabat qurishingiz mumkin.

📎Ayolda erkakning qaltisliklarini koʻrmaslikka olish, tushunish va kechirish kabi oqillik bor.
Erkakda ayolning zaifligi va ojizligini kechirib, uni boricha qabul qilish uchun kuch bor.

Amal qilinsa, aslida barchasi oson.
Biz hayotimizni oʻzimiz qiyinlashtirib oʻrganib qolganmiz.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

01 Feb, 13:18


Yaxshi nikoh—barpo qilinadi.
Bir-biriga e’tibor asal oyi tugashi bilan tugab qolmasligi kerak.
Butun umr davom etishi zarur boʻlgan narsalar bor, masalan: bir xil maqsadlar, umumiy qiziqishlar, hayot yoʻlini birga bosib oʻtish niyati, baxtiyor oila ramzi boʻlmish sevgi doirasini tashkil qilish, bir-biri uchun majburan emas, evazsiz va muxabbat ila yaxshilik qilish, soʻzlarni oʻylab gapirish, minnatdor boʻlish, ruhiy yaqinlik uchun vaqt ajratish, ilmiy suhbatlarga mavzular topish kabi ishlar toʻxtab qolmasligi kerak.
Gap faqat turmushga chiqib olish yoki uylanishda emas, asosiysi—tanlaganingiz sizning insoningiz boʻlsin.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

31 Jan, 03:19


Hayot—uni kim bilandir boʻlishish uchun mavjuddir.
Hamma narsani—hislarni, hayollarni, ozgina qaygʻu va dardni teng baham koʻrish uchun.
Madinaning osmonini, Ka’baning viqorini, yaxshi koʻrgan filmingni birgalikda koʻradigan insoning boʻlmasa, «hozir hammasini aytib beraman» deydigan insoning boʻlmasa—hammasi oʻz ma’nosini yoʻqotadi.
Kim nima desa desin, biroq..qabul qilinish, sevilish—goʻzal hislardan biri.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

30 Jan, 03:12


Kartamizning holati

Qancha tez yigʻilsa, shuncha tezroq sborni yopib haqdor insonga haqqini topshirar edik.
Iltimos befarq boʻlmang, e’lonni tarqatishda yordam bering.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

29 Jan, 17:33


Assalamu alaykum!
Ushbu murojaatimiz sahovatpesha insonlarga qaratilgan.
Koʻp ehson postlar qoʻyavermaymiz, tekshirib, ishonchlilarini joylaymiz.

Navbatdagi ehsontalab opamizga ham, yordamimiz kerak.
Tashxis—taxikardiya, artrit va artrozning oxirgi darajasi. Suyaklar qiyshayib ketgan. Ogʻriqlar juda kuchli.
Onkologiyada roʻyhatda turadilar, koʻkrak qismida bez mavjud.
Boquvchisi yoʻq, turmush oʻrtogʻi tashlab ketgan. 4 ta farzandi bor.
Hozirda dori-darmonlar uchun qarzdorliklari mavjud.
Sharoitlari yoʻqligi uchun bu oygi muolajaga ham pul topolmayaptilar.
Hech boʻlmaganda, shu qarzlaridan qutilishlariga va muolaja olishlari uchun pul yigʻib berishimiz kerak.
Befarq boʻlmang.
Alloh dardni istagan bandasiga berishi mumkin, lekin muhtojlarga yordam qilishni har kimning ham qalbiga joylamaydi.
Muborak oylarda savobli ishlarga qoʻl uraylik!

9860080118498379

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

29 Jan, 08:34


Shayton hali sodir boʻlmagan narsalar uchun tashvishlanishimiz va havotirga tushishimizni juda xohlaydi.
Ishda boshliq nima deyishi, doʻstimiz qanday yoʻl tutishi, farzandimiz oʻqishga kira olishi yoki kira olmasligi haqida oʻylab hotirjamligimizni yoʻqotishimizni istaydi.
Shayton—kelajak—bu sizning nazorat nuqtangiz ekaniga sizni ishontirishga urinadi, goʻyo sizning hayol va havotiringizdan biror narsa oʻzgarib qoladigandek.

Oʻzingizga cheksiz savollar bera boshlaysiz, “ishdan ayrilsam-chi?” “Shuncha xarakatim zoe ketsa-chi?”—bu savollarning barchasi tuzoq.
Ular bizga yechim bermaydi, aksincha gumon, qoʻrquv va umidsizlik sari yetaklab boradi.

Shayton hamma narsani nazorat qiladigandek yashashimizni xohlaydi.
Ertangi kunimiz qanday oʻtishi, atrofdagilarning xarakatlari, qoʻlimizdagi narsalarning kelib-ketishini yolgʻiz oʻzimiz nazorat qilishimiz kerakligiga oʻrgatadi.
Aslida esa, biz na boshqalar va na oʻzimizning hayotimizga hokim emasmiz.
Barchasi Alloh taoloning irodasi bilan sodir boʻladi.

Robbim bizning yoʻlimizni belgilab boʻlgan.
U ertaga nima boʻlishini, nimalardan oʻtishimizni, nimalarni yoʻqotib, nimalarni qoʻlga kiritishimizni biladi.
U bizning tasavvurimizdan-da kengrogʻini koʻra oladi va Uning rahmati bizning qoʻrquvlarimizdan buyukroq.

Qudratingiz yetmaydigan narsalar ustida bosh qotirib, tashvishlanishni bas qiling.
Sizning mas’uliyatingiz—niyat va amalda ekanini qabul qiling.
Bir insonni dindor boʻlishiga majbur qilolmaysiz, lekin unga oʻrnak boʻla olasiz.
Boshqalarning qalblarini oʻzgartirolmaysiz, lekin ularga sevgi va sabrni koʻrsata olasiz.
Hayotingizdagi toʻfonlarni toʻxtata olmaysiz, lekin uning ichida oʻzingizni iymon bilan mustahkamlay olasiz.

Allohga ishoning, U eng yaxshi boshqaruvchi.
Tavakkulingiz yoʻqolib ketishiga yoʻl qoʻymang.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

27 Jan, 05:00


Menimcha, ertami kechmi har bir insonning hayotida, barchasini nazoratga olish davri boʻladi.
Oʻzingizga nisbatan hech qanday yordamni, gap-soʻzlarni qabul qilishni xohlamaysiz.
Mas’uliyat his qila boshlaysiz.
Yosh bola emasligingiz, allaqachon ulgʻayganingiz, oʻzini tutishni, toʻgʻri fikrlashni biladigan katta inson ekaningiz haqidagi tushuncha kela boshlaydi.
Bu hayollarning barchasi tinchlik bermaydi va natijada siz…

oʻylaysiz, oʻylaysiz, oʻylaysiz,
oʻylaysiz, oʻylaysiz, oʻylayverasiz.

Sizga xulqingiz, fikrlaringiz, hayot tarzingiz, qalbingiz va tanangizning holati, vaqt oʻtkazishingiz, ba’zi insonlar bilan foydasiz suhbatlaringiz yoqmay qoladi. Oʻzgarishga kirishasiz.

«ey Rahmdil Allohim, atrofimdagi barcha insonlarni Oʻz panohingda asra» degan duoingiz—oʻzingiz sezmagan holda, “Sendan uzoqlashtiradigan barcha narsadan meni uzoq qil" degan duoga aylanadi.

Oʻzingiz sezmagan holda ilm—lazzatliroq, uy esa—eng hotirjam maskanga aylanadi.

Oʻzingiz sezmagan holda, ba’zi insonlarni tark etasiz.
Katta hayot bu.

Oʻzingiz sezmagan holda, musiqaning oʻrnini—darsliklar, ma’vizalar, serial va kinolar oʻrnini esa—kitoblar bosadi.

Oʻzingiz sezmagan holda, barcha iliq tuygʻularingizni—duolaringizgagina chiqarishni boshlaysiz.

Oʻzingiz sezmagan holda, kiyimlaringiz kamtar va bejirim, nigohlaringiz esa faqat yaxshilikni koʻrishga odatlanadi.

Oʻzingiz sezmagan holda haqiqiy baxtni his qilishni va Allohga chinakam shukr keltirishni boshlaysiz..

Ulgʻayishning goʻzal taraflaridan biri ham shu menimcha.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

22 Jan, 03:16


Rizqning eng goʻzal shakli—aslida pul emas.
Koʻngil hotirjamligi, tana salomatligi, qalb pokligi, ona duosi, ota mehri, sizni Alloh uchun yaxshi koʻradigan insonning, siz uchun qilgan iltijosi.
Bu—hech qanday pulga sotib olib boʻlmaydigan narsalar.
Alloh bizga aynan shunday shakldagi rizqdan ato etsin.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

20 Jan, 04:15


Nima uchun Alloh sabrlilarni sevadi?

Chunki, sabr—bu ishonch.
Qalb ogʻriqdan yorilay deyotganda, ong har xil chiqish yoʻllarini qidirayotganda, sabr—har bir musibatga javoban sokin bir ibodatga aylanadi.

Sabr—Alloh bilan suhbat, bizning: «qiyin boʻlsa ham, Senga ishonaman, ogʻrisa ham, azob bersa ham ishonaman» degan ovozimiz.

Sabrli insonlar bogʻbon kabidir: ekkanining mevasini darrov olishga shoshilmaydi, biroq qilgan sabrining ajri—eng goʻzal bogʻlar koʻrinishida kelishini bilgan holda, qalbining har bir bargiga, gʻamxoʻrlik qilishdan charchamaydi.

Alloh sabrlilarni sevadi chunki ular, yoʻllar boʻsh va ayozli boʻlib qolsa ham, Robbisi tomon yurishdan charchamaydilar.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

18 Jan, 05:27


Kimdir dunyodan yopilib qolishining sababchisi boʻlmang.
Kimningdir ishi yoki oʻqishida yomon kun boʻlishiga sababchi boʻlib qolmang.
Boshqalarning oʻziga boʻlgan ishonchi sinishining sababchisi boʻlmang.
Kimdir oʻzligini unutishining sababchisi boʻlmang.
Kimningdir koʻz yoshlarining—sababchisi boʻlmang.
Kimdir yaxshi koʻrgan ishini tashlab yuborishiga sababchi boʻlib qolmang.
Sevgiga ishonmay qoʻyishlarining sababchisi boʻlmang.
Oʻz orzu va niyatlariga ishonmay qoʻyishlarining sababchisi siz boʻlmang.
Doʻstlikda raqobat paydo boʻlishining sababchisi boʻlmang.
Yaxshilik, yaxshi insonlar borligiga ishonmay qoʻyishlarining sababchisi boʻlmang.

Har doim insonlarning qalbida yorugʻlikning manbai boʻlishga harakat qiling ☀️😄💞

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

18 Jan, 03:49


Shunday vaziyatlar boʻladi-ki, toʻgʻri qaror va oqil fikr—ba’zi bizga uzoq boʻlmagan insonlar tomonidan qoʻrqoqlikdek qabul qilinadi.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

16 Jan, 06:20


Allohim Gʻazo ahlining xursandchiligini davomiy qilsin.
Gʻam-anduh va ulkan yoʻqotishlarning oʻrnini eng goʻzal shaklda toʻldirsin.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

15 Jan, 12:07


Hayotida hammasi 100% yaxshi boʻlgan inson yoʻq. Shunchaki ba’zilar eng ogʻir davrlarni ham sukut saqlab oʻtkazib yuboradilar.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

15 Jan, 07:35


Shunday yoʻllar boʻladi-ki, ularni yolgʻiz bosib oʻtishingiz kerak.
Doʻstlar, oila, sheriksiz, faqat siz va Alloh.
Bunday yoʻllarda shaxsiy qoʻrquvlarimiz, shubha, kutuv va afsuslarimiz bilan toʻqnashamiz.
Aynan shunday paytlarda qaror qabul qilishni, mas’uliyatni oʻz zimmamizga olishni va oʻzimizda kuch topishni oʻrganamiz.

Yolgʻiz bosib oʻtiladigan yoʻllar bizga kerak..

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

14 Jan, 03:19


Sovuq soʻz eshitgan koʻngil—qirq yoz koʻrsa ham isimas ekan.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

13 Jan, 04:20


Sizni yaralagan, dilingizni ogʻritgan narsalarni qoʻying, unuting, ketsin.
Lekin ular bergan dars—har doim yodingizda tursin.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

12 Jan, 02:26


Sizdan oldinda boʻlgan insonlar bilan oʻzingizni solishtirayotganingizda, adolat uchun, albatta sizdan ortda boʻlgan insonlarning holati haqida ham oʻylab koʻring.
Hech qachon oʻzingizga past baho bermang.
Eng kamida, sizda bor imkoniyatlar millionlab insonlarning orzusi yoki armoni ekanini unutmang.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

10 Jan, 07:23


Ustoz Odinaxon Muhammad Sodiq tarjimonligi ostida ilm olib, shahodatnomaga ega ustozaning kurslari, yozilib oling 🌷

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

10 Jan, 07:14


Shoshiling! Faqat 2ta guruh!

Agar siz
Qur’onni 0dan o‘rganishni istasangiz, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Ayollar uchun maxsus kursimizda faqat ikki guruh qabul qilinadi.

Ustoza haqida:
• 2 yillik
tajriba
Turkiyada malakali ustozlardan Qur’on bo‘yicha dars olgan
Islomiy universitet 1-kurs talabasi va online madrasada 3-kurs talabasi

Qur’onni noldan
va tajvid bilan o‘rganing.
Joylar cheklangan!

Darslar haftada 3kun boʻladi.


Qoʻshimcha ma’lumotlar uchun:
@manager_4q


Shoshiling,ilk dars bepul! 🌙
Guruh linki;
https://t.me/+EuX5QrboNTYzNDgy
https://t.me/+EuX5QrboNTYzNDgy
https://t.me/+EuX5QrboNTYzNDgy
https://t.me/+EuX5QrboNTYzNDgy

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

10 Jan, 03:50


Alloh qalbingiz gullashi uchun qanday “tuproq” kerakligini yaxshi biladi.
U hayotingizga turli odamlarni yuboradi: sizni sevuvchilarni, tark etuvchilarni, ilhom beruvchilarni, sizdan shubha qiluvchilarni va sizga ishonadiganlarni.
O‘zining cheksiz muhabbati va ilmi bilan, U ba’zan boshqalar sizga ozor yetkazishga yoki qalbingizni ogʻritishiga izn beradi, lekin bu bilan sizni sindirishni emas, balki sinovlar orqali yashirin va kuchli tomonlaringizni ochishingizni xohlaydi.

Rosululloh sollallohu alayhi va sallam:
«Agar Alloh bir bandaga yaxshilikni xohlasa, uni sinovlarga duchor qiladi» deb marhamat qilganlar.

Hayotingizdagi har bir sinov—sizni sindirmasin.
Aksincha, sizning kuchli tarafingiz, sizdagi yaxshi sifatlarni ochilishiga sabab boʻlsin.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

09 Jan, 07:08


Sahifada noodatiy rubrika—goʻzallikka oid postlar ham boʻlib tursinmi?
Pochinni, koʻz atrofiga qilinadigan parvarishdan boshlaymiz unda ☕️

Birinchi oʻrinda, koʻz atrofi uchun ideal parvarish vositasini toping!

Koʻz atrofining parvarishi—yoshlik va tetik nigohlar uchun muhim qadam.
Toʻgʻri vosita tanlash sizning yoshingiz ehtiyojlariga bogʻliq.
Ayol kishining yuzi 25 yoshdan keyin ajinga moyil boʻlib qoladi. Bu yoshga qadar qizlar yuzlarini yaxshilab namlab yurishlari tasviya qilinadi. Sababi—yuz qancha quruq boʻlsa, shuncha ajin koʻpayadi.

➡️25 yoshdan keyin:
Gialuron kislota va termal suv asosli yengil gel, flyuid yoki serumlar tanlang.
Bu mahsulotlar terini chuqur namlab, uni qurib ketishidan himoya qiladi.

➡️30 yoshdan keyin:
Antiage ya’ni qarishga qarshi—peptid va vitamin asosli vositalar qidiring.
Peptidlar gidrolipid qatlamni tiklaydi, vitaminlar esa terini oziqlantiradi.
Kofein shishlar va koʻz atrofidagi qoramtir doirachalardan xalos boʻlishga yordam beradi.

➡️40 dan keyin:
Kollagen, retinol va kuchli gidrofiksatorli vositalar mos keladi.
Ular terini taranglashtirib, tekislaydi va uning elastikligini tiklaydi.

🌟 Muhim eslatma:

🌟Mahsulot—dermatolog yoki oftalmologlar tomonidan sinovdan o‘tganligiga ishonch hosil qiling—bu ma’lumot esa, qadoqda ko‘rsatilgan boʻladi.
🌟Sizning teringizga tushuvchi ideal vositani tanlash uchun, kosmetolog bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

O‘z teringizga munosib shaklda g‘amxo‘rlik qiling ❤️

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

07 Jan, 04:34


Bir kun kelib, Allohning marhamati bilan qalbing huzurga erishadi, uning ortidan esa uzoq kutilgan xursandchilik ham keladi)

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

06 Jan, 04:06


🌷 Erkakning ham ayolning ham fitratiga qarab, oʻziga xosliklari bor.
Agar juftlar oʻzaro xohish istaklarini bilib, ularni inobatga ola bilsa, oiladagi muammolar ancha kamayadi.

➡️Erkaklarga minnatdorchilik kerak, ayollarga e’tibor.
➡️Erkaklar uchun hurmat muhim, ayollar uchun gʻamxoʻrlik.
➡️Erkaklarga ularga boʻlgan ishonch kerak, ayollarga esa himoya.
➡️Erkaklarga dalda muhim, ayollarga oʻziga boʻlgan ishonch.
➡️Erkaklarga sadoqat kerak, ayollarga vafo.
➡️Erkaklarga hayratlantirish muhim, ayollarga samimiyat.
➡️Erkaklarga erkinlik kerak, ayollarga keraklilik hissi.
➡️Erkaklarga qabul qilinish muhim, ayollarga mexr.
➡️Erkaklarga vaqt kerak, ayollarga qadr.
➡️Erkaklarga natija muhim, ayollarga jarayon.
➡️Erkaklarga rostgoʻylik kerak, ayollarga hissiy yaqinlik.
➡️Erkaklarga rahbarlik muhim, ayollarga xavfsizlik.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

06 Jan, 04:00


☁️☁️☁️☁️ ☁️☁️☁️☁️☁️☁️☁️ 🥐

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

04 Jan, 04:33


Nima boʻlganda ham, insonning—unga mandarin va anor tozalab beradigan insoni boʻlishi kerak))

👍

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

03 Jan, 03:35


Hayotingdan seni hurmat qilmaydigan va qadrlamaydigan insonning ketishini—yoʻqotish emas, natija deb qabul qil.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

01 Jan, 04:53


Qalbning shunday tartibsizligi bor-ki, uni faqat Allohga intilish bilan isloh qilsa boʻladi.
Qalbning shunday boʻshligʻi bor-ki, uni faqat Alloh bilan suhbat toʻldiradi.
Qalbning shunday qaygʻusi bor-ki, uni faqat Allohni tanish hamda Unga itoat qilish quvonchi ketkazadi.
Qalbning shunday vahimasi bor-ki, uni faqatgina Allohga qochish tinchlantiradi.
Qalbning shunday afsus alangasi bor-ki, uni faqat Allohning qadariga rozilik oʻchira oladi.
Qalbning shunday buyuk bir ehtiyoji bor-ki, toki yagona maqsad Allohning roziligi boʻlmas ekan, uni qondirib boʻlmaydi.
Qalbning qashshoqligi bor, uni faqat Allohning muhabbati, tavba, doimiy zikr—boyitadi.

Inson qalbidagilardan iborat—qalbida qanday hastalik boʻlsa, davosi—Alloh.
Qalbida qanday goʻzallik boʻlsa, sababi ham—Alloh.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

31 Dec, 03:57


Yil sarhisobi:

Gʻazoda oʻldirilgan bolalar soni—butun yer yuzida 5 yil ichida oʻldirigan bolalar sonidan koʻproq.

Hasbunallohu va ni’mal vakiyl!

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

30 Dec, 08:28


Hafsala pir bo'lishi—daxshatli his.
U bir zumda kelib qolmaydi, sekin asta, soatlar sayin, kunlar, haftalar ba'zan esa, yillar davomida yig'iladi.
U insonning qalbini har bir ozorli so'z, yaqinining hiyonati, haqsiz munosabati bilan, ba'zan esa, aksincha, umuman so'zsizlik, harakatsizlik, befarqlik va hissizlik bilan to'ldiradi.
Yaqin insonlarimizni ancha vaqtgacha oqlashimiz, ularning muammolari bilan yashashimiz, oxir oqibat esa ularning har bir xatosini kechirishimiz mumkin. Umidsizlik esa bora-bora, qalbimizni egallab oladi.
Tasodifiy zarbadan parchalanib ketadigan, o'ta zaif bir qobiqqa aylanib qolmaguncha, ruhimiz ich-ichidan kemirilib boraveradi.
Oxirgi bir qadam.. so'nggi marta kechirish, baxt tilash, ammo u hayotda ortiq ishtrok etmaslik qoldi xolos..

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

29 Dec, 05:23


Bunday goʻzallik uchun, albatta @qamarbooks ga tashakkur!

Eng yaxshi hadiya kitob ekanini bilarmidingiz?😊
Doʻkonni oʻzida, hadiya uchun olgan kitoblaringizni juda jamiyl qilib gʻiloflab, hadiyabop holatga keltirib berishadi)

https://t.me/qamarbooks

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

27 Dec, 12:06


Avvallari nasihat qilgan insonga minnatdorchilik bildirilardi, bugun esa nasihatni qabul qilgan insonga rahmat aytish kerak boʻlib qoldi.
Bizning davr—ilk “tarsaki” qabih ish qilganning yuziga emas, “Allohdan qoʻrq” deganning yuziga tushiriladigan davr.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

01 Dec, 08:44


Tong.
Ota uyingdasan.
Oshxonadan kulgu, onang va yaqinlaring oʻrtasidagi suhbat eshitilib turibdi.
Nonushtaning yoqimli hidi sezilyapti.
Jiyaning yugurib kirib seni nonushtaga chaqiryapti.

Onang esa oshxonada quymoq pishiryapti. Maxsus sen uchun.
Senga yoqadiganidan.
Ichiga qulupnayli murabbo solib yiyishing uchun.

Va sen shu ondan e’tiboran ortiq ona, rafiqa boʻlishdan toʻxtaysan. Yana kichkina, erkatoy qizga aylanasan.
Yoningda oʻz farzandlaring “oyi” deb tursa ham, sen oʻzingni yana bir onaning erka qizidek his qilasan.

Boshqacha his.

Ota-onamiz tirik ekan, biz hali hamon bola boʻla olamiz..


Aytgancha, tong allaqachon oʻtib, tushlik ham tugab boryapti ekan 😄

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

29 Nov, 04:46


Ey qalbim, yangi kunlar bizga nimalar keltirishini aytib beraymi?
Yaxshi insonlarni, faqat ularga gʻarq boʻla koʻrma iltimos.
Yaxshisi, sukunatda tabassum qil va oʻzingni yoʻqotib qoʻymaslikka va’da ber.

Qalbim, ey mahzun va begʻaraz qalbim..imkoni boʻlganida sen ogʻrib azob chekmasliging uchun kalendarning butun sanalarini oʻzgartirib yuborardim, eng ahmoqona va oʻylamay qilgan ishlarimni yoʻqqa chiqarardim..
Ammo imkonim yoʻq..
Kechir..

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

25 Nov, 13:02


Har bir oilada kelishmovchiliklar yuzaga keladi. Sabablari turli bo'lishi mumkin. Shunday paytlarda odamda insoniylik tuyg'ulari saqlanib qolishi muhim.
Kelishmovchiliklar paytida ba’zi narsalarga amal qilishni oʻrgansangiz, eng ogʻir davrlarda ham birdamlikni yoʻqotmaysiz inshaAlloh.

🌟Eringiz yoki ayolingizni dushmanga aylantirib olmang.
Esingizda tursin, sizlar bitta jamoada oʻynaysiz, ikkalangiz ham bu munosabatlarni yaxshilashga xarakat qilyapsiz.
Muhim narsa—sizlar bir-biringizga emas, muammoga hujum qilishingiz kerak.

🌟Bir-biringizni magʻlub qilishga urinmang.
Har xil fikrlar kimnidir aybdor yoki kimnidir haq qilib qoʻymaydi.
Shuningdek bu ikkingizdan biringiz yaxshiroq, boshqasi esa yomon ekanini koʻrsatgichi emas.
Sizlar har xil dunyo qarashga ega boʻlishingiz, har xil fikrlashingiz mumkin va bu normal holat.

🌟Juftingizni oʻzgartirolmaysiz, lekin oʻzingizdagi reaksiyani oʻzgartirolasiz.
Yaxshi koʻrgan insoningizni toʻgʻirlamoqchi boʻlish ortida aslida uni nazorat qilish yashiringan boʻladi.
Oʻzngizni soʻzlarizingiz va xarakatlaringizni nazorat qiling yaxshisi, shunda ijobiy natijaga erishasiz.

🌟Yaxshi inson boʻlish—haq boʻlishdan afzalroq.
Eshitishni oʻrganing, isbotlashni emas.
Itoat qilishni oʻrganing isyonni emas.
Gʻalabaga emas, turmush oʻrtogʻingizni tushungizga diqqat qarating.
Oʻylab koʻring, yaqin insoningizni yengish siznii baxtli qilib unga yanada yaqinlashtiradimi?

🌟Sukut va befarqlik faqatgina ogʻriqni kuchaytiradi.
Juftingizni jimlik va befarqlik bilan jazolashdan afzali dildan gaplashib, xafagarchilik yukidan xalos boʻlish.

🌟Kelishmovchiliklarsiz imkonsiz.
Konstruktiv inqiroz paytida albatta murosa qilish—ikkala inson ham ruhan rivojlanayotganini, oʻz pozitsiyasini toʻgʻri qoʻyganini bildiradi.
Bu kabi holatlar munosabatlar uchun foydali va hattoki kerak.
Muhimi—kechirishni, qoʻllab quvvatlashni va har bir urushdan keyin yana bir-biringizga qaytishni bilish.

🌟Asl sababibi qidiring.
Tez-tez boʻlib turadigan janjallarni sababi koʻp hollarda yuviqsiz idishlar yoki uyga kech qaytish emas.
E’tibor, qoʻllab quvvatlash va tushinish kabi tuygʻularning yetishmasligida.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

24 Nov, 09:05


Ichingizdagi huzur va sakiynatga erishish uchun yolgʻizlikda qanchadan qancha janglarni oʻtkazganingizni hech kim bilmaydi)

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

23 Nov, 05:04


Juftining qarindoshlari bilan sogʻlom munosabat qura olish—baxtli hayotning bir qismi.

Agar oilaviy munosabatlarda juftlardan biri boshqasining ota-onasiga nisbatan behurmat boʻlsa, ushbu munosabatlar buzilishga mahkumdir.
Nikoh qurgan har bir erkak va ayol turli sharoit va muhitlarda oʻsib, oʻzi mansub boʻlgan oilaning urf-odatlariga toʻyingan. Oilalar—bir-biridan farq qilishi tabiiy.

Shunchaki, mukammal inson yoʻq ekanini unutmaslik kerak.
Ammo, hurmat va ehtiromni inson ichida yetishtira oladi.
Oilada insoniylik, kattalarga hurmat, kamchiliklarga koʻz yumish degan narsalar boʻlsa—saodat eshigi yopilmaydi.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

21 Nov, 04:31


Maysalar ovoz chiqarmay oʻsadi.

(va gap maysa haqida emasdi)

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

20 Nov, 05:40


Ayol Allohning qarshisidagi holatini isloh qilsa, Alloh ham uning dunyodagi ishlarini isloh qilib qoʻyadi.
Turmush oʻrtogʻini, farzandlarini, uni qiynayotgan barcha narsani.
Farzandlari solih boʻlishida unga Yordamchi boʻladi.

Bordiy-u, doimiy ravishda serial yoki instagram tomosha qilsa, bozorlardan chiqmasa, foydasiz majlislarda vaqt oʻtkazadigan boʻlsa, u hech narsadan baxt topolmaydi.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

19 Nov, 08:04


Avvaliga bu narsa menga umuman ta’sir qilmadi deb oʻylaysan.

Keyin esa..hayotingni begona koʻzlardan butkul qulflab, yaqiningga hech qanday yangi insonlarni yaqinlashtirmaysan.
Va hayotingda oilang va maqsadlaringdan boshqa hech narsa qolmaydi.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

18 Nov, 05:03


Yaxshilik—oʻzidan yara qoldirmaydi.
Shuning uchun u tez unutiladi va deyarli eslanmaydi.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

17 Nov, 03:31


Siz—

nafas olyapsiz
koʻryapsiz
eshityapsiz
qadam tashlayapsiz
anglayapsiz
his qilyapsiz
sezyapsiz

Bularning barchasi bizga oddiy holdek tuyuladi.
Sanogʻi yoʻq ne’matlar uchun hamd aytamizmi?
Oddiy insonlarning bizga yordami tekkani uchun, qayerdadir ishimizni bitirib berganliklari uchun ulardan sakkiz bukilib minnatdor boʻlamiz. Sovgʻa salomlar beramiz.

Nega eng buyuk Zotning inoyati, cheksiz ne’matlari, eng qimmat hadiyalari uchun hamd tariqasida Unga itoat qilmaymiz?
Nega farzlarni kechiktiramiz?
Nega shukrni ozaytiramiz?
Vallohi shunday kenglik ustida turibmiz-ki, shunday yengillikda yashayapmiz-ki, barchasining javobi bor..
Barchasidan soʻralamiz.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

16 Nov, 14:30


Barcha summa egasiga oʻtkazildi!

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

16 Nov, 14:28


Umumiy yigʻilgan summa!
Sbor yopildi alhamdulillah!
Alloh barcha ehson qilganlardan rozi boʻlsin, xonadon egalariga Alloh sabr va kuch bersin.
Har biringiz uchun Robbim jannatda bir qasr qursin!!!

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

15 Nov, 14:12


𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧 pinned Deleted message

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

13 Nov, 09:52


Oldindan gapirib qoʻyishdan ehtiyot boʻling.
Hayot kutilmagan sovgʻalarga boy. Bugun imkonsiz boʻlib koʻringani—ertaga qoʻllaringizda boʻlishi mumkin.
Oʻzgarishlar va yangi tajribalarga ochiq boʻling.
“Hech qachon!” soʻzining oʻrniga “ayni damda..” yoki “hozircha” soʻzlarini ishlatgan afzal chunki, bu—yangi imkoniyatlar va oʻsib, rivojlanish uchun joy qoldiradi.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

13 Nov, 03:27


#ayollarga

Tashqi koʻrinish.


Oʻzingizni qulay va yengil his qiladigan kiyim kiying.

Mahramlaringiz oldida, uyda foydalanish uchun oʻzingizga sifatli parvarish va kosmetik vositalar hamda chiroyli kiyim sotib oling.

Yanada nafosatli koʻrinish uchun kiyimlaringizga ziynatlar qoʻshing.

Uy kiyimi boʻlsa ham, egningizdagi libosingiz doimo toza va xushboʻy boʻlishiga e’tiborli boʻling.

Libos emas, siz libosni ochasiz, buni unutmang.

Uyda chiroyli, orasta boʻlib yuring.
Sochlaringiz, tana va yuz teringizni parvarish qiling.
Qomatingiz va sogʻligʻingiz doimo balansda boʻlishi uchun—jismoniy mashqlar bajaring.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

11 Nov, 12:37


Tasavvur qiling osmonni tomosha qilgingiz keldi va tashqariga chiqib bir chetda osmonni kuzatyabsz. Naqadar chiroyli manzara. Unutmang bu ham bir ne’mat va kimlardir uchun orzu. Shukur qiling)

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

10 Nov, 05:25


Muvaffaqiyat vaqt talab qiladi.
Bir zumda keladigan muvaffaqiyat afsona yoki juda noyob hodisa)
Aksar natijalar—koʻp yillik xarakat, mexnat va tirishqoqlik evazigadir.

Ijtimoiy tarmoqlardagi hayot juda aldamchi.
Blogerlarda koʻrayotganingiz—ideal hayot—motivatsiya va ilhomlantirish uchun yaratilgan.
Bloglarda insonlar asosan faqat yaxshi narsalarni koʻrsatishadi.
Lekin har bir insonning muammosi va tashvishi bor.

Inqiroz va omadsizlikdan qochib boʻlmaydi.
Xato va qoqilishlar—tabiiy hol va ular boʻladi.
Har bir yiqilishni—tajriba orttirish uchun imkoniyat deb bilaman.

Diplomingiz sizga 100% yaxshi daromad keltiradigan ishga kafolat bermaydi.
Tajriba, aloqalar, halollik va mexnatsevarlik qadrliroq.

Sogʻliq—bu topilmas boylik.
Ruhiy va jismoniy sogʻligʻingizni suiste’mol qilish—keyinchalik jiddiy muammolarga olib keladi.
Oʻzingizga e’tiborli boʻling.

Muhitingiz oʻzgaradi.
Insonlar oʻzgaradi va siz koʻp hollarda bir paytlar sizga yaqin boʻlgan doʻstlaringiz bilan boshqa-boshqa yoʻllardan ketasiz.
Bu hayot.

Ulgʻayish qiyin.
Moliyaviy vaziyatlarni nazorat qilishingiz kerak, yangi mas’uliyat va vazifalar paydo boʻlaveradi.
Va bularning barchasi oʻziga yarasha qiyinchilik tugʻdiradi.
Toʻgʻri qadam tashlash haqida esa, yoʻriqnoma yoʻq)

Baxt—ichingizdan keladi.
Tashqi natijalar, haridlar—vaqtinchalik quvonch keltiradi.
Lekin qadarga rozilik va qoniqish hissi insonning ichki holatidan kelib chiqadi.

Vaqt—sizdagi eng qiymatli resurs.
Ayni damda uni qanday va nimalarga sarflayotganingiz—kelajagingizga ta’sir qiladi.
Oʻz tamoyillaringizni aql bilan oʻrnating.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

09 Nov, 13:01


Ey Robbim, yashirin va oshkorni bilguvchi Zot!
Osmonlar-u, yerni yaratgan, yer yuzi va undagi barcha borliqning hukmdori, qalbimning yomonligidan Oʻzingga qochaman.
Shaytonning hiylasidan, nafsimning fitnasidan Senga qochaman!
Meni oʻz-oʻzimga zulm qilishdan, ortiqcha va foydasiz narsalar bilan band boʻlishdan Oʻz himoyangga ol, Sen eng yaxshi Vakiylsan!
Allohim, men bilan qol.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

08 Nov, 05:01


Erkak ayolni baxtli qilishi uchun nimalarga eʼtibor berishi kerak?

💭 Ayolingizdan zavq oling, undan huzurlanishingizni berkitmang, oʻzini keraksiz his qilishi mumkin boʻlgan sabablarni yoʻqoting.
💭 Tozalikka eʼtibor bering, turli xil xushboʻyliklardan foydalaning, chiroyli kiyim kiying, siz ayolingizni gʻoʻzal suratda koʻrishni istaganingiz kabi, u ham sizni shunday koʻrgisi keladi.
💭 Ayolingizga vaqt ajrating. Siz uchun arzimas tuyulsada, qilgan xizmatlari uchun uni maqtab turing.
Xatoliklariga sabr qiling, u bilan muloyim ohangda gaplashing.
💭 Ayolingizga nisbatan eng goʻzal erklash soʻzlarini ishlating.
Rosululloh sollalohu alayhi vasallam oʻz ayollarini ularga yoqadigan eng goʻzal ismlar bilan chaqirganlar.
Uni oʻziga yoqadigan soʻzlar bilan chorlang, uni xafa qiladigan yoki hissiy ozor beradigan soʻzlardan yiroq boʻling.
💭 Ayolingizga uning haqqini bering, minnatdor boʻling, shunda oʻz mehnatingiz samarasini koʻrasiz.
💭 Ayolingiz bilan hazillashing, oʻynashing.
U quvonchni ham, koʻngilxushlikni ham sizda topsin.
💭 Ayollarda vaqti vaqti bilan kayfiyatsizlik, hissiy charchoq boʻlib turadi, shunday paytlarda uni oʻz hayollari bilan yolgʻiz qoldirmang.
Uni tinchlantiring, hotirjam qiling, koʻnglini koʻtaring.
💭 Ayolingiz sha'nini himoya qiling, qarindosh urugʻlar yoki tanish bilishlardan birortasi uni kamsitishiga yoʻl qoʻymang.
Shuni biling-ki, ayolingizni kamsitgan inson–sizni ham yerga urayotgan bo'ladi.
💭 Ayolingiz bilan o'rtangizda har ne boʻlsa ham, tashqariga chiqarmang. Na volidangiz, na doʻstingiz hech kim sizning oʻzaro munosabatingiz guvohi boʻlishi shart emas.

Shu qoidalarga amal qiling, ayolingiz kundan kunga ochilib, yosharib, tili-yu soʻzi go'zallshib boradi inshaaAlloh.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

07 Nov, 04:12


Ba’zan insonlar goʻyo quyosh nuriga, ba’zan esa, yomgʻirli bulutga oʻxshab qoladi.
Va bu normal—chunki ikkala holat ham gullar oʻsishi uchun muhim)

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

05 Nov, 03:52


Yomgʻir har bir insonni—dard-u hasratini bilgandek yogʻadi.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

04 Nov, 04:41


Kitob oʻqimaydigan insonning qadriyatlar tizimi atrof-muhit ta’sirida shakllana boshlaydi, chunki unda axborotlarni qabul qiluvchi boshqa manbalar yo’q. U faqat atrofdagilarga taqlid qilishi yoki asta-sekin atrof-muhit ta’sirida o’zgarishi mumkin.
Atrofida nima mashhur bo’lsa, oʻsha narsaga ergashadi.
O’zini hech qachon topa olmaydi.
Kitob oʻqiydigan insonning oʻziga oid, hech kimnikiga oʻxshamagan bir dunyosi boʻladi.

Kitob o’qish ma’naviyatni boyitadi, ruhiyatni yuksaltiradi. O’qigan narsalari unutilgan taqdirda ham, baribir xatti-harakatlarda, muloqot uslubida, cheksiz aql va keng dunyo qarashda namoyon bo’ladi.

Kitoblar—yuqoriga ko’tarilish uchun zina, shifo beruvchi malhamdir.
Oqillikka olib boradigan yo’l.
Oʻqish—ongni uyg’otish demakdir.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

02 Nov, 15:02


Xos hayot masalalari boʻyicha qogʻozga oʻralgan gaplar

Ushbu kanalda er-xotin orasidagi halol munosabatlar haqida shariat doirasida soʻz yuritiladi.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

02 Nov, 04:08


Har kim aqlli, toki vaziyat — uning holati bo‘lmasa.
Har kim saxiy, toki pul — uning puli bo‘lmasa.
Har kim sabrli, toki tashvish — uning tashvishi bo‘lmasa.
Har kim qahramon, toki jang — uning jangi bo‘lmasa…

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

01 Nov, 03:45


Insonlar sizga turli xil munosabatda boʻlishi ajoyib a?
Kimdir sizni qattiq yaxshi koʻradi, kimdir esa huddi shunday nafartlanadi.
Kimdir siz uchun duo qiladi, yana kimdir aksincha..
Kimdir siz bilan uchrashish uchun harakat qilsa, boshqasi sizdan oʻzini olib qochadi.
Kimdir sizda faqat yaxshilik koʻradi, kimdirlar esa, faqat yomon sifatlaringizni.

Aynan shu sababdan ham, imom Shofeiy rohmatullohi alayh:
«Hamma insonlarni birdek rozi qilolmaysan shuning uchun Alloh bilan oʻrtangdagi aloqani yaxshila va odamlarga e’tibor berma» deb aytganlar.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

31 Oct, 14:00


Assalamu aleykum!

Sizlarga bir kanalni tavsiya qilib o’tmoqchiman, ayniqsa hadyalashishni xush ko’ruvchilar uchun🎁
Hadyalashish – sunnat🫂

•Bu kanalda yaqinlaringizni noodatiy holda hursand qilaolishingiz uchun qulay bo’lgan juda nafis va estetik hadyalar bor💛

🕯️Natural estetik shamlar
💌Xatchoplar
🎀Eslatmali ramkalar
🪔Tunchiroqlar
🧕Misr romollari

⚠️⚠️: Hattoki 0 dan sham yasashni ham o’rgatar ekanlar🕯️

•https://t.me/obretiuyut 💛

Shu linkdan ⤴️o’tib o’zingiz bu nafislikni ko’rishingiz mumkin.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

31 Oct, 10:51


Robbim, shu qadar koʻp qoqilib yiqildim-ki, shu qadar koʻp yanglish yoʻllardan, notoʻgʻri qadamlar bilan yurdim-ki..lekin har safar meni qabul qilishingga ishonardim, har safar huzuringga olib boruvchi yoʻlni izlardim, Sen tomon koʻtaradigan har bir zinani qalbimga bosdim.
Har safar oʻzim uchun Sening rahmatingdan ochiq boʻlgan eshiklarni topdim va oʻzimni bunday inoyat uchun noloyiq koʻrdim.
Har safar Oʻz sevging bilan meni oʻrab olding. Anglamasdim, uzoqlashardim, Sen esa yana meni qaytararding..
Sen meni chaqirarding, toki sajdaga bosh qoʻymagunimcha, qalbimdagi boʻshliq toʻlmasdi.

Ruhimni barbod qilayotgan narsadan tanam shod boʻlsa-da, qalbim hasrat chekardi.
Choʻkdim, oʻzimni yoʻqotdim, shaxsiy hislarimda adashdim, hayollarimdan toʻydim..
Hattoki oʻz qalbim ichida ham yoʻl topolmay qolganimda, Sening nuring meni ozod qildi.

Robbim, meni toʻgʻri yoʻlga boshla.
Robbim meni shukr qilguvchilardan ayla.
Robbim holatimni isloh qil.
Robbim Sendan uzoqlashtiradigan narsalardan meni uzoqlashtir.
Robbim qarshimda eshiklaringni yopib qoʻyma.
Robbim meni oʻz holimga tashlab qoʻyma.
Robbim oʻzimdan rozi boʻlib qolishimga izn berma.
Robbim menga samimiyat ber.
Robbim meni ne’matlar orasida hamd aytguvchi, sinovlar ichida sarb qilguvchilardan qil.
Robbim meni foydali qil.
Robbim qalbimni poklashda menga yordam ber.

Allohim, insonlarga berilgan eng shirin his—iymon lazzatini unutib qoʻyishimga izn berma.
Toki u qalbimda ekan, son-sanoqsiz, yana va yana Senga qaytishni istayveraman..

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

30 Oct, 03:16


Javobi senga qiziqligida, biror nimani muhokama qilishning imkoni borligida, deyarli har bir savolning yaroqlilik muddati boʻladi.
Lekin, vaqt oʻtib, oʻz savollaringa javob ololmagach, yaroqlilik muddati oʻtishni boshlaydi va bir paytlar seni qiziqtirgan savollarning javobi ham, uzilgan aloqa ham, oʻsha insonning oʻzi ham sen uchun oʻz ahamiyatini yoʻqotadi.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

29 Oct, 05:12


#shundaymi

Tan olaylik, gaplashishni bilmaymiz..
Savolga-savol bilan javob beramiz, mavzuning asl nuqtasidan qochamiz, o'zimiznikida turib olamiz, o'rnsiz hazil qilamiz yoki haddan tashqari jiddiylashib ketamiz.
Agar gaplashish odobiga rioya qilganimizda edi, ko'p narsalarni muhokama qilish imkoni bo'lardi.
Lekin, biz uchun qarshimizdagi insonga so'zlarni tosh kabi otib, qalbida ko'pgina jarohatlar qoldirish yengilroq.
Kim qattiqroq zarba bersa, o'sha g'olib bo'ladi...

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

28 Oct, 04:10


Не прощай меня Создатель, если я не смог простить.
Не подавай мне руку, пусть бушует вода.
Если за целую жизнь я никому руки не подал.
Если держу зло, не примерив его обувь.
То пусть и на меня вокруг все держат злобу.
Если я оскорбил, не сдержал в словах волю.
Значит, пускай и меня когда-то дерзко уколят.
Если я с кем-то общался в очень холодной манере.
Пускай тогда и со мной каждый высокомерен!
И пусть так будет постоянно и без остановок.
Мы научимся любить лишь падая снова и снова.

Juda jamiyl…🥀

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

26 Oct, 05:47


Islom Utsumiev tilidan:

Hech qachon qizlik boʻlishni xohlamaganman.

“Ikkita oʻgʻling bor, endi uchinchisiga qiz kerak” degan gaplarga har doim qisqa qilib, “yoʻq, keyingilari ham oʻgʻil boʻlaversin” derdim.

Odatda, bu gapimdan keyin menga qiz farzand tugʻilishi qanday baxt ekani, u otasini oʻzgacha sevishi, meni kutib olish uchun chopishi, uni hammadan koʻproq yaxshi koʻrishim, sogʻinsam aynan uni sogʻinishim va umuman bunday oʻylaganim uchun hali juda qattiq afsuslanishimni ta’kidlashardi.

Men esa, hattoki bahslashib ham oʻtirmasdim. Shunchaki, hissiz ohangda, oʻgʻil bolalarga oʻrganib qolganim va ular bilan til topishishim osonroq ekani shuning uchun, keyingilariga ham oʻgʻil boʻlsa yaxshi deb javob berardim.

Lekin bahslashmasligimning sababi faqat bu emasdi.
Ular haq edi. Shuning uchun ham bahslashmasdim.

Gap, qizimni yaxshi koʻrmasligimda emas, gap aynan uni nihoyatda kuchli yaxshi koʻrib qolishimda edi.

Shu darajada kuchli-ki, bu ikkimiz uchun ham yetarlicha muammolar yaratishi mumkin.
Shu darajadaki, qizim hali rejada yoʻq, men esa allaqachon qizimga loyiq boʻlmagan, qizim uchun yetarlicha harakat qilmayotgan boʻlajak eridan jaxlim chiqardi. Umuman olganda esa, uni yaxshigina doʻpposlash kerek)
Va albatta, bizning oʻrtamizda oʻzgacha aloqa boʻladi, albatta men aynan uni koʻproq sogʻinaman, albatta u meni yaxshi koʻrganchalik, oʻgʻillarim yaxshi koʻrolmaydi.

Bularni barchasini tushunish bilan birga insonlarning qiz otasi boʻlish qanday baxt, men esa naqadar adashayotganimni isbotlashga urinayotganlarini sovuqqon holatda eshitish juda qiyin edi.

Qizim atigi bir kunlik, qalbimdagi his esa, bu dunyo unga loyiq emasligini ta’kidlayapti.
Ehtimol, oshirib yuborayotgandirman, ehtimol buning ustida ishlashim kerakdir va balki ongimni tozlasam hammasi oʻtib ketar.

Lekin, qiziga bundan boshqacha munosabatda boʻladigan otalar ham, ongini davolashi kerakdir balki..

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

26 Oct, 05:04


Hayotdagi har qanday qarorlarni aql va his tuygʻularni oʻchirib qoʻygan holda, yolgʻiz Allohning koʻrsatmalariga asoslanib qabul qilish kerek.
Shunda aniq adashmaysan.

Chunki, koʻrdik-ki, aql gʻazab kelishi bilan seni tark etadi, hislar vaziyatlarga qarab oʻzgaradi..ammo Allohchi?
Allohning va’dasi hech qachon oʻzgarmaydi!

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

24 Oct, 07:01


#ehson

Assalamu alaykum hurmatli kizatuvchilar.
Sovuq tushganda, kimdir uyidagi isitgichlarni shunchaki yoqib, issiq kiyimlarga oʻtsa, kimdir qorin gʻamida hamda sovuqdan himoyalanish uchun bor kuchini sarflaydi.
Shunday oilalardan biriga moddiy yordam qilib, biroz boʻlsa-da, mushkullarini osonlashtirmoqchimiz.
Boquvchisi yoʻq, farzandlarini yolgʻiz katta qiladi.
Ishlaydi, lekin bolalar maktabda, bogʻchada oʻqiydi. Yetkazishga qiynaladi.
Ehsonning katta kichigi yoʻq va u albatta mukofotsiz qolmaydi.
Shu sababli, ushbu hayrli ish ustida birlashishimizni sizlardan iltimos qilamiz!

8600060998112909

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

24 Oct, 03:24


Allohning bandasiga boʻlgan sevgisini juda tez unutib qoʻyamiz.

Kasalmisiz? demak, —Alloh sizni gunohlardan poklayapdi.

Ehtiyojmandmisiz? —demak Alloh duo qilib Unga yuzlanishingizni kutyapti.

Yaxshilik qildingizmi? —Alloh farishtalariga hayrli ishlarni amal daftaringizga shu zahotiyoq yozib qoʻyishlarini buyuradi.

Gunoh qildingizmi? —Alloh farishtalariga bu ishni amal daftaringizga yozmay turishni buyuradi, tavba qilishingizni kutib.

Hammasi izidan chiqib, ishlar orqaga ketayotganini his qilyapsizmi? —Alloh barchasini tahajjud namozi orqali tartibga soladi.

Qaror qabul qilishga qiynalyapsizmi? —Alloh istihora koʻrinishidagi goʻzal yechimni taqdim qilgan.

Rizqingiz koʻpayishini xohlayapsizmi? —Alloh qarindoshlik aloqalarini uzmaslikka va sadaqa qilishlikka buyuradi.

Bu kabi misollarni agar yozaman desam, juda koʻp.
Dinimiz—bizga nisbatan yengilliklar bilan oʻrab qoʻyilgan. Faqat biz farqiga bormay qoʻyganmiz..

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

23 Oct, 03:33


—Jismoniy mashqlar paytida oʻzingizni zaif his qilishingiz mumkin, aslida esa, ular sizni kuchli qilayotgan boʻladi.
—Tavba sizni gunohkorlarning eng yomoni kabi his qilishingizga majbur qiladi, aslida esa u sizni poklayotgan boʻladi.
—Biror yangi narsani oʻrganayotganingizda oʻzingizni hech narsa bilmaydigandek his qilasiz, aslida bu narsalar sizni dono qilayotgan boʻladi.
—Yaxshilik, ehson qilib, oʻzingizda yetishmovchilikni his qilishingiz mumkin, aslida esa bu amallar sizni boy qilayotgan boʻladi.
—Allohning sinovlaridan “Robbim meni sevmaydi” degan xulosaga kelasiz, aslida U sizni Oʻziga yaqinlashtirayotgan boʻladi.

Har nimaiki boʻlsa—«hayrlisi» degan jumlani unutmang)

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

21 Oct, 02:06


«Hayot qisqa, undan zavq olib yashab qol» degan jumlalarni koʻp eshitamiz, lekin unutib qoʻyganimiz: «oxirat uzun, unga tayyorlanish kerak» bor.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

20 Oct, 04:34


Muzdek tana ortida issiq qalb yashiringan boʻlishi mumkin.
Qattiq siqilgan qoʻlning ortida esa, kuchli ishonchsizlik.
Yerga qaragan nigohlar ortida—musibat va tushkunlik..
Toza sochlar, yaltiragan poyafzal ortida esa—chirkin tabiat.
Oʻqilgan kitoblar miqdori va aytilgan goʻzal soʻzlarning orqasida oddiygina ahmoq, tez-tez qilingan tabassum ortida esa—chuqur baxtsizlikdagi inson boʻlishi mumkin.
Bosib oʻtilgan uzoq yoʻlning ortida—kichik qadamlar.
Soatlab saqlangan sukutning ortida esa, ba’zan umuman hech qanday ma’no boʻlmasligi mumkin..

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

19 Oct, 04:06


—Yaxshimisan?

….charchadim desam, charchoqlarimni olasanmi?
qalbim ogʻriyapti desam, unga malham boʻlasanmi?
ketgim kelyapti desam, olib ketolasanmi?
nafas ololmayapman desam, menga havo boʻlasanmi?
yolgʻizman desam, bagʻringa bosasanmi?
baxtliman desam, yonimda boʻlasanmi?
javobim qanday boʻlishidan qat’iy nazar, dalda berasanmi?…

—yaxshiman!

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

18 Oct, 06:28


Xulq bu—

boʻlmasdan eshitish
ayblamasdan gapirish
afsus qilmasdan berish
unutmasdan va’da berish
bahslashmasdan izoh berish
ustunlik qilmasdan, yoʻl berish
shikoyat qilmasdan bajarish
gumon qilmasdan ishonish
minnat qilmasdan kechirish
toʻxtamasdan duo qilish.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

17 Oct, 05:01


“Ayol boʻlib yaratilganimga shukr..”

Erkaklarning qalbi va yelkasida qanday yuk borligini oʻylasam, aynan shu hayol tez-tez meni ziyorat qiladi.
Bu yukni qanday usulda yengillatishining ahamiyati yoʻq, erkak jamiyat va oilasi undan qanchada qancha fidokorlik kutishini, va zaiflikka unda haq yoʻqligini ich-ichidan tushunadi.

U hech narsadan qoʻrqmaslikka majbur!
U oʻz yaqinlarini himoya qilishga majbur!
U oilasini ta’minlashga majbur!
U oʻz oilasi uchun mas’uliyatli va javobgar boʻlishga majbur!
U oʻz vatanini himoya qilishga majbur!

Lekin, bir vaqtning oʻzida, u oddiy inson.
Et va suyakdan iborat, huddi biz kabi his-tuygʻularga ega.

Va bu majburiyatlar ba’zan erkakni aqldan ozdiradi, hamma ham koʻtarolmaydi.
Ayollar, narkotik moddalar, alkagol, onlayn oʻyinlar va shunga oʻxshash reallikdan qochishning boshqa usullari ham buning yaqqol isboti.

Ba’zan esa, bu—toʻsatdan huruj qilgan yurak yoki insult boʻlishi ham mumkin..

Men ayollarga doim “oʻzingizni asrang, oʻzingizni yaxshi koʻring” deb koʻp aytaman.
Bugun esa: oʻz erkaklaringizni asrang demoqchiman.
Otangiz, aka yoki ukangiz va turmush oʻrtogʻingizni qadrlang.

Hech boʻlmasa, ba’zida erkakka—oddiy insonni koʻrgandek qarang. Har xil yuqori talablarsiz, kutuv va e’tirozlarsiz.
U uchun yaqin doʻst, ishonchli hamrox va suyukli rafiqa boʻling.

Ishoning, erkakning ideal tozalangan uy va tansiq taomdan koʻra koʻproq aynan shu narsaga ehtiyoji baland.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

15 Oct, 16:23


Inson butun umrini yolg’oni, xiyonati, fitnasi, qonunsizligi adolatsizligi, manfaatparastligi, pastkashligi bor dunyo uchun sarflaydi.
Lekin vafot etganida, huddi shu dunyodan ololgani faqatgina oʻzi koʻmiladigan kichik bir tuproq boʻladi xolos.

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

14 Oct, 09:41


Hayolida minglab jumlalarni biriktirib, hammasini hal qiluvchi suhbatga tayyorlanib, oxiri yana sukutga yengilgan qalblar bor..

𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

13 Oct, 16:16


Huzur…🌧️