Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev @azizbek_zubaydullayev Channel on Telegram

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

@azizbek_zubaydullayev


Islomiy-shaxsiy rivojlanish xalqaro sertifikatli trener - Azizbek Zubaydullayevning maqolalari toʻplami

Maqolalarni boshidan diqqat bilan oʻqib chiqishni samimiy tavsiya qilaman)

Murojaat: @Azizbek_murojaatbot

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev (Uzbek)

Azizbek Zubaydullayevning Telegram kanalida Islomiy-shaxsiy rivojlanish trenerligi bou2019yicha xalqaro sertifikatga ega trenerlik haqida maqolalar joylashgan. Bu kanalda Azizbek Zubaydullayevning eng sozlamayotgan maqolalari va fikrlari bilan tanishishingiz mumkin. Eger sizga islomiy rivojlanish, shaxsiy tarbiya yoki trenerlik bou2019yicha maqolalar yoqadi, ushbu kanal siz uchun mos bou2019lishi mumkin. Azizbek Zubaydullayev trener sifatida xalqaro sertifikatga ega bou2019lgan, shuningdek ularning tajribali trenerlari orasida joylashgan. Sizga eng sou2019nggi, samarali va maqbul bilimlarni ou2019rganish uchun maqolalar va fikrlar taklif qilinadi. Kanalga murojat qilish uchun @Azizbek_murojaatbot ga murojaat qilishingiz mumkin. Boshidan diqqat bilan ou2019qib chiqishni qattiq tavsiya qilaman, chunki har bir maqola ilmiy va foydali. Azizbek Zubaydullayevning maqolalari bilan ou2019z xayol va fikrlaringizni ou2019zlashtirib, ou2019z fikrlaringizni rivojlanishda olib borishingiz mumkin. Sizni ham Azizbek Zubaydullayevning maqolalari bilan tanishib, ou2019z ou2019z fikrlaringizni rivojlantirishga chaqirib qou2019yamiz.

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

25 Jan, 01:39


8 yil (9-16 yoshimgacha) dunyoviy badiiy, fantastik, xullas yetarli namuna boʻlmaydigan insonlar haqida oʻqiyverib, ular bittagina maqola bilan oʻrgatib qoʻya olishi mumkin boʻlgan juda oddiy bir hayotiy bilimni bilmay, xato qilib, sogʻligim, oʻzimga ishonchim, umuman hayotim butunlay buzilib ketgach, endi shunaqa kitoblarni koʻrsam, qusgim keladi

Oʻqisam yo islomiy ilmiy / badiiy, yo shaxsiy rivojlanish, yo buyuk insonlar avtobiografiyasi, yo ilmiy-marʼifiy kitoblar oʻqiyman

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

24 Jan, 12:08


Kashf

Goʻzal gʻam tushdiku qalbimga nogoh
Undan qutulmoqqa yoʻq biror ragʻbat
Endi yuragimda Izlaganim bor!
Ey Alloh, Aylanding Istagim faqat

Qaylardan izlardim tentirab baxtim
Oʻylardim qachondir yetilar taxtim
Soʻngra tushundimki, Rost Muhabbatim
Axir Sen yonimda, Qalbimda, hilvat...

Edim men yoʻlimda ketgan zalolat
Tushkun-u, ishonchsiz, botgan razolat
Gunohim qaramay berding maʼrifat!
Sensan adashganga bergan hidoyat...

Boshqa "najot"lardan boʻlib qalb pora
Men Sendan izladim yagona chora
Bir qadam qoʻysam men - kelding ming bora!
Sen-ku, Izlaganga etuvchi rahmat...

Soʻng qalbda his qildim goʻzal shaboda
Xoʻp alvon gullar-u, mayin sabolar
Ey Alloh, qalbimga boʻlding bahorlar!
Ishqingku qalbimni etgan salomat!

Endi men neʼmatga shukr etayin
Bir koʻrib, endi men qayga ketayin?
Sendan oʻzgasini nega izlayin?
Axir muhabbating eng ulugʻ neʼmat...

Endi men Yoʻlingda shijoat qilay
Sening-chun qalbimda riyozat qilay
Endi gunohlardan yiroqda boʻlay
Oʻzgaga talpinmoq boʻlar xiyonat...

Senga ilinarman xohish, hojatni
Bir sendan kutarman nusrat, rahmatni
Sendan izlagayman baxt-u shavkatni
Sendan uzilganga yoʻqdir saodat...

Sendirsan men endi intilgan dilkash
Suhbati dil yoqar, qalbga shifobaxsh
Endi Sen qalbimda xushhol suhbatdosh!
Senga aytadurman qalbdan sinoat...

Endi men yodimda yolgʻiz Sen qilay
Sifat-u soʻzlaring xoʻp yodin qilay
Endi men zikringda davomli boʻlay!
Axir qalb zikringdan topar halovat...

Endi yot orzular men uchun roʻyo
Bir bora ishorang etib mahliyo
Sensan istaganim, Oʻzingsan tanho!
Sendan oʻzgasiga yoʼqdir qanoat...

Qalbimning toʻrisi havola boʻlsin
Soʻzlar-u amalim fidolar boʻlsin
Eng goʻzal izhorim bir Senga boʻlsin!
Axir Sen - qalbimga solgan muhabbat...‌‌

("Ishq" turkumi)
@AzizbekZubaydullayev

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

23 Jan, 12:55


Alhamdulillah, men yozgan eng yaxshi sheʼr boʻldi

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

23 Jan, 10:06


Oʻqishingizdan bir narsani aytay.

Sheʼr - bir oʻtirishda yozilmagan. Juda uzoq soatlar, bir necha kunlar yozilgan.

Shuning uchun, har bir bandini shoshilmay, maʼnolariga katta eʼtibor berib oʻqishingizni xohlardim.

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

23 Jan, 10:05


Ishq

Ey Alloh, sevardik Sendan oʻzgani
Orzu-yu havoga bogʻlab qalbimiz
Sening yoʻq joylardan koʻp izlab baxtni
Bildim, unutganga gʻurbating cheksiz

Soʻng nogoh keldi-ku hadsiz musibat
Orzudan ayrilib, qolmadi himmat
Ustiga qoʻshildi azob-uqubat
Tushunmay der edim "zahmating cheksiz"

Yoqmasdi musibat, "qalbni tigʻlar" deb
Kutmasdim bunda bir xayr yotar deb
Bilmasdim barisi Senga eltar deb...
Sendan adashsak-da, himmating cheksiz

Soʻngra tushundimki, Yolgʻiz Baxtimiz
Nafs emas, orzumas yoki zavqimiz
U - Sensan Allohim, rost maʼshuqimiz!
Axir sevolganga rahmating cheksiz...

Yoʼqotgan narsamning bari uchun hamd!
Yetmagan orzumning bari uchun hamd!
Ey Alloh, go'zaldir sen ne qilsang ham!
Taqdiring goʻzaldir, hikmating cheksiz...

Endi izlagaymiz Sendan mehringni
Tildan hech qoʻymayin ulugʻ zikringni
Qalbdan poklagaymiz Sendan oʻzgangni
Ishqing izlaganga neʼmating cheksiz

Endi sinovda ham, Seni sevarmiz
Musibatda yonsa ham zaif tanamiz
Tana-ku azobdan, qalblar Ishqdan biz
Ishqdan his qilingan lazzating cheksiz...

Xush qabul Sen bergan har taqdir zayli
Gar kunim azobda oʻtsa ham mayli
Sen nima bersang ham roziman, mayli...
Rozimiz Mavlomiz, izzating cheksiz

Allohim, endi hech Ishqdan ayirma!
Tek qoʻyma bir lahza, yoʻldan toyirma
Sevgi-la yashayin, koʻzim buyirma
Seni topolganga qurbating cheksiz...
@AzizbekZubaydullayev

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

18 Jan, 02:05


Islomga bagʻishlangan umr

Bu kitobni avvalroq oʻqimaganimga afsus qildim: juda koʻp xulosalar va zavqlar oldim

Shayx hazratlarining hayotlari va ijodlari haqida u kishining ukalari yozgan kitob. Shu nomdagi hujjatli filmdan albatta farqli jihatlari bor

Ibratli hayot va amallaridan olgan xulosalarim - xuddi bir paytlar Abdulloh ibn Muborak hazratlari haqidagi "Savdogarlar ustozi" kitobini oʻqib, olgan chuqur taassurot va hissiyotlarimni eslatib yubordi

Bunday kitoblar ayniqsa oʻziga "kumir" - havas va taqlid qiladigan inson izlaydiganlar uchun juda muhim

Kitobdan oʻzingizga inson kamoloti, yuqori himmat tasavvuri, foydali amallar tatbigʻi, farzand tarbiyasi, vaqtdan unumli foydalanish, insonlarga manfaat yetkazish, dinga, ilmga muhabbat, din va xalq uchun xizmat yoʻnalishlarida tengsiz ibratlar olasiz

Kitob audiosi #books
@Azizbek_Zubaydullayev

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

15 Jan, 00:02


Allohning taqdiriga ishon

Undan havotirlanma

Unga rozi bo'l...

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

13 Jan, 02:35


"Madrasa vaqting qanday oʻtdi" desa, baʼzida kechqurun uxlamay loyiham ustida ishlab chiqib, ertalab esa oʻqishga borganimni, juda koʻp masʼuliyatlar bilan yashashimga toʻgʻri kelib, yana ustiga tez-tez kasalliklarga ham qoʻshilib turganini, hammasi meni avvalgidan ancha kuchli insonga aylantirganini eslab yuramanda)

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

11 Jan, 22:40


Bir arabcha matnga harakat qo'yishda, bir necha so'zlarida va umumiy tarjimasida qiynalib turgan edim.

Keyin Chatgptga uning rasmini tashlab "Unga harakat qoʻy, har bir soʻzini tarjima qil va umumiy tarjima ber" dedim

Ajoyib bajardi☺️
#arab_tili

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

11 Jan, 04:32


Hech kimga umid bogʻlama. Qalbing sinishidan omon saqlagan boʻlasan

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

10 Jan, 21:03


Avval shundan oʻrganib, keyin siz ham speed readingni boshlasangiz boʻladi

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

10 Jan, 20:28


"Speed Reading" haqida

Barchaga, ayniqsa maktab yoshidagilarga eshitishni tavsiya qilaman

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

09 Jan, 22:37


Hech kimga haddan oshiq havas qilmang.

Uning qanday imtihonda yashayotganini bilmaysiz

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

09 Jan, 19:01


Missiya ahamiyati

Missiya - loyiha egasini shijoatlantirib turadi

Missiya - loyiha jamoasini birdam, sodiq, samarali ushlab turadi

Missiya - mijozlarni jalb qiladi

Missiya bu - insonlarga qanday qadriyat bermoqchiligingiz. Uni aniqlab oling, u bilan yashang, u bilan tashkil qiling, jamoada shu ruhni shakllantiring, missiyangizni ommaga eʼlon qiling va missiyaga yarasha xizmat koʻrsating - muvaffaqiyat sizga quvib keladi
@Azizbek_Zubaydullayev

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

09 Jan, 14:35


"Sarafan marketing" kitobidan xulosalar

1. Sarafan marketing kuchli vosita: Bu reklama emas, balki mijozlarning brend haqida ijobiy fikr bildirishidan iborat.

2. Sadoqatli mijozlar muhim: Brend haqida boshqalarga gapiradigan sadoqatli mijozlarni toping va ularga g‘amxo‘rlik qiling.

3. Ishonchni shakllantirish: Mijozlar ishonadigan brendlarni tavsiya qilishadi, shuning uchun ishonch muhim.

4. Oddiy bo‘ling: Oddiy va esda qolarli xabarlar ko‘proq tarqaladi.

5. Eslatiladigan bo‘ling: Brend oson eslab qoladigan xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak.

6. Hissiy jihatlarni hisobga oling: Insonlar hissiyot bilan bog‘liq narsalarni boshqalarga ko‘proq gapirib berishadi.

7. Sifatli mahsulot muhim: Ajoyib mahsulot va xizmatlar sarafan marketingning asosidir.

8. Tavsiya qilinishni osonlashtiring: Mijozlaringiz sizni boshqalarga osongina tavsiya qilishi uchun qulaylik yarating.

9. Qoniqish — reklamaning asosi: Qoniqqan mijoz boshqa mijozlarni olib keladi.

10. Do‘stona munosabat yarating: Yaxshi xizmat va do‘stona munosabat mijozlarni sizning brendingizga bog‘laydi.

11. Nihoyatda yaxshi xizmat ko‘rsating: Xizmat darajasini oshirish sarafan marketingni kuchaytiradi.

12. Mijozlarni tinglang: Ularning fikrlari kelajakdagi o‘sishga yordam beradi.

13. Foydalanuvchilarning tajribasi: Mijozlar foydalanish tajribasi haqida gapirishni yaxshi ko‘radi.

14. Raqobatchilardan farq qiling: O‘ziga xos jihatlar sarafan marketingni oshiradi.

15. O‘zini yaxshi ko‘rsatgan brend yutadi: Yaxshi brend tanilishi oson bo‘ladi.

16. Innovatsiya jozibador qiladi: Yangi narsalar doimo mijozlarning e'tiborini tortadi.

17. Savollar bering: Mijozlar sizdan nimani kutishini bilish uchun doimiy ravishda so‘rov o‘tkazing.

18. Ko‘maklashish: Mijozlarga o‘zaro yordam berish imkoniyatini yarating.

19. Har bir mijozga o‘ziga xos yondashuv: Maxsus e'tibor mijozlarni xursand qiladi.

20. Ochiqlik va shaffoflik: Sirli brendlardan ko‘ra ochiq brendlar ko‘proq ishonchga ega bo‘ladi.

21. Jamiyatni shakllantirish: Mijozlar bilan yaqin jamiyatni rivojlantirish uzoq muddatli muvaffaqiyat keltiradi.

22. Cheklovli mahsulotlar qiziqish uyg‘otadi: Cheklangan mahsulotlarni taklif qilish mijozlarda qiziqish uyg‘otadi.

23. Erkin marketing: Sarafan marketing tabiiy va erkin ravishda sodir bo‘ladi.

24. Xodimlarning ahamiyati: Brendni muvaffaqiyatli qilishda xodimlar muhim rol o‘ynaydi.

25. Hikoyalar muhim: Yaxshi hikoyalar odamlarni jalb qiladi va tarqaladi.

26. So‘nggi mijoz ham muhim: Har bir mijozga ahamiyat bering, ular ham sizning targ‘ibotchilaringiz.

27. Mijozlarga minnatdorchilik bildiring: Oddiy minnatdorchilik ko‘plab ijobiy tavsiyalar keltiradi.

28. Haqiqiy bo‘ling: O‘zingiz bo‘lishingiz ishonchni oshiradi.

29. Muloqotni soddalashtirish: Mijozlar bilan oson muloqot vositalarini yarating.

30. Qoniqmagan mijozlarni qaytarib oling: Ularning muammolarini hal qilib, ularni xursand qiling.

31. Boshqalar bilan bo‘lishish imkonini bering: Mijozlarga o‘z hikoyalaringizni ulashish uchun platformalar yarating.

32. Boshqalarning fikrlarini tinglang: Ularning o‘rgatadigan narsalaridan foydalaning.

33. Sodiq mijozlarni mukofotlang: Maxsus takliflar va chegirmalar mijozlarni quvontiradi.

34. Tezkorlik muhim: Tezkor javoblar va xizmat mijozlar uchun ahamiyatlidir.

35. Brendni shaxsiylashtirish: Odamlar bilan o‘zaro muloqotni iliq qiling.

36. Mahalliy marketingni rivojlantirish: Mahalliy jamoaga qaratilgan marketingni kuchaytiring.

37. Jarayonni avtomatlashtiring: Mijozlarning tavsiyalarini osongina qabul qilish tizimini yarating.

38. Muvaffaqiyat hikoyalari bilan bo‘lishing: Bu boshqalarga ilhom beradi.

39. Mahsulot haqida gapiradigan xususiyatlar yarating: Mijozlar mahsulotlar haqida ko‘p gapirsin.

40. Dizayn muhim: Chiroyli dizayn mijozlarni jalb qiladi.

41. Axborot tarqatish vositalaridan foydalaning: Ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalaning.

42. Yangi mijozlarni qidiring: Doim yangi auditoriyalar bilan ishlashga harakat qiling.

43. Qo‘shma loyihalar yarating: Boshqa brendlar bilan hamkorlik qiling.

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

09 Jan, 14:35


44. Aloqa vositalari keng bo‘lsin: Har xil aloqa kanallaridan foydalaning.

45. Xato qilishdan qo‘rqmang: Har bir xatodan saboq olishga harakat qiling.

46. Odamlarning fikriga e'tibor bering: Bu brendingizni rivojlantirishda yordam beradi.

47. Oddiy va aniq bo‘ling: Reklama va muloqot sodda va tushunarli bo‘lsin.

48. Mijozlar uchun qadriyat yarating: Sizning mahsulotlaringiz mijozlar hayotini yaxshilashi kerak.

49. Tabiiy jarayon yarating: Sarafan marketing sun'iy ko‘rinmasligi kerak.

50. Har doim o‘rganing va rivojlaning: Yangi usullar va strategiyalarni izlab toping.
(Xulosa muallifi: Jadra)
@Azizbek_Zubaydullayev

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

09 Jan, 06:06


Alloh sizni yaxshi koʻradi

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

09 Jan, 04:36


Inson shunaqa...

(Fajr surasi, Tafsiri hiloldan)

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

08 Jan, 14:23


Men: ball oʻta baland boʻlmaydi

Ball:

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

06 Jan, 21:46


Baraka fayzi

Ustozim Muhammad Farisning Baraka haqida o'rgatganlarini juda koʻp oʻylayman

Sezganmisiz, shunday chuqur maʼnoli gaplar boʻladiki, yarmini tushunasiz, va hayotingizning qolgan qismida har safar "shunda aslida nimani nazarda tutganikin" deb oʻylab yurasiz

U kishining Baraka haqida aytgani ham men uchun shunday boʻlgan

Bugun biroz mazam yoʻq va noxush kayfiyatda edim. Bu yomon hissiyotni ich-ichimga kirib ketayotganini sezib, aslida oʻzimni bunday his qilishim kerak emasligini oʻyladim.

Va aynan Baraka haqidagi oʻsha bilimlar kela boshladi

Baraka haqida fikrlagan kishi:

• Barakani Allohdan kutgani uchun - Allohga yaqin, Uning muhabbatini his qiluvchi boʻladi. Qalbi darhol hotirjam tortib, goʻzal halovat his qiladi

• Miqdorini oʻzgarmas qilib belgilangan rizqidan havotir olmay, unga fayz kiritishni oʻylaydi. Shu bilan niyati ham sof, amali ham goʻzal ruhli va yuqori eʼtiborli boʻladi

• Barakali oʻylagan kishi qalbida boy yashaydi. Chunki u allaqachon boy taʼminotchisini topgan
@AzizbekZubaydullayev

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

06 Jan, 00:09


Men uchun eng katta rohatlar:
- Dunyoni o'ylamay ibodat qila olish
- Ilm olish
- Go'zal maqsadim tomon ishlay olish

Shular bo'lganida qolgan barcha narsani unutaman

Va, bekorchilik va foydali ish qila olmaslik men uchun eng katta azob

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

31 Dec, 18:23


Hamma savol ham foydali boʻlavermaydi.

Masalan, "Nega men tupoyman" degan savol

U sizga hech qachon foydali javob bermaydi

Oʻrniga "Qanday qilib aqlliroq boʻlishim mumkin?" degan savol berganingiz foydaliroq

("Awaken the giant within"dan xulosa)

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

31 Dec, 17:16


Hazillashdim)

Bular men uchun yuragim parchasi, eng yaxshi ijod namunalaridan biri boʻlib qoladi)

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

31 Dec, 16:46


Oʻzi sheʼrlar foydali boʻlyaptimi?

Oʻzi koʻp sheʼr yozmaganim uchun ular haqida unchalik ishonchda emasman: ularga ketkazilgan vaqtchalik foyda keltirarmikin?

Bitta sheʼrga 10ta, baʼzida 100lab maqolaning vaqti ketadi: kerakli hissiyot, maʼno, qofiyani keltirguncha

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

31 Dec, 06:53


10-14 yoshli bolalar uchun qaysi kitoblarni tavsiya berasiz

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

30 Dec, 00:16


Taqdir hikmatlari
(Sheʼriy turkum)

Ushbu turkumda hayotimdagi eng muhim voqealardan biri, undagi xulosalar, oxirgi 6 yillikdagi eng qattiq sinovim va boshqa muhim saboqlarim oʻrin olgan

1-qism. Xato

2-qism. Oʻtinch

3-qism. Saboq

4-qism. Ilm hijroni

5-qism. Mashaqqat

6-qism. Musibat tuhfasi

7-qism. Rizo

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

30 Dec, 00:13


Bitta voqea

Oxirgi yillardagi eng katta ruhiy tushkunlik

7 ta sheʼr, 10lab maqola, 20 lab fikr, 100 lab kun azob...

Bitta oʻta katta ruhiy azob - juda koʻp hikmatlarni hayotda haqiqiy maʼnosini tushunishimga olib keldi. Juda kuchli boʻlishimga majbur qildi

Taqdir, rizq, istixora, tavakkul, hikmat, musibat, niyat, qatʼiyat haqida juda koʻp narsani qayta kashf qilishimga olib keldi

Meni boshqa insonga aylantirdi

Bunda ustozimning, Husayn Buxoriy, Abdulloh domla maʼruzalarining oʻrni juda katta boʻldi

Hayot qiziq...

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

29 Dec, 23:17


Berilmagani uchun siqilayotgan neʼmatlaringni bir kun kelib berilmagani uchun shukr qilasan

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

29 Dec, 20:01


Yomon illatlardan qutulish

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

28 Dec, 14:44


Asl bahoingiz

Tarix haqida oʻylashni bas qilib qoʻydim. Ilgari yoshligi kuchli ilmiy muhitda oʻtganlarga havas va armon bilan qarar edim.

Endi men eʼtibor beradigan jihat boshqa:

Insondagi ixlos, shijoat, niyatning kattaligi

Shular eng muhimi ekan. Chunki yaxshi muhitda oʻsgan boʻlsa-da, ixlosi past, niyati kichiklar uchraydi

Insonda ixlos kuchli boʻlsa, hatto yoshi kattaroq boʻlsa-da, avvalroq boshlaganlardan oʻtib keta oladi, oʻzi niyat qilgan katta darajalarga yetisha oladi

Tarixni oʻylashni bas qiling. Eʼtiboringizni niyatingizga va harakatingizga qarating

Shu sizning darajangizni aniqlab beradi

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

28 Dec, 11:53


Madrasa ustozlari haqida

Qaysidir ustozni eng zoʻr deyish boshqalariga biroz hurmatsizlik boʻladi. Chunki hammalari zoʻr, oʻziga xos, juda ajib xislatlarga boy

Keling, ularning umumiy ajralib turadigan jihatlarini sanay:

1. Odob
Deyarli barcha talabalar birdek eʼtirof etadigan taʼsir - madrasadagi ustozlar odobi boʻlgan. Yaʼni ustozlar xulqining goʻzalligi sabab talabalar ham yaxshi tomon oʻzgarishgan, juda katta ibratlar olishgan.

2. Samimiylik
Bizda talaba va ustozlar begonadek emas, xuddi bir-biriga yaqin insonlardek muhit shakllangan. Koʻproq darsi bor ustozlar u yoqda tursin, hatto haftada bir kiradigan ustozlar ham talabalarni oʻzlariga yaqin olib, ularning ilmi va odobi uchun qaygʻurishadi.

Va dars davomida ham darsdagi ilmlarga tegishli hayotlaridagi qiziqarli va ibratli voqealarni aytib berishadi. Bu - birdamlik muhitini shakllantiradi

3. Ixlos
Buni endi tarʼiflarga til ojiz boʻlsa kerak. Maosh juda yuqori boʻlmasa-da, oldlarida kattaroq daromadli boshqa ishlar juda koʻp boʻlsa-da, Allohning dinini xolis yetkazish uchun juda ajoyib ustozlar jamoasi yigʻilgan. Ustoz sizga faqat ilm yetkazish uchun, xolis niyat ila dars berganida haqiqiy eʼtibor, mehr, qaygʻurishni his qilasiz

Boshida ilmga uncha kirisha olmay, ustozlarning xolis qaygʼurishini koʻrib, oʻzgarganlar koʻp boʻlgan
@Azizbek_Zubaydullayev

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

27 Dec, 14:42


Muammolarga, tushkunliklarga berilish shunchalar osonki... xuddi tushkun boʻlib, rohat oladigandek tuydiradi nafs

Ular shunchaki shayton sizdan xohlaydigan bekorchi ishlar

Diqqatni bir yerga, maqsadlarga qaratib, roʻyolarga aldanmay jimgina ishlayverish kerak

Boʻlishi kerak boʻlgan xayrli ish boʻldi, boʻlishi kerak boʻlgan xayrli ish boʻlyapti, boʻlishi kerak boʻlgan xayrli ish boʻladi

Alloh taqdirimizga yozgan rizq, sinovlar, neʼmatlar goʻzal

Barchasidan hikmat izlagan Allohni topadi

Bizni ishimiz - oʻz ustimizda ishlashda davom etish

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

24 Dec, 11:15


Kommentda Youtubedan tgga video/audio olish uchun botlarni kuzatishingiz mumkin)

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

24 Dec, 09:40


Men deyarli har bir maqola va sheʼrimni katta eʼtibor va mehnat bilan yozishimning sababi bor. (Baʼzi sheʼrlar kichik boʻlsa-da, haftalab vaqtimni olgan)

1. Shunchaki ishni chiroyli qilishni yaxshi koʻraman

2. Ularni ABADIYGA qolishini niyat qilaman. Yaʼni hozir yozilib, keyin unutiladigan emas, kelajakda millionlab insonlarni hayotini oʻzgartiradigan boʻlishini xohlayman

Shuning uchun ularni hozir koʻradigan ming kishi uchun emas, inshaAlloh qiyomatgacha koʻradigan millionlab kishi koʻradigan sifatda boʻlishini xohlayman

Bu maqolalarni hali keng yoyish, eng yaxshilarini kitob qilib chiqarish niyatim bor

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

23 Dec, 18:47


Shu sheʼr - oxirgi 6 yillikdagi eng katta tushkunligimni ochib bergan: tarix masalasi va musibatdan hikmat izlash

Va bu maqolamdagi xulosam - unga (tarix) oxirgi yechim boʻlgan

6 yil davomida tarix, musibat, taqdirdan hikmat mavzularida juda koʻp oʻrganishimga toʻgʻri keldi

Shuncha yil uning har xil jihatlariga yechim topib, eng esda qolarlilarini maqola qilib yozib bordim

Barchasi uchun alhamdulillah...

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

23 Dec, 16:58


Sheʼrning ilk yarmida ataylab qahramonning hissiyotlarini, garchi yomon koʻrinsa-da, yoritdim. Bu - shuni qachondir his qilgan oʻquvchida samimiylik hissini uygʻotadi va hikoyaga qiziqtiradi

Hikoyaning 2-yarmida qahramonning hissiy oʻzgarishi aks etadi va voqealarni kechirib, ichki hotirjamlikka erishadi

Sheʼrda taqdir hikmati, havas, hasad, hijron, armon, ilm ahamiyati, bilimsizlik oqibati, musibat, sabr, niyat ahamiyati, tiklanish va shijoat mavzularini koʻrishingiz mumkin)

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

23 Dec, 13:45


Juda qiziq, turli farqli hissiyotlarga boy, koʻp maʼno kiritilgan sheʼr boʻldi

Shoshilmasdan, hissiyot va maʼnolariga eʼtibor berib, "ichiga kirib" oʻqishni tavsiya qilaman

Xuddi bir kichkina qissadek boʻldi

Fikringizni kutaman:)

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

23 Dec, 13:44


Ilm hijroni

Har kuni eslarman tinch qoʻymas yoding
Musibat yetganda zoʻr berar tafti
Senku oson erishding oson hayotga
Bizdachi umrimiz qiyin boshlandi...

Yoshlikda berildi eng zoʻr ilmlar
Yaxshi sharoitda kamolga yetding
Bizgachi, ozgina yetmadi omad
Johillik sababdan zavolga ketdik

Endichi, oʻraydi, musibat qahri
Jaholat sababdan xatolar haqqi
"Qaniydi, bilsaydim, qilmasdim shuni..."
Endi pushaymonim boʻlar achitqi

Azob bilan ishim bitsa qaniydi
Ustiga qoʻshilar havas hayoting
Sen baxtli yasharsan, men-chi bu yoqda
Hijron-u azobda qovurar yoding...

Gohida soʻrarman, koʻrdim ham nega
Qaydan ham tanidim, yoʻliqdim senga
Bu dunyoda borligingning oʻzi dard menga!
Balki koʻrmaganim yaxshiroqmidi...

Mayli baxtli yasha, davroning surgin
Neʼmating shukrin qil, olgin koʻp foyda
Senga xayr ekan shu oson yoshlik
Bizning-chi, imtihon sal qiyin joyda

Bilaman, ajrdir har olgan dardim
Bilaman xayrdir yetgan har bir ish
Goʻzal hikmat ila tanlaydi Robbim
Bizni buyuk qilar bitilgan kechmish

Bizni buyuk qilar har bir lahzamiz
Gar Alloh kutgandek etsak itoat
Kimgadir koʻp - xayrdir, kimgadir ozi
Haqni izlaganga ochilar hikmat...

Noumid boʻlmoqqa hech ham hojat yoʻq
Niyatga qaralib, berilgan ajr
Kim niyat qilsayu, garchi yetmasa
Xuddi yetilgandek etilar qadr

Endi sinovimdir, qilmoq matonat
Garchi qiynasa-da, hadsiz musibat
Yoshlikda yetmagan ulugʻ neʼmatga
Yetmoq uchun endi - etmoq harakat...

Mayli, neʼmatlaring ziyoda boʻlsin
Alloh uchun sevdim, gard koʻrmay yasha!
Mayli balki boʻlmasak shu dunyoda biz
Qiyomatda boʻlarmiz shoyad bir safda...
@Azizbek_Zubaydullayev

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

23 Dec, 11:44


Bu - men tushunib yetgan eng muhim haqiqatlardan boʻlgan.

Negadir kam tarqatilibdi.

Barchaga qayta oʻqishni va tatbiq qilishni tavsiya qilaman

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

23 Dec, 09:12


Nomahramga ilm

Nomahramlarga ilm berishni oʻziga yarasha qiyinchiliklari bor

Avvalo ilm beruvchi kishi nafsini yaxshilab jilovlab olib, ehtiyoj boʻlmagan joyda qoʻshimcha muloqot boshlamasligi kerak.

Keyin esa, faol oʻquvchiga qoʻshimcha eʼtibor berganda unga notoʻgʻri hissiyot berib qoʻyishdan ham saqlanishi kerak.

Boʻlmasa, jarayon - ilm niyati emas, nafs masalasiga aylanadi

Boshqa jins vakiliga umuman maylsiz, lekin oʻz oʻrnida muomala qila olish koʻnikmasini shakllantira olish muhim.

Chunki, soʻzlar emas, muomalaning oʻzi ham insonga notoʻgʻri umidlar berib qoʻyishi mumkin.

Shuning uchun, hatto ehtiyoj boʻlgan muomalalarni ham, nafs hissiyotlarisiz, notoʻgʻri umid berib qoʻymaydigan qila olish kerak

Oʻquvchilar ham ustozga nisbatan shunday yoʻl tutishni oʻrganishi lozim

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

21 Dec, 12:06


5 oydan beri yaxshigina qiynab kelgan bir ruhiy azobim (bir xatoimga tegishli) bitta biznes video koʻrishdan keyin tuzalib ketdi

Hayot qiziq...

Ilm olishda davomli boʻlaverish kerak ekan

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

20 Dec, 15:03


Tushkunlarga

Har qanday turdagi ruhiy ogʻrigʻingiz uchun - unga yechim boʻlgan ilm mavjud

Tushkunmisiz - demak ilmingiz kam
Hafsalasizmisiz - demak ilmingiz kam
Oʻzingizni yomon deb hisoblaysizmi - demak ilmingiz kam

Ilm orqali bularni hammasi yenga olasiz

Allohni yaxshi tanigan kishi hech qachon qalbida tushkun, behafsala, aniqroq aytganda - "bekorchi" va shaytonga yengilgan boʻlmaydi.

Umidli, shijoatli va harakatchan boʻladi

Shayton tushkunligingiz va vaqtni bekor ketkazishingizni xohlaydi. Alloh umidli va shijoatli boʻlishingizni xohlaydi

Qolgan barcha bahonalaringiz bekor...

Tushkunliklarni yigʻishtirib, ilm oling. Qalbingiz shijoat va umidga toʻlganini koʻrasiz
@Azizbek_Zubaydullayev

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

20 Dec, 08:05


Yoʼqotgan narsamning bari uchun hamd
Yetmagan orzumning bari uchun hamd
Ey Alloh go'zaldir sen ne qilsang ham
Taqdiring goʻzaldir, hikmating cheksiz...

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

19 Dec, 22:14


Ey Alloh, bir paytlar xohlagan narsalarimni bermaganingga shukr!

Sen men uchun yaxshirogʻini tanlayman deb turganingda oʻzboshimchalik qilib biror xohishga yopishib olganimni kechir!

Hikmating cheksiz, taqdiring goʻzal!...
Oʻzingga hamd...

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

19 Dec, 21:03


"Kechqurun 2da boʻlsa ham hech malollanmay ishlaydigan ishing qaysi?" deb koʻp soʻrardim.

Oʻzimga ham bir kun haqiqatga aylanishini koʻrdim)

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

19 Dec, 16:02


Shakar xohishi

Och bo'lmasangiz, lekin qandaydir shirinlik (shokolad, pechenye) xohlayotgan bo'lsangiz, bu - ehtiyoj emas, aldamchi xohish. Miya qo'shimcha rohat istagida ba'zida shakarni talab qiladi. Rohatni "yengil yo'llar bilan" olishga o'rganib qolgani sabab. Qabul qilganida boshida maza qilishi mumkin, lekin bu tana uchun juda zarar. Hazm yomonlashgani sabab - miyaga ham zarar bera boshlaydi

Unday mahsulotlarga umuman miyani ham o'rgatmaslik kerak, tanani ham ular bilan zararlamaslik kerak

Suv iching, birozdan so'ng bu xohish ketadi. Ochlik ketmasa, meva yeng. Yoki sog'lom ovqat oling.

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

19 Dec, 09:21


Qilgan xatoim uchun oʻzimni kechirmadim. Uni qayta qaytarish niyatim yoʻq

Lekin, boʻlishi kerak boʻlgan xayrli voqealarning boʻlganini, barchasi hikmatli taqdir ekanini bilaman

Ular meni oʻsha xatoimsiz ham sodir boʻlar edi

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

18 Dec, 17:03


❤️‍🔥Ilm ulashishda oʻziga ishonchsizlikni yengish
@Azizbek_Zubaydullayev

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

17 Dec, 15:27


Qiziqarli orzusi yo'qlar - o'tmishni va hozirni o'ylab siqilib turaveradi)

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

30 Nov, 07:51


Doimo shijoatda koʻrinadigan odamlar doim shijoatli boʻlishmaydi. Ularni ham hammaga oʻxshab har kuni dangasalik bosadi

Ular shunchaki oʻzlarini qayta shijoatlantirishni bilishadi

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

29 Nov, 05:19


Vafot etganingizda shu nolib turgan hayotingizga qaytishni va oʻrniga Allohga itoat qilishni oʻtinib soʻragan boʻlar edingiz

Shukronalik hayotida yashang. Har bir qiyinchilikda rahmat bor

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

28 Nov, 14:08


Anonim suhbat qildik. Kommentda kuzatishingiz mumkin

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

26 Nov, 10:22


Orzuingizni yoʻqotib qoʻymang. Juda tushkunlikka tushib qolasiz

Goʻzal orzu qiling. Alloh uchun ilojsiz ishning oʻzi yoʻq

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

24 Nov, 07:40


Oʻyinda qattiq xohlagan kishi emas, qattiq tayyorlangan kishi yutadi.

Shuning uchun qattiq xohlagan kishi - qattiq ham tayyorlanishi kerak

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

23 Nov, 10:33


Maqsad - tinimsiz bezovtalantirishi, ruhan charchatishi emas, ruhiy energiya, shijoat berishi kerak

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

20 Nov, 15:09


Yuragimizni eng katta sindirgan voqealar hayotimizni eng katta oʻzgartiruvchilar boʻlgan

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

20 Nov, 07:34


Qishda tahoratga yengillik

Qishda tahorat olish anchagina qiyinlashadi. Buni osonroq qiladigan yoʻl bor: mahsi kiyish

1. Mahsi sotib olishda uning katta teshiklari yoʻqligiga, tikka qoʻyganda oʻz kuchi bilan tik tura olishiga eʼtibor qaratish kerak. Sifatli mahsilar 200-250 ming atrofi turadi

2. Ertalab tahorat bilan kiyasiz

3. Koʻchaga kiyish uchun oʻz oyoq oʻlchamingizdan 2 "razmer" katta, ichi puxli tufli yo etik olishingiz mumkin. Ularning ham chiroylilarini topsa boʻladi

4. Har gal tahorat olishda, mahsini yechish shartmas. Ustiga 3ta barmoq bilan bir marta masx tortasiz (hoʻl barmoqlar bilan uchidan tepasigacha silaysiz)

Shu bilan oyoqni yuvish qiyinchiligi yechiladi)
@Azizbek_Zubaydullayev

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

19 Nov, 07:41


Oʻz kanalingizda fikrlab yoziladigan maqolalaringiz sizning saviyangizni shunchalar koʻrsatadi-ki, eng asosiy mezon deb aytish mumkin

Boshqa yoqlardan olingan iqtiboslar, qisqa hayotiy fikrlar, rasmlar - sizning fikrlovchi inson ekanligingizni koʻrsatmaydi

Kuchli fikrlab yozilgan maqolalar - sizning koʻp ilmiy muhitda boʻlganingizni, koʻp fikrlashingizni, atrofdagi voqealarga befarq emasligingizni, qadriyatlaringizni, nihoyat - sayoz fikrlovchi inson emasligingizni koʻrsatadi

Ishga olish boʻlsin, turmush qurish boʻlsin, doʻst tutinish boʻlsin, sizni tekshiruvchi inson - birinchi boʻlib shu narsani izlaydi

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

18 Nov, 07:21


Hadislarni tartib raqam bilan yodlashda raqamga harfni bogʻlash uslubini qoʻllayapman

1. Har bir raqamga uni koʻrganingizda esga keladigan undosh harfni tayinlaysiz. Masalan, 1 ni koʻrsangiz l keladi. Ikkini koʻrsangiz, k keladi v.k

2. Oʻsha undoshlardan soʻz tuzasiz

3. Oʻsha soʻzni yodlanishi kerak boʻlgan gʻoyaga bogʻlaysiz

Masalan, 48-hadisda Anas roziyallohu anhudan tush haqida hadis kelgan boʻlsa,
4- t, 8- g, 48 - tg, tiger - yoʻlbars

Anas r.a yoʻlbarsning ustida ketayotganlarida tush koʻrdilar deb yodlab qolsa boʻladi

Bu uslubni tarixiy sanalarni va boshqa raqamli maʼlumotlarni yodlashda ishlatish mumkin

4 xonali tarixiy sanalar uchun boshqa uslub bor. Uni "Mukammal xotira" kabi mnemonika kitoblaridan oʻrganasiz

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

18 Nov, 04:17


Alloh yoʻlida nafsimizni sotgan insonlarmiz. Nafsimiz xohlagan narsa uchun Alloh rizosi koʻzlangan narsadan voz kechmaymiz

Fazli ulugʻ deb bilgan narsamizga intilamiz, nafs boshqasini xohlasa ham.

Va Alloh biz uchun xayrli deb tanlaganini fazli ulugʻ deb bilamiz

Alloh biz uchun tanlayman deb turganida oʻzimiz tanlaymiz deb beodoblik qilmaymiz

Va U nimani nasib qilsa, rozi boʻlamiz

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

17 Nov, 14:24


Akam bilan iyman Invest haqida gaplashib qoldik

Iyman Invest islomiy qoidalarga koʻra ishlaydi. Investitsiyangiz muvaffaqiyatsiz boʻlmasligi uchun, pulingizni 100ta halol biznesga boʻlib tikadi. Sherikchilik biznesidek ishlaydi: siz pul tikasiz, ular ishni qiladi, foydadan foyda olasiz

Oʻrtacha yillik foydasi 22 foiz ekan.

Hisoblab koʻrdik. Farzandingiz tugʻilganida iyman investga 10 mln tikib qoʻysangiz, 18 yilda 390mln, 22 yilda 791 mln boʻlar ekan

Xolis reklama)

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

17 Nov, 07:09


Har bir ataylab bekor oʻtgazgan vaqting - qaysidir bir katta maqsading uchun suiqasddir

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

16 Nov, 14:46


Sevgi uchun tanlamang.

Chunki bir kun havas ketganida muhabbat uchun sabab qolmaydi

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

16 Nov, 14:16


Men avval xohlagan va nasib qilmagan barcha narsa uchun hamd boʻlsin

Taqdir goʻzal

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

16 Nov, 06:08


Oʻylab qarasam, ingliz tilini juda tez oʻrganib qoʻygan ekanman. Juda past darajadan bir yilda IELTS 7,5 olib qoʻyibman

Arab tilini 3 yildan beri oʻrganaman. Ingliz tili darajamni hali 4 dan biriga ham yetmagan boʻlsam kerak

Menimcha erkin oʻqish - bir kunda 10-15 betlab kitob oʻqishni yoʻlga qoʻshishim kerak.

Chunki ingliz tilini shunday oʻrgangan edim. Hatto kunida 30 betlab oʻqirdim

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

15 Nov, 06:32


Biror narsani haqiqatda xohlasang, uning uchun biliming, imkoniyating, isteʼdoding bor-yoʼqligiga qarama. Tarixing goʻzal boʻlgan boʻlishi ham shartmas

Haqiqatda xohla, Allohga suyan - hatto sen faqat buyuklarga nasib qiladi deb oʻylagan narsalar ham Alloh yordami bilan oson sodir boʻlib ketishini koʻrasan

Ixlosing, tavakkuling, harakating bilan loyiq boʻlasan.
@Azizbek_Zubaydullayev

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

14 Nov, 15:45


Doʻstlik ajoyib narsada. Kimlar bilandir har kun suhbatda boʻlsangiz ham doʻst boʻla olmaysiz

Kimlar bilandir juda kam suhbat qursangiz ham, qalban yaqin boʻlib qolasiz

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

14 Nov, 02:58


Matn yodlash

Hadis yodlashda bu uslublarni qoʻllamoqchiman. Bu uslubni boshqa barcha matn yodlashda qoʻllash mumkin

1. Tushunib olish
Arabcha lugʻaviy maʼnosini va hadis umumiy maʼnosini. Shunda yaxshiroq yodda qoladi

2. Koʻp takrorlash
Bu - eng asosiy siri. Koʻpchilik ozgina harakat qilib, oʻxshamagach, tashlab qoʻyadi. Deyarli hech kim 5-6 oʻqishda yodlab qola olmaydi. Hamma tajribali yodlovchilar ham qayta-qayta takror orqali yodlashadi

50, 100, hatto 300 martalab qayta oʻqib yodlaydiganlar bor.

Bu oddiy xotira qonuni xolos - miyada har bitta maʼlumot uchun alohida neyron mavjud. Va ular juda ingichka boʻladi. Lekin oʻsha neyrondagi maʼlumot qanchalik koʻp takrorlansa - neyron shuncha yoʻgʻonlashadi, yaʼni yaxshiroq yodda qoladi

3. Mnemonika
Hadislarni ketma-ket yodlashim kerak ekan. Bunda endi hayoliy voqealar ketma-ketligini tuzib olishim yaxshiroq boʻladi. Bu - mnemonikaning asosiy uslublaridan. Bu haqida "Mukammal xotira" "Fenomenal xotira" kabi kitoblarda yozilgan
@Azizbek_Zubaydullayev

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

13 Nov, 04:24


inshaAlloh madrasani bitirganimdan va oila qurganimdan soʻng ushbu kun tartibida yashamoqchiman

Madrasadan soʻng Mahadda davom eta olmasam kerak. Chunki koʻproq ishlamoqchiman. Lekin ilm olish - butun umrlik odatim boʻladi inshaAlloh

6:00 - 11:00 Ayolim bilan diniy va ilmiy kitoblar oʻqish. Bu - Qurʼon, hadis boshqa islomiy va shaxsiy rivojlanish kitoblar boʻlishi mumkin.

11 - 12:30 Biznes kitob oʻqish

14:00 - 21:00 Ish

Bu gʻoyalar kimgadir foydasi tegishi mumkin

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

12 Nov, 02:49


Koʻchadagi tovuq goʻshtlariga ishonmayman.

Ikki kundan beri ketma ket mol goʻshtining oʻrniga tovuq goʻshtli somsa berishyapti.

Endi buyogʻiga tishlashdan oldin somsani sindirib koʻraman iloj yoʻq

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

11 Nov, 03:17


Oʻta shubhali yo harom narsani yeb qoʻyganda Abu Bakr r.a.ning sunnatlarini qilish kerak

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

31 Oct, 13:33


Kunlarim bekor oʻtardi.

O'sha paytlarda men uchun - hissiyotlar qanday kelsa o'shanday his qilinishi kerak edi. Dangasalik kelsa, dangasalik qilinar, ko'ngilxushlik xohlansa - ko'ngilxushlik qilinar edi.

Menga majburiy berilgan vazifalar bo'lmasa, qolgan butun kunlarim bekor o'tardi: shanba-yakshanbalar, yoz kunlari deyarli butunlay bekorchilikda o'tar edi. Xullas - mustaqil iroda deyarli shakllanmagan edi

So'ng esa, ayni shu yo'nalishdagi kitoblarni o'qish orqali 3 ta muhim koʻnikmalarni shakllantirdim: shijoat beruvchi katta maqsadga ega bo'lish, kunni foydali vazifalar rejasi bilan to'ldirish, bajarish vaqti kelganda intizom qila olish

O'shandan so'ng kunlarim mazmunga to'lib ketdi, men uchun endi bo'sh va band kunning farqi qolmadi, barcha kunlarim go'zal Oliy maqsadim tomon mazmunli bir qadamga aylandi

Bu bilimlar hatto moliyaviy hayotimga ham ajoyib taʼsir qila boshladi

Ularni ham aytaymi?

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

31 Oct, 12:49


Mingdan bir qismini ko'ryapsiz

Ijtimoiy tarmoqlarda ko'zim tushadi: Eng chiroyli joylarda, eng mazali ovqalar iste'mol qilayotganini ko'rsatishadi.

Har kim eng yaxshi holatini ko'rsatishga harakat qiladi. Aslida, ko'rsatayotgan hayotini har kuni yashamaydi.

Haqiqiy
hayotini yashirishadi. Bir lahzalik jarayonni ilib olib, xuddi o'zini hayoti shudek qilib ko'rsatishadi.

Ko'rganlar solishtiradi. Shu insonga mazza. Hayoti go'zal. Biz ham qachon shunday yasharkanmiz

Yo'q. Siz uning hayotini mingdan bir qismini ko'ryapsiz xolos. Va eng yaxshi qismini.

Muammolari, qiyinchiliklari, hatto yig'lagan vaziyatlari bor. U voqeani orqasida ko'plab boshqa voqealari bor.

Ko'rsatuvchilar: Noshukurlik, hasad kelib chiqishiga sabab bo'lmang. Oyda bir duch kelgan lazzatli taomlaringiz-u, mashhur insonlar bilan uchrashuvlaringizni har kunlik odat kabi ko'rsatmang.

Kunlik odatingiz shunday bo'lganida, bu siz uchun normal bo'lib, ko'rsatishdan zavq olmas edingiz.

Kuzatuvchilar: Ularni ideal deb o'ylamang. Aytganimdek, bir parchasi va eng qarmoqqa ilnadiganini, bezagan holda ko'rsatishadi, xolos.

@Sarvar_Nazarboyev

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

29 Oct, 07:14


Rizo

Bizni qayga uchirar-o
Goʻzal taqdir shamollari
Qayga eltsang boʻldim rizo
Xush kelibsan, Alloh taqdiri

Sinov kelsa etmay isyon
Sokindirmiz, kelsa boʻron
Chunki qalbda bordir iymon
Xush kelibsan, Alloh taqdiri

Rizo ekan iymon sharti
Taqdirida koʻp hikmati
Sabr qilgin, bor jannati
Xush kelibsan, Alloh taqdiri

Neki bersa rahmat boʻlar
Hatto sinov neʼmat boʻlar
Izlaganga qurbat boʻlar
Xush kelibsan, Alloh taqdiri

Rohat muhim sanamasmiz
Qiynalsak ham xafamasmiz
Baxtni nafsga bogʻlamasmiz
Xush kelibsan, Alloh taqdiri

Biror istak qistamasmen
Xohishdan baxt izlamasmen
Ne bersang ham roziman men
Xush kelibsan, Alloh taqdiri

Yaxshi yomon ajratmasmiz
Oʻzimizga tanlamasmiz
Istagidan ayromasmiz
Xush kelibsan, Alloh taqdiri

Ne tanlasang, xayr bordir
Allohimdan eʼtibordir
Bizda ne naf ixtiyordir
Xush kelibsan, Alloh taqdiri

Lek taqdirga toʻnkamasmiz
Gunohlar-u nuqsonimiz
Harakatdan toʻxtamasmiz
Xush kelibsan, Alloh taqdiri

Ey Allohim istagim Sen
Rozi boʻlgin baxtliman men
Qolganiga qiziqmasmen
Xush kelibsan, Alloh taqdiri

1-qism | 2-qism
@Azizbek_Zubaydullayev

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

28 Oct, 15:26


Baʼzida asl orzuimizni unutib qoʻyamiz. Uni qayta eslash - juda katta shijoat beradi

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

26 Oct, 08:38


Yigit bola uchun qiz bolaning hatto kiyimiga tikilib qarash ham shahvatini keltiradi.

Undan ham tiyilish kerak

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

26 Oct, 01:07


Musibat tuhfasi
yoxud Haqiqiy baxt

Qarimasmiz, lekin koʻrdik
Umrda koʻp baxt-u, kemtik
Lek yoshlikda koʻp gʻoʻr edik
Ichda boʻm-boʻsh, porlab tashqida

Rohatni baxt sanar edik
Lazzat koʻrsak quvnar edik
Lekin bilmay yashar edik
Qalb oʻlarkan, nafsning zavqida

Sinov kelsa tezda aynib
Darrov isyon etar edik
Taqdir inkor etar edlk
Baxtni koʻrmay, Uning rizqida

Lekin bir kun keldi azob
Barcha yoqdan qisdi girdob
Nafsim qaqshab, mazmun izlab
Qalb ochildi, azob joʻshqida

Soʻng tushundim, nafsim - bekor
Lazzatlaru, oʻyin bekor
Haqiqiy baxt - yagona Yor
Unga iffat, qurbat koʻshkida

Endi pastqam istamasmiz
Sayoz lazzat koʻzlamasmiz
Baxtni nafsdan izlamasmiz...
Baxt - Allohdir, Uning ishqida...

1-qism | 3-qism
@Azizbek_Zubaydullayev

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

26 Oct, 01:07


Faqat, shartim - shoshmasdan, tafakkur bilan oʻqing. Juda koʻp maʼno joylashga harakat qildim)

Va, fikringiz qiziq)

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

25 Oct, 15:09


Musibatlar meni avvalgidan koʻra qanchalik kuchli insonga aylantirganini tasavvur ham qila olmasangiz kerak

Baʼzi orzularimga yetisha olmaganimdan, yengillikka chiqishdan oldin oʻta azobli hayotda yashaganimdan xursandman

Barchasi uchun alhamdulillah

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

25 Oct, 13:08


Juda kamdan-kam odamlar bilan 2 minutdan ziyod gaplasha olaman: maqsadi kichiklar va qalbidagi maʼnaviyatni kuchaytirishni xohlamaydiganlar bilan suhbatimiz faqat hol-ahvol soʻrashishdan iborat boʻladi. Yengil mavzularda suhbat qila olmayman

Shunday xislatli insonlar bilan esa, soatlab gaplashsam ham gapim tugamaydi.

Boʻlajak juftimni ham shu xislatlarga koʻra tanlayman inshaAlloh

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

23 Oct, 12:06


🌙Uyquni tartibga solish

🔵 Barvaqt uxlash sirlari
🔵 Uyquni sifatli qilish
🔵 Barvaqt uygʻonish

🌟Moʻjizaviy 90 kun 26-son
@AzizbekZubaydullayev

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

22 Oct, 13:12


"Azob koʻrdik" deb nadomat qilganimiz yoʻq
Quldirmiz, Allohdan oʻzga bilganimiz yoʻq
Bu dunyoga rohat uchun kelganimiz yoʻq...
Rohat qoldirildi mavhum muddatga
@Azizbek_Zubaydullayev

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

21 Oct, 14:28


Boʻlmagin mahzun-o, ey qalbi gulim
Cheksiz ajr bordir har bir zaxmatdan
Ogʻir musibatda toʻkkan bir yoshing
Shoyad ustun boʻlsa yillab toatdan...
@Azizbek_Zubaydullayev

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

19 Oct, 05:14


Uzoq oʻylab, shu eʼlonni baribir chiqarishga qaror qildim. Bunda hech qanday yomonlik koʻrmayapman

Menga "ilmsiz yigitlardan sovchi kelyapti. Ota-onam turmushga chiqishga majburlayapti. Lekin ilmga muhabbatli yigit xohlardim, nima qilay?" kabi murojaatlar tushib turadi

Lekin bu safar ular 2ta oʻquvchim. Ikkovi ham Islomiy shaxsiy rivojlanish kursimning faol oʻquvchilari. Ularga yordam berishni istardim.

1. Fargʻona vodiysidan
2. Toshkentda, yoshi kattaroq (27-35)
Oʻzi ilmga muhabbatli, ayolidan ham shuni istaydigan yigitlar boʻlsa, murojaat botimga yozishingiz mumkin

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

18 Oct, 12:09


Bu sheʼrdagi har bir band hayotimdagi katta bir davrni ifodalaydi. Har biri oʻziga xos voqeani)

Biror kun hikoya qilib berarman)

Har bitta bandni toʻgʻri tuygʻu bilan yozish uchun kamida 2 soatdan ketgan

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

18 Oct, 11:48


Har kuni tuyganim tubsiz dardmidi
Oddiy yetmoq shuncha qiyin baxtmidi
Ey taqdir, shunchalar qiynash shartmidi...
Rohat qoldirildi mavhum muddatga

Mayli rozidirmiz, har uqubatga
Choʻgʻdek kuydirsa-da, bor musibatga
Axir gunoh ketib, qalb isloh boʻlar
Rohat qoldirildi mavhum muddatga...

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

18 Oct, 04:06


🟡📚 Oila va farzand tarbiyasi haqida audiokitoblar

1. Islomda oila
2. Nozik hilqat
3. Bola - odobi bilan aziz
4. Ey farzand
5. Ijtimoiy masalalar
6. Quloq oshiq bolar ekan kozdan avval
7. To'ydan keyin ham muhabbat bo'lsin
8. Turmush o‘rtog‘imning tengi yo‘q
9. Muslima ayolning vazifalari
10. Uchdan keyin kech
11. Olim yetishtirgan onalar
12. Oʻgay ona
13. Men bolamni urmayman
14. Bu ummatning qizi
15. Erkak kishi kamolotida ayolning orni
16. Murosayu Madora
17. Ey qizim
18. Voy, onajonim
19. Mahramiyat tarbiyasi
20. Yosh bola demang ularni
21. Ey ogil ozingdek bol
22. Baxtiyor oila | oila darslari
23. Kuchli farzand tarbiyalash |Darslar
24. Oila - saodat maskani
25. Islomda yoshlar tarbiyasi

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

14 Oct, 18:39


Yomon hissiyot payti

Oʻzingizni yomon his qilganingizda undan "ovunchoq"lar bilan qutulishga harakat qilishdan oldin oʻzingizga ushbu savolni bering

"Oʻzi nega oʻzimni yomon his qilyapman?"

Shunchaki yomon his qilish emas, uni qaysi fikr keltirib chiqarayotganiga eʼtibor qarating va uni aniqlang.

Soʻng esa, u fikrga tanqidiy qarab, muammoning yechimi haqida oʻylab koʻring

Shunda hissiyot - aslida his qilayotganimizdan keraksiz, muammo yechimi - oʻylaganimizdan sodda boʻlib chiqadi
@AzizbekZubaydullayev

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

14 Oct, 00:41


Bu kitob - musibatlarga chidash va ularni kuchga aylantira olish boʻyicha ham juda ham ajoyib bilimlar bera oldi

Orzularni qayta tiriltirish boʻyicha ham.

Uni barcha oʻqishi kerak boʻlgan kitoblar qatoriga kiritgan boʻlar edim

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

13 Oct, 15:00


Kattaroq sinov

Qiyinchilikning borligi rohat borligini bildiradi. Qiyinchiligimiz qanchalik koʻpaysa, rohatimiz ham shuncha koʻp boʻlishini anglatadi.

Yaʼni, biz qiyinchiligimiz qancha katta boʻlsa, shunchalik koʻproq xursand boʻlishimiz kerak. Chunki Alloh taolo oʻta olishimizni bilib, bizni kattaroq sinovga - shuningdek, kattaroq ajrga loyiq koʻribdi

Alloh taolo bizga toqatimizdan tashqari sinov bermaydi va kattaroq sinov - kattaroq darajani bildiradi

Shunday vaziyatdan foydalanib, Alloh taologa shukr qilish va u Zotga yanada kuchliroq bogʻlanish kerak
@Azizbek_Zubaydullayev

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

13 Oct, 01:05


Norizo emasmiz taqdirdan qilcha
Zahmatdan izlarmiz baxtni aksincha
Azobni doʻst bildik, lekin hozircha
Rohat qoldirildi mavhum muddatga...

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

12 Oct, 16:45


Yunus Emro (arab tilida)

Bu serialni oʻzbek tilida koʻrgan edim: men koʻrgan filmlar ichida eng qiziqarli va foydalilaridan boʻlgan.

"Men"dagi voqeaga juda oʻxshaydi

Arab tilini endi oʻrganayotganlarga ham tavsiya qilaman: ikki haftada qulogʻingiz moslashadi, yangi soʻzlarni ham kontekstdan tushuna boshlaysiz. Shifohiyya yo Mabdaul qiroatdan 20tagina dars oʻrgangan boʻlsangiz ham, koʻravering.

Men rus tilini shunday oʻrgangan edim: kam soʻz boylik bilan boshlab, tinimsiz kino/multfilm koʻrgan edim

Zerikkanda youtube yo instagramda befoyda qisqa video koʼrmasdan, shunday qiziqarli va foydali filmlar koʻrishni tavsiya qilaman

Filmning qolgan qismlari bu yerda
https://t.me/SDRA_GHD/63‌‌

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

10 Oct, 05:45


Hayot faqat ishdan iborat emas

Koʻpchilikning butun kuni faqat ish/oʻqish va moddiyat bilan toʻlganini kuzataman: uygʻonish bilanoq oʻsha xayollar, oʻqish/ish payti ham faqat materialism, u tugagach ham, hatto kun boʻyi boʻsh vaqti boʻlsa ham - shularning tashvishi

Toʻgʻri, ish/oʻqishdan halol rizqni, xalq xizmatini, Alloh rizoligini niyat qilish mumkin, lekin bu ham afsuski koʻpchilikda toʻgʻri qurilmagan

Doʻstim, ukam, singlim, eshiting:

1. Rizqimiz belgilangan
Siz kun boʻyi yelib yugursangiz ham, yetarlicha ishlab qoʻyib, qolganida oʻz islohingiz ustida ishlasangiz ham - oʻsha ajratilgan rizqingiz keladi. Faqat, ikkinchisida - unga baraka ham jalb qilgan boʻlasiz

2. Ilm olish vaqt olmaydi
Siz shunchaki qaror qilib - vaqt topishga niyat qilsangiz, kattagina vaqtlar topiladi. Hatto oʻqish / ish yoʻlida ham foydali suhbat tinglash, kitob oʻqish mumkin

3. Ibodat vaqt olmaydi
Aksincha, uning dunyoviy foydalari ham koʻp - miyangiz, qalbingiz, tanangiz dam oladi. Yangi quvvat olasiz. Keraksiz tashvishlardan qutulasiz

Aslida ikkala dunyoda ham nima muhimligini tushunish uchun 1-hayot tugashini kutish shart emas
@AzizbekZubaydullayev

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

09 Oct, 18:25


Mashaqqat

Har kuni kurashda kechadi umrim
Dam olmoq begona kichik bir vaqtga
Birin ishgʻol qilsam chiqadi biri
Rohat qoldirildi mavhum muddatga

Azobdir mehmonim kunlik, kun-ora
Chigalin yechmas hech, etib dil pora
Chidarman, yengillik kelar deb zora
Rohat qoldirildi mavhum muddatga

Gohida bemorlik, goh iztiroblar
Goh ruhiy bosimlar hadsiz azoblar
Tana, aql, qalbimdan siqar girdoblar...
Rohat qoldirildi mavhum muddatga

Oson bermoq shuncha qiyin baxtmidi
Toqatim bu qadar sinash shartmidi
Ey taqdir, shunchalar qiynash shartmidi...
Rohat qoldirildi mavhum muddatga

Kuchayar gohida azobning zoʻri
Xalos boʻlmoq soʻrar tana yolvorib
"Gunoh qil!" deb chorlar, "bir lazzat koʻrib"
Lekin rohat yoʻqdir mavhum muddatga

Norizo emasmiz taqdirdan qilcha
Zahmatdan izlarmiz baxtni aksincha
Azobni doʻst bildik, lekin hozircha
Rohat qoldirildi mavhum muddatga...

Mayli, umidim bor Alloh lutfiga
Savoblar berar deb har bir dardiga
Shoyad noil qilar ishqin taftiga...
Rohat qoldirildi umidli vaqtga...
@Azizbek_Zubaydullayev

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

09 Oct, 09:15


Yengil suhbatlardan ham foydalaning

Madrasaga kelishda kuratorimiz boʻlgan aqida ustozimiz bilan mashinada kelish nasib qilyapti alhamdulillah. Alloh ziyoda qilsin, juda ilmli ustoz

Men bunday imkoniyatlarga juda ustalik bilan yondashaman. Koʻpchilikda men kuzatadigan xato shuki, yaqinroq kishi boʻlsa - deylik guruh rahbari yo boshliq, u bilan hayotiy oddiy suhbatlarda juda moddiy masalalarni hangoma qilishadi:

Qayerda dam olish, boʻlgan futbol oʻyinlari, dinyodagi siyosiy vaziyatlar - xullas bugun qiziq, ertaga umuman foydasi yoʻq mavzular bilan vaqtni qiziqarli oʻtkazib olishadi

Aslida bu jarayonni ham - ham qiziqarli, ham foydali qilish mumkin. Men bunday yengil suhbatli vaziyatlarda yana kuchli ilmiy savollar berish juda ham mos emasligini bilaman

Shuning uchun u kishining hayotidagi ibratlarni gapirishga undaydigan savollar beraman:
• Yoshliklarida nimalar oʻrganganlari
• Oʻqigan joylaridagi ibratlar
• Oʻz talabalik davrlaridan ibratlar

Shunga oʻxshagan, hikoya qilinadigan va ibrat olish mumkin boʻlgan savollar soʻrayman, shu bilan - ham yengil suhbat boʻladi, ham qandaydir ibrat olaman

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

09 Oct, 03:07


Awaken the giant within
(Ichingdagi gigantni uygʻot)

Shaxsiy rivojlanish yoʻnalishi boʻyicha dunyo klassidagi mutaxassis, bu kitobni yozishdan oldin shu sohada 700dan ortiq kitob oʻqigan, hozirda $600mln+ boylikka ega, 50ta katta kompaniya egasi - Tony Robbinsning eng mashhur va foydali kitobi

Aytish kerakki, haqiqatda juda foydali. Avval bir marta oʻqib muhim joylarini belgilab, keyin muhimlarini Notionga koʻchirib, ulardan ham xulosalar yigʻib - 3 tahlil uslubida oʻqiyapman.

Emotsional menejment, maqsad tomon intilish, kun tartibingizni yaxshilash, oʻzingizni yanada yaxshisiga majburlash, hayotingizdagi azob va qiyinchiliklarni sizga shijoat beruvchi kuchlarga aylantirish va boshqa koʻplab juda muhim bilimlar berilgan
@AzizbekZubaydullayev

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

08 Oct, 18:35


Oʻzimiz tanlaymiz

• Oʻzimiz tanlaymiz - orzuimizni, oʻz standartlarimizni aniqlab olib, u tomon qatʼiy intilishni, yoki - toʻsiqlar, yetishmovchiliklarni vaj qilib, “qurbon” boʻlib yashashni

• Oʻzimiz tanlaymiz, maqsad tomon qilishimiz kerak boʻlgan ishni qilish vaqti kelganda - "bel"ni bir yerga bosib, oʻsha ishni qilishni, yoki - yoqmayotganini bahona qilishni

• Oʻzimiz tanlaymiz, bekorchi doʻstlar, suhbatlar, oʻyinlardan voz kechib, foydali ish bilan mashgʻul boʻlishni, yoki - “koʻngilxushliklar” bilan hayotni oʻtkazib yuborishni

• Oʻzimiz tanlaymiz, zerikkanda qiziq va foydali narsa koʻrishni yoki zarra foyda bermaydigan sayoz qisqa videolar bilan “ovunishni”

• Oʻzimiz tanlaymiz, boʻsh boʻlganda ijtimoiy tarmoqda “yopishib qolishni” yoki telefonda boʻlsa-da elektron kitob oʻqishni

Har vaziyatda, har lahzada bizda tanlov boʻladi. Oʻzimiz tanlaymiz - toʻgʻrisini, yoki yengilini…
@AzizbekZubaydullayev

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

08 Oct, 02:33


Qaror

Bizni hayotimizdagi natijalarni - bizdagi sharoit, bizdagi qobiliyat, resurslar bor-yoʻqligi emas - OʻZIMIZ tanlaymiz

Oʻzgarishni BIZ qaror qilamiz. Qanday qiyinchilik boʻlsa ham, xohlaganimizga erishishni BIZ tanlaymiz

Bahonalarni yigʻishtiring. QAROR qiling, natijani keltiradigan ishlarni REJA qiling. Va HARAKAT qiling

Moʻjizalar sodir boʻlishini koʻrasiz...

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

07 Oct, 04:09


Sheʼrning davomi)