Amirxon Valijonov | Blog @amirxonvalijonov Channel on Telegram

Amirxon Valijonov | Blog

@amirxonvalijonov


Kitob va unga bogʻliq hamma narsa haqidagi qarashlarim...
@ibook_uz, @tirilishuz va @kitobxonacom asoschisi

Qalblar odob, dunyo ilm bilan zabt etiladi!

Amirxon Valijonov | Blog (Uzbek)

Amirxon Valijonov | Blog kanalimizda kitoblar va ular bilan bogʻliq hamma narsa haqida qarashlarimni bayon etaman. Men @ibook_uz, @tirilishuz va @kitobxonacom asoschisiman. Kanalimizda qalblar odob va dunyo ilm bilan zabt etiladi. Agar siz ham kitoblarga qiziqishmasangiz, yangi ma'lumotlar olishni istasangiz, yoki o'z fikrlaringizni boshqalar bilan bahramandlashni xohlaysiz, Amirxon Valijonov | Blog kanalimiz siz uchun ideal joy! Sizning kitob sevgizni oshirish, yangi narsalarni o'rganish va dunyoviy ma'lumotlardan xabardor bo'lish uchun bizga qo'shiling! Ajoyib muhit, o'zaro fikrlashish imkoniyati va dunyoqarashlarimiz bilan qiziqarli va foydali muloqotlarni kutib qolishingizni xohlaysizmi? Sizni Amirxon Valijonov | Blog kanaliga taklif qilamiz! Qalblar odob va dunyo ilm bilan tanishish uchun biz bilan bog'laning! Qalbcil, dunyo ilm manbalari bilan do'g'ri murojaatda bulishingiz uchun Amirxon Valijonov | Blog kanalimizni obuna bo'ling va yangi ma'lumotlardan foydalaning! Sizni kutib qolamiz!

Amirxon Valijonov | Blog

13 Feb, 19:28


Chorsuda ham ayrim do'konlar sotishyapti, ansor books, anorbookslarda sotilgani haqida dalillar bor. Sarmoyabooksni aytmasa ham bo'ladi.

Bugundan boshlab soxta nusxa sotayotganlar Adliya Vazirligi qoshidagi Intellektual mulk agentligiga yozib berilyapti.

Amirxon Valijonov | Blog

13 Feb, 19:14


Afsuski, kitob bozorida soxta kitoblar muammosi jiddiy tus olmoqda.

Biz bugungi kunda qalbaki kitob sotayotgan oʻnlab doʻkonlarni bilamiz va shulardan bir nechtasini sizlarga ham ma’lum qilmoqchimiz.

Soxta kitoblar ko‘pincha sifatsiz qog‘oz va arzon bosma usullari bilan ajralib turadi. Asosiysi, bu mualliflik huquqlarini qo‘pol ravishda buzadi. Qolaversa, nashriyot haqqiga ham xiyonat hisoblanadi.

Chek yoki video bilan soxta kitobni olib bergan kitobxonlarga “Tirilish” nashriyoti Imom Gʻazzoliyning “Dindagi odoblar” kitobini sovgʻa qiladi.

Bogʻlanish uchun:
@ibook_uzbekistan

📞 +998 95 677 99 11

Manzillarimiz:

📍Chilonzor, Shuhrat chorrahasi
📍Chorsu, sobiq “GUM”

Amirxon Valijonov | Blog

10 Feb, 20:03


"Muqaddima"ni ham, "Yashamoq"ni nusxa qilib bosayotgan va tarqatayotganlar bir. Nashriyotlar ham, kitobxonlar ham bunga bee'tibor bo'lmasligi kerak. Qonunchilik talab doirasida bo'lmasa, uni qayta ko'rib chiqib, O'zbekiston ichida moddiy va nomoddiy mulklarni shubhasiz qattiq himoya qilish shart.

Amirxon Valijonov | Blog

10 Feb, 14:12


Assalomu alaykum, do'stlar. Premiumi borlar, ibook kitob do'konini qo'llab yuboringlar, iltimos. Shunda har kuni story qo'yish imkoniyatimiz paydo bo'larkan.

O'zi blogdagilarga bir nechta "Muqaddima" hadya qilmoqchi edim, lekin nimani evaziga berishimni o'ylay olmadim. To'g'rirog'i, vaqt bo'lmadi. Fikr bildiringlar)

Amirxon Valijonov | Blog

03 Feb, 18:08


Kitob vaqt o'tkazish uchun o'qilmaydi. Eng avvalo undan bilim va ulkan tajriba olinadi. Buyuk millat buyuk kitoblarni o'qiydi.

Ha, yana bir gap. Kuchli mafkurani katta asarlarni o'qib, murakkab mavzularda fikrlay oladigan odamlar o'ylab topadi.

Amirxon Valijonov | Blog

02 Feb, 09:07


Tarix juda muhim fan. Undan xulosa chiqarmagan xalq bir necha o'n yillarni yo'qotadi. Kitoblari sotuvda bo'lgan professor Qahramon Rajabov bilan bo'lgan suhbatdagi aksar gaplarni Nabijon Boqiy domladan eshitgan bo'lsam-da, hammaga ko'rishni maslahat beraman.

https://youtu.be/y3pblF100v8?si=2f9KondlNn9-Ap0T

Amirxon Valijonov | Blog

01 Feb, 17:55


ibookning Youtube sahifasida "Muqaddima" haqida qilingan suhbat chiqdi. Ko'rib, fikrlaringizni bildiring. Kitobni ko'pchilik tushunishi uchun turkum suhbatlar tashkillashtirishga harakat qilamiz.

https://youtu.be/ayHJd2xcFjQ

Amirxon Valijonov | Blog

30 Jan, 09:39


Rossiyaning g'oyaviy harakatlariga qarshi bir nechta ko'rsatuvlar, tarixiy kitoblar chiqyapti. Lekin bu asosan o'tmish bilan bog'liq bugungi kun tahdidi. Kelajak esa ko'proq Xitoyga aloqador. Shu sabab bilan Xitoy haqida, uning mafkurasi, Markaziy Osiyoga ta'siri, global va mintaqaviy rejalari bosh mavzu qilib olingan 2-3 ta kitobni ingliz tilidan tarjima qilmoqchimiz. Bizga bu borada sifatli tarjimon va muharrirlarning yordami kerak bo'ladi. O'zimizning jamoada hamma boshqa kitoblar bilan bandligi bois va Xitoy masalasini kechiktirmaslik shartligidan post yozyapman. O'zingizni shu bo'lajak loyihada ko'rsangiz, izohlarda yozing. Rahmat!

Amirxon Valijonov | Blog

28 Jan, 14:59


Yig'i-sig'i kitoblarni o'qishni bas qilish kerak. Bizning so'nggi 200 yilimiz o'zi umummilliy yig'i bilan o'tgan. Hozir belni mahkam bog'lab, rivojlanishga dastak bo'ladigan fundamental kitoblarni o'qishning vaqti. Motam, qayg'u, ilojsizlik, qo'rquv kabi mavzular o'zimizda keragidan ortiq. Bizga fundamental qadriyatlar, farovonlik, progress, xohish-irodaning kuchli bo'lishi kabi mavzular lozim.

Amirxon Valijonov | Blog

24 Jan, 16:39


#iqtibos
#tez_kunda

"Marshal Fox Versal tinchlik shartnomasi imzolanganini eshitganida, buni juda aniqlik bilan kuzatdi va dedi:

"Bu tinchlik emas. Bu yigirma yillik sulhdir".

Uinston Cherchill. "Ikkinchi jahon urushi" kitobidan

Amirxon Valijonov | Blog

21 Jan, 16:58


Gyugo - "Kulayotgan odam"
Ibn Xaldun -"Muqaddima"

Bu kitoblarning vazni og'ir, saviyasi yuksak. Rasmda esa "Tirilish"dan yana bir shedevr bo'ladi. Mundarijani o'qib, taxmin qilinglarchi?

Amirxon Valijonov | Blog

21 Jan, 16:18


Bu kitob yangi muqovada nashr qilinadi. Mohir yozuvchi, mohir tarjimon, dizayner ham mohir bo'lsin-e deb Bahriddin Bozorovga dizayn qildiradigan bo'ldik.

Amirxon Valijonov | Blog

21 Jan, 14:33


Ibn Xaldunning “Muqaddima” asari – yangi tahrirdagi nashr tez kunda!

📚 Ibn Xaldun bu kitobida jamiyatning rivojlanish qonuniyatlari, sivilizatsiyalarning yuksalishi va inqirozi, siyosat hamda iqtisod haqida noyob nazariyalarini bayon qiladi. Asarga siyosatshunos va tarixchilar tomonidan izohlar yozildi.

📜 Ibn Xaldunning Amir Temur bilan uchrashuvi – tarixiy voqealarning guvohi bo‘lgan olimning Sohibqiron haqidagi fikrlari, Temurning siyosiy tafakkuri va shaxsiyati bilan bog‘liq qimmatli mulohazalar ham ushbu nashrda o‘rin olgan.

❗️ Ushbu kitobning mualliflik huquqi “Tirilish” nashriyotiga tegishli bo‘lib, ruxsatsiz nusxa ko‘chirish va tarqatish qonunan taqiqlanadi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 149-moddasiga muvofiq, 86 mln so‘mgacha jarima yoki 6 oygacha qamoq jazosiga sabab bo‘lishi mumkin.

Amirxon Valijonov | Blog

20 Jan, 15:47


“Tirilish” nashriyoti loyihasidan chiqayotgan ikkinchi fransuz tilidan tarjima qilingan asar!

Tez kunda…

Amirxon Valijonov | Blog

16 Jan, 17:04


Tez kunda "Hujjatul Islom" Imom G'azzoliydan ilk kitobimiz nashr etiladi.

Amirxon Valijonov | Blog

16 Jan, 08:20


"Muqaddima"ni ololmaganlar diqqatiga! ibookning telegram kanaliga a'zo bo'ling. Kitob chiqishi bilan birinchi shu yerda aytiladi. Keyin yana tezda tugab qolsa, birovlardan so'rab yurmang.

Amirxon Valijonov | Blog

14 Jan, 17:22


Bu hayotda sening rejang seniki bo'lib qolarkan. Allohning rejasidan boshqasi haqiqat emas ekan. Quvonch cho'qqiga chiqqanda g'am haqida, g'am kelganida quvonchli lahzalar haqida unutmaslik kerak ekan. Bu kunlar ham o'tadi...

Amirxon Valijonov | Blog

11 Jan, 08:23


2-3 ta qiz bola kelib vaqtinchalik yordam bera oladimi do'konimizga?

"Muqaddima" uchun ishimiz ko'payib, ulgurmay qolyapmiz. Kunlik to'lov qilamiz ishlagan vaqtingizga qarab.

ibookning chilonzor filialiga. Manzil: Uchtepa tumani, Zargarlik, 2.
Mo'ljal: Shuhrat chorraha

Amirxon Valijonov | Blog

10 Jan, 05:22


10.01.2025
Tirilish nashriyoti uchun, balki o'zbek kitobxonlari uchun tarixiy kun

Amirxon Valijonov | Blog

09 Jan, 06:44


Katta gurungga tayyorgarlik.

Amirxon Valijonov | Blog

07 Jan, 16:58


Facebookda kitob haqida jonli suhbat ketyapti.

Amirxon Valijonov | Blog

07 Jan, 16:58


https://www.facebook.com/share/v/1Ushw66Fnu/?mibextid=09Vj1W

Amirxon Valijonov | Blog

07 Jan, 16:19


"Muqaddima"ni bosmadan bugun olishni boshladik. Oldindan buyurtma to'xtadi. Sotuvga 10-yanvar 10:00 dan chiqadi. Kitobni aynan shu kuni ibook do'konining chilonzor filialidan yoki onlayn xarid qilishingiz mumkin. 11-yanvardan esa chorsu filialimizda ham bo'ladi.

Amirxon Valijonov | Blog

06 Jan, 12:46


hammasi topildi, do'stlar. Rahmat. X tarmog'idagilar hal qilib berishdi.

Amirxon Valijonov | Blog

06 Jan, 10:40


9-yanvarda 40-50 minutlik podcastni 2-3 ta kamerada sifatli videoga olib, yaxshi montaj qilish kerak. Budjetimiz 1 mln so'm. Suhbat "Muqaddima" kitobi haqida bo'ladi. Mehmonlar sir.

Amirxon Valijonov | Blog

03 Jan, 07:26


Jumada Novzada o'tiribman. Yonimga bitta yoshi kattaroq aka kelib "Muqaddima" qachon chiqadi endi?" dedi. 1 haftada, Xudo xohlasa, dedim. Sizningcha, shu kitobni kutish darajasi jamiyat miqyosida qanchalik?

Amirxon Valijonov | Blog

01 Jan, 06:49


2025-yilda o'qishni rejalashtirgan kitoblaringizni yozib keting. Men bo'lsa, qayerdan eng yaxshi narxda topishingiz mumkinligini yozaman.

Amirxon Valijonov | Blog

31 Dec, 16:10


2025-yil uchun tilagim: Siyosiy elita, harbiy elita, mashhur blogerlar, qaror chiqarishda bevosita yoki bilvosita qatnashadiganlar, deputat va senatorlar, umidli talabalar, barcha vatandoshlar "Muqaddima"ni o'qisin. Shunday bo'lsa, aniq o'zgarish bo'ladi. Bu boshqa daraja.

Amirxon Valijonov | Blog

31 Dec, 15:45


2024-yil insoniyat tarixidagi eng yomon va xavotirli yillardan biri bo'ldi. 2025-yilda barcha urushlar mazlumlar foydasiga tugab, zolimlar qonuniy jazosini olsin. Zolim tarafida turganlar sharmanda bo'lsin.

Amirxon Valijonov | Blog

31 Dec, 10:37


10 kun qoldi

Amirxon Valijonov | Blog

31 Dec, 06:44


#tez_kunda

"Mol-mulking haqida boshqalarga u yoqda tursin, oilang va bolalaringga ham aytma. Agar boyligingni kam deb bilsalar, uni mensimay qo'yishadi. Bordiyu, mol-dunyongni ko'p deb bilsalar, har qancha harakat qilma ularning roziligiga erisha olmaysan".

"Dindagi odoblar" Imom G'azzoliy

Amirxon Valijonov | Blog

27 Dec, 00:56


Nihoyat so'nggi ko'rish bosqichi tugadi. Kitob bosish uchun tayyor bo'ldi. 27-dekabrdan "Muqaddima" bosmaga beriladi, inshaaAlloh.

Amirxon Valijonov | Blog

26 Dec, 21:55


Men, musahhih va texnik musahhih birgalikda tuni bilan "Muqaddima"ni ertaga bosmaga berish uchun uxlamasdan ishlayapmiz.

Amirxon Valijonov | Blog

25 Dec, 19:09


Dubay shokolad Dubayda 75000 ekan, bizda bunisini (Kunafa) 250-300 ming sotishyapti. 100 ta olib borsam, 175 mingdan oladiganlar topilarmikan, bayram oldi yana ham uchsa kerak)

Amirxon Valijonov | Blog

25 Dec, 15:36


"Bizga yetib kelmagan bilimlar bizga kelgan bilimlardan ko'proqdir.
Forslarning fanlari qani? Kaldoniylar, suryoniylar va bobilliklarning fanlari, ilmiy ishlari va natijalari qayerda? Qibtiylar va ularning ajdodlarining fanlari qayerda? Bizgacha faqat birgina xalq - yunonlarning fanlari yetib kelgan, chunki ular xalifa Ma'munning sa'y-harakatlari orqali tarjima qilingan. U bu sohada muvaffaqiyat qozondi. Uning xizmatida ko'plab tarjimonlar bor edi va u bu yo'lda ko'plab mablag' sarfladi. Boshqa xalqlarning fanlari esa bizga yetib kelmadi".


"Muqaddima"dan Ibn Xaldun

Xulosa: Insoniyatning barcha ilmlarini qo'ldan kelganicha o'z tiliga tarjima qilish, bu ishga pulni ayamaslik - yuksalishning old shartidir. Bunga bosh-qosh bo'lganlarning nomi esa tarixda shubhasiz qoladi.

Amirxon Valijonov | Blog

24 Dec, 19:57


"Muqaddima" bosmaga tayyor. Bosishdan oldin oxirgi marta o'qib chiqyapmiz jamoa bilan.

Amirxon Valijonov | Blog

21 Dec, 02:39


"Muqaddima"dan iqtibos. Demak, Ibn Xaldunga ko'ra, insoniyat Yer yuzini "obodlik"da saqlashi kerak. Buni u "umron" deydi. Biz esa kitobda shartli ravishda "sivilizatsiya" deb berdik. Kitobdagi "sivilizatsiya" - varvarlikning aksi emas, aynan "umron" - obodlik, jipslikdir.

Amirxon Valijonov | Blog

21 Dec, 02:29


#iqtibos

"Ислом динида инсоннинг мавқейи ҳар қайси тузумдагидан кўра баланд туради. Ҳеч қайси дин ёки тузум инсонни Яратганнинг халифаси мақомигача кўтармаган. Ҳеч қайси мафкура инсон қадрини бу қадар баланд нуқтага олиб чиқмаган. Инсон ўзига бундай қадр-қиммат топишига Исломгина имкон берган. Зотан Ислом инсонийлик динидир. Ислом доимо инсонпарварлик тамойилларини жамият ҳаётида устувор бўлишини рағбатлантириб келади. Хусусан, ибн Халдун асарда бу ҳақида шундай фикрларни беради: “Бу ерда биз яна бир ҳақиқатни кашф қилишимиз мумкин. Аслида инсон табиатан раҳбардир. Чунки у Ер юзида Худонинг халифаси сифатида яратилган.” Иккинчи ҳикмат эса ибн Халдун келтирганидек, халифа (раҳбар) сифатида яратилган “инсон табиатан сиёсий мавжудотдир”, деган жумласида мужассам. Модомики, инсон сиёсий мавжудот экан, унинг сиёсати нимадан иборат бўлиши керак? Бу саволга жавоб бераркан ибн Халдун шундай дейди: “Сиёсат ахлоқий (диний) ва фалсафий талаблар асосида инсонлар яшайдиган энг кичик бўгин (уйлар) ёки шаҳар бошқаруви билан шуғулланади. Унинг мақсади эса инсониятни тур сифатида сақлаш ва унинг наслини давом эттириш бўлиб, бунинг учун инсонларни муайян дастур сари йўналтиради”.

"Muqaddima" kitobi so'zboshidan

Amirxon Valijonov | Blog

19 Dec, 14:59


Odam bu kitobning chiroyiga qarab-qarab to'ymayapti-yey. Sovg'a uchun ideal variant bo'ladi, jonli ko'rganinglarda yana ham ko'proq his qilasizlar muqovaning go'zalligini.

Mundarijasini ko'rib oling, kitobda nimalar yoritilganini bilish mumkin.

Amirxon Valijonov | Blog

19 Dec, 08:12


1000 kitobga taklif qilishdi. Ajoyib taqdimot bo'ladi, kirish ixtiyoriy, menimcha. Kelinglar

Amirxon Valijonov | Blog

18 Dec, 16:25


Sizlarga hali aytmadim-a, "Muqaddima" nashridan biroz o'tib, kitobning yurtimizda tanilishiga sababchi ahli ilm Abror Muxtor Aliy bilan podcast qilishga kelishdik. Yanvarda nasib qilsa domla bilan kitob haqida atroflicha suhbatlashamiz.

Amirxon Valijonov | Blog

18 Dec, 14:37


Kitob juda chiroyli chiqqan. Birovga sovg'a qilishli. Estetik rasmga oladigan, video tayyorlaydiganlar bo'lsa, shu kitob bilan qilishni maslahat beraman.

Amirxon Valijonov | Blog

17 Dec, 19:04


Aytgancha, bugun yana bir ajoyib kitob chiqdi. Mundarijasini ertaga yuboraman. Mavzuni har birimiz uchun muhim deb o'ylayman.

Amirxon Valijonov | Blog

17 Dec, 15:08


"Muqaddima"ning tahriri bitdi, musahhih ko'rishni boshlaydi ertadan. Tobora nashrga yaqinlashyapmiz, O'ziga shukr

Amirxon Valijonov | Blog

05 Dec, 11:41


#iqtibos

"Har bir millatning odati uning hukmdori odatiga bog‘liqligi institutlar va odatlarning o‘zgarishidagi eng keng tarqalgan sabab hisoblanadi. Hammaga ma’lum bo‘lgan hikmatli so’zda aytilganidek: “Insonlar hukmdorlari dinidadir”.

"Muqaddima"dan

Amirxon Valijonov | Blog

29 Nov, 19:44


#muhim

"Muqaddima" haqida Facebookdan Saidkomil Muhammad Karim sahifasidan:

ИБН ХОЛДУННИНГ МУҚАДДИМА АСАРИ ҲАҚИДА

Аввалроқ, ўзбек сиёсатчилари орасида Форобийнинг сиёсий фалсафасини билмаслик уят ҳисобланиши ҳақида ёзган эдим. Бугун ўша фикрга Ибн Холдуннинг “Муқаддима”сини ҳам бемалол қўшиш мумкин.

Охирги асрда илм-фанда Евроцентризм ғояси доминант бўлди. Евроцентризм деб қисқача борлиқни Ғарбда шаклланган тарихий/табиий дунёқараш ёки контекстда ўрганиш ва хулоса чиқаришга айтилади. Ҳар қандай фикрни Ғарб фалсафаси билан баҳолаш, ғарб дунёқараши билан ўлчаш қоидага айланиб қолди. Мисол учун, Ғарбга кўра террор ҳисобланса, ўз-ўзидан терроризм деб тушуниладиган бўлган. Хатто у миллий озодлик ҳаракати бўлса ҳам.

Бу ҳолат миллий зиёлиларимиз ва сиёсатчиларимизда ҳам кузатилади. Айниқса, давлатчилик ва сиёсат фалсафаси ҳақида сўз борганда Юнон файласуфлари, Европадаги Ренессанс ва Маърифатчилик ҳаракати вакилларининг қаричлари билан ўлчанади. Евроцентризм ғоясининг шаклланишида муҳим ўрин тутган мутафаккирлар ва уларнинг асарларига Николо Макиавелли ва унинг “Ҳукмдор” асарини, Томас Мор ва “Утопия”, Данте ва “Монархия ҳақида”, Томас Гоббс ва “Левиафан”, Жон Локк ва “Фуқаролик ҳақида икки рисола”, Монтескье ва “Қонунлар руҳи ҳақида”, Жан-Жак Руссо ва “Жамият шартномаси”, Иммануил Кант ва “Мангу тинчлик”ни мисол келтириш мумкин. Ренессанс давридаги давлатчилик фалсафаси гуманизм, индивидуализм ва амалий сиёсатга асосланган бўлса, Маърифатчилик даврида инсон табиий ҳуқуқлари, ҳокимият тақсимоти ва шахсий эркинлик ғоялари ривожланган. Бу даврлардаги асарлар бугунги кун давлатчилик тамойилларининг шаклланишига катта таъсир кўрсатган.

Бироқ, ушбу асарлар Европанинг тарихий ва интеллектуал ривожланиш йўлини ўзида акс эттиргани боис, дунёдаги жараёнларга христиан-секуляр нуқтаи назардан қараш ва жавоб излашга асосланган. Шу асосда давлатчилик ва сиёсат фалсафасига оид турли назарияларни илгари сурганлар. Бугун жаҳон сиёсатшунослари Евроцентризм назарияларининг тўлақонли эмаслигини, Ислом ва хитой цивилизацияси каби Европага муқобил равишда шаклланган дунёқараш ва ҳаёт тарзидаги жараёнлар ва қонуниятларни ўрганишга ожизлик қилишига тобора аҳамият қаратмоқдалар.

Хусусан, Евроцентризм ғоялари асосан инсон қадри, инсонннинг табиий ҳуқуқлари, виждон ва танлов эркинлиги, демократия каби мавзуларда илғор фикрларни илгари сурадилар. Жамиятдаги тартиб-интизом, ижтимоий муносабатлар, хулқ-атвор, қадриятлар, ҳуқуқ ва адолат тушунчалари, давлат ва фуқаролар муносабатларига инсоннинг шахсий ҳуқуқи ва манфаатларининг устуворлиги, яъни индивидуализм нуқтаи назаридан баҳо беради. Евроцентризм қарашлари инсонларнинг Ер юзида эмин-эркин, фаровон ва муносиб ҳаёт кечириш йўлларини қидиради ва шуни тарғиб қилади. Шу нуқтаи назардан, юқоридаги асарлардаги фикрлар жозибадор кўринади.

Бироқ, чимилдиққа кирмаганнинг лаззат тушунчаси батамом эмас, дейилганидек, Евроцентризм назарияларидан бошқа қарашлар билан таниш бўлмаган файласуфнинг фалсафаси ҳам мукаммал бўлмайди.

Мусулмон оламидаги файласуфлар ва уларнинг сиёсат фалсафаси индивидуализмга асосланган Евроцентризм ғояларидан тубдан фарқ қилади. Форобий, Ибн Сино ва Ибн Холдун каби мутафаккирлар, инсон, жамият ва давлат муносабатларига Европада тарихан шаклланган христиан-секуляр дунёқарашдан фарқли қарашларга эга бўлганлар. Шунинг учун ҳам, уларнинг инсон, фуқаро, миллат, жамият ва давлат ҳақидаги тушунчалари, уларнинг ҳар бирининг мақсади, вазифалари, ва ўзаро муносабатлари ҳақида Европалик олимлардан фарқли қарашларни илгари суради.

Мисол учун, Форобийнинг фалсафасида давлат ва жамият ўртасидаги муносабатлар “ас-саодат ал-қусво”, яъни олий саодат - ниҳоий бахтга эришиш ғояси атрофида шаклланади. Форобийга кўра, ҳар бир инсон олий саодатга эришиши, давлатнинг вазифаси эса, инсонларнинг ўзаро ҳамжиҳатлик ва ҳамкорликда, бир-бирларига ёрдам берган ҳолда ниҳоий бахтга эришишини таъминлашдир. Форобий, олий саодат - ниҳоий бахт деб охират ҳаётидаги муваффақиятни назарда тутади.

Ибн Сино ҳам ўзининг асарларида давлат ва жамият ўртасидаги муносабатлар ҳақидаги қарашларини илгари сурган.

Amirxon Valijonov | Blog

29 Nov, 19:44


Унга кўра, инсонлар фақатгина ижтимоий ҳаёт орқали фаровонликка эришишлари мумкин бўлиб, давлатнинг вазифаси ҳар бир инсонни умумий фаровонликни таъминлашга қаратилган вазифа ва иш билан таъминлашдир. Ибн Сино бекорчилик ва боқимандаликка кескин қарши чиқиб, ҳар бир инсон жамият олдида умуммиллий фаровонликка ҳисса қўшувчи меҳнати билан ҳисобдор эканини таъкидлайди.

Умуман олганда, мусулмон мутафаккирларининг фалсафасида жамият манфаатлари инсоннинг шахсий манфаатларидан устун туради. Бироқ, Ғарб фалсафасида эса, инсоннинг шахсий манфаатлари ёки ҳаёт тарзи жамият манфаатларидан устун туради. Евроцентризмнинг инсон шахсий эркинликларига ҳаддан ортиқ эътибор қаратганиши оқибатида ҳаётда айш-ишратга берилиш - гедонизм, шахсий ўзликнинг бузилиши - ЛГБТҚ+, афкор омманинг хоҳиш истакларига қаратилган давлат бошқаруви - демократия каби назариялар ва тизимлар ривожланди. Мусулмон дунёқарашида эса, жамият манфаатлари устувор бўлиб, квадроберлар сингари ўз ҳаётини ҳайвонларга ўхшатиб, жамиятга фойда келтирмай ҳаёт кечириш, масалан, ислом фалсафасида инсон ҳуқуқлари сифатида баҳоланмайди.

Инсон ҳаётидан кўзланган мақсад мусулмон ва христиан-секуляр фалсафани бир-биридан ажратиб турувчи муҳим тушунча ҳисобланади. Гарчи, Евроцентризмда давлат бошқаруви тизими, ҳокимият, сайлов, адолат ва ҳуқуқ тушунчалари чуқур ўрганилсада, инсон ҳаётининг мазмуни, давлатчилик ва миллатдан кўзланган мақсад ўрганилмасдан қолган. Шунинг учун ҳам, нима учун шундай бўлиши керак, деган саволга Европа мутафаккирларидан етарлича жавоб топиб бўлмайди.

Ибн Холдуннинг “Муқаддима” асари, мана шу саволга етарлича жавоб берган муҳим сиёсий-фалсафий асарлардан ҳисобланади. У, шунингдек, ушбу асарида илм-фанда янги йўналиш - цивилизация тушунчасини киритган олим ҳам ҳисобланади. Ибн Холдун, Европа олимлари билдирган адолат, инсон ҳуқуқлари, одил ҳукмдор, фаровон ҳаёт ва бошқа барча ижобий фикрларга қўшимча қилиб, инсониятнинг ижтимоий ҳаёти, давлат ва жамият сифатида яшашининг ортида ҳам ҳикмат борлигини баён қилади. У ҳам бўлса, цивилизация, яъни “умрон” бунёд қилишдир.

Ибн Холдунга кўра, инсонларнинг ер юзидаги ҳаётидан мақсади, Европа олимлари таъкидлаганидек, шахсий эркинлик, нафсни қондириш, ижод ва бошқа дунёвий яхшиликлар эмас, балки, Ер юзини обод қилишдир. Имрон, яъни цивилизация тушунчаси ҳам айнан обод бўлишни англатади. Ибн Холдун инсонларнинг ўзаро ҳамкорлиги, кўмаклашиши, фан ва касбларни ўрганиши, барча иқтисодий, маданий ва сиёсий жараёнлардан кўзланган ягона мақсад Ер юзини обод қилиш бўлиши кераклигини таъкидлайди. У ушбу фикрни муқаддас битиклардаги “Мен инсонни Ер юзига халифа қиламан” деган ҳикмат билан боғлайди. Инсон бу дунёда ўз нафсини ўйлаб яшаши эмас, балки Ер юзини обод қилиши унинг илоҳий ва муқаддас вазифаси ҳисобланади.

Шунинг учун ҳам, мусулмон мутафаккирларининг сийсий-фалсафий қарашлари ва изланишлари Евроцентризм ғояларидан тубдан фарқ қилади. Ғарб мутафаккирларининг изланишлари инсон қадри ва унинг шахсиятини урғулаган бўлса, мусулмон оламининг сиёсий фалсафаси Ер юзининг ободлиги ва олий саодатга етишиш йўлларини ўрганишга қаратилган.

Ибн Холдуннинг “Муқаддима” асари шунинг учун ҳам замонавий ўзбек сиёсий фалсафасида чимилдиқ вазифасини ўтайди. Ўйлайманки, ушбу асарни ўқиган инсоннинг сиёсий дунёқараши тубдан ислоҳ бўлади.

Сўзимнинг бошида келтирган фикрларни яна эслатаман. Ўзбек сиёсатчилари орасида Форобий, Ибн Сино, Ибн Холдун каби мутафаккирларнинг сиёсий фалсафасини билмаслик бўйдоқлик ҳисобланади.

Amirxon Valijonov | Blog

27 Nov, 09:11


"Muqaddima"ning mutolaasi davomida his qilayotgan tuyg'ularimni barcha vatandoshlarimiz his qilishini samimiy xohlayapman)

Amirxon Valijonov | Blog

27 Nov, 08:56


#iqtibos
#muqaddima

"Shunday bo’lsa-da, o’tmish va hozirgi olimlarning ishlariga nazar tashlaganimda, o’z asarimdagi kamchiliklarni anglayman. Bunday murakkab mavzuga chuqur kirib borishdagi ojizligimni tan olaman. Ilmiy salohiyatga va keng bilimga ega kishilar kitobga befarq bo’lib, uchragan xatolarga ko’z yumib emas, balki tanqidiy nazar bilan qarashlarini xohlayman. Ahli ilm ichida sarmoya tikish kamdir. O’z kamchiliklarini tan olish tanqiddan asraydi. Tarixchi birodarlarimning yaxshilik qilishlariga umid qilaman. Amallarimizni faqatgina U Zotning roziligi uchun bo’lishini Allohdan so’rab qolaman. U eng yaxshi vakildir".

"Muqaddima"dan Ibn Xaldun

P.s: Buyuklik mana shunday bo'ladi. Kamtarlikni, tavozeni qarang-a!

Amirxon Valijonov | Blog

26 Nov, 14:21


#iqtibos

"Izzat-hurmatda yuraman degan hukmdor iqtidorli kishilarni qanotiga olib, mehr ko'rgazib, san'at, fan va hunarmandchilikda ko'zga ko'ringanlarning hurmatini joyiga qo'yib borishi lozim. Fuqarolarning savdo-sotiq, dehqonchilik, hunarmandchilik bilan shug'ullanishlarini rag'batlantirib turishi kerak. Odamlar o'z go'shalarini birov tortib olishidan qo'rqmay obod qilish, soliqlar solib bo'g'ib tashlashadi degan hadikdan begona holda do'konlar ochish kayfiyatida yashashlari kerak. Shahar va davlatni ko'rkamlashtirishga xizmat qilganlar uchun hukmdorning alohida mukofotlari bo'lmog'i zarur. Bundan tashqari, yilning qulay fasllarida xalqni bayram va tomoshalar bilan band qilishga e'tibor qaratmog'i kerak".

Makiavellining "Hukmdor va Mulohazalar" kitobidan

Amirxon Valijonov | Blog

24 Nov, 13:12


Dizayn, narx va buyurtma sanalari aniq. Maksimum tarqatib, sotib olishni intiqib kutayotganlarga yuborsak bo'laveradi endi) 😎

Amirxon Valijonov | Blog

24 Nov, 13:12


500 Yillik bilim beradigan kitob

📖 Dunyoga mashhur asar – Ibn Xaldunning Muqaddimasi endi o‘zbek tilida! Kitobxonlar tomonidan uzoq kutilgan bu kitobning 1-jildi tez orada nashrdan chiqadi. Ushbu asar o‘zining falsafiy va tarixiy mulohazalari bilan butun dunyoda e’tirof etilgan bo‘lib, har bir satri sizni o‘ylash va yangi fikrlar sari yetaklaydi.

🗓️ 1-dekabrdan boshlab, kitobga oldindan buyurtma qabul qilinadi. Oldindan to‘lov orqali siz bu nodir asarning o‘zbek tilidagi ilk nashridan birinchilardan bo‘lib qo‘lga kiritishingiz mumkin.

Narxi: 79.000 so’m

Bog'lanish uchun:
@ibook_uzbekistan

📞 +998971891199

Manzillarimiz:

📍Chilonzor, Shuhrat chorrahasi
📍Chorsu, sobiq “GUM”

Amirxon Valijonov | Blog

23 Nov, 20:20


ChatGPTga "Nega "Muqaddima" bu qadar muhim asar?" deb savol berdim. Ko'p sabab keltirdi. Bittasini yozaman:

"Kitobda sivilizatsiyalarning o'sishi va pasayishi haqida keng tushunchalar mavjud. Ibn Xaldun har bir sivilizatsiyaning o'ziga xos sikli va bosqichlari borligini ta'kidlaydi, bu esa keyinchalik sivilizatsiya nazariyalari uchun asos bo'ldi".

Men Robinson va Ajemo'g'lilarning institutsionalizmiga to'liq yon bermasligimga sabab ham aynan shunda. Sizda siyosiy institutlar zo'r ishlasa ham, agar "ulardan biri" bo'lmasangiz, sivilizatsiyangiz boshqa bo'lsa, Sizga yot nazar bilan qarayverishadi.

Amirxon Valijonov | Blog

23 Nov, 08:27


#iqtibos
#tez_kunda

"Kitob tasnif etishga salohiyatli bo'lmagan kishi bu ishga kirishishdan qattiq ehtiyot bo'lsin. Bunday qilish uning diniga, amaliga va obro'siga zarar beradi.
Kitobni qayta-qayta ko'zdan kechirib, undagi xatolarni to'g'rilab, kamchiliklarni o'chirib bo'lgachgina kitob tarqalishiga yo'l bersin.
Kitob ta'lif etishda avvalgilar yozgan aksar asarlarni boricha qaytarib qo'ymasin. Agar avvalgi kitoblar u tasnif etgan asarning ba'zisini foydasiz qilib qo'yadigan bo'lsa, eski kitoblar uslubiga qo'shimcha kiritib yozishga harakat qilsin.
U yozgan kitobining manfaati barcha uchun bo'lib, ko'p ehtiyoj tushadigan bo'lsin".

Imom Navaviyning "Ilm olish odoblari" kitobidan

Amirxon Valijonov | Blog

22 Nov, 06:19


Kecha "Muqaddima"ga sarmoya kiritayotgan namanganlik aka bilan 2 soatcha suhbatlashdik. Aka robototexnika, kompyuter muhandisligi, astronomiya kabi ilmlarga qiziqarkan. Daromadi Xitoydan robototexnika mahsulotlarini keltirib, sotishdan ekan. Suhbat davomida Tayvandagi TSMC zavodi haqida ko'proq gaplashdik. Butun dunyo narkoman narkotaga o'tirib qolganidek texnologiya mikroprossessorlarga o'rganib qolganini, usiz dunyo o'rta asrlarga qaytishini, shu sabab Tayvanning geosiyosiy, iqtisodiy, xavfsizlik, texnologik ahamiyati o'ta yuqoriligini, islom olami ta'limda aynan shu sohalarga bor salohiyatini hoziroq sarflashi, aks holda hozir ham xavf ostida bo'lgan suverenitet masalasi butunlay qo'ldan chiqishi mumkinligini aytib eshitdik. Men akaga qaysidir soha uzoq muddatli barqaror rivojlanishi uchun ta'limga va shu soha adabiyotlarining tarjimasiga sarmoya kiritish kerakligini aytdim. Aka buni qabul qildi va doim hamkorlikda ishlashga tayyorligini bildirdi. Aynan shu sarmoyador birodarimiz sabab "Muqaddima"ning dastlabki jildi yil oxirigacha qo'lingizda bo'lishi mumkin.

Amirxon Valijonov | Blog

21 Nov, 16:13


"Muqaddima"ning dizayni tayyor bo'ldi. Oldindan buyurtmani boshlayversak bo'larmikan, nima deysizlar?

Amirxon Valijonov | Blog

18 Nov, 05:11


Bugundan avtobus va metro bekatlarida ov boshladim. Bizning nashriyot kitoblaridan birini o'qiyotganlarga bittadan kitob hadya qilmoqchiman. Akamiz "Qonunlar ruhi haqida"ni o'qiyaptilar. Birinchi "o'lja".

Bilmaganlar uchun bizning nashriyot - "Tirilish".

Amirxon Valijonov | Blog

14 Nov, 18:25


Shuning uchun boy va qudratli davlat bo'lish kerak.

Amirxon Valijonov | Blog

14 Nov, 10:35


Yunonlar tarixini o'qiganimda "Nega aynan shu spartaliklar bu qadar jismonan kuchli bo'lgan?" deb o'ylardim. Bu kitobni tahrirlash jarayonida bilsam, bu ablahlar zaif tug'ilgan bolalarni o'ldirvorisharkan. Ona bolasi yashab qolishi uchun baquvvat chaqaloqlarni tug'ib berishga majbur bo'lgan ekan. Ajoyib-a?

Amirxon Valijonov | Blog

13 Nov, 13:28


Yangi filial masalasida so'rovnoma qilmoqchi edim.

Seul Moonga borganlar bormi oramizda? Atmosferasi Sizga yoqdimi? O'zim bir marta borib, yoqtirib qoldim. Bunaqa tuyg'u Istanbulda bo'lgandi. Suv, toza havo va bir nechta savdo shahobchalari uyg'unligi.

Amirxon Valijonov | Blog

12 Nov, 19:40


Tungi 12:30 da Artur Konan Doylning "Qizil hujjat" kitobini ko'rib bo'ldim.

"Poytaxt. Abdulhamid" serialida Usmoniylar rahnamosi Abdulhamidning bir necha marta Artur Konan Doyl asarlarini qiziqish bilan o'qiganini ko'rganimda izquvar Sherlok Xolmsdan siyosatchi nima foyda olishi mumkin, deb o'ylardim.

"Qizil hujjat"ni o'qib, xalifa Abdulhamidni tushundim. Sherlok Xolmsning dohiyona mahorati insonni lol qoldiradi. Undan ko'p narsa o'rganishimiz mumkin.

Shu o'rinda kitob tarjimasi go'zal bo'lganini e'tirof etib, tarjimon O'tkirbek Muhammadsobirga rahmat deyman.

Kitobni yaqin oylarda nashr qilamiz.

Amirxon Valijonov | Blog

10 Nov, 13:37


Siyosiy, tarixiy, shaxsiy rivojlanish, o'zbek va jahon adabiyoti hamda diniy kitoblardan 11 tadan saralab, yilning eng katta chegirmasini e'lon qildik. Bu faqat 1 kunga amal qiladi. Yaqinlaringizga xabar bermasangiz bo'lmaydigan aksiya bu)

Batafsil ma'lumotni ushbu postdan olasiz.

Amirxon Valijonov | Blog

10 Nov, 08:48


#muhim

Agar Payg'ambar alayhissalomga muhabbat haqida kitob yozsangiz, unga qanday nom bergan bo'lardingiz?

Amirxon Valijonov | Blog

09 Nov, 16:54


"Men boshqa kishilarning asarlarini o‘qib, kecha-yu kunduzni mutolaaga sarflab tarixni chuqur o‘rganganimda, o’zimdagi iste’dodni dangasalik va g’aflat uyqusidan uyg‘otdim. O’zim hech narsaga arzimasam ham, ilm sarmoyasini eng go’zal bir shaklda talab qilib, ko’nglimdan ta’lif etish fikrini o’tkazdim va shu tariqa tarixga oid bir kitob yozdim. Shu bilan turli millat va elatlar tomonidan yuzaga chiqarilgan voqeliklar haqidagi xabarlarni yopib turuvchi to’siqlarni olib tashladim. Uni tarixiy haqiqatlar va tafakkurga oid boblarda tartibli ravishda joyladim. Unda davlatlar (sulolalar) va sivilizatsiyalar qanday va nima sababdan paydo bo‘lganini ko‘rsatdim". (ʻMuqaddima"ning muqaddimasidan)

Ibn Xaldun kitobni oʻzidan avvalgi tarixchilar tarixga falsafaning bir boʻlagi deb qaramagani, saltanatlar iqtidorga qachon kelib, qachon ketganini yozgan-u, lekin nega paydo boʻldi, nima sababdan yuksaldi yoki zavolga yuz tutdi kabi savollarga javob izlamaganini tanqid qilib boshlaydi. U haqiqatni anglash uchun (menimcha, tarix ilmining asosi shu) tanqidiy tushuncha (basirat) kerakligini taʼkidlaydi.

Amirxon Valijonov | Blog

09 Nov, 16:33


Qaysi kitob deb o'ylaysiz?)

P.s: Hali tahrir qilinmadi 🙂

Amirxon Valijonov | Blog

06 Nov, 06:30


Bugun ertalabdan do'konimizning Chorsu filialida suv toshgani haqida xabar keldi. Haliyam kitoblar pastga terilmagan ekan, jiddiy zarar yetmagan. Jamoamiz esa 3 soatdan buyon suvni kamaytirishga harakat qilyapti. Qo'shni Hilol nashrdagi polga terilgan kitoblar bo'lsa yaroqsiz holga kelib qolgan. Aybdor yomg'ir emas albatta!

Daniyalik mashhur arxitektor, shaharsoz Jan Gehlning "Odamlar uchun shaharlar" kitobi tarjimasini boshlaganmiz. Mualliflik masalasi ham deyarli ijobiy hal bo'ldi. Bugungi Kopengagen shahrining "dizayneri" bo'lgan Gehl kitobda hokimiyat nima qilsa, shaharlar xalq uchun qulay bo'lishi haqida amaliy fikrlari bilan o'rtoqlashadi.

Kitob nashr qilinganda shubhasiz Toshkent shahrining arxitekturasiga javob beradigan odamlarga sovg'a qilamiz.

Amirxon Valijonov | Blog

03 Nov, 14:23


Sun'iy intellekt 😍

Amirxon Valijonov | Blog

03 Nov, 13:23


"Muqaddima"ning 1-tomi uchun dastlabki variantlarimiz.

Kitob to'liq tarjima qilinganida "Saodat asri qissalari", "Tafsiri Hilol" kabi quti (karopka) shaklida chiqishini inobatga olsak, shu ranglar ko'zga ma'qul ko'rinyapti. Biz tashqi dizaynerlardan ham variantlar qabul qilyapsiz, hammaga ochiqmiz "Muqaddima" muqovasi bo'yicha.

Amirxon Valijonov | Blog

30 Oct, 13:31


Kitobga yaxshi bir hamkor - investor topdik. O'zimizda imkon bo'lsa ham ish tezlashishi uchun hamkor izladik. Niyat o'ta jiddiy bo'lgani uchun ishlar yengillashib boryapti, Alhamdulillah.

Amirxon Valijonov | Blog

29 Oct, 15:25


"Muqaddima" haqida eksklyuziv xabarlar berishda davom etamiz. Kitob 3 tomli qilib chiqariladi, dastlabki qismining tarjima va tahriri 35-40 kunda tayyor bo'lib, nashri 2025-yil yanvar oyida rejalashtirilyapti. Keyingi tomlar esa fevral oyida nashr qilinadi. Kitob muqovasiga variantlar 3 kunda jamoatchilikka taqdim qilinadi.

Amirxon Valijonov | Blog

27 Oct, 20:12


"Muqaddima" bo'yicha ikkita ajoyib yangilik bor. Kitob nashri bizni juda ko'p kuttirmasa kerak)

Amirxon Valijonov | Blog

26 Oct, 16:25


#iqtibos

"Axborot kommunikatsiya inqilobi Yer sayyorasini kichkina qishloqqa aylantirish borasida muvaffaqiyatga erishsa-da, insoniyatni qo'shnilarga aylantira olmadi".

"Qalam o'ylari"dan Adham Sharqoviy

Amirxon Valijonov | Blog

25 Oct, 14:38


"Kulayotgan odam" kitobi muqovasiga variantlar tayyor. Qaysi birini tanlaymiz?

Amirxon Valijonov | Blog

24 Oct, 17:09


"Oldinlari qabilada bitta shoir va mingta suvoriy bo'lardi. Hozir esa mingta shoir va bitta suvoriy. Tabiiyki, qabilaning hurmatiga nima bo'lganini bilasizlar".

"Qalam o'ylari" kitobidan Adham Sharqoviy

Amirxon Valijonov | Blog

23 Oct, 05:39


Ibn Xaldunning "Muqaddima"sini kim tarjima qilyapti bilmayman-u, "Tirilish" ham yozuvchi yozgan til - arab tilidan ushbu kitob tarjimasini boshlaydi. Bu kitobda mualliflik huquqi yo'qligini inobatga olsak, meniki-seniki qilmasak yaxshi bo'ladi.

Amirxon Valijonov | Blog

20 Oct, 08:03


ibook loyihasining 42-kitobi.

Nashrdan ancha avval o'qiganimda bu asar qaysi janrga kirarkan deb o'ylangandim. "Fors nomalari" ham tarixiy, ham badiiy, ham siyosiy, ham falsafiy, ham sarguzasht, ham diniy kitob. Uni bir janrga mansub qilishning imkoni yo'q.

Muallif "Qonunlar ruhi haqida"dan farqli ravishda bu kitobda qahramonlar orqali o'z fikrlarini o'rtaga tashlaydi. Bu esa kitobni yanada o'qishli qilgani shubhasiz.

336 bet, qattiq muqova va sariq qog'ozli "Fors nomalari"ni ertadan 55,000 so'mga @ibook_uz dan xarid qilishingiz mumkin.

Amirxon Valijonov | Blog

19 Oct, 06:18


Xalq, vyorstkachining aytishicha, bu kitob odatiy formatda 1200 bet bo'larkan. Men ko'rgan 600 betda bo'yi va eni juda uzun bo'larkan. Menimcha, odatiy formatga ko'chirib, ikkiga bo'lib chiqarish eng to'g'ri yo'l bo'lsa kerak.

Hozir asarning vyorstkasi boshlandi, dizayniga ham start berdik.

Bomba muqova bo'lishi kerak bu kitobga. Internetdan g'oyalar bo'lsa, izohda bo'lishing. Dizayner ham ko'radi.

Amirxon Valijonov | Blog

18 Oct, 09:24


Juma muborak!

Sizlardan fikr olmoqchi edim. Viktor Gyugoning "Kulayotgan odam" kitobi 600 bet atrofida chiqyapti. Shuni ikkiga bo'lib, 300 betdan qilganimiz ma'qulmi yoki kattarib ketsa ham 600 bet holida nashr qilish kerakmi?

Amirxon Valijonov | Blog

15 Oct, 11:32


Yangi O'zbekiston institutida Massachusets texnologiyalar instituti vitse-prezidenti Erik Grimson tomonidan "Sun'iy intellekt hamma joyda" nomli ma'ruza bo'lyapti.

Amirxon Valijonov | Blog

15 Oct, 08:18


Shayx Muhammad Avvoma so'zga chiqdilar.

- Men G'arb xalqlari G'azoda bo'layotgan ishlarni yoqlaydi deb o'ylamayman. Lekin qanday qilib bir hovuch Alloh xorlik ustida bo'ladi degan yahudiylar dunyoga kuchli ta'sir o'tkazyapti? Nega musulmonlarda ixtilof katta? Ayb bizning o'zimizda. Robbimiz bilan muomalamizdagi kamchiliklar bizni shu ahvolga olib keldi.

Amirxon Valijonov | Blog

15 Oct, 07:43


Taqiy Usmoniy G'arbning ikkiyuzlamachi siyosati haqida gapiryaptilar:

- Dunyoga inson huquqlari bayrog'ini baland ko'taramiz deb, butun arab olamida qon to'kyaptilar, Falastinda 40.000 dan ortiq insonni shafqatsizlarcha o'ldirishyapti. Lekin biz dunyo tinch bo'lishini xohlaymiz. Ammo ular buni istashmayapti. So'zimning oxirida Mutanabbiyning "Insonlar o'rtasidagi haqni faqat qilich bilan qaytarish mumkin" degan so'zini eslataman.

Amirxon Valijonov | Blog

15 Oct, 07:33


Dunyoning eng katta ulamolari Toshkentda G'azo haqida gapirishyapti.

Amirxon Valijonov | Blog

13 Oct, 16:13


#iqtibos

"Xulosa sifatida aytishim kerakki, hukmdor xalq mehrini qozonishi kerak, aks holda qiyin kunda albatta hokimiyatdan ag'dariladi".

"Hukmdor" va "Mulohazalar"dan parcha

Amirxon Valijonov | Blog

13 Oct, 14:06


Bugun Nabijon Boqiy bilan Islom Karimov shaxsiyati haqida gaplasha turib bir azaliy haqiqatni alohida qayd qilib qo'ydim. Karimovning rejasida o'lish yo'q edi, dedi Nabijon aka. Ha, bu aksariyatimizga tegishli haqiqat. Hech birimizning rejamizda o'lim yo'q.

Amirxon Valijonov | Blog

11 Oct, 05:54


11 daqiqa oldin Musk Xda Optimus nomli robotlar ishlab chiqarish boshlanishi haqida video qoldirdi. Unga ko'ra, insonga deyarli barcha uy ishlarida (boshqa vazifalarda ham) yordamchi bo'luvchi robotlarni 28-30ming$ga xarid qilishingiz mumkin bo'ladi. Musk bu ixtironi "insoniyat tarixidagi eng muhim mahsulot" deb ta'rifladi.

Amirxon Valijonov | Blog

10 Oct, 16:27


"Siyosat otasi" deya e'tirof etiladigan Nikolo Makiavellining "Hukmdor" va "Mulohazalar" (Respublikachilik haqida) asarlari endi bitta kitobda.

Bugundan chegirma narxda @ibook_uz dan xarid qilishingiz mumkin.

Amirxon Valijonov | Blog

09 Oct, 10:25


#iqtibos

"Dunyoda hech narsa insonning yuksalib borgan darajasigacha yetib borolmaydi, hech narsa insonchalik tubanlashmaydi".

"Hazrati Ali Murtazo" kitobidan

Amirxon Valijonov | Blog

08 Oct, 15:57


#tez_kunda

Bir insonni sevsak, u yoqtirgan narsalarga qiziqamiz. Nima qilsam, xursand bo'ladi, deymiz. Endi jamiyki olamlarni yo'qdan bor qilgan zot Alloh ta'olo kimni yaxshi ko'rarkan? Bu savolga ba'zilarimizda qisman javob bo'lishi mumkin. Lekin "Tirilish" nashriyoti tayyorlagan "Alloh kimni yaxshi ko'radi?" kitobida bunga atroflicha javob topasiz. Kitobning yozilish uslubi, silliqligi va misollarga boyligi Sizni qiziqtirishi aniq.

Tez kunda, qalbga, ruhga va aqlga birdek murojaat qiluvchi kitob - "Alloh kimni yaxshi ko'radi?"

Amirxon Valijonov | Blog

06 Oct, 18:14


Insoniyat tarixidagi eng muhim va qisqa dialog.

Jannat ahli do'zax ahlidan: "Sizlarni do'zaxga nima kiritdi?", deb so'radi.

Ular javob berishdi: "Biz namoz o'quvchilardan bo'lmadik".

Amirxon Valijonov | Blog

04 Oct, 16:46


Instagramda shu videoga like bosgan, izoh yozgan va saqlab qo'ygan insonlardan biriga "Hazrati Ali Murtazo" kitobini sovg'a qilaman.

Siz shu 3 ta vazifani bajarib, isbotini post izohiga screenshot tarzida yuborasiz. Man esa random orqali bir ishtirokchini tanlayman.

Kelishdikmi?
video linki: https://www.instagram.com/reel/DAtWWc7sWuX/?igsh=eDlkdjgwNXQ2ZjFz

Amirxon Valijonov | Blog

04 Oct, 16:28


O'lganlar haqida emas, aybdorlar haqida ko'proq gapirish kerak.

Amirxon Valijonov | Blog

03 Oct, 08:15


O'qiyotganlar bormi?

Siyrat va sahobalar hayotini doimiy o'rganib turish kerak. "Bilaman" bu voqealarni deyish xato bo'ladi. Eng kamida ulug' sahobalarning barakasidan muntazam nasibador bo'lish mumkin.

Yozuvchining uslubi o'quvchini zeriktirmas va "davomi qanday bo'larkin-a" degan azartni ushlab turarkan.

Kitobni "Muhammad alayhissalom tarbiyasida o'sgan bola qanday bo'ladi?" savoliga qiziqqan hammaga tavsiya qilaman.

Amirxon Valijonov | Blog

01 Oct, 17:13


Isfahondan Tel-Avivga uchirilayotgan raketalar bitta ham odamni o'ldirmas ekan, bu shunchaki navbatdagi sahna ko'rinishi bo'laveradi.

Amirxon Valijonov | Blog

01 Oct, 14:10


Sayohat qilishning 5 foydasi haqida.

Videoni ko'rib, albatta sayohat qilishim kerak ekan desangiz, instagramda "sayohat" deb yozing, tajribadan to'plangan arzonroq va foydaliroq sayohat qilish haqidagi qo'llanmani yuboraman.