- Ma'rifat menim sarmoyamdur, dinimning asli aqldur. Ishimning asosi muhabbatdur. Muhabbatsiz hech ish vujudga kelmas. Qurolim ilmdur, ilmsiz amalni Xudo qabul qilmas. Sabr menim libosimdur. Sabrsiz iymon kamolga yetmas. Kasbim jihoddur, mundan qochganlar xorlikka qolgaylar. Hamrohim Xudo yodidur. Hunarim dunyoni tark qilishdur. Boyligim Xudo xazinasiga ishonishdur. Ko'zim nuri, ko'nglim chirog'i namozdur. Ko'nglim mevasi Xudo zikridur. Faqirligimga faxrim bordur. G'amim ummatim uchundir. Shavqim Xudo diydorini ko'rishdur, dedilar.
📖"Tarixi Muhammadiy" kitobidan
@bukitobqancha