Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat @gulrukhbonu_official Channel on Telegram

Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

@gulrukhbonu_official


🇺🇿Prezident e’tirofidagi yosh diplomat

🇺🇸🇹🇷🇮🇳🇰🇿🇧🇪🇳🇱🇫🇷🇦🇪
Shu davlatlarga ta’lim granti asosida borganman va sizga ham o’rgataman

- UWED (189.0)🎓
- Harvard scholarship🇺🇸
- "Kelajak bunyodkori"🏅
- "UZB - USA 30 years of friendship"🎖

✉️@gulrukhbonu_work

Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat (Uzbek)

Gulruxbonu Shokirova, yosh diplomat bo'lib, Prezident e’tirofidagi yosh diplomatlar uchun eng yangi va foydali ma'lumotlar bilan to'ldirilgan Telegram kanalini boshqaradi. Kanalda o'z ta'lim yo'nalishida olib borayotgan yuksak darajadagi bilim va tajribalarini ulashadi. Siz ham shu davlatlarga ta’lim granti asosida o'rganishga qiziqishingiz bor, shunchaki Gulruxbonu bu yo'nalishdagi ilmiy tajribasini siz bilan baham bo'lishni so'raydi. Kanalda o'qitish uchun O'zbekiston Davlat Diplomatiya Instituti (UWED) o'quvchi bo'lgan Gulruxbonu, Harvard granti bilan o'qigan va "Kelajak bunyodkorlari" loyihasida ishtirok etgan. UZB-USA 30 yil do'stlari bo'yicha ajoyib tajribasiga ega bo'lgan Gulruxbonu, o'z ish joyida ham maslahat bera olishadi. Agar sizning ham shunday yuksak maqsadlaringiz va zamonaviy diplomatiya sohasidagi hujjatlaringiz bo'lsa, @gulrukhbonu_official kanaliga obuna bo'ling va eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling! Aloqa uchun kanalda @gulrukhbonu_work manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

19 Nov, 16:30


🇺🇸15-17 yoshli qizlar uchun AQSHda 4 haftalik TechGirls yozgi oromgohi

Bu dastur 15-17 yoshli qizlarga moʻljallangan boʻlib, ishtirokchilar AQSHdagi 4 haftalik taʼlim oromgohida qatnashadi (ingliz tilida).

Dasturning moddiy imtiyozlari:
– Viza toʻlovi qoplanadi.
– AQSHga borish-kelish aviachiptasi olib beriladi.
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi.
– Dastur tadbirlariga qatnash uchun mahalliy transport taʼminalandi.
– Favqulodda tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.

Arizalar 2024-yil 6-dekabrgacha qabul qilinadi.

Hujjat topshirish uchun link🔗

@Gulrukhbonu_official

Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

19 Nov, 13:21


- Hech narsa qilmaslik charchatadi

Bugun bir narsani tushunib yetdim, ko’proq ish va vazifalarni qilayotganimiz bizni charchatmaydi. Bizni ko’p ishlarimiz borligini o’ylash charchatadi.

Doim hayolimda qilishim kerak ishlarni o’ylab, rejalashtirib, bloknotimga yozib-chizib yuraman. Lekin, shu qilishim kerakligi meni charchatadi.

Agar shuni boshlab olsam, tezda bitadi, keyingi qadamlar ko’rinadi. Stressga tushmayman, hayollarim bo’shaydi, charchamayman.

Nimadir qilishingingiz kerakmi, shuni mukammal qilishim kerak, o’ylashim kerak, qilishim kerak, deb yurmang. Bu ko’proq charchatadi. Shunchaki, aniq vaqtni belgilang va shu vaqtda boshlang, o’zingizni qiynamang🙌🏻

@Gulrukhbonu_official

Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

06 Nov, 13:51


🇺🇸Global UGRAD dasturiga qabul boshlandi!

Global UGRAD dasturi bakalavriat talabalariga 1 semestr davomida AQSHda toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Bakalavrning 1-2-3-kurs talabalari hujjat topshira oladi. Ingliz tilini yaxshi bilishi shart.

1-bosqich: Online hujjat topshirish(2ta essay yoziladi);
2-bosqich: Ingliz tilida interview;
3-bosqich: TOEFL imtihonini topshirish;

Arizalar 2024-yil 15-dekabrgacha qabul qilinadi.

Hujjat topshirish uchun link

@Gulrukhbonu_official

Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

30 Oct, 14:23


- Qiymatni siz yaratasiz

Hamma narsa faqatgina biz unga bergan qiymatga ega. Har qanday holatda shu formula ishlaydi. Biron ishga siz qancha qiymat bersangiz u sizga shuncha qiymat qaytaradi.

Yuzaki qaragan narsalaringizdan siz ham yuzaki natija olasiz, yoki umuman olmaysiz. Ko’proq vaqt ajratgan, ko’proq ‘effort’ bergan narsangizdan doim kattaroq natija olasiz.

Biron dasturda ishtirok etyabsiz, o’sha dasturga qanchalik qiziqsangiz, berilgan topshiriqlarni qanchalik e’tibor bilan qilsangiz, bu dastur sizni o’zgartira yoki yaxshi versiyangizga yaqinlashtira oladi.

Inson ko’proq qiymat bergan fanini yaxshi ko’radi, yoki yaxshi ko’rgan faniga ko’proq qiymat beradi. Bir xil. Muhimi natija olmayotgan narsangizga yetarlicha qiymat bermayabsiz.

Xalqaro dasturlarni yutishda ham, ‘application’ ga bergan qiymatingiz baholanadi.

@Gulrukhbonu_official

Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

28 Oct, 14:05


- Shu dasturga oid tajribamni bo’lishyabman!

😌Bu dasturni 2023-yilda g’olibi bo’lib, tamomlaganman.

Demak, bu dasturga OTMlarning 3-4-kurs talabalari topshira oladi. Ingliz tilini bilishingiz shart.

Online portal orqali o’zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni kiritgach, motivational letter va recommendation lettetlarni yuklaysiz.

Qaysi sohada stajirovka qilmoqchiligingizni ham tanlaysiz. Bu stajirovka dasturi, shunday ekan ko’proq professional tajribangiz, universitetda olgan nazariyani endi amaliyot bilan mustahkamlashingizga urg’u bering.

Hujjatlar ko’rib chiqilib, saralanganlar uchun intervyu tashkil qilinadi. Birinchi intervyuni aynan Amerika Konsulligi xodimlari oladi, bunda sizning bu dasturga loyiqligingiz, tajribangiz, bilimingiz va personalityingizni oid savollar beriladi. Masalan, sizga biriktirilgan rahbar sizga vaqt ajratmasa nima qilgan bo’larding, deb so’ragandi mendan.

Birinchi intervyudan o’tsangiz, sizni aynan sizga ish beruvchi kompaniya bilan intervyu kutadi. Ikkinchi intervyuda sizdan faqat pozitsiyaga loyiq yoki loyiqmasligingiz baholanadi. Unga Amerika Konsulligi deyarli aralashmaydi.

Bu bosqichdan ham o’tsangiz, tamom, yorqin kelajak)

3 oy yozda stajirovka, 1000$ dan ortiq haq to’lanadi, har hafta professional rivojlantiruvchi offline sessiyalar, turli kompaniyalarga tashriflar. Alumni network ham zo’r ishlaydi.

Xullas, hammaga tavsuyu, men bu dasturdan ko’p narsa olganman.

@Gulrukhbonu_official

Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

24 Oct, 14:28


- 🇺🇸YPIP: Amerika Kengashlari tomonidan bakalavriat talabalari uchun Oʻzbekistonda haq toʻlanadigan amaliyot oʻtash imkoniyati!

Ushbu dasturda Oʻzbekistondagi OTMlarning 3-4-kurs talabalari ishtirok eta oladi.

Imtiyozlar:
– Butun dastur uchun muayyan miqdorda stipendiya beriladi
– Tasdiqlangan hollarda safar xarajatlari uchun mablagʻ ajratiladi
– Amaliyot oʻtash (2025-yil yozda), mentorning onlayn seanslarida qatnashish, yangi tanishlar orttirish imkoniyati
– Dastur yakunida sertifikat va tavsiyanoma beriladi

Arizalar 2024-yil 8-dekabrgacha qabul qilinadi.

🔗 Hujjat topshirish uchun

@Gulrukhbonu_official

Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

23 Oct, 13:58


😳Oxirgi hafta hamma HPAIR haqida so’rab murojaat qilibti, o’tgan yilgi tajribamni bo’lishyabman)

HPAIR’24 haqida tashkil qilingan ovozli chat, bir ko’rib chiqishni tavsiya qilaman.

Harvard universitetiga shu konferensiya sabab grant yutib borgandim.

@Gulrukhbonu_official

Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

23 Oct, 13:54


- Muvaffaqiyatga erishgan inson, deganda faqat karyerasida yoki faqat ta’limida emas, shaxsiy hayotidagi muvaffaqiyatiga ham baho berilar ekan.

21 ga kirgunimcha buni sezmagandim, siz ham taxminan shu yoshlargacha sezmasangiz kerak, bu normal. Shunday bo’lishi ham kerak.

Gulruxbonuyingiz kanalga qaytdi, doimgidek, izohda kutilayotgan postlar uchun mavzular kutaman💕

@Gulrukhbonu_official

Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

30 Sep, 14:36


- 21 yoshni qarshiladim

Onam ko’p aytadilar, kimdirlar bir umr davomida erisholmaganlariga 21 yil ichida erishding, deb. Lekin yana kimdirlar 1 yilda erishgan narsasiga 21 yilda ham erisholmadim.

21 yoshlik o’zim, iltimos, odamlarning sendan kutuvlariga qarab yashama. O’zingga kerakligi uchun emas, jamiyat sendan kutayotgani uchun nimadir qilma.

Kelajak kasbingni topgunincha, xatolar qil, biron ishni tashlab, yangisini boshlashdan qo’rqma. Yana bir necha yilingni o’z sohangni topishga sarflashing va xatolar qilishing mumkin.

Sog’ligingga e’tibor ber, 20 yil bilinmadi, endi ham bilinmaydi, degani emas. Sog’lom bo’lmasang, hech nima ta’timaydi.

Yangi oilangga vafoli bo’l, o’z ota-onangdek yaxshi ko’r, qabul qil. Yaxshi diplomat, avvalo yaxshi ona ham. Katta hayotning mashaqqatlarini onajoningga kelib aytma.

Muhimi, qadriyatlaringni unutma, orzularingdan voz kechma. O’zingga nisbatan talabchanligingni hech qachon kamaytirma. Kuchli insonlar davrasini qidir. Oila rivojlanishdan to’xtash emas, endi ikki kishilashib rivojlanish ekanini his qil!

@Gulrukhbonu_official

Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

26 Sep, 09:25


🇸🇰 NSP dasturi: Slovakiyada bir semestr davomida ta’lim olish va tadqiqot olib borish imkoniyati

Dasturga bakalavriat (2,5 yil o’qigan bo’lishi kerak), magistratura, PhD bosqichi talabalari topshira oladi.

Imkoniyatlar:
– 1-2 semestr (1-10 oy) Slovakiyada oʻqish, tadqiqot olib borish;
– Oyiga 650-1470 yevro miqdorida stipendiya;
– Safar xarajatlari uchun mablag’ taqdim etiladi;

Qabul 2024-yil 31-oktabrgacha davom etadi.

Hujjat topshirish uchun link

@Gulrukhbonu_official

Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

25 Sep, 15:12


- Mukammallik mavjud emas

O’zimni qiynaydigan hislatlarimdan biri bu har qanday ishda mukammallikni kutish. Inson doim mukammallikka intiladi, qilayotgan ishlarini vaqt sayin yaxshilab boradi. Sifatni oshiradi.

Lekin boshlamasdan avval mukammallikka intilish jarayonni umuman to’xtatishi mumkin. Sababi, siz qilmoqchi ishingizni boshlamay, uni hali beri sizga kerak bo’lmaydigan detallariga o’ralashib qolasiz.

Dasturlarda avval hujjat topshirish, intervyu va keyin viza bosqichi bo’lsa, o’quvchilarim hali dasturga topshirmay vizani qanday olishni o’ylay boshlaydi.

Boshlang, qo’rqmasdan, mukammallikni talab qilmasdan. Boshlaganingizdan so’ng, to’g’irlab ketasiz, yo’lingizni ko’ra boshlaysiz.

Birinchi urinishdan ikkinchisi, ikkinchisidan uchinchisi doim yaxshiroq bo’lgan.

Unutmang, biron bir katta muvaffaqiyat ortida, sizga ko’rinmagan 99ta muvaffaqiyatsiz urunish bor.

Yaxshiroq tushunishingiz uchun, yuzinchi zarbada tosh maydalansa, uni maydalagan ana o’sha yuzinchi zarbami yoki ungacha bo’lgan to’qson to’qqiztaning samarasimi?

@Gulrukhbonu_official

Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

23 Sep, 15:34


- Endi kanal nomidagi familiyani o’zgartiramizmi?

@Gulrukhbonu_official

Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

23 Sep, 14:31


- Qiz bola pul topishi kerakmas

Tengdoshlarim orasida eng ko’p eshitadigan gapim. Ayniqsa, bizni yoshimizdagi yigitlar tomonidan qizlarga singidiriladi.

Qiz bolami yoki og’il bolami voyaga yetganidan so’ng o’z xarajati uchun ota-onasiga yordamlashishini qo’llab-quvvatlayman.

Qiz bolaning asosiy maqsadi “pul topish”ga aylanmasligi kerak. Lekin o’zi rivojlanishi, nazariy olgan bilimini amaliyotga qo’llashi va buni evaziga haq olishini qoralamayman.

Oxirgi kursimgacha hech qayerda ishlamaganman, elchixonalardagi amaliyotim ham bepul bo’lgan. To’g’ri, stipendiyam, turli dasturlarning pul yutug’lari bo’lgan. Undan ortiq emas.

Chet elga ham pul bilan emas, bilimim tufayli to’liq qoplanuvchi grantlar orqali bordim. Byudjetda o’qidim.

Lekin oxirgi kursimda ishlashni va dars berishni boshladim. Bir yil ichida moliyaviy mustaqillikka erishdim. Telefonimni eng so’nggi rusumiyu, macbookimgacha yangiladim. Ota-onamni Dubayga “luxury” sayohatga olib bordim. Ikkalovlarining telefonlarini ham eng oxirgisiga alishtirib berdim. Va yana boshqa aytilmaydigan “yaxshi” ishlar qildim. Universitetni tamomlagach o’zimga Antalyaga sayohat sovg’a qildim. Sifatli kurslarni sotib oldim, umumiy olganda, hayotimning sifat darajasi oshdi.

Ma’suliyat oshdi, ko’proq charchay boshladim. Ota-onamga bog’liqligim uzulishni boshladi. Lekin bu narsalar nazoratga solish mumkin va ustida ishlash kerak narsalar.

Xulosa qiladigan bo’lsam, moliyaviy mustaqil qizlarda o’ziga ishonch baland bo’ladi, qo’pol bo’lsa ham “begona”larning arzon mehriga uchib ketavermaydi. Partnyeriga nisbatan baland kriteriya qo’ya boshlaydi.

O’qishingizga ta’sir qilmaydimi, unda moliyaviy mustaqillikka intiling! Orzularingizni kimdir emas, o’zingiz ham amalga oshira olasiz!

@Gulrukhbonu_official

Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

20 Sep, 17:08


🇺🇸Ayol-qizlar uchun AQSHda barcha xarajatlari qoplanadigan 5 haftalik dastur!

SUSIs for Young Women Leaders – ayol-qiz talabalar uchun moʻljallangan, AQSHda boʻlib oʻtadigan 4 haftalik yetakchilik dasturidir.

Dasturga bakalavriatning 1, 2 yoki 3-kursida tahsil olayotgan ayol-qizlar qatnashishi mumkin.

Moddiy imkoniyatlar:
– AQSHga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
– Mahalliy va boshqa safarlar uchun mablagʻ ajratiladi.
– AQSHda turli mashgʻulor, tadbirlarga borish uchun transport taʼminlanadi.
– Kitoblar, madaniy tadbirlar, pochta xizmatlari va boshqa kundalik xarajatlar uchun mablagʻ ajratiladi.
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi.

Arizalar 2024-yil 20-oktabr, 18:00 gacha qabul qilinadi.

Hujjat topshirish uchun link

@Gulrukhbonu_official

Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

19 Sep, 14:04


- 15 yildan beri bir xil

Ha, 15 yildan buyon sentyabrning birinchi haftasi yangi o’quv yilining boshlanishi bo’lgan. 11 yil maktabda, so’ngra 4 yil universitetda.

9-sinfni qizil shahodatnomaga, 11-sinfni “oltin” medalga, universitetni esa yana qizil diplomga tamomladim.

Bu yil atrofimdagilarning ko’pida sentyabr yana shunday boshlandi, lekin manda emas. 15 yilimni unumli sarfladimmi yo’qmi, deb o’zimdan har kuni so’rayman.

Magistratura uchun orada 1 yil tanaffus qilmoqchi edim. Sababi chet elda davom ettirmoqchimiz. Shu 1 yil ham ta’lim bilan o’tishini ustozim, ota-onam tanlashdi.

Magistraturani birinchi haftasini yana JIDUda tugatmoqdaman. Endi “magistr” man.

Ta’lim vaqt o’tgan sari qiyinlashib emas, osonlashib borayotgandek. Lekin bo’sh vaqtingizda buni aksi.

Xullas, hammasini o’rganib bo’ldim, degan kuning, sening yutqazgan kuning.

Aytadigan gaping bo’lmasa jim turish ham auditoriyaga hurmat, deb biroz jim turgandim. Endi qaytdim)

@Gulrukhbonu_official

Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

13 Sep, 14:59


🇩🇪 DAAD ERP: Germaniyada iqtisodiyot va biznes boshqaruvi boʻyicha magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Nomzod ingliz yoki nemis tilida oʻqishni tanlashi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– 934 yevro oylik stipendiya.
– Oʻquv xarajatlari uchun yiliga 460 yevro mablagʻ.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Safar xarajatlari qoplanadi.
– Zarur hollarda 2 oylik bepul nemis tili kursi.

Arizalar 2024-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi.

Hujjat topshirish uchun link

Germaniyada magistratura o’qimoqchilar uchun eng zo’r dastur deb, shu DAAD dasturini bilaman. Topshirib ko’ring.

@Gulrukhbonu_official

Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

07 Sep, 15:44


- Bu xatolarni siz qilmang

Diplomli talaba sifatida endigina oliy ta’limga qadam qo’ygan uka-singillarimga maslahatchalaaar)

- Hech bir rejangizni 4-kursga qoldirmang
Chunki sizning 4-kursda qiladigan shundog’am millionta vazifangiz bo’ladi, kamida ishingiz va juda bo’sh qolsangiz, diplom ishingiz bor. Vaqt topishni xohlasangiz ham, vaqt topa olmaysiz.

- IELTS va boshqa standart testlarni(GRE, GMAT) 3-kurs oxirida yoki yozida topshiring
Bu sertifikatlar 2 yil uchun beriladi va magistraturaga topshirishingizga bemalol as qotadi. 3-kursda olsangiz ancha grantlarga ham qo’l keladi va buyog’iga 4-kursni kuzidan magistraturaga TOP universitetlarga topshiraverasiz.

- 1-2-3 kursda ishlamang
Agar sharoitingiz to’g’ri kelsa, bu kurslarda fokusni faqat o’qishga qarating. Pulni keyin ham topa olasiz, bu vaqtni esa hech qachon qaytara olmaysiz. Maqsadingiz bu paytda pul topish emas, ko’proq bilim olish bo’lsin.(Balandparvoz tuyular, lekin ishoning shu paytda ishlab olgan pulingizni, bakalavrni bitirib 1-2 oyda topa olasiz)

- Internship va networkingdan qochmang
3-kursingizdan stajirovka imkoniyatlarini qidiring, puli uchun emas tajriba uchun, networking uchun ishlang. Diplomingiz sizni “ishga yo’llanmangiz” emas.

- Qo’shimcha o’zingizga investitsiya qiling
Darsdan bo’sh paytingiz juda ko’p bo’ladi, shunda qo’shimcha qiziqishingizni rivojlantiring, masalan ACCA, qo’shimcha til, IT, SMM va boshqalar.

@Gulrukhbonu_official

Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

05 Sep, 11:27


- ✏️Yozish kerak

Bilaman, miyyangizda million xil g’oya, “takoy” biznes reja va yana qandaydir qilaman degan rejalaringiz bor. Lekin uni qog’ozga tushirmasangiz u bir tiyn.

Oddiygina, kunlik qiladigan ishlaringizni qog’ozga tushiring, ko’rasiz, samara 2 baravar oshadi.

Yozganingizdagina aniq “step”larni ko’rasiz. Bajarilishi siz o’ylaganchalik murakkab emasligini tushunasiz. Faqat erinmang, yozing.

Matn kuchli narsa, kitob o’qib nutqingiz rivojlansa, yozish orqali fikrni tushunarli yetkazib berish rivojlanadi.

Grantlarga hujjat topshirayotganda ham xuddi shunday, yozib chiqish kerak, qachon qaysi grantga topshirasiz, topshirganingizda yozganingizning ustidan chiziq torting.

@Gulrukhbonu_official

Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

01 Sep, 16:03


- Motivational letterda sun’iy intellektdan foydalanish “taktikasi”

Birinchidan, agar siz yaxshi dastur yutmoqchi bo’lsangiz, foydalanmang.

Hozirgi kunda juda ko’p dasturlar kelgan javoblarni AI dedektorlar orqali tekshiruvdan o’tkazyabti. Va bu haqida application formada ham yozib qo’yilgan.

Ikkinchidan, sun’iy intellektdan foydalanganimni bilishmaydi, deb o’ylasangiz, tabriklayman, adashdingiz. Men shu kichik tajribam bilan ham, darsimizda biron qiz sun’iy intellektdan foydalanganini darrov bilaman. O’zi ham hayron qoladi qizlarni) Essayda bilinadi.

O’zingidan boshqa hech kimni bu bilan alday olmaysiz.

Grammatika uchun yoki tayyor fikringizni formaga solish uchun, shunchaki, g’oya uchun foydalanishingiz mumkindir. Lekin, AI dan to’liq olingan essay bilan uzoqqa bormaysiz.

@Gulrukhbonu_official