Psixolog Dildora Ulmasova @farzandruhiyati Channel on Telegram

Psixolog Dildora Ulmasova

@farzandruhiyati


Instagramdagi sahifamiz https://www.instagram.com/psixolog_dildorakhon_ulmasova?igsh=OGgyNHRyY2o5NXp4

Psixologik konsultatsiya va kurslar haqida ma'lumot uchun @Dil0104 ga murojaat qiling.

Psixolog Dildora Ulmasova (Uzbek)

Telegram kanalimiz psixolog Dildora Ulmasova tomonidan boshlangan, bu erda siz psixologik masalalar va farzand tarbiyasi bo'yicha eng foydali ma'lumotlarga ega bo'lasiz. Dildora Ulmasova - bu o'z mavqezingizda sinab ko'rgan, o'z mashg'ulotlaringizda muvaffaqiyatga erishmoqchi bo'lgan insonlar uchun. Kanalda sizga psixologik konsultatsiyalar, maslahatlar va kurslar bilan tanishish imkoniyati beriladi. Agarda sizning farzandlaringizning tarbiyasi yoki o'zingizda psixologik muammolar bo'lsa, kanalimiz sizga yordam bera oladi. Buning uchun shunchaki @Dil0104 ga murojaat qiling. Instagram sahifamizni esa @dildorakhon_ulmasova manzilida topishingiz mumkin. Psixolog Dildora Ulmasova kanaliga obuna bo'ling va o'zingizning hayotingizga yangiliklar kiriting!

Psixolog Dildora Ulmasova

20 Feb, 12:31


Bugun diplomimni olish nasib etdi. Allohga beadad shukr. Ilm yo'lida meni qo'llab-quvvatlagan barchadan minnatdorman.

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

20 Feb, 01:48


The fact that millions of people share the same vices does not make these vices virtues, the fact that they share so many errors does not make the errors to be truths, and the fact that millions of people share the same forms of mental pathology does not make these people sane.

Erich Fromm, The Sane Society

Millionlab odamlarning bir xil illatlarga ega ekanligi bu illatlarni fazilatga aylantirmaydi, ularning bir xil xatolarga yo‘l qo‘yishi bu xatolarni haqiqatga aylantirmaydi va millionlab odamlarning bir xil ruhiy muammolarga ega bo‘lishi ularni aqli raso qilmaydi.

Erich Fromm, "Sog‘lom jamiyat"

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

18 Feb, 07:00


#bolatilidan #dilsora #stereotip
Dilsora" "oyi, qiz bola o'zini kulturno tutishi kerega?"

Faqat qiz bola emas, o'g'il bolalar ham madaniyatli bo'lishi kerakligini tushuntirishga harakat qildim.

Bizda negadir tamg'alangan stereotiplar mavjud.
"Qiz bola xushmuomala bo'lishi kerak";
"Oila tinchligi uchun ayol kishi mas'ul";
"Qiz bola mehnatkash/ozoda/sabrli v.h. bo'lishi kerak".

Bunaqa stereotiplar yelkasiga katta vazifalar ilib olib salomatligini, imkoniyatlarini qo'ldan boy bergan ayollarni hamda mas'uliyatsiz, o'z xatti-harakatlari, hayoti uchun javobgarlikni olishni bilmaydigan erkaklarni shakllantirishi mumkin.

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

18 Feb, 04:19


O'tgan hafta talabalarga "Psixikaning himoya mexanizmlari" mavzusini tushuntirib bergandim. Bir talabam mana shu videoda ishlatilgan himoya mexanizmini to'g'ri tahlil qilib, ulashganini ko'rib quvondim. Demak, o'tilgan mavzu bo'yicha tahlil qilish malakasi shakllanibdi.

Mavzuni tushuntirish qiziqarli jarayon. Bunda faqat nazariyani o'zini aytib berish yetarli bo'lmasligi mumkin. Shuning uchun ham qaysi psixologik jarayon/holat/hodisani tushuntirmay talabalarbop misollar topib aytishga harakat qilaman. Masalan, talaba xalqining idroki/xotirasi o'ziga xos xususiyatlaridan misol keltirish darsni jonlantiradi.

Agar talabalarga psixologiyadagi biron murakkabroq yondashuvni tushuntirishimga to'g'ri kelsa, mana shu yonashuvga mos mashhur kinolardagi epizodlar, rilslarni ko'rsatib birgalikda tahlil qilishni taklif etaman.

Bir talabamning "ustoz, endi kinolarni shunchaki ko'rolmay qoldim. Miyamda psixologik tahlil ketyapti" degan gapini eshitib faoliyatimdan biroz qoniqish his qilgandim.

O'rganish bu shunchaki yodlab olish emas. Samarali ta'lim olingan bilimni  tahlil etish, o'zlashtirilgan axborotlarni  miya o'zining tilida qayta qura olish, mazkur masalaga real hayotdan misollar topish, umuman ongda singib ketish imkonini beradi.

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

18 Feb, 04:11


2.Inkor qilish himoya mexanizmi

Bunda inson qiyin vaziyatlarni rad etadi . Qabul qilishni istamaydi. Bunday vaziyatlarda yo'q bunday bo'lishi mumkin emas , shunga o'xshash gaplar bilan ongni himoya qiladi.

Psixolog Dildora Ulmasova

17 Feb, 11:00


Trenddagi Mirshakar

Mirshakar Fayzullayev ijodini yaxshi ko'raman. Uning hazillari anchagacha miyamda alyanib yurishi, ba'zan achchiq tabassum paydo qilsa, ba'zan qayg'uli hislarni tuyishga majbur qilishi bilan qadrdon bo'lsa kerak. Hazillari orqali shunaqa o'ylaydigan/fikrlaydigan odamning borligi bilish tushunilishga bo'lgan ehtiyojimni qondirsa kerak. Konsertiga tushmoqchidim. Lekin dadasi uning ijodiga qiziqmaydilar. Bolalarga ular qarab qolib, meni konsertga tushirish hashamatini ravo ko'ra olmadilar. 😄Xullas, gap bu haqida ham emas.

Mirshakarning konsertidagi sahna trendga chiqqanidan keyin standap-komikning hazillarini ko'pchilik salbiy ma'noda tushunishini sezib qoldim.
Keyin psixolog sifatida ushbu jarayonni tahlil qilib ko'rdim.

Nimaga Mirshakarning hazillarini odamlar noto'g'ri tushunadi? Yoki odamlarga aks ta'sir qiladi?

Sababi uning hazillarida bizning og'riqli nuqtalarimiz o'z aksini topadi. Tabiiyki, bu jarayon ko'pchilikning psixologik triggerlarini uyg'otib yuboradi.
(Psixologik triggerlar – bu odamning ichki hissiyotlarini yoki xatti-harakatlarini tezda qo‘zg‘atadigan, ular insonning ong ostidagi tajribalari, hissiyotlari/ idroki/ tafakkur tarziga ta’sir ko'rsatuvchi "tugma"lardir.)

Telegramda bir postdagi muhokamalarda a'lochi qizlarning tepasida ayol kishining vazifasi tug'ish deb turib oluvchi ikkichi erkaklar borasidagi achchiq hazilini tug'maslikka targ'ib sifatida baholashganini ko'rdim. O'zi avvalroq Mirsadikovaning podkastida jurnalist Mirshakar Fayzullayevga "Nega ayolingizni ishlatmaysiz?"degan savol berganini eshitib hayron bo'lgandim. Oliy ma'lumotli jurnalist yoki Mirshakar Fayzullayevning hazillarini eshitmagan yoki eshitgan bo'lsa ham fahmlamagan. Bo'lmasa bunaqa savol bermasdi deb o'ylagandim.

Aytmoqchi bo'lganim , menimcha, Mirshakar Fayzullayevning hazillarini tushunish uchun odamda o'zini anglash ko'nikmasi yaxshi rivojlangan bo'lishi lozim.

Jamiyatimizdagi ayollarga bo'lgan munosabat, tarbiya usullarimiz, o'z ona tilimizni servantga qo'yib boshqa tilini ishlatadigan odamlarimiz, kasbga nisbatan mas'uliyatimiz aks etgan hazillarining barida bizning hozirgi holatimiz/uyat va ojizliklarimizga ko'zgu tutilmoqda. Bu ko'zguga boqish esa har doim yoqimli bo'lmasligi mumkin.

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

15 Feb, 16:00


Bir martalik qavha idishlari haqida oson va batafsil gapirib berishga harakat qildim.
Eshiting, qahvaxo’r do’stingizga yuboring va tug’ilgan kuniga ko’p martalik termos sovg’a qiling☕️🤎

Telegram Instagram

Psixolog Dildora Ulmasova

14 Feb, 04:35


Dunyo ichra o'zing,
Dunyosan, ayol
!!!

Yulduz Usmonovaning o'zbek ayoli obrazi, kechinmalarini, dardini kuylay olishi qobiliyatiga tan beraman.
Ayollar haqidagi qaysi qo'shig'ini tinglamay, ayollar yuzlashadigan og'ir kechinmalar aks etadi. Ashula hamdardlik hisi bilan cheklanib qolmaydi. Mana shu qiyinchiliklarni qanday yengib o'tish, o'tkinchi hayot tashvishlariga tik boqa olish, sinovlarda sinmaslik, qaddini baland tutishga oid chiroyli undov bo'ladi. Xonandaning qo'shiqlarida o'zbek kuchli ayoli obrazini ko'raman.

O'zingiz ham bir eshitib ko'ring.
https://youtu.be/L96D-1l1-ys?si=jFJSS_8ugcyOveU1

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

11 Feb, 12:07


Hissiyotlar/ shiddatli emotsiyalar bo'roni natijasida yuzaga keladigan psixologik travmalar haqida gaplashdik. Nazarimda, endi kechinmalar haqida gaplashish vaqti keldi.

Olim F.Vasilyukning fikricha, kechinma oddiy hissiy reaksiyaga xos tajriba emas. Balki inson boshiga tushgan turli (og'ir/noqulay/kutilmagan) vaziyatlarga nisbatan munosabati, uning ma'nosini chuqur anglash jarayonidir.

Hayotingizda sodir bo'lgan qiyinchiliklarni tafakkur qilib o'yga cho'mgan vaqtlaringiz bo'lganmi? Shunday damlar nimalar sizga dalda bo'ladi?

Nima sizni yana olg'a qadam bosishga o'zingizda kuch topishingizga sababchi bo'ladi?

Fikrlaringizni yozib qoldirsangiz, keyingi postda kechinmalar hamda ularning shaxs kamolotidagi ahamiyati haqida suhbatlashamiz. In sha Alloh.

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

11 Feb, 11:13


Bugun, 11-fevral kuni Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni nishonlanmoqda. Bu shunchaki sana emas - bu ayollar kashfiyotlar qilish, dunyoni o‘zgartirish va o‘z yutuqlari uchun tan olinish huquqi uchun qancha vaqt va mashaqqatli kurashganliklarini eslatib turuvchi muhim kundir.

📊 Bugungi vaziyat qanday?

👉🏻Dunyodagi tadqiqotchilarning 1/3 qismigina ayollardir.
👉🏻Nobel mukofotining butun tarixi davomida uni 65 nafar ayol olgan, bu umumiy laureatlar sonining 6,5 foizini tashkil etadi.
👉🏻Birinchi ayol laureat Mari Sklodovskaya-Kyuri mukofotni 1903- yilda olgan, shunda ham erkaklar jamoasi bilan birga olgan.
👉🏻IT va axborot texnologiyalari sohasida olima ayollar atigi 3% ni tashkil qiladi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasida 5125 nafar faoliyat yuritadi, shundan 2250 nafari ilmiy xodimlardir. Ularning 1905 nafari xotin-qizlar bo‘lib, bu umumiy xodimlar sonining qariyb 37 foizini tashkil etadi.

🇺🇿2146 nafar tadqiqotchining 695 nafari ayollardir.

🇺🇿Akademiyada 66 nafar akademik faoliyat yuritadi, ulardan 7 nafari ayollardir.

❤️Ayollar Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, Odam immunologiyasi va genomikasi instituti, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi va Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi kabi muassasalarda rahbar lavozimlarda faoliyat yuritmoqda.

Bu sonlar O‘zbekistonda xotin-qizlarning ilm-fan rivojiga qo‘shgan salmoqli hissasini namoyish etish bilan birga, ilmiy sohada gender tengligini yanada targ‘ib qilish zarurligini ham ko‘rsatadi.
Fan hali ham ayollar uchun qiyinroq bo‘lgan makon bo‘lib qolmoqda. Ular o‘z qobiliyatlarini erkaklarnikidan ikki baravar ko‘proq isbotlashlari kerak. Ammo bu taslim bo‘lish uchun sabab emas. Aksincha o‘zgarish uchun sababdir.

Biz ilm-fanda qizlar ko‘payishiga ishonamiz. Ular tadqiqot qilish huquqi uchun kurashishlari shart emas - ular shunchaki ilm bilan shug‘ullanadi. Olima ayol endi hayratga sabab bo‘lmaydi.

Dunyo o‘zgarmoqda va ilm-fan ham. Vaqt keldi. 💜

#SukutSaqlama #IlmFandaAyollar #gendertenglik

Psixolog Dildora Ulmasova

10 Feb, 12:22


Tanish holat))))

"Ular meni diqqat bilan tinglayapti deb o‘ylashadi. Aslida ularni psixologik tahlil qilayapman."
@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

10 Feb, 09:27


Kitob jodusi

"Bolani qanday qilib kitobga qiziqtirish mumkin?"degan savolni ko'p berishadi.
Quyida farzandlarimda qo'llagan hamda samara bergan usul va tajribalarimni bo'lishmoqchiman.

Avvalo, aytish joizki, bolani bolani kitobga qiziqitirshning hamma uchun birdek mos keladigan texnikalari yo'q. Ota-onalar bolani kitobga qiziqitirishda ularning individual psixologik xussusiyatlaridan kelib chiqqan holda yondashishlari maqsadga muvofiq.

1. Bolaga "kitobli muhit"ni tashkil qilib bera olish.
Farzandingizning vizual xotirasida kitoblarga to'la hona/ javon/ish stoli hamda mutolaa qilayotgan ota-ona muxrlanib qolsin.
Bola ulg'aya boshlarkan unga ham "kitobli burchak" tashkil qilib bering. Bola u yerda o'zining kichik bo'lsa ham kitoblar zaxirasini to'plash imkoniga ega bo'lsin.

2. Kitob tanlashda bolaning yoshiga ahamiyat qarating. 3-4 yosh bolalarga vizual illustratsiyalarga boy kitoblar olib bering. Farzandingizni kitob bilan munosabatlarini mustahkamlash uchun biror joyga ketayotganda kitoblarini o'zi bilan olishi, mabodo zeriksa, kitobni tamosha qilib o'tirish/mutolaa qilishi mumkinligini ayting. Biz poliklinikada navbatda turganda/ dam olishga borganda albatta kitoblar olib borib o'qiymiz.

3. Mutolani farzandingizni siz bilan hissiy bog'laydigan yoqimli mashg'ulotga aylantiring. Biror kitobni bolaga yoqimli usulda o'qib bering. Intonatsiya/hazillardan foydalanishni unutmang.

4. Kitobga mehr uyg'otishning ilk bosqichlarida moddiy rag'bat ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bolani biror kitobni o'qib tugatgani uchun rag'batlantiring. Xoh muzqaymoq bo'lsin, xoh kerakli o'quv quroli, yoki sevimli o'yinchog'i. Bu himmatingizga bog'liq.

5. Farzandingizni doimiy ravishda bolalar kutubhonasiga olib borib turing. U yer bilan bog'liq xotiralarni ham yoqimli bo'lishi, bola o'rganishdan zavqlanish lazzatini his qilishiga ko'maklashing.

6. Birgalikda o'qigan kitoblaringiz asosida farzandingiz bilan qo'shimcha mashg'ulotlar olib boring. Kitob qahmarmonlariga xat yozish yoki rasmini chizish, hikoya/ertaklar asosida rolli o'yinlar o'ynash, tugallanmagan hikoyani oxiriga yetkazish yaxshi samara beradi. Qolaversa, bolada ijodkorlikni rivojlantiradi.

Siz bolani kitobga qiziqtirishda qanday usullarni qo'llaysiz?

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

10 Feb, 07:13


Hammada farzandini ertalab uyg'otishning o'ziga xos usuli bo'ladi.

Dilsorani uyg'onishi uchun yaxshi motivatsiya bu tonggi mutolaa. Kitob o'qib berishimni aytsam, osongina uyg'onadi. 😊

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

10 Feb, 05:31


Olima kelinga sharoit qilib berish kerak!

💩 Bugun koʻpchilik inson kelinlikka oʻqimishli qizni qidiradi. Ammo aksar holatda u kelinni butun uy ishlariga mashgʻul qilib qoʻyishadi. Bunda uning oʻqimishliligidan ne naf?!

🤎 Aslida qanday boʻlishi kerak? Videoda bu savolga javob topasiz.

💩 Yaponiyadagi oʻzbek professori ustoz Alisher Umirdinov.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook

Psixolog Dildora Ulmasova

08 Feb, 20:15


"Har bir inson o‘zida o‘z ota-onasini olib yuradi."
— Erik Bern

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

08 Feb, 07:01


Travmalar soyasidan o'zingni qayta topishgacha yo'l

"Travmalarimdan qutulishim mumkinmi?"
Ko'pincha og'ir psixologik jarohati bor mijozlar konsultatsiya belgilashdan oldin shu savolni psixologga berishadi.
Xuddi psixolog sehrli dori bersa-yu, uni ichib, umr mobaynida olgan ruhiy jarohatlariga bittada da'vo topsalar.
Afsuski buni iloji yo'q.

Shunday paytlarda mijozlarga balandparvoz va'da berishdan cheklanib, uzoq muddatli konsultatsiya travmalari bilan (kelishib!) yashashni o'rgatishi mumkinligini aytaman.

Psixologik travma o'zi nima? Odam qachon travma oladi?
Z.Freyd psixologik travma haqida shunday fikr bildiradi:
Psixologik travma psixika uchun haddan tashqari og‘ir bo‘lgan tajriba bo‘lib, uni anglash yoki qayta ishlash qiyin bo‘lganligi sababli u ko'pincha bostiraladi. Yana ham aniqroq aytsak, inson qachon psixologik travma oladi?
Qachonki psixika kuchli emotsiya to'lqinida ojiz qolganida.
Travma paytida emotsiyalar o'ta shiddatli bo'ladi psixika ularni anglash, qayta ishlashga ojizlik qiladi.

Bir nafasda yuzaga kelgan vahimali voqea natijasida hosil bo'lgan qattiq qo'rquv, yoki surunkali ravishda uyat hisini tuyishga majbur qilingan dialoglar, to'satdan yuz bergan yo'qotish va bu davrda ijtimoiy qo'llab-quvvatlovning bo'lmaganidan psixikaning og'ir qayg'u emotsiyasi oldida ojiz qolishi kabi holatlar psixologik travmaga sabab bo'lishi mumkin.

Qisqa qilib aytganda travmalar paytida inson qaydanydir shiddatli emotsiyalar (qo'rquv/ qayg'u/uyat/xavotir/jahl/ v.h) oldida kuchsiz qoladi.

Travmalar bo'yicha uzoq yil ilmiy tadqiqot ishi olib borgan olim Gabor Mate travmani shunchaki biz bilan sodir bo‘lgan voqea sifatida emas, balki u voqeaga javoban ichimizda yuzaga kelgan ichki jarohat sifatida tushuntiradi. Uning fikricha:
“Travma – bu biz bilan sodir bo‘lgan narsa emas, balki sodir bo‘lgan narsaga javoban bizning ichimizda yuzaga kelgan narsa.”

Ya'ni travma nafaqat og‘riqli voqea (jismoniy yoki hissiy jarohat) balki, shu voqea natijasida bizning ruhiyatimiz qanaqa o‘zgarishi, qanday xarakter xususiyatlarini o'zimizda identifikatsiyalashimiz, qaysi himoya mexanizmlaridan foydalanish ko'nikmasini shakllantirishimizdir.

Konsultatsiya jarayonida psixolog psixologik jarohatlari bor mijozlarning hikoyalarini avval tinglaydi. Ko'pincha ruhiy jarohatlar bir umr yurakka ko'milgan mulohazalar/alamlar/hissiyotlar bo'ladi. Ularni hikoya qilib berish bilan mijoz tinglanish, tushunilish ehtiyojini qondiradi. Psixolog o'sha vaziyatda sizga qanday yordam berishlari/qo'llab-quvvatlashlarini istardingiz deb savol berganda, mijozlar javob berishga qiynalishadi. Keyin esa patsientlar savolga javob berish chog'ida holatni to'liq manzarasini qaytadan gavdalantirish/fikrlarini tartibga solishga, hissiy muvozanatlarini tiklashlari osonlashadi.

Psixologik travmasi bor patsientga yordam ko'rsatishning keyingi bosqichi ruhiy jarohatlar uning hozirgi shaxsiyati/yashash tarzi/tanlovlariga salbiy ta'sirini olib tashlash uni hayotiy tajriba sifatida integratsiyalashdan iboratdir. Maqsadga erishish uchun psixolog va mijoz ba'zan o'nqir-cho'nqir, ba'zan umuman notanish yo'llarni bosib o'tadi.

Psixologik travmalardan davolanish:
- o'zini qaytadan kashf etish;
-og'ir vaziyatlarda o'zini yaxshiroq qo'llab-quvvatlashni boshlash;
- travmalar shakllantirgan salbiy xulq-atvorni o'zgartirish;
-o'zini boricha qabul qilib yana o'ziga ishonishni boshlash;
-Ichki bolakayiga o'zi ota-onalik qilishni boshlash.

Psixologik travmalardan davolanish miyaning o'ng yarimdagi faollikni bostirib, prefrontal korteksning ajoyib funksiyasidan foydalanib, bo'lib o'tgan voqea-hodisalardan ma'no topib, yangi xulosalar qila qolish. Boshqacha aytganda, taqdirga imon keltirib, har bir ishning hikmatini ko'ra olish demakdir.

Siz o'zingizda o'tmishdagi travmalaringiz ta'sirida qanday himoya mexanizmlarini shakllantirganman deb o'ylaysiz?
@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

07 Feb, 11:34


Ҳамма ўқувчиларга бирдек ёқмоқчи бўлсанг — устоз бўлма, музқаймоқ сот.

Стив Жобс

@Ustoz_kundaligi

Psixolog Dildora Ulmasova

05 Feb, 21:36


O'zgarishlar kim uchun parvoz, kim uchun jarlik?!

Sog'lom psixikaga xos eng muhim xususiyat bu - o'zgarishlarga ochiqlik.

- Zavq bermayotgan ishdan ketib, yangi kasbda o'zini sinab ko'ra olish;

- moddiy ahvolini yaxshilash odatiy komfortidan kechib qandaydir biznes boshlay olish;

-qanchalik odatiy tusga aylangan bo'lmasin qadrlanmayotgan davralardan ketib, yangi munosabatlar o'rnatishga jur'at topa bilish insonni o'zgarishlardan cho'chimasligini ko'rsatuvchi keyslardir.

O'zgarishlarga ochiqlik bu:
Odamlarga/munosabatlarga/narsalarga qattiq bog'lanib qolmaslik;
psixologik erkin bo'lish;
kishi og'ir vaziyatga duch kelganda, muammolar oldida esankirab qolmasdan olg'a keta olish demakdir.

Nimaga ba'zilar o'zgarishlarga ochiq-u, ba'zilar o'zgarishlardan bo'ridan qo'rqqanday qo'rqadi?! Quyida bunga sabab bo'luvchi omillarni tahlil qilamiz.

1.Bolalikdagi munosabat.
Agar ota-ona farzandiga haddan tashqari ko'p g'amxo'rlik ko'rsatib, uni mustaqil bo'lishiga imkon bermagan bo'lsa, bolada qaror qabul qilish malakasi yaxshi shakllanmaydi. Bu esa o'zgarishlarga yopiqlik sifatini shakllantiradi.

2. Qattiq jazolanish. Bola yoshligida qilgan xatolari uchun qattiq jazolangan bo'lsa ham o'zgarishlarga murosasizlik holati yuzaga keladi. Boisi har bir o'zgarish bola xavfsizligiga otiluvchi o'qdek idrok qilinadi.

3. Bola hayotida og'ir o'zgarishlarni/hislarni boshdan kechirayotgan paytida qo'llab-quvvatlov bo'lmagani ham uni odatiy hayot tarzi o'zgarsa, cho'chitadigan qilib qo'yishi mumkin. Masalan, endi bog'chaga o'rganayotgan bolakayning onasi farzandi qaramay turganida tarbiyachiga tashlab ko'zdan g'oyib bo'lib qolishi kabi holatlar insonni kelajakda o'zgarishlar vahima uyg'otadigan qilib qo'yishi mumkin.

4. Shaxsda o'zgarishlar borasida tajribaning kamligi ham uni chetlab o'tishga intilishga sabab bo'ladi.

5. Ba’zi jamiyatlarda barqarorlik va an’anaga yopishib olish targ‘ib qilinadi, natijada odamlar o‘zgarishlardan qo‘rqadi. Biror muhim o'zgarish qilish kerak pallada biz bunga hali tayyormasmiz deb oyoq turib oladigan jamiyat vakillarining o'zgarishlardan qo'rqishi hayratlanarli hol emas.

O‘zgarishlarga ochiqlik – bu nafaqat xarakter xususiyat, balki hayot davomida shakllanadigan muhim ko‘nikma.
Kimdir tabiatan jasoratli bo‘lishi mumkin. Boshqa birovlar esa jasoratni kichik-kichik o‘zgarishlarni amalga oshirish, tavakkal qilish va o‘z hayotida ongli ravishda ijobiy siljishlar qilish orqali shakllantirishi mumkin.

Inson hayotida qancha ko'p o'zgarishlar qilsa, bu borada tajribaga ega bo'ladi. Tabiiyki, o'zgarishlar normal holat ekanligini anglaydi. Va nihoyat o'zgarish qilishdan qo'rqmay qoladi.

Bu borada Sizning fikringiz qanaqa? Odamlar o‘zgarishlardan kamroq qo‘rqishi uchun nima qilishi kerak?

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

05 Feb, 20:51


"O'zgarishlar kim uchun parvoz, kim uchun jarlik?!" mavzusida post yozayotgandim. Yarmiga kelganda ilhomim keskin o'zgarish qilib yozgim kelmay qoldi. Ertaga bitirsam, e'lon qilaman in sha Alloh. 🌸

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

04 Feb, 02:40


O'rganishni o'rganamiz

(Andrew Hubermanning "How to Learn skills faster" podkasti va o'zimning shu kungacha yig'gan xulosalarim asosida)

1. Biror yangi narsani o'rganishda asqotadigan birinchi instrument bu diqqatdir. Diqqat barcha kognitiv jarayonlarga kiruvchi eshik. Diqqat jamlangan bo'lsa, biz eslab qolamiz, idrok etamiz, tafakkur qilamiz. O'rganish jarayonida diqqatingiz bo'linavermasligi uchun shunga mos muhit tashkil qiling, chalg'ituvchi vositalardan tiyilish lozim. (Ayniqsa gadjetlar)

2. O'rganish jarayonida yo'limizda uchraydigan ilk dushmanni yengib, "bitta instagramga kirib chiq nima gap ekan" qabilidagi o'ylarni yengib harakatni boshlasak, ikkinchi dushman oldimizga yetib keladi. Endi ichimizdagi maraz odamcha "qara shuncha xato qilyapsan bu narsani o'rganish senga emas ekan" deya shivirlaydi. Yodingizda bo'lsin yangi ko‘nikmalarni o‘rganishning ilk bosqichlarda ko‘proq xato qilish tabiiy holat. Bu jarayon miyadagi neyron aloqalarni mustahkamlaydi. Keyingi gal kamroq xato qilishingizga, yangi xulosalar qilishingizga ko'mak beradi.

3. Jismoniy harakatlar va muvozanat mashqlari miyani moslashuvchan qiladi va o‘rganishni tezlashtiradi. Biror narsani uzoq vaqt o'rganganingizdan keyin piyoda sayr qilish sizga yengil nafas olishda ko'mak berishi mumkin.

4. Uyqu, ayniqsa, o‘rganishdan keyingi birinchi tun, yangi ma’lumotlarni mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi. Bilim olganingizdan keyin tiniqib uxlash olingan axborotlarni miyangizdagi javon polkalariga tartibli joylashtirishga yordamlashadi.

5. Miyangizdagi javonda turgan bilimlarni endi ochib ko'rish vaqti keldi. U yerda nima bor nima yetishmayapdi. Bu paytda o‘z-o‘zini sinash usuli yordamga keladi. O‘rganilgan materialni o‘z-o‘zini sinash orqali tekshirish bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

6. Bilasiz bu miya rosa dangasa. Shunga uni cho'chitib yubormaslik kerak. Ma’lumotlarni bo‘laklash usuli bu borada sizni qutqarishi mumkin. Katta hajmdagi ma’lumotni kichik bo‘laklarga ajratib o‘rganish miyangizni biroz erkalab turib o'rganishga majbur qiladi, qolaversa, yaxshiroq natija beradi.

7. O'zingizga qulay usulda konspekt qilish bu fantaziyangiz zimmasidagi vazifa. O'rganganlarini qisqa matn/ jadval/diagramma/ rasm ko'rnishida qayta ifodalashingiz mumkin. Muhimi bir qaraganingizda sizga shu bilimlar haqida tasavvur hosil qila olsin.

8. Bizda ikki xil xotira mavjud. Qisqa muddatli va uzoq muddatli. Olgan bilimimingiz kecha yegan ovqatingiz kabi qisqa muddatli xotirada qolib tezda unutilib ketishini istamasangiz uni tez-tez takrorlab turing. Shunda u uzoq muddatli xotirangizda joylashib olib sizni ko'p quvontirishi mumkin.

9. O'rganganlaringizni amaliyotda qo'llashga baribir qiynalyapsizmi unda sizga yaxshi yechim bor. Uni boshqalarga o‘rgating. O'rgatish asnosida olingan bilimlaringiz maketi miyangizda qayta gavdalanadi. Bu esa sizga bilimlaringizni mustahkamlash imkonini beradi. O‘rganilgan narsalarni boshqalarga tushuntirish bilimlarni chuqurlashtiradi.

10. Biror narsani o'rganishga kirishyapsizmi uni turli usullar bilan o‘rganishga e'tibor qarating. Ma’lumotni turli formatlarda (audio, video, matn) o‘rganish uning yaxshiroq tushunilishiga yordam beradi.

Siz o'rganishda qanday usullardan foydalanasiz. Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring.

Postni o'rganishni yaxshi ko'radigan tanishlaringizga yuborib qo'ying.

Davomi bor.

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

03 Feb, 12:46


Postlar yozgim kelyapti, o'qigan maqolalarimdagi xulosalarni sizlar bilan bo'lishgim kelyapti. Lekin uylarni yig'ishtirib ovqat qilishim kerak. Maslou bobo aytganidek, birlamchi ehtiyojlarni qondirmay turib, yuqori darajadagi ehtiyojlarga yo'l bo'lsin. 😂

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

03 Feb, 02:21


Sovuq urushlarning qaynoq ta'siri

Ko'pchilikning boshqa odamlar (qaynonanasi/hamkasbi/ tanishi/ sobiq turmush o'rtog'i/ qo'shnisi v.h.) bilan tugallangamagan dialogi, ichki konfliktlari bor. Bu ichki konflikt kishini ko'p hayotiy energiyasini olib qo'yadi, fikri-xayolini o'g'irlab tinchlik bermaydi.

Bunday vaziyatlarda kishi nizolashgan odami bilan juda kam muloqot qilishi yoki deyarli gaplashmasligi ham mumkin. Konstruktiv muloqotning cheklanganligi sabab proyeksiya himoya mexanizmi faollashib ketadi. Ya'ni o'zida kechayotgan his kechinmalarni nizolashgan insoni gardaniga tushirishi, bu esa nafrat hisini battar oshirib yuborishi mumkin.

O'zidan ko'ngli to'lmayotgan odam nizoli munosabatdagi insoni u haqida yomon o'ylayapdi, ustimdan kulyapdi deb xulosa qilib olishi mumkin.

Yoki o'zi qattiq uyat his qilayotgan paytida "dushman"i uni masxara qilayotgandek tuyulishi mumkin.
Masxara qilyapsanmi deb so'rolmaydi. Chunki gaplashmaydi.

Bu holat munosabatlarni battar chigallashtiradi, insonni ichki konfliktlarini oshirib yuboradi. Endi odamga o'zini tinglash, qo'llab quvvatlash ham qiyin bo'lib qoladi. O'ziga nizolashgan odamining ko'zoynagi boqayotgandek bo'ladi.

Boisi endi boshiga og'ir musibat tushgan yoki muvaffaqiyatsizlikka uchragan damida ham qayg'usi uchun g'am chekish paytida ham mana endi dushmanim xursand bo'lib ketadi degan xayollar uchun ko'p energiya sarf qilishi sabab bo'ladi. Yoki xato qilgan paytida joriy holatini yaxshilash o'rniga kulguga qoldim degan xayollar battar tushkunlikka tushirishi mumkin.

Mana shunday vaziyatda kishiga psixoterapiya mijoz yashayotgan honaning derazasini ochib, toza havo kiritgandek ko'mak berishi mumkin.

Psixolog bilan hamkorlikda ishlash, vaziyatga turli pozitsiyalardan nazar tashlash mijozni ortiqcha proeksiyalaridan xolos bo'lishiga ko'mak berishi, empatiya hissini oshirishi, qaror qabul qilayotgan yoki biror tanlov qilayotganda asosiy fokusni birovga nimanidir isbotlashga qaratish emas, o'zining ehtiyojlarini tinglashga o'rgatishi mumkin.

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

31 Jan, 01:30


Shunchaki so'ragandim. Xulosa o'zingizdan.
@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

31 Jan, 01:27


Jamiyatimizda yuqori psixika darajasiga ega odamlar kam. Shuning uchun ham odamlar bilan munosabatga kirishish murakkabligicha qolaveradi. Haqiqatni ham kimningdir "ego"chasiga tegmaydigan qilib aytish talab qilinadi. Aks holda siz muomalasizga chiqasiz. Ayollar misolida oladigan bo'lsak, ularga orator bo'lishi kerakligi haqida uqtiriladi/ treninglar o'tiladi. Boisi ayol oddiy/odatiy usulda haqini talab qilishi noshukrlikka yo'yiladi. Biror ehtiyoji bo'lsa, qog'ozga o'rab chiroyli usulda ifodalay olsagina olqishlanadi (!)

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

30 Jan, 16:49


Ba'zi talabalardagi ishtiyoq, qiziqishni ko'rib dars o'tging keladi. Ba'zi talabalarga boqib, ulardagi befarqlik hamda mas'uliyatsizlikni ko'rib, ishingni tashlab ketging keladi.

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

26 Jan, 02:39


Bolaga tanlov berish nima uchun muhim?

Ko'p qizlar bilan uchrashuvga chiqsa birortasini tanlay olmaydigan yigitlar, o'zi nimaga qiziqishini bilmaydigan insonlar, biror kiyim xarid qilayotganda qaysini olay deb so'nggi qarorni boshqalar zimmasiga yuklovchilar kattalar o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi.

Bizda bola uchun nima eng yaxshiligini ota-ona yaxshiroq biladi degan stereotip mavjud. Shuning uchun ham farzandimizning erta bolalik (3-6 yosh) davrida ko'pincha o'zimiz ular uchun tanlov qilamiz. Bog'chaga nima kiyishi, ovqatni qancha miqdorda yeyishidan tortib kim bilan do'stlashishigacha o'zimiz belgilab berishga harakat qilamiz.

Aslida, bolaga ilk bolalik davridan (2-3 yoshlaridan) boshlab, mustaqil ravishda kichik-kichik tanlovlarni qilishiga imkon yaratishimiz kerak.

- ovqatni nimada yeysan? Katta qoshiqdami? Kichkina qoshiqdami?

- Bugun bog'chaga nima kiyasan? Agar bu shimingnimi yoki sportivkangnimi?

-Qaysi kitobni olib beray? V.h.

Bola tanlov qilayotganda, miyasidagi limbik tizim (hissiyotlargan javob beruvchi bo'linma) bilan prefrontal korteks ( ijro etuvchi funksiyani bajaruvchi miya po'stining peshona sohasidagi qismi) orasida o'zaro bog'lanish yuzaga keladi.

Bola qaysi tanlovida o'zini yaxshiroq his qilishi haqida o'ylaydi, ikki tanlovni tahlil etadi, so'ngra hissiy reaksiyalarini birlashtirgan holda qaror qabul qiladi.
Mustaqil tanlov qilish bola o'zini yaxshiroq anglashiga yordam berib, o'z hayotiga mas'ullik hissi ko'nikmasi hosil bo'lishini ta'minlaydi.

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

17 Jan, 04:16


Mana shu holat nima uchun menga yoqimliligi haqida post yozmoqchi edim. Hech qo'lim tegmayapti.

P.s. kanalga o'ylab qo'ygan mavzularimda xotirjam post yozishim uchun haftaning 8-kuni kerak bo'lmoqda. 😒

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

14 Jan, 16:44


#Dilsora #bolatilidan
Qizim yangi tarbiyachisiga hech ko'nika olmadi. Boshqa gruppaga o'tishi mumkinligini aytsam, o'rtoqlarim shu guruhda-ku deya unamayapdi. Xullas, yana tarbiyachisi haqida gapiryapti:

-Oyi, Anna Nikolayevna bizani yomon divuradi har doim. Gaplashishimizga qo'ymidi. A o'zi gaplashadi-ku boshqa bog'chapala bilan. O'zi tanalgan-ku shu sohani. (Aynan "soha" so'zini ishlatdi) Qancha vaqt boridiku boshqa sohaga o'tib ketishiga. Endi nime bizani ayblivuradi?!

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

14 Jan, 07:25


Yana kimda shunaqa?😂
@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

14 Jan, 02:12


Oddiy/odatiy narsalar aslida ham oddiymi?!

Bir mijozim deyarli har safar suhbatni "men yaxshi ona emasman", jumlalari bilan boshlar edi. Men nimaga bunday xulosaga kelib olgani sababini so'rasam, "farzandlarimga boshqalar kabi ko'p narsalar o'rgata olmaganman" deya nadomat qilgan(Uzoq muddatli terapiya olayotgani, farzandlari bilan ishlaganim uchun bolalari bunday fikrda emasligiga ishonchim komil edi). Lekin xulosalarni mustaqil qilishi uchun savol berishda davom etdim.

Men "o'zingizni onangizni qanday ona bo'lganlar deb hisoblaysiz?" deya so'radim. "juda mehribon, yaxshi ona bo'lganlar", deya e'tirof etgan. Nimaga bunaqa hisoblashini, onasi bilan yodida qolgan qanday ijobiy xotiralar haqida so'raganimda, "maktabdan kelganimizda, oshhonadan har doim shirin taomlar hidi taralib turgan bo'lardi. Mazali yeguliklar tayyorlab qo'yib, doim qornimizni to'ydirardilar, mehrli suhbatlar qurardilar",- deb javob bergandi.

Mijozim onasi haqidagi mulohazalaridan so'ng yaxshi ona bo'lish uchun bolaga tonna kitob o'qitish shartmasligini anglagandi. Bizning yaxshi ona, yaxshi ota borasidagi mezonlarimiz farzandlarimizning bu boradagi idroklaridan farq qilishi mumkinligini anglagandi.

Deylik, bolalar qimmatga olib bergan o'yinchog'ingizni nazardan chetda qoldirishi mumkin. Lekin uxlab qolganida sokin joyiga yotqizib qo'yganingizni unutmasligi mumkin.

Tanavul qilishi uchun buyurtma qilib bergan qimmatbaho taomingizni odatiydek idrok qilishi mumkin. Biroq uyquga ketishidan oldin aytib bergan hikoyangiz xotirasida bir umr saqlanishi mumkin.

Yoki aksincha, siz uchun odatiy bo'lgan xulq-atvor namunasiga aylanib qolgan xatti-harakatlaringiz bola uchun qo'rqinchli manzara sifatida idrok qilinishi mumkin.

Yoki turmush o'rtog'ingizga qilgan jahlingiz, ko'z qarashingiz yoki biror narsani otib yuborganingiz bola xotirasida bir umr muxrlanishi mumkin. Oilada bo'lib turadigan bu "arzimas" janjallarni er-hotin unutishi/kechirishi/ normal qabul qilishi mumkin.
Ammo bolalar yillab uzoq muddatli xotirasida saqlashi/otasiga-onasiga o'xshamaslikka ahd qilishi bu qarorning yukini ko'tarishga juda ko'p kuch sarflashi mumkin.

Ha, biz uchun oddiy/odatiy bo'lgan narsalar bolalar uchun bunday bo'lmasligi mumkin. Yoki aksincha...

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

12 Jan, 01:20


Psixolog huzurida chanqog'ingiz qanchalik qonadi?

Ilk marta psixolog xizmatidan foydalanayotgan mijozlar konsultatsiyaga nisbatan "menga yetarli bo'lmadi", "yana ko'p narsalarni aytishga ulgurmadim", kabi izohlar berishadi.

Ushbu holatni quyidagicha izohlash mumkin. Psixolog mijozni o'zini qiynayotgan muammolar bilan bo'lishish uchun makon hamda zamon bilan ta'minlaydi. Bu mijoz bilan birinchi marta sodir bo'layotgan hodisa bo'lishi mumkin. Ya'ni avval hech qachon hech kim alohida vaqt ajratib, odamlardan holi yerda mijozning muammolarini muhokama qilmay tinglamagan bo'lishi mumkin.

Shuning uchun ham Ilk bora psixologga murojaat qilayotgan patsientlarda juda ko'p narsalarni psixologga aytib berish shu bilan tinglanish, tushunilish, qabul qilinish ehtiyoji yuqori bo'ladi. Davomli psixoterapiyadan keyin ushbu ehtiyoj qondiriladi.

Shundan so'ng mijoz va psixolog o'rtasida o'tkaziladigan konsultatsiyalar hamkorlikdagi faoliyatga o'xshab psixologning faolligi ham ortib boradi.
@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

10 Jan, 08:48


Ahmoqlar har doim o‘zidan mamnun. Fikr esa ezgu iztirobdir va u faqat tanlanganlarga beriladi.

@dostoyevskiydan_qaydlar

Psixolog Dildora Ulmasova

06 Jan, 05:37


#MALHAM

قال الإمام أبو حنيفة رحمه الله لتلاميذه:
"أنتم مسارّ قلبي وجلاء حزني"

Abu Hanifa rohimahulloh shogirlariga dedilar: "Sizlar - yuragimni sevintiruvchi va xafaligimni ketkazuvchisizlar!"

Shunga o'xshash jumla Ibrohim an-Naxaiy rohimahullohdan ham rivoyat qilingan ekan.

Imtihon dunyosi, odamzotga turli dardlar, tashvish-u qiyinchiliklar yetishi, ba'zan uni tushkun kayfiyat qamrab olishi bor. Bundan ulug‘ ustoz-olimlar ham mustasno bo'lmaganlar.

Umuman olganda, o‘qituvchi zotida dunyo tashvishlarini unutish, hech yo‘q uni kichik sanashning ajoyib yo'li doim bo‘lgan. Bu - o'zni ilm talabi va toliblari bilan band qilish.

O'qituvchi auditoriyaga kiradi, dars o‘tadi - ko‘ngli yorishadi. Boshqa biror yerda bo‘lsa, talabalardan kimdir fanga oid savol so'rab yozadi. Unga yaxshilab javob berish uchun kitob ko‘radi, shu mavzuni yana boshqa manbadan qaraydi, umumiylashtirib bir javob tayyorlaydi, jo‘natish oldi qayta o‘qiydi... Foydalangan kitoblari mualliflarini mamnuniyat, havas va faxr bilan eslaydi, shular ham odam farzandi bo'lgan, dardi bo‘lgandir, ammo umrini o'tkinchi dunyo tashvishlariga emas, boqiy ishlarga bag'ishlagan, deydi. Mavzuga qaytib uni yana tahlil qiladi, yangi narsa o'rgandim deb sevinadi.

Qarabsizki, nega xafa bo'lgani ham, tashvishining katta-kichikligi ham esidan chiqib ketgan bo'ladi. )

Darhaqiqat, talabalar - ustozlariga dardlarni unuttiruvchi va ko‘z quvonchidirlar. Alhamdulillah.  Allohumma baarik.

الحمد لله على نعمة التعليم والتعلم

Psixolog Dildora Ulmasova

06 Jan, 00:08


Hissiy noyetuk ota-onalar

- Bolaligingizda kiyimingizni kir qilganingiz/ suv to'kkaningiz uchun qattiq gap eshitganmisiz?

- Yig'layotgan/ yiqilib tushgan paytingiz ovutilish, tushunilish o'rniga qattiq baqiriq ovozni eshitganmisiz?

- Qandaydir noxush holatga tushib qolib qiynalayotgan vaqtingiz mana shu holatda ko'proq otangiz yoki onangizning reaksiyasini o'ylab qo'rquv/uyat/aybdorlik hislarini tuyganmisiz?

Shu kabi holatlar bolaligingizda tez-tez takrorlangan bo'lsa, bu post aynan siz uchun!

Hissiy noyetuk ota-onalar o'z emotsiyalarini tushunish va to'g'ri yo'naltirishda qiynaladi, shuning uchun bolalarning hissiy ehtiyojlarini ham qondira olmaydi.

Bu turdagi ota-onalar ko'pincha haddan tashqari tanqidchi, gipperg'amxo'r, o'ta nazoratchi, bolalarni emotsional jihatdan manipulyatsiya qilishga moyil bo'ladi.

Hissiy noyetuklikni ko'rsatuvchi belgilar:

- haddan tashqari boshqarish yoki o'ta beparvolik;
- o'zaro munosabatlarda haddan tashqari dramatizm;
- bosim o'tkazib farzandi qarorlariga ta'sir o'tkazishga moyillik;
- farzandi hissiy chegaralarini mensimaslik.

Hissiy noyetuk ota-onalar teskari xatti-harakatlarni sodir etadi deyish mumkin.
Farzandi bolaliligida ulardan katta odamdek o'zini tutishni talab qiladi.
Bolaning bolalarcha xatolarini kechira olmay qattiq koyidi. Kiyimi kir bo'lsa, yoki ota-onasining kayfiyati yo'q paytda qandaydir ijniqlik qilsa, boshqalar oldida ularni "uyaltirsa" qattiq jazolaydi.

Farzandi ulg'aygach esa, aksincha, yosh boladek o'zini tutishini xohlaydi, mustaqil bo'lishiga yo'l qo'ymaydi. Bolasining mustaqil qabul qilgan qarorlarini hurmat qilmaydi yoki farzandini o'zidan uzoqlashishini xohlamay har doim oldida ushlab turishga harakat qiladi, qattiq nazorat qiladi.

Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, hissiy noyetuk ota-onalar bilan o'sgan bolalarda depressiya va xavotir buzilishi rivojlanish ehtimoli 1,5 baravar ko'proq bo'ladi. (Ward et al., Journal of Child Psychology and Psychiatry, 2018).

Hissiy noyetuk ota-onalarning farzandlari ko'pincha:
-o'ziga ishonchning pastligi;
-mustaqil qaror qabul qilishdagi qiyinchiliklar;
-hissiyotlarini tushunish va samarali yo'naltirishda muammolarga duch keladi.

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

04 Jan, 07:20


Адолат учун «панельный»га бориш арзийди

Адолат ҳақида сўз бошлаган Ғайрат Дўстовга судья «қилган ишингиздан пушаймонмисиз?», дея иддао қилди.
Ғайрат Дўстовга уни яқинларига осон бўлгани йўқ. Судья “Қилган жанжалларингиз панельныйга боришга арзийдими” деди. Аммо, судьянинг саволига мен ҳам жавоб қўшишни истардим. Ҳа, жаноб судья. Адолат учун «панельный»га бориш арзийди.

Судья “жанжал” дея талқин қилган жараён адолат сўрови эди.
Судьянинг “Қилган ишингиздан пушаймонмисиз?”, деган саволида “сен айбдорсан”, деган иддао бор.

Ҳақни талаб қилган, юқорини саволга тутган фуқарони айбдор санаган Судни,Судьяни мустақил дейиш қийин.

@anora_sodiq

Psixolog Dildora Ulmasova

02 Jan, 17:43


#Dilsora #bolatilidan
Alohida yashaydigan kelin uyiga qaynona mehmonga kelib, hukmronligini boshlab yuborgan yumorga boy vayn ko'ryapman. Dilsora yonimga o'tirib men bilan tamosha qilishni boshladi.
Avvaliga qaynonani "jinnimi bu?" deya savol berdi. Atay nega unaqa deyotganini so'radim. "Manga shunaqa odamla yoqmidide o'zini hayoti bilan yashashga qo'ymidigan" deb qolsa bo'ladimi?!

Ochigi, 16 kundan keyin 7 yoshga to'ladigan qizim fikrini bu darajada aniq yetkazib bera olishini kutmagandim.

Hozirgi avlod boshqacha. Erkinroq, aqlliroq!

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

02 Jan, 01:06


ChatGPTga berayotgan savollaringni koʻrsat, kimligingni aytaman.

Psixolog Dildora Ulmasova

01 Jan, 01:50


«Onasining sevimli farzandi bo‘lgan inson butun hayoti davomida g‘oliblik tuyg‘usi va omadga bo‘lgan ishonchini o‘zi bilan olib yuradi, bu esa ko‘pincha haqiqiy muvaffaqiyatga olib keladi.»

Zigmund Freyd
@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

01 Jan, 00:46


"O'zi onam bilan ham shunday edi."

Ijtimoiy munosabatlarga kirishishda, muammoli holatlarga duch kelib, nizolarni yechishda qiynalayotgan mijozlarning ko'pchiligi konsultatsiyada nutqini mana shu so'zlar bilan boshlaydi:

Men qaynionamga noroziligimni ayta olmayman, xafaligimni ko'rsata olmayman. O'zi oyim bilan ham shunday bo'lardi".

"Turmush o'rtog'imga nimadan ko'nglim to'lmayotganini ayta olmayman. Onamga ham shunaqa ayta olmasdim".

Qaynionamni ko'rsam, shunaqa qo'rqib ketardim. Bu menga onamga nisbatam bo'ladigan qattiq qo'rquvni eslatardi".

Ona farzandiga chiroyli qoshlar, oppoq yuzlar kabi o'xshashliklardan tashqari yana nimalarni "tortiq etadi?"

Farzand paydo bo'lishida ota ko'proq harakat qilib, onaning asosiy vazifasi qulay-xavfsiz muhitni hosil qilib berishdan iborat bo'ladi. Xuddi shu kabi homila paytida ham ona bolasiga o'z tanasidan xavfsiz "makon" hamda bola rivojlanishi uchun foydali ozuqalar bilan ta'minlashi zarur bo'ladi. Mana shu orqali ona bolaning xavfsizlikka bo'lgan ehtiyojini qondiradi, uni fiziologik rivojlanishi uchun zarur elementlar bilan ta'minlaydi.

Farzand dunyoga kelganidan keyin bola bilan doimiy kontaktga kirishadigan, hissiy, fiziologik ehtiyojlarini qondirishga yordam beradigan odam onasi bo'ladi.

Bola onadan nimalarni o'rganadi?
1. O'zini anglashni.

Ona bolaning hali tili chiqmasidanoq noverbal signallar orqali ham farzandini tushunadi, hissiy ehtiyojlarini qondirishiga yordam beradi. (Yig'lasa ovutadi, cho'chisa tinchlantiradi v.h)
Bu bolani o'zini anglashiga ko'mak beradi. Soddaroq etganda bola onasi orqali o'zini anglaydi. Bola og'ir hislar bilan yuzlashayotganda, ona unga tayanch bo'lsa olsa, kerakli vaziyatda hissiyotlarini tarjima qilib bersa, farzand o'zini yaxshiroq tushunadi bu uni stresli vaziyatlarda esankirab qolmasligi, ijtimoiy munosabatlarga kirishishda kamroq muammoga duch kelishida ko'maklashadi.

2. Bola onadan o'zlashtiradigan ko'nikmalardan biri ijtimoiy moslashuvchanlikdir. Bola o'zi uchun avtoritar hisoblanadigan ota-onasini xatti-harakati, tanlovlari, qadriyatlari, xulq-atvorini kuzatadi va ularni o'zlashtirgan holda o'ziga mos xulq atvor modelini ishlab chiqadi. Ijtimoiy o'rganish nazariyasi asoschisi Albert Bondura ajoyib tadqiqot ("Bobo doll" deb nomlanadi) o'tkazadi. Bolalalarga kattalar "Bobo" deb nomlangan qo'g'irchoq bilan muomala qilayotgan videoni ko'rsatadi.

Birinchi guruhdagi bolalarga kattalar qo'g'irchoqqa tajavuzkorlik qilayotgani aks etgan video ko'rsatiladi. Ikkinchi guruhga kattalar qo'g'irchoqqa mehribochilik ko'rsatayotgani tasvirlangan videoni namoyish qiladi. Keyin bolalarga aynan shunday qog'irchoq beriladi.
Bolalar qanday munosabat qilingan videoni ko'rgan bo'lsalar, qo'g'irchoqqa shunga o'xshash xulq-atvor modelini qo'llagan.

Shunga muvofiq bolada qadriyatlar shakllanishi, stereotiplarni buzishda ham onaning xulq-atvori yetakchi o'rinni egallaydi deyish mumkin.

3. O'ziga g'amxo'rlik.
Onaga qarab bola dam olish, o'ziga g'amxo'rlik qilishni o'rganadi. Buni ikki xil usulda o'zlashtiradi:
a) oilada bolaning ehtiyojlari qanchalik jiddiy qabul qilingan, ularni tog'ri usulda qondirilishiga yordam berilgan bo'lsa, bola ulg'ayganda ham shu usulda o'ziga g'amxo'rlik qilishda davom etadi.
b) ona qachon o'z salomatligiga e'tiborli, ehtiyojlarini tog'ri usulda qondira oladigan, shaxsiy chegaralarini himoya qila oladigan bo'lsa, bolada ham ushbu malakalar shakllanishiga ko'maklashadi.

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

30 Dec, 01:22


Shunaqa kontentlarni tezroq tarqalishi, omma ongiga singib ketishi tarafdoriman. Kimga yuborib qo'yishni bilasiz.😄

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

26 Dec, 05:47


#bolatilidan #Dilsora

Dilsora bog'chada eng katta gruppaga o'tgan. Lekin yangi bog'cha opasiga hali ham ko'nika olmadi.

Qizimning xulosalaridan:

"Oyi, Anna Nikolayevna boshqalani oldida o'zini boshqacha tutadi. Boshqala yo'g'ida boshqacha tutadi. Odamla borida yaxshi. A odamla ketsa yomon. Unaqa bo'ishi keremas-ku. Har doim bir xil bo'lishi kerak."

Bundan sal oldinroq, qizimni haqorat qilgan dugonasining xatti-harakatini "кто обзывается, тот сам так называется", deya izohlagandi.

Farzandingning ishlatadigan iboralari, fikrini ifoda qilish uslublari senikiga o'xshasa, bu qanchalik tabiiy holat bo'lmasin, qiziq jaranglarkan.

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

25 Dec, 00:18


Shu gap biram yoqdi.
@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

22 Dec, 10:07


Vaqtim tig'izligi sababli davomli konsultatsiya oladigan mijozlarimdan tashqari hech kim bilan psixologik konsultatsiya o'tkazmayotgan edim.

Shaxsiydan konsultatsiyaga yozilish niyatida ko'p yozishmoqda.

Kelayotgan haftadan in sha Alloh konsultatsiyalar o'tkazishga start bermoqchiman. Yilning oxirigacha konsultatsiyani oshmagan narxda amalga oshiraman. Yil boshidan narxlar o'zgaradi.

6-yoshdan 12yoshgacha bo'lgan bolalar bilan onlayn konsultatsiyaga yozilishingiz mumkin.

Konsultatsiyaga quyidagi masalalar bilan murojaat qilishingiz mumkin:

— bolada shakllangan (salbiy?) xulq-atvor ildizlarini aniqlash;

— ona va farzand orasidagi hissiy yaqinlik aloqalarini aniqlash hamda ularni yaxshilash;

-boladagi psixologik travmalar bilan ishlash;

-bolaning psixologik ehtiyojlari qanchalik qondirilayotgani haqida kengroq ma'lumotga ega bo'lish;

Konsultatsiya bola bilan 50 daqiqa davom etadi.
Onasi bilan bola haqida 15 daqiqa gaplashiladi.

Suhbatlar telegramda video qoʻngʻiroq shaklida olib boriladi.

Bitta konsultatsiya narxi — 250 ming soʻm.
3talik konsultatsiya paketini sotib olsangiz, 700ming so'm to'lov qilish imkoniga ega bo'lasiz.

Oilaviy terapiya tarzida bola bilan 2ta seans, ona bilan 2ta seanslik konsultatsiya o'tkazishimiz mumkin.

Konsultatsiyaga yozilish hamda qo'shimcha ma'lumotlar olish uchun @dil0104 ga murojaat qilishingiz mumkin.

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

20 Dec, 20:54


Kognitiv dissonans

Hech kuzatganmisiz? Ahmoq odamlar aqllilarni aqlli bo'lgani uchun yomon ko'rishi yoki ziqnalar saxiy insonlarning xatti-harakatlarini o'zini ko'rsatish deya baholashi mumkin? Nimaga shunday bo'ladi? Balki, sizning tutayotgan yo'lingiz to'g'riligiga ishonganlari, ular esa bunday yashashda kuch topa olmayotganlari uchun shunday bo'lar...

Keling birgalikda tahlil qilamiz. Olim
Leon Festinger kognitiv dissonans nazariyasiga asos solgan. Unga ko'ra shaxs psixikasida qarama-qarshi fikrlar, e'tiqodlar, qadriyatlar to'qnashsa, bu odamda psixologik diskomfortni keltirib chiqaradi. Inson bu holatdan chiqishi uchun ongi bilan kelishishga (konsonans)ga borishga intilib, psixikaning turli himoya mexanizmlaridan foydalanadi. Quyida ularning bir nechtasini ko'rib chiqamiz:

1. Moralizatsiya
Masalan, farzandining qattiq jismoniy jazolagan ota ichida kognitiv dissonansni his qilishi mumkin. Bu noqulay hisdan qutulish uchun "men bolamni yaxshi bo'lsin deb urdim" deb o'zini ovutib olishi mumkin. Bunda otaning bolani urish tog'ri emas degan fikri bilan, jismoniy jazo qo'llagan xatti-harakati dissonansga olib kelyapti. Ota natijada yuzaga kelayotgan noqulay hisdan xolos bo'lish uchun ushbu himoya mexanizmini qo'llamoqda.

2. Qadrsizlash
Pora oladigan mansabdor shaxs, bunday qabihlikka qo'l urmaydigan hamkasbidan nafratlanishi mumkin. O'zida yuzaga kelayotgan noqulay hisdan qutulish uchun "shu tog'riliging bilan qayergacha borasan? Ishning ko'zini bilmaydigan laqma",- deya qadrsizlashi himoya mexanizmidan foydalanishi mumkin.

3.Ratsionalizatsiya
Salomat bo'lish, chiroyli tashqi ko'rnishga ega bo'lish uchun sog'lom ovqatlanish tartibiga amal qilish kerak degan e'tiqodga ishonuvchi odam kechki ovqatga fastfudlar yeyishi va men ishdan kech qaytaman ovqat tayyorlashga vaqtim yo'q deb argument topish orqali o'zini tinchlantirishi mumkin.

4. Kompormentalizatsiya.
Davlatning haqiga xiyonat qilishdan qo'rqmaydigan amaldor ba'zi o'rinlarda o'ta xalqparvar qiyofada namoyon bo'lib, xalqning foydasiga qandaydir yaxshi ishlar qilishi oxir oqibat ongsiz ravishda o'zi ham shu obraziga ishonib qolishi mumkin. Ya'ni kompormentalizatsiya himoya mexanizmi qo'llanganda, odam bir vaqtning o'zida 2 xil qadriyat, e'tiqod bo'yicha yashashi, asl qiyofasini o'zi ham unutib qo'yishi mumkin.

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

20 Dec, 20:15


Kechqurun Dilsorani uxlatayotib, biroz gaplashdik. Ochig'i, bu menga informatsion stress bo'ldi.

- Oyi, bog'chamdagi Muhammadga, men o'ylavoman, siz keraksiz.
-Nega?
- Chunki u gapirmidi. Nu, pochti gapirmidi. Hamma bog'chapala uni urushadi. Bu hali maktabga qanaqa chiqadi diyishadi. Bugunam kosa sindirib qo'ygandi. Anna Nikolayevna rosa urushdi. Balki, uni hamma urishvurishganidan u shunaqa qo'rqib gapirmiy qogandir.

Qizimni gaplaridan yuragim ezildi. Hamma urishadigan, bu hali maktabga qanaqa chiqadi deb kamsitiladigan bolacha bilan suhbatlashgim, uni bag'rimga bosgim keldi. 😢

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

20 Dec, 11:29


#kayfiyat
Issiq kakao ichib, derazadan boqib uzoq xayol surib o'tirib post yozishni istaydi ko'ngil. 🌸

Bugun in sha Alloh shu holatda o'tirish nasib etsa kognitiv dissonansning kundalik hayotimizda namoyon bo'lishi borasida post yozaman.

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

20 Dec, 11:27


@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

16 Dec, 14:03


#bolatilidan
Bolada faktcheking kurtaklari

Dilsora: "oyi, gruppamizdigi bitta qiz o'lgan Farhodni (rahmatli bloger Farhod Mannopovni nazarda tutmoqda) mani akam bo'gan didi. A man undan sani familiyen nima deb so'radim. Agar akasi bo'sa, Mannopova bo'lishi kere-ku. U boshqa familiya etdi. Znachit, akasimasakan".

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

13 Dec, 14:28


Shu man bir dissertatsiya himoya qilmay...

Kecha himoyam bo'lib o'tgandi. Juda ko'p energiya sarf etilgan kun bo'ldi. Farzandlarimni uxlatib, o'zim ham uyquga ketishga taradudlanayotgan paytim o'rtog'im Durdona telefon qilib, "uyingga keldim chiqa olasanmi?", dedi. Hayron bo'lib qoldim. Umuman kutmagandim. Yugurib chiqdim. Qo'lida gul, tort, shokoladlar bn quchoq ochib kutib turibdi. Juda yoqimli syurpriz bo'ldi.

"Voy Durdon, shu sovuqda uzoqdan ovora bo'lib keldingmi? Deb biroz xijolat bo'ldim. "Dilnozdan chiqdi bu fikr. Seni tabriklab yubordi", dedi. Amerikadagi o'rtog'im meni xursand qilish uchun dunyoning narigi burchagidan Toshkentdagi o'rtog'im bilan ushbu kutilmagan sovg'alarni tashkillashtirbdi.

Quvonchimni so'z bilan tasvirlab bera olmayman.
Kerakli paytda senga dalda bo'la oladigan, muhokama qilmasdan tinglay oladigan, o'zingga ishonmagan paytingda senga ishonch bildira oladigan, yutuqqa erishganingda sen uchun xursand bo'la oladigan, dunyoning qaysi burchagida bo'lmasin senga doim yaxshilikni tilab duo qiladigan do'stlarning borligi bu Allohning ne'mati. Allohimga shukr. Do'stlarimiz salomat bo'lishsin. 🌸

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

13 Dec, 01:19


#xotira
Haqiqiy sog'inch nimaligini yaqin insonini yo'qotganlar yaxshi tushunadi. Odam xursand damida ham, g'amgin holatida ham o'sha insonlarni qo'msaydi. Hayot yumushlari-yu, tashvishlari bilan ovora bo'lib, goyoki unutib qo'yayotgan marhum yaqini bilan kechgan shirin xotiralarni ongiga muxrlash uchun xayolida qayta- qayta gavdalantiradi.

Meni Alloh ikkita mehribon, mehnatkash, samimiy buvilar bilan siylagandi. (Joylari jannatdan bo'lsin, hozir ular oramizda yo'q). Ular haqidagi xotiralarni yozgim keldi. Onamning onalari Mavjuda buvim rahmatli juda kamtar, rahmdil, mehribon ayol edilar. Mehmonga borsam oshhonada biror yumush bilan band bo'lardilar, yoki Qur'on o'qiyotgan, ibodat qilayotgan bo'lardilar. Kelganimdan quvonib oldimga borlarini qo'yardilar, juda mehmondo'st edilar.

Esimda: birinchi sinfdaligimda ularnikida bir kuni maktabga bora olmagandim. Shunda o'zlari bir og'il bola sinfdoshimning uyiga olib borib, berilgan vazifalarni undan bilib olib, menga dars qildirgandilar. O'qishga befarq bo'lmaganlar hech qachon.

Dadamning oyilari Muyassar buvim bilan 23yil birga yashaganim uchun ham ular bilan bog'liq ko'proq xotiralar ongimda muxrlangan.
Ota-ona farzandlari yoshligida ular ham qaysidir ma'noda nisbatan yosh bo'ladi. Shuning uchun ham bola-chaqa tashvishi bilan yurishi, ish bilan band bo'lib bolalarning bolalik davri qanday o'tib ketganini sezmay qolishi mumkin. Mana shu pallada shaxs shakllanishida buvi-buvalar yetakchi rol o'ynaydi. Buvilarning hayot tarjribasi ko'proq bo'ladi. Umrning o'tkinchiligini yaxshi anglaydi, bolalalarning bolaligi g'animatligini yaxshi fahmlaydi. Balki, shuning uchun ham buvilar nabirasining har bir savoliga erinmay javob berar, farzandining bolasini kichik yutug'idan ham xursad bo'lib, mukofotlashga taraddudlanar.

Rahmatli buvim men uchun o'ziga xos maktab vazifasini o'taganlar. Ruhiyatimga yaqin inson edilar, qachon xafa bo'lsam, oldilariga borardim. Ular yupatishni ham bilardilar, kerak bo'lsa, ikkita gap bilan fikrlarimni ijobiy tomonga o'zgartirib ruhlantira olardilar.

Muammolar oldida esankirab qolmaslik, frustratsiyaga bardoshlilik (ishlar ko'ngildagidek kechmasa) dovdirab qolmasdan yo'nalishni yoki yondashuvni o'zgartirishni buvim misollarida ko'rganman. Biron muammo tug'ilsa, bosiqlik bilan yondashardilar, nolimasdilar, darrov yechim qidirardilar. Allohdan duolarida yechim so'rashni ham kanda qilmasdilar. Har doim qo'llarida kitob bo'lardi. Biror narsani gapirayotganda maqol, masal, rivoyatni ham qo'shib gapirardilar, teran mulohazalarini ancha vaqt o'ylab yurish mumkin edi.

Ota-onamga iloji boricha yuk bo'lmaslikka harakat qilganim uchun ham ular bu narsani tabiiydek qabul qilishlari yordamga muhtoj paytim ham payqamay qolishlari yoki qandaydir yutuqqa erishsam, oddiy holdek o'tkazib yuborishlari mumkin edi. Lekin buvim mendagi har bir o'zgarishni yaxshi his qilar zarur paytda dalda bo'lishga, kerakli pallada mukofotlashga shoshardilar. Magistrlik dissertatsiyamni himoya qilganimda, "qizim, qilgan mehnating uchun arzimas narsa. Lekin mana shu pulni ol, o'zingga yoqadigan narsani olib yersan" deb 20$ bergandilar. Shunday quvongandim...

Doktaranturaga kirganimni eshitib rosa quvongandilar. "Mani qizim hali olima bo'ladi" deb duo qilardilar.
Uyga borganimda, "kun ora ovqat qilsang ham ishingni yoz, uy ishlari bo'laveradi", deb harakatga undardilar. Kecha dissertatsiyamni muvaffaqiyatli himoya qilganimda buvim bu kunlarni ko'rganlarida qanday quvonardilar deb o'yladim. Bularni yozyapman-u, ko'zlarimga yosh kelyapti. Sizni shunaqa sog'indim buvijon....

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

12 Dec, 19:16


Mening mezonimga ko'ra "insofsiz" odam sanaluvchi bir kishi boshqa tanishi haqida xuddi men u haqida o'ylaydigan mulohazalarni his qilayotganini bilib kulgum keldi. Ha, hayotda hamma narsa nisbiy. 😂😂😂

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

10 Dec, 11:48


O‘zimiz bilib-bilmay, hammani bir-bir abgor qilyapmiz, sevikli do‘stim:
kimlarnidir qilgan ishlarimiz bilan;
kimlarnidir qilmagan ishlarimiz bilan;
kimlarnidir aytgan so‘zlarimiz bilan;
kimlarnidir aytmagan so‘zlarimiz bilan...

@dostoyevskiydan_qaydlar

Psixolog Dildora Ulmasova

03 Dec, 01:11


* * *
“Ўзинг ўзингни тузатишдан уялма”, деган экан Конфуций.
Бу фикр менга жуда ёқади.
Бу жумлани илк бор ўқиганимда, шундай бир ақидага ҳамиша – англаб-англамай – эргашиб яшаганимни туйганман.
Бу ҳол ижодкорни бир жойда қотиб қолишига қарши ўзининг ички ғалаёни, руҳининг ботиний харакатидир.
Ижодкор мудом ўзини ўзи тузатиши – рад этиши, қарашларига таҳрир киргазишдан эринмаслиги, ёзишининг сифатини яхшилашга ҳаракат қилиши, ижодини янги-янги поғоналарга кўтаришга ҳар лаҳза уринмоғи лозим. Бундай ҳаракат – ўзига юксак талабчанлик – ички эҳтиёжнинг талабига айланганда, руҳ қизғинлиги ва ижод драматизми ёзувчига ҳамиша ёр бўлади.
“Ўз ўзини тузатиш” – жуда мастона кайфият: янги уфқларни кўраётганингдан дарак берувчи ички жасоратдир.
Айтгандай, аввалги ўзингдан ҳам кўп уялма.
Саъй-ҳаракатинг самимий бўлган эса, уяладиган жойи йўқ.
Фақат ўша пайтда сен шундай бўлгансан: содда, ишонувчан, ҳали шахс ва ижодкор сифатида охиригача шаклланмаган...
Муҳими – ўзингни ўзинг тузатиш, англаш жараёни муттасил ижодий қизғинликка кўчишидан чалғимаслик.
“Ўз ўзингни тузатиш” – Худо берган истеъдодни руҳу қалбда ушлаб туришнинг ягона йўли.


Усмон Азим
“СЎНГСЎЗЛАР” китобидан

https://t.me/usmon_azim

Psixolog Dildora Ulmasova

27 Nov, 03:39


Kuzatuvim:

Inson oʻzgalarning xatti-harakatlari va soʻzlari avvalo va aslida oʻsha oʻzga insonlarning ichki kurashlari, his-tuygʻulari va ruhiy holati bilan bogʻliq ekanini anglaganida, haqiqiy bagʻrikenglikni kashf etadi. Buni anglash inson qalbiga halovat va xotirjamlik beradi, chunki u boshqalarning nojoʻya harakatlarini shaxsiy adovat yoki shaxsiy bir masala deb qabul qilmay, balki oʻzgalarning oʻzlari bilan olib borayotgan kurashlarining aks-sadosi sifatida tushunishni boshlaydi. Bu narsa erkinlik beradi.

Shu bilan birga, inson tabiiy ravishda vaziyatlarga bogʻlanib qolmaslikni, hissiy mustaqillikka erishishni va ortiqcha tashvishlardan voz kechishni oʻrganadi. Bu unga nafaqat ichki xotirjamlikni, balki oʻzgalarni chuqurroq tushunish qobiliyati va samimiy hamdardlik tuygʻusini his etishni taʼminlab beradi. Bu ruhiy jarayonda inson nafaqat oʻzini balki birovlarni hayoti ham murakkabligini, har bir insonning oʻziga xos hikoyasi va sinovlari borligini anglab, ularni qabul qiladi. Muhimi, mulohaza va munosabatlarda yanada dono, mehribon va rahmdil boʻlishni osonlashtiradi.

Qisqasi — oʻzgalarni xatti-harakatlari va soʻzlari (hatto sizga qaratilgan boʻlsa ham) koʻpincha “siz” haqingizda emas, “ular” haqida. Buni tushunish qiyindir, lekin foydali.

Psixolog Dildora Ulmasova

25 Nov, 13:14


✔️BMT Bosh Assambleyasining 1999-yil 17-dekabrdagi rezolyuеsiyasi bilan 25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni sifatida belgilangan.

Yaxshi ijtimoiy rolik tayyorlanibdi.

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

25 Nov, 04:12


Bugun talabalarga proektiv metodikalar mavzusini tushuntirishim kerak.
Proyektiv metodikalarni birgalikda tahlil qilamiz.

Kim shaxsiyatidagi o'ziga xos jihatlar, noxush vaziyatlarda qo'llaydigan himoya mexanizmlari haqida ma'lumotga ega bo'lishni istasa, hamkorlikka chaqiraman.

2ta A4 varaq va qalam olasiz.
Birinchi varaqqa odam rasmini chizasiz.

Ikkinchi varaqqa yomg'ir ostidagi odam rasmini chizasiz va menga yuborasiz.

Shaxsingiz anonim saqlanadi. Chizgan rasmingizni talabalarga interpretatsiya qilib beraman.

Istasangiz kanalda anonim tarzda e'lon qilib sharhlayman. Istamasangiz, faqat o'zingizga interpretatsiyasini (psixologik tahlili)ni yuboraman.

Dedlayn bugun soat 11:00 🕛gacha. Birinchi yuborilgan 2 rasmni tahlil qilaman.

3ta surat yuborishdi. Hammaga rahmat❤️. Tahlillarini kechroq e'lon qilaman in sha Alloh.

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

22 Nov, 11:47


#thinkingoutloud

Toki jamiyatda shaxsiyat buzilishiga ega odamlar ko'p ekan, insonlar bilan ijtimoiy munosabatlarga kirishish murakkablashib boraveradi.

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

22 Nov, 01:43


Miyamiz bir o'ylagandan ham aqlliroq 🧠

XX asring 60-yillarida olimlar Brodbent va Tresman inson tashqi olamdan kelayotgan axborotlarni qanday dekodlashi, ma'lumotlar bazasi ko'p bo'lgan holatda diqqatini qanday taqsimlashini aniqlashga qaratilgan tadqiqot olib borishgan. Unga ko'ra sinaluvchilarning ikkala quloqlariga bir vaqtning o'zida 3tadan turli tuman so'zlar aytilgan. Sinaluvchilarga eshitgan so'zlarini qaytarib aytib  berish vazifasi yuklanadi.

Tadqiqot natijasiga ko'ra sinaluvchilar avval bir qulog'iga aytilgan so'zni aytib bo'lib, keyin ikkinchisiga aytilgan so'zlarni eslashga harakat qilgan. Topshiriqqaa ayni shu usulda javob bergan sinaluvchilar kamroq xatoga yo'l qo'ygan.

Tadqiqot natijalari asosida diqqatning selektivligi nazariyasiga asos solinadi. Unga ko'ra insonga bir vaqtning o'zida ko'plab ichki tashqi stimullar, fikrlar, hissiyotlar ta'sir ko'rsatadi. Lekin odam ular orasida o'zi uchun  muhim bo'lganlarinigina tanlab olib,  diqqat qaratadi. Diqqat qaratilgan obyektlargina murakkab kognitiv jarayonlarga (xotira, idrok, tafakkur) ga o'tadi.
Nimaga diqqat qaratishni miya avtomatik ravishda tanlaydi?!  Keraksiz stimul, obyektlarga diqqat qaratmaslik miyani ortiqcha zo'riqishdan saqlaydi,, keyingi kognitiv jarayonlarni kechishini tezlashtiradi.

Deylik, supermarketga kirdingiz.  Pul yechish uchun kassirga plastik kartangizni berib,  parolini aytdingiz. Kassir avtomatik ravishda diqqatini parolni eslab qolishga qaratib, kartangiz rangiga umuman e'tibor bermasligi mumkin. Diqqat qaratiluvchi obyekt tanlanyapti.

Aslida bu  kognitiv jarayonlardan biri hisoblanadigan diqqatni o'ziga xos jihatlari, ishlash prinsipini o'rganishga qaratilgan tadqiqot xulosalari bo'lsa-da, meni hayotimizning boshqa jabhalari haqida fikr yuritishga majbur qildi.

Kundalik faoliyatimiz, yashash tarzimizda ham diqqat qaratishimiz mumkin bo'lgan obyektlar cheklanganligini eslashga turtki bo'ldi. Toki hayot yo'limizda diqqatimizni maishiy muammolar, dedi-dedilar, bema'ni seriallar-u, boshqalarning hayotini muhokama qilishga qaratar ekanmiz, asosiy maqsadlarimiz Allohning rizoligi, o'zimizni isloh qilish, qobiliyatlarimizni rivojlantirish orqa fonda qolib ketaveradi. Zero, diqqatimiz tanlovchanlik xususiyatiga ega. 

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

22 Nov, 01:01


Chatgptga o'zim haqimda yozsam, mana shu tasvirni chiqarib berdi.

Sa'diya bilan dialoglarimizga shu rasmni chizib berdi.

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

16 Nov, 00:19


📚 Ulmasova Dildoraxon Xikmat qizining psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

🔻OʻzAning telegram kanallariga aʼzo boʻling

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор

Psixolog Dildora Ulmasova

15 Nov, 04:15


Siz ham alohida o'yin maydonchasi ajratib qo'yganmisiz?

Odamlarni o'yin maydonchasida tez-tez yolg'iz qoldirasizmi? 😄

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

15 Nov, 03:59


Fin saboqlari

Ta'lim bo'yicha mutaxassis, Melburn universiteti professori Pasi Sahlberg "Fin saboqlari 3.0" kitobida o'zining qiziq bir kuzatuvi haqida fikr yuritadi. Muallifning qayd etishicha, PISAda yuqori natijalar qayd etayotgan davlatlar (Singapur, Honkong, Yaponiya, Janubiy Koreya, shuningdek, muallifning vatani - Finlyandiya ham) pedagogika, metodika va o'quvchilarni baholash sohasida o'zlari "innovatsiya" o'ylab topmagan. Bu davlatlarda o'quv dasturlarini yaratish, o'quvchilarni o'qitish va baholashga bo'lgan yondashuvlar ildizi asosan G'arb olimlari XX asrda ilgari surgan pedagogik nazariyalar va yondashuvlarga borib taqaladi.

Xususan, muallif Finlyandiyaning ta'limdagi muvaffaqiyatlarida muhim rol o'ynagan pedagogik g'oyalar va yondashuvlar sifatida quyidagilarni sanaydi:

- konsruktivizm nazariyasi va Jon Dyuining (John Dewey) pedagogik qarashlari;

- hamkorlikda o'rganish (cooperative learning) yondashuvi;

- o'quvchilarning turli sohalarda qobiliyatini namoyon qilishi haqidagi qarashlar, xususan, Gardnerning "Turfa zakovatlar" ("Multiple intelligences") nazariyasi;

- baholashning standartlashtirilgan testlarga asoslanmagan, muqobil usullari (masalan, portfioli, amaliy topshiriqlar, o'z-o'zini baholash);

- o'qituvchilarning o'zaro yordami va bir-biridan o'rganishi (peer coaching) haqidagi g'oyalar, xususan, Brus Joys (Bruce Joyce) qarashlari.

Nazarimda, bu fikr ham oldinroq yozganimni tasdiqlaydi: "fin tizimi" yoki "Singapur tizimi" deb u yoki bu davlat darsliklatini ko'chirib (tarjima qilib) qaytadan chop qilish uchun trillionlarni sarflash samara bermaydi. Chunki qandaydir mo'jizaviy "fin metodikasi" yoki "Singapur metodikasi" yo'q: ularning darsliklari ham XX asrda G'arb (asosan AQSH va Yevropa) olimlari ishlab chiqqan va pedagogikada tan olingan nazariy tamoyillar va ular asosidagi amaliy yondashuvlarga asoslanadi. Masalan, fin yoki Singapur darsligini ko'chirganimiz bilan uning tagida qanday pedagogik nazariya yotganini tushunmasak, u darslikdan hech qanday samara chiqmaydi.

Bu esa - pedagoglarni tayyorlash va malaka oshirish tizimida o'qitiladigan fanlar mazmunini ham tubdan qayta ko'rib chiqishni taqozo qiladi. Bizdagi pedagogika va metodika darsliklari ham, darslari ham aksar hollarda o'rganish jarayoni qanday sodir bo'lishi, uning ilmiy asoslari, uning samarasini ta'minlovchi omilar haqida tasavvur bermaydi.

Psixolog Dildora Ulmasova

05 Nov, 06:25


#bolatilidan
Sa'diya 4 yosh:
-Oyi Kumushda 2ta oyi, 2ta ada bor. -Qanaqa qilib?! Unaqa bo'midi-ku!
-Bittasini internetdan skachat qivogan. Chundiz?!

(Hali ham tushunmadim)😂

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

04 Nov, 11:52


Tadqiqot o'tkazilib, ilmiy xulosalar olinganda, bu o'sha ilmiy masala uchun uchun yangilik bo'lib, uning mohiyati, tabiatini tushunish-tushuntirishga ko'mak berish bilangina cheklanib qolmaydi. Balki, ilmiy tadqiqot jamiyatdagi/kundalik hayotdagi voqea-hodisalar mohiyatini tahlil qilishga ko'mak berishi mumkin. Shu ma'noda ilmiy tadqiqotni kengligi o'lchab bo'lmaydigan katta kashfiyot deyish mumkin.

Fikrimni in sha Alloh keyinroq misol bilan asoslayman.

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

01 Nov, 14:07


Multitasking (ko'p vazifalilik) -bir vaqtning o'zida bir necha vazifalarni bajarish. Birinchi marta ushbu so'zga ingliz tili o'rganayotganimda duch kelgandim. Shunda o'zimcha bunday "qobiliyat"ga ega bo'lishni ijobiy hodisa sifatida baholagandim.

Lekin yaqin orada instagramdagi ilmiy kontentlarni kuzatib multitasking u qadar ijobiy hodisa emasligi, inson miyasi bir vaqtda bir nechta vazifani bajarishda moslashmagani haqida ma'lumotga ega bo'ldim.

Multitasking bo'yicha o'tkazilgan ilmiy tadqiqotlar xulosasi bilan tanishdim.

Bizning miyamiz bir vaqtda bir vazifani bajarishga moslashgan. Agar birdaniga unga bir nechta vazifalar qo'ysak, miyamiz birdaniga ikki yumushni bajarmaydi. Aksincha, bir yumushdan ikkinchisiga tez-tez ko'chadi. Bu esa Bosh miyamizda zo'riqishni kuchaytiradi va organizmimiz stres payti ishlab chiqariladigan kortizol gormonini ishlab chiqaradi. (Kim tadqiqoti 2016-yil). Doimiy ravishda kortizol gormonini ishlab chiqarilishi esa insonda psixik hamda fiziologik charchoqni oshiradi. Kishida emotional burnout (hissiy so'nib bitish)ni keltirib chiqarishi mumkin.

1990-yilda ko'pvazifalilik bo'yicha tadqiqot o'tkazgan olimlar Robert Roger's, Steven Monsell odamlar biri vazifadan ikkinchisiga o'tish juda oson bo'lgan ishlarni bajaraganlarida ham jarayon odatdagidan ko'ra sekinlashayotganini, xatolar ko'payishini aniqlashgan.

Susan Weinschenk o'tkazgan tadqiqot natijasiga birdan ortiq vazifani baravar bajarish samaradorlikni 40%gacha tushirishi ma'lum bo'lgan.

Bittada 2ta vazifani bajarayotganimizda diqqatimiz 50%ga 50%bo'linmas ekan. Chalg'igan obyektimizga qaytadan fokusni qaratish o'rtacha 15 daqiqa vaqtni olar ekan.

Angliyalik olim Glenn Wilson tadqiqotlari natijasiga ko'ra bugungi kunda odamlarda uchrayotgan info-maniya ularning IQsini 10 foizgacha tushirayotgani aniqlanibdi.

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

01 Nov, 12:55


Multitasking haqida gaplashamizmi?

Multitask odamga klassik misol o'zbek ayoli. Bir vaqtning o'zida o'ziga qaragan, uyi toza, farzandlari yig'lamayotgan, ovqati tayyor bo'lishi kerak. Orada qaynona qaynotaning qosh qovog'iga qarab qo'yishni ham unutmasligi kerak. 😂

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

31 Oct, 12:29


Bolalarda miyaning ikki yarim sharini faollashtirish, diqqatini jamlash hamda vaqtni gadjetlarsiz ham qiziqarli o'tkazish imkonini beruvchi mashg'ulotlar guldastasini instagramdan saqlab olgandim. Sizlarga ham ilindim.🌸

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

30 Oct, 08:42


Bugun eshitgan va o'zimga yoqqan aforizmlar turkumidan.

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

29 Oct, 14:24


Postni qo'yishim bilan kimlardir kanalimni tark etdi. Chiqib ketsa, chiqib ketaversin. Men hali zo'r bo'lib ketaman.😂😂😂

Aytgancha, men ham shizoid shaxs tipiga mansubman.

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

29 Oct, 14:16


Man hali zo'r bo'lib ketaman

Odam og'ir hislar bilan to'qnashganda, ijtimoiy munosabatga kirishayotgan paytda nizoga duch kelganda, shaxs sifatida butunligini saqlashda, og'ir hislardan xalos bo'lishda yoki ular o'rnini ijobiy emotsiyalarga almashtirishda himoya mexanizmlaridan foydalanadi.

Mutaxassis sifatida odamlar psixikaning qaysi himoya mexanizmidan foydalanayotganini tahlil qilish menga har doim qiziqarli bo'lgan. Chunki bu psixologga bir qancha insaytlar beradi. Xususan bu orqali

-shaxs tipini aniqlashtirish
-odam qaysi hislaridan qochyapti?
-qaysi ehtiyojlari qondirilishida muammoga duch kelyapti?
-shu inson o'zini yaxshiroq realizatsiya qilishi uchun qaysi ko'nikmalarni o'zlashtirishi kerak?
-u qo'llayotgan himoya mexanizmi voqelikni obyektiv idrok etishiga halaqit bermayaptimi? Kabi savollarga javob topishga imkon beradi.

Aytib o'tish lozimki, himoya mexanizmini ishlatmaydigan odamning o'zi yuq. Takror-takror bir himoya mexanizmidan yoki faqat quyi darajadagi himoya mexanizmlaridan foydalanish kishining ruhiy holati, tafakkur tarziga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Endi qizim keysida bir himoya mexanizmini tahlil etamiz.
Dilsora bog'chadagi 2ta dugonasi bilan urishib qolibdi. Etishicha, qizlar unga shart qo'yarkan. Bunaqa qilmasang/bunaqa kiymasang v.h sen bilan o'rtoq bo'lmaymiz deyishar ekan.

Qizim "o'rtoq bo'masalaring bo'malarin unda. Manga bunaqa etishga haqqin yo'q", debdi.

Bog'chadan kelib, astoydil kuyinib etdi:
- oyi, manga har doim shunaqa diydi. Man o'zim xolaganimni qilaman torimi? O'rto bo'masa bo'masin. Man hali zo'r bo'p ketaman. Ula hayron qoladi keyin.

"Man hali zo'r bo'p ketaman"-
fantaziyalarga qochish deb nomlanuvchi psixikaning primitiv himoya mexanizmi. Odatda shizoid va isteroid shaxs tipiga mansub odamlar ushbu himoya mexanizmidan keng miqyosda foydalanadi.

Ushbu vaziyatda shizioid shaxs tipidagi qizim tashqi ta'sirlarga juda ta'sirchan bo'lgani uchun ham ijtimoiy munosabatlar uni tez toliqtiryapti. Qolaversa, shizoidlarning asosiy qadriyatlaridan biri erkinlik bo'lgani uchun ham ijtimoiy munosabatlarda ushbu ehtiyojlarini qondirishida kichik to'sqinlik yuzaga kelsa ham "yopilib olib" va oson yo'l fantaziyalarga qochishni tanlamoqda.

Shaxsning ushbu himoya mexanizmidan faol ravishda foydalanishi nizolarni, muammolarni hal qilishdan qochish odatining shakllanishiga olib keladi. Ushbu himoya mexanizmidan ko'p foydalanadigan odamlarda muammoni hal etish hamda kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirish tavsiya etiladi.

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

29 Oct, 13:38


Bitta postni 2ga, 3ga bo'lib yozadiganlar bormi? Yoki hammaga ilhom bittada keladimi? 🤷‍♀

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

29 Oct, 01:50


Men nima dedim o'zi?!

Ustoz sifatida miyamda faol ravishda:

-talabalarga bu mavzuni qay usulda samarali tushuntirish mumkin?

-Ushbu keysga nimani misol qilsam, mohiyatni yaxshiroq anglashadi?
Kabi savollar aylanadi. Mavzuga oid misollar keltirishda talabalar hayoti, ko'pchilik ko'rgan kinolardan parchalar olishga, ozgina yumor qo'shishga harakat qilaman.

Uch juftlik dars o'tish esa odamni charchatadi. E'tiboringizni ushbu vaziyat bilan bevosita aloqador boshqa holatga qaratmoqchiman.

Xullas, 2-smenada  3-para dars o'tib keldim. Bolalar kechki ovqatni yeb, biroz o'ynab olganidan keyin uhlatmoqchi bo'ldim. Odatda uxlatishdan oldin bolalarga har xil hikoyalar gapirib beraman. Lekin ish kunining so'ngida men uchun og'iri bolalardan oldin uxlab qolmaslik. Amallab ertak aytishni boshladim. Bir oilaning qiz farzandli bo'lgani haqida gapirayotgandim. Keyin negadir "qiz farzandli bo'libdi. Otasi qiziga qabul qilingan axborotlarni tahlil qilishni buyuribdi"-, debman. Dilsora gapning ma'nosini tushuna olmay asabiylashib ketganidan xato gapirib qo'yganimni payqadim. "Axborotlarni qabul qilish nima u, oyi? Siz adashib ketdiz!!!"

Bu keysni sizlar tahlil qilish uchun yana bir bora nima deganimni eslab qolishga harakat qildim. Endi bevosita ushbu keys tahliliga o'tsak.

Inson miyasining ishlash tamoyilini shartli ravishda ikki darajaga ajratish mumkin: quyi va yuqori daraja.

Quyi darajadagi miya funksiyalariga travmali vaziyatlarda odamning kurashish, qotib qolish, qochish reaksiyalarini, avtomatik tarzda kechadigan nafasi olish, kiprik qoqish kabi malakalarni, sensor xotira, o'ylamasdan harakat qilish, kuchli to'lqindagi (jahl, qo'rquv, hayajon) kabi emotsiyalarni his etishni kiritish mumkin.

Yuqori darajadagi miya funksiyalari rejalashtirish, qaror qabul qilish, hissiy regulyatsiya, o'zini anglash va refleksiya qilish, empatiya va xulq-atvor normalariga amal qilishni kiritish mumkin.

Quyi darajadagi miya funksiyalari odamda ko'pincha instinktiv tarzda ongsiz kechadi. Yuqori darajadagi funksiyalarni faollashtirish uchun bizda anglash, qabul qilingan ma'lumotlarni qismlarga bo'lish, tahlil qilish,  vaziyatga boshqa rakursdan qarash, yechim qidirish kabi malakalar talab etiladi.
Shuning uchun ham yuqori darajadagi miya funksiyalaridan samarali  foydalanishni hamma ham uddasidan chiqa olmaydi.

Mening holatimda ham miyamda faollashib qolgan gapni o'ylamasdan gapirib yuborganman. Miya muammoni hal etishda  har doim oson yo'lni qidiradi. Energiyani saqlashga intiladi. Charchaganim uchun miyam so'zlarni zanjir qilib terib o'tirishga eringan. Shunday javonni ochib tayyor taxlangan gapni menga uzatgan. 😄

Shunga o'xshash keysni keng miqyosda  odamlarning  stereotiplarga ergashishida ham ko'rish mumkin. Ya'ni odamlar voqelik, holatni individual tahlil qilmay tayyor stereotiplardan foydalanib qo'ya qoladi. Yangi retsept bilan taom tayyorlash uchun bozorlik qilib kelish, uni o'rganib pishirish, albatta mushkul. Osoni uyda bor masalliqdan nimadir pishirib qo'yish. 😄 Bu borada U.Lippman o'zining "Jamoatchilik fikri" asarida ajoyib fikrni ilgari suradi: "ijtimoiy stereotiplar "psixik energiyani tejash" tamoyilini amalga oshirish sababli vujudga keladi. Odam har safar yangi narsaga duch kelar ekan, unga yangicha javob qaytarmasdan avvalgi shakllangan kategoriyalar doirasiga olib kiradi. Yangi axborot mazmuni biroz o'zgarsa-da bilish jarayoni yengillashadi", deydi.
Demak, biz stereotiplarni buza olish orqali miyaning yuqori funksiyalaridan foydalanish imkoniyatini qo'lga kiritar ekanmiz.

Go!
@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

29 Oct, 01:39


- Ovqat qilmay post yozish danagasalikmi?
- yo'q, bu o'zi yaxshi ko'rgan ishi bilan shug'ullanish. 😄

O'zini texnichno ovutib oladiganlar nechtamiz? 😂

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

28 Oct, 12:43


Sening o'zingga ishonching va o'zingga bahoyingga qarshi qayta-qayta hujm qiladigan odamlar hatto sen bexabar bo'lgan potelsialingdan xabardor bo'lishadi.

Tarjimonmasman. Qoyillatib tarjima qila olmagan bo'lsam, ma'zur tutasiz. 😄
@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

25 Oct, 06:17


"Erkaklari latta bo‘lgan jamiyatning qariyalar uyi ko‘p bo‘ladi"

Keling, umumlashtirishdan oldin real keyslarga nazar solaylik: jamiyatimizda ayollar ko‘proq dominantmi yoki patriarxal struktura sababli, uyda abyuzer – ovqat tayyor bo‘lmagani uchun ayolini haqoratlaydigan, salga do‘pposlab, pampers yediradigan, ko‘cha xandoni, uy zindoni bo‘lgan erkaklarmi?

"Shuncha yurtlar kezib tushundimki.."

Shuncha yurt kezganingiz masalaga neytral qarashga yo‘l ocholmabdi. Qariyalar uyining ko‘payishi faqatgina ayollarning qistovi bilan bo‘lganmi? Yoki jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy krizis, uydagi yetishmovchiliklar, qariyaning "yoshlikdagi xatolari" yoki shaxsiy qarori kabi kompleks sabablar ham bo‘lishi mumkinmi?

"...erkaklar, oiladagi rolingizni ayol kishiga topshirmang!"

Oiladagi erkak qanday bo‘lishini erkak sifatida ochiqlab ketish kerak edi, erkaklik faqat qorin qo‘yib, choyxonalarda kun o‘tkazish bilangina iborat deb o‘ylaydigan so‘taqo‘zilar uchun. Yoshlikda bolangga emotsional yaqinroq bog‘lan, kelajakda u sendan nafratlanishga asos qoldirma. Erkakning oiladagi o‘rni – himoya, mehr va mas'uliyat. Ota bo‘lish faqat moddiy tomondan ta'minot emas, balki ruhiy tayanch ham. Herolar ham qalbimizni faqat yaxshiliklar bilan qozongan ahir, degan maslahatlar ham zoye bo‘lmasdi.

Bir jamiyatga qarata bong urayotganda, u yerdagi aholining ijtimoiy, ruhiy holatini hisobga olish kerak. Agressiv qatlamga yanada agressivroq bo‘lishni uqtirish keskinlikni yanada kuchaytiradi xolos.

@psycho_sphere

Psixolog Dildora Ulmasova

22 Oct, 16:51


@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

21 Oct, 03:45


#tonggimutolaa

Psixolog S.I.Koralevning fikricha, "millat ruhiyatida shakllangan etnopsixologik xususiyatlar ma'lum darajada ayni shu millat vakillarini muhofaza qilivchi mexanizm rolini o'ynaydi. U xuddi g'alvirdek yot narsalarni ajratib, uni yo qabul qiladi yoki shu xalqda mavjud normalar asosida qayta ishlab beradi yoxud inkor etadi".
@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

14 Oct, 14:02


Oilada ruhiy zo'ravonlik bor yo'qligini ko'rsatuvchi muhim belgi bor. Hozir batafsil tushuntirib beraman. Oilada ruhiy zo'ravonlik bo'lsa, jabrlanuvchi qiyin vaziyatga tushib qolsa, muammoga duch kelsa, fokusini bu holatga yechim topishga yoki og'ir holatni osonroq yashab o'tishga qarata olmaydi. Ushbu holatda diqqatini abyuzerning reaksiyasiga qaratadi.

Masalan, biror qimmatbaho buyumingizni yo'qotib qo'ydingiz. Uni qanday topish haqida o'ylay olmasligingiz mumkin. Narsani yo'qotganingizni onangiz bilib qolsa, boshingizda qanday qilib yong'oq sinishi, bu holatda qanaqa qilib suvdan quruq chiqish haqida qayg'urishni boshlaysiz. Bunda psixika muammoni hal qilish haqida emas yashirish, qing'ir yo'l bilan bo'lsa-da mushkulot bilan yuzlashmaslikka intiladi.

Sovuqda tirbandda qolib ketdingiz. Uyga qanaqa qilib yetib olish haqida emas, bu holatni haqida o'rtog'ingizga qanaqa tushuntirish berish borasida bosh qotirasiz. Aslida, sog'lom psixikaga ega odam sharoitni tushunishi siz bilan bog'liq bo'lmagan faktorlarni hisobga ola biladi. Lekin ruhiy zo'ravonlar tushunmaydi.

Qisqa qilib aytganda, sizga qiyin vaziyatda ruhiy zo'ravonlar bilan vaziyat og'irlashadi. Doimiy stress esa odamni charchatadi.

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

11 Oct, 19:01


Dilsora dugonasi bilan video qo'ng'iroq orqali gaplashmoqchi edi.
Dugonasi telefon qilib, onasi ruhsat bermaganini aytdi. Keyinroq gaplashamiz deb, gapni qisqa qildi.

Suhbatni tugatganidan keyin qizim: "oyi, nega odam xafa bo'sa ovozi o'zgaradi?" deb savol berdi.

Qizim katta bo'lsa, qaysi kasbni tanlashi menga qorong'u. (Alloh jamiyatga foydasi tegadigan yetuk mutaxassis bo'lishini nasib qilsin). Lekin yaxshi psixolog chiqarkan deb o'ylab qoldim.😂

@farzandruhiyati

Psixolog Dildora Ulmasova

11 Oct, 18:53


Yangi joyda ish boshladim. Yangi o'quv yili bo'lgani uchun ishlar sig'imining yuqoriligi, qolaversa, himoya yugur-yugurlari bilan bo'lib, anchadan beri kanalga postlar yozmayotgan, psixologik konsultatsiyalar o'tkaza olmayotgandim. Bugun konsultatsiya o'tkazdim. Xulosalarim sayqallandi. Rostanam menga konsultatsiya o'tkazish, vaziyatlarni tahlil qilish, patsientni o'zini anglashiga, ruhiy holatini oydinlashtirib olishiga ko'maklashish, muammosiga boshqa rakursdan boqishga ko'maklashuvchi savollar berish yoqarkan. Hafta oxiri bo'lishiga qaramay charchoqlarim chiqib ketdi. 🌸

@farzandruhiyati