BOLAJON PARVARISHI @bolajon_parvarishi Channel on Telegram

BOLAJON PARVARISHI

@bolajon_parvarishi


Bolalar parvarishi va tarbiyasi haqida qimmatli ma'lumotlar berib boramiz!

Bolalar shifokori: @pediatric_uz

Reklama uchun: 👉 @Tibbiy_reklama1

BOLAJON PARVARISHI (Uzbek)

BOLAJON PARVARISHI Telegram kanali - bu oila a'zolari uchun maslahatlar va yordam beruvchi kanal. Bu kanalda bolalar parvarish va tarbiyasi haqida qimmatli ma'lumotlar, foydali maslahatlar va tavsiyalar paydo bo'ladi. Agar siz oilangizga eng yaxshi parvarish va tarbiya berishni xohlaysiz, ushbu kanal siz uchun ideal manzil bo'ladi!
Kanalda "Bolalar shifokori" bo'limida @pediatric_uz dastlabki yordam beruvchi bo'ladi. U bu bo'limda bolalar uchun foydali maslahatlar va tavsiyalar bilan sizni yordam beradi. Sizga yolg'on qo'lsa, shifokor tanligida qatnashishingiz mumkin

Siz ham BOLAJON PARVARISHI kanalida eng so'nggi madaniyat, sog'liqsozlik va o'quv-ziyofat bo'yicha ma'lumotlarni topishingiz mumkin. Ayni paytda, reklama uchun @Tibbiy_reklama1 kanaliga murojaat qilishingiz mumkin. Siz va oilangiz uchun eng yaxshi yordam berish uchun BOLAJON PARVARISHI kanaliga obuna bo'ling va foydali ma'lumotlardan foydalaning! 🌟

BOLAJON PARVARISHI

03 Feb, 10:17


Bilasizmi, alla aytilganda bolaning yurak urishi sekinlashadi va u tinchlanadi?

Mahorat darsimizning 6-qismida musiqaning chaqaloqlar rivojlanishiga ta’siri va uyda bolangiz bilan qanday musiqa tinglashingiz mumkinligi haqida ko‘proq bilib oling.

Manba: unicef.uz

Kanalga ulanish:👉
@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

03 Feb, 10:13


Bolalar uchun foydali to'garaklar!

🩰 Raqs
Raqs darslari bolalarda koordinatsiya, musiqiy his-tuyg'u va jismoniy faollikni rivojlantiradi. Raqs orqali bolalar o'z hissiyotlarini ifoda etish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

🎤Vokal
Vokal darslari bolalarning ovozini rivojlantirish, musiqaga bo'lgan qiziqishini oshirish va sahnada chiqish qo'rquvini yengishda yordam beradi. Bu darslar orqali bolalar o'z ijodkorligini namoyon etishlari mumkin.

🎹 Fortepiano
Fortepiano darslari bolalar uchun musiqiy tinchlik, e'tibor va mantiqiy fikrlashni oshirishda juda muhimdir. Fortepiano o'ynash orqali bolalar musiqiy nazariyani o'rganishadi va qobiliyatlarini rivojlantiradilar.

darslarga faqat bolajonlaringiz emas, Balki o’zingiz ham KELISHINGIZ mumkin!
Bolalaringizni o'z qiziqishlariga mos keladigan tugaraklarga yozdiring va ularni san'at va madaniyat olamida rivojlantirishga yordam bering!

📍 Manzil: prospekt Amira Temura 70 (Minor metroni yonida)

📞930085088

Kanalimiz👉 FLAMINGO ART SCHOOL

BOLAJON PARVARISHI

02 Feb, 15:52


Bolaning so‘lagi oqsa gijjaga tekshirish kerakmi?

👶Bolalarda so‘lak oqishi gijja(askaridoz) kasalligi belgisi bo‘lishi mumkin. Buni aniqlash uchun qon yoki ertalabki najasni laborator tekshirish kerak bo‘ladi.

👨‍⚕Gijja kasalligi tasdiqlangandan so‘ng gelmintolog yoki pediatr ko‘rigi olib borib, davolash maqsadga muofiq. Chunki gijja kasalligi anemiyaga sabab bo‘ladi, bu esa boshqa oqibatlarni yuzaga chiqarishi mumkin.

👨‍👩‍👦Gijja kasalliklari ko‘pincha yurishni boshlagan bolalarda va bog‘chaga boradigan bolalar orasida ko‘p uchraydi. Kasallikni oldini olishning yagona usuli bu - shaxsiy gigiyena rioya qilish va bolani shunga o‘rgatishdir.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

16 Jan, 14:15


Bolajonlarga yogurtni necha yoshdan berish mumkin?

Bir yoshgacha bo'lgan bolalar uchun yogurt qo'shimcha ovqatlar tarkibiga kiradi.

Yogurt tarkibida quyidagilarni saqlaydi:
• Oqsillar
• Yog'lar
• Kalsiy va fosfor
• Prebiotik va probiotik
• A, B1, B2, B12 vitaminlari

Bolalarga yogurtni 8 oylikdan boshlab berish mumkin. Yogurtni dastlab 1 choy qoshiqdan berishni boshlang. Agar bolada hech qanday allergik belgilar aniqlanmasa, kunlik miqdorni asta-sekin oshirib borsa bo'ladi.

❗️Sigir suti oqsiliga allergiyasi bor bolalarga yogurt berish tavsiya etilmaydi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉 @Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

16 Jan, 11:40


Uyda õtirib pul ishlash barchasi oddiy. Ushbu link
https://seller.soff.uz/account/register/33AVSAED2U
orqali rõyxatdan õtib intellektual mulklaringizni soting va daromad ishlang.Endilikda bu yerda siz õzinggizning ilmiy ishlaringiz, loyihalaringiz, turli prezentatsiya, fanlarga oid testlar, har xil qõllanmalar, maqolalar va shunga õxshgan yuzlab ma'lumotlarni sotishingiz va daromad qilishingiz mumkin. Ishni boshlash uchun sizdan hech qanday pul mablaģlar talab qilinmaydi.

BOLAJON PARVARISHI

28 Dec, 14:21


🇹🇷 Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an kitob sotib olish uchun qanchalik mehnat qilganini bilasizmi?

📚 Imkoniyatingiz boricha ko‘proq kitob o‘qing! Kitoblar orqali fikr va dunyoqarashingiz o‘zgaradi. Dunyoga boshqacha ko‘z bilan qaray boshlaysiz.

@Shuhrat_Mallayev

BOLAJON PARVARISHI

15 Dec, 10:15


Alisher va Gripp (virusi) suhbati

Alisher o‘z xonasi devorida o‘rmalab yurgan g‘aroyib maxluqchani ko‘rib qoldi. Yaqinlashib qarasa, gripp ekan. Chaqqon bola emasmi, oshxonadan tezda shisha idish olib kelib, grippni qamab qo‘ydi.
– Ushlab oldimmi?! Ana endi, singlim Nargizani kasal qilganing uchun ta’ziringni beraman!
– U men emas, boshqa gripp edi. Men yaqinda ish boshladim, hali ko‘p narsani bilmayman, – dedi qo‘rqib ketgan maxluqcha.
– Unda bu yerda nima qilyapsan? – so‘radi Alisher qovog‘ini uyib.
– Haligi... Seni kasal qilgani keluvdim, – dedi gripp uyalib.
– Hali shunaqami?! – Alisherning jahli chiqib ketdi.
U idishga qaynoq suv quyib grippni yo‘q qilmoqchi bo‘ldi.
– To‘xta, meni jazolama. Balki, kelisharmiz?.. – ko‘zlari yoshlanib iltimos qildi u.
– Kelishamiz, gripp bilan-a?!
– Nima qipti? Meni qo‘yib yuborsang, kasallikdan saqlanishning hech kim bilmaydigan sirlarini aytib beraman.
– Mayli, roziman, lekin shunda ham boshqalarni kasal qilmaslik sharti bilan, – dedi Alisher.
– Unda, eshit. Biz, asosan, havo orqali yuqamiz. Gripp bo‘lmaslik uchun quyidagi maslahatlarimga amal qil.
💊 Maktabda va avtobusda, albatta, dokali niqob taqib yur. Chunki bunday joylarda biz judayam ko‘p bo‘lamiz.
💊 Qo‘ling bilan burning va og‘zingni ko‘pam ushlayverma. Biz ko‘proq bolalarning qo‘llariga yopishib olamiz. Shu uchun ham qo‘lingni tez-tez sovunlab yuv.
💊 Kasal bo‘lib qolgan o‘rtoqlaring bilan masofa saqla. Chunki ular aksa urganda menga o‘xshagan grippchalar senga ham yopishib oladi.
💊 Xonangni tez-tez shamollatib tur. O‘shanda devor va buyumlarga joylashib olgan viruslar uzoqlarga uchib ketadi.
💊 Vaqtida ovqatlanib, vaqtida uxlashni unutma. Charchagan va qorni och bolalarni biz osongina kasal qilib qo‘yamiz.
– Agarda shu qoidalarga amal qilsang, hech qachon gripp bo‘lmaysan!
– Tushunarli. Albatta, bularga amal qilaman. Sen-chi, endi nima qilasan? – so‘radi Alisher.
– Ishdan bo‘shayman. Bolalarni kasal qilish o‘zimga ham yoqmaydi. Keyin esa sayohatga chiqaman. Kichkinaligimdan asalariga o‘xshab guldan gulga qo‘nib yurishni orzu qilardim. Sen esa, hech qachon kasal bo‘lma! Xayr, do‘stim.
Alisher bilan xayrlashgan gripp oyna orqali tashqariga chiqib, ko‘zdan g‘oyib bo‘libdi.

Qadrli onalar! Ushbu hikoyani bolalaringizga o‘qib bering! Va ularni grippdan asrang!

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

BOLAJON PARVARISHI

12 Dec, 02:30


Bolaning 4-6 oylarda psixomotor rivojlanishi

🔸To‘rtinchi oy. Kichkintoy mustaqil ravishda yelkadan qoringa aylanib oladi, bemalol qo‘liga tayanadi va qorinda yotgan holda qo‘lga tayanib turadi. Shu davrda bola o‘tirishga harakat qiladi. O‘yinchoqlarga cho‘ziladi, ularni tomosha qiladi, og‘ziga oladi. Yaqinlarini begonalardan farqlaydi va o‘z otini taniydi.
Og‘irligi: + 700 gr. Bo‘yi: + 2.5 sm
 
🔸Beshinchi oy. Besh oylik bo‘lganda kichkintoy mustaqil o‘tirishga yanada ko‘proq harakat qiladi va ushlab turilgan taqdirda o‘tirishi mumkin. U endi yanada faolroq, bajonidil o‘ynaydi, ota-onasiga talpinadi. Ko‘pchilik bolalarda tish chiqa boshlaydi.
Og‘irligi: + 700 gr. Bo‘yi: +2.5 sm
 
🔸Oltinchi oy. Bola hali o‘zi mustaqil o‘tirib ololmaydi, ammo endi o‘tirganida ushlab turishga xojat yo‘q. Qorniga yotganda oyoqchalarini bukadi va to‘rt oyoqlab turishga harakat qiladi. Qornida emaklaydi, ushlab turilsa piyoladan choy icha oladi.
Og‘irligi: +700 gr. Bo‘yi: +2.5 sm

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

12 Dec, 02:06


"FrutoNyanya" quruq bo‘tqasi — mazali va foydali tanlov!

Don mahsulotlari bilan tanishish uchun ajoyib tanlov: oddiy, mayin va juda mazali"FrutoNyanya" bo‘tqalari kichkintoyga to‘qlik hissini bag‘ishlaydi, bu esa uning uzoq vaqtdavomida yaxshi kayfiyatda bo‘lishiga yordam beradi! Tarkibida faqat tabiiy mahsulotlarva uyg‘un o‘sish hamda rivojlanish uchun to‘liq ozuqa moddalari majmuasi mavjud. Tayyorlash ham juda oson: shunchaki ko‘rsatmalarga amal qilgan holda qaynatilgan iliqsuv qo‘shing va kichkintoyingizning foydali nonushtasi uchun mazali taom tayyor! Maroqbilan tayyorlang va kichkintoyingiz bilan birgalikda quvonchli daqiqalardan zavqlaning!

Ko‘proq ma’lumot olish uchun havolani bosing!

BOLAJON PARVARISHI

10 Dec, 15:07


Bill Geyts milliarder bo‘lishda yordam bergan bolaligidagi odati haqida aytib berdi

Microsoft hammuassisi va sobiq bosh direktori Bill Geyts hozirgi bolalar kabi smartfon va ijtimoiy tarmoqlarga chalg‘ib o‘sganida, katta ehtimol bilan milliarder bo‘la olmasligini ta’kidladi.

Geytsning aytishicha, aynan bolaligida do‘stlari bilan sayr qilib, tashqi dunyoni kashf etishga, xonasida soatlab kitob o‘qish va chuqur mulohaza yuritishga sarflagan vaqtlari unga 3,26 trillion dollarlik kompaniyani tashkil etishda yordam bergan, deb yozadi CNBC.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

04 Dec, 14:05


👉Chaqaloqni ko‘p hiqichoq tutsa xavotir olmang!!!

Olimlar yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda hiqichoq tutishi bosh miya rivojlanishining asosiy belgisi, deb hisoblashadi. Hiqichoq vaqtida bolaning bosh miyasida nafas olish jarayonini nazorat qiluvchi signallar paydo bo‘ladi.

Hiqichoq homiladorlikning to‘qqizinchi haftasida paydo bo‘ladi va tug‘ilgan vaqtida ham davom etadi.

❗️ Oy kuni to‘lib tug‘ilmagan chaqaloqlarda, ayniqsa, hiqichoq ko‘p kuzatiladi.

Tadqiqot: London universiteti olimlari hiqichoq vaqtida qorin mushaklari (diafragma) qisqarishi bosh miya asosida ijobiy reaksiyalarni keltirib chiqarishining guvohi bo‘lishdi.
Kattalarni hiqichoq tutishini esa ko‘pchilik olimlar chaqaloqlik davridan qolib ketgan qoldiq refleks deb taxmin qilishgan.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
 Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

BOLAJON PARVARISHI

04 Dec, 06:32


Kayfiyatni kõtaramiz😁

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

 Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

 

BOLAJON PARVARISHI

03 Dec, 07:44


Bolani uxlatish sirlari‼️

🕹Bola qanchalik charchagan bo'lmasin, uxlatishga ko'pincha qarshilik ko'rsatadi. Ota-ona bolani uxlatishda asosan quyidagi xatoga yo'l qo'yadi:

🚫Bolani juda kech uxlatish.
Ba'zi ota-onalarning bolani o'z vaqtida uxlatishga vaqti bo'lmaydi, ba'zida maktab yoshidagi bolalarning dars va to'garaklar tufayli o'ynashga vaqti qolmay kechqurun o'ynavolib tunga yaqin yotishga odatlanadi. Yana bir turdagi ota-onalar bola ko'proq charchasa yaxshi uxlaydi deb, bolani juda kech uxlatishni afzal ko'radilar.

👀 Natijada bola uyquga to'ymaydi, uyquga to'ymaslik esa bolaning sog'lom o'sib rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi

Yechim: bolani har kuni bir vaqtda, ertaroq uxlatishni odat qilib oling. Erta uxlagan bola, erta uyg'onib kun mobaynida tetik bo'ladi va asabiylashmaydi. Har kuni bir vaqtda yotishga o'rgangan bola organizmi ham borib-borib aynan shu vaqtda uyquga ketishga odatlanadi.

Kanalga ulanish👉 @Bolajon_parvarishi
Kanalga ulanish👉 @Pediatric_uz

BOLAJON PARVARISHI

03 Dec, 06:13


⚠️Bolalarda issiqlik paydo bo‘lishining oldini olish uchun

Birinchidan, bola uchun sintetik matolardan tikilgan kiyimlarnixarid qilmaslik kerak, ular terining nafas olishiga xalaqit beradi va tirnash xususiyatiga ega.

Ikkinchidan, paxta, zig‘ir, jun kabi tabiiy matolardan tayyorlangan kiyimlarmos keladi. Ular namlikni yaxshi shimib oladi va havo o‘tishini ta’minlaydi. Bolalar xonasidagi haroratni +20 darajadan oshirmaslik tavsiya etiladi.

Kanalga ulanish👉 @Bolajon_parvarishi
Kanalga ulanish👉 @Pediatric_uz

BOLAJON PARVARISHI

02 Dec, 15:48


Bolalarda shamollashni davolash uchun quyidagilarga amal qilish kerak:

1. Farovonlikni ta'minlash:

Dam olish: Bola ko‘proq dam olishi kerak, chunki tana dam olish vaqtida tezroq tiklanadi.

Suyuqlik ichish: Ko‘p suv, iliq choy, sharbat yoki sho‘rva ichish shamollashni yengillashtiradi va suvsizlanishni oldini oladi.


2. Burun bitishi va oqishini yengillashtirish:

Tuzli eritma (fiziologik eritma): Burunni tuzli suv bilan yuvish burun bitishini va viruslarni yuvib tashlashga yordam beradi.

Nam havo: Xonani nam tutish uchun namlagich qo‘llash yoki xona havosini ho‘l sochiq bilan tozalash foydali.


3. Haroratni nazorat qilish:

Agar bolaning harorati 38°C yoki undan yuqori bo‘lsa, shifokor tavsiya qilgan dori vositalari, masalan, paratsetamol yoki ibuprofen ishlatilishi mumkin.

Iliq suv bilan kompress qilish ham haroratni tushirishda yordam beradi.


4. Yo‘talni davolash:

Bola yo‘talayotgan bo‘lsa, iliq asal va limonli ichimlik (2 yoshdan katta bolalar uchun) yordam beradi.

Yo‘tal davom etsa yoki balg‘am bo‘lsa, pediatr bilan maslahatlashish lozim.


5. Dori-darmonlarni ishlatish:

Virusli shamollashda antibiotiklar kerak emas, chunki ular bakteriyalarga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Antibiotiklar faqat bakterial infeksiya aniqlanganda ishlatiladi.

Sovuqni yengillashtiruvchi preparatlar faqat shifokor ko‘rsatmasi bilan berilishi lozim.


6. Immunitetni oshirish:

Meva va sabzavotlarga boy parhez, masalan, C vitaminiga boy sitrus mevalar va sabzavotlar tavsiya etiladi.

Bolaga ko‘proq quyosh nurida yurish va toza havoda sayr qilish foydali.


Shifokorga murojaat qilish kerak bo‘lgan holatlar:

3 kundan ortiq davom etgan yuqori harorat.

Nafas olishda qiyinchilik.

Quriq, to‘xtovsiz yo‘tal yoki quloq og‘rig‘i.

Bola ovqat yeyolmayotgan yoki suyuqlik ichmayotgan bo‘lsa.


Bolani davolashda doimo pediatrning ko‘rsatmalariga amal qilish tavsiya etiladi❗️

Kanalga ulanish👉 @Bolajon_parvarishi
Kanalga ulanish👉 @Pediatric_uz

BOLAJON PARVARISHI

02 Dec, 10:28


Sovuq mavsumda bolalarni shamollashdan himoya qilish uchun quyidagi tavsiyalarni amalga oshiring:

1. Yaxshi kiyim-kechak:

Bolani ob-havoga mos kiyintiring. Ko‘p qatlamli kiyim tanlang: ichki qatlam issiqni saqlashi, tashqi qatlam esa shamoldan himoya qilishi kerak.

Sharf, bosh kiyim va qo‘lqoplarni unutmang, ayniqsa quloq va bo‘yin yopiq bo‘lishi muhim.


2. Toza va namlangan havo:

Uyda havo qurib qolmasligi uchun namlagichlardan foydalaning yoki xonani kuniga bir necha marta havo aylantirib turing.

Toza havo bolalar uchun immunitetni mustahkamlaydi. Qisqa vaqtga ochiq havoga chiqishga imkon bering.


3. Sog‘lom ovqatlanish:

Bolaga C vitaminiga boy mahsulotlar (apelsin, limon, kivi, qushqo‘nmas) va issiq sho‘rvalar, asal qo‘shilgan iliq ichimliklar bering.

Har kuni iliq sut bilan asal yoki kuraga iste’mol qilish foydali.


4. Gigiyena qoidalari:

Qo‘lni tez-tez yuvish odatini shakllantiring. Virus va bakteriyalar ko‘pincha qo‘llar orqali tarqaladi.

Bolaga burunni qo‘l bilan ushlamaslikni va ko‘zlariga tegmaslikni o‘rgating.


5. Faol harakat va dam olish:

Bolalar uyda ham jismoniy faolligini saqlab qolishi kerak. Bu qon aylanishini yaxshilaydi va issiqlikni saqlaydi.

Uyqu va dam olish rejimiga rioya qilish immunitetni mustahkamlaydi.


6. Oldini olish choralari:

Grippga qarshi emlash tavsiya qilinadi, ayniqsa, bolalar sog‘lomligini saqlash muhim bo‘lsa.

Og‘iz va burunni yuvish (fiziologik eritmalar bilan) viruslarga qarshi qo‘shimcha himoya beradi.


7. Bolalar uchun iliq ichimliklar:

Zanjabil va limonli choy, rezavor mevalardan kompotlar bolalarni iliq tutadi va immunitetni mustahkamlaydi.


Agar bolangiz shamollashni boshlasa, darhol davolash chorasini ko‘ring. Og‘ir holatlarda pediatr bilan maslahatlashishni unutmang❗️

Kanalga ulanish👉 @Bolajon_parvarishi
Kanalga ulanish👉 @Pediatric_uz

BOLAJON PARVARISHI

02 Dec, 09:20


Chaqaloqlar uchun Ukrop SUVI foydalari

Ukrop suvi bu tabiiy xamda samarali vosita bo‘lib 4 xil ta’sir ko‘rsatadi:

🔹 Qabziyatni bartaraf etib axlatni ravon qiladi
🔹 Qorindagi ortiqcha gazlarni o‘ziga tortib olib qorin dam bo‘lishidan saqlaydi
🔹 Tinchlantiruvchi ta’siri mo‘tadil ta’sir qilib, chaqoloq uyqusini yaxshilaydi.
🔹 Siydik xaydovchi xususiyati bolajonlar siydik tuzlari yig‘ilib qolishidan saqlaydi.

Kanalga ulanish👉 @Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

02 Dec, 07:01


💡Bolajonlar uyingizni biror joyiga peshob qilib qo‘yib xidi ketmasligi sizni qiynayotgan bo‘lsa, bu layfxak aynan siz uchun.

💧 Sovuq suvga yodni tomizib olib aralashtiramiz va yodli suvda yuvilgan sochiqni noxush xid kelayotgan joyga solamiz.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

02 Dec, 05:01


🌡Bolalar isitma qilgan paytda parasetamol(Sefekon D) shamchalari va tabletkasini qanday dozalarda qo‘llash kerak?

Shamchani bir martalik qo‘llash dozalari:

-1 oylikdan 3 oylikgacha - 50 mg
-3 oylikdan 3 yoshgacha - 100 mg
-3 yoshdan kattalarga - 250 mg

❗️Bir kunda 3 tagacha shamcha qo‘llash mumkin!

Tabletkani bir martalik qo‘llash dozalari (Parasetamol 200 mg tabletkasi uchun):

-1 oylikdan 3 oylikgacha - 50 mg (1/4 tab yoki chorak tab)
-3 oylikdan 3 yoshgacha - 100 mg ( 1/2 tab yoki yarimta tab)
-3 yoshdan kattalarga - 200 mg (1 tab )

❗️Tabletkani ham yuqoridagi dozada kuniga 3 mahal berish mumkin!

‼️Eslatma! Tabletka va shamchalarni bola tana harorati 38 °C dan oshgandan keyin qo‘llash mumkin!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

02 Dec, 03:46


Farzandini sutdan chiqarmagan onalar uchun - sut ko‘paytiruvchu ajoyib qorishma.

📌Yosh onalarga yuborib qo‘yamiz

Kanalga ulanish 👉 @Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

23 Nov, 11:01


‍‍Onalar bunga e’tiborli bo‘ling!

🎒 Maktab o‘quvchilari uchun kitob va daftarlarning og‘irligi uchun standartlar:

• 1-2-sinf o‘quvchilari uchun — 1.5 kgdan oshmasligi kerak;

• 3-4-sinflar uchun — 2 kgdan oshmasligi kerak;

• 5-6 sinflar uchun — 2,5 kgdan oshmasligi kerak;

• 7-8-sinflar uchun — 3,5 kgdan oshmasligi kerak;

• 9-11-sinflar uchun — 4 kgdan oshmasligi kerak.


Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

23 Nov, 09:12


Bolangizni labidan xech qachon o‘pmang, boshqalarni xam bu ishni qilishiga yo‘l qo‘ymang!

Bu qanchalik zararli ekanligini videoda ko‘rishingiz mumkin



Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

23 Nov, 08:47


Bolalarni sport to‘garaklariga necha yoshdan bergan ma’qul?(Vrach pediatr tavsiyasi)

⚽️Futbol - 10-11 yosh
🏀Basketbol - 10-12 yosh
🏐Voleybol - 10-12 yosh
🎾Tennis - 7-9 yosh
🤼Kurash(barcha turi) - 10-12 yosh
🏃‍♂Engil atletika - 10-12 yosh
🏒Xokkey - 10-11 yosh
🏓Stol tennis - 7-9 yosh
🤸Sport gimnastikasi
🚴Velosport - 12-13 yosh
🥊Boks - 12-14 yosh
🏸Badminton - 10-12 yosh
Shaxmat - 9-12 yosh
🏊‍♀Suzish - 7-8 yosh
🏋Og‘ir atletika - 13 yosh

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

21 Nov, 04:01


Bolajonlarimiz baxtimizga soğ bõlishsin😊

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

17 Nov, 17:44


Uxlash oldidan kayfiyatni kõtaramiz 😊


Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

17 Nov, 06:11


© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

17 Nov, 05:09


Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

17 Nov, 04:30


Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

16 Nov, 14:26


Qaysi holatlarda bolani darhol vrach pediatr ko‘rigiga olib borish zarur?

📌Bolani tutqanoq tutib qolsa(Epilepsiya)
📌Tana harorati ko‘tarilsa
📌Bolaning ichi qora rangda kelsa yoki najasida qon bo‘lsa
📌Kuchli qusish bo‘lsa(fontansimon)
📌Ovqatlanish vaqtida doim yo‘talsa
📌Biror jismni yutib yuborsa
📌Bolaning ichi 5 martada ortiq
📌Najas rangi yashil va qo‘lansa hidli bo‘lsa
📌Qusuq massasining rangi yashil yoki to‘q sariq bo‘lsa

©Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

15 Nov, 03:46


Tish chiqish davrida bolajonlarga qanday yordam berish mumkin?

Ovqatni rad etgan vaqt bermaslik
Ko’proq emizish
Toza havoda sayr
Ona mehri, ko'proq bag'riga bosish
Ovqat bo'lakchalari pyure ko'rinishida taklif qilish
Ovqatlantirishda temir qoshiqlardan foydalanmaslik
Nam va muzlatilgan ixcham sochiqlarni tishlatish
Doktor bilan maslahatlashib ich ketish,istma, tish
chigish og'riglarini qoldirish choralarini ko'rish.

Har qanday vaziyatda ham farzandinggizga sizning mehringgiz muhim❗️

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

14 Nov, 12:08


Bola qanday rivojlanadi?

1-oylik - tur xil ovozlar chiqaradi, oyoq-qo‘llarda tartibsiz harakatlar

2-oylik - harakatdagi narsalarni kuzatadi, jilmayadi.

3-oylik - kuladi, gu-gulaydi, vertikal holatda boshini ushlaydi.

4-oylik - tovush kelgan tomonga boshini buradi, yaqinlar ovozini faqlaydi. O‘yinchoqni ushlaydi, og‘ziga olib boradi.

5-6-oylik - qo‘lidan ushlasa yoki ba'zan mustaqil o‘tiradi, chalqancha holatdan yonboshga yoki qorniga o‘griladi, o‘yinchoqlarni kuzatadi va ko‘taradi.

7-8-oylik - mustaqil o‘tira oladi, oyoqqa turishga harakat qiladi, onasiga va tanishlar qo‘l cho‘zadi va chapak chaladi, ma-ma, da-da deya oladi.

9-10-oylik - emaklaydi, tizzasiga tura oladi, kattalar yordamida oyoqqa turadi va ushlab yuradi, qoshiqdan ovqat yeydi. Dada, mama so‘zlarini ayta oladi

11-12-oylik - qo‘lidan ushlasa o‘zi yuradi, lekin ko‘p yiqiladi, mustaqil ovqat yeyishga harakat qiladi, ba'zi so‘zlarni ayta oladi.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

12 Nov, 15:02


Bola emlangandan keyin yosh onalar qanday tavsiyalarga amal qilishi zarur?

👶🏻Emlashdan so‘ng bola tana harorati ko‘pi bilan 38.5 darajagacha ko‘tarilsa, bu normal reaksiya hisoblanadi. Bolaga ko‘p suyuqliq ichirish tavsiya etiladi. Kerak bo‘lsa, isitma tushiruvchi sirop ichirish ham mumkin.

😷Bolada shamollash alomati kechayotgan bo‘lsa, emlash mumkin emas. Bola butunlay tuzalgandan so‘ng, emlashni amalga oshirsa bo‘ladi;

📆emlashlar orasidagi muddat kamida 1 oy bo‘lishi kerak;

🚫emlashdan oldin va undan bir necha kun keyin bola bilan odamlar ko‘p to‘plangan joylarga bormaslik tavsiya etiladi.

💧Emlashdan so‘ng bola tana harorati ko‘pi bilan 38.5 darajagacha ko‘tarilsa, bu normal reaksiya hisoblanadi. Bolaga ko‘p suyuqliq ichirish tavsiya etiladi. Kerak bo‘lsa, isitma tushiruvchi sirop ichirish ham mumkin.

🩺Emlashga bo‘ladigan reaksiya ko‘pi bilan 2 kun davom etishi kerak. Undan ortiq davom etsa, shifokorga murojaat qilish kerak.

🥗 bir yoshgacha bo‘lgan bolalar rasioniga emlashdan bir necha kun oldin va keyin yangi mahsulotlarni kiritish mumkin emas;

🤱 emlash davrida emizishni davom etish juda muhim;

👨‍👩‍👧‍👧 bolani emlayotganingizda bola va uning oila a’zolari sog‘lom bo‘lishi kerak;

🚿emlashdan so‘ng bolani kamida bir kun davomida cho‘miltirmaslik lozim

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉 @Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉 @Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

12 Nov, 13:38


Beshikka belash me'yorlariga yoki qoidalarga rioya qilinmasa, qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?

🔹Bolaning kun bo‘yi, uzluksiz beshikda yotishi zararli. Kuz va qish oylarida bola terisiga yorug‘lik tushishi kamayadi. Oqibatda D vitamini yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin.
🔹Bolaning qo‘l-oyoqlarini siqib bog‘lash o‘z navbatida qon aylanishni buzilishiga olib keladi.
🔹Bolani uzoq yotishi hisobiga boshining ensa qismida deformatsiyalar yuzaga kelishi mumkin.
🔹Beshikda bolani doimiy bir tomonlama emizish qiyshiq bo‘yinlikka sabab bo‘lishi mumkin.
🔹Sumakdan foydalanishda gigiyena qoidalariga rioya qilinmasa, jinsiy a'zolardagi infeksion kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.
🔹Beshikni qattiq va tez tebratish markaziy asab tizimidagi jiddiy muammolarga sabab bo‘lishi mumkin.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

12 Nov, 04:13


Chaqaloqning qulog‘i og‘rishini qanday aniqlash mumkin?

Ko‘plab holatlarda chaqaloqlar yig‘isining asosiy sabablaridan biri bu quloq og‘rig‘i hisoblanadi. Og‘riq kuchi jihatidan quloq og‘rig‘i tish og‘rig‘iga tengdir.
Chaqaloqning qulog‘ida og‘riq bor yoki yo‘qligini aniqlash uchun pediatrlar “Tragus” belgisidan foydalanishadi.

Tragus simptomi- bunda chaqaloq qulog‘i suprasining tragus(yuqorida rasmda ko‘rsatilgan козелок) qismiga ohista bosiladi, agar o‘rta yoki tashqi quloqda yallig‘lanish bo‘lsa, simptom musbat bo‘ladi. Bu holatda chaqaloq yig‘lashi yoki yig‘isi kuchayishi mumkin.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

11 Nov, 14:02


Chaqaloqning burni qanday tozalanadi?

Chaqaloqlar burnini tozalash uchun bizga aspirator, pipetka, maxsus suyuqlik (NaCl yoki akvalor) va steril salfetkalar kerak bo‘ladi.

Avvalo chaqaloq burni ichida tiqilib qolgan moddalar yumshatiladi. Buning uchun chaqaloq burniga maxsus suyuqlikdan 1-2 tomchi tomiziladi. 5-10 daqiqa kutiladi va burnidagi tiqilmalar maxsus aspirator yordamida tortib olinadi.

❗️Eslatma. Muolaja o‘tqazilldigan paytda bola uyg‘oq bo‘lishi kerak. Aspirator va pipetka ishlatib bo‘lgandan keyin dezinfeksiya qilinishi lozim!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

11 Nov, 13:04


Chaqalog‘ini uxlata olmayotkan tinchlantira olmayotkan onalar uchun!

Chaqalog‘ingizda qo‘llab ko‘ring judaham foydali massaj

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

10 Nov, 07:46


Bolalar agressiyasining sabablari
O‘zini past baholash.

O‘zini past baholash ham bolalar agressiyasining sababchisi bo‘lishi mumkin. Bola o‘ziga ishonchsiz bo‘lganda, atrofdagi dunyoni uni doimo xafa qilishga intilayotgan dushman sifatida qabul qiladi.

Uning nazarida, xavf ham tengdoshlari tomonidan, ham kattalar tomonidan tahdid soladi. Bola o‘zini doimo tashqi hujumlar nishoni deb his qiladi. Bunday holatda, birinchi bo‘lib hujum qilish afzalroq deb o‘ylaydi!

Agar bola ota-onasi tomonidan ijobiy qo‘llab-quvvatlanadigan o‘zini baholash hissiga ega bo‘lmasa, u ko‘pincha agressiv xulq-atvor yo‘lini tanlaydi.


Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

09 Nov, 14:01


Farzandga chiroyli tarbiya bering!

Noinsof zuriyotdan o‘zi saqlasin,
Bergan non-tuzingiz bir kun oqlasin,
Ko‘rganlar: «MashaAllah” deya alqasin,
Farzandga chiroyli tarbiya bering!

Yolg‘on gap aytkizmang, yolg‘on gapirmang,
Bir narsa sindirsa tepkilab urmang,
Bedil bo‘lib qolsa attang deb yurmang,
Farzandga chiroyli tarbiya bering!

Payg‘ambarni bilsin, Qur’onni bilsin,
Dinlarning gultoji Islomni bilsin,
Jannatda sizlarni yetaklab yursin,
Farzandga chiroyli tarbiya bering!

Mumtozbegim


Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

09 Nov, 06:31


2 yoshdan oshgan farzandingiz bilan qanday o‘yinlar o‘ynaysiz?

Ushbu o‘yinimiz ham 2+ yoshdagi bolalar uchun ekan. Bu orqali boladagi fikrlashni rivojlantirish mumkin.

🚀Yaqinlarga yuborib qo‘yamiz


Kanalga ulanish👉 @Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉 @Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

09 Nov, 04:40


👶 Bola bir yoshga yetar yetmay sizni tushinishni boshlaydi!

Ana endi uni farosatini, ahloqini shakllantirishning ayni vaqti keldi.

🔸• O‘ng qo‘lda taom yeyishini
🔹• Burnini kovlashtirmasligini
🔸• Yel chiqarsa uyat bo‘lishini
🔹• Namozni hurmat qilishini
🔸 • Tupurmasligini
🔹 • Chappillatib ovqat yemasligini
🔸 • Og‘zida ovqat bilan gapirmasligini
🔹 • Og‘zidagi ovqatni qaytib chiqarmasligini
🔸 • Yotoqxonalarga eshikni taqqillatib kirish kerakligini

Go‘zal so‘z bilan o‘rgating va talab qiling!

Hali juda kichik demang, axir farosat va ahloq qonga singdiriladi.

❗️Yosh ota-onalarga ushbu xabarni yuborib qo‘ying


Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

08 Nov, 15:32


Bolalarga choy berish tavsiya etilmaydi

🔶 Bolaga choy berish mumkin emas. Sababi choy ovqat vaqtida yoki undan so‘ng darhol ichilsa, so‘riladigan temir moddasining miqdori ancha kamayadi. Toza, qaynatilgan suv, kompot (oz miqdorda shakar qo‘shilgan yoki shakarsiz), meva va sabzavot sharbatlari choyning o‘rnini bosuvchi yaxshi ichimlik hisoblanadi.

Choyni ovqatlangandan so‘ng 30 daqiqa o‘tgach ichish mumkin.


Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

08 Nov, 14:02


💠Ona suti bola uchun bebaho ozuqa

🔝Ona sutini emib katta bo‘lgan bolalar o‘z tengdoshlari orasida jismonan va aqlan ajralib turadilar. Ayniqsa, bolalar o‘rtasida ko‘p uchraydigan kamqonlik, raxit, gipotrafiya, allergik kasalliklar aksariyat ona sutiga to‘ymagan bolalarda ko‘proq uchraydi.
🔸Bolaning talabiga qarab tez-tez emizish kerak, sutkada kamida 8-12 marotaba. Bir ko‘krak bo‘shamasdan boshqa ko‘krakdan emizmang, bolaning emish vaqtini cheklab qo‘ymaslik kerak.


Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

08 Nov, 13:25


Shifokorlar bolalar 2 yosh bo‘lgunga qadar yostiqsiz yotish kerak ekanini takidlashadi!!!

Sababi bolalarda umurtqa pog‘onasi yassi shakilda bo‘lib, egiluvchan nuqtalar hali rivojlanmagan bo‘ladi. Bolani yostiqqa yotqizganda egiluvchan umurtaqa o‘z shaklini o‘zgartiradi. Agar bu holat davom etaversa umurtqaning noto‘g‘ri shakillanishi yuzaga keladi.
Yumshoq o‘rin ham bola qomatiga shunday salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yumshoq o‘rinda yotgan bolaning umurtqa pog‘onasi yoysimon shakl oladi.


Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

07 Nov, 08:01


Bola nega og'zini ochib uxlaydi?

Buning asosiy sababi bola burni bilan to'liq nafas ololmaydi va og'iz orqali nafasga olishga majbur bo‘ladi.

Agar bola tug'ilganidan boshlab xuddi yuqoridagidek nafas olsa, unda uning yuqori nafas yo'llarida qandaydir tug'ma anamoliya bor.Muammoni LOR vrach aniqlaydi va bartaraf etadi.

Agar bola sog' bo'lsayu lekin to'satdan uyqusida og'iz orqali nafas olishni odat qilsa, demak bolani burni bitib qolgan, burun yo'llarini tozalash va zarur burun tomchilarini tomizish maqsadga muofiq bo‘ladi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

07 Nov, 05:10


Bolalar nima uchun tirnoqlarini tishlashadi?

Refleks. Bola ona ko’kragini imitatsiya qilib, so’rg’ich va barmoq so’radi. Har qanday noqulay holatda (agar u nima qilishni bilmasa) yoqimli psixologik holatga tushish uchun so’rish refleksini amalga oshirish istagi uyg’onadi.

Tishlarning almashinishi. Boshqa bir nazariya shuni ko'rsatadiki, maktab yoshidagi bolalarda tishlarning almashinishi va faol o'sishi davrida biron bir narsani chaynash istagi paydo bo'ladi va boshqa variantlar yo'qligi sababli bola tirnoq plastinkasini tishlay boshlaydi.

Taqlid qilish. Bolalarda onixofagiyaning yana bir sababi boshqa bolalar yoki kattalarga  to’g’ridan to’g’ri taqlid qilishdir. Bola boshqa odamning xatti-harakatlarini uning noto'g'ri ekanligini tushunmasdan qabul qiladi.

Stress. Onixofagiya 6 yoshdan 9 yoshgacha bo'lgan bolalarda eng ko'p uchraydi. Ushbu davrda bolaning maktabdagi o'quv sharoitlariga murakkab moslashuvi mavjud, katta o'quv jarayoni va psixologik yuk bor.

Kanalga ulanish👉 @Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

07 Nov, 03:00


Yosh bolalarda qorin dam bo‘lishida qo‘llaniladigan vositalar:

👼Kolikvel
👼Bobotik
👼Espumizan
👼Stopkolik
👼Simeton
👼Meteospazmil


Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

06 Nov, 14:02


Bolaning so‘lagi oqsa gijjaga tekshirish kerakmi?

👶Bolalarda so‘lak oqishi gijja(askaridoz) kasalligi belgisi bo‘lishi mumkin. Buni aniqlash uchun qon yoki ertalabki najasni laborator tekshirish kerak bo‘ladi.

👨‍⚕Gijja kasalligi tasdiqlangandan so‘ng gelmintolog yoki pediatr ko‘rigi olib borib, davolash maqsadga muofiq. Chunki gijja kasalligi anemiyaga sabab bo‘ladi, bu esa boshqa oqibatlarni yuzaga chiqarishi mumkin.

👨‍👩‍👦Gijja kasalliklari ko‘pincha yurishni boshlagan bolalarda va bog‘chaga boradigan bolalar orasida ko‘p uchraydi. Kasallikni oldini olishning yagona usuli bu - shaxsiy gigiyena rioya qilish va bolani shunga o‘rgatishdir.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

06 Nov, 12:01


Yangi tug‘ilgan chaqaloqning tovon izi bilan onasining barmoq izi bir xil bo‘lishini bilarmidingiz?

❗️Bolalar almashib ketmasin deb buyuk Alloh Taolo tomonidan qilingan mukammal bir tadbirdir.

🟥Alloh barcha kamchilik va nuqsonlardan pokdir! Barcha hamdlar unga bo‘lsin!

📌Yaqinlarga yuborib qo‘yamiz


Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

06 Nov, 09:02


📍 Emizikli farzandi bor onalar uchun muhim tavsiyalar


🔶 Bolani har gal karavotdan yoki beshikdan olayotganingizda uni qo‘ltig‘i ostidan ko‘tarib turing. Bu bolaga qorinda yig‘ilgan damlardan xalos bo‘lishiga yordam beradi.

🔶 Agar bola kechasi cho‘chib uyg‘onayotgan bo‘lsa, uni uxlatishdan oldin yo‘rgaklab yotqizgan ma’qul.

🔶 Yig‘layotgan bolani ovqatlantirib bo‘lmaydi. Avval uni tinchlantirish lozim.

🔶 Agar uxlayotgan bola og‘zini ochishini istasangiz, barmog‘ingizni uning yuqori labiga tekkizishingizning o‘zi kifoya.

🔶 Yig‘layotgan bolani tinchlantirishning eng oson yo‘llaridan yana biri – uni ko‘tarib, bag‘ringizga bosishingizdir.

🔶 Bolaning boshini yuvayotganingizda oldindan orqaga qaratib yuving. Shunda uning yuzi va ko‘ziga sovun tegmaydi.


Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

06 Nov, 06:01


Chaqaloq yoki go‘dak tiqilib qolganda avval ortiga 5 marotaba "uriladi" agar chiqib ketmasa to‘sh qismini 2 barmoq bilan 5 marotaba bosiladi va toki chiqib ketgunicha ushbu jarayon qaytariladi.


Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

06 Nov, 03:58


Chaqaloqlar massaji!!!

5 oyga kelib chaqaloqlar dumalashni boshlaydilar.
Agar bu vaqtga kelib farzandingiz hali dumalashni boshlamagan bo‘lsa uni massaj qilib muskullarini chiniqtiring!
Bola yotgan holida uni badanini kunda bir necha bor 10 daqiqa davomida silash lozim. Bu massaj samarasini beradi. Bolaning mushaklari kuchayadi.


Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

05 Nov, 18:10


Bu bosqichda bola organizmidagi hissiyotlarni tushuna bilib, gorshokka borishni, gorshokka o‘tirib ishini qilishini anglay olishi zarur. Boshida siz uning kuzatuvchisi va yo‘l boshllovchisi bo‘lasiz. His qildi--------------- gorshokka bordi yoki his

6. Bolangizga yoshiga qarab ishtonini yechish, kiyish va ishini qilib bo‘lgach qo‘lini yuvishni o‘rgating.

Bolangizni yutuqlari uchun ko‘p maqtang, boshida ko‘p sodir bo‘ladigan "avariyalarga" ko‘zingizni yuming.

7. Hamma ishni surib qo‘yib, butunlay bolangiz bilan birga bo‘ling.

Bunda siz bolangizni doim kuzatib borib, uning gorshokka borish xohishini vaqtida seza olasiz, vaqtida unga yo‘l ko‘rsata olasiz, borib borib bola nima qilayotganini tushuna oladi.


Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

05 Nov, 18:10


Ma’lumki har bir bola bosqichma-bosqich rivojlanib boradi, bola katta bo‘lar ekan ota-onalar unga kerakli narsalarni o‘rgata boshlashadi. Ota-ona tomonidan bolaga o‘rgatilishi kerak bo‘lgan narsalarning biri bu bolani gorshokka o‘rgatishdir. Agar siz ham bolangizni gorshokka o‘rgatmoqchi bo‘lsangiz quyidagilarni amalga oshirib ko‘ring:

1. Bolangiz gorshokka o‘tirishga tayyor ekanligiga amin bo‘ling.

Gorshokka o‘rganish bola rivojlanishidagi yangi bir bosqichdir. Qanday bo‘lmasin, yangi bosqichdan o‘tish bolada ma’lum bir psixologik va jismoniy o‘zgarishni talab etadi. Bolaning turmush tarziga yangilik kiritayotganingizda avallambor uning o‘ziga qarang. Bola bunga tayyormi, yo‘qmi? Gorshokka tayyor bo‘lganini quyidagilardan aniqlashingiz mumkin:

- bola sizning hojatga borishingizni taqlid qiladi;

- qorni ochganligi to‘g‘risida so‘z bilan xabar bera oladi;

- "koptokni olib kel" kabi oddiy talablarni tushuna oladi;

- pampersi kir bo‘lganda, g‘ashiga tegayotganini bildiradi (uni yechishni xohlaydi, pampersiga sizni nazaringizni qaratadi)

- gorshokda o‘zi o‘tira oladi;

- 3 soatcha quruq yurishi mumkin;

- o‘z jinsiy a’zolarini o‘rganadi.

2. Bolangizni gorshokka o‘rgatishga o‘zingiz tayyor ekanligingizga ishonch hosil qiling.

Siz tayyormisiz? Gorshokka o‘rgatish vaqtini boshqa zarur ishlar bo‘lmagan paytga (yangi farzand tug‘ilish arafasi, ishxonadagi stress, katta farzanddagi muammolar va hokazo) mo‘ljallaganingiz ma’qul. Undan tashqari, iliq yoki issiq havoda pampersdan chiqish osonroq kechadi. Sizga quyidagilar kerak bo‘ladi:

- sabr-toqat; - gorshok; - o‘rgatuvchi ishtonlar; - hazil tuyg‘usi; - ijod qilish.

Bolangizga gorshok haqida ko‘rsatib aytib bering. Boshqa bolalar gorshokka borishini ko‘rsating. Qo‘g‘irchoq, gorshokka bog‘liq o‘yinchoqlarni jalb qiling. Gorshokka borishni o‘rgatadigan bolalar kitobchalaridan foydalaning.

3. Bolaga qayerga borishni va bu nima deb atalishini tushuntirib o‘rgating.

Bolangizga gorshokni yaxshilab tanlab olib bering. Gorshok bola uchun qulay, xohlasangiz qiziqarli, eng asosiysi xavfsiz va oson yuviladigan bo‘lishi kerak. Gorshokda qilayotgan ishiga nom bering.

4. Bolaga hissiyot bilan jarayonni ulay olishni o‘rgating.

Bu bosqichda bola organizmidagi hissiyotlarni tushuna bilib, gorshokka borishni, gorshokka o‘tirib ishini qilishini anglay olishi zarur. Boshida siz uning kuzatuvchisi va yo‘l boshllovchisi bo‘lasiz. His qildi--------------- gorshokka bordi yoki his qildi----------------- onasiga aytdi.

5. Bolani butunlay pamperssiz qoldirib, o‘rgatuvchi ishtonlarda olib yuring.

Bu ishtonlar oddiy ishton bo‘lib, faqat oson yechiladigan va tez quriydigan bo‘lishi kerak.

BOLAJON PARVARISHI

05 Nov, 12:02


Garshokga qanday o‘rgatish kerak?

1⃣ Avval bolani garshokga tayyorlash kerak: turli xil o‘yin va kitoblar orqali;
2⃣ Bolani garshok bilan tanishtirish kerak;
3⃣ Tagliklarni butunlay yechib tashlash kerak, bola tanasidagi o‘zgarishlarni his qilishi kerak;
4⃣ Garshokga o‘rgatishni bosqichma-bosqich qilish kerak: avval kunduzgi tagliklar yechiladi, so‘ngra kechqurungi tagliklar sekin astalik bilan yechiladi;

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

27 Oct, 13:40


1,5 yoshdan keyin bir martalik tagliklarni ishlatish qanchalik to‘g‘ri?

👶Bir martalik tagliklar(pampers) - bu juda qulay ayniqsa vaqtni tejaydi, lekin onajonlar undan qancha ko‘p foydalansa, bolani tuvakka o‘rgatish shunchalik qiyin bo‘ladi.

O‘zingiz bir o‘ylab ko‘ring, pampersda bola tagini ho‘llab qo‘ysa ham, issiq, quruq va eng asosiysi unga noqulaylik tug‘dirmaydi.

Agar siz bolani ishtoncha va polzunkalarga o‘tkazsangiz, u yoqimsiz namlik holatini his qila boshlaydi va tuvakka o‘tirishni o‘rganishi ancha tez bo‘ladi.

👨‍⚕Kaminaning tavsiyasi, 18 oylikdan keyin bir martalik tagliklarni ishlatmaganingiz ma’qul. Bu bilan siz bolangizda yana bir shartli refleksni o‘z vaqtida paydo bo‘lishiga yo‘l ochib bergan bo‘lasiz.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

26 Oct, 12:00


Bu kun ko‘pchilik onalar bola tinchligini o‘ylab pampersdan foydalanishadi…

Bolalarga uy sharoitida pampers taqishda me’yorga amal qilish shart❗️
Ayniqsa o‘g‘il bolalarga pampersni uzoq muddat taqish kelajakda o‘z salbiy asoratlarini berishi (bepushtlikka olib kelishi) mumkin.
Bolalar qisqa muddatga, (ya’ni uni poliklinikaga olib chiqqanda yoki mehmonga borganda) ortiqcha noqulayliklarning oldini olish maqsadida pampersdan foydalanish mumkin.
Ayrim onalar kun davomida bolalarni pampersda qoldirishadi, bu mutlaqo noto‘g‘ri. Pampers tanlaganda albatta uning havo o‘tkazuvchanligiga alohida e’tibor qaratish lozim.
Uzoq muddat pampersda yuradigan bolalarda hojatga chiqish ko‘nikmalari shakllanmay qoladi, natijada bunday bolalar maktabgacha ta’lim muassasalariga borganda qiynalishadi.
Onalar o‘z farzandlarini uy sharoitida pamperssiz parvarish qilishlari hamda ularda zarur ko‘nikmalar shakllanishida yordam berishlari kerak.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

26 Oct, 11:05


Go‘dakning “jajji dorixona”sida nimalar bo‘lishi zarur?

Bular quyidagilar:
🕹Asetomenofen (og‘riq qoldiruvchi suyuq dori). Bolalar uchun u paratsetamol bilan birga (isitma tushirish uchun) dorixonadan olinadi. Asosiy nomlari: Taylenol, Panadol;
🕹Oq oddiy leykoplastr;
🕹Spirtli paxta tamponlari;
🕹Antibiotikli maz;
🕹Dezinfeksiyalovchi suyuqlik (aptekalarda turli xili mavjud: Betadine, Hibiclens);
🕹Steril leykoplastr;
🕹Paxtali cho‘plar;
🕹Steril bint;
🕹Vodorod peroksidi;
🕹Muz solingan paketchalar (doim muzlatgichda tursin, bola lat yeganda shikastlangan joyga qo‘yish uchun tayyor bo‘lib turadi);
🕹Ipekakuana siropi (qustiradigan suyuqlik bo‘lib, bola tasodifan zaharlanganda vrach bilan maslahat qilgan holda qayt qildirish uchun qo‘llaniladi);
🕹Pipetka, o‘lchov qoshiqcha (dori berishda o‘lchash uchun);
🕹Burun tozalash uchun namokob suv (dorixonalarda mavjud – Sodium Hloride);
🕹Uchi o‘tkir bo‘lmagan kichik qaychi (tirnoq olish uchun);
🕹Kichik plastrlar;
🕹Termometr;
🕹Pinsset;
🕹Glitserin svechalar (bola qornida gaz yig‘ilib, ichi qotganda foydalaniladi);
🕹Bolalarni cho‘miltirish uchun giyohlar (masalan badanida issiqlik toshmalari bo‘lganida ittikanak – chereda bilan cho‘miltirish foyda beradi.)
🕹Regidron (ich buzilishida qo‘llaniladi).

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

18 Oct, 14:21


Bolalarni sport to‘garaklariga necha yoshdan bergan ma’qul?(Vrach pediatr tavsiyasi)

⚽️Futbol - 10-11 yosh

🏀Basketbol - 10-12 yosh

🏐Voleybol - 10-12 yosh

🎾Tennis - 7-9 yosh

🤼Kurash(barcha turi) - 10-12 yosh

🏃‍♂Yengil atletika - 10-12 yosh

🏒Xokkey - 10-11 yosh

🏓Stol tennis - 7-9 yosh

🤸Sport gimnastikasi
-o‘g‘il bolalar 8-9 yosh
-qiz bolalar 7-8 yosh

🚴Velosport - 12-13 yosh

🤽Suv polosi - 10-12 yosh

🥊Boks - 12-14 yosh

🏸Badminton - 10-12 yosh

Shaxmat - 9-12 yosh

🏊‍♀Suzish - 7-8 yosh

🏋Og‘ir atletika - 13 yosh

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

18 Oct, 11:31


💥FAQAT 2 KUN QOLDI!💥
SERTIFIKAT OLISH UCHUN 20-OKTYABRGA QADAR ONLAYN KURSNI TUTISHGA ULGURIB QOLING!


doc.doriclub.uz platformasida “Aholining vitamin ta’minotini optimallashtirish” kursi taklif etadi.

Kurs barcha ixtisoslik shifokorlari uchun mavjud!

💥LINK yordamida o’ting, modulni qayta ishlang va sertifikat olish uchun testdan o’ting.

🔔Platformada 2ta kurs 6soatlik THKMRM (TashIUV) sertifikatiga ega kurs mavjud.

⚡️Barcha modullarni yakunlang va 12 soat oling⚡️


💥ОСТАЛОСЬ ВСЕГО 2 ДНЯ!💥
УСПЕЙТЕ ПРОЙТИ ОНЛАЙН КУРС ДО 20 ОКТЯБРЯ ЧТОБЫ ПОЛУЧИТЬ СЕРТИФИКАТ!

На платформе doc.doriclub.uz проходит курс "Оптимизация витаминной обеспеченности населения"
Курс доступен для ВРАЧЕЙ ВСЕХ СПЕЦИАЛЬНОСТЕЙ!

Переходите по 💥ССЫЛКЕ, проходитете модули и тестирование чтобы получить сертификат.

🔔На платформе доступно 2 курса с сертификатами ЦРПКМР (ТашИУВ) на 6 часов каждый.
⚡️Пройди все модули и получи 12 часов⚡️

BOLAJON PARVARISHI

17 Oct, 15:54


Kuz mavsumida bolalar salomatligini saqlash uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

🍂Shamollash va infeksion kasalliklar, ayniqsa, kuz va qishki mavsumda ko‘p kuzatiladi. Bunday vaqtda bolalarning immuniteti mustahkam bo‘lishi muhim sanaladi

📍Sovuq kunlarda bolaning salomatligini saqlash uchun nima qilish kerak?

⛹️Jismoniy tarbiya

Individual qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmasa, doimiy ravishda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish kerak. Mutaxassisning ko‘rsatmasi va bolaning xohishidan kelib chiqib, tonggi toza havoda bajarilgan mashqlar vaqt o‘tkazishning eng yaxshi usuli hisoblanadi.

🧖‍♀️Shaxsiy gigiyena qoidalarigarioya qilish

Bolaga shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, qo‘llarni muntazam ravishda yuvish kerakligini o‘rgatish, shu bilan birga, ota-onaning o‘zi ham bu borada o‘rnak bo‘lishi kerak. Shuningdek, shaxsiy idishi, kiyimi, tarog‘i, tish cho‘tkasi va sochig‘i bo‘lishi zarurligi, boshqalarnikidan foydalanmasligi kerakligini órgatish.

Kanalga ulanish👉 @Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

13 Oct, 06:19


🤱Ko'krak suti kamligining haqqoniy va ehtimoliy belgilari

Haqqoniy belgilari
▪️Oyiga 500 grammdan kam vazn qo'shishi.
▪️Tug'ilishidan 2 hafta o'tib, vazni tug'ilgandagidan kamroq bo'lishi.
▪️Peshob chiqarishni bir sutkada 6 martadan kam bo'lishi, siydikni sariq rangda va o'tkir hidli bo'lishi.

Ehtimoliy belgilari
▪️Go'dak qoniqmaydi.
▪️Go'dak tez-tez yig'laydi.
▪️Tez-tez emadi.
▪️Juda uzoq vaqt emadi.
▪️Go'dak emishdan bosh tortadi.
▪️Stul zich, quruq yoki yashil bo'ladi.
▪️Ona ko'kragidan sut sog'a olmaydi.
▪️Homiladorlik darvida sut bezlari kattalashmaydi.
▪️Tug'ruqdan keyin sut kelmaydi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

03 Oct, 16:32


Chizish-bola uchun juda muhim!

Pediatrlarning fikricha, sog'lom bola deb yaxshi o'ynaydigan, yaxshi gapiradigan va...yaxshi chizadigan bolaga aytilar ekan. Xuddi til va o'yin kabi rasm bolaning ichki dunyosini ochib beruvchi vosita ekan. Shuning uchun, bola o'z ichki kechinmalarini, hissiyotlarini ifoda eta olishi uchun unga chizish imkoniyatini yaratib berish lozim.

Rasm orqali bola o'z xursandchiligi va xafagarchiligini, qo'rquvlari va fantaziyalarini, atrof-muhitga munosabatini ifoda etishi mumkin. Psixologlar fikricha, chizmaydigan bola bo'lmaydi, agar bola chizishni istamasa, demak unda ma'lum bir psixologik stress mavjud.

Bolaning nima chizayotgani uning yoshiga bog'liq ekan.

Quyida bolaning yoshiga nisbatan chizish harakatlarining o'rtacha ko'rsatkichlari keltirilgan. Albatta, bundan u yoki bu tomonga chekinish mumkin.

▪️12-18 oy - har xil tushunarsiz chiziqlar, aylanaga oxshash shakl va ma'nosiz zigzaglar;
▪️2 yosh - vertikal chiziqlar;
▪️2.5 yosh - gorizontal chiziqlar, spiral;
▪️3 yosh - doira, quyosh;
▪️3.5 yosh - birinchi odamcha, krestik;
▪️4 yosh - kvadrat, bola unga tanish bo'lgan narsalarni chizishga harakat qiladi;
▪️5 yosh - geometrik shakllar, kiyim kiygan odamcha;
▪️6 yosh - harakatdagi hayvon va odamlar, uy jihozlari, bog'cha.

Mutaxassislar chizish davrini 5 asosiy bosqizchga ajratadilar:

2 yoshgacha - aji-buji xat. Bu bosqich bola qalamni ushlay olish davridan boshlanadi (1 yosh atrofida). Bolaning ko'zi chizayotganini kuzatadi, qo'llari qog'ozga yopishgan holatda bo'ladi. Keyinchalik qo'li bo'shashib erkinroq harakat qila boshlaydi.
2 yoshdan 3 yoshgacha - o'ylab topish. Bola o'zi bilmagan holda bir nimalar chizib, atrof-muhitdagi buyumlar bilan solishtiradi va o'z rasmlariga nom beradi.
3 yoshdan 4 yoshgacha - yangi harakatlar. Bola bilgan buyumini haqiqatan o'ylab to'qimasdan tasvirlay olishni boshlaydi.
4 yoshdan 10 yoshgacha - xayoliy chizish. Bola buyumni ko'rganidek emas, u haqda bilganidek chizadi. Ya'ni uy chizsa, ko'rib turgan uy binosinigina emas, balki uyni ichidagi odamlar va buyumlari bilan tasvirlaydi.
10 yoshdan keyin - haqiqat. Bu bosqichda bolaning chizishi kattalarning chizishiga tenglashadi. Unda u buyum va odamlarni rang va shakllarni haqiqatdagidek tasvirlashga, ranglarni ma'lum bir qoida asosida ishlatishni boshlaydi.

Bolada chizish qobiliyati kuchlimi, bolamdan buyuk rassom chiqadimi?

Afsuski, bolani rasmlariga qarab uning chizish qobiliyatiga baho berib bo'lmaydi, chunki, birinchidan, bolaning chizishiga kattalarning qarashlari katta ta'sir ko'rsatadi, demakki u o'z qarashlarini ifoda etmaydi; ikkinchidan, bolaning rasmlarini psixologiya nuqtai nazaridangina baholash mumkin; uchinchidan, bola chizayotganda qandaydir ajoyib narsa yaratish istagida bo'lmaydi, u shunchaki o'zini ichki tuyg'ularini ifoda etadi xolos. Lekin hayotda bu qoidadan mustasno holatlar uchraydi va farzandimiz kichik Picasso bo'lishi mumkin, ammo bu juda ham kam uchraydigan holat.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

02 Oct, 17:59


🤰33 yoshdan keyin farzand ko‘rgan ayollar ko‘proq yashaydi

Boston universiteti qoshidagi tibbiyot maktabi olimlari 30 yoshgacha tuqqan ayollardan ko‘ra 33 yoshdan keyin tabiiy yo‘l bilan farzand dunyoga keltirgan ayollar keksalik yoshiga yetishga imkoniyatlari ko‘proq bo‘lishini aniqlashdi.

Olimlar uzoq umr ko‘rgan 551 oilani o‘rganib chiqishdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 33 yoshdan keyin ona bo‘lganlar 29 yoshgacha ona bo‘lganlardan ko‘ra ko‘proq 95 yoshga yetgan.

Katta yoshda ona bo‘lish qobiliyati ayolning reproduktiv tizimi sekin qarishidan dalolat beradi, degan xulosaga kelgan olimlar.

Kanalga ulanish:👉
@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

25 Sep, 15:05


Onalar bunga e’tiborli bo‘ling:

Maktab o‘quvchilari uchun kitob va daftarlarning og‘irligi uchun standartlar:

• 1-2-sinf o‘quvchilari uchun — 1.5 kgdan oshmasligi kerak;

• 3-4-sinflar uchun — 2 kgdan oshmasligi kerak;

• 5-6 sinflar — 2,5 kgdan oshmasligi kerak;

• 7-8-sinflar uchun — 3,5 kgdan oshmasligi kerak;

• 9-11-sinflar uchun — 4 kgdan oshmasligi kerak.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Hamkor kanal👉
@Pediatric_uz

BOLAJON PARVARISHI

25 Sep, 09:22


6-9 oylikkacha bo‘lgan bolalarga qo‘shimcha ovqat berish

Birinchi marta qo‘shimcha ovqatni kunning birinchi yarmida, bola injiqlik qilmagan va kasal bo‘lmagan paytda berish kerak.

Qo‘shimcha ovqat berish tartibi

📌Davriyligi: 6-9 oylikda kuniga 2 marta qo‘shimcha ovqat beriladi.
📌Miqdori: har safar 2-3 osh qoshiq ovqat beriladi, 7-10 kunda 2 barobar ko‘paytiriladi.
📌Quyuqligi: ovqat quyuq bo‘lsa, bolaga yedirish uchun qulay bo‘ladi. Bola 8 oyga kelib, qo‘li bilan yeyish mumkin ovqatlarni berish mumkin.
📌Xilma-xilligi: bo‘tqa(guruch yoki grechka), sabzavot pyuresi (kartoshka, sabzi, kobachki), mevalar(olma, banan).

Kerakli tavsiyalar
▪️Sabrli bo‘ling! Bola o‘rganishi uchun vaqt kerak.
▪️Rag‘batlantirish va “o‘yin” sifatida ovqatlantiring.
▪️Bolani ovqat yeyishga zo‘rlamang.
▪️Alohida idishdan foydalaning. Qancha ovqat yeganini bilishingiz uchun.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉
@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

11 Sep, 14:32


Emizikli bolasi bor ona quyidagi mahsulotlarni iste’mol qilmasligi zarur:

Yangi uzilgan bodring, kvas (kvasli yaxna sho‘rva, ya’ni okroshka), poliz mahsulotlari (qovun, tarvuz) – bularning barchasi chaqaloqning qornini og‘ritishi, ichak ish faoliyatining buzilishiga olib kelishi mumkin.

Ko‘zga tashlanadigan yorqin ranglardagi meva va sabzavotlarni (qizil olma, apelsin, shaftoli, o‘rik, lavlagi, sabzi, pomidor, malina, qulupnay) ehtiyotlik bilan iste’mol qiling. Ushbu shirin mahsulotlar chaqaloqda allergiya qo‘zg‘ashi mumkin.

Sutni iste’mol qilishdan oldin uni albatta pishirib oling, chunki u chaqaloqning qorni dam bo‘lishiga olib keladi. Bundan tashqari pishirilmagan sut ayniqsa yoz mavsumida o‘tkir ichak infeksiyasiga sababchi bo‘lishi mumkin.

Sarimsoq, piyoz, selderey va turli ziravorlar ona sutiga yoqimsiz ta’m berishi mumkin, shu sababli ularni suiste’mol qilmang.

Alkogol va tamaki ona sutiga taxir ta’m beradi. Buning ustiga ularning tarkibidagi moddalar bolaning rivojlanishiga salbiy ta’sir qilishi mumkin, chunki ular bola organizmiga tushadigan kislorodni yopib qo‘yadi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

06 Sep, 17:41


Bir kinoni koʻrishni tavsiya qilaman

✍🏻 Juda koʻp postlarimizda farzandlarga ishonch bildirish, ularni fikrini hurmat qilish va motivatsiyasini soʻndirib qoʻymaslik haqida koʻp yozganmiz.

Hozir siz ko'rib turgan filmda aynan shu mavzuga urgʻu berilgan. Ilm – johillikdan yorugʻlikka olib chiquvchi yagona yoʻl!

Hayotiy voqealar asosida suratga olingan ekan. Koʻrib oʻzim uchun juda katta "insayd" oldim. Albatta koʻring. Seriallaringizdan oʻlsa - oʻligi afzal film.

🎥 Kino nomi "Shamolni boʻysundirgan bola"

Filmni ko'rish uchun havola👇
http://uzmovi.com/tarjima-kino/3356-shamolni-boysundirgan-bola-premyera.html

BOLAJON PARVARISHI

29 Aug, 08:14


Farzand tarbiyasida yo'l qo'yiladigan yetti xato!

1. Bir biriga solishtirish. Bolani bir biriga solishtirib, ajratish uning hayotini barbod qiladi;

2. Jismoniy qo‘pollik, urish yoki qo‘pol, uyat so‘z ishlatish. Bular bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchini barbod qiladi;

3. Masxaralash. Doim masxara qilingan bola o‘zini hurmat qilmaydigan bo‘lib qoladi;

4. Ortiqcha erkalatish. Ko‘p erkalatilgan, taltayib ketgan bola mas’uliyatsiz bo‘lib qoladi;

5. Ortiqcha tergash. Doimiy nazorat va ortiqcha izoh talab qilish boshqalar fikrini qabul qilish xususiyatidan mahrum qiladi;

6. Beparvolik. Bolaning dardiga quloq solmaslik, u bilan muloqotga vaqt ajratmaslik undagi xotirjamlik his tuyg‘usini barbod qiladi;

7. Shijoatlantirmaslik. Rag‘batlantirilmagan bola yangilik yaratishdan, ijod qilishdan mahrum bo‘lib qoladi.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

28 Aug, 09:45


Ona organizmida sut hosil bo'lish jarayoni - mo'jizaning o'zginasi

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

27 Aug, 11:31


Yosh bolalar ko‘p savol berishadi. Bu savollarga javob berish shartmi?

🔹4-6 yoshdagi bolalar juda ko‘p savol beradilar. Ba’zida haddan ortiq savol berganidan be’zor bo‘lib ketamiz. Ammo bu xato! Farzand qachon savol bersa ham, unga doimo javob berishingiz shartdir!

🔹Bolakay o‘z savollariga bir necha marotaba javob olmasa, u savol berishni to‘xtatdi. U sizdan zerikadi. U siz bilan muloqot qilishni xohlamay qolishi ham mumkin.

🔹Savol berishni to‘xtatgan bola o‘zicha ish qilishga o‘tadi ya’ni u o‘z bilganicha ish qiladi. Tabiiy-ki yosh bolaning aqli ko‘p narsaga yetmaydi. Bu bilan u xato ish qilishi mumkin.

🔹Shuning uchun bola bilan doimiy, iloji boricha har qanday vaziyatda aloqada bo‘lishga harakat qiling.

Kanalga ulanish:👉
@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

25 Aug, 15:51


#audio_ertaklar

🎶Bolajoningizga albatta uyqusidan oldin qo'yib bering

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

25 Aug, 15:51


#audio_ertaklar

🎶Bolajoningizga albatta uyqusidan oldin qo'yib bering

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

25 Aug, 06:49


❤️ ​​Farzandingizga har kuni 15 daqiqa kitob o'qib berishning foydasi

  Bola miyasining 90% uning 3 yoshiga qadar rivojlanib bo'ladi. Shu davrda bolaga kitob o'qish miya rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

  Uch yoshlik bolaning so'z boyligiga qarab u 3 sinftda "o'qish"dan necha baho olishini oldindan bilsa bo'ladi.

  Kuniga 15 daqiqa davomida bolaga kitob o'qib berilsa, u 1 yil mobaynida 1 millionga yaqin yangi so'zni eshitgan bo'ladi.

Birinchi sinf kitoblarini o'qiy olmagan bola, keyinchalik 4 sinf kitoblarini ham o'qiy olmaydi.

  Maktabgacha yoshdagi bolalar ko'p kitob o'qigan bo'lsa, ular 1 - sinfga qadar boshqalarga nisbatan tezroq alifbeni o'rganadi, 20 gacha sanay oladi va o'z imslarini yoza oladi.

  Bolaning maktab yoshigacha bo'lgan davrida ota-onasi bilan kitob o'qishi, uni maktab davrida kitobga qiziquvchanligi oshishiga olib keladi.

  Yoshligidan kitob o'qishga odatlangan bolada til nuqsonlari, gapirishda qiyinchiliklar bo'lishi kam namoyon bo'ladi.

  O'qish boshqalarning hissiyotlarini tushunishga yordam beradi.

  O'qish bolaning bilimlari asosidir.

  Kitobdan olingan ma'lumot televizor, internet va radiodagi qabul qilingan ma'lumotdan ko'ra ko'proq miyaga ijobiy ta'sir qiladi. Undan tashqari kitob o'qish zehnni charxlab, bola diqqatini bir joyda uzoq vaqt ushlay olish qobiliyatini kuchaytiradi.  

  Statistikani ko'rsatishicha, maktabgacha yoshdagi bolalarga ota-ona kitob o'qib bersa, kitobga bo'lgan qiziqish 100% bo'ladi. To'rtinchi sinfga kelib kitobga bo'lgan qiziqish 54% gacha tushib ketadi. Buning sababi, bola bilan ota-ona birga o'qimasligida ekan.

  Kitob tili adabiy va chiroylidir.

  Kitobni qiziqish va ishtiyoq bilan bolaga o'qib berish, keyinchalik unda kitobga mehr uyg'onishiga olib keladi.

  Televizordagi berilayotgan "lug'at" dan ko'ra kitobda berilayotgan tekstdagi "lug'at" ikki barobar ko'pdir.

  Uyda 6-8 yoshli bolalarga ota-onasi kitob o'qib berish davrini bolalarning biri kitobni sevganlari uchun xush ko'rsalar, biri ota-onasi bilan ajoyib vaqt o'tkazayotganlari uchun yaxshi ko'rar ekanlar. 

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

23 Aug, 13:04


Shu yoshidan onasiga yordamchi

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉
@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

18 Aug, 15:47


🔥Buni ko'rmasangiz bo'lmaydi

Nega ayollar beva?
Nega bolalar yetim?
Nimaga qizlar yupun?
Senday ko‘zi buzuqlar,
Hirsga qulligi uchun!

© Erkin Bozorov

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

BOLAJON PARVARISHI

13 Aug, 09:29


Otalar uyg'onmasa, shumtaka bolajonlar shunday uyg'otadi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi