BookloverCouple 👱‍♂🧕🏻 @booklovercouple Channel on Telegram

BookloverCouple 👱‍♂🧕🏻

@booklovercouple


📚 Kitoblar dunyosi bizni birlashtirdi



-Bizga murojaat @booklovercouplee_bot

BookloverCouple (Uzbek)

Salom, kitoblar sevganlar! Siz yomon kunda kitob o'qisangiz va uni o'qiganingizdan keyin hayot hamma joyda yangilanadi deb hisob qilasizmi? Agar ha, sizning uchun ideal joyga yetdingiz. @booklovercouple kanalimizda sizni kitoblar dunyosiga olib kelamiz, bu birgalikda uyg'onib ketamiz. Bizda siz uchun eng zamonaviy, sevimli, va mustaqil kitoblar haqida ma'lumotlar, sharhlar, va tavsiyalar mavjud. Bizga qo'shil va kitoblar bilan tanishib, hayotingizni ranglendiring! 📚✨

BookloverCouple 👱‍♂🧕🏻

13 Nov, 03:01


Maqsadlarni belgilash uchun Planner!👩‍🚀👨‍🚀

Planner tarkibi:

Kalendar
Bir oy uchun rejalar
Kunlik rejalar
Moliyaviy natijalar
Sogʻlom turmush tarzi rejasi
To do list
Study planner

Yaqinlarizga ulashish esdan chiqmasin! (Albatta kanal linki bilan ulashing) OMAD!

@booklovercouple

BookloverCouple 👱‍♂🧕🏻

13 Nov, 03:00


Yangi yil kirib kelishiga atiga 49 kun qoldi. Xo'sh siz 2024 - yil uchun qoʻygan rejalaringizga erishdingizmi? 🧐(Hammada turli xil javob boʻlishi mumkin . Kimdir ha, kimdir qisman, yana birov esa yo'q deb javob beradi)

Bizda siz uchun ajoyib imkoniyat bor. Kelasi 49 kunni mazmunli va samarali o'tkazishni xohlaysizmi? Javobingiz "ha" mi ? Unda sizlar uchun
📝"Daily Planner" tuhfa qilmoqchimiz.

Planner tarkibi:

Kalendar
Bir oy uchun rejalar
Kunlik rejalar
Moliyaviy natijalar
Sogʻlom turmush tarzi rejasi
To do list
Study planner

Sovg'amiz sizga maqul keladi degan umiddamiz. Maqsadlari sari odimlayotgan yaqin insonlaringizga ushbu post va plannerni ulashib qo'ying.

Sovgʻa manzur bo'lsa
❤️ esdan chiqmasin.

@booklovercouple

BookloverCouple 👱‍♂🧕🏻

30 Oct, 15:32


O'qishdan qaytayotib avtobusda kitobimni o'qishni boshladim. Berilib ketganimdan qorongʻu tushganini, kitob yozuvlari ko'rinmay qolganini ham payqamabman.Birdan lip etib yorishib ketdi. Avtobuschi amaki avtobus chirogʻini yoqibdi. Tasodif bo'ldimi? Yoki meni qiynalmasin dedimi? Bilmadim. Nima boʻlganda ham miriqib mutolaa qildim.

Sizchi? Yo'l-yo'lakay kitob o'qiysiz?

@booklovercouple

BookloverCouple 👱‍♂🧕🏻

26 Oct, 07:14


#ibratli

Inson kitob bilan, kitob inson bilan tirik .
💔📖

@booklovercouple

BookloverCouple 👱‍♂🧕🏻

26 Oct, 05:10


Dunyoga eng mashhur kitob

"Don Quixote" (Miguel de Cervantes tomonidan yozilgan) ko‘plab mutaxassislar tomonidan eng mashhur kitob sifatida tan olinadi. Ushbu asar 17-asrda yozilgan va u adabiyot tarixida birinchi zamonaviy roman sifatida qabul qilinadi. "Don Quixote" asarida, qahramon Don Quixote, o‘zini ritsar deb hisoblaydi va o‘zining idealizmi bilan haqiqatni o‘zgartirishga harakat qiladi. Bu asar insonning orzulari va haqiqat o‘rtasidagi kurashni tasvirlaydi.

@booklovercouple

BookloverCouple 👱‍♂🧕🏻

25 Oct, 04:06


Dunyoga eng mashhur asar qahramoni

Sherlok Xolms (Arthur Conan Doyle tomonidan yaratilgan) ko‘plab o‘quvchilar va kino tomoshabinlari orasida eng mashhur qahramonlardan biridir. Sherlok Xolms — buyuk detektiv bo‘lib, u murakkab jinoyatlarni hal qilishda o‘zining aql-zakovati va kuzatuvchanligi bilan tanilgan. Uning sarguzashtlari "Sherlok Xolmsning sarguzashtlari" va "Sherlok Xolmsning qaytishi" kabi asarlarda tasvirlangan. Xolmsning qahramonligi va uslubi ko‘plab film va teleko‘rsatuvlarda qayta ishlangan, bu esa uni zamonaviy madaniyatda yanada mashhur qilgan.

@booklovercouple

BookloverCouple 👱‍♂🧕🏻

24 Oct, 06:15


Assalom aleykum.Hayrli kun .
Nashr qilinayotgan kitoblarni ko'rib o'qish ishtiyoqingiz kundan - kunga oshib borayotgani turgan gap. Misol uchun @asaxiybooks kitob nashriyoti har ikki - uch kunning birida yangi asarni biz kitobxonlarga taqdim etishdan charchamaydi.

Habaringiz bo'lgandir Abdulla Qodiriyning "O'tgan kunlar " asari Mark Ris tomonidan ingliz tiliga "Bygone days " nomi ostida tarjima qilindi . Va @asaxiybooks nashriyoti asarning ingliz tilidagi variantini bizga taqdim etdi. 11 - oktyabr kuni Mark Ris ishtirokida asar taqdimoti bo'lib o'tdi. Asar muqovasi qattiq 488 - betdan iborat. @asaxiybooks kitob doʻkonlaridan sotib olishingiz mumkin. Va mazza qilib shoh asarimizni mutolaa qilasiz. Biz ham wish listimizga qo'shib qo'ydik. Tez orada mutolaa qilamiz degan umiddamiz.

Yoqimli mutolaa!

@booklovercouple

BookloverCouple 👱‍♂🧕🏻

20 Oct, 06:08


Talaba - Tara Westover

Navbatdagi mutolaani ham boshlab yubordik. Ko'rib turganingizdek keyingi kitob ham @asaxiybooks nashriyoti tomonidan nashr qilingan asar hisoblanadi.

Asar o'zing yozilish uslubi va real voqealarga asoslanib yozilganligi bilan ajralib turadi.

Muallif hayotida boshidan kechirgan sinovlarni aniq va tiniq yoritib bergan. Bilim olish yo'lidagi kurash, oiladagi qarshi muhit, din, zamonaviy olamga qarshi zo'ravonlik - barchasi shu asarda mujassamlashgan.

@booklovercuple

BookloverCouple 👱‍♂🧕🏻

19 Oct, 15:29


Little Prince: My rose 🌹She is just a common rose? But she told me she was the only one of her kind in the whole universe.

Fox : But she is not a common rose. She is your rose. It’s the time you devoted to her that makes your rose so important.

Little Prince: She is my Rose.

Instagram sahifamizga o'tib new reels ga ❤️ bosib kelamiz.
http://Instagram.com/book.lovercouple

@booklovercouple

BookloverCouple 👱‍♂🧕🏻

16 Oct, 16:41


#Review

Kichkina shahzoda - Antuan de Sent - Ekzyuperi


Uzoq kutilgan review va nihoyat yozilmoqda... Bu asarni oldin mutolaa qilganim , kanalni ochishga sabab bo'lgani haqida bu yerda yozib o'tgandik.

Toʻgʻri oldin o'qigandirman ammo u paytda bolalarcha his qilganman go'yo... Bu safar menda boshqa o'ylar, o'zga taassurotlar qoldirdi.

Asar bir qarashda bolalar uchun yozilgandek go'yo. Ammo u kattalar uchun .Sababi kattalar ham qachonlardir qalbi orzularga toʻla bolakay bo'lgan. O'z orzulari va maqsadlariga erishish yo'lida koʻplab yo'llarni bosib o'tgan. Muallif buni Kichkina shahzoda sayyoralararo qilgan sayohati misolida tasvirlagan. Yaʼniki o'sha sayyoralarda koʻplab insonlar bilan uchrashdi. Bu xuddi hayotimiz davomida koʻplab yo'llarni bosib o'tishimiz , son-sanoqsiz insonlar bilan muloqot qilishimizdek go'yo.

Zamonaviy madaniyatda “Kichkina shahzoda” ko‘p davlatlarning o‘rta ta’limida qabul qilingan. Yaponiyada esa hatto syujet qahramoni uchun muzey qurilgan.

Yozuvchi asarda bosh qahramonlardan biriga aylanadi. U hikoyachi bo‘lish bilan bir qatorda asardagi uchuvchi hamdir.
Muallif kichkina doʻsti bilan cho'ldagi sarguzashtlari davomida koʻplab ajoyib xodisalarga guvoh boʻladi.Shu bilan birga kichkina doʻstidan koʻplab saboqlar oladi.

Asarni har bir yoshdagi inson o'qib chiqishi kerak. Sabab uni o'qish bilan yuragingizda mitti yulduz porlaydi. Hayotga beg'ubor bolalardek boqishni boshlaysiz. Qalbingizdagi muzliklar eriy boshlaydi.Albatta o'qib chiqing.

Asardagi ajoyib satrlarni Instagram sahifamizda ulashib boramiz.
Shu yerda ko'rishingiz mumkin.

Kitobni @asaxiybooks kitob do'konidan topishingiz mumkin.

@booklovercouple

BookloverCouple 👱‍♂🧕🏻

15 Oct, 07:06


Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Osiyo vakiliga berildi!

2024 yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti janubiy koreyalik yozuvchi Xan Ganga berildi. Bu haqda bugun, 10 oktyabr kuni Shvetsiya akademiyasi a’zolarining qarori e’lon qilindi.

Xan Gan 1970 yilda Kvanju shahrida tug‘ilgan. Uning go‘sht iste’mol qilishni to‘xtatishga qaror qilgan ayol haqida yozilgan “Vegetarian” romani 2016 yilda “Man Booker” xalqaro mukofotiga sazovor bo‘lgan.

"Vegetarian" romani – bu ruhning og‘riqli metamorfozalari haqida tashvishli kitob. Asar qahramoni Yonxe dahshatli tushlar ko‘radi. Fikrini tozalash uchun u go‘shtdan butunlay voz kechadi. O‘zgarish g‘alati voqealar zanjirini keltirib chiqaradi.

Bu kitob nafaqat vegetarianizm, balki tashqarida ham, ichkarida ham zo‘ravonlikdan xalos bo‘lishni istagan ayolning kurashi haqida.

Xan Ganning yana bir “Inson harakatlari” romani talabalar tartibsizliklari avjida vafot etgan 15 yoshli bolaning hikoyasidir. Uning o‘limi yaqinlari taqdirida o‘chmas iz qoldirdi. Ushbu kitob o‘sha falokatning oqibatlarini hujjatlashtirishning bir usuli: o‘lik jasadni tashish bilan bog‘liq muammolardan tortib, og‘riq va g‘azabni bostirishga urinishlargacha.

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti miqdori 11 million shved kronasini (taxminan 970 ming yevroga teng) tashkil etadi.

@booklovercouple

BookloverCouple 👱‍♂🧕🏻

15 Oct, 04:54


"Jinoyat va Jazo" romani asosida film suratga olinganligidan albatta xabar topgan bo'lsangiz kerak.

Bosh rol ijrochisi albatta - Ivan Yankovskiy. Ha, o'sha biz bilgan "Вова Адидас" film premyerasi 26 - oktyabrda bo'lib o'tadi
.

@booklovercouple

BookloverCouple 👱‍♂🧕🏻

14 Oct, 14:29


2-qism.

5. Empatiya va tushunishni oshirish: O'qish orqali boshqalar hayotini, his-tuyg'ularini va tajribalarini tushunish imkoniyatiga ega bo'lasiz, bu esa empatiya hissini oshiradi.

6. O'z-o'zini rivojlantirish: O'z-o'zini rivojlantirish va motivatsiya beruvchi kitoblar insonlarni o'z maqsadlariga erishishga undaydi.

7. Qiziqarli va zavqli vaqt o'tkazish: Kitob o'qish ko'plab insonlar uchun qiziqarli va zavqli faoliyatdir. Har bir sahifa yangi sarguzasht va kashfiyotlarni taqdim etadi.

8. Tarix va madaniyatni o'rganish: Tarixiy va madaniy kitoblar orqali o'z xalqingiz va boshqa xalqlarning tarixini, urf-odatlarini o'rganishingiz mumkin.

9. Fikrlarni shakllantirish: Kitoblar orqali turli fikrlar va nuqtai nazarlarni o'rganish, o'z fikrlaringizni shakllantirishga yordam beradi.

10. Ijtimoiy aloqalarni rivojlantirish: Kitoblar haqida suhbatlashish va o'z fikrlaringizni baham ko'rish orqali yangi do'stlar orttirishingiz mumkin.

@booklovercouple

BookloverCouple 👱‍♂🧕🏻

14 Oct, 14:28


Nima uchun kitob o'qish kerak?

Kitob o'qishning bir qancha sabablari bor, va har bir inson uchun bu sabablar turlicha bo'lishi mumkin. Quyida kitob o'qishning ba'zi asosiy sabablarini keltiramiz.

1. Bilim olish: Kitoblar yangi bilim va ma'lumotlarni o'rganish uchun ajoyib manba hisoblanadi. Ular turli mavzularni, tarixni, fanlarni va boshqalarni o'z ichiga oladi.

2. Tasavvur va ijodkorlikni rivojlantirish: O'qish tasavvurni kengaytiradi va ijodiy fikrlashni rag'batlantiradi. Yangi dunyolar va xarakterlar orqali o'z tasavvuringizni rivojlantirishingiz mumkin.

3. Stressni kamaytirish: Kitob o'qish ko'plab insonlar uchun dam olish va stressni kamaytirish usuli hisoblanadi. O'qish orqali boshqa bir dunyoga kirib, kundalik tashvishlardan qochishingiz mumkin.

4. Til va kommunikatsiya ko'nikmalarini yaxshilash: Kitoblar orqali yangi so'zlar, iboralar va til qoidalarini o'rganish mumkin, bu esa yozish va gapirish ko'nikmalarini rivojlantiradi.

@booklovercouple

BookloverCouple 👱‍♂🧕🏻

12 Oct, 14:50


Kichkina shahzoda 🤴🌠

Asarni maktab davrida ba'zi bir qismlarni o'qib yoqtirib qolganim esimda...

Kanalni ochishimizga ham aynan shu asar sababchi bo'lgan. Undagi olam-olam maʼno beruvchi jumlalarni boshqalarga ham ulashgim kelgandi.

Bahorda "Kichkina shahzodaning" yangi nashri haqida eshitgandim. Qisqa fursatda @asaxiybooks nashriyotida sotuvga chiqarildi. Ko'rib turganingizdek asar qo'limizda asarni bir o'tirishda o'qib qoʻydik. Ammo oxirgi qismi tugallanmadi. Kitobxonlarda o'zi shunaqa odat bor "Yaxshi ko'rgan asaringizni tugatgingiz kemaydi" .Erta - indin asar uchun #fullreview kuting.

@booklovercouple