📚 Kitob bilan @kitob_bilan1 Channel on Telegram

📚 Kitob bilan

@kitob_bilan1


Maqsadimiz: Yoshlar orasida kitobxonlikni targ’ib qilish, saviyali qatlamni ko’paytirish hamda ma’lumotlarni filtrlash qobiliyatini kuchaytirish.

Savol va takliflar uchun: @Kanalhaqidamurojaat_bot

📖📚Kitobdan (Uzbek)

📖📚Kitobdan Telegram channel is a haven for bookworms and literature enthusiasts in Uzbekistan. If you are passionate about reading, this channel is the perfect place for you to discover new books, share your favorite reads, and engage in discussions with like-minded individuals. Whether you enjoy classic literature, contemporary fiction, or non-fiction books, you will find a diverse range of recommendations and reviews on Kitobdan. Join the community of book lovers on Kitobdan and embark on a literary journey unlike any other. Expand your reading list, connect with fellow book enthusiasts, and dive into the world of literature with Kitobdan. Don't miss out on this opportunity to explore the fascinating world of books and reading in Uzbekistan!

📚 Kitob bilan

23 Jan, 18:30


O‘tmishini unutganlar, bugunidan foydalanib qolmaganlar hamda kelajagidan qo‘rqqanlar uchun hayot juda qisqa va o‘ta qayg‘ulidir.

(c) Ikrom Sharif

#hikmat

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

23 Jan, 12:40


Biraaam havasim keladi-da shu g’olib bo’lganlarga. Tekinga kitob oladi, yana kitob o’qiydi. Yana kitob oladi.

O’zimni loyihamda o’zim qatnashsammikin a 😁

#kitobjonatildi

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

23 Jan, 08:10


Do‘stlikning gullab yashnashi uchun zaif xotira kerak...
Ya’ni, do‘sting xatolarini unutishing shart!

Onore de Balzak

#hikmat

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

23 Jan, 01:38


U bir yil g’azzaliklarga hamdardlik bildirib postlar yozdi, telegram va instagram stori’eslarida doim Quddus haqida videolar qo’ydi. Juda ko’p joyda boykot haqida gapirib, da’vat qildi. Lekin bomdod vaqti uxlab yotar, turgan zahoti esa sevgilisiga yozishga shoshilardi.

Quddusni qo’yib tur, do’stim, bomdod nima bo’lyapti?!

#haqiqat

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

22 Jan, 17:20


Sen istagan narsa, sen istamayotgan qiyinchilik ortida.

#xulosam

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

22 Jan, 11:45


- Sizning ham ko’zingiz ko’ziga tushsa tizzayiz qaltiraydimi, aka?

- Bilmadim uka, ko’zini ko’rmaganimga ancha bo’ldi.

- Nechta bolasi bor hay?

- Bilmadim unisiniyam, dugonalari yozishadi-yu lekin shu mavzuni heech ochishmaydi-da o’zlaridan bilib..)

18-20 yoshizdagi muhabbatizni nechta bolasi bor? 😁

#hazil

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

22 Jan, 06:31


Samimiy insonlarni yaxshi ko’rib hurmat qilaman. Ularning suhbatlari, muomalalari odamlarning tabaqalariga qarab o’zgarmaydi. Ular insonning kiyimiga, qayerda ishlashiga, qanaqa mashinada yurishiga qaramaydi, e’tibor ham bermaydi. Ular hammaga birdek, jahllari chiqsa ham hech kimni dilini og’ritishmaydi.

Shundaylarga havas qilaman!

#xulosa

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

22 Jan, 04:05


Baxtli bo‘lish uchun moʻjizalar ro‘y berishi shart emas. Buning uchun oliyjanob qalb, tabassumli yuz, boriga qanoat qilish va Allohga to‘la ishonish kifoya.

#hikmat

P/s: Kuningiz oliyjanob va yuzlari tabassum bilan boyigan insonlar bilan o’tsin.

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

21 Jan, 15:02


Men oddiy insonlar borligiga ishonmayman. Balki har bir inson iste’dodli, deb hisoblayman. Ularning oddiy bo‘lib qolish sababi, o‘zlaridagi iste’dodni kashf qilishdan g‘aflatda ekanliklaridir.

Ular o‘zlari o‘zlarini adashtiradilar. O‘zlarini izlanish mashaqqati va sinash mehnatiga majburlamaydilar.

Mustafo Mahmud, "Tun tundaliklari" kitobidan

Mubashshir Ahmad

#hikmat

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

21 Jan, 10:00


Qiz bola o'zi yaxshi ko'rgan odamdan sovchi kelgandagina oila qurishga tayyor bo'ladi. "Hali tayyor emasman" deyaptimi, bu "yoqmayabsan" degani, uka..

To’g’rimi qizlar? 😅

#sarkazm

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

21 Jan, 05:00


Bir kunmas bir kun men ham oynaning yonida telefonimning uchta kamerasini yaltiratib sen bilan birga rasmga tushaman, lekin ijtimoiy tarmoqqa joylamayman.

#xulosam

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

20 Jan, 13:32


Sen bilan birga yuraman deb, bunday yaxshi havolarni yolg’iz o’tkazyabman.

Bilsang bilarsan :)

#sarkazm

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

20 Jan, 08:25


Shafiyq degan kishi ibn Muborak rohimahullohga:
- Biz bilan birga namoz o’qiysiz-u, nega biz bilan birga o’tirmaysiz? - dedi. U zot:
- Sahobalar va tobeinlar bilan birga o’tiraman, - dedilar. Biz u kishiga:
- Sahobalar va tobeinlar bilan birga qanday o’tirasiz? - dedik. Shunda u zot:
- Amalimga nazar solaman. Ularning asarlari va amallariga nazar solaman. Sizlar bilan o’tirib nima qilaman? Sizlar odamlarni g’iybat qilasizlar, - dedilar.

“Dunyoni tebratgan 7 buyuk”kitobidan.

#hikmat

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

20 Jan, 03:15


Biz bir chekkada o‘tirib, o‘zgalarga aralashmasdan, insonlarga yordam qilmasdan yashab o‘tib ketolmaymiz. Katta niyatlarimiz bor. Sog‘lom niyati bor odam insoniyatga yaxshilik istaydi. Necha kichik ishlar bor - niyatning go‘zalligidan kattalashadi. Necha katta ishlar bor - niyatning buzuqligdan kichrayib, yo‘q bo‘lib ketadi.

“Savdogarlar ustozi”, kitobidan.

#hikmat

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

19 Jan, 17:42


Live stream finished (37 minutes)

📚 Kitob bilan

19 Jan, 17:04


Live stream started

📚 Kitob bilan

19 Jan, 17:04


Live stream finished (3 minutes)

📚 Kitob bilan

19 Jan, 17:03


Ovoz bormi?

📚 Kitob bilan

19 Jan, 17:02


Final uchun ovozli chat boshlandi.

Qo’shilib, g’olibni kim ekanligini bilib oling )

#matnyozamiz

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

19 Jan, 09:24


Qaysi matn yutadi?

Matn yozdirishni men ikkinchi bor sinab ko’rishim. Hozirgi qatnashuvchilar orasida u tanlovga qatnashganlardan hech kim yo’q. Shu sabab matnlar doimgi hisobotdek kelyapti.

Meni ta’sirlantirgan, menda yozuvchining salohiyatiga nisbatan qiziqish va hayrat uyg’otgan matnni men g’olib deb topaman.

Meni esa faqat bir narsa, dard bilan yozilgan matngina hayratlantira oladi.

Siz qiladigan har bir yaxshi ish sizdagi darddan kelib chiqib qilinadi. Buni kimdir yo sezadi, yo sezmaydi.

Gap shu. Prinsip shu. Filtr shu.

Davom etamiz…

#matnyozamiz

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

18 Jan, 17:20


Fikrlar bilan bo’lishamiz

Bugun “Matn yozamiz” loyihasi 6️⃣-faslining yakuniy qismi.

Mavzu: Ishtiyoq.

O’rganishga ishtiyoq, ishlashga ishtiyoq va …

Matn maksimum 100 ta so’zdan iborat bo’lishi kerak, ertaga soat 18:00 va 21:00 orasida matnlar @Kanalhaqidamurojaat_bot ga tashlanadi va men g’olibni e’lon qilib, birma-bir barcha yozgan matnlarni tashlayman.

G’olib ovozli chatda aniqlanadi.
Sal kam 24 soat vaqtingiz bor, barakali vaqt tilayman.

Shoshilmaslikni maslahat beraman.

#matnyozamiz

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

18 Jan, 07:43


Finalni kutayotganlar bormi?

Yakuniy mavzuni-chi, qiziqqanlar 🔥 bosamiz 😁

#matnyozamizfinal

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

16 Jan, 14:05


Bugun kechqurun guruhda soat 22:00da birinchi quiz testlar o'tkaziladi, hamma qatnashishi mumkin.

#quiztest

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

16 Jan, 06:13


Hammaga xayrli kun!

Kim ana shunday quiz’da qatnashishni istasa, telegram guruhimizga qo’shilib olsin.

Joylar cheklanmagan )

#quiztest

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

15 Jan, 04:10


Sevgi bu — mahrga velik berish emas.

©Shayx Gʻiyosiddin Yusuf hafizahulloh

(uzr, velik emas, gelik ekan.)

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

14 Jan, 03:51


Xotira

Harbiy xizmatda yurganimda poligonga ketardik, kechasi soat 1-2lar atrofida mahallalar ichidan o’tishga to’g’ri kelardi. Komandirlarimiz doim bir gapni takrorlardi, “Ovoz chiqarmasdan tappillamay yurlaring, agar birorta uyni sveti yonib derazadan havotir bilan qarasa, poyezdga chiqarmasdan yugurtirib opketaman. Biz ularni uyqusidan uyg’otish uchun emas hotirjam uxlashlari uchun hozir poligonga ketyapmiz”.

Shu-shu men uchun Vatan, millat, xalq tushunchasi hech qanday erish tuyulmaydigan bo’lgan.

Okrug qo’mondonligi orasida insho yozish bo’yicha 1-o’rinni olganimda komandirimiz o’rtaga chiqarib bir gap aytgandi, haligacha qulog’imda. “Uka, yashasang dining uchun, ana shu millat uchun yasha. Bo’lmasa yashamay qo’yaver”.


2021-yil 13-yanvar, doimgi baqir-chaqir bilan uyg’onishdan so’ng tashqariga saflandik. Kun tartibidan keyin tushga yaqin bayram bo’ldi, ko’chadan kelgan ayol-qizlar hammani tabriklashyapti. Birinchi marta gul olganman o’shanda(gul bergan qiz ham vashe chiroyli edi, yoki faqat erkaklarni ichida yurganim uchun shunaqa tuyuldimi, bilmadim 😅), o’g’il bola bo’lib turib gul olish sal noqulay ekan ))

14-yanvar KPPda noryadda tushganman, kuppa-kunduzi turibman, bir yoshi katta buvi kelyapti, qo’lida paket. Qo’limga tutqazib, oshni ye, meniyam nabiram armiyada, vodiyda dedi. Keyin boshimdagi kaskamni ko’tarib, peshonamdan o’pdi. Duo qilib, qaytib ketdi.

O’shanda haliyam esimda, ko’zimdan oqayotgan yosh bilan oshni yeganman, ta’mi haligacha og’zimda. Ko’z yosh haqiqatan sho’r bo’lishini bilgandim.

Harbiy xizmat sizni ulg’aytiradi, yelkangizga og’ir ishlarni olishni o’rgatadi. Oilani qadriga yetasiz.

Bugun erkaklar kuni emas, bugun haqiqiy vatan himoyachilari kuni. U xoh erkak kishi bo’lsin, xoh ayol kishi.

Bayraming muborak jigarim 🫡

P/s: Men harbiy xizmat deganda faqat 1 yillik armiyani tushunaman, qanaqadir 3yarim haftalik “lagerni” harbiy xizmat demayman.

#xotiralaryuragimnisindiradi

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

12 Jan, 15:58


Men uylangandan keyingi suhbat:

Buvim: Qizim, oshga go’shtni no’xatday mayda-mayda qilib kesing.

U: Buvijon, guruchni to’rtga bo’laymi yoki ikkiga?

#hazil

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

08 Jan, 03:20


Ishtirokchilar ro'yxati bilan tanishing

Ana shu 15 kishi "Matn yozamiz" loyihasining 6️⃣-faslida ishtirok etishadi.

Bugundan hisobot tashlash boshlanadi, soat 22:00dan keyin tashlash mumkin emas. 22:00dan 23:00ga qadar savol-javob o'tkazilib, haqiqatan o'qigan-o'qimagani ma'lum ma'noda tekshiriladi.

Agar qaysidir kitobxon ma'lum sabablarga ko'ra hisobot tashlay olmaydigan bo'lsa, sababini aytib qo'yishi kerak. Bu ham faqat 1 kunga mumkin xolos.

Qandaydir savolingiz bo'lsa so'rashingiz mumkin 👇

Hammaga yoqimli mutolaa

#matnyozamiz

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

07 Jan, 15:00


Ro’yxatdan o’tish tugashiga roppa-rosa 3 soat vaqt qildi.

Ro’yxatdan o’tganlar soni oldingidan kam, o’tgan fasldagi ishtirokchilar deyarli yo’q, sabrlari tugadimikan deyman ) 😐

Mayli, kitobni sevuvchilar doim topilgan ⚡️

@Kanalhaqidamurojaat_bot orqali ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.

#matnyozamiz

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

07 Jan, 05:20


Noto’g’ri ulg’ayish

7-9-sinf vaqtlarim sport kollejda o’qib yurganimda har shanbani intiqlik bilan kutar, kelishi bilan uyimga shoshardim. Oilamdagilar ham meni intiqlik bilan kutishardi.

Ulg’aydim, o’zimcha katta bo’ldim. Hozir uydan uzoqda ishlayman, o’shandan beri uydan uzoqdaman. Uyga bir oyda bir marta boraman. Oilamdagilar esa haliyam meni intiqlik kutishadi.

Ular o’zgarmadi, men o’zgardim!

#alam

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

06 Jan, 17:08


📚 Kitob bilan pinned «»

📚 Kitob bilan

06 Jan, 06:35


E’tiborni jalb qilish oson, ammo aqlni jalb qilish unday emas.

(c) Mubashshir Ahmad

#hikmat

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

05 Jan, 12:34


Inson maqsad qo’yishi uchun 3 ta narsani bilishi kerak.

Birinchisi, bu dinining tarixi.

Ikkinchisi, vatanining tarixi.

Uchinchisi esa, millatining tarixi.

(c) Temurbek Adhamov

#mutolaa

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

05 Jan, 04:15


Bir kampirning uyiga o‘g‘ri tushibdi. Kampir uyg‘onib ketib, holatdan xabardor bo‘lib, o‘g‘riga shunday debdi:

- Sen yaxshi odamning bolasiga o‘xshayapsan. Tushunaman, pulga muhtojligingni ko‘rib turibman, men ancha pul to‘plab qo‘yganman, faqat hozirgina bir tush ko‘rgandim, shuning ta’birini aytib bersang, hamma pulim seniki, shunga rozimisan?

- Roziman, - debdi o‘g‘ri.

Kampir tushini ayta boshlabdi:

- Tushimda bir daryoga tushib ketayotgan emishman. Abud, tez kelib, meni qutqar, Abuuuud, deb baqirayotgan emishman.

- Abud o‘zi kim?

O‘g‘ri savolini tugatib-tugatmay, narigi xonadan chiqib kelgan Abud uni tutib olibdi.

Bechora o‘g‘ri:

- Tinchgina o‘g‘irligimni qilaversam bo‘lmasmidi, ta’birchilik qilishga balo bormidi, - dermush. 😂

Kuningiz xayrli o’tsin!

FBdan olindi.

#sarkazm

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

05 Jan, 01:01


Qisqa mundarija:

- blog o’zi nima;
- shaxsiy brend va shaxsiy blog o’rtasidagi farq;
- blog qanaqa bo’lishi kerak;
- blog qilishizga sabab;
- blog yuritishda 2 xil yondashuv;
- matn yozish qoidalari;
- blog yurgizishdagi xatolar;
- shaxsiy blogda kimlar albatta bo’lishi shart;
- Abdulloh ibn Muborak hayotidan qisqa hikoya.

#pullikgaplar

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

04 Jan, 18:09


Live stream finished (1 hour)

📚 Kitob bilan

04 Jan, 17:01


Live stream started

📚 Kitob bilan

04 Jan, 16:59


Live stream scheduled for

📚 Kitob bilan

04 Jan, 16:20


Ovozli chatni ertaroq boshlashga nima deysiz?

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

04 Jan, 09:10


Bugun kechqurun 22:00da ovozli chat o’tkazamiz.

Mavzu: “Shaxsiy blog yuritish”

Qatnashish mutlaqo bepul)

#pullikgaplar

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

04 Jan, 04:00


Men nima uchun rizqimni quvayki, u mendan boshqasiga nasib etmasa. Men nima uchun uni kelmaganidan afsuslanayki, u meniki bo'lmasa.

©️ Hasan Basriy

#hikmat

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

03 Jan, 18:21


Live stream finished (1 hour)

📚 Kitob bilan

03 Jan, 17:16


📚 Kitob bilan pinned «Shu paytgacha gaplashilmagan mavzuda gaplashamiz. Qiziqqanlar ovozli chatga marhamat. #pullikgaplar @kitob_bilan1»

📚 Kitob bilan

03 Jan, 17:16


Shu paytgacha gaplashilmagan mavzuda gaplashamiz.

Qiziqqanlar ovozli chatga marhamat.

#pullikgaplar

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

03 Jan, 17:15


Live stream started

📚 Kitob bilan

03 Jan, 17:15


Live stream scheduled for

📚 Kitob bilan

03 Jan, 15:30


Agar senga dunyoyim qiziq bo’lsa, dunyoyimdan gapiray:

Stolim ustidagi noutbukim eski noutbukdan, ishlatilgan xolida atigi 2million so’mga olganman, stolim ustida buxanka, tovoqda esa o’zim pishirgan grechka, rasmga tushirilgan telefonni iphone 12 ekanligini aytmasak, uy ham ijara.

Agar senga dinim qiziq bo’lsa, dinimdan gapiraman:

Yashil mus’haf - eng yaqin birodarim, Buxorodagi Mir Arab madrasasi talabasi Abdulmatindan hadya. Noutbukimda Hasanxon domlaning intervyularini ko’ryapman. Ikkala kitobning bittasi islomiy, bittasi esa shaxsiy rivojlanishga oid. Gilam ustida esa 2 yildan beri ishlatsam ham rangi o’chmagan joynamoz.

Mabodo senga dunyoyim ma’qul kelmasa, bundan zarracha xafa bo’lmayman. Lekin dinim ma’qul kelmasligi meni iztirobga solishi aniq…

#o’zimhaqimda

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

03 Jan, 09:36


Buvimning gapi:

“Za to gugurt bir tiyin edi, bolam”

Nima deysiz shu gapga? 😅

#lirikchekinish

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

03 Jan, 05:12


Menga qarab bitta qiz, “Namuncha xunuksiz”, dedi. Men esa unga, “Sen hali yozuvimni ko’rmagan ekansan” deb qo’ydim.

📚 Kitob bilan

02 Jan, 18:04


Xayrli tun!

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

02 Jan, 15:50


Tun qanchalik qorong‘u bo'lsa, yulduzlar shunchalik yorqinroq bo‘ladi. Qayg‘u qanchalik chuqur bo‘lsa, Alloh shunchalik yaqinroq bo‘ladi!

© Fyoder Dostoyevskiy - Jinoyat va jazo

#mutolaa

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

02 Jan, 04:51


G’olibimizdan darak bormi?

Kimdir ko’rdimi? 😅

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

01 Jan, 17:25


📚 Kitob bilan pinned «»

📚 Kitob bilan

01 Jan, 14:08


Ovozli chatni 21:00da qilishni rejalashtiryapman.

Ma’qul a?

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

01 Jan, 03:01


Dunyo ahli undagi eng eng yoqimli narsadan bahramand bo’lolmay, undan chiqdilar. Zero, undagi eng yoqimli narsa, Alloh azza va jallani tanimoqdir!

(c) Abdulloh ibn Muborak

#mutolaa

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

31 Dec, 08:20


Kanalni yurgizishda kim yordam beradi?
Kim ekan-a u omadli inson 😁

👇

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

30 Dec, 12:40


Men marmar ichinda malakni ko’rdim, malakka yetguncha marmarni yo’ndim.

(c) Mikelanjelo

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

30 Dec, 07:40


Siz kimlarni ko'proq kuzatasiz, xoh diniy yo'nalishda bo'lsin, xoh biznes yo'nalishida. Istang kuzatadigan blogeringizni yozing, istang qaysidir shoirning she'r aytishlarini.

O'zingiz doimiy kuzatib, havas qiladigan isnonlaringiz ismlarini yozib qoldirsangiz xursand bo'lardim.

Yangi ijtimoiy loyiha boshlayapman, shu uchun juda zarur bu. Erinmasdan yozsangiz xursand bo'laridm.

#erinmang

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

29 Dec, 17:44


Yaxshi tavsiyalar beribdilar, qizlar o’qib ko’rishsa zarar bo’lmaydi.

Sen ham o’qi, iloji bo’lsa yodla. Ayniqsa 6, 8 va 9-qatorlarni ikki marta o’qi.

Men esa mana buni yodlayman, kelishdikmi?)

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

29 Dec, 16:01


Kim sherik bo’ladi? 😅

#nyamnyam

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

29 Dec, 13:25


Turkiya tarix muzeyida qabrtoshlarga ahamiyat bergan edim. Bu toshlar turklarniki emas, qadim yunonlarniki. Boylarni marmar tobutlarda ko'mgan ekanlar. Odam bo'yi balandligidagi marmartosh ichi o'yilib, tobutga aylantirilgan. Toshtarosh ustki tomoniga obdan bezak berilgan. Xatto turli rasmlar o'yib tushirilgan. Kambagʻallar esa xumni eslatuvchi oddiy sopol tobutda ko'milgan. Nasroniylar marhumlarini yog'och tobutlarda dafn etadilar. Boylarning tobutiga ishlov berilgan, yaltiroq mebel kabi. Kambagʻallarniki esa xatto randalanmagan. Har ikkovi ham tuproq ostida chiriydi. O'lik uchun qaysi tobutda yotishning farqi yoʻq. Qadimda marmar tobutda ko'milgan boy ham, sopol tobutda ko'milgan kambagʻal ham bir hovuch suyak bo'lib yotibdi. Har ikkisining suyaklariga har qancha razm solsangiz, qay biri boy ekanini ajrata olmaysiz. Buni xatto eng mukammal ashyolar bilan ham aniqlash mumkin emas. Aniqlash bu dunyoning ishi emas, qiyomat kunining yumushi. Shu oddiy haqiqatni anglash nahotki shunchalar mushkul? Hayot- beshik va tobut orasidagi tor bir yo'l va yo'lchilikdir. Dunyo hayoti so'ngsizlik ichida bir sovun ko'pigi kabidir. "Insonlar idrok qilgan hayot nimadan iboratdir?" degan savolga yerning zahi va qabrtoshlarining qattiqligi eng to'g'ri javobdir. Shunday ekan, nafsoniy orzular va vujud yo'lida o'tgan umrning ma'nosi nima ham bo'lur edi? O'lim va o'lganlardan tiriklar qachon ibrat olar ekanlar?
Qabristonda ko'rganlarim nazarimda, marhumga yodgorlik emas, tiriklarning o'z kibrlariga qo'yilgan monument-haykaldir. Tirikning faqat boyligini emas, kibr darajasini ham shu toshlarga qarab bilsa bo'ladi. Ajabki, qabrtoshga Qurʼon oyatining o'zbekcha ma'nosi " Biz hammamiz Allohdanmiz va Unga qaytgumizdir" yozib qo'yilibdi. Yozilgani durust, o'tgan-ketganlar ehtimol bu oyatni yodga olar. Lekin Allohning kalomi mozor toshiga emas, tirik odam qalbiga yozilishi shart.

"Po'rtanali ummonda suzar hayot qayigʻi" kitobidan

#mutolaa

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

29 Dec, 05:20


Evolyutsiya

Ota-bobolarimiz bundan yuz ming yil avval bir-birini toshbolta bilan o'ldirgan. Biz esa bir-birimizni yadro quroli bilan qirib tashlash yo'lini o'ylab topdik...
  "O'sish" bo'lsa, shunchalik bo'ladi-da!

"Daftar hoshiyasidagi bitiklar" kitobidan

#hikmat

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

28 Dec, 04:01


Tongni qalbdan sevganlar tunni ham qadrlaydilar. Visol uchun yo'lga chiqqanlar safar mashaqqatlariga sabr qiladilar. Yo'ldagi qiyinchiliklar visol halovatidan nishona. Safar mashaqqatini rad etmoq - visolni rad etmoq. Zulmatga toqat qilmaganlarning oydinligi bo'lmaydi. Muammo bo'lmasin degani hech narsa kerak emas, deganidir.

"Iymon va huzun" kitobidan

#hikmat

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

27 Dec, 08:31


Bitta nodon ingliz tilini o'rgansa nima o'zgaradi, hech narsa o'zgarmaydi. Faqat endi u ingliz tilini biladigan nodonga aylandi xolos.

(c) Qozoqboy Yo'ldoshev

Bir o'zini ko'z-ko'z qiladigan qiz hijob o'rasa nima o'zgaradi, hech narsa o'zgarmaydi. Endi u o'zini ko'z-ko'z qiladigan hijobli qiz bo'ldi xolos.

Oq rang ko'zga tashlanadi, taqillatib kablok kiyish e'tiborni tortadi. Kablokning yurgan vaqtda qomatga qanday ta'sir qilishini qizlar mendan ko'ra yaxshiroq bilishadi. Sal uyalsanglar bo'lardi.

#gapirmasambolmadi

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

27 Dec, 04:20


Ibn Muborakning iymonga kelishi

Abu Naiym Asbahoniyning “Hulyatul avliyo va tabaqotul asfiyo” kitobida ibn Muborakning siyratlari, manoqiblari va aytgan so’zlari batafsil bayon qilingan. Bir rivoyatda aytiladimi, Abu Hanifa undan taqvodorligining boshlanishi haqida so’raydi. Ibn Muborak buni shunday hikoya qilib beradi:

“Bog’da do’stlarim bilan birga kechgacha yeb-ichib o’tirdik, men tanbur va ud chalishni yaxshi ko’rar edim, so’ngra sahargacha uxlab qoldim. Tushimda boshim tepasidagi daraxt ustida o’tirgan qushni ko’rdim. U qush menga: “Iymon keltirganlar uchun dillari Allohning zikriga va nozil ho’lgan haqqa moyil bo’lish, ilgari kitob berilgan, so’ng muddat o’tishi bilan dillari qotib ketganlarg o’xshamaslik vaqti kelmadimi?! Ularning ko’plari fosiqdirlar!” oyatini aytib berdi.

Men: Ha shunday, deb, seskanib o’zimga keldim va udimni sindirdim. So’ngra oldimdagi cholg’u asboblarni yoqib yubordim, mana shu taqvodorligimning boshlanishi edi”.

“Dunyoni tebratgan 7 buyuk”kitobidan.

#hikmat

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

24 Dec, 15:59


Channel photo updated

📚 Kitob bilan

24 Dec, 08:35


O‘zingni o‘nglashni tushunchalaringni to‘g‘irlashdan boshla.
Buzuq mezon — tushuncha to‘g‘ri xulosa berolmaydi.

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

23 Dec, 13:15


Grafik dizaynerlar bormi, iltimos bor.

Izohlarga “hoy” devoringlar.

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

23 Dec, 12:28


Oxxooo
Ana-mana deguncha 30 tayam bo'lib qolibdi-ku a

Maylii, tashlasak tashlabmiz-daa 😁
Kitob ana shu postning izoh qismida bo'ladi )

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

23 Dec, 07:01


Agar 30 ta “🔥” yig’ilsa “Saodat asri qissalari” kitobini pdf variantini tashlab beraman.

Qani ketdik bo’lmasa 😁

#tanlov

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

23 Dec, 04:10


Aytishlaricha, Umar ibn Abdulazizning qizchalari bir kun huzurlariga yig'lab kirdi. O'sha paytda u yoshgina qizcha bo'lib, bu kun esa hayit edi.

- Nega yig'layabsiz, qizim? - deb so'radi mo'minlar amiri. Qizlari:

- Hamma bolalar bugun yangi kiyim kiyishdi, men esa mo'minlar amirining qizi bo'la turib, eski kiyimdaman, - deya javob qildi. Umar uning yig'isidan ta'sirlanib, Baytulmol xazinachisi oldiga bordi va unga:

- Keyingi oy maoshini menga berib tura olasizmi? - dedi. Xazinabon:

- Nega ey mo'minlar amiri? - dedi. Umar unga bo'lgan voqeani aytib berdi. Shunda xazinabon:

- Men qarshimasman, lekin bitta shartim bor, - dedi. Umar:

- U qanday shart ekan? - dedi. Xazinabon:
- menga keyingi oygacha tirik qolib, oldindan olmoqchi bo'lgan maoshingizni to'lab bera olishingizga kafolat bering, - dedi. Umar uni qoldirib, uyiga qaytdi. Farzandlari:

- Otajon nima bo'ldi? - deb so'rashdi. Umar ibn Abdulaziz shunday dedi:

- Yo sabr qilasizlar va hammamiz barobar jannatga kiramiz yoki sabr qilmaysizlar va otangiz do'zaxga kiradi. Shunda bolalari:

- Sabr qilamiz, otajon, - deb javob qilishdi.

"Dunyoni tebratgan 7 buyuk inson" kitobidan.

#hikmat

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

22 Dec, 05:30


Abdulloh ibn Shavzab aytadi: "Sulaymon haj qildi. Umar ibn Abdulaziz ham u bilan birga edi. Ikkovi Toifga kelishganda chaqmoq chaqib, momaqaldiroq gumburladi. Sulaymon uning ovozidan qo'rqib ketib, Umar ibn Abdulazizga: "Buni qarang, Abu Hafs, qanday dahshat-a!" dedi. Umar ibn Abdulaziz ibratomuz ohangda: "Allohning rahmati nozil bo'layotgan paytda shunday dahshatli momaqaldiroq bo'lib, chaqmoqlar chaqsa, azobi tushayotganida qanday bo'larkin?" dedi.

"Dunyoni tebratgan 7 buyuk inson" kitobidan.

#hikmat

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

21 Dec, 08:30


Bir qavmning holiga ajabki, safar ozuqasi olishga buyurilgan, ko'chish e'loni bo'lgan, avvalgilari ortidan oxirgilari terilgan bo'lsa-yu, bilmayman, yana nimani kutib turadi?!

(c) Hasan Basriy

#hikmat

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

20 Dec, 04:30


Hoy qizlar, yaqinlarining ayniqsa, o‘z onasining gaplariga xo‘p bo‘ladi, deb ish tutadigan yigitlarni erlik uchun nomunosib sanagan holda qanday qilib hali tamoman begona qizga (sizga) tiz cho‘kib turgan yigitni er(kak) sanaysiz?

(c) Ikrom Sharif

Ya’ni: O’z onasiga xo’p bo’ladi, deb aytganini qiladigan yigitga tegmaysiz-u, lekin hali g’irt begona bo’lgan sizga tiz cho’kib, nima desangiz xo’p deb turganiga tegasiz, aqlingiz joyidami, demoqchilar.

#haqiqat

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

30 Nov, 12:05


-Ko'ylagingiz dog' bo'libdi.
- Qanaqa dog'?
-Mana bu qismiga ozroq dog' tegibdi.
- Unda siz ko'ylakning dog' bo'lmagan qismiga qarang.


Hayotda ham xuddi shunday, sizning yaxshi xislatlaringiz ko'p va buni hech kim ko'rmaydi. Lekin agarda siz bilib yoki bilmagan holda xatolikka yo'l qo'ysangiz uni sizga hamma eslatishga va sizga ko'rsatishga harakat qiladi.
Ammo ko'ylagingiz top-toza bo'lganda uning tozaligini sizga hech kim aytmaganidek, ko'ylagingizga "dog' " tegib qolganda ham odamlarning gaplariga e'tibor bermang.



https://t.me/kuldoshev_blog

📚 Kitob bilan

30 Nov, 08:15


Nazarimda, o'rganib qolgan yo'limizdan bizni olib tashlasa, darrov hamma narsa barbod bo'ladigandek ko'rinadi , vaholanki , yangi va yaxshi narsa biz o'rganib qolgan yo'limizdan chiqqanda boshlanadi .

"Urush va tinchlik" kitobidan
Lev Tolstoy

#mutolaa

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

29 Nov, 11:51


📚 Kitob bilan pinned «Kanaldagilar orasida kimni shaxsiy kanali bo'lsa shu postni izoh qismiga tashlasin, iltimos. @kitob_bilan1»

📚 Kitob bilan

29 Nov, 11:50


Kanaldagilar orasida kimni shaxsiy kanali bo'lsa shu postni izoh qismiga tashlasin, iltimos.

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

29 Nov, 09:02


Bizga dunyo uchun yashab, oxiratni ham unutib qo’ymaslik qoidasini singdirishdi.

Aslida, oxirat uchun yashab, dunyoni ham unutib qo’ymaslik qoidasida yashashimiz lozim edi.

(c) Husaynxon domla

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

29 Nov, 03:59


Севган аёлингни унутишнинг энг яхши йўли унга уйланишдир. Йўқса, уни севиб юраверасан.

Достоевский.
***
Нима деяпти энди бу?))

©Ikrom Sharif

📚 Kitob bilan

28 Nov, 13:01


Kitoblar og'ir bo'ladi.Chunki ular o'z ichida dunyolarni ko'tarib yurishadi.

©️Korneliya Funke

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

27 Nov, 07:31


Ey, yo'q bo'ladigan hayotdan zavqlanadiganlar, so'nib borayotgan soyaga oshiq bo'lish ahmoqlikdir.

#hikmat

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

26 Nov, 13:03


Nima demoqchiman?

Kitobni nega bermadim, uni o’qimasligini bilganim uchun. Kitoblarni javonga terib qo’yadiganlarga unchalik hayron qolmayman, chunki aksariyati o’qilmaydi.

Ozginagina bo’lsa ham o’qilayotganini sezsam xursand bo’laman.

Shunday insonlarni bilaman, o’qigan kitoblari javonidagi kitoblaridan anchagina ziyod. Uyingizda javondagi kitoblarni bir marta o’qib keyin chiroyli qilib terib qo’ygan bo’lsangiz u kitoblar zararizga ishlabdi.

Kitobni yozgan odam uni kitobxonlar o’qib, javoniga terib hammadan qizg’anib yashasin deb yozmagan. Uni o’qib, hayotiga tadbiq qilib, boshqalarga o’rgatish kerak.

O’qigan kitoblarimiz bo’ynimizdan pastga tushsin, azizlar. Qarichimizdan tashqaridagilarniyam ko’rishni o’rganaylik.

#farosat

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

26 Nov, 12:10


— Aka, ana shu kitobizni o'qib bo'lib berasiz-da.

— Sotib olsayiz ham bo'ladi-ku?

— Nechi pulga oldiz o'zi?

— 105 mingga edi adashmasam.

— .....

— Xohlasayiz asaxiy"dan bo'lib to'lashgayam olsayiz bo'ladi.

— Aka hech tushunomadim shunisini.

— Pdf ham bor, tashlab beraymi?

— Ee pdf o'qiyomiymanda telefondan.

— Noutbukizdanam o'qisayiz bo'ladi

— Aka qog'oz boshqacha-da

— Balki, lekin men kitobimni berib turolmayman, uzr.

Muhabbat va kitob omonat, uni faqat loyiqlargagina bering. 1 ta o'qiydiganga kitob berish 100 ta o'qimaydiganga berishdan yaxshiroq.

#kitob

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

25 Nov, 14:33


Bilaman, zerikkansizlar.

https://t.me/sardorramazon_blog/3432 o’qib ko’rib fikrlashsak degandim, shu uchun guruhda yozishni ochaman.

Kuni bilan kitob o’qiyverib siqilgandirsiz demoqchiman-da..)

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

25 Nov, 11:37


Menga dard bergan - “Otamdan qolgan dalalar” bo’ladi.

Menga g’am bergan - “Otamdan qolgan dalalar” bo’ladi.

Men umrimda biror kitobni o’qiganimda ko’zimdan yosh chiqmagan (qur’ondan boshqa), lekin shu kitobni birgina joyida ko’zimdan yosh chiqadi.

Taksida o’qidim, yig’ladim.

Ko’chada o’qidim, yig’ladim.

Uyimda o’qidim, yig’ladim.

Etim jirmirlaydi, tanam qaltiraydi, yuragim to’ladi.

Ey Robbim, deyman, agar ana shunday qiynalgan xalqim uchun yashamasam, xor bo’lay deyman.

Menga ushbu dardni bergan - “Otamdan qolgan dalalar” bo’ladi.

Siz ham o’qing, yig’lang. O’lgan nabirasini paxtazorga eshakda izlab kelgan ko’zi ko’r buvi uchun yig’lang!

5-sinf nabirasini paxta terimida o’lganini eshitib, jimgina ko’zidan yosh oqqan ko’zi ko’r buvi uchun yig’lang!

Agar mendek gunohlarga botib, qalbingiz qotgan bo’lsa, shu kitobni o’qib yig’lang!

@sardorramazon_blog

📚 Kitob bilan

21 Nov, 09:30


Kitobxon o‘lgunicha ming hayotni yashaydi. Hech qachon kitob o‘qimagan inson esa faqat bitta hayotni yashaydi.

• Jorj Martin

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

21 Nov, 04:29


Hammaga xayrli kun

Loyiha qizg'in davom etmoqda, ishtirokchilar soni yana bittaga kamaydi.

Bugun kechqurun soat 21:40da ovozli chat qilib, baholash tartibi haqida gaplashsak, hamda bugungi hisobotlarni birgalikda tahlil qilsak, nima deysiz?

Agar vaqti sizga ma'qul bo'lsa, izohlarda fikringizni bildiring. 👇

#matnyozamiz

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

20 Nov, 11:05


Erkak o‘zining zaifaligini amalda tan olgan ayol oldida kuchli va mas’uliyatli bo‘ladi.
Ayol o‘zining erkakligini amalda tan olgan erning oldida hokisor va itoatkor bo‘ladi.

Ikrom Sharif

#hikmat

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

20 Nov, 05:50


Siz uchun daxshatli statistika.

Odatda kitobni o’qiydigan qismi (mundarija, adabiyotlar ro’yhatidan tashqari) 250 bet bo’ladi.

Har bir betida 210-230 ta so’z bo’ladi. Bir daqiqada o’rtacha tezlik 250-270 ta so’z.

250 bet x 230 so’z = 57.500 ta so’z
57.500 : 260 = 221 daqiqa
221 : 60 = 3 soat 41 minut

Demak: 250 betlik kitobni 4 soatga yetmay tugatish mumkin.

Endi kuniga 40 daqiqa kitob o’qishni hisboni ko’raylik:

40 daq x 230 so’z x 365 kun = 3 mln 358 ming ta so’z yiliga

3.358.000 : 220 bet = 15260 ta bet

15.260 : 250 har bir kitob (o’rtacha) = 61 ta kitob yiliga.

Yana qiziq tajriba:
Mundarija, adabiyotlar ro’yhati va muqovasidan tashqari 250 bet bo’lgan 61 ta kitobni ustma-üst qo’ysa balandligi qanday bo’ladi, shuni hisoblaymiz
O’rtacha bunday kitob qalinligi taxminan 2-3 santimetr bo’ladi.

Faraz qilamizki, har bir kitobning qalinligi 2,7 sm.

Agar bitta kitob qalinligi 2,7 sm bo‘lsa:
2,8 x 61 = 170 cm

Shunday qilib, 61 ta kitob ustma-ust qo‘yilganda taxminiy balandlik 170 sm ga teng bo‘ladi.

Bir yilda bo’yingingizga teng kitob o’qigan bo’lasiz.

Odatda postni o’qiganlarning 99% “ha, yaxshi ma’lumot ekan” deb, o’tib ketadi. Faqat 1% esa sinab ko’radi. Yana ham qizig’i esa, shu sinab ko’rganlarni faqat 1% esa oxiriga yetkaza oladi.

Shu statiskani o’zi sizni 10 ming kishi dan ustun qilib qo’yadi. Buni bildingiz, ammo eng qiyini amal qilish.

Yuqoridagi raqamlar normal holatdagisi, agar siz uni 50% ga uddalay olsangiz ham, top-10 likda bo’lasiz…

Sakiyna kanalidan olindi.

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

19 Nov, 18:03


Bugun 2-kunimiz ham tugadi.

Kechagidan ham qizg'in ketdi, menimcha.

Faqat bir masalani aytmoqchiman, men bu ishtirokchilarni birortasini tanimayman, bu degani hech biriga dushmanligim ham, do'stligim ham yo'q.

Men qoidalarni 3 kundan beri aytib kelaman. O'zi bu loyihadan maqsad ham ana shu intizomni, tartibni kuchaytirish.

Ikkita ishtirokchi belgilangan vaqtdan keyin hisobotlarini tashlashdi, qolgan ikkitasi esa profil ismlari bilan ro'yxatdagi ismlar bir xil emas.

Kecha tashlagandim dedilar, balki tashlagandir, men faqat ro'yxatni taniyman, bo'ldi.

Ro'yxatdan o'tishdan oldin ovozli chatga kiringlar, kirolmaydiganlar audioni eshitvolinglar deb bir necha marta aytdim. Aniq bilaman shu insonlar audioni ham eshitishmagan, eshitishsa ham e'tibor bilan emas.

Vaqt masalasiga kelsak, endi bunga jiddiy qaraymiz. Yangi haftadan yana yangiliklar qo'shaman, bundan ham qiziqroq bo'ladi, Xudo xohlasa.

Savol va e'tirozlar izohga.

#matnyozamiz

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

19 Nov, 07:33


Kitob o’z egasiga yetkazildi.

Alloh taolo niyatimizni xolis qilsin, kitobdan foyda olib, uni hayotlariga tadbiq qilish kitobxonimizga nasib qilsin.

Siz ham yutishingiz mumkin, faqat haqini to’laysiz..

Haqini qandaydir link tarqatib yoki reaksiya yig’ib emas, zehningiz va salohiyatingiz bilan to’laysiz.

“Дух” bormi?)

#matnyozamiz

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

19 Nov, 03:57


📚 Kitob bilan pinned Deleted message

📚 Kitob bilan

18 Nov, 18:14


Bu safargisi o'ta qizg'in kechyapti 🤩

Shaxsan o'zim bunchalik ko'payishadi deb hech o'ylamagandim. Yozilayotgan matnlar va berilayotgan savollar saviyasi sezilarli darajada oshdi.

Shu sabab shartlarga o'zgartirish kiritmoqchiman, endi kunlik hisobotlarni ishtirokchilar soat 22:10gacha tashlaydilar va savol-javob 22:10da boshlanib, 22:50gacha davom etadi. Savol-javob qismining cho'zilish sababi kitobxonlar bir-birlariga savollarni ancha yig'ishgan, ulgurishlari kerak.

Shu vaqtdan keyin ham bemalol savol-javob qilishlari, fikr almashishlari mumkin, faqat bu ballarga ta'sir qilmaydi xolos.

Ishtirokchilarga maslahatim, savol berilgan ishtirokchiga emas, kam savol berilgan kitobxonga savol berishga harakat qilishlari kerak.

Yana bir narsa, yozadigan matnlaringizga yaxshiroq e'tiborda bo'ling.

Ro'yxatdagi qizil rangdagilar bugun matn tashlamaganlar, loyihadan chiqarilishdi.

Hammaga yoqimli mutolaa

#matnyozamiz

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

18 Nov, 08:00


Bizning xatolarimizdan eng yomoni bu boshqalarning xatolariga qiziqishimizdir.

#haqiqat

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

18 Nov, 07:50


🇺🇿

📚 Kitob bilan

18 Nov, 04:01


Kuchli 15talik bilan tanishing

Ushbu ro'yxatdagilar bugundan boshlab hafta davomida o'zlari belgilagan virdda kitob o'qib, kunlik matn tashlashadi.

Har kuni kechqurun 22:00da men kanalga hisobot posti tashlayman, 22:20ga qadar ishtirokchilar o'zlari yozgan matnlarini izohlar qismiga tashlashi kerak.

22:20dan 22:40gacha ishtirokchilar bir-birlari bilan o'zaro savol-javob qilishadi.

22:20dan kechikib matn tashlagan kitobxon loyihadan chiqariladi.

Hammaga yoqimli mutolaa

#matnyozamiz

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

17 Nov, 18:12


Batafsil ma’lumot

Loyiha va qoidalar haqida batafsil ma’lumot uchun: https://t.me/kitob_bilan1/1594

Umumiy bir haftalik taassurotlar hamda yangi hafta uchun: https://t.me/kitob_bilan1/1645

Kanalga yangi qo’shilganlar uchun tushunarliroq bo’lsin dedim. 🙂

Ro’yxatdan o’tish uchun: @kanalhaqidamurojaat_bot

#matnyozamiz

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

17 Nov, 17:52


📚 Kitob bilan pinned «»

📚 Kitob bilan

17 Nov, 17:36


Live stream finished (55 minutes)

📚 Kitob bilan

14 Nov, 11:59


Kitobxonlarda nima gap ☺️

Yanagi haftada qo'shilaman, albatta yutaman deyotganlar bormi?

Bor bo'lsa izohlarda kutaman 👇

#matnyozamiz

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

14 Nov, 03:40


"Boriga baraka” dan energiya tejamkor lampochka yutib oldim.

Uyga kelib, chiroqqa o‘rnatib ko‘rdim. Ishlamadi...
Rostan ham energiyani tejar ekan...

#kayfiyat

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

13 Nov, 17:47


Bugungi hisobot ham tugadi.

Raqobatchilar o’ta kuchli ketishyapti, uchalalariga ham omad.

Qatnashganlar darmonda, qatnasholmay, va’dasida turolmay qolganlar armonda, degulik loyiha bo’lyapti..😉

#matnyozamiz

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

13 Nov, 17:00


📚 Kitob bilan pinned «Matn yozamiz 3️⃣-kun hisobot Hamma qatnashuvchilar o'z hisobotlarini shu post ostida tashlashsin. 22:20da yozish to'xtatilib, savol-javob qilish boshlanadi. 22:40da savol-javob to'xtatiladi va ball beriladi. Shu ishlarni qilmagan, matn tashlamagan yoki…»

📚 Kitob bilan

13 Nov, 17:00


Matn yozamiz 3️⃣-kun hisobot

Hamma qatnashuvchilar o'z hisobotlarini shu post ostida tashlashsin.

22:20da yozish to'xtatilib, savol-javob qilish boshlanadi.

22:40da savol-javob to'xtatiladi va ball beriladi.

Shu ishlarni qilmagan, matn tashlamagan yoki savollarga yaxshi javob berolmagan ishtirokchiga ball berilmaydi.

Hammaga omad.. 🔥

#dardimizbir

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

13 Nov, 10:00


Hammaga xayrli kun

Sizlarga bir xabarni yetkazmoqchiman. Agar kimdir marketing sohasini yaxshiroq tushunsa, nima demoqchiligimni anglashi oson bo'ladi.

Telegram kanallarda o'z biznesigiz yoki shaxsiy kanalingizni reklama qilganizda auditoriyaning holati juda muhim. Ya'ni, kanalda holat qanday, bir xillik hukm suryaptimi yoki auditoriya biror masalada aktiv bo'lib turiptimi va hokazo.

Endi, ayni damda shu kanalda yangi loyiha boshlaganimdan deyarli hamma xabardor bo’lsa kerak. Shuni hisobidan kanaldagi postlarni ko’rishlar sal kam 2xga oshdi.

Reklama berishning ayni vaqti deb o’ylayman va maslahat ham beraman.

P/s: Kitob mavzusidagi kanallar uchun chegirma bor. Boshqa sohadagi kanallar qadriyatimga to’g’ri kelsagina olaman.

@Kanalhaqidamurojaat_bot

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

13 Nov, 03:30


Qishloqdagi bolakay:
— Oyijon, chelakdagi sutga sichqon tushib ketti.
— Voy sho‘rim qursin! Darrov olib tashla!
— Yo‘q. Men chelak ichiga mushukni tashladim. Hozir sichqonni ushlaydi
.

#yaxshikayfiyat😂

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

12 Nov, 16:59


Matn yozamiz 2️⃣-kun hisobot

Hamma qatnashuvchilar o'z hisobotlarini shu post ostida tashlashsin.

22:20da yozish to'xtatilib, savol-javob qilish boshlanadi.

22:40da savol-javob to'xtatiladi va ball beriladi.

Shu ishlarni qilmagan, matn tashlamagan yoki savollarga yaxshi javob berolmagan ishtirokchiga ball berilmaydi.

Hammaga omad.. 🔥

#dardimizbir

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

12 Nov, 13:01


Yaxshi o’qiyabsizlarmi?

Sal kam 4 soat qoldi.

#matnyozamiz

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

12 Nov, 03:59


Hammaga xayrli kun ☺️

Bular loyihamiz qatnashuvchilari, ming afsuslar bo'lsinkim 8 kishi loyihadan chetlashtirildi. Hali boshlamasimizdan turib bunday bo'ladi deb o'ylamagandim.

Xullas kalom, shu to'rttala kitobxonni kuzatamiz endi.

Hammaga barakali mutolaa

#matnyozamiz

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

11 Nov, 17:51


Qatnasholmaganlarga #alam qilsin

Hali bu boshlanishi

#matnyozamiz

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

11 Nov, 17:45


Savol berish ham to’xtatildi. Bor yo’g’i 4 kishigina matn tashladi.

Qolganlar ro’yxatdan o’chirilishdi.

Hammaga ham emas aytgan va’dasida turish. Mayli, barakasini bersin.

Ertaga birinchi kum ballarni e’lon qilaman.

#matnyozamiz

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

11 Nov, 17:19


Matnlar qabul qilish tugashiga 1 daqiqa qoldi.

Keyin qabul qilinmaydi.

Bugun yozmaganlar loyihadan chetlashtiriladi.

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

11 Nov, 17:02


📚 Kitob bilan pinned «Matn yozamiz 1️⃣-kun hisobot Hamma qatnashuvchilar o'z hisobotlarini shu post ostida tashlashsin. 22:20da yozish to'xtatilib, savol-javob qilish boshlanadi. 22:40da savol-javob to'xtatiladi va ball beriladi. Shu ishlarni qilmagan, matn tashlamagan yoki…»

📚 Kitob bilan

11 Nov, 17:02


Matn yozamiz 1️⃣-kun hisobot

Hamma qatnashuvchilar o'z hisobotlarini shu post ostida tashlashsin.

22:20da yozish to'xtatilib, savol-javob qilish boshlanadi.

22:40da savol-javob to'xtatiladi va ball beriladi.

Shu ishlarni qilmagan, matn tashlamagan yoki savollarga yaxshi javob berolmagan ishtirokchiga ball berilmaydi.

Hammaga omad.. 🔥

#dardimizbir

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

11 Nov, 13:45


Barcha saviyali kanallarni bir joyga yig'ishipti.

Sizga ham tavsiya qilaman.

https://t.me/addlist/Aa3wRhDmsx45ZDEy

📚 Kitob bilan

11 Nov, 08:19


Kuchli 14 talik 🔥

Ushbu kitobxonlar "Matn yozamiz" loyihasining birinchi haftasida qatnashishadi.
📚

Botga ko'p kishi yozdi. Kecha sal kam 1 soatga yaqin ovozli chat qilib, yetmaganiga shuni audio variantini ham kanalga tashladim. Shunda ham qoidaga amal qilmasdan ro'yxatdan o'tmoqchi bo'lishdi.

1️⃣ Kitoblar o'zbek tilida bo'lishi shart, sababini ovozli chatda aytdim.
2️⃣ Ro'yxatdan o'tishda yozilgan ism-sharifiz bilan telegram profilizdagi ism bir xil bo'lishi shart.

Qatnashuvchilardan iltimos, boshlagan kitobizni muallifi hamda jami nechi bet ekanligini yozib yuborsangiz yaxshi bo'lardi.

Hammaga yoqimli mutolaa

#matnyozamiz

@kitob_bilan

📚 Kitob bilan

11 Nov, 03:43


Ro'yxatdan o'tish tugadi

Ma'lum sabablarga ko'ra o'tish vaqti sal cho'zildi. Kimlar qatnashishini to'liq ro'yxatini kun davomida e'lon qilaman.

Qaytarib aytaman, endi hech kim loyihaga qo'shila olmaydi. Faqatgina yangi haftadan qo'shilishi mumkin.

Hammaga yoqimli mutolaa

#matnyozamiz

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

10 Nov, 17:59


Ro'yxatdan o'tish ertalab 07:00da tugaydi.

Ungacha hamma o'z ism-sharifi, o'qiydigan kitobi hamda kuniga nechi betdan o'qishini @Kanalhaqidamurojaat_bot ga yozib yuborsin.

Misol: Sardor Ramazon
1. "Mukoshafatul qulub" Imom G'azzoliy
Kuniga 20 bet
2. "Faqat Ahmoqlargina 8 soat uxlaydi" Emir Demirkiran
Kuniga 30 bet

Shu bilan ro'yxatdan o'tish hafta oxirigacha to'xtatiladi. Yaqinlaringizga ulashish esdan chiqmasin.

#matnyozamiz

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

05 Nov, 10:20


Daraxtning meva tugishiga shay turgan qanchadan qancha gullarini bemavrid shamollar uchirib ketgani singari umrimning qanchadan qancha onlari hasadgoʻy va munofiqlar yetkazgan jarohatlardan oʻkinish-u turmush ikir-chikirlarini oʻylash bilan besamar oʻtganiga o'kinaman...

#alam

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

05 Nov, 03:08


Kichkina bolakay yoʻlda ketayotib oʻzicha qoʻshiq kuylayapti:
- Oh, endi seni oʻzganing lablari erkalaydi!

Bir yigit buni eshitib qolibdi va soʻrabdi:
- Nima, sevgan qizing tashlab ketdimi? 🤯

- Yoʻq, chupa-chupsimni yoʻqotib qoʻydim...😅

#tabassum

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

04 Nov, 17:30


Menga yaqinda bir savol berishdi:

-Nima deysiz, ikkalasi bir-biriga mosmi?
-Judayam mos. Ikkisi ham kitob o’qimaydi.

#haqiqat

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

04 Nov, 16:21


🌿 -  Uka "qarz daftari"  bormi?

- bor aka.

-  shu daftaringizda muxtoj oilalarni qarzlarini hisoblab aytsangiz,  ramazon oyida shularni qarzlaridan ozod qilib qo‘ysak degandik.

Qassob yigitni yuzida achchiq tabassum paydo bo‘ldida:

-  aka keling,  mana qo‘limdagi ro‘yxat,  manavi akani ko‘pchilik taniydi,  taglarida malibu,  o‘g‘illari falon joyda ishlaydi,  qarzlarini bir yildan beri berolmaydilar " bechoralar"
Manavi boyvachchani uyini ko‘rsangiz naq dvores deysiz,  bir yarim yil bo‘ldi,  bezni " yoqib" yuraveralla. Qisqasi ro‘yxatimdagilarni bari ashnaqa krutoylar.

- menga bular kerakmas  , yetim bolalari bor va muxtoj kambag‘al oilalarni ro‘yxatini bering uka.

- okaa, siz aytgan oilalar zaruratdan 200  -  300 gram go‘sht olishsa bir haftaga qolmay pulini to‘lab chiqib ketishadi. Ularda amal va boylik bo‘lmasayam or - nomus bor.

- qisqasi meni daftarimdan siz izlagan odamni topa olmaysiz, salomat bo‘ling.

#kitobdan

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

04 Nov, 14:40


BUGUNGI DUNYONING KO‘RINISHI

Maymunlar mashinani egallab olishdi. Lekin uni boshqara olmayaptilar.

Ashnaqa. Egallab olish boshqa, boshqarish boshqa. Egallab oldi degani boshqara oladi degani emas.

Bugungi dunyo ham xuddi shunga o‘xshaydi.

Egallab oladiganlar biram ko‘payib ketdi-ye.

Arabchadan Muqim Mahmud tarjimasi

#hikmat

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

04 Nov, 12:28


Rizq faqat Allohdan. 😊

#hikmat

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

04 Nov, 09:10


- Hayotdan zavqlanib yashashga urinmasangiz, eshigingizni qayg'udan boshqasi taqillatmaydi..!

#hikmat

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

04 Nov, 07:31


Qilinadigan ishlar koʻp, vaqt oz vaqt!

#haqiqat

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

04 Nov, 03:29


- Dada, "мужик" nima degani?
- "Mужик"- oʻzi pul topadigan oilasini boqadigan degani.
- Unda katta boʻlsam men ham "мужик" boʻlaman onamga oʻxshab...

#xushkayfiyat

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

03 Nov, 13:22


Ko‘ngilning ko‘zgusi ketganida darz,
Ming urinma, asli holiga kelmas,
Sendan og‘ringan dil, boqsada senga,
Yurakdan jilmayib, tabassum qilmas...

#seninguchun

Halima Xudoyberdiyeva

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

03 Nov, 09:16


‘‘Toshni bir tepdim. Sado chiqmadi.
Bu Xudoga soldim degani...”

Muhammad Yusuf

#hikmat

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

03 Nov, 06:45


Farzin-shaxmatdagi eng kuchli dona. U har qanday holatda ham vertikal, gorizontal va diaganal harakatlana oladi.

#hikmat

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

03 Nov, 02:05


Er mashinada ishga ketgan xotiniga qo‘ng‘iroq qilib:

— Xotin, yo‘lda hushyor bo‘l, hozir radiodan eshitdim, shaharda bitta tentak mashinani faqat qarama-qarshi yo‘ldan haydayotgan emish. Yana ro‘parangdan chiqib qolmasin!

Xotin:
— Bitta mashina deysizmi, dadasi?! Mendan boshqa hamma mashina teskari yuribdi, hammasi...

#Ozgina tabassum )) 😂

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

02 Nov, 11:02


Pana joyga berkinib,
Past ovozda so'kinib,
Mashq qilyapti mardlikni.

Anvar Obidjon

#alam

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

02 Nov, 08:01


Zax oyoqdan o'tib, tomoqdan oldi.
Issiq boshdan o'tib, oyoqdan oldi.
Bizlarni bexabar, beg'am deganlar
Bilmadik, bu gapni qayoqdan oldi?

Mansur Jumayev

#hikmat

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

02 Nov, 04:20


Baxt - yoningda internetdan ham qiziqroq odam borligi!

Sanjar Shams

#muhabbat

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

01 Nov, 13:00


Bizda seni sevaman deyilmaydi, kitob konkursiga taklif qilinadi..)

#hazil

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

01 Nov, 06:30


Agar noto'g'ri tushunmasang, senga oshiqligimni aybim deb atasam, qarshi bo'lmaysanmi?

#muhabbat

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

29 Oct, 18:09


Oxiridagi SKMK aynan nimaligini va nima sabab yozilganini topgan bitta odamga kitob sovg’a qilaman )

Rostan, ertalabgacha vaqtlaringiz bor.

Ulguramiiiiz 🎉

@Kanalhaqidamurojaat_bot ga yuborasiz javoblarni.

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

29 Oct, 14:30


FBdan olindi!

*

Ijtimoiy hayot insonlar uchun zaruratdir, — deydi Ibn Xoldun o‘zining “Muqaddima” asarida — faylasuflar buni quyidagicha ifodalaganlar: “Inson tabiatan madaniy mavjudotdir." Ya’ni, inson uchun ijtimoiy hayotda yashash tabiiy bir ehtiyojdir. Qadimgi mutafakkirlar, o‘z davridagi voqe’likdan kelib chiqib, odamlar bir joyga to‘planib yashaydigan joyni “madina” deb ataganlar.

Qadimdan insonlar asosan ikki turdagi: o‘troq va ko‘chmanchi hayot tarzida yashab kelgan. O‘troq hayotda yashagan odamlar ko‘pincha devorlar bilan o‘ralgan shaharlarda yaqin-yaqin yashaganlar. Bunday shaharlar yunon tilida "polis", arab tilida esa "madina" deb atalgan. Iqtisodiy faoliyatning bunday xilma-xilligi, jamiyatda turli sinflarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar va ishlab chiqaruvchilar, har biri iqtisodiy tizimda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan. Masalan, dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar va ishlab chiqaruvchilar jamiyatning iqtisodiy tizimida har biri o‘z o‘rniga ega bo‘lgan. Mehnatning bunday taqsimlanishi, jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy tuzilmasini shakllantirgan.

Shu turdagi mehnat taqsimoti shaharlarda turli ijtimoiy guruhlarning paydo bo‘lishiga olib kelgan. Bu holatni boshqarish, ya’ni turli tabaqalar o‘rtasida tartib va adolatni saqlash uchun siyosat va boshqaruv zarur bo‘lgan. Shaharlarda ijtimoiy hayot shunday tizimli ravishda qurilganki, har bir sinfning huquq va majburiyatlari belgilangan, jamiyatdagi tartib va muvozanatni saqlash uchun alohida boshqaruvga ehtiyoj sezilgan. Shu tariqa, shaharlardagi ijtimoiy hayot siyosatni, ya’ni jamiyatni samarali boshqarishni talab qilgan. Shundan kelib chiqib, jamiyatni boshqarish sohasi “politika” yoki “ilm ul-madaniy” deb nom olgan. Ibn Xoldun keltirgan iqtibosdagi “madaniy” so‘zini “siyosiy” deb tushunsak, inson tabiatan siyosiy mavjudotdir.

"Fozil odamlar millati"
SKMK

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

29 Oct, 07:10


Hazm qiling, o’sasiz.

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

29 Oct, 06:01


Eng katta zahar, san hamma narsaga erishdim deb o’ylashing.

#iqtibos

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

29 Oct, 03:56


Kuningiz o’ylaganingizdanda xayrga va barakaga boy o’tsin.

Assalamu alaykum va rohmatulloh! 🙂

#xayrlikun

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

28 Oct, 15:09


Yaqindan tanishamiz 🙂

Eng birinchi o’qigan kitobim “Ikki eshik orasi” bo’lib, bir oyda o’qib tugatganman. Adashmasam 8-sinf edim.

Shundan keyin kitobga juda qiziqishim ortdi, O’tkir Hoshimovning hamma kitoblarini o’qib chiqdim. Keyin esa “O’tkan kunlar”ni o’qidim.

U paytlari Navoiy olimpiya zaxiralari kollejida o’qirdim, boks yo’nalishida. “Eng yaxshi kitobxon” bo’lganimni haligacha eslayman :)

2019-yil 11-sinfni tamomlab, (maktabga 1 yildan oldin chiqqanman) 2020-yil muddatli harbiy xizmatga ketdim, Surxondaryoga. Adashmasam bir yil ichida 25tadan ziyod kitob o’qigandim. Shuni aytsam ko’pchilik, armiyada bo’sh vaqt ko’p bo’ladimi, deydi.

Yo’q, unday emas. Ertalab 06:00dan kechki 20:00gacha tinmaysiz, keyin oz-moz bo’shaysiz. Kitobni shimimni cho’ntagiga solib yurardim. Axborot ko’rayitganda ham kitob o’qirdim.

Shu vaqt bir Andijonlik askar memga qarab, “Hozir shu kallayizga kiryaptimi shuncha shovqinda”, degandi. Men esa, “Aka man kitob ichida yashayapman”, degandim.

Endi harbiy tavsiyanoma - ligota uchun qanday tayyorlanganimni aytmasa ham bo’ladi. 😅

Hozir eslasam kulaman, baribir o’qishga topshirmading shu ligota bilan deyman. Afsuski bir yomon odatim bor, prinsiplarimni hech qachon buzgim kelmaydi. Mayli, qolgani keng mavzu.

Sizlarda-chi, ayta oladiganlaringizni yozishingiz mumkin, men yaxshi suhbatdoshman ancha 🌚

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

28 Oct, 13:27


Meni hech narsa seni ketdi deyishganidek qo’rqita olmaydi..!

Atrofimizdagilarga yaxshiroq qaraylik, ular yonimizdami yoki shunchaki atrofimizdami?

Ko’zlarimizni yumib olib quyoshni yo’q deyishdan to’xtarmiz balki?

Ikkilanish o’rtasida yashagandan eng ma’qulini tanlagan qulay emasmikan?


**

Bu gaplar Dostoyevskiyning “Telba”sini o’qiganimdan keyingi yozgan inshoyimni boshlanish qismi. 🙂

Maktabni bitirgan bo’lsa ham insho yozadiganlar bormi?

O’qigan kitobini konspektlashtiradiganlarchi?

Izohlarda yozib qoldiring.👇🏻

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

28 Oct, 10:46


📚 Kitob bilan pinned «1. Kanalga nima yetishmayapti? 2. Asosan qanday mavzularda yozganim ma’qul? 3. Qaysi mavzuda yozishni yaxshi uddalayapman? 4. Siz ko’rayotgan kamchiliklar? Shu savollarga bilganingizcha javob bersangiz xursand bo’lardim! @kiob_bilan1»

📚 Kitob bilan

28 Oct, 10:46


1. Kanalga nima yetishmayapti?

2. Asosan qanday mavzularda yozganim ma’qul?

3. Qaysi mavzuda yozishni yaxshi uddalayapman?

4. Siz ko’rayotgan kamchiliklar?

Shu savollarga bilganingizcha javob bersangiz xursand bo’lardim!

@kiob_bilan1

📚 Kitob bilan

28 Oct, 07:02


O‘gut

Og‘ir yigit, sening go‘zal, nurli ko‘zingda
Bu millatning saodatin, baxtin o‘qudim.
O‘ylashingda, turishingda hamda o‘zungda
Bu yurt uchun qutulishning borlig‘in ko‘rdim.

Turma - yugur, tinma - tirish, bukilma - yuksal,
Hurkma - kirish, qo‘rqma - yopish, yo‘rilma - qo‘zg‘al!

Yel yo‘lini to‘sib turgan eski bulutlarni
Yondirib qo‘y, yirtib tashla, barchasin yo‘q et.
Qilolmasang shu ishlarni,
Sening uchun xo‘rlikdir bu...
Yiqil, yo‘qol, ket!

Fitrat

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

28 Oct, 02:30


Do‘stlikning gullab yashnashi uchun zaif xotira kerak...
Ya’ni, do‘sting xatolarini unutishing shart!

Onore de Balzak

#hikmat

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

27 Oct, 17:40


Ustoz bilan ko’rishdik 🙂

Tahminan 3 soatga yaqin suhbatlashdik, ancha halovat oldim. Katta o’ylagan muammolarimga oddiy hayotiy tajribalaridan javob topib berdilar.

Alloh taolo umrlarini uzoq qilsin. Doim bir ustozim bo’lib, menga har taraflama saboq berib, yo’l-yo’riq ko’rsatib turadigan inson bo’lsa derdim.

Ustoz G’iyosiddin Yusuf bilan tanishganimizga 1 yildan oshdi. Bugun ikkinchi marotaba ko’rishdik.

Ko’zlagan maqsadlarim haqida so’radilar, keyin maqsadni katta qo’yishimni, katta-katta marralarga chiqishni o’ylashimni tavsiya berdilar. Miyyam anchagina ochildi. Hozirgi biznesmenlar buni ajnabiy tilda «Ростяжка» deyishyapti..

Xursandman, bu safar ham rasmga tushmadik, odatda eng yaqinlar bilan uchrashilganda bunaqa rasmiyatchiliklar esdan chiqadi :)

P/s: Hammangizga rahmat, bilaman, qachon post yozarkan deb kutasiz, sizlarga guruhda gapim bor, qarab qo’yasiz…)

#uchrashuv

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

27 Oct, 14:47


Muomala haqidagi postimni o’qiganmidingiz?

Yo’q bo’lsa o’qib turing, men boshqa ishlarimni qilib qaytaman.

Link: https://t.me/sardorramazon_blog/3368

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

27 Oct, 04:58


Yana bir xursandchilik

Bugun ustozim bilan ko’rishaman, bu ikkinchi ko’rishishim, ozgina hayajondaman.

Kimligini topganga “Barakalla” deyman, bormi yuragida o’ti borlar? 😁

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

27 Oct, 04:01


Storieslar ko’rmang

Oldin faqat instagramda stories avj olgandi, hammani vaqtini reelslar olgani yetmagandek, storieslar ham olardi. Endi bu telegramda ham bor.

Instagramga-ku hech kim qandaydir ishini bitirib, qaytib chiqib ketay, deb kirmaydi. Lekin telegram ayni ish uchun.

Instagramdan bazo’r qutulganlar, telegramga tutulib qolishyapti.

Siz ana shu ikkita joydagi storiesdan qutula oldingizmi, ishoning, bir qadam oldindasiz.

Chalg’ituvchi narsalar o’zi keladi, kerakli ilmga qarab boriladi, u kelmaydi.

“Ilmga boriladi, ilm bormaydi” Imom Buxoriy.

Kuningiz xayrga boy bo’lsin! 😊

#kuniqtibosi

Telegram

📚 Kitob bilan

26 Oct, 16:03


Hamma o’z sovg’asini oldi ⚡️

Hech kimdan norozilik eshitmadim. Rostini aytsam, hamma olgunicha hayajonda kutdim. Chunki eng yomon ko’rgan narsam va’da berib gapiga javob bera olmaslik. Shunday bo’lmasin deb, juda kutdim.

Kitoblarni tanlashda 1-o’rin olgan ishtirokchigina faqat bir dona kitobni tanladi, qolgan hamma kitobni o’zim tanlab, o’zimcha ishtirokchilarning salohiyati va qiziqishidan kelib chiqib bergan bo’ldim.

“O’tkan kunlar”ni esa deyarli hamma o’qigan bo’lsa ham, atay bir ishtirokchiga berdim, qandaydir shu insonga bergim keldi. 🌚

Jahon adabiyotlarini esa hammaga teng bo’lishni xohladim.

Unchalik kelishmayman deganlari uchun atay Dyuma’nikini bervordim, jahon adabiyotini ma’zasini xis qilsinlar, deb)

Omonatlar topshirildi, birinchisi bo’lgani uchun qandaydir kamchilik bo’lgan bo’lsa, uzr so’rayman.

Lekin hamma qandaydir to’lov olishmaganiga xursand bo’lib aytishyapti, qanaqa to’lov ekanligini tushunolmadim. Uyingizgacha yetkazib beramiz, deb bo’ynimga oldim-ku, yana qanaqa to’lov qilasiz 🤷🏻‍♂️

Ha mayli, hammangizga rahmat! 🙂

@kitob_bilan1

📚 Kitob bilan

26 Oct, 14:02


Yangi kitobni tamaddixonada boshladim

Sulton Abdulhamid haqida

Muallif: Mustafo Artag’an

#mutolaa

@kitob_bilan1