📖Mutolaa zavqi📚 @mutolaazavqii Channel on Telegram

📖Mutolaa zavqi📚

@mutolaazavqii


Faqat o’qigan, o’qiyotgan kitoblarimizdan yozamiz




05.02.2023

📖📚 Mutolaa zavqi pdf kitoblar (Uzbek)

Mutolaa zavqi Telegram kanalida faqat o’qigan, o’qiyotgan kitoblar haqida ma'lumotlar paydo bo'ladi. Bu kanalda ko’chirmachilikdan yiroq, endi siz kitoblarni o'zingiz yozishingiz mumkin! Agar siz reklama qilmoqchi bo'lsangiz, 05.02.2023 sanasiga so’rov yuboring va kanalga qo’shilish uchun arizangizni jo’nating. Mutolaa zavqi pdf kitoblar kanali bilan o'z ma'rifatingizni o'stirib, yangi kitoblar bilan tanishing!

📖Mutolaa zavqi📚

23 Nov, 18:11


ERTANGI SHART HAM SHU. FAQAT KITOBLAR OʻZGARADI. KITOBLAR (3 TA) NOMLARI ERTANGI OVOZLI CHATDA AYTILADI!

Raqam olishni hozirdan boshlang! 😎

ESLATMA: eski suratlar qabul qilinmaydi! Bittalab tekshiryapman! Sezib qolsam, oʻyindan chetlataman!

Suratlarni ayni shu post tagida qoldiring!

Hammaga omad!

@mutolaazavqii

📖Mutolaa zavqi📚

23 Nov, 16:49


Ertaga kitob oʻynaymizmi yo planner?

📖Mutolaa zavqi📚

23 Nov, 12:50


Yangi qoʻshilganlar uchun:

Kanalimizda ikkita tanlov boʻlyapti:

1. https://t.me/mutolaazavqii/6595 — @Kitobiykonkursbot orqali boʻladi. Botdan havola olib, ball yigʻasiz.

2. https://t.me/mutolaazavqii/6665 — kanalda har kuni boʻladi. Har kunlik shartlarni bajarib, raqam olasiz. 20.30 da ovozli chatda random.org sayti orqali gʻoliblar aniqlanadi.

2-tanlovda raqam berish davom etyapti. 20.00 ga qadar shartlarni bajarib, raqam olishingiz mumkin. Qancha koʻp ulashsangiz, shuncha koʻp raqam olasiz.

Bugun AJOYIB KUNDALIKLARNI yutib olish imkoniyati mavjud! ❤️❤️

Hammaga omad!

@mutolaazavqii

📖Mutolaa zavqi📚

23 Nov, 05:15


Miyamda bir qancha savol-javoblar bir-birini rad etardi:

«Hamma narsa tugaydi — maroqli ifoda. Hammasi tugagandan keyin nima boʻladi, nima? Hech narsa! Axir bu «hech narsa» nima? Agar hammasi bitganidan keyin «hech narsa» bor boʻlsa, demak, u «hech narsa» hech narsa emas. Agar bor boʻlsa, demak, biror narsadir. Ha, bu yerda deydilarki, inson yoʻqlikni tushuna olmaydi. Nega tushuna olmaydi? Nega mavjud boʻlgan inson «hech narsa»ni — yoʻqlikni tasavvur qila olmaydi? Javob, ehtimol, savolimning ichidadir. Chunki inson mavjuddir. Mavjuddir, yaʼni hayot uchun yaralib, yashamoq uchun yangi hayot va bor boʻlmoq kasb etish uning haqiqatidir. Yoʻqlik esa bu haqiqatga zid. Bu ziddiyatni ham tasavvur etish mumkin emas».

«Relslar uzra yotgan odam», Ravshan Abdullaoʻgʻli

@mutolaazavqii

📖Mutolaa zavqi📚

22 Nov, 17:23


Raqam olishni hozirdan boshlang! 😎

📖Mutolaa zavqi📚

22 Nov, 17:21


HAR KUNI KITOB YUTING | 5-KUN

Kechagi oʻyinimiz shiddatli va bahsli boʻldi. Kechagi oʻyinda jami 270 dan ortiq kishi ishtirok etgan boʻlib, oʻsha ishtirokchilar orasidan 7 kishi kitob gʻolibi boʻldi.

Biz sizni chin dildan muborakbod etamiz. Ilmingiz ziyoda boʻlsin.

Bugungi sovrin:

Yuqoridagi suratda koʻrsatilgan «KUNDALIK»DAN 5 ta oʻynaladi.

Qatnashish sharti:

1. https://t.me/mutolaazavqii/6588

2. https://t.me/mutolaazavqii/6590

3. https://t.me/mutolaazavqii/6595

4. https://t.me/mutolaazavqii/6606

5. https://t.me/mutolaazavqii/6625

Yuqoridagi beshta havolaning istalgan birini bosing va koʻrsatilgan postni oʻnta yaqiningizga ulashing. Soʻng buni tasdiqlovchi ekrantasvir(skrinshot)ni ushbu post tagida qoldiring.

Qoʻshimcha:

Endi sizning yutish imkoniyatingiz koʻpayadi. Qancha koʻp ulashsangiz, shuncha koʻp raqam olasiz:

10 → 1 ta ovoz
20 → 3 ta ovoz
30 → 4 ta ovoz
40 → 6 ta ovoz

Hammaga omad!

@mutolaazavqii 📚

📖Mutolaa zavqi📚

22 Nov, 16:32


https://t.me/mutolaazavqii/6659?comment=27795

Ushbu ishtirokchimiz gʻolib deb topildi! Sizni chin dildan tabriklaymiz.

📖Mutolaa zavqi📚

22 Nov, 16:29


Savol: dunyoda ajabtavur joylashuvlar koʻp. Hozir aytilyotgan moʻjizaviy joylashuv ulardan tubdan farq qiladi. Bagʻrida vulqon, qizil, koʻk va yashil koʻllari boʻlgan bu joyda  bir necha 10 minglik tammadun suratlari bor deyiladi tosh qoyalarida. Bu joy haqida turli afsona va rivoyatlar tarqalgan.
Shavkat Rahmoning bir she'rida:

«sen hamon kichiksan,
bu olam- ?» deya joy nomi aytib oʻtilgan.

Diqqat! Bu joy nomi qayer?

@mutolaazavqii

📖Mutolaa zavqi📚

22 Nov, 16:23


Shart:

Quyida bir topishmoq tashlayman. Shu topishmoqni 5 daqiqa ichida toʻgʻri topgan kishiga Herman Hessening «Choʻl boʻrisi» kitobi beriladi.

Tayyor boʻlsangiz, reaksiya bosing!

@mutolaazavqii

📖Mutolaa zavqi📚

22 Nov, 16:18


Yana bitta kitob oʻynaymiz. Tayyor turing! Qatnashmoqchi boʻlganlar, reaksiya bilan bildiring!

📖Mutolaa zavqi📚

22 Nov, 15:33


Barcha gʻoliblarni qutlaymiz! ❤️

📖Mutolaa zavqi📚

22 Nov, 10:12


Kechirasiz, bezovta qildim. 4 daqiqa vaqtingizni ajratolasizmi? Aynan mana shu gaplarni eshitish uchun?

P.S.: Iltimos, hech narsaga chalg'imay telefoningiz ekranini o'chirib qo'yib diqqat bilan, yuragingiz bilan bir martagina tinglang.!

@mutolaazavqii

📖Mutolaa zavqi📚

22 Nov, 09:45


Bugun bitta kitob oʻynaymiz, shekilli. Faollik kam. Uchta kitob oʻynashimiz uchun maksimal harakat qilishimiz kerak. Raqam olmaganlar, tezlashing.

📖Mutolaa zavqi📚

22 Nov, 07:32


#kayfiyat

ChatGPT bilan gaplashadigan tanishlarga tashlab qoʻyamiz. 😁

@mutolaazavqii

📖Mutolaa zavqi📚

22 Nov, 06:31


«Moʻyna mantoli Madonna» asaridan men belgilagan joylar:

1. ... odamlar negadir izlagan narsasini oʻzi taxmin qilgan joyda boʻladi deb oʻylashadi. Ajdaho yashaydigan joyga kirib, u bilan jang qilishga tayyor «qahramon»ni topish juda oson, lekin tubida nima borligi nomaʼlum quduqqa tushishga jurʼat qiladigan odamni topish ancha qiyin. (6-bet)

2. Insonlarga qanchalik muhtoj boʻlsam, ulardan qochishga ham shunchalik ehtiyojim bor. (7-bet)

3. Hayot va zarurat insonga koʻp narsalarni oʻrgatadi... (11-bet)

4. Insonlar oʻrtasidagi munosabatlarni tashkil etadigan omillar naqadar kulgili, naqadar soxta va beʼmani va alaloqibat, asl insoniylikdan naqadar uzoq! (13-bet)

4. ... hamma narsaga tayyor turadigan, kimdan qanday muomala koʻrishni biladigan odamni hech narsa muvozanatdan chiqara olmaydi... (23-bet)

5. Lekin ular (odamlar) oʻrtadagi bu gʻovni olib tashlashga urinib koʻrish oʻrniga soʻqirdek daydib, paypaslanib yurishadi, bir-biri bilan toʻqnashib ketgandagina yonida oʻzidan boshqa odamlar ham borligini bilib qolishadi. (37-bet)

6. Dunyodagi eng goʻl, eng bechora, eng ahmoq odamning ham insonlarni hayratga soladigan darajada ajoyib, ziddiyatlarga toʻla ruhiyati boʻladi(-ku)! (45-bet)

7. Nega birinchi marta yeb koʻrayotgan pishlogʻimizning navini aytishga ikkilanamiz-da, birinchi marta toʻqnash kelgan inson toʻgʻrisida birpasda uzil-kesil xulosa chiqarib olamiz? (45-bet)

8. ... inson, albatta, yuragini boʻshatishi kerak. (59-bet)

9. Esimni taniganimdan beri butun umrim oʻzim bilmagan, tanimagan bir insonni izlash bilan oʻtgan ekan. (81-bet)

10. Dunyoda hech narsa menga maʼyus insonning majburan kulishga harakat qilishichalik azob bermaydi. (94-bet)

11. Bir inson boshqa bir insonni shunchaki, hech narsa qilmay turib ham baxtli qilishi mumkin ekan? (95-bet)

12. Mariya menga ruhim borligini eslatdi. Men ham uchratgan insonlarim orasida ilk bor ruhi tirik insonni koʻrib turibman. Albatta, hammaning ham ruhi bor, lekin koʻpchilikning bundan xabari yoʻq, koʻpchilik ana shu bexabar holatda kelgan joyiga qaytib ketadi. Ruh faqat oʻziga oʻxshagan ruhni uchratgandagina biz bilan, aqlimiz, oʻlchovlarimiz bilan hisob-kitob qilib oʻtirmay uygʻonadi. Oʻsha lahzadan eʼtiboran chin maʼnoda yashashni — ruhimiz bilan yashashni boshlaymiz. Oʻshanda barcha ikkilanishlar, tortinishlar ojiz qoladi, ruhlar bir-biri bilan quchoqlashish uchun hamma narsani yanchib oʻtib, bir-biriga talpinib chopadi. (115-bet)

13. Barcha yaqinlashishlar, birlashishlar, aslida, yolgʻon. Odamlar faqat muayyan holatda bir-biri bilan munosabatda boʻladi. (124-bet)

14. Vaholanki, oʻzimizni boshqalardan koʻra ulugʻroq, boshqalarni esa bizdan koʻra bechoraroq deb hisoblashga haqqimiz yoʻq... (124-bet)

15. Insonlar oʻrtasidagi, ayniqsa, erkak bilan ayol oʻrtasidagi munosabatlar shu qadar chigal, tuygʻularimiz shu qadar mavhumki, nima qilayotganimizni bilmay, oqimda suzib ketaveramiz. (128-bet)

16. Hech qaysi ayol ehtirosga berilgan erkakchalik ojiz, kulgili boʻlmaydi. (130-bet)

17. Shunday qarashlar borki, hayvoniy deyish kamlik qiladi. Hayvonlikdan ham tubanroq... Insonning riyokorligi, ayyorligi, bechoraligi omuxta boʻlgan hayvoniylik... Jirkanchlik... (135-bet)

18. Ayol bilan erkak oʻrtasidagi sevgiga haqiqiy nom berish qaysidir maʼnoda oʻzimizni aldashdan boshqa narsa emas.( 142-bet)

19. Ishq hech qachon siz aytgandek, oddiygina yoqtirish yoki kuchli sevgi emas. U butkul boshqa, biz tahlil qila olmaydigan bir his, uning qayerdan kelganini bilmaganimizdek, bir kun kelib, qayerga gʻoyib boʻlganini ham bilmay qolamiz. (143-bet)

20. Muhabbatda esa tahlil degan narsa yoʻq. (143-bet)

21. Yuragida haqiqiy muhabbati bor inson hech qachon sevgan kishisiga chegara qoʻymaydi, unga tazyiq oʻtkazmaydi. (143-bet)

22. Koʻpchilikni yaxshi koʻramiz, lekin yuragimizdagi haqiqiy muhabbat faqat birgina insonga qaratilgan boʻladi va biz uni qattiq seamiz. Muhabbat — sochganda kamayadigan narsa emas! (143-bet)

@mutolaazavqii

📖Mutolaa zavqi📚

21 Nov, 16:44


HAR KUNI KITOB YUTING | 4-KUN

Kechagi oʻyinimiz shiddatli va bahsli boʻldi. Kechagi oʻyinda jami 272 kishi ishtirok etgan boʻlib, oʻsha ishtirokchilar orasidan 5 kishi kitob gʻolibi boʻldi.

Biz sizni chin dildan muborakbod etamiz. Ilmingiz ziyoda boʻlsin.

Bugungi sovrin:


Virjiniya Vulf, «Shaxsiy xona»

Izoh: qatnashuvchilar 150 dan oshsa, bir emas, uchta kitob oʻynaymiz. Va «Qonunlar ruhi», «Noldan birga» kitoblari ham qoʻshiladi.

Qatnashish sharti:

1. https://t.me/mutolaazavqii/6588

2. https://t.me/mutolaazavqii/6590

3. https://t.me/mutolaazavqii/6595

4. https://t.me/mutolaazavqii/6606

5. https://t.me/mutolaazavqii/6625

Yuqoridagi beshta havolaning istalgan birini bosing va koʻrsatilgan postni oʻnta yaqiningizga ulashing. Soʻng buni tasdiqlovchi ekrantasvir(skrinshot)ni ushbu post tagida qoldiring.

Qoʻshimcha:

Endi sizning yutish imkoniyatingiz koʻpayadi. Qancha koʻp ulashsangiz, shuncha koʻp raqam olasiz:

10 → 1 ta ovoz
20 → 3 ta ovoz
30 → 4 ta ovoz
40 → 6 ta ovoz

Hammaga omad!

@mutolaazavqii 📚