2 kun ichida bo'lgan zo'r keysni aytaman.
Sayyod(avfonphoto) uchun kontent oldik. Uni bazoviy color correction qilib, montajini keyingi qoldirdik.
Ishlar ko'payib, montajiga umuman vaqt bo'lmayotudi. Shu orada Sayyodga tanimagan montajyor outreach(yozib, aloqaga chiqib) undan birorta videosini tekinga montaj qilib berishini aytgan.
Sayyod boyagi materialni tashlab berdi. 1-2 ta pravkalar bilan montaj tugadi va Sayyod uni instagramga joyladi.
Shu qilingan ish orqasidan bitta SMM agentlik egasi va yana bir nechta odam montajyorni kontaktini so'rashdi.
Outreach qilgan montajyor 1 ta ishni tekinga qilib, bir nechta potensial mijozlarni jalb qildi.
Qissadan hissa: 1 ta usulni o'rganibam, o'shani tekinga biror kishiga taklif qilib ko'ring. Shart emas hammani narsani bilish.
Shaxsan o'zim tekinga ish qilib chet eldan potensial mijozlar jalb qilaman haligacha. Bu shunchalik banal va shunchalik ishlaydigan narsa.