Dr. Algorithm @dralgorithm Channel on Telegram

Dr. Algorithm

@dralgorithm


Saidolim Djuraev’ning mantiq va qiziqarli ma'lumotlar haqida kanali.

Savollar yoki javoblar uchun: @DrAlgorithmBot

Dr. Algorithm (Uzbek)

Dr. Algorithm kanali, Saidolim Djuraev tomonidan omborlanadi va bu mantiq va qiziqarli ma'lumotlar bilan sizga xizmat qiladi. Kanalda, matematika, informatika, va boshqa sohalardagi algorithm va dasturlash mavzulari haqida foydali ma'lumotlar topishingiz mumkin. Agar sizning savollaringiz bo'lsa, Dr. Algorithm botiga @DrAlgorithmBot yozib, javob olishingiz mumkin. Bu kanal orqali, yangi bilimlar olish va o'z dasturchilik yetingizni oshirish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Siz ham Dr. Algorithm kanaliga obuna bo'ling va ma'lumotlar kutubxonasini kengaytiring!

Dr. Algorithm

07 Feb, 11:21


Bir odam telefonlarga javob bermaganidan qamalib ketganini o’zim ko’rgandim.

Ba’zida Rad javob berishdan, kelishuv o’xshamaganligidan telefonni ko’tarolmasligimiz afsuski bo’ladigan holat. Lekin bundan qochgan ma’qul.

Kimga javob berolmagan bo’lsam iltimos qayta yozinglar, siz bilan masalamiz ochiq qolgan bo’lsa bir qarorda yopaylik.

@AmonAkramovich

Dr. Algorithm

25 Jan, 07:57


Assalom alaykum!!!
UzGeeks'da No-Code kuni!

📆 25-yanvar, shanba kuni Toshkent shahri Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida "UzGeeks January2025 No-Code Day Meetup" bo'lib o'tadi.

1️⃣. “No code 5 yillik tajriba. Nima uchun Wix?” - Jamshid Xoliqulov (CEO @ Fido Studio)
2️⃣. “Kambag'alga shashlik AppSheet ham ovqat yechim” - Muhammadjavohirbek Sur'atov (AppSheet dasturchi, Frilanser)
3️⃣. “No-Codeda web sahifalar” - Sa'dulloxon Fatkhullayev (Team Lead @ UIC Group)

🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks saytida ro'yxatdan o'tish kerak.
Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Muminov ko’chasi, 4A (Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida)

Hamkorlar:
O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi
Thinkland

Guruh | Kanal | Facebook | 💫 Donate
https://uzgeeks.uz/

Dr. Algorithm

04 Jan, 11:46


Inna lillahi va inna ilayhi rojiun.

🤲 Shukrullo Turgunov (@vodiylik).

Oʻzbek IT olamida koʻp foydalari tekkan inson.

Duo qilib qoʻysangiz.

Dr. Algorithm

31 Dec, 21:50


Channel photo updated

Dr. Algorithm

23 Dec, 18:01


YouTube haftasi

Bu hafta YouTube'da 2 ta ajoyib podcast chiqdi.

Mavzu: Chet elda o`zbekistonliklar, ta'lim va ish haqida edi.

1️⃣ 📱 https://www.youtube.com/watch?v=WJr9fLQlrcw

#Gashtak podcasti. Chet elda yurgan va mehnati bilan natijaga etishgan O`zbeklar haqida podcast tayyorlab boradi.

YouTube | Instagram | 📱 Telegram

2️⃣ 📱 Angliyaning Qora Tomoni — Berkitilgan Haqiqatlar | Jamshidxon Ziyoxonov

https://www.youtube.com/watch?v=AJmuzuTJuh8

Har ikkala podcastni eshitishni tavsiya etaman.
Audiosini ham eshitib mavzuni tushunish mumkin.

Ko`p beriladigan savollardan ba'zilariga javob berib ketilgan:

1. Chet elga o`qishga ketish yaxshimi?
2. Ishlagani Angliyaga borsam bo`ladimi?
3. Odamlar nima deydi?


va yana boshqalar.

Ha, aytgancha. Kanalga obuna bo`lsangiz, yordamingiz tekkan bo`lar edi.

23.12.2024
@DrAlgorithm

Dr. Algorithm

19 Dec, 10:01


Shaxsiy ma'lumotlar daxlsizligi?

Bilasizlarmi O'zbekistonda sizni shaxsiy ma'lumotlaringiz bir pulga qimmat, ya'ni hamma istasa, be'malol topa oladi. Masalan, firma ochsangiz, banklar, buxgalterlar o'zini xizmatini taklif qilib tinmay bezovta qilishadi, farzandli bo'lsangiz, tadbir o'tkazish xizmatlari tinmay sizga telefon qilishadi va hokazo holatlarda, albatta, sizni topib o'z xizmatini tiqishtiraveradi.

Bundan ham og'irlari bor. Masalan, chetga chiqib keldingiz va yaqin orada telefon xarid qilasiz, uni esa IMEI kodini ro'yxatdan o'tkazish kerak. Tabiiyki o'z paspportingizga o'tkazmoqchi bo'lasiz, lekin syurpriz bor: sizni nomingizdan o'tkazib bo'lishgan. Chunki aeroportni o'zida sizni pasport ma'lumotlaringiz pullangan edi. Xullas, shaxsiy raqamingiz, pasport ma'lumotlaringiz, manzilingiz bilan qiziqqan odam yoki biznes uni be'malol topa oladi, kerak bo'lsa, foydalanib ham bo'ladi o'rningizga.

Mobil operatorlar sizni turli pullik obunalarga tiqib qo'yishi, tinmay har qanday universitet yoki infoqallobdan sms kelishi esa alohida mavzu.

@xoshimovuz

Dr. Algorithm

19 Dec, 10:01


Juda ham aktual mavzuni yozibdilar.

Qanday qilib koʻpchilikka shuni tushuntirsa boʻlar ekan-a?

19.12.2024
@DrAlgorithm

Dr. Algorithm

07 Dec, 08:05


“Messenjerlar yopilishi mumkin, lekin e-mail o‘lmaydi!”
📱https://youtu.be/GcRkaS6jnCg

Dr. Algorithm

04 Dec, 06:01


DevFest 2024

Juda zo`r tadbir. Agar eshitmaganlar bo`lsa:

🎉 GDG DevFest 2024
📅 Dekabr 7, 2024 | 📍Alisher Navoiy Kino Saroyi, Toshkent
Google’s ning so`nnggi texnologiyalaridan xabardor bo`ling, 30+ spiker, 15+ workshops va 5,000 dan ortiq ishtirokchi!

🔗 Roʻyxatdan oʻtish

Tadbirlarga faol qatnashing.
Don’t miss these landmark events shaping Uzbekistan’s tech future!
————

04.12.2024 London
@DrAlgorithm

Dr. Algorithm

27 Nov, 20:00


Dasturlashda 27 yillik tajribaga ega ekspert bilan jonli efir!

😀 O‘zbekistondagi ilk dasturlash mutaxassislaridan biri savollaringizga javob beradi! Ustoz Qudrat Abdurahimov GITA dasturlash akademiyasiga asos solgan.

Savol-javobda AyTiga oid muhim masalalarda maslahat oling. Jumladan:

— Hozir AyTida qanday ko‘nikmalar talab qilinadi?
— Oʻrganishni aynan qayerdan boshlash kerak?
— Qanday qilib muvaffaqiyatli karyera qurish mumkin?

🎥 Instagram Live
🗓 Juma
19:15

Savollaringizni izohlarda qoldiring!

@mohirdev

Dr. Algorithm

18 Nov, 11:20


✈️ Surish kerak

Husan aka Mamasaidovning #Gashtak'ga bergan suhbatlarida Ketish kerak degan edilar.

Endi esa Akmal Paiziyev ham Kaliforniaga Ko`chib ketganini aytib qoldi.

"Surish kerak", - degani, Grinkarta o`ynab, USga qochish haqida emas.

Aql bilan ketib, ilm olib, O`zbekistonga qaytish kerakligi haqida tushuntirib berishgan.
* Nima uchun aynan bunday qilish kerak?
* O`sha yerda mazza qilib yashasa yaxshi emasmi?
* O`zbekistonga qaytsa yana eski holatga tushib qolmaydimi?

Shu mavzular haqida chiroyli izohlar berishibdi.

O`qib ko`ring, balki sizning ham ilm olishga bo`lgan qiziqishingiz o`zgaradi va ketishingiz albatta O`zbekistonga foydali bo`ladi.

18.11.2024 London
@DrAlgorithm

Dr. Algorithm

15 Nov, 06:00


Nechta davlat Unicorn chiqargan?

LinkedIn'da Stanford professori Ilya Strebulaevga tegishli maqolani ko‘rib qoldim.

AQShda 500 dan ortiq Unicornlarning asoschilarini o‘rganishgan. 1,000 dan ortiq asoschi (founder) tug‘ilgan davlatlarini o‘rganishganda, yarmidan ortig‘i AQShgda tug`ilmagani aniqlangan.

Maqolani to‘liq o‘qishni tavsiya qilaman.

Vatandoshlarimizdan 2 kishi ham unicorn asoschilari ekan. Qaysi unicorn ekan, kim biladi?

14.11.2024 London
@DrAlgorithm

Dr. Algorithm

07 Nov, 22:00


Bir maqola yozish vaqtida boshqa kanallardagi 2 ta maqolani o`qib qoldim.

Foydali deb hisobladim. Ularning havolalarini shu yerda qoldiraman.
Sizga ham foydali bo`ladi degan umiddaman.

* Nega hozir Juniorlar va internlarga ish yo'q?
(Khumoyun Codes - https://t.me/khumoyun_codes)

* Negadur bizda ingliz tiliga bog’lanib qolingan.
(Doniyor Tojikhonov - https://t.me/doniyor_tojikhonov)

P.S. Maqolam ertaga kanalga chiqadi.

@DrAlgorithm

Dr. Algorithm

25 Oct, 10:01


Assalom alaykum!!!
UzGeeks'da AI kuni esingizdami?

📆 26-oktabr, shanba kuni Toshkent shahri, Muminov ko'chasi 4A, (eski Mohirdev ofisi) "UzGeeks October2024 AI Day Meetup" bo'lib o'tadi.

📚 Meetup quyidagi bo'limlardan tashkil topgan:

1️⃣ "Data Preparation" - Aziz Abdumalikov
2️⃣ "Biznesda Sun'iy Intellekt" - Muhammadali Salohiddinov
3️⃣ "Tavsiya qilish tizimlari ijtimoiy tarmoqlarda qanday ishlaydi?" - Mohinur Abdurahimova
4️⃣ "Thinking Machines: Understanding the Rise of AI" - Zarifjon Naxalov
5️⃣ "AI plus You" - Adham Zohirov

🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks saytida ro'yxatdan o'tish kerak.
Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Muminov ko’chasi, 4A(eski Mohirdev ofisi)

Hamkorlar:
- O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
- Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi
- Thinkland - Mohirdev - UIC Group

Guruh | Kanal | Facebook | 💫 Donate

Dr. Algorithm

24 Oct, 12:01


Xavfsizlik kaliti

Mobil telefon raqami buzilishi va SMS xabarlarni o‘qish mumkin ekanini yozganimdan keyin ko‘p savollar bilan murojaat qilishdi. Shu sababli shaxsiy hisob (account) laringizni qanday qilib himoya qilish haqida aytib bermoqchiman.

Boshladik...

Ko‘pchilik hozirgi kunda shaxsiy ma'lumotlarini internet tizimlarida saqlaydi. Email, ijtimoiy tarmoq, bank hisobi va boshqalar. Ularni himoyalash uchun esa login va parol (password) yetarli emas. Chunki agar sizning loginingizni bilish oson. GMail uchun email manzilingizni ishlatasiz. Demak faqat parolni bilishim yetarli ekan. Buni esa bilish usullari ko‘p. Bu haqida alohida...

2FA / MFA

Demak, eng nozik joyimiz parol ekan, uni himoya qilish qiyin ekan, bizga yana bir narsa kerak. Shu sababli ham 2FA/MFA o‘ylab topilgan.
2FA - Two Factor authorisation - Ikki faktorli avtorizatsiya
MFA- Multi Factor authorisation - Ko‘p faktorli avtorizatsiya

Siz Instagram yoki boshqa tizimga kirishga avval login va parol terasiz. Keyin esa sizga SMS keladi. U yerda kelgan kodni kiritsangiz, keyin hisobga kiritadi. 2-faktor sifatida SMS xabar ishlatildi.

Endi SMS ni buzishdi, nima qilamiz?

OTP Auth app

Yana bir usul, bu tizimga kirish uchun maxsus dasturlardan foydalanish. Google Authenticator, Microsoft Authenticator va boshqalar shu jumladan.

Sizga QR kod beriladi. Google Authenticator orqali rasmga olsangiz ro‘yxat paydo bo‘ladi va son ko‘rinadi. Bu son har 30-60 soniyada almashib turadi. Bu son internet orqali ishlamaydi. Shu sababli online buzish mumkin emas!

Login/parol terganingizdan keyin sizdan son (kod) so‘ralganida, siz bu dasturga kirib ko‘rsatilgan sonni olishingiz mumkin. (2-rasm).

Production kaliti - (YubiKey)

Google Authenticator kabi dasturlar ko‘pincha kodlarni serverda saqlashadi. Siz telefoningizni yo‘qotib qo‘ysangiz, hammasini qayta tiklamasligingiz uchun serverdagi hisobingizda saqlashadi. Bu esa sizning OTP kodlaringizni olish zayifligini hosil qiladi. Ya'ni sizning Google Authenticator'ga kira olsam, sizning bank hisoblaringiz va boshqa OTP'larni qo‘lga kirita olaman.

Shu sababli eng muhim joylarda yanada ishonchli usul kerak. Bulardan biri jismoniy (hardware) kalitlar. Bu kalitning vazifasi, USB ga ulaganingizda juda uzun kod hosil qiladi. Bu kodni terish imkonsiz (ko‘p vaqt oladi). Ba'zi kalitlar barmoq izini ham tekshiradi.

Kamchiligi, agar kalit uyda qolib ketsa, hisoblaringizga kira olmaysiz.

Production server bu IT soha odamlari va biznes egalari uchun eng muhim himoya talab qiladigan joy. Chunki u yerda nafaqat shaxsiy ma'lumotlar, balki mijozlarimiz ma'lumotlari, hujjatlari hatto pullari turishi mumkin.

Aynan shunday muhim joylarda YubiKey kabi kalitlar ishlatish o‘rinli.

Namuna

Albatta, gapirib o‘tish oson, lekin amaliyotga ham ishlatilgan bo‘lsa, keyin to‘g‘ri bo‘ladi, shunday emasmi?

Men GMail ga kirishim uchun SMS o‘rniga temir kalit ishlataman. Yangi qurilmagan kirganimda noqulaylik tug‘diradi.
Lekin yaxshi tomonlari ko‘p:
1. Kalitni USB ga qo‘yib, barmoq bossam yetarli.
2. SMS xabarni telefon ekranidan ko‘rib olish mumkin. Bunda esa yo‘q.
3. Ko‘p dasturlar (Chrome, AWS,...) kalitni ishlatishni biladi.
4. Telefonda ishlatish uchun NFC dan foydalanish mumkin. Tekkizsa o‘zi kod oladi.

Kamchiligi:
1. Doim yoningizga olib yurish kerak.
2. Yo‘qotib qo‘yish oson, juda kichkina.

Xulosa qilib aytganda. Agar qiymatli tizimlar bilan ishlasangiz albatta temir (xavfsizlik) kalitga o‘ting. Hatto shaxsiy YouTube, GMail larga ham ulab olsangiz bo‘ladi.
Ulagandan keyin albatta SMS ni o‘chirib qo‘ying.

24.10.2024 London
@DrAlgorithm

Dr. Algorithm

18 Oct, 08:00


☄️“15 mln kuzatuvchisi bor YouTube kanali egasining telefonini buzib, kanal ma’murligini qo‘lga kiritishdi – shartli ravishda, albatta”
Yuqoridagi ma’lumotlar Dr. Algorithm Telegram kanalida e’lon qilingach turli muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Asosiy ofisi Londonda joylashgan Moneff kompaniyasi IT-menejeri Saidolim Jo‘rayev yozyapti:
“Apple asoschilari avval telefon tizimini buzishgani (hack) qilishganini bilarmidingiz?
• Rim Papasiga tekinga telefon qilib, ertalab uyg‘otishganinichi?
• Dubay shayxining qizi Shayx Latifani telefon orqali ummon markazidan topishgani, GPS‘siz;
• SMS orqali keladigan bir martalik kalit so‘z – OTP (One Time Password)larni ham bilish mumkinligi;
• OTP orqali Telegram‘ga kirishga 15 soniya yetarli ekani;
• Python‘da yozilgan kod orqali sizga kelayotgan qo‘ng‘iroqlarni boshqa “qabul qilishi” mumkinligi;
• GPS‘siz qachon va qayerga borganingizni bilish qiyin emamligi;
Xullas, 15 million obunachisi bor YouTube kanalini buzib kirishdi – xavfsizlik tobora katta ahamiyat kasb etib bormoqda ...


🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-199
📱 Suhbatni tomosha qilish👉 https://youtu.be/F5lt7riGD3c

Dr. Algorithm

15 Oct, 12:28


Farhod yaxshi mavzuni ko`tarib chiqqan ekan.

Kredit o`zi yaxshi narsa emasligini bilamiz. Lekin bizning ustimizdan ish qilishligi yanada ayanchli.

O`zbekistondan tashqarida https://portal.infokredit.uz portali ishlamas ekan. Shuning uchun MyGovUz orqali qilib ko`rdim.

1. MyGovUz dagi kabinetingizga kirasiz. https://my.gov.uz

2. https://my.gov.uz/oz/service/1107 havola orqali "Kredit tarixini olishga cheklov o‘rnatish" xizmatini tanlaysiz.

3. "Xizmatdan foydalanish" tugmasini bosasiz.

4. Ekranda 2 ta narsani yoqish kerak ekan.

5. Avval pastda turgan SMS ni yoqasiz. SMS kelasi, 4 xonali son. Shuni kiritasiz.

6. Keyin kredit tarixini o`chirasiz. Yuqoridagi tugmani bosasiz.

Agar uyda kattalar bo`lsa, ularning kabinetlariga birga kirib, ular uchun ham o`chirib bersangiz bo`ladi.

Foydali bo`ldi. Rahmat @Farkhod_com ‼️

15.10.2024 London
@DrAlgorithm

Dr. Algorithm

15 Oct, 12:15


Kredit tarixiga taqiq qo'yamiz

O‘zingizni va oila a’zolaringizni noquniy kredit olishdan saqlash uchun, kredit tarixiga cheklov qo‘yishni tavsiya qilaman. 

KATM degan markaz bor. Unda barcha fuqarolarning kredit tarixi saqlanadi. Qaysidir inson kredit olmoqchi bo‘lsa, bank oldin fuqaroni KATM bazasidan tekshiradi, keyin kreditga rozilik beradi.

KATMni 'Freeze' degan xizmati bor. U kredit tarixini tekshirishga taqiq qo‘yish imkonini beradi.
Kredit beruvchi tashkilotlar, kredit tarixini ko‘rmasdan, kredit bermaydi.

Yoshi katta, pensiya yoshidagi odamlarni nomida moshenniklar kredit olmoqda. Yaqinda, tanishimni oyisini nomiga, moshenniklar $8000 kredit olibdi.

Taqiq qo‘yish bo‘yicha qo‘llanma:

1️⃣ https://portal.infokredit.uz/login bu yerga kiramiz va jismoniy shaxsni tanlaymiz;

2️⃣ My Gov orqali KATM shaxsiy kabinetga kiramiz va
Yuqorida ‘Freeze xizmati’ bo'limini tanlaymiz https://portal.infokredit.uz/freeze ;

3️⃣ ’Freeze xizmati’ sahifasida ‘Yoqish’ tugmasini bosamiz.

Bo‘ldi, kredit tarixini tekshirishga taqiq qo‘ydik.

Kelajakda, kredit tarixini kimdir tekshirmoqchi bo‘lsa, sizga SMS xabarnoma keladi.

Bu xizmat 2024-yil oxirigacha bepul. 

Salomat bo‘ling.

-------

@farkhod_com

Dr. Algorithm

02 Oct, 12:02


Assalomu alaykum,

Juda ajoyib suhbat uyushtirilibdi. Chaqirilgan mehmonlar o`z sohasida mutaxassislar.

📱 Batafsil: https://youtu.be/j9HE_0yym-g?si=OFbPDSaGpLDLQ35d

Ko`rishni tavsiya etaman.

@DrAlgorithm

Dr. Algorithm

02 Oct, 12:00


“IT Park va Texnopark kabi yirik loyihalarni rivojlantirish uchun kadrlar, hamkorlar kerak..”

“Boshqa tarafdan, hamma IT sohasini o‘qiyapti, lekin o‘quv markazini bitirib chiqqanlarni hech kim ishga olmayapti”.

“Stajyorlarni ishga oladigan IT kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash kerak. Aks holda qanchadan-qancha mutaxassis g‘oyasi bilan ishsiz qolib ketyapti”.


— “Yangi Hayot” televizion ko’rsatuvida Umidjon Ishmuhamedov, Sherzod Ahmadov, Qudrat Abdurimov va boshqa IT hamda texnologiyalar bo’yicha mutaxassislar, faollar bilan qizg’in suhbatda ishtirok etdik.

👉 Batafsil: https://youtu.be/j9HE_0yym-g?si=OFbPDSaGpLDLQ35d

@AlisherAhmatovich

Dr. Algorithm

01 Oct, 08:00


🎉 Ustoz va murabbiy!

Assalomu alaykum, ustozlar va murabbiylar! Ayyomingiz muborak bo`lsin!

Sizning qilib kelayotgan mehnatingiz nafaqat sizning o`quvchilaringizga, balki yurtimiz va millatimizga katta manfaat olib kelishi hech kimga sir emas.

Bu mehnatning tagida qanchalik katta mashaqqat yotganini vaqt o`tib sezish mumkin ekan holos. Alloh sizni ulug`lasin, o`zi rozi bo`lsin!

Barcha hamyurtlarimizga bugun ustoz va murabbiylar bayrami munosabati bilan tarihga nazar solib, sizga ilm bergan insonlaringizni eslab o`tishni tavsiya qilaman. O`zim ham kunni shu bilan boshlagandim.

1. Ona - sizning tug`ilishingizdan boshlab sizga ilm va tarbiya berishni boshlagan zot, ustozlarning birinchisi. Siz yorug` olamga kelishingizda sizni kutib turgan olam haqida tanishtirgan va tayyorlagan murabbiy. Siz katta rahmat!

2. Ota - sizga bitta qarashi bilan ma'no to`la dars bera olgan inson, o`zining hulqi va harakati orqali sizga namuna bo`lgan zot. Sizning quvonchli va qiyin kunlaringizda orqangizda dalda bo`la olgan zot. Katta ustoz!

3. Buvijoningiz - hali maktabga chiqmasingizdan sizga harf va hisobni o`rgangan ustoz. Maktabda 1-qatorga o`tirishingiz, doimo 5 baho olib kelishingiz sababchisi, urishib kiymingiz yirtilganida sizning yoningizni olgan zot, murabbiy.

4. Ilk o`qituvchingiz - maktabga 1-kundan sizni kutib olgan, ilm bergan, kitob ushlatgan va sizni boshlang`ich sinflarda katta bo`lishga tayyorlagan ustoz.

5. O`rta sinf ustozlaringiz - sizning qiziqishingizni bila olgan, o`zining faniga qiziqtira olgan ustozlar. O`zini bolasiga vaqt kam qolsa ham sizni Olimpiada va boshqa musobaqalarga olib yurgan zot. Ish vaqtidan tanshqari siz bilan shug`ullangan ustoz.

6. Universitet domlangiz - mustaqil hayotni endi boshlagan vaqtlaringiz sizni to`g`ri yo`naltira olgan, kelajakda hayot yo`lingizni topishingiz, qiziqishingizga mos kasb egasi bo`lishingiz, sohangizni mukammal egasi bo`lishingizga yordam bergan ustoz.

7. Hayot, Millat, Vatan - sizni tug`ilishingizdan boshlab, hozirgi kuningizgacha sizga sharoit yaratgan, oqibat o`rgatgan, xatolaringizni ko`rsatib bergan, ularni tuzatishga sharoit bergan murabbiy.

8. Do`stingiz, sinfdoshingiz, qadrdonlaringiz - sizni doim qo`llab-quvvatlab kelgan. O`ziga foydasi tegmasa ham sizni o`sishingizga sababchi bo`lgan birodarlaringiz. Sizning yoningizda bo`lganini o`zi bilan sizga kuch bergan, g`ayrat bergan qiyomatlik do`stlaringiz. Biroda-murabbiylar.

... bu ro`yxatni davomi juda uzun. Har birida birnecha insonni eslab o`tamiz.

Keling bugun shu sabab bilan ularni eslab o`taylik. Ismlari bilan eslab, duo qilsak.


Hurmatli ustozlarim, murabbiylarim! Barchangizni kasb bayramingiz bilan tabriklab, yil davomida kuningiz bugungidek quvochli va barakotli bo`lishini tilab qolaman!
Ayyomingiz muborak!

01.10.2024 London
@DrAlgorithm

Dr. Algorithm

27 Sep, 05:01


Kitob va Paradox kema

Avvallari kitob qayta nashr etilishini bilmas edim. Keyin esa nashr yiliga qarashni boshladim.
Vaqt oʻtib yangi nashr faqat kitobni qaytadan chop etish emas ekanini bildim. Har bir yangi nashr yangi oʻzgarish degani ekan.

Tasavvur qilganmisiz, sizga kitob tavsiya qilishdi. Nomi, muallifi va muqovasi maʼlum. Sotib oldingiz. Oʻqib koʻrsangiz, tavsiya etgan odam aytgan narsalar kitobda yoʻq.

Menda ham oʻxshash holat boʻldi. Kutubxonadan kitob olib oʻqidim. Rosa yoqdi. Keyin online doʻkondan buyurtma berdim. Qoʻlimga olganimda oʻqib koʻrsam, ichi toʻlaligicha boshqacha. Bilsam, men kutubxonadan olganim 2-nashr va sotib olganim 3-nashr ekan.
Shundan beri kitob tanlashda nashr raqamiga ham eʼtibor bera boshladim.

Paradox kema haqidagi xabarim esingizdami?
Unda kemani qayta yasagan edik. Bu yerda esa kitob nomi oʻsha, ichi esa boshqa. 🥴

Hayot paradoxlarga toʻla. Yo biz e'tibor bermaymiz yo bizga ta'siri yoʻq.

26.09.2024 L
@DrAlgorithm

Dr. Algorithm

22 Sep, 13:01


Juda foydali maslahatlar ekan.

https://t.me/leetcodin/432?single

Agar quyidagi post bilan qoʻshib ish yuritsangiz:

https://t.me/javokhir_notes/275

Ikki karra foydali!

@DrAlgorithm

Dr. Algorithm

22 Sep, 13:01


Ready to build habits that stick?

Swipe through these key insights to get started!

@LeetCodin