Xabaringiz bor, yaqinda AQSh prezidenti saylovi bo‘ldi. Bu yilgi saylovda esa nomzodlar ovoz beruvchilarni juda noyob yo‘llar bilan jalb qilishdi. Har ikki qahramon uchun marketing taktikasi o‘ziga xos o‘rin tutdi. Xullas, cho‘zib o‘tirmaymiz — keling, Qo'shma Shtatlarning 47-prezidentiga aylangan Tramp qo‘llagan strategiyalarini ko‘rib chiqamiz:
1. Nostandart kommunikatsion kanallar — X va Twitch
Trampning xarakterini ko‘rsatib beruvchi muhim element — uning kommunikatsiyasi. Shunga u birinchi o‘rinda turadigan yangiliklar manbasini egalladi. O‘zining fikri va g‘oyalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazib berish uchun an‘anaviy ommaviy axborot vositalaridan foydalanmadi. Aksincha, gaplarini filtrlamaydigan X (sobiq "Twitter") ga joylash auditoriyaga ta’sir qiladigan haqiqiylik hissini berdi.
Bundan tashqari, Tramp yosh avlod bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish uchun, video o‘yinlarni namoyish etadigan "Twitch" platformasidan ham foydalangan. Namoyishlar va nutqlarni translatsiya qilib, siyosatga qiziqmaydigan ovoz beruvchilar qatlamini qamrab olishga xarakat qildi. Twitch’dagi foydalanuvchilar platformadan siyosiy xabarlar uchun foydalanishni tanqid qilishgan bo‘lsa ham, Tramp bunga e'tibor bermadi.
2. Podkast – yangi siyosiy vosita
Bu yilgi saylovda podkastlar ikkinchi muhim kommunikatsiya vositasi bo‘ldi. Saylovdan oldin D. Trump "The Joe Rogan Experience" podkastida qatnashgan edi. Qizig‘i Kamala Harris ham "Call her Daddy" podkastida ko‘rinish berdi. Lekin birinchi nomzodning auditoriyasi kattaroq chiqdi: ko'rishlar soni 2 kun ichida 30 mlndan oshdi.
3 soatlik tahrirlanmagan va ochiq suhbatdan keyin odamlar bilan muloqot qilish osonroq bo‘ldi.
3. Inflyuyenserlar bilan ishlash
Trampning eng qiziq faolliklaridan biri — Logan Pol va Adin Ross kabi yutuberlar bilan hamkorligi edi. Bu narsa siyosatga qiziqmaydigan yoshlarni ular eng faol bo‘lgan platformalar orqali jalb qildi. Yosh avlod asosan Kamala Harris tomonida bo‘lsa ham, Trampning maqsadi ushbu demografik guruh bilan bog‘lanib, ularning tilida muloqot qilishini ko‘rsatish edi.
4. Raqibga qarshi strategiya
Trampning navbatdagi noodatiy ishi AQSh do‘konlariga "Kamala Harrisning yutuqlari" nomli kitob chiqarishi bo‘ldi, ammo u bo‘m-bo‘sh sahifalardan iborat, xolos. Bu ishdan tashqari, Tramp o‘z sahifalarida auditoriyaga ta’sir o‘tkazish uchun Kamalaning siyosatini tanqid qiluvchi postlar ham joylagan edi.
Xullas, Trampning bu yilgi faolliklari o‘ziga xos va qiziqarli bo‘ldi. Uning marketing strategiyasi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti va noan’anaviy taktikasi — mahorat darsi. Kamida u natija berdi.
Manba
Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi