Abdulhamid Yoqubov || Insholar @abdulhamidyakubov Channel on Telegram

Abdulhamid Yoqubov || Insholar

@abdulhamidyakubov


Topilma va asl boyligim bilan boʻlishaman
.
.
@abdulhamid_yakubo

Abdulhamid Yoqubov (Uzbek)

Abdulhamid Yoqubov Telegram kanalimiz sizga har xil topilma va asl boyligimiz bilan bog'liq matnlar, rasmlar va videolar bilan ta'minlaydi. Bu kanalda men, Abdulhamid Yoqubov, o'z ishim va faoliyatlarim haqida yangiliklar, ko'ngilli suratlari, maqolalar va boshqa bir qancha ma'lumotlar bilan sizlarni xush kelib qaroraman. Sizga qiziqarli va o'ylab chiqaruvchi materiallar taqdim etishga intilamiz. Agar siz ham men haqimda yangiliklarni va men bilan bog'liq ma'lumotlarni bilib olishni xohlasangiz, shu payt @abdulhamid_yakubo kanalimizga obuna bo'ling va yangiliklarimizdan xabardor bo'ling.

Abdulhamid Yoqubov || Insholar

15 Feb, 17:17


Siz yana qanday shu kabi misollarni bilasiz?

Abdulhamid Yoqubov || Insholar

15 Feb, 17:15


Narsalarning asl narxi bilan tanishamiz

Masalan kofe mashina $400ga qimmatmi arzonmi?

Qimmat albatta deyishga shoshilmang

Biznesda egalik qilishning umumiy narxi degan tushuncha bor (Total Cost of Ownership)

Dunyo bo'yicha odamlar kuniga o'rtacha bir chashka qahva ichadi

Keling hisob kitob qilamiz

Kafeda (Har kuni qahva sotib olish):

- Bir piyola qahva narxi: $3
- Yilda kunlar soni: 365
- Yillik umumiy xarajat: $3 x 365 = $1,095
- 3 yil davomidagi umumiy xarajat: $1,095 x 3 = $3,285

Uyda tayyorlash:

- Qahva donalari narxi oyiga: $15
- Qahva mashinasi: O'rtacha bir o'rta narxdagi qahva mashinasi $400 deb qabul qilamiz.
- Yillik qahva donalari xarajati: $15 x 12 = $180
- 3 yil davomida qahva donalari xarajati: $180 x 3 = $540
- Qahva mashinasining umumiy narxi: $400
- 3 yil davomida umumiy xarajat: $540 (qahva donalari) + $400 (mashina) = $940

3 Yil Davomidagi Solishtirish:

- Kafeda har kuni sotib olish: $3,285
- Uyda tayyorlash (qahva donalari va mashina): $940

Demak, qahva mashinasining umumiy narxi bizga, agar har kuni qahva ichadigan odam bo'lsak "-$2,345" ga tushyapti, yani $2,345 foydadamizmi?

Narsa xarid qilayotganda, uning TCO'sini hisoblang, bir martalik to'layotgan pulingizni emas

Masalan Gentra ham $15K turmaydi

1 yilda $3K narxi tushadi hamda $2000 yiliga rasxod qilasiz, bu degani yiliga 5K danga sizga aylanyapti, keyin sotsangiz yana $12K pul bo'ladi

Rahmat

15.02.2025, Istanbul

@abdulhamidyakubov

Abdulhamid Yoqubov || Insholar

14 Feb, 14:57


Channel name was changed to «Abdulhamid Yoqubov || Insholar»

Abdulhamid Yoqubov || Insholar

14 Feb, 14:52


Agar oʻzga sayyoraliklar mavjud boʻlsa

Hamda ulardan biri kelib yer yuzidan bitta oq tanli odam olib ketsa

Oʻzga sayyoradagilar yerliklarning hammasi oq ekan deb oʻylaydi

Agar bir qora tanli va bir oq tanli odam olib ketishsa

Ular yarmi oq yarmi qora ekan deb oʻylashadi

Xuddi shu kabi bir narsa haqida tasavvur toʻliqroq boʻlishini xohlasak

Bu narsa haqida har tarafdan oʻrganish kerak

Dunyo haqidagi tasavvur ham shunday shakllanadi

Agarda siz 18 - 22 yosh boʻlsangiz, mashinadan ham avval sayohatni prioritet qilishingizni aytgan boʻlar edim

Chunki shundagina odamlar $50K ga bir kun hotelda turishi mumkinligini

Dengizga qaragan villalarda yashashini

Yaxtalarga ega boʻlishini

Butun umrini ilmga, san’atga berishini

Tasavvuringizga sigʻdirishi mumkin boʻladi

14.02.2025, Istanbul

@abdulhamidyakubov

Abdulhamid Yoqubov || Insholar

13 Feb, 20:25


Bugun Turkiyada kuni bilan ko'chada yurib, charchab kunduzi hotelda uxlab qoldik

Keyin ko'chaga chiqdik 21:30larda uje kech bo'lgan edi, qorin och, shu hotelni o'zini restoraniga kirib qo'ya qolamiz dedik

Bilasiz mehmonxonalarda luxe restoranlar bo'ladi odatda

Kirdik, ovqatlandik doimgidek odatiy ovqat, chiroyli manzara

Faqat biroz tayyor bo'lishi cho'zildi, servis esa joy-joyida ⭐️

Lekin bilasizmi nima?

Bu kabi restoranlarda doim mahsulotlar bir xil bo'ladi, yani barchasi standartlashgan

Toshkentdagi Hilton'da ham shu kabi ta'mli taomni topish mumkin

Lekin agarda borgan davlatingiz haqiqiy turfa xilligini ko'rmoqchi bo'lsangiz ko'chalardagi oddiy (albatta sifatli bo'lsin), uncha qimmat bo'lmagan taomxonalarda iste'mol qilish kerak

Luxe hamma davlatda Luxe, lekin millatlar turfa xilligi har yerda har xil, sayohat esa albatta boshqa millatlarni korish o'rganish uchun qilinadi

Yana bir misol, O'zbekistonda ham siz joyi uncha zo'r bo'lmagan lekin judayam shirin ovqat tayyorlaydigan joyni bilasiz 😁

Nimagadir qimmat milliy taomlarda milliy taomlarimizni uncha yaxshi tayyorlasha olishmaydiya?)

Bu yerlarda ham shunday)

13.02.2025, Istanbul

@abdulhamidyakubov

Abdulhamid Yoqubov || Blog

07 Feb, 16:48


Hamma yaxshi tadbirkorlar odatda faqat marketing bilan shug'ullanadi

@abdulhamidyakubov

Abdulhamid Yoqubov || Blog

02 Feb, 15:36


Bilasizmi ikki yil avvalgi oʻzimdagi nimani sogʻinaman?

Pul kam, mashina yoʻq, hech kim tanimaydi

Hech kim hurmat qilmaydi

Telefon Mi9 siniq)

Lekim oʻsha vaqtda hech nima boʻlmasa ham bir narsa bor edi

Koʻzimdagi olov 🔥

Intilish, ishtiyoq

Hozir oʻylab oʻtirib shu xulosaga keldim

Bozorda juda ham koʻp oʻsha vaqtda hamma narsasi borlar bor edi

Tajribasi bir necha barobat koʻproqlar bor edi

Yoshi, tanish bilishi koʻproqlar bor edi

Lekin bu raqobat ham ta’sir qilmagan

Chunki kuchli ishtiyoq bor edi

Nima deb oʻylaysiz bu narsaga nimalar sabab boʻlgan?

@abdulhamidyakubov

Abdulhamid Yoqubov || Blog

29 Jan, 15:51


- 8 soat uyqu
- 4 soat deep work
- 1 ta yaxshi suhbat (inspiring odam bilan)
- 30 daqiqa quyoshda sayr
- 100 mg caffeine
- 5 sahifa yaxshi kitob

Abdulhamid Yoqubov || Blog

27 Jan, 19:07


22

Abdulhamid Yoqubov || Blog

26 Jan, 14:20


Ishdan ketish uchun yetarlicha pul to'plang

Biznesni yurgizib olish uchun yetarlicha auditoriya to'plang

Tanlaganin sohangizda birinchi daromad topish uchun yetarlicha bilim to'plang

Maqsadingiz bo'lmasa, yuqoridagilarni qiling, hammasi bir vaqtda bo'lsa yana yaxshi

Abdulhamid Yoqubov || Blog

15 Jan, 23:35


Eng kerak vaziyatlarda siz ishongan hamma odamlar pand beradi

Birma-bir

Shuning uchun hech qachon odamlarga ishonib qolmang

10 martadan ko’p amin bolganman

Abdulhamid Yoqubov || Blog

31 Dec, 19:24


Odam harorati 36.6’C

Rasmdagi muzli bochka 1’C

Bundan oldim Sauna’ga kirgandim 70-100’C

Nima uchun bunday juda issiqdan keyin juda sovuqqa tushish foydali?

Agar protsedura toʻgʻri qilinsa

Issiqda qon tomirlar kengayadi, keyin sovuqda tez torayadi

Natijada qon aylanishi ancha tezlashadi

Umuman tanadagi qayta tiklanish juda tez boʻladi

Issiqda lanjlashgan mushaklar ham

Aytmoqchimanki, yillarimiz har xil boʻladi

Ba’zida yoqimli, issiq, lekin lanjlashtiradi

Ba’zida juda sovuq, lekin qayta energiyaga toʻldiradi

2024-yil ham ajoyib boʻldi, koʻplab yutuqlarga erishdik

Albatta, rejadagi maqsadlarga yaqin ham kelmadik 😂

Oʻsish oʻylaganimizdan sekinroq boʻldi

Lekin natijada juda koʻp koʻnikmalar, tajriba va katta kalibrga ega boʻldik

Agarda sizda qaysidir ma’noda sovuq yil boʻlgan boʻlsa

Bu tayyorgarlik

Dinamika doim almashib turadi, buni qabul qiling

Goʻzallik ham ayni shunda

Kelayotgan yilda hammaga omad ⚡️

01.01.2025

Zamonaviy olamda Shaxsiy rivojlanish bo'yicha postlar yozaman: @abdulhamidyakubov

Abdulhamid Yoqubov || Blog

12 Dec, 21:17


Ularni eshitmang

Yosh mutaxassissiz

Zamonaviy kasblar bo'yicha

O'zingiz xohlagan, yaxshi ko'rgan ishingiz bor

Ertalab turasiz, birorta kafega borasiz, chiroyli atmosferada MacBook'ingizni olib quloqchinni taqib ishingizga kirishasiz

Montaj, target, kontent, dizayn, farqi yo'q

Muhimi, ishonavering, 50 yil oldin odamlar havas qilgan hayotda yashayapsiz

Erkinsiz

Instagram oxirgi paytlar juda ham shovqinli bo'lib qoldi

Hamma o'zinikini tiqishtirgisi, "hashamatli hayot"i bilan miyangizni qotirmoqchi bo'ladi

Hozir sizni eng yaxshi davrlaringizdan biri

Zavqlaning

"Hashamatli hayot"ning emas, qiziqishlaringiz, rivojlanish ortidan boring

Buyam balki keladi, bir kun...

24.06.2023

Abdulhamid Yoqubov || Blog

05 Dec, 21:10


G'olibning qarama-qarshisi mag'lub emas

G'olibning qarama-qarshisi ishtirok etishga jur'at topa olmagan odam

@abdulhamidyakubov

Abdulhamid Yoqubov || Blog

21 Nov, 17:45


Birinchi rasm, 6-avgust, 2022-yil, Dizaynerman

Onamga yuborish uchun olingan rasm, rassrochkasi bor kompyuter bilan

Qanaqadir "Targetdan voronka yasash" shunga o'xshagan kichik kurslarni o'qib o'tiribman

"Dizaynerga target?" - hamma xayron bo'lardi, ba'zilar kulardi

Nima qilasan vaqtingni "isrof" qilib? - degan ma'noda

O'sha davrlardan beri, Target, voronkalarda qiynalmayman

Bir marta o'rganilgan ko'nikma butun umr manga xizmat qiladi

Bilim - ajoyib narsa.

Shunaqa skillar ro'yxati bilan bo'lishaman

Bir marta o'zlashtirib butun umr ishlatasiz:

1. Sotuv
2. Lidogeneratsiya
3. Follower acquisition
4. Copywriting
5. Sotuv bo'limini qurish
6. Unit economy, samaradorlik, ROI hisoblash
7. Muzokara olib borish
8. Obunachini mijozga aylantirish
9. Yuqori qiymatli taklif yaratish
10. Jamoa boshqarish

@abdulhamidyakubov

Abdulhamid Yoqubov

25 Oct, 16:25


Insondan bu dunyoda tortib olish mumkin boʻlmagan yagona narsa

Odam bu hayotda yashar ekan, oʻziga nimadir toʻplashga urinadi

Tanish bilish, Doʻstlar, Auditoriya, Boylik, Mol-mulk

Lekin bilasizmi man nimaga intilishni lozim topdim?

Ilm

Chunki odam hamma narsadan ayrilishi mumkin

Auditoriya bitta xato deb teskari boladi, ammo uni qayta yegʻish bilimi siz bilan

Mol-mulk’ku tushunarli, koʻp xil usulda undan ayrilishingiz mumkin

Qayta ishlab topish ilmi qoladi

“Albatta bizdan ilmingizni koʻpaytirishimizni soʻrang”

20:114

Bu biz koʻpayishini soʻrashga undalgan yagona narsa

@abdulhamidyakubov

Abdulhamid Yoqubov

11 Oct, 20:12


Sartaroshxonam (Barbershop) bo’lsa qanday rivojlantirar edim?

Bir kun Izzatakani yonlariga borganimda xayolimga bir fikr keldi

Agarda man shu joyda sherik yoki marketolog boʻlsam qanday rivojlantirari edim

Darrov bron’ uchun forma yasadim

Ogʻriqli joylarini aytdim, va defitsit berdim

Natijada 4 ta bron’ tushdi

250K soʻmdan, bir odam oʻrtacha oyiga 2 marta soch oldiradi

Vaholangki storisimni 500 tagina odam koʻrgandi

Endi faraz qiling, ba’zi odamlarni storisini 100K lab odam koʻradi

Bu yerda kalit narsa, bitta sotuvni emas, LTV’(bir mijozning umri davomida sizga toʻlaydigan puli) hisoblash


Masalan 4 ta mijoz 1 yil davomida oʻrtacha 250x4x2x12= 24 000 000 soʻm olib keladi

Muhimi reklamadan pulni ayamaslik kerak) LTV:CAC > 3:1 boʻlsa boʻlgani


Xulosa: Influencer’lar bilan ishlagan boʻlar edim, chunki bu sohada ishonch birinchi oʻrinda

#tactics

@cashvertising_abdulhamid

Abdulhamid Yoqubov

11 Oct, 15:24


Instagram & Shaxsiy brendni rivojlantirish hamma uchun qiziq va man uchun og'riqli mavzu

Instagramimni kuzatganlar biladi 😅)

Oxirgi 1 yil ichida 7 xil yo'nalishda 1 000 000 dan ziyod umumiy obunachi olib kirib ularni monetizatsiya qilibmiz

Shuning uchun hozir 5 ta odam uchun bepul strategiya qilib berishga qaror qildim

Strategiyaga ega bo'lish uchun quyidagi formani to'ldiring

https://forms.gle/HyaimdVHa4ud7GKQ8

@abdulhamidyakubov

Abdulhamid Yoqubov

30 Sep, 19:38


15 ta bog'liqliklar

1. Harakatlar o'z oqibatlariga ega
2. Kamtarlik to'g'ri yo'lga yetaklaydi
3. Shukur ko'proq ne'matga narsaga olib boradi
4. Har kim harakat qilgan narsasini oladi
5. Qo'l ostidagilarga adolat qilish, o'zingiz adolatga uchrashingizga sabab
6. Iymon halovatga olib boradi
7. Yaxshilik qilish yaxshilikni jalb qiladi
8. Har bir yomonlik bilan yaxshilik bor, teskarisi ham
9. Bir narsaga ishonganlarning birlashuvi kuch || Bo'linishi zaiflik
10. Rostgo'ylik ruhiy muvaffaqqiyatga olib boradi
11. Yaxshilik qilish omadsizliklarning oldini oladi
12. Me'yorni ushlash muvaffaqqiyatga olib boradi, har narsada
13. Qiyinchiliklar inson ruhiyati o'sishiga sabab bo'ladi (albatta har bir inson boshida bor)
14. Tavakkal - muvaffaqqiyatning asosiy omili
15. Generosity multiplies wealth

#philosophy

@abdulhamidyakubov

Abdulhamid Yoqubov

23 Sep, 16:26


O'rganish kerak bo'lgan, vaqt ta'sir o'tkaza olmaydigan ba'zi narsalar:

- mikroiqtisodiyot
- matematika
- o'yinlar nazariyasi (Game Theory) ⚠️
- sotuv/ta'sir o'tkazish

@abdulhamidyakubov

Abdulhamid Yoqubov

14 Sep, 20:18


Nima uchun pulni yaxshi koʻrgan odam koʻp daromad qila olmaydi?

Javobi oddiy, $50-100K topmoqchi boʻlgan odam bir kun kelib $10K bilan risk qilishiga toʻgʻri keladi

Xoh reklama, xoh xodimlar, xoh joylashuv uchun

$10K topish uchun 1000$ bilan risk qilishiga toʻgʻri keladi

Pulni loyihadan koʻproq yaxshi koʻrgan odam esa buni sarflamaydi

Toʻgʻri bu investitsiyalarni yoʻqotishi mumkin

Daje ehtimoli kattaroq, lekin oʻzi yaxshi koʻrgan ish uchun sarflashga tayyor boʻladi

Qarshi fikrlar boʻlsa, kommentda kutaman, oʻqish juda qiziq

@abdulhamidyakubov

Abdulhamid Yoqubov

30 Aug, 14:26


Oʻlchab boʻlmaydigan narsani boshqarib boʻlmaydi

Yuqoirda koʻrib turganingiz sogʻlik boʻyicha statistikalarim

1. Haftalik uyqu koʻrsatkichlarim, odatda 3:30 soat foydali, qayta tiklanishga yordam beradigan uyquda boʻlarkanman, qolganlari yengil uncha sifatsiz

2. Strain - sarflagan kuch(energiyam) oʻrtacha 6, futbol oʻynasam 15

3. Recovery - qayta tiklanish, 70% dan yuqori boʻlsa oʻzimni yaxshi his qilyapman

Agar recovery tushib ketsa, qisqa uyqu, masaj, muzdek dush taklif qilyapti bu dastur

Uyqu boʻyicha ham tavsiyalar beradi

Qiziq, yaxshi narsa, oyiga 30$ ekan

@abdulhamidyakubov

Abdulhamid Yoqubov

19 Aug, 18:34


17-21 yoshlar orasida juda koʻp hollarda yigit qizni yaxshi koʻrib qoladi

Ba’zilari gaplashadi ham

Maktab/univer’da esa doim qizlar ichida TOPlari boʻladi 3-4 ta

Hamma taniydi gaplashishni xohlaydi

Tabiiyki bizning qahramonlarimizni u qizlar mensishmaydi, yoki juda tez tashlab ketishadi

Chunki u qizlarga krutoy, baquvvat, $ koʻp yigitlar yoqadi

Endi boshlagan bolada boʻlsa bu narsalar qayoqda, faqat ish

Shu holatda 3 ta narsani bilishingizni xohlar edim

1. Oʻsha TOP qizlar doim boylarning farzandlariga tegadi, odatda (ishonmasangiz akalaringizdan soʻrang)

2. Ular 17-21 yoshda oʻz qiymati boʻyicha peak’da boʻladi, yani yosh, chiroyli qomatli, tiniq yuzli, siz esa 25-35 da

3. Agar siz rad etilgan, yoki ajralgan boʻlsangiz, umuman aloqani uzib tashlang, unfollow, block, ishlang, motivatsiyaga aylantiring

Bir kun kelib sizga ham yuqoridagidaka xabar kelishiga tilakdoshman 🤝

@abdulhamidyakubov

Abdulhamid Yoqubov

13 Aug, 17:13


Hamma qobiq ichida yashaydi

Ish bilan Buxoro, Navoi, Samarqanddamiz

Navoiy juda ajoyib joy ekan

Deyarli hamma davlat ishi yoki katta zavodlarda ishlaydi 144 000 odam yashaydi

Bittagina kon metallurgiya zavodda 45 000 odam ishlaydi

Oʻquv markazlar 90% davlat universitetiga tayyorlaydi, davlat univerlaridan mutaxassislar chiqishadi

Juda koʻpchilikning orzusi, katta zavodlarda TOP managementga kirish

16 ga kirgan bolani tasavvur qiling endi

Oʻzini ishini tashkil qilish juda kam odamning xayoliga keladi

Hamma klassim usul bilan ketadi odatda

Shaxsan man buni qandaydir ijtimoiy qobiq deb hisoblayman

Keyin oʻylab qoldim, balki man ham shu qobiqda boʻlsamchi?

Faqat kattaroq

Bundan chiqishni yagona yoʻli - oʻqish

Kitob oʻqinglar akalar, dunyo qarash uchun kamida

⚠️ Eslatma: Ular baxtliroqdek tuyildi

⚠️⚠️ Bu oʻta subyektiv fikrlar

@abdulhamidyakubov

Abdulhamid Yoqubov

07 Aug, 12:31


$100K haqida

Keling shu sonni dekompozitsiya qilib koʻramiz

$100K = $500x200 ya’ni $500 foyda qoladigan mahsulotni 200 ta odamga sotish

Yoki $200 qoladiganni 500 ta odamga

Yuqorida $400lik mahsulotni sotib olamiz degan odamlarning arizalari

Albatta hammasi olmaydi

Lekin 4300 ta odamdan qanchadir qismi baribir oladi)

Demak bizda murojaatlar soni, mahsulot va murojaatni sotuvga aylantirish kerak

Qani koʻramiz yuqoridagidan qanchasini jamoamiz bilan sotuvga aylantira olarkinmiz

Hozircha 56 tasi bron’ qildi)

@abdulhamidyakubov

Abdulhamid Yoqubov

20 Jul, 16:07


Ko'p sport turlarida har xil belgbog'lar bor

Oq, qora, sariq, qizil ...

Bulardan ikkitasi manga juda ham katta signal, beradi

Qora - qora odatda sport ustasining belbog'i u yilllarda davomida sohibi o'z ustida ishlab shu yergacha yetib kelganini bildiradi

Ikkinchisi oq, oq belbog' uni taqqan odamning yangi narsani 0 dan boshlashga jur'at qilganini bildiradi

Ikki jarayon ham juda murakkab, lekin ikkisi ham qadrli

Siz ham qaysidir sohada hali oq belbog’ sohibi boʻlsangiz boʻshashmang

Ustingizda ishlashdan toʻxtamang

I’m proud of it

Shaxsan oʻzimam boshlavordim 😅, yangi narsa, bir oy boʻldi

@abdulhamidyakubov