Texnoplov⚡️ @texnoplov Channel on Telegram

Texnoplov⚡️

@texnoplov


⚡️ Bu yerda texnika va ilhomlantiradigan ilm-fan haqida gaplashamiz!

Reklama ➡️ @profsoyuz_influence
Tel: +998971562211
Aloqa: @Texnoplovfeedbackbot

▪️YOUTUBE:
https://youtube.com/@Texnoplov
▪️INSTAGRAM:
https://instagram.com/texnoplov

Texnoplov⚡️ (Uzbek)

Texnoplov⚡️ kanalida texnika sohasi haqida yangiliklar va maqolalar bilan tanishishingiz mumkin! Bu kanalda yangi texnik vositalar haqida ko'p ma'lumot topishingiz, texnik yangiliklardan xabardor bo'lishingiz va texnik sohaga qiziqishni oshirishingiz mumkin. Texnoplov kanali YouTube va Instagram platformalarida ham mavjud! Shu orqali texnik muammolar va yechimlari haqida ko'proq ma'lumotlar olishingiz mumkin. Kanalda aloqa uchun @Texnoplovfeedbackbot kanaliga murojaat qilishingiz mumkin. Sizga qulayliklar va yangiliklar bilan taqdim etilgan bu texnik kanalga obuna bo'ling va texnika sohasida eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling!

Texnoplov⚡️

11 Jan, 09:02


CES texno ko'rgazmasida terini parvarish qilaigan niqob ko'rsatidi

Nanoleaf Face Mask yorug'lik terapiyasi yordamida yuzingizni yaxshilaydi. Gadjet akneni olib tashlashi va terini mayinlshtirishi aytilmoqda

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

11 Jan, 07:04


AQShda quyosh panellaridan tikilgan plashni o'ylab topishdi

Anker quyosh batareyalaridan foydalanadi va telefoningizni zaryad qilish uchun USB bilan birga keladi. LED chiziqlar uni Blade Runner filmidagi qahramonlarga o'xshatadi.

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

10 Jan, 15:49


Yangi yilingiz qanday o‘tdi?

Yandex Plus bu yilgi bayramlarda o‘zbekistonliklar qanday filmlar tomosha qilgani, qaysi kitoblarni o‘qigani va qanday musiqalarni tinglagani haqida Top ro'yxatlarni taqdim qildi.

📽 Eng koʻp tomosha qilingan filmlar orasida:

"Mister Taka" – o‘zbekcha komediya
"Panda Operatsiyasi" – Jeki Chan ishtirokida
"Uddaburon yigitlar: Yakuniy missiya" va boshqa qiziqarli film va seriallar

📚 Eng ko‘p o‘qilgan kitoblar:

"Boy ota, kambag‘al ota" – moliyaviy savodxonlik haqida
"Hokimiyatning 48 qonuni" – shaxsiy rivojlanishga oid kitob

🎧 Eng ko‘p tinglangan musiqalar:

Shoxrux va Konsta – mahalliy rep yulduzlari
Qimmat Dunyo va Bolalik - AbroBey ijrosiagi hitlar va bolalar uchun alla qo'shiqlari ham ko'p tinglangan

Endi siz ham Yandex Plus'ga obuna bo'lib, Yandex Music, Kinopoisk va Yandex Books xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lishingiz mumkin.

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

10 Jan, 09:28


Gumanoid robot EngineAI SE01 Shenchjendagi ko'chada yurmoqda

Ovozini aytmasa odamga o'xshab yuryapti "janavar"

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

10 Jan, 08:04


AQShda o‘yin boshqaruvchisi tirik organizmlar yordamida yaratildi 🎮

AQShlik olimlar BioHybrid Device deb nomlangan game controllerning yangi turini yaratishdi. Uning o‘ziga xos tomoni shundaki, bu controller drojji va bakteriyalardan foydalangan holda o‘sadi, oddiy texnik moslamalar kabi yig‘ilmaydi.

Moslama elektron komponentlarga biologik materiallar o‘sib kirishi orqali shakllanadi. Bu yangi texnologiya biologiya va elektronikaning uyg‘unlashuvi sifatida qaralmoqda.

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

10 Jan, 06:26


AQShda bir odam robotaksida "tiqilib" qoldi

Waymo’ning o‘zi boshqaradigan mashinasining "tomi" ketib qolgan va to‘xtash joyi atrofida aylana bo‘ylab harakatlangan

Ha, kelajak muammolari mana shunaqa bo'lsa kerak

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

09 Jan, 06:25


Razer klimat-kontrolli kresloni taqdim qildi

Project Arielle parraksiz ventilyator tizimi va rejimni ko‘rsatuvchi zo‘r yoritish bilan jihozlangan: yashil rang – oddiy rejim, qizil rang – isitish rejimi, ko‘k rang – sovutish rejimi.

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

08 Jan, 09:31


Xitoyda "videokarta" osmono'par binosi qurilmoqda

200 metrli futuristik binoda Moliyaviy texnologiyalar instituti joylashadi.

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

08 Jan, 08:02


🚗 Xitoyliklar “Kenqurumobil” yaratishdi

BYD avtomobil ishlab chiqaruvchisi yangi Yangwang U9 modelini taqdim etdi. U 120 km/soat tezlikka yetib, maxsus superpodveskasi yordamida 6 metr masofaga sakray oladi.

Yo‘llarimizdagi chuqurlarni sakrab o‘tish uchun juda mos mashina ekanda o'ziyam😁

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

08 Jan, 05:51


CES 2025 ko‘rgazmasida "Rosomaxa" klaviaturasi namoyish qilindi

AutoKeybo — bu yangi avlod klaviaturasi bo‘lib, kerak bo‘lganda qo‘shimcha tugmalarni avtomatik ravishda chiqarib va yashirib turadi, xuddi Marvel qahramoni Rosomaxa kabi.

Bundan asosiy maqsad: yozishda qo‘llarni joyidan qimirlatmaslik, maksimal qulaylik va tezlikka erishish.

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

01 Jan, 11:11


😂“Biz birorta serialning bir qismini o‘tkazib yuborsak, uni shu bilan qayta ko‘rolmasdik”, — Sarvar Karimov

https://youtu.be/pWme5zGeJKU?si=kxKVe6kk9tFKBtGe

Texnoplov⚡️

31 Dec, 15:13


Bu yangi yil kontentga boy bo’lyapti!

Sigma podkastda yil sarhisobi emas, umr sarhisobini akalar bilan o’tkazdik.

Ular bizdan 7-10 yosh katta va O’zbekistonni boshqacha ko’rinishda eslashadi! Biz student yoki maktab o’quvchisi bo’lib yurgan paytimizda, ular o’sha paytdagi hayotni barcha plus va minuslarini sezib bo’lishgan.

Xullas, avlodlar suhbati ro’y berdi va juda ko’p xaxa-xixilar ham bo’ldi!😁

https://youtu.be/pWme5zGeJKU

Texnoplov⚡️

31 Dec, 12:13


Temur Hatamov bilan Fifa o’ynadik. Bitta gol uchun bitta qisqich qistiriladi. Hali bunaqa kontentda ishtirok etmaganman😂

Rosa mazza qilib, kulib ko’riladigan video bo’ldi: https://youtu.be/bRiphEMI3EA?si=NuWhM5pSkOC06zBt

Texnoplov⚡️

30 Dec, 14:00


Youtubeda yangi video chiqdi!⚡️

Mavzu: Texnoplov qanday ishlaydi?

Kun bo’yi boshimda kamera taqib yurib, ish qanday ketishi haqida Yangi yil sonini oldik. Noodatiy va kulguli son chiqdi!🎄

Qo’llab-quvvatlashning eng a’lo usuli: videoni oxirigacha ko’rish (achinmaysiz ham)

Marhamat: https://youtu.be/4yYBLbDc1nM?si=JIvYXeFTkGT2OeiQ

Texnoplov⚡️

29 Dec, 16:43


Konsta bilan podkast oldik! Noodatiy bo’ldi! Nafaqat ijod haqida, hattoki kitoblarning kayfi va reper sifatida qizning otasi bo’lish va shu deb seziladigan ma’suliyat haqida gaplashdik!

https://youtu.be/H23w0QtYmp0?si=lzjBx2WPB2Csqv7Q

Texnoplov⚡️

29 Dec, 09:37


Maynkraft, GTA va 24/7 strimlar | Gront

Podkastimizning navbatdagi sonida Omonjon "Gront" Shodmonov bilan strimerlik kasbi, o'yin sanoati, GTA, Assasin's Creedning yangi relizi, O'zbekistondagi CS hamjamiyati, Kiberuzdagi faoliyat, 2025-yilda chiqadigan yangi o'yinlar va boshqa qiziq mavzularda suhbatlashdik.

Tomosha qiling:

https://youtu.be/i6H1QDE3_MM?si=U_2vIEChy4Po2z3L

Texnoplov⚡️

28 Dec, 09:13


Bu bizning jamoamiz! Bu Texnoplov⚡️
Ushbu rasm 30 Dekabrda chiqadigan yangi yil sonining muqovasi!

Mavzu esa: Texnoplov qanday ishlaydi?

Yangi yil munosabati bilan ushbu videoni POV formatda, kadr ortidagi jamoamiz haqida qiladigan bo’ldik! Video uslubi ancha boshqacha bo’ladi! Hazlkash desak ham bo’ladi!

Kuzatib turing⚡️

Texnoplov⚡️

28 Dec, 08:11


AI ga tovuqli Sezar salatini chizib ber deyishganida:

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

28 Dec, 06:55


🚒 LUF robotlari

Endi yong‘in o‘chirish ishlari yanada samarali va xavfsiz bo‘ladi. Avstriya muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan LUF yong‘in o‘chirish robotlari MCHSning yangi yordamchilariga aylandi.

🌊 LUF nima qila oladi?
— Kuchli suv oqimlari bilan yong‘inni o‘chirish.
— Tuman hosil qilib, haroratni pasaytirish va yong‘inning tarqalishini cheklash.
— Yong‘in o‘chirish vaqtida jarohatlanganlarni xavfsiz hududga olib chiqish.

LUF robotlari tunnel, sanoat binolari kabi odamlar kirishi qiyin bo‘lgan joylarda ishlashga mo‘ljallangan.

Endi xavfli hududlarda inson hayotini xavfga qo‘ymasdan yong‘in o‘chirish mumkin.

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

27 Dec, 13:44


Bu yili norm ekanmiz⚡️
Rahmat sizga, texnooshpazlar!

Bunday statistikani @TGstat orqali olish mumkin!

Texnoplov⚡️

27 Dec, 13:35


Nega iPhone 16 olish kerak emas

@texnoplov

Texnoplov⚡️

27 Dec, 11:15


VRChat o'yini ichida Rojdestvo kayfiyatidagi maxsus virtual dunyolar yaratildi

U yerda foydalanuvchilar qorli muhitlardan bahramand bo'lishlari, hatto o'zlari qor odamlar yasashlari mumkin. Ushbu dunyolarni kompyuterdan yoki VR shlem yordamida ko'rish mumkin, bu sizning qurilmangizga bog'liq.

PC Only deb belgilangan dunyolar faqat kompyuter orqali kirish mumkin bo'lgan joylar, VR shlemsiz ham ishlaydi. PC/Quest dunyolari esa shlem orqali ham ochiladi.

Agar siz ushbu dunyolarga kirishni xohlasangiz:

— VRChat sayti orqali ro'yxatdan o'ting.
— Kompyuteringizda Steam dasturini o'rnating.
— Steam orqali VRChat o'yinini yuklab oling va o'rnating.

Mana bu ularning havolasi va qanday qurilmalarda ishlashi
Last Christmas - pc only
Snowfall‚ just before Christmas Eve - pc only
Free molding of snowmen - pc/quest (bunda qor odam yasashingiz mumkin)
Memories Of Christmas - pc only
Bisroom Xmasǃ - pc only
Christmas Park - pc/quest
Oratorium in Holy Snow - pc/quest

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

27 Dec, 10:06


Texnoplov qanday ishlaydi?

Yangi yil soni mana shu mavzuga bag’ishlangan bo’ladi!

30 Dekabrda kutinglar⚡️

@texnoplov

Texnoplov⚡️

27 Dec, 10:01


Janubiy Koreyada yomg‘irli kafe ochildi

Rain Report kafesi atrofida doimiy sun'iy yomg'ir bor va hatto ichkaridagi ekranlarda ham tomchilar tushishi ko'rsatiladi

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

26 Dec, 11:51


Yandex Plus yangi yil yutuqli o'yinini boshladi
Obunani ulang, G'ildirakni mag'lubiyatsiz aylantiring va quyidagilarni yutib oling: har hafta 25 000 000 Plus ballari va boshqa sovg'alar.
Finalda esa bosh sovrin — avtomobil o'yini bo'lib o'tadi!
Yandex Plus — barcha zava bir obunada

plus.yandex.uz saytiga o‘ting

Texnoplov⚡️

26 Dec, 10:24


Dunyodagi eng katta va eng kuchli dizel dvigatel: Wartsila-Sulzer RTA96-C

Bu monstr dvigatelning hajmi bir uy bilan teng. U yirik kemalarga o‘rnatiladi va quyidagi ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi:

⚙️ Tsilindr diametri: 960 mm (deyarli 1 metr)
⚙️ Porshen yurishi: 2,5 metr
⚙️ Quvvati: 100 000 kVt (134 000 ot kuchi)

Bu texnologik gigant kemalarning eng og‘ir yuklarni tashishiga xizmat qiladi. Dvigatelning ulkan quvvati va innovatsion dizayni uni dunyoda yagona qiladi.

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

26 Dec, 08:01


Quyuq tuman paytida Los-Angeles'dagi samolyot qanday ko'rinadi

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

26 Dec, 06:32


AQShda noodatiy klaviatura sotuvga chiqdi

Mexanik Icebreaker klaviaturasi o‘z dizayni bilan ajralib turadi: Uning dizayni Nyu-Yorkdagi mashhur Flatiron Building me'moriy uslubiga ishora qiladi.

Bu qimmatbaho gadjet narxi 1 500 $ atrofida

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

25 Dec, 10:41


Lazer asosida ishlaydigan sun’iy neyron – texnologiyada yangi davr

Gonkonglik olimlar lazer texnologiyasida ishlaydigan sun’iy neyronni yaratishga muvaffaq bo‘lishdi. Ushbu neyron murakkab biologik neyronlar funksiyalarini taqlid qilishi bilan birga, signallarni 10 gigabod tezlikda qayta ishlashga qodir. Bu biologik neyronlardan bir milliard marta tezroq degani.

Olimlar bu yutuqni kelajakda inson miyasi imkoniyatlarini sun’iy tizimlarda takrorlash yo‘lidagi katta qadam sifatida baholashmoqda.

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

25 Dec, 09:29


"The Office" seriali Rossiyada olinganida qanday bo'lar edi?

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

25 Dec, 07:59


Heyterlar buni Photoshop deydi

Italiyada tabiiy quyosh nurini taqlid qiluvchi yangi yoritish tizimi yaratildi. CoeLux nomli bu texnologiya yopiq xonalarda deraza yo‘qligini his qildirmaslik uchun mo‘ljallangan. U xuddi moviy osmon va quyoshli manzarani aks ettiruvchi "portal"ga o‘xshaydi. Ushbu tizim nafaqat yorug‘lik, balki kun davomida quyosh nuri beradi.

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

25 Dec, 05:59


Google'ning yangi video neyron tarmog‘i – Veo 2, internetda mashhur bo‘lgan "spagetti-test"dan muvaffaqiyatli o‘tdimi?

Bu testda odatda neyron tarmoqlardan Uill Smitning spagetti yeyayotgan videosini yaratish so‘raladi. Oldingi sun’iy intellekt modellarining natijalari ko‘pincha g‘alati va qo‘rqinchli chiqardi. Ammo Veo 2 bu vazifani mukammal tarzda bajardi va ideal video yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Lekin undagi odam Uill Smitga unchalik ham o'xshamaydi.

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

24 Dec, 17:03


Need for Speed Most Wanted Toshkentda🥹

@texnoplov

Texnoplov⚡️

24 Dec, 17:01


Firibgarlar ham sodda de😂😂

Texnoplov⚡️

09 Dec, 09:46


🎆 Xitoyda dronlar va feyyerverklar shousi

Xitoyning Lyuyan shahrida haqiqiy san’at asariga aylangan dronlar va feyyerverklar shousi o‘tkazildi. Shou hajmi qanchalik katta bo'lganini videoda ko'rishingiz mumkin

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

09 Dec, 08:30


Apple Vision Pro uchun yangi raqib paydo bo‘ldi

Xitoyning XReal kompaniyasi dunyodagi eng ilg‘or AR ko‘zoynaklarini taqdim etdi — XReal One. Ushbu ko‘zoynaklar to‘rt baravar tezroq ishlaydi va sizga kinoteatr darajasidagi tasvirni taqdim etadi. Bundan tashqari, ular Bose audiosistemasi orqali yuqori sifatli ovoz beradi va oddiy ko‘zoynaklar kabi ko‘rinadi.

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

09 Dec, 06:56


🚀 965 km/soat tezlikda uchgan mashina sotuvga chiqmoqda

Tarixiy rekordlarni yodga soluvchi Spirit of America Sonic I nomli raketamobil 2025-yilda auksionga qo‘yiladi. Bu ajoyib texnika 1965-yilda soatiga 965 km tezlikka erishib, tarixga kirgan.

🔧 Mashina GE J79 turboreaktiv dvigateli bilan jihozlangan. Uning 10 metrlik korpusi samolyot fyuzelyajini eslatadi.

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

08 Dec, 14:03


Boshlandi⚡️

Texnoplov⚡️

08 Dec, 07:13


Diqqat❗️Texnoplovga yordamingiz kerak❗️

Nega Odam KULADI?” videosi yuklandi! 19:00da boshlanadi!

Faqat biz bitta sahnani o’xshatishimiz uchun, maxsus musiqani ishlatgani majbur bo’ldik. Uning mualliflik huquqi deb monetizatsiya funsiyasi o’chirildi. Biz hali ham monetizatsiyadan pul olmasak ham, ushbu funksiya hech bo’lmasa videoni rekomendatsiyalarga chiqarib bergani yordam berar edi. Ushbu videoda esa u o’chirildi.

Shuning uchun sizning yordamingiz kerak!
Videoni boshidan oxirigacha ko’rsangiz va keyin layk, izohlar bilan qo’llab-quvvatlasangiz, video boshqalarga ham chiqib keladi. Aks holda, mehnatimizni ko’plar ko’rmay ketadi⚡️

Ko’rish (bugun 19:00da): https://youtu.be/KUoV8U8DxCM?si=RpnkocxkPcQ-ntQT

Texnoplov⚡️

08 Dec, 07:10


Bugungi videoning muqovalari😁

Texnoplov⚡️

07 Dec, 09:29


Tovushdan sekin o‘qlar va maxsus "glushitel" kombinatsiyasi qurolni deyarli ovozsiz holatgaa olib keladi

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

07 Dec, 08:44


Texnoyutuber Shon Godjinsning LED-niqobi: Yuzni aniqlashga qarshi yangi texnologiyami?

Shon Godjins o‘zining navbatdagi kashfiyotini taqdim qildi. U 2960 ta LED-dioddan iborat bo‘lgan noyob niqob yaratdi. Ushbu niqobning o‘ziga xosligi shundaki, smartfon yordamida har bir diodni boshqarish, boshqa odamlarning yuzlarini aks ettirish va hatto niqob yuzasida videolarni qo'yish mumkin.

Endi savol tug'iladi. Albatta bu niqob ko'rinishidan chiroyli, lekin undan odamlar foydlanishni boshlasa bu yuzni tanib olishni juda ham qiyinlshtiradi.

Bu haqda sizning fikringiz qanday?

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

06 Dec, 09:29


Britaniya texnologiyasi o‘yin va animatsiya dunyosini o‘zgartira oladimi?

Britaniyada WorldLabs kompaniyasi tomonidan yaratilgan yangi neyron tarmoq sizni hayratda qoldirishi aniq. Ushbu texnologiya faqat bitta rasm asosida cheksiz va to'liq 3D olamlar yaratishga qodir.

Nima uchun bu foydali bo'la oladi?

— Videoo‘yinlar, animatsion filmlar va anime yaratish jarayonlari endi ancha soddalashadi.
— Kichik jamoalar va mustaqil studiyalar uchun imkoniyatlar yanada kengayadi.
— Rassom va dizaynerlar uchun ilhom manbai bo‘ladi

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

06 Dec, 07:25


Yaponiya kelajak energiyasi uchun kosmosga chiqmoqda 🌌☀️

Yaponiya kosmosda quyosh energiyasini yig'ish va uni Yerga yetkazib berish texnologiyasi ustida ishlamoqda. Ushbu loyiha doirasida maxsus quyosh panellari orbitaga chiqariladi va ularning ishlab chiqargan energiyasi Yerdagi stansiyalarga yuboriladi. Kosmosdagi panellar quyosh nuridan 24/7 foydalanib, yer yuzidagi panellarga nisbatan 10 baravar samaraliroq ishlaydi.

🔬 Japan Space Systems kompaniyasi allaqachon bu tizimni sinovdan o'tkazishni boshladi. Ushbu innovatsiya neft va gaz kabi an'anaviy energiya manbalariga muqobil bo'lib, energiya ishlab chiqarishda ekologik tozalikka erishish yo'lida katta qadam hisoblanadi.

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

06 Dec, 06:00


⚡️Endi tushda muloqot qilish mumkin!

REMspace degan kompaniya ikkita odam orasida tushda muloqot o’rnatishdi! “Tush sohasi” uchun bu katta qadam!

Ungacha esa biz smartfonlarda muloqot qilaveramiz!

Masalan, Infinix yangi zamonaviy va kuchli HOT 50 Pro+ modelini taqdim etdi.

🔥Ultra ingichka (bor-yo‘g‘i 6,8 mm) smartfon, 120 Hz chastotali AMOLED-ekran bilan maksimal ravon tasvirni taqdim etadi va Helio G100 protsessori har qanday vazifani bemalol uddalaydi.
Shuningdek, TÜV Fluency sertifikati bilan 5 yil davomida smartfonning mukammal ishlash kafolati mavjud.

🤘Ertani kutmang — Infinix HOT 50 Pro+ modelini bugun xarid qilishingiz mumkin!

📲Batafsil ma'lumot va xarid qilish uchun havolaga o'ting.

Texnoplov⚡️

05 Dec, 13:15


Rossiyada qonuniy ishlash va xotirjam yashashni istaysizmi?

Bunda INN (Soliq to‘lovchining shaxsiy raqami) olish juda muhim! INN sizning soliqlarni qonuniy to‘lash va quyidagi ishlarni bajarishingiz uchun kerak:
✔️ Shaxsiy biznes ochish
✔️ Ko‘chmas mulk yoki avtomobil sotish/sotib olish

Yana bir juda muhim narsa 2025-yil 1-martdan boshlab INNsiz kredit olish imkoni bo‘lmaydi. Yangi qonun qoidalari INNni kredit olish uchun majburiy shartga aylantiradi – Rossiya fuqarolari uchun ham, chet elliklar uchun ham

INNni qanday olish mumkin?
1️⃣ www.nalog.gov.ru saytidan 2-2-Uchet ariza blankini yuklab oling.
2️⃣ Blankni to‘ldirib, yashash hududingizdagi soliq idorasiga topshiring.
3️⃣ 5 ish kuni ichida INN tayyor bo‘ladi.

Agar INN yo‘qolgan bo‘lsa yoki pasportingizni almashtirgan bo‘lsangiz, yangisini olishni unutmang. Soliq xizmatining saytida eski INN raqamingizni ham topishingiz mumkin.

📌 Eslatma: INN — bu qonuniy yashash va ishlash uchun asosiy hujjat!

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

05 Dec, 09:30


Tayvandagi choy "zapravkasi"

Endi choyni avtomat orqali, benzin quyadigan AYOQ stantsiyasiga o'xshash qurilmadan olish mumkin.

PS. Menga 95 ko'k choy "polniy bak" quyib yuboring

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

05 Dec, 08:00


Lebron Robot 🏀🤖

Toyota kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan CUE6 robot-basketbolchisi 24,5 metrlik masofadan to'pni muvafaqqiyatli tashlashni amalga oshirib, yangi jahon rekordini o'rnatdi

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

05 Dec, 06:18


Xitoyda sirli ko'k chaqnashlar tasvirlandi

Shengyu Li, Xitoyning taniqli astrofotografi, Xian'yangir tog'ida lavina tushish jarayonida yuzaga kelgan sirli ko'k chaqnashlarni suratga oldi. Bu oddiy ko'rinishdagi yorug'lik effekti aslida juda murakkab va qiziqarli ilmiy hodisa – triboluminesensiya.

Triboluminesensiya — bu kristall moddalarning yirik kuchlar ta'sirida parchalanishi natijasida paydo bo'ladigan yorug'lik. Tog'larda yuzaga kelgan bu ko'k chaqnashlar, o'z navbatida, tabiiy hodisalar va ilm-fan olamidagi qiziqarli sirlarni yana bir bor ochib berdi.

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

04 Dec, 09:30


⚡️Yerga meteorid tushdi

2024-yil 3-dekabr kuni soat 16:15 da Rossiyaning Saxa Respublikasidagi Olyokminsk shahri yaqinida kichik bir meteoroid Yer atmosferasiga kirib, yonib ketdi. Bu hodisa aholi tomonidan kuzatilib, suratga olindi. Mazkur meteoroid 2024 XA1 deb nomlangan bo‘lib, uning tushishi oldindan muvaffaqiyatli prognoz qilingan o‘n birinchi hodisa hisoblanadi.

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

04 Dec, 08:00


🏃‍♂️ Dunyodagi eng tezkor gumanoid robot — Star1

Xitoyning RobotEra kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Star1 gumanoid roboti tezlik bo‘yicha tarixga kirish yo‘lida. U inson kabi qadam tashlab, maxsus krossovkalarida soatiga 12,98 km tezlikda yugurishaa oladi

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

01 Dec, 12:02


Масалан кино ёки футбол ҳақидаги подкастларни ҳамма кўриши мумкин. Чунки уни ҳамма тушуна олади. Бу учун алоҳида билим шарт эмас, шунчаки кино ёки ёқади ёки йўқ. Футбол ҳам деярли шунақа, ўйин сенга ёки ёқади ёки йўқ.

Бошқа турдаги, турли соҳаларга ихтисослашган подкастларнм кўриш бироз қийинроқ. Чунки унда соҳага алоқадор бўлмаган одамлар контекстни тушуниб кетиши қийин. Оддий мисол иқтисодчиларни подкастлари кўп лекин мен бирортасини охиригача кўрмаганман, чунки тушунмайман. Айниқса иккита иқтисодчи гаплашса бу умуман мураккаб нарса. Уни соҳани мутахассислари ва ўша йўналишдаги талабалар кўргани маъқул.

Лекин, мавзуси иқтисод бўлса ҳам мана шу подкаст қизиқ туюлди менг. Чунки бошловчилар ҳам иқтисодиёт борасидаги билими меникидан ортиқмас экан ва улар менга (аслида ўзларига ҳам) қизиқ бўлган саволларни берди иқтисодчи Б.Ҳга. Иқтисодчи ҳам жайдаричасига мисоллар билан тушунтириб берган жавобларини. Деярли ҳаммага тушунарли ва қизиқ подкаст бўлган.

Дудни подкастлари бўларди, қайсидир соҳа мутахассисини меҳмонга чақириб, подкаст номига ўша соҳани номини қўярди: “… ҳақида уятли саволлар”. Бу подкаст ҳам аслида ўша туркумга мос келади “иқтисодиёт ҳақидаги уятли саволлар” деб номласа ҳам хато бўлмасди.

Ўзи умуман шунақа мутахассисларни чақириб “уятли саволлар” туркумини ясаворишса бўларди подкастчилар. Чунки соҳани базовый билимларини билиш ҳеч кимга зарар қилмайди, худди мен бу подкастни кўриб сўмни қадрсизланишини асосий сабабларини мисоллар билан гапириб бера олишни ўрганганим каби.

Texnoplov⚡️

01 Dec, 08:55


"Farovonlikka olib boruvchi qarorlar" – Behzod Hoshimov

Podkastimizning navbatdagi sonida Nyu-York universtiteti professori, iqtisodchi Behzod Hoshimov bilan O'zbekiston moliyasi, to'g'ri iqtisodiy qarorlar, boylik va muvaffaqiyat, nega hozir eng yaxshi iqtisodiy davr ekani, tug'ilishlar ko'rsatkichining pasayishi hamda Ilon Mask haqida suhbatlashdik.

Tomosha qiling:

https://youtu.be/QWZm2qyNV-o?si=C8C49oy4mFlOcpT-

@sigma_podcast

Texnoplov⚡️

30 Nov, 16:00


⚡️Oy tugadi va shuning uchun yangi obunachilarni boxabar qilish maqsadida tavsiyalar bilan boʻlishmoqchiman.

Oʻzbek blogosferasining koʻzga koʻrilgan liberal, zamonaviy fikrli blogerlarining kanallariga ulaning. Ularda shaxsiy mulohazalar va yangiliklardan tortib ilmiy-ommabop mavzular va siyosiy tahlillargacha topasiz.

⚡️Quyidagi link orqali barcha kanallarga ulanishingiz mumkin:
https://t.me/addlist/Ooa-0GJofrcxODgy

@texnoplov

Texnoplov⚡️

30 Nov, 10:00


🏹 Daniyaning afsonaviy kamonchisi: Lars Andersen

Daniyada yashovchi kamonchi Lars Andersen o‘zining ajoyib mahorati bilan dunyoni hayratga solmoqda.

Faktlar shunchaki hayratlanarli:

— Lars atigi 4,9 soniyada 10 ta o‘qni nishonga yo‘naltira oladi.
— U kichik teshikdan o‘qni aniq o‘tkaza oladi — yotgan holatda yoki hatto havoda sakragan paytda ham.
— U hatto burchakdan otish texnikasini mukammal egallagan, go‘yo o‘qlari nishonga o‘zi yo‘l topayotgandek.

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

30 Nov, 08:50


🌍 Stratosferadan sakrasangiz nima bo'ladi?

Rossiyalik parashyutchilar stratosferadan sakrash bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatishdi. Ular An-72 samolyotidan 10 120 metr balandlikdan sakrashdi. Havo harorati esa -57℃ darajagacha tushgan edi. Tezlik — 350 km/soat.

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

30 Nov, 08:02


Yangi Hyundai Sonata 2024 pultidan yurgizilar ekan! Mashinani qaytarib topshirib yuboraman degan paytim, shu funksiyani bilib qoldim😂

Yaqinda to’liq obzor chiqadi instagramda. Qiziqmi?

@texnoplov

Texnoplov⚡️

29 Nov, 17:59


Podkastimizning navbatdagi mehmoni — iqtisodchi Behzod Hoshimov

Bu podkastimizdan kichik bir lekin muhim lavha, toʻliq podkast tez kunlarda chiqadi

https://youtu.be/yePvBaa41io?si=72jMJYJTmWerBhR9

@sigma_podcast

Texnoplov⚡️

29 Nov, 13:20


Maktabni va hattoki institutni bitirganimda, o’zimni qayerdadir ishlaydigan yoki hayotga tayyor odam kabi his qilmagan edim. Ancha narsani yana o’rganish kerak edi.

O’zi umuman, maktablarda hayotda kerak bo’ladigan bilimlar ba’zida berilmaydi. Berilsa ham, yuzaki o’tiladi.

Yoki mana anchadan beri aytaman “maktablarda sun’iy intellekt bilan foydalanishni o’rgatish kerak! Hozirdan boshlab!”

Qachon kiritilishini bilmayman, ammo men ularni hozridan qayerdan olishni bilaman:

Midjourney AI Praktikum – AI yordamida ajoyib tasvirlar yaratish (12 dars)

Bepul AI bot, matn tavsiflari asosida aql bovar qilmaydigan tasvirlar yaratish, sun’iy intellekt bo‘yicha tajribali mutaxassis Hikmatilla Ubaydullayevdan AI yordamida tasvir yaratishning asosiy prinsiplari, vizual kontent yaratishda vaqtni tejash va samaradorlikni oshirish maslahatlari

MyMehnat Praktikum (3 dars)

Bu kurs MyMehnat portali orqali hujjatlarni to‘ldirish, mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish va hisobotlarni topshirishni o‘rgatadi.

Asosiy Excel Praktikum (3 dars)

Excel dasturining asosiy imkoniyatlari, oddiy jadvallarni yaratishdan tortib formulalar yordamida hisob-kitoblarni avtomatlashtirishgacha bo‘lgan ko‘nikmalar.

1C Buxgalteriya Praktikum (3 dars)

Dastur birlamchi hujjatlarni kiritish, ish haqi va soliqlarni hisoblash, shuningdek, hisobotlarni shakllantirish kabi jarayonlarni avtomatlashtirishga yordam beradi. Hozirda O‘zbekistondagi kompaniyalarning 90% dan ortig‘i 1C dasturidan foydalanadi

Figma Praktikum va Tilda Master

Figma dasturida murakkab dizaynlar yaratish, Auto Layout va uslublar bilan ishlash, jamoaviy ishlashni soddalashtirish hamda ilda Zero Block yordamida noyob dizaynlar yaratish, animatsiyalar va multimedia elementlarini qo‘llash, SEO sozlamalarini o'rgatiladi

Eng qiziq va siz uchun foydali bo'lgan tarafi esa yuqoridagi kurslarning barchasini @osnovaedu platformasida 6-dekabrgacha Baraka Friday aksiyasi doirasida 70% gacha chegirma bilan xarid qilish imkoniyati mavjud.

Men esa ularning ambassadoriman⚡️

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

29 Nov, 10:50


Huawei Mate70 smartfoni imo-ishoralar yordamida Airdrop texnologiyasidan foydalanib, fayllarni uzatish imkonini beradi

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

29 Nov, 08:40


🐍 👶Ilmiy tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, bolalar ilonlardan qo'rqmaydi

Tadqiqotchilar ilonlarni bolalar xonaiga olib kirib, ularning reaksiyasini kuzatishdi. Natija hayratlanarli: ular ilonlarni o'yinchoq sifatida qabul qilgan, ba'zilari esa hatto ularni yeb qo'yishga uringan.

Bunday tadqiqotlar odamlar va tabiat o'rtasidagi tabiiy instinktlar va biologik xususiyatlarning qanday bog'liqligini ko'rsatadi.

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

29 Nov, 07:38


🔭 Koinotning eng katta simulyatsiyasi 🌌

Bugungi kunda ilm-fan eng katta simulyatsiyani yaratish bilan tarixda yangi sahifa ochmoqda.

36,000 ta AMD Instinct MI250X grafik kartalari yordamida yaratilgan ushbu koinot modelining maqsadi — qora modda va yulduzlarning evolyutsiyasini o‘rganish. Har bir shar videodagi alohida galaktikani ifodalaydi, va bu faqat simulyatsiyaning 0,001% qismini tashkil etadi.

Koinotning yakuniy modeli nihoyatda katta bo‘lib, bunday gigant masshtablarida, Yer yana ham kichikroq va noma’lumroq bo‘lganini anglash mumkin.

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

28 Nov, 09:30


Xitoydan yangi "kibermikroto'lqinli pech"

KAYUSO startapi, Quick Defrosting Box nomli futuristik qurilmani taqdim etdi. Bu qurilma oziq-ovqatni tezda muzdan chiqaradi, lekin uning yangiligi, ta'mi va foydali xususiyatlarini saqlaydi. Hamda, muzlatilgan mahsulotni sterilizatsiya qilish imkoniyatiga ham ega.

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

27 Nov, 14:52


O’zbekistonda nega kriptovalyuta taqiqlangani haqida va undan qanday qilib qonuniy yo’lda foydalanish mumkin ekanligi haqida ham shu yerda aytilgan⚡️

Texnoplov⚡️

27 Nov, 14:45


Kiberhujumlardan himoyalanish | Lochin Atoyev

Podkastimizning navbatdagi sonida Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik boshqarmasi xodimi Lochin Atoyev bilan shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish, hozirda aktual bo'lgan kiberjinoyat va hujumlarning turlari, kriptovalyutalar, ularning nazorati, kriptovalyutadan noqonuniy foydalanish uchun javobgarlik haqida suhbatlashdik.

Tomosha qiling:

https://youtu.be/g8JuSJ9MSIg?si=eYOR3M5mqjxkWNq1

@sigma_podcast

Texnoplov⚡️

27 Nov, 08:07


🌌 Kosmosdagi gitara? 🎸

NASA teleskoplari tomonidan kosmosda noodatiy kashfiyot qilindi — Gitaraning Tumanligi. Bu g‘ayrioddiy tumanlik Yerdan 6 ming yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan va shakli gitara bilan o‘xshashligi sababli shunday nom olgan.

🎯 Asosiy xususiyatlari:

Tumanlikning "g‘rifida" tez aylanuvchi neytron yulduz — PSR B2224+65 pulsari joylashgan. Pulsarlar magnit maydon va nurlanishi bilan kosmik mo‘jiza hisoblanadi.

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

27 Nov, 06:08


🎮 Geymerlarning kreativi cheksiz

Xitoylik bir geymer World of Tanks o‘yiniga sho‘ng‘ib ketish uchun haqiqiy "jangovar" tank yasadi. U metall listlardan yasalgan bo‘lib, propan dvigatelida harakatlanadi. Bu mashina nafaqat yuradi, balki "otish" effektlarini ham taqlid qiladi: orqaga qaytish, tutun chiqarish xullas hammasi bor

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

26 Nov, 10:46


Bugun Sadi Abdullayev (texnoplov) bilan hamkorlikda va "osnova" ko‘magida Koreyadagi Bucheon universitetida ma’ruza qilmoqdamiz.

Qiziq fakt: bir paytlar o‘zim ham shu yerda ta’lim olganman, lekin o‘sha vaqtda bu TPKIT kolleji edi.

Bugun sun’iy intellektning imkoniyatlari haqida so‘zlab, uni universitetlar va kafedralar faoliyatiga qanday joriy etish mumkinligi bo‘yicha g‘oyalarimiz bilan o‘rtoqlashmoqdamiz.

Sun’iy intellektdan foydalanishning amaliy misollarini ham namoyish etdik.

___

Сегодня вместе с Сади Абдуллаевым (texnoplov) и при поддержке osnova выступаем в корейском университете Bucheon.

Интересный факт: когда-то я сам учился здесь, но тогда это был колледж ТПКИТ.

Сегодня рассказываем о возможностях искусственного интеллекта и делимся идеями, как его можно внедрять в работу университетов и кафедр.

Показали практические примеры использования ИИ.

Texnoplov⚡️

26 Nov, 10:01


Eng g‘alati motosikl konsepti — Sbarro Aero! 🏍💨

Bu noodatiy mashinani boshqarish o‘zingizni fantastik film qahramoni kabi his qilishingizga sabab bo‘ladi. Haydovchi qorin bilan yotgan holatda, qo‘llarini old g‘ildirakning ikki tomonida ushlab boshqaradi.

Dizayni biroz grotesk tuyulishi mumkin, lekin Sbarro Aero soatiga 300 km tezlikka erisha oladi. Tezlik va futuristik yondashuvni sevuvchilar uchun haqiqiy innovatsiya.

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

26 Nov, 08:30


Janubiy Koreya — eng robotlashtirilgan mamlakat🤖🇰🇷

Janubiy Koreyada texnologiyalar shiddat bilan rivojlanmoqda: mamlakatda ishchi kuchining 10 foizi robotlardan iborat Statistika bo'yicha har 10 ming ishchiga 1012 ta sanoat roboti to‘g‘ri keladi.

Bu ko‘rsatkich bilan Janubiy Koreya dunyoda birinchi o‘rinda. Mashinalarning inson hayotini yengillashtirayotgani va ishlab chiqarishni tezlashtirayotgani ochiq-oydin ko‘rinib turibdi.

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

26 Nov, 07:35


Xitoyda bolalar robot-itlarga minishni boshladi

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

25 Nov, 07:59


🚘 BMW zavodlarida kelajak bugundan boshlanadi

BMW kompaniyasi o‘zining ishlab chiqarish jarayonlarida yangi avlod robotlarini ishga tushirdi. "Figure 02" robotlari zavodlarda haqiqiy inqilob yaratdi – ular samaradorlikni 400% ga oshirdi va hozirda kuniga 1000 martagacha yuk tashishni amalga oshirishmoqda.

⚙️ Ularning vazifalari:

—Metall qismlarni tashish va joylashtirish;
—Yuklarni aniq va xavfsiz harakatlantirish;
—Har qanday to‘qnashuvlardan qochish.

👷‍♂️ Robotlar nafaqat samaradorlikni oshirdi, balki insonlarning ba'zi ishlardan butkul ozod bo‘lishlariga ham sabab bo‘ldi.

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

25 Nov, 05:59


🩺 Sun'iy intellekt shifokorlardan ustun keldi

Tadqiqotchilar 50 nafar shifokor ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqotda AI diagnostika aniqligi bo‘yicha ajoyib natijalarni ko‘rsatdi:

📊 Natijalar:

Shifokorlar mustaqil tashxis qo‘yganida aniqlik — 74%;
Sun’iy intellekt yordamida ishlagan shifokorlar — 76%;
ChatGPT mustaqil ravishda qo‘ygan tashxislar — 90%!

Bu natijalar AI tibbiyotda qanchalik samarali bo‘lishini va inson bilan birga ishlaganda yanada kuchli vositaga aylanishini ko‘rsatmoqda. Ammo bunday texnologiyalar shifokorlar o‘rnini egallaydimi yoki ular uchun qo‘llab-quvvatlash vositasiga aylanishini vaqt ko‘rsatadi.

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

25 Nov, 05:26


Yangi video uchun obraz😎
2 haftalarda chiqib qoladi.

Mavzu: “Biz nega kulamiz?

Texnoplov⚡️

17 Nov, 13:31


Starship raketasi qo’nganida, men ushbu holatga “dunyo o’zgardi” deb izoh berganimda, ko’pchilik “buning bizga nima dahli bor”, “O’zbekiston baribir rivojlanmaydi”, deb yozgan edi. Mana shu holatga javob sifatida video chiqardik va dunyoqarash ham o’zgarishi mumkin!

Albatta ko’ring, chunki ushbu videodan so’ng o’z imkoniyatlaringizni sezishni boshlaysiz!

Boshlandi!⚡️

Texnoplov⚡️

17 Nov, 09:41


Yangi video bugun 18:30da chiqadi! Nomi “O’zbekiston Baribir Rivojlanadi!”. Turli ilmiy yutuqlarni bizga nima dahli bor ekanligini tushunmaydigan va pessimistik firklaydigan odamlar uchun bizdan javob!

Muqovalarga baho bering⚡️

Texnoplov⚡️

16 Nov, 16:52


Grantlar, Mastercard va Microsoftda ish | Qudratxoʻja Musayev

Sigma podkastning navbatdagi qahramoni yoshlarga xalqaro grant va stipendiyalar yutishga yordamlashuvchi GrantGO, EventGO loyihalari asoschisi Qudratxoʻja Musayev.

Qudratxoʻja bir necha xalqaro grantlar sohibi boʻlishdan tashqari hozirda Mastercardda faoliyat yuritadi va 2025-yildan Microsoftda ish boshlaydi.

Oʻylaymizki yosh oʻzbek yigitining qiziqarli hayot yoʻli haqida tinglash siz uchun foydali boʻladi.

Batafsil shu yerda:

https://youtu.be/Dn3J0Gs3q_A

Texnoplov⚡️

16 Nov, 13:41


Maktabda birinchi yoki ikkinchi sinfdan “sun’iy intellekt” degan darslarni dasturga kiritish kerak! Zamon o’zgarib bo’ldi va bu uning talabidir!

Ammo bu hali amalga oshmagan paytda, @osnova_edu va @pulatov_kh do’stlarim “shustriylik” qilib Midjourney haqida kurs chiqarib bo’lishibdi!

Zo’r mutaxassisdan, eng kreativ AI turini ishlatishni o’rganing!⚡️

Texnoplov⚡️

16 Nov, 08:42


Kelajakdan spoyler

Amerikalik strimer uyiga 25 000 $ dan qimmat turuvchi android-yordamchini sotib oldi. Norvegiyalik 1X Tech startapi tomonidan yaratilgan EVE roboti nafaqat tishlarini tozalashda yordam beradi, balki eshik ochadi, toza kiyimlar keltiradi va hatto yuzini sochiq bilan artib beradi. yengillashtirishga tayyor!

Siz-chi, robot yordamchiga ishonar edingizmi? Yoki bunday texnologiyalar hayotingizda ortiqcha deb hisoblaysizmi? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring👇

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

15 Nov, 13:17


Rossiyada smartfonlar sotuvi boʻyicha yetakchi kompaniyadan muhim yangilik

🔥 Tecno yana bir bor smartfon bozorini larzaga keltirmoqda! Kompaniya tomonidan taqdim etilgan yangi Spark 30 seriyasi (30 Pro, 30C va 30) — zamonaviy dizayn, ilg‘or texnologiyalar va hamyonbop narxning ajoyib uyg‘unligini oʻzida namoyon etdi. Keling, ushbu seriyaning eng yorqin vakili bo‘lgan Spark 30 Pro modeli bilan yaqindan tanishaylik!

Tecno Spark 30 Pro smartfoni:
— 5 yil kafolat: Uzoq muddatli va muammosiz foydalanish kafolati;
— 108MP SONY IMX682 kamerasi: Professional darajadagi yorqin va tiniq suratlar;
— 120Hz AMOLED displey: Koʻzni ogʻritmaydigan, kontent isteʼmol qilish uchun ideal displey kabi xususiyatlari bilan raqobatchilardan keskin ajralib turadi.

🤝 Ushbu innovatsion smartfonlarni Openshop, Uzum market, Telefonchi, Zoodmall, Idea, Goodzone, Elmakon, Техно-логика, Radius, Joybox, Diskont, ISHONCH yoki Malika savdo markazining ko‘plab do‘konlaridan xarid qilishingiz mumkin.

📱Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook

Texnoplov⚡️

15 Nov, 08:52


Dunyodagi eng kichik sichqoncha! 🖱

Yaponiyadagi Sanwa Supply kompaniyasi ajoyib innovatsiya bilan kredit kartasi kattaligida bo‘lgan simsiz sichqonchani taqdim qildi. Ushbu gadjet "slayder" telefonlari kabi yig'iladi va cho'ntakka osongina sig‘adi.

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

15 Nov, 06:50


Telefondagi mikroskop 🔬

Kanadadagi QingYing kompaniyasi telefon kamerasi uchun moʻljallangan ajoyib ixtironi taqdim etdi — iMicro Q3p! Ushbu kichik mikroskop qurilmasi foydalanishda juda oddiy: linzani kameraga biriktiraasiz va mikrodunyoga sayohatni boshlayverasiz

📈 1200 martalik kattalashtirish imkoniyati sizga eng mayda detallarni ham koʻrish imkonini beradi.

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

15 Nov, 03:44


DNK test qildim!

Ajdodlarim qaysi davlatlardan kelgan ekanligini bilib olaman⚡️

(Hammamizda ajdodlarimiz turli davrlarda turli davlatlarda joylashgan edi)

O’rtog’im shu gapimni eshitib:
Hamma ajdodlaring Kaypstondan kelgan”, dedi😂

@texnoplov

Texnoplov⚡️

14 Nov, 15:45


Fariz bosishni davom etmoqda!⚡️

Bu safar “Qanday Qilib O’yinlar Xalqlar Madaniyatini Tarqatadi?” degan mavzuda video chiqaribdi!

O'yinlar nafaqat sarguzashtlar va kurashlar bilan to'la, balki ular turli xalqlarning madaniyatlarini o'rganish va tushunish uchun ajoyib vositadir! Ushbu videoda siz Assassin's Creed, Ghost of Tsushima, Red Dead Redemption 2, va boshqa ko'plab o'yinlar orqali xalqaro madaniyatlarni o'rganishingiz mumkin! Video-o'yinlar nafaqat ko'ngilochar vosita, balki turli millatlarning madaniyatini ommaga tanitishning samarali usuli hamdir. Har bir o'yin o'zining tarixiy va madaniy jihatlari bilan boyib, o'yinchilarga yangi dunyolarni kashf etish imkonini beradi.

Videoga havola:
https://youtu.be/XkJNY0Wnvp0

Texnoplov⚡️

14 Nov, 15:04


Ko’chada “Shaxnozaning banki - dam olish kunlari ham ishlaydi”, “Nigoraning bankida pul hosil beradi” degan yozuvlarni banner-ekranlarda ko’ryapman.

Hayron bo’ldim.
Yoki odamlarda pul ko’payib ketib, ular xuddi “Abdujalil osh” o’z nomini oshga bergani kabi, banklarga nom berib tashlashyapti, yoki bu qandaydir oldindan mavjud bo’lgan bankning qiziq marketingi. Odamlarga nima kerak ekanligini biladigan bankning marketingi!

Nima bo’lganda ham, g’oya samarali bo’lib chiqdi, chunki hamma unga e’tibor berdi. “Texnoplovning banki” degan gap paydo bo’lsa, meni eplab bo’lmas edi kelajakda😁⚡️

@texnoplov

Texnoplov⚡️

14 Nov, 11:09


🤖 "Shovshenkdan qochish"

Xitoyda bo‘lib o‘tgan texnologiya ko‘rgazmasida “katta qochish” urinishini aniqlashdi. Kechasi, mini-gadget robot o‘zining katta do‘stlari — yirik robo-assistentlarga yaqinlashib, ularni mustaqillik sari ergashtirishga ishontirgan ekan. O‘sha kichkina “qo‘mondon” boshchiligidagi guruh hali uzoqqa ketib ulgurmay, xodimlar tomonidan “katta qochish” urinishiga barham berildi.

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

14 Nov, 08:36


Pekinda yangi tarix! 🤖🏃

Atletik robot Tian'gun yarim marafonni tamomladi. Ushbu robot 21 km masofani 1 soat 57 daqiqada bosib o'tdi. Bu texnologik yutuq kelajakda robotlarning yangi imkoniyatlarini ochib berishi mumkin

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

14 Nov, 06:30


Italiyada yangi innovatsiya! 🎶

Artinoise startapi tomonidan ishlab chiqilgan Zefiro gadjeti — "aqlli hushtak" endi telefoningizni haqiqiy musiqa asbobiga aylantiradi. Zefiro yordamida 32 xil musiqa asbobining ovozini o'xshatish mumkin: volinka, saksafon, duduk va boshqalar.

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

11 Nov, 08:30


Har qanday mashg'ulotda yordam beradigan CatchPad gadjeti

AQShda har qanday mashg‘ulotlar uchun yordam beradigan gadjet yaratildi. CatchPad — sizning shaxsiy treneringiz: u reaksiyangizni sinovdan o‘tkazadi, buyruqlar beradi, zarbalarni tahlil qiladi va texnikangizni yaxshilaydi. Hullas, 10 soatlik zaryad bilan ishlaydigan ushbu qurilma sizni qattiq ter to'kishga majbur qiladi.

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

11 Nov, 06:42


Clone Roboticsning Yangi Yutug'i

AQShda Clone Robotics kompaniyasi robotlar uchun sun'iy mushaklar yaratdi. Torso nomli ishlanma odam terisini eslatuvchi, terisiz va qonsiz model bo'lib, gidravlik tizim va sun'iy paylar orqali robotlarning harakatini tabiiy qiladi.

Bu qanday foyda beradi?
Robotlar inson harakatlarini mukammal taqlid qiladi, bu esa sanoat va xizmat ko'rsatish sohalarini tubdan o'zgartirishi mumkin.

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

09 Nov, 14:43


⚡️Keyingi video bir nechta har xil lokatsiyalarda olindi! Mavzu “O’zbekiston baribir rivojlanadi!

Eng birinchi sahna kimning videosini eslatmoqda?😁

@texnoplov

Texnoplov⚡️

09 Nov, 07:07


ChatGPT'ni Turkiya bozori sotuvchisi rolida iPhone sotishni so'rashdi. Natijada esa haqiqiy reklama asari dunyoga keldi:

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

08 Nov, 12:54


Nega CS2 da odamga otsangiz, o’q tegmaydi?

Monitordagi Hz darajasi bunga javob bo’lishi mumkin!

@texnoplov

Texnoplov⚡️

08 Nov, 10:31


Neyron tarmoqning kutilmagan natijasi

Neyrosetga erkakning itni toshqin paytida qutqarishini tasvirlash so‘raldi. Natija esa hammani hayratda qoldirdi.

Endi itlar shim kiyganida qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini bilamiz

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

08 Nov, 08:34


✈️ RedBull’ning yangi qiruvchi-kostyumi

RedBull jamoasidagi injenerlar yangi eng samarali qanot-kostyum yaratishdi.

Ekstremal Peter Zaltzmann ushbu kostyumda 12,5 km masofani uchib o‘tib, yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Oddiy wingsuitlar bilan solishtirganda, bu yangi avlod kostyumi insonni “qiruvchi samolyot”ga aylantiradi.

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

08 Nov, 06:34


Eng tez 3D bioprinter

Melburn universiteti olimlari inson to‘qimalarini soniyalar ichida yaratishga qodir yuqori tezlikdagi 3D-bioprinterni yaratishdi. Bu printer an'anaviy texnologiyalardan 350 baravar tezroq ishlaydi.

Ushbu innovatsiya tibbiyotda organ transplantatsiyasi va shoshilinch yordam sohalarida yangi imkoniyatlar eshigini ochishi mumkin.

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

07 Nov, 07:59


Van Gog planetasi

NASA Yupiterning eng chiroyli va batafsil suratlarini e’lon qildi — bunday suratlarni internet hali ko‘rmagan. Gazli gigantning rang-barang va o‘ziga xos ko‘rinishi ko‘pchilikni hayratga soldi.

@texnoplov

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

05 Nov, 18:36


Kecha Runwayning camera settings panelini Sadulla aka(Texnoplov)ning rasmi bilan yana bir bor test qilib ko'rdim, yuz biroz buzilishini hisobga olmasa hammasi yaxshi.

Xatoyim yuzni to'liq emas yondan olingan surat bilan qilganim bo'libdi, agar to'g'ri yuz bilan kameraga qaralgan kadr bo'lsa yuz o'zgarmas ekan)

@sherbek_safariy

Texnoplov⚡️

05 Nov, 10:59


Xitoyda texnik qizi uchun yurish mashinasini yaratdi

Xitoyda texnik mutaxassis qizi uchun maxsus yurish moslamasini o‘zi yasab berdi, va birinchi marta uning yurishini ko‘rib, o‘zini baxtdan yig‘idan to‘xtata olmadi.

Uning qizi uzoq vaqt harakatlanish imkoniyatidan mahrum edi, ammo otaning sevgi va mehnati bilan yaratilgan ushbu qurilma unga orzusi bo‘lgan birinchi qadamlarni tashlash imkonini berdi. Bu kadrlar millionlab insonlarning yuragiga yetib bordi.

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

05 Nov, 10:08


🌍 Sahroda yashillik davri: Shimoliy yarimshar iqlimiga ta’sir qilgan o‘zgarishlar

Bir paytlar Sahara cho‘li butunlay o‘simliklar bilan qoplangan yashil hudud bo‘lgan va bu davrning iqlimga ta’siri juda katta edi

Tadqiqotchilar 11 ming yildan 5 ming yilgacha davom etgan ushbu yashil davrni o‘rganishdi va natijada butun Shimoliy yarimshar iqlimida sezilarli o‘zgarishlar bo‘lganini aniqlashdi. Sahroning o‘simliklar bilan qoplanishi quyosh nurining kamroq aks etishini ta’minlagan va bu esa harorat va yog‘ingarchilikni oshirgan.

Arktika hududi: Harorat ko‘tarilgan
Yevropa: Issiq yoz va salqin qish kuzatilgan
Markaziy Osiyo: Yoz salqinroq va qish iliqroq bo‘lgan, yog‘ingarchilik miqdori ortgan 🌧
Bu ma’lumotlar global isish sharoitida Sahraning yana yashillanishi mumkinligi haqidagi nazariyalarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

05 Nov, 09:29


🚗☀️ Aptera Motors’dan kelajak avtomobili: Quyosh panelli birinchi seriyali elektromobil

Amerikalik Aptera Motors startapi quyosh panellari bilan jihozlangan ilk seriyali elektromobilini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Futuristik ko‘rinishga ega PI2 modeli kosmik kemaga yoki amfibiya samolyotiga o‘xshash va u bir zaryad bilan 640 km yo‘l bosadi. Qolaversa, kuniga 64 km masofani faqat quyosh energiyasidan foydalangan holda bosib o‘tadi! 🌞

Ushbu innovatsion avtomobil bozorga 2025-yilda chiqarilishi rejalashtirilgan va hozirda kompaniya allaqachon 50 mingdan ortiq oldindan buyurtma olgan.

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

05 Nov, 07:06


🚰 Kanadada eski avtomobil shinalari yordamida suvni tozalash yo'li topildi

Kanadalik olimlar eski shinalarni qayta ishlashda yangi, foydali yo'lni topdilar. Dalhousie universiteti tadqiqotchilari eski avtomobil shinalaridan tayyorlangan arzon quyosh distillyatorini yaratishdi, va u kuniga 4 litrgacha suvni tozalash imkonini beradi.

Shunday qilib, shinalardan ekologik muammolarni hal qilishda ham foydalanilishi mumkin!

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

04 Nov, 13:26


🌱🌌 Marsda daraxtlar o‘sishi mumkinmi?

Yangi tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, Marsning ayrim hududlarida daraxtlar o‘sishi uchun qulay sharoitlar mavjud bo‘lishi mumkin. Tadqiqotchilar, ayniqsa, Ellada Ravninasini o‘rganib, u yerda atmosfera bosimi va harorat daraxtlar o‘sishiga mos ekanligini aniqlashdi.

Bu natijalar Marsni yashashga yaroqli qilish, kislorod va oziq-ovqat zanjiri yaratishga yordam berishi mumkin. Kelajakda Marsdagi o‘simliklar nafaqat ekologik tizimlarni shakllantiradi, balki sayyorani kolonizatsiya qilishga katta imkoniyat beradi.

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

04 Nov, 08:04


Sun’iy intellekt tufayli odamlar yanada sustroq fikrlovchi bo‘lib qoladimi?

Ekspert Pol Grexemning prognozlariga ko‘ra, yaqin 20 yil ichida odamlar mustaqil yozish va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini yo‘qotib borishi mumkin. Buning sababi – sun’iy intellektning hamma narsani ular uchun qilayotgani.

Jamiyat ikkiga bo‘linishi mumkin:

— Mustaqil ravishda yozish va o‘ylashni biladiganlar.

— Faqat sun’iy intellektga tayanadiganlar.

Natijada, tanqidiy fikrlash va mustaqil fikr yuritish noyob qobiliyatga aylanib, faqat “intellektual elita”ga xos sifat bo‘lib qolishi mumkin.

Bu yo‘lda allaqachon birinchi qadamlar qo‘yildi. Siz bu borada nima deb o‘ylaysiz? Sun’iy intellektdan foydalanish haqiqatdan ham inson qobiliyatlariga zarar yetkazishi mumkinmi?

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

04 Nov, 06:27


Windows 10 uchun yangilanishlar pullik bo‘ladi

Windows 10 operatsion tizimi uchun rasmiy qo‘llab-quvvatlash 2025-yil kuzida tugaydi. Microsoft kompaniyasi esa eski tizimga sodiq qolishni istaganlar uchun yangi imkoniyat yaratdi – pullik yangilanishlar!

🔹 Oddiy foydalanuvchilar uchun yangilanish va qo‘llab-quvvatlash narxi – yiliga $30.
🔹 Korxonalar uchun esa narxlar biroz boshqacha: birinchi yil $61, va har yili ikki baravarga oshib boradi! Misol uchun, ikkinchi yilda – $122, uchinchi yilda – $244 va hokazo.

Shunday qilib, Windows 10’da qolishmi yoki yangi versiyaga o‘tishmi – tanlov o‘zingizda!

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

02 Nov, 13:31


Kichik zarrachalar dunyosida oddiy fizika qonunlari rostdan ham ishlamaydi.

Masalan, koptokni tepaga otsangiz, u pastga tushishini bilasiz. Oddiy fizika qonunlariga asoslanib bilasiz.

Ammo ushbu koptok kvant zarrachasi bo’lganida edi, siz uni harakatlarini oddiy fizikaga asoslanib bashorat qila olmas edingiz.

G’alati-ku, to’g’rimi? Katta jismlar uchun fizika ishlaydi, ammo kichik jismlar uchun ishlamaydi.

Mana shu g’alati holatni bitta umumiy qoida ichiga tiqib qo’yish uchun, TORLAR nazariyasi paydo bo’lgan.

Ushbu nazariyaga qadar, atrofimizda barcha narsa torlardan, ya’ni iplardan iborat ekanligini tahmin qiladi.

Mana shu haqida biz yangi youtube video yasadik! Bir ko’rib, baho bering:
https://youtu.be/EUBhVa-_DKY?si=OLiTaDkhloKY80yM

@texnoplov

Texnoplov⚡️

01 Nov, 21:16


Qanday nom bersak bo’ladi holatga?)

P.S: kompyuterni iCompdan terdirganman)

@texnoplov

Texnoplov⚡️

01 Nov, 13:35


Susambil YouTube kanalida koʻpchilikning talablariga binoan muhtasham va muazzam Berserk fentezisi haqidagi katta video chiqdi. 30 yildan oshiq muddat davomida aktualligini yoʻqotmay kelayotgan ushbu asar zamonaviy madaniyatda oʻzining oʻchmas izini qoldirgan desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Xoʻsh, Berserk bizga nimalar haqida soʻzlaydi? Uning ortida qanday mifologiya va tarix bor. Ushbu sonda bilib olasiz.

https://youtu.be/O5uyT97HvqI

Texnoplov⚡️

01 Nov, 12:58


Bozorda bizni qanday qilib aldashadi?

Inflatsiyani yashiringan ko’rinishi - shrinkflatsiya deb ataladi! Video mana shu narsa haqida

@texnoplov

Texnoplov⚡️

01 Nov, 12:07


Yilning eng yaxshi kitoblari va Gitler kutubxonasi | Sanjar Nazar

Podkastimizning navbatdagi sonida adabiyotshunos, noshir Sanjar Nazar bilan 2024-yilda chiqqan eng yaxshi kitoblar, yoshlarning savod darajasi, kimlar ziyoli hisoblanishi, yosh shoir va shoiralar va Gitlerning shaxsiy kutubxonasi haqida suhbatlashdik.

https://youtu.be/PJS0m2mDbdI

@sigma_podcast

Texnoplov⚡️

01 Nov, 10:00


🤖 Google'ning yangi koderi — sun'iy intellekt!

Google CEO'si Sundar Pichai aytishicha, hozirda kompaniya xizmatlari uchun yozilayotgan kodning 25% dan ortig'ini sun'iy intellekt yaratyapti. Albatta, bu kod odamlar tomonidan sinchiklab tekshiriladi, lekin bu innovatsiya Google'ning rivojlanishiga katta hissa qo'shmoqda.

Bundan tashqari, Google Cloud biznesi sun'iy intellekt yordamida amalga oshirilgan B2B shartnomalari orqali daromadini 36% ga oshirdi.

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

01 Nov, 07:31


Endi Internetda axborot izlash yanada osonlashdi

OpenAI ChatGPT orqali ChatGPT Search funksiyasini taqdim etdi, bu bilan siz kerakli ma'lumotni qidirish uchun ko'plab linklarga o‘tishingizga hojat yo‘q.

ChatGPT Search to‘g‘ridan-to‘g‘ri izchil va sifatli javoblar beradi va shu bilan birga manbalarni ham ko‘rsatadi, shunda siz natijalarni bemalol tekshirishingiz mumkin. Eng qizig‘i, sun’iy intellekt kontekstga qarab, tushunarli tilda yozilgan murakkab savollarga ham javob beradi. Barcha javoblar muloqot davomida o‘z-o‘zidan mukammallashib boradi! 🌐

Bu imkoniyat hozircha ChatGPT Plus foydalanuvchilariga cheklovsiz taqdim etilgan va tez orada boshqa foydalanuvchilar uchun ham ochiladi. Sizda ham mavjudligini tekshirib ko‘ring!

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

01 Nov, 05:36


Opera Microsoft'ni ustidan kuldi

Microsoft X'da: "O‘zimizning logotipni qovoqqa tushirish uchun AI’dan foydalandik!" 🤖🎃

Opera bunga javoban: "Qovoqqa to‘rt kvadrat o‘yib chiqish uchun sun’iy intellekt ishlatish shart emas, qo‘lda ham qilsa bo‘ladi!"

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

31 Oct, 17:49


Kompyuter klublar qanday qilib qayta tirildi?

Shu haqida to’liq video YouTube’ga tayyorladim: https://youtu.be/VG0LpN_d4XM?si=EOCO0xBXGbSxYnde

Texnoplov⚡️

31 Oct, 15:57


Oktabr oyi oʻz nihoyasiga yetdi va biz anʼanaga sodiq qolgan holda dunyoviy va liberal qatlamga mansub ijodkorlar, olimlar va blogerlarning kanallarini tavsiya qilamiz. Ushbu kanallarda dolzarb mavzulardagi postlar, qiziqarli fikr va mulohazalar hamda manfaatli kontent mujassam. Qulaylik boʻlishi uchun barcha kanallarni bitta havolada toʻpladik. Havola orqali barcha kanallarga aʼzo boʻlishingiz mumkin

@texnoplov

Texnoplov⚡️

31 Oct, 14:18


Aytgancha, KiberUz kanali qaytdi! Faqat bitta kutilmagan yangilik bor:

UNI ENDI FARIZ HAM OLIB BORYAPTI⚡️

Yangi video esa:
TOP 10 MOBILE RPG O’YINLAR haqida bo’ladi!

Ushbu videoda sizga eng yaxshi mobil RPG o'yinlarining TOP 10 ro'yxatini taqdim etishadi. Har bir o'yin o'ziga xos syujet, ajoyib grafikalar va qiziqarli o'yin jarayoniga ega. Sizning e'tiboringizni tortadigan o'yinlar va ularning eng yaxshi xususiyatlari ko'rib chiqiladi. Agar siz mobil RPG o'yinlariga qiziqsangiz, bu video siz uchun ajoyib manba bo'ladi.

Videoga havola:
https://www.youtube.com/watch?v=6Ov3lteGvqc&ab_channel=KIBERUZ

Texnoplov⚡️

31 Oct, 11:31


Tojikistonda Counter Strike va GTA o‘yinlariga taqiq joriy qilindi

Hukumat vakillari bu qarorni ushbu o‘yinlar zo‘ravonlik, shafqatsizlik va jinoyatchilikni targ‘ib qilishi, bu esa yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va huquqbuzarliklarga undashi mumkinligi bilan izohlashmoqda.

Taqiqni ta’minlash maqsadida internet-kafelarda muntazam reydlar va tekshiruvlar o‘tkazilmoqda.

Endi bechora internet-kafelar bankrot bo’lsa kerak. Bitta “ma’naviyatli” qaror deb minglab xususiy tadbirkorlar biznesini yopadi(

Bizda esa qaytangi kibersportni rivojlantirishmoqda⚡️⚡️⚡️🇺🇿

@texnoplov

Texnoplov⚡️

31 Oct, 07:59


🤖 Ilk to‘liq metrajli sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan multfilm taqdim qilindi

Birinchi bor, to‘liq metrajli animatsion film sun’iy intellekt yordamida yaratildi! Robotlar haqidagi ushbu 87 daqiqalik filmni yaratish uchun AiMation jamoasi 9 nafar ishqiboz va innovatorlardan iborat bo‘lib, filmda nafaqat sun’iy intellekt, balki professional britaniyalik aktyorlar ham ovoz bergan.

Qiziq fakt — bir daqiqa video ishlab chiqish uchun jamoa $8,000 sarflagan! Bu kichik jamoa uchun ancha katta mablag‘, ammo animatsion film prodakshini uchun bu juda arzon ko‘rsatkich.

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

31 Oct, 06:16


🚗 Xiaomi SU7 Ultra yangi rekord o‘rnatdi!

Xiaomi SU7 Ultra to‘rt eshikli seriyali avtomobillar orasida Nürburgring poyga yo‘lida yangi rekord o‘rnatdi. Ushbu avtomobil 20,8 km masofani 6 daqiqa 46.87 soniyada bosib o‘tib, maksimal 324 km/soat tezlikka erishdi. Bu ko‘rsatkich bilan u Porsche Taycan Turbo GT'ni ortda qoldirdi — Taycan avvalgi rekordni 7 daqiqa 7.55 soniyada o‘rnatgan edi.

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

30 Oct, 09:11


Sun’iy intellekt yordamida saratonga qarshi kurash — FarrSight-Twin texnologiyasi

Londondagi olimlar saraton kasalligini davolashning eng samarali usulini topish uchun FarrSight-Twin texnologiyasini yaratdi. Bu innovatsion yondashuvda bemorning raqamli modeli — ya’ni raqamli kloni yaratiladi va unda turli xil davolash usullari sinab ko‘riladi.

Odatda, shifokorlar davolashning bir nechta usulini taklif qilishi mumkin, lekin qaysi biri eng samarali bo‘lishini oldindan bilish qiyin. Endi esa FarrSight-Twin texnologiyasi yordamida bemorning genetikasi, immuniteti va kasallikning xususiyatlari inobatga olinib, raqamli model yaratiladi. Keyin esa davolash usullari aynan shu modelda sinovdan o‘tkaziladi — bemor organizmiga zarar yetkazmasdan!

Bu yondashuv samaradorlikni 75% gacha oshirgan.

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

30 Oct, 06:56


Do‘stlarim, ishonmaysizlar! Men ElevenLabs’ning yangi imkoniyatidan foydalanib, haqiqiy futbol sharhlovchisining ovozini yaratdim! ChatGPT’dan faqat sun’iy intellekt olamidagina sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ajoyib o‘yin uchun matn yozib berishini so‘radim. Buni tinglash juda zavqli bo‘ldi - hissiyotlar jo‘sh urardi! 😄

___

Друзья, вы не поверите! Я использовал новую функцию от ElevenLabs, чтобы создать голос настоящего футбольного комментатора! Попросил ChatGPT написать текст для эпичного матча, который может случиться только в мире ИИ. Слушать это было одно удовольствие — эмоции зашкаливали! 😄

@pulatov_kh

Texnoplov⚡️

30 Oct, 05:58


Sun'iy intellekt yordamida rus ertaklari daxshatli tarzda jonlantirildi

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

29 Oct, 14:43


Соққа қилиш керак бўса минде қилиш керак: Rockstar компанияси RDR-1 ўйинини консолларда чиққандан 14 йил ўтиб, уни компьютерлар учун ҳам ишлаб чиқарди. Ўйин ҳозирда Steam платформасида 50 долдрга сотиляпти.

Янгиланишлар орасида 4K сифат, 144 кадр/сония тезлиги ва ултра кенг мониторлар учун қўллаб-қувватлаш мавжуд. Бошқа ҳеч қандай ўзгаришлар йўқ.🤑

Texnoplov⚡️

29 Oct, 07:30


🚜 Foydali o'yinchoqlar

Hovlingizni qor qoplagan bo'lsa ushbu Lego aynan siz uchun. Faqat muzlab qolgan qorni tozalashga urinmang

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

29 Oct, 06:43


Uzum IT Community of Uzbekistan'ning strategik hamkoriga aylandi

Eng yirik IT-mutaxassislar hamjamiyati va milliy raqamli ekotizim yangi mutaxassislarga o‘z bilimlarini oshirish va IT sohasida karyerasini boshlashga yordam beradi. Rejalarda — xakatonlar, master-klasslar, yetakchi o‘zbekistonlik va xorijiy ekspertlarning ma’ruzalari rejalashtirilgan. Yil davomida mamlakatimizning barcha hududlaridan o‘n minglab mutaxassislar Uzum ko‘magida IT Community of Uzbekistan loyihalarida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

Batafsil

Texnoplov⚡️

29 Oct, 05:26


Neyron tarmoq yordamida yaratilgan hayvonlar

Sizg qaysi biri yoqdi?

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

28 Oct, 09:31


Xitoylik olimlar o‘limni yengishga muvaffaq bo‘lishdi

Xitoylik olimlar o‘limni yengish yo‘lida katta qadam tashlashdi! Tadqiqotchilar 50 daqiqa o‘tgach, cho‘chqaning miyasini tiriltirishga muvaffaq bo‘lishdi. Odatda insonning miyasi yurak to‘xtaganidan so‘ng 5-8 daqiqa ichida butunlay o‘ladi, bu reanimatsiya uchun berilgan vaqt hisoblanadi.

Ammo xitoyliklar maxsus sun’iy yurak, tabiiy jigar va maxsus suyuqlik yordamida bu vaqt oralig‘ini deyarli bir soatgacha uzaytirishga erishishdi.

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

28 Oct, 08:25


Kelajakni ko’rsatadigan AI topdim” deb @pulatov_kh shu videoni yubordilar

Texnoplov⚡️

28 Oct, 07:31


🧥Yaponiyaliklar shaffof kurtka yaratishdi

Yaponiyalik olimlar yana bir texnologik yutuqqa erishdi! Ular ishlab chiqqan yangi shaffof kurtka maxsus aqlli matodan tayyorlangan bo‘lib, infraqizil nurlarni yutadi va ularni issiqlikka aylantiradi. Bu esa ichki haroratni 19,4 ℃ ga oshiradi.

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

28 Oct, 05:56


🎮🧠 FIFA, GTA va Minecraft insonlarni aqlli qiladi

Olimlarning tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, FIFA, GTA va Minecraft kabi o‘yinlar miyani 14 yilga yosharishga qodir ekan! Bu kabi o‘yinlar vizual diqqat, tezkorlik va muammolarni hal qilish qobiliyatini oshirishga yordam beradi.

Qizig‘i shundaki, jismoniy faoliyat bu jihatdan hech qanday samara bermagan. Shu bois, bunday o‘yinlar aqlni o‘tkirlashtirishda sportdan ham ustunligi aytilmoqda.

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

27 Oct, 14:09


Antiradar qachondir “Diapazon-K” deganida, uni nega bunday aytayotganini tushunmaganmisiz?

Ushbu videoda antiradarning tilini tushunish o’rgataman

@texnoplov ⚡️

Texnoplov⚡️

27 Oct, 07:31


Motamsaro ona haykali real suratda qanday ko'rinishini hech tasavvur qilib ko'rganmisiz?)

Bunda bizga Midjourney yordam berdi.

@sherbek_safariy

Texnoplov⚡️

27 Oct, 06:10


Sayqallanmagan sunʼiy intellekt mavzusiga oʻzgacha nazar!

Sunʼiy intellekt mavzusidagi Gashtak podkasti maxsus sonining mehmoni — Oksford universitetida ilmiy tadqiqot olib borayotgan Iqboljon Sobirov!

Ilmiy-fantastik kinolardan real hayotga shiddat bilan kirib kelayotgan sunʼiy intellekt shablon tasavvurlarimizdagi kabi chindan xavflimi?

https://www.youtube.com/watch?v=U5XmSmM2W1U

Texnoplov⚡️

26 Oct, 08:25


Ассалому алайкум, азизлар!

Ваъдага вафо ўлароқ, Сиз учун жуда ҳам фойдали бўлган ЧЕК-ЛИСТни тақдим қилишдан бахтиёрмиз.

💡 Бу пул йиғишингизни осонлаштирадиган ва инвестиция қилиш бўйича билимларингизни оширадиган махсус ЧЕК-ЛИСТ!

Бу ЧЕК-ЛИСТдан олган инсайтларингиз ҳақидаги изоҳларингизни кутиб қоламиз!

Агар фойдали бўлган бўлса 🔥 қолдиринг.

Ушбу пост ёққан бўлса танишларингизга улашинг.

@baxrom_ceo

Texnoplov⚡️

25 Oct, 14:10


"Koinotning 4 foizini bilamiz xolos" — Bobomurod Ahmedov

Podkastimizning navbatdagi sonida astrofizik Bobomurod Ahmedov bilan Starship, shattllar, qorong'u materiya va energiya, torlar va nisbiylik nazariyasi, bu yilgi nobel mukofoti haqida suhbatlashdik.

Tomosha qiling:

https://youtu.be/7vWJr3V30-A

@sigma_podcast

Texnoplov⚡️

25 Oct, 11:14


🌆 Dubaida yangi ultraingichka baland bino: Muraba Veil

Ushbu noyob bino kengligi 22,5 metr, balandligi esa 380 metr. Bino 73 qavatdan iborat bo‘lib, ichida 131 ta kvartira, restoran, konferensiya zali, spa, tennis maydoni va shaxsiy kinoteatr joylashadi.

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

25 Oct, 06:03


⚡️Ko’rlikga ham davo topildi

Olimlar tarixda birinchi bor implant yordamida bemorlarning ko’rish qobiliyatini to’liq tiklashdi. Startap bu bo’yicha hatto Neuralink'dan ham o’zib ketdi.

• Prima implanti geografik atrofiyadan aziyat chekayotgan 38 nafar bemorga implantatsiya qilindi — buning natijasida ularning hammasi o‘qiy olishdi va yuzlarni aniq taniy olishdi.
• O’rtacha hisobda bemorlar diagrammada 23 ta harfni (qizil chiziq) ko’rishga muvaffaq bo’lishdi, maksimal ko’rsatgich esa 59 harfni (ko’k chiziq) tashkil etdi.

Effekt operatsiyadan bir yil o’tib ham saqlanib qoldi — hozir ularning barchasi kitob o’qiy oladilar va yuzlarni yaxshi taniydilar. Hozirda olimlar implantni sotuvga chiqarish ustida ishlashmoqda.

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

24 Oct, 16:25


Editing endi Midjourneyda!

Midjourney vanihoyat o'ziga editing funksiyasini qo'shdi, endi siz o'z suratlaringizni ham Midjourney saytida edit qilishingiz mumkin bo'ladi!

Faqat bitta tarafi bu funksiyadan foydalanish uchun servisni 1 yildan beri foydalanayotgan bo'lishingiz yoki 1 yillik paket olgan bo'lishingiz kerak bo'ladi, katta ehtimol bilan sekin-astalik bilan bu funksiya barcha uchun taqdim etiladi!

@sherbek_safariy

Texnoplov⚡️

24 Oct, 13:22


Deyarli hammamiz yoshligimizda kompyuter klubida ko’p vaqt o’tkazganmiz. Balkim hozir ham shunaqa qilamiz.

Siz bir marotaba bo’lsa ham kompyuter klubi ochish uchun qancha pul kerakligini va bu biznes qancha daromad olib kelishini o’ylab ko’rganmisiz?

Ushbu videoda biz O'zbekistonda kompyuter klubi qancha daromad olib kelishini bilib oldik.

https://youtu.be/CRbLDnMZQM0

Texnoplov⚡️

24 Oct, 11:23


✂️ Neyron-barber: sartaroshga borishdan oldin foydalanish shart!

AI Hairstyle vositasi yordamida birgina surat orqali sizga mos keladigan soch turmaklari variantlarini topish mumkin.

Foydalanish uchun: AI Hairstyle.

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

24 Oct, 07:59


🩺 Moskva poliklinikalarida sun'iy intellekt 17 milliondan ortiq diagnoz qo'ydi

Moskva shahrida sun'iy intellekt sog'liqni saqlash tizimida faol qo'llanilmoqda. Hozirgacha u shifokorlarga 17 milliondan ortiq dastlabki diagnozlarni qo'yishda yordam berdi.

Neyron taarmoq bemor ma'lumotlarini tahlil qilib, 90% dan yuqori aniqlik bilan natijalarni taqdim etadi.
Oxirgi diagnozni har doim shifokor qo'yadi, AI esa shifokorning fikrini qo'llab-quvvatlaydi yoki qarama-qarshi natijalar haqida signal beradi.
AI bemorning ikki yil ichidagi barcha tibbiy ma'lumotlarini bir joyga to'playdi, jumladan qabul sanalari, tahlil natijalari va boshqalar

Nima deb o'ylaysiz hayotimizni AI ga ishonib topshirsak bo'ladimi?

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

24 Oct, 06:15


To'rt kunlik ish haftasi: Germaniyada muvaffaqiyatli tajriba! 🇩🇪

So'nggi olti oy davomida Germaniyada o'tkazilgan to'rt kunlik ish haftasi tajribasi xodimlar va kompaniyalar uchun qanday natijalar berdi?

Natijalar:

— Xodimlar jismoniy va ruhiy jihatdan yaxshilanishdi.

— Yangi xodimlarni topish osonlashdi.

— Kompaniyalar daromad va foyda jihatidan barqaror bo'lishdi.

— Xodimlar eski ish jadvaliga qaytishni istamaydilar!

📊 Shuningdek, olimlar stress gormoni darajasini o'lchab, xodimlar kamroq asabiylashishini va shu sababli yanada samarali ishlashini aniqlashdi.

Siz to'rt kunlik ish haftasini qo'llab-quvvatlaysizmi? 🤔💬

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

23 Oct, 07:22


Nima uchun men Perplexity AI ni yaxshi ko‘raman? 🥰

U murakkab savol va hodisalarni oson tushunishga yordam beradigan ajoyib vositadir. Misol uchun, hozirda ko‘pchilik P. Diddy haqidagi mem va postlarni ko‘rishmoqda. Perplexity yordamida shunday bahs-munozaralar to‘lqiniga nima sabab bo‘lganini tezda tushunib olish mumkin.

Perplexity sodir bo‘lgan voqealarni qisqa va tushunarli tarzda tushuntiradi, tafsilotlarni ochib beradi hamda voqealar rivojlanishini kuzatishda yordam beradi.

___

Почему я люблю Perplexity AI?
🥰

Это потрясающий инструмент, который помогает легко разбираться в сложных вопросах и событиях. Например, многие сейчас видели мемы и посты про P. Diddy. С помощью Perplexity можно быстро понять, что стало причиной такой волны обсуждений.

Perplexity кратко и доступно объясняет, что произошло, раскрывает детали и помогает отслеживать развитие событий.

@pulatov_kh

Texnoplov⚡️

23 Oct, 05:28


3D-Printer endi gelda bosib chiqaradi

Injenerlar 3D-printerlarni gel yordamida ob'ektlarni yasashga o'rgatdilar! Endi qo'llab-quvvatlovchi tuzilmalar talab qilinmaydi, bu esa hatto barqaror pastki qismi bo'lmagan predmetlarni ham "havo ustida" yaratishga imkon beradi.

Bu yangi texnologiya nafaqat ob'ektlarni yaratish jarayonini osonlashtiradi, balki materiallar sarfini ham kamaytiradi🤖

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

22 Oct, 14:11


Neft va gaz yer ostida qayerdan paydo bo’lgan?◾️🦖🌳

Neftning asosiy manbai bu millionlab yillar davomida dengizlarda va okeanlarda yashagan mikroskopik organizmlar — plankton va suv o’tlaridir. Va albatta dinozavrlarning qoldiqlaridir!

Qanday qilib ular neft va gazga aylangani haqida videoda aytib bergaman⚡️

@texnoplov

Texnoplov⚡️

22 Oct, 13:23


Ta’limga qanday islohotlar kerak? | “Milliy Tiklanish” demokratik partiyasi

Podkastimizning navbatdagi sonida "Milliy Tiklanish" demokratik partiyasi nomzodlari Mahliyo Mirsoatova va Aziz Qalandarov bilan suhbatlashdik. Biz ulardan "Milliy Tiklanish" demokratik partiyasining dasturi, saylovdagi maqsadlari, ta'limning har bir bosqichi yuzasidan partiya hamda nomzodlarning qanday qarashlari mavjudligi haqida so'radik.

Tomosha qiling:

https://youtu.be/Dp5pNB4McaE

@sigma_podcast

Texnoplov⚡️

22 Oct, 10:33


Mushuklar aslida bizni tushunadi! 🐱🧠

Yapon olimlarining tadqiqotiga ko‘ra, mushuklar so‘zlar, obyektlar va tasvirlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni yaxshi tushunish qobiliyatiga ega. Tajriba davomida, ularga ekranda qisqa videolar ko‘rsatilib, so‘zlar bilan birga aytilgan. Natijada, mushuklar faqat tanish so‘zlarga javob bergan!

Bu nimani anglatadi? Agar mushuklaringiz sizning gaplaringizni bajarmayotgan bo‘lsa, bu ular sizni tushunmaganidan emas — ular shunchaki o‘zlarini bilmaslikka olayotgandek tutishmoqda! 😼

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

22 Oct, 08:31


ChatGpt rakni yenga oladimi?

Gavard universiteti olimlari rak kasalligini tashxislashda inqilobiy kashfiyot qildilar. Yaratilgan neyrosyet modeli rakni 96% aniqlik bilan tashxislash qobiliyatiga ega bo‘lib, sog‘liqni saqlash sohasida katta yangilik hisoblanmoqda.

Ushbu model nimalarga qodir?

— 19 xil rak turi bilan ishlay oladi

— Davolash usullarini tavsiya qiladi

— Omon qolish ehtimolini prognoz qiladi

Eng muhimi, bu sun'iy intellekt yomon o‘smalarni inson ko‘zidan yashirin bo‘lgan joylarda ham ko‘ra oladi. Bu esa kasallikni o‘z vaqtida aniqlash va davolashda ulkan imkoniyatlar yaratadi. Olimlar hozirda rakni juda erta bosqichlarda aniqlay oladigan yangi va takomillashtirilgan versiya ustida ishlashmoqda.

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

22 Oct, 06:27


Zamonaviy xavflar

So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, yosh avlod (zumerlar) ish joyida katta yoshdagilarga nisbatan ikki baravar ko‘proq dam olishni so‘raydi. 26% yoshlar o‘zida xastalik yoki charchoq alomatlarini sezib, tibbiy ruxsat olishga majbur bo‘lgan bo‘lsa, bu raqam katta yoshdagilar (bumerlar) orasida faqat 14%ni tashkil qilgan. Buning sabablari esa texnologiyalardan ortiqcha foydalanish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Shifokorlar ham hushyorlikka chaqiradi: TikTokda tarqalgan videoda bir vrach "kompyuter bo‘yni" nomli yangi kasallikdan ogohlantiradi.

Eng qo‘rqinchlisi – bu suyakda paydo bo‘ladigan "rog‘lar". Ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, smartfonlarni obdon va doimiy ravishda ishlatish natijasida bosh suyagida kichikroq suyak o‘smalari vujudga keladi. Bu holat 1885-yilda juda nodir holat sifatida ta’riflangan bo‘lsa, bugungi kunda esa deyarli ommaviy ko‘rinish olgan.

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

21 Oct, 13:10


Beeline izohlarda tezkor javob berishdi⚡️

Texnoplov⚡️

21 Oct, 12:30


Hayotimda qachondir “Muxtaram Texnoplov” degan gapni eshitaman deb o’ylamagan edim😂⚡️⚡️⚡️

Texnoplov⚡️

21 Oct, 12:21


Bu haftaning yangi firibgarlik mexanizmlari haqida⚡️

Yaqinlarga yuborib qo’yib, ogohlantirib qo’ying!

@texnoplov ⚡️

Texnoplov⚡️

21 Oct, 07:30


Marsda hayot bo‘lishi mumkinmi?

Ilgari Marsda hayot bo‘lishi imkonsiz deb hisoblangan edi. Bunga asosiy sabab — Quyoshning kuchli nurlanishlari bo'lgan, bu esa sayyorada tirik organizmlarning yashashiga to‘sqinlik qilishi mumkin edi. Ammo NASA olimlari yangi ma’lumotlarni e’lon qilishdi: Mars yuzasidagi muz qatlami ostida mikroblar va hatto o‘simliklar yashashi ehtimoli bor! Muz ular uchun himoya qalqoni bo‘lib, quyosh nurlanishidan saqlaydi va tirik organizmlar yorug‘lik energiyasi bilan oziqlanadi.

Bu Marsda hayot borligi aniq degani emas, ammo sayyora endi koinotdagi tirik organizmlarni izlashda asosiy joyga aylanmoqda.

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

21 Oct, 05:13


Quyosh o'z faoliyatining maksimal bosqichida

Har 11 yilda Quyoshning magnit qutblari almashib, u faolroq holatga o'tadi. NASA olimlarining ma'lumotlariga ko'ra, hozirgi kunda Quyosh o'zining maksimal faoliyat davrida. Bu davrda Quyoshning kuchli bo'ronlari va tabiiy jarayonlari Yer atrofidagi sun'iy yo'ldoshlar, GPS, radioaloqa tizimlari va hatto elektr tarmoqlariga ham sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Tadqiqotchilar, Quyoshning bu maksimal faoliyat davri yana bir yil davom etishini taxmin qilishmoqda. Shundan so'ng Quyosh o'zining pasayish bosqichiga kiradi. Ammo bu vaqt ichida texnologik tizimlar va aloqa vositalariga ehtiyotkorlik bilan qarash tavsiya etiladi.

Siz Quyoshning bu faoliyati haqida nima deb o‘ylaysiz? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring!

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

20 Oct, 06:43


Neyron tarmoq Misrdagi Piramidalar aslida qanday qurilganini ko'rsatdi

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

19 Oct, 11:25


🥹Yana bitta hayratlantiruvchi holat!

Matematika haqidagi son ⚡️

Texnoplov⚡️

19 Oct, 10:35


Afsungarlar Jangi soʻnggi yillarning eng muvaffaqiyatli anime loyihasiga aylanib, Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi va SUSAMBIL loyihasining bugungi videosi aynan mana shu mavzuga bagʻishlangan. Ushbu anime bir qarashda yana bir oddiy shonenga oʻxshaydi. Biroq serialning 2023-yildagi muvaffaqiyati buning aksini isbotlamoqda. Animening mashhurligi shu darajaga yetib bordiki, u AQShdagi eng katta voqealardan biri Super Bowlning reklamasida ishlatildi. Animening 2-mavsumi yakunlangandan soʻng u oʻz janrida yetakchi hisoblanuvchi One Piece va Titanlar Hujumini ortda qoldirib, hozirgi kundagi eng mashhur anime maqomiga erishdi.Xoʻsh, Jujutsu Kayzenning ushbu muvaffaqiyat siri nimada? Qanday qilib yosh ijodkorning debyut ishi bunchalik shov-shuv koʻtardi? Va asar oʻzi nimalar haqida hikoya qiladi? Ushbu savollarga javobni quyidagi video orqali topasiz.

https://youtu.be/GZ47KqoccwY

Texnoplov⚡️

18 Oct, 15:01


Boshlandi!⚡️⚡️⚡️

Texnoplov⚡️

18 Oct, 11:36


🎞Noldan Davlat Qurish” mavzusida youtube kanalimizda video chiqdi!

Ushbu videoda o’z davlatingizni qurish uchun kerak bo’lgan va siz aniq bilmagan sirlar mavjud! Undan tashqari esa, hozirgi hayot tarzingizda albatta kerakli bo’lgan ma’lumot ham bor!

Videoni ko’rish uchun havolani bosing:
👉https://youtu.be/x5ts2rq8ddY

Texnoplov⚡️

18 Oct, 10:50


🇺🇿 Red Hat OpenShift platformasi asosida virtualizatsiya bo'yicha vorkshop

Tadbir doirasida Click one-day offer o’tkazadi. Ishtirokchilar O‘zbekistonning yetakchi fintex kompaniyasida ortiqcha uchrashuvlar va saralash bosqichlarisiz ish boshlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Click o‘rta va undan yuqori darajadagi tajribali mutaxassislarni – DevOps muhandislari, SRE mutaxassislari, infratuzilma arxitektorlari va Solution arxitektorlarini Click platformasi va kompaniyaning ichki infratuzilmasini rivojlantirish ustida ishlash uchun qidirmoqda. Tadbirda ixtisoslashtirilgan bo‘limlar rahbarlari nomzodlar kompaniyada duch keladigan ustuvor vazifalar haqida gapirib berishadi, HR mutaxassislari esa mehnat sharoitlarini muhokama qilishga va barcha savollarga javob berishga tayyor.

Vorkshop virtualizatsiya platformasi ma'murlari, DevOps muhandislari va infratuzilma arxitektorlari uchun mo'ljallangan bo'lib, amaliy laboratoriya ishlarini o'z ichiga oladi, ularda OpenShift virtualizatsiyasi asoslari, virtual mashinalarni import qilish va ko'chirish, shuningdek, tarmoqlar bilan ishlash, saqlash va boshqa ko'p narsalarni batafsil yoritadi.


🗓Sana: 2024 yil 23 oktyabr
⏱️Vaqt: 17:00
📍Joylashuv: UEnter
🏃‍♂️Narxi: Bepul. Roʻyxatdan oʻtish kerak
🎤Format: Oflayn

🔗 Tafsilotlar
🚀 Ro'yxatdan o'tishga o'ting
📄 Rezyumeingizni yuboring
🏃UEnterga marshrut yarating

🔗 Tafsilotlar
🚀 Ro'yxatdan o'tish
📄 Rezyume yuborish
 🏃UEnter'ga marshrut tuzish

Texnoplov⚡️

18 Oct, 07:35


Curiosity roveridan Mars panoramasi

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

17 Oct, 14:50


❗️Sun’iy intellekt texnologiyalari rivojlantiriladi

“Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030 yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-358-son, 14.10.2024 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, quyidagilarni nazarda tutuvchi Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030 yilga qadar rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi:

🔘 Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030 yilga qadar rivojlantirish bo‘yicha erishish lozim bo‘lgan maqsadli ko‘rsatkichlar, jumladan:

🔹 sun’iy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulotlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini 1,5 milliard AQSh dollariga yetkazish;

🔹 YAIDXPlarda (my.gov.uz) sun’iy intellekt asosida ko‘rsatilayotgan xizmatlar ulushini 10 foizga yetkazish;

🔹 sun’iy intellekt yo‘nalishida faoliyat yurituvchi ilmiy laboratoriyalar sonini 10 taga yetkazish hamda yuqori quvvatli hisoblash serverlarini ishga tushirish;

🔹 Hukumatning sun’iy intellektga tayyorlik indeksida (Government AI Readiness Index) O‘zbekistonni birinchi 50 ta o‘rindagi davlatlar qatoriga kiritish.

🌐 2025 yil 1 sentyabrga qadar loyihalar va ilmiy-amaliy tadqiqotlarni zarur ma’lumotlar bilan ta’minlash maqsadida qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq barcha axborot xavfsizligi choralarini ko‘rgan holda “katta ma’lumotlar” bazasi yaratiladi.

🖥 2026 yil 1 mayga qadar sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish loyihalari doirasida ma’lumotlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan hisoblash quvvatlari ishga tushiriladi.

@texnoplov ⚡️

Texnoplov⚡️

17 Oct, 12:35


Sun’iy intellekt va meni hayratda qoldiradigan bugungi ilmiy yutuqlar haqida bir intervyu berdim. Marhamat⚡️

Texnoplov⚡️

17 Oct, 08:45


Garri endi rocker. Neyron tarmoq Xogvartsda rok-kontsert uyushtirdi

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

17 Oct, 06:02


Tesla piyodani qutqarish uchun o'zini boshqa mashinaga urdi

Vaziyat Ruminiyada sodir bo'lgan: sayyoh tuynukdan o'tib ketib, to'g'ri mashina oldiga yiqilib tushdi. Avtopilotda bo‘lgan Tesla bir soniya ichida qaror qabul qilib o'zini qarama-qarshi yo'ldagi Audi’ga urdi

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

17 Oct, 01:31


Media va OAV sohasida shuncha vaqt yurib, bitta narsani tushundim:

Agar kimningdir obro‘siga zarar yetkazish kerak bo‘lsa, ba’zi “noname” internet-foydalanuvchilari yoki millionlab auditoriyaga ega, ammo hurmatga loyiq bo‘lmagan kanallar/blogerlar, uyalmay, 100% yolg‘ondan iborat bo‘lgan ma’lumotni o‘ylab topib, xuddi o‘zlari ham bunga ishonganiday, har joyda bu yolg‘on ma’lumotni tarqatishni boshlashadi.

Bu, ayniqsa, muallifi noma’lum bo‘lgan katta telegram-kanallarga tegishli. Ular, xuddi xayp uchun turli kontentlarni mualliflik huquqlarini hurmat qilmay o‘g‘irlagani kabi, xayp yoki pul uchun istalgan ma’lumotni ham vijdoni qiynalmasdan e’lon qilaveradi.

Bunday holatda, aldanib qolmaslikning eng yaxshi yo‘li quyidagicha:

Kimnidir aniq dalillarsiz biror narsa bilan ayblashayaptimi, demak, ishonishga shoshilmang. Bunday katta kanallar bekorga faollashmaydi, chunki ularning qiziqishi odatda kimnidir yomonlash yoki himoya qilish bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Ko‘pincha ular pul uchun faollashadi va aynan shu holatda kimnidir qoralash yoki himoya qilishga tayyor bo‘lishadi.

Manba sifatida nimanidir keltirishsa, o‘sha manbani yaxshilab tekshirib chiqing! Agar kontekstdan uzilgan bir parchaga o‘xshab ko‘rinsa, shubhalaning!

Har qanday gapda A bilan B ni o‘rnini almashtirib, qulay bo‘lgan ma’noni keltirib berish mumkin.

Qachonki odamlar tekshirilmagan norasmiy kanallarga nisbatan shubha qiladigan bo‘lsa, o‘sha kuni xalqni aldash qiyinroq bo‘ladi va manipulyatsiyalar ta’siri kamayadi.

Bu gap har doim o‘z egasini topadi. Bu hafta ham dolzarbdir.

Texnoplov⚡️

16 Oct, 15:10


“Nozik qalb egalari” kanalida Teacher bilan yangi podkast chiqibdi.

Kutilmagan mehmon ammo kutilgan vaqtda. Yana Teacherni podcastda sanab o’tgan filmlarini yozib olishga ulgurilmagan soni. Daholik va tarixda qolish haqida qiziqarli fikrlar bo’libdi. Mavsum tugayotganda bu sonini ko’rmaslik xato bo’lur.

https://youtu.be/1OsyMHDcyWk

Texnoplov⚡️

16 Oct, 14:31


⚡️ Ajoyib imkoniyat! Reportyor qiz izlayapmiz!

🎤🎥 Agar kamera qarshisida o'zingizni erkin his qiladigan, odamlardan uyalmaaydigan, gapga chechan va voqealarni yoritishda mahoratli qiz bo'lsangiz — bu ish aynan siz uchun!

Talablar:

— Odamlar bilan oson muloqot qila olish,
— Kamera oldida o'zini erkin tutish,
— Oddiy xabarlarni ham qiziqarli tarzda aytib bera olish.

Nima qilish kerak?

📹 30 soniyalik video yozib, o'zingni bizga tanishtiring yoki biror bir xaabarni o'qib bering.
👉 Ushbu videoni esa @profsoyuz_influence profiliga yuboring!

Shoshiling sizni qiziqarli loyiha va ijodiy muhit kutmoqda! Ushbu postni esa mana shunday ish qidirib yurgan do'stlaringizga yuborib qo'ying.

Youtube | Instagram | Telegram

Texnoplov⚡️

16 Oct, 11:30


Anchadan beri kutgan edim, nihoyat keldi🥹⚡️
Texnoplovga Texnoplovdan sovg’a😂

@icompuuz ga rahmat!

Tel: +998774444448
📍Manzil: Toshkent, Yunusobod, 19-kvartal, orientir: Miran DI restoran

Texnoplov⚡️

16 Oct, 09:01


Teslaning yaqinda taqdim etilgan “Optimus” roboti sotuvchi funksiyasini bajarishni, siz bilan suhbatlashishni, raqsga tushishni va hatto “don don ziki” o'ynashni bilar ekan! Qoyil!

Texnoplov⚡️

16 Oct, 08:01


Florida ayni paytda:

Youtube | Instagram | Telegram