HODL 💎 @hodluz Channel on Telegram

HODL 💎

@hodluz


💎 HODL — Web 3.0 olamini kashf eting!

Yangi texnologiyalar haqida ta’lim beruvchi media loyiha.

⛔️ Loyiha vakillari hech kimga shaxsiy xabar yozmaydi. (Firibgarlardan ehtiyot bo’ling)

Aloqa: @hodluzbot

HODL 💎 (Uzbek)

🚀 HODL — Web 3.0 olamini kashf eting! 🔥nnHODL kanali yangi texnologiyalarning so'nggi yangiliklarini o'rganish uchun mo'ljallangan lavhalar bilan tashkil topgan. Bu loyiha sizga yangi texnologiyalar haqida ma'lumot olish imkoniyatini beradi.nnKanaldagi maqolalar, videolar va o'zlashtirishlar orqali siz o'z bilimingizni oshirishingiz mumkin. Bu esa sizning Web 3.0 olamiga bilim va tajriba qo'shishingizga yordam beradi.nnHODL kanali xususiyligi shu joyga unchalik e'tibor qaratish kerak, loyihaning vakillari hech kimaga shaxsiy xabar yozmaydi. Shuning uchun, firibgarlardan ehtiyot bo'ling va faqat rasmiy kanal orqali aloqaga chiqing.nnAgar siz ham Web 3.0 olamini tushunish va yangiliklardan xabardor bo'lishni istasangiz, HODL kanali siz uchun eng maqbul manzil. nnAloqa: @hodluzbot

HODL 💎

07 Jan, 10:22


🚀Pavel Durov | Telegram | Notcoin

Telegram asoschisi va milliarder Pavel Durovdan yana bir kosmik loyiha. Notcoin — Telegramdagi ilk kripto o‘yin bo‘lib, unda siz telefoningiz orqali bepulga kriptovalyuta mayning qilishingiz mumkin. Notcoin haqida oxirgi postimizdan so‘ng loyiha beta versiyadan haqiqiy versiyaga o‘tdi va beta versiyadan foydalangan har bir ishtirokchiga 1 mln. Notcoin sovg‘a qildi. Tarixda hali hech qanday loyiha beta versiyadan keyin darhol 3.000.000 foydalanuvchiga erishmagan. Bunday ko‘rsatgichlar faqatgiba Notcoin loyihasida kuzatilmoqda.

HODL loyihasi Notcoin o‘yinida o‘z "Squad" jamoasini tashkil qilgan. Bizning avvalgi postimiz orqali "HODL" sqaud'iga qo‘shilgan foydalanuvchilar yangilangan haqiqiy versiyada 1.000.000 Notcoin tangasiga ega bo‘lishdi. Agar ushbu loyihaga qiziquvchilar soni yanada ko‘p bo‘lsa, biz bu loyiha uchun alohida guruh tashkil etib, o‘sha guruh orqali loyihada birgalikda ishtirok etishimiz mumkin.

Mayning hali ham davom etmoqda. Kelajakda nima bo‘lishi va Notcoin narxi qanchaga chiqishi juda ham qiziq. Shu o‘rinda Pasha Durovning qo‘li tekkan har bir loyiha yuqori standart va darajaga erishib kelganligini ham esdan chiqarmaslik lozim.

Fursatni boy bermang Telegram tarixidagi ilk kripto o‘yinda ishtirok eting!

HODL 💎

04 Jan, 12:53


🔔Telegram x Notcoin 2.0

Ushbu post orqali o‘yinga qo‘shilgan bo‘lsangiz, sizga 1,000,000 Notcoin berilgan.

Notcoin haqidagi oxirgi postimizdan so‘ng Notcoin Telegram o‘yini yangilandi va har bir eski foydalanuvchiga 1,000,000 Notcoin sovg‘a qildi.

Agar 1 mln. Notcoin olgan akkauntlar 7-yanvargacha o‘yinga kirib Notcoin mayning qilmasa berilgan tangalar olib qo‘yiladi!

⚡️Hoziroq "HODL" jamoamizga qo‘shiling va biz bilan birgalikda Notcoin mayning qiling!

HODL 💎

27 Dec, 15:46


📱Telegram x Crypto

Web 3.0 va kripto yangiliklarni kuzatib boruvchi insonlar TON ekotizmi va Telegram messenjerining hamkorligini yaxshi bilishsa kerak. Ayni vaqtda barchamiz sevib foydalanadigan Telegram messenjeri blokcheyn va kriptovalyuta olamiga qadam-baqadam yaqinlashib bormoqda. Bunga yaqqol misol qilib, 👛fragment.com kim oshdi savdo platformasi, 👛@wallet kripto hamyoni va bugun sizlarga aytib bermoqchi bo‘lgan Notcoin loyihasini ko‘rsatishimiz mumkin.

📰Notcoin nima o‘zi?

Notcoin hech nima! Ha, aynan shunday! TON ekotizimining yetakchilari tomonidan Dubayda o‘tkazilgan ilk The Gateway tadbirida Notcoin Telegramning ilk memkoini sifatida e’lon qilindi. Ayni vaqtda ushbu Notcoin kriptosini siz Telegramdan chiqmagan holda telefoningizda mayning qilib ishlashingiz mumkin. Bu juda ham oddiy Notcoin ilova botini ishga tushiring va kliklar orqali kripto mayning qiling.

Xo’sh undan keyin nima bo’ladi deyishingiz mumkin. Bu albatta to’g’ri savol. Bundan keyin siz bir qancha vaqt sarflab osongina ishlab olgan kriptolaringiz birjalarda haqiqiy pulga sotilishni boshlashi mumkin. Bundan keyin Notcoin kriptosini hozirgidek oson va qulay tarzda mayning qilishning iloji bo’lmasligi mumkin. Agar ayni vaqtda kriptoni oson mayning qilib yig’ib olsangiz va voqealar ijobiy ssenariy asosida rivojlansa BUNDAN KEYIN SIZNING HAYOTINGIZ O’ZGARISHI MUMKIN!
Bir narsaga e’tibor qarating: Notcoin Telegramning ilk memkoini va uning kelajagi Telegramning kelajagi bilan uzviy bog’liq. Va yana, kripto ixlosmandlari shuni yaxshi biladiki, o’z vaqtida 🥇BITCON ham omma e’tiboridan chetda bo’lgan va o’sha vaqtda buni payqagan omadli insonlar millionlab $BTC tangasini bir necha klik bilan mayning qilgan. Bugun esa 1 dona $BTC ishlash uchun juda ham katta resurs sarflanadi. Shu sababli omadni boy bermang bugunning omadli mayneri siz bo’lishingiz mumkin!

📆Notcoin mayning qiling!

HODL 💎

18 Jan, 05:39


​​🍌 Binance — dunyoni egallayotgan kripto birja

Kripto ishqibozlarining ichida Binance birjasini eshitmagan yoki undan foydalanmagan insonlar bo’lmasa kerak. Axir bu Binance ekosistemasi kripto dunyosining eng katta ustunlaridan biri hisoblanadi. To’g’ri, 2022-yil kripto olami uchun juda ham omadli keldi deb aytolmaymiz lekin hali ham kripto ishqibozlari kriptoning rivojlanishidan umidlarini uzishgani yo’q. Keling, bugun Binance birjasi bilan batafsil tanishib chiqamiz.

Binance — 2017-yilda Chang Peng Zao tomonidan asos solingan kripto birja hisoblanadi. Ayni vaqtda Binance “CoinMarketCap” ma’lumotlariga ko’ra kripto birjalar ichida savdo hajmi (💰 $16,919,194,225) bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni egallab turibdi. Binance ma’lumotlariga ko’ra birja dunyo bo’ylab 90 million foydalanuvchiga xizmat ko’rsatadi va 350 dan ortiq kripto aktivlarni qo’llab-quvvatlaydi. Binance boshqa kripto birjalardan farqli o’laroq foydalanuvchilar uchun qulay interfeys, xavfsizlik va shaffoflik taqdim etadi.

Birja ekosistemasining mahalliy blokcheyni BNB Smart Chain (BSC) hisoblanadi. Blokcheynning mahalliy tokeni esa $BNB. Agar blokcheyn nima ekanligini bilmasangiz, ushbu post bilan batafsil tanishib chiqing. Shu bilan birgalikda birjaning o’z steyblkoini ham mavjud va u $BUSD deb ataladi.

🌎 Binance faqatgina kripto birja emas balki yirik ekosistema hisoblanadi. Chunki u juda ko’p kripto loyihalarga ham egalik qiladi. Misol uchun:

Binance Labs — tadbirkorlar, loyihalar va jamoalarga BNB Chain yordamida blokcheyn startaplarini rivojlantirishda yordam berishga qaratilgan biznes inkubator. Ayni paytda Binance Labs portfelida 120 dan ortiq loyihalar mavjud.
Binance Academy — raqamli aktivlar savdosi, blokcheyn texnologiyalari, loyihalar va kompaniyalar haqida ta’lim beruvchi maqolalar va videolar bazasiga ega ta’lim portali.
Binance Charity Foundation — notijorat xayriya tashkiloti bo'lib, qashshoqlikka qarshi kurashda bir qator xayriya dasturlarini amalga oshiradi.
Binance Launchpad — eksklyuziv token sotish platformasi. Binance Launchpad’da ishga tushirilgan yirik loyihalarga Axie Infinity, The Sandbox va Celer Network kabi loyihalar kiradi.
Binance Research — kriptovalyuta bozorini o'rganish va tahlil qilish bo'limi bo'lib, u tadqiqotlar olib boradi va professional ma'lumotlarni taqdim etadi.
Binance NFT — barcha turdagi raqamli san'at va to’plamlar savdosi amalga oshadigan bozor hisoblanadi.
Binance Card — Visa tizimining kriptovalyuta debet kartasi.
Binance Pay — kriptovalyutani transchegaraviy o'tkazish xizmati.
CoinMarketCap — eng ko'p tashrif buyuriladigan raqamli aktivlar savdosi haqidagi ma'lumotlarni yig'uvchi platforma.
Trust Wallet — ko'p sonli raqamli aktivlarni qo'llab-quvvatlovchi kriptovalyuta sovuq hamyoni.
WazirX — Hindistondagi eng yirik kripto birja.

👨‍💻 Binance kripto sanoatini ommalashishiga katta hissa qo’shayotgan loyiha hisoblanadi. Loyihaning rasmiy sayti Binance.com bo’lib, siz ushbu sayt orqali loyiha haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin. Binance’ning o’zbekistonliklar uchun Telegramda tashkil etilgan rasmiy hamjamiyati (@binance_uz_group) ham mavjud. Siz ushbu guruhda hamjamiyatdagi insonlar bilan o’zaro suhbatlashishingiz va o’zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.


🚀 HODL

HODL 💎

23 Nov, 05:25


🧭 DEX va CEX birjalarning farqi nimada?

Bugungi kunda kriptovalyutalar savdosi uchun mo’ljallangan 400 dan ortiq birjalar mavjud. Ushbu birjalarni ikki turga bo'lish mumkin: markazlashtirilgan (CEX) va markazlashtirilmagan (DEX).

👮‍♀️ CEX (Centralized Exchange) — markazlashtirilgan kriptovalyuta birjasi. Nomidan ko'rinib turibdiki, bunday birjani boshqarish yagona tashkilotning ma'suliyatida bo'ladi.

CEX birjalariga misollar: Binance, Coinbase, Kraken, FTX, UZNEX va boshqalar.

Markazlashtirilgan birjalar qanday ishlaydi?

Aytaylik, siz TON tangasini sotib olmoqchisiz. Bu uchun siz birjadan ro'yxatdan o'tishingiz, KYC (shaxsni tasdiqlash) amaliyotini bajarishingiz, bank ma'lumotlarini taqdim etishingiz kerak va shundan so'ng depozitga pul qo'yishingiz mumkin bo'ladi. Keyin siz tangani sotib olasiz va agar xohlasangiz, uni birjadagi boshqa tangalar almashtirishingiz mumkin bo'ladi. Aslida siz birjadagi aktivingizga to'liq egalik qilmaysiz chunki u aktiv birjaning yagona hisobida saqlanadi va birja siz uchun hamyon vazifasini bajaradi. Birjada amalga oshiradigan har qanday amaliyot, masalan, TON'ni Bitcoin'ga almashtirish, blokcheynda emas, balki birja ma'lumotlar bazasida amalga oshiriladi. Ya’ni aktivlar ustidan nazorat to'liq birja qo'l ostida bo'ladi.

👨‍💻 DEX (Decentralized Exchange) — markazlashtirilmagan kriptovalyuta birjasi. Bunday birja blokcheyn texnologiyasida yaratilgan hisoblanadi.

DEX birjalariga misollar: Uniswap, Pancakeswap, SushiSwap va boshqalar.

Markazlashmagan birjalar qanday ishlaydi?

Markazlashtirilmagan birja odamlar o'rtasida savdo qilish uchun aqlli shartnomalardan foydalanadi. Bunday birjalarda vositachi bo'lmaydi. Ular teng huquqli almashish vazifasini bajaradi. Aktivlar hech qachon muzlatilmaydi va amaliyotlar (bu nafaqat xaridning o'zi, balki buyurtmani sotib olish yoki bekor qilish so'rovi va boshqalar) aqlli shartnomalar asosida amalga oshiriladi va blokcheynda qayd etiladi.

⌛️ CEX va DEX birjalarning afzalliklari va kamchiliklari.

CEX afzalliklari:

— Fiat valyuta bilan muomala qilish imkoniyati;
— Savdo uchun ajoyib funksionallik;
— Yuqori likvidlik.

Kamchiliklari:
— Shaxsiy kalitlar bilan kirish imkoni yo'q;
— Shaxsni tasdiqlash;
— Xavfsizlik xavfi (CEX birjalar xakerlik tahdidlariga ko'proq uchraydi)

DEX afzalliklari:
— Savdodagi anonimlik;
— Aktivlar va shaxsiy kalitlar faqat uning egasida bo’ladi;
— Sizni hech kim bloklamaydi.

Kamchiliklari:
— Likvidlik CEX birjaga qaraganda past;
— Fiat valyuta qo'llab-quvvatlanmaydi.

❗️ Yuqorida CEX va DEX birjalar bilan tanishdingiz. Ulardan qay biridan foydalanish barchaning shaxsiy tanlovi hisoblanadi. Shu o’rinda, agar siz DEX yoki CEX birjalardan foydalansangiz, mablag’laringizni yo’qotib qo’ymaslik uchun eng avvalo moliyaviy xavfsizlik qoidalariga va foydalanayotgan xizmatingizning ishonchli ekanligiga e’tibor qaratishingiz kerak.

🚀 HODL

HODL 💎

15 Nov, 05:45


🐬 TON Telegramga tegishlimi?

Hozirgi kunda Telegram bilan birgalikda hamkorlik qilayotgan The Open Network (TON) kripto loyihasi Telegram foydalanuvchilarining e’tibor markazidadir. Xususan TON o’zbekzabon foydalanuvchilari o’rtasida juda katta shov-shuvga sabab bo’lgan. Telegram rasmiy reklamalarida ilk marta o’zbek tilida targ’ib qilingan va o’zbek tilida ilk kripto hamjamiyat yaratgan kripto loyiha ham TON hisoblanadi. Shu o’rinda, TON Telegramning loyihasimi? Unga Pavel Durov egalik qiladimi? Telegram TON bilan qanday hamkorliklar qilmoqda? singari savollar barchangizni qiziqtirayotgan bo’lsa kerak. Keling bugun bularning barchasiga oydinlik kiritamiz.

🔻 TON nima?

TON — 2017-yilda aka-uka Pavel va Nikolay Durovlar tomonidan asos solingan yangi avlod blokcheyni hisoblanadi. Aka-uka Durovlar loyihani “GRAM” deb nomlashgan va “GRAM”ni Telegramning ichki valyutasi sifatida qabul qilishmoqchi bo’lishgan. Biroq 3 yildan so’ng AQSh Qimmatli qog'ozlar va birjalar komissiyasining (SEC) bunga qarshi qarori bilan Telegram loyihadagi ishtirokini to’xtatgan.
2018-yilda “GRAM” 171 investordan 1,7 milliard dollar sarmoya to’plagan edi. Bu kripto tarixida eng ko'p sarmoya yig’ilgan loyiha bo’ldi. Ammo SEC’ning qaroridan so’ng Durov investorlarga mablag’larning bir qismini dollarda, bir qismini esa Telegram aksiyalari hisobidan qaytarishga majbur bo'ldi. “GRAM" investorlarining orasida Roman Abramovich va “Qiwi” asoschisi Sergey Solonin ham bo'lgan. Hozirgi kunda loyiha ko’ngilli dasturchilarning ochiq hamjamiyati tomonidan TON (“The Open Network” 🔻) ya’ni “Ochiq Tarmoq” nomi bilan rivojlantirilmoqda. Qisqa qilib aytadigan bo’lsak Telegram yoki Pavel Durov TON loyihasiga egalik qilmaydi. TON ayni vaqtda mutlaqo ochiq hamjamiyat tomonidan rivojlantiriladi.

🤝 Telegram va TON hamkorligi

Telegram Web 3.0 bilan integratsiyani TON blokcheyni orqali amalga oshirmoqda. Endi messenjerdagi @wallet hamyoni orqali foydalanuvchilar o'zaro TON o’tkazmalarini tez va qulay shaklda amalga oshirishlari mumkin. Ayni vaqtda @wallet hamyonidaga P2P bozori orqali TON tangalarini o’zbek so’miga ham sotib olishingiz mumkin.

Shu bilan birgalikda Fragment “username”lar kim oshdi savdo platformasidagi savdolar ham TON blokcheynining aqlli shartnomalari orqali amalga oshirilmoqda. Endi messenjer foydalanuvchilari ushbu platforma orqali o'zlariga tegishli bo’lgan “username”larni kim oshdi savdosiga qo’yishlari mumkin. Pavel Durovning ta'kidlashicha, kelgusida Telegramning TON blokcheyni bilan hamkorligi yanada kengayadi va hatto Telegram kanallar ham TON aqlli shartnomasi orqali kim oshdi savdolarida sotiladi.

TON blokcheyni boshqa blokcheynlardan o’tkazmalar tezligi, o’tkazma komissiyasining kamligi va Telegram kabi hamkorga ega ekanligi farq qiladi. Siz bu haqida batafsil ma’lumotni loyihaning rasmiy ton.org sayti orqali olishingiz mumkin.

💬 Loyihaning Telegramdagi rasmiy o’zbek hamjamiyatining kanali @toncoin_uz hisoblanadi. Siz ushbu kanal orqali loyiha haqida o’zbek tilida ham ma’lumot olishingiz mumkin. TON so’ngi vaqtlarda ko’plab yangiliklar amalga oshirmoqda. Kelgusida sizlarni TON ekotizimi bilan yaqindan tanishtirib o’tamiz.

🚀 HODL

HODL 💎

13 Nov, 14:39


🔐 DAO — markazlashmagan boshqaruv tizimi

"DAO" qisqartmasi —
“Decentralized Autonomous Organization”
ya'ni, markazlashtirilmagan avtonom tashkilot degan ma'noni anglatadi. DAO tashkilotning o'ziga xos shakli bo'lib, unda boshqaruv markazlashmagan tizim orqali amalga oshiriladi. DAO aqlli shartnomalarga asoslanganligi sababli ilk bora Ethereum blokcheynida paydo bo'lgan. Bugungi kunda, nafaqat Ethereum blokcheyni balki, aqlli shartnomalarni qo'llab-quvvatlaydigan har qanday blokcheynda DAO qurish mumkin. Masalan, TON, Polkadot, Solana, Cardano.

🚫 DAO g'oyasi kriptovalyutalar g'oyasiga qaraganda ancha radikalroq hisoblanadi. Aqlli shartnomalar texnologiyasi banklar, sudlar va kredit tashkilotlariga bo'lgan ehtiyojni bartaraf etish imkoniyatiga ega.

Misol uchun, Uniswap markazlashtirilmagan kripto birjasi DAO emas, lekin uni markazlashmagan boshqaruv tizimi DAO hisoblanadi.

DAO modeli tokenlarga egalik qilish yondashuviga tayanadi. Aytaylik DAO loyihalarning 50% tangasiga bir kishi egalik qilsa va qolgan 50% 9 kishi o’rtasida taqsimlangan bo’lsa, 50% tangaga ega inson bilan birga bir kishi ovoz bersa ularga qarshi ovoz bergan 8 kishining qarori qabul qilinmaydi. Odatda, ushbu boshqaruv tokenlarini markazlashmagan birjalarda erkin sotib olish va sotish, yoki mayning qilish mumkin. Boshqaruv tokenlarini saqlash orqali loyihaning rivojlanish strategiyasini belgilaydigan ovozga ega bo'lasiz.

Ijobiy va salbiy tomonlari

Nazariy tomondan, DAO boshqaruvni avtomatlashtirish va yirik ish o’rinlaridan xalos bo'lishga, inson omili va poraxo’rlikni minimallashtirishga imkon beradi.

Amalda esa, boshqaruvda markazlashtirishdan butunlay voz kechish hali ham utopik g'oya hisoblanadi.

Agar loyihaning asl kodida kamchilik topilsa, muammoni bartaraf qilish markazlashtirilgan tashkilotdan ko’ra DAO'da ancha qiyin kechadi.

⁉️ Shu o'rinda savol paydo bo'ladi, bunday boshqaruv modeli raqamli dunyodan tashqariga chiqa oladimi? Yaqin kelajakda
bu savolga albatta javob topamiz.

🚀 HODL

HODL 💎

06 Nov, 05:46


💲 Changpeng Zao (CZ) xitoylik kripto milliarder

Changpeng Zao dunyodagi eng yirik kriptovalyuta birjasi bo’lgan Binance kriptovalyuta birjasining yaratuvchisi va kripto sanoatidagi eng sirli shaxslardan biri hisoblanadi. U umuman milliarderga o'xshamaydi: uning qimmatbaho qasrlari yoki mashinalari yo'q. Bundan tashqari, tadbirkor omma oldida ko'rinmaydi va yopiq turmush tarzini ma’qul ko’radi.

U 1977-yilda o'qituvchilar oilasida tug'ilgan: onasi maktab o'qituvchisi, otasi esa universitetda falsafadan dars bergan. Ammo Xitoydagi madaniy inqilobdan keyin oila Kanadaga ko’chib o’tgan.

💲 Binance’ning bo‘lajak asoschisi kriptovalyuta bilan 2013-yilda BTC China bosh direktori Bobbi Li va investor Ron Kao bilan poker o‘ynaganida ilk marta tanishgan. Ular Zaoga mablag'larining bir qismini Bitcoin’ga aylantirishni maslahat berishdi.

Iqtidorli dasturchi xatarlarni va kripto bozorining rivojlanish istiqbollarini tez baholagan va Shanxaydagi uyini ikkilanmasdan sotib mablag’ni kriptovalyutaga kiritdi. Bundan tashqari, u o'z ishini tashlab, Blockchain.info kriptovalyuta xizmatining ilk xodimlaridan biriga aylandi.

Bir yildan so’ngra esa top-menejer sifatida qisqa muddat OKX kripto birjasida ishladi, biroq kompaniya siyosatiga rozi bo‘lmagani uchun uni tark etdi.

2017-yilda BTC narxi o'sishda davom etdi, ammo yirik kriptovalyuta birjalari ortib borayotgan ish yukiga to'liq bardosh bera olmayotgan edi. U vaqtda Changpeng Zao o'z birjasini yaratishga qaror qildi.

Raqobatchilardan farqli o'laroq, u o’tkazmalar tezligini sezilarli darajada oshirish va shu orqali komissiyalar hajmini kamaytirishga va mijozlarga xizmat ko'rsatish sifati va foydalanuvchi interfeysi dizaynini soddalashtirishga e’tibor qaratdi. Natijada ayni vaqtdagi eng yirik va ommalashgan birjaga asos solindi.

💲 CZ 96 mlrd. dollar boylik bilan kripto sanoatdagi eng boy odam hisoblanadi.

Ayni vaqtda Binance birjasining ommaviy kengayishi jadallik bilan o’sib bormoqda. Kelgusida birja haqida ham batafsil ma’lumot berib o’tamiz.

🚀 HODL

HODL 💎

04 Nov, 06:42


🥇 O’zbekistonda kriptovalyutalarni ayirboshlash do’konlari tashkil etishga ruxsat berildi

Endilikda fuqarolar elektron yoki savdo obyekti ko‘rinishida kripto-do‘konlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari mumkin bo‘ladi.

Kripto-do‘kon orqali bank o‘tkazmalarini amalga oshirish va kripto-aktivlarni milliy valyutaga almashtirish 💱 imkoniyati taqdim etiladi.

🚀 HODL

HODL 💎

03 Nov, 09:48


💬 Telegram “username”lar savdosi qizg’in davom etmoqda

Bir necha kun oldin Telegram ilk marta, Fragment kim oshdi savdo platformasi orqali, “username”lar savdosini yo’lga qo’ygan edi.

Kuni kecha esa kim oshdi savdosida ilk auto.t.me Telegram domeni 🔻 900 000 TON’ga sotildi. Bu joriy kurs bo’yicha ~ 💸 1 440 000 dollarni tashkil etadi. Ajoyib-a?😁

Yana bir yangilik shuki, endi Telegram “username”lari TON blokcheynida NFT kabi saqlanadi va ulardan 👛 hamyon manzili sifatida ham foydalansa bo’ladi.

Kelgusida sizlar bilan TON blokcheyni va uning Telegram bilan qanday aloqasi bor ekanligini birgalikda muhokama qilamiz. Qadrli HODLER’lar bizni kuzatib borishda davom eting!

🚀 HODL

HODL 💎

02 Nov, 05:36


🤑 Airdrop — bepul kriptovalyuta olish

👛Airdrop atamasi — tokenlarni bepul tarqatish degan ma’noni bildiradi.
Bu kriptovalyuta olamida marketing kampaniyasining bir qismidir. Odatda, kripto loyiha tashkilotchilari ijtimoiy tarmoqlardagi loyihaning sahifalariga obuna bo'lish va shu kabi shartlarni bajargan kishilarga loyiha tokenlarini tarqatishadi. Bu kabi tadbirlar loyihalarni ommalashtirishga xizmat qiladi.

⁉️E’tibor qarating: hech qanday shartlarsiz o’tkaziladigan airdrop’lar firibgarlik hisoblanadi. Ular odatda sizga airdrop g’olibi bo’lganligingiz haqida shaxsiy xabar yuborishadi va mukofotni qo’lga kiritish uchun soxta birjalardan ro’yxatdan o’tishingizni so’rashadi.

Nima uchun kriptovalyutalar bepul tarqatiladi?

Asosiy maqsad loyihaga jamoatchilik e'tiborini jalb qilish va foydalanuvchilar sonini ko'paytirishdir. O’z navbatida Airdrop’larning quyidagi turlari mavjud:

1. Klassik - ijtimoiy tarmoqlarga obuna bo'lish, loyiha yangiliklar lentalari yoki uning chatlari va ijtimoiy tarmoqlarida faol bo’lish.

2. Bounty Airdrop - ijtimoiy tarmoqlarga obuna bo'lish yoki ijtimoiy tarmoqlarda loyiha haqida postlar yozish. Natijada siz loyiha tokenlarini olishingiz mumkin.

3. Foydalanuvchilar uchun Airdrop - tokenlar loyihaning dastlabki bosqichida uning xizmatidan foydalanganlar (kriptovalyuta birjasi, veb-sayt va boshqalar), ya'ni har qanday amaliyotlarni amalga oshirganlar tomonidan qabul qilinadi: kiritish, yuborish, almashtirish va hokazo.

4. Airdrop va tokenlarni yangi kriptovalyuta bilan almashish. Ushbu tokenlar uzoq vaqt davomida taqsimlanadi va token bir yil yoki undan ko'proq vaqt davomida faol qolishi mumkin. Dastlabki tarqatish kam sonli foydalanuvchilar tomonidan qabul qilinadi.

📝Loyihalar tomonidan tashkil qilinadigan Airdrop’larni quyidagi manzillardan topishingiz mumkin:
— Dropsearn;
— Airdropbob;
— Coinmarketcap.

🔔Airdrop tadbirlarida qatnashishdan oldin shaxsiy izlanishingizni amalga oshiring. Har qanday moliyaviy amaliyot o’z ma’suliyatingizda ekanligini unutmang.

🚀 HODL

HODL 💎

31 Oct, 05:37


💱Arbitraj — sun'iy pul aylanmalari

Oxirgi vaqtlarda qulog’imizga P2P atamasi ko'p marta chalinmoqda. To’g'rimi? Bu ish bilan shug’ullanuvchilarning yaxshi daromad topayatganini ham eshitgan bo’lsangiz kerak. Keling, bugun P2P o'zi nima ekanligi bilan tanishib chiqamiz. Albatta bu atama keng miqiyosda qo'llaniladi, biz esa uning faqatgina kripto olamida qanday o’rin tutishini tahlil qilamiz.

💰 Kriptovalyuta arbitrajining uchta asosiy turi mavjud:

• Birjalararo arbitraj
Bir turdagi tanganing turli birjalardagi narxining farq qilishi natijasida arzon birjadan uni sotib olib, qimmat bo'lgan joyda sotish. Buning natijasida barcha birjalarda narx teng holatga keladi.
Misol uchun, biz bir birjada 10 dollarga kripto sotib olamiz va boshqasida 11 dollarga sotamiz, natijada 1 dollarlik farq bizning foydamiz hisoblanadi.

• Uchburchak arbitraji
Bu bir yoki bir nechta birjalarda bir emas, balki bir nechta savdo juftliklaridan foydalanadigan usul. Misol uchun, biz Bitcoin'ni steyblkoinga sotib olamiz, so'ngra to'g'ridan-to'g'ri ETH (Ethereum)ni Bitcoin'ga sotib olamiz va uni steyblkoinga sotamiz. Natijada tangalar o'rtasidagi farq hisobiga foyda olamiz. "Tinib-tinchimagan odamlar nimalarni o'ylab topishmaydi-a?!"

• P2P arbitraji
Bu usul oxirgi oylarda yurtimizda juda ham ommalashgan usul hisoblanadi!

P2P usulida foydalanuvchilar bir birlari bilan to'g'ridan-to'g'ri o'tkazmalar amalga oshirishadi va shu tariqa narxlarni shakllantirishlari sababli, bir turdagi kriptovalyutani sotish yoki sotib olish bo'yicha takliflardagi narx sezilarli darajada farq qilishi mumkin

🚀 HODL

HODL 💎

06 Aug, 10:39


💎 Tiffany&Co va CryptoPunks hamkorligi

5-avgust kuni Tiffany&Co zargarlik uyi NFT olamida eng nufuzli to'plamlardan biri bo'lgan kriptopank to’plamiga asoslangan cheklangan zargarlik buyumlarining NFTiff to’plamini sotuvga chiqardi.

To’plam 250 ta marjon bilan cheklangan va u haqiqiy pank egalari uchun amal qildi. Har bir yorqin pank 30 ETH ($50.000) turadi, xaridorlar esa nafaqat noyob kulonni, balki uning raqamli NFT versiyasini ham olishlari mumkin.

Ushbu hamkorlik to'g'risida e'lon qilingandan so'ng, panklarning kunlik savdo hajmi 2 kun ichida 225 $ETH dan 1250 $ETH gacha ko'tarildi va eng arzon narx 75 $ETH ni tashkil etdi.

Avvolroq ro’y bergan, Tiffany va Patek Philippe soati bilan hamkorlikni eslaydigan bo’lsak, undagi soat rasman $52.000 ga sotilgan edi. Bir necha kundan keyin esa uning narxi $6.500.000 ni tashkil etgan.

🚀 HODL

HODL 💎

24 Jul, 15:10


💀 Kia Dead Army Skeleton NFT kolleksiyasi bilan hamkorlikda yangi avtomobilini e'lon qildi

Reklama videosida kompaniya 2023-yilda taqdim etmoqchi bo‘lgan yangi Kia Soul aks etgan. Unda Dead Army Skeleton Club kolleksiyasidagi uchta skelet yangi Kia avtomobilida shahar bo‘ylab sayohat qiladi va yo‘lda “Built For Whoever You Are” restoranida to‘xtaydi.

Kia America kompaniyasining marketing bo'yicha vitse-prezidenti Rassell Veydjer, bu hamkorlikni Kia Soul ham Web 3.0 olamidagi NFTlar kabi noyobligi, shuningdek, kompaniyaning zamon bilan hamnafas bo'lish istagi bilan izohladi.

🚀HODL

HODL 💎

23 Jul, 05:36


🐫🗺🌐 Dubay meta olam strategiyasi

Yaqin Sharqdagi yetakchi kripto markazlaridan biri bo’lgan Dubay amirligi, Dubay meta olam strategiyasini ishga tushirishini e’lon qildi. Bu strategiya Dubayni dunyodagi eng yaxshi 10 ta meta olam iqtisodlaridan biriga aylantirishga qaratilgan. Strategiyaga ko’ra yaratiladigan meta olamda 2030-yilga borib 40 000 dan ortiq virtual ish o‘rinlari yaratiladi. Shu bilan birga, meta olamda turizm, taʼlim, chakana savdo, masofaviy ish, sogʻliqni saqlash va huquq sohalarida yangi davlat ish modellari yaratilishi vaʼda qilingan.

Amirlik global texnologik poytaxtga aylanishga harakat qilmoqda, shu sababli asosan sun'iy intellekt (AI) va Web 3.0 g’oyasiga e'tibor qaratmoqda.

Ma’lumot uchun: dunyo miqyosda meta olamdagi venchur kapitali va xususiy kapitalni moliyalashtirish qiymati 2021 yilda 13 milliard dollarga yetgan bo’lsa, o'tgan yili meta olamdagi ko'chmas mulk savdosi esa 500 million dollardan oshgan.

🚀HODL

HODL 💎

20 Jul, 08:42


💱 CBDC - raqamli pullar rivoji

Bitcoin ajoyib, to’g’rimi? Lekin nega undan qahva sotib olish yoki soliq to'lash uchun foydalanilmaydi? Bitcoin va shunga o’xshash boshqa kriptovalyutalar raqamli pul bo'lsa-da, ulardan kundalik valyuta sifatida foydalanish to’g’ri qaror bo’lmaydi chunki kriptovalyuta bozori doimo o’zgaruvchan. Shu o’rinda foydalanuvchilarga fiat pullarning raqamli shakli bo’lgan steyblkoinlar kerak bo’ladi. Ular USDC, USDT yoki markaziy bank raqamli valyutalaridir (CBDC).

Aksariyat mamlakatlar raqamli valyuta g'oyasini o'rganmoqda, boshqalari esa allaqachon ularni sinab ko'rmoqda. Keling CBDC va boshqa steyblkoinlar bilan tanishamiz. Maqolani quyidagi havolada batafsil o’qishingiz mumkin:

https://telegra.ph/CBDC--steyblkoinlar-rivoji-07-20

HODL 💎

12 Jul, 10:59


🎮 Play2Earn — o’yinlar orqali pul topish!

Salom, do’stlar! Bizni unutib qo’ymadingizmi?
Biz jamoamiz bilan sizlarni Web 3.0 olamining yangi sarguzashtlari bilan tanishtirishda davom etamiz!

Bungungi maqolamiz Play to Earn ya’ni o’yin o’ynab daromad topish haqida bo’ladi. Unda siz GameFi o’yinlar orqali odamlar qanday qilib oyiga 1000$ dan 100.000$ gacha daromad topganlari haqida tanishasiz. Hatto Fillipin davlatida Play to Earn mexanizmida tashkil etilgan Axie Infinity o’yiniga ishqibozlar shunchaik berilib ketganki, natijada davlatda kirakashlar soni keskin kamaygan. Axir o’yin orqali topiladigan daromad kirakashlikdan topiladigan daromaddan ancha yuqori bo’lgan.

Shu jumladan yurtimizda ham anchagina shov-shuvga sabab bo’lgan StepN loyihasi haqida ham eshitgan bo’lsangiz kerak. StepN loyihasi orqali hamyurtlarimiz ham oyiga o’rtacha 1000-2000 dollargacha daromad qilishdi. Quyidagi maqolamiz bilan tanishish orqali siz Play to Earn mexanizmidagi o’yinlar haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin.
https://telegra.ph/Play2Earn--oyinlar-orqali-pul-topish-07-12

HODL 💎

30 Jun, 14:54


🤲🏿TikTok yulduzi Khaby Lame va Binance birjasi hamkorlik qiladi

Dunyodagi eng ko'p kuzatuvchiga ega TikToker Khaby Lame Binance brendining global elchisiga aylandi. Khaby Lame’ning TikTok’da 142 milliondan ortiq obunachilari mavjud.

Binance’ning bundan oldingi shov-shuvli hamkorligi Cristiano Ronaldo bilan bo’lganligi haqida avval xabar bergan edik. Bu kabi hamkorliklarning asosiy sababi odamlarning Web 3.0 haqidagi xabardorligini oshirish va ommaviy qabul qilishni tezlashtirishdir.

Khaby Lame hamkorlik davomida Web 3.0 haqidagi ba'zi noto'g'ri tushunchalarni bartaraf etish uchun o'zining “imzo” uslubidan foydalanadi. Shuningdek, Binance bilan birgalikda eksklyuziv NFT to'plamlarda ham hamkorlik qiladi.

"Men o'z obunachilarimni o'z oilam deb bilaman va ularga baham ko'rish uchun har doim yangi chellenjlar va qiziqarli kontent qidiraman" - Khaby Lame.

🚀
HODL

HODL 💎

28 Jun, 17:40


🐶Afsonaga aylangan memkoinlar

$100 sarmoya bir yil ichida million dollarlarga aylanishiga ishonasizmi? 2021-yil bu holatga kripto olami guvoh bo’ldi. Bugun sizlar bilan shu mavzu haqida gaplashamiz.

Ba'zilar 2021-yilni kriptovalyuta olamida “It” yili deb atashadi. Bunga shu yili Dogecoin (DOGE) va Shiba Inu (SHIB) memkoinlarining narxi keskin oshishi sabab bo’ldi. 2021-yil noyabr oyi holatiga ko‘ra, DOGE narxi oldingi yilning shu davriga nisbatan 8000% ga, SHIB esa 2021-yilning yanvaridan noyabrigacha 60 000 000% dan ortiq oshdi. Bu shuni anglatadiki, agar siz 2021-yil yanvar oyida 100 dollarga SHIB sotib olganingizda sizning aktivingiz 2021-yil oktabr oyida 98 mln. dollardan oshgan bo’lar edi. Ko’rib turganingizdek haqiqatan ham 2021-yil kriptovalyuta olamida “It” yili bo’lgan.

Shu o’rinda savol tug’iladi, DOGE, SHIB, SAITAMA va boshqa shu kabi tangalar nima o’zi? Ularning boshqa tangalardan qanday ajralib turadigan joyi bor? Va nega ular bunchalik ommalashib ketishdi? Quyida bu savollarga javob olamiz. Bu kabi tangalar memkoinlar deb ataladi. Ular internet va ijtimoiy tarmoqlarda ommalashgan memlardan ilhomlanib yaratilgan kriptovalyutalardir. Birinchi memkoin Dogecoin (DOGE) bo’lgan. U 2013 yilda hazil sifatida yaratilgan. DOGE yapon it zoti bo’lgan siba-inu haqidagi mashhur Doge memidan ilhomlanib yaratilgan.

Memkoinlar juda o'zgaruvchandir. Ularning narxi asosan hamjamiyatning qo'llab-quvvatlashiga va foydani yo'qotish qo'rquviga bog'liq. Bu ularning narxini tezda ko’tarishi yoki treyderlarning qiziqishi boshqa memkoinga qaratilsa, kutilmaganda narxning keskin tushishiga olib kelishi mumkin. Memkoinlarning yana bir xususiyati shundaki, ular ko'pincha ko’p yoki cheksiz miqdorda bo’ladi. Ularning ommalashib ketishiga mutaxassislar turli sabablarni ko’rsatishgan. Bu sabablardan biri Ilon Maskning tvitlaridir. Uning yozgan tvitlari ta’sirida Doge narxi 5 kun ichida 2000% ga ko’tarilib 0,73 dollarni tashkil etgan edi. Ammo Ilonning televideniyada Doge haqidagi hazillari Doge’ning narxini tushishiga sabab bo’ldi.

Umuman olgan sizning portfelingizda qanday aktiv bo’lishi bu sizning shaxsiy ishingizdir. Bozor bu kabi memkoinlarga to’la va aksariyatining ortida firibgarlik orqali odamlarning mablag’larini yig’ib olish yotadi. Ular shunchaki bozordagi manipulatsiya natijasida narxi keskin o’zgaruvchi aktivlardir.

O’ylaymizki, mavzu haqida qisqacha bo’lsa ham tushunchaga ega bo’ldingiz. Kelgusi maqolamizda bozor va undagi marketmeykerlar haqida ma’lumot beramiz. Bizni kuzatib boring!

🚀HODL

HODL 💎

25 Jun, 16:19


🖼 Ijtimoiy tarmoqlarga NFT integratsiyasi

Bir qator ijtimoiy tarmoqlar Web 3.0 bilan integratsiya qilish ustida ish olib boryapti. Xususan ijtimoiy tarmoqlardagi avatar rasmining o’rniga NFT rasmlardan foydalanish ommalashmoqda. Ayni vaqtda bu xususiyatdan Twitter Blue obunachisi sifatida foydalanish mumkin. Twitter hozircha faqat Ethereum blokcheynida yaratilgan NFT’larni qo’llab-quvvatlamoqda.

Meta (Facebook) kompaniyasi ham Facebook va Instagram uchun ushbu yangilikni qo’shish ustida ish olib bormoqda.

Yil boshida bizning sevimli messenjerimiz bo’lgan Telegram ham NFT’larni avatarga qo’yish imkoniyatini qo’shmoqchi ekanligi haqida xabar bergan edi.
Telegramning TON blokcheyni bilan o’zaro integratsiyasini hisobga olsak, bu imkoniyat ham TON blokcheyni bilan hamkorlikda yaratilishi mumkin.

🚀HODL