Teacher Azam @teacherazam Channel on Telegram

Teacher Azam

@teacherazam


TEACHER AZAM (Qahramoniy)

👨🏼‍💻 O'zimizning chat guruhimiz bor, ba'zi-ba'zida men ham yozib turaman
👉t.me/Teacherazamchat

🚩Instagram:
👉instagram.com/teacherazam

☎️ Englify online maktabim:
+998781136969
☎️ Reklama va taklif uchun:
👉+998 97 831 11 11

Teacher Azam (Uzbek)

O'qituvchilar azamati sizga yordam berish uchun Telegram kanalimizni taklif etamiz - Teacher Azam! Bu kanal orqali siz o'z muammolaringizni hal qila olasiz va yangi ma'lumotlar olishingiz mumkin. O'zimizning chat guruhimizda bo'lib, qator ba'zi mavzularda ham yozib turamiz. Boshqalar bilan fikrlar almashish, savollar berish va yangi bilim olish uchun kanalimizga obuna bo'ling!
Kanalimizda eng so'nggi yangiliklar, qiziqarli videolar va ma'ruzalar, foydali maqolalar va boshqalar bilan tanishing. Bizning Instagram sahifamizda ham yangiliklar paylashtiriladi. Siz ham o'z fikrlaringizni qoldiring va o'z bilimingizni rivojlantirishga yordam bering. Bizning onlayn maktabimizdan foydalanish uchun aloqa raqamlarimizga murojaat qiling. Reklama va takliflar uchun ham aloqa qilishingiz mumkin

Obuna bo'lishni unutmang! Biz bilan o'z bilimingizni yuksak darajaga olib borishga tayyormisiz?

Teacher Azam

11 Jan, 19:22


Izohla yonvottiyu😅

Teacher Azam

11 Jan, 13:52


Xozirda maktablarda "Sinf soati" o'tkaziladimi? Holat qanday? Izohlarda yozing

Teacher Azam

10 Jan, 21:03


O’zbek futboli uchun yangi davr, Abduqodir Husanov Manchester City o’yinchisiga aylanmoqda. Bunaqasi tarixda bo’lmagandi do’stlar. Hammangizni tabriklayman

Foto Fabrizio Romano rasmiy sahifasidan:
https://x.com/fabrizioromano/status/1877819527171281344?s=46

Teacher Azam

09 Jan, 11:52


Dilshod aka baraka topsinlar

Teacher Azam

07 Jan, 14:20


🎙️NQE podkastining navbatdagi mehmoni Behzod Hoshimov

🍾Soliqdan qochayotganlar, dunyodagi tengsizlik kamayishi, Obama va migrantlar haqida

🎞https://youtu.be/tCognfLn7jE

🔥Hozirgina tandirdan uzilgan issiqqina podcastni issig’ida tomosha qilgan ma’qul!

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

04 Jan, 12:56


Madaniyat Vaziri podcastimga kelsalar xursand bo’lardim!

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

31 Dec, 19:26


😈 Yee, guruhimiz kayvonilari gaplashmaganimizga bir yil bo’bti-yu!

Nimala bo’ldi, bu oralarda?

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

31 Dec, 14:37


🎙️NQE podkastining navbatdagi mehmonlari Sardor Salyamov va Rajabboy Olloyorov

🍾Brbalo 15 sutkaga kirgani, tupurib qo’ygan artistlar va olivie

🎞https://youtu.be/OkFRXSX1y1E

🔥Hozirgina tandirdan uzilgan issiqqina podcastni issig’ida tomosha qilgan ma’qul!

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

29 Dec, 14:30


Bilmadim. Hali ko’rmadim.

🦑 “Squid Game” 2-mavsumi chiqdi. Hamma joyda shuni shov-shuvi.

💡 Lekin 3-mavsumni ham borligini hisobga olib, ko’rish kerak-da.

ps. Ko’rishni xohlamaganlarga google’da “Boychechagim boylandi” o’yinini taklif qilib qolaman.

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

29 Dec, 06:00


O’rtoqlar, vaziyat qiyinroq… Lekin sustlashish kerak emas!

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

27 Dec, 13:50


Yandex Plus yangi yil yutuqli o'yinini boshladi
Obunani ulang, G'ildirakni mag'lubiyatsiz aylantiring va quyidagilarni yutib oling: har hafta 25 000 000 Plus ballari va boshqa sovg'alar.
Finalda esa bosh sovrin — avtomobil o'yini bo'lib o'tadi!
Yandex Plus — barcha zavqlar bir obunada

plus.yandex.uz saytiga o‘ting

Teacher Azam

27 Dec, 12:31


🎄 Qishdan amallab chiqovuza

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

27 Dec, 08:59


🤵🏻 Diktator bu - qadimda urush boshlangani sababli vaqtinchalikka tayinlangan bosh qo‘mondan va davlat rahbari hisoblangan. Lekin asrlar davomida bu atamaning mohiyati o‘zgarib, salbiylashdi.

📚 Ya'ni yunon xalqlari tomonidan ishlatiladigan tiran(zolim) ta'rifining muqobiliga aylandi. Asar nomiga qo‘shimcha qilib "XXI asrda tiraniyaning o‘zgaruvchi qiyofasi" ta'rifi shuning uchun ham yozilgan. Manipulyatsiya esa inson ongini boshqarish tizimi.

Siyosatga bog’liq nimalar o’qib yoki kuzatib borasiz?

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

26 Dec, 10:18


⛓️‍💥 Yangi davr Prezidentlari paydo bo’lgan .
83 mingta odamni 2 yil ichida qamagan.


👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

26 Dec, 07:00


​​🎥 "Osmondagi bolalar" kinosida "O'zimni vokzalda qolib ketgan yo'lovchidek his etaman barcha poyezdlar ketib bo'lgan" deydi yozuvchi.

🤷🏻 Ta’sirli sahna insonlarni (tomoshabinlar) oz bo'lsa-da, buni o'zlaridan o'tkazish ya’ni his etib ko'rishlari uchun aytilgan so'zlardek, huddi tomoshabinlarga qarata siz ham yo'lovchisiz, yo'lingiz aniqmi, qayerga ketayotganingizni farqidamisiz, degan savol nazdidek tuyiladi.

Kinoni davomini nima bo'layotganiga e'tibor ham bermay aynan o'sha sahnaga qarab, o'zingiz uchun javob izlab ko’ring.

Bilasizmi, men o'zimni qay holda topaman "yo'lovchilar" orasida. Men qaysidur davrning poyezdi sekinlashib o'tayotgan damda unga ikkala qo'llarim bilan osilib olgan na qaysi davrligini, na bu poyezdning qay tomonga ketayotganidan xabardorman. Hatto nima uchun osilib olganini bilmay ketayotgan yo'lovchiman.
(asli yo'lovchi hisoblanamanmi uni ham bilmayman)

Siz ham film, serial yoki multfilm ko’rayotib, aynan bir kichik dialoglarga nisbatan bir dunyo falsafa qilib yuborasizmi?

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

25 Dec, 11:59


#NQE
#podcast

Falsafa, Din va Kitob | Xayrulla Hamidov, Teacher Azam, Kunduziy

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

25 Dec, 07:20


🙌🏻 Asta-sekin oldinga qadamlar bilan jamiyatni o’zgartiramiz. Tarqating va hissangizni qo’shing.

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

24 Dec, 13:13


​​“Agar hamma faqat o'z e'tiqodi asosida urushadigan bo'lsa, dunyoda urush degan narsa bo'lmas edi"

⚡️ Bu bir roman emas. 1600+ sahifalik doston. Ko'pchilik o'qish uchun hayiqadigan epik asar. Tan olib aytaman jiddiy, og'ir asar ham o'zini o'qilishi uchun kuch talab etadigandek go'yo.

🤯 Asarda esingizda qoladigan (aynan 1 bosh qahramon yo'q) asosiy qahramonlardan tortib siz unutib yuboradigan ikkinchi darajali obrazlarga boy.

💰 Asar sizga tarixiy davrni ham siyosiy, ham moliyaviy, ham tabaqalanishuv jarayonlaridan bahs etadi. Ishoning siz o'zingizga faqat urush haqida bilimlarga ega bo'lmasdan hayotni chuqurroq anglash borasida dunyoqarashingiz sarhadlarini kengayganini his etasiz.

🖌️ Kitobni o'zida ham ta'kidlanadi, bu kitobni faqat urush yohud tinchlik haqida emasligi, unda mavzular qamrovi - odamlar qismati, ularning taqdiri, o'ylari, qarashlari va ayni paytda bo'layotgan jarayonga munosabati kitobxon e'tiboridan chetda qolmaydi.

P.s. aytgancha yozuvchi hazm bo'lishi qiyin bo'lgan nazariyalarni xotimaga kiritib o'tgan, asar shunchaki super!

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

24 Dec, 11:15


Qishki ta’tilda har kim, har xil kunlarda dam oladi. Ya’ni maktab, universitet yoki ishlaydiganlarning dam olish kunlari har xil.

Nimalarni reja qilyapsiz? Qaysi sizni kutayotgan kitobni o’qimoqchisiz?

ps. zo’r kitob tavsiya qilaman. haliroq.

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

24 Dec, 07:33


Topganga katta semiz besh!

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

21 Dec, 14:56


Foydali intervyu albatta ko'ring 💻


To’liq video youtube kanalimizda 📱


📱📱 @englifyschool

Teacher Azam

20 Dec, 11:03


Sony mem 🎧

😃 Nimaga naushniklarni yoki qandaydir texnikalarni nomiga faqat raqam qo’yiladi deb xaridorlar jig’ibiyron bo’lib, shuni ustida har xil hazillar bo’lgan. Ayniqsa, Sony’ga ko’p gapirishgan.

⚡️ Sony o’zini rasmiy instagram sahifasida mem chiqardi. Huddiki, sizlar so’radingiz, biz qildik mana deb yangi naushniklarga raqam emas nom bergan.

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

20 Dec, 06:51


O’rtoqlar, 4 ta narsa kerak

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

19 Dec, 17:15


"Yaxshi maʼnoda Oʻzbekistonni marketing qilish kerak"

Nega chet elliklar Oʻzbekistonni boshqacha tasavvur qilishadi?

Zafar Hoshimovga koʻra, Oʻzbekistonga birinchi marta kelgan chet elliklarning tasavvuri butunlay ijobiy tomonga oʻzgarib ketadi.

Ushbu podkastdan parchada buning sabablari hamda mamlakat imijining ahamiyati haqida bilib olasiz!

📱 https://youtu.be/0EIutUWvQXs?si=9Ur0ie9dXWWeJOEr

Toʻliq podkast #Gashtak YouTube kanalida!
📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 Telegram

Homiylar:
🌐 Moneff | Cappadocia Walton’s

Teacher Azam

19 Dec, 11:41


#NQE
#podcast

O'zbekistonda dengiz bo'lganda nima bo'lar edi? | Teacher Azam, Otabek Bakirov (Bakiroo)

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

19 Dec, 07:29


Kimning hokimi eng zo’ri?

😂 Izohlarda yozib qoldiramiz

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

19 Dec, 05:46


Sobibor filmi

Urush davridagi konslagerlardan biri. "Sobibor" konslager nomi.


Meni larzaga soladigan narsa bu bir insonning boshqasini ustidan chiqaradigan hukmi. Mazax qilishi, yelkasiga minishi, istasa cheksiz darra bilan jazolashi, tilla tishlarini bitta qoldirmay sug'urib olishi. Hatto, hayvonlar ham vahshiylikda, qonxo'rlig-u, go'shtxo'rlikda biz - insoniyatga teng kela olmasa kerak. Bir-birimizni o'z qo'llarimiz bilan qirish faqatgina biz - odamzodning qo'lidan keladi. Afsus...

🎞️ Filmni esa tavsiya qilaman. To'g'ri, boshqa Xolokost kinolariga o'xshab kuchli bo'lmasligi mumkin. Ammo, ketgan vaqtingizga achinmaysiz.

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

18 Dec, 14:30


🎙️NQE podkastining navbatdagi mehmon Xayrulla Hamidov

🍾 Ronaldo va Messini futboldan tezroq ketishini istashi, telefon kitobni qalbidan sug'urib olgani va dinlar tarixi haqida

🎞 https://youtu.be/H2sMc8uXQxw

🔥Hozirgina tandirdan uzilgan issiqqina podcastni issig’ida tomosha qilgan ma’qul!

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

17 Dec, 12:35


🎙️ Podcast yozayotganimizda “Hammasi yaxshi lekin cho’kyapmiz” degan mashhur gapni kim, qaysi filmda aytganini qidirib qoldik. Boshida ovozni To’lqin Tojiyev bilan adashtirdim. Topdim, bu Hojiakbar Nurmatov ovozi edi.

Bu gap kinodan olinganmi yoki teatrdanmi deb, “Oyna” spektakli oldimdan chiqib qoldi. Hayotingiz davomida bir marotaba bo’lsa ham ko’rib, ko’z yumishga arziydi. Shunchaki shedevr. Aynan mana shu aktyorlar ijrosida, jonli ko’rishni juda xohlardim.

ps. "Hammasi yaxshi lekin cho'kyapmiz" Shaytanat serialidan

https://youtu.be/vD2RLyyCS1s?si=pGAWk26czrFY4Y4J

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

17 Dec, 09:10


📢 "Bizni birlashtiruvchi muammo" nomli
so'rovnoma natijalarini e’lon qilamiz.

💬 Dasturimiz turli xil krinj, haqiqat, safsata va kulgili deb o'ylangan javoblarni o'z ichiga olgan.

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

06 Dec, 06:34


😂 Chundilami?

Time zone bilan bog’liq mem

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

05 Dec, 16:40


Nima disila endi) ko’ngil yosh-da!)

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

05 Dec, 10:30


Tanishing: Englify Online Ingliz Tili Maktabining Qiyqiriq O’qituvchilaridan Biri — Miss Sevinch Rustamova

Sevinch Rustamova – Ingliz tili o’qituvchisi, IELTS bo’yicha umumiy balli 7.5 ga ega. U ingliz tilini o’rgatish bo’yicha 2,5 yillik tajribaga ega bo’lib, hozirda UZSWLU (O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti)da bakalavr bosqichida ta’lim olishni davom ettirmoqda.
Miss Sevinchning darslari – bu nafaqat bilim olish, balki yangi do’stlar orttirish va o’zingizni ingliz tilida ifodalashda erkin his qilishning ajoyib yo’li!
Uning darslari bu nafaqat bilim olish, balki ingliz tiliga bo’lgan qiziqishni oshirish va tilni amaliyotda qo’llash uchun ajoyib imkoniyatdir. Sevinch o’quvchilariga har bir xatolikni til o’rganish jarayonining tabiiy qismi sifatida qabul qilishga, xatolarni imkoniyatlarga aylantirishga o’rgatadi.
Agar siz ingliz tilini o’rganishni shunchaki bir “vazifa” emas, balki haqiqiy qiyqiriq va ilhomga to’la tajriba sifatida istasangiz - Miss Sevinch bilan birga boshlang!

📱@englifyschool

Teacher Azam

05 Dec, 06:03


Keling, tanishamiz podcastiga chiqudim. Ancha qizu bo’ldi lekin👇🏻

https://youtu.be/9UVp-S5IwmU?si=0naLY6gQJsUbLa1d

Teacher Azam

04 Dec, 15:01


​​📊 Har yillik hisobidan eng ko‘p sotilgan manga

• 1987-2023-yillar oralig‘ida

• 1987-1992 Dragon Ball

• 1993-1996 Slam Dunk

• 1997 The Kindachi Casa files

• 1998-1999 Detective Conan

• 2000-2004 One piece

1997-yil manga va 1999-yilgi animedan so‘ng manga yangi milleniyada mutlaq dominantlikni o‘rnatdi. Bu davrda o‘ta kam sonli mangalar one piece raqamlarini ga yaqinlashdi yoki takrorlay oldi xolos.

• 2005 Nana

• 2006 Death note

O‘sha yillarda anime va manga katta shov-shuvlarga sabab bo’lgan. Manga va animening ayrim davlatlarda ta‘qiqlanishi uning yanada e‘tiborga tushishiga sabab bo‘lgan. Axir biz odamlar qilma degan ishni qilishga moyilmiz.

• 2007-2018 One piece

Qisqa vaqlik tanaffusdan so‘ng One piece yana chartlar cho‘qqisiga qaytdi. One piece bekorga One peak va Goat piece degan nomlar bilan ham aytilmalsigini isbotlagan. Ha aytgancha, big 3 dan faqat One piece yilning eng ko‘p sotilgan mangasi bo‘la olgan xolos.

• 2019-2020 Demon slayer

• 2021-2022 Jujutsu kaisen

• 2023-yil Blue lock

2024-yilda qaysi manga bo’larkin🤔

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

04 Dec, 08:15


Eh, bilarmidingiz 9 yil avval artel reklamasida chiqqanman))

https://www.youtube.com/watch?v=ucZ087gLMGw&ab_channel=YillBake

Teacher Azam

03 Dec, 14:25


🎙️NQE podkastining navbatdagi mehmon Humoyun Sobirov

🍾 Zapuskchilar, Instagramdagi hashamat va erkakalikni o'rgatadigan kurslar haqida

🎞https://youtu.be/58y7stK4cYo

🔥Hozirgina tandirdan uzilgan issiqqina podcastni issig’ida tomosha qilgan ma’qul!

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

03 Dec, 09:07


⁃ Qasam ichaman
⁃ Shuning uchun ham yaramaslar ro'yxatidasan.
⁃ Javob beraman, menga ishoning!
⁃ Xo’p, shuning uchun sen yaramaslar ro'yxatidasan. Chunki hozir yaramaslik qilyapsan. Agar shunday gapirishda davom etaversang yaramaslar ro'yxatiga tushib qolasan.
⁃ Yo'q, yo'q... chunki Rojdestvo ota menga unchalik yaxshi munosabatda emas.
⁃ Chunki sen yaramassan.
⁃ Yo’q, aslida men yaxshi ro'yxatdaman.
⁃ Yaxshi bola bo'lmayotganing uchun u ro’yxatda emassan.
⁃ Men yaxshilar ro'yxatdaman! Agar siz qayta, qayta shunday deyaversangiz… men yaramaslar ro'yxatida emasman!
⁃ Kecha ishda bo'lganimda Rojdestvo ota menga qo'ng'iroq qildi va Jeksonga yaxshi bola bo'lishni ayting, dedi. Yoki u yaramaslar ro'yxatida qoladi va hech qanday sovg’a olmaydi deb aytdi. Shuning uchun sen yaxshi bola bo'lishni boshlashing kerak.
⁃ Unda men unga apperkot zarbasini beraman!
⁃ Yo'q, yo'q unday qilmaysan.
⁃ Va men unga shunday zarba beraman-ki, soqolini yulvolaman!
⁃ Tentaklik qilyapsan.
⁃ Menga ishoning, men yomon ro'yxatda emasman!
⁃ Sen yaramaslar ro'yxatidasan.
⁃ Yo’q, unday emas.
⁃ Unda yaxshi bola bo'l!

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

03 Dec, 09:06


😊 Ahil bo’linglar)

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

03 Dec, 04:58


Amerika kinolarida talabalar dars stoli devoriga stickerlarni yopishtirib, o’zini kuchini so’ndirmaslik uchun har xil motivation so'zlar yozib qo’yishadi-yu, o’shnaqalaridan.

✏️The saliva that flow now will become the tears of tomorrow.

✏️When you think it’s too late, the truth is, it’s still early.

✏️The pain of studying is only temporary. But the pain of not knowing – ignorance — is forever.

✏️Enjoy the inexorable pain.

✏️It’s those who are earlier than the others, those who put in more effort, who can enjoy the feelings of success.

✏️Not everyone can truly succeed in everything. But success only comes with self-management and determination.

✏️People who invest in the future are realists.

✏️When today is over, it will never come back.

Sizda qanday ruhlantiruvchi so'zlaringiz bor?

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

30 Nov, 07:55


Dam olish kuniga madaniy hordiq reja qilyapman.

7-dekabr kuni Zarafshon konsert zalida qiyqiriq, jarangli va o’ziga tortar kulgularim yangraydi. Mirshakar Fayzulloyev, Ozod Shukrulloyev, Islom Karimovlar va Xay mayli Stand up comiklari chiqishilarini menga qo’shilib siz ham ko’ring.

🎫 Chiptalarni iticketdan olamiza. Ko’rishamiz o’shatta.

https://iticket.uz/ru/events/concerts/xay-mayli-standup

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

29 Nov, 12:05


#NQE
#podcast

Filmlar, propaganda, mavsum yakuni | Teacher Azam, Kunduziy, Laziz Hamidov

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

29 Nov, 07:05


​​💰 Dilni yayratadigan ham, tilni sayratadigan ham pul, pul, pul!

🍇 Bizning moliyaviy ahvolimizning o’rni kundalik hayotimizda beqiyosdir. Odamlar puldan qo’rqqandek u haqida gaplashishga qo’rqishadi va doimiy ravishda bunday turdagi suhbatlardan uzoqroq yurishga urinishadi. Ayni shu sababdan pul haqida yolg’on afsonalar yildan-yilga o’tgancha bizga meros bo’lib kelmoqda. Odamlar pul omad mevasi, poradan natijasi yoki kimningdir erkatoyi bo’lish xosilasi deb o’ylaydi.

📚 Bularning bari xato o’ylar emasmikin? Pul – aql, mehnat va to’g’ri muomala mevasidir. Siz, men va boshqalar ham moliyaviy erkin shaxs bo’la olamiz. Faqatgina bu uchun pulga va boylikka munosabatimizni o’zgartirsak kifoya (qalbshunoslarning doimiy gaplari yoki qandaydir kursning progrevidek yangragandir-a😂). Ishni biz hozirgi moliyaviy ahvolimizni tahlil qilishdan, o’ylashdan va ko’rib chiqishdan boshlashimiz kerak. Aynan hozir biz Morgan Houselning “The psychology of money” kitobi haqida gaplashamiz.

📨 Pul ishlash va pulni saqlab qolish
Pulni ishlab topish odamdan katta mahorat talab etmasa-da (pulni har kim ishlab topishi mumkin), uni ushlab qolish, depositlarda saqlash, to’g’ri investitsiya kiritish va hokazolar sizu bizdan yetarlicha mahorat talab etadi. Jek Londonning “Martin Iden” kitobidagi kambag’allikdan boylikka erishgan, ammo kasal bo’lib, oxirgi yillarda oshqozon kasaliga chalingan odam esizgizdadir? To’g’ri u yetarlicha mahorat bilan o’zini botqoqlikdan yuqoriga olib chiqa oldi, ammo natijasichi? Ayni shu sabab ham mahorat talab qiladi deyildi.

😋 Boylar pul ko’plikdan boyiydi
Bu ma’lum ma’noda xato gap. Boylar pulini to’g’ri taqsimlagani sababli boyligini ushlay oladi. Bir o’qigan kitobimda ajoyib jumla bor edi “ertadan oyligim oshsa yoki ko’p topib boshlasam pulim ko’payib, boyib ketaman deb o’ylama. Puling ko’payganiga yarasha xarajatlaring miqdori ham oshishi mumkin” deyilgan edi. Bu qaysidir ma’noda to’g’ri. Kam pul topgan va taqsimlay olmaydigan odam qo’liga katta miqdorda pul tushib boshlasa pulni avvalgidek sovurishda davom etadi. Endilikda uning harajatlari va need’lari oshadi.

Pul haqida atroflicha bilimga egamisiz?

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

28 Nov, 16:01


⚔️ "Attack on Titan" animesi "Game of Thrones" va "Breaking Bad" seriallaridan ilhomlanib yaratganini bilasizmi?

🤷🏻 Shunaqa!
Gabi Arya Starkga, Falko esa Jesse Pinkmanga asoslangan personajlar. Eren Yaeger esa Jon Snow, Heisenberg va Daenerys Targaryen harakterlarining umumlashmasidir. Undan tashqari Isayama mangada turli belgilarni qoldirishni yoqtiradi.

👇🏻 Yana qaysi personaj "Game of Thrones" yoki "Breaking Bad" personajlariga asoslangan deb o'ylaysiz?

👇 Kanalga ulanish 👇
📱
@teacherazam

Teacher Azam

28 Nov, 15:01


⚡️ Magic Friday boshlandi - AQSh va Xitoy tovarlariga 90% gacha chegirmalar!

Endi bir necha barobar ko‘proq tejash imkoniyati - yangi yil sovg‘alarini buyurtma qilish uchun ajoyib fursat. Va quyidagi ajoyib sovrinlardan birini yutib olish imkoniyati:

🎁 Apple to‘plami (MacBook Air, iPhone 16 Pro, Apple Watch 10)
🎁 3 ta iPhone 16 Pro
🎁 5 ta AirPods 2 Pro

🌐 Globbing orqali buyurtma bering va AQSh hamda Xitoydan O‘zbekistonga mahsulotlarni qabul qiling! 👇

👉 Globbing: AQSh va Xitoydan online shopping

📲Instagram | Facebook | Telegram

Teacher Azam

25 Nov, 13:31


#NQE
#podcast

Islom oltin davri, Amir Temur va yana Rim | Teacher Azam, Eldar Asanov, Kunduziy

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

25 Nov, 06:02


Kanalda biroz flooding (bo’lar bo’lmas gaplar) qildim. Aybga buyurmaysiz💀

Teacher Azam

23 Nov, 16:50


🌙 O’zim o’rgilay, Ona yurtimdan qo’ymasin-a!

Toshkent asfaltlariga tabarruk oyoqlarimni qo’ydim. Thailand quyoshi tagida toblanib, bir qop taassurotlar bilan keldim. Ammo juda charchadim. Batafsil ertaga gaplashamiz. Oy nurida menga yoqimli xordiq.

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

22 Nov, 07:10


Orqada qolish nimani anglatadi?

👳🏼‍♂️82 yoshli qariya Zaharia Ruminiyadagi so'nib borayotgan qishloqning chekkasida vaqt o'tishni unutgan joyda yolg'iz o'tiradi. U tirik topilma. Dunyoning eng yomon va eng yaxshisini ko’rgan, hamma narsaga sabr bilan chidagan odam. Omon qolish shunchaki yashashdan ko'ra ko'proq narsani anglatuvchi bir davrda tug'ilgan Zahariyaning qo’llari oilalarni boqadigan dalalar, yo'qdan hayot qurish haqida hikoya qiladi. Uning hikoyasi fotosuratlar yoki o'tkinchi daqiqalar uchun emas. Uning hikoyasini his qilish kerak.

Zahariya yashaydigan qishloqda bir paytlar bolalarning o'ynab kulishi, ayollarning birgalikdagi mehnati, shom chog'ida daladan qaytgan erkaklarning yuzlari horg’in ammo mamnun bo'lib qaytganlari bor edi bu qishloq tuproqlarida. Bugun o'sha qishloq jim bo’lib qoldi faqat eski yog’och darvozalarning g’ichirlashi va olisdagi qushning vaqti-vaqti bilan qichqirishi qoldi xolos. Yoshlar shaharlar yoki olis yurtlarda kelajak izlab, hamma narsani beminnat berib oz narsa so'ragan avlodni qoldirib ketishdi. Qariyalar - Zaharia kabi odamlar - qalblarida oddiy, ammo to’liq yashagan urf-odatlar, hikoyalar, qurbonliklarni saqlaydilar. Ular Ruminiyaning qo'riqchilari, ularni deyarli ko'pchilik hech qachon bilmasa ham kerak.

🥹Achinarli haqiqat shundaki, Ruminiya yo'qolib bormoqda. Zaharia yolg'iz o'zi bir vaqtlar unchalik hosil bermayotgan o'zining kichik yeriga g'amxorlik qilar ekan, kimdir eslab qoladimi, deb hayron bo’ladi. Bu qishloqlarning sadolari o'tganlarning qulog'iga yetarmikan? Uning sevgisi, yo'qolishi, yo'qolib
borayotgan madaniyatni ushlab turish haqidagi hikoyasi eshitiladimi? Yoki uning atrofidagi qishloq kabi so'nib qoladimi? Fojia Zaharianing yolg'izligida emas. Bu dunyoning befarqligida. Oxirgi qariya ketganda, ularning tarixini kim boshqalarga yetkazadi?

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

22 Nov, 07:10


👇🏻Instagramda Romania nomi ostidagi rasmiy sahifada ushbu videoni ko’rdim. Video ostida esa mana shu so’zlar bor edi.

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

19 Nov, 14:01


🎙️NQE podkastining navbatdagi mehmon Nozim Safari

🍾 Gitlerning marketologi, dunyo tartibotini o’zgartirmoqchi bo’layotgan Putin va Ukrainada urush to’xtaydimi mavzulari doirasida suhbat

🎞https://youtu.be/2A3DQfxlzqk

🔥Hozirgina tandirdan uzilgan issiqqina podcastni issig’ida tomosha qilgan ma’qul!

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

18 Nov, 16:51


🔥 To’liq podcast chiqdi.

Hamma qiziqadi-yu, Ielts nechchi olganimga javobini aytib ketganman😉


https://youtu.be/eaeoaV-1fwY?si=X35gVejSqdTBs2o9

Teacher Azam

17 Nov, 18:17


Texnoplovdan yangi video🔥
Va bu safar har birimizga aloqador mavzuda, O’zbekiston va uning kelajagi (buguni ham) haqida. Muqovani qarang😁 Nimadirni eslatyaptimi? Janjal bo’ladiyov💀

https://youtu.be/QPbZflpaG8k?si=8zlPBZ0AHBNdhfnA

Teacher Azam

16 Nov, 04:29


Biz boshladik! Qaysi kuni nechchida vaqtingiz bor? Podcast sizni kutmoqda🤩

👉🏻https://youtu.be/odf10g-6TqE

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

15 Nov, 10:10


Orzular senga keragi bo’lmay qolganda amalga oshish xususiyatiga ega... xafa bo’lmang amaki, endi siz QIROLSIZ

🍾Ha, dunyo beshafqat azizlarim.

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

14 Nov, 08:59


📚 Muqovasi ajoyib!

How To Take Over The World' — "Dunyoni qanday egallash mumkin?"

🙂‍↕️
Bu kitobning muallifi Rayan Nort — "Adventure Time" nomli mashhur multserialning (va komiksning) muallifi hisoblanadi. Shuni hisobga olsak, kitob ko'proq "dunyoni egallashga" emas zotan unga pul o’zi ham yo’q (lekin orzu qilib ko'rsa bo'ladi), kreativlikni oshirish, multfilmlar uchun yangi dunyo o'ylab topishga yordam bersa kerak.

⚖️Siyosat, texnologiya va o’lim kabi narsalarni ichiga olib bu bir fars haqida yozilgan kitob.

“And then they pause for a moment, thinking briefly of the things that could have happened in a farce, that didn't.”

🙋🏻“Cheer up” deydigan tekin maslahatchi kerak bo’lib qolsa shu kitobni o’qing.

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

14 Nov, 05:10


Tanishtirishga ijozat bering🙏🏻

😱10mln like, 100k komment, 240k share va umuman ma’nosiz video.

😁Kimdir “Eng yaxshi isrof qilgan 30 sekundim” deb yozibdi. Aslida gap shundaki, bu oka shu tarzdagi videolari bilan mashxur bo’lgan. Bu esa o’sha seriyani cho’qqisi.

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

13 Nov, 15:22


❄️Bir daqiqa sukut

Men va qor oʻrtasidagi muhabbatga koʻzoynagim nuqta qoʻydi.

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

13 Nov, 06:25


So'ragan edingiz🗣

Englify online maktabida kunduzgi vaqt 11:00 da Beginner darajasida yangi guruhga qabul boshlandi.


- Englify ilovasida Teacher Azam tomonidan o'tilgan darslar.
- Englify ilovasidagi darslarni istagan vaqtda ko'rish imkoniyati.
- Haftada 6-marta 40-50 daqiqadan Instructor va Cordinator bilan zoom orqali jonli darslar.
- Darslar kunduzgi qulay vaqtda 11:00 dan keyin boshlanadi.


Darslarga qatnashish uchun joyingizni band qilib qo'ying.

👇 To'liq ma'lumot olish va kursga ro'yxatdan o'tish uchun.

🔗
@iamxasan accountiga yozing.

Teacher Azam

12 Nov, 08:13


“People” jurnalida xabar chiqdi. 1 yoshli bola mashinada o’lgan. Chunki ertalab dadasi “day care” ya’ni bolalar bog’chasiga bolasini tashlash yodidan ko’tarilgan. Bir kun bola mashinada qolib ketgan.

Post izohlarini ham o’qish kerak. Yaxshi gaplar yozib qoldirishgan. Protocol degan so’z bor va uning ma’nosi qoidalar to’plami degani. Ya’ni nega qoidalar to’plamiga kiritilmagan, agar bog’chaga bola kelmasa ota-onasiga darhol telefon qilinishi kerakligi. “Tinchlikmi? Nima bo’ldi? Nega olib kelmadinglar? degan so’roqlar yo’q. Va eslatib o’tamiz “People” jurnali 80-90-yillarda Aqshni eng mashhur jurnallaridan biri bo’lgan. Huddi o’zimizni Darakchiga o’xshab. Hozirda o’z mashxurligini yo’qotgan lekin shunday bo’lsa ham baribir ish faoliyatini yurgizadi.

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

11 Nov, 14:02


Noyabr oyi - AQSH da juda ham katta chegirmalar oyi. Narxlar juda ham arzonligi sababli xaridorlar bir-biri bilan hatto urushishga ham tayyor.

Bu chegirmalar Amazon kabi onlayn do'konlarda ham amal qiladi.

Narxlar O'zbekistondagiga nisbatan ancha arzon. O'zingiz tekshirib ko'ring.

Xaridlaringizni AQSH do'konlaridan O'zbekistonga yetqazishda esa sizga @turonexpress_bot yordam beradi!

Bot ishlatish uchun juda ham qulay. Ichida video-yordamchisi ham bor. Sinab ko'ring!

Let's go!

Teacher Azam

10 Nov, 12:51


Para uz dagi yigitlar bilan kollaboratsiya video oldik😎
Ushbu voqeada biz xozirgi zamon qahramonini ko’rsatishga harakat qildik. Ushbu mini film masadi O’zbek yoshlari portretining katta bir bo’lagini aks etish. Tomosha qiling, do’stlarga ulashing, va izohlarda fikr qoldiring🔥

To’liq video instagramda:👇

https://www.instagram.com/reel/DCJxE3SobN5/?igsh=aXRkZjF1YnBzMGh6

Teacher Azam

07 Nov, 13:22


🎙️ Sog’ingan qalblar winter is coming (GOT). Qalbni torlarini birma-bir chertadigan Nqe ham kelayotir. Takliflar bo’lsa bemalol. Nqe’da kimlarni suhbatini achchiq choy damlab ko’rmoqchisiz?

Ungacha buni ko’rib turish zarar qilmas. A,labbay?) 👉🏻https://youtu.be/1OsyMHDcyWk

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

07 Nov, 09:38


Buni sizga hech kim aytmaydi. Lekin men borman-ku😉

🔍 Deyarli istagan kitobni Wikipediyaga yozsangiz o'sha kitobning eng asosiy fikr va g'oyalari jamlangan to'liq summarysi chiqadi.

📚 Masalan, juda ko'p kitoblar vaqt sarflab o'qishga arzimaydi. Shunchaki summarysini o'qishning o'zi kifoya.
Shunday qilib saralaysiz.

🙌🏻Rahmatga o’rin yo’q. Xizmatingizdamiz.

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

07 Nov, 05:25


​​Bir paytda bir qadamdan...

"And we're taking it one day at a time..."

🫀
Ha, bu dunyo bir jonimizga o'gir. Shunday bo'lsada, oldinga qadam tashlashda davom etaveramiz. Bir paytda bir qadam; shoshmasdan, katta manzaraga emas, oyoq ostimizga boqib, bittadan qadam tashlab ketaveramiz. Zero, "yo'limiz o'zimiz kabi og'ir"...

😨 Ba'zan, oldimizdagi bizni kutib turgan katta manzaraga qarab yuragimiz orqaga tortib ketadi. "Uddalay olarmikinman?!", "Kuchim yetarmikin?!", kabi shubha-gumon, xavotirlar miyyamizni egallab oladi. Atrofdagilar shunchalik katta marralarni zabt etayotgan bir paytda kunni tunga arang ulab olayotganingdan o'ksib ham ketasan. Eng yomoni, o'zingga achinasan. Ichingdagi olov so'nganidan o'rtanasan. Ammo, oldinga qadam tashlashda davom etaverasan. Chunki, "yo'limiz o'zimiz kabi og'ir"...

👣 Aslida, yashashdan ma'no ham shu - yashashda davom etish. Oldinda nimalar kutayotganligiga qaramay, yo'ling qanchalik og'ir va qanchalik uzun ekanidan cho'chimay, bir paytda bittadan qadam tashlab oldinga yuraverasan. Qo'limizdan kelgani ham, ayni damda qo'limizdagisi ham shu - bir paytda bittadan qadam tashlash. Chunki, yuragingning tubida bir umid hali so'nmagan - qadamlaring seni albatta manzilingga eltadi. Zero, "yo'limiz o'zimiz kabi og'ir"...

ps. Bir, ikki palsapa ruknimdan. Osh bo’lsin!

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

06 Nov, 15:34


Азага келган ўз дардини айтиб йиғлайди, деганларидек, Тичер Аъзам ҳам хурсанд. Турмушимиз қувноқ бўлади, деяпти.

Teacher Azam

06 Nov, 15:34


Ва, тан олиш керакки, Аъзам ҳақ. Ўзбекистон Мем қўшинлари аллақачон жанговар ҳаракатларни бошлаб юборган, кўриб турганингиздек.

Teacher Azam

06 Nov, 07:22


Bitcoin oshdi degani Trump yutdi degani-da!

👇 Kanalga ulanish 👇
📱
@teacherazam

Teacher Azam

06 Nov, 06:20


Sieve (siv) - elak, suzg'ich

- tool used for separating solids from liquids or larger pieces of something from smaller pieces.

- to have a memory like a sieve (idiom) -

🤡so'zma-so'z tarjimada elakdek xotiraga ega bo'lish

🤔narsalarni tezda unutadigan insonlarga nisbatan ishlatiladi.

- if you have a memory or mind like a sieve, you forget things very easily.

Teskarisi esa - to have the memory of an
elephant 🐘

ps. kimni aytardi shu gapni ko’p? u qulog’ingga kirib, bu qulog’ingdan chiqdimi?

👇 Kanalga ulanish 👇
📱
@teacherazam

Teacher Azam

05 Nov, 13:25


🇮🇳😂 Bemorda hindcha kovid aniqlanibdi. Shifokorlarning o'ylashicha bu xavfli emas ekan...

("Mem faktor" 5-sonidan parcha)

🔺 To'liq video Teacher Azam YouTube kanalida!

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

05 Nov, 09:01


Audiokitoblar haqida ikki og'iz

🎧 Biror yangi kitobni sotib olishdan oldin u haqida ''goodreads''dagi reviewlarni yoki Wikipediyadan o'qib chiqing. Keyin esa audiobookini eshitib ko'ring. Shu yo'sin, o'qishga arziydimi, yoki yo'q, bilganimdan so'nggina kitobni sotib olib o'qisangiz bo'ladi. Kitob javonimdagi deyarli barcha kitoblarim ayni shu chig'iriqdan o'tsa afsuslanadigan kitobingiz kam bo'ladi.

🙆 Shunchaki audio bilan cheklanib qo'ya qolsakchi? Bir marta eshitib chiqqandan keyin ham yana boshqattan o'qib chiqishni nima keragi bor? Keragi bor. Chunki bu ''analitik mutolaa'' deb ataluvchi murakkab mutolaa jarayonining bir qismi. Ya'ni, bu bilan tez vaqt ichida qo'lingizdagi kitob haqida umumiy tushunchaga ega bo'lishingiz mumkin. Bunda, detallarga e'tibor bermasdan umumiy argumentlarni diqqat bilan tinglab ketaverasiz. So'ngida esa, sizda kitob haqida yaxlid tasavvur shakillangan bo'ladi. Ana endi kitobni sinchkovlik bilan o'qib chiqishingiz mumkin. (''Analitik mutolaa'' haqida ''How to read a book'' asarida to'liq o'qishingiz mumkin)

🤓 Undan tashqari, audio tinglaganda kitobni to'liq tushunish ilojsiz. Bunga sabab, audio tinglash paytida har doim ham fikrlaringizni qayd qilish, kitobning muhim joylarini belgilash imkoni yo'qligidir. Shu sababdan audio kitob tinglash haqiqiy kitob o'qigandan ko'ra passivroq jarayon va shuning uchun ham nisbatan kamroq ma'lumot esingizda qoladi.

🕺 Nima qilganda ham, audiokitoblar qulay va tinglash maroqli. Ammo, faqat audio bilangina cheklanib qolmay, kitobni o'zini ham qayta o'qib chiqish lozim (agar shunga arzisa)

🫵🏻 Sizga qay biri qulay? Audio kitobmi yoki qog'oz kitob?

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

05 Nov, 07:23


Stand-upga qiziqadigan tomoshabinlarimiz uchun ajoyib konsert olib keldim!

https://youtu.be/v0kqHzeUmyE?si=jBtl7U0RzSf13JMB

Teacher Azam

04 Nov, 10:05


🎃 Bilasizlar, yaqinda Hallooween bo’ldi.

Bu bolakay Donald Trumpni parodiya qilishni yorvoribdi. Har bitta qo'l harakatalari, gapirish va intonatsiyalari zo’r chiqibdi.

✍🏻Baho berilar. Izohlada yozib qoldirilar.

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

04 Nov, 06:53


O’zbekcha Ielts topshirdim!

Bekzod aka bilan o’zbekcha Ielts topshirgan edim. Bu bir xamir uchidan patir. To’liq podcast esa endi chiqadi. Ungacha yoqimli tomosha!

https://youtu.be/xf9LgqUb5rs?si=oQTQpc8UawnEg5nD

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

02 Nov, 04:25


Sizga 2 ta yangiligim bor!

1-yangilik. Sevimli ko'rsatuvingizning nomi o'zgardi.

Kulib-o'rgan
✔️ Mem faktor

2-yangilik. Mem faktorning 5-soni hozirgina YouTube'ga chiqdi. Yangilik o'qib o'tiravermay quyidagi havola orqali videoga o'ting!

📹 Mem faktor 5-soni

💬@teacherazam

Teacher Azam

02 Nov, 03:52


🔵 “Nasaf” chempion!

Vanihoyat ajdarlar o’z tarixida ilk marta Superliga chempionligini qo’lga kiritdi! Barakalla, yigitlar! Qashqadaryo viloyatining 100 yilligiga ajoyib sovg’a bo’ldi.

“Nasaf” muxlislarini chempionlik bilan tabriklayman!


👉 @xushnudbek 👈

Teacher Azam

01 Nov, 12:55


Oktabr oyi oʻz nihoyasiga yetdi va biz anʼanaga sodiq qolgan holda dunyoviy va liberal qatlamga mansub ijodkorlar, olimlar va blogerlarning kanallarini tavsiya qilamiz. Ushbu kanallarda dolzarb mavzulardagi postlar, qiziqarli fikr va mulohazalar hamda manfaatli kontent mujassam. Qulaylik boʻlishi uchun barcha kanallarni bitta havolada toʻpladik. Havola orqali barcha kanallarga aʼzo boʻlishingiz mumkin

@texnoplov

Teacher Azam

01 Nov, 12:03


#NQE
#podcast

Siz bilmagan Davron Fayziyev | Teacher Azam, Davron Fayziyev, Kunduziy

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

01 Nov, 09:00


Zenofobiya - o’rnashing. Jiddiy gaplashamiz.

🗣️ Zenofobiya - shaxsning o'zi mansub bo'lgan guruh yoki madaniyatga begona bo'lgan boshqa guruhlar va ularning g'oyalaridan hayiqishdir. Ushbu ongosti hodisasi kishini o'zi sezmagan holda irratsional qarorlar qabul qilishga majbur qiladi. Zenofobiyaning asosiy sabablaridan biri muayyan jamiyatda shakillangan dogmalarning inson psixikasiga kuchli ta'sir o'tkazishi bilan bog'liq. Bunda kishi o'zi mansub bo'lgan jamiyat dogmalarini absolyut haqiqat deb qabul qiladi, ularni mantiqiy tahlil qilishdan qochadi.

🤯 Bularni yozishimdan maqsad oxirgi paytlarda ko'p kuzatganim - ko'pchilik yurtdoshlarimizning yangi g'oyalarga nisbatan o'ta keskin bildirayotgan reaksiyalari bo'ldi. Hali bunday g'oyalarni to'liq tahlil qilmay, hatto nimaligiga qiziqib ham ko'rmay o'zlarining dogmatik mantiq tarozilarida o'lchab hukm chiqarishga shoshilishadi. G'oyaning asl mohiyati, maqsadi, ma'no-mazmuni haqida o'ylab ham ko'rishmaydi. Hech narsa absolyut emas, aksincha barcha narsa nisbiy ekanligini doim ham o’ylab ko’rishmaydi. Natijada ba'zi g'oyalarni absolyut haqiqat, ba'zilarini esa absolyut bid'at deb qabul qilishadi. Bunday holatlar ikkala tarafda ham birdek kuzatiladi: dindorlar sekulyar g'oyalardan, sekulyarlar esa aqiydaviy ilmlardan hayiqishadi. Biroq, ularning hadiklari doim ham mantiqga asoslanmaydi.

🆘 Zenofobiya, har qanday ko'rinishda bo'lmasin, insonni erkin fikrlashdan to'suvchi eng katta illatdir. Bunga qarshi kurashishning yagona yo'li - to'g'ri tashkil etilgan ta'lim, aniqrog'i ''mantiqqa asoslangan'' fanlarini qayta amalga tadbiq etish. O'z nomi bilan kishini erkin fikrlashga o'rgatuvchi, uning ongini har xil dogmalardan ozod etuvchi fanlar to'plamidir. Qachonki kishilar ongi ozod bo'lsa, shundagina jamiyatda totuvlik va hamkorlik rivojlanadi, umumiy garmoniya hosil bo'ladi.

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

31 Oct, 07:56


👌🏻 Juda ko’p so’risila ochiqlayman

👀 E’tibor bergandirsiz qandaydir kino yoki seriallarni tavsiya qilganda uni qattan ko’rish mumkinligi bo’yicha har xil saytlarni havola qilib qo’yib ketmaymiz. Chunki ular norasmiy, o’g’irlangan va qaroqchilik mahsuloti hisoblanadi. Bu narsani targ’ib qilolmayman.

🤷🏻‍♂️ Qayerdan va aynan rasmiy saytlardan ko’rish mumkinligi bo’yicha ham aniq ma’lumotga ega emasman. Uni endi o’zingiz obuna bo’lgan platformadan qarab ko’rishingiz kerak bo’ladi. Va o’zi bu turdagi postlardan maqsad mana bu yerda shunday kino bor deb emas balki shunday asar bor deb tanishtirish. Va o’zingizni “wish list” aniqroq must watch ro’yxatingizga qo’shib qo’yish uchun.

📺 Venom bilan Joker ko’rdilami?

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

30 Oct, 07:52


Nime unaqa 3-4 soat uxlisila?

*lekin student bo’sela, rostan dars qisela tushunvorse bo’ladi😅

🤯 Kunlik 6 yoki 7 soatdan kam uyqu immun tizimni ishdan chiqaradi hamda rak kasalligi xavfini 2 barobarga oshiradi. Bundan tashqari normada uxlamaslik Altsgeymer kasalligini rivojlantirishda yaxshigina ozuqa bo’ladi.

🧊 Hafta davomida normadan kam uxlash - tanadagi shakar darajasini ishdan chiqaradi va bu o’z-o’zidan diabetni olib keladi.

🍔 Aytgancha, charchaganingizda ko’p yeyishingizni allaqachon payqagandirsiz? Kam uyqu gormonlar ishlashini o’zgartiradi, bu esa tolliqanda qorin ochishiga olib keladi.

💀 Shunday gap bor qancha kam uxlasang hayot chizig’ing shuncha kamayaveradi”. “O’lganimda uxlayman”, degan ibora oramizda juda mashhur. Xavotirga o’rin yo’q. Hayot tarzingiz va uyuq rejimingizni izga tushirmas ekansiz, ketishingiz yaqin‼️ Shunday ekan uyqungiz ham.

Aytgancha, mana shu kitobda batafsil yoritilgan. Tavsiya qilaman🙂‍↔️
“Why We Sleep” by Matthew Walker, PhD

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

30 Oct, 05:23


Kimdirga tegib ketmadimi?👀

Necha soat uxlisila o’zi? 🛌

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

28 Oct, 15:06


🚀 Englify Maktabida yangi IELTS guruhlariga qabul ochildi.

- Platformadagi Teacher Azam tomonidan o'tilgan darslar.
- Platformadagi darslarni istagan vaqtda ko'rish imkoniyati.
- Haftada 3 marta 80 daqiqadan zoom orqali jonli darslar.
- Darslar hammaga qulay vaqtda 21:00 dan keyin boshlanadi.


Englify sizga uyda yoki ishda bemalol ingliz tili o'rganish imkoniyatini taqdim etadi.

📅 Darslar 4-noyabrdan boshlanadi, joyingizni band qilib qo'ying.

👇 To'liq ma'lumot olish va kursga ro'yxatdan o'tish uchun.

🔗 @iamxasan accaountiga yozing.

📞 +99878 113 69 69 qo'ng'iroq soat 08:00 - 20:00 vaqt oralig'ida
.

📲 @englifyschool

Teacher Azam

28 Oct, 07:12


​​⚔️ Shu kunlarda Avatar: The Last Airbender haqidagi afsona animation serialini ko’ryapman. Hozir 2-mavsumni o’rtalariga keldim. Bu serialni 65-70% ni ko’rdim degani.

🧪 Xulosalarim shundayki, bu kabi seriallar yoshlar uchun qadriyatlar tizimini yig’ishga, insoniy qadriyatlar, o’zaro mehr, do’stlik, tinchik va tinchlik parvarlik qadriyatlarini singdirishda juda ham muhim ekan. Xohlardimki, albatta o’zimizning milliy qadriyatlar va milliy g’oyalarimizni singdiradigan filmlar qatorida mana shunday muayyan bir mamlakatni g’oyasini singdiradigan emas umuminsoniy qadriyatlarni singdiradigan, filtrdan o’tgan mana shunday matreallarni o’zbek tiliga tarjima qilib hamma joyda ko’rsatilishi shart deb bilaman. Man juda ham xohlardim har bir o’zbek bolasi mana shu seriallarni ko’rib katta bo’lishini va bu bilan biz ko’plab muammolarni hal qilgan bo’lardik.

🏃‍➡️ Ishonaszmi, necha yil davomida IMDB reytingida avatarni juda ham baland baholanganini ko’rib hayron qolardim. Ya’ni qanaqasiga bu multfilmda bunday baland bo’lishi mumkin deb?! Mana hozir ko’rib tushunyapman negaligni…

O’zizam ko’ring. Jiyanlarizgayam ham tavisya qiling.

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

26 Oct, 14:36


Ko’pchilik mana bu videoimni ko’rmay qolibdi
Do’stlar bu informatsion urush😁
Agarda fikringiz bo’lsa albatta youtubega kirib fikringizni bildiring🔥

Teacher Azam

26 Oct, 06:22


https://youtu.be/JZio5twlqys?si=CZ0WzAVjTGeakxeM

Teacher Azam

26 Oct, 05:04


Hammaga salom, 4-5ta so’rovnoma qilsak va kanalda kimlar va qanday odamlar obuna ekanini bilsak, sizga qiziq bo’larmidi?

Teacher Azam

24 Oct, 10:38


#NQE
#podcast

Televideniya treshmi?|Teacher Azam, Konsta, Kunduziy

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

24 Oct, 07:33


​​Momentum va prokrastinatsiya

🪄 Fizikada "momentum" degan atama bor. Biror jismni harakatga keltiruvchi kuch. Ba'zan, bizga aynan manashu momentum yetishmay qoladi. Biror ishni qilishni juda xohlaymiz yoki qilishimiz zarur. Lekin, bunga na kuch, na motivatsiya topolmay qolamiz. Bu holni ayniqsa dars qilish payti kuzatish mumkin. Xo'sh, qanday qilib momentum yaratsa bo'ladi?

💪🏻 Momentum ko'p hollarda biror ishni uddalaganimizdan so'ng o'zimizga nisbatan ishonch paydo bo'lishi bilan boshlanadi. Nimanidir uddalay olishimiz keyingisiga o'tishga ishtiyoq va energiya beradi. Shuning uchun, avval oson yumushlarni tugatib, qiyinlariga o'tish yaxshi natija berishi mumkin. Undan tashqari, qiyin va yirik yumushlarni birinchi qilishlik bor energiyamizni sug'irib olishi va keyingi mayda ishlarga yetmay qolishi mumkin.

5️⃣ Shuningdek, biror yumushni boshlolmayotgan paytda "shunchaki 5 minut qilaman, keyin to'xtataman", deya ishga kirishish o'z-o'zidan momentum yaratadi va "5 minutgina"ga deb boshlangan ishga kirishib ketib qolganingizni sezmay ham qolasiz.

😝 Rasmda teskarisi

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

23 Oct, 08:55


Mana shunaqa qivotgan blogerlarni, odamlarni hayolida ula yaxshi ish qvomman dib o’ylidimi? 🤔
Umidim komentda edi, chunadigan, farosatli odamla bor dib o’ylab kirudim, afsus hamma 👏 mashindan berib yotibdi!
Balki sizam o’ylavotgandirsiz to’ri yaxshi ish qvottiku dib, lekin bu qvotgan ishi bilan qaytangi shu biznessi rivojlanishiga yanada ko’pro obyem chiqarishiga sababchi bo’mayaptimi mabodo?
Kaneshnaaa bo’votti! Chunki u pulini 💵 to’lab ovotii u pulli ichida sotuvchini, ishlab chiqaruvchini o’zi umuman shu maxsulot shu joyga kegunigacha bo’gan hammani foydasi bor!
P.S 15 yoshimgacha manam shunaqa qlaman, aroqlani sindirib tashiman dirdim yana qaytaraman 15 YOSHIMGACHA!

Teacher Azam

23 Oct, 05:30


“Dangasalik” chindan mavjud tushunchami?

🤏🏻Qisqa javob: Yo'q, dangasalik mavjud emas. Buni fan ham rad etadi. Bu shunchaki, chuqurroqda yashiringan ruxiy hastalik va buzilishlarning ko'plab tashqi simptomlarini jamiyat tomonidan noto'g'ri talqin qilinishi, xolos.

🤚🏻To'liqroq: Doimiy havotir (anxiety)dan aziyat chekuvchilar uchun hatto oddiy yumushlarni bajarish ham bir muncha qiyin kechadi. Bunga bir qancha sabablar bor. Misol uchun, "Eplay olarmikinman?!", "O'xshamasachi?!", kabi yomon hayollar (intrusive thoughts), yoki shunchaki yumushning ko'lamidan tez hayiqib ketish (feeling overwhelmed), yoki, ba'zan yumushlarni bajarishga shunchaki quvvati yetmasliklari (fatigue, burnout) mumkin (chunki, bor quvvatlarini yomon hayollar sug'irib olayotgan bo'ladi).

😰Depressiya bilan ham huddi shu narsa, jamiyat tushunmay turib tamg'alaydigan holat - "dangasalik" namoyon bo'ladi. Aslida, hech kim tabiiy dangasa bo'lmaydi. Har kimning nimagadir qiziqishi bo'ladi va ayni shu yo'nalishlarda jahd bilan ishlayverishadi. Ammo, ba'zan depressiya va havotir kabi ruxiy buzilishlar natijasida o'zlari yoqtirgan mashg'ulotlarga ham ishtiyoq so'nadi. Ishga borishga, uy yumushlarini bajarishga o'zlarida turtki ham, quvvat ham topa olishmaydi.

🤗Shunday insonni bilsangiz, uning peshonasiga "dangasalik" tamg'asini bosishga shoshmay, avval tub sabablarini bilan qiziqib ko'ring. Nega ularda ishtiyoq so'ngan? Nega xonalaridan chiqmay yotaveradi? Buning uchun ba'zan, bir oz dildan suhbat qurishning o'zi kifoya.

🫵🏻Bo’taloqlarim man silaga ishonaman. Shunchaki o’zingizni ko’proq o’rganing.

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

22 Oct, 15:02


Loki — bir so’z bilan 2023-yilning “life-action” tarzida eng yaxshi seriallardan biri.

🔝 Serialda esa otasining arzanda o’g’lidan komillikka erishgan asgardlik haqida. Yovuzdan boshlab, qahramonga aylangan personaj. Aynan, shu serial tufayli esa Marvelning eng zo’r yozilgan qahramoni endi Lokiga nasib qildimikin deyman. Soundtreklar top, syujet top, dialoglar deyarli top. Deyarli hamma narsa top.

🤩Ayniqsa Kang bilan bo’lgan suhbat Marveldagi eng zo’r suhbatlardan biri. Kang Mastermind sifatida hammasini o’ylab qo’ygani esa miyani shunchaki portlatib yuboradi. Bunday syujetdagi burilish tufayli serialga muxlis bo’lib, Kang personajiga simpatiyangiz oshadi. Va shu rejani buzgan Lokiga esa cheksiz hurmat bajo etasiz. O’zini qurbon qilishi esa va o’sha yo’lakda o’z vazifasi tomon qadam tashlashidagi har bir soniya o’ziga rom etadi.

Marvel ko’rib turasizlarmi?

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

22 Oct, 08:23


🙌🏻Mana masalan

•I didn’t deserve any of the things I worked for cause I didn’t work hard enough

Yoki omadim keb qoldide deydiganlar uchun I shouldn’t even celebrate this success because it was just some random luck

Hamma bir martta bo’sayam etib ko’radiganidan: If you all really knew me I don’t think you’d like me very much

•What if I’m just faking being a good person and everyone is falling for it?

🫵🏻Buni reframe qilish kerak

Thinking “I’m not good/cool/smart enough”

You are always enough and your fear can’t change that

Endi ham gap tuzomisilami?

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

22 Oct, 05:25


☺️Jaa kamtarona sindrom

Imposter syndrome, imposter phenomenon yoki impostorism

🪄 Ichki qobiliyatini, ichidagi maxluqni berkitib firibgar sifatida fosh qilib qo’yishdan qo’rqib yuradigan odam.

•O’zini haqiqatdan aqlli, daho emasdek his qilganlari uchun boshqalarni aldayapman deb o’ylashadi.

🔺When you haven’t finished writing your book yet and you feel like an imposter.

🫴🏻Iymanib bir chekkada turadigan, shuncha ishni qilib qo’yib unchalik emas deydigan tanishingizga o’xshaydi. Yoki yangi lavozim berilganida yetarlicha qobiliyati yo’qdek his qiladi.

🙌🏻Bu ba’zi-ba’zida hammada ham uchrab turadigan sindrom. Sizda ham bo’lganmi?

👇🏻Gap tuzib qanday bo’lgani haqida yozvorilachi.

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

21 Oct, 15:45


@Lazizhamidov Uy Bozor haqidagi bir-ikki mulohazalari bilan o’rtoqlashibdilar. Yaxshi material bo’lgan. Long read biroz qo’rqinchili ko’rinsa ham o’qib ko’rishga arziydi. Sizga ma’lum mulohazalarni beradi.

Laziz Hamidovni ko'pchiligimiz "Ular" mualliflik youtube loyihasidan, twitterdagi ko'p yillik faolliklaridan, hamda "Lolazor" va bizning jonajon "NQE" podkastlardagi moderatorlik faoliyatlaridan yaxshi tanimiz.
Ushbu kanalni yo’qotib qo’ymaslik uchun obuna bo’lib qo’ying.

Teacher Azam

21 Oct, 15:45


Uylar narxi qulayotgani haqida illyuziya

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda uylarning narxi keskin tushishi haqida gapirayotgan, arzon uylar haqida videolar e’lon qiladigan rieltorlar, makler-blogerlar ko‘payib qoldi. Ularning aksari prosmotr uchun bu mavzuni qayta-qayta olib chiqishga harakat qilishmoqda. Aslida ham shundaymi? Shu maqsadda real bozorni o‘rganib ko‘rishga qaror qildim.

Ha, O‘zbekistondagi tadqiqotchilar keltirgan raqamlarga ishonadigan bo‘lsak, bozordagi oldi-sotdi qisqargan bo‘lishi mumkin. Ya’ni hamma oldingidek, yoppasiga uy sotib olayotgani yo‘q. Ammo bu narx-navoga ta’sir qilgan deb bo‘lmaydi. Qaytanga uylar, ayniqsa yangi qurilgan uylarda narxlar oshishi kuzatilmoqda. Yuqoridagi suratlarda bitta hududda, deyarli bitta joyda joylashgan, bir xil sharoitdagi, bir xil yoki bir-biriga yaqin kvadratdagi, bir xil ta’mirdagi birlamchi va ikkilamchi uylar yil boshidagi va hozirgi kundagi narxlari bilan solishtirilgan. Ulardan ko‘rish mumkinki narxlar tushish o‘rniga aksincha ko‘tarilgan.

Nega qimmat segmentdagi uylarni misol qilib keltiryapman? Chunki agar uylar narxi tushadigan bo‘lsa, bu birinchi navbatda katta kvadratli va qimmat uylarda sezilishi kerak. Chunki kichik kvadratli bir yoki ikki xonali uylarga talab doim yuqori bo‘lib kelgan va uy narxlari qulagan taqdirda ham bu kabi uylarga ta’siri kech seziladi (yoki deyarli sezilmaydi). Ammo siz ko‘rayotgan misollarda ham narxlar nisbatan talab kam bo‘lgan segmentda ham o‘sganini ko‘rish mumkin.

Xo‘sh, unda narxlar pasayib ketgani haqida illyuziyalar qayerdan paydo bo‘lmoqda? Birinchidan, yuqorida aytganimiz kabi bugun tarmoqlarda hayp, prosmotr uchun yangi gap aytish urfga kirdi. Ikkinchidan, uy bozorida oldi-sotdi kamayishi natijasida zarur bo‘lgan odamlar arzonroqqa bo‘lsada uyini sotishga rozi bo‘lishmoqda. Agar bunday sotuvchilar soni 50-60ta bo‘lsa ham hayp qilish istagida bo‘lganlar uchun yetarli bo‘lishi mumkin. Uchinchidan, arzon, shoshilinch sotiladigan uylar har doim bo‘lgan, lekin ko‘pincha ularni ommaga olib chiqishmagan, shunchaki rieltorlar orasida hozir urfga kirgan usulda sotilgan. Ya’ni rieltor o‘zi yoki investori orqali uyni arzonligi uchun sotib oladi va ta’mirlab qimmatroqqa sotib yuboradi. Bugun narx tushdi deb berilayotgan ayrim uylarni shu toifaga kiritsa bo‘ladi.

Yana bir tomoni, o‘sha narx tushgani aytilayotgan uylar qayerda va qanday sharoitdagi ekaniga e’tibor berdingizmi? Aksariyati eski, shahar chetlarida qurilgan, oxirgi qavatlarda joylashgan, yozda issiq, qishda sovuq bo‘ladigan panel (monolit) uylar. Hali birorta e’lonlarda shahar markazida joylashgan 100lab arzonlab ketgan uylarni ko‘rganim yo‘q. Yangi qurilayotgan uylarning narxiku to‘xtovsiz ravishda oshishda davom etmoqda.

Shaharda aholi ko‘paymoqda, tabiiyki bunday jarayonda uyga bo‘lgan talab ko‘payib boraveradi. Talab kamaymayotgan, ipoteka kreditlash davom etayotgan bir paytda uylarning narxi keskin pasayib ketishini kutish noto‘g‘ri, menimcha. Agar uy olishni rejalashtirib yurgan bo‘lsangiz, narxlar qulashini kutmang.

@lazizhamidov

Teacher Azam

19 Oct, 05:42


Nqe podcasti 1 oyga ta’tilga chiqdi.

Bu mavsum borasida tassurotlaringiz qanday? Yangi mavsum uchun qanday takliflaringiz bor?

🍿 Yangi mavsum boshlangunga qadar ko’ra olmagan podcastlaringizni ko’rib chiqing.

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

18 Oct, 06:57


😉Buni hamma ham tushunurmidi.

Tushuntirib beraman. Civilization 5 strategiya o'yinida turli davlatlar liderlari uchun o'ynaysiz va ularning o'z o'ynash
uslublari bor. Kimdir agressiv, kimdir ilm-fanga urg'u beradi. Diniy liderlar va tinchlikparvar liderlar.

😁Ghandi aynan shunday tinchlikparvar qilib "programmalashtirilgan" edi. Ammo qandaydir xatolik tufayli u super agressiv bo'lib qoladi va o'yinning oxirgi bosqichlarida shunday ko’zida qon bilan hammaga atom bombasi tashlaydigan bo’lib qoladi.

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

17 Oct, 11:23


#NQE
#podcast

Peshonangda borini ko’rasan! | Teacher Azam, Nargiz Sattarova, Dilshod Hoshimov

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

17 Oct, 06:53


🪳 Tarakan bilan bir stolda?

Roach - haqoratli slanglardan biri. Nopok, tartibsiz va yomon hidli odamni nazarda tutgan holda ishlatilinadi.

*someone who is unclean, usually unkempt and foul-smelling

No one wanted to room with Billy, he was a roach.
We threw that dirty roach in the shower.

🤫Cardi B Azarbayjonga borganda post qoldiradi. Unda “Laid out like a dead roach” deb yozadi. Lekin bu yerda haqorat emas shunchaki haqiqatdan ham tarakanni nazarda tutgan. Adashib ketmela)

👇🏻Qizu misollar yozib qoldiring.

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

16 Oct, 13:45


#NQE
#podcast

Biz soliq to’lamayapmizmi? | Akmal Mirzo, Troll.uz (Umid Gafurov) Teacher Azam

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

16 Oct, 09:32


Yuqorida jamoat transportlari bo’yicha so’rovnoma qilgan edim.

*longread


Xato va kamchiliklari ko’zga ko’rinar darajada ko’p. Metroda tig’iz vaqtlarda ya’ni ishga ketish va qaytishda juda gavjum bo’ladi.

🚊 Lekin metro avvalgidan yaxshiroq bo’lishi uchun qilingan ishlar ham bor. Masalan yerosti metrosida internet tugul antena ham bo’lmas edi. Hozir esa bu ikkisi ham bor. Doimiy navbatda turishlar ham qulaylashtirilgan. Kartalar yordamida elektron to’lash imkoni mavjud. Hattoki 1 soatlik narxini tushurib boruvchi ta’rif kartalari ham yo’lga qo’yilgan. Belgilangan vaqtda bir necha transportdan foydalanish evaziga. Yo’l metro bilan boshlansa 1.700 so’m ikkinchi transport aftobusga esa 1.100 so’m uchinchi transport uchun 700 so’m qolgani esa tekin.

‼️Bir nechta qulayliklarni sanab mana qarang zo’r ketyapti deb o’zimizni o’zimiz ovutishimiz kerak demoqchi emasman. Davlat bilan fuqorolarni muloqoti yangi darajaga chiqdi. Fuqorolar foydalanishi kerak. Va endi 2 ta narsa qilish kerak. Birinchisi mas’uliyat his qilib jamoat transportlarida intizom va o’zaro hurmat o’rnatish. Ikkinchi qiladigan ishimiz heytlarsiz, aniqlik bilan yana nimalarni o’zgartirishimiz kerakligi bo’yicha aniq takliflarni berishimiz kerak.

✍🏻O’zingizni kichik telegram kanalingiz post tarzida yozib qoldirishingiz yoki Instagram, Facebook izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin. Transport Vazirligi Instagram sahifasiga to’g’ridan-to’g’ri yozish kerak. Hatto Atto programmasida avtobuslardagi QR kodni screen qilib taklif yozsa ham bo’lar ekan. Yozing. Yuboring.

💡Yaqinda bittasi ish berdi. “Odam ko’pligidan havo yetmaydi” deb yozishgan ekan 2025-yilda o’zgartirilar ekan. Havo aylanish tizimni yengilashvotgan ekan. Ya’ni biz so’ravoladigan payti keldi. Faqat to’g’ri va aniq yondashgan holatda.

👇 Kanalga ulanish 👇
🍏 @teacherazam

Teacher Azam

15 Oct, 16:25


Teacher Azam pinned «Brbalo productiondagi yigitlar bo’yicha xech narsa yozmagandim. Bugun xabar chiqdi, ularni qo’yib yuborishibdi (15 sutkaga qamoqga olingan edi). Bu umid beradigan yangilik, ochig’i o’shanda yigitlar hazil videosi tufayli bir mahalla oqsoqoli arizasi bilan…»

Teacher Azam

15 Oct, 16:21


Brbalo productiondagi yigitlar bo’yicha xech narsa yozmagandim. Bugun xabar chiqdi, ularni qo’yib yuborishibdi (15 sutkaga qamoqga olingan edi). Bu umid beradigan yangilik, ochig’i o’shanda yigitlar hazil videosi tufayli bir mahalla oqsoqoli arizasi bilan qamalganini eshitib nahot biz yana ortga qarab ketayapmiz deb o’ylanib qolgandim.

Bu nima degani, gap shundaki, ijod erkinligi ta’minlanishi kerak. Agarda bu ijod jamiyatga yomon ta’sir qilsa o’sha jamiyat a’zolari o’zlari unga hukm chiqarishsin(kontentini ko’rmay, tanqidiy izoh yozib)

Lekin ularni olib borib qamash bu so’z erkinligiga putr yetkazadi. Shunday ekan kontentingizni o’zingiz tanlang, yoqmasa asosli tanqid qiling. So’ksangiz ham mayli, lekin qamamang))

Kanalga ulanish👇
@teacherazam

Teacher Azam

15 Oct, 14:30


🎙️NQE podkastining navbatdagi mehmon Teacher Azam

💥Davlat propagandasi, filmlar, mol boqqani va sevimli o’yinchog’i haqida

🎞 https://youtu.be/1OsyMHDcyWk

🔥Hozirgina tandirdan uzilgan issiqqina podcastni issig’ida tomosha qilgan ma’qul!

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

15 Oct, 08:58


Nqe’da larzaga soladigan yangi mehmon 🔥

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

13 Oct, 01:50


So’rovnoma natijalari meni hayron qoldirmadi. Kutilganidek ko’pchilik har kuni metrodan foydalanadi. Endi keling izohlarda metro tizimidagi kamchiliklarni yozamiz. So’rardimki bitta izohda barcha fikrlaringizni aniq va lo’nda izohlaysiz))

Teacher Azam

09 Oct, 13:01


🔥Nobel mukofoti sovrindori bilan uchrashish imkoni

🤩Avvallari Nobel mukofoti sovrindorlarini faqat televizorda ko'rar edik. Endi o'zi bilan uchrashish va yetmaganiga ma'ruzasida qatnashish imkoniga haam ega bo’lishingiz mumkin.

Toshkentga fransiyalik taniqli olim, Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirol kelayotganini eshitib bizdagi imkoniyatlar ochog’i qaynayotganidan xursand bo’ldim.

Eng mazali joyi. Ma’ruza mavzusi muazzam tanlanibdi. Insoniyat muammolarini umri davomida o'rgangan olimdan Xalq farovonligiga erishish borasida ma'ruza tinglash menimcha hammaga qiziq bo'ladi.

🎫 Biletlar shu yerda!

Teacher Azam

08 Oct, 14:25


🎙️NQE podkastining navbatdagi mehmoni Eldar Asanov

💥Rimning merosxo’ri, Jo’shqin imperiya va tarixga doir o’yinlar haqida

🎞https://youtu.be/odf10g-6TqE

🔥Hozirgina tandirdan uzilgan issiqqina podcastni issig’ida tomosha qilgan ma’qul!

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

07 Oct, 05:26


👀Gollum kim endi?

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

05 Oct, 06:15


#NQE
#podcast

90-yil xitlari, Mifologiya va Michael Jackson | Javlon Asatullayev, Nodir Nishonov, Teacher Azam

👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

03 Oct, 09:25


Aynan shunaqa izohlarni kutgandim. 🫠

Podcast suratga olish jarayonlari tugaganidan keyin Teacher bilan bir-birimizga qarab: "Davron akani yangidan kashf qildik" deb aytgan edik. Tomoshabinlar ham shuni sezgan bo'lishsa, demak mehnatimiz besamar ketmabdi.

Ko'rishga arzigulik muazzam podcast bo'lgan: https://youtu.be/yySD4K-JC7o?si=mszNq7yYmz_MBYeo

@kunduziy

Teacher Azam

02 Oct, 17:02


#NQE
#podcast

Qo'rqoqlik, kambag'allik va Open budget haqida | Rasul Kusherbayev, Teacher Azam, Laziz Hamidov


👇 Kanalga ulanish 👇
📱 @teacherazam

Teacher Azam

02 Oct, 15:02


Win-win taklif degani shunaqa bo'ladi

$14.000 grant yutib 1 yil tekinga o'qish imkoniyatini taklif qilishyapti.
Bu orqali kuchli mutaxassis bo'lib xalqara IT kompaniyada karyerangizni davom ettirishingiz ham mumkin!

Ya'ni kimdir (hechqanday xarajat qilmay) bir sohaning ustasiga aylanib hayotini o'zgartiradi.

O'qish so'ngida kafolatlangan ish bilan taminlasharkanam😎

Agar qiziq bo'lsa 👉uicgamesni kanalini kuzatib turing, yaqin kunlarda grant e'lon qilishadi.

💬@TeacherAzam