Abdulbosit Mirvali o'g'li @abdulbasitvakhidov Channel on Telegram

Abdulbosit Mirvali o'g'li

@abdulbasitvakhidov


• 15 yillik tajribaga ega mebelchi
• Mebel fabrikam @korkfurniture
• Mebel haqida yangiliklar @mebelium_uz

Shaxsiy blog.

Abdulbosit Mirvali o'g'li Telegram Channel (Uzbek)

Abdulbosit Mirvali o'g'li Telegram kanaliga xush kelibsiz! Bu kanalda Abdulbasit Mirvali 14 yillik tajribaga ega mebelchi, Selfmade TOP yosh tadbirkorlar klubi a'zosi, Yurak Amri xayriya fondi a'zosi, @korkfurniture va @mebelium_uz asoschisi tomonidan olib borilayotgan yangiliklar, tajriba, va maslahatlar bilan tanishishingiz mumkin. Kanalda shaxsiy bloggi ham mavjud. Agar siz mebelchilik sohasida yangi ma'lumotlar olishni istasangiz, Abdulbosit Mirvali o'g'li kanaliga obuna bo'ling va hayolingizdagi mebel dizaynini yaratishda yordam oling!

Abdulbosit Mirvali o'g'li

24 Jan, 07:48


Bolalar mebelini tanlayotganingizda quyidagi 3 ta eng muhim narsaga e'tibor bering:

1. Salomatligiga zararsiz bo'lsin.
2. Bolani rivojlanishiga sabab bo'lsin.
3. Bolaning xavfsizligi birinchi o'rinda bo'lsin.

Mebel faqat uxlatishga emas, uyg'otishga ham xizmat qilishi kerak!

👉🏻
@abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

19 Jan, 10:14


Kimlarni uyg'oq deb bilasiz?

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

17 Jan, 16:54


Afsuski buni ko‘rib yoki hidlab ajrata olmaymiz🤦🏻‍♂️

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

16 Jan, 14:18


Chet eldagi ko‘rgazmalardan maksimal foyda olishingiz uchun tavsiyalar

1. Yurtdoshlar bilan yurtda gaplashaverasiz. Boshqa yurt fuqarolari bilan gaplashishga urining. Til bilmasangiz tarjimonlar bor (google, yandex, GPT).

2. Ko‘rgazmaga yaqin joydan mehmonxona oling. Vaqtingizni tejaydi.

3. O‘zingizga tushuntiring. Qiziqarli va foydali narsalarni ko'rsangiz o'zingizga video shaklda tushintiring. Shaxsiy blogingiz bo'lsa ulashib boring, bu yaxshiroq tushinishingizga yordam beradi.

4. Ko‘rgazma aylanishdan muhim. Agar shahar aylanmoqchi bo'lsangiz, ko'rgazmadan keyingi kunga rejalashtiring.

5. Pover bank esingizdan chiqmasin.

6. Guruh bo'lib yurish, vaqtni yoqotish. Bir-biringizni kutib qolasiz, ko'p joyni aylana olmaysiz.

7. Savollar bering. Savollar yangiliklarni o'rganishni osonlashtiradi. To'g'ri savollar berish 10x osonlashtiradi. To'g'ri savollar berishni Parallel muhitdan o'rganishingiz mumkin.

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

13 Jan, 13:12


O'zimiz podkastimizning navbatdagi mehmoni "Najot Ta'lim", "Robbit" va "Lola Animation" loyihalari asoschisi Temurbek Adhamov bo'ldilar.

Suhbat davomida: yoshlardagi asosiy muammolar, bolalarning telefondan chiqa olmay qolishi, ijtimoiy tarmoqlar ta'siri va ota-onalarga tavsiyalar haqida dildan gaplashdik.

Maroqli tomosha qiling: https://youtu.be/l1_3GPD2U_I?si=D6QWH7DJ5gF6XuQb

Abdulbosit Mirvali o'g'li

09 Jan, 16:13


Bu «MEBELCHI IZLAGAN KITOB»ning mundarijasi📖

Tanishib chiqib, o'zingizga kerak deb bilsangiz xarid qilishingiz mumkin.

Kitob elektron shaklda hamda lotin va kirill alifbolarida😊

🛒 XARID QILISH

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

08 Jan, 14:53


Endi «Mebelchi izlagan kitob»ni bot orqali xarid qilishingiz mumkin😊

👉🏻 @Mebelchi_izlagan_kitob_bot

P.s: Aytgancha Botni o'zim yasadim. ChatGPT va Python yordamida😅

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

07 Jan, 11:43


Yozish = Uchish

Keling hozir bir ish qilamiz.

Telefoningizning «Заметка» dasturiga kiring.

Sariq rangning inson kayfiyatiga ta'siri haqida qisqa maqola yozing.

Yoza oldingizmi?

Katta ehtimol bilan sizda bu bo'yicha ilm bo'lmasa veb-saytlardagi maqolalar, ChatGPT, ilmiy videolar va kitoblardan ma'lumot qidirishga tushdingiz.

Shogirdlarimga yozishni o'rganish bo'yicha ko'p topshiriq berishimning sababi mana shu:

Yozish uchun o'qish kerak.

O'qimasak ilm ololmaymiz, chunki ilmning sarasi o'qib olinadi.

Insonlar ilm bilan ucha olishdi.

Demak formula quyidagicha:
Yozish = O'qish = Ilm = Uchish

Telegram kanalimni yuritishimdan maqsad aslida o'qish.

Endi muhim topshiriq:
Qaysi soha vakili bo'lsangiz, ham hoziroq o'zingizning telegram kanalingizni oching va birinchi maqolangizni yozing.

Kanalingiz havolasini shu post izohiga yozing. Men hammasini o'qib chiqaman.

Qani ketdik✊🏻

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

07 Jan, 07:13


Bugun do'stim va ustozim Bekzod Samig'janov (Safia qandolat uyi asoschisi) yog'ochsozlik klubimiz uchun ajoyib trening o'tib berdilar.

Juda ko'p narsalar o'rgandik. O'sishimiz uchun sabablardan qilsin🤲🏻

Do'stim Bekzodga ulkan zafarlar tilab, tashakkurmini izhor qilaman.

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

05 Jan, 19:27


Yong'in!

Andijon viloyati, Shaxrixon tumanidagi mebel do'konlarida yong'in chiqqani xabarini eshitdim.

Sinov kelgan sohadoshlarimizga o'zi yengillik bersin.

Biror xizmat bo'lsa tayyormiz.

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

04 Jan, 13:29


Mijozga mahsulot narxini berish uchun «Tijorat taklif» shabloni🖇

Mijozlar o'zlariga e'tibor berilishini xohlaydilar. Narxni bunday tartibda taqdim qilishimiz, mijozlarga e'tiborimizni anglatadi va ularning oldilarida mebelchilar hurmati oshishiga sabab bo'ladi.

❗️Shablon Excel formatida va kompyuterda ochishga mo'ljallangan. Logotiplarni o'zingiznikiga o'zgartirgan holda foydalaning

Ichida qo'shimcha tavsiyalar ham bor, saqlab olib foydalanishingiz mumkin.

Bundanda foydali ma'lumotlarni o'tkazib yubormaslik uchun kanalimga a'zo bo'lishni unutmang😊

👉 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

02 Jan, 08:43


2025-YIL TREND RANGI

PANTONE ranglar instituti 2025-yil rangi sifatida «Mocha Mousse» (PANTONE 17-1230) rangini tanladi.

Avvalgilariga qaraganda ancha yoqimli ekan.

Qahva, kakao, shokoladni eslatayapti.

Menga yoqdi👍🏻

Sizgachi?

👉🏻 @mebelium_uz

Abdulbosit Mirvali o'g'li

31 Dec, 16:18


600,000$ ni yarim yilga qolmay kayfu safoga ishlatib yuborgan bola hikoyasini aytib berishdi.

O'zimdan so'ng farzandlarga qoldirishim kerak bo'lgan eng muhim narsa ta'lim va tarbiya ekanini yaxshiroq tushunib yetdim!

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

31 Dec, 06:14


Ishlarim pachava

Vatandoshlarimga katta yordam beraman degan maqsadlarim bor edi.

Sohamdagilar rivojlanishi uchun yordam beraman degan rejalar qilgan edim.

O'rganishim shart bo'lgan ilmlar ko'p edi.

Ota-onam uchun katta sovg'alar bermoqchi edim.

Ibodatlarimni yaxshilashni niyat qilgan edim.

O'xshamadi...

Bir yilimni boy berib, tushkunlikda turgan holimda meni tabriklashayapti.

Yilimni behuda o'tkazganim bilan-mi!?

Tushunmadim to'g'risi...

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

27 Dec, 08:53


Ko'zi ko'rligini bilmagan edim

Bir odamga Ibn Xaldunning "Muqaddima" kitobini o'qishimiz kerak desam.

U kitobni *Falon domla maqtaganidan beri yoqtirmay qoldim deydi.

Baraka topgur! Usha kitobni Germaniyaning Frankfurt shahridagi eng katta kitob do'konidan (Hugendubel) so'radim.

Qolmagan dedi.

Qolmaganmi yoki kam sotilgani uchun olib kelmaysizlarmi deb so'radim.

Sotuvchi u ko'p sotiladigan kitob, tez tugaydi dedi.

Sen Falon domlani yomon ko'rib ilmdan yuz o'girayotgan bir zamonda, butun boshli G'arb shu kitobni talashib sotib olib o'qiyapti.

Kimgadir bo'lgan g'azabimiz yoki muhabbatimiz bizni ilmdan to'sib qo'yishining oqibati nima bo'ladi?

Ko'zimizni ochsakchi qadrdonlar. Yuksalishga ilmdan boshqa yo'limiz yo'q axir🥲

*Falon domlaning ismlarini aytmasam ham ko'pchilik taniydi

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

26 Dec, 04:37


- Zo'r mebel ustasini qanday ajrataman?

- Uning qaysidir barmog'i bo'lmaydi.

P.s: Oilamni boqaman deb barmog'ini yoqotganlar, men uchun qahramondir.

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

22 Dec, 12:20


Yaqin do'stimiz Abdulboriy Qodirov rahbarligidagi "Ricomel beverages" (Dinay) kompaniyasi yangi mahsulot - metall qadoqdagi tabiiy sharbatli ichimliklarni taqdim etdi.

Mazasi ajoyib. Tatib ko'rib o'zingiz baho bering!

Abdulboriy yana bir manfaatli loyiha boshlagan. Qadriyatli, rivojlanishni istovchi yigit qizlarni shogirdlikka taklif qilamiz.

Talablar:
🔹 Toshkent shahrida to'liq ish kunida ishlay olish
🔹 Kelajakda o'zini biznes, boshqaruv sohasida ko'rish
🔹 Liderlik, o'rganuvchanlik ko'nikmalari
🔹 Yosh chegarasi: 19-25 yosh
🔹Ingliz yoki rus tillarini bilish afzallik beradi

Taklif qilamiz:
🔸O'sib boruvchi oylik maosh
🔸Bepul tushlik
🔸Haqiqiy yirik kompaniyada amaliyot
🔸Doimiy menejmentni o'rganib boradigan ahil jamoa
🔸Ma'lum vaqtdan keyin mustaqil loyiha

❗️Qiziq bo'lsa mana bu formani to'ldiring. Sizga aloqaga chiqishadi.

Abdulbosit Mirvali o'g'li

22 Dec, 04:32


So'zlaring pulga aylanadi

Men tengilar yaxshi pul topib, istagan narsasini sotib olishyapti. Men ham pul topishni istayman, dedim ustozimga.

Sen Alloh uchun ilm olgin, har bir so'zing pulga aylanadi dedilar.

Kecha bir aka bilan shunchaki gaplashib o‘tirdik. Yakunida qo'limga pul tutkazib, bu bergan maslahatlaringiz uchun dedilar.

Ustozimning gaplari haq bo'ldi.

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

21 Dec, 06:35


Solih erini aziz qilmagan ayolning, aziza bo'lganini ko'rmadim.

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

20 Dec, 09:53


Bolaligimda shunday yurar edingiz, qariganimda ham shunday yuring.

Suyanchig'im mening!

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

19 Dec, 18:53


Kamroq ishlaylik

3 ta viloyatda mebelchilar bilan uchrashdik.

Ko'zlari yonib turganlarni, qobiqni yorib o'tganlarni va uchmoqchi bo'lganlarni ko'rdim.

Umid bor...

Sohamiz rivojlanishiga ishonchim oshdi.

Faqat kamroq ishlashimiz kerak.

Ko'proq o'qish vaqti keldi.

«12 soat emas, aql bilan ishlash kerak» degan edi kimdir.

👉 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

19 Dec, 11:43


30 yillik umrim ko'z oldimdan o'tdi🥲

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

18 Dec, 08:46


Halovat, halovat beruvchining huzuridan topiladi.

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

12 Dec, 12:49


Ikkita podkastni ko'rib tugatdim va ulardan olgan foydalarim bilan bo'lishmoqchiman.

Birinchisi:
Zafar Hoshimov (Korzinka asoschisi)ning Gashtak loyihasidagi podkasti

- Xodim xato qilsa uni rag'batlantirish kerak. U sizning 1000 ta gapingizdan ko'ra bitta xatosidan ko'proq narsa o'rganadi. Sharti u xatosidan o'rgana olishi kerak.
- Xato sodir bo'lsa aybdorni izlashga emas, sababini izlashga harakat qilishimiz kerak.
- Ko’p xato qilmaslik uchun, biznes egasi maslahat qilishi kerak.
- O’zingiz bo’lib yashang. Qolip va niqob (maskalar)dan qochish kerak.
- Birovning hayotini yashab nima qilasan? O’zing bo’lib yasha.
- Kitob doktorning retsepti kabidir. Retsept diagnozga qarab bo’ladi.
- Eng qimmatga tushgan xatoyim – bu yo'qotilgan vaqtim.

Ikkinchisi:
Aziz Rahimov va Jahongir Po'latovning Intizom podkasti

- Intizom eng muhimi emas, masuliyat eng muhimi.
- Mas’uliyatni bo’ynimizga olishimiz kerak. U izlanishga, rivojlanishga, o’sishga undaydi.
- Mas’uliyat intizomni rivojlantiradi.
- Yoshlikdan ishlash yoki farzandlarni ishlatish zararli emas. Ishlash muomalani o’rganishda foydalidir.
- Farzandlarni cheklayverish, ularni qaror qabul qilishda qiynaladigan bo’lib qolishiga sabab bo’lishi mumkin.

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

11 Dec, 06:29


O'tayotgan vaqt emas, umrdir!

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

09 Dec, 08:03


Hamma deyish – tengsiz og'irlikdagi yukni ko‘tarishga urinish deganidir.

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

08 Dec, 11:33


Alloh qiz farzand bersa-yu.

U Qur'onni to'liq yod olgan, diniga amal qiladigan, dunyo miqyosidagi anesteziolog (narkoz qiluvchi) va/yoki jarroh bo'lsa.

Millionlab iffatini saqlaydigan ayol qizlarni erkaklar nazaridan xalos etsa.

Ey bandam, shunday farzand tarbiyalaganing uchun Firdavs jannatiga kir deyilsa-ya.

Menga qiyin, U zotga oson😊

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

07 Dec, 13:00


O'zimiz podcastining bugungi mehmoni Doniyor Nasriddinov, "Colba" xususiy maktabining asoschisi bo'ldilar.

Suhbat davomida: jamiyatdagi yoshlar, ilm olish, shaxsiyatni rivojlantirish, farzandlarimizga tarbiya mavzularini dildan gaplashdik.

Suhbatimiz sizga manzur bo'lsa, obuna bo'lib, layk bosishni unutmang.

Yaqinlaringizga ham ulashib qo'ying, zero sizning birgina izoh yozishingiz ham loyihamizning rivojiga hissa qo'shadi.

Maroqli tomosha qiling: https://youtu.be/1Hyeu7MThMU?si=BNEytkMSNbcM1Q44

Abdulbosit Mirvali o'g'li

06 Dec, 13:51


Ogoh bo'ling! Bola o'g'rilari ko'paymoqda

Avvallari bir yilda bir nechta bola o'g'irlangani xabarlarini eshitardik.

Bugun o'g'rilar millionlardan ortiq.

Xohlaymizmi xohlamaymizmi farzandlarimiz ijtimoiy tarmoqlarga kirishadi.

Siz kamtarlik qilib tarmoqlarga chiqmaysiz, sizga o'xshagan kamtarlar ham chiqishmaydi.

Ammo bo'sh bozorni to'ldirish kerak-mi!? Kerak!

Shu payt sahnaga sharafsiz nodonlar chiqishadi va bo'shliqni axlatlar bilan to'ldirishadi.

Ular farzandlarimizning jismlarini o'g'irlashmaydi. Ular fikrlarni, ongni va qadriyatlarni o'g'irlashadi.

Shunday ekan, farzandlarimiz axlatlar ichida qolmasliklari va o'g'irlanmasliklari uchun ham bugun shaxsiy brend har sohadagilar uchun muhim deb hisoblayman.

Faqat iltimos!

Sizning oldingizga odamlar rasmga tushgani kelishlari, sotuvingiz oshishi yoki eng zo'riligingizni ko'rsatib qo'yishingiz uchun kontentlar chiqarishni boshlamang.

Bu eng past maqsadlar.

Bir dona insonni bo'lsa ham hayotini yaxshilashga sabab bo'lishni maqsad qilishimiz lozim.

Shunda ilhom ham, kreativ g'oyalar ham avtomatik tarzda kelaveradi.

Afsuski millionlagan o'g'rilar juda xavfli, chunki ularni ko'rish mushkul.

👉 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

06 Dec, 09:25


Hammasini eplayman

- Sizda ishlamoqchiman!

- Mutaxassisligingiz nima?

- Hamma ishni eplayman...

Bu so'z ko'p kadrlarni ishga olmasligimga yetarli bo'ladi.

Men sevadigan javoblar odatda «Men faqat mana bu va mana bu ishlarni zo'r bajaraman», ko'rinishida bo'ladi.

Yog'ochsozlik sohamizdagi professionallar, odatda 1 yoki 2 ta bir-biriga yaqin ishlarnigina mukammal tarzda bajarishadi.

Eplash boshqa, qoyillatish boshqa.

Hamma ishni eplagandan ko'ra bir ishni qoyillatish o'zingiz uchun ham, boshqalar uchun ham foydaliroqdir.

👉 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

03 Dec, 13:41


Menga bo'laveradi deydiganlar o'qimasin

Ayni vaqtda kitob o’qiyapman. Nomi «Бережливое производство», ya’ni tejamkor ishlab chiqarish.
Bu kitobdan olgan super foydali ma'lumotlarimni shu yerda yozib boraman.

Eslatib o'taman, beradigan ma'lumotlarimni tatbiq qilgan kompaniyalarni ko'zim bilan ko'rganman.

Ular yaxshigina natijalarga erishishgan☝🏻

Masalan:
- BMW
- IKEA
- HOMAG (yog'ochsozlik uskunalar ishlab chiqaruvchi kompaniya)
- Safia qandolat ishlab chiqarish fabrikasi
- Sharaf mebel fabrikasi (qisman tatbiq qilgan o'zbek brendi)
- KASH mebel fabrikasi (qisman tatbiq qilgan o'zbek brendi)
- …

Rivojlanishni istagan mebelchilarga postni yuborishingizni iltimos qilib qolaman.

👉🏻 @mebelium_uz

Abdulbosit Mirvali o'g'li

01 Dec, 19:48


Ba'zan ichimdagilarni yozib, ularni hech kim ko'rmaydigan joylarga yashirib qo'yaman.

Ammo buni nega ko'rsatmasligim kerak deb o'ylab qoldim.

Sizlarni yaxshi ko'raman!

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

24 Nov, 12:11


Boshqalar menga kerakmas

Yevropada 50+ inson bilan suhbatlashdim. Ulardan 32 tasi yevropalik edi.

Ko'plari sohasida natijaga erishgan, moliyaviy sharoiti o'rtadan yuqori odamlar.

Bunday natijaga erishishinda kimlar yordam bergan deb so'radim.

Hech kim menga yordam berishga majbur emas, o'zim erishganman deyishdi.

O'rgandim!

Xoliqqa suyanamiz, maxluqdan ta'ma qilmaymiz.

Ketni ko'tarib maqsad sari harakat qilishga yetarli motivatsiya.

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

21 Nov, 17:03


Sizni insonlar kuzatishi mas'uliyatdir!

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

21 Nov, 16:21


Xato

Mebel ishlab chiqarish biznesini boshlashdagi eng katta xato, ishlab chiqarishdan boshlashdir.

Avval sotuvdan boshlash kerak!

👉 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

21 Nov, 07:50


Quyidagilarni o’qimay mebel yasatmang!

Bo’lajak mebelingizni qulay, chiroyli, ko’rganingizda rohatlantiradigan bo’lishini istasangiz quyidagi ko’rsatmalarga amal qilishingiz kerak:

1️⃣  Avvaldan loyihalashtiring:

Nima qayerda turishini oldindan bilishingiz, keyingi ishlaringiz oson va kamharajat holda bitishini ta’minlaydi. Loyihalayshitishda dizaynerlar xizmatidan foydalanish vaqtingizni tejaydi. Moliyani iqtisod qilishni istasangiz maxsus onlayn platformalar bor, masalan bplanner kabi. U yerda o’z qo’lingiz bilan oshxona yoki boshqa xonalarni noprofessional loyihalashingiz mumkin.

2️⃣  Uslubni aniqlab oling:
Buning uchun avvalo hayotingizga qarang. Qanday dizayn va atmosferadagi manzillarda o’zingizni qulay, hotirjam his qilgansiz. Keyin esa ushanga mos uslublar misollarini Pinterest kabi platformalardan toping.

3️⃣  Didingizga mos dizayner tanlang:
Qaysidir dizaynerlar minimalizm, qaysidirlari maksimalizm yo’nalishlarida ijod qiladi. Ikkisida ham zo’r natijalarga erishganini ko’rmaganman. Bir yo’nalishda zo’rini tanlang!

4️⃣  Yorug’lik eng muhimi:
Gollivud filmlaridagi sahnalar ko’p ko’rilishiga sabab yorug’lik ustida mohirona ishlashlaridir. Yorug’lik sabab dunyodagi eng go’zal mebellar ham yanada chiroyli yoki eng yomon mebeldan-da hunikroq ko’rinishi mumkin.

5️⃣  Ranglar:
Ranglarning psixologiyasi mavjud. Uni Arxitektura va qurilish universitetlarida yaxshi o’rgatadi. Imkoni boricha ranglar bo’yicha ilmi va tajribasi bor dizayner bilan ishlang. Yoki ranglar psixologiyasiga oid videolar ko’ring va kitoblar o’qing. E'tibor bering, ranglar hatto kayfiyatingizga ta'sir o'tkazadi.

6️⃣  Funksionallik:

Unutmang, mebel faqat chiroyli emas balki funksional ya’ni foydalansa bo’ladigan bo’lishi kerak. Chiroyli ammo foydalanishga noqulay mebellar tezda joningizga tegishi aniq.

✏️ Nechanchi banddagi ma’lumot sizga ko'proq foydali bo’lganini izohda yozib qoldiring!

👉 @mebelium_uz

Abdulbosit Mirvali o'g'li

20 Nov, 09:37


Birlashuv!

Samarqandda «Eman Engineering» kompaniyasining yangi shourumi ochilishi munosabati bilan ko'plab o'zbek mebelchilari jamlandi.

Bugungi kunda sohamiz vakillarining birlashishi, tashqaridan kirib kelayotgan gigant kompaniyalar bilan raqobatlashishimizning eng samarali yo'lidir.

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

16 Nov, 17:52


"O'zimiz podcast" — yoshlar, farzand tarbiyasi, o'zligimizni anglash va ilm olish yo'lida ilhomlantiruvchi insonlar bilan samimiy suhbatlarni o‘zida jamlagan yangi interaktiv podkast.

Podkastimiz ilk mehmoni Abdulbasit Vahidov bo'ldilar va ular bilan Yaponiyaning tarbiyaga kuchli e'tibor qaratganligi, jamiyatimizdagi o'spirin bolalarning muammolari hamda o'zimizning yoshligimiz haqida erkin suhbat qurdik.

Suhbatdan olgan insaytlaringizni videoning izohlarida qoldirishni unutmang!

Maroqli tomosha qiling: https://youtu.be/ANWWOqO87mo

Abdulbosit Mirvali o'g'li

12 Nov, 07:35


Biz Allohnikimiz va Allohga qayturmiz.

Bugun mebel sohasi rivoji uchun katta ishlar qilgan, juda ko'p yetuk mutaxassislar yetishtirib chiqargan Keng Makon mebel kompaniyasi asoschisi olamdan o'tganlari xabarini eshitdim.

Alloh qilgan yaxshi amallarini o'zlariga hamroq qilib, joylarini jannat aylasin.

Ortlaridan qolgan ahli-zurriyot, qonu-qarindoshlariga sabru jamiyl ato aylasin.

Yaxshi inson edilar🤲🏻

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

09 Nov, 09:33


Shaxsiy brend – so‘zlaring sabab yuzingni tanishlari emas, amallaring sabab ortingdan ham seni tanishlaridir!

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

05 Nov, 11:56


Minimalizm yoki maksimalizm

Insonlar qanday mebellar orasida o’zlarini yaxshi his qilishlarini faqat o’zlari biladilar. Odatda ularning xohishlari ikki xil bo’ladi:

Minimalizm — bu, monoton (bir xil) ranglar, tekis chiziqlar, o’ymalarsiz, ortiqcha detallarsiz mebellar deganidir. Soddalik va funksionallikni istaydiganlar uchun juda mos🕊️

Maksimalizm — yorqin va turli xil ranglar va teksturalar, o’ymali yoki bir tekis bo’lmagan detallardan foydalanilgan mebellar degani. Hammani hayratga solishni yoqtiradiganlar va hech kimda yo’q narsalarni xohlaydiganlar uchun zo’r tanlov 🎨

👉🏻 @mebelium_uz

Abdulbosit Mirvali o'g'li

30 Oct, 11:05


Bir hashamatli xonadonga mebel o'rnatishga bordik.

Uyning erkagidan nima so'rasak, «Siz nimani xohlaysiz?», deb ayolidan so'rayapti.

Menga erish tuyildi.

Buni sezganday menga xuddi videodagi kabi o'z hayotiy hikoyasini aytib berdi.

Faqat uning hikoyasi oxirida akasi vafot etgan.

Ota-onam ayolimni duo qilib o'tib ketishdi. Ko'chada qolganimizda «Men ayolim uchun eng zo'r uyni quraman, barchasi u xohlaganday bo'ladi», deb o'zimga va'da bergandim dedi.

Bunday voqeani hayotda eshitganim uchundir, videodagi hikoya menga juda ta'sir qildi.

Barchamizga ikki dunyoli muhabbat nasib qilsin😊

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

28 Oct, 11:49


Tarbiya haqida suhbatlashib, tarbiyaga muhtoj ekanimni tushundim.

Do'stimiz Atxam Shaisayev tomonidan tashkil qilingan «O'zimiz» deb nomlangan podkastda qatnashdim.

Mavzular asosan ta'lim-tarbiya, o'zlikni anglash, yoshlar, ITning muhimligi, ustozlar, haqida bo'ldi.

Jamiyatga manfaati tegadigan inson bo'lishga yoki shunday farzand tarbiyalashga hali ulgurmadim.

Ammo nimagadir erishgan bo'lsam, bunga sabab bo'lgan ota-onam, akam va atrofimdagilar haqida aytishni istadim.

Qolaversa ayni kunlarda atrofimda sodir bo'layotgan xodisalar ham meni bu ko'rsatuvda qatnashishimga chorladi.

Tez kunda video YouTube platformasiga joylanadi.

Umid qilamanki bu video, insonlar ko'rib manfaatlanishlariga sababchi bo'ladi!

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

16 Sep, 16:23


#latifa

- Nega kulayapsan?

- Bittasining 200$ turadigan telefoni Dubayda issiq sabab buzilib qolibti.

- Buni nimasi kulgili?

- U telefon Pavel Durovniki ekan. Uning 15 mlrd $ puli bor. Meni esa 1,500$ pulim yo'q lekin xabarni so'nggi iPhoneda o'qidim😃

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

16 Sep, 10:58


SAQLAB OLING ⤵️

Yaxshi mebelchi tanlashingiz uchun qo'llanma:

1. Kompaniya tarixi:
- Mebel ishlab chiqaruvchisi yoki kompaniya bozorda necha yoshda ekanligini bilib oling. Uzoq muddatli faoliyat ishonchlilikni ko'rsatishi mumkin.
- Kompaniyaning ro'yxatdan o'tgan yuridik manzili, STIR (INN) va aloqa ma'lumotlari mavjudligini tekshiring.
- STIR yordamida maxsus saytlar orqali kompaniya haqida ancha ma'lumotlar olishingiz mumkin. (Masalan: https://orginfo.uz)

2. Ijtimoiy tarmoqlarda mavjudmi!?:
- Instagram, Facebook, YouTube, Telegram tarmoqlarida sahifalari borligini tekshiring.
- Sahifalari aktiv yuritilishi muhim sanaladi.

3. Shikoyatlarni tekshirish:
- Mijozlarning mumkin bo'lgan shikoyatlarini topish uchun kompaniyaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga e'tibor qarating.
- Mebel ishlab chiqaruvchining shikoyatlarga bo'lgan munosabatiga e'tibor bering! Mutaxassislar odatda muammolarni hal qilishga harakat qilishadi, yashirishga emas.

4. Sharhlarga e'tibor bering:
- Instagram, Facebook, YouTube, Telegram tarmoqlarida mijozlarning fikr-mulohazalarini kuzating.
- Do'stlaringizdan tavsiyalar so'rang.

5. Ish portfeli (Portfolio):
- Oldingi bajargan ishlarining misollarini so'rang.
- Yuborayotgan ishlar o'zinikiligini tekshiring.
- Ishlash sifati va uslubiga e'tibor bering.

6. Narxlarning shaffofligi:
- Barcha xarajatlar bilan batafsil tijorat taklifini oling.
- Narxlarni boshqa mebel ishlab chiqaruvchilar bilan taqqoslang.

7. Shartnoma:
- Barcha shartlarni yozma shaklda tuzing.
- Shartnomada muddatlar va kafolatlar mavjudligini tekshiring.

8. Oldindan to'lov:
- Oldindan 100% to'lovlar qilishga ehtiyot bo'ling.
- Oldindan to'lovni qaytarish shartlari nima ekanligini tekshiring.

9. Aloqa va servis:
- Aloqa darajasiga e'tibor bering. Ishini qoyillatadigan mebel ishlab chiqaruvchisi sizning barcha savollaringizga javob berishga va doimo aloqada bo'lishga tayyor bo'ladi.
- Agar usta muloqotdan qochsa yoki ma'lumot bermasa, bu muammoni boshlanishi bo'lishi mumkin.
- Undan tashqari yaxshi mebel kompaniyasi servis (mijozlarga xizmat ko'rsatish sifati)ga qattiq e'tibor beradi. O'zini xurmat qilgan kompaniya mijozlarini ham xurmat qiladi.

10. Materiallar:
- Qanday materiallar ishlatilishini bilib oling. Ishonchli mebel ishlab chiqaruvchilari materiallarning sifati va kelib chiqishi haqida ma'lumot beradi.
- Materiallar uchun sertifikatlar haqida ham so'rashni unutmang.

11. Kafolatlar:
- Mebel ishlab chiqaruvchisi bajarilgan ishlar va materiallar uchun qanday va qancha kafolatlar berishini aniqlashtirib oling.
- Kafolatning yozma berilishiga e'tibor bering.

12. Yuzma-yuz uchrashuvlar:
- Iloji bo'lsa, mebel ishlab chiqaruvchisi bilan shaxsan uchrashing. Bu sizga uning professionalligi va ishonchliligini yaxshiroq baholashga yordam beradi.

13. Loyihani muhokama qilish:
- Professional mebel ishlab chiqaruvchisi loyiha tafsilotlarini muhokama qilishga, g'oyalarni taklif qilishga va istaklaringizni hisobga olishga tayyor bo'ladi.
- Firibgarlar munozaralardan qochishlari yoki individual yondashuvsiz standart echimlarni taklif qilishlari mumkin.

14. Muddatlarni muhokama qilish:
- Belgilangan muddatlarni aniqlang. Ishonchli mebel ishlab chiqaruvchisi Real vaqt jadvallarini taqdim etadi va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan kechikishlarni oldindan aytishga va tushuntirishga qodir bo'ladi.
- Agar muddatlar juda qisqa yoki noaniq bo'lib tuyulsa, bu firibgarlik haqida signal bo'lishi mumkin.

Abdulbosit Mirvali o'g'li

10 Aug, 22:35


Sen dunyo kezib izlaydigan halovatni birgina gilamcha ustida hozir qilgan Zot – har nuqsondan pokdir!

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

08 Aug, 14:11


Savolimning javobi☝🏻

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

07 Aug, 17:07


Diqqat videoda berilgan savol javobini kim topa oladi?

Izohda javobingizni kutaman☝🏻

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

22 Jun, 11:21


Xavfli raqiblar bozorimizga kirishmoqda.

2 yil avval "Menga bozoringiz haqida aytib ber", dedi bir Xitoylik. Oradan ko'p o'tmay Rossiyalikdan shunga o'xshash so'rovni eshitdim.

Shu kunlarda Xitoy, Rossiya, Turkiyaning katta mebel ishlab chiqaruvchilari bizning bozorda ko'p o'ralashayotganini kuzatayotgandim.

Eshitishim bo'yicha Rossiyalik gigant ishlab chiqaruvchilar, O'zbekistonda mebel ishlab chiqarish va sotishga $2 mln miqdorida investitsiya qilayotgan ekan.

Bu uncha-muncha mahalliy tizimlashmagan ishlab chiqaruvchilarni ishini qiyinlashtirishi mumkinligi haqida o'ylab yurgan edim.

3 kun avval spot.uz da bir xabarni o'qidim va gumonlarim nahot to'g'ri bo'lsa deb o'ylab qoldim.

Maqolada Divan.ru ijrochi direktori Andrey Ishkov O'zbekiston bozoriga qanday kirib kelayotgani haqida aytib bergan.

Uning yozishicha ular $500 ming miqdorida mebel ishlab chiqarishga, yana shuncha miqdorda esa, o'zlarining mebel onlayn savdo platformalarini rivojlantirishga sarmoya kiritayotgani haqida aytib o'tgan.

"Karvon ko'p rizqi bo'lak" degan gapni yodga olamiz. Bunga men ham shubha qilmayman ammo, sabablarni puxta va sidqi dildan qilganlar rizqini keng qilishi haqida ham ko'p eshitganmiz.

Divan.ru yurtimizda onlayn savdoni shu qadar rivojlantirayaptiki, mashhur qidiruv tizimlarida "mebel" yoki mebelga aloqador har qanday so'zni yozsangiz, ularning saytlari chiqib kelmoqda.

Muhim eslatma shuki, Divan.ru kompaniyasining asoschisi, mebelga hech qanday aloqasi yo'q dasturchi bo'lgan.

Katta ishlarni qoyillatgan ustozlarim sohamiz kelajagi ITga bog'iq ekanini ta'kidlaydilar.

Men ham anchadan buyon o'z chiqishlarimda sohamizda IT ga e'tibor qaratishni bot-bot takrorlayman.

Alam qilgani esa bu gaplarimni istehzo qildilar.

Yana qayta aytamanki, chetdan kelganlarning qilgan ishlarini biz ham qila olamiz. Muhimi ilm fanga e'tibor qaratish
, birdam bo'lib rivojlanishdan to'xtamasligimiz kerak!

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

12 Jun, 12:10


Universal valyuta

Shimkentga o’tdim. Sumkamda So’m qolib ketgandi. Pul zarur bo’lganida, shaharda hech kimga o’tkaza olmadim.

Qaytganimda tenge bilan shunday bo’ldi. Haligacha keraksiz qog’oz bo’lib yotibdi.

Valyutani boradigan joyimga qarab tanlamaganim, kerakli pulni, keraksiz qilib qo’ydi.

Geografik manzillarda orqaga qaytsa bo’ladi.

Hayot manzillarida esa orqaga yura olmaymiz.

Bittasi bilan rosa umrimizni o’tkazamiz, turmush qurishga kelganda - u mos bo’lmay chiqadi.

Maktab, universitetlarda baho valyutasini yig’amiz. Ish beruvchi, mijozlar umuman ahamiyat bermaydi.

O’yinlarimiz-u, seriallarimiz - tengdoshlarimiz bilan gaplashishga mavzu bo’lib beradi. Rostdan muhim davralarga kirganimizda, jim bo’lib qolamiz.

20 yoshda qilgan ishlarimiz 30 yoshda, 30 yoshda qilganlarimiz 40 yoshda kerak bo’lmay qolaversa, pullari qog’ozga aylangan sayyohga o’xshab yutqazaveramiz.

Tilla universal valyuta. Amallarni ham tillalari bor - o’ylash, yozish, o’qish, mehnat, yaxshilik.

Tilla amallarni yig’ing. Yil o’tgan sari qadri oshib boradi. Hamma yoshingizda kerak bo’ladi.

Turgan joyiga emas, boradigan joyiga qarab yashagan odam, borganda afsuslanmaydi. Afsuslanadiganlar uchun esa - kech bo’ladi.

@azizrakhimov_blog

Abdulbosit Mirvali o'g'li

05 Jun, 17:23


O‘zbekiston mebelchilariga eslatma!☝🏻

«Bizning raqobatchilar yurtimizdagi mebel fabrikalari emas, IT kompaniyalardir»

Aziz Nuritdinov Eman kompaniyasi asoschilaridan biri.

👉🏻 @mebelium_uz

Abdulbosit Mirvali o'g'li

29 May, 06:13


Shu o'rinda eslatma!

Ta'ziyaga kelganda kulish, baland ovozda dunyoviy masalalarni gaplashish, musibatzadalarga keraksiz savollarni berish ODOBSIZLIKDIR!

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

29 May, 05:59


Erini rozi qilib, farzandlariga go'zal tarbiya berib, atrofdagilarga go'zal hulqi bilan o'rnak bo'lib, qaynona-qaynotasiga xizmatni ortig'i bilan qilib duosini olgan soliha onamiz (opoqim), oxirat safarini qildilar.

Allohning rahmati cheksizligidan umid qilgan holda ularga jannatni tilaymiz.

Guvohlik beramanki onamizda soliha ayollarning sifatlari ko'p, juda yaxshi ayol edilar.

Qabringiz nurga to'lsin, bizlarni mahzun qilib ketdingiz🥲

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

12 May, 10:50


Mebelchi qizlarga fabrikani birga quramiz🙌🏻

8600 0604 8217 4712
Eshtoyev Normuhammad

Nurmuhammad akaning telefon raqamlari:
+998 99 824 72 75

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

05 May, 07:06


Kim uchundir hikoyamiz

Esimda, 4-5 yoshda edim! Bolaligimda onamsiz uxlolmasdim. Bir kuni amakimning uylarida qolishimga to'g'ri keldi.

Tunda juda bezovta bo'lib uxlolmadim. Onamsiz shu qadar halovatsiz bo'ldimki hatto, yig'ladim.

Shu payt tepamda kimdir turganini sezdim. Qarasam kelnoyim, havotir bilan «Yig'layapsizmi toychog'im!? Nima bo'ldi?», dedilar.

Uyalib indamadim.

Boshqa biror so'z aytmasdan ko'tarib oldilariga oldilar. To uxlagunimcha boshimni silab tepamda o'tirdilar.

Shu amallari sabab ularni juda yaxshi ko'raman va hurmat qilaman. Alloh u kishini jannati bilan siylasin.

Hayotimiz bir kun aytib beriladigan hikoyadir. Qanday aytib berishlarini esa o'zimiz tanlaymiz!

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

27 Apr, 13:46


Osonlashaveradi

Tushkunlikka tushsam o'tgan buyuklar hayotini o'rganaman.

Abu Ali ibn Sino tabobat qiyin soha emas dedilar.

Ammo, Arastuning kitobini 40 marta o'qib tushunmadim degan gap ham shu inson tomonidan aytildi.

Tabobat qanchalik qiyin soha ekanligi, unda yetuk mutaxassis bo'lish uchun qancha mashaqqat chekib ilm olish kerakligini shu yo'nalishda o'qiyotgan talabalardan so'rash kifoya qiladi.

Qanday qilib shunday murakkab sohada dunyo tan olgan shaxs, Farobiy bir o'qishda tushunib unga sharh yozgan kitobni 40 marta o'qib ham tushunmadilar!?

Sababi oddiy! U kishi tabobatga umrlarini bag'shlagan edilar. Bor fokuslari shu sohada edi.

Qolganlarini esa shunchaki qiziqish o'laroq o'rganar edilar.

Demak bir sohani sevib, uzoq yillar shu sohaga borini berish uni sizga osonlashtiraveradi. Qolaversa, unda yetuk olim bo'lish va shu orqali ehtirom topishga sabab bo'lar ekan!

P.s: Men esa endigina 15 yil soham ichida yurdim. Demak kelajakda katta ishlar qilish imkoniga albatta ega bo'laman, Inshaalloh😊

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

24 Apr, 17:11


Mebelchilardan tashkil topgan delegatsiyamiz bilan Vodiy tomon yo'l oldik.

Ikki kun davomida Farg'ona, Marg'ilon va Qo'qondagi mebel ishlab chiqaruvchi fabrikalarda mehmon bo'ldik.

Viloyatlarda ham ishini sevuvchi, intiluvchan va serg'ayrat mebel fabrikalari egalarini ko'rib havas ham qildik.

Sayohatimiz delegatsiyamiz a'zolari uchun ham, mezbonlar uchun ham juda manfaatli bo'ldi.

Delegatsiya qanday yig'ilgani ko'pchilikka qiziq bo'lishi tabiiy. Ular bilan birlashishimizga sabab murabbiylik kursi...

Tez kunda bu haqida e'lon qilaman😊

Mehmondo'st akalarimizga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz🤲🏻

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

22 Apr, 16:15


Kunlarning birida uni qattiq xafa qildim.

Xato menda ekanini, u begunoh ekanini bilib turgan edim.

Endi shuncha yil biror marta meni g'azablantiradigan so'z aytmaganiga pushaymon yeb, yomon so'zlarining barini aytib oladi.

U esa ko'zidagi yoshini artib, «Yaxshingiz ahlingizga yaxshi bo'lganingizdir», dedi-yu, ortga o‘girilib chiqib ketdi...

«Sevmay bo'larmi» kitobidan.

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

13 Apr, 17:51


Bu videoni ko'rib katta xatolarni oldini olishingiz mumkin!

Sharaf mebel fabrikasiga sayohat:

📹 https://youtu.be/rxSWEr25m_I?si=D6Smd-xOhSsLrMoV

Abdulbosit Mirvali o'g'li

12 Apr, 15:32


Vanihoyat bu mebel o'zbekistonga keldi😊

Shourum: @infinitybyeman

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

09 Apr, 17:31


20 yil oldin shu paytda onam bizni qattiq machalkada big'illatib cho'miltirayotgan bo'lardilar😃

Hayit muborak!

👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Abdulbosit Mirvali o'g'li

09 Apr, 16:33


Nega «IWASH»ga munosabat bildirmadingiz? Ishlab chiqaruvchisiz-ku.

Birinchidan – mendan ko'ra ilmliroq insonlar va soha vakillari munosabat bildirib bo'lishdi.

Ikkinchidan – munosabat bildirishim nimanidir o'zgartirishiga ko'zim yetmaydi. Ya'ni so'zim olinadigan darajada ta'sir kuchiga ega emasman.

Uchinchidan – munosabatdan uyog'iga o'tolmasam, nima keragi bor deb o'yladim. Yozish oson, amalga oshirish mushkul.

To'rtinchidan – bir insonni mebelini bekamu-ko'st, sifatli qilib yasab berishim, jamiyat uchun manfaatliroq. Boshqalar bilan ovora bo'lishga vaqt yo'q.

P.s: Ammo, xalqni ommatan kamsitish, tahqirlashga hech kimning haqqi yo'q.

Tilga e'tibor berish kerak!


👉🏻 @abdulbasitvakhidov