tafakkurnoma @huzayfaabdulloh Channel on Telegram

tafakkurnoma

@huzayfaabdulloh


tafakkurnoma (Uzbek)

Tafakkurnoma - Bu telegram kanali, fikr va g'oyalar bilan to'ldirilgan, insonlarga fikr yuritishni, savollar orttirishni va o'z fikrlarini taqdim etishni o'rganishga qaratilgan. Kanalda, huzayfaabdulloh nomli foydalanuvchi o'z fikrlarini, savollarni yuborish uchun tayyorlangan. Bu kanal orqali odamlar o'z o'ylarini izohlashadi, savol beradi va boshqalar bilan birga fikr almashish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Agar siz ham fikr almashishni, savollar orttirishni va ajoyib manbalardan foydalanishni istasangiz, tafakkurnoma kanaliga azo bo'ling! Jamiyatda o'z fikrlaringizni taqdim eting va boshqalar bilan fikr almashishingizni yanada rivojlantiring. Sizga qanday ko'rishimizni kutamiz!

tafakkurnoma

27 Dec, 10:13


Bolaning saviyasi onasining ilmi va dunyo qarashi darajasida bo’ladi.


@HuzayfaAbdulloh

tafakkurnoma

25 Dec, 07:54


Yosh tanang nimalarga qodir ekanini bilmasdan qarish achinarli.


@HuzayfaAbdulloh

tafakkurnoma

22 Dec, 20:24


“Duolarim sababidan kelding” deyishga uyalaman, zotan bunchalik go’zal duo qila olmas edim )


@HuzayfaAbdulloh

tafakkurnoma

16 Dec, 09:54


🌒

tafakkurnoma

13 Dec, 13:46


Buxoroni sevish uchun Buxorolik bo’lish shart emas )

tafakkurnoma

13 Dec, 13:45


Kadrlar

Barchasi ajoyib, shahar o’z tarziga ega, Buxoro menga yoqdi.

* mehmonxonalari ham ajib ekan)

tafakkurnoma

12 Dec, 11:00


Quyida ikkita ustozimni gaplarini keltirmoqchiman. Ikkala gap bir-birini to’ldiradi:

Kimdir o’zgarishni xohlamasa uni majburlash kerak emas, u o’zicha shundoq ham baxtli.

Azizjon Gapparov


Ya’ni bizning vazifamiz ogohlantirish xolos, kimnidir o’zgartirib baxtli qilamiz desak adashamiz. Baribir ich-ichidan xohlamaydigan odam biz yo’g’imizda o’z bilganidan qolmaydi.

Yaxshi yashash ixtiyoriy.

Alisher Isayev


Ya’ni kimdir yaxshi tomonga o’zgarishi, o’z ustida ishlashi bu o’zi uchun. Yaxshi yashamoqchi bo’lsa marhamat o’zgarsin bo’lmasa bu ixtiyoriy.

Xulosa:

Kimdir o’zgarishni xohlamasa uni majburlash kerak emas, u o’zicha shundoq ham baxtli. Yaxshi yashash esa ixtiyoriy.


@HuzayfaAbdulloh

tafakkurnoma

10 Dec, 17:29


Rioyasini qilib gapiriladigan do’st yaqin emas.


@HuzayfaAbdulloh

tafakkurnoma

09 Dec, 17:50


Har kim o’z imtihonida yashab boryapti.


@HuzayfaAbdulloh

tafakkurnoma

08 Dec, 10:26


Va oxir-oqibat yoningizda o’zingiz kabilar qoladi.


@HuzayfaAbdulloh

tafakkurnoma

08 Dec, 06:18


Bugungi baram bilan hammani tabriklayman, muborak bo’lsin )

tafakkurnoma

07 Dec, 04:59


Barcha amal va harakatlar — baxtni his qilish uchun.


@HuzayfaAbdulloh

tafakkurnoma

05 Dec, 17:45


Aqling hissiyotlaringni boshqarmaguncha kuchli bo’la olmaysan.


@HuzayfaAbdulloh

tafakkurnoma

05 Dec, 07:30


https://www.instagram.com/reel/DDMCiHUu8xN/?igsh=MTAydWd1YWY0Z2VmYw==

tafakkurnoma

03 Dec, 18:28


Ammo menga keladigan bo’lsak, men yo’qlikning barcha sabablari ila chulg’andim..

“Men” menga oid emasman, “men” men emasman.


Mahmud Darvesh


@HuzayfaAbdulloh

tafakkurnoma

03 Dec, 18:21


ㅤㅤㅤㅤㅤ

@HuzayfaAbdulloh

tafakkurnoma

01 Dec, 19:07


📈

tafakkurnoma

25 Nov, 17:10


Osongina voz kecha olish muhabbatsizlikdan emas, iymon va irodaning kuchliligidandir ehtimol.


@HuzayfaAbdulloh

tafakkurnoma

18 Nov, 17:13


Prinsip.

Shaxsiy prinsiplar (qoidalar) har kimning o‘ziga xosdir. 

Prinsiplar ko‘proq shaxsning feʼli (xarakteri) va qadriyatlaridan kelib chiqib shakllanadi. 

Sizning qoidalaringiz qanday bo‘lsa siz qadrli deb biladigan narsalaringiz ham shuni atrofida bo‘ladi.

Prinsiplarga misol: yolg‘on gapirmaslik, vaʼdasida turish, o‘zi amal qilmaydigan narsani gapirmaslik, o‘z shaxsiy chegaralarini va boshqalarning shaxsiy chegaralarini rioya qilish kabilar…

Prinsiplarni tark qilishda istisnolar bo‘lishi mumkin lekin bu uzoq kelajakda o‘zingizni-o‘zingizga bo‘lgan hurmatingizga yomon taʼsir o‘tkazishini unutmang. 

O‘zingizga nisbatan hurmat bu — o‘zingizga nisbatan ishonchdir. Qanchalik prinsiplaringizga sodiq bo’lmasangiz, o’zingiznga nisbatan shunchalik xoin bo‘lib borasiz.

Shaxsiy chegaralarga amal qilish ham — prinsip. Shaxsiy chegaralar haqida esa keyinchalik gaplashamiz in shaa Alloh, hozircha prinsiplaringizni aniqlab oling.


@HuzayfaAbdulloh

tafakkurnoma

17 Nov, 08:54


💆🏻‍♂️

tafakkurnoma

16 Nov, 16:47


ㅤㅤㅤㅤㅤ

@HuzayfaAbdulloh

tafakkurnoma

13 Nov, 15:54


Do’stlik — vaqt bilan o’lchanmaydi, do’stlik — voqea-hodisalar bilan o’lchanadi.

Ikrom Sharif ustoz.


@HuzayfaAbdulloh

tafakkurnoma

10 Nov, 12:37


new knowledge | business | marketing

tafakkurnoma

09 Nov, 17:12


Erkak qurishi mumkin bo’lgan eng yaxshi qurilish bu — uning o’zi.


@HuzayfaAbdulloh

tafakkurnoma

03 Nov, 07:16


Yigit kishi fikrida, qarorlarida va ishlarida mustaqil bo’lmas ekan demak u hali bola.


@HuzayfaAbdulloh

tafakkurnoma

31 Oct, 16:40


Yozganlarim senga yetib bordimi yo’qmi bilmayman.

Lekin yozmaganlarimni o’zinga aytishni xohlayman.



@HuzayfaAbdulloh

tafakkurnoma

30 Oct, 18:14


Dard = Baxt

Iymon sustlashadi, motivatsiya tugaydi. Doimiylik uchun dard kerak, dard.

Har bir solih amal ortida dard bor.

Har bir muvaffaqiyat ortida dard yotadi.

Dardsizlik dangasa qiladi, dardsizlik befarq qiladi, dardsizlik xarob qiladi.

Dardlar ham qalbning rizqi.

Go’zal dard sizni kuchli qiladi, go’zal dard jannatga yetkazadi.

Dardingiz nima ekanligiga qarab qo’ying.


@HuzayfaAbdulloh

tafakkurnoma

29 Oct, 17:46


O’tmishdan qoladigan eng qimmat narsa — xotiralar.


@HuzayfaAbdulloh

tafakkurnoma

27 Oct, 18:11


Baho.

Har kimning o’rni to’ladi, to’lmagan o’rinlar uchun ko’nikish bor. Ko’nikmaganlar uchun vaqt.

Siz ham bebaho emassiz, boshqalar kabi. Kim bo’lishingizdan qat’iy nazar yo’qligingizga bir kun rozi bo’linadi, xoh shaxsiy hayotda xoh kasbda.

Bu tabiiy va buni shunday qabul qiling.

Kimningdir yo’qligi sizga og’ir bo’lsa bu vaqtinchalik.

Sizning yo’qligingizga yaqinlaringiz yoki kimdir ko’nika olmaydi deb o’ylasangiz bu siz o’ylaganingiz kabi ish emas, uzoq borsa bu ham vaqtinchalik.

Bahoni to’g’ri bering. Bebaho kishi yo’q, vaqt bor.

Hamma ko’nikadi, hamma uchun ko’nikiladi.


@HuzayfaAbdulloh

tafakkurnoma

25 Oct, 18:00


ㅤㅤㅤㅤㅤ

@HuzayfaAbdulloh

tafakkurnoma

24 Oct, 18:39


O’zingizni baxtli ko’rsatishga o’rganib qolmang.

Rostdan baxtli bo’ling.



@HuzayfaAbdulloh

tafakkurnoma

24 Oct, 11:49


Erkak kishinining baxti to’rt narsada bo’ladi: yaxshi qo’shni, keng hovli, foydali markab va soliha ayolda.

Beshinchisi barakali ish va hamkasblarda bo’lsa kerak )



@HuzayfaAbdulloh

tafakkurnoma

22 Oct, 17:04


Ba’zan..

Uyga qaytsang ishga borishni kutasan, ishga borib uyga qaytishni..

Kunlar sekin, yillar tez o’tadi. Umring ikkisi orasida..

Uxlashga yotasan, uxlay olmaysan. Uxlamaysan, uyg’oqlikka sabab yo’q..

O’z ustingda ishlashga, hammasini o’zgartirishga urinasan, bo’sh vaqt yetmaydi. Bo’sh vaqtda kuching..

Sabr qilish kerak o’rinda shoshasan, jur’at qiladigan o’rinda uzoq ikkilanish bilan qolib ketasan..

Hammasi yaxshi desang yolg’on bo’ladi, yomon desang noshukurlik..

Zulm ko’rayotganlarni ko’rib ezilasan. Ha, faqat ezilasan va duo qila olasan..

Barchasini tashlab ketging keladi, ketadigan yeringa ham o’zingsiz keta olmaysan..

Murakkablashtirma, shunchaki yasha, amal qil, sabablarni qil, tavakkul qil.

Unutma, sen amallaringdan so’ralasan, natijadan emas.


@HuzayfaAbdulloh

tafakkurnoma

21 Oct, 18:18


Senga va’da berdim “seni sevmayman”, deb.

So’ngra, bunday ulkan qarorim oldida aqlimni yo’qotdim..


Mahmud Darvesh


@HuzayfaAbdulloh

tafakkurnoma

21 Oct, 10:28


Erkak kishi uchun eng og’iri — Alloh huzuridan boshqa o’rinda ojizlikni his qilishidir.


@HuzayfaAbdulloh

tafakkurnoma

15 Oct, 16:30


rain

tafakkurnoma

15 Oct, 16:11


Yomg’irli kunlar, kunlarga mos kunlar..


@HuzayfaAbdulloh

tafakkurnoma

14 Oct, 17:28


ㅤㅤㅤㅤㅤ
@HuzayfaAbdulloh

tafakkurnoma

14 Oct, 16:31


G’ijduvon, Qo’rg’on ko’chasi.

tafakkurnoma

13 Oct, 19:00


Sening o’rning doim bo’sh qoladi. Yo’qliging ham bor bo’lganlarning borligidan go’zalroq.

Mahmud Darvesh


@HuzayfaAbdulloh

tafakkurnoma

13 Oct, 08:47


Go’zal ilm.

Farosat — aytilmagan so’zlarni eshitish.

Farosat — savol beruvchining savolidan murodi nima ekanini bilish.

Farosat — nima bo’lishini oldindan taxmin qila olish.

Farosat — holatlarni his qilish.

Farosat — kishi o’zini qayerda qanday tutishni bilishi.

Farosat — yolg’onlarni rostini eshitish.

Farosat shunday narsaki — uni borligi go’zal, lekin u bilan qiyin.

Kim mana bu ne’mat bilan ne’matlangan bo’lsa batahqiq, Alloh unga ikrom qilipti.


@HuzayfaAbdulloh