Zavjatu Shokhakbar @zavjatushokhakbar Channel on Telegram

Zavjatu Shokhakbar

@zavjatushokhakbar


Qalbim bilan yozaman 🍃

Sizdan kelgan savollar: https://t.me/+mtCVGwSHH5NmMzli

Zavjatu Shokhakbar (Uzbek)

Zavjatu Shokhakbar Telegram kanalimizga xush kelibsiz! Bu kanalda qalbim bilan yozaman, sizni o'z ko'ngildagi savollar va fikrlar bilan tanishtiraman. Agar siz ham qalbingizni ochib, muhabbat va yorqinlik bilan yashashni istasangiz, bu kanal siz uchun. Bizning jamoa o'zaro tushunchalar, fikrlar va hislar almashishini ko'rishni istaydi. Sizga ma'raka topish, sekinroq bo'lish va yangi do'stlar bilan tanishish imkoniyatini beramiz. Kanalimizga a'zo bo'ling va qalbingiz bilan dunyoqarashni boshlang! Sizdan kelgan savollar uchun @mtCVGwSHH5NmMzli ga murojaat qiling. 🍃

Zavjatu Shokhakbar

18 Nov, 18:59


Va nihoyat plannerimiz sotuvda!😍

Narxi: 36.000 so‘m

Buyurtma berish uchun:
@my30days_admin

Zavjatu Shokhakbar

18 Nov, 05:00


Ba'zan eng yaxshilariga yetish uchun qadrli narsalaringizdan kechishga to'g'ri kelarkan.

Zavjatu Shokhakbar

17 Nov, 14:29


Alloh «Bo'l!», desa, bas, hatto, hayolingizga ham keltira olmaydiganingiz mo'jizalar sodir bo'ladi hayotingizda.

Zavjatu Shokhakbar

15 Nov, 04:16


Assalamu alaykum!
Jum'a muborak 🤍
Bugun sizlarga fiqhga oid eng kerakli manbani ulashmoqchiman.
Jum'a hadiyasi, deb hisoblang🪴

*chiqartirib olsangiz ham bo'ladi.

Zavjatu Shokhakbar

15 Nov, 01:15


Bekorchining hunari - g'iybat.
Bekorchilik shaytonning ekinzori.
Bekorchilik seni g'am-tashvishga, halovatsizlikka, qo'rqinchli kelajakka boshlaydi.

Zavjatu Shokhakbar

14 Nov, 14:56


Qaniydi bu ummatdan yana shunday Umarlar, Usmonlar yetishib chiqsa..

Zavjatu Shokhakbar

14 Nov, 14:05


Er har kuni ishdan kelib xotiniga:
- Choy damla, bor, - derkan.
Bir kun xotinining jahli chiqib:
- Har kun shu ahvol. Bor choy damla, ovqating tayyormi, - deysiz. Qachon biz ham madaniyatli insonlarga o'xshab gaplashamiz, - debdi.
Bu gap erini o'yga solibdi. Ertasiga eri ishdan kelib xotiniga:
- Azizam, Sahobalar qissalarini o'qiganmisan?
- Yo'q.
- Abdulbasitning qiroatlarini eshitganmisan?
- Kim u?
- Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) payg'ambarimizning birorta hadislarini yodlaganmisan?
- Yo'q yodlamaganman.
- Shariat ahkomlarini shariy hukmlari haqidachi?
- Yo'q, eshitmaganman.
- Tur, unda choy damla!

#tabassum_qiling

Zavjatu Shokhakbar

14 Nov, 10:51


Sevgan ishingni qil,
Qilayotgan ishingni sev.

Zavjatu Shokhakbar

14 Nov, 08:37


Halol luqma yegan odamning ibodat qilgisi kelaveradi.
Harom luqma yegan odamning esa yuragi siqilib ketaveradi.

Zavjatu Shokhakbar

13 Nov, 12:00


Muhabbat bu - ishga ketayotganida yuzingizdan o'pib, "yaxshi o'tiringlar", deb quchoqlagan insondir.
Muhabbat bu - eshikdan chiqqaningda zavjing oyoq kiyimingni to'g'rilab ketganidir.
Muhabbat bu - eng og'ir damlarda ham seni tinglay olishidir.
Muhabbat bu - charchaganingni his qilib, hatto o'zi toliqqan bo'lsa ham, senga idishlarni yuvishib yuborgan onlaridir.
Muhabbat bu - barcha xaromlardan qochib, doim haloliga qayta olgan sevgilidir.

Zavjatu Shokhakbar

12 Nov, 03:25


Alloh uchun sevgan sevganidan hech voz kechmaydi, chunki sevish sababi juda buyuk.

Mehmet Yıldız

Zavjatu Shokhakbar

09 Nov, 14:33


https://youtu.be/AnFBxnoaRTs?feature=shared

Zavjatu Shokhakbar

08 Nov, 04:00


Gönülden kopan bir söz insanı üç kış ısıtmaya yeter..

Zavjatu Shokhakbar

08 Nov, 03:51


Robbimizning rahmati barcha narsadan ustun.

Jum'a muborak🩵

Zavjatu Shokhakbar

07 Nov, 11:14


Alloh uchun biror narsani tark qilasan, sen uchun Alloh boshqa ko'plab xayr eshiklarini ochadi.

Zavjatu Shokhakbar

06 Nov, 14:02


Har yomg'ir yog'ganda meni esla.

Zavjatu Shokhakbar

25 Oct, 09:24


Sizni tushunadigan odamgagina o'zingizni tushuntira olishingiz mumkin.

Zavjatu Shokhakbar

25 Oct, 03:39


Niyatning o'rni - qalb.
Qalbimiz to'g'rilanmas ekan, niyatlarimiz ham qalbimizga ko'ra yomonlashib boraveradi.

Zavjatu Shokhakbar

25 Oct, 03:07


Imtixonlar bo'lmasa edi, shukr ham bo'lmasdi.

Zavjatu Shokhakbar

23 Oct, 12:44


Alloh va Uning Rosuliga muhabbatimiz ulardan boshqaga bo'lgan muhabbatimizdan ustunmi?
Doimo Allohning aytganini qilib, qaytarganidan qaytyapmizmi?
Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning shariatlariga, sunnatlariga qanchalik amal qilyapmiz?
Yoki molu dunyoga muhabbat qo'yib, uning domiga tushgancha, xalos bo'lolmay yuribmizmi?
Yoxud mansab pog'onasida ko'tarilishga vosita bo'luvchi o'zimizga o'xshash ojiz bandalarga ko'proq egilib-bukilib, qulluq qilmoqdamizmi?
Ehtimol, shuning uchun iymon halovatini emas, dunyo halovatini topayotgandirmiz?!

Avval nima bo'lgan bo'lsa, bo'lib o'tdi. Endi iymon halovatini topishga urinaylik! Buning uchun
Allohga va Uning Rosuliga ulardan boshqa hamma narsadan ko'proq muhabbat qo'yishga harakat qilaylik!
Hayotimizning har bir sohasida Allohning aytganini qilib, qaytarganidan qaytaylik!
Mahbub Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning shariatlari asosida yashab, sunnatlariga to'liq amal qilishga o'taylik!
Mo'min-musulmonlarga bo'lgan muhabbatimizga ham qayta nazar solaylik.

"Hadis va Hayot" 2-juz
#tanbeh
#Shayx_hazratlari_kitoblaridan

Zavjatu Shokhakbar

23 Oct, 12:32


Sufyon ibn Abdulloh Saqafiy rodiyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Ey Allohning Rasuli, men mahkam tutadigan (bir) ishni ayting", dedim. "Robbim Allohdir", degin va so'ng mustaqim tur", dedilar. Ey Allohning Rasuli, men uchun eng xavf qilgan narsangiz nima?" dedim. Shunda u zot o'z tillarini ushladilar va: "Mana bu!" dedilar".

Muslim va Termiziy rivoyat qilgan.

Zavjatu Shokhakbar

22 Oct, 04:14


Ilm va uning ahliga har yaqinlashganimizda, ilm va olimlarning qadrini bilganimizda, Alloh bizga sidq va ilmda sobitlikni beradi.

Shayx G'asson Harun hafizahulloh

Zavjatu Shokhakbar

21 Oct, 16:20


https://youtu.be/5K3Jdux_DDg?si=Nqc6ydb1vjfoE7JG

Zavjatu Shokhakbar

19 Oct, 11:00


«Shaxsiy rivojlanish sari bir qadam» planneri sotuvda!

• Tonggi va tunggi zikrlar
• Har kunlik duo va salovat
• Har kunlik foydali mutolaa sahifasi
• Uyqu va kitoblar uchun treker
• Samarali rejalashtirish qoidasi
• Yakunida "Sog'lig'ingiz haqida qayg'urib" nomli to'g'ri taomlanishga qaratilgan ma'lumotlar jamlanmasi

Narxi: 45.000 so‘m

Buyurtma berish uchun: @planner_zakaz

Zavjatu Shokhakbar

18 Oct, 06:30


Qalbga Allohdan boshqasi halol emas

Zavjatu Shokhakbar

14 Oct, 20:12


Kimnidir muhokama qilishdan avval uning hayotini yashab ko'ring, unga berilgan musibatlarni, qiyinchilik va azoblarni totib ko'ring, aniqki, siz bularga chiday olmasdingiz.

Zavjatu Shokhakbar

14 Oct, 13:28


Ona farzandining baxti uchun hamma narsaga rozi bo'larkan, hamma-hammasiga.
Onangizni xafa qilmang, bilmaysiz, u sizni dunyoga keltirguncha ne-ne azoblarga sabr qilgan.
Dunyoga keltirganidan keyin-chi, sizdan nima ko'rdi?

Zavjatu Shokhakbar

10 Oct, 11:10


Qachonki ishlaringiz qiyinlashsa, yuragingizga ishonch bilan pichirlang:

"Alloh menga, albatta, yordam beradi"

Zavjatu Shokhakbar

10 Oct, 04:11


Har kim yaxshi inson bo'lishi mumkin, ammo hamma ham yaxshilik qiladigan inson bo'la olmaydi

Zavjatu Shokhakbar

09 Oct, 14:30


Qalblar Unga borishda qiynalsa, iffatda muammo bor.

Zavjatu Shokhakbar

08 Oct, 12:24


Mo'jizalarni kutmang, unga o'zingiz qadam tashlab boring 🪴

Zavjatu Shokhakbar

06 Oct, 06:22


Boshingizni siqib og'ritayotgan o'sha nimadir bir kuni butunlayga unut bo'ladi.

Zavjatu Shokhakbar

05 Oct, 04:51


#duo

Ey Allohim!
Sen yaxshi ko'rgan va O'zing rozi bo'ladigan narsalarga bizni oshno et.

Zavjatu Shokhakbar

04 Oct, 17:39


Xato qilgan payting senga “Istig'for ayt”, deya eslatma qiladigan inson seni hammadan ham ko'proq qadrlaydigan inson bo'ladi.

Zavjatu Shokhakbar

02 Oct, 14:40


Menimcha endi hammasi tugadi, deganimda, doim, Alloh bir tush ko'rsatib, qalbimda yana umid uyg'otardi...

Zavjatu Shokhakbar

02 Oct, 14:32


Yomg'ir shifodir - sog'ingan qalblarga...