A'lamiy @alamiy_uz Channel on Telegram

A'lamiy

@alamiy_uz


Qalbingni shifolab ol

Reklama:
@alamiy_ads

Instagram:
instagram.com/alamiy_uz/

Aqidamiz: Ahli sunna val-jamo'a
Mazhabimiz: Hanafiy

A'lamiy Muzakkar!

A'lamiy (Uzbek)

A'lamiy kanaliga xush kelibsiz! Bu kanalda ahlussunnah val-jamaa mazhabi bo'yicha fikrlar va maqolalar bilan tanishishingiz mumkin. Kanalda Hanafi mazhabiga oid fikrlar va hikmatlar ham mavjud. A'lamiy kanali islom ilmiy bilimlarni o'rganish va o'zi bilan taalluqli bo'lgan so'zlarini o'rganish uchun mo'ljallangan. Agar sizgina islomiy ma'rifat olish va qalbingizni oshirishni istasangiz, A'lamiy kanali siz uchun maqbul manba bo'ladi. Kanalda sizga tafsiliy ma'lumotlar, foydali maslahatlar va islomiy tarbiyaviy darslar ham mavjud. A'lamiy kanalida sizga qiziqarli va foydali maqolalar, videolar va sahifalar taqdim etiladi. Kanalga a'zo bo'lib, islomiy ma'rifatni o'rganib, o'z ko'nglingizni tozalang!

A'lamiy

03 Dec, 17:29


Kim men bilan bo'lsa,
ertadan qo'lingizga tushgan kitob ila jamoat transportlarida
odamlarni azoblash trendini
rasman e'lon qilaman! 🚃

Biz 80 yil ilmsiz xolatda ushlab turilganmiz.
Ana shu 80 yillik boshliqni to'ldirishimiz kerak!


#Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

@alamiy_uz

A'lamiy

03 Dec, 17:02


🌷 Avtobusdagi bugungi voqea

Avval rasmga ovoldim. Keyin manovi opa o'z bekatlarida tushganlaridan so'ng, shartta o'rnilariga o'tirib oldim.
Biraaam chaqqonmanee💼

Manovi amaki esa kitobdan boshlarini ko'tarmadilar hattoki... Pinnagini buzmadiya qanday muhabbat-a bu kitobga...👋
Men ham shartta "O'tkan kunlar" kitobimni qo'limga olib qarama qarshi o'tirgan holda o'qiy boshladim 🍉

Bu amak bilan biza odamlarni azobladik 🤣 azoblash xizmatini yoqvoldik...🙂

Vijdonligi qiynalgandur-a sal bo'lsa ham...

@alamiy_uz

A'lamiy

03 Dec, 15:02


Haqiqat

Ko'p insonlar qilmaydigan ishlarini gapiradilar...
Yoqtirmaydigan kishilariga ham tabassum qiladilar...
Ishonmaydigan kishilari bilan ham do'stlashadilar...
Ehtirom qilmaydigan kishilariga bo'ysunadilar...
Yaxshi ko'rmaydigan kishilariga xushomadgo'ylik qilishadi...
Ehtiyojlari bo'lmagan narsalarga egalik qilishadi...
Ishlatmaydigan narsalarini jamg'arishadi...
Qo'llaridagi narsalarini qizg'anishadi, molik bo'lmagan narsalarini bergilari keladi...
O'zlariga zarari tegadigan narsani yoqtirishadi...
O'zlariga foydasi tegadigan narsani yoqtirishmaydi...

Umrlarini foydalanmaydigan narsalariga sarflashadi.

#Mustafo Siboiy

@alamiy_uz

A'lamiy

03 Dec, 09:07


Bugun kitob o'qigan odam,
kechagi odam emas!

#Shayx Muhammad Sodiq
Muhammad Yusuf

🌷 Kitob o'qi Karl, kitob o'qi!

@alamiy_uz

A'lamiy

03 Dec, 09:04


Ikki marta sovugʻidan zarba qabul qildim

Birinchisi Fadriyya Farhodning 1:30:00 soatlik suhbatini, ikkinchisi Hasanxoʻja akaning xuddi shuncha soatlik suhbatini eshitib.

Ikki suhbatda ham propoganda, reklama, marketing zoʻr qilingan. Video muqovasi, sarlavhani yorishgan. Koʻrgan va oʻqigan odam suhbatni koʻrish ehtimoli oshib ketadi.

Ammo ikki suhbat ham bir xil yoʻnalishda olib borilgan: kitoblarda, ustozlarning suhbatlarida ancha oldin aytib-yozib qoʻyilgan maʼlumotlarning oldiga va orqasida ozgina-ozgina gap-soʻz qoʻshgan, tayyor turgan soʻz va gaplarni oʻrniga boshqa tildagi, masalan, ingliz yoki rus tilidagi soʻzlar bilan almashtirgan, AQSH va yana boshqa rivojlangan (!) davlatlarning tadqiqotlari deb gapini zarqogʻozga oʻragan.

Fadriyyaning suhbatida aynan nimalar aytilgani haqida «Hayotingiz — eng yaxshi kurs» nomli maqolada yozilgan edi. Hasanxoʻja akaning suhbati farzandni qanday tarbiya qilish haqida ekan. Sarlavha jimjimador: «Har bir ota-ona koʻrishi kerak boʻlgan suhbat», suhbatni koʻrishga undovchi matnlar ham bor: «Farzandlari tarbiyasiga kirishmoqchi boʻlganlar uchun eng zoʻr qoʻllanma» va hokazo. Ammo suhbatda aytilgan 90 foiz gaplar farzand tarbiyasi haqidagi kitoblarda, suhbatlarda aytib boʻlingan. Ishoning, xuddi shunday, aytib boʻlingan. Yangi narsa deyarli yoʻq.

Tepada keltirilgan suhbatlardagi opaning ham, akaning ham umumiy xulosasi biz bod-bod aytayotgan kitoblarning, ustozlarning fikriga borib taqalyapti. Biz shunchaki kitoblar oʻqimayapmiz, suhbatlar eshitmayapmiz. Shuning uchun bu kabi podkastlar, kurslar koʻzimizga zoʻr boʻlib koʻrinyapti.

Sahifa obunachilari, vaqtingizni bunday podkastlar koʻrib, kurslarga qatnab bekor sarf qilmang. Toʻgʻrisi, men ikki suhbatni koʻrib, ketkazgan vaqtimga rosa achinib ketdim, afsuslandim. Bundan keyin qancha zoʻr targʻibot boʻlsa ham, reklama boʻlsa ham, balo-battar boʻlsa ham koʻrmayman.

* Ismlar oshkor boʻlib ketdi. Bu ularga hurmatsizlik emas, qadriyatga, maʼnaviy boylikka ega insonlar uchun eslatma, ular oʻzlari bilgan ilmlarni yana bir marta eshitib, vaqtlarini zoye qilmaslikka targʻib

@abdullohozod

A'lamiy

02 Dec, 18:13


Vafo

Sen bilan birga safarni
boshlaydigan kishini
topish oson.
Ammo uni sen bilan
yakunlaydigan kishini
topish qiyin.

Ibtido doimo go'zal.

Ammo intiho faqatgina vafolilarnikidir!

#Abdulqodir Polvonov

@alamiy_uz

A'lamiy

02 Dec, 17:59


Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh!

Aka, anjir yopiq gullaydi, men ham keyinroq bilgandim.

Demak, ketganlar ham keladi, ishonavering.)

@MuhammadAkbarAzim

A'lamiy

02 Dec, 03:14


— So'z berdi, Olrich.
— Nima deb, afandim.?
— "Anjir daraxti gullaganda kelaman" dedi.
— Ammo, afandim…
— Bilaman, Olrich, jim bo'l!

#Oʻgʻuz Atay

@alamiy_uz

A'lamiy

01 Dec, 09:34


Marg'ilon qanday joy-a o'zi?)
Otashni mazzasini qochirgan bo'lsa..🙂

Hozir sokin tunni aytvoraman lekin..🎶

Voqealar rivojiga qaytamiz...)

@alamiy_uz

A'lamiy

01 Dec, 07:29


Bir inson uchun go'zal dunyo yarata olmasangiz, uni yoningizda olib qololmaysiz...

@alamiy_uz

A'lamiy

30 Nov, 18:33


— Chapida bir daraxt, chinor kabi
— O'rtasida bir novda, solihdir o'ssa,
— O'ngida esa - ilm, novdani sug'orar.

#Abdulvohid Zabihulloh

@alamiy_uz

A'lamiy

30 Nov, 14:43


Sizga kitob hadya qilganni unutmang.

Sizga kitob o'qib berganni hech qachon unutmang!

#Jahit Zarifo'g'li

@alamiy_uz

A'lamiy

30 Nov, 13:59


Diqqat! Kichik tanlov! 🍉

Muhabbat juda oz yigitlarga muyassar bo'ladirg'an yurak javxaridir...)

Ushbu jumla Abdulla Qodiriy kitobining nechanchi betida yozilgan? ☕️🫖

Qani kim birinchi? 🏃‍♂️

Ushbu komentga rasm holatida raqamini yuboring!

Rasm kitobdan bo'lsin PDF o'tmaydi!

Topildi!

A'lamiy

30 Nov, 12:46


Qadimda ezgu ishlarni ko'p qilishardi, lekin gapirishmasdi.

Keyin,
ham qiladigan,
ham gapiradiganlar keldi.

Endi esa faqat gapirishmoqda.

#Umar ibn Horis

🌷 Ezgu ishga shoshiling!
10 ming siz uchun pista puli shunchaki! Lekin...

@alamiy_uz

A'lamiy

30 Nov, 12:43


Azizlar, bu singlimizga (Abdullajonova Muhabbat To'lqin qizi) Alloh taoloning sinovi kelib, buyrak yetishmovchiligi xastaligi bilan shifoxonada yotibdi.

Ota-onasi va yaqinlari o'zlarida mavjud imkoniyatlarni hammasini sarflab bo'lishdi. Hozirda otasining buyragini bu singlimizga ko'chirib o'tkazish uchun tezroq jarrohlik amaliyoti o'tkazilishi kerak. Siz azizlarning ko'magingizga muhtoj bo'lib turibdi.

Bu qizimiz haqlariga duo qiling, imkoningiz bo'lsa, moddiy yordam uchun plastik raqam qoldiramiz:

6262570122525076
MUALLIMAXON KAMOLOVA (Onasi)

Tel: 937106333 (Otasi)

A'lamiy

30 Nov, 12:03


Masofalarning hech bir ahamiyati yo'q, inson qalbidagini har doim sevadi, sog'inadi.

#Najib Fozil Kisakurak

@alamiy_uz

A'lamiy

30 Nov, 09:45


Gunoh sening nazdingda kichraygani sari Alloh huzurida ulg'ayadi.
Sening nazdingda ulg'aygani sari Alloh huzurida kichrayadi.

#Fuzayl ibn Iyoz rahimahulloh

@alamiy_uz

A'lamiy

29 Nov, 15:12


Charchas charchar...

Kamonchilar tog'ida sizdan boshqa hech kim qolmasa ham siz o'rningizda qoling. O'rningizdan qimirlamang...

Kishilar to'xtasa to'xtar, siz to'xtamang...
Kishilar charchasa charchar, siz charchamang, bo'shashmang...

Go'yo G'azo ahlining yarasini bog'laydigan sizdan boshqa hech kim qolmagandek G'azo haqida yozing...

Yig'lang... go'yo siz yig'lamasangiz ularga hech kim motam tutmaydigandek yig'lang...

Allohga uzringizni ko'rsating. Qo'lingizdan kelganini qilmasangiz ularni yordamsiz qoldirgandek his qiling o'zingizni...

#Abdulqodir Polvonov

@alamiy_uz

A'lamiy

29 Nov, 10:39


Juma namozidan lavha:

Mav'iza vaqtidagi ikki qiziq holat!

🌷 Allohim ketar chog'imizni o'zing go'zal qilgin!

@alamiy_uz